[ Янги изохлар · Фойдаланувчилар · Қоида · Изламоқ · RSS ]
Модератор форума: Giyos, SarVario, komol_76, Anv@rbek  
Monolog
LoadingСана: Якшанба, 03-Апр-2011, 16:35 | Изох # 76
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
Kech qolgan qiz.
Sevish uchun hech qachon kech emas ammo kech qolish mumkin.
Men izlayverib toliqdim. ishonaman siz meni izlamoqdasiz. Ko'zlaringiz doyim kulib turadi. Shu holatingiz aynan o'ng qo'lingizni qulog'ingiz oldiga qo'yib o'ychan nigox bilan boqib turishingiz. Mana bu tanam his xayajon ila sizga intilaveradi. Intilaveradi toki sizni qayta ko'rmaguncha.
Esingdami so'ngi uchrashuv? Kitobdan yotlagan manalogini boshqaga et degacha kulib ketganing. Man sani etganini qilib bu manalogni boshqasiga etib berdim.
Kechirasan san o'qigan kitobda sevgi izxorni birichisida qabul qilma deb yozilgan. Man yozgan kitobda esa bir martta xiyonat qilgan yana xiyonat qiladi deb yozilgan.
Eslang sevish uchun kech emas, kech qolish mumkin. San manga kech qoldin digan eding. Man sanga sevish uchun xech qachon kech emas diman.


Faqat 3 ta shart!
 
sherzodСана: Якшанба, 03-Апр-2011, 16:45 | Изох # 77
Sayyod.com мухлиси
Гурух: VIP
Изохлар: 576
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 529
Холати: Хозир йўқ
Sevgilim!
Seni qanchalik sevishimni ta’riflab berolmayman. Nima bo’lganda ham ishiqing o’tida meni yoqmagin, meni bunchalik zor yig’latmagin, axir qanaqa qilib meni yig’latib o’zing kulib yurishing yurasan? Seni shu qadar sevamanki, oylar, yillar utar, balki butun bir umrim utar, lekin oxirgi nafasimgacha faqat, faqat seni sevaman, hech qachon senga bo’lgan sevgimdan voz kechmayman.


 
LoadingСана: Душанба, 11-Апр-2011, 03:59 | Изох # 78
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
Salom xar kungidanda sizni sog'inib onajonim deb keldim. Bugungi kunim uchun sizdan duo olgandim. Allohga shukronalar bo'lsin onajonim. Allohimning vadasi bilan Sizning duolaringiz ijobat bo'lmoqda. Otamning o'rnida otam bo'lgan onajon. Onajonim diganimda xar qanday xolatda xam nima disan bolajonim deyishga imkon topgan volidam Jannatga kirish orzuyimning ijobati sababchisi. Xayotga keltirish chog'ida o'lim bilan yuzma-yuz kelib yana umringizni qolganini menga sarf qilishga tayyor bo'lasiz. Meni deb chekkan ozorlariz kulgulariz xammasi uchun minnatdorman yanna Alloh bilguvchiroq. sizning eng yomon so'zlaringiz ko'ksimni ilma-teshik qilsada mexringiz malxami bir laxzada xammasini davolaydigan xususiyatga ega.

Faqat 3 ta shart!

Изохни тахрирлади (ўзгартирди) Loading - Душанба, 11-Апр-2011, 04:10
 
ParvinaСана: Жума-муборак кун!, 15-Апр-2011, 17:00 | Изох # 79
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: VIP
Изохлар: 1439
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 638
Холати: Хозир йўқ
Gulzorlar, bog'lar qolib, Xayollarga ergashamiz. Gap-so'zlardan, ko'zdan xoli TELEFONda gaplashamiz. Ko'cha-köyda devonadek, Bee'tibor begonadek, Tunlar xuddi xamxonadek TELEFONDda gaplashamiz.
G'animlarim bilolmasin, Suxbatimiz ko'rolmasin, Ustimizdan kulolmasin TELEFONda gaplashamiz. Shunday sevish zamon zayli, Ortda qolmang siz ham mayli. Mening zamonaviy Majnunim
TELEFONda gaplashamiz. Ko'rgim kelar sizni kunda, Hamma balo asli shunda. Qolganini xali TUNda TELEFONda gaplashamiz.


Allah büyükdur
 
GiyosСана: Жума-муборак кун!, 15-Апр-2011, 17:38 | Изох # 80
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 1130
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 59
Холати: Хозир йўқ
Kim bn gaplasharkanla? Ajoyib chiqibdi. Man suddan keyin boshqa yozmaydilar dib o'ylagandim. Maladsiy.

Sog' salomatlik...
 
GiyosСана: Жума-муборак кун!, 15-Апр-2011, 18:04 | Изох # 81
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 1130
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 59
Холати: Хозир йўқ
Shirin extirosim. (beta version. Telda yozildi)

Oramiz yaqin, juda yaqin. Nafas olishing sezilar menga. Hayajondasan olasan tez tez nafas. Olasan nafasga to'ymay. Extiroslarim jilovlay olmay bosaman qattiq bag'rimga. Sen qochog'imda erib qaraysan ko'zimga. Sekingina aytasan og'riyapti sekinroq. Qo'larim bo'shashar bir og'iz shirin so'zinga. Huddi qo'llar menikimas, senikide. Qo'lim tushdi, ko'zlarim olib qochdim ko'zingdan, ortga o'grildim hafa misoli. Shunda sen ortimdan ketmang deb quchoqlading. Yana aytarding. Ketmang, men sizni sevaman, ketmang, men siznikiman. Senga qaradim. Ko'zlaringdan 2 tomchi yosh oqardi. Yana quchoqladim, bu gal boyagidan battarroq. Extirosim jo'shib yuzlaringdan bo'sa oldim. Shirin ekan yana, yana va yana oldim. Sen ham chidab tura olmading. Birinchi o'pichni menga tortiq etding. Ex extiros jilovi yoq extiros. Yuzdagi shunchalar shirin bo'sa labdagichi? Ko'zlarim yumdim biz yaqinmiz, ko'zlaring yumib ixtiyoring menga topshirding. Lablaring qaltiraydi, olib qochmoqchi bo'lasan, lekin extiros. Lablar labga tegdi. Yurak jiz etib bo'shashdi. Labing sehrin sezdim. Yana o'ziga tortdi oxangrabodek. Yana yana yana va yana. Extiroslar to'lib toshdi. Oramizda hech qanday to'siq yo'q. Sen aytding pichirlab gunoh bo'ladi deb. Men aytaman senga mayli bo'lsin gunoh shu gunohga men qolay. Seni gunohing ham menga o'tsin. Bo'lay butun umr gunohkor. Bo'lsin shu gunoh peshonamda tamg'a. Olinmasin sira. Eslay seni eslay seni shu gunoh ko'rganda... .


Sog' salomatlik...
 
ParvinaСана: Жума-муборак кун!, 15-Апр-2011, 18:04 | Изох # 82
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: VIP
Изохлар: 1439
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 638
Холати: Хозир йўқ
Mani ijodimga sudni aloqasi yo`q. Ijoddan to`xtamayman. Hech kim bilan faqat hozirgi kun ommalashib boryotgan TELEFON qo`ng`iroqlari to`g`risida yozib qoldirdim.

Allah büyükdur
 
GiyosСана: Жума-муборак кун!, 15-Апр-2011, 18:18 | Изох # 83
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 1130
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 59
Холати: Хозир йўқ
To'liq o'zgartirigani keyinro bo'ladi (sh.extr)

Sog' salomatlik...
 
DavidoffСана: Шанба, 16-Апр-2011, 00:23 | Изох # 84
Иштирокчи
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 103
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 69
Холати: Хозир йўқ
Giyos, kutamiz!!!

JONLI USER! David Anarbaev
 
SabrinaСана: Чоршанба, 20-Апр-2011, 16:24 | Изох # 85
Иштирокчи
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 129
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 247
Холати: Хозир йўқ
hm, buncha zo'r tongue

 
GiyosСана: Пайшанба, 21-Апр-2011, 00:35 | Изох # 86
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 1130
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 59
Холати: Хозир йўқ
Shirin extirosim.

Oramiz yaqin, juda yaqin. Nafas olishing sezilar menga. Hayajondasan olasan tez tez nafas. Olasan nafasga to'ymay. Extiroslarim jilovlay olmay bosaman qattiq bag'rimga. Sen qochog'imda erib qaraysan ko'zimga. Sekingina aytasan og'riyapti sekinroq. Qo'larim bo'shashar bir og'iz shirin so'zinga. Huddi qo'llar menikimas, senikide. Qo'lim tushdi, ko'zlarim olib qochdim ko'zingdan, ortga o'grildim hafa misoli. Shunda sen ortimdan ketmang deb quchoqlading. Yana aytarding. Ketmang, men sizni sevaman, ketmang, men siznikiman. Senga qaradim. Ko'zlaringdan 2 tomchi yosh oqardi. Yoshlaringni qo’lim bil artdim. Shamolda to’zg’igan sochlaringni ortga taradim. Quloqlaringa qo’im tekkanda bir seskanding. Yana quchoqladim, bu gal boyagidan battarroq. Chuqur nafas olishingdan ko’kraklaring tebranardi. Extirosim jo'shib yuzlaringdan bo'sa oldim. Shirin ekan yana, yana va yana oldim. Sen ham chidab tura olmading. Birinchi o'pichni menga tortiq etding. Ex extiros jilovi yo’q extiros. Yuzdagi shunchalar shirin bo'sa labdagichi? Ko'zlarim yumdim biz yaqinmiz, ko'zlaring yumib ixtiyoring menga topshirding. Lablaring qaltiraydi, olib qochmoqchi bo'lasan, lekin extiros. Lablar labga tegdi. Yurak jiz etib bo'shashdi. Labing sehrini sezdim. Yana o'ziga tortdi oxangrabodek. Yana yana yana va yana. Extiroslar to'lib toshdi. Oramizda hech qanday to'siq yo'q. Sen aytding pichirlab gunoh bo'ladi deb. Men aytaman senga mayli bo'lsin gunoh shu gunohga men qolay. Seni gunohing ham menga o'tsin. Bo'lay butun umr gunohkor. Bo'lsin shu gunoh peshonamda tamg'a. Olinmasin sira. Eslay seni eslay seni shu gunoh ko'rganda... .
Gunohkorman, gunohkorman, gunohkorman. Kechir ey sevgilim. Seni oldingda, hudo oldida gunohkorman. Ayb menda Ayb menda Ayb menda va SHIRIN EXTIROSDA... .


Sog' salomatlik...
 
JASMINAСана: Пайшанба, 21-Апр-2011, 17:56 | Изох # 87
Иштирокчи
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 271
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 102
Холати: Хозир йўқ
Ijodilaga omad tilayman!

 
GiyosСана: Якшанба, 01-Май-2011, 04:35 | Изох # 88
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 1130
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 59
Холати: Хозир йўқ
Onam topgan muhabbatim.

Hech kimni sevmadim. Sevishdan qo'rqdim. Nega? Erisha olmayaman deb o'ylardim. Balki haqdirman. Quruq va'dalar bilan qizlarni aldab nima ham qilardim. Bilamanku baribir ular menga tegmaydi, men ularni olmayaman. Nega shunday ekana. Boshida yuramiz, sevaman, yonaman, sensiz ado bo'laman. Hm. Qachongacha? Undan chiroyli qizni topguncha. Keyin eski muhabbat bilan hayrlashamiz. Butunlay. Kamiga unga qo'shib o'zimiz ham aldanib qolamiz. Qancha va'dalar exxe... Bu va'dalar rost bo'lsa, va'daboz umrini oxirigacha qila olmaydiku..... (DAVOMI TEZ YILLARDA YOZILADI)


Sog' salomatlik...
 
LoadingСана: Якшанба, 01-Май-2011, 11:11 | Изох # 89
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
Raxmat juda ajoyib. Mana bunga baxo berila manalog nimedi esimda yoq.
. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .
O'zimni ko'mdim.
Yuzimni tark etti arazchi quvonch. Yetaklab ortidan yaqinlarimni. Sadoqat deganda sinmagan yorim sindirib ko'nglimni ketti shu bilan.
Yaxshidim sog'likda ishim barorli. Millionlar topmasdan topdim barokat. Bir aybim kiborlik qilib xammadan. Yo'q pulni sovurmoq edi odatim.
Bilmadim do'stimni erta yoqotdim, Shu sabab tayanchsiz qoldimmi balki. Axir aytgandi o'lim oldidan. Tayansang islomda 5 ustun bor.
Yo'q pulim ko'rinib o'zgalarga ko'p. sovirmoq yo'lini o'rgatdilar xo'p. Biridan kelardi telba janonlar. Birining qo'lida turli zirovor.
Aroqdan boshlangan ulfat yeg'ini tugardi bir inson xayoti bilar. Tong chog'i ming afsus nadomat bilan tungacha shaytonga bo'lardik ulfat.
Qaytarish osonku aroqbozlikdan? Qaytganlar ko'p bo'lgan shaxvat va xirsdan. Bilmadim yomoni bu illat ekan milatni xor qilar narko'tik degan.
Yaxshiki tugadi jamg'armada pul. Qarzilarim sababli bo'ldi uyim kul. Ey dushman kulaver xoxlagancha kul. Bu yomon illatdan qutuldim butkul.
Otam chorlaydi bugun qoshiga. Malhamni suradi onam boshiga. Chidolmay singlimni achchiq yoshiga. Xovlini chetiga o'zimni ko'mdim.
Xastajon otajon turib o'rnidan. G'uborlar tarqadi xasta ko'ksidan. Boshimda parvona bo'ldi ikkisi. Tun demay kundemay kelmas ketkisi.
Bu axir mexirning oliy belgisi. Robbimning rohmati "Halim" elchisi.
Tiklangan ko'ngilni ko'rmagandursiz? Bunday yolg'oni xar kun o'qirsiz? Sevgini qaytishi shunday bo'larkan. qaytadan yurkka umid to'larkan.
Darvoza ortidan mo'ralab turib. Eshitib yig'ining kulgu ovozin. Volidam chaqiring kesin iltomos. Bo'layin bu safar endi unga mos.
Qiynaldim bir oycha tuproq zaxidan. Qizidim toblanib Oftob taftidan. Suv ichib yorimning mayin kaftidan. yashashga qaytadan umid bogladim.
Bilmabman o'tmishning qora dog'lari qolibdi oldinda chuqur choxlari. Onamning qilgan shuncha oxlari, Quribdi sinibti otam shoxlari.
OITS bo'libman jonon qo'ynida. Ignalar sanchgandim uyning to'rida. Qaroman baloman Yoshlik zo'rida. Zavolman yomonman odam zotida.
Tark etim majburan Mexir kulbasin. Tark etdim xammasin xullas xammasin. Bir tog'ga yetganda Anglab xammasin. O'zimni ko'mdim zamin bag'riga.
Loading...O'zimni ko'mdim.

Bu manalog yoki xikoya bilolmadim. Xaqiqatda bormi sodir bo'lganmi? Xa sodir bo'lgan.


Faqat 3 ta shart!
 
GiyosСана: Пайшанба, 05-Май-2011, 03:50 | Изох # 90
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 1130
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 59
Холати: Хозир йўқ
Zo'r jumlalari bor ekan. Zo'r chiqgan. Loading stil. Gap yo'q.

Sog' salomatlik...
 
LoadingСана: Душанба, 09-Май-2011, 04:20 | Изох # 91
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
Raxmat negadur o'zimgaxam yoqib ketvoti kunda kamida 2 marotaba o'qib qo'yvomman

Добавлено (09-Май-2011, 03:20)
---------------------------------------------
Bugun gruppadoshlar yeg'ildik. Soxamiz ustachilik shu sababdan qizlar yo'q.
Shaxrimizni qora saroy mavzesida "ikki panja" degan restoran bor ekan shu yerga mexmon bo'ldik.
Odam kam bir hush surat afitsant qiz qarshi oldi. 9 kishilik sto'l atrofida o'tiribmiz
shanson yo'nalishida qo'shiqlar ketma ketligi. Kabina ko'rinishidagi joy bo'lgani sabab
men o'rtaroqda o'tirdim. "Qorni bilan sevadi" jumlasini tasdiqi boshlandi.
Apil-tapil minuga qaramay salat, salqin ichimlik buyirtirildi. Lanati xomirni
(spirtli ichimliklar) reklama qog'ozini sto'l ostiga otib yubordik. Afitsant qizga qarab
turibman u o'z ishiga chalg'idi kim nima istemol qilishini pala-partish aytib tashladik,
U esa chaqqonlik bilan yozib olib "yana nima kerak bo'lsa aytarsiz" dedi.
Do'stimiz <Sh> o'zining uslubida xazil qilib afitsan qizni kayfiyatini ko'tarmoqchi,
juda bo'lmasa tabasum qilishini xoxladi. Avvaliga qiz etibor bermadi. Odam kamligi sabab
ofitsant bizdan tez-tez xabar olib turdi. Bo'shagan idishlar, qo'shimcha buyurtmalarni olib kelib turdi.
Men do'stlashib oldim. Balki sizga nomalum bo'lsa kerak bu xolat? Men do'stlashdim nigoxlar bilan,
samimiy og'izga chiqmagan tilaklar bilan. Asosiy ovqat buyirtirildi. Avvaliga qozon kabob
buyirtirganlar o'z buyirtmalarini qabul qilib olishti. Men bir do'stim bilan bir laganda ovqat
buyirtma qilgandik. Shu sababdan men aynan butun zal ko'rinadigan joyga o'tirib oldim.
Ovqatlar yeb bo'lindi. Orada o'zimizning doyradagi xazillar turli baxs, munozaralar xullas zerikmadik.
Afitsant qizni men umuman kutmadim ammo kelganda samimiyatim unga bo'lgan do'stligim ortaverdi.
<Sh>ni xazillari endi "Yangi do'stim"ning qattiq gapirishiga majbur qildi. Men esa alla qachon bu
so'zlar jarang sochishini payqab bo'lgandim. O'tirgan joyimda afitsant profesiyasini taxlil qila boshladim.
Ular deyarli 10% balki 5%gina etirozlarini yuzaga chiqaradilar. Bizdakalar kuniga 3 dona kelganda xam qancha
asablar bepul xo'rrandaga berib yuboriladi. O'ylashda davom etaman. Orada do'stlarim bilan turli xazillar
qilamiz. Issiqlik taom yeganim boyis do'stlarim mendagi o'ychan xolatni boshqacha chunishdi.
Xazillar markazida men bo'lib qoldim. Gapni joyidan ulashim xazillarni gurillagan kulguga aylantirdi.
Bu o'y xayollar tugamay turib, Avvalgi o'tirgan joyimda ko'rib kuzatishni boshlaganim to'g'ridagi sto'lda
o'tirgan 2 qizni xam nazardan chetda qoldirmadim. Biri malochni rang tor ko'ylak, adashmasam shimda edi.
Men bilan ko'z urishtirib o'tirgan qiz esa qora zamonaviy ko'ylakda poloshortik tor jensi shimda o'tiribti.
Do'stona suxbat samimiyati ularning atrofida xam aylanib yurgani ko'rinib turardi. Bilasizmi xayrat
ko'chamni changitgan qanday voqialar bo'lganini? Aynan shu ikki dugonadan menga samimiy yuzi
kulmasaxam kulib turgan yuzi bor qizning yonida bir basavlat Ko'cha tilida aytganda"shkoppp"
paydo bo'lib qoldi. Shunga yarasha aqilli, samimiy "qiz" sigareta chakishini boshladi.
Axir biz (balog'atdagi 9 yigit chakish xaqida baxslashib o'tirganimizda, bazilarimiz shubxa
bilan chakib o'tirganda) bu qizning moxirona xotirjamlik bilan sigareta chakib o'tirishi -
-O'zbek bo'lib Inson bo'lib menga og'ir botti. Shu qizning qarashlaridan o'ychan ko'zlaridan
o'zimga chizgan tasvirimni qora bo'yoq bilan qoralab tashladi. Mana yana "do'stim" bo'shagan
idishlarni olib ketish uchun keldi. Aslida u shu idishlarni olib ketgani kelgan bo'lsada men unga
quydagicha murojat qilaman. -Mana bu bo'shaganlarni xam uzatsam bo'ladimi? bolla uzatvorila keremas
idishlarilani deb oxirida afitsant qizga qariman butun badanimdan izlab topib chiqqan samimiyatim bilan
Raxmat deb suxbatimni yakunlayman. Musiqa sadolari bir zum tinmasdi xalaqit bermadi desaxam bo'ladi. Shu sabab Kompuyuter oldida o'tirgan bola zamonaviy
xorij va O'zbek musiqalarini qo'ya boshladi. Pit bull guruxining Xitga aylangan qo'shig'i
qo'yildi biroz balandroq yangray boshladi. Men doyimgidek kallamni qimirlatib ritmni yeg'a boshladim.
Voy voy devordim xechkim eshitmas balandlikda. Sababi meni do'stimga aylanib ulgurgan afitsant qiz
rishotkali to'siq ortida raqs tusha boshlaganidi. Yo'q yo'q shunchaki yengil xarakatlar bilan.
Asta sekin zal bo'ylab aylanib mijozlarga xizmatini davom etirar ekan shu qo'shiq sadosi ostida
xayolan raqs tusha boshladik. Unga qarab turib kulib yubordim u esa menga qarab qo'shiq so'zlarini
aytib yurib keldi. Bizga yakuniy xisob kitobni bering (Sho'tni berasizmi?) So'radi do'stim.
Qolgan idishlarni yeg'ib olguniga qadar unga xaqiqiy yordamchi vazifasida ishladim.
U xam endi meni do'st deb xisoblagani aniq. Ketti ishlariga chalg'ib. Men kuzatuv
kameralarini 1 laxza o'chirmadim taxlil qilib kerakli malumotlar inson xarakteri
orada qizlar xaqidagi xaqiqatlarimga oydinlik kiritishda davom ettim. To'g'ridagi sto'lga
ikki ko'zim bilan nazar tashab qo'ydim Qora kiyimlik qizalog'imiz menga qarab qarab, qarayotganimdan
xayron bo'lib qolgani ko'rinib turibti. Yonidagi yigit qizning qo'liga Mobil telefonini tutkazdi.
Qiz tez turib zaldan chiqib ketti. Endi usha "shkopp" bilan ko'zlar orqali suxbat boshladik.
Do'slarimni xazillariga qo'shilib qo'yaman. Yaxshi ketayotgan musiqiy ketma-ketlikka yoshi
katta bir amaki shartta nuqta qo'ydi. Xorazim oxanglariga navbat berildi musiqa ovozi balandlashdi.
Bu xam xalaqit beradigan darajada emas. Zalning akustikasi zo'r ekan xarqatta. Ana qora ko'ylakli
go'zal qiz ortidan yana bir devdek qaddi qomati kelishgan yigitni boshlab keldi.
Sto'lga o'tira solib yana bir sigaretni yoqib oldi bu qiz. Bilasizmi uning xarakatlari nima demoqta?
Men chakishni bilaman ammo chakmayman. Bu yigitlar menga kim? Maqsadim nimaligini senga aytmayman deyotgandi.
Bir vaqtning o'zida xam qiz xam "Shkopp" manga qarashti. Man endi qornim to'q, do'stlarim davrasida
o'tirganimni ko'proq xis qila boshladim. Ichimda savol ustiga savol qaynab toshib chiqaverdi.
Bu yigit kim? Nima soxada ishlidi? Bu joyga keptimi demak puli bor. Ko'rinishi "Shkopp",
aniq aytish mumkin xarbiy soxada ishlidi. Lekin mani eng yaqin do'stim ayni damda yonimda.
< X > lavozimi Ishlaydigan soxasining nomi bo'limining raqami meni xoxlagan tarafimga qarashim uchun ruxsat beradi.
Do'stimning o'zixam meni shu qadar kuzatib xarakatlarimni chunib o'tiribdi. Sizlarni aniq ishontiraman.
Mani nima qilganim, nima o'ylaganim, kimga qarab, nima deganimni, u bilib, chunib o'tiribti. Sho't keldi.
Odatga ko'ra cho'ntagimda borini sto'lga qo'ydim. Xisob kitob meni ishim emas. Kuzatuvlar davom etmoqda.
Ana endi afitsant qizni kelishini kutishni boshladim. Raxmatimni etib xar-xil xazillar uchun samimiy,
do'stona kechirim so'ramqchi edim. Do'st bo'sa shunday yaxshi do'st bo'sade o'yladim yana.
Xizmatimni qilib raxmatimni o'zim bilan qo'shib jo'natdi. Qora ko'ylakli qiz esa alla qachon xayolimdan chiqib ketti.
Uni kuzataversam u xaqida o'ylayversam buzuq degan fikirda to'xtashdan cho'chidim balki?
Balki uning xoxshi xam shu bo'lgandur. Keyingi yeg'ilish kuni, do'stimizning to'yi,
unga beriladigan to'yona masalasi endi xamma etibormini do'slarimga qarattim. Chiqib ketvommiz
xayolimdan ikki qizning yakuniy xulosalari chiqib kelmoqda.
1- Juda charchagan, qaysidur majburiyat uni ishlashga undamoqda. Go'zal yuzida charchoq alomati
chizgan chiziqlar juda ko'p. Ishini qunt bilan to'liq samimiyat bilan qilmoqda. Bizaga o'xshagan
betayin gaplila kuniga nechtasi kelib ketadi. shulardan o'rganadimi odamlarni.
Xarakteri samimiy odamlarni endi o'rganmoqda. o'rtacha jiddiy. sodda qiz emas. Toshkent nafasi kelib turadi.
Balki shunisi bilan manga yaqindur?
2- Sigaretasini qo'shib etadigan bo'sam xo'jayin tabiat "qiz". Kamida bitta go'zallik saloni egasi.
Yuz ko'zi kiyinishidan unaqaqaga oxshamidi. Qanday bo'masin boy yasha shiyorida ish yuritadi.
O'zimga to'riman degan So'zni ishlatmagani ko'rinib turibti.


Faqat 3 ta shart!
 
Mr_OnlineСана: Душанба, 09-Май-2011, 05:30 | Изох # 92
Рўйхатда
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 75
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 147
Холати: Хозир йўқ
shu silani korib man ham monalog yozsammikin dib oylab qoldim

Onda sonda kirip turaman . . . .
 
GiyosСана: Сешанба, 10-Май-2011, 08:20 | Изох # 93
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 1130
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 59
Холати: Хозир йўқ
Hammasi o'z qo'limizda (...)
Hayotda hamma narsa biz o'ylaganchalik oson emas va biz o'ylaganchalik bo'lib chiqmidi. agar shunday bo'lganda hamma baxt qqadrini bilmay yurardi, tanga ikki tamoni bo'ganidek, yahshi yomon bo'ganidek, past baland ishqilib shulardek, hayotda bir xillik yo'q. Har kim hohlagan narsasiga erisha olmaydi, kimgadir orzu, kimgadir armon, kimgadir .....
Taqdiring yozib qo'yilgan diyishadi, lekin shu yozilganni ham o'z qo'limiz bilan yaratamizku, biz biron bir ish qilfikmi , u peshonamizda yozilgan, qila olmadikmi u ham yozilgan, baribir shuni o'zimiz bilib qildik. Demak taqdirimiz o'z qo'limizda, Bundan hech qanday tushkunklikka tushish kerak emas.
Odam o'zini ishontirishi kerak, har bir ishni yahshilikka deb, Hozir yomondir, lekin shu yahshilik bo'ladi keyin deb. Lekin bo'lmasach? Bu taqdirdan dib qo'yamizmi? Hm. bu bilan chiday olmay yengildik diymiz. Maqsad sari harakat qilsa hammasini eplasa bo'ladiku!
Bazida adashishimiz ham mumkin. Adashish insoniyatga hos. Faqat Alloh adashmaydi. Biz har qadamda adashamiz. Bilib bilamiy nojo'yya qadamlar qo;yamiz. Bilib bilamayaa? Hammasini oqibatini bilamiz. Lekin tavakkal qilamiz. Tavakkal qilaversa hayot o'yinga aylanib qoladiku. Real hayot qatda qoladi unda. Hm. Bilmadim. Bilmadim. Har bir inson bahtli bo'lishga haqli, Lkein u baxti qayerda ekan. Hech kim bilamyadi. Bilsa borib topadi. yoki baxti uni topadi...


Sog' salomatlik...
 
GiyosСана: Чоршанба, 11-Май-2011, 01:38 | Изох # 94
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 1130
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 59
Холати: Хозир йўқ
Men ayrilgan baxt.

Men o'ylardim sen bilan abadiy birga bo'laman deb. Lekin unday bo'lmadi. Beshafqat taqdir seni mendan tortib olib ketdi. Sen menga so'ngi marta boqishing hayolimdan ketmaydi. Yuzlaring so'lg'in, oppoq, lablaring titrardi. So'ngi so'zin nima ekani hayolmga kirmadi. Seni ko'rib ko'zlarim yoshlanardi. Yoshim tashqariga oqmay bo'g'zimga tiqilardi. Senga gapiray derdim, lekin usha bo'g'zimdagi alam halaqit berardi. Duduqlanishdan nariga o'ta olmadim. Hamma bir senga qarab achinsa, bir menga qarab achinardi. Essiz ham deyishardi.Qattiq sevishishimizni hamma bilardi. Birov havas bilan, birov hasad bilan qarardi. Qattiq sevgini oxiri bunday ayriliq, bunday judolik bo'lishini bilganimda qattiq sevmasmidim? Sevgi, sevgi yer yutsin bunday sevgini. Sevgidan rohat olish o'rniga azob olnsa. Nima keragi bor bunday
ayanchli o'yinni. Ko'zlaringni zo'rg'a ochyapsan. Nega sen bunday dardga uchrashin kerak. Nega men emas. Eyyy beshavqat dunyooo, yana qancha azobing bor. Yetar shuncha azobing. Chiday olmayaman. Attigi bir yillik turmush qurgandik. Hali farzandlik ham bo'lmagandikku. Nega bunchalar qahring qattiq. Sevgilimni "onasi" diyishga ham ulgurmadim... Esingdami menga bolalarimiz kooo'p bo'ladi derding. Keyin birinchisi o'g'il bo'ladi diganingda, men qiz bo'ladi dib talashardim. Oxiri egizak bo'ladi dib kelishib olardik. Exx shirin xotira bo'lib qoldi bular endi. Sevgilim, sevgilim, meni butun jahonim. Nega bunday bo'ldi. Nega muhabbatimiz mevasini ko'ra olmadik.
Mevachalarni! Neegaaaa??? Boshqalardan qayerimiz kam edi. Nima aybiniz uchun. Man rosayam hohlardimku?! Shirin shirin bolalarim ustimda o'ynab yurishini, sochlarimdan tortishini, ADA ax olib kelin diyishlarini rosa rosa hohlardimku, O'zing ham qizim tug'ilgandan keyin sochlarini qirq kokil qilib o'rib qo'yaman. Ko'ylaklar tikib beraman der edinku. Shavqatsiz hayot shu baxtni bizga, mengaravo ko'rmadi. U birinchi tug'ilmagan farzandlarimni, endi seni mendan torib olmoqchi. Meni ham olib ketsaydi. Endi bir o'zim sensiz nima qilaman. Muhabbat qasrimiz ham bitmay vayron bo'ldi. Seni birinchi ko'rganimda qurayotgan qasrimiz... Iltimos meni yolg'iz tahshlab ketma. Men sensiz bir o'zim yashay olamayman. Sensiz bu shavqatsiz dunyo menga begona. Taashlaab keetmaaa.
Men senga qarayman, uzoq qarayman, ko'zlarim uzolmay qarayman. Ortingdan mayus qarayman. Vaqt o'tadi. Men ortingdan qarayverman. Kutaman bir kun albata uchrashamiz yana. Balki narigi dunyoda, yoki qayta tug'ilganimizda.
Agar baxt bizdan ayrilmasa... .

Audio tarzda mana bu yerda ko'chirib olish mumkin.
Men ayrilgan baxt.mp3


Sog' salomatlik...
 
Rustam8797Сана: Чоршанба, 11-Май-2011, 10:07 | Изох # 95
Рўйхатда
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 32
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 52
Холати: Хозир йўқ
Davomi bormi?
 
GiyosСана: Чоршанба, 11-Май-2011, 11:26 | Изох # 96
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 1130
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 59
Холати: Хозир йўқ
yo'q. Boshqa yengisi yoziladi.

Sog' salomatlik...
 
ParvinaСана: Чоршанба, 11-Май-2011, 11:31 | Изох # 97
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: VIP
Изохлар: 1439
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 638
Холати: Хозир йўқ
Har kim hohlagan narsasiga erisha olmaydi, kimgadir orzu, kimgadir armon, kimgadir ..... Хаётни шундай кабул килиш кере экан. Ман севган гаплар

Allah büyükdur
 
LoadingСана: Жума-муборак кун!, 13-Май-2011, 01:41 | Изох # 98
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
P.S G'iyos og'a iltimos man aniq tushunib olomayamman. xikoya bilan Manogni. Qoydasi qanaqa. yozishda o'qishda?

Добавлено (13-Май-2011, 00:41)
---------------------------------------------
Hayajonimni yashirolmayabman. Sen esa kulgudan ko'zlatring yoshlanadi. Yashirin saqlasam bo'larkan degan xayol qayta va qayta o'zimga berilaveradi, berilaveradi. Dil izxor qilishimni intizorlik bilan kutayabsan deb o'ylabman. Xato qilib qo'ydim? Nega endi man xato qildim?! Gumon yomon narsa deganlar Muxammad(s.a.v). Shu sababdan seni kutishingni xoxlamadim. Kutish eng yomoni kuttirish eng jirkanji desam to'g'ri bo'ladi. Chunolmadim qanchadan qancha odamlar bir biridan shirin so'z kutadi.? Sen nima uchun mazax qilib kulasan? Kiyinishim, topishim, baxt formulasida bor formulalar menda bor bo'lsa sen nima uchun kulasan? Bichora qiz men qaydan bilibman meni deb telba b'lguvchi borligini. Bag'rimga bosaman. Kechir bunday qo'pol gapirganim uchun. menga esa sog'lom oila kerak sen esa telba layli bo'lib qolding. Senga faqat majnun kerak. Men esa Oddiy insonman. Seni baxt qasrida ko'rgan kunim men majnun bo'laman.


Faqat 3 ta shart!
 
GiyosСана: Якшанба, 15-Май-2011, 03:22 | Изох # 99
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 1130
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 59
Холати: Хозир йўқ
Quote (Loading)
P.S G'iyos og'a iltimos man aniq tushunib olomayamman. xikoya bilan Manogni. Qoydasi qanaqa. yozishda o'qishda?

Mana bu yerda monolog
haqida ma'lumot berilgan.


Sog' salomatlik...
 
GiyosСана: Якшанба, 15-Май-2011, 05:10 | Изох # 100
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 1130
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 59
Холати: Хозир йўқ
Giyosdan mega yangilik. Endi monologlar audio tarzda.
Men ayrilgan baxt. Mana bu yerda eshitishingiz mumkin.

Bundan tashqari yana

mana bu yerda ko'chirib olish mumkin.



Sog' salomatlik...
 
Поиск: