[ Янги изохлар · Фойдаланувчилар · Қоида · Изламоқ · RSS ]
  • Страница 2 из 6
  • «
  • 1
  • 2
  • 3
  • 4
  • 5
  • 6
  • »
Модератор форума: Giyos, SarVario, komol_76, Anv@rbek  
Qiziqarli (mashhur) hikoyalar
misSСана: Шанба, 12-Ноя-2011, 14:17 | Изох # 26
Рўйхатда
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 13
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 604
Холати: Хозир йўқ
MEHR MANZARALARI

Tohir Malik

1.Arqon uzildi

Bahor... Yonoqlarni mayin shabada silaydi. Daraxtlarning yosh surxlari qiyg‘os gullar ichida - oq zarga botirib olinganday...
Huv anavi do‘nglikdagi maysazorga bir qo‘y bilan echki bog‘lab qo‘yilibdi. Echkining ikki uloqchasi dikir-dikir sakraydi. Qo‘yning ham qo‘zichasi bor. Uloqchalar bilan yayrab, yugurishib yuribdi. Shunchayam do‘mboqki... Sakrashganini, yayrashganini ko‘rib, ular bilan birga o‘ynagisi keladi kishining... Bir mahal nimayam bo‘ldi-yu, o‘ynashibmi yo talashibmi, qo‘zichoq uloqcha bilan kalla qo‘yisha ketdi. Ona qo‘y “bo‘ldi, sho‘xlik qilma”, deganday ma’rab qo‘ydi. Qo‘zichoq esa parvo qilmadi. Ona echki ham maysadan boshini ko‘tarmay me-meladi. Bolachalar yana hazillarini qo‘yishmadi. Shunda qo‘y cho‘zib ma’radi. Bolasiga intildi. Lekin bo‘ynida arqon -qo‘ymas edi. Qo‘zichoqni ikki uloq o‘rtaga olib, goh unisi, goh bunisi turtar, uni ranjitardi. Ona qo‘y chidab turolmadi. U yer depsinib bolasini “odobsizlar” ozoridan qutqarishga intildi...
Uloqchaning biri ko‘zichoqning biqiniga behosdan kalla urdi. Qo‘zichoq “onajon, qutqaring!” degandek qattiq ma’rab yubordi. Shunda qo‘y arqonni yana zarb bilan siltadi...
Ona mehri arqonni uzdi...

2.Buvijonim

-Kenja nabiralari siz emasmisiz?-deb so‘radi hamshira Sarvarning qo‘lidagi tugunchani ola turib.
-Ha, men...-dedi Sarvar bu savoldan taajjublanganini yashirmay.
-Unda bir oz kutib turing.
U shunday dedi-da, ildam yurib, yuqori qavatga ko‘tarildi. Hamshiraning bu buyrug‘i Sarvarning ko‘ngliga g‘ashlik soldi. Har xil xayollarga borib, bemorlar ro‘yxatidan buvisining nomini izlay boshladi. Ro‘yxatdagi belgiga qaraganda buvisining isitmasi tushibdi, ahvoli bir muncha yaxshilanibdi. Bundan ko‘ngli taskin topgan bo‘lsa-da, hamshira chiqqunicha diqqat bo‘lib ketdi. Nihoyat zinada hamshira ko‘rindi. Xuddi Sarvarga kutib turishni buyurmaganday bamaylixotir tushib keldi. Bu ham yetmaganday Sarvarga qarab kulimsirab qo‘ydi. Yigitchaga yaqin kelgach, bir parcha qog‘oz uzatdi.
-Buvingiz berib yubordilar. Kecha sizni menga tasvirlab berib, kelsa ketib qolmasin, deganidilar.
Sarvar “shu gapni avvalroq aytsangiz bo‘lmasmidi!” degisi keldi-yu, ortiqcha gapdan o‘zini tiyib, qog‘ozni shoshilib ochdi. Buvisining o‘sha ravon-ravon tanish harflari:
“Jonim bolam. Buni qara-ya, bugun sening tug‘ilgan kuning-u, men bo‘lsam, xotirjam shifoxonada yotibman. Xafa bo‘lmaysanda, a? Sovg‘a ham qilolmadim... Agar uyda bo‘lganimda tandirda mazali qovoq somsa, piyozli non yopib berardim. Esingdami, bolaligingda men tandirga o‘t yoqsam juda-juda quvonib ketarding. Oying somsani menchalik yopolmaydi, to‘g‘rimi? Hozir ham shu odating bor... Endi taqdir, keksalik ekan, bu yerda yotibman. Toychog‘im, tug‘ilgan kuning muborak bo‘lsin! Baxtimizga ilohim o‘z panohida asrasin seni!
Duo bilan: buving.
Ha, aytmoqchi, oyinglarga tayinlab qo‘y: yerto‘ladagi qovoqni ishlatmay tursin. O’zim chiqay, yaxshilab somsa yopamiz...”
Xatni o‘qiyotganida tomog‘iga nimadir tiqilganday bo‘ldi. Yoshligida buvisining har xil shirinliklarni yenglarining uchiga yashirib, “akalaring ko‘rishmasin”, deb berkitib berishlari, dadasidan so‘kish eshitganda esa, boshini silab, erkalab uyiga olib kirib ketishlari, nasihat qilishlari ko‘z oldiga keldi. O’zini tutishga harchand urinmasin, baribir ko‘ziga yosh kelaverdi.
“Buvijonim! Axir bujmayib qolgan qadoq qo‘laringiz bilan boshimni silashingiz, yuzimni mehr to‘la siynangizga qo‘yib tin olishim, oppoq sochingizdan o‘pib, ko‘zimga surtishimning o‘zi menga katta sovg‘a emasmi!!” degan xitob yuragini larzaga keltirdi. Hamshiraning hay-haylashiga qaramay, qoziqda ilig‘lik turgan oq xalatlardan birini olib, yelkasiga tashladi-yu, yuqoriga yugurdi.
Buvijonining ko‘ksiga boshini qo‘ydi.

3.O’gay ona

-O’qimas emishman,-dedi Oqil yana o‘jarlik bilan.
-Axir kim senga shunday dedi, bizga aytgin,-kuyundi direktor.
-Menga baribir endi... Hech kimning yordami kerakmas. Agar o‘zimning oyim bo‘lganlarida...
Oqilning lablari titradi, ko‘zlari yoshlandi. Burnini tortib qo‘ydi-da, o‘zin tutib olish uchun shiftga qaradi. Direktor gap nimada ekanini taxminan angladi. Biron xulosaga kelish uchun bu taxmin yetarli emasdi, shu sababli boladan yana so‘radi:
-Oqiljon o‘g‘lim, o‘jarlik qilma. Uyingda nima gap bo‘lganini menga ochiq aytaver. Biz seni xafaqildiribqo‘ymaymiz.
Oqil direktorga “rost aytyapsizmi?” deganday bir qarab oldi-da, nigohini derazaga qadab gap boshladi:
-O’zim eshitdim,-dedi u yana burnini tortib qo‘yib.-Anavi... yangi oyim dadamga “o‘g‘lingiz katta yigit bo‘lib qoldi-ya, endi yoningizga olsangiz ham bo‘ladi”,-dedi. Tag‘in men uni...
Oqil gapini tugata olmadi. Eshik ochilib, bir yoshlar chamasidagi shiringina bolani ko‘tarib olgan ko‘hlikkina juvon kirib keldi.
-Mumkinmi, voy xayriyatey!-dedi u ostona hatlab ichkariga kirgach.- “Oqiljonni maktablariga chaqirib olib ketishdi”, deyishsa, nima gap ekan, deb jonimni hovuchlab yugurib kelaveribman. Tinchlikmi o‘zi?
Juvonning salomlashishni ham unutib kirib kelishi uning g‘oyat havotirda ekanidan darak berib turardi. Direktor buni tushundi. Uning kim ekanligini ham hayajonli so‘zlaridan angladi. Shu sababli gapni aylantirmay muddaoga o‘tishni ma’qul ko‘rdi.
-Tinchlik,-dedi u hotirjam ohangda so‘ng bolaga yuzlandi:-Oqiljon o‘g‘lim, sen tashqariga chiqib tur-chi.
Oqil qovog‘ini uyganicha “xo‘p”, dedi. Chiqayotganida ayolning qo‘lidagi bola “atta!” deb unga osildi...
Direktor Oqilning bir necha kundan beri maktabga kelmayotganini, bugun darsdan keyin uyidan toptirib chaqirtirib kelganini va nihoyat, bolaning oxirgi gaplarini aytib berdi.
Ayol ko‘ylagining yengi bilan ko‘z yoshlarini artib, piq-piq yig‘ladi. Keyin “Voy, gapirmaygina men o‘layin”, dedi-da, tashqariga chiqib Oqilni olib kirdi.
-Voy gapirmaygina men o‘layin, bolajonim. Men seni katta bo‘lib qolganingni aytib erkalatmoqchiydim-a! Sen o‘qib olim bo‘lsang, ukang ham izingdan boradi, deb doim duo qilaman-ku? Gapga no‘noq onangni kechir, bolajonim...-Ayol shu gaplarni takror-takror aytib Oqilni quchoqlab olganicha yuz-ko‘zlaridan o‘paverdi...
Oqilning qo‘lidagi ukasi bu holatdan ajablanib hayron bo‘lb turdi Avvaliga sal qo‘rqdi ham. Keyin bir akasini, bir onasini o‘pa ketdi...

4. Ko‘zlari ochiq edi

Bo‘yniga chekich urilganday “cho‘tir” bo‘lib qolgan musicha qaerdandir ovqat topib, iniga uchib keldi. U har galgidek bolalarining inlaridan bosh chiqarishib, og‘izlarini katta-katta ochib, chiyillashlarini kutgan edi. Biroq, inda bolalari ko‘rinmadi. Onaning ko‘zlari olazarak bo‘ldi. O’zini har tomon urib, jigargo‘shlarini axtardi. Topdi! Hali parvozga yaxshi shaylanmagan jajji musichalar sho‘xlik qilib pastga tushishgan ekan. Ular hovli ro‘yasida bir-birlari bilan quvalashib, bamaylixotir o‘ynab yurishardi. Ona musicha ularni ko‘rib quvonganday bir-ikki qanot qoqib qo‘ydi. Pastak bir shoxga qo‘nib, bo‘ynini xiyol qiyshaytirib, ularning o‘yinini kuzatdi...
Birdan ona bezovtalandi. Bolalarining oldiga tushib, qanotini patillata ketdi: u burchakda pusib yotgan mushukni ko‘rib qolgan edi. Mushuk musichaning payqab qolganini sezib, o‘ljasiga sapchidi. Kushchalar qanot qoqishib pana tomonga o‘tishdi. Lekin yuqoriga, bexavotir inlariga uchib chiqishga qanotlari zaiflik qildi. Mushuk qushchalarni quva boshladi. Ular qancha urinishmasin, qanot qoqishmasin yuqoriga ko‘tarilishga qurbilari yetmasdi. Onalari atrofida aylanishdan o‘zga choralari yo‘q edi.
Ona bezovta. Ona ilojsiz! Bolalari ucholmaydi... Shunda u allaqanday ovoz chiqarib yuqoriga ko‘tarildi-yu, so‘ng birdan qanotlari singanday yerga gup etib tushdi. U “siniq” qanotlarini yerga shap-shap urgancha parvozga uringanday bo‘lib mushukning atrofida aylana boshladi. Mushuk qushchalarni quvib yurishdan ko‘ra tayyor turgan o‘ljani yeyishni ma’qul ko‘rib, uni tappa bosdi.
Musicha esa hamon qanotlarini patillatadi. G’alati ovoz bilan faryod chekib, bolalarini uchishga undaydi...
Mushuk uning hiqildog‘ini tishlab, chekkaga sudradi. Onaning so‘niq ko‘zlari yarim ochiq: “bolalarim qochdimi?” deganday ularni izlaydi. Qanotlarini ahyon-ahyonda majolsiz silkitadi. Go‘y ochqab qolgan bolalari oldiga uchib borib, hozirgina topib kelgan ovqatini bermoqchi bo‘ladi...
Pastak butoqqa uchib chiqib qo‘nib olgan musichalar esa qo‘rquvdan dir-dir titrashadi...

5. Yovvoyi mushuk

Yana o‘sha yovvoyi mushuk paydo bo‘ldi. Avvallari odam sharpasini eshitib, junini hurpaytirganicha baqrayib turadigan, keyin qochib qoladigan mushuk negadir oldimizda bemalol yurishga odatlandi. Bu juda qiziq hodisa edi. Mushukning sirini bilishga oshiqdim. Unga bir bo‘lak go‘sht tashladim. U saxiyligimga ishonqiramaganday bir menga, bir go‘shtga qarab qo‘ydi. Keyin chaqqonlik bilan go‘shtni tishlab olib, uydan chiqib ketdi. Har gal yemish topsa yemay, olib chiqib ketishi ham ajablanarli hol edi. Mushukning izidan chiqdim. U hovli burchagidagi o‘tin turadigan bostirmaga kirib ketdi. Cho‘chitib yubormaslik uchun tirqishdan mo‘raladim: mushuk chalqancha yotib olgan, to‘rt mushukcha esa uni emardi... Mushukning birdan ko‘rinmay qolgani-yu, keyin begonasiramay qo‘ygani sababini endi angladim.
“Bitta bolasini jiyanlarimga olib bersammikin?” degan fikrda eshikni ochib, ichkari kirdim. Mushuk sapchib o‘rnidan turdi. Junini hurpaytirdi. Ko‘zlari yondi. Xunuk ovoz chiqardi. Yana bir qadam qo‘ysam menga tashlanishi turgan gap edi. Bunday holatda u o‘zini boqayotgan odamni ham tanishni istamasdi. Chunki yonida o‘z jonidan ham aziz bo‘lgan bolalari bor edi!
Izimga qaytdim. Shu-shu mushuk meni ko‘rsa bostirma tomon qochadigan bo‘lib qoldi. Mushukning bolalaganini eshitgan jiyanlarim bugun uning bostirmadan nari ketishini poylab turib, oladan kelgan chiroyli bolasini olib chiqishibdi.
Qosh qorayganda mushuk bostirmadan o‘kday otilib chiqdi. Nimanidir axtara boshladi. Keyin eshigimiz tagiga kelib, mendan ham hayiqmay zorlanib, cho‘zib-cho‘zib miyovlay boshladi. Eshikni ochdim. U uyga otilib kirdi. Dam o‘tmay bolasini tishlab olib chiqdi. Bostirma tomon ketdi.
Mushuk bizga o‘rganib qolgan bo‘lsa ham bolalarini ishonmas edi...

Добавлено (12-Ноя-2011, 13:17)
---------------------------------------------
Saida Zunnunova

KECHIKISH

Mana, bir oydirki, Xurshidbekning oromi yo‘q. Yursa ham, tursa ham onasining ma’yus, mehribon nigohi ko‘zidan ketmaydi. Avvaliga ta’ziyaga kelgan odamlar bilan ovunib yurgan ekanmi, ularning oyog‘i to'silgandan keyin ko‘ngilni ezadigan bir jimjitlik ichida qolgandek edi. Onasi bir tomondagi kichkina uychasida indamaygina o‘tirsa ham hovlilarining fayzi ekanligi endi bilinyapti.
Xurshidbek sekingina so‘lish olib, o‘sha uy tomonga qaradi. Derazasi ham, eshigi ham yopiq. Uyning hozirgi sokin, jimjit turishi ham onasiga o‘xshab ketdi.
Onasi hamisha o‘g‘lini ayab, andisha bilan yashadi. Hech qachon o‘ziga e’tibor talab qilmadi. Hatto biron narsa olib bergin, deganini yoki pul-mul so‘raganini ham Xurshidbek eslayolmaydi. U faqat bir martagina o‘g‘lidan so‘radi. O‘shanda ham tili bilan emas, dili bilan, ko‘zlari bilan so‘radi. Lekin... Xurshidbekning nafasi qisildi. Xotiralardan qochmoqchidek o‘rnidan turib ketdi.
Hovlining o‘rtasidagi stol oldida o‘g‘li tikka turganicha tarvuz kosasini qoshiq bilan shilib qirib ichardi.
— Sekinroq! — dedi Xurshidbek unga ijirg‘anib qarab, — muncha xo‘rillatasan?!
Bola otasiga bir qarab qo‘ydi-yu, og‘zini qo‘llari bilan artib, devorga suyog‘lik velosipedi tomonga yurdi.
— Po‘choqni kim oladi?!
O‘g‘li yana boyagiday nigoh bilan unga qaradi, zarda aralash po‘choqni olib borib axlat chelagiga tashladi-da, velosipedini yetaklab ko‘chaga chiqib ketdi. Oshxonada jaz-biz qilib, sabzi-piyoz qovurayottan xotini ularning ovozini eshitdimi, boshini chiqarib bir qarab qo‘ydi.
Yana hovli jimjit bo‘lib qoldi. Dekabr yaqinlashib qolayotgan bo‘lsa ham havo issiq, hali hech qanday yog‘ingarchilik bo‘lgani yo‘q edi. Yerga oxirgi xazonlar to‘ki-lar, quyosh ham bota boshlagan, osmon tiniq, havo mo‘tadil bo‘lsa-da, tabiatning o‘zida ham qandaydir dilni hayolga moyil qiladigan bir kayfiyat bor edi. Xurshidbek yana onasining uyi tomonga qaradi.
Yozda Xurshidbek xotini bilan bir vaqtda otpuska oldi. Aylanib dam olib kelishni mo‘ljallab qo‘yishgan edi. Birdaniga hamshaharlaridan biri gap topib kelib qoldi. Belorussiya tomonga sayohatga borgan ekan. O‘rmonda bir qabrni ko‘rgan emish. Qarasa, familiyasi ham, ismi ham Xurshidbekning dadasiniki ekan. O‘sha joyda yashayotganlardan surishtiribdi. Razvedkachining qabri, deyishibdi. Avval ustida kichkina taxtachaga yozib qo‘yilgan xati bor ekan. Keyincha o‘sha yer aholisi uni yaxshilab ko‘tarib, ismi familiyasini marmar toshga yozdirib qo‘yishibdi. Xurshidbek rostdan ham dadasining razvedkachi bo‘lganini eshitgan edi.
Bu xabar kutilmaganda xursandchilik olib keldi-yu, eski dardlarni qo‘zg‘ab ham ketdi. Ko‘nikkan asab va xotiralar qayta boshdan jonlandi. Ayniqsa, onasi juda o‘ychan bo‘lib qoldi. U nimadir demoqchi bo‘lardi, lekin aytolmasdi. O‘g‘li bilan kelini Issiqko‘lga borish harakatida edilar. Bir kuni choy ichib o‘tirishganida Xurshidbek onasining ana shu ma’yus yuziga ko‘zi tushib, o‘ylanib qoldi.
— Oyi, biz ketsak, yolg‘iz zerikib qolmaysizmi?
— Qo‘ni-qo‘shnilar bor, bolam. Nega zerikaman?
— Yo nevarangizni olib qolgingiz kelmayaptimi? To‘g‘risini aytavering.
— Nega endi? Shuncha vaqt bag‘rimda-ku. — Rostdan ham o‘g‘li hamisha buvisi bilan birga, darsini ham o‘sha uyda qilar, yotish-turishi ham o‘sha yoqda edi.
— Dadang musofir bo‘lib yotgandir, deb o‘ylayman, bolam, — dedi onasi bir nafasdan keyin. — Avval bilmas edim, choram yo‘q edi. Endi kuch-quvvatdan qolganimda xabarini eshitdim.
Oraga birdan jimjitlik tushdi. Onasi bu gal ham dilidagi istakni aytolmadi, o‘g‘li bilan kelinining yo‘lini to‘sishdan andisha qildi. Lekin ko‘ngli, dili o‘sha yoqqa talpinayotganini Xurshidbek sezib turardi. Yo‘lga hozirlanayotgan xotinini, otpuskalarining o‘tib ketib qolishini o‘yladi.
— Mayli, — dedi keyin onasiga taskin bermoqchi bo‘lib, — yanagi yozga olib boramiz. Mana, keliningizning o‘zi bosh bo‘lib olib boradi, to‘g‘rimi?
Televizor ko‘rib o‘tirgan xotini bosh qimirlatdi. Keyin qaynonasini yupatmoqchi bo‘ldi shekilli:
— Musofir bo‘lib yotibdi demang, oyi. Odamlar qarab turishgan bo‘lsa, tekislab yo‘qotib yuborishmabdi-ku axir!
— Baraka topishsin, — dedi kampir shivirlab.
— Bo‘ldi, bo‘ldi, yanagi otpuskada borganimiz bo‘lsin! — bu qatiy qaror bilan Xurshidbek onasini xursand qilmoqchi edi. Lekin kampir indamadi, g‘alati bir kulimsirab qo‘ydi, xolos. Uning shunaqa odati bor edi. Hech kimga gapqaytarmas, biron narsadan norozi bo‘lganda ham bir xo‘rsinib indamay qo‘ya qolardi. Bu gal ham shunday qildi. Balki hech kimga muhtoj bo‘lmagan yoshlik paytlarini eslagandir. Balki o‘zining kundan-kun kuchdan qolayotganini, yanagi yozga bor-yo‘qligini o‘ylagandir. Balki, hayotda muqaddas, kechiktirmay tavof qiladigan narsalar borligini tushunmagan ikkita nodonning ustidan kulgandir.
Har qalay, u nevarasi bilan mung‘ayib darvoza kesakisiga suyanganicha qoldi-yu, Xurshidbek xotinini olib Issiqko‘lga ketdi.
Xurshidbek yana bo‘g‘ilgandek bo‘ldi. Xotini oshxonadan chiqib, o‘radan turp olib kirib ketdi. Eriga g‘alati bir qarash qilib qo‘ydi. Yuragi siqilib turgan bo‘lsa ham Xurshidbek buni sezdi. Ishdan kelganidan beri salanglab hovlida yurganiga balki xotinining g‘ashi kelgandir. Uning biron ishga qo‘l urgisi ham kelmas, biron kimsa bilan gapirishgisi ham yo‘q edi.
O‘g‘li chelakka tashlab ketgan tarvuz kosasining po‘chog‘ini musichalar cho‘qir, Xurshidbekning loqayd, befarq kayfiyatini bilganday undan hayiqishmas, dam-ba-dam boshlarini ko‘tarib unga qarab qo‘yardilar, xolos. Onasi, qishi bilan musichalarni boqib chiqardi. Qor yog‘ib don topish qiyin bo‘lib qolganida qora-qurt musichalar shumshayishib shu hovliga yig‘ilishardi. Kampir nonlarning uvog‘i bormi, qolgan-qutgan ovqat bormi, ularga to‘qib berar, ular ham hech bir cho‘chimay onasi-ning oyoqlari tagida yurishaverardi.
Xurshidbekning nazarida musichalar ham o‘ziga o‘xshab yetim bo‘lib qolgandek edi. U shu tobda musichalarga don bergisi kelib ketdi. Uyga kirib, idishlarni qaradi. Qolgan ovqat topolmadi shekilli, yarim piyola guruch olib chiqib, tarvuz po‘chog‘i yoniga sochdi. Uning niyatidan bexabar musichalar qo‘rqib uchib ketishdi. Oshxonadan chiqqan xotinining ko‘zi yerda sochilib yotgan guruchlarga tushdi.
— Esingiz joyidami o‘zi? Guruch bilan boqib bo‘larkanmi! Yo‘lga sepganingizni qarang-a, — u shunday dedi-yu, jahl bilan supurgi olib kelib, guruchlarni bir chetga supurib to‘plab qo‘ydi. Xurshidbek xo‘rsinib nari ketdi. Uning ich-etini yeb yotgan armonni faqat o‘zi bilardi. Onasi shu bittagina o‘g‘lini deb umrini o‘tkazganini, qaysi hasratda boqqanini ham faqat o‘zi biladi. Qanday unutadi-yu, qanday ko‘nikadi endi. Bir xil toshbag‘ir odamlar bo‘ladi. Ular uchun hamma narsa oson, unutish ham, sevish ham, ajralish ham. Ular ko‘p qalblarni yara qiladilar-u, o‘zlari beshikast qolaveradilar. Ota-onadan ajralish, ularning yo‘qligiga ko‘nikish oson ekanmi? Ayniqsa, yuragingni armon tirnab yotganda. Qani endi, hozir tirik bo‘lsa poezdda emas, boshiga ko‘tarib piyoda olib borishga ham rozi bo‘lardi. O‘z oromini o‘yladi-yu, lekin onasining bunaqa pishib qolganini xayoliga keltirmadi. Bo‘lmasa juda ham qarigan emas edi. Oltmish beshga kirgan edi. Sakson-to‘qsonga kirib yurganlar ham bor-ku. Biroq onasi tekis hayot kechirmadi. Kelinchakligida tul qoldi. Ota diydorini ko‘rmagan farzandining ustida balki kechalari yum-yum yig‘lab chiqqandir. Qaynonasi, qaynotasini ko‘mdi. Bitta qaynisinglisi janjal qilib hovlining yarimini bo‘lib olib, birovga sotib yubordi. O‘rtaga devor urildi. Bir parcha hovli bilan yarmi sotilgan uyda qolishdi. Qizining bebaxtligidan xafa bo‘lib ketgan buvisi ham bevaqt olamdan o‘tdi. Yagona tasalli beradigan kishisidan ham ajralgan ona butun mehri, butun umidini Xurshidbekka tikdi. Avvallari artelda, keyinchalik fabrikada ishladi. O‘g‘lini yaxshi kiyintirdi, yaxshi yedirdi. Lekin charchab, ishdan bir ahvolda qaytganini Xurshid necha martalab ko‘rgan, yana o‘sha charchog‘lik bilan mashina g‘ildiratib ish tikkanlarida uning biqinida allamahalgacha uxlamay o‘tirardi. Ug‘lining bo‘yi cho‘zilgan sayin onaning quvonchi ortgandek, qaddi tiklanayotgandek bo‘lardi. Bu quvonchni ham Xurshidbek uning ko‘zlaridan sezib turardi. Balki ko‘rmagan baxti, topmagan huzurlarini ana shu o‘g‘ilchasidan dilida kutib, umid qilib yashagandir. Lekin o‘g‘li nima qildi? Uzining hozirgi holatini yengillatadigan, yuragiga yorug‘lik tushiradigan biron xatti-harakatini eslay olmasdan dog‘da edi u.
Institutni bitirdi. Uylandi, joy qildi. Onasi yiqqan-terganini sarfladi, o‘g‘linikini asradi. Usta boqdi. Keyincha uy yumushi, nevaralariga qarash bilan umrini o‘tkazdi. Falonchining onasi falon narsani kiyibdi, menga ham olib ber, degani yo‘q. Falon yoshga kirganimga to‘y qilib ber, degani yo‘q. Tag‘in qaytaga pensiya pulini ham shularga sarflardi. O‘ylab qarasa, u bir shamdek yonib yashabdi.
Xurshidbek Issiqko‘ldan qaytib kelganda onasining rangi ko‘ziga g‘alatiroq ko‘rindi. Otasining bir marta unutilgan dardi qayta paydo bo‘lganida keksa qalbi ko‘tarolmadimikan? O‘tgan umrining ko‘chalariga xotiralar, balki, hadeb boshlab ketavergandir, o‘y o‘ylab o‘zini o‘zi yegandir. Balki o‘rmonda jimjitgina turgan qabr ustiga dod-faryod bilan hayolan necha marta borib kelgandir.
U sog‘ligidan shikoyat qilmadi-yu, birdaniga yotib qoldi. Hammani armonda qoldirib to‘satdan bir kechada olamdan o‘tdi-qo‘ydi. Xurshidbek bunaqa bo‘lishini sira o‘ylamagan edi. Bo‘lmasa, hamma narsadan kechib, har qanday sharoitda bo‘lsa ham onasini otasining qabriga olib bormasmidi. Ona bechora yuragida yig‘ilib yotgan hasratlarini o‘sha tuproqqa unsizgina to‘kib kelsa, balki yengil tortarmidi. Uning bittagina so‘rovini, bittagina istagini rad qildi-ya! Qanday ona edi, qanaqa ona edi-ya! O‘lib ham unga og‘irini solmadi. Hamma narsani tayyorlab taxt qilib qo‘ygan ekan. Hech narsasi yo‘q bo‘lsa-yu, Xurshidbek qarzga botib ko‘mganda ham sal armondan chiqarmidi. Bu gal ham o‘g‘lini ayadi ona, unga og‘irini solmadi.
Xurshidbek ingrab yubordi. Xotini ovqat tayyor bo‘lganini aytdi. Velosipedini shaldiratib o‘g‘li ko‘chadan kirdi. Guruch atrofiga yig‘ilgan musichalar uning shovqinidan cho‘chib, uchib ketishdi. Ichkaridan xotinining ovozi eshitildi.
— Kiring endi, ovqat soviydi! — keyin chiqib ayvon chirog‘ini buradi. Xurshidbek shundagina kun botib g‘ira-shira bo‘lib qolganini sezdi. Uning nigohi yana bir chetdagi uyga tushdi. Xona ichi qorong‘i, jimjit, g‘alati bir sukut bilan huddi dardini ichiga yutib turgan jonli vujudday tuyuldi unga. Asta borib, uy eshigini ochdi-yu, chirog‘ini yoqdi.


Ko'zlaringda men ko'zingda baxtni ko'rsam bas!

Изохни тахрирлади (ўзгартирди) misS - Шанба, 12-Ноя-2011, 13:57
 
GiyosСана: Якшанба, 13-Ноя-2011, 11:06 | Изох # 27
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 1130
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 59
Холати: Хозир йўқ
Quote (misS)
Ona bezovta. Ona ilojsiz! Bolalari ucholmaydi... Shunda u allaqanday ovoz chiqarib yuqoriga ko‘tarildi-yu, so‘ng birdan qanotlari singanday yerga gup etib tushdi. U “siniq” qanotlarini yerga shap-shap urgancha parvozga uringanday bo‘lib mushukning atrofida aylana boshladi. Mushuk qushchalarni quvib yurishdan ko‘ra tayyor turgan o‘ljani yeyishni ma’qul ko‘rib, uni tappa bosdi. Musicha esa hamon qanotlarini patillatadi. G’alati ovoz bilan faryod chekib, bolalarini uchishga undaydi... Mushuk uning hiqildog‘ini tishlab, chekkaga sudradi. Onaning so‘niq ko‘zlari yarim ochiq: “bolalarim qochdimi?” deganday ularni izlaydi. Qanotlarini ahyon-ahyonda majolsiz silkitadi. Go‘y ochqab qolgan bolalari oldiga uchib borib, hozirgina topib kelgan ovqatini bermoqchi bo‘ladi...


Quote (misS)
Qosh qorayganda mushuk bostirmadan o‘kday otilib chiqdi. Nimanidir axtara boshladi. Keyin eshigimiz tagiga kelib, mendan ham hayiqmay zorlanib, cho‘zib-cho‘zib miyovlay boshladi. Eshikni ochdim. U uyga otilib kirdi. Dam o‘tmay bolasini tishlab olib chiqdi. Bostirma tomon ketdi. Mushuk bizga o‘rganib qolgan bo‘lsa ham bolalarini ishonmas edi...


Kecha saytda qo'yilgan odamni bolaga nisbatini ko'rib hayvon va paranda ulardan yahshroqmikan dib o'yladim


Sog' salomatlik...
 
LoadingСана: Чоршанба, 04-Апр-2012, 12:31 | Изох # 28
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
Bir kun Aflotunning oldiga shu shaxarning bir mashux fuqorosi kelib o'tirdi. Va bir kishidan salomli hat aytdi.
- Ey Hakim(Aflotun) bugun falon odamni ko'rdim. U senga ko'p tarif berib haqqinga ko'p duolar qildi. Men esa senga ushbu hush havarni semga yetkazmoqdaman.
Aflotun haron bo'lib o'yga toldi. Shunda haligi kishi savol berdi.
- Hoy mani bu yetkazganimdan hursand emasmisan? Negadur mayus tortib qolding.
Aflotun javob qildi:
- Yo'q, ho'ja, seni gapinga hafa bo'lmadim. Hafaligim sababi meni johil odam maqtabti. Demak meni qilgan ishim unga maqqul tushibti. Huddiki men biron joxiloni ish qilibman.

Добавлено (04-Апр-2012, 11:31)
---------------------------------------------
Manga hozircha eng yoqgan Said Axmadning hikoyalaridan birini taqdim etaman.

ТАЪЗИМ

Ниxоят, кўпдан кутилган диплом кўлга тегди. Ўзим каттик чарчаганман. Аксига олиб сўнгги имтихон олдидан бир хафта ётиб олсам бўладими. Ошкозон носог-да. Кейинги икки имтихонни пархез пайтимда топширдим. Ўзи имтихон хамма вакт саратон кириш олдидан бошланади.
хаво кизигандан кизиб кетади. Иштаха бўгилган, ўқиган нарсанг миянгдан уқаланиб тушиб
кетади. Бундай пайтларда йўғон чўзилиб, ингичка узилади, дегандек, менга ўхшаган
нимжонларнинг тинкаси қуриб қолади. Одам боласи бир нимага жазм қилгандан кейин охирига
етказмай қўймас экан, шу алфозда хаммасини бешга топшириб, омон-эсон дипломни қўлга
олдим.
Мана, йўлга хам чиқдим. Поезд мени сершовқин станцияга ташлаб, яна қичқирганича олдинга интилди.
Юк вагонлари гасур-гусур қилиб у ёқдан-бу ёққа ўтиб турибди. Паровоз кукулайди,
темирлар жаранглайди. То очиқ майдонга чиқиб олгунимча бошим айланиб, кўзим тиниб кетди.
Офтоб осмондан олов қуйяпти. Станция майдонидаги асфальт хамирдек кўпчиб, машина
ғилдиракларига ёпишади. Каловлаб бориб автобусга интилдим. Одам кўп. Икки қўлим банд
бўлганидан пешонамдан қуйилаётган терни артиб ололмайман. Тер томчилари кўзимга оқиб
тушиб ачиштиради. Бир махал қарасам, олдимда турган кишининг башараси самоварнинг
Қорнида акси кўрингандек узун бўлиб кетяпти. Ўзим худди хавода муаллақ туриб қолганга
ўхшайман...
Кўзимни очсам бегона уйда, диванда ётибман. Тепамда боя башараси узун бўлиб туюлгап
киши турибди. Хайрон бўлдим. Нотаниш киши пешонамдан қўл рўмолчани олиб бошқатдан
тахлаб яна қўйди.
— Хайрият,— дейди у кўзлари чақнаб.— Иссиқ элитибди, ука. Энди тузалиб холасиз. Келин
аянгиз хозир хўрда қилиб беради.
Эшик олдида чойнак кўтарган ёшгина бир жувон турарди. Ростини айтсам, бола бўлиб
мунақа чиройли хотинни кўрмаганман. Нотаниш йигит жувоннинг қўлидан чойнакни олиб
пиёлага чой қуйди-да, менга тутди.
— Ичинг, қайноқ-қайноқ ичинг, фойда қилади. Давоси аччиқ чой.— У бошимни бир қўли
билан кўтариб оғзимга пиёлани тутди.
Жувон ўтдек чақнаб турган кўзларини катта-катта очиб менга қараб турарди.
— Кечирасиз, ука,— дейди йигит нимадандир безовталаниб.— Бафуржа танишиб олармиз.
Хозир шошиб турибман, ўз уйингиздек бемалол ётаверинг. Мен кечқурун қайтаман.— У
шундай деди-ю, стол устидан, газетага ўроқлиқ ниманидир олиб эшикка йўналди.
— Сельхозтехникадан запчастга наряд олиб келдим. Яна станцияга жўнашим керак. Сиз
мехмонга хўрда қилиб беринг.
Жувон маъқул ишорасини қилди. Йигит чиқиб кетди. Уйда гўзал жувон билан иккимиз
қолдик. Инсон боласини табиат шундай хам чиройли яратадими? Бу тушимми, ўнгимми? Ё
эртаклардаги париларданми бу аёл? Овози қандоқ экан? Оддий хотинларнинг овозига
ўхшармикан?
Ўлай агар, кўнглимга ёмон ният келгани йўқ! Фақат унинг тенгсиз хуснига оддий бир жўн
одам сифатида лол бўлиб турибман, холос!
Жувон ниманидир олиб чиқиб кетди. Шундагина бу ерга қандай келиб қолганимни ўйладим.
Демак, автобусда кўнглим озган. Бехуш бўлиб қолганман. Бу йигит мени олиб тушган, уйига
олиб келиб ётқизган.
Уй жихозларига кўз югуртира бошладим. Бурчакда ёзув столи, ўртада устига клеёнка
ёпилган думалоқ стол. Деразадан ховли кўринади. Шафтолининг айвонга энгашган шохлари
мевасининг кўплигидан лапанглаб турибди. хал-хал пишган шафтолини бир чумчуқ беомон
чўқилаяпти. У чўқиган жойдан биллурдек томчи узилиб тушай, узилиб тушай деб турибди.
Чумчуқ хар чўқиганда тумшуғини қанотига суркаб олади. Беихтиёр тамшаниб қўйдим.
Жувон оёқ учида кириб ёзув столининг тортмасидан газетага ўралган бир нимани олиб
очди. Қараб турибман. Бир даста пул. У шу пуллар орасидан битта беш сўмликни олиб, яна ўраб
тортмага солиб қўйди-да, менга қаради.
— Кечирасиз, уйда гўшт йўқ экан, хозир гузардан гўшт олиб келаман, сиз бахузур дам олиб
ётаверинг, дарров келиб овқатга уннаб юбораман.
У чиқиб кетди-ю, уйда ғижжакнинг титраган овозига ўхшаш майин товуши қолди. Бу товуш
узоқ вақт уй ичида айланиб юрди.
Студентлик пайтларимда ота-онаси бор, ўзига тўқ студентларга хавасим келарди. Баъзан
дарс тайёрлагани уларникига борганимда, уйларини, осойишта, беозор яшашларини кўриб хавас қилардим. Ўз хаётимга беихтиёр кўз ташлардим. Болалар уйи, ётоқ, баъзан тўқ, баъзан оч
қолишлар. Ота-онага ташналик хар нафас билиниб турарди. Қачонлардир яхши кун кўриш, ана
шундай беозор оилада яшаш иштиёқи юрагимда туғён қиларди. Баъзида-чи... болалик экан,
шундай кунларга аллақандай мўъжиза кучи билан дарров етиша қолиш туғрисида ўй ўйлаб
кетардим. Хаёлан аллақаёқлардан катта пул топиб олгандек, юз минг, йўқ, икки юз минг сўм
топиб олиб бирдан ниятимга етсам, деб ўйлардим. Мана, ўша катта пул. Кўзим олдида, ана шу
бурчакдаги стол тортмасида газетага ўроқлиқ турибди. Шундай ўрнимдан туриб қўлимни
узатсам, бўлди. Тамом. Истагимга етаман.
Агар мен ёмон ниятли одам бўлсам, йўқ, менинг ўрнимда ёвуз ниятли одам бўлса...
Бундай эмас. Хар қандай ёвуз одам хам бу ишни қилмасди. Йиқилганда суяб, уйига олиб
кирган, уйининг тўридан жой бериб, қақраган оғзига ўзи чой тутган кишининг пешона терига
хиёнат қилиш учун бўри бўлиш керак. Вахший бўлиш керак. Мен одамман. Фақат мени бир
нарса эзяпти. Бир умр танимаган, на отини, на зотини билмаган бир кишини уйга олиб кириб,
ёш хотинининг олдига ташлаб кетган бу йигитга хайрон бўляпман, Эр-ку бундай қилди, хўп.


Faqat 3 ta shart!
 
fer_shonСана: Чоршанба, 04-Апр-2012, 13:00 | Изох # 29
Рўйхатда
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 9
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 530
Холати: Хозир йўқ
Нодар Думбадзе "Абадият қонуни"дан...

Бу қонуннинг моҳияти шундан иборатки, Нодар Григорьевич... Инсоннинг юраги унинг танасидан юз баравар оғирроқ... Шу даражада оғирки, уни бир киши кўтаролмайди... Бинобарин, биз, одамлар, токи тирик эканмиз, бир-биримизга ёрдам беришимиз,бир-биримизнинг юрагимизга мадад бўлишга ҳаракат қилишимиз керак: сиз-менга, мен-унга, у эса-бошқа бировга, шу тариқа узлуксиз давом этиши лозим.. Токи ўлим ҳаётда бизни ёлғизлик балосига гирифтор қилиб қўймасин...
 
LoadingСана: Чоршанба, 04-Апр-2012, 16:23 | Изох # 30
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
Хотинчи, хотини кимлигини, қаёқдан келиб қаёққа кетаётганини билмаган ёт бегонанинг
олдига бир даста пул, стол устига қимматбахо тақинчоқларни ташлаб чиқди-кетди. Нима, булар
мени синашяптими? Синаб уларга зарур келибдими? Хайронман!
Орадан ярим соатлар чамаси вақт ўтди. Ховлида жувоннинг оёқ товуши эшитилиб турибди.
Тушуниб бўлмайдиган мавхум ўйлар билан кўзим илинган экан, жувоннинг товуши уйғотиб
юборди.
— Мехмон, ховлига жой қилдим, чиқа қолинг. Анча салқин бўлиб қолди,
Хижолатлик билан ўрнимдан турдим.
Ховлига сув сепилган. Супага жой қилинган, хонтахта устида бир лаган шафтоли. Жувон
бир боғ кўк пиёзни ариқ бўйида ўтириб тозалаяпти. Супага ўтириб у ёқ-бу ёққа қарадим.
Дарвозахона олдидаги усти шифер билан ёпилган омонат гаражда машина нусхасини кўпдан
йўқотган эски бир «Москвич» турибди. Унинг олдинги иккита ғилдираги олиниб, ўқига ғишт
териб қўйилган... Моторлари очиб ташланган. Машинага тикилиб қолгаинмни сезган жувон
кулиб қўйди. У бирам чиройли куларканки, беғубор қалби, самимийлиги худди шу кулгисида
акс этиб тургандек эди.
— Турғунбойингизга машинадан теккан. Тушида хам, ўнгида хам машинани ўйлайди.
Тузатаман деб увалло уринади, увалло уринади, қани бу ўлгур юра қолса. Энди юргизиб кўчага
олиб чиқади-ю, тўрт-беш киши бўлиб орқасидан итариб опкириб қўйишади. Яна ковлашга
тушади. Уч йилдан бери ахвол шу. Қарасам бўшамайдиган, майли, янгисини олақолинг, дедим.
Пул йиғиб машинага ёзилиб қўйдик. Кеча дўкондан қоғоз келди. Машиналарингни олиб
кетинглар, депти. Турғунбойингиз хали кассадан пул олиб келиб қўйди. Эртага машинани олиб
келамиз.
Кўзимга бояги стол тортмасидаги пул кўринди.
— Иккаламиз хам маошдан ташлаб қўйиб йиғдик. Ўтган йили курортга хам бормадик. Бу йил хам бормасак керак. Турғунбойингиз машинада ўзим ўйнатаман, дейди.
Жуда-жуда хижолат бўлиб кетдим. Не хасратда йиққан ўша пулни бузиб мен учун харажат
қилиб келди-я. Булар қанақа одамохун кишилар ўзи!
Шафтоли арчиб еб ўтириб минг хаёлга борибман. Ўзимни бу олижаноб одамлар ўрнига
қўйиб кўраман. Хаётда мен хали нимани кўрибман. Ўқиш, қорин тўйдириш ташвишидан бошқа
нимани кўрибман? Олдинда жуда жиддий, мураккаб хаёт борлигини қаёқдан биламан. Одамлар
орасига энди киряпман. Булар мен учратган биринчи кишилар.
Сафарга чиқиш олдидан, тўғриси, андак ташвишда эдим. Қаёққа бораман, кимлар қўлига
тушаман? Қоқилсам, йиғилсам биров кўтариб қўядими? Ўксинган пайтларимда бошимни биров
силармикин? Студентлик стипендиямдан озроқ жамғариб, мусофир юртларда бир кунимга ярар деб эхтиётлаб қўйган эдим. Боя диванда кўзимни очишим билан, пулимни биров олиб
қўймаганмикин, деб беихтиёр ён чўнтагимга қўл тиққанимни уй эгаси сезмадимикин? Сезган
бўлса нима деган одам бўлдим.
— Турғунбойингиз хали-вери келмайди. Жой қилиб берсам ётасизми?— деди хотин
дастурхондан косаларни йиғиб оларкан.
Нима дейишимни билмай дудуқландим. Жувон хижолат бўлаётганимни сезиб, уйдан кўрпа-
ёстиқ олиб чиқиб шафтоли тагидаги раскладушкага жой қилиб, чироқни ўчирди... Ойдинда у
ўзига супа ўртасига ўрин тўшаётганини кўриб турибман. Ечинаётганини кўрмаслик учун бу
ёнбошимга ағдарилдим.
Тун жимжит. Ариқда сув жилдирайди. Ён-веримга тап-тап қилиб, шафтоли тўкилади. Тол
новдалари орқасида юзлари тилим-тилим бўлганга ўхшаб ой кўринади. Хамма ёқда сўлим ва
осуда ёз кечаси хоким.
Катта ховлининг ўртасида хусни бир жахонга татийдиган жувон ётибди. Аммо менинг
кўзларимга уйқу илинмайди. Юрагим хаяжондан гупуллаб уради. Қувончми, ўкинчми, билиб
бўлмайдиган аллақандай бир хис ичимни тимдалайди. Бу нима?
Болалигимни, дайди ўйларимни, тентак ниятларимни аллақаёқларга супуриб ташлаган нарса
бу уйдаги одамларнинг покизалиги, беғуборлиги эмасмикин?!
Шу уй, шу одамлар, шу сирли ойдин кеча менга янги оламнинг эшигини очиб бергандек
эди. Эрталаб уйғонсам, Турсунбой товуқ катагидан дўпписига тухум солиб эмаклаб чиқиб келаётган экан, У тухумларни хотинига узатар экан, менга қараб кўз қисиб қўйди.
- қуймоққа қалайсиз, мехмон,
Ошқозоним касал бўлганидан қуймоқ менга тўғри келмаслигини айтишга истихола қилиб, гап тополмай қолдим.
- ха, айтганча пархездаман, деганидингиз-а, бўлмаса сизга ширгурунч.
Овқат пишгунча икковимиз ариқ бўйига чўнқайиб шафтолихўрлик қилдик. У шундагина
кимлигимни, қаёқдан қаёққа кетаётганимни сўради. Айтдим.
- Бизнинг совхозда хам сизбоп иш бор. Аттанг, путёвкани шу ёққа олмабсиз-да. Э, аттанг!
Бир-икки кун турсангиз, янги машинада қишлоқни ўзим бир айлантирардим-да!
- Аввал машиналик бўлинг, ундан кейин гапиринг. Бу киши шунақалар.
Турғунбой хотинининг гапига кулиб қўяқолди.
Нонуштадан кейин Турғунбой мени автобусга чиқариб қўйди. Хотини билан, билмадим,
Қанақа хайрлашдим экан? Эсимда йўқ. Хар холда бу ажойиб хотинга муносиб қайноқ бир сўз
айтган бўлсам керак. Эсимда бор, кўзларида ажойиб бир табассум бор эди ўшанда.
Қайга борсам йўқолмаслигимга, хамиша атрофимда олижаноб кишилар бўлишига, уларнинг
ишонч тўла кўзлари порлаб туришига амин бўлиб сафарга кетдим.
Хар гал қишлоқдан станцияга ўтаётганимда томининг ярми шиферда ёпилган уйнинг қораси кўриниши билан юрагимда чиройли қислар халаён қилади. Ховли ўртасидаги бир туп шафтолининг бахорда пушти гулга бурканишини, ёзда сап-сариқ мевалар ларзон бўлишини,
кузда барглари оловдек ёнишини, қишда яланғоч новдаларига булдуриқ Қўнишини кўриб
ўтаман. Бу қутлуқ уйда мени ўзимга ўзимни танитган нурдек тиниқ, офтобдек иссиқ одамлар
яшайди. Тақдир менинг биринчи қадамимни шу остонага етказди.

Добавлено (04-Апр-2012, 13:06)
---------------------------------------------
Шу уй остонасидан очиқ юз
билан эртанги хаётимга боқанман.
Шу уйга, шу одамларга ихлос билан таъзим қилгим келади.

Kitob o'qi deb o'rgatgan Dilyaga (Feruza) kotta raxmat!

Добавлено (04-Апр-2012, 15:23)
---------------------------------------------
Abadiy gul

Avtobus cho‘l o‘rtasida to‘xtab, suv almashtirib olishi kerak. Bu yerda hech kim yashamaydi.
Yo‘lovchi mashinalarning suv almashishiga atayin quduq qilingan. Quduqdan ikki metrcha narida bir
up atirgul ochilib turibdi. Uning yonidagi taxtachada shunday yozuv bor:
«Yo‘lovchi, quduqdan suv olib ichganingda shu gul tagiga bir piyola suv quy!»
Avtobus kelishi bilan yo‘lovchilar o‘zlarini quduqqa urishadi. Chelakda suv tortib birov stakan
botiradi, birov piyola botiradi. Besabrroqlari chelakni ko‘tarib chetidan simirishadi.
To mashina motori soviguncha u yoq-bu yoqqa qarab cho‘lni tomosha qilishadi va albatta gulga
ko‘zlari tushadi. Shunda taxtachadagi yozuvni ham o‘qishadi. Birin-ketin piyolada suv oborib gul
agiga quya boshlashadi. Qarabsizki, hademay gul tagidagi chuqurcha suvga to‘ladi.
Avtobus yana yo‘lga chiqadi. Kimsasiz cho‘l o‘rtasida shu fayzsiz yerlarga jilva berib birgina gul
qoladi. Yana avtobus ko‘rinadi, kechga borib yana...
Cho‘lning olovdek oftobi uning bargini quritolmaydi. Tomirlariga jon berib turgan tuproqning
namini havoga uchirolmaydi.
Chunki bu yerdan kuniga uch marta odam o‘tadi, uch marta shu gulga suv beradi.
Bu — abadiy so‘lmas gul.


Faqat 3 ta shart!
 
fer_shonСана: Душанба, 09-Апр-2012, 12:48 | Изох # 31
Рўйхатда
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 9
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 530
Холати: Хозир йўқ
[b]Shaharlik kuyov (hikoya).
O’tkir Hoshimov
[/b]
To‘ng‘ich kuyov bo‘lganimiz uchunmi, qishloqqa borsak, darrov shaharlik kuyov keldi, deb ovoza bo‘lib ketadi. Olmoqning bermog‘i bor, deganlaridek, tez-tez javob vizitlari ham bo‘lib turadi. Yaqinda yana shunday bo‘ldi. Ishdan qaytib eshikni ochishim bilan yangangiz Tursunoy ro‘paramga keldi.
— Tsh... — dedi u ko‘rsatkich barmog‘ini labiga bosib. — Sekinroq, namoz o‘qiyaptilar.
— Kim? — dedim men ham beixtiyor pichirlab.
— Bog‘bon amaki.
— Kim u, bog‘bon amaki?
Tursunoy shuncha yildan buyon bog‘bon amakini tanimaysizmi, degandek qoshini chimirdi.
— Qishloqda u kishini hamma taniydi. Xudo yarlaqab bir kelib qolibdilar.
Sekin yechinib, oyoq uchida uyga kirdim. Bog‘bon amaki televizorning antennasini mo‘ljallab sajdaga bosh qo‘ygan ekanlar. Anchadan keyin ko‘tarib, o‘ng tomonga, chap tomonga salom berdilar-da, qaddilarini rostlab, menga o‘girildilar.
— Assalomu alaykum, kuyov bola! Xo‘p salomatgina bormisiz? — Bog‘bon amaki bilan birinchi marta ko‘rishib turgan bo‘lsak ham eski qadrdonlardek quchoqlashdik. Odamni bir qarashda bilsa bo‘ladi. Bog‘bon amaki ko‘p odamoxun kishi ekan. Dasturxon atrofiga o‘tirishimiz bilan mosh-guruch soqolini tutamlab gapga kirishib ketdi.
— Bu deyman, kuyov yigit, ishlar ko‘payib ketdimi? Qishloqqa kam boradigan bo‘lib qoldingiz. Qaynotangiz ko‘p asl odam-da! Bolalikdan tepkilashib katta bo‘lganmiz. Shu deng shaharga ketyapman, deb qolmaymanmi! Bizning farzandlarimiznikida o‘n-o‘n besh kun turib kelmasangiz qattiq xafa bo‘laman, deb turib oldi. Men ham yuzidan o‘tolmadim.
— Juda yaxshi qilibsiz, rahmat, — dedim quvonib.
Bog‘bon amaki, u dunyoni ham, bu dunyoni ham baravar olib boradiganlardan ekan. Osh oldidan qittak-qittak haligi narsadan qilsakmikan, degandim, noz qilib o‘tirmadi.
— Ha, endi buning o‘zi harommas. Kayfi harom, — dedi piyolani qo‘liga olib. Shundan keyin ikkovimizning ham qulfi dilimiz ochilib ketdi. Bog‘bon amaki og‘zidan bol tomib yangangizni maqtay ketdi.
— Tursunoy qishloqning eng oldi qizi edi-da, o‘ziyam. Baxtingiz bor ekan. Shundoq qizimizga uylandingiz. Qaynotangizni aytmaysizmi? Shaharga uzum sotgani ketyapman desam, gastinisa-pastinisa qilib urinib yursangiz, betingizga qaramayman, deydi-da! Bu yil bozorda uzum serob. Shu kunda sotib qolmasak, erta-indin yanayam arzonlashib ketadi. O’n-o‘n besh kun bir g‘ayrat qilamiz-da, endi. Yolg‘iz qo‘llik qilmayin deb, jiyanni olib kelganmiz. Bozorda uzumga qorovul bo‘lib qoldi. Uyam siz bilan bir otamlashmoqchi o‘zi. O’qishga kiraman, so‘t bo‘laman, deydi. Topgan hunarini qarang.
— Nega olib kelmadingiz? — dedim astoydil ranjib.
— Aytayapman-ku, bozorda qorovullik qilib qoldi. Ertaga albatta olib kelaman. Xo‘p ulfat yigit-da, o‘ziyam!
Yarim kechgacha gurunglashib o‘tirdik. Keyin Tursunoy bog‘bon amaki ikkalamizga uyga joy solib berdi. O’zi balkonga chiqib yotdi. Bir xonalik uyda turgandan keyin odam o‘rganib ketarkan. Ayol mehmon kelib qolsa, men, erkak mehmon kelsa, Tursunoy balkonga chiqib ketadi.
Bog‘bon amaki so‘zida turadigan odam ekan. Ertasiga ishdan kelsam chust do‘ppi kiygan, ixchamgina yigit bilan gurunglashib o‘tirishibdi.
— Ie, assalomu alaykum! — Yigitcha sakrab turib men bilan quchoqlashib ko‘rishdi. — Sog‘-salomat yuribsizmi, pochchajon? Eshik-ellar tinchmi, pochchajon! Bardamgina yuribsizmi, pochchajon? Tog‘amlar bilan bir kelib qolgandik. — U bog‘bon amakiga ishora qildi. — Pochchang bilan otamlashmasang bo‘lmaydi, deb turib oldilar. Tursunoy opamizning xo‘jayinlari bilan tanishamanu quvonmaymanmi, deb yugurib keldim. Mening bozor-o‘charga tobim yo‘q. Asli bu yerga o‘qishga kirish uchun kelganman. Bir yordamlashib yuridicheskiyga joylab qo‘ymasangiz bo‘lmaydi, pochchajon. Hozir tanish-bilishsiz ish bitmaydi.
— Bilasizmi, o‘qishga kirish qiyin, — dedim ming‘illab. — Mening tanishlarim yo‘q.
Bog‘bon amakining qulog‘ida lokator bor ekanmi, ming‘illab aytgan gapimni ham darrov eshita qoldi.
— Ashnaqa demasinlar-da, kuyov! Siz ham so‘t tayyorlaydigan institutda ishlaysizmi, axir?
— Amakijon, men domla emas, aspirantman, — dedim tushuntirib.
— Aspirantmi-maspirantmi, bir joyda ishlagandan keyin baribir emasmi? — Bog‘bon amaki astoydil ajablandi. — Men ham boqqa suv taragan suvchiga besh-o‘n yashik uzum beramanmi? Buyam shunga o‘xshagan narsa-da! Institut ham o‘zlariga dehqonchilik!
Nima deyishimni bilmay turgan edim, oshxona tomondan Tursunoyning yo‘talgani eshitildi.
Bunaqa "adresli" yo‘tallarning ma’nosini yaxshi bilib qolganman. Meni chaqiryapti. Darrov oldiga chiqdim.
— Go‘rga unaqa deysizmi? — dedi pichirlab. — O’zini olib qochyapti, deb o‘ylamaydimi?
— Nima qilay, rostini aytayapman-da!
— Qishloqdagilar sizni butun shaharni yotqizib turg‘izadigan odam, deb o‘ylashadi. Bir gap qilarmiz, deya qo‘ya qoling. Ha, undan keyin. — Tursunoy ovozini yanayam pasaytirdi. — Anavu sapojki o‘lgurni olmasam bo‘larkan. Uyda bir tiyin pul qolmabdi. Mehmonlar yana o‘n-o‘n besh kun turadiganga o‘xshaydi. Oylikkacha biror yerdan pul topmasangiz bo‘lmaydi.
Bu kecha ham mehmonlar bilan allapallagacha gaplashib o‘tirdik. Tog‘a-jiyanni xoli qoldirish uchun alohida joy qilib berdik. Yangangiz odatdagidek balkonda, men bo‘lsam oshxonada yotdim. Oshxonaga o‘rnashib qolgan piyozdog‘ hidi ko‘nglimni bir oz behuzur qilganini hisobga olmaganda juda yaxshi uxladim.
Ertalab qo‘ng‘iroq tovushidan uyg‘onib ketdim. Shosha-pisha yo‘lakka chiqsam, Tursunoy chaqqonlik qilib, allaqachon eshik oldiga borib olibdi. U eshikni ochdi-yu, atlas ko‘ylak kiygan, sochini maydalab o‘rgan ayolni ko‘rib, qichqirib yubordi.
— Voy, Adol, o‘zingmisan?!
Ikkovlari bir-birining quchog‘iga otilishdi, cho‘lpillatib o‘pishishdi.
— Bu mening dugonam — Adolat, — dedi Tursunoy entikib. — Bolalikdan birga o‘sganmiz.
Adolat ichkariga kirar-kirmas iymanib pichirladi.
— Men yolg‘iz emasman, — u yuzlari lovillab qizarganicha, Tursunoyning qulog‘iga bir nima deb shivirladi.
— Voy, shunaqami! — Tursunoy quvonganidan qarsak chalib yubordi. — Chaqir bo‘lmasa. — U menga qarab tushuntirdi. — Adolatning to‘yi yaqinda bo‘ldi. Kuyov ikkovlari Toshkentga o‘ynagani kelishgan ekan.
Zum o‘tmay kattakon chamadon ko‘targan novcha, oriq yigit kirib keldi. Tog‘a-jiyanlar, kelin-kuyovlar, o‘zimiz to‘planishib nonushta qildik. Hamqishloqlar sog‘inishib qolishgan ekan, xo‘p gurunglashishdi.
— Gastinitsaga borsak joy yo‘q, — dedi Adolat kelinlarga xos tabassum bilan. — Shu yoqqa qarab kelaverdik. O’n-o‘n besh kun turib, Tursunoyni xursand qilib kelinglar, deb ayamlarning o‘zlariyam aytgan edilar.
Boyadan buyon jim o‘tirgan kuyov endi gapga aralashdi.
— To‘yga bormadinglar-da! — dedi u gavdasiga yarasha ingichka tovushda. Gapirganida uchli baqbaqasi likkillab turarkan. Endi payqadim. "Bizni to‘yga aytmovdinglar shekilli", degim keldi-yu tag‘in o‘ylab qoldim. Kim bilsin, balki Tursunoyga xat-pat yuborishganu men bexabar qolgandirman.
— Men Toshkentga uch yil oldin bir kelganman. Juda o‘zgarib ketibdi, — dedi kuyov yana baqbaqasini likkillatib.
— Bu kishining o‘zlari sizlarga shaharni tomosha qildiradilar, — yangangiz menga imo qildi. — Shunaqa paytda o‘ynab qolmasanglar, keyin vaqt topilmaydi.
— Biz ham shuni o‘ylab turgandik, — kuyov tasdiqlab bosh silkidi. — Ko‘chaning chetiga ka-a-a-ta qilib "San’at ustalari kontserti" deb yozib qo‘yibdi. Apisha! Baqqa kelayotganda ashi kansertga tushamiz, deb qo‘ygandik. Parishtalar omin degan ekan. Pochchamiz to‘rttagina bilet topsalar birgalashib tomosha qilamiz!
Nonushtadan keyin Tursunoy bilan yo‘lakka chiqib maslahatlashdik.
— Endi bundoq qilamiz. Ishxonadagi o‘rtoqlardan qarz ko‘tarib turaman. Joy masalasini bunday taqsimlaymiz. Kelin-kuyovga ichkariga joy qilib berasan. Yosh narsalar ekan. Bir-biridan ajratish yaxshimas. Bog‘bon amaki balkonda, jiyani oshxonada yota qolsin. O’zing bir amallab kavshandozga joylasharsan. Men kechqurun, mehmonlar bilan o‘tirishib bo‘lgandan keyin ishxonamga borib yota qolaman. Ishimiz ikki smenalik deb bahona qilaman.
— Mayli, — dedi Tursunoy pichirlab. — Faqat tezroq pul topmasangiz bo‘lmaydi. Aksiga olib ko‘k choy ham qolmabdi.
Pulni olgandan keyin qaysi bozorga borsam ekan, degan o‘y bilan zinadan tushib ketayotgandim, bir oz xirillagan ovoz eshitildi.
— Ie, assalomu aleykum, kuyovto‘ra!
Cho‘chib boshimni ko‘tardim. Ro‘paramda yuzlari oftobda qoraygan, chayir gavdali, qo‘sh belbog‘ bog‘lagan kishi turardi. Pastdan esa besh-olti yoshlardagi bolasini yetaklab semiz xotin harsillab chiqib kelardi.
Notanish kishi ko‘rishish uchun quchoq ochgandi, qo‘limni cho‘zib qo‘ya qoldim.
— Ie, tanimadilar shekilli, kuyov? — dedi u ranjib. — Qishloqqa borganlarida hamsuhbat bo‘lgandik. Qarta o‘ynagandik. Pirra! Ammo o‘zlari pirraning xo‘p hadisini olgan ekanlar! Qatorasiga yetti marta qoldirgandingiz...
— Kelaveringlar, kelaveringlar, — dedim damim ichimga tushib. — Bemalol...
— O’zlariga yo‘l bo‘lsin? — dedi "pirrachi".
— Menmi? Men ko‘chib ketyapman. Aspirantlar uyiga! — shunday dedimu, uchta zinani bitta qilib sakrab-sakrab pastga tushdim-da, ko‘chaga otildim.
 
bek88Сана: Якшанба, 15-Апр-2012, 22:48 | Изох # 32
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 1565
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 649
Холати: Хозир йўқ
Birov 5 erdan qolgan bir ayolga uylanibdi. To'satdan 6 er ham kasal bo'lib qolibdi. Xotini ko'yinib, erini yostig'ini boshida yig'lab:
-Voy begim, meni kimga tashlab ketyapsiz? -desa, eri:
-7 eringga! -deb javob beribdi.


Sayyod.com hayotim bir bo'lagi.
 
LoadingСана: Чоршанба, 18-Апр-2012, 15:58 | Изох # 33
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
TUYNUK

Badalbek yangi ichkuyov bo‘lganidan hali qo‘ni-qo‘shnilarini tanimaydi. Bugun dam olish kuni,
Badalbek nima qilishini bilmay hovlida aylanib yuribdi. Ko‘chaga chiqay desa, qayoqqa boradi? Bitta
yarimta o‘rtog‘ini boshlab kelay desa, hali qayin onasining fe’lini bilmaydi. U qo‘lini orqasiga qilib
aylanib yurarkan devor tepasidan bir g‘isht qiya bo‘lib tushib ketay-tushib ketay deb turganini ko‘rib
qoldi. Darrov shotini sudrab kelib devorga tiradi. Shotining bir pog‘onasiga oyoq qo‘yishi bilan
kallasiga: qo‘shnining xotini kishidan qochadigan bo‘lsa, andeshalik ish bo‘lmasmikin, degan o‘y
keldi.
U po‘sht, deb devor tepasiga chiqdi-yu, qo‘shni hovliga qaramay osilib qolgan g‘ishtni oldi. Bir
mahal:
— Hormang, qo‘shni, — degan ovozni eshitib beixtiyor hovliga qaradi.
Mo‘ylovdor bir yigit deraza moylayotgan ekan, qo‘lidagi cho‘tkasini bankaga tashlab devor tagiga
keldi.
— Qani, bir tanishib qo‘yaylik, pochcha, — dedi u ham shotichasini sudrab kelib devorga
tirmashar ekan.
Ularning har ikkovi ham devordan bel bo‘yi baravar ko‘tarilib qo‘l olib ko‘rishishdi.
— Buni qaranga, qo‘shni, yo‘g‘-e, pochcha, bitta shisha konyak qachondan beri egasini topolmay
javonimning bir chekkasini xira qilib yotgandi. Egasi o‘zingiz ekan-ku. Hozir olib chiqaman.
Qo‘shni Badalbekning hay-haylashiga qaramay shotidan tushib uyga yugurdi. Birpasda shimining
bir cho‘ntagida shisha, bir cho‘ntagida piyola bilan lapanglab chiqdi.
— Shoshmang, — dedi Badalbek ham bo‘sh kelmay, — singlingiz antiqa varaqi qilgan edi,
konyakka varaqidan boshqa zakuska o‘taversin.
Badalbek bir taxsimcha qilib varaqi olib chiqdi.
Ikki qo‘shni devorga bag‘rilarini berib bir piyoladan otib gapga tushib ketishdi. Ikkinchi piyoladan
keyin devorga minib olib, xotirjam uchinchi piyolani ichishdi.
Badalbekning qaynanasi qizini chaqirib, eringga ayt, yangi kuyov qo‘ni-qo‘shnilar oldida uyat
emasmi, deb qoldi. Ichkuyovga go‘rni bir nima deb bo‘ladimi? Dunyoda ichkuyovdan nozik narsa
yo‘g‘-a!
— Menga qarang, qo‘shni,— dedi mo‘ylov. — Asli bizga devorning keragi yo‘q ekan.
Bu gap Badalbekka ham yog‘dek yoqib tushdi.
— Mana shu gapingizga borman-da. Qo‘shni oshi uzatadigan kichkinagina tuynuk ochib qo‘ysak
bo‘larkan.
— Iya, iya, kichkina emas, durustroq, rasmana bir lagan osh o‘tadigan tuynuk bo‘lishi kerak.
Ikkovi maslahatlashib hozirning o‘zida tuynuk ochadigan bo‘lishdi. Qo‘shni u tamondan, Badalbek
bu tomondan tesha urib ishga tushib ketishdi. Konyak zo‘r kelib birpasda tuynuk ochildi. Ammo
mo‘ljal to‘g‘ri bo‘lmagan ekan, yonma-yon ikkita tuynuk ochilib qoldi. Qo‘shni hazilga olib: bittasi
zakuska uzatishga, deb hiringlab kuldi.
Tuynukning chetlarini somonli loy bilan chiroyli qilib suvab qo‘yishdi. Tuynuk-ku chiroyli chiqdi-ya, ammo Badalbekning kuyovlik sarpolari rasvo bo‘ldi. Xotini g‘iring deyolmadi, ichkuyovga go‘rni
bir nima deb bo‘ladimi!
Konyak konyakligini qildi-yu, Badalbek ayvonda uxlab qoldi. Bir narsa taraqlab uyg‘otib yubordi.
Boshini ko‘tarib qarasa kimdir tunuka tomni taraqlatib yuribdi. Badalbek jahl bilan hovliga tushdi. Bir
bola tomda kaptar quvib yuribdi.
— Hoy, qanaqa yaramas bolasan, tush tomdan. He axloqsiz!
Tuynukdan qo‘shnining mo‘ylovi ko‘rindi.
— Pochcha, undoq demasinlar, bizzi erkatoya.
Badalbek indamay uyga kirib ketdi. Kechga yaqin qo‘shnining so‘kingani eshitildi.
— Hu egangga o‘xshamay o‘l!
Badalbek hayron bo‘lib turgan edi, baraq mushuk tuynukdan jon holatda sakrab o‘tib uning
oyog‘iga suykaldi.
— Hoy, qo‘shni, unaqa demasinlar, mushuk hayvon, bilmagan-da!
Uch-to‘rt kungacha ikkala qo‘shni ne-ne umidlar bilan ochilgan qo‘sh tuynukka yaqin kelolmay
yurishdi. Ichkuyovchilik emasmi, Badalbek sal narsaga zarda qiladigan, sal narsaga arazlaydigan qiliq
chiqazdi. Qaynonasi uning bu fe’lidan kuyinib nasihat qilgan edi Badalbek bobillab berdi. Xotin oraga
tushib ishni katta qilib yubordi. Butun oila a’zolari uch kungacha bir-birlariga to‘rsayib yurishdi.
Ro‘zg‘orchilik emasmi, yana boyagi-boyagi bo‘lib ketishdi. Bular-ku unutib yuboriladi, ammo uydagi
gap tuynukdan chiqib ketgan ekan og‘izdan og‘izga, quloqdan quloqqa o‘rmalab o‘tib moshdek gap
tarvuzdek bo‘lib uyga qaytib keldi. Badalbek qo‘shninikiga emas ko‘chaga tuynuk ochganini bilib
qoldi. Qo‘shni tushmagur bularnikidan tiq etib tovush chiqsa tuynuk tagiga kelib o‘tirib olar ekan.
To‘yga kelolmagan og‘aynilaridan uch-to‘rttasi Badalbekni tabriklash uchun sovg‘aga magnitofon
ko‘tarib kelib qolishdi. Hovliga suv sepib, supaga joy qildirib, o‘rtoqlarining oldiga dasturxon yozdi.
Yigitlar magnitofonni qo‘yib yuborishdi. Devor orqasidan qo‘shnining yo‘talganini Badalboy
eshitmadi. Qo‘shni qattiqroq yo‘taldi. Badalbek yana eshitmadi. Oxiri qo‘shni tuynukdan bosh chiqarib
soat so‘radi. Ammo Badalbek qo‘shnining mehmonlar oldiga chiqqisi kelayotganidan bexabar bilagiga
qarab: chorakam olti, deb qo‘yaqoldi. Qo‘shni birpasdan keyin yana tuynukdan bosh suqib,
avtoruchkaning siyohi bormi, deb so‘radi. Badalbek yo‘q, dedi.
Mehmonlar o‘yin-kulgi qilib o‘tirishipti. Badalbek yelib yugurib xizmat qilib turibdi. Qo‘shni
eshikdan kirib mehmonlar bilan birma bir ko‘rishib, telefon qilmoqchi edim, deb ayvonga o‘tib ketdi.
Ancha vaqtgacha kim bilandir cho‘zilib gaplashdi. Hech kim uni dasturxonga taklif qilmaganidan,
zarda bilan trubkani joyiga tashladiyu olifta yurish qilib chiqib ketdi. U chiqib ketganidan sal o‘tmay
devordan tutun yopirildi. Mehmonlar o‘tirgan supa devor tagida bo‘lganidan tutun buralib-buralib
ularning ustiga yopirilardi.

Добавлено (18-Апр-2012, 14:57)
---------------------------------------------
Birov yo‘talib, birov ko‘z yoshini artib nima bo‘ldi, degandek Badalbekka
qaradi. Badalbek bo‘lsa jahl bilan tuynukka boshini suqdi. Qarasa qo‘shni devor tagida katta
samovarga ho‘l o‘tin tashlayapti.
— Hoy, qo‘shni, insof kerak, samovarni sal narroqqa oling.
Qo‘shni uning betiga qaramay to‘ng‘illadi.
— Endi o‘z uyimda ham choy qaynatib icholmayman-mi?!
Badalbekning qaynonasi qo‘shnining fe’lini bilarkan shekilli, ayvonga joy qilib mehmonlarni o‘sha
yoqqa taklif qildi. Magnitofon yana sayrab ketdi. Bir mahal tuynukdan qo‘shnining xotini bosh suqdi.
— Hoy, insof degan narsa bormi? Bolamni uxlatolmayapman-ku. Anavi savilning ovozini
o‘chirsanglar-chi. Qanaqa betamiz ichkuyov ekan, bu!
Badalbekning zardasi qaynab shartta o‘rnidan turdi-yu, tuynuk og‘ziga samovar patnisni mixlab
keldi. Qo‘shni ham daranglatib bir baloni qoqib tashladi. Ertasiga ikkala qo‘shni loyga qorishib bir-
birining betiga qaramay tuynukni suvab qo‘yishdi.
Ana shundan keyin qo‘shnilar tinchib ketishdi. Yaqinda Badalbek eshigining oldidagi tolni
sug‘arayotganida mahalla komissiyasining muovini bir gap aytib qoldi. Qo‘shni unga, sizga atab yerevandan bir shisha antiqa konyak oldirib kelgan edim, manavi turqi sovuq qo‘shni ichib qo‘ydi,
konyak ham qulog‘ini ushlagancha uvol ketdi deganmish. Badalbek ham bo‘sh kelmadi.
— Yaxshi ham sizga buyurmagani, konyak emas, ichiga qant kuydirib solingan o‘zimizning
jaydari araq edi,—dedi.
Ikki qo‘shni yuz ko‘rmas bo‘lib ketishardi-yu ko‘pchilik bo‘lib, yana tuynukni ochib qo‘yishdi.
Qo‘shni singlisini kuyovga chiqazayotgan edi, mahalla aktivlari o‘rtaga tushib Badalbekning hovlisiga
qozon qurishdi. O‘sha tuynuk boshqatdan ochilib undan palov ham o‘tdi. Mastava ham. To‘y o‘tib hali
tuynuk bekilgani yo‘q. Ishqilib ko‘z tegmasin, oxiri baxayr bo‘lsin, shu tuynuk bahona oling qo‘shnim,
bering, qo‘shnim, bo‘lib turibdi.
Ha aytgancha qo‘shni uch-to‘rt kishi bo‘lib ot so‘yib qazi qildirayotgan ekan, Badalbekka, siz ham
sherik bo‘ling, deb katta boshini kichik qilib atayin chiqibdi, Badalbek ham odam, bir gap aytdi.
— Telefonga qiynalyapsiz, ikkovimizniki bir nomer bo‘la qolsin.
Qo‘shni sevinganidash bitta konyagim bor, olib chiqaymi, deb qoldi.
Badalbek yo‘q deyolmadi.
O‘sha kuni ikki qo‘shni bir-birini yalashdi, yulqashdi. Biri akamsan, dedi, biri ukamsan, dedi. Oxiri
shu bo‘ldiki, bunaqa ahil qo‘shnilarga devordagi tuynuk torlik qilayotgani ma’lum bo‘ldi.
Hikoyamni nima bilan tugatay? Ular shu xilda ahil bo‘lib ketishdi desamu, ketidan bir ishkali
chiqib qolsa nima qilaman?
O‘liptimi, ishkali chiqmas.

* * *

Ushbu hikoya bitib nashriyotga olib ketayotganimda yangi gap eshitib qoldim.
Ikki qo‘shni qalin og‘ayni bo‘lib, og‘iz-burun o‘pishib ketishipti. O‘rtadagi devorni buzib qoq
kesagini toklarining tagiga solishibdi. Hozir o‘sha devor o‘rnida taroqqa o‘xshagan chiroyli panjara
qo‘ndirishipti.
Bo‘yoq qo‘shnidan, bo‘yash Badalbekdan.

Добавлено (18-Апр-2012, 14:58)
---------------------------------------------
Said Axmad!


Faqat 3 ta shart!
 
bek88Сана: Чоршанба, 18-Апр-2012, 16:03 | Изох # 34
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 1565
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 649
Холати: Хозир йўқ
xa xa daxshat hikoya ekan. Maza qilib ko'ldim.

Sayyod.com hayotim bir bo'lagi.
 
Sokin_QalbСана: Чоршанба, 16-Май-2012, 21:15 | Изох # 35
Иштирокчи
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 177
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 35
Холати: Хозир йўқ
Профессор ва талаба . . . ! ! !
Университетда профессор - ўқитувчи талабаларга шундай савол берди:
- Барча мавжудот Худо томонидан яратилганми?
Бир талаба дадил туриб жавоб берди:
- Ҳа, Худо томонидан яратилган.
- Худо ҳамманарсани яратганми? – сўради профессор.
- Ҳа, сэр, - жавобберди талаба.
Профессорсўради: - Агар Худо ҳамма нарсани яратган бўлса, демак Худо ёмонликни хам яратган
экан-да, агар Худо бор бўлса. Ва, “биз қандай бўлсак, қилмишларимиз хам шунгаияраша бўлади”, тамойилигаи кўра, Худо ёмон экан-да?
Талаба бу гапларни эшитиб жим бўлиб қолди. Профессор фахрланиб, талабаларга, Худога ишониш бир афсона эканини яна бир бор исботладим, деб ўзича мақтанди.
Яна бир талаба қўлини кўтариб, сўради:
- Сизга савол берсам майлими, профессор?
- Албатта, - жавоб берди профессор.
Талаба туриб сўради: - Совуқлик мавжудми?
- Нима деганинг бу? Албатта мавжуд. Сен ҳеч қачон совуқ емаганмисан?
Талабалар унинг саволига кулишди.
Йигит жавоб қилди: - Аслида, совуқлик мавжуд эмас. Физика қонунларига биноан, биз совуқлик деб атайдиган нарса, аслида иссиқликнинг йўқлигидир. Инсонни ёки предметни, улар энергияни ютадиларми ёки ажратадиларми, билиш учун ўрганиш мумкин. Мутлақ нол – иссиқликнинг умуман йўқлиги. Бундай температурада бутун модда инерт бўлиб қолади. Совуқлик мавжуд эмас. Биз бу
сўзни, иссиқлик йўқ ҳолатини таърифлаш учун ўйлаб топганмиз. Талаба давом этди:
- Профессор, қоронғилик мавжудми?
- Албатта мавжуд.
- Сиз яна ноҳақсиз, сэр. Қоронғилик ҳам мавжуд эмас. Қоронғилик аслида ёруғликнинг йўқлигидир. Биз ёруғликни ўрганишимиз мумкин, аммо қоронғиликни ўргана олмаймиз. Биз оқ нурни турли рангларга ажратиб, хар бир ранг тўлқинининг турли узунликларини ўрганиш учун Нютон призмасидан
фойдаланишимиз мумкин. Бироқ сиз қоронғиликни ўлчай олмайсиз. Оддий ёруғлик нури қоронғиликни тешиб кириб, уни ёритиши мумкин. Бирон бир макон қанчалик қоронғи эканини сиз қандан биласиз?
Сиз ёруғликнинг қанча миқдори борлигини ўлчайсиз. Шундай эмасми? Қоронғилик – ёруғлик йўқлигида нима содир бўлишини таърифлаш учун инсон ишлатадиган тушунча.
Охир оқибат, талаба профессордан сўради: - Сэр, ёмонлик мавжудми?
Бу сафар, профессор ишончсизлик билан жавоб берди:
- Албатта, ҳали айтганимдек, биз уни хар куни кўрамиз. Инсонлар ўртасидаги шафқатсизлик, бутун дунё бўйлаб содир этилаётган кўплаб жиноятлар. Бу мисоллар ёмонликнинг намоён бўлишидир.
Бунга талаба қуйидагича жавоб қилди: -
Ёмонлик мавжуд эмас, сэр, ёки ҳар ҳолда, у ўзи учун мавжуд эмас. У ҳам қоронғиликка ва совуққа ўхшайди. Ёмонлик -бу Худонинг йўқлигини таърифлаш учун инсон ўйлаб топган сўз. Ёмонлик, ёруғлик
ва иссиқлик каби мавжуд бўлган ишонч ёки муҳаббат эмас. Ёмонлик инсон юрагида Худога бўлган муҳаббатнинг йўқлиги натижасидир. Бу худди совуқликка ўхшайди, иссиқлик бўлмаганида келади,
ёки қоронғиликка ўхшайди, ёруғлик бўлмаганида келади.
Профессор ўтирди. Ёш талабанинг исми - Алберт Эйнштейн эди.

P.s hikoyani kim yozganini bilmimanu... Lekin mani eng yaxwi körgan hikoyam!!!

илтимос, кўчириб қўяётганда тўғрилаб қўйишни унутманглар... komol_76


 
LoadingСана: Чоршанба, 16-Май-2012, 21:44 | Изох # 36
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
Sokin Qalb Raxmat! O'qib chiqib hulosamni yozaman!

Faqat 3 ta shart!
 
ShukronаСана: Чоршанба, 16-Май-2012, 21:49 | Изох # 37
Sayyod.com мухлиси
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Изохлар: 586
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
Yaxshi xikoya ekan raxmat
 
misSСана: Пайшанба, 14-Июн-2012, 12:10 | Изох # 38
Рўйхатда
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 13
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 604
Холати: Хозир йўқ
Sokin_Qalb, ta'sirli hikoyekan, raxmat.

Добавлено (14-Июн-2012, 11:10)
---------------------------------------------
Saida Zunnunova

IKKI O‘T ORASIDA

To‘y taraddudi boshlangandan beri Vaziraning tinchi battar yo‘qoldi. Mijja qoqmasdan tunni tongga ulaydi. Hayol olib ketaveradi, olib ketaveradi. Mana bugun ham shu ahvolda tong otqizdi. Hovliga chiqdi. Ertalabki salqin havo badanini junjiktirdi. Kuz boshlanyapti. Daraxtlarning bargi xira tortib qolgan. Osmon biram tiniq, bag‘riga singib ketging keladi. Vazira asta xo‘rsinib qo‘liga supurgi oldi. Xazonlar tusha boshlabdi.
Uyda budilnik jiringladi. Bir nafasdan keyin maktab harakatidagi ukalarining g‘ovur-g‘uvuri eshitilib qoldi. Ularga allanarsalarni uqtirib onasi uydan chiqdi. Vodoprovod jo‘mragi oldida yuz-qo‘lini yuvayotgan qiziga sinchkov nazar bilan qaradi.
— Namuncha erta turmasang?!
— Uyg‘onib ketdim.
Vazira uxlayolmadim, deyolmadi. Har qalay onasi-ku. Shundog‘am tushunib turgandir hammasiga. Taqdirlari shunaqa bo‘lgandan keyin nima qilsin? Kim biladi, bu taqdirga qaysi biri aybdor. Ularning yuraklarida ham bir armon, bir afsus bormikin? Balki ular ham Vazira kabi dardlarini ichiga yutib yotishgandir. U yigirma yoshga kirdi. Esini tanigandan beri yuragining bir cheti jizillab turadi. U yoqqa borsa, bu yerda onasi ma’yus ter-milib qoladi. Boradi-yu, onasining nigohi ko‘zidan nari ketmaydi. Iziga qaytadi. Xuddi shunday ma’yus nigoh bilan unga dadasi termilib qoladi. Uyiga qanday yetib kelganini bilmaydi. Endi uning butun xayoli dadasida qoladi. Lekin onasiga nima desin, aytolmaydi.
U doim mana shunday yashadi. Ikki o‘t, ikki olovning o‘rtasida yashadi. O‘rtalikda joy bormikin... Yo‘q, o‘rtada joy yo‘q. Ular qachon ajralishgan, nega ajralishgan, Vazira buni ham bilmaydi. Dadasi ham ro‘zg‘orlik bo‘lib ketgan, onasi ham. Arosatda Vazira qolgan, xolos. Nega uni o‘ylashmagan? Tili zaboni yo‘q uchun odam sanashmagandir.
Ukalari tapir-tupur qilib maktabga ketishdi. Ko‘chada mashina signal berdi. Dadasini ishga olib kettani keldi. Onasining iltimosiga ko‘ra Vazira bu kishini ham dada, deydi. Lekin har aytganda tili dilini kuydiradi. Iloji boricha kamroq murojaat qilishga harakat qiladi. Qiziq, ota-onani almashtirib bo‘larmidi... Tag‘in ota-onaning o‘zlari shuni talab qilib turishsa-ya.
Vazira kiyinib, sochini tarab turmakladi. Ko‘ylagining yelka choki pastga tushib qolibdi. Ozibdi. U asta ikkinchi uyga chiqdi. Tikka turganicha, istamaygina piyolaga choy quyib quruq ho‘play boshladi.
— Biron narsa yemaysanmi? — dedi onasi tashvish bilan, — bu ahvolda qanday o‘qiysan, bolam?
— Yegim kelmayapti.
Onasi unga tikilib jim qoldi.
— Chevarnikiga borasanmi?
— Dadam kelgin, degan edi bugun. Oraga yana jimlik tushdi.
— O‘sha yoqqa o‘tasanmi? — dedi onasi nihoyat.
— Aytgan edi.
Onasi Vaziraning ketidan ko‘chaga chiqdi. Vazira uning yuziga qaramasa ham hozirgi ahvolini bilib turardi.
— Tezroq qaytasanmi? — dedi onasi siniq bir ohangda.
— Ko‘raman.
Nega ko‘raman, dedi. Nega, xo‘p, deb qo‘ya qolmadi. U endi onasiga achina boshladi. Uning siniq ovozi qulog‘iga kirib olganday edi. Bu ovoz butun dars davomida ham qulog‘idan ketmadi. Koridorni to‘ldirib yurgan qizlarning kulgilari, suhbatlariga loqayd qarar, dugonalarining hazillariga hayol parishonlik bilan jilmayib qo‘yardi. Mana, yaqinda to‘y bo‘ladi. Dadasi, o‘zining dadasi bu to‘yga kelolmaydi. Unga oq yo‘l, baxt tilab kuzatib qololmaydi. Bu yoqda o‘yin-kulgi bo‘ladi, u yoqda dadasi hech narsa bo‘lmayotganday jimgina o‘tiradi. To‘y boshida turishi kerak bo‘lgan odam hatto, begona qatori ham to‘yga kelolmaydi. Vazira qachondan beri shuni o‘ylaydi. Bir marta onasiga salgina yorilib ham ko‘rdi. Onasi ancha vaqtgacha bir nima deyolmadi. Keyin ohista:
— O‘zing o‘ylab ko‘r, qizim, — dedi xo‘rsinib. — Bir kunlik to‘y o‘tar-ketar. Lekin bu yog‘i nima bo‘ladi? Kichkinaligingdan shu dadangning qo‘lidasan. Yuziga oyoq qo‘yish yaxshi bo‘lmas.
— Axir bir kunga, bir-ikki soatga kelsa...
— Shu bir-ikki soat mening turmushimni buzsa-chi?
Vazira indamay qoldi.
— Ro‘zg‘orlik bo‘lganingda tushunarsan hali, — dedi onasi yana sekingina.
Vaziraning yuragi seskanib ketdi. Ishqilib, turmushi yaxshi bo‘lsin. Hech kimning bolasi tirik yetim bo‘lmasin. O‘lsa o‘ldi, deydilar. Yonib so‘ngan bir o‘tning tafti, harorati qalbingda, xotirangda turadi. Lekin hadeb duch kelavermaysan.
Vazira kuyovnikidan kelgan sarupolarga ham, onasining qilgan sep-sidirg‘alariga ham yayrab, quvonib qaramasdi. Xammaning ham ko‘zi o‘tmaydigan, har kim ham ko‘ra olmaydigan, hammaga ham nasib qilavermaydigan bir boylik, bir baxt bor. Bu ma’naviy boylik, qalb boyligi, bu bag‘ri butunlik. U ana shuni orzu qiladi, uzun kechalarda hayol surib ana shuni tilaydi. Garchi o‘zi tanlagan yigitga turmushga chiqayotgan bo‘lsa ham ba’zan cho‘chiydi.
Darsdan chiqib, dadasinikiga ketdi. Hovlida arqondan sakrab o‘ynayotgan qiz uni ko‘rishi bilan to‘xtab qoldi. Keyin chopqillab to‘rdagi uylarning biriga kirib ketdi. Vaziraning yuragi darvozaga yaqinlashgandayoq ura boshlagan edi. Bu yerda hech kim unga yomon gapirmasa ham o‘zini noqulay sezar, qisilar, sig‘mayotganga o‘xshab turar, qovusholmasdi. U ariq labiga borib to‘xtab qoldi.
— Keling, kelavering, — ichkaridan o‘rta bo‘y, oriqroq bir ayol chiqib keldi. Uning orqasida haligi qizcha yovvoyi qarash qilib turardi.
Ayol Vazira bilan ko‘rishdi. Keyin kiziga po‘pisa qilgan bo‘ldi.
— Opang-ku, nega ko‘rishmay, indamay turibsan? Qachon aqling kiradi, qizim?
— Kel, Mavjuda, — dedi Vazira uni imlab, keyin sumkasidan bir plitka shokolad chiqarib uzatdi. — Ma, ol.
Mavjuda hamon o‘rnidan qimirlamasdi.
— Olsang-chi! — dedi onasi ham. Lekin u yugurganicha ko‘chaga chiqib ketdi. Vazira shokoladni uzatganicha qolaverdi. Ayol ayvondagi stol ustini artib, uni o‘tirishga undadi. Vazira stulga omonatgina o‘tirar ekan, qo‘lidagi shokoladni stolning bir chetiga ohistagina qo‘ydi. Ayol dasturxon yozish taraddudida edi.
— Ovora bo‘lmang. Hech narsaning keragi yo‘q... Dadam hali qaytmadimi? — Vaziraning ovozi ichiga tushib ketganday g‘alati, past eshitildi o‘ziga. O‘z otasini, negadir bu joyda, dada, deb atashga jur’at etolmasdi. Ayol indamaygina yurib stol ustiga uni-buni qo‘ygan bo‘ldi. Uzum chaygani ketayotganida Vazira o‘rnidan turdi.
— Men qila qolay.
— Yo‘q, yo‘q, o‘tiring. Siz mehmonsiz.
Ayol buni to‘g‘ri ma’nodami yoki kesatib aytdimi, Vazira bilolmadi. To‘y harakatida biron narsa undirishga kelgandir, deb o‘yladimikin? Dadasi shu kunni tayin qilgani uchun kelgan edi. Nima gapi, nima ishi bor. Vazira bilmaydi.
Darvozadan dambadam mo‘ralab turgan qizlar tapir-tupur qilishib yugurib ketishdi. Erkak kishining ovozi eshitildi. Mavjuda barvasta, ko‘rkam, chakka sochlariga oq oralagan kishining qo‘liga osilib, erkalanib kirib keldi. Vazira o‘rnidan turib, uning istiqboliga yurdi.
— Assalomu alaykum.
— Kel, qizim.
Vazira to‘xtab qoldi. Ko‘rishishga tortinib boshini egdi. Dadasi uning yelkasiga qoqib qo‘ydi.
— Qalaysan? O‘qishlarning durustmi?
— Rahmat. O‘zingiz yaxshi yuribsizmi?
— Yuribman, qizim, yuribman. Qani, o‘tir, — dadasi yechinishga bo‘lsa kerak, uyga kirib ketdi.
Choy ustida ham sira gap gapga qovushmadi. Mavjuda bo‘lsa dadasining yonidan bir qadam jilmas, goh bo‘yniga osilar, goh surkalar, Vaziradan ham nigohini uzmasdi.
— Ovqatinglar bo‘lay dedimi? — so‘radi dadasi.
— Bekorchimasman-ku! Ishdan yaqinda keldim, endi urinaman.
Bu qo‘rs javob oraga yana jimlik tushirdi. Vazira o‘rnidan turdi.
— Men ketay bo‘lmasa.
Dadasi indayolmadi. Ko‘zlarini pirpiratib, g‘alati bir mahzun qarash bilan unga tikildi. Vazira ayol bilan xayrlashdi.
— O‘tirmaysizmi?
— Rahmat, boray.
— Kelib turing.
Bu yaxshi so‘zlar hozir shu qadar sovuq, shu qadar qalbaki ediki, Vaziraning badanlarigacha muzlab qolayotganday tuyuldi. Dadasi uni kuzatish uchun ko‘chaga
chiqdi. Mavjuda hamon uning bir qo‘liga osilib olgan, dadasi bo‘lsa nimadir demoqchi, lekin aytolmasdi.
— Bor, stolda papirosim qolibdi, olib chiq! — dedi u. Mavjuda yugurgilab hovliga kirib ketdi. Shu payt dadasi cho‘ntagidan qog‘ozga o‘roqliq allanarsani oldi-da, shoshib Vaziraga uzatdi.
— Ola qol. Mendan ikkalanglarga esdalik bo‘lsin. Olmaslikni iloji yo‘q edi. Buning ustiga Mavjuda chiqib qolsa dadasining hijolat bo‘lishidan andisha qilardi.
— Bekor ovora bo‘libsiz.
— Nega endi? Unday dema. Kaming bo‘lsa ayt.
— Hech narsaning keragi yo‘q.
— Nega endi? Otangman axir.
— Rahmat, dada.
Vazira ko‘ziga kelgan yoshni kuch bilan qaytarib turardi. Hansiraganicha Mavjuda yetib keldi.
— Xayr, bo‘lmasa.
— Xayr, qizim. Baxtli bo‘lgin. Baxtli bo‘linglar.
Ota haliginday mahzun qarash bilan uni kuzatib qoldi. Endi Vaziraning ko‘zida ana shu mahzun nigoh turib qolgan edi. Bu nigoh uning oromini buzar, yurak-bag‘rini ezar, dadasining yoniga qaytgisi, bo‘ynidan quchoqlagisi, unga yaxshi-yaxshi gaplarni aytgisi kelardi. Lekin qaytolmasdi. Dadasining tinchligini buzgisi kelmasmidi yoki haddi sig‘masmidi, buni o‘z ham bilmasdi. Birdan qo‘lidagi qog‘ozni esladi. Yo‘lidan to‘xtamay uni ochdi. Ikkita tilla nikoh uzugi yaraqlab ketdi. Ularning biri kattaroq, ikkinchisi kichikroq edi. U to‘xtab uzuklarga yana tikildi. Keyin negadir orqasiga o‘girilib bir qaradi-da, ularni qog‘ozga o‘rab sumkasiga soldi.
Mashina shaldiratib allanarsa tikayotgan onasi uning kelganini bilib:
— Vazira, dadangga choy damlab bergin, — dedi o‘rnidan qo‘zg‘almay. Vazira javob bermadi. Uning ikkita otasi bor. Lekin na unisini, na bunisini astoydil, bag‘ri bag‘ridan, dada, deb chaqiroladi. Na unisiga, na bunisiga erkalik qiloladi.
Kunlar shu xilda o‘tib, to‘y kuni ham yetib keldi. Hovlida xotin-xalaj ko‘p, qarindosh-urug‘lar hammasi yig‘ilgan, Vazira ularning gaplariga loqaydlik bilan quloq solar, hayol parishonlik bilan goh gapini, goh qilayotgan ishini esidan chiqarib qo‘yardi. Ertalabdan yoniga kelgan yaqin dugonalari ham uning chehrasini ochisholmasdi.
— Kechqurun ham shunaqa tumshayib o‘tirasanmi? — dedi ulardan biri. Vazira zo‘raki iljayib qo‘ydi. Uning ko‘zidan otasining o‘sha kungi qiyofasi sira nari ketmasdi. Bugun to‘yligini biladi. O‘ylayotgandir. Lekin kelolmaydi bechora dadasi. O‘sha kuni sekingina, huddi o‘g‘rinchadek oq yo‘l tiladi, fotiha berdi. To‘yga kelgan ammasi ham qovushmay, chekka-chekkada yuribdi.
Kechqurunga borib qizlar Vazirani yasantirishdi. Qomatiga mos tikilgan uzun oq ko‘ylak unga juda yarashgan edi.
— Chiroyliligingni bilasanmi o‘zing? — dedi qizlardan biri hazillashib. Vazira yana kulib qo‘ydi.
O‘yin-kulgi bilan muzika sadolari ostida kuyov keldi. O‘rtoqlarining orasida qizarib, o‘ng‘aysizlanib turgan kuyovga Vaziraning ko‘zi tushdi. Yana dadasini esladi. Ularni yonma-yon o‘tqazishdi. Qadahlar to‘ldirildi, tabriklar, tilaklar boshlandi.
— Kuyov-kelinning baxti uchun! — deb qichqirdi kim-dir. Qadah jarangladi. Vazira entikdi. Ko‘z yoshlari yuziga tushdi. U ro‘molini to‘g‘rilagan bo‘lib yuzini pana qildi. Uning yuragi unsiz xitob qilardi:
— Bag‘ri butunligi uchun, denglar odamlar! Farzandga ota-ona bag‘ridek keng, tinch joy bo‘lmaydi. Agar uni kemtik qilib qo‘ysanglar, ostonasini tillo qilib bersanglar ham tatimaydi. Bu kemtikni to‘ldirolmaysizlar. Bolalaringizga bag‘ri butunlikni tilanglar, odamlar!
Vaziraning ahvolini sezdimi, kuyov asta unga engashdi.


Ko'zlaringda men ko'zingda baxtni ko'rsam bas!
 
LoadingСана: Якшанба, 15-Июл-2012, 04:05 | Изох # 39
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
/// / / / / / / / ///
Muhabbat oyatlari.

Oysha jasoratli axli ayol, haqiqiy muslima ekanini holis Alloh uchun isbotlab berdi.
Tanishuvdan bir oy o'tib turmush qurdilar. Hech qancha vaqt o'tmay Maria va Oysha uchrashishdi. Mariya qancha urunmasin Fahriga bo'lgan munosabatini sezdirib qo'ydi. Lekin bu Oysha uchun faqat do'stlik degan hulosani beroldi halos. Ertasi kuni Fahri uyga qaytib eski buzuq kompyuterini uyda yo'qligini ko'rib xayron qoladi. Oysha unga so'ngi modeldagi apple notebook hadiya qildi. Mana shundan alg'ov-dalg'ovlar boshlandi. Buzuq comp Mariyani eslatib turadigan bir buyum edi. Eng asosiysi Fahri bu matoxni o'zining xalol puliga sotib olgandi. Mashaqqati bor edi. Fahri aslida shu mashaqqati haqida gapirgan edi. Oysha biroz qizishdi, qizg'ondi. Ko'cha eshik taqillab Fahri bilan guruhdosh qizning otasi-ayoli bilan kirib keldi. Iltimoslari g'alati bo'ldi. Qizlarini ikkinchi hotin qilib olishni Fahriga taklif qilishdi. Oysha zina oldida bu sovchilarni gaplarini eshitti. Birin ketin "Mo'min" yigit deb o'ylagani hotinboz bo'lib chiqmoqda. Fahrini mobil aparatiga navbatdagi sevgi maktubi keldi. Oysha uni o'qidi. Mexmonlar rad javobni olgach uyga qaytishdi. Oyshani ko'zlariga qanday qarasin. Bu voqiyalardan o'zi ham gangib qoldi. Fahri bunday bo'lishini sira bilmagandi. Oysha unga indamadi. Unga yana ishondi. Eshik taqillab, Fahrini qamoqqa olish haqida orderni ko'rsatib mirshablar kirib keldi. U qamaldi. Ayiblov xammasidan o'tib tushdi. Fahri qo'shni binoda yashovchi qizni zo'rlagan. Misrda bu jinoyat uchun faqat o'lim jazosi beriladi. Oysha quloqlariga ishonmay qoldi. Lekin so'ngi haftada bo'lgan voqiyalar uni aqildan ozdira yozdi. Oysha muslima bo'lsada u Germaniya fuqorosi edi. Bunday vaziyatda nima qilishni Allohning o'zi zehniga soldi. Lekin biror dalil yo'q. Pora berib olib chiqishni Fahriy qattiy rad etti. Dunyodagi sinov uchun ular haromga botishni hohlashmadi. Yagona yo'li, Mariani topish uni sudda guvohlikka chaqirib kelish. Maria bu ishni jon-tani bilan qilardi, qo'shni qizning o'gay otasi guvohlarni yoqotish uchun Mariyani mashinada urib ketkandi. Alhamdullilah Maria soppa-sog' lekin "o'z Misri"dan ayrilgan Maria uzoq uyquga ketkandi. U uyg'onishni istamas edi. Oysha ana shunda muslima ayolgina qilishi mumkin bo'lgan vazifaga kirishdi. Mariani topti. Uning oyisi bilan suhbatlashdi. Mariani Fahriga bo'lgan sevgisini tan oldi. Bu yugur-yugur, chop-choplar bir qancha oyga cho'zilib ketti. Oysha Fahridan bir ishni qilishni iltimos qildi. Mariyaga sevgi izhor qilishni. Fahri Oyshani qattiq sevardi. Mariaga bo'lgan iliq tuyg'ularini yashirishga, kezi kelsa unutishga harakat qilardi. Fahri avval rozi bo'lmadi. Oysha esa uchrashuv honasini tark etarkan "bizga siz keraksiz"dedi. Oysha homilador edi. Fahri qilmagan ishi uchun o'lishni istamas edi. U dictofonga Mariyaga bog'liq xamma hotiralarini yozib berdi. Oysha uni Mariaga qo'yib berdi. Maria axvoli og'rlashganidan kasalxonga o'tkazilgan edi. Unda jonlanish bo'ldi. Lekin kasallik ortka chekinmadi. Shifokor Fahrini olib kelishni foydasi bo'ladi deb ishontirdi. Bu ishda Germaniya tashqi ishlar bo'limi, Germaniya elchixonasi hodimi, Misr sudi hodimlari yordam berishdi.
Aqilni shoshirib qo'yadigan Allohning mujizasiga etibor bering. Ibrat olaylik.
Kasalxonada Fahri, Oysha, Maria. Hona tashqarisida Shifokor va Mariani onasi. Fahri Oyshaga ijozat so'ragan bo'lib qaradi. Oysha uzi Mariani qulini ushlatib qo'ydi. Fahri so'zlarkan Mariaga jon kirdi. Tomiridan qon oqishi sezila boshladi. Fahri Nil va Mirs haqidagi hotirasini yakunladi. Oysha buni qanday qiloldi bilmadim. "Endi uni qo'lini so'rang." Fahrini ko'zlari Oyshaga qadaldi. Hech qachon degan aniqlik bor edi uning nigohida. Oysha o'zi Mariani bezantirdi, kelinchak qilib kiyintirib, pardoz qilib qo'ydi. Oysha Fahrini shu qadar sevardiki, nikoh o'qilar ekan uni bardoshi yetmadi. Kasalhona yo'lagida ko'zlaridan marjon yosh to'kib yig'ladi. (Qandaysana muslima ayol?! Jannat senga yarlagan bo'lsin.) Maria ko'zini ochti. O'ziga keldi. "Meni tashlab ketma Fahri"deya murojat qildi. Oysha hali bundan be habar yo'lakda turardi. Xona eshigi oldida turgan Nasroniy dinidagi onani "La ilaha ilolloh Muhammadur Rasululloh" deganini aniq eshitdi.
Navbatdagi sud kunida Maria nogironlar aravasida kirib kelganini ko'rib jabirlanvchining o'gay otasi chuqur buf tortib kaftiga mushtladi. Mariaga so'z berildi.
- Hadichani o'gay otasi bir necha marotaba ko'chada so'kinib tepkilaganini ko'rganmiz. Faxri deyarli har safar unga yordam berishni istardi. Lekin qizning shaniga gap deb har safar yordam berolmasdi. Bu yovuz ota faxrida qasti bor ekan. Usha kuni Fahri bilan telefonda gaplashdim. U mendan Hadichani uyimga olib kirib ketishimni iltimos qildi. Men istamadim. Fahri menga, "qizlarni ko'z yoshiga chidolmayman" deb aytdi. Shunda men qo'rqib bo'lsada Hadichani ichkariga olib kirdim. Va biz Sofiyani yani Fahrini guruhidagi qizning uyiga olib bordik. Bir haftadan so'ng Hadichani haqiqiy ota-onasini Fahri topib keldi. -- Guvohlar minbariga Sofiya taklif qilindi. Sofiya Fahriga bo'lgan sevgisi javobsiz qolgani bois guvohlikni nomalum dalilar bilan so'zladi. Uning gaplarida Fahrini ayibdor deyish istagi bilinib turardi. So'z Mariaga berildi.
- Men shu qizlar kabi Fahrini juda sevaman. Ammo... -- Hadicha ortiq chidolmadi. Joyidan o'qdek turib sudyaga qarab yurdi.
- Men ortiq chidolmayman! Usha kunda, Fotih meni zo'rladi. Sababi men Fahri haqida gapirib yubordim. U meni uzoq xo'rladi va miq etsam o'ldirishni aytdi.

Добавлено (15-Июл-2012, 03:05)
---------------------------------------------
Muhabbat oyatlari.
Davomi...
Men esa Fahriga yetishni istagandim. Usha kuni u meni Sofiyani uyiga olib bordi. Keyin haqiqiy ota-onamni topib berdi. Men unga iltimos bilan maktub yozdim. Javobsiz qoldi. Oradan ko'p o'tmay u uylanganini eshitib qoldim. Chidolmay shu bo'xtonni toptim. Homiladorligim aniq belgilar berishni boshlagandi. Meni zo'rlagan Fotih, Meni kechirilar. Endi meni ota-onam kechirisharmikan? -- Hadicha ayibdorni aytdi. Uni qo'lga olishdi. Hadichani haqiqiy otasi amaldorlardan edi. Fahrini iltimosi bilan qizini kechirdi.
Oysha, Fahri, Maria. Fahriga qiyin bo'ldi. U doimgi maslaxatdoshi Bura deb qisga chaqiradigan do'sti oldiga keldi. U quydagi maslahatni berdi. "ularni hech qachon birdek ushlab bo'lmaydi. Ko'nglini ololmaysan. Seni yagona to'g'ri ishing shunday qilishga harakat qilishing."
Maria hastalik tufayli yana kasalxonaga tushdi. U to'shakda, yonida dunyodagi eng mehribon insonlari Oysha, yuqoriroqda Fahriy peshin namozini farzini o'qishni boshlashdi. Qo'lida nasroniylik belgisi bilan Maria so'ngi namozini so'ngi salomini berolmay olamdan ko'z yumdi.

Hozir soat 3:05 tungi. Kimni qalamiga mansub ekanini ertaga compdan qarab yozib qo'yanan. Man faqat esimda boricha yozdim. Sokina bu kitobni o'qigan yoki eshitgan bo'lsalar kerak?
Qisqasi barcha chunarsizliklar uchun kechirasilar.


Faqat 3 ta shart!
 
GulilolamСана: Якшанба, 15-Июл-2012, 05:38 | Изох # 40
Рўйхатда
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 2
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 82
Холати: Хозир йўқ
Loading, katta rahmat judayam zo'r tariflabsiz faqat ozginagina xatoliklari bo'libdi.
Hadicha bu zo'rlanga qizni dugonasi u kinoda ishtirok etmagan faqat Nura (o'sha tuxmat qilgan qiz) unga telefon qilib otasi uni sotib yubormoqchi bo'lganini aytadi.
O'gay otasining ismi Bahodir edi.
Keyin Sofia emas Fahrining kursdoshi Nurulning yotiqxonasiga olib borishadi.
Suddagi dialoglar ham ozgina xato ketibdi.
Maxmadonaligim uchun uzr bu kinoni rosayam yaxshi ko'raman bir necha marta ko'rganman ))

Man ham kitobni nomini bilmas ekanman agar topsam albatta o'qiyman inshoolloh.
Asar Habiburrahmon al Sheroziyga tegishli ekan.


Kirmoq oson emas bu nurli yo'lga...

Изохни тахрирлади (ўзгартирди) Gulilolam - Якшанба, 15-Июл-2012, 05:40
 
LoadingСана: Якшанба, 15-Июл-2012, 08:17 | Изох # 41
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
P.S ha compni yoqolmadim. Bosh qaxramonlarni ismini va ular bilan bo'lgan voqialarni ko'proq eslab qolibman. ))

Добавлено (15-Июл-2012, 07:17)
---------------------------------------------
Raxmat! Endi kinoni ko'rmagan userlani ko'rib ko'rilik. Ularga qanday yetkazildi ekan?
Raxmat Gulilolam!


Faqat 3 ta shart!
 
misSСана: Чоршанба, 05-Сен-2012, 12:10 | Изох # 42
Рўйхатда
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 13
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 604
Холати: Хозир йўқ
Said Ahmad

MEHRIBON

Poezd Toshkentga yaqinlashgan sari Qunduzxonning yuragi qattiqroq ura boshladi. Bundan ikki yil avval shu stantsiyadan unga oq yo‘l tilab qolgan ona endi yo‘q. U o‘tgan yili bahorda tug‘ruqxonada o‘lgan. Qizning nazarida, ona perronda hamon ro‘mol silkib turgandek edi.
Poezd stantsiyaga kirib keldi. Perron to‘la odam. Hamma vagon eshigiga qarab yuguradi. Ular orasida faqat ona, Qunduzxonning onasi yo‘q, xolos.
Qiz chamadonchasini ko‘tarib vagondan tushdi, odamlar orasidan turtina-turtina chetga chiqib, dadasini qidira boshladi. «Telegramma yetib kelmaganmikin» deb dilidan o‘tkazdi Qunduzxon. Yo‘q. Dadasi odamlar orasida ko‘rinmadi. Onasi bo‘lsa, albatta, chiqar edi. Gul tutib kutib olardi. Qizning atrofga javdirab turgan ko‘zlari xomush yerga boqdi. Qiz ko‘ngli o‘ksidi.
Ne-ne orzu-umidlar bilan o‘stirgan farzandining balog‘at yoshini ko‘rolmagan onalar, farzandlik qarzini o‘tolmay armonda qolganlar qalbini tirnab kelgan dardu alamini ifoda qilib bo‘larmidi.
Atrofni quvnoq kulgiga to‘ldirgan mana shu odamlar orasidan Qunduzxon bundan ikki yil avval yo‘qotgan onasining mehribon-munis siymosini qidiradi. Qani u, ko‘zi yorib, bir parcha etda o‘z istiqbolini ko‘rolgan va unga baxt tilagan ona! Yoshlik yillari uning sochlarini mayda qilib o‘rib qo‘yadigan mehribon qo‘llar qani? U endi abadiyan yo‘qlikka ketdi.
Qunduzxon bo‘shashib chamadonchasiga o‘tirdi. Iyagini kaftiga tirab, bir nuqtaga tikilganicha xayolga toldi.
Ona o‘ldi. Tug‘ruqxona doyasi qo‘lida yig‘lab turgan chaqaloq hali ko‘z ochmay ona sutidan, visolidan begona bo‘ldi. U kunlari Qunduzxon Moskvada o‘qishda edi. Bu qayg‘uli xabarni qiziga qanday qilib bildirishni bilmagan ota uzoq vaqt sukut saqladi. Oxiri yozishga majbur bo‘ldi.
Qunduzxon o‘zini har qancha tutishga urinmasin, og‘ir yo‘qotishning azobi uni qiynar, ezar edi. Yozgi imtihonlar boshlandi, bir fandan yiqildi. Qayta topshirish uchun yoz bo‘yi tayyorlandi. Yana o‘qish boshlanib, Toshkentga kelolmay qoldi. Uni faqat singlisi, hali na onasini va na opasini ko‘rmagan chaqaloqning ahvoli qiynar edi. «Onasiz holi nima kechdi ekan?» Qunduzxon faqat shu haqda o‘ylardi.
Qunduzxon bosh ko‘tarib atrofga qaradi, odamlar allaqachon tarqab ketgan, uni to‘rt sutka yo‘l bosib olib kelgan poezd bir zumda bo‘shab qolgan. Gazeta kioskada oldida sochiga oq oralagan, o‘rta yoshlardagi bir xotin unga qarab turardi.
— Siz Qunduzxon emasmisiz? Darrov tanidim, suratingizga o‘xshar ekansiz. — Xotin tez-tez yurib kelib, u bilan quchoqlashib ko‘rishdi. Hali o‘zini o‘nglab olmagan Qunduzxon bu xotinning bag‘rida ko‘pdan unutilgan o‘z onasining isini tuydi.
Bir eslab ko‘ring! Onalarda qandaydir bir is bo‘ladi. Bolalik yillarimizda ona bag‘rida erkalanib yotarkanmiz, dimog‘imizga o‘rnashib qolgan o‘sha ona isini katta bo‘lganimizda ham unutolmaymiz.
— Dadangiz zarur bir ish bilan idorada band bo‘lib qoldilar. O‘zim chiqdim.
Qunduzxon bir so‘z demadi. Bu xotin kim, nima uchun u Qunduzxonni kutgani chiqdi. Bu to‘g‘rida o‘ylab ham ko‘rmadi. Ona isidan mast bo‘lgan qiz itoat bilan uning ketidan shahar maydonchasiga chiqdi.
Havo ochiq, kuz oftobi tilla rang yaproqlar ustida chaqnar, tiniq osmonda kumushdek yaltirab kaptarlar uchardi. Mashina asfalt yo‘ldan tekis suzib, kuz shamoli to‘kkan barglarni ikki tomonga uchirib borardi. Mashina oynasidan baland, hushqomat imoratlar lip-lip o‘tib turibdi. Ko‘chalar gavjum, tug‘ilib o‘sgan, go‘daklik yillarining eng beozor kunlari o‘tgan «Sharq» kinoteatri oldidan o‘tarkan, Qunduzxonning ko‘z oldida yana o‘sha munis-mehribon onaning yoqimli siymosi gavdalandi.
Mashina kurant ro‘parasidagi uch qavatli bino oldida to‘xtadi. Xotin chamadonni qo‘liga olib yerga tushdi-da, Qunduzga yo‘l berdi. Katta darvoza oldidagi sahnda o‘rtoqlari bilan o‘ynab yurgan ikki yoshlardagi qizcha yugurib kelib xotinga tashlandi.
— Taniyapsizmi? — Xotin Qunduzga o‘girildi, — singlingiz Lolaxon.
Qunduzxon qizning ko‘ziga qaradi-yu, unda o‘z onasining ko‘zini ko‘rdi. Yuragi urib ketdi. Qizchani ko‘tarib bag‘riga bosdi. Lola yotsirab o‘zini chetga tortdi va xotinga qarab talpindi.
— Voy, opanglar-ku, Moskvadagi opanglar-ku, — dedi xotin Lolani bag‘riga bosib.
Lola ko‘zlarini katta-katta ochib Qunduzga qaradi.
— Menga nima olib keldingiz?
— Sengami, ancha narsa olib keldim.
— Uxlaydigan qo‘g‘irchoq ham olib keldingizmi? Qunduz javob o‘rniga uning yuzidan o‘pdi.
Uyga kirishdi. Xotin ichkari xonaga kirib yo‘l-yo‘l xalat kiyib chiqdi-da, stol ustiga yoyib qo‘yilgan dasturxonni ochib yubordi.
— Qunduzxon, avval bir dushga tushib olasizmi-a?
— Mayli, — Qunduzxon go‘yo sehrlangandek javob berdi.
Vaqt juda tez o‘tardi. U dushdan chiqib artinayottanda ham «bu xotin kim, nega muncha mehribonchilik qiladi?» degan savol miyasidan nari ketmasdi. Xotin kirdi, qo‘lidagi xitoy shoyisidan tikilgan xalatni uning yelkasiga tashlar ekan, qo‘shib qo‘ydi:
— Razmeringizni bilmadim. Kengroq bo‘lsa tuzatib berarman.
Shu payt Lolaxon hali yengi o‘rnatilmagan ko‘ylakni etagidan sudrab kirdi.
— Opa-chi, opa, ayam menga ko‘ylak tikib berdilar. Judayam ko‘ylagim ko‘p. Qizil ko‘ylagimni ko‘rsataymi?
Xotin yugurib kelib uning qo‘lidan ko‘ylakni oldi.
— Voy, qizim tushmagur-e, hali bitgani yo‘q-ku. Qunduzxon turgan yerida qotib qoldi. Singlisining «ayam», bu xotinning «qizim» deyishi uning qulog‘iga o‘qdek qadaldi. Demak, demak, u...
Qunduz yuzini panjalari bilan berkitib, ichkari uyga yugurdi, o‘zini karavotga tashlab, yig‘lab yubordi. Uning ko‘zi oldida yana ona gavdalandi. U qiziga xomush termilar, nimadir demoqchi bo‘lgandek lablarini juftlab turardi. Qunduz ko‘z yoshlaridan ho‘l bo‘lib ketgan yostiqni surib qo‘yib, o‘ng yonboshiga ag‘darilgan edi, devorda, zarhal ramkadan kulib qarab turgan onasining suratiga ko‘zi tushdi.
Eshikdan mo‘ralab turgan Lola hayronlikda ko‘zini pirpiratib, orqasiga qaytdi.
— Aya-chi, aya, opam yig‘layaptilar.
Xotin xomush o‘tirib qoldi. Elektr choynagining jo‘mragidan parillab bug‘ ko‘tarilar, to‘lqini adashgan radiopriyomnik muttasil xirillar edi.
— Siz ham yig‘layapsizmi? — Lola xotinning yelkasiga osildi. Xotin qizchani tizzasiga o‘tqazib, uning boshini siladi.
— Boshingiz og‘riyaptimi?
— Xd, qizim, boshim og‘riyapti.
Xotin mashaqqat bilan o‘rnidan turdi-da, asta-sekin yurib Qunduzxon o‘tirgan uyga kirdi. Qunduzxon hamon onasining suratiga termilib, xomush o‘tirardi. Xotin ham suratga qaradi.
«Qani edi, o‘z bolalaringga o‘zing bosh bo‘lsayding, baxtini ko‘rsayding. Men sening baxtingga sherik bo‘lmoqchi emasdim... Sening yo‘qligingni bildirmasam, bolalaring ayozda sovqotmasa, kiri yuvuqsiz, qozoni osiqsiz qolmasa, deyman. Ularni o‘zing niyat qilgandek tarbiya qilsam, deyman. Bayramlarda, to‘yu tamoshalarda o‘ksinmasa, yetimligi bilinmasa, deyman...»
Xotin ro‘molining uchi bilan ko‘z yoshlarini artib oldi-da, qo‘lini Qunduzxonning yelkasiga qo‘ydi.
— Hammasiga tushunaman. Og‘ir, juda og‘ir. Biroq menga ham... O‘zganing farzandiga ona bo‘lishdek og‘ir ish yo‘qligini bilaman.
Xotin yuragini to‘lqinlatib turgan fikrlarni aytish uchun so‘z topolmadi. Xo‘rsindi.
Darhaqiqat, ona o‘z bolasini sho‘xlik qilganda urishadi, vaqti kelganda jazo beradi. Ammo o‘zganing bolasiga shundoq qilib bo‘ladimi. Ularga onalik qobiliyatining eng nozik vositalari bilan yondashmoq kerak.
O‘gay onalar haqida el og‘ziga tushgan turli-tuman latifalar, chidab bo‘lmas ta’nalar tushunchamizga yelim-dek yopishib qolgan. Bu munosabatlar hamon ular xizmatini kamsitib keladi.
Qunduzxon kechki ovqat vaqtida ham xomush o‘tirdi. Yechinib o‘rniga yotarkan, tomog‘ini bo‘g‘ib kelayotgan alam va iztirobni qaytarmoqchi bo‘lib harchand urinsa ham bo‘lmadi. Begona xotinni ona deb atashga tili bormas, bunga uni mutlaqo huquqsiz deb bilardi.
Qo‘shni xonada chiroq o‘chdi. Devordagi soat o‘n bir marta zang urdi. Xotin hamon uxlolmay, uy ichida kuymalanib yurardi. Lolaning ijirg‘anib yig‘lagan ovozi eshitildi. Yana chiroq yondi.
— Voy, qizim, isitmang bor-ku. — Bu xotinning ovozi edi.
Qunduz shoshib, yostikdan bosh ko‘tarib, quloq soldi. Shkaf eshikchasi g‘iyqillab ochildi. Oyoq tovushi. Lola hamon ingrardi.
Qunduz qiya ochiq eshikdan qo‘shni xonaga qaradi. Xotin Lolaning qo‘ltig‘iga qo‘ygan termometrni olib chiroqqa solib qaradi-da, uni bir silkib stol ustiga qo‘ydi. Lolaning karavotchasiga engashib, uning ko‘z milklarini yirib ko‘rdi va uni ko‘tarib, uyning u boshidan bu boshiga yura boshladi.
Qunduz o‘rniga kelib yotdi. O‘zganing farzandida o‘ziga nisbatan farzandlik hissini qo‘zg‘atolgan xotinga yuragining allaqaerida muhabbat uchquni yilt etib ketganini sezmay qoldi.
Ko‘zini uyqu bosdi.
Dadasi ishdan kech qaytdi. U ish kiyimini yechib, bolalarini uyg‘otib yubormaslik uchun oyoq uchida yurib Lolaning karavoti tepasiga kelib engashdi.
— Qunduzxon keldi.
— A?! — U xotinining ko‘ziga qaradi.
Uning bu qarashida uch ma’no bor edi. Biri, ko‘pdan sog‘ingan qizini ko‘rishga shoshilish, ikkinchisi, sevgan onasidan ajralgan qizning iztirobi holatini ko‘rishga yuragi dov bermaslik, uchinchisi o‘gay onaga bo‘lgan munosabatda biron ko‘ngilsizlik bo‘lmaganmikin degan shubha edi.
— Uxlayapti, — dedi xotin u yotoq eshigini ochayotganida, — bezovta qilmay qo‘ya qoling, charchab kelgan, uxlasin.
U ovoz chiqarmay bir yo‘talib oldi-da, ichkari kirdi. Stol ustidagi ko‘k abajurli chiroqdan Qunduzxonning yuziga havoyi bir nur tushib turardi. «Onasining o‘zi, ko‘zi ham, yuz tuzilishlari ham xuddi onasi...» deya dilidan o‘tkazdi ota.
Er-xotin allavaqtgacha uxlayolmadi. Er tez-tez papiros chekar, xotin esa Lolaning tepasidan nari ketmasdi.
Qunduzxon uyg‘onganda, dadasi katta toshoyna oldida yuziga sovun ko‘pigini surib, soqol olayotgan edi. U apil-tapil kiyinib dadasining oldiga chiqdi.
Ota oynadan qizining aksini ko‘rishi bilan qo‘lidagi buyumlarini tashlab, uni bag‘riga bosdi.
Qunduz, go‘yo shu ikki yil ichida hech qanday voqea bo‘lmagandek, o‘zini quvnoq tutdi.
— Qizim, dadangdan xafa emasmisan?
— Nega xafa bo‘lay, juda to‘g‘ri qilgansiz...
Ular stol atrofiga o‘tirishdi. Dasturxonda xonaki pechenelar, atirgul nusxa tort va turli xil mevalar bor edi.
— Ayang sening kelishingga uch kundan beri tayyorlanadi.
Ayang so‘zi Qunduzxonning qulog‘iga g‘alatiroq eshitildi. Lekin ota oldida o‘zini tutdi. Sezdirmadi.
— Ishga ketadigan vaqtim bo‘lib qoldi, ayang Lolani doktorga olib ketgan edi, sen bir oz dam ol, hozir kelib qolar.
Ota tez-tez kiyinib, uydan chiqdi. Qunduzxon yolg‘iz qoldi. U bir oz xayol surib turgach, ichkari uyga kirib, garderobni ochdi. Kichik ilgakchalarda Lolaning tekis dazmollangan ko‘ylaklari, kichik uyga kirdi, unda Lolaning o‘yinchoqlari. Xonalarning hammasi ozoda, deraza pardalari oppoq, uy anjomlari yiltirardi. Hamma yoqda didli, mehribon xotinning qo‘li sezilib turardi.
Qunduzxon yo‘qotgan onasini yana topgandek bo‘ldi, bu xotinda o‘z onasini — uning mehru muhabbatini ko‘rdi.
Narigi uydan Lolaning ovozi eshitildi. Qunduzxon yugurib chiqdi. Xotin qo‘lidagi buyumlarni stolga qo‘yayotgan edi.
— Dadangiz ketib qoldilarmi?
— Hozir ketdilar. Lola tuzukmi, ayajon?
Xotin turgan yerida dong qotib qoldi. Qunduz uni ayajon deb atadi, u yo yanglish eshitdimi?! U xursandligidan entikdi. Bu so‘z uning yuragiga iliqqina borib tegdi. Ona ko‘ngli tog‘dek ko‘tarildi. U baxtdan entika-entika Qunduzxonning boshini silar, erkalardi.
Qunduz uning og‘ushida ona isidan mast bo‘lib ko‘zlarini yumdi.
1955 yil.


Ko'zlaringda men ko'zingda baxtni ko'rsam bas!

Изохни тахрирлади (ўзгартирди) misS - Чоршанба, 05-Сен-2012, 12:10
 
GiyosСана: Чоршанба, 05-Сен-2012, 13:42 | Изох # 43
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 1130
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 59
Холати: Хозир йўқ
Juda yaxwi hikoya ekan. Rahmat Nodira.

Sog' salomatlik...
 
misSСана: Шанба, 02-Фев-2013, 10:22 | Изох # 44
Рўйхатда
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 13
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 604
Холати: Хозир йўқ
Said Ahmad 
                                                                    
ONAJONLAR

Bugun uch kun bo‘ldi kampirdan darak yo‘q. Unga juda o‘rganib qolgan edik. Har
gal u sutmi, shaftolimi olib kelganida, baragimizga kirib, u yoq-bu yoqni
sinchiklab qarardi-da, koyishga tushib ketardi. Idishlarimiz yuvuqsiz,
o‘rinlarimiz yig‘ishtirilmay qolganini u kelgandagina sezardik... To‘g‘risi,
uning koyishlari bizga yoqardi. Uning tovushini eshitganda har kim qishloqda
qolgan o‘z onasini eslab ketardi.
U ketganda kuni bilan jaziramada ishlab charchashimga qaramay uyimni, onamni,
ukalarimni o‘ylab, ancha vaqtgacha uxlayolmay yotardim. Saraton oftobi
qovjiratgan sahro giyohlari kech shabadada allaqanday hid chiqarib, butun cho‘l
bo‘ylab aylanib yurardi. Osmon to‘la yulduz. Oy tepaga kelib, qimirlamay turib
oladi. Daryo shovillaydi. To‘g‘on tepasida elektrpayvand chaqin chaqadi. Uning
o‘kdek yugurik ko‘kimtir nuri tepamdan o‘tib, cho‘l qo‘yniga kirib ketadi.
Bu manzara, bu hislarni ko‘pincha sezmay qolardim. Kampir kelib-ketgan
kunlardagina shunaqa hislar vujudimni qamrab oladi. Olamni ko‘rayotgandek
bo‘laman. Shu sokin oqshomda qaerdadir, juda olisda jang ketayotganini, o‘t
chaqinlari orasida kampirning o‘g‘li goh emaklab, goh yugurib oldinga
intilayotganini ko‘rib turgandek bo‘laman.
Oramizda onalik mehriga to‘ymagan yetim bolalar ham bor edi. Ular kampir
kelganda atrofida girdikapalak bo‘lishardi. Topgan-tutganlarini oldiga to‘kib
solishardi. Shunday bo‘lsa ham u koyishdan tinmasdi. Hadeb bizni urishaverardi.
Bilaman, onalar shunaqa bo‘ladi. Bolani, hatto u bola-chaqalik bo‘lganda ham koyiyverishadi.
Kim bilsin, u ham yolg‘izlikdan o‘rtanib, dilini yozish uchun oldimizga
kelayotgandir. Kim bilsin, u bizni ko‘rganda o‘g‘lini ko‘rgandek bo‘lar.
Uch kun bo‘ldi uni ko‘rmaganimizga. Bugun ish zo‘r bo‘ldi. Kuni bilan zavoddan
qaynoq tsement tashidim. Mashinamning kabinasi jaziramada dazmoldek qizib
ketdi. Horib-charchab kelarkanman, kampir to‘g‘on ustida meni kutib turardi.
— Ne’matdan xat, o‘qib ber, bolam.
Uning qo‘lidan uch burchak xatni olib, tabelchining budkasiga boshladim.
Naryadchi qiz kursisini bo‘shatib berdi. Xatni o‘qiyotganimda kampir ikki
qo‘lini tizzasiga tirab, jimgina quloq solib o‘tirdi.
O‘g‘li sog‘-salomatligini aytib, yaralanib gospitalga tushib qolganini, yaqinda
uyiga butunlay javob tegishini aytgan edi. Kampirning ko‘zlari besaranjom
bo‘lib qoldi. Qo‘limdan xatni olib orqa-o‘ngini ag‘darib qaradi.
— Hammasini o‘qidingmi? Biron joyini tashlab ketmadingmi? Qaeridan
yaralanganini o‘qib bermading-ku!
Xatda Ne’mat qaeridan yaralanganini aytmagan edi. Kampir tashvishda qoldi. Xat bilan
bo‘lib, budkaga qizlar kirishganini, ular jim turib suhbatimizga quloq
solishayotganini bilmay qolibmiz.
Qizlar kampirni alahsitish uchun birdan chuvillab yuborishdi.
— Xolajon, o‘g‘lingiz kelganda meni kelin qilasizmi?
Kampir unga qarab kulib yubordi.
— Senimi? Ahvolingni qara, soching paxmoq, burning puchuq.
— Ho, — dedi gap qotgan qiz, — yaxshilab qarang, pardoz qilsam oydek kelin
bo‘laman.
Hammamiz qotib-qotib kulishdik. Kampir birdan qizlarni koyib ketdi.
— O‘zlaringga qarasangiz bo‘lmaydimi, qiz bola degan o‘ziga qarab turadi.
Uyimga keling, qatiq ivitib qo‘yganman, bosh-moshlaringni yuvib olasanlar.
O‘smam ham otquloq bo‘lib yotibdi.
Kampir ketdi. U ketdi-yu, qizlarning kulgilarini ham o‘zi bilan olib ketgandek
bo‘ldi. Birdaniga hammasining uyi, onasi, onasining beozor koyishlari esiga
tushib ketdi. Qoziqda dazmollanganicha qolib ketgan atlas ko‘ylaqdan tortib,
ko‘ngilni rom qilgan yigitigacha, ariq bo‘yidagi oshrayhondan tortib, bolamning
nasibasi deb yedirmay, ariga talatmay onalari saqlab qo‘ygan so‘ridagi
uzumgacha shu onda budka ichiga kelib qolgandek bo‘ldi.
Shu-shu bo‘ldi-yu, kampir baragimizga kelmay qo‘ydi. Uni goh katta yo‘lda,
dasturxonga tugilgan paxtani boshiga qo‘yib, goh chelakda ohak olib
ketayotganini ko‘rib qolardik.
Bilib turibmiz. U o‘g‘lining kelishiga tayyorlanayotibdi.
Uning uyi bosh to‘g‘on tushayotgan do‘ngning nari yog‘idagi o‘rikzorda edi.
Hovlisidagi bir tup azamat sadaqayrag‘och uzokdan ko‘rinib turadi. Eri daryoda
qayiqchilik qilgan. Islohot yillari erini dushmanlar daryoga cho‘ktirib
yuborishgan. Bitta-yu bitta o‘g‘li frontga ketgan. Huvillab qolgan katta
hovlida bir o‘zi yashaydi. Kechqurunlari eshigi oldidagi supada hassasini yerga
tirab, o‘g‘lining yo‘liga ko‘z tutib o‘tiradi. Qorong‘i tushgandagina kirib,
alla-pallagacha uxlamay, tiq etsa eshikka qarab yotadi. Diqqati oshib, dili
qorong‘i bo‘lib ketgan kezlarda chelakni shaftoliga to‘ldirib, yotog‘imizga
kelib qoladi. Bizni koyib-koyib taftini bosib ketadi.
O‘zingiz bilasiz, nimaiki yangi gap chiqsa, avval shofyor xalqi biladi.
Boshlig‘imizning mashinasini haydaydigan hamkasbim bir gap aytib qoldi. Ertadan
daryoning eski yo‘li to‘silarmish. Suv ko‘tarilganda o‘rikzorni suv bosarmish.
Uch-to‘rt kundan keyin o‘sha yerda yashaydiganlar ko‘chirilarmish.
Shu gapni eshitdimu, yuragim jiz etib ketdi. Demak, kampir ham boshqa yoqqa
ko‘chiriladi. Axir, u o‘g‘lining kelishiga uy oqlab, devor-toshlarini
tuzatayotgan edi-ku!
Oshnamning aytgani keldi. Garajda majlis bo‘lib, bizni o‘rikzorliklarni
ko‘chirishga ajratishdi. Kampirni ko‘chirishni o‘zim so‘rab oldim.
Erta bilan ming xijolatda mashinamni kampirning uyiga olib bordim.
Kampir supada ikki tizzasiga qo‘lini tirab o‘tirardi. Bosh ko‘tarib menga
qaramadi. Atrofga razm soldim. Imorati ancha nurab qolgan bo‘lsa ham, devorlari
oqlanib, deraza oynalari artilib, top-toza qilib qo‘yilgan edi. Hovli
supurilgan. Ariq bo‘yida atirgul, qashqargul ochilib yotibdi. Devor yonidagi
ikki tup shaftolining shoxlari egilgan. Supadan daryo, to‘g‘ondagi kranlar
ko‘rinib turibdi. Hovli ichi jimjit. Motorlarning shovqini eshitilmaydi.
Ilgarigi vaqtlarda xotinlar bazm qilishganda, erkaklar eshitmasin deb deraza
oldilariga suv to‘la chelaklarni terib qo‘yishardi, deb eshitardim. Demak, suv
ovozni to‘sar ekan-da. Bo‘lmasa quloqni bitiradigan motor tovushlari
eshitilmasmidi. Kampir boshini ko‘tarmay, «keldingmi?» dedi.
Nim^a deyishimni bilmay serrayib turib qoldim.
— Yo‘q, uyimga achinmayman. Hukumatdan ayaydigan joyim yo‘q. Odamlar jonini
ayamayapti-ku, shu kulbaga hukumatdan pul olamanmi?! Men shunaqa tanti
xotinman. Faqat Ne’matginam kelganda meni topolmay sarson bo‘lmasmikin, deyman.
Yuragim to‘lqinlanib ketdi. Kampir tizzasiga tiralib o‘rnidan turdi:
— Yuklarni tugib qo‘yganman. Mashinangga olib chiqaver. Menda nima ham bor,
deysan. Kelinga atagan bisotimdan boshqa narsam yo‘q. Sigirni ertaga o‘zim
yetaklab ketaman...
Yuklarni tashib bo‘lgunimcha kampir hassasiga tayanib, sadaqayrag‘ochga tikilib
turaverdi. Mashina joyidan qo‘zg‘alganda uning o‘pkasi to‘lib xo‘rsindi.
Yig‘larmikin degan edim. Yig‘lamadi. Qayrilib orqasiga qaramadi ham. Ammo men
bir kiprik qoqsam tamom. Ko‘zlarimdan yosh oqaman deb turibdi.
Axir bu xotin shu kulbada ellik yil umr kechirib, ne kunlarni ko‘rmagan.
Ochligiga ham, to‘qligiga ham, baxtiga ham, baxtsizligiga ham guvoh bo‘lgan uy,
uning alamli kunlarini sir qilib saqlagan devorlar qoldi.
To tsement zavodi posyolkasiga yetgunimizcha undan sado chiqmadi. Yangi
qurilgan, yonida chorbog‘chasi bor uyga ko‘chlarni tushirdik. Kampir uylarini
aylanib, chorbog‘ni kezib chiqdi. Uning yuzidan, ko‘zidan yangi joyning
yoqqan-yoqmaganligini bilib bo‘lmasdi.
Ketayotganimizda kampir, meni yolg‘izlatma, Ne’matim kelguncha shu yerda tura
qol, o‘g‘limdek bo‘lib qolding, Ne’matimga qiyomatlik aka bo‘l, deb yalindi.
Ikki kundan keyin ko‘chib kelaman, deb yupatdim. Yo‘lda o‘zimdan-o‘zim
koyindim. Axir nega ikki kundan keyin dedim, bugunoq kelaman desam bo‘lmasmidi!
Nazarimda kampir notanish uyda g‘arib bo‘lib o‘tirgandek, men yo‘g‘imda yum-yum
yig‘layotgandek tuyulardi. To‘g‘onga ko‘tarilganimda ko‘zlarim beixtiyor
o‘rikzordagi sadaqayrag‘ochga tushaverdi. Ishimni tugatdimu, ko‘rpa-to‘shagimni
ko‘tarib, kampirning uyiga qarab ketdim. U eshik oldidagi xarsangga
o‘tirganicha zavod quvuridan chiqayotgan tutunga qarab xayol surardi. Uyga
kirdik. Hali bo‘yoq hidlari kelib turgan ayvonda ancha vaqtgacha gaplashib
o‘tirdik. Kampir samovar qo‘yib keldi. Yigitlar daryodan baliq tutishgan ekan,
ikkitasini berishgan edi, yuvib, tozalab keldim. Kampir baliq yemasligini
aytdi. Baliq tozalanganicha qoldi. Non-choy qilib qo‘ya qoldik.
Kampir joy solib berdi: Chiroqni o‘chirib, ichkari uyga kirib ketayotganida
to‘xtab, baliq yemasligining sababini aytib berdi.
— Rahmatlik otang shu daryoga cho‘kib ketgan. Kim biladi, uni shu baliqlar
yeganmi...
Uning ovozi titradi. Qorong‘i bo‘lganidan basharasini ko‘rolmasdim,
yig‘layotgandek bo‘ldi. Qattiq charchagan bo‘lishimga qaramay uxlayolmadim.
Kampir juda barvaqt uyg‘onib, hovli supurdi, samovar qo‘ydi. Xuddi o‘z uyimda,
o‘z onam oldida yurgandek rohat qilardim. Ishga ketayotganda kampir ertaroq
qayt, sang‘ib yurma, tomog‘ing sovub qoladi, deb ta’kidladi.
O‘sha kuni ish juda ko‘p bo‘ldi. Butun samosvallar tosh tashishga qo‘yilgan
edi. Daryoning eski yo‘li to‘silyapti. Tinmay ko‘prikdan tosh tashlab turibmiz.
Daryo quturadi. Toshlar ustidan sapchib, eski yo‘liga otiladi.
Suv axir bo‘yin egdi. U tosh to‘siqlardan o‘tolmay mayda to‘lqinlarni zarda
bilan orqaga silkitdi. Ikki kun deganda daryo butunlay to‘silib, suv ko‘tarila
boshladi. To‘g‘on darvozalaridan faqat bittasigina ochiq. Suv o‘rikzor tomonga
o‘rmalay boshladi. To‘g‘on tepasida odam ko‘p. To qosh qorayguncha olomon
tarqamadi. Bir mahal qarasam, yonimda kampir turibdi. U qorong‘ida arang
ko‘rinib turgan sadaqayrag‘ochdan ko‘zini uzmasdi. Oxiri qorong‘ida o‘rikzor
ko‘rinmay ketdi. Ertalab kampir men bilan yana to‘g‘onga keldi. O‘rikzor endi
butunlay suv ostida qolib ketgan edi. Faqat sadaqayrag‘ochning uchi ko‘rinib
turardi. Kampir o‘sha yoqqa tikilib turib:
— Otang rahmatlik ekkan edi, — deb xo‘rsinib qo‘ydi.
Garajdan mashina olib chiqib kelayotganimda do‘kon oldida bir to‘da odam
o‘ralashib turganini ko‘rib qoldim. Yana kelib qarasam, kampir yerda yotibdi.
Bir xotin yuziga suv sepyapti. Kabinadan sapchib tushdim.
Ne’matdan kelgan xatni qorovul olib qo‘ygan ekan. Ochib kampirga o‘qib beribdi.
Xatda Ne’mat gospitalda oyog‘ini kesib tashlashganini aytibdi. Kampir hushidan
ketib qolibdi.
Uni kabinaga chiqarib, uyga olib ketdim. Ertasiga ham, indiniga ham ishga
chiqolmadim. Kampirning ahvoli og‘ir edi. U bir oydan ortiq yostiqdan bosh
ko‘tarmadi. Faqat bir gapni aytardi:
— Bolam, bolaginam. O‘z qo‘ling bilan tuproqqa qo‘y. To‘yingni ham ko‘ra
olmadim, hech bo‘lmasa diydoringni bir ko‘ray...
Yo‘q, o‘g‘lining diydorini ko‘rish unga nasib bo‘lmadi. O‘g‘liga ilhaq bo‘lib
ko‘z yumdi. Uni dafn qilishga anchagina odam yig‘ilgan edi. Bolasining o‘rniga
bola bo‘lib, tobutining oldiga tushdim. Yo‘l-yo‘lakay yot, begona kishilar
marosimga qo‘shilaverdi. Kanal qaziyotganlar ishni to‘xtatib, tobutni
yelkama-elka o‘tkazib borishardi.
Katta yo‘lga chiqqanimizda bir harbiy yigit yuk xaltasini yerga qo‘yib,
oqsoqlana-oqsoqlana tobutning bir qanotini yelkasiga oldi. O‘n qadam ham yurmay
oyog‘i qaltirab chetga chiqdi. Nihoyat, marosim orqasidan ancha vaqtgacha qarab
turdi-da, xaltasini olib, to‘g‘on tarafga jadal yurib ketdi.
Qaytib kelganimizda o‘sha harbiy yigitni uyda ko‘rib hayron bo‘ldik. U yog‘och
oyog‘ini chiqazib, ayvon labidagi ustunga boshini tirab, qimirlamay o‘tirardi.
Endi bildim: bu Ne’mat edi. U onasining boshqa uyga ko‘chganini bilmay, o‘rikzorga
borgan. Boya kimning tobutini ko‘targanini ham bilmay qolgan...
Har gal yo‘lim shu tomonlarga tushganda, poezd to‘g‘onga yaqinlashishi bilan
vagon oynasini ochib, o‘sha o‘rikzorga qarayman. Suv betiga chiqib, barg
yozishdan tinmagan sadaqayrag‘ochning ko‘m-ko‘k uchlariga tikilaman. Bu yashil
novdalar menga juda ko‘p voqealarni eslatib qo‘yadi. Nazarimda, daryoga
cho‘kkan qahramon ota suvdan bosh chiqazib, atrofda chaqnagan sonsiz
chiroqlarga qarayotgandek, azamat to‘g‘ondan quyilayotgan sharshara tovushiga
quloq solayotgandek bo‘ladi. Suv jimjimalariga oq to‘shini urib uchayotgan
qaldirg‘ochlar, orqasida ayri iz qoldirib suzayotgan viqorli oppoq g‘ozlar
menga o‘sha suronli yillarda hammaga mehrini barobar sochgan munis ona
chehrasini, uning oppoq paxtadek sochlarini eslatadi. Front yo‘ligailhaq tikilgan ko‘zlarini eslatadi. Qaynoq onalik tuyg‘ulariga to‘ymagan bolani
fikran qidiraman. Qaysi jabhada ekan u?
Shunday otaning, shunday onaning bolasi hayotda o‘z o‘rnini topib olganiga
ishonaman. Nazarimda, u oldinda, hammaning oldida shitob bilan olg‘a
ketayotgandek.
Xabar ber, xabar ber, qaydasan, uka!

1961 yil.


Ko'zlaringda men ko'zingda baxtni ko'rsam bas!

Изохни тахрирлади (ўзгартирди) misS - Шанба, 02-Фев-2013, 10:23
 
oybekСана: Душанба, 11-Мар-2013, 12:52 | Изох # 45
Иштирокчи
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 213
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 851
Холати: Хозир йўқ
(2004-yil. 9-sinf qizning hikoyasi) -Oyi, nima qilyapsiz? Kech böldiku uxlamaysizmi? Soat ham uchdan ötibdi, hozir tong otadi. Uxlay qoling, özizni qiynamang, ertaga kun yorug'ida birgalashib tugatib qöyamiz. -Qizim, sen uxlayver, men hozir bir pasda shuni tugataman-u uxlayman. Ertalabga nonimiz qolmagan, shuni tugatsak ertalab azonda topshirib, puliga 2 ta yangi kelgan 'buxanka' non olib kelasan, xöp qizim. Singling och uxlab qoldida.... -Yöq, oyi nega, kechqurun hammamiz yahshi ovqatlandikku! -Kartoshka, piyozdan qilingan yarim kosa shörva nima ham bölardi. Öqishingiz kerak, hali yahshi inson bölasizlar, katta odam bölsanglar dasturxonimiz yana tökin böladi, ha qizim? Singlingni och uxlab qolgani yahshi bölmadida, uxlaganinglardan söng ikki, uch marta uyg'onib oyi non bormi, ozgina non bering deb söradi.... -(Nima deyarimni bilmay qoldim, oilada 3 kishimiz, oyim, men va singlim. U hali maktabga ham chiqmagan, aqli yetmaydida hali, oyimdan köp narsa söraydi, bilmaydida biz hamma kabi emasmiz. Dadamning özga yurtga ishlagani ketib qaytib kelmaganini, oyimning tunlari uxlamasdan tön qavib chiqishlarini, bizni öylab siqilishlarini bilmaydida.... Bög'zimga öt qadaldi, oyim ohirgi bir necha kundan beri tuzukroq tuz ham tortmasdan, uxlamasdan pul topish uchun harakat qilyaptilar, qani edi qölimdan kelsa yordam bera olsam.... Ötgan kuni yig'lab ötirgan ekanlar, qöllariga nina kirib ketibdi, bu birinchi marta emasdi, qöllari qavarib ketgan bu azoblardan. Aslida, bizni öylab siqiladilar, shu uchun yig'laydilar, garchi, dadang kelsalar hammasi yahshi bölib ketadi deb bizni ovutsalarda, özlarini özlari aldayotganliklarini biladilar, biz ham bilamiz dadam endi kelmaydilar, ötgan 5 yil ichida u yerlarda yangi oilali bölib ketibdilar. Ey Hudo, tezroq men ham ulg'ayib oyimning og'irini yengil qilay.... -Singling yosh hali, uni xafa qilma, u senga eng mehribon inson böladi, sizlar ham anchadan beri yahshi ovqat yemadinglar, ertalab yahshi nonushta qilib beraman, uxlay qol qizim.... -(Ertalabki vaziyatni bir umr yodimdan chiqara olmayman, oyim ösha ötirgan joylarida, qöllarida nina, tizzalari ustida tönning yeng qismi, bir bölakkina öchay deb qolgan sham yorug'ida közlari ochiq bir nuqtaga tikilib ötirgandilar, yugurib bordim, qöllari muzdek, etim jimirlab ketdi.... Ohirgi ayta olgan sözim shu böldi....) -Oyi, oyijon, közizni oching. Men tez katta qiz bölaman, faqat iltimos, bizni tashlab ketmang.... 2004-yil. 28- noyabr.

 
Bek8111Сана: Шанба, 16-Мар-2013, 15:24 | Изох # 46
Sayyod.comда пропискада!
Гурух: Ma'mur
Изохлар: 3615
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 688
Холати: Хозир йўқ
Буни бир жойда укиб колдим. 
Муаллифи кимлигини тополмадим! 

6 ёшли болакай ўзининг уч оёқли велосипедида паркни айланиб юрган эди. Бирдан кўзи скамейкаларнинг бирида ўтириб олиб ўксиниб-ўксиниб йиғлаётган ёш аёлга тушиб қолди. Бу ҳолатдан ҳайрон бўлган бола аёлнинг ёнига аста яқинлашди ва бир муддат унга тикилиб тургач, оҳиста сўради:
 
– Холажон, сизга нима бўлди? Нега йиғлаяпсиз?
 
Аёл унга йиғидан қизариб кетган кўзларини қадади ва оғир уҳ тортганча:
 
– Эй болам, сен ҳали бу нарсаларни тушунишга қодир эмассан – деди-ю, яна аввалгидан ҳам баттар йиғлаб юборди.
 
Унинг бу гапи ва қилиғидан тобора ҳайратланган бола навбатдаги саволни берди:
 
– Холажон, бирор жойингиз оғрияптими-а? Агар сизга мана бу велосипедимни берсам йиғламайсизми?
 
Жажжи болакайнинг бундай муносабатидан аёл янада ўксиниб, ҳўнграб юборди ва алам билан деди:
 
– Эй болам. Мени бу дунёга ҳеч ким яхши кўрмайди. Мен ҳеч кимга керак эмасман, билдингми? Ҳеч кимга!
 
Аёлнинг бу гапини эшитган бола унга бир муддат жиддий қиёфада қараб турди-да, худди шундай оҳангда сўради:
 
– Чиндан ҳам бу ҳақида ҳаммадан сўрадингизми?
 
Унинг саволига аёл дастлаб эътибор қилмади. Аммо бир неча сониядаёқ ўзига келди. Боланинг соддалик билан берган саволида унинг ўзи ҳам англамаган ҳақиқат бор эди. Ахир ҳаёт фақатгина бир кишининг севгиси, муносабатидан иборат эмас-ку. Унинг умрига мазмун бағишлаган, беозор кўзчалари билан жавдираб турган фариштадек беғубор фарзандлари уни дунёларга сиғмаган ишқ билан севишлари ёлғонми? Бир жуфт кабутардай бир-бирига суяниб, мунғайиб қолган ота-онасининг севгиси яна кимда ва қаерда бор? Умрини тўлдирган шундай неъматдан юз ўгириб, қадрига етмаган бир орсиз учун қадрини тўкиб йиғлаб ўтирганидан уялиб кетди. Тезда ўзини қўлга олди ва майин жилмайиб боланинг бошидан енгил силар экан:
 
– Тўғри айтдинг, болам. Ҳаммадан сўрашни унутибман, раҳмат сенга.
 
У шундай деб ўрнидан турди-ю, кичкина йўлакчани шахдам қадамлар билан босиб кўздан йўқолди. Бола эса бу ғалати аёлнинг ортидан термулиб турар экан, унинг нима учун раҳмат айтгани, нима учун йиғлагани-ю, нима учун кулганининг маъносини тушуна олмади. Бир муддат ўйланиб турди-да, ўртоқларининг ёнига бориб, улар билан ўйнай бошлади.


Хаётда шунчаки яшаш мухим эмас, кимгадир керакли булиб яшаш мухимрокдир!
 
Umar_chikСана: Шанба, 16-Мар-2013, 15:27 | Изох # 47
Рўйхатда
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 38
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 199
Холати: Хозир йўқ
hikoya manga yoqti

YO'Q ERUR ALLOHDAN BOSHQA BIR ILOH!
Qanday ham yaxshidir shiorim manim...
 
Bek8111Сана: Шанба, 23-Мар-2013, 09:54 | Изох # 48
Sayyod.comда пропискада!
Гурух: Ma'mur
Изохлар: 3615
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 688
Холати: Хозир йўқ
ТАХТА ПАРДАДАГИ МИХ
 
Дўстлари билан доим тортишадиган, ёмон табиатли бир йигит бор экан. Бир куни дадаси унга бир қоп мих берибди.
 
- Дўстларинг билан тортишганингда, ҳар сафар биттадан тахтага қоқ, - дебди.
 
Йигит биринчи куни тахтага ўттиз еттита мих қоқибди, кейинги ҳафталарда ўзини бошқаришга ҳаракат қилибди ва ҳар куни янада оз мих қоқибди.
 
Ниҳоят, бир куни бирорта мих қоқмабди. Дадасининг ёнига қайтиб келибди.
 
Дадаси уни тахта ёнига келтирибди. Йигитга:
 
- Бугундан бошлаб тортишмаган кунларинг учун биттадан михни чиқар, - дебди.
 
Кунлар ўтибди. Бир куни михларнинг ҳаммаси чиқибди. Дадаси унга:
 
- Офарин, яхши иш қилдинг, - дебди. - Аммо бу тахтага диққат билан қара, илма-тёшик бўлиб кетибди. Олдиигидай чиройли эмас. Дўстларинг билан тортишганингда ёмон сўзлар айтилган. Ҳар ёмон сўз бир яра қолдирган. Дўстингдан бир бора узр сўрашинг мумкии, аммо бу тешик беркилиб қолмайди.

Добавлено (20-Мар-2013, 16:07)
---------------------------------------------
ДУНЁНИ ТУЗАТИШ
Бир одам якшанба куни бир ҳафтанииг чарчоғини чиқариш учун эрталабдан газетасини қўлига олиб, кун бўйи ҳеч нарса қилмасдан уйда ўтиришни режалаштирибди.
 
Шу пайт ўғли ёнига югуриб келиб, кинога қачон боришларини сўрабди.
 
Дадаси ўғлига сўз берган экан. Аммо отанинг ташкарига чиққиси йўқ.
 
Газетанинг орқасидаги дунё харитасига кўзи тушибди. Олдин харитани бузибди
ва ўғлига: «Агар бу харитани тузата олсанг, сени кинога олиб бораман», дебди.
 
Ўн дақиқадан сўнг ўғли дадасининг ёнига югуриб келибди ва:
 
- Дада, харитани тузатдим, энди кинога борамиз.
 
Дадаси олдинига ишонмабди. Кўрса, харита, бусбутун. «Қандай
қилдинг?» деб сўрабди. Боланииг берган жавоби ғалати эди:
 
- Хаританинг орқасида бир инсон бор эди. Инсонни тузатгандим, дунё
ўзидан ўзи тузалди.

Добавлено (20-Мар-2013, 16:14)
---------------------------------------------
Сотувчи ўзининг кичкина дўкончасининг ташқарисига «Дўконда мушук болалари сотилади» деган эълон илиб қўйди. Табиийки, бу ёзув шу ерлик болаларнинг диққатини ўзига тортди ва орадан ҳеч қанча вақт ўтмай эшикдан бир бола кириб келди. У сотувчига салом берганидан сўнг тортинчоқлик билан мушукчаларнинг нархини сўради.
 
– 5000 сўмдан 10000 сўмгача – жавоб берди сотувчи.
 
Бола чўнтакларини кавлаб ундан олган пулларини ҳисоблаб кўраркан, уятчанлик ва журъатсизлик билан деди:
 
– Менда фақатгина 2000 сўм бор экан. Мушукча сотиб олишга бу пулим етмайди. Аммо, илтимос, уларни бир марта томоша қилишга рухсат беринг.
 
Сотувчи унинг ўзига умид билан термулиб турган беғубор кўзчаларига қараб турди-да, майин жилмайиб қўйди. Сўнгра каттакон қоғоз қутидан битта мушук боласини олиб унга кўрсатди. Мушукча ерга тушиши билан миёвлади-да, югуришга ҳаракат қилди. Аммо буни уддалай олмади. Чунки унинг орқа оёқларидан бири ўта ингичка ва қийшиқ эди.
 
– Унга нима қилган? – сўради бола.
 
Сотувчи унга бу мушукчанинг орқа оёқчасида туғма нуқсон борлигини айтиб берди.
 
– Буни даволаб бўлмас экан. Энди у умрбод шундай қолиб кетади. Буни менга ветеринар айтди, – деди сотувчи ва қўшимча қилди. – У ҳар доим шундай оқсаб юришга мажбур.
 
Унинг бу гапини эшитган бола нима учундир кучли ҳаяжонга тушиб:
 
– Майли, камчилиги бўлса ҳам мен уни сотиб олмоқчиман – деди.
 
– Бу бошқаларга қараганда анча арзон, яъни ярим нархида сотилади. У сенга нимага керак? Нима қиласан уни? – дея саволларни қалаштириб ташлади сотувчи ва давом этди – Лекин сен шунчалик раҳмдил бола экансан, майли, уни ола қол. Мен бу мушукчани сенга текинга бераман. Мендан совға бўлақолсин.
 
Унинг бу гапидан бола ҳайрон бўлиб сотувчига термулди ва:
 
– Мен уни совға сифатида олишни хоҳламайман – деди қатъий оҳангда. – Бу мушукча ҳам худди бошқа шериклари каби ўз нархида сотилиши керак. Унинг оёғида нуқсони борлиги учун уни бошқалардан ажратиш, қадр-қимматини пастга уриш яхши эмас. Мен унинг тўлиқ пулини тўлашга тайёрман. Ҳозир мен сизга пулини олиб келаман – дея ишонч билан гапирди у.
 
Боланинг гапидан ҳайрон бўлган сотувчи унинг кўзига қаради-ю, юраги гупиллаб кетди.
 
– Ўғлим, сен мени яхши тушунмаган кўринасан. Бу бечора ҳеч қачон бошқа мушукчалар каби эркин юролмайди, сакролмайди ва ўйнолмайди.
 
У гапини тугатганидан сўнг бола чап оёғини ёпиб турган шимининг почасини анча юқорига кўтарди. Унинг оёғига назар ташлаган сотувчи боланинг шими остида ингичка ва қийшиқлиги учун темир гардиш билан маҳкамланган оёғига кўзи тушди. Уни кўрди-ю, юраги алланечук бўлиб кетди.
 
Бола сотувчига қаради ва:
 
– Мен ҳам ҳеч қачон сакролмайман ва ўйнай олмайман. Бу мушукчага ҳам уни тушунадиган, ардоқлайдиган, унга қийин эканлигини яхши ҳис эта оладиган, ҳимоя қиладиган ва қўллаб-қувватлайдиган хўжайин керак, – деди титроқ овоз билан.
 
Сотувчи пештахта ортида тилини тишлаб қолди. Унинг кўзларидан эса тинимсиз ёшлар оқарди.
 
Бир неча дақиқалик жимликдан сўнг у ўзида табассум қилишга куч топди ва деди:
 
– Ўғлим, мен қолган барча мушукчаларни ҳам сендек меҳрибон ва гўзал қалб эгаси қарамоғига олишини дуо қиламан.

Добавлено (20-Мар-2013, 21:15)
---------------------------------------------
Икки бемор

Шифохонадаги палаталарнинг бирида оғир аҳволдаги икки бемор ётарди. Улардан бирининг каравоти дераза, иккинчисининг жойи эса эшик ёнига ўрнатилганди.
 
Бир куни эшик ёнида ётган бемор дераза ёнидаги бемордан сўради:
– Деразадан нималар кўриняпти?
 
– Эҳ-ҳ-ҳ-э, – деди иккинчи беморга жон кириб. – Менга осмон, кичкина ҳайвонларга ўхшаб кетадиган булутлар, кўл ва узоқдаги дарахтзор кўриняпти. 
 
Энди у ҳар куни ҳамхонасига дераза орқали ташқарида кўрганларини ошиб-тошиб ҳикоя қилиб берарди. У баъзан кўлда сузиб юрган қайиқларни, баъзан омади юришаётган балиқчиларни, гоҳ кўл қиғоғида ўйнаб юрган болалар, гоҳо эса бир-бирининг қўлидан тутганича сайр қилиб юрган ёки ўриндиқда кўзларига меҳр билан термулиб ўтирган ёш севишганларни кўрганини айтар ва уларни таърифлаб берарди.
 
У дераза орқали ташқи дунёни кузатиб кўрганларини тўлқинланиб ҳикоя қилар экан, ҳамхонасининг ичида ҳасад ёнар ва тобора уни ўз домига тортар эди. «Бу ноҳақлик – ўйларди у. – Қандайдир тасодиф уни дераза ёнига жойлаштириб қўйди. У энди ҳар куни ёруғ дунёни, болаларни, одамларни осмон ва қуёшни кўради. Аммо мен бўлса, эшикнинг ёнида фақатгина унинг тўкилиб туша бошлаган буёқларини кўриб, ғижирлаган овозини эшитиб ётишим керак». Унинг қалбида ниш урган кўролмаслик иллати бора-бора чуқурроқ илдиз ота бошлади.
 
Бир куни дераза ёнидаги беморни қаттиқ йўтал тутди ва нафаси қисила бошлади. Жон ҳолатда ҳамширани чорлаш учун чақирув тугмасини босишга интилди, аммо аҳволи тобора ёмонлашгани боис бунинг уддасидан чиқа олмади. Бора-бора йўтали кучайиб, ўзи ғоят оғирлашиб қолди. Унинг ҳамхонаси эса буни кузатиб турар ва унда тугмачани босиш имкони бор эди. Аммо кундан кунга юрагига чуқурроқ ўрнашиб, уни тамоман ўзига асир қилиб олган ҳасад, бу эзгу ишни амалга оширишга тўсқинлик қилди.
 
Орадан бир неча дақиқа ўтгач биринчи бемор ўз ўрнида чўзилганича жим бўлиб қолди. Унинг жони узилган эди.
 
Мурдани палатадан олиб чиқиб кетишди. Шунда хонада қолган иккинчи бемор ҳамширадан ўз каравотини дераза ёнига кўчириб беришини илтимос қилди.
 
Ҳамшира унинг илтимосини бажарди. Каравотни дераза ёнига судраб борди ва беморни у томонга ёнбошлаб ётишига кўмаклашди. У ўз ишини тугатиб ортига қайтар экан, орқадан беморнинг:
 
– Бу қанақаси!? Ахир бу деразадан фақатгина халват жой ва ярми кўчиб тушган кўк девор кўриняпти холос-ку. Анави ўлиб кетган шеригим менга ҳар куни ойнадан дарахтзор, кўл, булутлар, одамлар ва болаларни кўришини айтиб берарди. У қандай қилиб буларни кўра олган бўлиши мумкин?
 
Унинг гапини эшитган ҳамшира ғамгин кулиб қўйди ва деди:
 
– У умуман ҳеч нимани кўрган эмас. Ҳатто, ўша пастқам кўк деворни ҳам. Чунки унинг иккала кўзлари ҳам сўқир эди.
 
Хонани ўлик сукунат ўз домига тортиб кетди…

Добавлено (23-Мар-2013, 08:54)
---------------------------------------------
Ҳамдам ота кутилмаганда юрак хуружидан вафот этди.
 
Нонуштадан кейин ўрнидан қўзғалдию чапга қараб оғди. Гапиришга ҳоли етмай, кўксини силаб, гилам устига “гурс” этиб қулади-да, даҳшат қоплаган кўзларини юмди. Қон қочган юзида “Ишларимни охирига етказолмай ўлиб кетарканман”, деган афсус яширинганини нариги кўрпачада ўтирган Сора хола сезмай қолди… Сезган бўлса ҳам такаббурлик қилиб индамадими – тушуниш қийин эди...
 
Жаноза соат ўн иккига белгиланди. Тумонат одам йиғилди. Ҳовлини иккига ажратиб турган бўз мато ортида отанинг сингиллари, жиянлари, қўни-қўшнилар ва бошқа аёл қариндошлар йиғи солишар, овозлар ичида якка қизи Шоҳиданинг айтиб-деб, афсус-надомат билан бўзлаши баралла эшитилиб турар, саф тортган эркаклар қалбида ғалати бир маҳзунлик, титроқ уйғотарди. Азага келган хотинлар қизнинг йиғисини ҳасрат ва ҳавас билан кузатишарди. “Менинг қизларим ҳам шундай донолик, фаросат билан йиғлармикин?” деган умид ўтарди кўнглидан. Қизнинг қайноқ кўз ёшлари, овозидаги ҳазин тошқинлик, куйиш беихтиёр азага келганларда ҳамдардлик туйғусини уйғотарди.
 
“Отажоним, меҳрибоним, соябонимдан айрилиб қолдим. Уйим-жойим деб ёнган падари бузрукворим мени ташлаб кетдилар. Энди қаерга бораман? Кимга арз қиламан?”
 
“Отажон, наҳот менинг бахтимни кўролмай кетдингиз? Наҳот ёлғиз қизингиз куйиб қолишини ўйламадингиз?”
 
Шоҳида ота учун куйиб-ёнаётганининг бошқа сабаблари ҳам бор эди...
 
Эркаклар ёнида йиғламсираб турган икки ўғил – Адҳам билан Акрам сингилнинг овозини эшитиб қизарар, кўзидан ёш келмаганига уялар, изза тортар, орсизликдан ўзини қўярга жой топишолмасди. Чин юракдан йиғласанг, сўқир кўздан ёш келар, деган мақолни эслаб қўйишса-да, бир томчи ёш келмагани алам қиларди. Ҳатто Шоҳидага бунча йиғи, кўз ёш қаердан келаётганига ҳайратда қолишарди... Фақат қўл телефонлари сайраб қолганда четроққа ўтиб бироз нафас ростлашар, тупуги билан киприкларини намлаб келишарди. “Тезроқ жаноза ўқилса-ку, мозорга чиқиб кетардик!” – икковининг кўнглидан ўтаётган бу фикр қўлга тушган ўғри боланинг қочиб кетиш билан боғлиқ ниятидай кўзларида балқиб турарди.
 
Аммо сабр-тоқатни синовдан ўтказаётган вақт имиллаб ўтар, юракларини зардобга тўлдирарди. Ҳар бир дақиқада улар емирилиб, тўкилиб, нотавонлашиб бораётганга ўхшарди. Нола қилаётган Шоҳида эса алам ва зардобларини қайноқ ёшларию ҳасрат тўла сўзлари билан юрагидан чиқариб, енгил тортарди. У оҳ урар, тоғдай суянчиғидан жудо бўлганига чидаёлмас эди…
 
* * *
Ота-бола бир-бирларини осон тушунишарди. Ҳамдам ота қизининг одоб-ахлоқидан, тарбиясидан севинар, меҳри ортар, ўқимишли фарзанд бўлаётганидан қувонар эди. Она эса арзимаган нарсага тортишаверар, ўғилларига оталарини камситиб ёмонлар, олим бўлиб шаҳар олиб берармидинг қабилида тушунтиришлар берарди.
 
Ҳамдам ота икки ўғилни ўқитишга тайёрлигини ҳам айтди, аммо улар она ақидаси билан улғайганлари учун мактабни аранг битиришдию савдога уриб кетишди. Ишлари гоҳ юришиб, гоҳ орқага кетар, сармоянинг салмоғи сезилмасди. Шунда ота:
 
– Бизнесга ҳам ўқиш керак, болаларим! – деди йўл кўрсатиш маъносида, – бўм-бўш калла билан пул топиб бўлмайди-ку!
 
Сора опа эски қўшиғини айлантирди.
 
– Э, чол, буларни йўлдан оздирманг, институтни битирганларга қаерда иш қараб турибди? Галстук тақиб, олифта бўлиб юрган билан биров чўнтагига пул солиб қўярмиди? Аралашманг!
 
Ота биринчи аёлидан бола кўрмай ажрашганди.
 
Сорахонга уйлангач, уч ойдан кейин илк завжаси Санобарни бозорда кўриб қолди. Гавҳар топган боладай қувониб кетди ичида. Ундан ёмонлик кўрмай, фарзандсизлик туфайлигина ажрашгани учун етти йиллик турмушлари ҳурматидан яхши саломлашди. Яқинларини сўради. “Бунинг нимаси ёмон? У билан жанжаллашиб қўйди-чиқди бўлмаганмиз-ку!” ичида ўйлади. Воқеани кимдир Сорахонга етказди. Ичи куйган аёлнинг эрига муносабати ўзгарди: “Ҳалиям кўнгли ўшанда, учрашиб тураркан-да!” Катта бўлгач, бу гапни болаларнинг ҳам қулоғига қуйди. Ҳамдам ака “Нотўғри қиляпсан”, деса ҳам у қайтмади. Бўҳтонга фақат Шоҳида ишонмади. Унинг қалбида отасига ишонч, чексиз эҳтиром бор эди...
 
 Ёшим бир жойга борганда бурдимни кеткизмай, деб хотин билан гап талашмасди ота. Учта туғиб, тили узун бўлганди Сора опанинг.
 
Ота-оналарининг калтафаҳм маслаҳатларига кираётган ўғилларига қанчалик ачинмасин, ўртада ихтилоф келиб чиқмаслик учун ўзини босишга мажбур бўларди. Аммо қизи ўғилларга сира ўхшамади, отага тортди. Ақлли-ҳушли, китобсевар бўлиб ўсди. Ҳамдам ота хотинидан анчайин кўнгли қолгандан кейин қизининг бахти, камоли, келажаги учун яшашга қарор қилганди. Икки ўғил отанинг қизига бўлган меҳридан ғаши келар, кўролмас, юрагида кирлик моғор босиб борарди. Улар худди ўгайларга ўхшашарди.
 
Тўсатдан келган ўлим ниятларини чилпарчин қилиш билан бирга Шоҳидани эсанкиратиб қўйди. Бир умрлик ғам гирдобига ташлади.
 
Иккинчи дарсдан чиққандан кейин ёмон хабарни эшитдию кўксига кўринмас душман игна санчгандай титраб кетди. Ўзини ёлғиз, ўта омонат сезди. Улкан орқатоғ кутилмаганда қулаб, юрагини вайрон қилганини аччиқ изтироб ичида англаб етдию беш кунлик дунё деган сўзнинг маъноси қалбига зарб билан урилди. Ҳали кафанланмаган ота бошига келиб матони тортди. Жағи танғилган, қонсиз юзида “Қисмат шунақа экан, мени кечир, қизим!” деган аччиқ видо қотиб қолганди. Дилдагиларни айтолмай қолганидан афсус бор эди киприклари орасида.
 
Маййитни ҳовлига олиб чиқишгандан кейин кўча эшик ёнидаги хонада оқсоқоллар билан ўтирган имом тобут олдига келди. Пардадан бўйлаб:
 
– Опа-сингиллар, йиғини тўхтатсангиз, жанозани бошлаймиз.
 
Бирин-кетин овозлар тинди, эркаклар сафларини тўғрилаб олишди.
 
Имом одамийлик, фарзанд ва ота-она бурчи ҳақида Қуръони карим ва ҳадисдан мисоллар келтириб, маъруза қилди. Отанинг яхши фазилатлари, тўсатдан келган ўлим ҳам Аллоҳнинг неъмати эканини айтиб, азадорларга таскин берди. Жаноза бошлашдан аввал катта ўғил Адҳамни чақирди.
 
– Дадангизнинг бирор кишида қарзлари бўлса, ҳужжат билан келса тўлаб қўясиз. Хўпми?
 
Бу гапни ҳамма эшитди ва Адҳамга қаради. Имом эшитмади деб ўйлаб, яна қайтарди. Бироқ Адҳам бошини қуйи солганча тураверди. Имом ҳолатни тушунди.
 
– Жойингизга боринг! – овозида билинар-билинмас нафрат, ғазаб бор эди. Одамлар орасида висир-висир гап бошланди. Имом Акрамни чақириб бояги гапни такрорлади. Бироқ икковлари келишиб олгандай у ҳам акасидан фарқ қилмасди. Энди фақат эркаклар эмас, парда ортидаги аёллар ҳам ҳайратда қолди. “Тавба, ўғил ҳам шунақа бўладими? Белингда белбоғинг борми?” “Ҳей, эркакмисан?”
 
Нотаниш, нохуш вазият таранглашиб борарди. Қишлоқ катта бўлгани учун одамлар кутилмаган воқеаларни кўп кўришган. Йиллар давомида қишлоқнинг иссиқ-совуғига аралашмайдиган Мўйдин қийшиқ тўй қилганда чорраҳага тўрт оқсоқол туриб олиб, одамларни тўйга киритмагани, маҳалла йиғинида колхоз “тафтишкоми”нинг суюқоёқлиги фош бўлгани, саройдан мол ўғирлаган Камол хирракни тўй куни шарманда қилишганини ҳамма яхши эслайди, аммо бугунгидай кўнгилсизликка илк бор дуч келишлари эди.
 
Орадан қўшни маҳаллада яшовчи ўрта ёшлардаги Фазлиддин чиқди-да, аввал имомга, кейин орсизларча бош эгиб турган икки ўғилга, охири норози гувраниб турган оломонга қаради.
 
– Мусулмонлар! Ҳамдам аканинг жанозасида шундай нохуш гап айтаётганимдан минг-минг афсусдаман. Аммо гапиришга мажбурман. У киши мендан ўн минг доллар қарз олган эди, мана тилхати! – у бир варақ қоғозни жамоатга кўрсатди. Одамлар икки ўғил отанинг қарзини бўйнига олмаётганини энди тушунгандай бўлди, аммо ота ҳурмати, фарзанд бурчи олдида ўн минг доллар ҳеч нарса эмаслигини ўйлаб уларга нисбатан фикри ўзгармади. Бир гувраниб олдилар, – шуни ким тўлайди? Ҳозир ҳал қилиб олсак! Мен ёлғон гапирадиган одам эмасман. Қори ака, – имомга юзланди у, – масалани бугун шу ерда ечиб берсангиз, ахир бу озгина пул эмас!
 
“Наҳотки, шундай одам-а?!” деган ҳайрат кўпчилик кўнглини саратонда боғдан ўтган изғириндай титратиб ўтди.
 
Ёш имом ҳайратда қолди. Воқеага илк бор дуч келгани учун довдираб турганда таранг вазиятдаги одамлар орасидан эллик ёшлар чамасидаги соқолли киши чиқиб, икки ўғилга юзланди.
 
– Ҳей номард! Шу одам, – у тобутга ишора қилди, – сени дунёга келтирди, боқиб тарбиялади, оқибатинг шуми?! Оринг, виждонинг йўқми? Ҳақдор одам отангнинг тобутига ёпишиб турса-ю, серрайиб тураверасанми, ноинсофлар?!
 
– Тўғри!
 
– Рости-да!
 
– Имонсиз!
 
Афсуски, қаҳр ва нафрат қоришган хитоблар икки орсизни ҳушига келтирмади. Аммо шу пайт ҳаммани ҳайратда қолдириб, юракларни ларзага солган воқеа содир бўлди. Парда ортидан Шоҳида имомга бўйлади.
 
– Амаки! Бекорга жон куйдирманг! – овози йиғи аралаш чиқарди, – акаларим отамнинг қарзини тўламайди, тўлолмайди. Буларга отамнинг шаъни, номуси эмас, пул керак! Тоға, – энди Шоҳида Фазлиддинга мурожаат қилаётганди, – менда тўлайдиган пул йўқ, аммо... аммо рухсат этсангиз, бир гап айтмоқчиман.
 
Фазлиддин имомга қаради. У “Майли, эшитайлик-чи!” – дегандай бош қимирлатди.
 
– Айтавер, қизим!
 
– Агар мумкин бўлса, отажоним у дунёда азоб тортмасликлари учун шу қарзни мен тўласам!
 
Оломон бир қалқиб олди. Аёллар томонидан ғалати овозлар эшитилди.
 
– Қиз боши билан-а?
 
– Ё қудратингдан!
 
– Қандай тўлайсиз, қизим? – парда ортига бўйлади Фазлиддин билан имом. Ҳамма нафас олмай қизнинг жавобини кутарди.
 
– Агар мумкин бўлса, – унинг кўзларидан қайноқ ёш тўкилаётгани, виждон азобида, акаларининг оқибатсизлиги, орсизлигидан номус қилаётгани сезилиб турар, ҳамма юрагини ҳовучлаб қолганди, – мумкин бўлса... агар ўғлингиз бўлса, мени келин қилинг, бўлмаса хизматкорликка олинг! Отам учун ҳузур-ҳаловатдан, орзу-ҳаваслардан кечдим! Бир умр чўрингиз бўлай, невараларингизга энагалик қилай, касал бўлсангиз оқ ювиб-оқ тарай, дадамнинг қарзларини ўзим узаман. Падари бузрукворим қабрларида тинч ётса бас!
 
Ёқасини ушлаб қолган имом оломонни тинчлантириш учун бир қўлини кўтариб, “жим” ишорасини қилди.
 
– Қизим, бу гапни ўйлаб гапиряпсизми?
 
– Ҳа, амаки, фақат Фазлиддин тоға илтимосимни қабул қилсин, отам қарз билан кетмасин!
 
Қиз қалбидан отилиб чиқаётган илтижо Фазлиддинни ҳайратда қолдирди. Кўксида икки ҳис: Шоҳиданинг мардлигига ҳурмат, ўғилларнинг оқибатсизлигига нафрат жанг қиларди. “Вазият кўтарсаю номардларни хуморимдан чиққунча дўппосласам! Шунчалик пасткаш бўладими?! Ахир Ҳамдам ака ваъдасига вафо қилиб юрган одам эди-ку! Шу маҳалла, шу қишлоқнинг корига яраган, бировнинг омонатига хиёнат қилмаган одам охирги йўлга шундай кўнгилсизлик билан кетадими?! – ўйларди у, – ҳа, бу қиз эмас, ўн ўғил ўрнини босадиган жавоҳир! Эвоҳ, ҳаётнинг чигаллигини қарангки, мана бу орсизлар ҳам, шундай ажойиб қиз ҳам Ҳамдам аканики. Жасорат ва фидоийликни дилига Худо солган! Бўлмаса ушоққина қиз шундай мардликни қаердан олади? Жанозадаги бу ҳодиса бойликка ҳирс қўйган осийларга, ғафлат босган виждонимизга чалинган огоҳлик қўнғироғи эмасмикин?! Бугун тушунмасак, эҳтимол, эртага кеч бўлар? Марҳумнинг ҳурмати, қизнинг жасорати учун шу пулдан кечсам, Аллоҳ менга ўн ҳисса кўпроғини берар! Эҳ, Ҳамдам ака, ҳаётингиз маъноли кечганди, ўлимингиздан ҳам ҳикмат ёғиляпти-я! Охиратингиз обод бўлсин, қабрингизда тинч ётинг, ҳаммаси яхши бўлади!”
 
Фазлиддин бошини даст кўтарди-да, аввал оломонга, сўнг имомга қаради. Кейин парда ортида титраб жавоб кутаётган Шоҳидага сўзлади:
 
– Қизим, сизга раҳмат, имон-эътиқодингиз, ота ҳурматини жойига қўйганингизга қойилман! Мардлигингизга тан бердим. Худога шукур, болаларимни уйлаб-жойлаганман, аёлим соғ-саломат, ҳар қанча хизмат бўлса, ундан ортмайди. Аммо мен элликдан ўтиб сиздай оқила, ориятли қизни кўрмаганман. Ота учун ҳамма нарсага тайёр турибсиз. Тиззалари қалтираётган акаларингизга ҳам Худо инсоф берар, аммо сизнинг тантилик ва жасоратингиз баҳосини олиши керак! Қизим, сиз учун, отангизга садоқатингиз учун ўша ўн минг доллардан кечдим!
 
Одамлар бироз нима бўлаётганини тушунмай турдилар, сўнгра:
 
– Э, отангга раҳмат!
 
– Дунёда камлик кўрманг!
 
– Юзга киринг, ота! – дейишди одамлар.
 
Одамлар Шоҳидага қанчалик қойил қолган бўлсалар, Фазлиддинга нисбатан меҳрлари ортаётган эди.
 
Ҳамма нафасини ичига ютиб, воқеа якунини кутиб турганда ўртадан катта ёшли одам отилиб чиқди.
 
– Отангга раҳмат, қизим! Ҳамдамга муносиб фарзанд бўлибсан. Қишлоқда сен билан фахрлансак арзийди.
 
Оқсоқол юрагидан тошиб келаётган ҳаяжон ва меҳрни босиб, Фазлиддиннинг фидоийлигидан қувониб оломонга юзланди.
 
– Ҳамқишлоқлар, келинглар, бир дуо қилайлик.
 
Ҳамма ҳаяжон ичида қўл очди.
 
– Ҳамдам дўстимни Худо раҳмат қилсин! Ётган жойи жаннат боғларининг бир боғчасига айлансин. Шоҳида қизи бахтли-тахтли, икки дунё саодатига муяссар, эл назаридаги инсон бўлсин! Фазлиддин укамизни Аллоҳ сийласин! Молу давлати бундан-да зиёда бўлсин, ОМИН!
Тумонат одам юзига фотиҳа тортди.
Эл назаридан қолганлар ҳам истар-истамас қўл очди.
 
Жаноза ўқиб бўлингач, қабристонга йўл олишди. Оломон тобут олдида кетаётган икки ўғилни – оналари билан тил бириктириб, отасининг кичик корхона учун омонатга олган ўн минг долларини қизига сарфлаб юбормасин деб беркитиб қўйиб, унинг юрак хуружига сабаб бўлганини сезгандай – нафрати билан савалаб борарди...
 
Орадан бир неча ой ўтгач, қишлоқда Шоҳиданинг грант асосида хорижга ўқишга кетгани, Фазлиддиннинг “Спортлотто”дан олтмиш беш миллион сўм ютганию икки ўғилнинг “бизнес”да чув тушгани ҳақида гап-сўз тарқалди...


Хаётда шунчаки яшаш мухим эмас, кимгадир керакли булиб яшаш мухимрокдир!
 
GiyosСана: Шанба, 23-Мар-2013, 13:41 | Изох # 49
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 1130
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 59
Холати: Хозир йўқ
Hikoyalar uchun rahmat.

Sog' salomatlik...
 
GULI_NURСана: Сешанба, 26-Мар-2013, 19:10 | Изох # 50
Сайтимиз қадрли мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 2124
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 795
Холати: Хозир йўқ
Begzod aka raxmat hands bazan ösha yosh bolachali aqlimiz qomidi bash qoyil manga rasa yoqdi first
 
  • Страница 2 из 6
  • «
  • 1
  • 2
  • 3
  • 4
  • 5
  • 6
  • »
Поиск: