[ Янги изохлар · Фойдаланувчилар · Қоида · Изламоқ · RSS ]
Модератор форума: Giyos, SarVario, komol_76, Anv@rbek  
Monolog
LoadingСана: Жума-муборак кун!, 08-Июл-2011, 21:04 | Изох # 126
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
Vaqt davo emush?
O'rganolmadim. Otamni nasixati endi manga dushmanimning tergov qilishiga o'xshab tuyiladi. Vaqt davo deganlari ortiqcha bo'ldi. Vaqt davo emush? O'tmaydigan vaqt, yurmaydigan soat nimaga ham davo bo'lsin? Unaqa dema deydi onam. Aqlini yeg', biron narsaga chalg'isangchi? Uxhh diman?!! Bechora xotinim. Unda nima ayb. Uyam manam sevgimizdan ayrilib bir qafasda nola qilamiz. 1yil bo'ldi to'y o'tganiga bir kecha u yig'lab nola qiladi, bir kecha man. Hullas polapon ovozi eshitilmasa bilmadim bu ikki qushcha nima qiladi? Menku kun o'tip don dun yeg'gani bu muqaddas chimildiq atalmush qafasdan uchib ketarman. Qaynona qaynota hizmatidan to'qilgan zanjir, uy ishlari deb atalgan to'rdan bu qushcha qochib ketolirmikin?
Negadur darvoza oldiga chiqanimda ketkim kemay qoldi. Sog'inib qoldimmi? Lekin kimni? Agar sevganimni sog'ingan bo'lsam nega uyga qaytib kirgim kelib qoldi?
(Bolam soat yurib kettimi diman?) kesatib qo'ydi otam. Shu kecha birinchi bor hotinim bilan jo'r ovozda sayradim.
Sevgida bor ekan,
Xiyot qildik.
Ayriliq azobin,
Ikkimiz yengdik.


Faqat 3 ta shart!
 
DilnozaСана: Жума-муборак кун!, 08-Июл-2011, 22:05 | Изох # 127
Sayyod.com мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 643
Тақдирланишлар: 3
Хурмат даражаси: 496
Холати: Хозир йўқ
Load zòr chiqibdi. Monolog mangamas diyatuvdi odamlar aytadiku kakaya muxa tebya ukusila diydimi a? Yaxshi tasir qibdi.

Sayyod.com OLLOH mehribon u meni do'stim.
 
GiyosСана: Жума-муборак кун!, 08-Июл-2011, 22:13 | Изох # 128
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 1130
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 59
Холати: Хозир йўқ
Sevgilim seni sevdim. Senga sevishimni aytdim. Rad etma hech. Nima qilasan meni va o'zini qiynab. Jonim! Go'zalim! Nima qilay? Hech kimni oldida egilmagan boshim... O'ldirib qo'ya qol meni... Sen... sen... boshqachasan. Qanaqaligini o'zing bilmaysan. Sevgilim. Seni yoqotishdan qo'rqaman.

Sog' salomatlik...
 
LoadingСана: Жума-муборак кун!, 08-Июл-2011, 22:51 | Изох # 129
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
P.S Ana Zuxraxon yozgalarini qarela. Eto chtota?!
Endi mana bu Giyosni manalogi o'qishga majbur odam. Shu o'qiganda pastdan yuqoriga qarab badan jimirlidide.
Keyin Parvina deganlari bor udar bu nastoyashiy udar. Shokker.
DILNOZANI Deb man o'zimni kimga o'xshatdim a? Ex yonib kettimde?


Faqat 3 ta shart!
 
GiyosСана: Шанба, 09-Июл-2011, 11:14 | Изох # 130
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 1130
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 59
Холати: Хозир йўқ
Unga sevishimni aytishni istayman. Lekin o'rtada katta to'siq. Bu to'siq sevishga imkon bermaydi. U ham shu to'siqni biladi. Lekin sevgiga buyruq berib bo'lmas ekan. Uni sevishimni tan olgim kelmaydi. Foydasiz baribir oshkor etib kurashganim. O'zim ichimdan sevib yuraveraman. Sevishim aybmasku. Mayli senga aytmay, yaqin do'stimga aytmay, hech kimga aytmay. O'zim bilsam bo'ldi. Ichimda sevgidan baxtidan sarhush bo'lib uchib yuray. Ammo qachongacha. O'zga yor bag'rimga kegunchami? O'zgani sevgunimchami? Achinarli holat. U bilan yashayman, sen hayolimdasan. Uni har bir jilmayishi menga seni jilmayishing bo'lib ko'rinadi. Umuman u o'zi emas, sensan go'yo. Men uni yuzini unutdim. Uni o'rnida seni yuzing. Uni ismida sening isming o'z aksini topdi. Men sevgimga erishdim. Unga sevgimni aytdim. U hursand. Lekin bu dil izhori senga atalgan. Men uni aksidagi senga aytdim. Men uchun u yo'q. Faqat sensan. Hamma uchun sen o'lgansan, lekin men uchun triksan. Murdani sevish aybmasku. Mayli seni o'zga chehrasida yaratdim. Lekin sen men uchun triksan!

Sog' salomatlik...
 
LoadingСана: Шанба, 09-Июл-2011, 18:43 | Изох # 131
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
to'g'ri bu jiddiy. Hafa bo'masez birgina umidiz kelnoyimni ismi ham u bilan bir xil bo'sinde.

Faqat 3 ta shart!
 
GiyosСана: Якшанба, 10-Июл-2011, 02:56 | Изох # 132
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 1130
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 59
Холати: Хозир йўқ
Edit version. O'zgartirilgan, to'liq versiya.

Sen borsan.

Unga sevishimni aytishni istayman. Lekin o'rtada katta to'siq. Bu to'siq sevishga imkon bermaydi. Lekin sevgiga buyruq berib bo'lmas ekan. Uni sevishimni tan olgim kelmaydi. Foydasiz baribir oshkor etib kurashganim. O'zim ichimdan sevib yuraveraman. Sevishim aybmasku. Mayli senga aytmay, yaqin do'stimga aytmay, hech kimga aytmay. O'zim bilsam bo'ldi. Ichimda sevgidan baxtidan sarhush bo'lib uchib yuray. Ammo qachongacha. O'zga yor bag'rimga kegunchami? O'zgani sevgunimchami? Achinarli holat. U bilan yashayman, sen hayolimdasan. Uni har bir jilmayishi menga seni jilmayishing bo'lib ko'rinadi. Umuman u o'zi emas, sensan go'yo. Men uni yuzini unutdim. Uni o'rnida seni yuzing. Uni ismida sening isming o'z aksini topdi. Men sevgimga erishdim. Unga sevgimni aytdim. U hursand. Lekin bu dil izhori senga atalgan. Men uni aksidagi senga aytdim. Men uchun u yo'q. Faqat sensan. Hamma uchun sen o'lgansan, lekin men uchun triksan. O'lgan odamni sevish aybmasku. Mayli seni o'zga chehrasida yaratdim. Lekin sen men uchun triksan! Sen hech qachon meni hotiramda o'lmaysan. Men bilan birga o'lasan. Toki trik ekanman, sen ham triksan. Yashaysan. Kimda bo'lsa ham. Men uchun!


Sog' salomatlik...
 
ZuxraxonСана: Душанба, 11-Июл-2011, 11:29 | Изох # 133
Рўйхатда
Гурух: VIP
Тақдирланишлар: 4
Хурмат даражаси: 790
Холати: Хозир йўқ
Qoyil G'iyos ijodizga omad yengilarini kutamiz...

 
LoadingСана: Душанба, 11-Июл-2011, 13:07 | Изох # 134
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
Zuxraxon sizdan yengilarini kutaman.

Faqat 3 ta shart!
 
GiyosСана: Сешанба, 12-Июл-2011, 01:58 | Изох # 135
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 1130
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 59
Холати: Хозир йўқ
Umuman tushimga kirmagin....

Sevgi o'zi nima ekani bilmayman. Rosa hohlardim kimnidir sevishni, u bilan tunlari oy shulasida gaplashishni, osmonga qarab yulduzlarni birga sanashni. Shu narsaga erishdim. Ha erishdim. Man baxtliman.
Baxtli bo'ldim. Qancha payt. Bilmayman. Bilganim man uchun 1 soniyadek edi. 1 soniyada o'tdi ketdi. Keyin u o'z yo'li bilan ketdi. Man esa keta olmadim. Qoldim. Keta olmasdim. Uni esdan chiqarishni hohlamasdim.
Bu qancha vaqtga. Butun umrmi. Yo'q. Chiday olmadim. Hotiralar girdobiga chiday olmadim. Man ham ketdim.
Lekin adashib uni ketgan yo'ldan ketibman. Orqasidan borib qoldim. Kulgim keldi. Uni to'yi bo'layotgan edi. U boshqasiga erga tegayotgan edi. Man orqaga qayta olmadim. To'yxonaga kirdim. Hamma manga yov qarash qildi. Kuyov bola o'rnidan turib ketdi. Man uni xotiniga SOBIQ ER edim.
Kimdir kelib mani stolga taklif qildi. Baribir mehmonmande. Chiday olmadinm. Xotiralarim portlab ketdi. U men bilan ham shu oq ko'ylakda o'tirgan ediku. U shu ko'ylakda manga siz bilan butun umriz oxirigacha, butun hayotizda birga bo'laman deb va'da bergandiku. Mani umrim u uchun tugabdide. Hayotim u uchun endi yo'q ekande.
Alamlarim kelib ketdi. Alamlarim oldimda daryo bo'lib oqdi. Davraga chiqib micrafonni olib hammaga shu daryo suvidan sochdim. Hamma mani alamimdan bahra oldi. To'yxonadan ortimga qarab - qarab chiqib ketdim. U mandan hafa bo'lib o'tirardi. Ortimda hatto hayr ham demadi.
Yana hotiralardan qutilish harakati boshlandi. Hech qaysi yor uni o'rnini bosa olmadi. Hech qaysinisi unga o'xshamdi. Bir tomondan o'xshamagani ham yahshi. Shunisiga ham shukr deyman. Lekin uni eslayverish.
Qani edi tush umuman ko'rmasam edi. Har tushimda uni ko'rib, yana hotiralar esga tushadi. Hayolimdan zo'rg'a o'chirdim. Boshqa hayolimga ham, hotiramga ham kelmaydi. Lekin tushimdan o'chira olmayapman uni. Unga bir gap etaman: Iltimos tushumga boshqa kirmagin. Sani umuman ko'rishni hohlamiman. Usha hiyonatkor ko'zlaringni, hiyonatkor qo'larini, hiyonatkor badaningni. Hamma hamma yog'ini. Usha bilan baxtli bo'lsang ham mayli edi. 3 xotin bo'lib yuraver. Bu kuningdan battar bo'lgin deyman oldimga bosh egim kelganingda. Iltimos tushimga ham boshqa kirmagin. Yoqolib ket umumaaaaaaaan.


