“Даракчи” газетасининг навбатдаги сонида яна “Билайн”га нисбатан танқидий мақолани кўрдиму бу сафар ўйланиб қодим...худди бу компанияга нисбатан атайин қарши тарғибот эълон қилингандек. Носоғлом рақобат?!
Мақола бу сафар хам фақат бир ёқлама ва бўрттирилгандек. Очиғи, шахсан менга бу кетма-кет бир операторга нисбатан қарши мақола режалаштирилган қарши тарғиботдек туюлди. Қизиғи, мақолага асос бўлган фейсбукдаги Билайнга қарши изохларнинг бирини муаллифи айнан Даракчи мухбири эканлиги ажаблантирди... Ғалатимасми бу? Худди сон учун кўпайтирилиб мақола тузилгандек.
Шахсан ўзимда Билайн ва Юселл симкартаси мавжуд. Ишонсангиз, Юселл симкартасидан кунига 1 дона одамга қўнғироқ қилиб туша олсам бу катта бахт! Асосан “Не зарегестрирован в сети” деб ёзув чиқади . Ёки анча пайт шунчаки жим туриб кейин уланмай ўчади. Текширишмоқчи бўлса бемалол исботлаб бераман! Ўзим эшитаётган норозиликлар хам асосан Юселлга бўлганигами, Билайнни устидан иккинчи мақола шубха туғдирмоқда.
Билайн манда супер ишлайди. Хаммаси. Интернети хам алоқаси хам. Ойига 1700мб интернет пакет сотиб оламан ва шу бир ойга етади. Албатта минуслари хам бордир...лекин жуда хам кам холларда ва икки мақола чиқиши даражасида эмас.
Нима учун бошқа мобил операторлари хам тахлил қилинмаяпти? Ман ўзим шахсан умуман ишлата олмайдиган Юселл юқорида айтганимдек умуман қўнғироқ қилиб тушиб бўлмайди.
Келинг, хар тарафлама тахлилни изохда қиламиз ва умумий овоз билан хал қиламиз, Ўзбекистондаги қайси мобил оператори бугунги кунда энг аъло ва сифатли хизмат кўрсатмоқда ? Шунингдек, энг сифатсиз хизмат кўрсатадиган мобил операторини хаққоний хал қиламиз.
man ham ucell beeline uzmobile gsmlani ishlataman. aytishim mumkinki bulani ichida en stabiĺniy ishlidigani beeline. ucell sal tormozroq haqiqatan. darakchiga kese ula umsi reklama qilishadi kopro. beeline tanqid qilingan sonida har doim ums qanaqa zor kompaniya haqida qanaqadir maqola boladi. UMS haqida hich narsa diyomiman lekin
Ucell kunduzi dabdala kechasi 1-2dan keyin normalni ishlab qoladi. Tungi interneti zo'r tezlikda muammo yoq. Bilayn kechasi internetini sekinlatib qo'yadi o'tirurasan 100mbniyam bir soat skachat qilib. Do It yoqqan odamga qiyin.
Bilayn xaqida bir narsa deyishim qiyin chunki xech ishlatib ko'rmaganman.. ucell xaqida esa gapiradigan gapla ko'p.. Aloqa sifati rasvo internetni gapirmasa xam bo'ladi. Mb si sal kottaro nimadur skachat qimoqchi bo'sam yarimiga keganda oshibka bervoradi... xullas bir tiynga qimmat.. Xozir Uzmobile GSM ga o'tvoldim aloqasi chotki ucelldan o'lsa o'ligi ortiq interneti xam zo'r vapshe chotki ishlavotti..
oilamizda 5 kishida hammasida bilayn, urugliqqa 1dona ucell bor, tanishlar qon yiglatvordi bilaynlaring, ucellaring yoqmi desa ashu nomerga qilgani, lekin hammani oylantiryatgan savol bor bu abonentskiy plata olinadimi, qachongacga davom etadi hech kim tushuntirmediyam nimaga asoslanib hamma operator hamma ta'rifiga abonentskiy plata bor
у меня билайн...в городе все ок...но недавно за город выехала...да и в больнице лежала...ни тебе связи ни тебе инета нет...надо бегать и искать где там антена есть...а вот юсел подруги работал нормально...
man uchun ucell qulayroq. internet bn hech qanday muammo yuq. to'g'ri tel qilganda ayrim hollarda tushib bulmaydi. beeline 1 martta ishlatgandim. internet ta'riflari yoqmagandi. umuman olganda tanishlarimni ko'pchiligi ucell ishlatadi
манда ums, beeline, ucell ва perfecrum - 4 та операторни носерлари бор. Тошкент шахри, вилоят ва туман марказларида ums га етадигани йук, алока вв инет супппер! лекин 1 км четга чиксанг тамом - на униси бор, на буниси. beeline va ucell деярли бир хил ишлайди. биттаси ишлаган жойда иккинчиси ишламайди - худди келишиб ва худудларни булишиб олишганга ухшайди. perfectum деярли сифати бир хил, лекин киммаи
Manda ums prosto AJOYIB! Ucellu bilaynlaga qaraganda judayam yaxwi,bizada bilaynga antena yöq,ucellda boru,lekn svyaz' yomon,yana puli tez ketib qoladi.
Bilayn bn ucell umuman aynigan, hozir uzmobile bn ums juda yaxshi ishlavotti. Uzmobilega yaqinda ulandim, gap yo'q. Svyaz, internet juda zo'r, ham boshqalaga nisbatan ancha arzon.
Bilaynni topgan gapi faqat bitta: sizning hududingizda modernizatsiya ishlari ketmoqda.... Ataylab, har bir tummanni (Toshkent) sorab chiqqanimda ham bir xil gap, modernizatsiya......
xammasi br tinga qimmat man özm anchadan beri iwlatp yurgan nomerm öz 6zdan antena chqmi qoldi bilsam kuyip qopti chunarsz pulli wiliwi bilwadi 1ta xabar vaqti kesa 2.3marta sms b.b kevuradi odam xursand b.b qarasa yana wu ucell.dan:-D
Osha muxbir Qamariddinku. Ozi bemani shuyam jurnalistmi? Faqat instagrammdan rasmlani olib maqola qib chiqadi. Maktabda oqidgon oquvchiyam bu ishshi qilolidi. Nimasiga jurnalistman db yurpti u. Yana yo narsalani yozib chiqadde boshqa ish topomagandan kn
Man uchun eng zo'r operator beeline!! Bemalol gaplawasa olas,internetam tez iwlidi.Lekin puli tez tugidi.Ucellda gaplawiwdan tawqari uni bittayam abonentiga ulanib bo'midi.Xizmat doirasidan tawqarida divoradi.UMS esa hammaniyam cho'ntagiga to'g'ri kelurmmidi.
Man Angren shahar Nurubod qorgonida yashiman,shundo domimmi orqasida bilaynni stansiyasi bor ln 3G yoq,operatorlariga shu masalada tel qisam "shu yil bop qolishi kere "diyishvotti,nu paka 3G keguncha yuseldan foydalanib turamz
yana bir narsani... Keles dan achna o'tgandan keyin sanatoriya digan joy bor ana o'shatga bilayn ishlatadigan odam borsa telefoniga "Qozog'istonga xush kelibsiz" digam sms keladi va xisobingizdagi barcha pullar o'zidan o'zi yo'q bop qoladi))) bunaqa xolatni ko'p kuzatganman)))
menda 5-6 yildan buyon bilayn ham ucell ham bor qo`qonda yashayman bowqa joylarni bilmadimu bizda lekin aloqalar a`lo darajada ucelldan inetka kirib bilayndan gaplawaman. bilaynga nisbatan ucell qulayroq sababi mblar arzon qoshimcha hizmatlari ham yaxshi. menimcha bu ums uchun reklama bolsa kere
Menda ucell)) yanada kopro'gini hamon kutmoqdamiz)) Uzmobile ham ishlatib kordim boshida normal edi kn u ham aynidi. Umuman bizda uy ichida hech bir kampaniya raqamida gaplashib bolmaydi. Netniku aytmasa ham boladi. Faqat ochiq joyda kochada chiqib gaplashish kk. Yaqinda my gov uz portaliga " aloqa sifati yaxshi emas mahallaga bitta antena ornatilar " deb yozsam kelib 4 hil uzmobaylda kelib tekshirib ishlayaptiku deb ketishdi. Ishlayotgan bolsa ham baribir bitta antena kerakku desam hozir iloji yoq pul yoq deb ketishdi. Kn tekshirishdi yaxshi ekan degan qogoziga imzo qoyib berdim. Qoymayman degandim biz tekshirdik ishladi qol qoymasang yolgon malumot berdi deb jarima solamiz deb popisa qiganday gap qilishdi.
Ucell haqida bir narsa demayman. Internet 0.000001bit/soat. 8123ga tel qilishga hojat yo'q operatorlar ********. Bir kuni tel qildim antena chiqmayapti deb, joylaringda svet ko'p o'chadi dedi. Yozda o'chmayapti desam telizdan 3Gni o'chiring deydi o'zi 2G chiqmayaptiyu disam kun issigani uchun deydi! Bir kuni 50mb kunlik ni yoqdim xisobimda 10sent qolgandi o'chiraman desam tizimda xato deydi pul bo'sa otkaz qilmaydi pul qolmasa tizimda xato hullas zb. Belayn super operatorga 1tada tushadi. Internet super umuman nolimayman ajoyib.
ucell ishlatardim.Svyazi dabdala bopketti. keyin bilaynga o'tdim. yarim yildan keyin tarafimizda ishlamiy qoldi. bir oycha profilaktika boldi. shu paytta ucell ishlatdim. keyin yana bilayn ishliy boshladi. xozir bilayn zor ishlavotti. ucell ishlatganimda bildimki umuman tel qilib tushib bomiydi. 2-3 martta tel qisa ulanadi. xonada bazida antenna yoq bopqoladi. bilayn ancha zor.
UZONLINE! UZONLINE!!!! VA UZONLINE!!! UMSda aloqa yahwi internet yoq! beelineda internet yahwi aloqa yo! UCELLda ikkalasiham yomon!!! bu faqt ishoni!! faqat 1dan keyin etilgendek internet yahwi!!! UZONLINE da ikkalasi ham yahwi sinalgan faqt!
Диққат:Ёзиб қолдирилган изох дарров сайтга чиқмайди. Хар бир изох узоғи билан 24 соат ичида текширувдан ўтади. Мабодо бу вақт ўтгач хам сайтда изохингиз чиқмаган бўлса унда чиқарилмаганлик сабаблари қўйидагича бўлиши мумкин:
Сайтимизда сўкиниш, хақорот, камситиш, мазах қилиш, салбий ва диний тарғибот, махалийчилик, миллатчилик, реклама ва қадр қимматни ерга ургувчи АЛОМАТЛАРИ БОР изохлар сайтга чиқмасданоқ ЎЧИРИЛАДИ!
Шунингдек миш-миш бўлиб кетишига сабабчи бўлгувчи тасдиқланмаган маълумотлар, тасдиқланмаган гап-сўзлар хам изохлардан ўчирилиши мумкин!
-Қолдирилаётган изох ўша мақоладан ташқаридаги мавзуда бўлса хам ўчирилиши мумкин.