Qiziqarli (mashhur) hikoyalar
|
|
misS | Сана: Пайшанба, 25-Авг-2011, 09:44 | Изох # 1 |
Рўйхатда
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 13
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 604
Холати: Хозир йўқ
| Bu mavzuga adiblarning o'zingiz o'qigan va o'zingizga yoqqan hikoyalarini yozishingiz mumkin. Добавлено (25-Авг-2011, 08:39) ---------------------------------------------
Said Ahmad
SUVLAR OQIB KETDI
Onasi Murodjonning tushiga kiribdi. Texnikum yotog‘ida bolasining karavotiga o‘tirib tugun yechayotganmish. Tog‘oradan qora chillaki olib, tumbochka ustiga qo‘yib dermish: — Ol, bolam, atayin senga ilinib olib keldim... Og‘zing tegib qolsin, dedim. Chumchuq o‘lgur qo‘ymayapti. Poshshaqiz yonboshiga ag‘darildi. Murodjon uyg‘onib ketdi. U shiftga boqqanicha o‘y o‘ylab yotaverdi. Qorong‘i kecha qa’riga tikilib, ko‘rgan kunlarini, bolaligini qidirardi. Qaerdadir qo‘l soatning zaif chiqillashi, koridor devoridagi elektr schyotchigining bemor ingrashidek nolasi, divanda kulcha bo‘lib yotgan mushukning yoqimsiz g‘urillashi eshitilib turibdi. Murodjon uzilgan tushini ulash niyatida yana ko‘zini yumdi. Uyqu ham kelmadi, tush ham ko‘rmadi. Ko‘pdan yo‘qotgan onasi bir on paydo bo‘lganicha abadiyat qa’ridan qayta yuz ko‘rsatmadi. Murodjon onasini poylab uzoq yotdi. Oxiri ko‘zini ochib, yonboshiga qaradi. Xotinining yelkasidan ko‘rpa tushib ketgan. Ich kiyimlarining qavat-qavat kapron tasmalari oppoq yelkasidan bilagiga tushib qolgan, kuragidagi kecha banka qo‘ydirganda qolgan jigar rang izlar bemalol ko‘rinib turibdi. Marvarid o‘ramidagi sariq ipak tugunchasiga bir dona dur ilinib qolibdi. Murodjonning xotini Poshshaqiz nihoyatda chiroyli edi. Zulukdek qora qoshlar, ilondek to‘lg‘angan taqim o‘par sochlar, tikilgan joyni kuydiradigandek ko‘zlar Murodjonning bolaligiga, osoyishiga o‘t qo‘ygan edi. Murodjon yotaverib qon bo‘lib ketdi. Asta ko‘rpadan sug‘urilib, qorong‘ida timirskilanib shippagini topdiyu narigi uyga oyoq uchida chiqib ketdi. Aksiga olgandek, qandildagi lampochka ko‘kimtir chaqindek bir yilt etdiyu kuyib qoldi. Ko‘zi qorong‘iga o‘rganib, asta-sekin ko‘radigan bo‘ldi, nazarida, uy yorishganga o‘xshab, jihozlar g‘ira-shira ko‘rina boshladi. U uy ichida kezarkan, onasining tirik qiyofasini xotirida tiklamoqchi, unga yana bir to‘yib olmoqchi edi. Ammo ona hadeganda uning ko‘zi o‘ngiga kelavermadi. Murodjon deraza oldiga kelib, hovliga qaradi. Ayvon shiftidagi lampochka hovlini oydindek yoritib turardi. To‘p etib yerga shaftoli tushdi. Qaydandir paydo bo‘lgan mushuk borib uni hidladi-yu, hafsalasi pir bo‘lib, orqasiga qaytdi. Tok so‘ri tepasidan musicha tuxumi tushib, chilchil sindi. Yana boyagi mushuk paydo bo‘ldi, tuxum singan yerni yalab oldi, keyin maza qilib kerishdi-da, tandir tepasiga koptokdek sakrab chiqib ketdi. Sal o‘tmay devordan sho‘r tuproq to‘kildi. Shunda birdan Murodjonning ko‘ziga onasi ko‘rindi. Onasi tandir oldida qo‘liga yengcha kiyib, loladek qip-qizil kulcha betiga suv sepyapti. Tandirdan chiqayotgan yallig‘ uning ham betlarini qizartirib yuborgan. U, sochlarim kuymasin, deb peshonabog‘ini qoshlari aralash tang‘igan, uzun satin ko‘ylagining etagini lippa urib olgan. — Bolam, anchadan beri yopgan non yemagandirsan, beri kel, issiqqina yeb ol. Ona shunday dediyu qorong‘ilikka singib ketdi. Murodjon seskandi. Ichidan allaqanday o‘t kelib tomog‘iga qadaldi. Issiq qo‘l yelkasiga tekkandagina o‘ziga keldi. Orqasida yelkasida xalat tashlagan Poshshoqiz turardi. — Sizga nima bo‘ldi? Qaysi yashshamagur jononingiz esingizga tushib ketdi? Murodjon unga shunday bir qaradiki, Poshshoqiz xuddi begona erkak oldida turgandek, to‘zg‘ib ketgan sochlari bilan ko‘kraklarini berkitdi. — Obbo, bu qanaqasi, qoq yarim kechasi xo‘rsinib yurish... Murodjon indamay nari ketdi. Maykachan hovliga tushib, uyoqdan-buyoqqa yura boshladi. U go‘yo mana shu hovlidan, yerdan, qorong‘ilik ichidan bolaligini, beozor, anduhsiz go‘dakligini qidirayotgandek edi. Poshshaqiz deraza oldida unga ancha qarab turdi-da, kaftining orqasini og‘ziga tutib ikki marta yaxshilab esnab, yotog‘iga kirib ketdi. Tinch, jonli-jonsiz farahli uyquga ketgan sokin kechada kezarkan, Murodjon birdan bolaligiga ro‘para keldi. Eshiklari oldida o‘sgan kattakon, tanlari bujmayib ketgan tut tagidagi tegirmon toshiga onasi har kuni ertalab ikki ko‘zadan suv olib chiqib quyardi. Yo‘lovchilar shu suvdan ichib, bolang katta bo‘lsin, umridan baraka topsin, deb onasini duo qilishardi. Go‘dakligidan esida qolgani shu. Keyin bo‘yi cho‘zilib qolganda onasi taxi buzilmagan baxmal ko‘rpani buzib, unga to‘n tikib bergani, kiydirib maktabga yuborgani ham esida. O‘shanda onasi maktab ostonasiga yetmay, yo‘l o‘rtasida qarab qolgandi. Murodjon ishga yaragudek bo‘lguncha ona yer chopdi, tom shuvadi, devor urdi, qor kuradi, birovlarning ko‘rpasini qavidi, tinim nimaligini bilmadi, ammo bolasini zoriqtirmadi. U umrini shu bolasiga bag‘ishladi. Er qilmay o‘tdi. Bolam odam bo‘lsin, kamolini ko‘ray, yurtga qo‘shay, to‘ylarida charchay, keyin bolalarini boqay, dedi. Nihoyat, u o‘g‘lini Toshkentga, texnikumga yetaklab keldi. O‘qishga joylab qaytib ketdi. Ona har oyda bir kelishni tark qilmas, topgan-tutganini bolasining qo‘liga tutqazib, yana piyoda Parkentga qarab ketardi. Murodjon o‘qirdi. Zehni o‘tkir bola muallimlariga yoqib qoldi. Yillar o‘tdi. Institut, urush qiyinchiliklari boshlandi. Ammo ona oyda bir kelishni tark qilmasdi. Har kelganida bolasining betiga soatlab tikilib o‘tirardi. Ozib qolganini, rangi so‘lganini ko‘rib, ich-ichidan kuyib ketardi. Aspirantura yillari boshlandi. Murodjon ancha o‘zini tutib olgan. Onasining uzoq yil bosib kelishini xohlamasdi. O‘zi borib kelardi. Dissertatsiya yoqlaydigan kuni onasi bir savat non yopib keldi. Murodjon ming xijolat bilan onasi qarshisida turardi. Ona uning ham quvonch, ham xijolat to‘la ko‘zlariga tikilib, o‘g‘lining ko‘nglida nima gaplar borligini darrov fahmladi. — Qani, bir ko‘ray, — dedi ona. Murod pillapoya oldida turgan nihoyatda chiroyli qizni chaqirdi. Bu Poshshaqiz edi. Ona bo‘lg‘usi kelinining peshonasidan o‘pib yig‘ladi. Dissertatsiya himoyasidan keyin onani ziyofatga olib ketishdi. Uni to‘rga o‘tqazib qo‘yib, ko‘p chiroyli, ko‘p ma’noli gaplar aytishdi. Onasiga rahmat, deyishdi. Bu onaning butun chekkan aziyatlariga to‘langan haq, berilgan mukofot edi. Bu onaning eng baxtli kuni edi. U qishlog‘iga yurib emas, uchib ketdi. Shundan keyin ona o‘g‘lining to‘yiga keldi. To‘y kelinnikida bo‘layotgan edi. Katta hovli yasatilgan. Dasturxonda odamning jonidan boshqa hamma narsa bor. Ammo onaga hech kim parvo qilmadi. U shu paytda o‘rdak tuxumini ochgan tovuqqa o‘xshardi. To‘y oxirlab qolganda asta o‘rnidan turdiyu o‘g‘lining oldiga borib, peshonasidan o‘pdi. Cho‘ntagidan bir poy tilla bilaguzugini olib kelinining bilagiga soldi. — Taqib yuring, qanonam rahmatlikdan qolgan. Shunday deb Poshshaqizning ham peshonasidan o‘pdiyu ko‘zyoshini ichiga yutib, to‘ydan chiqib ketdi. Murodjon bir haftadan keyin borib, «olib ketay» deb yalindi, ona ko‘nmadi. — Nima qilasan, bolam. Tinch bo‘lsang bo‘lgani. Shu kunlaringni ko‘ray, deb niyat qilgan edim, ko‘rdim. Murodjon baribir uni qo‘yarda-qo‘ymay olib keldi. O‘n kun ham turolmadi ona. Murodjon ishdan kelsa, onasi kiyimlarini tugib, ayvon dahanida o‘tiribdi. — Ha, oyijon, nima bo‘ldi? — dedi hayron bo‘lib. — Ketay, bolam, shaharlaringda turolmayapman. Qishloqqa o‘rganib qolganman. Poshshaqiz gapga aralashmadi. «Qoling» ham demadi, «keting» ham demadi. Murodjon qaynona bilan kelin orasida biron gap o‘tganini darrov bildi. Onaning butunlay kelgani Poshshaqizga yoqmagandi. Qaynonasiga koridordagi divanga joy qilib berganda, Murodjonning yurak-bag‘ri ezilib ketgandi. Lekin og‘iz yorib biron gap aytolmadi. Vaqtida aytilmagan kerakli gap ertasiga jo‘n gapga aylanadi. Shundoq bo‘ldi. Onasining koridorda, oyoq ostida yotishi bora-bora oddiy narsaga aylanganini Murodjon sezmadi. Ona o‘g‘linikiga qaytib kelmadi. Murodjon borib turdi. Ro‘zg‘orini qilib berdi. Otasidan qolgan uy nurab tamom bo‘lay deb qolgan ekan, boshqatdan tiklab berdi. Ammo ona «xotining undoq, xotining bundoq» deb og‘iz ochmadi. «Ha, endi qo‘shaqaringlar, o‘zlaringdan ko‘payinglar» deb duo qildi. Poshshaqiz hamma gapni ichiga tashlab yurgan ekan, bir kun kelib yorildi. — Qanaqa erkaksan? Uylanganingdan keyin ro‘zg‘orga qaragin-da, topganingni onangga tashiyverasanmi?! Bu Poshshaqizning o‘z erini birinchi senlashi edi. Murodjon nima qilishini, nima deyishini bilmay qoldi. Tiliga biron og‘iz bo‘lsa ham gap kelmadi. Turib-turib uyga kirib ketdi. Shu kundan boshlab ularning turmushi darz ketdi. Dam olish kunlari Poshshaqiz ataylab unga ish topib qo‘yadi, ko‘chaga chiqarmasdi. Murodjon esa, bugun dam olish kuni, onam ko‘chaga qarab o‘tirgandir, deb bezovtalanardi. Murodjon ikki oycha onasining oldiga borolmadi. Bir dam olish kuni jahl bilan chiqib ketdiyu qishloqqa jo‘nadi. Xotini cho‘ntagini qoqlab qo‘ygan ekan, quruqdan-quruq kirib bordi. Shundoq kelganiga boshqa bahona aytgan edi, kampir ko‘zyosh qildi. — Bolam, qo‘lingga emas, diydoringga qarayman. O‘zingni ko‘rsam bo‘ldi. Mayli, bolam, ro‘zg‘oring achchiq bo‘lmasin. Sen kelolmasang ham, ishxonangga borib, uzoqdan o‘zingni ko‘rib turibman. Qandoq qilay, peshonamda bittaginamsan. Murodjonning vujudini titroq bosdi. Lablarigacha ko‘kardi. Ona uning holatini ko‘rib qo‘rqib ketdi. — Tur, bolam, tur. Xotining kutib o‘tirganini bilasanmi? Ona uni katta yo‘lgacha kuzatib qo‘ydi. Oradan bir oycha o‘tib ketdi. Murodjon ishdan qaytib, achchiqqina choyga mahtal bo‘lib turgan edi. Poshshaqiz yoniga kelib o‘tirdi. Yelkasini uning yelkasiga ishqab dedi: — Jon Murod aka, jo-on Murod aka, aspirant qizlaringizga ayting, kelib derazalarimni yuvib bersin. Murodjon sapchib o‘rnidan turdi. — Bu qanaqa gap! Aspirantlar konsultatsiya olgani keladi, sizga dastyorlik qilishga emas. Kelgan aspirant bolalarga devor urdiribsiz, qizlarga kir yuvdiribsiz. Uyat emasmi? Ertaga institutda qandoq bosh ko‘tarib yuraman? Poshshaqiz ensasi qotib, indamay ketayotgan edi, Murodjon dedi: — Bitta choy damlab bering, yuragim kuyib ketdi. Poshshaqiz orqasiga qaramay, javob qildi: — Ana gaz, ana choynak, o‘zingiz damlab ichavering! Murodjon jahl bilan o‘rnidan turdi. Stoldagi choynakni olayotgan edi, yaltiroq stol dog‘ bo‘lmasin, deb choynak tagiga buklab qo‘yilgan qog‘ozga ko‘zi tushdi. Beixtiyor olib ochdi. Telegramma ekan, o‘qidi: «Murodjon uka, oyingning mazasi yo‘q. G‘animatga o‘xshaydi. Tez yetib kel. Dilingda armon bo‘lib qolmasin». Murodjonning vujudini qaltiroq bosdi. Ko‘z oldida kattakon doira paydo bo‘lib, gir-gir aylanaverdi: — Qachon keldi bu telegramma? Murodjon o‘zining ovozini uzokdan eshitayotganga o‘xshardi. — O‘tgan kuni kelgan edi. — Nega menga aytmadingiz? — Esimdan chiqib qopti, — dedi Poshshaqiz. Murodjon nima qilganini bilmaydi. Qo‘lidagi choynakni xotiniga otdi. Poshshaqiz chap berib qolgan edi, choynak burchakdagi televizorga borib tegdi. Devorlarga shama sachradi. U uydan o‘kdek otilib chiqdi. Shu chiqib ketganicha ikki oydan keyin ozib, ranglari sarg‘ayib, sochlarida ikki-uch oq tola bilan kirib keldi. U uyga, o‘z xonasiga kirib ketganicha ertasiga ham chiqmadi. Poshshaqiz derazadan qaradi, Murodjon goh peshonasiga shapillatib urar, goh divanda ko‘zlarini yumib qimirlamay yotardi. Poshshaqizning onasi, eringning oldiga kir, degan edi, ranglari oqarib ketdi. — Voy, o‘likdan qo‘rqaman... Qaynona kuyovining oldiga kirdi. Ahvolini ko‘rib, nima bo‘lganini darrov payqadi. Betahorat bo‘lsa ham, qudasining arvohiga Qur’on o‘qigandek bo‘ldi. Poshshaqiz kirdi. Erining peshonasidan silab yupatmoqchi bo‘ldi. Ammo Murodjon uning qo‘lini olib tashladi. Ingradi: — Yetolmadim, yetolmadim, borgunimcha begonalar onamni ko‘mib qo‘yishgan ekan. Oradan besh yil o‘tdi. Murodjon fan doktori bo‘ldi. Onasi niyat qilgan kunlar keldi. U baxtli edi-yu, ammo bu baxtning bir cheti kemtik edi. Murodjon doktorlik himoyasidan uch kun oldin onasining qabriga marmar tosh olib bordi. Qaynoq qalb so‘zlari bitilgan marmar lavha g‘aribgina qabr tepasida qoldi. Yoshlik — sho‘rlik yillari suvdek qirg‘oqlarga sapchib oqib ketdi. Hamisha omonat bo‘lgan onalarimiz o‘zlari to‘ymagan bu yorug‘ dunyoni bizga tashlab ketishdi. Birov ona duosini olib qoldi. Birov dog‘i-hasratda... Bugun Murodjonning tushiga onasi kiribdi. Yotoqxonada bolasining karavotiga omonatgina o‘tirib, tugun yechayotganmish... Добавлено (25-Авг-2011, 08:44) --------------------------------------------- O’tkir Hoshimov
«HAYAJONLANMANG»
Mashoyixlar bilib aytgan ekan: do‘stning eskisi, xotinning yangisi yaxshi bo‘larkan. Yangi xotin degani-chi, yangi kalishga o‘xsharkan, vey! Issiqqina, yumshoqqina. Torgina... Avvalgi xotini sigirmijoz edi. Lapanglab yuradimi-ey, ovqatni pishillab yeydimi-ey... Bunisining yurgani bilin-maydi-ya! Mushukka o‘xshaydi, baraka topgur! Biram odobli, biram mehribon! Ikki gapning birida «jonim» deydi. Unsizgina pildirab keladi-da, tizzasiga o‘tirib oladi. Tizzasiga o‘tiri-i-i-b, tomog‘ini yalaydi. Shunday qilsa, erkak kishining asabi orom olarmish. Do‘xtir-da, biladi... Avvalgi eri shundoq xotinning qadriga yetmagan ekan, nomard! Mana, bugun ham divanda o‘tire-e-eb, «Salomatlik» jurnalini o‘qiyotgan ekan. Eri eshikdan kirib kelishi bilan muloyim tovushda so‘radi: — Yaxshi keldingizmi, jonim? — Yaxshi, - dedi er, - bugun majlis bo‘ldi. — Hayajonlanmang, jonim, hayajonlanmang, - dedi xotin. Er hayron bo‘ldi. — Hayajonlanayotganim yo‘q. Ishxonada majlis bo‘ldi. Majlisda... — Ana, yana hayajonlanyapsiz! Majlis bo‘lsa bo‘pti-da! Shungayam hayajonlanish kerakmi? — Hayajonlanayotganim yo‘q, axir! - dedi er battar hayratlanib. — Qo‘ying, jonim, arzimagan majlis deb hayajonlanmang. Bir marta gapimga kiring. Iltimos, hayajonlanmang! — Hoy, baraka topgur, hayajonlanayotganim yo‘q! — Ana, qo‘lingizni paxsa qilyapsiz. Birinchi stadiya. - Xotin uning ko‘ziga diqqat bilan tikildi. - Nima keragi bor ortiqcha hayajonni! — Hayajonlanayotganim yo‘q, dedim-ku! -Er ingrab yubordi. — Hayajonlanayotganim yo‘-o‘-o‘q! — Ovozingiz titra-a-ab chiqyapti. Demak, hayajonlanyapsiz. Odam hayajonlansa, yurak tez uradi. Yurak tez ursa, tomirdagi qon oqimi kuchayadi. Hayajonlanmang, jonim, hayajonlanmang! O’tiring, tomog‘ingizni yalab qo‘yaman. Faqat hayajonlanmang! — Hayajonlanayotganim yo‘q, inson, hayajonlanayotganim yo‘-o‘-o‘q! — Ko‘rdingizmi, ovozingiz borgan sayin baland chiqyapti, jonim. Odam qattiq hayajonlansa shunaqa bo‘ladi. Avval ovozi titrab chiqadi. Keyin balandlashadi. Qon oqimi quchaysa, adrinalin ko‘payadi. Andrialin ko‘paysa, bosim ko‘tariladi. Bosim ko‘tarilsa, qon tomirlari zo‘riqadi. — Xotan azza-bazza yalindi. — Xo‘p deng, jonim, hayajonlanmang! Er tizzasini mushtladi. — Hayajonlanayotganim yo‘q, deyman-a, hayajonlanayotganim yo‘q! — Ana, baqiryapsiz! Ko‘zingiz bejo... Ikkinchi stadiya! Qon tomirlari zo‘riqsa, asab tolalari o‘ladi. Asab tolasi o‘lsa, odam insult bo‘ladi: falaj! Ko‘zi g‘ilay bo‘li-i-ib, og‘zi qiyshayi-i-b qoladi. Oyoq-qo‘li ishlamay qoladi. Men psixiatrman-ku, jonim, bilaman-ku! Xo‘p deng, hayajonlanmang! - Hayajonlanayotganim yo‘q! - dedi er bo‘kirib. - Hayajonlanayotganim yo‘q, g‘alcha, hayajonlanayotganim yo‘-o‘-q! - Og‘zingizdan ko‘pik chiqa boshladi. Uchinchi stadiya! Falaj bo‘lsangiz undan nari-ya, jinni bo‘p qolsangiz... Xo‘p deb qo‘ya qoling, jonim, hayajonlanmang! - Nima? «Jinni?» Kim jinni?! - Er avval stolni mushtladi. Keyin qo‘shqo‘llab sochini yula boshladi. - Hayajonlana-yotganim yo‘q! Do-o-od! Voyd v-a-od! Hayajonlanayotganim yo‘-o‘-o‘-q! ... Hushiga kelib qarasa, xotin narigi xonadan kimgadir telefon qilyapti. - Allyoyoyo, bu jinnixonami? Florochka, o‘zingmisan, jonim? Hayajonlanma-a-a-ay o‘tiribsanmi? Erimga necha marta aytyap-man: hayajonlanmang, hayajonlanmang, desam, bu yana hayajonlanyapti. Peshonam qursin, avvalgi erim ham hayajonlanib-hayajonlanib, uch oyda jinni bo‘p qoluvdi. Bunisi bir oygayam bormaydi shekilli?.. Nima? Yo‘-o‘-o‘q, u yog‘ini o‘ylab qo‘yganman. Gugurt, pichoq, bolta - hammasini bekitib tashlaganman. Nima deding? Voy, sening eringni uje opkelishdimi? Yana bitta koyka tayyorlab qo‘y, jonim! Erta-indin menikiyam borib qoladi-yov...
Ko'zlaringda men ko'zingda baxtni ko'rsam bas!
|
|
| |
Giyos | Сана: Пайшанба, 25-Авг-2011, 10:40 | Изох # 2 |
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 1130
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 59
Холати: Хозир йўқ
| Voy rahmat. Zo'r mavzu ochibsiz. Hikoyala qiziqarli ekan. Yana kutib qolamiz.
Sog' salomatlik...
|
|
| |
Navroz | Сана: Пайшанба, 25-Авг-2011, 13:49 | Изох # 3 |
Иштирокчи
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 166
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 134
Холати: Хозир йўқ
| Zo'r Xikoyekan. Kakras wu asari o'qiw niyatida edim Rahmatttt Nodiraxon
|
|
| |
Loading | Сана: Жума-муборак кун!, 26-Авг-2011, 01:23 | Изох # 4 |
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
| Ey qoyilman. Bu yaxshi bo'ldi. Qani endi bir chekadan. Iloji bo'lsa Toxir Malik asarlaridan xam yozilsin.
Faqat 3 ta shart!
|
|
| |
Hushroy | Сана: Жума-муборак кун!, 26-Авг-2011, 05:34 | Изох # 5 |
Рўйхатда
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 48
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 951
Холати: Хозир йўқ
| Mana buni qiziqarli hikoya disa bo'ladi... Juda ta'sirli. Raxmat.
|
|
| |
Giyos | Сана: Жума-муборак кун!, 26-Авг-2011, 08:32 | Изох # 6 |
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 1130
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 59
Холати: Хозир йўқ
| Тоҳир Малик
"ЭРКИН"
Қамоқхонанинг темир эшиги аввалига юракни эзадиган даражада ғижирлади, сўнг шиддат билан шарақлаб ёпилди. Эркиннинг назарида, темир эшик шарақламади, балки моғор ҳиди анқиб турган бу зах бино тарс иккига ёрилиб-ажралиб, шу заҳотиёқ уни ютиб юборгандай бўлди. Узунаси уч қадам, эни икки қадам келадиган совуқ, нимқоронғи хонада ёлғиз қолгач Эркиннинг баданида титроқ турди. Титроқ совуқданми ё қўрқувданми — буни аввалига ўзи ҳам фаҳмлолмади. Эшикнинг шарақлаб ёпилиши сўнгги умид учқунлари устига кул тортди. Қамоқхонанинг узун даҳлизидан қўлини орқасига қилиб юриб келаётганда ҳам ўша умид учқуни олисдаги юлдуз каби милтиллаб турган эди. Энди... тамом! Демак, бу шунчаки пўписа эмас! Демак, бу англашилмовчилик ҳам эмас! Эркин остона ҳатлаб бир қадам қўйганича қотиб турарди. Кўз олдини қоронғи парда қоплаган, назарида оёқларидан ҳам жон буткул чиқиб кетгандай эди. У ўзи билмаган ҳолда чўка бошлади. Аввалига чўнқайди, сўнг чўккалади. Тиззалари музлади. Титроқ кучайди. Бақирмоқчи бўлдию овози чиқмади. Қоронғи хона бирдан ёришиб кетди. Шундай ёришдики, ҳатто кўзларига ҳеч нима кўринмай қолди. Назарида, қамоқхона томини икки ёнга суриб кўринган қуёшга қараб, кўзи қамашгандай эди. Дам ўтмай хона аста қизара бошлади. Охири қондек тўққизил тусга кириб, атроф чайқала кетди. Қамоқхона бино эмас, балки улкан қон денгизида қалқиб турган кема эди унинг хаёлида. Мавжлар бора-бора пўртанага айланди. Тиз чўкканича қалтираётган Эркин ўроқ солинган буғдой поясидай шилқ этиб ёнга қулади. Чаккаси бетонга тегиб, кўз олдини қоплаб турган қип-қизил қон денгизи қоп-қора зимистон чоҳга айланди. У зимистон чоҳга гўё учиб тушди. Қалтироқлари ҳам қолган, бадандаги зирқироқ оғриқ ҳам кўтарилган эди. У ўзини енгил ҳис қилар, қушдай учарди... Белига энли камар боғлаган соқчи йигитчанинг жимиб қолганидан хавотирланиб, эшик туйнугини очиб қаради. — Ерга ётиб олибди, бирон нима бўляптимикин?— деди у шеригига қараб. Рангпар шериги ҳам қаради-да: — Ўлмайди, ётаверсин, — деб нари кетди. Эркин қанча ётганини билмайди. Ҳушига келди-ю, сукунат жарангидан даҳшатга тушди. Жимжитликнинг бу қадар даҳшат эканини у билмас эди. Шу сабабли ҳушига келган- келмаганини аввалига билмай ётди. Бир пайт онаси сукунатни парчалаб: «Тур, болам, шамоллаб қоласан», деб шивирлагандай бўлди. Эркин сесканиб бошини кўтарди. Қулоқ тутди — онаси бошқа гапирмади. У атрофга аланглади: тўғрида темир каравот қорайиб турибди. Тепада хира чироқ. Бир томонда темир панжарали дарча. Орқада темир эшик. Бошқа ҳеч нарса йўқ. У қаддини ростлади-да, музлаб қолаётган ўнг қўли-ни, ўнг биқинини силади. Мажолсиз оёқларини бир-бир судраб босиб каравотга бориб ўтирди. Кўрпа бўлиб кўрпамас, жун чойшаб бўлиб жун чойшаб бўлмаган бир увадани олиб ўранди. Баданига сал иссиқлик югурди. Совуқ чекингач, очлик хуруж қилди. Тун бўйи мижжа қоқмаган йигитчани тонгда, нонушта қилишга ҳам қўймай олиб келишган эди. «ЭН-КЕВЕДЕ» деса жони ҳалак қўшнилар эшиклари тирқишидан мўралаб қолаверишган, нола қилаётган онасини юпатгувчи зот топилмаган эди. Эркин кун бўйи тик турганича сўроқларга жавоб берди. Қош қорая бошлаганда келтириб бу хонага тиқишди. Эркин нимқоронғи, зах хонага ҳам, сукунатга ҳам аста кўника бошлади. Бир йил ичида аввал акасидан, сўнг отасидан айрилган, отасининг дўстлари ҳам бирин-кетин қамалаётганини эшитиб довдираб қолган ўн етти ёшли йигитча учун ўтган кеча ва кундуз кутилмаган синов эди. Уч кун аввал мактаб директори уни чақиртирди. Чўққи соқолли бу одам ғоят сертакаллуф, ҳатто болаларни ҳам сизлаб гапирар, бировдан ранжиганини сира сиртига чиқармас эди. Ана шундай мулойим одамни ранги оқарган ҳолда кўриб, Эркин ажабланди. — Кечқурун Нозимхўжа акангизни ҳам олиб кетишибди, — деди у саросима билан. — Биттадан теришяпти. Сиз ҳозироқ уйингизга боринг. Дадангизнинг китобларини, кундаликларини, мактубларини, хуллас, ёзилган қоғоз зоти борки, беркитинг. Жулқунбой билан Чўлпоннинг китоблари зинҳор юзада қолмасин. Эҳтиёт бўлинг, болам, бора қолинг. — Нимага, муаллим, — деб эътироз билдирди Эркин, — дадам... йўқлар-ку? Шунда ҳам келишадими бизларникига? — Келишлари мумкин... Эркин муаллимнинг қўрқоқлигидан бир кулиб, бир ҳайрон бўлиб, уйига борди. Унинг гапларини онасига айтди. Онасининг ранги ўчиб, «Вой, ўлмасам...» деб икки юзига кафтларини босди. Уч ойдан бери пенсия пули берилмай қўйилганининг боисини шу топда англади. Бир оз саросимада турди-да, кейин токчалардаги китобларни саралай бошлади. Унинг қўли ишда, лаблари эса: «Вой, худойим, энди нима қилдим, буларни қаерга яширдик?» — деб пичирлади. — Эркинжон, болам, буларни қаерга яширамиз? Ёқмасак бўлмайди, шекилли? — деди онаси тўпланган китобларга қараб. Эркин «Ҳазиллашяптиларми?» деб унга тикилди. Кейин онаси ҳозирнинг ўзида ўт қўйиб юбораётгандек қўлларига ёпишди. — Йўқ, — деди у қатъий, — ёқмайсиз! Бу дадамнинг китоблари! Дадасининг қўллари теккан китобларни ёқишга йўл қўя олмас эди. Китоб ёнса, дадасининг хотираси ҳам куйиб кул бўларди. Оқибатда бу уйда табаррук ҳеч нарса қолмас эди. Эркин хотирасиз яшамоқ, туйғулардан маҳрум бўлмоқ ваҳшийлик эканини ҳали тушуниб етмасди. У ҳозир бир нарсани аниқ биларди — отасининг қўллари теккан буюм табаррук, муқаддас. Муқаддас нарсани эса ёқиб бўлмайди. Онасининг қўлларини ушлаб, кўзларига тикилди. Унинг бу қарашида «ўлсам ўламан, аммо ёқтирмайман» деган қарор зоҳир эди. Она ўғлининг қалбида портлаган, бироқ тилидан учмаган бу гапларни юраги билан эшитди. — Нима қиламиз бўлмаса? — деди йиғламсираб. — Кўмиб қўямиз. Ошхонада одам бўйи келадиган катта хум бўларди. Эркин эсини таниганидан буён бу хумга дон-дун тўлатилганини билмайди. Ҳозир Эркиннинг хаёлига дафъатан шу бўш хум келди. Ташқарига чиқиб, ўра қазий бошлади. Онаси эса ҳамон йиғламсираб мактубларни, ҳужжатларни тўпларди. Эркин ҳумнинг оғзини маҳкамлаб, устига тупроқ тортиб, сўнг итининг ёғоч уйини суриб қўйганида тун ярмидан оққан эди. Эрталаб мактабга борган Эркин директорнинг «халқ душмани» эканини билди. Директорнинг кечаги қиёфаси кўз ўнгидан кетмай, ўзининг ҳам саросимага банди бўлиб бораётганини сезмади. Оқшомда эса булар келишди. Бошқаларга буйруқ бераётган чарм курткали кишини Эркин бир кўришдаёқ таниди. Жавлон исмли бу одам авваллари ҳам бир-икки келган, лекин дадаси уни нимагадир хушламас эди. Меҳмон изига қайтгач, дадаси оила даврасида унинг фазилатларини шарафлаб ўтирар эди. Меҳмон кўнглига ўтирмайдиган, хуш кўрилмайдиган бўлса, индамай қўя қоларди. Унинг бу одати Эркинга ҳам маълум, шу сабабли тилга олинмаган меҳмоннинг кимлигини сўраб-суриштирмас эди. Шу туфайли чарм курткали Жавлоннинг кимлигини билмас эди. Дадаси қайтиш қилиб берганда ҳам бу одам келган, «Мираббосов большевик эди, большевикчасига кўмамиз», деб хархаша қилган. Эркиннинг бувиси чиқиб, «Болам большевик бўлган эди, тўғри, лекин ота-боболаридай ётаверсин. Большевик тахта қутида ётсин, деган қонунингни кўрсат», дегач, ён босган, аммо «Юзини очинглар, хайрлашайлик», деб тиқилинч қилган. Одамлар: «Кафанлаб қўйилган, очиб бўлмайди», деб койиб беришгач, жанозани ҳам кутмай кетиб қолган. Айнан шу одамнинг келиши Эркинга жумбоқ эди. Жавлон ҳатто этигининг чангини ҳам қоқмай уйга кириб келди. Аввал наматни, сўнг тўшалган кўрпачаларни босиб ўтиб, токчага яқинлашди. — Ҳм, Маркс, Ленин... яхши... — деди у китобларни қараб, — ўртоқ Сталиннинг китоблари қани? Эркиннинг онаси каловланиб, жавоб бера олмади. — Қанақа большевик экан бу Мираббосов, уйида доҳийнинг китоби бўлмаса... Мана бу ерда Қодирийнинг, нариги токчада Чўлпоннинг китоблари турар эди. Қани у китоблар? Онаси яна жавоб тополмай қолди. Саволларига жавоб бўлмагач, Жавлон овозини баландлатиб сўради: — Китоблар қани деяпман?! — Уларни... уларни ёқиб юборганмиз. — Ёқиб юборганмиз? Нимага? — Шу... нимайди?.. Онасининг ўртанишига чидай олмаган Эркин жавоб қайтарди: — Халқ душманларининг китобларига большевикнинг уйида жой йўқ! Жавлон заҳарли жилмайиш билан Эркинга тикилди: — Шунақами? Яхши... Аммо сендан сўраганим йўқ, тирранча, сен гапга аралашма... Хўш, демак, китобларни ёққансиз? Эрингиз қаерда, уни ёқмагандирсиз, а? Эркин ҳам, онаси ҳам ҳангу манг бўлиб қолишди. Бу одам ҳазиллашяптими ё чин гапиряптими — фарқлай олишмади. — Бу нима деганингиз... — деди онаси йиғламсираб. — Ахир дадаси... ахир ўзингиз кўргансиз... — Кўрмаганман! Кўрай деганимда мени юлиб ташлагансиз, чунки кафан ичида бошқа одам бўлган. Мираббосов халқ душмани, у адолат ҳукмидан қочиб юрибди. — Ҳаққингиз йўқ бундай дейишга! Дадам чин большевик эдилар! — Ўзингни бос, тирранча! Дадангни сендан кўра мен яхшироқ биламан. Мираббосов Бухородаги тинтувда топилган бир хум тилланинг ярмини топширмаган. Архивни кўтардик. Далиллар бор. Хўш, қолган тиллани қаерга яширган? Ё уни ҳам ёқиб юбордингизми? Майли, Мираббосов халқ душмани бўлмай қўя қолсин. Бундай дейишга арзимайди у. Мираббосов оддий ўғри. Биз ўғрини излаб топишимиз керак. — Ўзинг ўғрисан! — Эркин ўзини тутолмай шундай деб бақирди-да, Жавлонга ташланди. Онаси йўлини тўсмаганида унинг кекирдагига чанг солиши аниқ эди. Жавлон бир имлаган эди, остонада турган аскар Эркиннинг қўлларини қайириб, ҳовлига судраб олиб чиқди. Қош қорайди, кеч кирди. Атрофга сокинлик чўкди. Гўё бутун шаҳар, бутун ўлка оромга берилган эди. Эркин шу онда бошқа хонадонлар ҳам ташвиш ўтида қоврилаётганини, эшикларининг тақиллашини хавотир билан, юрак ҳовучлаб кутаётганини билар эди. «Балки уч-тўрт уйни тинтишаётгандир, — деб ўйлади у, — лекин ўлган одамни топиб берасан, деб тиқилинч қилишмаётгандир?..» Эркин ичкарида нима гап бўлаётганини билмасди. У одамнинг ғўнғир-ғўнғир товушини, онасининг йиғламсираган овозинигина эшитарди. «Кўмилган қоғозларни, китобларни кўрсатсам, қораси ўчармикин буларнинг», деб ҳам ўйлади. Кейин қоғозлардаги бирон-бир сатр отасининг «халқ душмани» деб қораланиши учун асос бўлиши мумкинлигини англаб, ўзини тийди. У дадасининг кундаликларини ўқиган, айрим сатрлар ёд ҳам бўлиб кетган эди. Маразинг бир тарафдан, бир тарафдан хорсан миллат, Бадандин қон олдирғувчи беморсан миллат... Отасининг бадном бўлиб кетишига шу байтнинг ўзигина кифоя. Унинг инқилобдан аввал ёзилганига қараб ўтиришмайди. Эркин отасининг қамоққа олин-ган дўстларини эслаб, «Тирик бўлганларида дадам ҳам...» деб ўйладию, юраги орқасига тортиб кетди. Отасининг бу чарм курткали одамга бош эгишига, унинг олдига тушиб қўлини орқасига қилиб уйдан чиқиб кетишига Эркин чидай олмаган бўларди. Бошқалар қандай чидаяпти экан, нима учун уларнинг юраклари аламдан тарс ёрилиб кетмаяпти экан? Эркин кечаси билан шундай ўилар исканжасида тўлғанди. Тиз чўкиб ўтирган онасини кўриб Эркин унга талпинди. Чарм курткали одам йўлини тўсиб, билагини маҳкам сиқди: — Онангга ачинсанг, олтинлар билан қоғозларнинг қаердалигини айт. — Бизда олтин бўлмаган. Қоғозларни ёқиб юборганмиз. — Ҳа, яхши. Бу ерда бир гап чиқмайди, шекилли. Сен мен билан кетасан. Суҳбатни идорада давом эттирамиз. «Энкеведе» нима эканини билмас экансизлар. — Биз ўртоқ Сталинга шикоят қиламиз. Сиз ҳали жавоб берасиз! Жавлон «Илоннинг боласи илон, чаённинг боласи чаён», деб ижирғанди-да, Эркинни силтаб итарди. Онаси уйда фарёд тортиб қолаверди. Идорадаги суҳбат эски эшикнинг бир меъёрдаги ғижирлаши каби давом этиб, Эркиннинг асаб торларини бурдалаб ташлади. У одам уйдаги ўша саволларни эринмай, бир хил оҳангда такрорлайверди. Эркин ҳам бир хилда жавоб қайтараверди. Оқшомга бориб иккови ҳам ўлардай чарчади. Оқибат — Эркин қамоқхонага, Жавлон эса уйига йўл олди... «Ойим нима қилишни билмай ўтиргандирлар, — деб ўйлади Эркин. — Оғзим қурияпти, сув сўрасаммикин? Нима деб сўрайман? Шулардан сўрайманми?..» Эркин увадага ўраниб, очликдан силласи қуриб ўтирганида онаси қамоқхона атрофида зир қақшаб юрган эди. Кундузи ичкаридан тайинли бир гап чиқмагач, уйига қайтиб ош пишириб, тоғорачага сузиб келган, бир «инсофли одам» бу ошни Эркинга бериб қўяман, деб олганича дом-дараксиз кетган эди. Она бечора «ўғлим оч қолмайдиган бўлди», деб бир оз овунган, тоғорачадаги ошнинг шу девор ортида уч азамат томонидан иштаҳа билан ейилганидан бехабар эди. Қош қорайганда Жавлон чиқди. Онанинг: «Болам қани?» деган саволига «Сўроқ тугамади», деб тўнг жавоб қайтарди-ю, автомобилга ўтириб жўнаворди. Эртасига эрталаб қўнғир бинонинг совуқ деворига суяниб, мудраб ўтирган онани кўриб уни чақирди. — «Энкеведе» билан ўйнашманг, девдим-а? — деди у пўписа оҳангида. — Ўжарлик қилманг. Болангиз мени ҳақоратлади. Илоннинг боласи илон, душманнинг боласи душман. Учликнинг ҳукми билан узоққа кетади. Ўйлаб иш қилинг. Эсингизни йиғсангиз, қутқариб қола оласиз. — Ўғлимни бир кўрай. — Мумкин эмас. Қоғозларни қаерга яширгансиз, олтинни-чи? — Ахир айтдим-ку? — Ўйланг, кечгача ўйланг. Она яна икки ўт орасида қовурилиб қолаверди. Ахир у нимани ўйлайди? Эри қаро ерда ётган бўлса. Уни тирилтириб олиб кела олмаса... Тирилтира олганда ҳам бу бедавонинг қўлига топширармиди? Нима учун топширади, нима гуноҳи бор экан у шўрликнинг? Эски замонда неча ўлимдан қолган эди, бу замонда ўлиб ҳам қутулмаса... «Олтинни топиб бер» дейди. Олтиннинг номини эшитишган, ўзини кўришмаган бўлса... Ортиқча беш-ўн тангалари бўлганда тўнғичларини омон сақлаб қолишмасмиди? Йигит ёшида бу дунёдан ҳеч нима кўрмай кетди бечора. Пахта теримига чиқиб, ўпкасини шамолга олдириб қўйди-ю, ўнгланмади, қийналиб жон берди. Ота бояқиш юртим, халқим деб юраверган экан. Боладан ажралди-ю, юрти, халқи у ёкда қолиб, ўз жони ҳам кўзига кўринмай қолди. Устидаги мотам кийимини ечмай, боласи ортидан кетди. «Эркинжон, болам, онанг мен билан турмуш қуриб рўшнолик кўрмади, сен уни ўкситма». Унинг кетар чоғида васияти шу бўлди. Ана энди онасини бошида кўтариб юриши, нохуш шамоллардан асраши, бу муштипарга бахт нима эканини англатиши зарур бўлган фарзанд шу совуқ ғиштин бино ичида ўтирибди. Нима қиляпти у ерда, уни қийнашяитимикин, ё... Шу фикрнинг ўзиданоқ она юраги потирлаб, ёрилиб кетай деди. Кечгача ўйлаши керак... Кўмилган қоғозларни, китобларни бериб юборса қутулармикин? Ё нимага беркитгансанлар, бир айбларинг бор, деб яна баттар қилармикин? Она нима қиларини билмай турганида, катта эшик очилиб, бир аскар кўринди. У ёқ-бу ёққа аланглади-да, сўнг унга яқинлашди. — Мираббосова сенмисан? — деди у дағдаға оҳангида. — Менман. — Уйингга жўна. Ҳали кечқурун боришади. Жилмай ўтир. Буйруқ шунақа. — Ўғлим... Ўғлим-чи? — Ўғлингни билмайман. Бор, жўна. Она унинг кўзларига умидвор нигоҳ билан боқиб, жиндек бўлса ҳам меҳр излади. Йўқ, меҳр топмади. Бу аскарнинг қарашлари совуқ, кўз косасига иккита муз парчаси солиб қўйилгандек эди. Она ундан узоқлаша бошлади. Оёқлари тошдай зил, босишга мажол йўқ эди. У анча вақтгача орқадан овоз келиб: «Ҳой, она, тўхтанг, ҳазиллашувдим, ҳозир ўғлингиз чиқади, бирга кетасизлар», дейилишини кутди. Ўн-ўн беш қадам юргач, илинж билан орқасига ўгирилди. Муз кўзли аскар кўринмади... «Нимага боришади, нимага кечқурун боришади?» деган савол уни турли хаёл кўчасига етаклади. Уйига яқинлашгач. «Эркинжонимни қўйворишган бўлса уйда кутиб ўтирганмикин?» деган хаёл чақмоқдай ярқ этиб, зулмат кўнглига ёруғлик берди. Зил-замбил оёқлари ҳатто енгиллашгандай туюлди. Шошиб эшикни очди. Ҳовлидан Эркиннинг «Ойижон!» деган овози эшитилгандай бўлди. Онанинг юраги яна портлади. Нафаси қайтиб, кўзи тинди. Эркини, Эркинжони яна бир «Ойижон!» дермикин, деб кутди. Йўқ, ҳовли ҳувиллаб ётарди. Она уйига сиғмай кўчага чиқди. Ўзи билмаган ҳолда акасиникига қараб юрди. Акаси уйда экан. Уни сал чўчиброқ қарши олди. — Нимага келдинг, бунақа пайтда уйда ўтириш керак. Орқангдан одам тушган бўлса... — у шундай деб кўча эшикни қия очиб, ташқарига мўралади. — Ойимни олиб кетаман. Кечқурун келишаркан. Ёлғизман, — деди она синиқ овозда. Бу ерга у далда илинжида келган эди. Акасининг қўрқаётганидан билдики, далдага умид қилиш — чўкаётган одамнинг хасга ёпишишидай бир гап. Ўз аканг шундай қилаётгандан кейин... Кампир қизини бағрига босиб, ҳўнг-ҳўнг йиғлади. — Кеча оқшом эшитганимдан бери адойи тамом бўлдим, борай десам, аканг қўймайди. Замон оғирла-шиб кетганмиш, нима қилай, қон ютиб ўтиравердим. — Кечқурун келишаркан, ёлғизман. — Бораман, болам, бораман. — Сен кетавер, бирга юрманглар. Ўзлари борадилар, — деди акаси. Она қамоқхонадан узоқлашаётган дамда қўлларини орқасига қилиб олган Эркин Жавлоннинг хонасига кириб келган эди. Жавлон йигитчанинг кўзларидан ниманидир уқмоқчи бўлгандай қаттиқ тикилди. Эркиннинг кўзларида уйқусизлик, очлик азоби зоҳир эди. Жавлонга худди шу керак: азобга банди бўлганми, йўқми — шуни билиш истагида тикилган эди. Излаганини топиб, юзига ғолиб одамнинг масрур кулгуси югурди. — Ўтир, онанг овқат олиб келибди, еб ол, — деди у мулойимлашиб. Эркин стол устидаги тунука коса, буғи кўтарилиб турган шўрва, бир бурда нонни кўриб, ютинди. Лекин сир бой бергиси, бу одамнинг марҳаматидан фойдалангиси келмади. — Қорним тўқ, — деб юзини четга бурди. Жавлон унга яқинлашиб бўйнидан ушлади-да, стол томон итарди. — Ўтир, еб ол, тирранча! Сенга ким қўиибди аразлашни. Қорнингни тўйғазиб, саволимга жавоб беру жўнаб қол, онанг кутиб турибди кўчада. Эркин ўтириб, қўлига қошиқ олди. Шўрва томоғини куйдириб ўтди. Шўрва шўр эди. «Майли,бир-икки қошиқ ичай, яна сулайиб қолмай», деб ўйлади у. Шу пайт аскар йигит қайнаб турган самовар олиб кириб қўйди. «Чой ҳам бераркан», деб кўнглидан ўтказди Эркин. «Яна бир қошиқ, кейин ичмайман...» деб ўтириб косани бўшатди. Шундан кейин ичи ёна бошлади. «Бу одам чой дамлайдими?» деб кутди. Жавлон самоварга қараб ҳам қўймади. — Қорнинг тўйдими? Энди айт: отангнинг қоғозлари; кундаликлари қаерда? — Ёқиб юборганмиз. Кечаги савол-жавоб, кечаги томоша қайтадан бошланди. Йўқ, томоша кечагидай эмасди. Эркинни кечаги дадиллиги тарк этган, аксинча уйқусиз икки тун, очлик азобига қўшилган ташналик ҳукмини ўтказа бошлаган эди. У ўзини аранг тутиб турарди. — Дадангнинг кундаликларини ўқиганмисан? — Йўқ. — Унда нимага ёқдинг? — Кераксиз қоғозлар деб ўйлабман. — Бекор айтибсан, ўқигансан. Бу кундалик отангни халқ душмани сифатида фош қилишини билгансан. — Отам душман эмас эди! — Эркин шарт ўрнидан турди. Лекин Жавлон уни елкасидан чангаллаб, жойига босиб ўтқазди. — Мен ўқиганман, отангнинг кундалигини. Эсимда турибди. «Халқ ночор, халқ юпун, халқ ўлим тўшагидаги бемор. Бунга сабаб юмшоқ ўринда кекириб ўтирган ўртоқларнинг думба чайнаб чандирни халққа отиши, қаймоқ ялаб, шилдир сувни халққа бериши, палов ошалаб, ювиндини халққа раво кўришидир...» деб ёзган отанг. Ўқигансан, а? Ҳа, ўқигансан. Бунақа гапни фақат душман айтади. Қани ўша кундалик, қаерга яширдинг? Ёқиб юборганингга ишонмайман, барибир топаман. Сенинг терингга сомон тиқаман, онангни оёғидан осаман! Айт! — Ёқиб юборганмиз... «Ҳозир шундай сайратайки...» Жавлон самовар қопқоғини очиб томизғичга қайноқ сув тўлдирди-да, Эркиннинг орқа томонига ўтди. Йигитчанинг бошига бир томчи қайноқ сув томизди. Кутилмаган оғриқдан Эркин сакраб тушди. Қайноқ томчи миясидан кириб товонидан чиққандай бўлди. Жавлон уни елкасидан босиб жойига ўтқазди. Яна бир томчи томизди. Эркин бу сафар дод деб юборди, Даҳлизда кутиб турган аскар ичкари кириб Эркиннинг қўлларини стулга боғлади. Жавлон бир оз фурсатдан кейин яна қайноқ сув томизди. Эркин бу азобларга узоқ дош бер олмади — ҳушидан кетди. Эркинни икки аскар суяб олиб чикди. Жавлон унинг орқасидан қараб заҳарханда билан «Тирранча!» деб қўйди-да, телефон дастагини кўтарди. — Вадим Алексеевич, терговни тугатдим, Мираббосовнинг халқ душмани экани тасдиқланди. Ҳа, большевик ниқобида юрган. Ўн тўққизинчи йилда Бухоро амири билан шахсан учрашган. Шундан бери Совет ҳокимиятига қарши пинҳона курашиб келган. Сири фош бўлишини билиб ўзини ўзи ўлдирган. Ўғлининг озодликда қолиши совет ҳокимияти учун ғоят хавфли. Қарашлари аксилинқилобий... ҳа, ашаддий миллатчи... Фикримми?.. Йигирма беш йилдан кам эмас... Ҳа, учликнинг ҳукмини тайёрлаб қўяман. У трубкани қўйгач, чуқур тин олди. «Бир вақтлар менинг уруғимни қуритмоқчи эди. Сал вақтлироқ ўлди-да, уруғ қуритиш қанақа бўлишини кўрарди», деб ўзидан-ўзи қувонди-да, «Миллатчи унсур Эркин Мираббосовни йигирма беш йил озодликдан маҳрум қилиш» ҳақидаги уч кишидан иборат ҳайъатнинг қарорини ёза бошлади. Эркин муздай хонада ўзига келди. Қаддини кўтариб бошини ушлаб кўрди. Чарм курткали одам, назарида бошига ўткир михлар қоққандек эди. Эркин бошида оғриқ сезмади. Аммо дам ўтмай ташналик азоби буровга олди. Кўкрагини муздай тошга бериб ётди — ҳаловат топмади. Ўрнидан турди. Юзини деворга босди - ором ололмади. Соқчини чақириб, сув сўрамоқчи бўлди. Ярим йўлда тўхтади. «Буларга ялинмайман!» деб орқасига қайтди. Қулоқлари остида U ^ U I r V \J .. \J сув жилдирагандай бўлди. Кўзига қизларнинг қирқкокилидай билинглаётган, қизғиш ўтларни ўйнатиб оқаётган ариқдаги зилол сув кўринди. Кўзларини чирт юмиб, қулоқларини кафти билан беркитди. Шу аҳволда узоқ ўтирди. Азобларни эсламасликка, бошқа воқеаларни ўйлашга ҳаракат қилди. Ўйлари айланиб келиб, сўроққа тақалаверди. Шунча азоблар етмагандай кўнгли беҳузур бўлиб ўқчиди. Қорни бураб оғриб, букчайиб қолди. Кўз олдига яна қонли дарё келиб, қамоқхона шу дарёдаги пачоқ кемадай чайқала бошлади. Кейин зимистон бағрига отилди. Шунда ўзини сал енгил ҳис қилгандай бўлди. Аммо бу ҳол узоқ чўзилмади. Кўзини очиб яиа совуқ девор, темир эшик, темир панжарали дарчани кўрди. Ичакларини бир нима ёндиргандай бўлди. Томоғи, оғзи қуриди. Қулоғи остида U U . W \J шилдираётган сув дам ўтмай шаршара каби шовуллади. Ариқ кенгайиб анҳорга айланди. Анҳорнинг зилол сувлари кўпириб, тошиб, қамоқхона томон оқа бошлади. Дарвозаларни бузиб кириб, темир панжарали дарчага етиб келди. Эркин беихтиёр равишда тепага қараб, оғзини очди. Кўзига кўринган сув анҳордан оқиб келган эмас, балки хаёлидан тошиб чиққан эди. Буни англаб сўкинди. Деворга алам билан мушт урди. Аввалига тиз чўкиб ўтирди. Кейин ичи куйгандан куйиб бир оз ором оларман деган мақсадда яланғоч кўкрагини совуқ тошга босди. Ичидаги олов алангаси пасайгандек туюлди. Энди юзини ҳам тошга қўйди. Назарида, тош нам эди. Тилини чиқариб, тошни ялади. Бу ҳам озгина муддатгина фойда берди. Ичидаги оташ тошдаги муздан ғолиб келди. Эркин энди соқчини чақириб сув сўрашни ўйламас эди. Чарм курткали одам билан бўлган суҳбатларини ҳам эсламасди. У азоб тўлғоғига буткул банди бўлган эди. У тош устида типирчилай-типирчилай ҳолдан кетди. Ташналик ҳам, ичакларининг бураб тортиши ҳам барҳам топгандай тинчиди. Маъносиз боқаётган кўзларини темир панжарали дарчага қадади. Унинг оғзи емиш кутаётган полапон оғзидай очиқ эди. Оғир меҳнат қилиб ҳориган одамдай калта-калта нафас олар эди. У дарчага қараб нажот кутарди. Темир панжарага парво қилмай ёриб кираётган ёруғлик билан наҳот нажот ҳам кирмаса, наҳот бир томчигина сув тушмаса? Онаси кўчадамикин? Бақирса эшитармикин? У бақирмоқчи эди — овози заифгина ҳирқиради. Боши айланиб, U . »и и , r \J \J кўзларини юмди. Кўзини очиб... темир панжара ортида акасини кўрди. Қалдирғоч мўйлов ярашиб турган ўша меҳрибон чеҳра. Ўша беғубор жилмайиш... «Укажоним, сенга нима бўлди?» «Акажон, сув беринг, ёниб кетяпман». «Бир ҳовучгина олибман сувни, ма, ич...» Деразадан тушган сув тош устига тўкилди. Эркин оғзини очганича қолаверди. «Нимага келдингиз, ака? Ахир сиз...» «Сени қийнашаётганини билиб келдим олдингга. Қийнашса ҳам айтма. Дадамни бадном қилишмоқчи булар. Кундаликдаги гапларни биласан- ку?» «Биламан. Одамлар бекордан-бекорга қулоқ қилиняпти, одамлар бекордан-бекорга азобга тортиляпти, деганлар. Булар мени ўлдиришса ўлдиришсин, лекин сир олишолмайди». «Ҳа, ўлсанг ўл, аммо айтма. Сен эркаксан. Улар сендан қўрқишади. Шунинг учун қийнашаяпти. Сен чида, мен яна сув олиб келаман...» Акаси кўринмай қолди. Эркин кўзларини юмди. Акасининг овозини яна эшитиб, кўзларини ялт этиб очди. Акаси ҳовучидаги сувни тўкди. Сув пастга етиб келмади, зарраларга бўлиниб, сочилиб кетди. «Ака, сизларнинг олдингизга боргим келяпти, нима қилай?» «Кела қол, укажоним. Дадам ҳам айтиб юбордилар. Сен билагингни тишла, томирингни уз. Шунда бизнинг олдимизга ҳур қуш бўлиб учиб келасан. Бўлақол, кутяпмиз сени...» Эркин кўзини юмиб очди, акаси кўринмади. Билагини аста тишлади. Жони оғриб, қўлини тортиб олди. Баданидаги оғриқлар қўзғалиб тош устида типирчилай бошлади. Шунда акасининг гапларини эслаб, жон аччиғида билагини тишлади — бу сафар оғриқ сезилмади. Тишини қаттиқроқ ботирди. Ақл-ҳушини йўқотган Эркин билагини шартта-шартта тишлаб ташлади. Томиридан отилган илиқ қон юзига тегиб кўнгли беҳузур бўлди. Кўз олдидаги дарёда қон мавж урди. Мавжлар устида қамоқхона, қамоқхона ичида Эркин чайқалди. Чайқала- чайқала ҳушидан кетди. У акаси айтгандай енгил учди. Уча-уча дадаси томон йўл олди. Бу онда Жавлон уларнинг ҳовлисида итнинг ёғоч уйини сурдириб, хумни кавлатиб олдирди. Қоғозлар ичидан кераклисини топиб кўнгли равшанлашди, «Жавлон Жабборов унсурлар тўдаси билан яширин тил боғлаганини бўйнига олди. Айбини қон билан ювишга онт ичди. Ҳайъат унинг қасамини инобатга олиб, большевиклар сафида бир йиллик синов муддати билан қолдирди. Мажлис раиси Мираббосов... 1919 йил». — Ўғлим қачон келади? — деди она Жавлонга умидли нигоҳини қадаб. — Кут, келади, — деди Жавлон эътиборсиз оҳангда. Кейин қоғозлар, китоблар боғламини кўтарган аскар йигитлар орқасидан юриб, кўчага чиқди. Эртасига ҳовли ҳувиллади. Тонгда онани ҳам олиб кетдилар.
Sog' salomatlik...
|
|
| |
misS | Сана: Душанба, 29-Авг-2011, 09:50 | Изох # 7 |
Рўйхатда
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 13
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 604
Холати: Хозир йўқ
| ГЎЗАЛ РИВОЯТ
Ривоят қилинишича, бир куни Мусо (а.с.) Аллоҳ таолога нидо қилиб: «Илоҳо, сенинг яқинлигингни билишни истайман», - деди. Аллоҳ таоло: «Мен Қадр тунида уйғоқ бўлганларга яқиндирман», — деди. Мусо (а.с.) яна: «Илоҳо, сенинг раҳматингнинг орзусидаман», — деди. Аллоҳ таоло: «Менинг раҳматим Қадр кечасида мискинларга раҳм қилганларгадир», — деди. Мусо (а.с.): «Илоҳо, сирот кўпригидан яшиндек ўтишни истайман», — деганларида, Аллоҳ таоло: «Қадр кечасида фақирларга садақа берганларни олдинроқ ўтказаман», — деди. Мусо (а.с.) нидоларини давом этиб: «Илоҳо, жаннат боғларида бўлишни ва уларнинг мевасидан тановул қилишни истайман», — деди. «Қадр кечасида тасбеҳ айтиб, Мени зикр этиш билан машғул бўлганлар жаннат боғларига сазовор бўлишади», — деди Аллоҳ. Мусо (а.с.): «Илоҳо, дўзахдан нажот топишни истайман», — деганларида, Аллоҳ таоло «Қадр кечасида истиғфорни кўп айтаганлар дўзахдан нажот топадилар», — деди. Мусо (а.с.) яна илтижо қилиб: «Илоҳо, сенинг розилигингни топишни истайман», — деганларида Аллоҳ ҳақ субҳанаҳу ва таоло: «Эй Мусо, Менинг розилигимни қадр кечасида икки ракъат нафл намоз ўқиганлар топадилар», — деди (Зубдатул воъизин» китобидан).Добавлено (26-Авг-2011, 19:33) --------------------------------------------- МИНГ ОЙДАН ЯХШИРОҚ
Қадр кечаси тўғрисида Аллоҳ таоло Қуръони каримда шундай марҳамат қилади: «Албатта, Биз уни (Қуръонни «Лавҳул-маҳфуз»дан биринчи осмонга Қадр кечасида нозил қилдик. (Эй, Муҳаммад!) Қадр кечаси нима эканини Сизга не ҳам англатур?! Қадр кечаси минг ойдан яхшироқдир. У (кеча)да фаришталар ва Руҳ (Жаброил) Парвардигорларининг изни билан (йил давомида қилинадиган) барча ишлар (режаси) билан (осмондан ерга) тушарлар. У (кеча) то тонг отгунича саломатликдир». Сура бошдан охиригача муборак Қадр кечасига бағишлангандир. Бу кечада шу йилдан келгуси йилгача бўладиган ишлар, ҳукмлар, ризқлар, ажалларнинг миқдори ўлчанади. Аллоҳ таоло бир йиллик тақдирни фаришталарга билдиради ва бу йил тақдир қилинган нарсаларни уларга ёзиб қўймоқликни амр этади.
ҚАДРИ УЛУҒ
«Лайлатул-қадр» сўзининг маъноси «белгилаш, қадр-қиммат, ўлчаш кечаси», яъни йил давомида турли амал, ҳукм, ризқ, такдир белгиланадиган кеча деган маънони билдиради. Бу муборак кечанинг қадри улуғдир. Қадр сўзи демак – қадри улуғ, миқдор, яъни бандаларнинг тақдирини белгилашдир. Аллоҳ таоло мазкур сурада «Қадр кечаси»нинг даражасини баланд қилди. Бунинг асосий сабабларидан бири бу кечада Қуръони каримнинг нозил бўлганлигидир. Пайғамбаримиз (с.а.в.) шундай марҳамат қилдилар: «У зотга ўзларидан олдинги одамларнинг умрлари кўрсатилди. Гўё у зотга умматларининг умрларини қисқа, бошқа умматлар қилган амалларга ета олмайдиган деб билганга ўхшадилар. Шунда Аллоҳ у зотга Лайлатул Қадрни минг ойдан яхши қилиб берди». Абу Ҳурайра (р.з.)дан ривоят қилинади. Расул акрам (с.а.в.) яъни: «Кимки Лайлатул Қадр кечасини имон ва ихлос билан бедор ўтказса, унинг шу кечагача қилган гуноҳлари мағфират қилинур», — дедилар. Добавлено (29-Авг-2011, 08:50) --------------------------------------------- Tohir Malik
VASIYATNOMA
Bu xunuk xabarni aytish shunchalar osonmi? Bunday gaplarni aytaverib, diydasi qotib qolganmi? “Ziyrak bo‘lib turinglar, joni shu kecha uziladi... Tonggacha yo boradi, yo bormaydi...” Bu so‘zlar “Endi yolg‘iz qolamanmi?” degan vahimani uyg‘otib, yuragiga o‘qdek qadaldi. Xotinini aldadi: “kasalxonani vaqtincha berkitishar ekan, isitgichlari yangilanar emish...” Saida bu “yangilikni” eshitib, jilmayib qo‘ydi. Qosimning nazarida uning ko‘zlari quvonchdan chaqnab ham ketganday bo‘ldi. “Nimaga jilmaydiykin? Uyga qaytayotganidan xursandmi? Yo... aldayotganimni sezdimi? Balki... ko‘ngli sezgan bo‘lsa... jonim uyda uzilarkan, debquvondimi?..” Saidaning uyga qaytishidan qizlari bexabar edilar. Qosim tabiblar zambilida bemajol yotgan xotinini haydovchi yigit yordamida uyga olib kirib yotqizdi. “Xizmat haqi”, deb pul uzatgan edi, yigit unga ajablanib qaradi-yu, iziga qaytdi. “Nega pul olmadi? Yo “o‘layotgan odamni ko‘targanim uchun haq olmayman”, demoqchi bo‘ldimi? Bu fikr Qosimning miyasiga cho‘qmordayin urilib, to tovoniga qadar zirillatib yubordi. Kichik qiziga qo‘ng‘iroq qilgach, xotini yotgan uyga kirdi. -Nilu keladi,-dedi u.-Bir achchiq mastava qilsin, ichsang ter bilan chiqib ketadi... “...ter bilan nima chiqib ketadi?..” “...jon terga qo‘shilib chiqib ketishi mumkinmi?..” O’z og‘zidan chiqqan gapni xayolida kavlashtirib, ko‘ngli battar g‘ashlandi. Xotiniga bir qarab oldi. Saida bu qarashga javoban yana bir jilmayib qo‘ydi. “Nimaga jilmayyapti?-deb o‘yladi u.-Nimaga uning ko‘zlariga qaray olmayapman? Bunaqada sezdirib qo‘ysam...” Qosim ham o‘zini, ham xotinini chalg‘itish uchun nimadir deyishi kerak edi. O’sha “nimadir” tiliga kela qolsa-chi? Ilgarilari arazlashib, so‘ng yarashganlarida kalovlanib, aytishga gap topolmay shunaqa soqov bo‘lib qolardi. Yo‘q, u hozir o‘sha damlarni eslamadi, buni u keyinroq, xotinini dafn qilib kelganidan so‘ng xotirlaydi. Hozir esa dars tayyorlamay, muallimi ro‘parasida mulzam bo‘lib turgan bola holida - aytmoqqa bir yaxshi gap izlaydi. -Odamlar ham qiziq,-dedi u kulimsirab,-pul o‘zgararmish, deb to‘zib yurishibdi. Hoy, dunyo o‘zgarib ketyapti-ku, pul o‘zgarsa nima ekan, deyman. -Kuyib qolmaylik, deb qo‘rqishadi-da... Xotini shunday deb tamshanib qo‘ydi. So‘ng uni hiqichoq tutib, ko‘zlarini yumib oldi. “Aytishga shundan boshqa gap yo‘q ekan, men ahmoq jim turavermaymanmi? Pul o‘zgaradimi yo kuyib ketadimi, unga nima?!” U xotinining boshini asta ko‘tarib, labiga piyolada sovuq choy tutdi. Saida bosh chayqadi-ichmadi. Shu damda hovlidan Muharramning ovozi eshitildi. Muharram - Saidaning tengquri. To‘rt xonadon narida turadi. Qarindoshdan ham a’loroq darajada yaqin qo‘shni. Ochiq ko‘ngilli, shaddodgina bu ayol ularning barcha to‘y-ma’rakalariga bosh-qosh bo‘lib, og‘irlarini yengil qilgan. Hovlida hech kim bo‘lmasa ham u kirib kelayotganini ma’lum qilish uchun o‘ziga o‘zi gapirardi: -Bolalar “Saida opoqim keldilar”, deyishdi. Saida opoqing kelsalar, jonlariga mening jonim qoqindiq. Bannisada mazza qilib yotgan erka xonim bu-ku, bir haftada sog‘inib, siqilib yorilay degan men bechoraman. Erka xonim qanilar? Muharram shunday deb ichkari kirib, hiqichoq tutib yotgan dugonasini ko‘rdi-yu, ovozini pastlatdi. Biroq, yuragida uyg‘ongan tashvishli tuyg‘uni sezdirmadi. Saida bilan ko‘risha turib, yostig‘ini tuzatdi. Boshini ko‘taribroq yotqizdi. Chetdan kuzatgan kishi bu ayol yana bir necha soatdan keyin joni uziladigan dugonasi bilan emas, oromgohdan yoki horij safaridan qaytgan qadrdoni bilan chaqchaqlashib o‘tiribdi, deb o‘ylashi mumkin edi. Muharramning yuzida kulgi bo‘lsa-da, dugonasiga qaragani sayin yuragidagi zardob tobora to‘lib borardi. Zardob kosasi qachon to‘ladi, qachon bu yolg‘on kulgi yig‘iga aylanadi, o‘zi ham bilmaydi. Nilufar kelgach, uning mushkuli osonlashdi. Oilaning kenjasi bilan ko‘rishayotib: “Opalaringni ham chaqirdingmi?” deb so‘radi. “Ha, chaqirdim”, degan javobni eshitgach, bir oz hotirjam tortib, hovliga chiqdi. Qosim uch tarafi panjara bilan o‘ralgan taxta karavotda oyoqlarini osiltirib o‘tirardi. -Mullaka, do‘xtir bir nima demadimi? Qosim unga bir qarab oldi-yu, indamadi. Haqiqatni anglab yetishi uchun Muharramga shu qarashning o‘zi kifoyaqildi. -Bir nima degan bo‘lsa... gapi rostga o‘xshaydi. Xabar kelib qolibdi...-Muharram keyingi gapni yig‘lamsirab aytdi.-Qizlarga ma’lum qilib qo‘yish kerakmikin... G’aflatda qolishmasin. Uzoqdagi qarindoshlarga ham xabar qildiring. Keyin sizdan o‘pka-gina qilib yurishmasin. Tirikligida rozi-rizolik so‘rab qolishsin. Qosimning shu yoshga kirib egilmagan boshi shart egildi. Buni o‘zi ham sezmadi. Shu ko‘yi uzoq o‘tirdi. O’rtancha qizi kirib kelganida ham shu alpozda edi. Arofat otasining o‘tirishini ko‘riboq piqillab yig‘lab yubordi. Muharramning tanbehidan so‘ng ovunib, uyga kirib ketdi. -Turing, bunday o‘tiravermang,-dedi Muharram buyruq ohangida. -Men uningqadriga yetmadim... Qosim bu gapni o‘zi uchun, past ovozda aytgan edi. Ammo Muharramning bag‘oyat ziyrak qulog‘i buni eshitdi. -Odam Atodan keyin qaysi erkak xotinining qadriga yetibdi? Qo‘ying, kuymang, dunyoning bo‘lgani shu, odamzot bir-birining qadriga boshiga tashvish tushgan paytda yetib qoladi. Turing, uyga kiring. To‘ng‘ichi Naima kelgach, Qosim ham uyga kirdi. Saidaning hiqichog‘i tingan, osmonga qaragan holda yengil hurrak otib uxlardi. Burun kataklari bir oz kerilgan edi. Muharram labini tishlab, bosh chayqab qo‘ydi-da, Qosimning qulog‘iga shivirladi: -Domla chaqirib keling, o‘qitish kerak... Boshqacharoq holat bo‘lganida Qosim: “Nimaga? Shartmi? O’qib nima karomat ko‘rsatardi?” deb lanjlik qilishi mumkin edi. Hozir baodob boladay “xo‘p” deb orqasiga qaytdi. Keladigan domla uning nazarida birgina “kuf-suf” qilsayoq, xotini turib ketadiganday edi. Domlani aytib kelaman, deb ko‘chaga chiqdi-yu, o‘ylanib qoldi: domla kim? U qaerda turadi? U ma’rakalarda domlalarni ko‘rgan, lekin bu atrofda qaysi biri yashashini bilmas edi. Ro‘paradagi qo‘shnining o‘g‘li darvozaga suyanib, saqich chaynab turgan ekan, o‘shani chaqirib so‘radi: -Domlaning uyini bilasanmi? -Qaysi domlani? -O’qiydigan domla. -Bilmayman... machitda tursa kerak. -Qaysi machitda? -Ana, yangi machitda. -Borib aytib kel. “Tez borarkansiz, shaxsan Qosim Majidovich iltimos qildilar”, degin. Bola istamaygina “xo‘p”, deb burilganida “bolaga yo‘q deb yubormasin, o‘zim bora qolay”, degan xayolda: “To‘xta, birga boramiz”, dedi. O’ttiz-o‘ttiz besh yoshlardagi imomga gapni uzoqdan boshlashning hojati yo‘q edi. Qosim chaynalib gap boshlagandayoq, u maqsadini angladi. “Yangamiz xastamilar?”, dedi-da, Allohdan shifo tilab duo qilib, o‘rnidan turdi. Domla o‘qiyotganida Saida ko‘zlarini ochdi. Karavotning oyoq tomonida o‘tirgan qizlariga qarab jilmayib qo‘ydi. Bu jilmayish barchalarining qalbiga umid nurini berdi. Domla “Yosin”ni o‘qib bo‘lgach, duo qilib o‘rnidan turdi. Hovliga chiqqach, Qosimning pul uzatgan qo‘ligaqarab olib: -Masjidga bering,-dedi. Keyin qo‘shib qo‘ydi:-Umid yolg‘iz Allohdan, ammo... ehtiyot - shart! Har xil bekorchi xayollarga berilmay, kalima keltirib turing. Domla shularni aytgach, “Kalima keltirish nimaligini bilasizmi?” deganday unga savol nazari bilan qaradi. Qosim ham unga javoban savol ko‘zi bilan boqdi. Domla: “La ilaha illolloh” tilingizdan tushmasin”, dedi-da, ko‘cha eshik sari yurdi. Bu kalimani Qosim ko‘p martalab eshitgan, ma’nosini ham yaxshi biladi. Biroq, aytib yurmagani uchun tili qotib, darrov takrorlashning evini qilolmadi. So‘ri oldida turib kalimani takrorlab mashq qilayotganda Naima chiqdi. -Ada, domla nima dedilar? -Domla... “Umid yolg‘iz Allohdan”, dedi. Xudo xohlasa, oying tuzalib ketadi -Aytganingiz kelsin, ishqilib. Hozir ancha yaxshilar. Gaplashyaptilar. Ada...-qiz yalinish ohangiga o‘tdi:-men uyimga ketaveraymi? -Yotibqolmaysanmi? -Bodring tuzlayotgan edim... Qosim qizini birinchi marta ko‘rayotganday unga ajablanib qaradi. Keyin achchiqlandi: onasidan ko‘ra bodring afzalmi bunga? “Erim ko‘p ichadi”, deb-ku, hasratidan chang chiqadi. Yana unga o‘zi bodring tuzlab beradi... Zardasi qaynagan Qosim do‘xtirning gapini qiziga aytgisi ham keldi. Keyin: “Ketaversin, o‘tirgani bilan nima foyda?” degan to‘xtamga keldi. -Kuyovingizga arzonroq bodring uchragan ekan, bir qopini ko‘tarib kelibdilar. Vaqtida tuzlanmasa irib ketadi-ku? Ertalab azonda yetib kelaman. -Boraver... Naima otlanmasidan turib, Arofat ham uzrini aytdi: ertaga kuyov to‘ra “gap” berar ekanlar! Shunga somsa, norin deganday... Bu kech tayyorlab qo‘ymasa, ertaga kunduzi qaysi biriga ulguradi? Otadan ruhsat tekkach, qizlar onaning ko‘nglini ko‘tarib, so‘ng izn olmoq maqsadida ichkari kirdilar. Saidaning orqasiga qo‘sh yostiq qo‘yilgan, u qaddini tutib o‘tirar edi. U qizlarning ko‘zlariga bir qarashdayoq, maqsadlarini anglab, jilmaydi: -Adanglarning turgan bitganlari - vahima. Sizlarni bekorga ovora qilibdilar. Xudoga shukr, tuzukman. Bo‘lmasa do‘xtir uyga ruxsat berarmidi? Sizlar uylaringga boraveringlar. Nilu, jonim, sen ham boraqol, qaynonang yarimjon, qiynalib qolmasin. Lekin... yana ko‘ngillaringga kelmasin-u... Yonimdagi karavotda yotgan xotin eskichani bilarkan. Yoshmi, qarimi, o‘ladigan kasalmi yo sog‘mi - farqi yo‘q, bir-biridan rozi-rizolik so‘rab turishi kerak ekan. Oyim rahmatli hali kasal bo‘lmay turib, shunday qilgan edilar. Sababini endi bildim. -Vuy, oyi...-Nilufar shunday deb yig‘lab yubordi. -Agar yig‘lasalaring, men buni boshqacha tushunaman. Ko‘nglim ranjiydi. Gapimni oxirigacha eshitinglar: kecha tushimda adam rahmatli bilan oyim rahmatlini ko‘rdim. “Seni hali-beri chaqirmaymiz, ammo biz qilib qo‘ygan ishni qilib qo‘ygin”, deyishdi. Ular qilgan ish - rozi-rizolik-da. Men hammalaringdan roziman. Sizlar ham mendan rozi bo‘linglar: ehtimol besabab urushgandirman, ranjitgandirman, o‘zimni tutolmay qarg‘ab yuborgandirman, qarg‘ishlarim yurakdan bo‘lmagan, Xudo kechirsin, sizlar ham gunohimdan o‘tinglar. Adasi... siz ham rozi bo‘ling, sizga vaqtida yaxshi qaray olmadim... -Qo‘ysang-chi shu gaplarni... -Endi siz chiqib turing. Qizlarga bir-ikki og‘iz gapim bor. Qosim yana noiloj tashqariga chiqdi. Saida “otam bilan onam chaqirishmas ekan”, deb barchani aldagan edi. Bir oy avval tushida u kavushini o‘g‘irlatdi. O’shandan beri ko‘zi ilindi deguncha, otasi bilan onasi uni chaqiraveradi, chaqiraveradi... Saida bu chaqiriqlarning oqibatini yaxshi biladi. Bir oy burun Qosimning tushida jag‘ tishi tushgan edi, lekin u bunday irim-sirimlarga ishonmaydi. Dam o‘tmay uchchala qiz ko‘ngillari vayron bo‘lgan holda, hovlida ko‘rinishdi. Hozir bodring tuzlash ham, erining ertangi “gap”iga tayyorgarlik ham ularning xayolidan ko‘tarilgan edi. Saidaning ularga doimo qilib yuradigan nasihatlaridan keyingi gaplari qizlarni karaxt qilib qo‘ygan edi. Hovli o‘rtasida qaqqayib turgan otalari ko‘zlariga nechundir xunuk ko‘rindi. Unga g‘alati qarash qilib, sovuqroq holda xayrlashishdi. Qosim ichkaridagi gaplardan xabari yo‘q, qizlaridagi o‘zgarishni sezdi-yu, ammo “Onang nima dedi?” deb so‘ramadi. Ular chiqib ketishgach, uyga kirdi. Saidaning orqasidagi yostiqlar olingan, endi u shiftga tikilganicha bemajol yotardi. Nafas olishi bejo, tanasida uyg‘ongan og‘ir azobni yengish uchun onda-sonda ingrabqo‘yadi. -Muharram... ko‘kragimni ozgina bosing... “Og‘riq ko‘krakda ekan-da?” deb o‘yladi Qosim. -Og‘riyaptimi?-dedi Muharram mehribonlik bilan.-Mening qo‘llarim emas, Luqmoni hakimning ko‘llari. Allohim, o‘zing shifo ber... Saidaning mijjalaridan ikki tomchi yosh sizib chiqdi. Muharram buni ko‘rib Qosimga qaradi-da “vo-ey, qizlar ketishmasa bo‘lardi”, deb pichirladi. Saida ko‘zlarini yumib, asta tamshandi. -Suv olib keling,-dedi Muharram past ovozda.-Toza paxta ham... Qosim shoshilganidan paxta topa olmay, bir piyolada suv ko‘tarib kirdi. -Vo-ey, erkak zoti bunchalar noshud qilib yaratilmasa,-dedi Muharram zorlanib.-Labiga tomizing. Barmog‘ingiz bilan tomizing. Qosim Muharram aytganday qildi. Shu payt Saida ko‘zlarini shart ochdi. Shiftda nimadir qidirganday olazarak bo‘ldi-da, so‘ng... yana asta yumdi. -La ilaha illolloh!-deb yubordi Muharram. So‘ng Saidaning bosh tomoniga o‘tib, jag‘ini ushladi.-Bo‘ldi, boring, qo‘shni xotinlarni chaqiring. Qizlarni ham,-dedi. “Nimani “bo‘ldi” deyapti?-ajablandi Qosim.-O’ldimi? Shu qadar osonmi jon berish... Shu qadar beozor... Shu qadar beozor-a... Men uning qadriga yetmay yashadim-a... Qadriga yetmadim-a...” ...Janoza o‘tdi. Uch kun aza ham o‘tdi. Qosim “qizlar ketsa, yolg‘iz qolamanmi? Tunlari bilan Saidaning ruhi yonimda bo‘ladimi?” deb o‘yladi. -Qirqlari o‘tgunicha oyimning uylarida yotamiz. Qirq kungacha arvoh kelib xabar olarkan,-dedi Naima. Qosim indamadi. Biroq, ko‘nglidan “tirikligida kelib yonida yotsalaring bo‘lmasmidi?” degan armonli gap o‘tdi. Qizlar Saidaning joni uzilgan uyda xontaxta atrofida xolalari bilan gurunglashib o‘tirishardi. Qosimga bir tog‘dan, bir bog‘dan bo‘layotgan gaplar yoqmadi. Yuragi siqilib, tashqariga chiqdi. So‘riga borib, endi o‘tirgan edi, Muharram ham uydan chiqib, unga yaqinlashdi. -Hadeb “uf” tortavermang. Erkak odamga uyat bo‘ladi,-dedi u. Qosim boshini eggan holda ming‘irladi: -Ezilmasdan bo‘larkanmi? Men uning qadriga yetmadim... -Obbo... hadeb shunaqa deyavermang. Qadriga yetgansiz. Xotinini norozi qilganlarni ham yer ko‘tarib yuribdi-ku?! Saida o‘rtog‘im sizdan rozi bo‘lib ketdi. Shukr qiling. Bu gapni eshitib, Qosim boshini ko‘tardi: -O’zi aytdimi? -O’zingiz eshitdingiz-ku? Menga ham alohida aytdi. Darvoqe... aytib edi. Lekin ko‘ngil taskini uchun birgina “roziman” degan so‘zning o‘zi kifoyamikin? Saida Qosimdan rozi ekan, Qosim-chi? Uning o‘zi o‘zidan rozimi? Ko‘ngil taskini ko‘proq shu savolning javobiga bog‘liq. Qosim bu fikrini qo‘shni ayolga oshkor qila olmaydi. -Qizlarni olib qolib nima degan edi? Qizlar ranjib chiqishdi, men sezdim. -Qizlargami?..-Muharram eshitganini aytishga istihola qildi.-Vaqti kelsa qizlarning o‘zi aytadi. Havotirlanadigan yeri yo‘q. -Shunchalik sirli gapmidi?.. Nima uchun o‘zimga indamadi? -Voy, esim qursin, u sizga aytadiganlarini bir varaq qog‘ozga yozib qo‘ygan ekan. “Keyinroq o‘zlari o‘qib olarlar”, degan edi-ya... -Qani o‘sha xat? -Ichkarida. Xitoydan bir allambalo choynak olib kelgan ekansiz. O’shaning ichiga solib ko‘yibdi. Qosim o‘rnidan turgan edi, Muharram uni joyiga qaytardi. -Namozshomda olib o‘qimang, xosiyati bo‘lmaydi. Ertaga tong otganda o‘qirsiz. Keyingi kunlar ichi kim nima desa Qosim odobli bola singari “xo‘p” deb quloq soladigan bo‘lib qoldi. Birov kelib “hovlida o‘tin yormanglar”, deydi. Boshqasining gapiga qaralsa, bodom chaqish mumkinmas. Qosim “nima uchun?” deb sababini so‘rab o‘tirmaydi. “Qoidasi shunaqa ekan-da”, deb qo‘ya qoladi. Agar hozir birov kelib: “Marhumaning joni uzilgan uyning suvog‘ini ko‘chirib, qabristonga tashlash kerak”, desa, shu ishni qilishdan ham toymaydi. Muharram: “xatda yurakni ezadigan gaplar bo‘lsa, kechasi bilan behalovat bo‘lmasinlar”, degan maqsadda “tong otganda o‘qirsiz”, degan edi. Qosim buning fahmiga yetmay, “shunaqa odat ham bor ekan-da”, debqo‘ydi. Uch kunlik azada horigan ayollar uyquga ketishdi. Qosim qizlarining qistovi bilan xonasiga kirib, bir oz yotdi. Badaniga hukmini o‘tkazayotgan hordiq uyquni chaqirardi. Lekin bedor kipriklar qovusha qolaylik deyishmas edi. Muharram uni tungi bezovtalikdan asramoqchi edi, aksi bo‘lib chiqdi - xayolini Xitoydan keltirilgan choynak ichidagi xat band etdi: “Nima uchun o‘zimga ayta qolmadi gapini? Nima uchun yozdi? O’zimga aytishdan istihola qildimi? Nima deb yozgan bo‘lishi mumkin?” Muharram unga go‘yo “tunda ermak qiling”, deb bir tugun chigil savollar ipini tashlab ketgan edi. Qosim yuragi hapriqib, o‘rnidan turdi. Tongga qadar sabri chidamasligini bilib, xatni olib o‘qimoqchi bo‘ldi. Xat - choynak ichida. Choynak - javonda. Javon - Saidaning joni uzilgan uyda. Uyda esa ayollar yotishibdi. “Sharpasiz kirib, olib chiqaman”, deb o‘yladi. Uyda chiroq o‘chmagan. Eshikni qiya ochib, ichkari qaradi: javon yonida kenja qizi yotibdi. Xuddi xatni qo‘riqlayotganday... Javonga yetguncha ikki qayinsinglisining ustidan hatlab o‘tishi kerak. Qosim noilojligidan afsuslanib, eshikni yopdi. Ammo xonasiga qaytmadi.Hovliga chiqdi. “Men uning qadriga yetmadim... U mendan rozi bo‘libdi... Balki til uchida aytgandir... Dilidagini qog‘ozga bitgandir... Nimalarni yozishi mumkin? Balki... o‘sha birinchi marta....” ...birinchi xiyonati.... Ko‘p yil bo‘ldi bunga. Lekin o‘sha voqeaning butkul tafsiloti ipidan-ignasigacha yodida turibdi. Uningki yodida turibdimi, Saida ham unutmagandir. Ayol uchun uch o‘lim bor: biri -jismoniy o‘limi - bu dunyoni tashlab ketadi. Lekin unga qadar necha marta o‘lib tiriladi: biri - ko‘zi yoriganda. Ikkinchisi - kundosh ko‘rganda. Qadimda oshkora ravishda xotin ustiga xotin olaverishgan. Endigilarning ayrimlari ba’zan sanoqsiz uylanishadi, biroq - pinhona! Balki “xotinim bilib kuymasin yoki o‘lib-tirilmasin”, degan yaxshi maqsadda pinhona ish tutishar. Endi bu hol Allohga ma’lumdir, biz gunohkor bandaga bunisi qorong‘i. Xullas, o‘sha, birinchi xiyonatda Saida birinchi marta o‘lgan edi. O’shanda Qosimning baxti kulgan kezlar edi. Uch yil xorijda ishladi, topish-tutishi durust bo‘ldi. Uylandi. Saidaning qadami qutlug‘ kelib, xorijda to‘plab qo‘ygan puliga “Volga” avtomashinasini oldi. Yaxshigina idoraga ishga joylashdi. ...kelishgan yigit. Ishga “Volga”sida keladi. Barmog‘ida mashina kalitini chir aylantirib o‘ynatadi. ...xonalarida chiroyligina, kulishlari shiringina bir juvon bor. Bir kuni yalinish ohangida: “Tobim qochib qoldi, kuzatib qo‘ya olmaysizmi?”-dedi. ...kuzatdi. “Erim ko‘p safarga chiqadi, hozir ham safarda”,- dedi juvon. “Erining safardaligini bekorga aytmayotgandir?”-deb o‘yladi Qosim. “Uyga kiring. Braziliya qahvasidan bir xo‘plamgina iching”, dedi juvon. Odam Ato bilan Momo Havvo shayton vasvasasiga bandi bo‘lganlarida qo‘shilishlaridan avval olma yeyishgan ekan, endigilar qahva ichsalar yetarli... Qosim uylanguniga qadar bo‘lganlarini xiyonat hisoblamaydi. Ular bo‘ydoqlikka hos ko‘ngilxushliklar edi. Uylangach, bu yo‘lga qadam bosmaslikka ont ichgandi. Bu juvon tushmagur uyiga olib kelib, labini cho‘zib turgandan keyin nima qilsin? Qahva ichib ketaversa uyat bo‘lmasmikin...Juvon hisobdan adashgan ekanmi yoki erining ko‘ngli bu shumlikni sezib, safar muddatini qisqartirganmi, har holda, ukpar bulutlar ustida sarxush suzishayotgan pallada eshik ko‘ng‘irog‘i jaranglab qoldi. Apil-tapil kiyinib, ikkinchi qavatdan sakradi. Mashinada ketaturib balanddan sakragani holda oyolariga shikast yetmaganiga bir quvonsa, qo‘shnilar ko‘rib qolmaganiga, “o‘g‘ri” degan gumonda quvishmaganiga bir suyundi. Bu yo‘lga boshqa yurmayman, deb qasam ichdi... ...Uyda esa... Xotin kishining dimog‘idek sezgir narsa yo‘qdir. Saida begona hidni darrov ilg‘adi. Biroq, “Menga shunday tuyulgandir”, deb o‘zini ovutdi. Yotar mahali Qosim yechinayotganda esa... teskari kiyilgan ichko‘ylak gumonini tasdiqladi. Saida o‘shanda janjal qilmadi. Lekin... uni qirq kun o‘ziga yaqinlashtirmadi. Qosim hozir o‘sha voqeani esladi. “Xiyonat edi”, deb tan berdi. Shuncha yildan beri barcha aybni o‘sha juvonga yuklardi. Hozir o‘zi ham sezmagan holda xiyonat qilganini bo‘yniga oldi: “Saida meni o‘sha kuniyoq tashlab ketishi mumkin edi. Lekin ketmadi. Nimaga ketmadi? Xatda shuning sababini yozganmikin? Har holda xotin emas, farishta edi... Qadriga yetmadim...” Qosim o‘rnidan turib derazaga yaqinlashdi. Ichkarida xotinlar o‘sha alpozda yotishibdi: xat turgan javon go‘yoki ko‘rg‘on-u, ular posbonlarday... “Yo‘q, u bunaqa gaplarni kavlashtirmaydi,-dedi u so‘riga qayta turib.-Shuncha yil indamagan, endi yozib ketadimi? Keyin qo‘lga tushganimda ham “g‘ing” demagan... Balki... “buzuq!” deb so‘kkanimni yozganmikin? “Siz o‘shanda menga tuhmat qilgansiz, bu tuhmatni kechira olmayman”, deganmikin? Tuhmat edi... to‘g‘ri...” O’shanda “Qo‘rqqan oldin musht ko‘tarar”, degan hikmatning hayotdagi isboti bo‘lgan edi. Xorijliklarni Maskovdan boshlab kelgan tarjimon qiz qaymoqdekkina ekan. Ungacha qasamini takror va takror buzgan Qosim uchun yana bir marta gunohga botish hech gap emasdi. Qahvaxonaga o‘taverishda ayvonchada muzqaymoq yeb o‘tirgan Saida bilan katta qizi Naimani ko‘rdi-yu, “qo‘lga tushdim”, deb yuragi shuv etib ketdi. To‘g‘ri, ko‘lga tushgan edi. Lekin Saida qizi oldida uni sharmanda qilishni istamadi. Beparvo o‘tiraverdi. O’shanda ularning yonidagi bo‘sh kursiga bir kishi kelib o‘tirdi. Qizaloqqa nimadir deb kulib qo‘ydi. Muzqaymoq yeb bo‘lishgach, Saida bilan qizi turishdi. Notanish kishi joyida qolaverdi. Uning notanishligi kundek ayon edi. O’sha damda Qosimning ko‘nglida gumon uyg‘onmagan ham edi. Gumon, aniqrog‘i - bahona uyga qaytganida bosh ko‘tardi. Kira solib dabdurustdan: “Kimlar bilan muzqaymoq yalashib yuribsan?!” dedi. Saida bunday xujumni kutmagan edi - dovdirab qoldi. Qosim esa avjiga chiqib, beixtiyor: “buzuq!” deb yubordi. Aytishga aytdi-yu, tilini tishladi. Saida bir kun yig‘ladi, ertasiga ham ko‘zlari qizarib yurdi. Qosim noto‘g‘ri ish qilganini bilsa ham, maqsadi o‘zini oqlab olish bo‘lgani sababli chekinmadi, uzr so‘ramadi. Oradan kunlar, oylar o‘tib, bu noxushlik unutilganday bo‘ldi. “Unutmagan ekanmi?-deb o‘yladi Qosim.-Balki... “O’zingiz buzuq bo‘la turib, menga shunday tuhmat qilgan edingiz-a” deb yozdimikin? Yozsa haqqi bor. Hech bo‘lmasa o‘sha gap uchun uzr so‘rab qolmadim-a... Chakki bo‘ldi. Agar o‘shani eslagan bo‘lsa, qarg‘ab-qarg‘ab yozgan bo‘lsa ham roziman. Haqqi bor... Lekin... u buni yozmaydi. Yuzimga aytmagan odam o‘lishi oldidan yozib ketmaydi. Unda nimani yozadi? Balki... “otamdan xabar olib turing”, degandir? Shu fikr Qosimning qorong‘i fikrini yoritganday bo‘ldi. “Ha, shuni yozgan. Otasi bilan yarashib olishimni xohlar edi. “Boring, uzr so‘rang, uyga olib keling, birga yashang”, degan”. Qosim qaynotasini eslab, etlari jimirlashib ketdi. Shu onda taqdirlarining o‘xshashligini kashf etdi. Unda ham uch qiz. Qosimda ham. U ham ellikdan oshib-oshmay beva qolgan. Qosim ham... Faqat... Endi qaysi kuyovi Qosimni qariyalar uyiga olib borib topshirar ekan? Qaynotasi Saidani yaxshi ko‘rar edi. Saidaning ham otasiga mehri baland edi. Otasini birga yashashga ko‘ndirganida Qosim qiliq chiqardi. Qaynotasining birga yashashini xohlamadi. “Uyni sotib, o‘zini qariyalar uyiga beraylik, xabar olib turamiz”, dedi. Saida yig‘ladi. Ammo eri bilan bu safar ham urishmadi. Bemehrlikda ayblamadi. “Qaytar dunyo” degani shumi?-deb o‘yladi Qosim. O’sha gapim uchun endi jazolandimmi? Saida shuning uchun meni tashlab ketdimi? Qaysi kuyovim olib boradi meni... Yo‘q!..” Qosimning ko‘kragi qizib, nafasi qaytdi. Oshxonaga kirib, sovuq suv ichdi. Chiqayotib turtinib ketdi, nimadir tushib sindi. Sharpadan uyg‘ongan Nilufar o‘rnidan turib tashqariga chiqdi. -Ada, mazangiz qochdimi?-dedi u mehribonlik bilan Qosim bosh chayqadi. -Ozgina uxlab olsangiz bo‘lardi. Shu payt subhi sodiq kirganini ma’lum qilib, azon tovushi yangradi. -Sahar bo‘ldi, ada, kirib yoting. -Qizim, Xitoydan olib kelgan choynagim bor-ku? Bilasan-a? O’shaning ichida xat bor ekan, olib chiq. -Hozirmi?-deb ajablandi Nilufar. -Ha, hozir. Faqat... o‘qima, xo‘pmi? To‘xta, Nilu, oxirgi kuni oying meni chiqarib yuborib sizlarga nima devdi? Nilufar unutgan narsasini eslamoqchi bo‘lganday, yerga qarab bir oz jim qoldi. Qosim “javobni tez aytasan”, deb shoshirmadi. Saida o‘sha kuni qizlariga “Agar o‘tib qolsam, qirq kundan keyin adanglarni albatta uylantirib qo‘yinglar”, degan edi. Nilufar bu gapni otasiga ayta olmadi. “Hozir yodimda yo‘q, opam turganlarida aytarlar”, dedi-da, tez-tez yurib uy tomon ketdi. Dam o‘tmay kaftdek qog‘oz ko‘tarib chiqdi. Qosim oshxonaga kirib, buklog‘liq qog‘ozni ochdi-da, chiroq yorug‘iga tutdi. Xat bir necha satrdan iborat edi: “Bir kishi hadeb avtobusga salom berar ekan.Sababini so‘rashsa “Shu avtobus qizim kelin bo‘lib tushgan mahalladan o‘tadi, quda tomonning hurmati-da”, degan ekan. “Kuyovni payg‘ambarlar siylaydi”, deyishgan. Adasi, jon adasi, ko‘p aytdim, quloqqa ilmadingiz. Endi oxirgi iltimosimni bajaring: kuyovlaringiz kelishganda o‘tirgan bo‘lsangiz, o‘rningizdan turib salomlashing, xo‘pmi?..” Qosim xatni ikki marta o‘qib chiqdi. Davomi yo‘qmi, deb qog‘ozning orqasiga ham qarab oldi. So‘ng... bag‘rini to‘ldirib yig‘i keldi. O’zini to‘xtata olmadi - o‘kirib yig‘lab yubordi.
ALQISSA: Yo Tangrim, bandalaringni Qosimday bo‘lib qolishidan o‘zing asragin. Omiyn ya Rabbil olamiyn!
Ko'zlaringda men ko'zingda baxtni ko'rsam bas!
|
|
| |
Giyos | Сана: Пайшанба, 01-Сен-2011, 01:33 | Изох # 8 |
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 1130
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 59
Холати: Хозир йўқ
| Ot bilan suhbat (hikoya). Said Ahmad OT BILAN SUHBAT
Urgutda adir tepasidagi Navro‘z bayrami o‘tkaziladigan yalanglikka chiqadigan tik so‘qmoq yonboshida bir qabr bor. Andak to‘xtab, unga e’tibor bering. Bu jangchi, qahramon otning qabri. U frontda yaralangan egasini olib ketayotgan sanitar vagoni orqasidan yugurib, poezd tezlab ketganda yetolmay, yo‘lda qolib ketgan. Necha oylab tog‘-toshlardan, daryolardan o‘tib, cho‘llarda sargardon bo‘lib, oxiri Urgutni topib kelgan. Bu vafodor ot egasini ko‘rish ilinjida oylab Samarqand vokzalidagi poezdlarni boshdan-oyoq aylanib chiqadi. O’ziga tanish sanitar vagonni topolmay, kelgusi poezdni kutadi. Ur-gut bilan Samarqand oralig‘ida qatnayverib, tuyoqlari yemirilib, yurishga imkon bermay qo‘yadi. U oxiri qadrdon chavandozga ilhaq bo‘lib jon beradi. 1960 yilda konchilar to‘g‘risida biron nima yozish niyatida Ohangaronga bordim. Yuz metrcha chuqurlikdagi shaxtaga tushganimda g‘aroyib voqeaga duch keldim. Bu voqea meni hali-hali larzaga soladi. Ilgari boshimga qora kunlar yog‘ilganda Jezqo‘rg‘on mis konlari shaxtalarida ishlaganman. Yer qa’ridagi bunaqa hayot menga tanish edi. Boya aytganim — meni larzaga solgan narsa — ko‘mir konida 17 yildan beri yorug‘lik ko‘rmay, toza havodan nafas olmay yashayotgan ot edi. Bu ot qirq birinchi yili frontga jo‘natiladi, ikki yil jang qiladi. Yaralangan otlar qatori «brak» qilinib, ko‘mir konlari boshqarmasi ixtiyoriga yuboriladi. Shu tariqa u frontdosh do‘stlari bilan Ohangaronga kelib qoladi. Usha paytlarda elektr quvvatining yetishmasligi tufayli texnikani ishlatib bo‘lmasdi. Elektr quvvati faqat shaxta ichini yoritish va havoni tozalovchi ventilyatorni aylantirishga zo‘rg‘a yetardi. Otlar yer tagiga tushirildi. Ko‘mir ortilgan vagonchalarni tortish shular zimmasiga tushdi. Yarasi bitib, asil holiga kelgan ot isyon ko‘tarib, yuk tortmay qo‘ydi. Shunda yer ustidan bir yahudiy mol do‘xtiri tushib, uni axta qilib qo‘ydi. Ana shundan keyin u yuvvosh tortib, itoatli bo‘lib qoldi. Ko‘p otlar xavo yetishmasligidan, og‘ir mehnatdan birin-ketin o‘la boshladilar. Yuqori quvvatli elektr liniyalari tortib keltirilgandan keyin otlar kerak bo‘lmay qoldi. Ular ishdan ozod qilinib, yer betiga chiqazildi. Ammo, yorug‘likka chiqqach, qorachiqlari kengayib ketgandan kuchli yorug‘likka chidamay, hammasi ko‘r bo‘lib, badbo‘y iflos havoga o‘rgangan o‘pkalari toza havoga dosh berolmay qoldi. Shaxtada qolgan uch-to‘rt ot ham o‘lib ketdi. Faqat shu birgina ot hamon yer qa’rida yashayapti. Boshimdagi kaska chirog‘ini otga tushiraman. U jim-gina turaveradi. U axta qilinganidan buyon ana shunaqa befarq, loqayd bo‘lib qolgan ekan. Menga hamroh bo‘lgan kon muhandisiga qarayman. — Buni nima qilmoqchisizlar? Yuqoriga chiqazilsa ko‘r bo‘lib, o‘lib ketadi. Bechora shu yerda yashayveradimi? — Boshqa iloj yo‘q. Xudo qancha umr bergan bo‘lsa shu yerda poyoniga yetkazadi. O’z o‘limini sokin, itoat bilan, isyonsiz kutayotgan baxtsiz jonivorga qarab yuraklarim zirqirab ketdi. Qanchalar rahmsiz bo‘lib ketganmiz-a, deyman o‘zimga o‘zim. Dinga qarshi tinimsiz tashviqotlar o‘z ishini qilmayotganmikin? Dilimizdan imon ko‘tarilmayotganmikin? Nahotki, Xudoni unutayozdik? Yo‘qsa, bu shafqatsizlik bizga qaydan ilashadi? Qamoq lagerlarida umrini o‘tkazayotgan mahbuslar uyini, bola-chaqalarini sog‘inib mushuk boqishardi. O’zlari to‘ymagan ovqatdan yulib mushuklarga berishardi. Lager siyosiy rahbari shu mushuklarni qopga solib, olov gurillab yonayotgan novvoyxona pechiga tashlaganini ko‘rganman. U alangada jizg‘anak bo‘lib yonayotgan mushuklarni zavq bilan tomosha qilgandi. Bu shafqatsiz odam ibodat qilayotgan nasroniylarni, namoz o‘qiyotgan musulmonlarni ayamasdan kaltaklardi. Bu xil shafqatsizliklar o‘sha-naqa imonsizlardan o‘tmaganmikan? Shunday iztirobli xayollar bilan otdan uzoqlash-dim. Goh emaklab, goh bukilib, vagonchalarga, elektr simlarga tegib ketishdan qo‘rqib, ming bir xavotir bilan shaxta yo‘llarini aylanib chiqdim. Tepamda kim bilsin, necha million tonnali yer qatlami. U tinimsiz qisirlaydi. Har biri uydek-uydek keladigan ko‘mir xarsanglarining darzidan qurum to‘kiladi. Vagonchalarning taraqa-turuq tovushlari, tepadan yomg‘irdek quyilayotgan suvlarning shovkini, suv tortayotgan nasoslarning tinimsiz guvillashi, parmalarniig pulemyot tovushiii eslatuvchi ovozi, ular ko‘chirgan ko‘mir xarsanglarining pastga qarsillab tushishidan xosil bo‘lgan momoqaldirokdek vahimali tovushi meni dovdiratib qo‘ydi, quloqlarim bitib, chiqish joyiga keldim. Hamroxim yuqoriga chiqib ketgan ekan. Liftchi chol ahvolimni ko‘rib, temir kursini men tomon surib qo‘ydi. — Birpas dam oling. Ancha urinib qopsiz. Shaxtaga birinchi tushgan odam shunaqa esankirab qoladi. O’tirdim. Ikki ko‘zim otda. Uning badani xarakatsiz edi. Yer betidagi otlar tanasiga qo‘ngan pashshalarni dumi bilan haydaydi. Dumi yetmagan joylariga qo‘nganlarini terisini dirillatib uchirib yuboradi. Bu joyda na pashsha, na chivin bor. U otning o‘zi emas, go‘yo xaykali edi. Ot xam o‘ylarmikan, deyman o‘zimga o‘zim. Ko‘rgan kunlarini eslarmikin? Tolstoy xam, Aytmatov ham ot o‘ylash, eslash kobiliyatiga ega jonivor, degan. Shunday bo‘lsa, bu ot ham bolaligini eslay oladi. Shatalok otib yayragan yashil yaylovini, onasining to‘lib, tirsillab turgan yelinini boshi bilan turtib-turtib iydirganlarini, ilik, xo‘shbo‘y ona sutini miriqib emganlarini eslayotgandir. Chaqmoq chakib, momoqaldiroq gumburlab, yomg‘ir quyganda onasining issiq pinjiga suqilganlarini xayolidan o‘tkazayotgandir. Avji g‘unon bo‘lgan paytida raqiblarini dog‘da qoldirib, ko‘ngli xushlagan suluv biyani ergashtirib, uyur orasidan g‘olibona olib o‘tgan paytlarini naxotki eslamasa! Ot xo‘rsinsa, ko‘zidan yosh oksa bir falokat yuz beradi, egasi o‘ladi, deyishadi. Xo‘rsingan otni albatta so‘yib yuborishadi. 1952 yili shu otning ko‘zidan mo‘lt-mo‘lt yosh oqqandi. Nim qorong‘i shaxtada buni hech kim sezmagandi. O’sha yili olis Jezqozg‘on konida mis xarsanglarini ko‘chiradigan maxbuslar orasida bir maxbus, sobiq qahramon, otliq askar Ermat chavandoz olamdan o‘tdi. Mis to‘zonlari uning o‘pkasini chiritgan edi. Ermat chavandoz umrini vatan xoini degan «unvon» bilan yakunladi. Ot o‘z chavandozining olamdan o‘tganini sezdimikin? Uning xo‘rsinishi, ko‘zida mo‘ltiragan yosh balki shundandir? U jonvorlik hissiyoti bilan fojiani olisdan turib sezgan bo‘lishi mumkin. Bu ruxiy holat, bu erk sog‘inchi menga tanish. Yigit yoshim bark urgan, uylanib, hayot nash’asini surayotgan, yonib ijod qilayotgan paytimda meni zindonga tashladilar. Yorug‘ tushmaydigan, tashqaridan tiq etgan tovush kelmaydigan yakka zimiston xonada (odinochkada) yotganimda xuddi shu otga o‘xshab ko‘rgan-kechirganlarimni eslab o‘tirardim. Qiziq, negadir faqat bahor paytlarini eslardim. O’rik gullagan, shabboda gaaftoli gullarini to‘zg‘itardi. Majnuntollarning uzun yashil sochlari yangi uyg‘ongan maysalarning boshlarini silardi. Jannatga bermagulik o‘zbek bog‘larida bahor bir necha haftalik mehmon edi. Yigitlik ham ana shunday mehmon. Shu g‘animat, keyin hech qachon qaytib kelmas damlarni qorong‘u zindonda o‘tkazish naqadar ayanchli, naqadar armonli... Shu topda, yer tagida ot o‘ylayapti, men o‘ylayapman. Ot yagail yaylovlarni ko‘ryapti. Ona bag‘rida yayraganlarini eslayapti. Men birinchi kitobim chiqqan, quvonchim olamga sig‘mas baxtiyor damlarni ko‘z yumib xotiramda jonlantiryapman. Beixtiyor otga karayman. U hamon boga ekkancha loqayd turardi. — E, birodar, ne gunohing bor ediki, seni shu alpozga solishadi? Ot tilga kirgandek bo‘ldi: — Menda qanday gunoh bo‘lsin. Bir bezabon jonivorman. Odamlarning yukini yengil qildim, uzog‘ini yaqin qildim. O’zimni insonning do‘sti degandim... Hayronman. Olis yurtlarda janglarga kirdim. Odamlar menga o‘q uzdilar. Yaralanib, uzoq yurtlardan vatan deb bilgan manzilga yetib keldim. Mana, ko‘rib turibsan, o‘sha sog‘inib kelgan vatanda oftob ko‘rmay turibman... — Bilaman, bilaman, jonivor. Xalqlar otasi xo‘lu quruqni barobar yondirgan edi. Sendan biron zurriyot qolmadimi? — deb so‘rayman undan. U bosh chayqaydi. — Meni bunday baxtdan mosuvo qilganlar. Ko‘ksimda bir dunyo g‘am bilan yer betiga chiqib ketdim. Osmon ko‘m-ko‘k, ukpardek oppoq bulutlar beozor suzadi. Ot pastda, quyoshsiz, oysiz, yulduzsiz makonda mung to‘la ko‘zlarini yumganicha qora taqdirini poyoniga yetkazish uchun zimistonda qoldi. O’ttiz yetti yildirki, uni eslayman. Ba’zan u tushlarimga kiradi. Biron yerda ot ko‘rsam shu g‘arib, baxti chopmagan jonivor esimga keladi. Shunday paytlarda doxiy «padari buzrukvorimizga» qarata: «Zulmingni, jabringni tortmagan kim qoldi? Odamlarga qilgan zulming kammidi, jonivorlarni ham baxti qora qilding-ku!» degan bir nido ich-ichimdan otilib chiqadi. O’tgan yili vodiyga mashinada ketayotganimda yomg‘ir quyib yubordi. Olmalik yo‘lidan Ohangaron tomon burilishda hassaga tayangan bir keksa odam yomg‘irda ivib, o‘tgan-ketgan mashinalarga qo‘l ko‘tarib, olib ketishlaridan umid qilib turardi. Uning yonginasiga kelib, mashinani to‘xtatdim. U eshikni ochib, Angrengacha olib ketishimni so‘radi. Olib ketdim. U menga ikki-uch marta qarab olgach: — Sizni taniyman, birodar, — dedi. — Esingizda bormi, o‘ttiz yetti yil oldin sizni shaxtaga olib tushgandim. Tasodifni qarang, shuncha yildan beri xayolimni band qilgan odamni topdim. Undan shoshib so‘radim. «Esingizdami, hu, shaxtadagi ot? U nima bo‘ldi?» dedim. U ichki bir iztirob bilan, past ovozda: «O’ldi», dedi. — Siz kelib ketganingizdan biron yil o‘tib, jonivor qazo qildi. Jasadini Jigaristondagi frontchi do‘stlari dafn qilingan joyga ko‘mdik. Juda bahavo joy. Baland adir poyida. Kon veteranlari maslahatlashib, shu otlarga yodgorlik o‘rnatmoqchi bo‘ldik. Biroq o‘zingiz bilasiz, Jigariston voqeasini butun dunyo bilib ketdi. Bemahal kelgan yomg‘ir selga aylanib ko‘priklarni buzdi. Daraxtlarni qo‘pordi. Adirning tagi nam tortib, surila boshladi. Oxiri o‘pirilib, odamlarning uylarini bosdi. Eh-he, qancha odam tuproq tagida qoldi. O’shanda otlarning mozori ham tuproq tagida qolib ketdi. Bu gapdan ingrab yubordim. Takdirni qarang, 6u baxti qora otning o‘n yetti yil yer tagida yashagani, yer tagida jon bergani kamlik qilgandek, qabri ham yer tagida qolib ketibdi. O’zi aytgandek, «vatanini topibdi». Hamrohimni Angrenda qoldirib, tog‘ tomon ketdim. Yomg‘ir tingan, lekin tog‘ boshida bulutlar g‘ujg‘on o‘ynardi. Dovonga ko‘tarilaman. Yonbag‘irlarda uyur-uyur yilqilar o‘tlab yurishibdi. Ular orasida men bilgan otning zurriyoti yo‘q. U dunyodan nom-nishonsiz ketgan... «Ot kishnagan oqshom» qissasining so‘nggi satrlarini yoddan o‘qiyman: «Ayo Tarlon, sen mening akamsan. Uka desa degulik mendayin ukang bor... Ayo Tarlon, sen mening qiyomatlik birodarimsan, qiyomatlik...» Bu so‘zlar insonning eng yaqin do‘sti, vafoli jo‘rasi — ot sha’niga aytilgan madhu taronadir.Добавлено (01-Сен-2011, 00:23) --------------------------------------------- Sarob (hikoya). Said Ahmad SAROB
«Ota qargishi misoli o‘q — u oxiratda emas, shu dunyoning o‘zida nishonga tegadi». (Buxorolik 100 yil yashagan temirchi Usto Amin boboning o‘gitlaridan)
Bugun lagerimizga yangi mahbuslarni olib kelishdi. Ko‘rinishidan ularni yangi deb bo‘lmasdi. Egnilaridagi kiyimlariga, slka va tizzalaridagi raqamlarga qaraganda, ko‘p yillardan beri lagerdan-lagerga ko‘chib yurgan daydi mahbuslar ekanini darrov payqash mumkin edi. Odatda, yangi kelgan mahbuslarning oyog‘ida yangi etik, yangi botinka, egnida ohori to‘kilmagan kostyum yo gimnastyorka bo‘lardi. Lagerimizning blatnoy-zo‘ravonlari ularning egnidagi kiyimlarni ko‘rishlari bilanoq o‘zaro taqsimlab olardilar. Oradan biron hafta o‘tib, o‘sha kiyimlarni blatnoylarning egnida ko‘rardik. Bu galgi etapda kelganlar zo‘ravonlarimizga yoqmadi. Har biri o‘n-o‘n besh yillab SSSRning jamiki lagerlarida yashab, qirriq bo‘lib ketgan, nainki birovga o‘z kiyimini beradigan, aksincha, birovlarnikini qiyqirtirib yechib oladigan, beti qattiq mahbuslar edi. Soldatlar, lager nazoratchilari ularni bitta-bittalab sanab, yuvilaverib rangi unniqib ketgan kulrang kurtkalaridagi, shimlaridagi raqamlarni tekshirib o‘tkaza boshladilar. Shunda mahbuslardan bittasi menga juda tanish tuyuldi. Uning g‘amgin va lekin loqayd ko‘zlari... Qaerda ko‘rganman uni? Tanish, juda tanish! Oldi tikanli sim bilan to‘silgan barakda yangilarni bir necha kun karantinda saqlaydilar. Hozircha ularni boshqa mahbuslarga qo‘shmaydilar. Ovqatni ham paqirda oborib beradilar. Bahorning iliq-issiq kunlari edi. Yangilar yalang‘och bo‘lib barak oldidagi maydonchada chalqancha yotib, badanlarini oftobga toblardilar. Ular Shimol lagerlarida oylab oftob ko‘rmay, ranglari siniqqan kishilar edi. Ularni bir-ikki oygina yoz bo‘ladigan, oftob esa tuman orasidan xuddi doka orqasiga yoqilgan shamdek xira ko‘rinadigan, bizda bahor oftobi charaqlab turgan shu kezlarda ham qish bo‘ronlari uvillab turgan joylardan olib kelishgan. Bu mahbuslar uchun Jezqozg‘on eng yaxshi kurortlardan ham afzal edi. Yalang‘och yotganlarning badanida igna sanchib yozilgan so‘zlar, turli sharmsiz suvratlar, birida «tuqqan onamni unutmayman» degan yozuv bo‘lsa, boshqasining ko‘kragida karta, ayol kishining rasmi bilan bir shisha aroq tasvirlangan. Tagida: «Mana shular bizni xarob qildi», degan yozuv bor. Deyarli ko‘pchiligining ko‘ksida yalang‘och ayollarning turli holatdagi suvratlari bor edi. Bu manzara qamoqxonadagi «rassom»larning asarlari namoyish qilinayotgan ko‘rgazmaga o‘xshardi. Menga tanish tuyulgan maxbus esa negadir yechinmay, kiyim-boshi bilan oftobda yotardi. Kim u? Ko‘zimga juda issiq ko‘rinyapti. Borib o‘zidan so‘rasammikan? Buning imkoni yo‘q. Soqchilar, nazoratchilar ularga yaqin yo‘latmaydi. Mendan sal narida yoshi yetmishlardan oshgan, umrining o‘n besh yildan ortig‘ini lagerlarda o‘tkazayotgan Olimjon domla ham ularga ma’yus qarab turibdi. Domla g‘alati odam edi. U hech kim bilan sirlashmasdi. Birovga na dardini aytardi, na quvonchini. Ko‘pchilik uni orqavorotdan «indamas domla» deb atardi. U yaxshilikka ham, yomonlikka xam birdek loqayd edi. Ammo uning hozirgi holati boshqacha. Oftobda yalang‘och yotganlarga qarab ichi yonib, kuyib, o‘rtanib ketayotgani shundoqqina bilinib turardi. Zimdan unga ko‘z tashlayman. Uni hech qachon bunday alpozda ko‘rmagandim. U yig‘lardi. Ko‘zlaridan oqqan yosh soqollariga tomardi. Domla qimirlamas, har kiprik qoqqanda mijjalarida to‘planib qolgan yosh duv to‘kilardi. Nazoratchi kelib sim to‘siqning beriyog‘ida to‘planib qolgan tomoshabin mahbuslarga, ketinglar, deb buyurdi. Maxbuslar nari ketishdi. Domla ham yoshli ko‘zlarini kaftiga artib, boshini egganicha ketdi. Men lagerda rassom edim. Bir vaqtlar rassomlik maktabida o‘qiganim yashash, ishlash qiyin bo‘lgan bu joylarda asqotdi. Vazifam — mahbuslarning kiyimlariga raqam yozish, jez konida ishlab qaytgan brigadalarning qancha ruda qazib chiqarganini katta-katta plakatlarda aks ettirish va ularni lagerning ko‘rinarli joyiga ilib qo‘yish edi. Tushlikdan keyin ustaxonamga bosh nazoratchi bir qop kiyim olib keldi-da, shularga to kechki ovqatgacha raqam yozib, tayyor qilib qo‘yishimni buyurdi. Bu yangi kelganlarga beriladigan kiyimlar edi. Shimlarning chap tizzasidan yuqorisi, kurtkalarning yelkasidan pasti sovun qutisicha keladigan joyidan qaychida qiyib olingan. Ustidan oq latta tikib qo‘yilgan edi. Agar mahbus raqam yozilgan lattani olib tashlab qochib ketsa, qidiruvchilar kiyimidagi qiyib olingan joyidan bilib oladilar. Shu lattalarga mahbuslarning raqamini yozishim kerak. Raqam oftobda ham, qor-yomg‘irda ham o‘chmaydigan qora lak bilan («Kuzbas lak» bilan) yoziladi. Lak sovuqda toshdek qotib qoladi. Novvoyxonadan toshko‘mir cho‘g‘ini kurakchada olib kelib, lak solingan bankani uning ustiga qo‘ydim. Lak erigandan keyin boya nazoratchi berib ketgan ro‘yxatga qarab, raqamlarni yozishga kirishdim. Raqam yoniga mahbusning ism-familiyasi qayd etib qo‘yilgan edi. O’n yettinchi kurtkaga raqam yozmoqchi bo‘lib ro‘yxatga qaradimu hayratdan yoqamni ushladim. «YeYe3781» raqami yoniga «Kimsanboy Yolqinov» deb yozib qo‘yilgan edi. Ertalabdan beri xayolimdan ketmayotgan «kim u» degan jumboq yechilgan edi. Olisda qolgan beozor, sho‘x, yerga ursa osmonga sak-raydigan tizginsiz bolaligim, tezroq katta bo‘lib, aziz va jonajon Vatanga xizmat qilish, «xalqlar dohiysi, ulug‘ va mehribon otamiz Stalinga sodiq bo‘lish» orzusi yurak-yuraklarimizda jo‘sh urgan qaynoq yoshligimiz ko‘z o‘ngimdan chaqmoqdek bir yalt etib o‘tdi. Kimsanboy! U bizning bolalardan chiqqan qahramonimiz edi. Uttizinchi yillarda uning suvrati gazetalardan tushmasdi. Maktablarda, pioner uylarida, istirohat bog‘larida, yoshlar lagerlarida odam bo‘yi qilib chizilgan suvratlari bir qarashda ko‘zga tashlanadigan joylarga ilib qo‘yilardi. Va suvrat tagiga: «Pioner! Kahramon Kimsanboy Olimjonovga salyut berib o‘tishni unutma!» deb yozib qo‘yilardi. Butun O’zbekiston bolalari undan ibrat olishga, u ado etgan vatanparvarlik jasoratini takrorlashga qasamyod qilishardi. Uning otasi Olimjon Raxmonov rayon maorif bo‘limining mudiri edi. Tarix bilimdoni bo‘lgan 6u odamni rayondagi jami tarix o‘qituvchilari ustoz deb atardilar. Hatto uyiga ham kelib, undan Turkiston tarixi bo‘yicha bilmaganlarini so‘rab bilib olardilar. Uning uyida kitob ko‘p edi. Alohida bitta uydagi tokchalarga juda noyob kitoblar terib qo‘yilgan edi. Domla bu kitoblarni birovlarga bermasdi. Zarur bo‘lsa, shu yerga kelib o‘qishgagina ruxsat berardi. Amir Temur, Mirzo Bobur, Nargaaxiy, Forobiy, Sharafiddin Ali Yazdiy, Najmid-din Kubro, Al-Beruniy, Xoja Ahror, Ahmad Yassaviy kabi allomalarning o‘tgan asrlarda xattotlar tomonidan ko‘chirilgan noyob qo‘lyozmalarini Domla ko‘z qorachig‘idek asrardi. Kechalari yettinchi lampa yorug‘ida tong otguncha mutolaa qilardi. Ko‘pincha Domlaning uyiga keksa ziyolilar to‘planib, tarixda o‘tgan o‘zbek mutafakkirlari to‘g‘risida suhbatlar qilishardi. Yig‘ilganlar Olimjon domlaning bilimiga, bilag‘onligiga qoyil qolardilar. Suxbat o‘z-o‘zidan ota-bobolari Shahrisabz barloslaridan bo‘lgan buyuk shoir Mirzo Abdulqodir Bedilga borib taqalardi. Bedilxonlik boshlanardi, ko‘plaishb Bedilning sirru sehrga to‘la g‘azallarining mag‘zini chaqishga kirishib ketardilar. Albatta, Olim domlaning talqinlari hammani lol qoldirardi. O’shanday suhbatlarning birida gap aylanib Fuzuliyning bitta g‘azaliga borib qadaldi. Mehmonlardan birovi Fuzuliy ham o‘zbeklar orasida Navoiy darajasida mashhur ekanini, uning ko‘p g‘azallari o‘zbek hofizlari tomonidan qo‘shiq qilib aytilishini gapirib qoldi. — Domla, Fuzuliyning bir g‘azali bor, mag‘zini sira chaqolmadim. Ko‘p bilimdonlardan so‘raganimda tayinli bir javob berolmadilar. Shu to‘g‘rida sizning fikringizni bilmoqchi edim. Olimjon domla narigi xonadan Fuzuliyning devo-nini olib chiqdi. Ko‘zoynak taqib, do‘stining tishi o‘tmagan o‘sha g‘azalni topdi. Chiroqqa solib, ikki-uch marta o‘kidi. — Xo‘sh, qaysi joyiga tushunmadingiz? — deb so‘radi do‘stidan. — Fuzuliy shunday deb yozadi: «G’amlarim shuncha KO‘PKI, tuyaning ustiga ortsam, zindonga tashlangan kofirlar ozod bo‘ladi». Xo‘sh, nima uchun ozod bo‘ladi? — Tushunmadim. Domla o‘ylanib qoldi. Darhaqiqat, tuyaning ustiga g‘am yukini ortsa, nega kofirlar ozod bo‘ladi? Domla ko‘p o‘yladi. Keyin boshini ko‘tarib mehmonlarga qaradi. — Gap bundoq. Bu sirning ma’nisiga yetish uchun Fuzuliy yashagan davrga murojaat qilish kerak. O’sha davrdagi rivoyatlarni, maqolu matallarni, hatto qo‘shiqlarni xam bilmoq kerak. Bir rivoyatda odamlar Allohdan, ey tangrim, zindonda yotgan kofirlar qachon ozod qilinadi, deb so‘rabdilar. Allox, tuya ignaning teshigidan utgandagina kofirlar ozod qilinadi, deb javob qilgan ekan. Fuzuliy ana shu rivoyatni g‘azaliga asos qilib olgan. Ya’ni: «Mening g‘amlarim shunchalik ko‘pki, tuyaning ustiga ortsam, ko‘tarolmay, ozib, ipdek bo‘lib qoladi». Ipdek ozib qolgan tuya ignaning teshigidan bemalol o‘tishi mumkin. Demak, kofirlar zindondan ozod qilinadi. Domlaning bu qadar bilimdonligiga qoyil qolishdi, taxsinlar o‘qishdi. Domlaning bo‘yiga yetib qolgan egizak qizlari bor edi. Shu egizaklardan keyin ko‘rgan bolalari turmadi. Bir yoshga to‘lar-to‘lmas vafot etaverdilar. U har gal oy-kuni yaqin qolgan xotinining do‘ppayib qolgan qorniga qarab: «Kimsan, o‘g‘ilmisan, qizmisan?» deb kulardi. «Agar qiz bo‘lsang, otingni Kimsanoy qo‘yaman, o‘g‘il bo‘lsang, Kimsanboy ko‘yaman», derdi shirin bir entikib. Xayriyat, o‘g‘il tug‘ildi. Oti Kimsanboy bo‘ldi. Shu bola o‘n ikki yoshga kirdi. Beshinchi sinfda o‘kiydi. Domla kitob titish bilan ovora. Tong otguncha o‘tirib, nimalarnidir yozadi. Yozgan maqolalari «Maorif va o‘qituvchi», «Madaniy inqilob» gazetalarida bot-bot bosilib turadi. Kimsanboy maktabda faol pionerlardan. U Lenin, Stalin to‘g‘risida yozilgan she’rlarni ajib bir mahorat bilan deklamatsiya qiladi. Uni rayon, hatto viloyat miqyosida o‘tadigan tantanali yig‘inlarga, slyotlarga, o‘qituvchilarning konferentsiyalariga chaqirib, she’rlar o‘qitishadi. Olimjon domla unga, bolam, bunaqa havoyi ishlarga juda xam berilib ketma, yo artist bo‘lmoqchimisan? Yaxshisi, darsingni tayyorla. Jamoat ishlari darsdan keyin bo‘lsin, deb nasihat qilardi. Bir xonada domla qalam qitirlatadi, Kimsanboy boshqa xonada har xil harakatlar qilib, baland ovoz bilan she’r deklamatsiya qiladi. Bir kuni maktab direktori uni dars paytida idora-ga chaqirtirdi. Direktorning kabinetida notanish odam o‘tirardi. — Bu o‘rtoq sen bilan gaplashgani kelganlar. Sizlarni xoli qoldiraman, gaplashib olinglar, — deb direktor chiqib ketdi. Notanish odam gapni nimadan boshlashni bilmay, birpas unga tikilib o‘tirdi. Keyin portfelidan gazeta olib uning oldiga qo‘ydi. Bu Moskvada chiqadigan «Pionerskaya pravda» gazetasi edi. — Ikkinchi sahifadagi maqolani yaxshilab o‘qib chiq, — dedi u, — suvratga ham yaxshilab qara. Qaxramon pioner Pavlik Morozov shu bo‘ladi. Kimsanboy o‘rischani durust bilmasdi. Pavlik Morozovni xalq dushmanlari vahshiylarcha o‘ldirishgan. U vatanga sodiq, Lenin-Stalin ishiga hayotini bag‘ishlagan zamondoshimiz. Uning otasi xalq dushmani, Sho‘ro tuzumini ag‘darib tashlashni niyat qilgan. Pavlik o‘sha dushmanning sirini fosh etadi. Hozir Sho‘rolar jumhuriyatining hamma joyida Morozovchilik harakati boshlanib ketdi. Yosh vatanparvarlar ichki dushmanlarni fosh qilish uchun qasamyod qilmokdalar. Sen ham shu harakatga qo‘shilishing kerak. Bu sening muqaddas burching. Biz aytgan ishlarni bajarsang, seni Butunittifoq pionerlarining «Artek» nomli lageriga yuboramiz. Faol pionerlarning Moskvada bo‘ladigan slyotida ham qatnashasan. O’sha yerda buyuk ustozimiz, dohiymiz Stalinni ko‘rasan. Kimsanboyning ko‘zlari yashnab ketdi. «Mukaddas poytaxtimiz ulug‘ Moskvani, tirik dohiyni ko‘rish, Qora dengiz sohilidagi jahon bolalari dam oladigan lagerda shohsupaga ko‘tarilib she’r o‘qib bersa bormi!..» Kimsanboy shoshib qoldi. — Men nima ish qilishim kerak? — Avvalo, o‘rtamizda bo‘lib o‘tgan bu suhbatni birovga aytmaslikka so‘z berasan. Bundan keyingi suhbatlarimizni ham sir saqlaysan. — U shunday deya turib, portfelidan bir varaq qog‘oz olib unga uzatdi. — Bunga imzo chekib ber. Avval o‘qi, keyin imzo chek. Qog‘ozga shundoq so‘zlar yozilgan edi: «TILXAT. Menkim, Kimsanboy Olimjon o‘g‘li GPU xodimi M. Mansurov bilan bo‘lgan suhbatimizni birovga aytmayman. Otam Olimjon Rahmonovning xatti-harakatlarini kuzatishga so‘z beraman. Uyga keladigan mehmonlar bilan nimalar to‘g‘risida gaplashganini yozib beraman. Agar bo‘lib o‘tgan gaplarni, otam xaqida to‘plangan ma’lumotlarni birovga aytsam, jinoyat kodeksining tegishli moddasi bo‘yicha jazolanaman». — O’qib bo‘ldingmi? Endi imzo chek! Kimsanboy o‘ylab o‘tirmay tilxat ostiga imzo chekdi. — Tilingga ehtiyot bo‘l. Otang haqida yozib qo‘ygan xatlarni xar haftaning dushanba kunlari o‘zim kelib, shu yerdan olib ketaman. Agar birovga aytsang, yo otangga bildirsang, xuddi Pavlik Morozovdek halok bo‘lasan. Yanagi kelishimda, agar aytganlarimni uddalasang, viloyat pioner tashkiloti seni qo‘l soat bilan mukofotlaydi, bildingmi? GPU xodimi Mansurov har dushanba kuni maktabga kelar, Kimsanboy yozib qo‘ygan ma’lumotlarni o‘qib ko‘rgach, boshqatdan yozdirardi. — Kerakli gaplarni yozish kerak. Faktlarga siyosiy tus berishni o‘rgan! Bobokalon dohiymiz Karl Marks: «Din xalq uchun afyundir», degan. Uyimizga kelgan mexmonlar Axmad Yassaviy degan reaktsion dindor shoirni ko‘klarga ko‘tarib maqtashdi. Xalqni asoratga soluvchi she’rlarini o‘qishdi, deb yozish kerak. Alisher Navoiy «Xamsa»ni, «Chor devon»ni yozganda Pushkinning xabash bobosi O’rta Yer dengizining janubiy qirg‘oqlarida chig‘anoq terib yurardi. Mirzo Ulug‘bek Samarqandda Rasadxona barpo etgan paytlarda o‘rislar xoxollarning malayi edi, chipta kovush kiyib yurishardi, degan gaplarni aytishdi, deb yozgin! — Bunaqa gaplarni endi sizdan eshitib turibman... Qandoq qilib yolg‘onni yozaman?! Birdan Mansurovning jahli chiqib ketdi. — Yozavermaysanmi, tirrancha! Aytmagan bo‘lishsa, endi aytishadi! Xalq dushmanlari hamma gaplarni birdan aytib qo‘ya qolishmaydi. Ular nihoyatda pixini yorgan, niqoblangan yovlarimiz. Kimsanboy bir hafta mobaynida jonini jabborga berib to‘plangan ma’lumotlarni qaytadan Mansurov aytgandek qilib yozdi. Tagiga imzo chekdi. — Ha, balli! Mana shunaqa qilib yozish kerak. Menga qara, viloyat pioner tashkiloti seni qo‘l soati bilan mukofotladi. Ma, taqib ol! Eh-he, seni hali qancha mukofotlar kutyapti! GPUning pioner tashkiloti nomidan bergan soatini Mansurov Kimsanboyning bilagiga taqib ko‘ydi. Kimsanboy o‘zida yo‘k shod edi. Ertaga bolalarning ko‘zini o‘ynatib taqpb yuraman. deb quvonchini ichiga sig‘dira olmay, Mansurovga minnatdorchilik bildirib, u bilan xayrlashdi. Mansurov ketar chog‘ida: «Qanaqa yozishni bilib olding-a?» deb eslatib qo‘ydi. Bu xil ma’lumot yozishlar uch oydan ortik davom etdi. Bu orada «pioner tashkiloti» Kimsanboyni velosiped bilan ham mukofotladi. O’sha oyning oxirlariga borib Kimsanboy Butunittifoq pionerlari slyotida katnashish uchun Moskvaga ketdi.O’zbekistondan Kimsanboyga o‘xshagan «Morozovchi»lardan yana o‘n bir bola bor edi. Slyot qatnashchilaridan o‘n yetti nafar bola «Hurmat belgisi» ordeni bilan mukofotlandi. O’lar orasida Kimsanboy Olimjonov ham bor edi. Kimsanboy Ittifoq oqsoqoli Kalinin ko‘lidan orden olar ekan, prezidiumda qarsak chalayotganlar orasida «bukj dohiy, xalqlar otasi Sta-lin»ga ko‘zi tushdi. O’zini tutolmay ho‘ngrab yubordi. U Moskvadan qaytib kelganda dadasi yo‘k Edi. Olimjon domla bilan yana yetti o‘qituvchi qamoqqa olingan ekan. Ular nima gunoh qilgan ekanlar, dsb hayron bo‘lgan odamlar gazetada bosilgan «Maorifga uya kurgan quzg‘unlar» nomli makrlani o‘qiganlaridan keyin nima gapligini bildilar. Birov: «Buni karanglar-a, domla tuppa-tuzuk odam edi, odamning olasi ichida, deganlari bejiz emas ekan», desa, yana birovi: «Puxta niqoblangan, ayyor odam ekan», deydi. «Qing‘ir ishning qiyig‘i qirq yildan keyin xam chikadi, hushyor bo‘lish kerak, bunaqalardan hali oramizda ko‘p bo‘lishi mumkin», deydiganlar ham bo‘ldi. Dunyoning ishlari xo‘p qiziq-da, ota — sotqin, bolasi — chin vatanparvar! Kimsanboyni ikki marta tergovga chaqirib, otasi bilan yuzlashtirdilar. Olimjon domla bu ishlarda o‘g‘lining ham ko‘li borligini bilmasdi. Yuzma-yuz paytida Kimsanboy aytgan gaplarni eshitib, yoqasini ushladi. Tergovchining: «Shu gaplar rostmi? Tasdiqlaysizmi?» degan so‘rog‘iga javob bermadi. Peshonasiga shapillatib urib: «E-e, attang, attang! — deya o‘g‘lining betiga qarab: — Iloyo, juvonmarg bo‘l! Umring xor-zorlikda o‘tsin! — deb yuziga fotiha tortdi. Moskvadan «Troyka» Olimjon domlani o‘n besh yil-ga hukm kilgani to‘g‘risida qog‘oz keldi. Oradan sakkiz yil o‘tdi. Kimsanboy yigirma yoshga to‘ldi. 1942 yili armiya safiga chaqirildi. Qishloqlardan frontga ketayotganlarni tantanali kuzatish marosimiga yuzdan ortik komsomol a’zolari to‘plandi. Bo‘la-jak jangchilar nomidan «Hurmat belgisi» ordeni ni-shondori Kimsanboy Olimjonovga so‘z berildi. — Men hayot-mamot jangiga ketyapman. Xalq dushma-nining o‘g‘li bo‘lib emas, asl vatanparvar, dohiy Stalin farzandi bo‘lib urushga kiraman. Bugundan boshlab familiyam Olimjonov emas, Yolqinov bo‘ldi. Ko‘ksimda buyuk Stalin bilan jangga kiraman! — U shunday deb ko‘ylagi yoqasini yechib yubordi. O’ning ko‘ksida igna sanchib ishlangan Stalinning suvrati bor edi. — Ulug‘ dohiy jangda menga madadkor bo‘ladi, — deb so‘zini tugatdi Kimsanboy. Qarsaklar yangradi. Olqishlardan mast bo‘lgan Kimsanboy ko‘ksini ochgancha tantanavor iljayib turardi... Shu tobda qamoqxonaning kulrang kurtkasiga «YeYe3781» raqamini yozar ekanman, ko‘zlarimga ishonmay, rakam yonidagi familiyaga yana bir marta qaradim. Adash-mabman. Unga «Kimsanboy Yolqinov» deb yozilgan edi. Boya oftobda yotgan mahbuslarga qarab yum-yum yig‘layotgan Olimjon domla — Kimsanboyniyg otasi. Kiyimini yechmay yotgan, boshi bir tomonga qiyshaygan mahbus — sobiq kahramog‘g piog‘g‘er Kimsanboy Olimjonov edi. Olimjon domla o‘g‘lini tanidi. Ammo Kimsanboy otasini tanimadi. Oradan besh-o‘n kun o‘tib yangi mahbuslar karantindan chikdi. Ularni uchta-to‘rttadan qilib baraklarga joylashtirishdi. Ochiq konda portlatilgan ruda xarsanglarini vagonchalarga ortadigan brigadalarga qo‘shib yubo-rishdi. Kimsanboy lagerning o‘zida — «zona»da qoldirildi. Chunki ug‘g‘ing o‘ng ko‘li sinib, qiyshiq bitib qolgan. Yurganda boshi u yoq-bu yoqqa og‘ib ketaveradi. Ko‘zi ham xiralashgan. Oldida turgan odam tuman orasidan ko‘rinayotganga o‘xshayveradi. Lekin eshitish qobiliyati juda kuchli. Yangilar kelgandan keyin lagerdagi mahbuslar hayoti birdan o‘zgarib ketgandek bo‘ldi. Hayot hayot ekanda. Mahbuslar har qanday azob-uqubatlar ichida ham, ertaga ularni dahshatli fojia kutayotganini sezganda ham yashash tarzini o‘zgartirmaydi. Og‘ir, juda og‘ir mehnatdan toliqib kelib, to‘rt qoshiqqina suli bo‘tqani yeb olib, barakda o‘ringa yechinmay yotib orom oladi. Nazoratchi maxbuslarni sanab, barakni ustidan qulflab qo‘ygandan keyin bir damgina asil insonlikka qaytgandek bo‘ladilar. Bu barak ularning daxlsiz vatani, uyi, hovlisi bo‘lib tuyuladi. Bunda uyat, juda uyat latifalar aytiladi. Barak derazalari kulgidan zirillab ketadi. Bunda mahbuslar xayollariga erk beradilar. Boshlaridan o‘tgan voqealarni so‘zlab beradilar. Aytayotgan sarguzashtlari, albatta, yolg‘on gaplar. Hech kim yolg‘on aytyapsan, demaydi. Yolg‘on bo‘lsa ham qiziq bo‘lsa bas. Biri professorning o‘g‘liman, deb Bolshoy teatrning yosh bir raqqosasini yo‘ldan urganini, juda ozg‘in ekansan, deb ertalab uyidan haydab yuborganini xuddi rost gapdek hayajon bilan aytib beradi. — Shu desangiz, — deb gap boshlaydi yana biri, — SIBLAGdalik paytimda juda badtarin, johil bir nachalnigimiz bo‘lardi. Bir ko‘zi shishadan edi. Jahl bilan stolni mushtlaganda shisha ko‘zi otilib chiqib stolga, undan sakrab yerga tushardi. Shisha ko‘zni ko‘pchilik bo‘lib izlab tuprokdan topib, yuvib berardik. Bir kuni ko‘zi otilib yerga tushganda bildirmay bir tepgan edim, ruda olib ketayotgan transportyor lentasiga borib tushdi. Ruda bilan vagonga to‘kildi. Buni hech kim sezmadi. O’sha kuni kechgacha ellik kishi ko‘zni qidirshdi. Topilmadi. Nachalnik yangi ko‘z buyurtma qilish uchun Moskvaga ketdi. Bir oy yo‘q bo‘lib ketdiyu yangi ko‘z bilan kelguncha otpuskaga chiqqandek yayraganmiz, — deya g‘urur bilan g‘irt yolg‘on hikoyasini kula-kula tugatadi. Yana biri «Ogonyok» jurnalida bosilgan chiroyli bir yigitning suvratini qiyib olib, mashhur kinoaktrisaga o‘ldim-kuydim deb yozgan xatiga qo‘shib jo‘natganini, aktrisadan «ikkinchi bunaqa ahmoqlik qilmang, bu o‘z erimning suvrati-ku» degan javob olganini aytganda barak ichi, bomba portlagandek, kulgidan larzaga tushgandi. Yangilar kelgandan keyin bu kulgilar, bu xil quvnoq suhbatlar barham topgandi. Bunga sabab — yangilar asosan «seksotlar», «stukachlar» edi («seksotlar», «stukachlar» mahbuslar to‘g‘risida boshliqlarga yashirincha ma’lumot berib turadiganlar). Yangi kelganlar ichidagi zo‘ravonlar «mahalliy» zo‘ravonlarning ko‘zini ochirmay qo‘ydi. Ular oshxonaga borib, ko‘ichilik bilan ovqatlangani or qiladilar. Bizning zo‘ravonlarimiz ularga ovqat tashib, qo‘lini artishga sochiq tutib turadilar. Qarindoshlaridan posilka olganlar quruk qo‘l bilan qolaveradilar. Tuqqan onasi pishirib yuborgan tansiq shirinliklar ham o‘sha zo‘ravonlarning nasibasi bo‘lib qolgandi. Seksotlarni, stukachlarni bir lagerda uzoq ushlab turmasdilar. Ularning ayg‘oqchiligi ochilib qolishi bilan boshqa lagerga jo‘natardilar. Agar jo‘natmasalar, mahbuslar ularni albatta o‘ldirib yuborardilar. Kimsanboy ham faol seksotlardan edi. Vorkuta lagerida mahbuslar uni urib, ma’lumot yozadigan o‘ng qo‘lini tirsagidan sindirishgan edi. Balxash lagerida orqa miyasining pastiga, qoq ensasiga belkurakning sopi bilan urib, chuqurga tashlab ketishgan. Soqchilar uning dodlagan ovozini eshitib, chuqurdan chiqarib olishgan. Ana shundan keyin uning o‘ng qo‘li tirsagidan qotib, boshi goh o‘ngga, goh chapga o‘zidan-o‘zi burilib qoladigan, sog‘ qo‘li bilan to‘g‘rilab, oldinga qaratib qo‘ysa, boshi musichaning kallasidek old-orqasiga siltanib, borib-kelaveradigan bo‘lib qolgandi. Iyul oyining oxirlariga borib havo nihoyatda isib ketdi. Daraxtsiz, giyohsiz, tuprog‘iga mis kukuni aralashgan yer qizdirilgan tovadek bo‘lib, kirza botinkaning tag charmidan o‘tib, oyoqni kuydirardi. Mahbuslar baraklarning soya tomonlarida jon saqlashardi. Terdan shalabbo bo‘lgan kurtkalarini toshlarga, qizigan tuproqqa yozib quritishardi. Ko‘pchilikning kurtkasi yuvilaverib, raqamlari o‘chib ketgandi. Shunday paytlarda menga ish ko‘payardi. Kiyimida raqami o‘chgan mahbuslarni soqchilar darvozadan chiqarishmas, menga yuborishardi. Olimjon domla oldimga kelib, orqa o‘girib tizzaladi-da, yelkasini tutdi. Yangilar kelgandan beri domla ozib ketdi. Yana besh-olti yosh qarigandek edi. — Domla, yaxshi yuribsizmi? — dedim yelkasiga raqam yozarkanman. — Xudoga shukur, o‘lmagan qul yashayverarkan. — Shu deyman, domla, yoshingiz ham bir joyga borib qoldi. Kattalarda insof yo‘q-da. Sizni ishga chiqarmasalar ham bo‘lardi. Domla sergaklandi. Uning ko‘nglidan, nega bunday deyapti, seksot emasmikan, degan xayol o‘tdiyov! — Juda unchalik qari emasman. Bergan nonini oqlab yuribman. Sut ichib og‘zi kuygan odam qatiqni ham puflab ichadi, degandek, domlaning ham ko‘p marta og‘zi kuygan ko‘rinadi. Qamoqxonalarning «telegrafi» juda anik ishlaydi. Kaysi lagerda qandok voqea yuz bergani uch kunga qolmay xamma lagerlarga yetib boradi. Kaysi shaxar turmasida kimlar yotgani, ular kaysi modda bilan ayblanayotganlari, ular orasida seksotlar bor-yo‘qligini aniq biladilar. Yangilarning ko‘pchiligi seksot ekani to‘g‘risidagi xabar o‘sha kuniyoq kelgan edi. Olimjon domla uzok yillardan beri qamoqda yashab lager xayotining ming bir chiyrig‘idan o‘tib, pishib ketgan odam edi. Shuning uchun ham u birov bilan dardlashmas, o‘z yog‘iga o‘zi qovrilib yuraverardi. Mahbuslarni konvoylar ishga xaydab ketgandan keyin uch ming kishilik lager bo‘shab qoldi. Mening ertalabki xizmatim ham shu bilan tugadi. Endi barakka ketmoqchi bo‘lib turganimda, kallasini likillatib Kimsanboy keldi. — Birodar, shu ortib kolgan lakni menga bersangiz. — Lakni nima qilasiz? — dedim. — Kerak, yo‘q demang. — Mayli, oling, — dedim lak solingan tunuka bankani unga uzatib. — Rahmat, — deya orkasiga burilar ekan, sog‘ ko‘li bilan kallasini barak tomonga to‘g‘rilab qo‘ydida, asta keta boshladi. Ajab, Kimsanboy tanib bo‘lmas darajada o‘zgarib ketibdi. Navqiron yoshida yuzlarini ajin qoplabdi. Ko‘z kosalari chukurlashgan, sochlari to‘kilib, boshi yalang‘ochlanib qolgandi. Ammo ko‘zlari, ovozi o‘sha-o‘sha, bolaligidagidek edi. Kunlar chidab bo‘lmas darajada isib ketgan bo‘lishiga karamay, u hamon tomog‘igacha tugmalari kadalgan kurtkasini terdan bijg‘ib ketgan bo‘lsa xam yechmasdi. U xar kuni ertalab qora lak olgani oldimga keladigan bo‘ldi. Shunday kunlarning birida uning kimligini o‘ziga aytdim. — Otangiz sizga xo‘p bilib ot qo‘ygan ekan. Qarang, kimligingizni o‘zingiz ham bilmaysiz. Uning ko‘zlari olazarak bo‘lib qoldi. Ko‘liga tira-lib o‘rnidan turmoqchi bo‘lgandi, chap qo‘li kuchsizlik qilib yana o‘tirib qoldi. — Kimsanboy, mendan yashirmay qo‘ya qoling, — dedim bosiqlik bilan. — Ikkovimiz bitta qishloqning bolasimiz. Kimligingiz kaftimning chizig‘idek ayon. Siz Pavlik Morozovning sadoqatli izdoshisiz. O’z otangizni GPUga sotganingiz uchun «Hurmat belgisi» ordeni bilan mukofotlangan Kimsanboy Olimjonovsiz. Sizlarni frontga kuzatish marosimida qishloq komsomollariga: «Men ko‘ksimda buyuk Stalin bilan jangga kiraman». deb ko‘kragingizdagi Stalttn suvratini minbarda turib ko‘rsatganingizda men ham bor edim. Sizga qora lak nima uchun kerakligini bilaman. Stalinning suratini chaplash uchun kerak. Bunaqa qilishning endi foydasi yo‘q. Saraton issig‘ida terlagan badanga bo‘yoq yopishmaydi. Ko‘chib ketaveradi. Bundan tashqari... — deb zimdan unga nazar tashladim. Bopga o‘ng tomonga burilib qolgandi. — Ko‘ksingizda Stalin borligini zeklar allaqachon bilib olishgan. Yakshanba kuni sizni yechintirib, ko‘kragingizdagi qora lakni kerosin bilan, solyarka bilan, benzin bilan Stalinning suvrati ko‘ringuncha ishqalamoqchilar. Ko‘ksingizdagi Stalinni ming-minglab mahbuslarga ko‘rsatishmoqchi. Sizga maslahat, xo‘jayiningizga ayting, sizni yo vaqtincha qamab qo‘ysin, yo boshqa lagerga jo‘natib yuborsin. Xoinni ogohlantirib to‘g‘ri ish qildimmi, bilmadim. Harholda bir qishloqdan bo‘lganimiz uchun shunday qildimmi, bilmayman, bilmayman. Kimsanboyning kallasi chapdan o‘ngga, o‘ngdan chapga muttasil borib kelaverdi. Xuddi tutqanoq tutayotganga o‘xntardi. U mashakkat bilan o‘rnidan turib, boshini barak tomonga to‘g‘rilab qo‘ydi. Baribir boshi yon tomonga silkinaverganidan yo‘lni ko‘rolmay gandiraklay boshladi. Ikki marta yiqildi. Yana turdi. Ko‘r odamday tusmollab yura boshladi. Unga ham rahmim keldi, ham updan jirkanib ketdim. Ertasiga u qora lak olgani kelmadi. Tushlikka yaqin uchinchi barakda nimadir bo‘ldi. O’sha tomonga sanitar yugurib o‘tdi. Lager kasalxonasining jarrohi — katorjpik Shtokman va zambil ko‘targan ikki sanitar izma-iz o‘sha yoqqa yugurib ketishdi. Bir ozdan keyin zambilda konga belangan Kimsanboyni kasalxonaga olib o‘tishdi. — Ko‘ksiga pichoq sanchibdi, — dedi barak navbatchisi. — Battar bo‘lsin! Itga it o‘limi. Mahbuslar baribir uni tirik ko‘yishmasdi. Kechqurun ishdan qaytgan Olimjon domla kasalxona baragi oldida u yokdan-bu yoqqa asabiy borib-kelib turibdi. Eshik oldida maxorka chekib turgan sanitardan: — Ahvoli qalay? — deb so‘radim. — Bilmadim, hozircha bir nima deyish qiyin. Pichoq yuragiga bir santimetrcha kirgan. Ertalab sanitar oldimga kelib: — Bemor Yolqinov sizni so‘rayapti, — dedi. Kimsanboy ko‘kka boqib yotibdi. Ora-sira ojizgina ingrab ko‘yadi. Tepasiga borib, axvolini so‘radim. Uning xushi joyida edi. Faqat ko‘p qon ketganidan juda holsiz, bemajol. — Hamqishloq, yaqinda muddatingiz tugab uyga ketasiz, — dedi u past tovushda. — Iltimos, dadam qamoqdan qaytib kelgan bo‘lsa, mening uzrimni yetkazing. Gunohini qoni bilan yuvdi, deb ayting. U charchadimi, hartugul, ancha paytgacha indamay yotdi. Navbatchi sanitar, kerakli gapini ayta olmayapti, deb o‘ylab bizni xoli qoldirib chiqib ketdi. — Bu dunyoning azoblaridan kutulishimga sanoqli soatlar qolgan. Sizdan o‘tinib so‘rayman, Shtokmanga ayting, jonim uzilishi bilan tanam sovumay, jasadim qotmay turib ko‘ksimdagi Stalin suvratini terim bilan shilib olsin. Fashistlarning kontslagerida o‘liklarning terisini shilishda Shtokman assistentlik qilgan. Qandoq shilishni yaxshi biladi. U dunyoga ham Stalin bilan ketmay. U bilan bitta qabrda yotgulik qilmasin. Uning bu gaplari iltimos emas, vasiyat edi. — Xotirjam bo‘ling, albatta unga aytaman, — deb va’da berdim. Fashistlarning kontslagerida Kimsanboy Yolqinov o‘likxonaga qorovul bo‘lgan deb eshitgan edim. O’lgan asirlarni tikanli sim bilan o‘ralgan joyga sarjinga o‘xshatib taxlab qo‘yganlar. Qish chillasida o‘liklar toshdek qotib, muzlab qoladi. Ularning og‘izlaridagi tilla tishlarini olg‘irlar qoqib ketmasin, deb qo‘riqlashardi. Badanida yara-chaqasi yo‘q o‘liklarni ichkariga, issiqxonaga olib kirganlarida muz erib, murdalarning badani yumshab qoladi. Shundan keyin terisini shilish oson bo‘ladi. Bu terilardan tannoz xonimlarga sumkachalar, tanga-chaqa soladigan hamyonchalar, qayishlar yasashardi. Ba’zan yorilgan barabanlarga ham qoplashar edi. Kimsanboyning oldidan chiqib, jarrox Shtokmanning xonasiga kirdim. Yolqinovning vasiyatini unga aytdim. Shtokman bosh chayqadi. — Buni hatto xayolingizga keltirmang. Umrimda bunaqa ish qilmaganman. Ammo qilmagan ishimni zo‘rlab bo‘ynimga qo‘yib, otuvga hukm qilishgandi. Keyin otuv hukmini yigirma yillik katorgaga almashtirishdi. Kechirasiz, yana boshqatdan otuvga hukm etilishni istamayman! Shu bilan Shtokman gapni kisqa qildiyu meni xonasidan chiqarib yubordi. Ertalab borganimda sanitar Yolqinovning sahar paytida joi berganini aytdi. Ichkariga kirib murdani ko‘rmoqchi bo‘ldim. Ikki sanitar uning ustidagi choyshabni ochib, Stalinning suvratini tomosha qilishayotgan ekan. Pichoq Stalinning chap ko‘zidan sal pastrog‘iga sanchilgan edi. «Dohiy»ning suvrati shu qadar mahorat bilan ishlangan ediki, xuddi tirikka o‘xshab ko‘rinardi. Ajab, o‘lik tanada tirik Stalinning suvrati. Mendan oldin Olimjon domla kelib, murdaga uzoq tikilib o‘tirganini, o‘pkasini bosolmay o‘kirib yig‘laganini aytib berishdi. Qaytib chiqqanimda domla eshik kesakisiga boshini tirab, holsiz bir alpozda turardi. — Domla, bir musulmonning bolasi olamdan o‘tdi, —dedim. — Shunga janoza o‘qitsak bo‘larmidi? Domla indamadi. Uzoq sukutdan so‘ng: — Unga janoza lozim emas, — dedi. — Ko‘kragida kofirning suvrati bor. Endi u bejanoza, bekafan ko‘miladi. U shunday dediyu gandiraklab-gandiraklab, barak orqasiga o‘tib ketdi. «Dohiy» Stalinning jasadi tuproqqa ko‘milmadi. Uni ichiga poxol tiqib, mavzoleyga, ustozi Lenin yoniga yotqizib qo‘ydilar. Bu yerda esa u bir xoinning badaniga yopishib, atigi bitta murda arang sig‘adigan go‘riga sherik bo‘lib yotibdi. Shu bilan ichimizdan chiqqan xoinning jirkanch umri yakun topdi. 1999 yil, 17 iyun. Добавлено (01-Сен-2011, 00:23) --------------------------------------------- Taqdir, taqdir, muncha shafqatsizsan? (hikoya). Said Ahmad TAQDIR, TAQDIR, MUNCHA SHAFQATSIZSAN? («Ko‘z yoshi tomgan hikoyalar» turkumidan)
Stalin o‘lgan, Beriya otilgan, mahbuslarga munosabat bir kadar yumshagan paytlar. Avgust oyida lagerimizga respublika ichki ishlar vazirining o‘rinbosari general Jaqsiliq Stepanov kelib, mahbuslar bilan suhbatlashdi. Qamoq ichidagi qamoq, ya’ni kechasi mahbuslar ustidan kulflab qo‘yilgan baraklar derazalaridan temir panjaralar yaqin kunlarda olib tashlanishini aytdi. U Qozog‘iston Rossiya bilan chegaradosh Pavlodar viloyatida, Irtish daryosi bo‘ylarida katta bo‘lgan, ruslashib ketgan qozoq oilasida tug‘ilgan edi. U yetkazgan xushxa-bardan quvongan mahbuslar qarsak chalib, minnatdorchi-liklarini izhor qildilar. — Yaxshi kunlarni kutinglar. Hammangizning tergov materiallaringiz ittifoq komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqilyapti. Ular bizdan har biringiz to‘g‘ringizda fikr so‘rashadi. Hozir yuzdan ortiq odam sizlarga xarakteristika yozish bilan band. Iltimos, tartib-qoidani buzmanglar. O’zini yaxshi, intizomli tutganlar vaqtliroq erkinlikka chiqadilar. Har kim o‘z mutaxassisligi bo‘yicha ish ko‘rsatishi kerak. Norkobil degan zek o‘rnidan turib, qo‘lini ko‘tardi. U asli termizlik bo‘lib, Amudaryo portida qayiqchi bo‘lib ishlagan. Vazifasi — kemada kelgan yuklarning Afg‘onistonga tegishlisini qayikda narigi qirg‘oqqa o‘tkazib topshirish. U josuslikda ayblanib, o‘n besh yil muddatga hukm qilingan. Ya’ni aybi — daryoning naryog‘ida afg‘on savdogaridan bir kostyum bilan tufli sotib olgani. Chet ellik shubhali odam bilan aloqada bo‘lgansan, deb ayblangan edi. Hozir u qirq yoshdan oshgan. Hamon muddat ustiga muddat oladi. Iigirma yillik qamoq uni professional mahbusga aylantirgan. U josus so‘ziga ko‘nikib ketgan. O’zini chinakam josus bo‘lsam kerak, deb o‘ylardi. Va bunga ishonardi. Norqobil asosan lager tarbiyasini olgan. U blatnoylar tilini mukammal egallagan.Ozodlik, erkinlik, degan so‘zlar endi uning uchun o‘z ma’nosini yo‘qotgan edi. U butunlay «lager o‘g‘li» bo‘lib ketgan. — Grajdanin general, siz hozir, xar biringiz o‘z mutaxassisligingizni igaga solib xizmat qiling, dedingiz. Menga togpniriq bering, o‘z mutaxassisligim sohasida o‘zimni oqlay. General Stepanov uning so‘zlarini eshitib, qiziqib so‘radi: — Mutaxassisligingiz qanday? Albatta foydalanamiz. — Shpionman, grajdanin general. Topshiriq beripg, bajarmasam gad budu. Mingga yaqin mahbus qarsillab kulib yubordi. General uning chala-chulpa o‘rischa gaplariyu so‘kinigalaridan zavqlanib kulardi. — Nega kulasizlar? Chego smeetes gadm, ex vm podonki. Uning blatnoy do‘stlari esa: — Vo daet zaraza, shuruy, shuruy natsmen, — deya uni rag‘batlantirishar edi. General ketdi. Zeklarning ko‘nglida allaqanday erkinlik uchquni qoldi. Ellik uchinchi yilning qishi juda og‘ir keldi. Har kuni shamol aralash qor bo‘ralaydi. Yoningda turgan odamni ham ko‘rolmaysan. Bunday paytlarda soqchilar soni ko‘paytiriladi. Qor tingan paytlarda tuman bosadi. Lager devorlaridagi kuchli projektorlar zona ichini yoritish u yoqda tursin, projektorning o‘zi kog‘ozga tomgan yog‘dek arang ko‘rinadi. Tumanda adashib qolgan mahbuslar yo‘l topolmay, tikanli simlar bilan to‘silgan devor yoniga borib qolishar, simga tegib ketganda trevoga zangi o‘zidan o‘zi chalinib, lager bo‘ylab uzoq vaqt jaranglab turadi. Devor burchidagi vishkada soqchilar avtomatdan osmonga o‘q uzadilar. Mahbuslar yashaydigan o‘n bir barakdan to oshxonagacha o‘n bitta temir arqon tortiladi. Mahbuslar oshxonaga shu arqonni ushlab boradilar. Agar arqondan qo‘llari chiqib ketsa, to tuman tarqaguncha yo‘l topolmay sarson bo‘lib yuraveradilar. Mahbuslar o‘n bir barakdan tortilgan arqonlarni quyosh nuriga o‘xshatishardi. Ba’zilar chumolilardek o‘n bir joydan oshxona tomon o‘rmalayotganlarga qarab: bu yerda hamma yo‘llar kommunizmga olib boradi, deb piching qilishardi. Tuman chog‘lari mahbuslar qochmasdi. Qochganlarning qancha-qanchasi cho‘lda muzlab qashqiru shoqollarga yem bo‘lishgan. Fayzsiz bunday qish oqshomlarida yuragi shundog‘am g‘amga to‘lgan zeklar murdadek qimirlamay o‘tiraverar-dilar. Ishga olib chiqilgan mahbuslar to tuman tarqamaguncha olib kelinmasdi. Kon oldidagi atrofi tikanli sim bilan o‘ralgan maydonchada qorga ko‘milib, och-nahor o‘tirib tuman tarqashini kutardilar. Zeklar yashaydigan baraklar qanchalik yoritilmasin, odamlar ko‘ksini yoritolmasdi. Ular negadir qo‘shni uyda o‘lik yotgandek bir-birlari bilan shivirlab gaplashishardi. Uzoq yillar qamoqlarda yashaganlar bu holga ko‘nikib ketishgan edi. Ayniqsa, g‘arbiy ukrainaliklar erkinlikdan tamoman umidlarini uzgan edilar. Shu topda ulardan biri nara (to‘rt kishi yotishiga mo‘ljallangan ikki qavatli so‘ri) ustida chalqancha yotgancha shiftga tikilib «Dvlyus ya na nebo» degan ukrainlarning eng sevgan g‘amgin qo‘shig‘ini kuylayapti. Bu qo‘shiqni tinglagan har qanday toshyurak odam ham yum-yum yosh to‘kardi. Odamzot qiziq bo‘larkan-da! Shundoq azobli, ayanchli damlarda ham bir-birlari bilan jiqqamusht bo‘lardilar. Barakdagi kattakon bak suvga to‘ldirib qo‘yiladi. Uning pastidagi jo‘mrakka bandi zanjirlangan va qulflangan krujka osib qo‘yilgan. Ko‘pincha musulmon dinidagi o‘rta osiyoliklar, kavkazliklar, tatarlar shu bak oldida cho‘kkalab tahorat oladilar. Boshqa dindagilar, biz suv ichadigan idishni harom qilding, deb to‘polon qilardilar. Mushtlashish boshlanadi. Soqchilar barakka kirib, qonga belangan janjal-kashlarni ajratadilar. Bir, ikki zekni haydab opchiqib ketadilar. Barak derazalaridagi panjaralarni olib tashlashga, barakni qulflamaslikka so‘z bergan ichki ishlar vazirining o‘rinbosari, general va’dasini bajarmadi. Mahbuslar kechqurun barakka kelishlari bilan nazoratchilar ularni sanab, ustlaridan qulflab qo‘yishadi. Hamma hojat ishlari shu yerning o‘zida bo‘ladi. Men o‘sha paytda «Madaniy tarbiya» bo‘limida rassom edim. Vazifam qaysi brigada qancha ruda qaziganini sahargacha katta-katta shchitlarga yozib, zonaning ko‘rinarli joyiga ilib qo‘yish edi. Sovuq shundoq zaptiga olgan dekabr kechasi edi. Oltinchi barakda qiy-chuv bo‘lib qoldi. Mahbuslarning dod-voylarini eshitib, o‘sha tomonga yugurdim. Barakda yong‘in bo‘layotgan edi. Mahbuslar etik bilan tepib, oynalarini sindirgan derazalardan buralib-buralib qop-qora tu-tun chiqardi. O’t ichida qolganlar yordam so‘rab qichqirishardi. Kor qalin yoqqan paytlarida mahbuslarga piyma (valenka — tagcharmi yo‘q namat etik) berilardi. Ilashgan qor barakka kirganda erib, valenkalar jiqqa ho‘l bo‘lib ketardi. Mahbuslar ularni quritish uchun barak pechi ustiga qator terib qo‘yardilar. Yong‘in ana shu valenkalardan boshlangan edi. Nazoratchi starshina Demyanov yonayotgan barakka qarab, maxorka tutatib turardi. — Eshikni ochmaysizmi? — deya unga zorlandim. — Haqqim yo‘q. Maxsus buyruq bo‘lmaguncha ocholmayman, — deya qat’iy javob qildi u. — Yetmish ikki odam bo‘g‘ilib o‘ladi-ku! Nahotki rahmingiz kelmasa? Bu ishingiz uchun hali javob berasiz, — dedim g‘azab bilan. — Men buyruqni bajaraman. Bu fashistlar kuysa kuyaversin, yonsa yonaversin. Barakdan yetmish ikkita kalla bilan bir yuz qirq to‘rtta oyoq topilsa bo‘lgani. U yog‘i bplan, o‘lik-tirigi bilan ishim yo‘q. Zona devoridagi soqchi bo‘layotgan vokeani kuzatib turgan ekan. Telefonda shtabga xabar qilibdi. Zudlik 6ilan shtab navbatchisi yetib keldi. Demyanovga eshiklarni och deb buyruq berdi. Dadajon ham shu barakda yashardi. U bir yarim oydan beri to‘shakka yotib qolgan, hassaga tayanib arang oshxonaga borib-kelardi. Ko‘pincha xamyurtlari unga ovqatini keltirib berardilar. Dadajonga nima bo‘ldiykin, deb tashvishlana boshladim. Barak eshigi o‘t o‘chirish qoidalariga rioya qilinmay o‘rnatilgan edi. Eshiklar ichkariga ochilardi. Bu barakni mahbuslarning o‘zlari qurgandilar. Prorab kancha tayinlamasin, kuloq solmagandilar. Yong‘in chiqqanda, yo yer qimirlagan paytda ichkaridagilar o‘zlarini eshikka uradilar. Shunda eshik yopilib kolib, ochishning iloji bo‘lmaydi. Maxbuslar barakda o‘zlari uchun o‘zlari qopqon yasagan edilar. Bir soldat lom olib kelib eshikni buzdi. Ichkaridan tutunda xolsizlanganlar biri-birini itarib tashqariga chiqa boshladilar, to‘lib oqayotgan anhor qirg‘og‘i o‘pirilganday bo‘ldi. Odamlar tinmay yo‘talishar, o‘kchishardi. Ular orasida Dadajon ko‘rinmasdi. Deyarli hamma mahbuslar tashkariga chikdi. Dadajon yo‘q. Nazoratchi mahbuslarni bir-bir sanadi. Ularning soni yetmish bitta edi. — Dadajon yo‘k, ichkarida qolib ketibdi. — dedim. Batareya chirok ushlagan to‘rt soldat gaz niqob kiyib barakka, tutunlar orasiga kirib ketdi. Sal fursatdan keyin hushidan ketgan Dadajonni ko‘tarib chikishdi. Qalin qor bosgan yerga yotqizishdi. Shoshib bordimu bushlat bog‘ichini yechib, ko‘kragiga kuloq tutdim. Yuragi urmasdi. Lekin tani xali issik edi. Bilagini ko‘tarib, tomirini ushlab ko‘rdim. O’ttiz uch yil dukillab muttasil urib turgan yurak endi urishdan to‘xtagan edi. Uning ochiq qolgan ko‘zlariga karadim. Tun qorong‘usida ko‘zlarida qanday ifoda kotib qolganini bilolmadim. Qaboqlarini kaftim bilan pastga qarab siladim. Yetdim, deganda yiqilgan Dadajonning bu dunyoga to‘ymagan, erkinlik yo‘liga intizor tikilgan ko‘zlari endi bir umrga yumildi. Garnizondan kapitan Rasulov yetib keldi. Qator yotqizib qo‘yilgan, tinmay o‘qchiyotgan o‘ttiz besh choqli maxbusning boshiga borib, bir-bir qarab chikdi. Dadajonning tepasiga kelib uzoq turib qoldi. Bosh vrach Shkarin holsiz yotganlarning hammasini sanitar zambarida kasalxonaga jo‘nata boshladi Lager uyg‘onib ketgan. Mahbuslar panjarali derazalardan 6u tomonga jimgina qarab turishibdi. Dadajoshsh zambarga yotqizishdi. Bir tomopidan o‘zim ko‘tarishib o‘likxonaga obordik. Soat sakkizda barcha baraklarning eshigi ochildi. Oltinchi barak lop etib yondiyu alanga ichida qoldi. Achimsiq tutun hidiga to‘lgan lager ustida, tumanlar orqasidan tong yorishib kelardi. Bir yurtning odami har qanday sharoitda ham bir-biriga qayishar ekan. Biron soatlar o‘tib, kapitan Rasulov qog‘ozga o‘roqli bir narsa berib ketdi. Ochib qarasam, sakkiz metr oq surup. Dadajon uchun kafanlik edi bu. Hali ham tuman tarqagani yo‘q. Ancha baland ko‘tarilib qolgan quyosh tuman pardasi orqasidan xuddi qizdirilgan chaqadek ko‘rinadi. — Kafanlikni men olib kelganimni birov bilmagani durust, — dedi u yoq-bu yoqqa alanglab Rasulov. —Marhumning jasadini soat uchlarga tayyorlanglar. To soat uchgacha marhum Dadajonni yuvib, kafanlab, janozasini o‘qidik. Brichka aravada darvozadan olib chiqishdi. Vaxtada tunda eshiklarni ochmay, shuncha odamga shikast yetkazgan, Dadajonning o‘limiga sabab bo‘lgan nazoratchi starshina Demyanov turardi. Brichkani qo‘riqlab borastgaplarga tanbeh berdi: — Kafanni ochib qaranglar. Badaniga shtik sanchib ko‘ringlar, mug‘ombirlik qilayotgan bo‘lmasin. Rasulov: — Tekshirib ko‘rilgan, xotirjam bo‘l, — deb javob qildi. Uni dafn qilishga meni olib chiqishdi. Ana shunda Rasulovning millatga qayishishiga tan berdim. Go‘r qazish, murdani ko‘mish uchun buxorolik uchta soldatni yuborayotgan edi. Ulardan biri Qur’onni juda chiroyli tilovat qilar ekan. Tuman tarqagan. Oftob qor bostan oppoq cho‘lda ko‘zni qamashtiradi. Qabristonga kelganimizda generalning iti ko‘milgan joyga qaradim. Juda chiroyli qilib gumbaz ko‘tarilibdi. Befarzand general o‘limi oldidan, «Mendan qolgan pullarni sarf qilib sodiq itimga yodgorlik o‘rnatinglar», deb vasiyat qilgan ekan. Yodgorlik yaqiniga bordim. Qora marmar toshga shunday so‘zlar o‘yib yozilgan: «Mening sodiq va vafodor do‘stim, o‘ttiz yetti qochoq mahbusni tutib bergan va o‘zi yovuz mahbus qo‘lida halok bo‘lgan Jek nomli itga minnatdor do‘sti general mayor Maksim Mixaylovich Rechnikovdan». Atrofga qarayman. Bu qabristonga akademik Tupolevning iste’dodli shogirdi, Mehnat qahramoni Dudintsov ko‘milgan. SSSR xalq artisti Vera Kvitko, Valeriy Chkalovning samolyotini hamisha uchishga sinchkovlik bilan tayyorlaydigan aviatsiya mayori Stepanov, Buxoroda rishta kasalini tugatishda katta xizmat ko‘rsatgan Rustam Azimzodalar shonsiz-sharafsiz ko‘milgan. Ularning qabri qani? Allaqachon tep-tekis bo‘lib ketgan. Birgina shu Jek deb atalgan itga qo‘yilgan savlatli yodgorlik qabristonni «obod» qilib turibdi. Taqdir, takdir, muncha qahring qattiq! Muncha shafqatsizsan! Shu buyuk zotlarni bitta it qatori ko‘rmading-a! Fayzsiz, qishda bo‘ronlar uvillagan, yerdan bosh ko‘targan giyohlarni saraton qovjiratib tashlaydigan bu befayz ayanchli badbaxt dala manzarasiga qarab bu xunuk, bu sovuq qabristonga qarab ich-ichimdan faryod urardim. Uch buxorolik azamat yigit lom bilan, belkurak 6ilan toshga aylanib ketgan zarang yerni kavlab kabr ochguncha terga pishib ketdilar. Jasad lahadga qo‘yildi. Og‘zi yassi tova tosh bilan bekitildi. Buxoroning Shofirkonidan xizmatga chaqirilgan Mir Arab madrasasining talabasi Istam Ahadov degan yoshgina yigit tilovat boshladi. Shag‘al aralash tuproqni qabrga tashlay boshladik. Istamboy Qur’on o‘qishning hadisini olgan ekan. Oyatlarni tiniq, yurakka to‘ppa-to‘g‘ri borib qadaladigan ajib bir ohang bilan o‘qirdi. Bir umr tilovat eshitilmagan bu qaqir cho‘lda muallaq turib vijirlayotgan qushlar ham tepamizda chir aylanar edi. Ular ham qori bolaning ovozidan mast bo‘lgan edilar. Tilovat tugab, to‘rtovimiz yuzimizga fotiha tortdik. — Istamboy ukam, rahmat senga. Iltimos, shu yerda yotgan musulmon bandalarning ruhiga ham bir tilovat qilsang. Istamboy boshladi. Boya tilovat paytida tepamizda chirqillib aylangan, endi esa sovuqdan jon saqlab, qalashib yotgan toshlar orasidagi xas-xashakdan yasalgan uyalarida hurpayib o‘tirgan qushlar Istamboyning ovozini eshitib, yana tepamizga qaytib keldilar. Qanotlarini pirpiratib havoda jimgina muallak qotib turardilar. Ular balandga ham chiqmas, pastga ham tushmas, allaqanday ko‘rinmas ip bilan tepamizga osib qo‘yilgandek tek qotgan edilar. Ikki oyog‘i bilan tumshug‘i qip-qizil, boshida gunafsha rang kokili bor bu kushlarning paydo bo‘lganiga hali qirq yildan oshgani yo‘q. Ularning asli nomi qanaqa, hech kim bilmaydi. Qozoqlar Beyisht qushi, Qrim tatarlari Ridvon (Rizvon) qushi, deb ataydilar. Ular toshlar orasidagi inlariga cho‘l giyohlarining urug‘larini yozda g‘amlab oladilar. Bo‘ron turganda, yog‘ingarchilik paytlarida haftalab inlaridan chiqmaydilar. Odamlar ularning inlari og‘ziga non ushoqlari, har xil don-dunlarni sochib qo‘yadilar. Ufadagi Madrasayi oliyada tahsil olib qaytayotgan bir talaba qushlarning inlari oldiga tiz cho‘kib, yig‘lab qur’on tilovat qilgan ekan. Uning gapiga qaraganda, bu qushlar oddiy qushlar emas, mana shu tep-tekis bo‘lib ketgan qabrlardagi azob-uqubatlarda shahid bo‘lgan begunoh insonlarning bir kalima tilovatga ilhaq bo‘lib yotgan ruhlari emish. Kimki Rizvon qushiga ozor bersa, tuzalmas dardga mubtalo bo‘larmish. Shu qabriston yonidan tunda o‘tgan odamlarning aytishlaricha, qushlarning uyalaridan tong otguncha yig‘i, ohu faryodlar eshitilarmish. Lagerimizda yer yuzida barmoq bilan sanasa bo‘ladigan Assira-Vavilonliklarning biri — Davidov degan mahbus bor edi. Rizvon qushining bitta xo‘rozi bilan bitta makiyonini tutib kelgan edi. Yaqinda shu Bobil farzandi tutqanoq kasaliga uchrab olamdan o‘tdi. Bobilliklarning yana bittasi dunyodan ketdi. Istamboy qiroatni sog‘ingan ekan. Armiya safiga chaqirilgandan beri komsomollarning zug‘umiga uchramaslik uchun ovoz chiqarmay, ichida tilovat kilib yurarkan. Nazarimda tilovat qilayotganda uning o‘zi ham allaqanday ruhiy oziqlanayotgandek edi. Gap-so‘z bo‘lishdan cho‘chimay, bu dafn marosimiga yo‘l ochib bergan hamyurtim, kapitan Rasulovga dil-dilimdan rahmatlar aytdim. — Ukam, — dedim Istamboyga, — Qo‘lingni fotihaga och: shu Rasulov degan azamat inson xaqiga bir duo qil! Bu dunyoning g‘amlaridan, ayriliqlaridan, adolatsizliklaridan u dunyoga faryod urib ketgan alamdoshim, hasratdoshim Dadajonni kimsasiz cho‘l tuprog‘iga topshirib qaytib kelyapmiz. Qish kunlari bir tutam. Soat besh bo‘lmay qorong‘i tushgan. Zona devorlaridagi projektorlar yoqib qo‘yilgan. Gurillab yonayotgan gulxan oldida mahbuslar tik turganlaricha goh qo‘llarini, goh osqlarini o‘tga tutib isinishardi. Zonaga birov kirmas, birov chiqmasdi. Hammaning og‘zida bitta gap: «Starshina Demyanovga chora ko‘rilsin, jinoiy javobgarlikka tortilsin». Yong‘in paytida barak eshiklarini ochmagan starshina Demyanov vaxtada po‘stinga o‘ralib, qorovullar bilan qaynoq choy ichib o‘tiribdi. Uning basharasiga tuflagim keldi. Afsuski, buning sira iloji yo‘q edi. U ozod grajdanin, men esa hamma xukuklardan mahrum qilingan mahbusman. Bir pastkash, insonlik qiyofasini yo‘qotgan, shafqatsiz, hissiz to‘nka oldida ojizu notavon qolish naqadar alamli, naqadar o‘kinchli! Mahbuslar so‘zlarida turishdi. Ertasiga ham ishga chiqishmadi. Mahbuslarga bosh-qosh bo‘lgan Norqobilni kechasi soldatlar opchiqib ketishgan ekan. Ertalab zonaga iljayib kirib keldi. Operativ vakil undan mahbuslarni tinchitishni, ertaga ishga chiqishlaripi tushuntirishni so‘rapti. Agar shu topshiriqni bajarmasa qo‘zg‘olon ko‘tarishda ayblanishini aytibdi. — Gapiga ko‘ndingmi, durak, — deya ta’na qildi maxorka tutunidan mo‘ylovlari sarg‘ayib ketgan, ismi mutlaqo unli xarfsiz yoziladigan Mkrtch degan armani chol. — Meni kim deb o‘ylayapsan? Bilib qo‘y, ya ne seksot i ne durak. Tushga yaqin lager boshlig‘i zonaga kirdi. U baraklarni aylanib chiqqandan keyin orqasidan, boshliq nima qilarkin, deb ergashib yurgan mahbuslarga dedi: — Bo‘ldi endi. Ertadan ishga chiqinglar. Norqobil unga e’tiroz bildirdi: — Poka starshina jazolanmas ekan, rabotat ne budem. Lager boshlig‘i polkovnik Samsonov biron tayinli gap aytishga ojiz edi. — Kelinglar, ochiqchasiga gaplashaylik. Demyanov masalasida harbiy prokurorga murojaat qildik. U starshina qonun doirasida ish tutgan. Ustavni buzmagan, jazolab bo‘lmaydi, deb javob qildi. Undan keyin harbiy tribunal bilan gaplashdik. Uning fikri boshqacha. Jazolash kerak. Odamlar xalok bo‘lishini kutib o‘tirmay, shtabga yong‘in to‘g‘risida zudlik bilan xabar qilishi kerak edi, deb javob qildi. U albatta sud qilinadi, degan fikrni aytdi. Xotirjam bo‘linglar, biz ham qarab turganimiz yo‘q. Shuni yaxshi bilinglarki, Davlat xavfsizligi komiteti bilan Ichki ishlar vazirligi hech qachon mahbuslar fikrini tan olmaydi. Ishga chiqishdan boshka ilojlaring yo‘q. — Barak eshiklari qachon ochiladi, — deb so‘rashdi undan. — Kutyapmiz. Yuqoridan alohida ruxsat kelishi kerak. Kutyapmiz. Polkovnik chiqib ketgandan keyin Norkobil boshchiligida gulxan atrofida maslahat «majlisi» bo‘ldi. To‘rtinchi barakdan Dorfman degan yuristni chaqirib kelishdi. U erkinlikda Leningrad advokaturasida ishlagan, ko‘p chigal sud jarayonlarida yutib chikkan obro‘li advokatlardan edi. — Agar xafa bo‘lmasanglar, gapning ochig‘ini aytaman. Hozirgi urinishlaringiz hech qanday natija ber-maydi. Mahbusning vazifasi — itoat qilish. Birop nimani da’vo kilishga mutlaqo xaqqi yo‘q. Chunki u grajdanlik xukuqidai maxrum qilipgan. Da’volaringizning birontasi inobatga olinmaydi. Vazifangiz faqat va faqat bo‘ysunish. — Nima, biz qul chto li? — dedi norozi bo‘lib Norqobil. — Undan ham battar, — dedi Dorfman. — Bu qilayotgan ishimiz yaxshilik bilan tugasa-ku mayli-ya, oqibati yomon bo‘lishi, besh-olti kishining jazo muddatini oshirib ko‘yishlari ham mumkin. Ana unda yomon bo‘ladi. Dorfman to‘g‘ri aytayotgan edi. Lagerda yuz yildan ortiq muddatga kesilganlardan anchagina bor edi. Lager ichki intizomini buzgan
Sog' salomatlik...
|
|
| |
Dilnoza | Сана: Пайшанба, 01-Сен-2011, 05:27 | Изох # 9 |
Sayyod.com мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 643
Тақдирланишлар: 3
Хурмат даражаси: 496
Холати: Хозир йўқ
| Sayyod. Toshkent-Moskva yoki. Yozishim shart emas chunki ijodistonda bor.
Sayyod.com OLLOH mehribon u meni do'stim.
|
|
| |
Giyos | Сана: Пайшанба, 01-Сен-2011, 08:29 | Изох # 10 |
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 1130
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 59
Холати: Хозир йўқ
| Dilnoza uhlamaganiz bilinibdi. Bu qanaqa mavzu, siz yozganiz nima. Mavzuni farqiga borilu. Hamma yoqga yozib tawamilu.
Sog' salomatlik...
|
|
| |
misS | Сана: Пайшанба, 08-Сен-2011, 20:58 | Изох # 11 |
Рўйхатда
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 13
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 604
Холати: Хозир йўқ
| Said Ahmad
MENGA YETIB KELMAGAN XAT
Ellik to‘rtinchi yili Saidaxondan bir xat oldim. Unda avval ham xat yuborganini aytgan edi. «Bilmadim, bu yuborayotganim xatmi, hikoyami yo boshimdan o‘tgan savdolarmi? O’qigan bo‘lsangiz, o‘zingiz biron nima deb nomlarsiz...» Saidaxon aytgan o‘sha xat menga yetib kelmagandi. «Boshimdan o‘tgan savdolar» deganidan xat yetib kelmagani ayon bo‘ldi. Qaytib keldim. Saidaxon bilan diydor ko‘rishdik. Bir kuni u o‘sha xatdan gap boshladi. Olmaganimni aytdim. — Xatda ancha gap bor edi. Nimalar yozganimni hozir aytib berolmayman. Uyma-uy ko‘chib yurganimdan xatning qoralamasi ham yo‘qolib ketgan. Afsus, yuragimdagi 6utun dard-hasratlarimni qog‘ozga to‘kib, ko‘nglimni bo‘shatib olgan edim... Yaqinda ish kabinetimni ta’mir qilish uchun kitoblarni, asarlarimiz bosilgan gazeta-jurnallarni, qo‘lyozmalarni ayvonga olib chiqdik. Shunda Saidaxon ko‘pdan topolmay yurgan, yo‘krlib ketgan deb gumon kilgan xatning qoralama nusxasi chiqib qoldi. Bundan qirq to‘rt yil muqaddam yozilgan bu xat ancha xiralashib, qora qalam bilan yozilgani uchun ko‘p joylari o‘chib ketgan edi. Muk tushib o‘qiy boshladim. «...Men uchun xamma yo‘llar bekilgan. Radio, gazeta-jurnallar, nashriyotlarga yo‘l yo‘q. Yozganlarimni redaktsiyalar olmaydi. Radioda bittagina «Kokiling» degan qo‘shig‘imni ba’zan eshittirib turishardi. U ham to‘xtadi. Shu ko‘shiqning kuyiga Uyg‘un boshqa she’r yozib beribdi. Ro‘zg‘orning ham tagi ko‘rinib qolgan. Qaynona-kelin bir-birimizga qarab mung‘ayib o‘tiramiz. Biror joyga ish so‘rab boray desam, Uyg‘un hamma tashkilotlarga, ishga olmanglar, deb xat yuborib qo‘ygan. Nima qilishimni bilmayman. O’ylab-o‘ylab 15 yoshga to‘lganimda dadam sovg‘a qilgan tilla soatimni sotib, bir eski yozuv mashinkasini oldim. Nashriyotdagi mashinistkalarga ko‘chirtirish uchun tez-tez qo‘lyozmalar olib kelishadi. Lekin, o‘zlarining ishlari ko‘p bo‘lganidan goxida kaytarib berishardi. Endi kelgan qo‘lyozmalarni msnga yuborishyapti. Sal ishlarim yurishgandek bo‘ldn. Oz bo‘lsa ham qo‘lim pul ko‘rdi. Bpr qismiga ro‘zg‘or qilib, yana bir qismiga u-bu olib, sizga posilka yuboraman. Oyim sahar payti bomdod namozini o‘qishga turadi. Meni uyg‘otib yubormaslik uchun joynamoz ustida past tovushda Qur’on tilovat qiladi. Tilovatdan so‘ng msni uzoq duo qiladi. Yastiqdan bosh ko‘tarib quloq solaman. «E xudoyim, shu musofirginani o‘zing qo‘lla! Shu farishtaginaga tikilganlarning yuzini teskari qil! Bola bechora kelin bo‘lib nima halovat ko‘rdi... Kelin bo‘lib yayrab-yashnamadi. Borsa kelmasda bandi zindon bo‘lib yurgan bolamning mushkulini oson qil! Qahri qattiq Istalinning ko‘ngliga insof solgin! Kelin bo‘lib ro‘sh-nolik ko‘rmagan, o‘ynab-kuladigan, yayrab-yashnaydigan paytida azoblarda o‘rtangan shu begunoh kelinginamning yo‘llaridan g‘ovlarni olib tashla! Ro‘shnolik ko‘rsin shu bolaginam...» Oyimning mayin, xasta ovoz bilan qilayotgan iltijolaridan o‘pkam to‘lib, ko‘zlarimga yosh qalqiydi. Oyimni bag‘rimga bosib, baqirib yig‘lagim keladi. O’zimni bosaman. Ko‘rpani boshimga tortib, ezilib-ezilib yig‘layman. Ko‘zim to‘la ssh bilan uxlab qolaman. Uyg‘onganimda derazadan tushgan oftob stol ustidagi billur ko‘zada chaqmoqdek yal-yal yonadi. Uning aksi devorda nurli shakllar paydo qiladi. Oyim kirib peshonamni silaydi. — Turing, bolam, choy damladim. Tamaddi qilib oling, — dsydi. Andijondagi hovlimiz esimga keladi. Buvim xuddi shunaqa mahal ariq bo‘yida piyola yuvadi. Barmog‘idagi uzugi piyolaga tekkanda chiq-chiq etib ovoz chiqazardi. Keyin choy damlab, sochiqqa o‘rab qo‘yadi. Boshimga kelib: «Tur, tura qol, Saida», deb boshimni silaydi. Shu topda buvim ham choy damlab, singillarimni uyg‘otyapti. Qandoq beozor, bearmon kunlar edi Andijondagi kunlarim! Meni Toshkentga nima bog‘lab turibdi? Shu mehribon, shu pokiza kampir bilan takdirimiz birlashib ketganidanmi? Unga behad mehr qo‘yganimdanmi? Ayriliq dog‘ida o‘rtangan shu musichadek beozor xotinni tagalab ketish menga xuddi xiyonatdek bo‘lib tuyilishidanmi? Shu munglig‘, kichkinagina jussasida tog‘dek yukni ingramay, faryod urmay ko‘tarib yurgan jannati xotinni tashlab ketish MUMKINMI? Biz oyim bilan ikkimiz bitta vujud bo‘lib ketganmiz, axir! Otilgan toshlar ikkovimizga barobar tegadi. Ovsinim xam, egachilarim ham oyimni mendan qizg‘anishadi. Bizni Fotima-Zuxralar deb piching qilishadi. Charchab, diqqat bo‘lib qolgan paytlarimda oyim: «Yuring, ovsiningiznikiga boramiz», deb qoladi. Mehmon qiladilar. Oshga unnaydilar. Shunda ovsinimning biron gapi oyimga tegib ketadi. Anjancha gapimnimi, «r»ni aytolmasligimnimi ermak qilsa, oyim darrov o‘rnidan turib, tugunini qo‘lga oladi. «Turing, Saidaxon, ketdik!» deydi. Meni xech kimga cho‘qittirib, ermak qildirib ko‘ymaydi. Eng shirin taomni oldiga qo‘yganda ham, «yuring, Saidaxon, ketdik», derdida yo‘lga tushib ketaverardi. — Oyi, bekor qildingiz, ovsinim xafa bo‘lib qoldi, — deyman yo‘l-yo‘lakay. — Xafa bo‘lsa bo‘lar! Tiliga ehtiyot bo‘lsin-da! Bilib ko‘ying, sizni ularga talatib qo‘ymayman. Siz Andijondek shaharni, onangizni, bir etak ukalaringizni tashlab, yenimda g‘amg‘uzorlik kilyapsiz. Har saxar sizga xudodan umr tilayman. Bu kunlar ham unut bo‘lar, bolam ham kelib qolar. Shunda ikkovimiz bir-birimizning pinjimizga sukilib yashaganimizni ertakdek eslab yuramiz. Biz uyga yetib kelganimizda ovsinimning o‘g‘li vslosipedga suyaiib, kutib turgan bo‘ladi. Ovsinim oshni suzib, bir tog‘orachada berib yuboradi. — Katta oyi, birpasdan keyin adam bilan oyim kelishadi, — deb jiyaningiz velosipediga minib jo‘nab ketadi. Oyim ginalarni unutib, uy yig‘ishtirishga kirishadi. — Siz samovarga o‘t tashlang! Piyolalarni kul bilan yuviig. Bilasiz-ku, Zuxurxon dog‘ bo‘lgan pislada choy ichmaydi, — deydilar. Zuhurxon akani juda yaxshi ko‘raman. To‘g‘ri so‘z, halol, birovni yalab-yulqashni bilmaydi. Bor gapni tikka betiga aytadi. Bilib turibman, Zuhurxon akam bizning arazlab ketganimizdan ranjigan. Er-xotin jindek cho‘qishib olishgan. Bu noxushlikni tarqatish uchun er-xotin kelishyapti. Taxminim to‘g‘ri chikdi. Shayxontohur bozorchasidan mayda-chuyda xarid qilib kelishibdi. Hech narsa bo‘lmagandek oyim ularni xandon-xushxon kutib oldi. Alla-pallagacha gaplashib, o‘tirib ketishdi. Kech kirib, o‘z xonamga kirdim. Sizning to‘ningizni kiyib, mashinka bosishga o‘tirdim. Aziza opa degan yaxshi bir mashinistka bor edi. Uziga olgan qo‘lyozmalarning teng yarmini menga berardi. Haq berilsa, barobar bo‘li-shib olardik. Yaqinda u Muxtor Avezovning «Abay» romanini ko‘chirishga olgandi. Roman juda katta hajmda 6o‘lib, Aziza opa: «Hammasini o‘zingiz bosing, qo‘limda ish ko‘p», degan edi. Men ichkari uyda chiqillatib mashinka bosaman. Bir tomoniga ip bog‘langan ko‘zoynagini taqib, oyim Huvaydo g‘azallarini ovoz chiqarib o‘qiydi. Ba’zan ishimni to‘xtatib quloq solaman. Oyim shikasta ovoz bilan g‘azallarni juda ravon, mayin o‘qiydi. Gohida oldiga chiqib, pinjiga suqilib eshitaman. Oyim Huvaydoni negadir ayol kishi deb o‘ylaydi. — Bolam, bilasizmi, Huvaydo bu g‘azallarni xudoning jamoliga oshiq bo‘lib bitgan, — derdi oyim. O’zingiz bilasiz, uyda oyimning to‘rtta kitobi bor. Biri Kalomi Alloh. Esingizdami, uyimizni tintuv qilgan tergovchi Qur’onni olib ketayotganda oyim yig‘lab-yig‘lab uning qo‘lidan tortib olgandi. Fuzuliy, Mashrab, Huvaydo g‘azallari oyimning ovunchog‘i. Bir kuni ishlagim kelmay dangasaligim tutdi. Oyimdan g‘azal eshitgim keldi. U Fuzuliy g‘azallarini o‘qidi. Bir joyda to‘xtab, baytni ikki-uch marta qaytardi. Mag‘zini chaqqandan keyin menga tushuntira boshladi. — fuzuliy chiroyli ayollarga bag‘ishlab ko‘p oshiqona g‘azallar bitkan. Manavi baytni eshiting:
«Mahshar kuni ko‘ram deram ul sarvi qomatin, Gar anda ham ko‘rolmasman, kel, ko‘r qiyomatin».
Bilasizmi, 6u nima degani? Yorning jamolini qiyomatda ko‘raman, agar qiyomatda ham ko‘rolmasam qiyomatning ham qiyomatini chiqazaman, degani! Oyim Mashrab g‘azallarini kam o‘qiydi. O’qigan taqdirda ham, albatta: «E xudo, o‘zingga tavba!» deb qo‘yadi. — Nega tavba qilyapsiz? — deb so‘rayman. — Bolam, shoh Mashrab sal devonaroq bo‘lgan ekanlar. Ba’zan og‘izlaridan kufr so‘zlar ham chiqib ketadi.Hatto Makkayi mukarramani pisand qilmagan paytlari bo‘lgan. Bir g‘azallarida: «Ibrohimdan qolgan u eski do‘konni na qilay», deydilar. Yoki «Etagimning gardidan yuz ming Xizr paydo bo‘lur» deydilar. Shunaqa baytlarni o‘qisam, oxiratim kuymasin, iymonim susaymasin deb, allohga tavba qilaman. Oyim tasavvuf falsafasini bilmaydi. Uchchala kitobdagi may to‘g‘risida g‘azallar bor bo‘lgan sahifalarga xatcho‘p tashlab qo‘ygan. Shu sahifalarni menga xam o‘qib bermaydi. O’qing, desam, qo‘ying, bolam, oxiratimiz kuymasin, deydilar. Bundan tashqari, oyim bu qama-qamalarni Stalin bilmaydi deb o‘ylaydi. «Stalin bilsa, hamma mahbuslarni qo‘yib yuborardi», deb umid qiladi. Stalin o‘lganda oyim nihoyatda xafa bo‘ddi. Skverdagi haykali atrofidan bir necha marta aylanib o‘tdi. Stalin o‘ldi, Beriya otildi. Ammo, biron yengillik bo‘lishidan darak yo‘q. Juda diqqat bo‘lib ketdim. Usmon Yusupov Ministrlar Sovetiga rais bo‘lib keldi, oyimning nomidan unga ariza yozdim. Ahvolimizni tushuntirdim. — Oyi, manavi arizani Usmon Yusupovga olib chiqib berasiz. U kishi o‘g‘lingizni yaxshi taniydi, — dedim. — Voy bolam, u kishini qaydan topaman?! Borsam, oldiga kiritishmaydi. Undan ko‘ra, o‘zingiz opchiqib ber-sangiz yaxshi bo‘larmidi, — dedi oyim. Jahlim chiqib ketdi. Qaynona-kelin o‘rtasida gap qochdi. — Agar opchiqib bermasangiz, men Andijonga ketaman! O’g‘lingizni kutish kerak bo‘lsa, Andijonda ham kutaveraman! — deb shart qo‘ydim. Oyim mung‘ayib qoldi. Ko‘zlarida yosh aylandi. Unga ta’sir qilish uchun yanada qattiqroq gapirdim. O’sha gaplarimga haligacha pushaymon qilaman. O’zimni o‘zim kechirolmayman. Xullas, oyim rozi bo‘ldi. Ertalab vaqtli ikkovimiz «Qizil maydon»ga borib, daraxt tagida qimirlamay o‘tirdik. Soat to‘qqizlarda Yusupovning mashinasi uzoqdan ko‘rindi. Arizani oyimning qo‘liga berdim. — Yuguring! Anavi militsioner turgan eshikka qarab yuguring! — dedim. Oyim qo‘lida ariza bilan o‘kdek otilib ketdi. Yusupov mashinasidan tushayotgan payt oyim ancha berida edi. — Hoy, bolam! Hoy, Yusupov bolam! — deb qichqirdi oyim. Ichkariga kirmoqchi bo‘lib turgan Yusupov orqasiga o‘girilib qaradi. Bu kampir kim ekan deb, bir-ikki qadam oyim tomon yurdi. — Keling, aya. Keling! — Men yozuvchi Said Axmadning onasiman. Shu qog‘ozni sizga olib keldim. Hamma gap shunda yozilgan. Adolat qiling, bolam! Sizdan boshqa hech kimdan umidim yo‘q. Yusupov qog‘ozni olib, bir nima dedi. Oyim boshini tebratdi. — Qaerga borasiz? Ana, mashina eltib qo‘yadi. — Yo‘q-yo‘q! Oyim shunday dediyu zudlik bilan orqasiga qaytdi. Oyim ko‘zdan yiroqlashguncha Yusupov orqasidan qarab turdi. Shu voqeadan o‘n kunlar o‘tib, Navoiy ko‘chasida Sobir Abdullani uchratib qoldim. Yusupov bir nechta atoqli yozuvchilar bilan suhbat o‘tkazgan ekan. Shunda Yusupov Uyg‘unni tikka turg‘izib qo‘yib, qattiq-qattiq gapiribdi. — Yoshlarni turmaga tayyorlaganmizmi?! Qayoqqa qarab o‘tiribsan?! Agar Said Axmad dushman bo‘lsa, sen bilan men ham dushmanmiz! Chunki uni biz tarbiyalaganmiz. Uyg‘un javob berolmay, lavlagidek qizarib-bo‘zarib, joyiga o‘tirib qolibdi. Bu gaplarni Sobir Abdulla aytib berdi. Bilmadim, Usmon Yusupov aralashdimi, hartugul, meni Birlashgan nashriyotga korrektor kilib ishga olishdi. Bu nashriyotda asosan siyosiy adabistlar bosiladi. IIlenumlarda o‘qilgan dokladlar ertalabgacha bosmadan chiqarilib, tarqatilishi kerak. Kechasi soat ikki-uchlargacha ishda qolib ketaman. Muxarrir o‘rinbosari Rixsi Saxiboev, O’zTAG tarjimoni Yaxyo Yo‘ldoshevlar bilan qayti-shim kerak. Ular sizning uyingizda yashayotganimni bilib qolmasinlar deb, oldinroq piyoda uyga jo‘nayman. Ko‘chalar xavfli. O’g‘rilar, yo‘lto‘sarlar ko‘p. Tongotarga yaqin uyga yaqinlashganimda katta ko‘chaning boshida oyim qimirlamay kutib turgan bo‘ladi. — Ha, ishingiz xam bor bo‘lsina! U mening sog‘-omonligimni bilgach, pildiragancha oldimga tushib ketadi. Orqasidan xovliga kiraman. Dasturxonga o‘rab qo‘yilgan iliq ovqatni oldimga ko‘yadi. Mudrab-mudrab bir-ikki qoshiq ovqat yeymanu yechinmasdan ko‘rpacha ustida uxlab qolaman. Shu uxlaganimcha soat o‘nlarda uyg‘onibman. Choy ichib o‘tirgan edik, ko‘cha tomondan mashina tovushi eshitildi. Bir ozdan keyin eshigimiz taqilladi. Oyim borib eshikni ochgan edi, bitta o‘ris xotin ichkariga kirdi. — Zunnunova Saida shu yerda yashaydimi? - deb so‘radi u. — Izdes, izdes, — deb javob berdi oyim. Men hovliga tushdim. — Zunnunova men bo‘laman, — dsdim. — Moskvaga ariza yuborgan edingizmi? — Ha, — deb javob berdim. — U yokdan sizning ishingizii tekshirgani odam keldi. Soat to‘rtda Markaziy Komitetga boring. Siz bilan gaplashishadi. U ketgandan keyin shoshilib kiyindimu nashriyotga chopdim. Nashriyot direktori Vasiliy Fyodorovich Arxangelskiy bir ajoyib insoi edi. Unga meni yuqoriga chaqirishayotganini aytdim. — Xabarim bor, - dedi u. - Kecha kechqurun men bilan gaplashishdi, sen to‘g‘ringda bilganlarimni aytib berdim. Bejiz kelmagan. Yaxshilik bo‘lishini sezib turibman. Ko‘pam hayajonlanmasdan, o‘zingni bosib gapirgin. Ortiqcha gap aralashtirma...» Qirq to‘rt yil muqaddam yozilgap ushbu xatning oxirgi sahifasi yo‘q edi. Partkomissiya vakili nima dedi, bilmadim. Shuni yaxshi bilamanki, 1954 yilning o‘rtalarida Saidaxondan hamma ayblar olib tashlandi. Yozuvchilar uyushmasining a’zoligiga tiklandi. Gazeta-jurnallarda asarlari birin-ketin chop etila boshlandi. O’sha yili «Gullar vodiysi» nomli she’riy to‘plami ham bosilib chikdi. Oyim qazo qilganda Saidaxon hamma marosimlarini bir farzanddek ado etdi. O’zi ham to umrining oxirlarigacha, oyim undoq edilar, oyim bundoq edilar, deb eslab yurdi. Qirq to‘rt yil ko‘zdan yashirilgan xat bugun qo‘limda. Kichkinagina jussasida shuncha g‘amlarni fildek ko‘tara olgan Saidaxonning munis chehrasi ko‘z oldimga keldi. Ichimdan alamli bir xo‘rsiniq otilib chikdi-yu bo‘g‘zimii kuydirdi. Dunyoning ishlari shunaqa ekan-da, chidamay ilojing qancha, deb o‘zimni o‘zim ovutaman.
Ko'zlaringda men ko'zingda baxtni ko'rsam bas!
Изохни тахрирлади (ўзгартирди) misS - Пайшанба, 08-Сен-2011, 21:00 |
|
| |
Loading | Сана: Жума-муборак кун!, 09-Сен-2011, 16:55 | Изох # 12 |
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
| Kotta raxmat! Toxir Malikni asarlaridan o'qisak.
Faqat 3 ta shart!
|
|
| |
misS | Сана: Жума-муборак кун!, 09-Сен-2011, 17:19 | Изох # 13 |
Рўйхатда
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 13
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 604
Холати: Хозир йўқ
| XOTIRA
Tohir Malik
1
Zuhrani qarg‘ashdi. Sultonni la’natlashdi. Ikkovlari g‘am g‘azab toshlari bilan toshbo‘ron qilindilar. Mish-mish gaplar tuprog‘iga ko‘mildilar. -Ular avvaldan don olishib yurishar ekan, qochib ketishganmish... -Voy o‘lmasam, qochib ketishganmish-a... -Ha, qochib ketishibdi... ...kim biladi, balki to‘g‘ridir... -O’lib qo‘yaqolsin, juvon o‘lgur, bolasini tashlab ketmay qora yerga kirsin. Bitta er kamlik qilibdimi? -O’lib qo‘yaqolsin, juvon o‘lgur... -Bitta er kamlik qilibdimi... -Bolalarini tashlab, o‘ynashi bilan qochibdimi, a? ...kim biladi, balki to‘g‘ridir... -Qornida bola bo‘lib qolgan ekan, eridanmas, Sultondanmish... -Sultondanmish... -Bolasini oldirmoqchi ekanmi?.. ...kim biladi, balki to‘g‘ridir... Bu gaplar kichkina ishxona doirasidan chiqib, shaharchaga tarqaldi. Tanishlar uchrab qolganda suhbatlari shu “yangilik” bilan boshlanib, qo‘shimcha ma’lumotlar bilan to‘ldirilgan holda yakunlanardi. Bir haftacha shunday bo‘ldi. Ezilib yoqqan yomg‘ir tindi. Bulutlar tarqaldi. Quyosh yerning hovurini ko‘tarib, qizdirib yubordi. Odamlar suhbatining mavzusi o‘zgardi.
2
Tuman idorasidan viloyat boshqarmasiga ishga o‘tgan Sulton Zuhrani birinchi marta ko‘rganidayoq unga mahliyo bo‘lib qolgan edi. Oppoqqina, do‘mboqqina, charos ko‘z bo‘lmasa ham jonni olguday qarashi bor... Yoz kechasidagi osmon husni - hilolni eslatuvchi qoshi qop-qora... Qizga suqlanib qarab turgan Sultonning ko‘zi barmog‘idagi nikoh uzugiga tushdi-yu, afsusdan nafasi qaytdi. Bir xonada ishlagandan keyin istaysanmi-istamaysanmi ko‘z-ko‘zga tushib turadi. Sultonga shayton “eri bo‘lsa nima bo‘pti, ehtimol ota-onasi zo‘rlab uzatgandir, balki eriga ko‘ngli yo‘qdir”, deb vasvasa ham qilib turdi. Lekin Zuhraning ona ham ekanini bilgach, unga suqlanib qarashdan o‘zini tiydi. G’oyibona oshiq bo‘lib yuraverdi.Juvonni har ko‘rganida shayton vasvasasini boshlardi-yu, lekin uni mag‘lub etishga ojizlik qilardi. Sulton yengiltak hayollari uchun o‘zini o‘zi koyiy boshlaganda esa shayton shaytonlab qolardi. Keyingi kunlar ichi havoning avzoyi aynidi. Bir yomg‘ir quyadi, bir shamol turib odamni uchirib yuboray dedi. Ba’zan esa oftob ko‘rinib odamni lanj qilib yuboradi. Bugun ertalab havo ochiq edi. Endi maydalab yomg‘ir yog‘yapti. Bunaqa paytda xonada qog‘oz titib o‘tirgan ham durust edi. Ukasining qo‘ng‘irog‘idan so‘ng Sulton yo‘lga otlanishga majbur bo‘ldi. Tashqariga chiqib, mashina peshoynasiga sachragan loyni artayotganida qo‘shni bino tomondan kelayotgan Zuhraga ko‘zi tushdi. Yelkasiga ro‘mol tashlab olgan Zuhra uning yonidan o‘ta turib, bir nafasga to‘xtadi: -Ketyapsizmi?-deb so‘radi. -Xo‘jayin yo‘g‘idan foydalanib Mirzabodga borib kelay,-dedi Sulton. -Mirzabodgami?-Shunday deb Zuhra o‘ylanib qoldi.-Menam borib kelishim kerak edi-ya. Dugonam bir haftadan beri kasalxonda ekan, uydan ortib borolmayapman, uyat bo‘lib ketdi. Bitta dori so‘ratuvdi, topib qo‘yuvdim. Ishingiz ko‘p bo‘lmasa dorini tashlab o‘ta olasizmi? -Tashlab o‘tishning menga og‘irligi yo‘q. Lekin dugonangizni ko‘rgingiz kelayotgan bo‘lsa, birga borib kelaqoling. -Borsam yaxshi bo‘lardi-yu, lekin... xo‘jayinimdan so‘ramaganman. -Yuravering. Ish vaqti tugaguncha qaytib kelamiz. Borib-kelishga ko‘pi bilan ikki soat vaqt ketadi. Yarim soat dugonangiz bilan xasratlashib olishga yetadimi? Ungacha men uyga kirib ukamning topshirig‘ini bajarib chiqaman. -Qanaqa topshiriq? -Fizikadan test savollarining yechimini ishlab qo‘yuvdim. Ukam bu yil o‘qishga kirishi kerak. Imtihonga tayyorlash vazifasi mening yelkamda. Zuhra bir oz ikkilanib turdi-da, Sulton taklifni yana takrorlagach, ichkari kirib paltosini kiyib chiqdi.
3
Zuhraning dugonasi derazadan tashqariga tikilib turgan edi. Uning mashinadan tushib kelganini ko‘rib “kim u yigit, xushtoringmi?” deb hazillashib so‘radi. Zuhra jilmayib, hazilga hazil bilan javob berdi: “senga yoqdimi, xushtorlikka arziydimi?” Yigit haqida boshqa gaplashishmadi. Zuhraning yo‘qolgani ma’lum bo‘lib, mish-mishlar tarqalgach, dugonasi o‘sha gapni esladi. “Hazillashmagan ekanda...”, deb o‘kindi. Ammo dardini birovga bildirmadi. Sulton ukasiga savollarni umumiy tarzda tez-tez tushuntirdi. Ukasi uning hayajonini sezdi. “Aka, shoshilyapsizmi?”-deb so‘radi. “Shoshilyapman”,-deb javob berdi Sulton. “Qayoqqa?” “Bir qizning oldiga”, shunday deb jilmaydi. Ukasi buni hazil deb o‘ylab, u ham jilmaydi. “Bo‘lajak yangamizmilar?” “Balki...” Ukasi uning shunday deb xo‘rsinib qo‘yganiga ahamiyat bermagan edi. Akasi yo‘qolib, u haqda turli mish-mishlar to‘qilgan kezlari yodiga oldi. Ammo dardini birovga bildirmadi.
4
Qaytishda avval ballon teshilib qoldi. G’ildirakni almashtirguncha Sulton adabini yedi. Keyin motor hadeganda o‘t olavermadi. Sulton avtomashinani haydashnigina bilardi, uning “kasali”ga esa aqli yetmasdi. Juvonga sir boy bermaslik uchun o‘zicha motorni titgan bo‘ldi. Keyin yordam so‘rab yo‘lovchi mashinalarga ko‘l ko‘tara boshladi. Bunaqa havoda to‘xtab, birovga ko‘mak berishni istovchi insof egasining topilishi oson bo‘lmaydi. Mashina shom qorong‘usida yo‘lga tushdi. Xavotir chodiriga o‘ralgan Zuhra miq etmay o‘tirardi, aybiga iqror Sulton ham jim edi. Faqat “katta yo‘lga chiqib olsak, bir pasda yetamiz”, deb ovuntirmoqchi bo‘ldi. Lekin katta yo‘lga chiqishganda quyuq tuman bag‘riga kirib, tezlashishning imkoni bo‘lmay qoldi. Shaharga boradigan keng yo‘lda qatnov siyraklashgan. Sultonning yuragi duk-duk uradi. Negadir xansiraydi. Ichini nimadir yondirayotganday bo‘ladi. Mashinani yo‘l chetiga olib chiqib to‘xtatgisi keladi-yu, shaytonga yana bo‘yin bermaydi. Sulton yo‘ldan ko‘z uzmaydi. “Anhor yaqin qoldi. Hozir ko‘prik keladi. Yo‘l chaproqqa buriladi...” Sulton mo‘ljalda adashdi: ko‘prikka qancha borligini bilolmay kalovlandi. Juvonga qarashga botinmaydi. Qarasa, huddi dahshat ichida qolib ketadiganday tuyuladi. Zuhra hamon jim. Boshini oynakka tirab olgan: uyga borgach, bo‘ladigan savol-javobni o‘ylayotgandir ehtimol... Sulton mashina tezligini oshirdi. Shu imillab yurishi bo‘lsa o‘zini tutolmay qolishi mumkin. Irodasi chidash bera olmaydi. O’ng oyog‘i o‘ziga bo‘ysunmaydi, nuqul tormoz pedalini bosmoqchi bo‘laveradi... Tezlikni yana oshirdi. Mashina birdan pastlikka sho‘ng‘idi. “...obbo, ko‘prik tomonga burmabman-ku?!” Sultonning xayoliga shu fikrgina keldi... Tormoz ishlamadi. Mashina qattiq-qattiq silkindi.
5
O’sha kuni Zuhralarning uyida chiroq o‘chmadi. Jajjigina Nafisa “ayajon-ayajon” deb yig‘layverib uxlamadi. Ertasiga mish-mish tarqaldi. Shahardagilar bu voqeani asta unuta boshlashdi. Bahor kelinchaklik libosini yechib, o‘rnini yozga bo‘shatib berdi. Yoz ham o‘tdi. “Qochoqlarning daragi chiqavermadi. Quyoshning tafti kesilib, shamol qorning isini olib keldi. Ana shunda dehqonlar anhorni tozalagani hasharga chiqishdi. Suvni to‘xtatishdi. Kimdir ko‘prik yaqinida tepasi loy bosgan bir narsani ko‘rib qoldi. Qarashsa - avtomashina. Hamma o‘sha yerga yig‘ildi. Ichini ochishdi. Mashinaning ichida odamga o‘xshash, lekin tanib bo‘lmaydigan ikki jasad bor edi. Mashinaning raqamiga qarab, egasi Sulton ekanligi aniqlandi.
6
Shaharchada yana mish-mish tarqaldi: -O’liklari anhordan chiqibdi... -Qochib ketishayotganda tushib ketishganmikin? -Kim biladi... -Bechoralar...
Ko'zlaringda men ko'zingda baxtni ko'rsam bas!
Изохни тахрирлади (ўзгартирди) misS - Жума-муборак кун!, 09-Сен-2011, 17:19 |
|
| |
Giyos | Сана: Жума-муборак кун!, 09-Сен-2011, 17:42 | Изох # 14 |
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 1130
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 59
Холати: Хозир йўқ
| Said Ahmadni har bir yozgan hikoyasida etim jimirlab qo'yadi. Juda ta'sirli. Rahmat. Yana shunaqa hikoyala kutib qolaman.
Sog' salomatlik...
|
|
| |
misS | Сана: Жума-муборак кун!, 09-Сен-2011, 17:46 | Изох # 15 |
Рўйхатда
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 13
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 604
Холати: Хозир йўқ
| Loadingni talablariga binoan Tohir Malik hikoyalaridan qo'yildi. Silagayam Raxmat.
Ko'zlaringda men ko'zingda baxtni ko'rsam bas!
|
|
| |
Loading | Сана: Жума-муборак кун!, 09-Сен-2011, 18:20 | Изох # 16 |
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
| davomi bormi? Baribir Toxir Malikda .o'tkirlik bor. Nodira (misS
Faqat 3 ta shart!
|
|
| |
misS | Сана: Жума-муборак кун!, 09-Сен-2011, 18:28 | Изох # 17 |
Рўйхатда
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 13
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 604
Холати: Хозир йўқ
| Gapizga qo'shilaman. Loading yo'q bu hikoyani davomi yo'q. Hammasi shu.
Ko'zlaringda men ko'zingda baxtni ko'rsam bas!
|
|
| |
Loading | Сана: Шанба, 10-Сен-2011, 01:08 | Изох # 18 |
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
| ha demak manga yoqadiganidan ekan. Ishxonada ishlab o'qidim shundaxam chunarli, tasrli bo'ldi. Добавлено (10-Сен-2011, 00:08) --------------------------------------------- Saidaning xatini o'qib chiqdim. Kulminatsion nuqtasi o'chibtikan. Balki keraksiz deb o'zlari o'chirganlar extimol?
Faqat 3 ta shart!
|
|
| |
misS | Сана: Жума-муборак кун!, 23-Сен-2011, 19:42 | Изох # 19 |
Рўйхатда
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 13
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 604
Холати: Хозир йўқ
| Tohir Malik
IVANICH
Bolangdan aylanay, Ivan bolam, sen insofli odam ekansan. Yoningdagi ukkiko‘z sheriging, xafa bo‘lmaginu, tug‘ilganidan beri insof ko‘chasidan o‘tmagan bo‘lsa kerak. Boradigan yerimni tuzukroq anglamasdan turib otning kallasiday pul so‘radi-ya! Men puldan qochganim yo‘q, muomalasidan ranjidim. Ko‘rib turibsanki, ro‘parangdagi odam qariya bo‘lsa, musofir bo‘lsa, shunga yarasha izzat qilmaysanmi, a? Doim mashinada xizmat qilganingdan keyin odamlarning roziligini ol, duosini ol. Olmadingmi, kuniga million so‘mlik kira qilsang ham barakasi bo‘lmaydi. To‘g‘rimi, Ivan bola? Nima, oting Stanislavmi? Endi ko‘nglingga olma, biz tomonlarda sendaqa malla yigitlarni “Ivan” deb o‘rganib qolganmiz. Bu yaxshi ism. Mening ismimmi? Egamberdi buva. Ha, aytishga qiyin, lekin yaxshi ism. Sharti ketib parti qolgan bir cholning Toshkentdan Tulaga kelib qolishiga ajablanayotganga o‘xshaysan, a? Yana poezddan tushiboq “Qariyalar uyi”ga deb turganim ham qiziqmi? Agar yo‘l uzoqroq bo‘lsa, hangoma qilib ketamiz, senga sababini aytib beraman. To‘rt kun avval peshin namozimni o‘qib bo‘lib, o‘tgan-ketganlarni eslab o‘tirsam, nevaram xat ko‘tarib kelib qoldi. “Xat bizga emasdir, manzilini yaxshilib o‘qib ko‘r” dedim. Men bekorga ajablanmadim-da. Telefon degan beminnat dastyor chiqqanidan beri odamlarning qalam-qog‘oz olishga toqatlari qolmagan. Mana sen, yaqin orada birovga xat yozdingmi? Yozmagansan. Telefon qilib qo‘ya qolasan. Bizning qarindosh-urug‘lar ham shu. Kichik o‘g‘lim harbiydan qaytganidan beri darvozamizdagi pochta qutisi xat ko‘rmovdi. Yo‘q, sal adashdim: besh yil avval Belorusiyadan keluvdi bir xat. Urushda og‘a-ini tutingan birodarim vafot etgan ekan, bolalari xabar qilishibdi. Bultur yana bitta xat keluvdi. Soliq idorasidagi bir o‘pkasi yo‘q xodim po‘pisa qilib yozibdi. Lekin pochtachi adash tashlab ketibdi, xat bizga emas ekan. Sizlardagi soliqchilar ham shunaqa osmondan kelishadami? Boshqacha bo‘lishi mumkin emas, xo‘roz hamma yerda bir hil qichqiradi. Faqat bizning bu xo‘rozlar qaysi devorga qo‘nib qichqirishni bilmay shoshib qolishadi. Qarilik qursin, kampirim o‘tganidan beri shunaqa gapdan chalg‘iydigan bo‘lib qoldim. Xullas, nevaram “xat sizga, Rossiyadan kelibdi”, deganidan keyin ko‘zoynakni burunga ko‘ndirib yozuviga tikildim. Harflarning egri-bugriligiga qaraganda qo‘li qaltiroq odam yozganga o‘xshaydi. Endi savodi chiqayotgan boladay harfni harfga urishtirib, bir amallab o‘qidim. “Rossiya, Tula shahri, Kaul ko‘chasi, Qariyalar uyi. Ivanich...” “E-ha, Ivanich, -dedim,-voy nomard, tirik ekansan-ku, a?” Xatjildni yirtib katak daftarning bir varag‘iga yozilgan maktubni olib o‘qidim: “Bogdanich, jon do‘stim, yo‘q, jonim og‘am, kechirolsang kechir, sendan iltimos qilaman, yo‘q iltijo qilaman, meni bu yerdan olib ket. Yo‘lkira tashvishini qilma, umidvoring: Ivanich” Shunaqa deb yozibdi, baraka topgur. Harflarni tatalab o‘qigunimcha ko‘zlarim tinib ketdi. Xatning mazmunidan ajablandim. Yana qayta o‘qidim. O’ylandim. “Obbo Ivanichey,-dedim,-ahvoling chatoqqa o‘xshaydi-ku? Qariyalar uyidan yozibsan, qizing xor qildimi, a? Ketmagin, devdima, gapimga quloq solmading. Oqibat shunaqa xor bo‘lishingni ko‘nglim sezuvdi. “Kechirolsang - kechir”, debsan. Durust, aybingga iqror bo‘libsan, lekin mening kechirishim senga kamlik qiladi. Seni Xudo kechirsin. ” Joning sog‘ bo‘lgur, Ivan bolam, sen bu gapimni malol olma. Men ko‘nglida gina saqlaydigan odam emasman. Agar birov meni noo‘rin ranjitsa “Xudo bandalarimning gunohini kechiraman, desa-yu, men kim bo‘libmanki, kechirmayin”, deyman. Senam shunaqamisan? Otangga balli, Ivan bola. Ko‘nglingning tozaligini yuzingga bir qarashda bilganman. Oshnamni “qariyalar uyi”dan olib chiqayin, kira haqqiga yana suyunchi ham qo‘shib beraman. Kerakmas, dema. Men suyunchi berishim shart, sen olishing shart. Sen olmasang, kimga beraman? Yana chalg‘idimmi? Ivanichni bitta men kechirganim bilan foydasi yo‘q. Sababini aytaymi? Olti yil bo‘ldimi yo undan oshdimi, aniq esimda yo‘q. Bir kuni kechki taomdan so‘ng nevaramga qo‘shilib televizorda Maskovning axborotini ko‘rib o‘tiruvdim. Olam ahvolidan bexabar qolmayin, deb har kuni ko‘raman shuni. Bir mahal sobiq ittifoq jumhuriyatilarida qiynalib, Rossiyaga qochib kelayotgan ruslar haqida gap boshlandi. Qay ko‘z bilan ko‘rayinki, o‘zimning oshnam Ivanich sayrab qoldi. Gaplarini eshitib, quloqlarimga ishonmadim. Oltmish oltinchi yilda Toshkanda yer qimirlaganini eshitganmisan? Ivanich o‘shanda kelganidan beri mansabda ko‘tarilsa ko‘tarildiki, bir enlik pasaymadi. Yegani oldida, yemagani ortida edi. Hech kutilmaganda “Qizim chaqiryapti, qizim bilan yashayman”, deb shoshilib qoldi. Ikkita uyi bor edi, sotdi, o‘zim xaridor topib berdim. Mol-mulkini sotdi. Dollarlarni sanab, taxlab beliga bog‘laganda ham yonida edim. O’zim izzat-ikrom bilan kuzatib qo‘ydim. Mahallamdagi o‘n-o‘n besh oqsoqolni chaqirib ziyofatcha ham berdim. “Boshimizga tashvish tushganda shu musofir yordamga kelgan edi, endi qaytmoqchi”, deb duolar qilib, yelkasiga to‘n tashladim. Lekin bachchag‘ar, to‘n ortiqcha yuk bo‘ladi, deb tashlab ketuvdi. Uyimda turibdi. Qaytarib olib borganimdan keyin o‘zi kiyadi. “Yaxshiligingni bir umr unutmayman”, deb meni o‘pib xayrlashuvdi. Televizordagi gapini eshitsang... juda ahmaqona gaplar aytdi. Bizda yashashga qiynalganmish, qochganmish... Ilgari ham shu televizorda shunaqa gaplarni bir-ikki eshituvdim, ammo bunchalik ezilmagandim. Ivanichning gaplari meni tuproqqa bulg‘ab tashladi. Ming ajablanmayin, ming o‘ylamayin, bu gapning tagiga yetolmadim. Nima deysan? Ha, aynan to‘g‘ri aytding, katta o‘g‘lim ham shunaqa tushuntiruvdi. O’zimcha ko‘chib keldim, desa birov bir chaqa bermas ekan. Agar qochoq sifatida borsa, davlatidan pul olar ekan. Ivanich pulga o‘chroq edi, shu yerda ham pastlik qilibdi. Aytadigan gapini aytdi, oladigan pulini olgandir. Mening ezilganimdan nima foyda? “Obbo Ivanichey! Obbo nomardey! Nafsing buzuqligini bilardimu, lekin tuzluqqa tupurishingni sira kutmovdim!” deb g‘oyibona g‘azablanib qo‘yishdan o‘zga choram yo‘q edi. Men avvaliga bir ajablanib, bir g‘azablanib yurdim, keyin unutib yuborishga harakat qildim. Bu xat yarani yangilib qo‘ydi. Qaragina, kechirim so‘rayapti, demak, yurakdan gapirmagan ekan. Xudo ko‘ngliga solibdi, insofini beribdi. Bu yaxshilik alomati. Xatni olgach Tulaga otlanishga qaror qildim. Unga aytadigan gaplarimni ham tayyorlab qo‘ydim. Nima demoqchi bo‘lganimni aytaymi? Shunday deyman: “Televizorda ko‘rganimni qaerdan bilding, Ivanich? Ko‘ngling sezdimi? Biz tomonlarda ko‘p tanishlaring bor, men ko‘rmasam boshqasi ko‘rardi. Ha, ko‘rgan, hisobchi koreys xotin esingdami? O’sha ko‘rib telpon qiluvdi, sendan ancha ranjidi. Borganingda uchrashsang yuzingga aytadi, bilasan-ku, uni cho‘rtkesar, adolatparvar xotin. Uning achchiq gaplariga tayyor turgin. Ivanich, mayli, o‘tgan ish o‘tdi. Uzilgan o‘qni baribir miltiqqa qayta joylab bo‘lmaydi. Vaqti kelib kechirim so‘rarkansan, nima qilarding o‘sha tuhmat gapni aytib. Oldin o‘ylab, keyin gapirsang o‘larmiding? Qariyalar uyiga tushibsan-da, a? Belingga bog‘lab chiqqan dollarlaring o‘lguningcha yetib ortardi. Qochoqman, deb davlatingdan ham undirishing shartmidi? Tiqilib, bo‘kibsan-ku, endi. Bu yog‘i qandoq bo‘ldi? Senga necha marta aytganman, haromdan yeyaverib oxiri tiqilib o‘lasan, deb. Xudo seni o‘z zurriyoting nafsi bilan uribdi. Sezib turibman, qizing seni boplab shilib olgan. Endi men nimaga esingga tushib qoldim, shunisiga tushunolmayapman, oshnam...” Shularni aytmoqchi edim. Be, aytadi, deb o‘ylayapsanmi? Aytmayman. “Qariyalar uyi”ga tushib ezilib o‘tirgan odamga yarimta gap ham ortiqcha. U mening gina-kuduratlarimni eshitish uchun chaqiribdimi? U mendan yaxshi gap kutyapti, to‘g‘rimi? Ha. Ivan bola, sen tushunadigan odam ekansan, yuking yerda qolmasin. Xat kelgan kuni kechki payt o‘g‘lim bilan to‘yning maslahatini qilmoqchi edik. Ertalab so‘z ochganda kechgacha o‘ylab ko‘rishga va’da qiluvdim. Xatni o‘qiganimdan keyin bu maslahat ham yodimdan ko‘tarilibdi. Aslida o‘ylab ko‘radigan ish emas. Shartta rad javobni bersam ham bo‘laverardi-ku, o‘g‘limning shashtini qaytarib, shoxini sindirib qo‘ymay devdimda. Qanaqa to‘y deysanmi? Asli bunaqa to‘y senlardan chiqqan. Senlar “yubiley” deysanlar. Men hujjat bo‘yicha bu yil sakson beshga kirar ekanman. Tug‘ilgan kunimning anig‘ini hech kim bilmaydi, oyim rahmatlining “muchali ot, qovun pishig‘ida tug‘ilgan”, degan gaplariga qarab hujjat olingan. Asli bizlarda bunaqa yubiley-pubiley degan rasm yo‘q edi, to‘qliqqa sho‘xliq deb chiqarib olishgan. Senlar yubiley qilsalaring ishlaring oson: bir dasta gul bilan odamning ko‘nglini olasanlar. Qarindoshlaring bilan bordi-keldi qilavermaysanlar. Eshak minib, shahar aylanib chorlasalaring ham o‘nta qarindoshlaring yig‘ilishmaydi.Bizda esa bir olam tashvish. Kamida bitta to‘n ko‘tarib kelinadi. Agar yuzta qarindoshim kelsa, yuzta to‘n kiyaman. O’zing o‘ylab ko‘rgin, men bu to‘nlarni nima qilaman, go‘rga shu to‘nlarga o‘rab qo‘yishmaydi-ku? Oltmish, yetmish, saksonga chiqqanimda ham shu gap bo‘lganda, yo‘q deganman. Endigisiga nevara to‘ylarni qo‘shamiz, deb qiliq chiqaribdi. Nevara to‘yni sen bilmaysan, bunaqasi senlarda yo‘q. Endi qaraginda, menga yubiley qilishsa qarindoshim bitta to‘n ko‘tarib kelsa, nevara to‘y qo‘shilsa, endi bu nevaralarga ham sarpo ko‘tarib kelishadi. Qudalarim toy yasatib kelishi kerak. Qudalarimning ahvolini bilaman, tovuq olishga ham qurbi yetmaydi. Lekin to‘y deb e’lon qilindimi, qarz olib bo‘lsa ham toy yasatadi. Ana, kulyapsan. Meniyam bir kulgim keladi, bir achchig‘im chiqadi. Kimga kerak shu mashmasha! Kechki payt Ivanichning tashvishi bilan o‘tiruvdim o‘g‘lim shu to‘ydan gap ochib qoldi. Meniyam garmdori fe’lim tutib, zaxrimni sochdim. Ammo jahlim chiqsa menam yomonman, otasini ayamaydigan xilidanman. O’g‘limga nima deganimni aytaymi? Sen hadeb kulavermaginda, eshit: “O’g‘lijonim,-dedim,- sen so‘rayverib charchamading, men yo‘q deb tolmadim. Xo‘p, seningcha bo‘lsin. To‘yga taklifnoma chiqarasanmi? Ha, chiqarasan. Unda bunday yozasan: “Muhtaram padari buzrukvorimizning sakson beshga, men galvarsning oltmishga kirganimiz va nevaralarimni sunnat qilish munosabati bilan to‘yga kelinglar”, deysan. Oxiriga nechanchi razmer kostyum kiyishimizni ham yozasan, qarindoshlarning hammasi ham to‘n qilmas, kostyumga qurbi yetadiganlari ham bordir. Galvars boshingning razmerini ham yoz, birortasi do‘ppi qilar...” desam pov etib yondi. Menam yondim.Keyin yotig‘i bilan tushuntirdim: “To‘y, to‘y, deb boshimni qotirasan. Sakson besh yillik umrim o‘tib ketganidan quvonib ziyofat berishim kerakmi? Men har kuni shu o‘tgan sakson besh yillik umrimning hisobini qanday berarkinman, deb o‘ylab yuribman. Xudo sening umringga baraka bersin. Ammo sening ham shu turishingda oltmish yilingga hisoboting bor. To‘ydan ko‘ra shularni o‘ylasang, men bilan tortishmas eding”. Oqibatda to‘yga atagan pulning bir qismini muhtojlarga atadi, bir qismini menga yo‘lkira qilib berdi. Ajablanyapsanmi? Ha, bizda shunaqa. Otaning aytgani - aytgan, degani - degan. Otaning maslahatisiz, roziligisiz hech ish qilinmaydi. O’g‘il, yigirma yoshda bo‘ladimi yo menikiga o‘xshab oltmishga kiradimi, baribir o‘g‘il. Otasiga bo‘ysunishga majbur. Yaxshi odat ekan, deysanmi? Albatta yaxshi-da! Bilaman, senlarda bunaqa emas. Farzandlaring bevoshlikdan boshqa narsani bilishmaydi. Mana, qizi yaxshi bo‘lsa Ivanichday odamni xorlab qo‘yarmidi? Menga katta nevaramni hamroh qilib qo‘shishmoqchi edi, unamadim. Aeroportda o‘tirib odamlarga razm soldim: biri g‘ildirakli katta jomadonlarni sudrab uchishga shoshiladi. Boshqasi uchib kelib, shaharga shoshiladi. Xudoyimning mo‘jizalariga qoyil qolib ketdim. Odamlarni o‘z tashvishlariga bandi qilib qo‘ygan. Qiziq-da, odam zoti tinim bilmasa, qo‘nim bilmasa. Qadimgilarning bitta g‘orda yashab yuraklari tars yorilib ketmaganiga hayronman. “Yorilib ketmaganiga” dedimmi? Ehtimol qancha-qanchasining yuragi yorilib ketavergandan keyin mana shunaqa qo‘nimsizlikni o‘ylab topishgandir. Agar surishtirib chiqilsa shu oshiqayotganlarning hammasida bo‘lmasa ham, yarmisida shoshiladigan yumushning o‘zi yo‘q. Oshiqayotgan yeriga bugun yetmasa ham, hatto umuman bormasa ham osmon uzilib yerga tushmaydi. Men shunaqa deb o‘tiraveramanu, ammo ularning xayolida mutlaqo boshqacha o‘y. Agar ularni to‘xtatib shu gaplarni aytsam, ular “o‘tirgan - bo‘yra, yurgan - daryo” deyishlari aniq. Yoki o‘tgan-ketganlar menga qarab “bu cholning bir oyog‘i go‘rda bo‘lib qolibdi-yu, safarga chiqqani nimasi, uyida “Olloh-Xudo” deb o‘tirsa bo‘lmaydimi, yo‘l-po‘lda o‘lib qolsa qancha odamga tashvish orttiradi”, deb o‘ylayotgandir, deyman. O’ylasa o‘ylar, deyman yana. Ammo...o‘lib qolsam chindanam chatoq. Bu fikrdan bir seskanib tushibman. Shayton yomon-da, shunaqa bema’ni xayollarga bog‘lab qo‘yaman, deydi. Xudo xohlasa, eson-omon borib kelaman. Fashistning million o‘qi orasidan omon olib qolgan Xudo meni shu yo‘lda o‘limga ro‘para qilmas? Nima deding? Hammasini ko‘rib-bilib turibdi-ku. Ivanich ham uning bir bandasi, ko‘zlari to‘rt bo‘lib, ilhaq yotgandir. Yo‘l-yo‘lakay Ivanich bilan birinchi uchrashuvlarimni esladim. Agar gapiraverib bezdirmagan bo‘lsam, senga ham aytib berishim mumkin. “Qiziq voqealardir”, deysanmi? Be, hech bir qiziqarli joyi yo‘q. Shunchaki men uchun bir xotirada. Mayli, gap boshlab qo‘ydim, aytib beray, sen eshit. Sen faqat o‘zbek chollari ezma bo‘larkan, deb o‘ylama. Unaqa emas. Menam aslida ko‘p gapirmayman. Lekin Ivan bola, sen ko‘nglimga yoqib qolding. Shuning uchun gap xaltam ochilib ketdi. Oltmish oltinchi yildagi zilzilani eshitmovdingmi? E, salkam qiyomat bo‘lgan. Uylar-ku, bosib qolmagan, birov o‘lmagan, lekin kunda uch-to‘rt martadan yer titrab tursa esing teskari bo‘lib ketarkan. O’sha yili bizning mahallamiz uchun ikki marta qiyomat bo‘luvdi. Birinchisi shu aytganim, Xudo yuborgan qiyomat. Ikkinchi qiyomatni “ijroqo‘m” degan hukumat idorasi yubordi. Zilziladan uch yil ilgari men tug‘ilib o‘sgan mahallani buzishgandi. Hammamizga shaharning chetidan joy berishdi, beli baquvvatlar bir yilda, mundayrog‘i ikki yilda menga o‘xshagan noshudlar uch yilda yangi uyni bitirib, endi ko‘chib o‘tamiz deb turuvdik. Qaror chiqibdiki, “buzilsin, o‘rniga ko‘pqavatli imoratlar tushadi”. Zilzilada suvog‘i ham ko‘chmagan uylarimizga shunaqa o‘lim hukmi chiqdi. Zilzila buzolmagan mahallani bitta nodonning imzosi o‘n kunda tep-tekis qildi. Sen shahrimizni o‘shandan oldin ko‘rmagansan. Naq jannatning o‘zi edi. Tashqaridan birov bitta nok yoki olmami, uzummi olib kelib sotmasdi. Hamma meva-cheva o‘zimizdan chiqardi. Zilzila bahona bog‘lar yer bilan tep-tekis qilib tashlandi. Mevalari pishib yetilmagan daraxtlarni traktor bilan sug‘urishdi. Bilasanmi, o‘shanda bu manzara urushni eslatib yubordi. Tank deganlari hech nimaga parvo qilmay bostirib ketaverardi. Bilmadim, shayton vasvasa qildimi, o‘shanda traktor - tank, yanchilayotgan daraxtlar - homilador ayollar bo‘lib ko‘rinib ketdi ko‘zimga. Tasavvur qilyapsanmi? Tanklar homilador ayollarni yancha boshladi. Ko‘zimdan olov chiqib ketganday bo‘ldi, dod deb yuboray dedim. Eslasam, hozir ham badanimga muz yuguradi. Nima deding? Ha, gaping to‘g‘ri, daraxtlar ham tirik jon. Bir kun ham yashamagan uyimga achinmadimu ammo bog‘larga hozirgacha achinaman. Bu tomonlarda o‘rmonlar ko‘p, senlar daraxtning qadriga yetmaysanlar. Biz niholni o‘z bolamizday avaylab o‘stiramiz. Urushdan qaytganimning to‘rtinchi yilida hovlimizdagi tut to‘satdan qurib qoldi. Tut nimaligini bilmaysan-a? Dunyoda shunaqa ne’mat bor. Senlar tut yemaganlaring uchun iliklaring puch. Hullas, shu daraxt quriganida xotinim aza ochdi, ishonasanmi? “Nega yig‘layverasan?” desam, “ocharchilik yillari shu tut yarim mahallani boqardi”, deydi. Zilzila yili bunaqa daraxtlarning qanchasi nobud qilindi-ya! Agar ularning har biriga bittadan aza ochilsa, shahar aholisining umri yetmaydi. Xullas, Ivan bola, bizning dodimizni eshitadigani yo‘q edi. Suyunib-suyunib, shirin niyatlar bilan qo‘ygan g‘ishtlarimizni ko‘zyoshlarimiz bilan namlab bitta-bittalab buzib oldik. Mahallamiz shaharning yanayam chetiga chiqib ketdi. Sen boyaqish mahallaning nimaligini ham bilmaysan. Sen ko‘p qavatli uyda turasan-a? Ikki qavat tepada kim yashashini bilmaysan, to‘g‘rimi? Mahalla degani mingga yaqin xonadon zich yashaydi, bir oiladay turadi, kimnikida xursandchilik bo‘lsa, baham ko‘radi, kimning boshiga tashvish tushsa, butun mahalla hamdard bo‘ladi. Bunaqasi jahonda yo‘q, bilib qo‘y. Xullas, yasholmagan mahallam o‘rnida qurilayotgan katta qurilishga qorovul bo‘lib ishga joylandim. Bir kuni kechki payt ishga kelib qarasam, qaysibir serzarda haydovchi mashinasidagi g‘ishtni yo‘lning naq o‘rtasiga ag‘darib ketibdi. Haydovchining zardasini qaynatgan voqeani keyinroq bildim. Haydovchiga “G’ishtni uy qurayotgan xonadonlarga olib borib sotib kel, puli “arra”, deyishibdi. Haydovchi “arra”ga ko‘nmabdi. Ko‘proq talab qilibdi-yu, oqibatda kelisholmay, “senga ham yo‘q, menga ham”, deb g‘ishtlarni shart ag‘darib ketvoribdi. Men galvars bundan bexabar, “mashinasi buzilib qolib to‘kkandir, yo‘lni ochib qo‘ya qolay”, deb g‘ishtlarni tashib, chetga taxlab qo‘yibman. Ertalab ishchilar kelganda ketaman, deb turgan edim, bir mallasoch paydo bo‘lib qoldi. U kecha g‘isht to‘kilib turgan joyga qarab turdi-da, keyin birdan jazavasi tutib, “Qorovul!” deb baqirib yubordi. Men “ha, shu yerdaman” deyishga ulgurmay, “qorovul qani, deyapman!” deb battar baqirdi. Yoniga kelib hotirjam ravishda: “Qorovul shu yerda”, dedim. -Senmisan qorovul?-deb zarda bilan qayta so‘radi. -Menman,-dedim yana hotirjam. -Qanaqasiga? - dedi. -Bilmasam. Shunaqasiga shekilli?-dedim. -Qachondan beri ishlaysan, nega men seni bilmayman?-deb so‘radi. -Nega bilmasligingni men ham bilmayman, o‘zing kimsan?-deb so‘radim. -Men shu yerning xo‘jayiniman, prorabman,- dedi. -Meni uchastka boshlig‘i ishga olgan, shuning uchun sen meni bilmaysan. Ertalabdan nega jazavaga tushyapsan? -dedim. -Kecha ketayotganimda mana bu yerda bir mashina g‘isht bor edi,-dedi jahl bilan. -Ha. bor edi,-dedihotirjam. -Demak, ko‘rgansan. Xo‘sh, qani o‘sha g‘isht? Qayoqqa gumdon qilding? Sen qorovulmisan yo o‘g‘rimisan?-deb orqasidan “onamni o‘qib” tashlasami! Men senlarning odatlaringni bilaman, onadan olmasalaring yeganlaring ichlaringga tushmaydi. Harbiyda yurib ancha ko‘nikib ketganman bunga. Lekin mallasochnikini hazm qila olmadim. Shart yoqasidan oldim. -Prorab bo‘lsang ham bilib qo‘y,-dedim achchiqlanib,- agar yana bir marta so‘kinganingni eshitsam, mening onamga ataganingni og‘zingga so‘rg‘ich qilib qo‘yaman. Bu gapdan keyin so‘kmadi-yu, ammo baribir zarda bilan yana g‘ishtni so‘radi. -Ko‘zing ko‘rmi, ana g‘isht!-deb ko‘rsatdim. U bir g‘ishtga bir menga g‘alati qarash qildi. “Kim taxlab qo‘ydi?”-deb so‘radi. “Men”. “Nega taxlading?” “Yo‘lni ochib qo‘yish uchun”. Gapimga ishonqiramadi. Keyin atrofni supurib, suv sepib qo‘yganimga e’tibor berib: “Menga qara, qiziq ekansan-ku? Bu sening vazifang emas-ku, qorovulsan-ku, sen?” deydi. “Men odamman, o‘tiradigan joyimni tozalab o‘tirishga odatlanganman. Bo‘ldimi, endi ketaveraymi?” desam ruxsat bermaydi, bachchag‘ar. “Yo‘q, to‘xta, bu yoqqa yur”, deb vagonning eshigini ochib ichkariga boshladi. Keyin stolining tortmasidan bitta aroq oldi. “Sen zo‘r odamga o‘xshayapsan”, tanishganimizni yuvishimiz kerak”, deydi. “ichmayman”, desam “nega ichmaysan?” deydi. “Agar xor bo‘lmay desang, senam ertalabdan ichma”, dedim. “Bugun ichmasam bo‘lmaydi, o‘lib qolaman. Sen meni alkash deb o‘ylama. Kecha bir bo‘kib ichadigan ish bo‘luvdi. Endi tanishaylik, oting nima, qorovul?”deb so‘radi. “Egamberdi” devdim, takrorlashga tili kelishmadi. “Aytish qiyin ekan, ma’nosi bormi bu otning?”-deb so‘radi. Tushuntiruvdim “Unda osongina qilib “Bogdanich”, deyaveraman, mening ismim Xristofor Samuilovich”,-deb qo‘lini uzatdi. “Sening ismingni ham aytish qiyin ekan. Men seni osongina qilib “Ivanich” deb qo‘ya qolaman”, -dedim. “Nega endi “Ivanich”?” deb xayron bo‘ldi. “Sendaqa mallasochlarning hammasini “Ivan” deb o‘rganib qolganmiz”, dedim. U kulib, taklifimga rozi bo‘ldi. Avval mening o‘zim uni “Ivanich” deb yurdim. Keyin boshqalar ham o‘rganishdi. Birga kelgan hamkasblari ham “Ivanich” deydigan bo‘lishdi. O’sha kuni yarim stakan aroqdan keyin, peshonasidan ter chiqqach, o‘ziga kelib tantiligi tutib ketdi. “Bogdanich, terib qo‘ygan g‘ishtlaringni o‘zingga sovg‘a qildim, olib ket”,-deydi. “Kerakmas” dedim. “Kerakmasing nimasi?! Sotsang - pul-ku? Qara, qancha odam imorat qilyapti. O’zing-chi, o‘zing qurmayapsanmi, mabodo?” deb so‘radi. Qurayotganimni eshitib: “Ana! Menga “rahmat” deginu olib ket”, dedi. “Kerakmas, uy halol topilgan narsalar bilan tiklanishi kerak. Harom aralashgan uy uy emas, g‘urbatxona bo‘ladi”, devdim, meni “ahmoq ekansan”, dedi. Dunyo o‘zi qiziq-da, Ivan bola. Agar birov senga hozir mulk bersa-yu, sen olmasang, “halol ishlab topganimga yashayman”, desang darrov “ahmoqsan” deyishadi. To‘g‘rimi? Ha. barakalla! Gapning o‘g‘il bolasini aytding: aslida aksi bo‘lishi kerak. Haromdan qaytmaydiganni “ahmoq” deyish kerak. Ivanich bilan tanishligimiz shunday boshlangan. Ha, u: “Men Tuladan keldim, Tula degan shahar borligini eshitganmisan? Eng chiroyli odamlar o‘sha yerda. Nimagaligini bilasanmi? Qadimda rus imperatori bu yerga eng zo‘r qurolsoz ustalarni to‘plagan. Ular ketib qolmasin, deb eng go‘zal jononlarni ham yiqqan. Shuning uchun u yerda chiroyli bolalar tug‘iladi”, deb maqtanib qoldi. Menam bo‘sh kelmadim: ”Sening malla basharangga qaragan odam bu gapingga ishonmaydi”, deb hazil qilsam, ranjimadi. “Bogdanich, gaping to‘g‘ri, men asli tulalik emasman. Yetimxonadan keyin shu yerga kelib qolganman. Asli belorussiyalikman”, dedi. “Tulani bilasanmi?” deyishi menga malol keldi. Hech qaerni ko‘rmagan, omi odam deb o‘yladi-da. Shunda menam shaharlaringdagi “Yasnaya polyana”dan gap ochdim. “Qaerdan bilasan bu joyni?” deb ajablandi. “Zo‘r yozuvchilaring Tolstoy yashagan joyni nega bilmayin”, dedim. Yana ajablandi. “Tolstoyni qaerdan bilasan, o‘qiganmisan?” deb so‘radi. “O’qimaganman, lekin urush paytida Tulani ozod qilishda biz shu tomondan kirganmiz”, dedim. Ivan bola, ochig‘i o‘shangacha men yozuvchilaringni bilmas edim. Tasavvur qilgin: jang bilan kelyapmiz. Birdan dushman jangsiz chekinib qoldi. Yasnaya polyana atrofida o‘q ham uzishmadi. O’sha yozuvchining hurmatini qilishdi, uy-joyi buzilmasin, deyishibdi. Ularda ham shunaqa insof bor ekan, odamni ayashmasdi-yu, lekin xotirani avaylashdi. Qoyil qoldim. Menga Tolstoyning qabrini ko‘rsatishuvdi, ajablandim. Nega, deysanmi? Senlarda kim o‘lsa qabr tepasiga yog‘ochmi yo temirmi xoch sanchib qo‘yasanlar-ku? Urush paytida avvaliga ruxsat yo‘q edi, keyin nasaro(nasroniy)lardan kimni ko‘msak, yog‘ochdan kattami-kichikmi xoch sanchib qo‘yadigan bo‘luvdik. Musulmonlarga janoza o‘qishga ham o‘shanda ruxsat tekkan edi. Tolstoyning o‘zining hovlisiga xochsiz ko‘milishida bir sir bor, deb yurardim. Yaqinda birovdan eshitdim, musulmonlikni qabul qilgan ekanmi yo shunga xohishi bor ekanmi? Bo‘lmagan gap, deysanmi? Bunisi menga qorong‘i. Muhimi - yaxshi odam bo‘lgan ekan. O’lganidan keyin ham butun dunyo hurmat qilar ekan. Musulmon bo‘ldi nima-yu, nasaro (nasroniy) bo‘ldi nima, Xudo deb yashagan bir banda-da. Agar Xudo uni yaxshi ko‘rmaganida dunyoda aziz qilib qo‘yarmidi? Ivanichning bir-ikkita yomon odati demasam, o‘zi yaxshi odam. Bitta yomon odati - ichadi. Ba’zan molday ichadi. Ilgari zamonlarda biz tomonlarda ichilmagan. Senlarning bobokalonlaring olib kelishgan. Bizda ham molday ichadiganlar hozir yetarli. Lekin quruvchi xalqiga duo ketganmi, deyman, topganini ichaveradi. U paytlarda hukumat quruvchilarni rosa siylardi. Ishlarining sifati durust bo‘lmasa ham, maoshlari yaxshi edi, yana u-bu narsalarni sotib turishardi. Bizda ham haromdan hazar qilmaydiganlar bor. Taxtami, g‘ishtmi o‘g‘irlik mol ekanini bilishsa ham, arzonligiga ishqivoz bo‘lib sotib olishaverishardi. Quruvchilar pulni yaxshi topishsa ham maoshdan o‘n kun o‘tmay bir-biridan qarz so‘rash boshlanardi. Bir kuni maoshni olishibdi-yu, bo‘kib ichishibdi. Gazagiga pishmagan g‘o‘r yong‘oqni yeb bo‘ladiganlari bo‘ldi. Ivanich boshchiligida bir xafta kasalxonada voy-voylab qorinlarini changallab chiqishdi. Ivanichning yaxshi odati - ichardiyu lekin ovqatni ham bosib yeyaverardi. Unga bizning palov yoqib qoldi. Har ikki-uch kunda qo‘y go‘shti, quyruq yog‘ida o‘zim palov damlab berib turardim. Sen bunaqa taomni yemagansan. Shuning uchun rangingda qon yo‘q. Palov ilikni to‘q tutadi. Biz tomonlarda “Saksonboy” degan ismlar uchraydi. Eshitganmisan? Menga o‘xshagan chol sakson yoshida o‘g‘il ko‘rsa farzandiga shunaqa ism qo‘yadi. Kulyapsanmi, ishonmayapsanmi? Ha, bola-ya! Qarab tur, Ivanich bilan ovora bo‘lib bu yerda ushlanib qolsam, Mashami yo Dashami deganining boshini aylantirib ketaman. Kelasi yili shahringda menga o‘xshagan o‘g‘il bola tug‘ilsa, ana undan keyin gapimga ishonasan. Nima deding, qaytar-chi? Masha-Dashalarning menga o‘xshaganlarga ko‘zlari uchib turgani yo‘qmi? Hazilni ham olarkansan. Qoyilman. Menam hazillashdim. Yana “O’zbekning chollari shilqim bo‘lar ekan”, deb yurmagin. Ivanichning eng yaramas odati - xotinboz edi. Biron xotinning etagini shamol xilpiratib ko‘ysa ham og‘zining suvi kelib turardi. Men ko‘p ogohlantirganman. Oqibatda xor bo‘lasan, deganman. Oilali odam oilasiga xiyonat qilsa, uyiga buzuqlikni ilashtirib kirsa Xudo kechirmaydi. Mana, qizi nima ahvolga solibdi. Aslida qizini ayblash kerakmas. U o‘sha qiliqlarining mukofotini olib yotibdi. Xotini besh-o‘n kunga uyiga ketgan kuni uyining kalitini berib, zo‘r ziyofatga tayyorgarlik ko‘rib qo‘y, dedi. Bajardim. Kechga tomon bir marjani boshlab keldi. Uyida maishat qilmoqchi. O’ziniyam, marjasiniyam xaydab yubordim. Xotini qaytgunicha kalitni bermadim. Tumtayib yurdi-ku, ammo chidadi, menga qattiq gapirmadi. Uning bu xurmacha qiliqlari jonimga tegib ishdan shart bo‘shab ketdim. Shunisiga chidashi qiyin bo‘ldi. Menga o‘rganib qolgan ekan. Kunda bo‘lmasa ham kun ora uyimga kelib turdi. Ishga qaytgin, demadi. Demagani ham to‘g‘ri. Agar tuzukroq bir lavozimni egallab tursaydim, joyingga qayt, deb yalinsa. O’shandan sal keyinroq bir gap aytdi, eshitsang ishonmasliging mumkin. Gapiraveraymi, Ivan bola? Faqat “yolg‘on” demaysan. Bunaqa gapga yolg‘on aralashtirib bo‘lmaydi. Men Xudodan qo‘rqadigan odamman. Bir kuni ishida sal ko‘ngilxiralik bo‘lganmi, har holda mashqi past ahvolda uyimga keldi. Bir piyola choyni ichdi yo ichmadi. Men “nima bo‘ldi?” deb hadeb so‘rayvermadim. Menga bildirishni lozim ko‘rsa o‘zi aytar, deb sabr qildim. Lozim ko‘rmadi, aytmadi o‘shanda dardini. Lekin menga tikilib qarab, kutilmaganda: “Bogdanich, senga havasim keladi”, dedi. “Nimamga havasing keladi, Ivanich, mansabdor bo‘lmasam, boy bo‘lmasam”, desam, xo‘rsinib qo‘yib: “Shu narsalar senda yo‘qligi uchun ham havasim keladi”, deydi. Ochig‘i, undan bunday gapni kutmagan edim. Gapining davomi yanada hayratlanarli bo‘ldi: “Bogdanich, musulmon bo‘lganing uchun havasim keladi senga.O’ylab qarasam, bu dunyoda yaxshi hayot kechirishning eng oson yo‘li musulmon bo‘lish ekan”. Ishonaver, Ivan bola, shunday dedi. Men: “Shunga aqling yetibdi, musulmon bo‘la qol”, desam “bo‘lardimu, bitta shartini bajarishim qiyin”, deydi. “Qanaqa shartidan qo‘rqyapsan?” desam, Ivanich tushmagur “xatna qilishdan”, deydi. Nimaligini tushunding-a, Ivan bola. Men kuldim: “odamlar oyog‘inimi yo qo‘linimi kesib tashlashsa ham yashab yuraverishadi, sen bir chimdim ortiqcha etni kestirishdan ko‘rqasanmi?” dedim. Keyin ilmli domlalardan so‘rab, bildim, katta odamlarga xatna shart emas ekan. Lekin Ivanich baribir musulmon bo‘lmadi. U xatnadan qo‘rqmagan edi. Uning irodasi bo‘sh edi. Nafsini idora qila olmasdi. Nafsini idora qilishga ojiz odam musulmon bo‘la olmaydi. O’shanda nafsini yengganda bugun qizi uni xor qilib qo‘ymasdi. Bu xorliklardan Xudoning o‘zi asrab qolardi. Ivanich ishbilarmon edi, shuning uchun tez ko‘tarilib ketdi. Oshna-og‘aynisi ham ko‘paydi. Hadeb birovlarnikini yeb-ichib yurmasdan o‘zi ham ziyofat berib turardi. Meni ham aytardi, qo‘ldan kelganicha xizmatini qilardim. Shunaqa, Ivan bola, oradan yillar o‘taverdi. Ilgari xo‘jayin-qorovul matabasida bo‘lsak, keyin bora-bora aka-ukadek bo‘lib ketdik. Men avvaliga shaharga yordam sifatida uy-joylarni qurib beradilaru xayr-xo‘shlashib yurtlariga qaytadilar, deb o‘ylovdim. Yo‘q, baraka topgurlar o‘zlari qurgan uylardan boshpana topib bizga hamshahar bo‘lib qolishdi. Nima deysan? Keldikmi? Darvozanimi? Ko‘ryapman. Ichkari boqqa o‘xshaydi. Men kirib chiqay. Sen poylab turasanmi yo ketaverasanmi? Kutasanmi? E, otangga balli, Ivan bola. Kutganingga yarasha xizmat haqqingga qo‘shimcha ozgina mukofot ham beraman, yo‘q demay olasan. Mendaqalarning mukofoti tavarruk bo‘ladi. Agar sal uzoqib qolsam tashvishlanma. Men Ivanichni bu yerdan bira to‘la olib ketaman. Hujjatlarini to‘g‘rilashguncha vaqt ketadimi, deyman-da, a?
* * *
...Rang ko‘r, hol so‘r, deydilar biz tomonlarda. Rangim o‘zgarganidan darrov sezding-a, Ivan bola? Ha, ahvol chatoq. “Kasal ekanmi?” deysanmi? Kasal bo‘lsa qaniydi. Yonidan jilmay, tuzalgunicha boqardim. Ivanichni kecha qabrga qo‘yishibdi. Shu yerdagilarning o‘zlari ko‘mishibdi. Yetim o‘sgan edi bola bechora, huddi yetimday ketibdi bu dunyodan. Xat jo‘natmay telgrom berganida yo telpon qilganida vaqtida yetib kelardim. Mana, kiyim-kechaklarini berishdi. Men nima qilaman? Senga qoldiraman. To‘xta gapimni oxirigacha eshit: bilaman, sen bu matoxlarga zor emassan. Shu atrofda biron kambag‘alni topib berasan, savob bo‘ladi. Mana bu gazitga o‘rog‘liq pul ekan. Mening kelishimga ishonib yashabdi. Bosh vrachga tayinlab ketibdi. Men bu pulni nima qilaman? Buniyam senga beraman. O’zingga emas. Sen qabrini obod qilib qo‘yasan. Endi nima qildik, Ivan bola? Hozir cherkovga olib bor meni, irim-sirimlarni qilmay ko‘mib qo‘yaqolishibdi. Mana shu puldan beraylik, pop duo qilib, uning gunohlarini Xudodan so‘rasin. Keyin bitta tuzukroq oshxonadan joy qilaylik. Pop kelsin, qariyalar uyida unga qaraganlar kelishsin, o‘zlaringning odatlaring bo‘yicha eslash marosimi qilib qo‘yaylik. Bu dunyodan izsiz ketmasin. Ha, aytmoqchi, men senga mukofot bermoqchiydim, yodimdan chiqmasin. Nega olmas ekansan, olasan. Bu o‘zimning happai halol pulimdan. Bir kunmas bir kun menikiga mehmon bo‘lib borasan. O’zing bormasang bolalaring borar, men bo‘lmasam uyimda o‘g‘illarim yoki nevaralarim bo‘lishar. Bitta palov qarzman senda. Esingda bo‘lsin, yana bu qarz qiyomatga qadar qolib ketmasin-a? Kelishdikmi, unda hayda mashinangni, Ivanichning xotirasini joyiga qo‘yay-da, kechki poezd bilan izimga qaytay. Bu gaplarni xohlasang oshna-og‘aynilaringga ayt. Balki bitta-yarimtasiga ibrat bo‘lar. Menam yurtimga borib birontasiga aytarman. Xudo hech kimga Ivanichga berganday o‘lim bermasin.
Ko'zlaringda men ko'zingda baxtni ko'rsam bas!
|
|
| |
Loading | Сана: Жума-муборак кун!, 23-Сен-2011, 22:35 | Изох # 20 |
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
| G'ishli joyiga keldim. Nodira RAXMAT!
Faqat 3 ta shart!
|
|
| |
Giyos | Сана: Якшанба, 25-Сен-2011, 09:49 | Изох # 21 |
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 1130
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 59
Холати: Хозир йўқ
| Rahmat hikoya uchun....
Sog' salomatlik...
|
|
| |
Loading | Сана: Якшанба, 25-Сен-2011, 14:39 | Изох # 22 |
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
| Subahan Alloh! Egamberdi otadek otalarimiz va insonlar ko'payaversin. Asli iymon sohibi ekanlar. Yozgan, yetkazgan, o'qiganlarimizga ibratli bo'lsin. Raxmat! Keyingisini yozaverila.
Faqat 3 ta shart!
|
|
| |
misS | Сана: Душанба, 03-Окт-2011, 20:07 | Изох # 23 |
Рўйхатда
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 13
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 604
Холати: Хозир йўқ
| TOHIR MALIK
TIRIKLIK SUVI
Xarbiy xizmatdan qaytgan Rustam ikki oy badalida ham biror ishni ketidan tushmadi. U ishni bunday deb, bu ishni unday deb, dalada ketmon chopishga esa bo‘yni yor bermay yurganida qishlog‘iga ilon ovlovchilar qo‘noq bo‘lishdi. Shularning yumushi unga bir oz ma’qul ko‘rindi-yu, ertasigayoq qumga chiqib ketdi. Uch kun tentirashib ilon deganning urug‘ini ham uchratisholmadi. Toza xunoblari oshib, so‘nggi barxanni mo‘ljal qilib chiqishdi. Ro‘paralarida ko‘m-ko‘k maysaga burkangan yalanglikni ko‘rib, hayratdan dong qotishdi. Yalanglik o‘rtasidagi quduqqa yaqinlashganlarida Rustam: — Qurib qolgan quduqlarda ilon ko‘p bo‘ladi, — deb qo‘ydi. — Rostdan-a, — dedi oq qalpog‘ini qiyshaytirib kiyib olgan past bo‘yli, qaldirg‘och mo‘ylovli yigit uni mazax qilib. — Bir tushib chiqmaysanmi bo‘lmasa? Rustam uning masxaralaganini bilib, burgut qarash qildi. — Qo‘rqadi, deb o‘ylayapsiz shekilli? Men shu yerlarda o‘sganman. Arqonni bering! — Shoshilmang, avval dam olvolaylik, — dedi guruhboshi. — Men charchaganim yo‘q. Rustamning ahdi qat’iy ekanini bilib, unga kerakli anjomlarni berishdi. U arqonga osilib pastga tusha boshladi. Chiroq nurini quduq tubiga yo‘llab, kulcha bo‘lib yotgan ilonni ko‘rdi. «Aytmovdimmi? U olifta nimani biladi? O’zi umrida birorta ilon ushlaganmikin? Hozir shu ilonni olib chiqib basharasiga otaymi! Ikkinchi mayna qilmaydigan bo‘ladi...» Rustam shu xayol bilan asta quduq tubiga tushdi. Nimagadir ilon qimirlamadi. Nahotki, uning sharpasini sezmagan bo‘lsa? Rustam endi ilonga qo‘l yuboraman deganda, bexosdan ko‘zi tinib, oyoq-qo‘lidan jon chiqqanday bo‘ldi. «Havosi yomon ekan, ko‘nikib qolaman», deb o‘yladi u. Ammo ahvoli yaxshilanish o‘rniga battar bo‘ldi. Go‘yo kimdir qulog‘i ostida shivirladi. Nafasi qaytdi. Arqonni tortib, yordam so‘rashga hamrohlaridan uyaldi. Birdan qulog‘i qattiq shang‘illay boshladi. U holsizlanib, devorga suyanib qoldi...
* * *
...Nogahon ko‘tarilgan shamol Gurganjni chang-xasga ko‘may dedi. «Xudovandi karimning bu qahri»dan talvasaga tushgan Xorazm fuqarosi oqshomga yaqin yana bir ofatga ro‘para bo‘ldi — qora bulut yanglig‘ chigirtka yog‘di. So‘ngra kulrang bulut osmonni butkul to‘sib, qilt etmay turib oldi. Gurganj ahli havoning dimligidan bo‘g‘ilayozdi. Husayn xafaqon xastaligiga mubtalo bo‘lgan zodagonga muolaja shartlarini bayon qilar chog‘ida shoh Ma’mundan chopar keladi. Bevaqt chorlovning boisidan garang hakim saroyda jam bo‘lgan baytulhikmat ahlini ko‘rgach, yanada hayratlandi. Chorlaganlar Xorazmshohning hukmiga muntazir turardilar. Davlatpanoh uzoqlamadi. Tillarang to‘n kiyib, zarhal salla o‘ragan shoh Ma’mun ostonadan ko‘ringani hamon barcha salomga egildi. Shoh hech kimni ko‘rmaganday nigohini o‘zgartirmasdan taxt sari yo‘naldi. Joyiga o‘rnashib olgach, alik nishonasini bildirib, kaftini biroz ko‘tardi. Shundagina ta’zimdagilar e’tiborlariga ko‘ra cho‘g‘dan rang olgan gilamlar ustiga chordana qurdilar. Davlatpanohning so‘z aytmoqqa hushi yo‘q edi. U baroq qoshlarini chimirgani holda, ahli fazlu kamolning har biriga alohida-alohida boqdi, Xorazmshoh bag‘rida nechukdir tashvish bor ekanini fozillar payqagan, shu bois toqat bilan vujudlarini quloqqa aylantirib, bir-birlari bilan pinhona, savolomuz nigoh urishtirib o‘tirar edilar. Fozillar Xorazm davlatining panohi Abu Abbos Ma’munning bunday ruhiyatidan nihoyatda kam ogoh bo‘lar edilar. Aksar hollarda, shoh e’tibori va donishligini namoyon etib, riyoziyot bobidami, yoinki, ilmi nujum xususidami so‘z ochib, fuzalolarni bahsga chorlar edi. Bu safar esa barchani hayrat botqog‘iga botirib, so‘z aytmoqqa shoshilmay o‘tiribdi. Nihoyat, davlatpanoh tomoq qirib, so‘z aytdi, barchaning nigohi taxt sari qadaldi. — Bu tong tangri taoloning yetuk hikmati ila Yaminuddavla va Aminulmilla sulton Mahmud G’aznaviy ibn Sabuqtagin nomasi qo‘limizga yetub keldi. Shu noma bois ahli risolatni yo‘llab, siz mo‘tabar donishlarni chorlab kelturdim. Ollohga ming karra shukrlar bo‘lsinkim, davlatimning ustuvorini mustahkam etdi. Ahli parxoshning na’rasidan g‘animlar titraydi. Fuqaroning nasibasi butun. Tangri taologa shukrlar qilishdan o‘zga yumushim yo‘q. Yana ming bor shukrkim, Olloh ahli ayyom, ahli binish, ahli botin, ahli davron, ahli idrok, ahli fununni Xorazm davlatining panohiga jamuljam etdi. Tangri taolo qudrati bilan Gurganjda baytul-hikma qaror topdi. Ollohga ijobat bo‘lgan muammolar bahs etildi. Ollohning inoyati bilan siz muhtaram donishlarni qanotimizga jam qilgan edik. Tangri taoloning yetuk hikmati va to‘liq qudrati ila izmingizni yana o‘zingizga qaytaramiz. Yaminuddavla va Aminulmilla sulton Mahmud G’aznaviy ibn Sabuqtagin noma bitib, ahli funun, ahli donishni panohiga chorlayajagini bayon etibdilar. Inshoolloh, allomai zamonlar sulton Mahmud qanotida ham har biri e’tiboriga monand o‘rin egallagay. Choparga hukmimni ayon etmay turib, siz muhtaram donishlarni nomadan ogoh etmakni, alalxusus, inon-ixtiyorlaringiz o‘zingizda ekanini anglatmakni ixtiyor etdim. Erta namozshomdan so‘ng huzurimda yana jamuljam bo‘lib, ixtiyorlaringizni bayon etmakka shaylaningiz. Xorazmshoh shunday deb shaxt bilan o‘rnidan turdi-da, eshikka yo‘naldi. So‘zning bu qadar keskin uzilishini kutmagan ahli funun irg‘ib turib, ta’zimga chog‘landi. So‘ng bir-biriga so‘z aytmay, saroyni tark etdi. Chorsuda yo‘llari ayri bo‘lgan fozillar turli ko‘chalarga kirib, saroydan yiroqlashdilar. Xonalari bir dahada ekani sabab bo‘lib, Husayn, Muhammad va Abu Saxl hamrohliqda ketdilar. Bir necha eshik yurdilar hamki, sado chiqarmadilar. Husayn odob yuzasidan Beruniyning so‘z ochishini kutardi. Abu Saxl esa bu ikki allomai zamonning qarorini bilishga oshiqardi. Beruniy xonasiga yetgunga qadar ham og‘iz ochmadi. Faqat xayrlasha turib, Husaynning savol nazarini uqdi. — Husayn, inim, mendan hozir javob kutmang. Bir nima demaklikka aqlim qosirlik qilib turibdi. — Siz buyuk idrok egasi bo‘lganingaz holda nahot bizni raqibga aylantirib qo‘yganlarini fahmlamadingiz? — dedi Husayn hayajonini bosolmay. — Raqibga dedingizmi? Beruniy qo‘lini eshik halqasidan olib, o‘yga toldi. — Inim, fikringazda jon bordek. Biroq, Olloh idrokni allomaning o‘ziga, iznini esa davlatpanohga topshirgan ekan, nachora? — Chora yo‘q deng? — Biz davlatpanohning marhamati bilan idrokimizni ro‘yo qila olamiz. Shunday ekan, Gurganjda yashamoq afzalmi yoinki G’aznada, degan muammo balki bekorchidir? — Fikringizni qabul etolmaganim uchun aybsitmang. — Husayn shunday deb ta’zim qilib xayrlashdi-da, yo‘liga ravona bo‘ldi. Abu Saxl unga ergashdi. Beruniy bu ikki olimning hayajoni va xavotirini anglab, ularning izidan uzoq qarab qoldi. Husayn yonida hamrohi borligini ham bir on unutib, shahdam odimladi. So‘ng asabiy ravishda Abu Saxlga o‘girildi: — Nechuk Olloh idrokdan qismagani bois idroksizlarga bir umr qullukda o‘tmog‘imiz lozim ekan? Axir shams qorong’ulikning quli emas, yorug‘lik shahanshohi-ku?! — Abu Rayhon haq gapni aytdilar. Qismatimizga shu yozilgan ekan, ilojimiz qancha. — So‘zingiz fikringizni oshkor qilyapti. Demak, siz ham G’aznaga borishga rizosiz? Abu Saxl miyig‘ida kulib, qo‘lini Husaynning yelkasiga tashlab, yo‘l boshladi. — Siz kabi zukko hakim bu qadar asablarga erk beradi desa, hech kim ishonmaydi. Husayn shundagina hamrohidan besabab ranjiganini anglab xijolat tortdi. — Bugungi chorlovning ma’nisini durust anglamabsiz, — dedi Abu Saxl bosiq ohangda. — Davlatpanoh ham bizdan voz kechishni xush ko‘rmaydilar. Baytul-hikmaga putur yetsa, davlatlaridan nur ketishini fahmlaydilar. Ammo, ilojlari yo‘q. Mahmud G’aznaviy istagiga qarshi borolmaydilar. Aminulmilla behad qudrat sohibi. — Ha, balli. Men ham shuni aytaman. Bu yorug‘ dunyo ustuvori idrok emas, qudrat. Qudrat mavjud yerda alloma ham, donishu fozil ham beqadr. Fuqaro esa qaddi dol bo‘lib, ro‘shnolik ko‘rmaydi. Men haq-taologa birovni birovdan kam kilma, deb munojot etaman. Inshoolloh, osmon aylana-aylana bizni shunday kunga ro‘para etar. — Inshoolloh. — Birodar, davlatpanoh ixtiyorimizni o‘zimizga bergani bilan, G’aznaga bormog‘imizga majbur etadilar. Abu Rayhon: «Gurganjda makon topdik nima-yu, G’aznada topdik nima?» dedilar. Menga qolsa ham farqi yo‘q. Magar, men inson bolasiman. Odamiy g‘ururim hamisha bo‘ynimni egik olib yurishimga izn bermaydi. Tuprog‘imga e’tiqodim osmon qadar. Magar, g’ururim undan ham ulug‘. Shu bois o‘z yurtimga sig‘madim. Endi, bu yer ham... — Jurjoniyada odillik hukmron, deb eshitaman. — Husayn Abu Saxlning nima maqsadda bunday deganini anglab, yalt egib unga qaradi. Quloqlariga bir dam ishonmay turdi. Chunki Abu Saxl unga nisbatan Beruniyga yaqin yurar, ko‘p bahslarda Beruniyni yoqlar edi. Endi nima uchundir Beruniy fikriga zid ravishda G’aznaga borishga hushi yo‘q ekanini shama qilyapti. — Fikrim ojizlik qilmasa... Husaynning so‘zi og‘zida qoldi. Abu Saxl niyatini oydinlashtirdi: — Ha, aynan uqdingiz. It kim durust suyak tashlasa ketaveradi. Odamzod unday qilmaydi. Maslahatimga ko‘nsangiz, Gurganjdan chiqaylik. — Ijtinob etmak deysizmi? — Tun bo‘yi tanangizga bir o‘ylang. Ma’qul bo‘lsa, bomdoddan so‘ng kaminaning kulbalariga tashrif buyuring. Yo‘l tadorigini cho‘zmaylik...
* * *
...Namozshomdan so‘ng Xorazmshoh xuzuriga kirgan allomalarning aksari G’aznaga bormoqqa rizo ekanliklarini bildirdilar. Al-Beruniy baytul-hikma ahli orasida Ibn Sino bilan Abu Saxlning yo‘qligidan hayron bo‘ldi. Saroydan chiqar mahali esa bu ikki allomani sipohlar qurshovida ko‘rib, hayrati yanada oshdi. Sipohlar tutqunlarni shohga ro‘para qildilar. Davlatpanoh Ibn Sinoning qattiq-qattiq aytgan gaplarini toqat bilan eshitdi. G’azabdan tutaqsa ham jazoga hukm etmadi. Har ikkovini uylariga qo‘yib yuborishni buyurdi. Allomalar bu odillik boisidan garang bo‘lib, xonalariga qaytdilar. Tun yarimlaganda Ibn Sino eshigini kimdir asta taqillatdi. Alloma qo‘liga shamdon oldi-da, sarpoychan chiqib, eshikni qiya ochdi. Notanish chehrani ko‘rib ajablandi. — Taqsir, meni davlatpanoh ixtiyori bilan yo‘lladilar. Tong bilan safarga chiqib, sizlarni Jurjoniyaga boshlab ketaman. Yo‘l jabduqlari hozirlandi. Hamrohingizni ogoh etmagingiz lozim ekan. Husayn tushimmi-o‘ngimmi, deb garangsib turib qoldi. So‘ng: «Davlatpanohning so‘z aytmagani zamirida shu sir bor ekan-da», deb qo‘ydi ko‘nglida. Keyin notanish kimsani ichkariga taklif qilib, o‘zi shoshib xonaga kirib ketdi. ...Quyosh ko‘tarilganda ikki tuya va uch otdan iborat kichik karvon Gurganjdan ancha ilgarilab, tobora sarhadsiz kumlik bag‘riga kirib borardi. O’zini Ro‘zimuhammad deb tanitgan raxilko‘sh, kamgap odam edi. Allomalarning suhbatiga jimgina quloq tutib, berilgan savollarga qisqagina javob qilib qo‘ya qolardi. Allomalar: «Ishimizni Xudo o‘ngladi», deb bejiz quvonishgan ekan. Safarning ikkinchi kuni sahroda quyun ko‘tarildi. Go‘yo yeru osmon qo‘shilib ketdi. Otlar o‘zlarini har yon urib, jilovni uzib qochdilar. Yo‘lovchilar bir-birovlarini yo‘qotib qo‘ydilar. Bo‘ron tuni bilan tinmadi. Tongga yaqin hammayoq birdan jimib qoldi. Go‘yo hech narsa sodir bo‘lmaganday, quyosh ohista charaqlab ko‘tarildi. Qumga ko‘milayozgan Ibn Sino qaddini tiklab, ust-boshini qoqdi. Atrofga alanglab, hamrohlarini izladi. Tirik jon ko‘rinmadi. Ovoz bermoqchi edi, tovush chiqmadi. Tishlari orasida qum g‘ijirladi. U tiz cho‘kkancha tek turib qoldi. Ibn Sino endi qay tomonga borishni bilolmay garang edi. Kunchiqarni mo‘ljal qilib ketaverishni ham, hamrohlarini izlashni ham bilmasdi. U bir qarorga kelmay, barxan tepasiga ko‘tarila boshladi. Shundagina o‘zidan o‘ttiz qadamlar narida jon sharpasini sezdi. O’sha tomonga yugurib, panjalari bilan qumni ocha boshladi. Holsiz gavdasini rostlayotgan Abu Saxlni tanib bag‘riga bosdi, yaratganga shukrlar qildi. Allomalar kun tikkaga kelgunga qadar ham Ro‘zimuhammadni izladilar. So‘ng, undan umidlarini uzib, mashriq sari yura boshladilar. Oqshomga borib, sillalari qurib, bir-birlariga suyanib qoldilar. Horigan odamlarga tun salqini xush yoqib, qum yumshoq to’shakday tuyulib, qattiq uyquga berildilar. Tong bilan yana sudralib, yo‘lga tushdilar. Birinchi barxanga chiqdilaru hayratdan to‘xtab qoldilar: ro‘paralarida atrofi barxanlar bilan o‘ralgan, yashil maysaga qoplangan kaftdek yalanglik yastanib yotardi. Ikkovlon sarobmikin, deb ko‘zlarini uqalashdi. Ko‘rganlari haqiqat ekaniga ishonch hosil qilgach, odimlarini tezlatdilar. Yalanglikni qoq markazi quduq... Kuduq yonida ikki ayol yotibdi. Qadam sharpasini eshitgan yoshroq juvon irg‘ib turib, yuzini yashirishga harakat qildi. Keksaroq ayol esa qimirlamadi. — Bizdan hayiqmang, — dedi Ibn Sino ularga yaqinlashar ekan. — Bo‘ronda adashib qoldik. Halovatingizni buzmang. Chanqog‘imizni bosgach, yo‘limizdan qolmaymiz. Juvon javdiragan ko‘zini yerga qadagancha, qimir etmay turaverdi. — Volidangiz xastamilar? — deb so‘radi Abu Saxl. Juvon yana indamadi. Ibn Sino uning fe’lidan hayron bo‘lib, bir oz qarab turdi-da, bukchayib yotgan keksa ayolga yaqinlashib, cho‘nqaydi. Kampirning bilagiga qo‘l yubordi. Shu zayl uzoq o‘tirdi. So‘ng, bilakni qo‘yib, o‘rnidan turdi. — Yurak urishi bejo. Ko‘p alamlarni ichiga yutgan chamamda, — dedi u Abu Saxlga yaqinlashib. Shundagina yosh juvon tilga kirdi. — Biz cho‘rilarmiz, — dedi-yu, yana lab tishlab jimidi. — Bu yerga qanday kelib qoldilaring? — deb ajablandi Abu Saxl. — Yo ozodlik istab ijtinob etmakni xayol qildilaringmi? — Biz... men... u kishi... — juvon so‘z topolmay taraddudlandi. — So‘roqqa tutishga fursat yo‘q... Muolajani o‘ylaylik, — dedi Ibn Sino juvonning og‘irini yengil qilib. — Muolaja? — Abu Saxl kulimsiradi. — Bor-burdimizdan ajragan bo‘lsak, xizriobimiz bormiki... — Yo‘q bo‘lmasa, bor qilmog‘imiz darkor. Xastani tashlab ketolmaymiz-ku! — Abu Saxl e’tiroz bildirishga ulgurmay, Ibn Sino juvonga murojaat qildi. — Bu yalanglik meni taajjubda qoldirdi. Siz ko‘pdan beri shu yerdamisiz? — Yo‘q. Bo‘ron boshlanishidan oldin qo‘qqis chiqib qoldik. — Bu yerda bo‘lmadimi? — Ajab... Ajabtovur bo‘ldi. Atrofda girdikapalak to‘zon uchdi. Bu yerga xas ham qo‘ngani yo‘q. — Ajab... Chindan ham ajabtovur, — Ibn Sino shunday deb quduq yoniga bordi. Pastga qarab ovoz berdi: aks sado chiqdi. Cho‘kka tushganicha maysalarni hidladi. So‘ng birini yulib olib, Abu Saxlga yakinlashdi. — Mana bu giyoh baland tog‘larda bo‘lguvchi edi. Bu yerda o‘sishi taajjub. Yurak xastaligiga davo bu. Siz aytgan ihyoyi amvot xizriobni shundan tayyorlash mumkin. Agar biron ilon tuta olsak edi... — Zahri lozimmi? — Zahridan ham qoni bilan yog‘i lozim. Terisi ham. Xudoyimning bandalari ko‘p yillardan beri tiriklik suvini umid qiladilar, rivoyatlar to‘qiydilar. Mening nazdimda tiriklik suvini mavjud etmoq mumkin. Biz duch kelgan yer aynan g‘ayrioddiy tuyulyapti. Inshoolloh, shu sharoitda niyatimiz ro‘yob bo‘lsa. — Inshoolloh. — Men quduqqa tushaman. — Nechun? — Quduq tublarida ilon bo‘ladi. — U holda men tushay. Bolaligimda ko‘p ilon tutganman. Xayriyatki, quduq chetida qaysi bir dono qoldirgan jun arqon bor edi. Abu Saxl belini arqon bilan mahkam bog‘lab, pastga tushdi. Ko‘p o‘tmay quduq tubidan uning «Torting!» degan ovozi keldi. Ibn Sino holdan toyganini ham unutib, bor kuchi bilan arqonni torta boshladi. Abu Saxl ust-boshi bir ahvolda, o‘ng qo‘lida yarim qulochli ilonni lapanglatganicha, chiqib keldi. — Xayriyat, ishimizni Xudo o‘ngladi. Shuning o‘zi karaxt yotgan ekan, — dedi ilonni hakimga uzatib. — Picha ushlab turing, — dedi Ibn Sino, so‘ng etigini chaqqon yechib, pichoq bilan tagcharmini ko‘chirdi. So‘ng qo‘njini ikkiga bo‘lib; dasturxonday yozdi. Tagcharmning bodomday yerini o‘yib, chuqurcha qildi. Shundan keyingina ilonning boshini kesdilar. Oqqan qon chuqurchani to‘ldirgach, qornini yordilar. Ibn Sino giyohning ildizini kavlab maydaladi. Avval ivib qolgan qonga aralashtirdi, so‘ng yoqqa belab ilon terisiga o‘rab qo‘ydi. — Oqshomga qadar oftobda toblanib tursin, — dedi Ibn Sino, so‘ng yana kampir yoniga borib, bilagini ushladi. Osmon musaffo, quyosh charaqlagan bo‘lsa-da, yalanglik u qadar issiq emasdi. Ular tashnalik azobidan qutuldilar. Oqshomda Ibn Sino ilon po‘stini ochdi. Tayyorlangan dori za’faron tusga kirgan edi. — Xizriob degan edingiz? — ajablandi Abu Saxl uni ko‘rib. — Ha, bir oz quyuqlashdi. Bizga archazorning buloq suvidan lozim edi. Afsus, magar inshoolloh, bu ham xizriobdan qolishmas. — Ibn Sino shunday deb dorining bir ulushini pichoq uchida ilib olib, juvonga tutdi. — Mana shuni yutsinlar, qoldirmasinlar. Juvon itoatkorlik bilan kelib, pichoqni dastasidan oldi. Kampirga yaqinlashgach, tiz cho‘kib, bir qo‘li bilan boshini ko‘tardi. Kampir yamlanib, dorini yutdi. Ibn Sino dorining qolganini yana ilon po‘stiga o‘rab qo‘ydi. Bu orada yalanglikka hukmini o‘tkaza olmagan quyosh mag‘ribga bosh qo‘yib, alamdan barxanlar uchini kuydirib yuborish qasdida o‘t ufurdi. Ammo bu o‘tli nafas ham yalanglikka yetib kelmadi. Aksincha, yengil shabada turdi. Atrofga qorong‘ilik cho‘ka boshladi. To‘lin oy ko‘tarildi. Shunda kampir o‘z-o‘zidan qaddini tikladi. Notanish kimsalarni ko‘rgach, taajjublanib juvonga qaradi. — Sizning joningizni so‘rab olishdi, — dedi juvon pichirlab. Kampirning turganini bilib allomalar unga yaqinlashib, salom berishdi. — Mana shu zotni duo qiling, — dedi Abu Saxl Ibn Sinoni ko‘rsatib. — Sizga xizriob bergan odam shu Abu Ali ibn Sino degan allomai zamonni eshitganingiz bormi? — Biz bu dunyoda faqat to‘ramnigina bilamiz. Bo‘lak zotlarni eshitmaymiz, — dedi kampir siniq ovozda. Ibi Sino izn so‘rab, uning bilagini ushladi. So‘ng, «Xudoga shukr» deb o‘rnidan turdi. — Taxminim ijobat bo‘ldi. Tiriklik suvini xuddi shu yerda tayyorlamoq kerak, — dedi u Abu Saxlga. Keyin kampirga yuzlandi: — Bilishimcha, cho‘ri ekansiz? — Ollohdan yashiradigan sirimiz yo‘q. Qochib ketyapmiz. Ammo sababini so‘ramang. — Qay tomonga borishni niyat qilgansiz? — Olloh nasib etgan tomonga. — Tongda biz Jurjoniya sari otlanamiz. Ma’qul ko‘rsangiz, qanotimizga olamiz. — Marhamatlaringizga shukr. Biz taqdirimizni Xudoga topshirganmiz. Yo‘limiz bo‘lak. Kampir boshqa so‘z aytmadi. To‘lin oy tikkaga keldi. Ayollar quduqning bir tomonida, allomalar ikkinchi tomonida pinakka ketdilar. Ibn Sino bir tush ko‘rdi. Ko‘z oldida avval xushro‘y qiz namoyon bo‘ldi. So‘ng qizni bandi qilib haydadilar. Qora soqol, badbashara odam qizni bag‘riga oldi. Keyin sahro... Hududsiz sahroda ikki ayol. Biri o‘sha xushro‘y qiz. Yo‘q, endi u qiz emas, homilador ayol. Biri o‘rta yosh, yelkador xotin. Homilador ayol qumga cho‘zilib qoldi. Ko‘zi yoridi. Yelkador xotin uni turg‘izib nari boshladi. Ona bolasiga talpindi. Ammo yelkador xotinning zarbi bilan yiqildi. Keyin yelkador xotin chaqaloq ustiga qum sepa ketdi. Ibn Sinoning yuragi hapriqib uyg‘ondi. Kalima keltirdi. O’rnidan turib atrofga alangladi. Keyin yana joyiga cho‘zildi. Ko‘zi ilindi. Yana tush ko‘rdi. Yana sahro. Yana ikki ayol. Biri kampir. Kim u? Tiriklik suvidan bahra olgan kampir-ku?! Hamrohi... Ha, shu juvon. Ajab! Nimalar bo‘lyapti! Juvon homilador. Ana, ko‘zi yoridi. Endi kampir go‘dakka qum sepadi... Evoh! Yo‘q. Bunday bo‘lmadi.Kampir chaqaloqni qo‘liga oldi. Suyub ko‘kragiga bosdi... Kimdir ingradi. Yana ingradi. Ibn Sino uyg‘onib ketdi. Ingrayotgan Abu Saxl ekan. Nima bo‘ldi, xastalandimikan? Ibn Sino uning bilagini ushladi. Yo‘q, xastalik ishorasi sezilmadi. Noxush tush ko‘rayotgan bo‘lsa ehtimol. Ibn Sinoning uyqusi uchib, o‘rnidan turdi. — Uyqungiz o’chdimi, to‘ram? Ibn Sino kampirning xasta ovozini eshitib, unga o‘girildi. — Ha... O’zingiz-chi, yana xastalik azob berdimi? — Yo‘q, to‘ram, tanamga jon bilan quvvat ham oqib kirdi. — Unda nimaga uxlamayapsiz? — Xudoga shukr qilib yotibman. — O’zgalardan sir yashirish Xudoga xush yoqmaydi. Nima uchun bosh olib ketish boisini aytmadingiz? — Bu bandalar biladigan sir emas. — Ammo men barisini bilaman. Siz ulug‘ gunohga qo‘l urgansiz. Begunoxlarni tiriklay qumga ko‘mgansiz. — Yo‘q! — ayolning bag‘ridan otilib chiqqan faryod qumliklarga singdi. Juvon cho‘chib uyg‘ondi. — Yo‘q, — dedi kampir, bu safar pichirlab, — Xudo shohid, men bunday qilmadim. — Kampir piqillab yig‘lay boshladi. Juvon uni bag‘riga oldi. — Xudo shohid. Men bunday qilmadim... Avliyo ekansiz, sirimni bilibsiz, ammo men bunday qilmadim... Men olti bola ko‘rdim. Oltovloni shu qumda qolgan. To‘ramning hukmi bilan cho‘rilardan zurriyot qolmas edi... Oltovlonim qumda... O’zim ham qumda qolishim kerak. Zarinani olib ketinglar, to‘ram. Avliyo ekansiz, bu juvonning dardi ichida, bolasini Xudoyim ko‘p ko‘rdi. Oltovlonim qumda qolgan. Qariganimda to‘ram gunohga botirmoqchi bo‘ldi. Yalmog‘izni egam chaqirgan edi. Zarinaga doyalik qilishni menga yukladi. E, Xudoyim, qaysi gunohlarim uchun meni bu jazolarga mustahiq etding. Oltovlonim qumda qolsa-yu, yana men birovning bolasini tiriklay ko‘msam-a?! Yo Xudoyim, menga shuni ravo ko‘rdingmi, a?! Oltovlonim chaqirayotgan edi, to‘ram, nimaga menga xizriob berdingaz. to‘ram, avliyo ekansiz... Ayolning nolalarini to‘xtatib bo‘lmadi. Tongga qadar uning ko‘z yoshi ham oqib quridi. Saharda Abu Saxl ilon po‘stiga o‘ralgan «tiriklik suvi»ni quduq tubiga qo‘yib chiqdi. Zarina kampirni yolg‘iz tashlashga unamadi. Ibn Sino va Abu Saxl Jurjoniyani qoralab, yo‘lga tushdilar. O’lar holda bo‘lib qolgan allomalarni Jurjoniya sarhadlariga yaqin yerda karvon qutqarib oldi. Jurjoniya podshohi allomalarga lutflar ko‘rsatdi. Ibn Sino quvvatga kirgach, podshoh ko‘magida kichik karvon tuzib, ajabtovur yalanglik sari yurdi. Ammo qancha izlamasin, na quduqni, na yalanglikni topdi. U ko‘p afsuslar bilan iziga qaytdi. Tib qonunlariga tartib berar mahalida bu voqeani afsus bilan eslab, o‘chirib tashladi. Alloma sahrodagi jonlanishdan, har uch yuz yilda bir marta yalanglik yuz ochishidan bexabar o‘tdi...
* * *
Rustamning qulog‘i shang‘illashdan to‘xtab, bir oz o‘ziga keldi. Chiroq nurini kulcha bo‘lib yotgan ilonga tutdi. Ilon qimir etmadi. Rustam chaqqonlik bilan uning bo‘ynidan ushlab dast ko‘tardi. Shunda ham ilonda tiriklik belgisi sezilmadi. Birdan Rustamning ko‘zi ilon kulcha bo‘lib yotgan yerdagi mushtday narsaga tushdi. Ilonni o‘lik gumon qilib tashlab yubordi-da, engashib qaradi. Ilon po‘sti. Kimdir hafsala bilan nimanidir o‘rab qo‘ygan. Rustam qiziqib uni oldi. Po‘st ham, ichidagi narsa ham qurib, qog‘oz kuliday bo‘lib qolgan edi. Ko‘liga olishi bilan to‘zib ketdi. Hafsalasi pir bo‘lgan Rustam qo‘lini qoqdi, arqonga tirmashib yuqoriga chiqa boshladi. Chiqar mahali ilonning qimirlaganini, hozirgina to‘zigan narsaga tilini tekkizganini sezmadi. — Hech narsa yo‘q, — dedi yuqorida u loqaydgina. — Bitta ilon o‘lib yotibdi, xolos. — Balki karaxtdir? — Nima, men o‘lik ilonni ko‘rmaganmanmi? — dedi Rustam. Ammo quduq tubida o‘zidan ketay deganini aytmadi. Unga boshqa gapirishmadi. Shu yerda chodir tikishdi. Oqshomga yaqin quduq bo‘yida tranzistor eshitib yotgan Rustam baqirib yuboray dedi. Hali tortib olinmagan arqonga o‘ralib chiqayotgan ilon esa unga baqrayib qarab qoldi...
Ko'zlaringda men ko'zingda baxtni ko'rsam bas!
|
|
| |
Loading | Сана: Жума-муборак кун!, 07-Окт-2011, 23:11 | Изох # 24 |
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
| misS raxmat o'qib bo'ldim. Tarixiy xujjat bilan yozilgan ekande. 2-chisi boshlanganda nima bog'liq tarafi bor dedim. Keyin 3-ni o'qib chundiy. Raxmat. Добавлено (07-Окт-2011, 22:11) --------------------------------------------- TA’ZIM (Said Axmad) Nihoyat, ko‘pdan kutilgan diplom qo‘lga tegdi. O‘zim qattiq charchaganman. Aksiga olib so‘nggi imtihon oldidan bir hafta yotib olsam bo‘ladimi. Oshqozon nosog‘-da. Keyingi ikki imtihonni parhez paytimda topshirdim. O‘zi imtihon hamma vaqt saraton kirish oldidan boshlanadi. Havo qizigandan qizib ketadi. Ishtaha bo‘g‘ilgan, o‘qigan narsang miyangdan uqalanib tushib ketadi. Bunday paytlarda yo‘g‘on cho‘zilib, ingichka uziladi, degandek, menga o‘xshagan nimjonlarning tinkasi qurib qoladi. Odam bolasi bir nimaga jazm qilgandan keyin oxiriga yetkazmay qo‘ymas ekan, shu alfozda hammasini beshga topshirib, omon-eson diplomni qo‘lga oldim. Mana, yo‘lga ham chiqdim. Poezd meni sershovqin stantsiyaga tashlab, yana qichqirganicha oldinga intildi. Yuk vagonlari qasur-qusur qilib u yoqdan-bu yoqqa o‘tib turibdi. Parovoz kukulaydi, temirlar jaranglaydi. To ochiq maydonga chiqib olgunimcha boshim aylanib, ko‘zim tinib ketdi. Oftob osmondan olov quyyapti. Stantsiya maydonidagi asfalt xamirdek ko‘pchib, mashina g‘ildiraklariga yopishadi. Kalovlab borib avtobusga intildim. Odam ko‘p. Ikki qo‘lim band bo‘lganidan peshonamdan quyilayotgan terni artib ololmayman. Ter tomchilari ko‘zimga oqib tushib achishtiradi. Bir mahal qarasam, oldimda turgan kishining basharasi samovarning qornida aksi ko‘ringandek uzun bo‘lib ketyapti. O‘zim xuddi havoda muallaq turib qolganga o‘xshayman... Ko‘zimni ochsam begona uyda, divanda yotibman. Tepamda boya basharasi uzun bo‘lib tuyulgap kishi turibdi. Hayron bo‘ldim. Notanish kishi peshonamdan ho‘l ro‘molchani olib boshqatdan taxlab yana qo‘ydi. — Xayriyat,— deydi u ko‘zlari chaqnab.— Issiq elitibdi, uka. Endi tuzalib qolasiz. Kelin ayangiz hozir xo‘rda qilib beradi. Eshik oldida choynak ko‘targan yoshgina bir juvon turardi. Rostini aytsam, bola bo‘lib munaqa chiroyli xotinni ko‘rmaganman. Notanish yigit juvonning qo‘lidan choynakni olib piyolaga choy quydi-da, menga tutdi. — Iching, qaynoq-qaynoq iching, foyda qiladi. Davosi achchiq choy.— U boshimni bir qo‘li bilan ko‘tarib og‘zimga piyolani tutdi. Juvon o‘tdek chaqnab turgan ko‘zlarini katta-katta ochib menga qarab turardi. — Kechirasiz, uka,— deydi yigit nimadandir bezovtalanib.— Bafurja tanishib olarmiz. Hozir shoshib turibman, o‘z uyingizdek bemalol yotavering. Men kechqurun qaytaman.— U shunday dedi- yu, stol ustidan, gazetaga o‘rog‘liq nimanidir olib eshikka yo‘naldi. — Selxoztexnikadan zapchastga naryad olib keldim. Yana stantsiyaga jo‘nashim kerak. Siz mehmonga xo‘rda qilib bering. Juvon ma’qul ishorasini qildi. Yigit chiqib ketdi. Uyda go‘zal juvon bilan ikkimiz qoldik. Inson bolasini tabiat shunday ham chiroyli yaratadimi? Bu tushimmi, o‘ngimmi? YO ertaklardagi parilardanmi bu ayol? Ovozi qandoq ekan? Oddiy xotinlarning ovoziga o‘xsharmikan? O‘lay agar, ko‘nglimga yomon niyat kelgani yo‘q! Faqat uning tengsiz husniga oddiy bir jo‘n odam sifatida lol bo‘lib turibman, xolos! Juvon nimanidir olib chiqib ketdi. Shundagina bu yerga qanday kelib qolganimni o‘yladim. Demak, avtobusda ko‘nglim ozgan. Behush bo‘lib qolganman. Bu yigit meni olib tushgan, uyiga olib kelib yotqizgan. Uy jihozlariga ko‘z yugurtira boshladim. Burchakda yozuv stoli, o‘rtada ustiga kleyonka yopilgan dumaloq stol. Derazadan hovli ko‘rinadi. Shaftolining ayvonga engashgan shoxlari mevasining ko‘pligidan lapanglab turibdi. Hal-hal pishgan shaftolini bir chumchuq beomon cho‘qilayapti. U cho‘qigan joydan billurdek tomchi uzilib tushay, uzilib tushay deb turibdi. Chumchuq har cho‘qiganda tumshug‘ini qanotiga surkab oladi. Beixtiyor tamshanib qo‘ydim. Juvon oyoq uchida kirib yozuv stolining tortmasidan gazetaga o‘ralgan bir nimani olib ochdi. Qarab turibman. Bir dasta pul. U shu pullar orasidan bitta besh so‘mlikni olib, yana o‘rab tortmaga solib qo‘ydi-da, menga qaradi.
Faqat 3 ta shart!
|
|
| |
SmertNIK | Сана: Пайшанба, 13-Окт-2011, 16:11 | Изох # 25 |
Иштирокчи
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 150
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 172
Холати: Хозир йўқ
| CHOL KUYOV BILAN KAMPIR KELIN ZAGS eshigi oldidagi skameykada beqasam to‘n kiygan chol bilan krepjorjetdan ko‘krak burma ko‘ylak kiygan kampir o‘tiribdi. Cholning qo‘lida bir dasta gul. Kampir rezinkasi oyog‘ini qisib yuborgan shekilli, kapron paypoqni himarib, to‘pig‘iga tushirib olibdi. ZAGS eshigiga kirgan ham, chiqqan ham ularga qarab iljayib qo‘yadi. Navbat chol bilan kampirga keldi. Ikkovi qizil stol oldiga qo‘yilgan stulga omonatgina o‘tirishdi. Kampir ro‘molga yuzini o‘rab aksa urdi. Chol uni kishi bilmas bir turtdi. Kampir o‘rnashib o‘tirib oldi. ZAGS mudirasi katta daftarni ochib cholga qaradi. — Ismingiz, otangizning ismi, tug‘ilgan yilingiz? Birinchi uylanishingizmi? Chol hamma savolta javob berdi-yu, «Birinchi uylalanishingizmi», degan so‘roqqa nima deyishini bilmay og‘zini ochganicha turib qoldi. — Javob bermadingiz-ku?— dedi mudira. Chol shoshib javob qildi. — Shu birinchi uylanishim, bolam. Shundoq deb yoz. — Yoshingiz yetmish ikkiga kirib, endi uylanyapsiz-mi? — Yo‘q bolam, avval uylanganman. Hakimjon boyvachcha o‘g‘lini sunnat qildirgan kuni uylanganman. ZAGS mudirasi hayron qoldi. — Hakimjon boyvachchangiz kim bo‘ldi? — Xo‘jayinim-da. Hakimjon boyvachcha bilan bir onani emib katta bo‘lganmiz. Otasi Ziyodulla ko‘pos to‘rt dahaga tanig‘lik edi. Shu Hakimjon tug‘ilganda onasining ko‘kragiga sut kelmay, bizning volidaga emizdirgan. Katta bo‘lganda xizmat haqingiz uchun o‘g‘lingiz Irismatni uylab qo‘yaman, deb va’da bergan. Ko‘pos nomardlik qilib, katta bo‘lganimizda Hakimjonni uylab, meni qirga molboqar qilib chiqarvordi. Hakimjon o‘g‘il ko‘rdi. O‘zi bu avlodning nasli toza emas ekan, kelinning ham ko‘kragiga sut kelmay, bolani volidamizga emizdirdi. Shu bola katta bo‘lib, sunnat qilinganda, men yigirma beshni urib qo‘ygan edim. Jahlim chiqib Hakimning singlisini otga o‘ngarib qochdim. Kampir ro‘mol orasidan gap qo‘shdi. — Dovdiramay o‘ling. Ot emas, eshakda opqochgan edingiz. — Esimda yo‘q, esimda yo‘q. Sen aralashma, — dedi chol. — Xo‘sh, nima qilgin deysiz? — deb so‘radi mudira. — Bizni nikohlab qo‘y, bolam. — Haligacha nikohinglar yo‘qmidi? — Eski nikohni domkom inobatga olmayapti. Kesak-qo‘rg‘ondagi Kofir qori nikohlagan edi. La’nati nikoh haqiga yangigina, atigi ikki marta boshlatilgan etigimni yechib olgan. — Domkom nima deydi? — E, bolam, tarixi uzoq bu gapning. Hukumat Chilonzordan yangi uy bergan edi. Domovoydan o‘taman, deb domkomning oldiga tushsam, kampirimni o‘tkazmadi. Buvim sizning xotiningizliklarini men qayoqdan bilaman, deydi. O‘n to‘rt nevara, sakkiz chevaramni yetaklab aldiga tushdim. Ko‘nmaydi. Hujjat kerak, deydi. Qanaqa hujjat kerak, desam, zakska qog‘ozini olib keling, deydi. Mana oldingga keldim. Bir balo qil. ZAGS mudirasi kuldi. — Bo‘pti, ota, hozir to‘g‘rilab beraman. Endi, aybga buyurmaysiz, qoida shunaqa, so‘roqlarimning bittasini ham qoldirmay javob byorasiz. U kampirga murojaat qildi. — Ismingiz nima, buvi? — Quloqdan qolgan, qattiqroq gapir, bolam. Oti Xalcha edi. Qarib, bo‘shashib qolganidan uni Xalta deb chaqiraman. Qaysi birini yozsang ham bizga bari bir. — Xohlab tegyapsizmi, buvi?— dedi mudira qattiq tovushda. Kampir cholga qarab mug‘ombirona kulib qo‘ydi. — Oh, bolam, yoshligim qaytib kelsa bu sassiq cholga o‘lsam ham tegmasdim. O‘ttiz besh yil oldin meni urgan. — Eski gapni qo‘y,— dedi chol. — Do‘xtir isparapkasi yo‘q gapni gapirma. Xohlaydi, xohlamay qayoqqa borardi. Kampir yana gapirdi: — Hu, o‘sha, qo‘sha qaringlar, degan kofir qorini yer yutsin. — Qarg‘ama. Kofir qorini yer yutganiga o‘ttiz yildan oshib ketdi. Ko‘rdingmi, qizim, shu xotin bilan bezakun qirq ikki yildan beri yashayapman. ZAGS mudirasi ularning gapiga qotib-qotib kulardi. — Asli bu kampir yaxshilikni bilmaydigan narsa. Domovoydan ham bir amallab o‘tkazardim. Bu yoqda boshqa gap ham chiqib qoldi. Hukumat menga oltmish so‘m pensiya beradi. Shu kunda sal tobim aynib, yuribdi. O‘lib-netib qolsam pensiyamni shu olsin, deb zakska qildiryapman. Zakska bo‘lmasa bunga pensiyamni bermaydi. Kampirning jahli chiqib ketdi. — Pensiyangizga zor emasman. Bitta jonimni nevara-chevaralarim boqib olar. O‘ligim ko‘chada qolmas. — Ko‘rdingizmi. Qulog‘im kar deydi-yu, o‘ziga kerakli gapni darrov eshitadi. — Bunaqa gaplarni qo‘yinglar. Odamlar kutib qolishdi. Xo‘sh, xohlaysizlarmi? — Shartim bor, — dedi kampir. — Nos chekishni tashlasa xohlayman. — Mening ham shartim bor. Boshini qatiq bilan yuvmasin. Doim sochidan suzma xaltaning hidi keladi. Eshikda kutib qolgan betoqat kelin-kuyovlar ichkariga bostirib kirishdi. Chol bilan kampirning muomalarini ko‘rib, gurillab kulib yuborishdi. — Xo‘p, — dedi chol o‘rnidan turarkan. — Hammasiga roziman. Ishni tezroq bitkaz, bolam. Orqadagilardan biri gap qotdi. — O‘pishishmasa qog‘ozni bermang. — Iya, hali shunaqasi ham bormi? — dedi kampir hayron bo‘lib. — Ha, qoida shunaqa, — dedi mudira jiddiy. Ular noiloj qolishdi. Chol kampirning yelkasiga qo‘lini tashlab uni o‘ziga qaratdi. — O‘ptirish ham esingdan chiqib ketgandir. Shoshma! Chol bir yutinib yengini shimardi-da kampirni o‘pdi. — Ha, xotincha, o‘ptirishni senga-yu, o‘pishni menga chiqazgan-da! Kulgidan ZAGS derazalari zirillab ketdi.
Muxabbaaat alamli iztirob, ko'chang kezdim,sarsoon, dovdirab, yuzlarimga yuzlaring tirab, ko'zlarimni bog'lab qo'ydingku..!
|
|
| |