Sog' salomatlik...
 
LoadingСана: Сешанба, 12-Июл-2011, 02:13 | Изох # 136
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
Vox vox shunaqami? Xali unitabilmayajaksin. ko'rmak istamasmisin? vax ashik volmadiniz gar bir xiyanatinga ko'l siltasaniz.

Faqat 3 ta shart!
 
GiyosСана: Чоршанба, 13-Июл-2011, 05:19 | Изох # 137
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 1130
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 59
Холати: Хозир йўқ
Seni har doim soginaman...

Seni har doim sog'inaman. Oxirgi marta qachon ko'rganimni ham eslay olmayman... Eslay olaman. Daqiqa soniyalarigacha. Lekin ketgan kuningni eslashni hohlamayman. Qaytaga kelishingni intizorlik bilan kutaman. Kelaman dedingu lekin kutirib, sog'intirib, qalbimda olovni alangalatib o'zing kelmaysan. Bilaman o'zing ham buni hohlamaysan, lekin na iloj. Seng kutaman deb va'da berganman. Man va'damni buzmayman. oylab kerak bo'lsa yillab qaytib kelishingni kutaman. Sog'inib kutaman. Oradan qancha vaqtlar o'tdi. Biz ancha ulg'aydik. Hozir ko'rinishing qanday ekan. Oldingidek sho'x shodonligin bormikan. Hazillaring. Ajoyibsiz deb turtib qo'yishlaringchi? Shularni eslasam yuzimga nim tabasum yuguradi. Sochlaring hali ham uzunmi? Kesib tashlamadingmi? Bolalikda alamimni chiqarganingda shu sochlaringdan tortib sendan o'chimni olardim. Shu sochlaring shaydosiman. Lekin sen chet elga ketib qolding. Shu yerda ham qolsang bo'lardi. Mana yuribman hech kimdan kam joyim yo'q. Sen ham o'zingni ham mani qiynading. Sog'inch tuzog'iga tushurib, tepamda mag'rur OVCHIdek kulib turib, keyin ketding. Ortindan qachon tuzoqdan chiqarar ekan deb kuzatib qoldim. Kutaman manni shu tuzoqdan chiqarishini... Mana Samalyot keldi. Lekin sensiz. Seni olib kelmadi. Sen kelmading. Mani yana kutirding. Bunaqa qilmaginde. Qachongacha bu hijron azobi? Qachon tugidi bu ayriliq. Man keyingi samalyotda kelishinga ishoanaman va kutaman. Sen albata kelasan. Chunki sen ham meni sog'ingansan....


Sog' salomatlik...
 
ParvinaСана: Чоршанба, 13-Июл-2011, 13:29 | Изох # 138
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: VIP
Изохлар: 1439
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 638
Холати: Хозир йўқ
Hamon sog`inaman!
Sog`imdim seni. Ko`rgim keldi. Qalbim unut, unut desa ham ko`zlarim seni izlaydi. Biz yurgan ko`chalr, ha ha o`sha skameyka. Eslay olasanmi qahraton qishda o`trib suhbatlashganimizda, biza kabi bir-birovini sevgan yigitu-qiz skameykaga o`tirish uchun navbat kutar edi. Hozir o`sha yo`llardan o`tsam, sevishganlarni kuzataman. Garchi biza ayrilgan bo`lsakda, ularni baxti bizaga o`xshashini xoxlamayman. Yig`lagim keldi, yig`lamaslikka harakat qilaman. Balki sen ham meni eslab yig`layotgandirsan. To`g`ri seni yig`laganingni hech ko`rmaganman ammo o`zing aytarding-u qalbim yig`lab turadi deb. Ish yuzasidan telefonlashganda seni qo`l ostingda ishladigan yigitlar biron nimani so`rab telefon qilishsa, baqirib, baqirib gaplashasan. Balki senga aytar menga telefon qilishayotganini qaydam. Yo ovozimni eshitsin. Garchi man uni ovozini eshita olmasamda deb ko`nglingdan o`tqazarsan. Bilmadim.
Baxtlimisan? Baxtingni topdingmi? Baxting butunmi? deb o`zingdan so`rash qachon nasib etar. O`sha kunni kutib yashashdan ilojim yo`q! Hamon sog`inaman.


Allah büyükdur
 
LoadingСана: Чоршанба, 13-Июл-2011, 20:00 | Изох # 139
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
Parvina reklamada ''unchalik'' so'zini maxorat bilan ishlatdizki? Man manalogni o'qib ''kuchli'' so'zini xayrat bilan talafuz qildim. Havo ochiqligi yaxshi tasir qilgan ko'rinadi?

Faqat 3 ta shart!
 
GiyosСана: Шанба, 16-Июл-2011, 16:21 | Изох # 140
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 1130
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 59
Холати: Хозир йўқ
Sevgi yoki nafrat…

Men sizni sog’indim, juda ham qattiq sog’indim. Sizni yana bir kun ko’rmasam yorilib ketaman. Bunchalik bag’ritoshlik sizga yarashmaydi. Iltimos qayting… Men oldingizga boshimni egib boraman… Men sizga hech qanday ayb qilganim yo’qku. Qayerdan buncha alam, buncha nafrat… Hafa qilgan bo’lsam kechiring. Hohlasangiz hamma ni oldida tiz cho’kib kechirim so’rayman. Siz shunda hursand bo’lasizmi??? Siz shunda yonimga qaytasizmi? Meni ortiq qiynamaysizmi??? Siz va’da berasiz va yana qaytarib olaverasiz. Siz mendan farqingiz nima bilasizmi??? Siz beshafqatsiz. Siz kechira olmaysiz. Men sizni necha marotaba kechirdim. Yig’ladingiz, siqtadingiz. Ortimdan qayerlargacha bormadingiz. Endi men shunday bo’layapman. Siz esa…. Men ushanda sizni kechirib katta xato qilgan ekanman. Afsus… Man portlab ketdim kelayapti. Kelib meni portlatib yuboring!!! Toki sizni ishqingizda boshqa kuyim jizg’anak bo’lmay. Mayda mayda bo’lib har tomonga sochilib, sizdek beshafqatlarga rahm urug’I bo’lay. Sevgi dardida kuyayotganlar ustiga yomg’ir bo’lib yog’ib, ularni sovutay. Ular mendek portlamasligi uchun… Sevgi olovida yonmasligi uchun. Siz beshafqat hudbinsiz. Sizga hech kim kerak emas. Sizga o’zingiz va sariq chaqalar kerak. Sariq chaqalar bilan qayergacha borar ekansan. Mayli meni kechirma. Meni eslama hech. Qaytib qorangni ko’rsatma. Usha yerda kim bilan yurgan bo’lsang ushani aldab yana boshqasi bilan yur. Boshqasini sev. Yo’q. Sen sevmaysanku. Seni sevgin soxta. Senda sevgi vaqtincha aldash uchun paydo bo’ladi. Hali qariysan. Ushanda kimga kerak bo’lasan. Men sani oldingda bo’lmayman. Sendan ancha yiroqda, farzandalarim va suyukli yorim oldida bo’laman. Seni qayerda bo’lishini aytaymi??? Yo’q. Baribir hozir etganim bilan seniga gap kirmaydi. Iltimos agar oldinga adashib yalinib borsam meni kechirmagin. Yuzimga tupirib yubor. Ozgina cho’g’lanib yotgan sevgi ham ushh tufugindan o’chsin. Faqat va faqat nafrat qolsin… Men seni hamon sevaman……


Sog' salomatlik...
 
NavrozСана: Шанба, 16-Июл-2011, 22:13 | Изох # 141
Иштирокчи
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 166
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 134
Холати: Хозир йўқ
ajoyib
 
LoadingСана: Якшанба, 17-Июл-2011, 04:01 | Изох # 142
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
eshitilmay qolgan ovoz.
Jarangdor kulginga shaydo o'zimman. Shaksiz Allohim go'zal yaratgan. Umurbot jim yursam bo'ldi yoningda sen so'zla bir laxza ovozing eshitmay qolmay. Shunday xam yoqilmli ovoz bo'ladimi? Odam Ato Alayhisalomham Momo havoni ovozlarini birinchi eshitganlarida shunday xayajon qamrab olgan bo'lsa kerak extimol? Ot izini toy bosar dishadi. Qaynionamlarni qo'shiqlarni meyoriga yetkazib aytishlari xali xali quloqlarimda. Qizini ovozi yoqimli bo'may qanday bo'lsin? Ovozingni juda sog'indim. So'zlaring xuddiki kitobdan yod olinganga o'xshardi. Erkalatganlaring esa xuddi sher kabi qofiya bilan ketardi.
Xa meni kechir qaxramon qiz men seni xozir qabirga yotkazib tepangda sho'rlik yigitni yig'lataman. Xayot shunday murakkab. Kimdur kiminidur yoqotib turgani maqqul fikri ojizimcha.
Oldin seni ovozingni uzoqdan eshitib tanib olardim. Hozir esa mendan bir yarim metr uzoqdasan-ku lekin seni eshitomayamman. Qabristonni makon qilgan qushlar chug'uridan senga atalgan tilovatim eshitilmay qoladi. Sen mening eshitilmay qolgan ovozimsan.


Faqat 3 ta shart!
 
GiyosСана: Душанба, 18-Июл-2011, 14:33 | Изох # 143
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 1130
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 59
Холати: Хозир йўқ
San uchun bitta so'z etish qiyin. Shundo telefonini olishing qilyin. Sani boshini qotirmoqchi emasdim. Sen doim kerak paytda o'zini olib qochasan. San telefon qilsam ohirgi paytlar olmaydigan bo'lib qolgansan. Sandan bir joyni so'ramoqchidim. San dib 2 soat shu joyni qidirdim. San o'zini kim dib bilasana. Sanda bor yurak manda ham bor. O'zini bir farashta misol qilib ko'rsatgilaring kelib ketadia? Oldin kim eding. Hozirchi. San bunchalar o'zgarasan dib hich o'ylamagndim. Kutmagandim ham. Hozir o'ylab qolaman. nahotki shu san. Oldingi man bilgan emas. Achinaman o'zimga. Sanga qanchalar ishondimaa? Afsus. Bir marta yordaming kerak bo'ganda qochding. Boshqa begonalardan ham shu yordamni oldim. San o'ylma manga qarab qolgansan dib. Rahmat. Mani tanishlarim ko'p. San bo'lmasang ham. Ko'chada qolib ketmasman...

Sog' salomatlik...
 
LoadingСана: Душанба, 18-Июл-2011, 14:44 | Изох # 144
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
gprs navigatormi u?

Faqat 3 ta shart!
 
DilnozaСана: Душанба, 18-Июл-2011, 19:46 | Изох # 145
Sayyod.com мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 643
Тақдирланишлар: 3
Хурмат даражаси: 496
Холати: Хозир йўқ
Uni xali xam sevasanmi? Shunchalik sevganmiding? Bilasanmi? menda xam shunday bo'lgan. Seni yoqtirmagan insonga qanchalik mexribon bo'lma, yoqmas ekansan. Doim o'ylardim... Balki unga maromiga yetkazib xech kim mexribon bo'lmagandir deb. Xa bilaman. Men xam shunaqaman yoqmaydi. Borgan sari yoqmay ketaveradiyu lekin yoqib qolmaydi. Shunda o'zimga o'zim savol beraman. Nega endi? Ular bizsiz baxtli tinchgina oilasida, biz esa ularni deb yonamiz. Nima uchun bir umid miyyamizda o'rnashib olgan. Narigi dunyoda u bilan albatta baxtli bo'laman. Axir aytishadiku narigi dunyoda xamma o'z sevgani bilan birga bo'ladi, sevishganlar bir-biriga yetadi deb. Men oxirigacha yolg'iz qolib uni kutsam u bilan albatta narigi dunyoda birga bo'laman. Ko'p sevgisiga yetmaganlar shunday o'ylashadi. Bilaman.... juda yaxshi bilaman...
Shu payt ikki yaralangan qalb topishib bir-biriga ayta olsa. Kel bu dunyoda birga bo'lamiz. Urshamiz, talashamiz, quvonchimizga sherik bo'lamiz, bir-birimizga suyanamiz va baxtli oila bo'lamiz. Natijasi farqi yo'q OLLOHGA tavakkal, umrimizni birga o'tkazamiz. Talashsak xam urshsak xam sevmasak xam bir-birimizga mexribon bo'lamiz. Umrimiz o'tib jon taslim qilganimizda, narigi dunyoda uchrashamiz. Shunda men seni o'z sevginga qaytarib beraman. Nixoyat sevginga yetasan. Shunda chetdan turib baxtli nigoxlaringni kuzataman. Sen uchun juda xursand bo'laman.

Добавлено (18-Июл-2011, 14:46)
---------------------------------------------
Bu faqat va faqat monolog.

Добавлено (18-Июл-2011, 18:46)
---------------------------------------------
Xa menman ajablanma endi. Menga boshqa qarama xam. Senga xech narsa xis qilmasligimdan ajablanayabsanmi? Ajablanma...rost men senga nisbatan xech nima xis qilmayapman. Unutgandim o'shandayoq seni. Juda kam xayotda to'qnash kelamiz a. Uchratganingda qaraysan. Qarama begonasan. Uylanding. Shunchaki unutaman deb o'ylagansan a? Sevgingni yoqotganing, men bilan xech qachan birga bo'la olmasliging, sog'inching, menga bo'lgan kuchli sevgingni tushunganingda esa kech edi.
Afsus...
Afsus qilmayman. Demak taqdir. Shunday bo'lishi kerak edi. OLLOH bilguvchi. Men uchun demak shunday yaxshi. OLLOH menga yomon narsani ravo ko'rmaydi. Balki sen bilan bo'lsam bundan battar bo'lardi. Men shunday tushunaman.
Nega endi ajrashmoqchisan? Esingni yig' endi xech qachan seniki bo'lolmayman. Xech qachan. Endi judayam kech. Bilaman o'z xatoying o'zingni tomom qilyabdi lekin unut men seni unutdim. Sen oilalisan uni ustiga farzanding xam bor. Sochlaringa oq yuguribdi. Seni oxirgi bor ko'rganimda juda xomush eding. Meni ayblaysan a? sen tufayli birgamasmiz deysana. Mag'rurliging sevgimizni boshiga yetdi desang kerakda. To'g'ri sen bilan uchrashuvga chiqmasdim. G'urur-mi? Yo boshqami? bilmayman-u lekin bu mendan ketishinga baxona bo'lolmasdi. Sevsang kut edi balki senga ko'nikardim. Yoningda turishdan qo'rqmasdim. Men aybdor emasman. Buni o'zing xam yaxshi bilasan. Sen bilan uchrashuvlarga chiqmaganimga pushaymon xam emasman. Chunki sen bilan uchrashib yursam xam xiyonat qilgan bo'larding. Men bilan uchrashib turganingda, shu voqiyalar bo'masdi deysan-a? Bo'lardi. Sen o'zingni boshqara olmaysan. Oqibatlimassanda. Majburan uylanishinga to'g'ri keldi. Mana ko'rding yaxshi sen bilan uchrashib yurmaganim. Xozir o'zimga qiyin bo'lardi. Balki sen bilan yaqin munosabatda bo'lmaganim uchun xam unutgandirman seni. Sen-ku uylanib oilali bo'lding. Men nima qilardim? Extiroslaringni qurboni bo'lardim. Yaxshi sendan uzoq bo'lganim. Yaxshi OLLOH bir ko'nglimga solib uzoq qilgani.


Sayyod.com OLLOH mehribon u meni do'stim.
 
misSСана: Душанба, 18-Июл-2011, 20:03 | Изох # 146
Рўйхатда
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 13
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 604
Холати: Хозир йўқ
Juda g'alati barchasi. Kimnidur mehriga zorsan, tashnasan, lekin u senga mehr bera olmaydi. Balki kimdur sening ham mehringga zordur, lekin unga sen mehr bera olmaysan. Shunisi bn qiziqdur balki hayot.
Sevasan lekin baxt tilashdan o’zga chorang ham yo’q. Talpinasan, lekin yeta olmaysan. Bu hayotning senga qilgan beshavqatligimi, bilmadim neligin. O’ylab charchadim barchasini. Oxirida taqdriga tan ham berdim. Ha mayli taqdirimga bitilmagan ekande didim uzimga uzim ko’nglimga taskin izlab. Uzim taskin bermasam boshqa kim ham taskin berib ovuta olardi, sen mendan olislarda bo’lsang. Bitta shahardamizu, lekin olismiz. Qalban olis…
Yaqinlasha olmayman senga. Ojizman. Qalbim ojiz. Qani ma’no hayotda yashashdan, qani hayot quvonchi. U ham sen kabi mendan olis. Xuddi yaqinda turganga o’xshaydiyu, lekin men unga ham yaqinlasha olmayman. Baxtli bo’l. Men senga baxt bera olmayman. Bu yuragimni senga ravo ko’ra olmayman. Sen gard yuqmagan yurakli insonga munosibsan. Seni shunday baxtdan bebahra qilishga mening haqqim yo’q. Shunday deymanu lekin qara sen haliyam mening orzularimdasan… Sen bn bog’liq hayollarim cheksiz, uzimcha sen bn kelajagimni tasavvur qilaman, cheksizlikka yuz tutgan hayollarimga birdan “Men unga munosib emasman, u bir kun kelib ketib qolganimni yuzimga soladi” digan hayol soya soladi va darrov shirin hayollar o’z o’zidan osmonlarga uchgandek tarqab ketadi… Hozir nima qilayotgan ekansana, meni bir lahzaga bo’lsada eslaganmikinsan, hech bo’lmaganda men bn bog’liq qandaydur hotirani eslaganmikinsan… Ko’nglim bn ojizlikni qarshi olgancha, baxtimizga baxtlar tilab monitor qarshisida sen haqingda hayollar surmoqdamiz.


Ko'zlaringda men ko'zingda baxtni ko'rsam bas!
 
AskarСана: Душанба, 18-Июл-2011, 21:39 | Изох # 147
Иштирокчи
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 209
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 49
Холати: Хозир йўқ
Ха, эслайман... Сени мовий кузларингни, ширин-ширин сухбатларингни... эслайман. Эслайман сен томон югуриб бораетганимда йикилганимни. Сен эса тупойларча конаетган оегимга караб "огрияптими?" дегандинг. Шунда мен бироз кузларингга тикилиб турдим-да "йук, огримаяпти, аксинча узимни жуда яхши хис килаяпман" дедим. Сунгра иккимиз аввал морожний еб кейин кинога боришга ахду паймон килдик. Морожний еб турганимизда сени огзингдан морожний булаги тушиб кетди. Сен эса жуда чакконлик билан уни илиб олдингда яна кайтиб огзингга солдинг. Шунда мен сени янаям яхши куриб кетгандим. Сендан энг рузгорбоп рафика чикишини сезгандим. Сунгра кинога кирдик. Фильмни номи "Такдир" эди. Хамма берилиб томоша килмокда эди. Сен эса негадир безовта булавердинг. Бирпасдан кейин хаммага карай бошладинг. Яна бирпасдан кейин хамма сенга карай бошлади. Одам куплигидан кинотеатр хавоси димикиб кетган эди. Мен бугила бошладим. Сенга карадим. Сен эса безовта булиб жилмаярдинг. Кино тугади. Шунда... Шунда шундай муъжиза содир булдики, бу мени ёдимдан бир умрга учмайди. Кинотеатр эшиги очилиб самодан нур егилиб келди. Мен эса бугилганимдан ярим хушимни йукотган холатда бу Яратган эгамни менга илтифоти булса керак деб уйлабман. Нур кетидан каттик шамол эсди ва барчани кузларида кувончни курдим. Сенинг кузингда хам... Шундан бери шамол булса сени эслайман...
 
LoadingСана: Сешанба, 19-Июл-2011, 00:15 | Изох # 148
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
Lotincha yaxshi o'qib kirilchani tez yozadiganlar iltomos kirilchada yozib berila manga biroz qiyinlik qivotti vaqt masalasi.

Baxtli bo'lilar.
7-sinfda o'qirdim esimda bor. Alochiydim xamma bolalarga o'xshab.
Eslolsang ushanda sen 6-sinfda o'qirdin doyim birga yurardik. Chin do'stim va uning yagona singlisi. Akeni olib beradigan muzqaymolar-u shirinliklardan kora yonimda bo'lganing hissi, diydoring shirinroq edi menga. Bazan darslarimiz vaqtli tugab qolardi. Ko'pincha seni darsing vaxliroq tugardi. Seni olib ketish uchun masul shaxslar aken va men bo'lganimiz sabab seni kutardik yki darsdan qochardik. Xamma o'yinga berilib ketardi. O'yinlarda negadur yaxshi o'ynolmasdim, bazan umuman o'ynamay darsxonang derazasiga tikilib o'tirardim. Xamma bizni aka singildek ko'rardi. Men xoxlagandek. Shu zayilda biz maktabni bitirib oldik. Menda esa qo'rquv seni yoqotishni o'ylasam. Sen maktabni bitirishinga atigi bir yil bor. Lekin bu menga fojiyali bo'lishi mumkin. Qo'pol gap emas. Men uchun shunday edi. Fojiyali! Onajondan 1 gina iltimos qilganim U maktabni tezroq tugatsin. Sen esa alo baxolarga o'qirding. Fan alimpiyadasi sensiz va senga beriladigan oltin medalsiz o'tmasdi. Xa usha shirin xotiralar xamon yodimda. Shu sabab ajoyib 3 lik birga shu yilning o'zida bitirib oldik. Do'stim bankir pul topishi bolaligidan bor edi. Alloh nasib etgan ekan sen va meni qiziqishlarimiz bir xil edi. Avval Litsey so'ngra Oliygox xuddi bojalar guruxi bizga atab qo'shiq yozgandek. Esingda bor usha kuni ishxonadan qaytar ekanmiz akajonin doyimgidek kesatib qo'ydi. " Nima endi sila aka singilu biza begonami? bizayam xavotir olarkanmiz bilsela agar " eeey aka... Jaxil aralash nozlangandin. Eslab kulib qo'yamiz.
Bundan 4 oy oldin men xammasiga tayyor edim. Bolaligimda tuzgan bolalarcha rejamda senga uylanish qolgan edi xalos. Kechki Toshkent ko'chalaridan uyga qaytar ekanmiz senga aken uydami degan savolimga etiborsizgina holsiz "bilmadim" deb javob berasan. Yana nimadur qo'shimcha qilaman deb og'iz juftlading-u Akang menga qilgan qo'ng'iroq chalg'itti ikkimizni. Negadur shu qo'ng'iroq bo'ldiyu akenga javob bermasimdan ichimga achchiq bir xavo to'lib qoldi go'yo.
Ertasiga bizning uyda men va chin do'stim, yagona sevganimni akasi. Bir umur ardoqlab umrimni oxiriga qadar tashlab ketmaslikka axd bergan yaxshi niyatimning akasi bizning uyda mexmon bo'ldi. Xayron bo'lma bu sir Alloh va mening o'rtamdagi sir. Xonadan xamma chiqib ketsin deb yubordik birdaniga birgalikda. Ishonsang agar ikkimiz kulib yubordik lekin ichimni achchiq tutun tark etmagandi ushanda. Fursatni boy bermay dilimdagini aytishim kerak deb payt poylab turdim. Doyimgidek aken gap boshladi. Man xaqimdagi iliq gaplaridan keyin quyuq qilib sen va meni qanday inoqligimiz xaqida gapirdi. Men ichimdan quvonib kettim ana men kutgan laxza. " ikki aka bir bo'lib singlimizni bo'yi yetganini bilib turibmiz shungabir ish qilsak..."
Mana 2 kun bo'ldi Amerika qo'shma shtatlarining Floridasidaman. Yetib kelganimdan keyin mana endi uydagilarga xat yozishga vaqt bo'ldi. Ukamning po'chtasiga to'yi bilan tabriklab yaxshi yetib kelganim xaqida xat yozib yubordim. Unga beradigan maslaxatim, o'gitlarim juda ko'p edi. Ammo? Ammo yozolmayman. Ukamga munosabatlarimni bildirmasligim kerak edi. Seni shubxa gumonlar iskanjasida qoldirish niyatim yo'q. Bunga xaqli emasman.
Po'chtamga yengi xat kelganini bildirib qo'ng'iroq chalindi. Do'stimdan xat kelibti. Mavzusi Tabrik. Ochib o'qiy boshladim.

[Aziz somelar bu yog'ini Xat yozgan do'stning tilidan eshitsak tasirli bo'ladi deb o'ylayman.]

" Salom! Meni kechir do'stim! Boshqa ilojim yo'q edi. Seni tuyg'ularingni bilardim! Lekin ular ikkisi bir biriga munosibligini o'zlari xal qilishdi. Men xam sen kabi jim yurishga maxkum edim. Bu shirin xayotimiz ostin ustun bo'lishini men xam istamadim sendek. To'y kuni singlim uchun emas? Sen avaylab, ximolab olib yurgan sevgi nixolingni boshqasiga boshqasi bo'lgandaxam ukangni qo'lariga topshirayotganimdan yig'ladim. Qandayxam bardosh berardim do'stim. To'yxonada 1 laxza qolishni istamasdim! Seni sevging, Seni kuchli irodang xurmatidan ba'zo'r oyoqda turdim. Yana sen meni tinchlantirishga urunarding! Axir usha kuni men seni tinchlantirishim kerak emasmidi?! Bildim to'yidaxam begonalarga ishonmay 2 kun oldin Prado jippni sotib olding. Kelin salomda ko'rmanaga shu mashinani berdingu uyingni tashlab begona yurtlarga ketib qolding. Ukang uchun sevganing uchun ona yurtingdan ayrilding. Menxam odamlar orasida yuzimni ocholmiman ular buni bilishmidi lekin uydan qochib ketgilarim kelayapti kimsasiz orollarga. Ketolmayman yagona o'g'ilman. Do'stim meni kechir! Meni do'st deyolmay qolishingdan qo'rqaman. Sen asragan gul endi ukang qo'lida. Gaplarimga ko'zingda yosh bilan kularsan balki. Singlimni qo'lida uken praktikani o'tayapti. Ishxonada albatta. Do'stim meni kechir?!

Xat tugadi. Men esa bu xatni senga yozayabman. O'tmishimni endi bilasan. Maktabdan asragan gulim ukamning ishq bog'ida gullab yotibti. Umur so'qmoqlarini oralab baxor kelganda 1 o'g'il 1 qiz ko'rishlik ularga nasib etti. Sen mendan ko'p narsa kutma, Men sendan xech narsa so'ramayman. Holis Alloh uchun seni sevishlikka vada beraman. Deb yozdim bir qizga. Shunaqa gaplar meninig birinchi muxabbatim.

Singlim Ukam baxtli bo'lilar. Mana menxam o'z yarmimni shu yurtdan topdim. Shu yaqin kunlar ichida uning dugonasini to'yi ushanda boramiz ko'rasilar.


Faqat 3 ta shart!
 
GiyosСана: Сешанба, 19-Июл-2011, 02:35 | Изох # 149
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 1130
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 59
Холати: Хозир йўқ
U uka qanaqa qilib akasidan oldin uylandi. Shu joyi. . .
Akasi singlisini to'yida nima qivoti?


Sog' salomatlik...
 
LoadingСана: Сешанба, 19-Июл-2011, 14:14 | Изох # 150
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
Chert manga xammanarsa mumkin.

Faqat 3 ta shart!
 
Поиск: