07:27 Юртимизда гўзаллик ва дид хафталиги! | |
VI Тошкент халқаро биенналеси: санъат макони23 октябрь соат 17:00 да Ёшлар ижод саройида Art Week Style.uz-2011 санъат ҳафталигининг очилиш маросими билан биргаликда VI Тошкент халқаро замонавий санъат биенналеси ҳам ўз ишини бошлади. Биеннале давомида 9 та кўргазма ташкил этилиб, уларда ўзбекистонлик ва хорижий ижодкорларнинг турли лойиҳалари: суратлар, фото ишлар, инсталляциялар намойиш этилади. Шунингдек, "Кўпмаданиятлик инқирози ёки трансформацияси: Биеннале ҳудуди” мавзусида давра суҳбати ўтказилади. Биеннале ишида Австрия, Бразилия, Буюк Британия, Нидерландия, Греция, Корея Республикаси, Ливан, Россия, АҚШ, Туркия, Япония, Саудия Арабистони, Хитой, Озарбайжон, Арманистон, Эрон, Латвия, Исроил, Аргентина, Вьетнам, Украина сингари мамлакатлардан ташриф буюрган 150 дан ортиқ рассом иштирок этади. VI Тошкент халқаро биенналеси шиори - "Замонавий санъат: жамият ва рассом ҳудуди”. Рассом жамият вакили, унинг бир бўлаги ҳисобланади, ўз навбатида жамият ҳам санъатсиз яшай олмайди. Негаки, санъат жамиятнинг эстетик эҳтиёжларини қондириб, унинг қарашларини ўзида акс эттиради. Рассом эса онгли равишда ўз шахсиятига урғу бериб, баъзан ҳеч кимникига ўхшамаган йўлдан боришни, ўзига хосликни истайди, ижодини халқ дарди ва муаммоларига кўзгу этар экан, ўша жамият томонидан тан олинишга муҳтож бўлади. Ушбу қарама-қаршилик натижаси ўлароқ жавоби талаб этилувчи саволлар юзага келадики, улар VI Тошкент халқаро биенналесининг асосий мавзусига айланди: жамиятда рассомнинг ўрни ва роли, масъулияти, позицияси ва ҳ.к. VI Тошкент халқаро замонавий санъат биенналеси дастури:Биринчи кун23 октябрь, 17.00 да Ёшлар ижод саройида: VI Тошкент халқаро замонавий санъат биенналесининг очилиш маросими:
Иккинчи кун 24 октябрь, 10.30 – 11.30 - Ўзбекистон Бадиий Академиясининг Марказий кўргазмалар залида Ўзбекистон Миллий павильони очилиши. Учинчи кун 25 октябрь Ўзбекистон тасвирий санъат галереясида 10.00–11.30 - "Кўпмаданиятлик инқирози ёки трансформацияси: Биеннале ҳудуди” мавзусида давра суҳбати. 12.00–13.30 - Биеннале доирасидаги халқаро лойиҳалар очилиши:
Тўртинчи кун 26 октябрь, 10.00 – 11.30 - Ўзбекистон Давлат санъат музейида Биеннале доирасидаги кўргазмавий лойиҳалардан бири "Ўзбекистон - менинг уйим” кўргазмаси очилиши. Бешинчи кун 27 октябрь, 11.00 – 12.30 - Икуо Хирояма номидаги Халқаро маданият карвонсаройида Биеннале доирасидаги кўргазмавий лойиҳалардан бири "Кўза – фазовий тафаккурнинг шакли сифатида” лойиҳаси. 29 октябрь, 17.00 – 19.00 - Ёшлар ижод саройида Ғолибларни тақдирлаш маросими ва VI Тошкент халқаро замонавий санъат биенналесининг ёпилиши. Toshkentda 23 oktabr kuni "Art Week Style.Uz – 2011” san’at haftaligi boshlandi. "O‘zbekiston madaniyati va san’ati forumi” jamg‘armasi tomonidan tashkil etilgan ushbu tadbir o‘z ahamiyati, ko‘lami va miqyosiga ko‘ra Markaziy Osiyo mintaqasida mazkur yo‘nalishdagi birinchi va eng yirik ijodiy loyihadir. Shu bois haftalik yurtimiz va xorijlik san’at ixlosmandlari, dizaynerlar, musavvirlar, modelyerlarda katta qiziqish va e’tibor uyg‘otmoqda. Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida bebaho ma’naviy merosimizni qayta tiklash, asrab-avaylash, yanada rivojlantirish, sohada qo‘lga kiritilgan yutuqlarni keng targ‘ib etish borasida amalga oshirilayotgan ulkan ishlar o‘zining yuksak samaralarini bermoqda. Bu yo‘nalishdagi ezgu sa’y-harakatlarda milliy hunarmandlik va xalq amaliy san’atini e’zozlash, uning o‘ziga xos an’ana va maktablarini rivojlantirish, iste’dod sohiblarini o‘z vaqtida aniqlash va har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, rag‘batlantirish muhim o‘rin tutadi. "O‘zbekiston madaniyati va san’ati forumi” jamg‘armasi faoliyatida yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, badiiy didi va tafakkurini kengaytirish, san’atning barcha turlarini rivojlantirishga munosib hissa qo‘shish ustuvor ahamiyat kasb etadi. Mazkur jamoat tashkilotining "Asrlar sadosi”, "Bazar-ART”, "Kelajak ovozi”, "Navqiron O‘zbekiston”, "Yangi avlod”, "Toshkent bahori” singari festivallari, ko‘rgazma-yarmarka, ko‘rik-tanlovlari ayni ezgu maqsadlarga xizmat qilmoqda. An’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan "Art Week Sryle.Uz” haftaligidan ko‘zlangan asosiy maqsad milliy madaniyatimiz va san’atimizning yutuqlarini atroflicha tahlil va sarhisob qilish, ulardan tomoshabinlarni bahramand etish, rassom va dizaynerlar, usta va hunarmandlar, modelyerlarning o‘zaro muloqoti uchun qulay sharoitlar yaratishdan iboratdir. Mazkur haftalik va uning doirasida o‘tkaziladigan tadbirlar yurtimizda qobiliyatli yigit-qizlarni aniqlash, ularning ijodini yanada yuksak talablar asosida yo‘lga qo‘yish, faoliyati bilan xalqimiz va xorijlik mehmonlarni yaqindan tanishtirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. O‘tgan yillar davomida tadbirda qatnashgan yosh dizayner va rassomlar, modelyerlar respublika va xalqaro miqyosdagi ko‘rik-tanlovlar, modalar namoyishi, ijodiy festivallarda muvaffaqiyat qozongani ham buning yaqqol tasdig‘idir. Joriy yilda "Ranglar, orzular va tuyg‘ular hamohangligi” shiori ostida o‘tkazilayotgan san’at haftaligining ham qamrovi keng, tadbirlari rang-barang. "Art Week Style.Uz – 2011” ijodiy loyihasi tasviriy san’at, musiqa, zamonaviy xoreografiya, teatr, kino, dizaynerlikka oid qiziqarli tadbirlarni o‘zida mujassam etgan. Oltinchi Toshkent xalqaro zamonaviy san’at biyennalesi, "Theatre UZ/2011” xalqaro teatr festivali, zamonaviy xoreografiya va sport plastikasi xalqaro tanlovi kabi nufuzli tadbirlar shular jumlasidandir. Ayni paytda badiiy va foto ko‘rgazmalar, "Underground” yosh dizaynerlar ijodi namoyishi, turli ko‘rik-tanlov va festivallar, yangi loyihalarning taqdimoti ham bo‘lib o‘tadi. Jahon musiqa san’atining yulduzlari ishtirokidagi konsertlar, taqdimot marosimlari, ijodiy uchrashuv va jonli muloqotlar san’at haftaligiga alohida ruh va ko‘tarinkilik bag‘ishlaydi. ”Ijtimoiy tadbirkorlikni rivojlantirish: tajriba va ustuvor vazifalar” mavzuidagi biznes forum xotin-qizlarning tadbirkorlikka oid ilg‘or g‘oya va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularni amaliyotga joriy etish, bu sohada yurtimizda yaratilgan milliy qonunchilik asoslari, qulay sharoit va imkoniyatlar haqida ishtirokchilarni batafsil xabardor etadi. Moda sanoati va kasb-hunar ta’limi tizimiga bag‘ishlangan davra suhbati, onkologik xastalikka chalingan ayollarga moddiy va ma’naviy ko‘mak ko‘rsatishga doir xayriya aksiyalari bu yilgi haftalikning ulkan ijtimoiy ahamiyat kasb etganidan dalolatdir. "Fond forum: fuqarolik jamiyatining amaliy ensiklopediyasi” kitobi taqdimoti yurtimizda jamoat tashkilotlari rivoji yo‘lida ko‘rsatilayotgan e’tiborning yana bir namoyoni bo‘ladi. San’at haftaligida AQSH, Avstriya, Belgiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Janubiy Koreya, Yaponiya, Italiya singari ko‘plab davlatlardan mashhur moda va dizayn, zargarlik kompaniyalarining vakillari, dizayn san’atiga ixtisoslashgan oliy o‘quv yurtlarining o‘qituvchi va mutaxassislari, san’atshunos olimlar, rassom va fotograflar, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etmoqda. – O‘zbekiston – g‘oyat go‘zal va maftunkor mamlakat, – deydi fransiyalik rejissor Jerar Kravchik. – Tinch-osuda, farovon, osmoni musaffo, odamlari baxtiyor va samimiy bu yurtdagi bayramlarda ishtirok etish katta sharafdir. Toshkentda o‘tkazilayotgan bunday san’at haftaligi yoshi, millati, kasb-koridan qat’i nazar, barcha odamlar uchun ochiqligi meni juda quvontirdi. ”Art Week Style.Uz – 2011” can’at haftaligining dastlabki kunlarida Yoshlar ijod saroyida britaniyalik modelyerlar yaratgan libos va zeb-ziynatlar, turli aksesuarlar ekspozitsiyasi, Londondagi modaga ixtisoslashgan kollej mutaxassislari ishtirokida "Zamonaviy dizayn” mavzuidagi mahorat sabog‘i kabi tadbirlar o‘tkazildi. Yoshlar ijod saroyida 23 oktabr kuni VI Toshkent xalqaro zamonaviy san’at biyennalesi boshlandi. O‘zbekiston Badiiy akademiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, "O‘zbekiston madaniyati va san’ati forumi” jamg‘armasi, Toshkent shahar hokimligi hamkorligida tashkil etilgan mazkur xalqaro ko‘rgazma yurtimiz madaniy hayotidagi o‘ziga xos yorqin voqealardan biri – "Art Week Style.Uz – 2011” san’at haftaligining debochasi bo‘ldi. Ma’naviyat va ma’rifat, san’at va nafosat bayrami sifatida ixlosmandlarni o‘ziga chorlagan xalqaro ko‘rgazmaning ochilishida turli vazirlik va idoralar, jamoat va xalqaro tashkilotlar, diplomatik korpus vakillari, san’atshunos olimlar, ijodkorlar, o‘qituvchilar, talaba-yoshlar, xorijlik mehmonlar ishtirok etdi. O‘zbekiston Respublikasi madaniyat va sport ishlari vaziri T.Qo‘ziyev va boshqalar Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida istiqlol yillarida ma’naviy-ma’rifiy sohalarda amalga oshirilayotgan izchil islohotlar milliy san’atimiz, madaniyatimiz rivojida yangi bosqichni boshlab berganini ta’kidladi. Bu yo‘nalishdagi ezgu sa’y-harakatlar xalqimiz, ayniqsa, yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, umrboqiy an’ana va qadriyatlarimizni asrab-avaylash, sog‘lom fikrli barkamol avlodni voyaga yetkazishdek ulug‘vor maqsadlarga xizmat qilmoqda. Mustaqillik yillarida yurtimizda, boshqa sohalar kabi, tasviriy san’at ham yanada ravnaq topmoqda. Xalqimizning milliy va jahon san’ati durdonalaridan bahramand bo‘lishi, ijodkorlarning erkin, sermahsul va samarali mehnat qilishi uchun barcha zarur sharoit va imkoniyatlar yaratilmoqda. Buning samarasida istiqlol yillarida ko‘plab musavvirlarimiz, iqtidorli yoshlar o‘zining eng sara ijod namunalari bilan xorijda o‘tayotgan nufuzli ko‘rgazmalarida, xalqaro ko‘rik-tanlovlarda muvaffaqiyat qozonmoqda. Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan yurtimizning barcha hududlarida barpo etilgan madaniyat koshonalari, galereya va ko‘rgazma zallari, san’at yo‘nalishidagi ta’lim muassasalari yoshlarning badiiy didini yuksaltirish, yuksak ma’naviyatli barkamol avlodni tarbiyalashga xizmat qilmoqda. Bular Toshkent xalqaro zamonaviy san’at biyennalesining maqsad va vazifalarida ham o‘z ifodasini topgan. 2001 yildan buyon an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan mazkur xalqaro ko‘rgazma "San’at – bunyodkorlik va insonparvarlik timsoli” degan hayotbaxsh g‘oyani o‘zida mujassam etgan. Zero, bugungi globallashuv davrida odamlarni ezgulik, ma’rifat, hamjihatlikka chorlashda ijodkorlarning mas’uliyati har qachongidan ham ulkandir. Ko‘rgazmaning asosiy maqsadi istiqlol yillarida san’at va madaniyat sohasida erishilgan yutuqlarimizni yurtimiz hamda xorijiy san’at ixlosmandlariga keng namoyish etish, mo‘yqalam sohiblari, san’atshunoslarning samarali ijodiy muloqoti uchun imkoniyat yaratishdan iboratdir. Shu bois ushbu san’at anjumaniga xalqaro miqyosda ham qiziqish va e’tibor tobora ortmoqda. Jumladan, oltinchi marta o‘tkazilayotgan Toshkent xalqaro zamonaviy san’at biyennalesida Buyuk Britaniya, Belgiya, Ozarboyjon, Ukraina, Rossiya, Eron, Singapur, Xitoy, Janubiy Koreya singari ko‘plab davlatlarning musavvirlari ishtirok etmoqda. Bu yilgi biyennale "Zamonaviy san’at: jamiyat va rassom hududi” shiori ostida o‘tkazilmoqda. Unga taqdim etilgan asarlarda jamiyatning badiiy estetik qarashlari tasviriy san’atning turli janr va uslublarida aks ettirilgan. – Prezident Islom Karimov tashabbusi bilan yurtingizda san’at, yoshlar ta’lim-tarbiyasiga, bebaho merosingizni o‘rganish, uni asrab-avaylashga alohida e’tibor qaratilayotir, – deydi ozarboyjonlik rassom Odil Yusifov. – Yurtingizda xalqaro zamonaviy san’at biyennalesining ko‘tarinki ruhda, yuqori saviyada o‘tkazilishi tasviriy san’atga ko‘rsatilayotgan doimiy g‘amxo‘rlik namunasi bo‘lishi bilan birga, tinch va osoyishta, farovon hayotingiz, xalqingizning yuksak intellektual salohiyati, bag‘rikengligi va mehmondo‘stligi ifodasidir. 29 oktabrga qadar davom etadigan biyennale doirasida turli ko‘rgazmalar, anjumanlar, muloqotlar, mahorat saboqlari, konsertlar uyushtiriladi. Tasviriy san’at bayrami tadbirlari qadimiy va hamisha go‘zal Samarqand shahrida ham davom etadi. VI Toshkent xalqaro zamonaviy san’at biyennalesi "Uslub – bu men” zamonaviy san’at loyihasi, ispan impressionist-rassomlari asarlarining namoyishi hamda amerikalik musavvir Igor Vishnyakovning "Kumush asr” mavzuidagi shaxsiy ko‘rgazmasi bilan boshlandi.
| |
Бўлим: Yangiliklar |
Кўрилган: 5477 |
Чоп этди: Sayyod
| Теглар: |
Нравится
Барча изохлар: 7 | |||||||
Диққат: Ёзиб қолдирилган изох дарров сайтга чиқмайди. Хар бир изох узоғи билан 24 соат ичида текширувдан ўтади. Мабодо бу вақт ўтгач хам сайтда изохингиз чиқмаган бўлса унда чиқарилмаганлик сабаблари қўйидагича бўлиши мумкин: Сайтимизда сўкиниш, хақорот, камситиш, мазах қилиш, салбий ва диний тарғибот, махалийчилик, миллатчилик, реклама ва қадр қимматни ерга ургувчи АЛОМАТЛАРИ БОР изохлар сайтга чиқмасданоқ ЎЧИРИЛАДИ! Шунингдек миш-миш бўлиб кетишига сабабчи бўлгувчи тасдиқланмаган маълумотлар, тасдиқланмаган гап-сўзлар хам изохлардан ўчирилиши мумкин! -Қолдирилаётган изох ўша мақоладан ташқаридаги мавзуда бўлса хам ўчирилиши мумкин. (батафсил манбаа)
Изохлар модератори NOZI, Шахло Қодирова ва Бекзод |