[ Янги изохлар · Фойдаланувчилар · Қоида · Изламоқ · RSS ]
Модератор форума: Giyos, SarVario, komol_76, Anv@rbek  
Monolog
SmileyСана: Якшанба, 15-Май-2011, 05:24 | Изох # 101
Иштирокчи
Гурух: VIP
Изохлар: 447
Тақдирланишлар: 1
Хурмат даражаси: 359
Холати: Хозир йўқ
Monologga gap bo'lishi munkunmas. Molodec Giyos. Bravoo. Judayam ta'sirli sad

 
JASMINAСана: Якшанба, 15-Май-2011, 19:23 | Изох # 102
Иштирокчи
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 271
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 102
Холати: Хозир йўқ
juda ajoyib ijodda davom etaveringlar qoyil smile

 
LoadingСана: Душанба, 16-Май-2011, 12:14 | Изох # 103
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
Giyos mana buni hisobga olib qo'ying. ''Men ayrilgan baxt'' bu vaziyatida odamni hayoliga keladigan gaplar. Ammo bu nolinish, taqdirdan nolinish, Yaratganing irodasiga qarshi chiqish. Oramizda buni hammamiz bilamiz deya olmayman.

Faqat 3 ta shart!
 
GiyosСана: Якшанба, 22-Май-2011, 04:15 | Изох # 104
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 1130
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 59
Холати: Хозир йўқ
Tez kunda "Sevgi izhor". Bunga yetganlar bor, armonda qolganlar bor...

Sog' salomatlik...
 
LoadingСана: Якшанба, 22-Май-2011, 06:03 | Изох # 105
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
Bugun mana yana ko'chaga chiqaman, xayolim chalkashadi, esimdan ozib qolaman go'yo. Kimnidur boy ko'raman, Kimnidur faqir xolatida ammo ko'pchiligimiz shu boylikni deb yuribmiz. Juda qiziq odamlar kunini Aldov bilan boshlab arzon garov narsaga uchishmoqda. Vo Ajab bazilar kunini munajimlar bashoratiga qarab boshlargan? Men esa toza afsus chekaman. Nafratimni yashirishga majburman.
Ana endi Taqdirim ko'chasini changitgan mavzu:
Oldimga katta rejalar qo'ygan edim. Oyoqqa tursam seni baxtli eta olish imkoniyatim ko'payardi degan maqsadim bor edi. Yana do'stimning gapi esimga tushadi. (istak Imkon yaratadi) Mana soyabon ostida men kutgan kunlar. Ko'ksimga boshingni qo'yib atrofga razim solasan. Atrofdagi xodisalarni o'zingcha taxlil etasan, bazan kulib bazan... . To'g'rimizda o'tirgan yana bir yosh oila bo'lsa kerak extimol? Yigit atrofga alanglab o'tgan qizlarga ko'z qirini tashlab, tulkisifat tirjayib qo'yadi. Sen bu xolatni xiyonat deb ataysan. Aslida sen xam ayni daqiqada xiyonat qilmayabsanmi? Yosh oila deb o'ylabman kechir. Ularning yoniga yana bir yigit qo'shildi. Qizning boshi 1chi yigit yelkasida-yu qo'llari 2chi yigini qo'llarida. Be extiyor seskanib ketaman QANDAY oliy tuyg'ular o'yinchoqmi?! Sen esa xotirjam bu xozir ODDIY xolat disan. Xali aqil to'lmagan boshingni Qo'llarim g'azab bilan silay boshladi. Nigoxlar savol javob qila boshlaydi. "NIMA SEN XAM SHUNDAYMISAN?" Ko'zlaring yoshi tirqairaydi xamon jim turamiz. Ko'zlarim javob kutmoqda?! To'g'risi Og'zaki cheksiz yalinish, uzuringdan Bir tomchi yoshing aybini yuvmoq uchun yetarli. O'ylab qoldim janjal qilishga qanday sababim bor. Ayibdor aslida shu tuturuqsiz student yoki sevgini kitobdan o'qigan yoshlar ayibdor emasmi?
Oilamni buzib a? Shu bir qator gapi uchunmi? gumonim qoldi balki bu xam...? Yo'q qanday qilib. 1-sinfdan beri birga yurgan qiz xaqida xozir men gumon qildimmi? Agar qonun bo'lmaganda bu betayin yoshlarni Axmoqliklarini buzib qo'ygan bo'lardim.
Bir kunda 1000dan ortiq oila buzulib 1000 ortig'i tiklanadi. Undan ko'proq oila quriladi. Baxt osmonimni omad qushlar tark etishiga bir laxza qoldi. Sevgidur bu, uning kuchidur, oilamni saqlab qolishga sabab, yoki kechirish uchun Allohning o'zi kuch berdi.
Keling uyimda mexmon qilaman. Tolibi ilmman, Men xam shu yurt farzandiman siz xam. Ichimdagi og'riqli gap. Buni o'z singlimga yoki akamga yoxud ukamga aytayotgandek og'riqli. To'g'ri o'qiyabmiz? Yoshlik bu o'yin kulgu davri? Lekin qayerdamiz unutib qo'ydikmi? O'zbekiston deb atalgan uyimizni nega bunday illatga to'ldirishga urunyabmiz.
Meni oilam buzilishiga bir laxza qoldi. Narigi skamekada o'tirgan oila taqdiri xunuk bo'ldi. Eslasam takror g'azabim qo'zg'ab ketadi. Ularning voqiyasini mendan eshiting. Er atrofdan chiroy, ko'nglini ola biladigan bir yor izlaydi. Xotini esa birinchi "sevgisini" eslab xayol suradi. Bu patda "Sevgisidan" voz kecholmagan qaramon urush tugaganda maydonga chiqadi. Butunlay o'zganiki bo'lib ulgurgan qizning qo'llaridan ushlab oladi. Tamom. Natija. Xulosa.

Loading...


Faqat 3 ta shart!

Изохни тахрирлади (ўзгартирди) Loading - Якшанба, 22-Май-2011, 06:11
 
GiyosСана: Душанба, 30-Май-2011, 03:58 | Изох # 106
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 1130
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 59
Холати: Хозир йўқ
Nega do'stim.
Eyy Do'stim. Nima qilardinga mendan shuni so'rab. Nega seni tanishtridim. Bir qizni deb do'stlikni tugatish yahshimi? Hohlaganingni qilaverasanmi? Nahotki nafsing aqlingdan ustunlik qildi. Seni bunday deb o'lmagandim. Seni bunday qilishini bilganimda hokisor, beozor usha qiz bilan tanishtirmasdim. Nega bunday qabih ishlarni qilasana. Yana nega meni o'rtaga qo'yib. Endi man nima qilaman. U qizni yuziga qanday qarayman? Sen ablahsan. Seni yomooon ko'raman. Mandan nima dib so'raganding? Faqat tanishish uchun degandinku! Senga qanday ekanini bilib beraman, kim bilan yurganingni bilib beraman desang ishonibmana. Bilardinku?! Men uni sevardim. Sen Iflossan. Sendan Nafratlanaman. Sen ishonchimdan foydalanding. Shunaqa ham ishonuvchan bo'lamanmi? Sendan hafa bo'lshim kerak emas, man o'zimdan hafa bo'lib o'zimdan nafratlanishim kerak! Seni u qiz ham, men ham hech qachon kechirmaymiz. To'g'ri u qizni men endi boshqa ko'rmayman. U ham seni gaplaringa, shirin yolg'onlaringa uchib sen tomon ketgandi. Menga ishonmadia. Battar bo'lsin!
Do'stim. Sen mendan yana so'ra. uyimni so'ra, mashinamini so'ra, hamma hamma narsani so'ra, hayotimni so'ra. Hamma hammasi senga. Olaver, ol uyalma. Hayotimni qora dog'lar bilan bulg'a. Yoqib yubor. Menga sendan hech narsa kerakmas. Bari senga. Sendan menga bir narsa qoladi. Alam va nafrat.


Sog' salomatlik...
 
LoadingСана: Душанба, 30-Май-2011, 14:24 | Изох # 107
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
G'iyos mani hayotimni nega saytga olib chiqasiz? Bilmayman kansertdagi manalogdan keyin meni hayotim oq qog'ozga tushmaydi deb o'ylagandim, ishongandim rosti. Yana bilmayman so'zi fikirlarim chalkashligini izohlaydi. Ishonmayman, mana endi ishona olmayman Giyos! Siz esa avvalgidek bahonalar bilian o'zizni oqlay boshlaysiz. Siz aytayotgan bu voqiyada men xiyonatkor do'stman. Siz shunday dediz. Do'stimga bunday xiyonatim kutilmaganda yuz bergan edi.

Faqat 3 ta shart!
 
GiyosСана: Сешанба, 31-Май-2011, 05:35 | Изох # 108
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 1130
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 59
Холати: Хозир йўқ
Hammasi yahshi.

Ko'ramiz hali. Eshitamiz. Agar sog' bo'lsak. Ketayapman. Hech kimga qaramay. Nega? Hammadan to'yib ketganman. Bir hil chehra bir hil qarashlar, bir hil gaplar. Nega hammasi mansabim uchun etilgan gaplar. Kel ko'chaga boshqa ko'rinishda chiqamiz. Men emas boshqa bo'lib. Har hil chehralar har hil gaplar. Birov seni mensimaydi. Kecha ortingdan lagan ko'tarib yurgan bugun tepib haydaydi. Ustumdagi kiyim uchun ekanda dib qolasan. Avvalari umumiy hammom bo'lardi. Hamma kiyimsiz. Ichkarida hamma bir biri bilan bir hil gaplshadi. Tashqariga chiqgandan keyin yani kiyimda. Kiyimga qarab gapirishlari, muomilalari o'zgaradi. Hammasiga sabab yana kiyimmi? Usha kiyimni kim tikkan. O'zimiz. Shuni bila turib ikkiyuzlamachilik qilamiz. Yana o'zizmiz bilmagan holda. Tashqaridan agar qilayotganimizni boshqa birov ko'rsatsa nahotki men shu deb qolamiz. Uyat. Odamni ichiga emas tashqisiga baho bersak. Hayotda har narsa bo'lishi mumkin. Gado shoh bo'lishi, shoh esa gado bo'lishi mumkin. Kimga qiyin. Gadogami yoki shohgami. Oson hayotdan qiyin hayotga o'tganda chiday oladimi. Yoki qiyin hayotdan oson hayotga o'tganda chiday oladimi? Hayotni qoidalaridan biri shude. Odam bariga ko'nikadi. yurakda bitta gap bo'ladi, o'ziga dalda: HAMMASI YAHSHI!!![b]


Sog' salomatlik...
 
ParvinaСана: Жума-муборак кун!, 03-Июн-2011, 10:07 | Изох # 109
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: VIP
Изохлар: 1439
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 638
Холати: Хозир йўқ
Уни эслаб,
Ёлгизман. Кеча овозини эшитдим-у титрок босиб кетди. Канча кунлар, соатлар утар экан кайтанга уни севабошлаяпман. Бакли уни хам севар. Кеча тунда чиккан ойни курсангиз эди. Ой жуда хурсанд, юзи ёришган манга караб ха хамон уни ёдидасан, у сени хамон эслайди. Ой гуёки манга караб сен менга майин жилмайма хали у мани куриши керак, ахир уни умидвор килма. Сенла бахтли булолмайсанлар уни сенга етишига хали анча бор. Сен уни унитишга харакат кил деётгандек. Ой аста кета бошладию ман хам уйкуга кетдим. эрталаб уйгониб, тушимда курганларимни бирма-бар эсга солабошладим. Тушимда у севгисига икрор булаётгандек, мен эса йук биз бирга була олмаймиз. Сен бахтингини бошкадан изла деб уни хайдабман. Хайдашга хайдайман-у кунглим унда. ман хам севишга хакли ман, факат унимас. Бугун ишсизликдан газета вараклай бошладим хар сафар газетани орка томонидан укиб келиш одат булиб колган эканми мунажиммалар башоратига кузим тушди. узимни буржимни укимасдан биринчилардан уни бурини укидимда, хаёлимдан утказдим. Барибир кизикарсан эканда. Уни эслаб, узимга гохида ишонмай куяман. Нега хаммаси бундай якун топди, балки давом эттириш керакмикан. Билмадим. Уни мани, ман уни кутаётгандек!


Allah büyükdur
 
GiyosСана: Сешанба, 21-Июн-2011, 21:55 | Изох # 110
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 1130
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 59
Холати: Хозир йўқ
Kulmang.
Kulayapsiz. Mani ustimdan kulyapsiz. Bilaman siz mani sevasiz. Mani sevishimni ham bilasiz. Lekin tan olmisiz. Man tan olaman. Sizni sevaman. Siz tan ola olmisiz. Chunki uyalasiz. Aslidachi yo'q. O'zizni uytchang qib ko'rsatasiz. Lekin man sizni qanaqaligizni juda yahshi bilaman. Siz o'zizni bunaqa qib ko'rsatib, rol o'ynab o'zizni qiynamang. Mani chaqiring, yoki chaqirganimda boring. Kafega boramiz. Keyin man sizga uzuk beraman. Qo'lizni ushliman va qo'lizdan bo'sa olaman. Yo'g'ee. Qo'lizga uzuk taqaman. Keyin sizdan Qo'lizni so'riman. Etgancha qo'liz mandaku. Qo'lizni ushlab sizdan manga uylanishizni, yo'g'e turmushga chiqishingizni so'rayman. Siz albata birinchi etishimda yo'q diysiz. Man yana so'riyman. Siz yana yo'q diysiz. 3 marta so'ramasimdan rozi bo'vorasiz keyin. Nega? Yana etmiy qomasin dib. Man keyin hursand bo'laman. Sizga qarab MAN SIZNI SEVAMAN diyishim bilan siz mani quchqlab olasiz. Keyin siz ham MAN HAM SIZNI SEVAMAN diysiz. Man buni sizdan kutmagan bo'lamande, eshitib erib ketaman. keyin siz mani o'rnimdan turg'zasde. Man turmiman. Keyin yuzimga shapaloqlab urdingiz. Tur. Tur diyrdiz. Man ko'zimni ocha olmasdim. Keyin baqirdiz. Turmisanmi, kun yorishganiga qancha bo'ldi. Uyda mol och yotibdi. Bor dalaga borib o't yulib kel. Uhlab yotvurasanmi? diyrdiz. Uyg'onib ketdim. Qarasam ONAM turardilar. Tush ham ko'rish kerekmasde. Hayolni buzadi.)))


Sog' salomatlik...
 
SakinaСана: Чоршанба, 22-Июн-2011, 01:08 | Изох # 111
Рўйхатда
Гурух: Янги аъзо
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 42
Холати: Хозир йўқ
bu monologni o'qib faqat kuldimku biggrin kulmang deb yozib qo'yibsiz, baribir kulvomman vuhahahaha

 
sherzodСана: Чоршанба, 22-Июн-2011, 14:01 | Изох # 112
Sayyod.com мухлиси
Гурух: VIP
Изохлар: 576
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 529
Холати: Хозир йўқ
vax xa xa xa Xozir dumalab tuwaman boruuu.....

 
DilyaСана: Чоршанба, 22-Июн-2011, 14:24 | Изох # 113
Рўйхатда
Гурух: Форум аъзоси
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 171
Холати: Хозир йўқ
dumaladim boru vahahaha:-) koproq wunaqa pozitiv.

 
DilnozaСана: Шанба, 25-Июн-2011, 23:52 | Изох # 114
Sayyod.com мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 643
Тақдирланишлар: 3
Хурмат даражаси: 496
Холати: Хозир йўқ
lol lol lol vuxaxaxa kulmang deb yozilganiga qayg'ulimi deb o'ylagandim

Sayyod.com OLLOH mehribon u meni do'stim.
 
LoadingСана: Якшанба, 26-Июн-2011, 00:39 | Изох # 115
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
Mangamas manalog yozish.

Faqat 3 ta shart!
 
DilnozaСана: Чоршанба, 29-Июн-2011, 22:49 | Изох # 116
Sayyod.com мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 643
Тақдирланишлар: 3
Хурмат даражаси: 496
Холати: Хозир йўқ
Sizni ko'rganimdayoq boshqacha insonligizni xis qilgandim. Boshida tushunmasdim. Sizni ko'rsam, yuzimda be ixtiyor tabassum yugurardi. Bu shunchaki tabassum emas, sizni ko'rib quvonish ekan. Men go'yo ko'r edim. Xech kimni xech narsani ko'rmasdim. Dunyo meni ko'zimni ko'r qigandi lekin sizni ko'rdim. Sizni ko'ribmanmi? Demak OLLOH shuni xoxlagan bo'lsa kerakki sizni ko'rsatdi. Gapim chiroyli so'zlardan tuzilmagan, shirin xam eamas. Bu so'zlarning go'zalligi sevgimdan chiqayatgan xaqiqatda.
Men xaqimda nima o'ylashni bilmaysiz a?
Birov yomonlasa yoqmagan bo'larmidi? Menga esa birovni men xaqimda nima o'ylashini qizig'i yo'q. Kim nima desa deyaversin menga esa eng asosiysi siz. O'ylagan gapimni bez bo'lib aytaydigan jurat emas. Jasorat bilan aytaydigan xaqiqatimda. Agar gaplar xaqqoniy bo'lmasa jasorat xam bilinmaydi. Eng asosiysi men soxta emasman. Menda odamlar orasida kiyaydigan niqob yo'q. Yolg'izlik esa meni qismatim. Sizni uchratganimdan umuman pushaymon emasman. Menga sizni shunchaki ko'rishni o'zi yetarli. Bundan ortig'iga o'rganmaganman bo'lmagan xam. Xar bir kulib gapirganizda buni ko'rib bir necha daqiqaga bo'lsa xam baxtliman va shu soniyalarni qadrlayman. Men uchun doimo bittasiz №1. Ataylab o'tmishdagi sevgiz xaqida gapirganiz esa asabimni buzadi.

Добавлено (29-Июн-2011, 21:49)
---------------------------------------------
Ko'chaga chiqdim deguncha odamlar g'iybatingni boshlab yuborishadi. Nuqta bo'lib ko'rinmay ketguningcha yoki g'iybat qilish uchun yana bitta yarim o'tsa uni xam xuddi shunday kuzatadi. Bilaman lekin menga baribir. Bir kun keladi men shunday baxtli bo'lamanki. Xuddi senlsrni betinga aytganimdek baxtli bo'laman. Senlar menga qanchalik baxtsizlik tilagan bo'lsang men shunchalik baxtli bo'laman XUDO xoxlasa. Ko'zimga qarab sevaman deb pastlarcha qo'ygan tuxmating evaziga baxtli bo'laman. Uyalmadingmi? Senlarni qaysi biringa umid berganman? Kut deganmanmi? Sevaman deb aldaganmanmi? Senlar meni sevib aybing yo'q bo'lganidek, meni xam senlarni sevmaganim uchun aybim yo'q. Yoki gapim yolg'onmi? Gapir qaysinga vada berganman? Betimga qaromisan chunki noxaqsanda lekin orqamdan gapirishni bilasan. Aslida bir-biringa yomonlab yurganingni eshtaman. Bilasanmi nimaga senlarga gapirmiman? Birinchidan senlar menga xech kim emassan. Senlarga xech narsa isbotlamiman nima o'ylashingni menga qizig'i yo'q. Chunki senlar baribir aytgan gapingni tan olomisanlar. Senlarga kuchim xam yetmaydi. Senlar o'g'il bola men qiz bolaman. Senlar ko'p men bitta o'zim nima xam keladi qo'limdan. Agar birortani xaqiqatan xam sevsam buni senlarga tan olishdan qo'rqmasdim. U men uchun xar doim bitta yaqinim sevgim bo'lib qolaveradi. Senlar esa aynan meni ximoya qiladigan inson bo'lmaganidan foydalangansan. Tushunmiman bu bilan nimaga erishasan. Menga yoqib qolmisanku. Shunchalik yomon ekanman nimaga sovchi qo'yding nimaga uylanmoqchi bo'lding? Qilayatgan tuxmatinga xatto o'zing xam ishonmaysanlarku. Judayam xoxlisanlar a birovni sevib unga zor bo'lishimni? O'zimgayam aytgansanlar. Men senlarga o'xshagan pastkash emasman. Meni sevmagan insonni ayblamiman. U xaqida yomon gap xam aytmiman, savganiga zor bo'lsin demiman. Aksincha baxtli bo'lsin deyman. Uvvolim tutadi derding a xammang. Balki shunday bo'lar lekin men buni jazo sifatida emas shunchaki OLLOH bergan sinov deb qabul qilaman. Senlar kimni xor qilgandingki sevginga erishmading. Senlarni kimni uvvoli tutdi ekan a. Xa senlar musichai beozor. O'zimga aytolmagan gapingni nima qilasan orqamdan aytib. Senlar noxaq tuxmat qilib ko'zyosh to'kganim xaqqi tuxmatlaringni uvvoli bor. Ojizligimdan foydalanib orqamdan tosh otganing xaqqi javobi bor. Senlar bilsang bunga xam javob bor. Unutma bir kun baxtli bo'lib yurganimda OLLOH senlarga jazo bersin. Senlarga qadrli bo'lgan insonlarga emas faqat o'zinga. OLLOH nimagadir bazida odam qilgan gunoxi uchun yaqinlarini jazolaydi. Qaysingnikidir chin qaysingniki garov. Alam qigani garovga yutqazganingda a. Senlar menga baxtsizlik tilasang xam men senlarga baxt tiliman. Chunki baxtsizlik tilaganim bilan baxtsiz bo'larmiding. Agar shunday imkonim bo'lganda xam baxtsizlik tilamasdim. Agar baxtsizlik tilasam bir menga o'xshagan orzulari cheksiz bo'lib senlarga turmushga chiqqan qiz baxtsiz bo'lib qolardida shu uchun xam bunaqa imkoniyatim bo'ganda xam baxtsiz bo'l demasdim. Pastkash bo'lsang xam chin sevib qiynalganing xaqqi baxtli bo'l. Bir kun ko'z yosh to'kmay yig'laganingda, o'g'il bolalik oring ko'z yosh to'kishga yo'l qo'ymaganda, ko'ngling o'ksib baqirib yig'laging keganda, noxaqlik qilishganda, bilgin xammang men xam mana shunday noxaq achchiq ko'zyosh to'kganman Senlar faqat mendek ko'zyosh to'kolmisan. Yigitlik oring bunga yo'l qo'ymaydi. Ana oshanda meni xolatimni xis qilasanlar. Balki o'shanda pastkash yuragingdan pasgina bo'lsaxam ovoz chiqar kechir sen xam baxtli bo'l deb. Xech qachan xech qaysing unutma meni yolg'izligimni yoki bir kun kelib sevgimga yetishmaganimni senlarni uvvoling deb qabul qilmayman. OLLOHGA shukurki senlarday pastkashlarni sevishni menga ravo ko'rmabdi.


Sayyod.com OLLOH mehribon u meni do'stim.
 
GiyosСана: Чоршанба, 29-Июн-2011, 23:02 | Изох # 117
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 1130
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 59
Холати: Хозир йўқ
Bechara rosa pastkash lab tashabsiz. Bunaqalarni oldida yurmangda))))

Sog' salomatlik...
 
DilnozaСана: Чоршанба, 29-Июн-2011, 23:45 | Изох # 118
Sayyod.com мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 643
Тақдирланишлар: 3
Хурмат даражаси: 496
Холати: Хозир йўқ
Bu xali kam biggrin men nimaga ularni oldida yuraman bu faqat monolog
umuman bundaylar xamma yog'daku ularni ko'rmaslik uchun o'lish kerak


Sayyod.com OLLOH mehribon u meni do'stim.
 
LoadingСана: Пайшанба, 30-Июн-2011, 00:16 | Изох # 119
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
Xa shunday bo'ladi xar kuni. Xar soniyada aqlim yuragim birlan g'iybatingni qiladi. Yonimdagi garov o'ynagan do'stlarim qilgan g'iybattdan qochib ketoldim. Ammo mana bu yurak va aqlu xushum qilgan g'iybatdan qanday qochay. Usha pastkashlarni oldiga menxam chiqib turmasdim seni bir bor ko'rishni ko'nglim istamaganda. Balki men paskashni bundan boshqa pastkashligidan xali xabardor emassan. Sen o'tib ketgan ko'chaning changlarini o'pkam orom topib tomog'imga yo'tal kelmaguncha nafas olaman. Shu ko'chadan shuncha o'y xayollar girrdobida o'tib ketar ekansan nima kiyding qayering ochiq deb qaramadim. Sen bilan bo'lishi mumkin bo'lgan xa usha qo'sh tirnoq ichidagi baxtli xayotimni tasvirlardim va shunday go'zal kunlarni ko'rardim, ko'raman. bu o'y xayollarim muxtasar bo'lib ulgurmay qo'shni ko'chaga yuguruman. Bilmayman shaytoniy o'y xayollarmi bu yoki javobsiz sevgimning xunik ingrashimi? Seni yana ko'rgim keladi bu ko'zlarim. Nima uchun butun badanim o'yy xayollarim senga qarshi, sening istaklaringa qarshi. Yana usha gap meni dil izxorimni balki kutgandursan deb o'ylayman. Ey qizlarning kuydurushlarini bila turib shunday qildima a? Oldinma ketin sovchilarni qaytarishingdan men seni Osmonu falakka ko'tarib qo'yibman-da? Bu pastkashligim uchun aloxida kechirib qo'yasan. Osmonga chiqarib qo'ydimu mana endi qo'lim yetmay faqat yo'ling poylayman. Onamdan, maxalla kuydan sen xaqinda biron yaxshi xavar eshitishni kutib yashayabman. Baxtli bo'lsang meni duolarimdan deb xisoblay olasanmikin? Xayotning sinovlarida ko'zyoshingda oqib bora turib ey Allohim o'zinga shukronlar bo'lsin, shu odamlarni duolari tufayli sinovlaringni yengil qilayabsan deb Ayta olarmikinsan. Yoki faqatgina g'azabing qaysarligin sababidan yaxshiyu yommonga birdek nish sanchganlaringdan afsuslanarmikinsan. Va Allohi?! U bilguvchilardan bilguvchi zot.
Senga bu ko'chadagi "G'IYBATIM" yoqmayotgani aniq. Albatta sen nima dib o'ylagandin? Ichimdan o'tganini Tug'ishganlarim xam bilmaydi deb o'ylaganmiding? Alloh va men bilaman dersan ichingda. Ey pastkashshunos olima! Alloh ikki inson orasidagi xis tuyg'ularni ayon etishligidan xavarang yo'qqa o'xshidi? Pastkashmana shuning uchun mana kulib qo'ydim. O'zimni ustimdan. Ko'z yosh nimaligini unitib qo'ygan ko'zlarimni ustidan kulib qo'yaman. Bu nim tabassumim seni faqat ensangni qotiradi.
Paskashmanda shuncha xis tuyg'ularimni ichimda saqlaganim uchun. Yigitlik orim o'xchib yeg'lamaqqo yo'l qo'ymaydi.
Maylinmi? Ertaga bir joyni belgila uchrashib kelishib olamiz. boshqa bu ko'chada turmaslikka seni boshqa eslamaslikka vada beraman. Buning evaziga shartimni aytib qo'yay. ertagacha vaqt beraman o'ylab ko'rasan. Axir umur savdosi sigir savdosi emas?! Sen xoxlagan shartingni aytasan, meni 1 dona iltimosim bor. Shugina xalos?
Shunday qilib boshaqa bu ko'chadan o'tma. Vaqti soati keldi baxt ko'chasidan o'tish vaqti. Turmush choraxalaridan o'tish vaqti. Kimgadur meni bemor aylagan tabassumingni ulashish vaqti keldi.
O'tma bu ko'chadan. G'iybatdan sachragan uchqun tegib dilingni xira qilmasin uchun! O'tma bu ko'chadan. Birinchi sevgisi armon bo'lgan bu yigitlarning sof sevgisi xurmati.
O'tma bu ko'chadan. Yo'q o'tishga so'ngi bor imkoning bor yor-yor sadolari ostida. Ko'zingdan sevinch yoshlari oqqan kuni o't. So'ngi bor o'tarsan ichingni xis tuyg'ular jumbushga keltirib, extiroslaring boshingni aylantirganda.

Shu shartimga rozi bo'l. Men xam onam to'y boshlagan ko'chaga ketaman.
So'ngi kelishuv shartim, so'ngi so'z o'rnida. Oradan yillar o'tib qo'shni ko'chalar remont bo'votgan kunda aynan shu ko'chada Alloh diydorlashtirganda. Menga bildirayotgan tilaklaring qanchalik samimiy bo'lganini ko'rishga u xaqida suxbatlashishga rozi bo'l. Buguncha xayer ertangi uchrashuv joyimizni ayt va Iltimosga qorishtirilgan shartimga javobingni aytish uchun tayyor bo'lib kel.


Faqat 3 ta shart!
 
DilnozaСана: Пайшанба, 30-Июн-2011, 01:17 | Изох # 120
Sayyod.com мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 643
Тақдирланишлар: 3
Хурмат даражаси: 496
Холати: Хозир йўқ
Senlarni aytgan oxirgi marta sevamyman degin butunlay tinch qo'yaman degan sozlaringdan qulog'im bitib ketgan mana shu oxir kemasdi xech. Sevmayman deyish uchun uchrashmaydi. Xozir eshtaver sevmayman. U pastkashlar asli pastkashmasdi. Ular oldiga chiqib izimdan kelganlarga xam qoshtirnoq ichidagi gaplarni sen aytarding aytgan sen pastkash eding. Ko'chada bazibir senga oxshagan sevganlar xam bor edi laekin ular xaqiqatni gapirishardi. Shart qo'yishga esa xaqqing yo'q xech biringni. xayotdan shunchalik sovutib yubordingki dunyoda baxtga ishonmay qo'ydim. Senlarni sovchi qo'yib osmonu falakka ko'tardim deb o'ylarmiding. Yo'q menga buni keragi yo'q edi. Senlarga etibor qimaganim g'urur yoki osmonga uchish emas bu shunchaki to'g'rilik. Men mexrimni faqat sevgan odamimga berolaman. Buni oshanda tushunmasdim. Senlar birin ketin to'ying o'tdi men esa baxtga ishonmaganimcha qolaverdim. Shart qo'yishga xaqqing yo'q xech biringni. Xissiz bo'lib yolg'iz yashayatgan xayotdan kongli qolgan yuragimni avvalgidek beg'ubor qila olasanmi? Xo'rlanib to'kkan ko'zyoshlarimni, xozir esa umuman cho'kkan yuragimni qaytara olasanmi? agar imkonim bo'ganda seni ko'changda bir umr o'tmasdim. Men osmondamanmi? qani o'sha osmonda bo'masam. Qani meni dunyo ko'rmasayu bir sevganim ko'rib sevib sevilsam. minglar boqmasayu bir sevganim boqib baxtli bo'lsam. Senlarni fikringni o'zing xam tushuna olasanmi? Yursa yurdi, qaramasa osmonda balki u oddiydir unga yolg'izlik yoqar. Balki unga xech kim kerakmasdir. Manashu xayollar senlarga begona. Bilasanmi farqimiz nimada? Sen men sevgan odam meni sevishga majbur ko'nikishi kerak deb o'ylaysan. Men esa aksincha xech kim xech kimni sevishga majbur emas. Menga esa senlarni puling mashinang molu davlating xech qachan kerak bo'lmagan. Ostonam tillo bo'lsin xam yoqtirmaganim menga begona. Meni pulga sotib olishga xarakat qilma. Meni kimlar izimdan chopmagan deb asabimni xam buzma ular, ular men bu o'zim men ko'tarma emasman menga shunchaki tinchlik kerak. Shart qo'yishga senlarni xech qanaqa xaqqing yo'q.

Sayyod.com OLLOH mehribon u meni do'stim.
 
LoadingСана: Пайшанба, 30-Июн-2011, 02:34 | Изох # 121
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
Xaqqim haqidagi haqiqatlarni aytganing uchun katta raxmat. Paskashligim yetmagandek dil ozor bo'ldim. Tana boshqa dard bilmas ekan. Shart qo'ymadim shartingni ayt demoqchidim halos. Urushdan qochib g'alaba serenadasi ostida mag'rur qaytgan askarga o'xshab qoldim. Dil ozor bo'ldim. Dil izhorim sohta ekanini bilmay qolibman. Meni ayiblashga, xaqimni yuzimga solishga xaqlisan ushbu soniyada. Meni kechir ayib mendaxam emas aslida xayot kitobimda dil izhori qanday qilinishi yozilgan ekan-ku ammo sohtalik niqobini qanday kiyishni yozmagan ekanman.
Shart qo'ymadim! Ey nega endi 1 dona odam meni chunishni istamaydi. Yigitlik orim yana qancha cheklovlaring bor.
Kechirolsang kechir. Maylin o'taver. Jaxil ustida, qadri bir shirin so'zga arzimas tuyg'ularim sababli qattiq gapirib qo'ydim. Osmonga qadar otib yuboribman.
G'iybatni bas qilmadi bu tanam. Shu hislarni boshqaga bersalaringchi? Qontalash yurak malham qo'yadiganini sevsang bo'lmasmi a?
Basss meni endi koromas ekansiz! Kulib qo'ymadiz? Yolg'ondan dur shodasini ko'satmadiz?
Boshqacha bo'lishi mumkin emasdi. Axir man san o'tib ketganingdan keyin o'ylayabmanku bu baxslashuvni? Ana endi g'iybatchi odamlardan nafratimni yashirmayman. Ularni deb bo'ldi buning hammasi.


Faqat 3 ta shart!
 
GiyosСана: Якшанба, 03-Июл-2011, 05:05 | Изох # 122
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 1130
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 59
Холати: Хозир йўқ


Yomg'irli tun


Yomg'irli tun. Tun skunati. Yolg'izlik. Faqat sen, men va bo'sh o'rindiq. O'rtamizdagi sukunatni yomg'irni shtirlashi buzib turibdi. Yomg'ir kuchli yog'moqda. Shuning uchun ko'chada hech kim yo'q. Sening soyaboning bor. Menda esa yo'q. Yomg'irdan usti boshim ho'l bo'lib ketgan. Sen menga rahming kelgandek qarab turibsan. Meni suvuq urar. Lekin seni oldingda turushdek baxt oldida bu yomg'irdan ho'l bo'lib sovuq qotish hech nima emas. Sening sevgin tafti ichimdan issitib tashqaridagi sovuqni tanamga kirishiga yo'l qo'ymaydi. Sening soyaboning tagida faqat ikkimiz turibmiz. Sevgidan sarmast bo'lib, bir birimizga to'ymay, Ko'zlarimizga termulib, bir birimizni quchoqlab turibmiz. Yomg'irni shivirlashi sening so'zlaringa o'zgacha husn qo'shib turibdi. Sening ovozingga, sening gapirishingga. Mayingina kulib jilmayishing tun zulmatini yoritib menga ko'rinib turibdi. Saotinga qarading. Kech bo'libdi. Men seni bag'rimdan qo'yib yuborgim kelmayapti. Yana qachon sen bilan ucharshaman? Yana qachon bag'rimga bosaman? qachon shahlo ko'zlaringga temulaman....


(Rasm mualifi Navruz)


Sog' salomatlik...
 
LoadingСана: Якшанба, 03-Июл-2011, 12:39 | Изох # 123
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
Ana endi qayt.
Mana endi chet eldan qaytib keldim. HaR safar xatingda hafalik sezaman. Bir gal sevmaysiz degandin. Bir xatingda sog'inmaysiz deganing og'ir botti. Ko'zim yoshlanib ketti. Nima sabab aniq bilmadim halovatim yoqoldi. Yurak urushi tezlashadi. Bankok shaxridagi kanfirensiya boshlanish arafasida edi usha kuni. Maqsadim aynan shu biznes klassga azo bo'lish edi. Esingdami senga bu haqida aytgandim kelajagi bor yigit ekansiz deganding.
Bugun tongda ko'zimni ochtimu seni yoqotib qo'yaman deb juda qo'rqib kettim. Hamma kanfirensiyaga tayyorlanadi man sani oldinga shoshildim. Samalyotga chipta oldimu parvoz vaqtigacha sabrim chidamadi. Alloh ishimni yengil qildi. Xamyurtimiz shaxsiy samalyotda vatinizga qaytayotgan ekan.
Mana O'zbekiston airoportidan taksiga o'tirgandim. Avto avariya...
Seni ayibdor qilmayman, meni ko'rgani kel. Seni ovozingni sog'indim nega 3 kundan buyon qo'ng'iroq qilmaysan? Qani sog'inch to'la maktublar. Yoki eshik oldida uyalib turibsanmi? Sen kelmasang mendan kim axvol so'raydi? Axir ota-onam yo'k aka-ukam?!
Hushsurat bir medsestra meni ovutishga tinmay urinadi, shirin so'z aytadi. Rashking kelmaydimi?
Ana endi kelmaysanmi? Yo'q sendan biron xat-havar yo'k. Bu bir hafta ichida kasalxonada nima uchun yotkanimni unib qo'ydim. Bankokdagi ishimdan havotir hissi sendan biroz chalg'itdi, sen bilan bog'liq hislarimga changli shamolarni uchirib keldi.
Kutilmagan tanish ovoz dimog'imga nafasimni tiqib qo'ydi. Ey Jamba do'stim. Do'stim meni shunday erkalatadi. Sirdoshim yagona do'stim suyanchim. Ko'zida yoshi boru kulishga urunadi. Xammaga o'tar uning yolg'onlari, ammo mangamas. Qo'lida sariq kanvert. Manga uzatmoqchi jurati yetmayotgan ko'rinadi. Shartta qo'lidan yulib olaman.
Bir chetdan 1 hafta ichida kelgan xat va telegramani o'qib chiqaman. Uxxx nima qilish mumkin? Zo'rg'a qadam bosadigan oyog'im oriqni sezmay qolib manzilimni bilmay ko'chaga chiqib kettim.
Do'stimning aytolgan yagona gapi Endi u yo'k. ANA ENDI QAYT.


Faqat 3 ta shart!
 
NavrozСана: Пайшанба, 07-Июл-2011, 18:02 | Изох # 124
Иштирокчи
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 166
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 134
Холати: Хозир йўқ
super! Gap yöq
 
ZuxraxonСана: Жума-муборак кун!, 08-Июл-2011, 17:57 | Изох # 125
Рўйхатда
Гурух: VIP
Тақдирланишлар: 4
Хурмат даражаси: 790
Холати: Хозир йўқ
Bilmaysan... hayotda nogoh va juda erta sinish a`zobini,
chil parchin ko`ngling bilan "majruh" holda yashashga mahkumlik a`zobini
tushunmaysan sen... muzlab, tosh qotib borayotgan yuragimni xayotga qaytargan
o`zing. Ammo... qaytarding-u uni yana o`z qo`llaring bilan muzlarga otding.
Bilmadim, ammo shuni ishonch bilan ayta olaman-ki, mensiz yashay olayotganingni ko`rib,
hali sensiz yashashni o`rganaman...

Добавлено (08-Июл-2011, 16:57)
---------------------------------------------
Qalbim hasrati! Alamlisi seni xayotimdan yo`qotib qo`yganim, hayotingda meni olib qolish uchun kurashmaganing ko`proq alamliroq, yuragim og`riyapti, chunki endi bu yuragimning qaysar-erkaliklariga mehr va shafqat bilan javob beradigan hech kimi yo`q.
Yolg`on xiyonatdan charchab yolg`iz va umidsiz yurgan chog`imda "Baxt" bo`lib shu paytgacha men nomini bilmagan bir quvonch bo`lib kirding umrimga. Nega? Yana meni dard bilan harob etish uchunmi? Ahir orzularga aldanish mumkindir ammo orzularni aldash... Seni hayotimga topgan kunimdan boshlab ko`zlarimga faqat bir shodlik "yolg`izmaslik va umidvorlik" shodligi uyg`ondi. Men shu shodlikka aldandim. Bugun esa... Mayli, hammasiga roziman, faqat menga sog`inmaslikni, sensiz yashashga oson ko`nishni o`rgat... bas!


 
Поиск: