Monolog
|
|
Dilya | Сана: Якшанба, 02-Янв-2011, 15:39 | Изох # 26 |
Рўйхатда
Гурух: Форум аъзоси
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 171
Холати: Хозир йўқ
| hmmmm
|
|
| |
Giyos | Сана: Якшанба, 02-Янв-2011, 23:52 | Изох # 27 |
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 1130
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 59
Холати: Хозир йўқ
| 10. Bo’lishi mumkun emas. Hali ham hazm qila olmayapman. Qanaqasiga avtoxalokatga uchrashi mumkun? Kecha ko’rgandimku! Ertalab telefonda gaplashgandik. 2 xaftadan keyin to’yi bo’lish kerak ediku! Ishongim kelmayapti. Qanday qilib a? Bugun ko’ylak ko’rgani borishmoqchidi. Qanaqasiga bunaqa bo’ldi? Ahvoli qanday ekana? Sog’ayib ketarmikan? Bo’lishi mumkun emas? Bo’lishi mumkun emas? Bo’lishi mumkun emas? Nega unaqa bo’ldi? O’ylasam g’alati bo’lib ketyapman...... Endi to’yi nima bo’ladi? Qoldiriladimi? Mayli qoldirilsa ham sog’ayib ketsinda. Nega ertalab birga boramiz deganingda yo’q dedima? Balki borganimda shunday bo’lmasmidi? Falokatde??? Nima bu o’zimni ovutishmi? Qanday qilib o’zimga o’zim qarshi chiqaman? Ichimda nimadir o’zimni aybdorsan deb tursa....... Man nega aybdor bo’lishim kerak? Man uni sevgani bilan o’rtasida yurishim kerakmidi? Ruhiy qo’lashmish! Katta bolaku!!! Nimalar deyapman? Ushanda rozi bo’lishim kerak edi. Bundan og’ir vaziyatlarda mani oldimda turgan do’stima. Nimaga rozi bo’lmadim. Mashina haydashga ham qo’lim bormay qoldi. Taksida oldinga ketyapman...... Nimaga men seni usha payt tushunmadima? Ko’nglim g’ash deganigda, doim uchrashuvga kech qoganinga ko’ngling g’ash bo’layapti deb ustingdan kuldima? Shu falokatni sezib ko’nglin g’ash bo’lgnakan. Nega buni men sezmadim??? Borsam ham bo’lardiku!!! Birinchi marta seni uchrashuvinga chiqishim emasdiku! Yarimidan ko’p uchrashuvingda Aziza bilan seni kutib gaplashib o’tirardim. Sen meni o’zing kech qolganing uchun hijolat bo’lib yuborarding, gaplashib chalg’itib tur deb! Nega qadringa yetmadima? Seni oldinga qaysi yuz bilan kirib boraman hozir. O’zimni aybdor deb his qilsam! Men bo’lganimda sen shoshmay kelarding!!!......... Shifoxonaga keldikmi?....... Anavi Azizani akasi shekilli! Nima uchun ko’chada turibdi? Oldiga boraychi?.......... Nima do’stimni ahvoli OG’IRMI?????
Sog' salomatlik...
|
|
| |
Shеr88 | Сана: Сешанба, 04-Янв-2011, 12:19 | Изох # 28 |
Рўйхатда
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 19
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 32
Холати: Хозир йўқ
| G'iyos bunaqa qobilyating borligini bilmaganakanman. Kino omoqchimisan?
|
|
| |
Giyos | Сана: Сешанба, 04-Янв-2011, 12:33 | Изох # 29 |
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 1130
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 59
Холати: Хозир йўқ
| 11. Doctorlar aniq etishmabdi. O’zimni kirgazishmadi. Aziza ham noto’g’ri qilibdida o’z joniga qasd qilib. Bularni sevgisi kuchli edi. Farhod va Shirin, Layli va Majnun, Toxir va Zuhra, Romeo va Julettalar sevgisi bular oldida holva edi. Nima sababdan kuchli sevgini ohiri ayriliq bilan tugaydi. BU HAM MAVHUM! Mayli nima bo’lganda ham ikkalasi sog’ayib ketsa bo’ldi. Do’stimga qayg’uryapman. Tuzalib avvalgidek bo’larmikan, yoki bir umr NOGIRON bo’lib qolarmikan. O’zimni uni o’rniga qo’yishga qo’rqayapman. Axir bu DAXSHTKU! Bir umr kimgadir qaram bo’lish. Kimdirsiz yashay olmaslik. Ovqatini ham o’zi yeya olmaslik. Hamma senga achinish ko’zi bilan qarashi. Senga bir buymdek munosabatda bo’lishlari “Anavunga qaradingmi” deb. Qarang qanday azob, sizni bir buyumga chiqarib qo’yish. To’g’ride qo’lingizdan hech narsa kelmasa, Hatto haojatga ham mustaqil bora olamsangiz........ Yana o’ylasam PORTLAB ketaman. Rosti tasavvur qilishga qo’rqayapman. O’rniga o’zimni qo’yish? Bilmayman, bilmayman, bilmayman. Men bunday hayotdan ko’ra O’LIMNI tanlardim. Bunday qiynalib yashagandan o’lim afzal menga. Kimgadir kerak bo’lasan, faqat ota-onaga. Boshqa hech kimga. Kerak bo’lsa aka-ukalar ham o’zini olib qochadi. Hammayammasu, baribir bunaqalar ko’p bo’ladi. Do’stlaringku boshida har kun chiqib ko’radi, keyin kun ora, keyin 1 haftada bir marta, keyin 1 oyda 1 marta, oxiri TIRIKLIGINI bilish uchun uydagiladan so’rab qo’yishadi. Hech kim eslamay qo’yadi. Qarashi mumkun 1 oy – 2 oy, nari borsa 1 yil. Kasal odamni oldida bitta bekorchi o’tirishi kerak. Ularni ham ishi borku!!!!! Qanday azob! TIRIK MURDA bo’lib yotsang. Bunday hayotni men tanlamasdim. Dushmanimga ham ravo ko’rmasdim. Lekin do’stim shu ahvolda yotibiku. Tuzatishni bir iloji boooooooooordiiiiiiiiiiir!!!!!!!!! Men uni bunday AZOBda yotishiga chiday olmayman. Bunday AZOBdan butunlay ozod qilaman..............
Sog' salomatlik...
|
|
| |
AKTIVNIY | Сана: Чоршанба, 05-Янв-2011, 09:47 | Изох # 30 |
Рўйхатда
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 97
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 216
Холати: Хозир йўқ
| ЖУДА АЧИНАРЛИ ХОЛАТ
Севги булади аввало аллохга!
|
|
| |
Giyos | Сана: Чоршанба, 05-Янв-2011, 13:58 | Изох # 31 |
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 1130
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 59
Холати: Хозир йўқ
| 12. Qochlaring!!! Meni ichkariga kirgazib yubooor!!! Nimaga kirgazmaysanlaaar??? Qochlaring deyyapmaaan! Qoooch! Men senlarga ishonmayman. Senlar aldayapsanlaaar! Senlar do’stimni nogiron qilib qo’ymoqchisanlaaar!!! Men kiraman baribir!!! Nima bo’libdi Reanimatsiya bo’lsa, undan boshqasi bo’lmaydimi menga desaaa!!! Eshikni yopma! Men kirishim kerak!!! Men jinni emasmaaan! Eshikni och! Bo’lmasa sindirib tashimaaan!!! O’zimni bosa olmayman!!! Do’stim ichkarida qiynalib yotibdi. Uni ko’ray, ishonch xosil qilay yashashigaaa!!! Nega ishonmaysanlar menga??? Qo’riqchilaring ham hech narsa qilolmaydi menga!!! Kirgazlaring!!! Gaplashay bir marta!!! Nega o’zida bo’lmas ekan??? Tuzatlaring!!! Nima qilib ishlab yuribsanlar??? Qo’lingni ollaring mendan!!! Qoch o’zim ketamaaan!!! Baribir hozir qaytib kelaman! Qutildim deb o’ylamalaring! Qo’lini ol mendan, tegma! Iya Azamat aka sizmisiz??? 13. Zafar bilaman Aziz bilan qadirdon do’stsizlar. Do’st emas aka-ukadeksizlar. Endi bu tashvish ham bor ekan. Qo’limizda nima ham kelardi? Og’irroq bo’lish kerak. Mana meni singlim ham yotibdiku! Hozir meni ichimdan nimalar kechayotgani yolg’iz Alloxga va o’zimga ayon. O’zimdan o’tganini o’zim bilaman. Bu ishingiz yahshimi endi? Shifoxonada bitta u kasal emasku. Qanchadan qancha odamlar shifo so’rab yotishibdi. Kasalxonani “boshingizga ko’tardiz”. Meni oldimdan chiqayotganizda asablaringiz joyida ediku. Nega bunday qildiz? Shifokorlar xam qo’lidan kelgancha yordam berishyapti. Bu ularni burchi. Kirgazganda nima qilardingiz. Uyda qanday davolardingiz? Siz tibbiyot xodimi bo’lmasangiz. Shifokar o’ziga kelib qoladi deyishdi. Men ichkariga kirib ko’rdim. Mayli bo’lar ish bo’libdi endi. Bu holatni boshqa takrorlamang. Men ota onasiga qo’ng’iroq qildim. Viloyatda to’yda ekan. Bugun yetib kelishadi. Siz hozir uyga boringda, dam oling. Asablaringiz charchagan..... Bilaman do’stisiz, lekin bu yerda turganizdan nima naf?.... Biror narsa kerak bo’lsa o’zim sizga yetkazaman. Men singlimni ahvolidan xabar olay... Siz boravering baribir sizni u yoqga endi kirgazishmaydi....
Sog' salomatlik...
|
|
| |
AKTIVNIY | Сана: Пайшанба, 06-Янв-2011, 09:48 | Изох # 32 |
Рўйхатда
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 97
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 216
Холати: Хозир йўқ
| КИЗНИ АКАСИ ЖУДА МАНОЛИ ГАП ГАПИРИБТИ
Севги булади аввало аллохга!
|
|
| |
Giyos | Сана: Сешанба, 11-Янв-2011, 00:13 | Изох # 33 |
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 1130
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 59
Холати: Хозир йўқ
| Bu 14 qism emas. U hikoya vaqtincha tugatildi. Davomi yozilishi kerak edi, ammo tugadi. Davomi balki yozilishi mumkin. Men seni kutaman!!! Erta tong uyg'onib bervaqt, seni oldinga chopaman har payt. Kel ey yorim, dildorim, mehribon ovunchog'im. Iltimos meni qiynama. Yetar shuncha qiynaganing. Kel ey borim jahonim, senga bo'lsin fido jonim. Seni sevidim, sevmoqdaman, sevaveraman. Sendan hech qachon ayrilmayman. Mayli kelma, meni yo'qlama, meni unut. Hatto hayolingda ham begona qil. Men seni baribir kutaman. Sen hech qachon kelmasang ham. Hayolan yonimdasan, qalbimdasan, yuragimdasan. Kutaman yillar oshib, umr bersa asrlar oshib, kutaman to qiyomat, kelsang bo'ldi baribir sevaveraman.
Sog' salomatlik...
|
|
| |
AKTIVNIY | Сана: Пайшанба, 13-Янв-2011, 14:29 | Изох # 34 |
Рўйхатда
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 97
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 216
Холати: Хозир йўқ
| олдингисини давом этирас диб уйлагандим ...
Севги булади аввало аллохга!
|
|
| |
murodbek | Сана: Шанба, 15-Янв-2011, 00:35 | Изох # 35 |
Рўйхатда
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 49
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 15
Холати: Хозир йўқ
| Bu hikoya ham juda uzun ekan. O'qib 4iqarsila. Sevgi sabog’i Meni men istagan kishi suxbatig’a arjumand etmas, Meni istar kishining suxbatin ko’nglim pisand etmas. Alisher Navoiy Muxabbat - muhabbat deymiz. Og’iz ko’pirtirib, soatlab gap talashamiz. Qog’oz qoralaymiz, kuyga solamiz, madxiyalar, dostonlar bitamiz... Aslida, shu tuyg’uning qadriga yetamizmi? Ko’ngilda kechsa, tug’yon ursa izxor qilmoqqa jur`at qila olamizmi? O’zi muxabbatning ildizi qayerda? Baribir, ilk muxabbatga yetmaydi bari. Ko’ngilga ilk bora tashrif buyurgan bu tuyg’u... Eslasam, vujudimga titroq inadi. Yuragim to’lib-toshib ketadi g’alati xis-tuyg’ularga. Entikaman, ezilaman... yig’layman. U bilan o’n yil bitta maktabda, bitta sinfda o’qibman-u, yuravergan ekanman, ko’ngilni keng qilib. Yo’q, umidvor xam bo’lmaganman, lekin ishq yurakni kuydirganidan keyin... Yil oxiriga kelib, unga noma bitdim. Sevgi izxor qilingan xat. Endi o’ziga berish uchun otning kallasiday yurak kerak. Bu qurmag’ur menda... Dugonasiga, sirdoshiga berishga xam cho’chib turibman. O’ylab-o’ylab topgan tadbirim shu bo’ldi-sezdirmaygina sumkasiga solib qo’ydim. Endi yurak xovuchlab yuribman. Sho’rlik og’iz ochmaydi. Xuddi xech narsa sodir bo’lmagan-u, biz avvalgidek apoq-chapoq bo’p yuribmiz. Ammo men ko’ziga qarashga botinolmayapman. Bu yoqda maktab oxirlayapti. Xademay imtixonlar boshlanadi-yu, shu bilan xammasiga nuqta qo’yiladi. Tunlari tikan ustida ag’anagandek bo’laman, kunduzlari... Îxiri jur`at topdim. Eng so’nggi imtixonga bir kun qolgandi. Konsul tatsiya boshlanmagandi xali. Vaqtliroq borgandim. Sinfga kirsam, yo baxtimdan, o’tiribdi allaqanday kitobga termulib. Yolg’iz. Yoniga o’rnashdim. «Yaxshimisan, Baxor!», dedim, keyin tilim tutilib qoldi. Arzirli gap topolmay qiynaldim. U menga shunday tikildiki, ajabtovur xolga tushdim. Nigoxi keskin tus olgandi. Ko’zlarim dosh berolmadi. «O’zimga aytsang bo’lmasmidi?»,-dedi xamon nafratomuz tikilib. «Nimani?»,-dedim. Sezib turibman, xatni aytyapti. «Meni sharmanda qilding...». «Nimalar deyapsan, kim... kim seni sharmanda qildi?!». O’rnimdan turib ketdim. U boshini xiyol egdi. Xazin oxangda davom etdi: «Sumkamga solib qo’ygan narsang birinchi kimning qo’liga tushganini bilmaysan. Îg’zi bo’sh dugonalarim... e-e, mana, maktabda duv-duv gap bo’ldi». U birdan yig’lab yubordi. Kaftlarini yuzlariga bosdi. Mendan o’pkalanib, ginalanib yig’ladi: «Senga nima yomonlik qiluvdim, nima?!». Gung bo’lib qolgandim o’sha dam. Xatto uni yupatish xam qo’limdan kelmadi. Aybdor edim. Agar sevishni ayb deb sanashsa, xa, ana shu «ayb»imni tag’in tasdiqladim. Baralla aytdim unga: «Baxor, seni rostdan xam...». «Bas qil!-u alamidan baqirib yubordi.-Nima, bilmaysanmi, to’yim bo’lyapti-ku! Indinga fotixam bo’ladi, fotixam!». Men karaxt bo’lib qoldim. Îchig’i, bu xabar men uchun yangilik edi. Naxot shu paytga qadar eshitmagan bo’lsam? Nima, yashirishdimi? Nega? Biror xunar ko’rsatmasin debmi? Qo’limdan nima xam kelardi o’zi... Mana, shaxmat o’yinidagi mot qilingan shox xoliga tushdim. Endi tamom. Xammasi tamom. Sinfdosh qizlar, keyin yigitlar sinfga chuvvos solib kirib kelishdi. Baxor shosha-pisha sumkasidan ro’molcha chiqardi, ko’zlarini artib oldi. Keyin... keyin konsul tatsiya boshlandi. Undan so’ng imtixon... Banket. Shu bilan o’quvchilik davrimiz xam nixoyalandi. Îradan bir oy o’tib... tuyqus darvozamiz taqillab qoldi. Shoshib chiqdim. Eshikni ochsam... Baxor dugonasi bilan turibdi. «Uch kundan keyin to’y, albatta o’tgin, mana bu senga». Qo’limga yarim kaftchalik qog’oz uzatdi. Taklifnoma ekan. Ismim bosma xarflarda yozilgan: «ULUo’BEK». Yuragimda bir nima «chirt» uzilgandek bo’ldi. Gapirishga tilim aylanmadi. Ko’zlariga tikilgancha qotib qolibman. «Bormasang, xafa bo’laman». Qayta ta`kidladi u. Keyin ketdi. Yuragimga alam-qayg’ular, xajr olovini purkab ketdi. Shu oqshom tonggacha mijja qoqmadim. Yig’ladim. Birinchi muxabbatimning alamli qissasi mana shu. Îchig’i, Baxorning menda ko’ngli yo’q edi. Qiziq, shunday bo’lsayam, o’ziga yaqin olardi. Eng qadrdon do’sti kabi. Men esa, galvars, xatto, «Baxtli bo’l», deb tilak bildirmabman. To’yiga-ku, bormadim. O’rtoqlarim qancha qistashdi (axir yaxshi ko’rgan qizimning to’yiga qanday boraman?)... Yuragimning bir chekkasiga armon toshi yuk bosdi. Yo’q-yo’q, yurak armon tegirmonida yanchildi. Xayot xali oldinda ekan. Kitoblarda «Bu qaytar dunyo» qabilidagi xikmatlarni ko’p o’qiganman-u, uqmagandim. Endi bilsam, donishmandlar xam xayot tajribasiga suyanishar ekan. Xar bir xikmatda, maqolda xayot ufurib turar ekan. Maktabni bitirgan yilim SamDuga xujjatlarimni topshirdim. Filologiya fakul tetiga. Baxtimdan o’rgilayki, «tolib» degan nomga muyassar bo’ldim. Îvro’pochasiga aytadigan bo’lsak: «student». Ikki xafta o’tar-o’tmas paxtaga olib ketishdi. Bu mavsumning bop joyi shundaki, kimliging besh qo’lday ayon bo’larkan-qolarkan: mexnatkashliging, intizoming, axloqing... Yaxshi bola bo’p yursang mayliku-ya, nojo’ya ish qilguday bo’lsang... ta`ziringni berishadi domlalar xam, «akaxon»lar (yuqori kursdagilar) xam. Bizning o’y-xayolimiz xam, ishimiz xam bitta: paxta. Kursdoshlarim bilan qalinlashib, qadrdonlashib borardik. Tushlikni birga qilamiz, xirmonga yuklarni birga olib chiqamiz, xullas, bir yoqadan bosh chiqaramiz. Paxtaga kelganimizning beshinchi kuni edi. Yon qabatimdan bir kursdoshim tushgan. U birinchi kundanoq xammani e`tiboriga qaratgan, ayniqsa, dekanimiz shu qizni namuna qilib ko’rsataverib, barchamizning yuzimizni shuvut qilib qo’ygandi. Добавлено (15-Янв-2011, 00:35) --------------------------------------------- davomini yozimi? Silaga Qiziq bumasa yozmiman.
Uchrasa bir kuni tengsiz bir go’zal, Uchraydi baribir undanda go’zal, Ex, dunyo qanchalar go’zalsan go’zal Sevgim kelaverar yangidan-yangi
|
|
| |
Giyos | Сана: Шанба, 15-Янв-2011, 08:12 | Изох # 36 |
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 1130
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 59
Холати: Хозир йўқ
| Albatta yozish kerak. Bu yerga kirib o'quvchilar ko'p. (man yozayotganimni davomi 14 qism hikoya tarzida bitta qilib qo'yiladi. Uzun bo'lsa ham)
Sog' salomatlik...
|
|
| |
murodbek | Сана: Якшанба, 16-Янв-2011, 17:04 | Изох # 37 |
Рўйхатда
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 49
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 15
Холати: Хозир йўқ
| Butun kurs bo’yicha paxta terishda unga teng keladigani yo’q edi. O’sha kuniyoq uning nomi Namuna bo’ldi-qoldi. Xatto xayiqmay, oldida Namuna qiz deb chaqiradigan bo’lishdi. Men bu nom unga qilingan ximmatdanmi, deb yursam, asl ismi shu ekan. Mana, xozir pildirab ishga kirishib ketdi. Biram chaqqon. Men bitta chanoqqa qo’l tekkizgunimcha u uchta-to’rtta chanoqdan paxta yulib oladi. Bir ko’z yumib ochguncha ikki odimga o’zib ketdi. Egatiga boqaman: qilcha xam paxta qoldirmay terib boryapti. Tuyqus u ari chaqqanday «vuy»lab yubordi. U tomonga qaradim. Cho’kkalab olibdi. Qandaydir xavfni ko’nglim sezdi, etakni belimdan bo’shatib, oldiga bordim. Barmoqlarini so’l kaftiga olgan, maxkam qisib o’tiribdi. «Nima bo’ldi?»,-oldiga yaqinlashdim. U qaddini rostladi. Darrov qo’llarini etagiga tiqdi. «E, shunchaki...»,-nopisandlik bilan dedi u. Zimdan kuzatdim. Etagiga qizil dog’lar tekkan, o’zi labini tishlab, u yoq-bu yoqqa nigox tashlayapti. Go’yoki atrofni tomosha qilyapti. «Shunchaki baqirib yubordim deng...»,-jig’iga tegmoqchi bo’ldim. U aftimga bir tikilib oldi. «Ishing nima», degani bo’lsa kerak-da? Endi sezdim, boyagi qizil dog’lar picha kengayibdi. Miyamda yashin urgandek bo’ldi-qon! Shimimning cho’ntagidan dastro’molcha olib Namunaga uzatdim. Yangi, xali foydalanmagandim. «Bolalik qilmang, qo’lingizdan qon oqyapti, sirib bog’lang», dedim. U amrimga bo’ysundi. Tirnog’i orasiga chanoq qadalgan ekan. Shunga «dunyoni boshiga ko’taribdi». Namuna bilan qadrdonlashuvimiz, yo’q, uning menga bog’lanishi shu voqeadan boshlandi. Paxta terimi xam tugadi. Barchamiz sog’inganimiz-issiqqina uylarimizga qaytdik. O’qishlar tag’in iziga tushdi. Namunani faqat ilg’or terimchimi desam, tirishqoq xam ekan. Darslarda faol, xar bir mashg’ulotda, albatta, so’zga chiqadi. Daftar-daftar konspekt yozadi. Bir so’z bilan aytganda, u ismi jismiga monand qiz edi. Unga butun sinf xavas qilardi-yu, men... to’g’risini aytsam, jo’ngina munosabatda bo’lardim, faqat shu. Bo’lmasa na xusnida, na axloqida nuqsoni bor, xurliqo. Bir kuni shamollab, yotib qoldim. O’qishga uch kun borolmadim. Ikkinchi kun telefon bo’ldi. Go’shakni ko’tarsam... Namuna. Axvolimni so’radi quyuq qilib. Savollariga naridan-beri javob berdim. Qiziq, ro’yxush bermasam xam o’ziga olmaydi. Ko’ngli naqadar pok qiz... Ammo men... Birinchi semestr tugadi. Ta`tilga chiqdik. Men qarzdor edim. «Ekologiya»dan «2» olganman, tuzatishim kerak. Shu maqsadda fakul tetga o’tdim. Dekanatga kirsam, Namuna o’tiribdi. «Fidoyisiz-da, xamma maza qilib dam olyapti...», dedim salom-alikdan keyin. U bilinar-bilinmas jilmayib qo’ydi. Keyin universitet qoshidagi tilshunoslik to’garagiga qatnayotganini, ingliz tilini o’rganayotganini aytdi. Men xam «maqtanib» qo’ydim: «Shu ekologiyaga mexrim tushgan...». Namuna idrokli emasmi, fikrimni darrov ilg’adi. Yana tabassum qildi. «Ekologiyagami yo ekologiya domlasigami...». Beixtiyor kulgu ko’tarildi. Keyin jiddiy tortib, men ajablanadigan gap aytdi. «Siz o’tgansiz, domlaning o’zi aytdi. Ishonmasangiz, borib so’rang». «Nima?!». Chin ekan. Domlaga uchrashgandim. Menga familiyadosh talabaning baxosini qo’ygan ekan. Imtixon varaqasini ko’rsatishni talab qilsam bo’lardi-yu, xoxlamadim. Nima keragi bor ortiqcha daxmazaning. Etti kun yetti daqiqaday zuv o’tib ketdi. Tag’in darslar boshlandi. Yangi fanlar kiritilibdi. Namuna xamon o’sha-o’sha: tirishqoq, ziyrak, a`lochi va... mexribon. Bir kuni qiziq ish bo’ldi. Jismoniy tarbiya darsidan qaytgandik. Nafasim ichimga tiqilgan, bir tomondan terlab-pishib ketganman. Chanqoq azob beryapti. Fakul tet xovlisida kran bor. O’sha yerga bordim. Kran murvatini burab, enkayib, suvga endi xovuchimni tutgan xam edimki, sharillab oqayotgan suv birdan tindi. Boshimni ko’tarsam, tepamda g’o’dayib Namuna turibdi. «Shu xolingizda sovuq suv-a, yana kasal bo’lgingiz keldimi?», dedi u jaxl bilan. Tushunolmay qoldim. O’zi kim bu? Nega xo’jayinlik qiladi? Xar nimaga tumshug’ini tiqadi? Parvo qilmay tag’in kran murvatini buradim. Namuna yana o’jarlik qildi. Men boshqa chidayolmadim: «Nima, xotinimmisiz, menga xo’jayinlik qiladigan?!». Uning avval lablari titradi, keyin yuzlari o’zgardi. Birdan ortiga burilib chopib ketdi. Nazarimda, yig’ladi-yov. Ko’nglini og’ritdim men axmoq. O’zi nega qaysarlik qiladi? Ochig’i, tushunmayotgandim. Добавлено (16-Янв-2011, 17:02) --------------------------------------------- 3. Shu tariqa kunlar, oylar o’tdi. Biz bu orada gaplashmay yurdik. Men to’nka, xattoki, kechirim xam so’ramadim undan. Birinchi kurs tugashi arafasida yig’ilishdik. Shaxar chekkasidagi odmigina kafeda muzqaymoqxo’rlik bo’ldi. Xamma birin-ketin xasratini yozdi. Namuna xam bor edi. U o’zini ancha oldirgan, oldingi quvnoqligidan asar xam qolmagandi. Cho’kkandi boyaqish. Gal unga kelgandi. Dardini to’kib tashladi. So’nggi gapi quloqlarimda qayta-qayta yangragandek bo’ldi: «...Men o’qishimni Toshkentga ko’chirtiryapman. Jurnalistikada davom ettiraman. Xafa bo’lmaysizlar endi...». Men Namuna bilan yarasholmadim. Negadir yigitlik g’ururim, g’o’rligim bunga yo’l qo’ymayotgandi. Yuragimning tub-tubida undan kechirim so’rash istagi uchqunlab turardi-yu, lekin negadir jur`atim yetmasdi. O’qishlar tugab, katta ta`til boshlandi. Xamma uy-uyiga ketdi. Men yana bitta fandan qarzdor bo’lib qoldim. Shu ish bilan dekanatga, kafedraga qatnadim. Ishim og’ir kechmadi. Bir kursdosh qiz xam men «yiqilgan» fandan «2» baxo olgan ekan. Birga topshirdik... omad ikkovimizga xam kulib boqdi. Bu qiz Namunaning qadrdon dugonalaridan edi. Men Namunaning nima maqsadda o’qishini Toshkentga ko’chirganini bilmasdim. Shuni dugonasidan so’radim. «Shunchalar go’lsiz-a, Ulug’bek, Namunaday qiz qaerda bor yana? U sizga ko’p yaxshiliklar qilgan. «Ekologiya»dan xam baxoingizni o’sha obergan...». «Nima?». Yuragimda olov qo’zg’aldi. «Tog’asi bo’lardi-ku, o’sha «ekologiya» domlasi, bilmasmidingiz?»,-u xayron bo’lib tikildi menga. «Yo’q. Lekin bu ishni nima uchun qildi, nimaga?». «Qiziq, bilasiz deb yurardim, u sizni sevardi, Ulug’bek!». Men boshqa ajablanmadim. Chunki xammasi ayon bo’lgan edi. Namunaning menga g’amxo’rligi, tergashlari-yu mexribonchiligi-xamma-xammasini anglab yetdim. Qiziq, negadir kulgim keldi. Butun vujudimni kulgu egallagan edi-yu, istixolami, andishami, uyatmi-shunga o’xshash xis yo’l bermayotgandi. Yo’q, men Namunaning muxabbatiga, uning yuragini asir qilgan pok tuyg’uga emas, mendek omadsiz bechora bir yigitning sevilishiga kulgim qistagandi. Dugonasining keyingi gapi xammasidan xam oshib tushdi. «U sizni deb Toshkentga ketdi. Unutish uchun...». Xayot qiziq-da: sen kimgadir ko’ngil qo’yasan, kimdir senga. Sen birovni deb ezilasan, yuraging kuyib ketadi, boshqa birov esa seni deb shu ko’yga tushadi. Xa, Namunaga ko’nglim yo’q edi. Xammadan go’zal, odobli bo’lsa xam, mexribon, g’amxo’r bo’lsa xam, negadir men uchun... yo’q-yo’q, nazdimda uni xamma yigitlar sevishi shartdek edi-yu, faqat men... Baxor xali-xaligacha tushlarimga kiradi. Ba`zan uyqum o’chib, o’ylar komiga tortadi. U bilan xayolan suxbat quraman. To’ymayman... to’ymayman... to’ymayman... Qaysar Добавлено (16-Янв-2011, 17:04) --------------------------------------------- uzr monologni o*rniga hikoya yozvardim.
Uchrasa bir kuni tengsiz bir go’zal, Uchraydi baribir undanda go’zal, Ex, dunyo qanchalar go’zalsan go’zal Sevgim kelaverar yangidan-yangi
|
|
| |
Giyos | Сана: Душанба, 17-Янв-2011, 02:56 | Изох # 38 |
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 1130
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 59
Холати: Хозир йўқ
| Men seni izladim. Men seni izlayman to tong qadar. Sen ko'rinmaysan negadir. Bilmayman nechun seni qidiryapman. Balki sog'ingandirman. Seni bir kun ko'rmadimu, aqlim o'zimdan ketdi. Senga shunchalar o'rganib qolganmanki, kunimni sensiz tasavvur qila olmayman. Kun o'tadi bir amallab, lekin tunchi. Tun sensiz o'tayotgan tun. Bu tunni o'tmayotganini tariflashga so'z ojiz. Buni faqat men o'zim tushuna olaman. Boshqa hech kim tushuna olmaydi. Bu tun o'tishi butun umrimga tengdek go'yo. Seni shu tun topa olmasam tongga qadar umrim payonini kutayotgandekman. Har kuni seni ko'rardim. Enichi? dom daraksiz ketding. Xatto xayr ham demading. Xayr deganingda balki seni izlamasdimmi? Doimdagidek ko'rishguncha deb yuragimga o't qalab ketding. Qani endi bu o'tni kim o'chirar ekan. Bu o'tni faqat sendan boshqa hech kim o'chira olmaydi. Ha ha faqatgina yoqgan odam bu o'tni o'chiradi. Bu sensan. Yuragimda yoqgan o'ting to seni topmagunimcha alangalab meni qalbimni kuydiraveradi. Bundanda dahshatliroq og'riq bo'lmasa kerak. Eng kuchli og'riq, qalb og'rig'i. Mening qalbim og'rig'i. Sen buni bilmaysan. Sening uchun bu hech narsa emasda. Seni topolmasam. Qalbim kuyib kul bo'ladi. Uni aslo qayta tiklab bo'lmaydi. Yonib kul bo'layotgan cho'pga suv sepilsa u kichik yongan cho'p bo'ladi. Uni asl holiga qaytarib bo'lmaydi. Qaytarsa ham kichikkina bir cho'pcha bo'lib qoladi. Meni qalbim seni izlay izlay, olis olislarga ketdi. Baribir befoyda. Sen o'zing qaytmasang, qalbim qidirgani befoyda. Qalb, sevgi ko'zi ko'r bo'ladi. Unga manzilni tushuntirvorsa o'sha tomon boradi yoki o'zi borgan manzildan boshqaning yordamisiz keta olmaydi. Meni qalbim senda edi. Sen uni tashlab ketding. U senga ishonardi, doimo birga olib yurishinga. Mana hozir ortingdan qidirib yuribdi. Men qalbimga ko'rsatgan tomonda sen yo'qsan. Qalbim esa o'sha tomonga alangalar ichida ketdi. Uni faqat sening ovozing "Men qaytdim" deyishing qaytara oladi. Hozir hasta ko'nglim bilan yolg'iz seni kutib o'tiribman. Iltimos meni ko'ngilsiz ham qoldirma. Ko'nglim ham sen tomon oshiqmoqda. U mendan seni so'raydi. Har soat, har daqiqa, har soniya seni bot - bot so'raydi. Men nima deb javob berishni bilmay qolaman. U mendan seni izlashga izn so'raydi. Men uni sening kelishinga ishontiraman. "U keladi, albatta keladi, ko'rishguncha deb ketgan. U va'dasidan chiqadi" deb aytaman. Ko'nglim nega senda qoldirganimni, uni bu azoblarga qo'yganimni so'raydi. Men bunga javob bera olmayman. U buni sezadi va boshqa so'ramaydi. U seni kelishini sezadi. Men esa...
Sog' salomatlik...
|
|
| |
Giyos | Сана: Пайшанба, 27-Янв-2011, 03:52 | Изох # 39 |
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 1130
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 59
Холати: Хозир йўқ
| Men sevmaymanku (hikoya) Hikoya bo'limiga ko'chirildi.
Sog' salomatlik...
|
|
| |
writer | Сана: Пайшанба, 27-Янв-2011, 22:26 | Изох # 40 |
Рахбар муовини
Гурух: VIP
Изохлар: 732
Тақдирланишлар: 4
Хурмат даражаси: 565
Холати: Хозир йўқ
| (Man ham o'zimni monologlarimdan namuna yozib qo'yi didimde :-) ) Kechir.... Kechir… bu so’zni kimlardir aytadi, kimlardir umuman tiliga ham olmas balki… bilmadim, o’ylayman… ma’nosini o’ylab kulgim keladi. Bu so’zni ne maqsadlarda aytamizku, lekin ma’nosini, uni nega aytayotganimizna ko’p hollarda tushunib ham yetmaymiz. Aytmaslikchi, nima uchun aytmaymiz? G’urur? Mag’lubiyat hissi? Yoki oddiygina tushunmaslik?! Vaqt o’tganidan so’ng shunday achinamizki, shu so’zni olamga jar solib aytkimiz keladi, lekin afsus, juda kech bo’ladi.. So’zning qudrati… bir og’iz so’z bilan hamma narsalarni bahorga qiyoslagudek go’zallik sari eltamiz yoki…qorong’ulik qariga yo’l olamiz…o’ylayman…nega aytmadim?! Aytgim kelgandi-ku, aytaman degandim, tushungandim ham…. Lekin afsus eshitishni istamasa-chi… kech bo’lsachi deyman. Hayolimda mingta o’y fikr, qay birini yozay deyman, yuragimni azoblayotgan shu so’z… Kechir! Qo’limga qalam olaman, o’ylamay turib ham she’rimni bitaman, lekin ko’nglim bo’shamaydi. Kulaman, osmonda oy ham ko’rinishni hohlamay turganida men seni izlagim keladi. O’zimning ustimdan kulaman… kecha yonimda eding-u, men ahmoq….hatto-ki bir og’iz ham shirin so’z aytolmadim, lekin qanchalik hohlagan edim –a… afsus…seni yo’qotib qo’yishimni o’ylasam, yuragimni urganini his etmay qolishimni bilishingni shunchalik hohlar edim-ku, tasavvur ham qila olmaysan… buni so’zsiz ham tushunib yetishingni shunchalik hohlayman-ki, hayolingga ham kelmaydi…o’ylayman, bilarmikansan?! O’ylarmikansan meni ham…. Eslamasang ham ….men hafa bo’lmayman, chunki seni shunchalik sevaman-ki, osmonlar ham tong otishini istaganida sevgimdan yorug’lik oladi…quyosh ham mening senga bo’lgan mehrimdan o’ziga issiqlikni oladi…ishonmaysanmi?! Men esa ishonaman) Negadir hech ham tilimga chiqarolmayman…gohida "meni kechir” deb baqirgim keladi, bilasanmi nega? Faqatgina shu sevganim uchun. Nega-ki shu sevgim sabab seni ham azobga qo’yaman doim. Baxtli qilgim keladi, shuni istasam ham negadir seni faqat hafa qilaveraman… Kechir….Kechir… endi esa ko’zimda yosh, dardim bo’gzimga kelganday go’yo… yonimda emassan…hafaman…Kechir! Nega bu so’zning ma’nosini hech ham tushunmadik?! Nega doim afsuslanish hissi qalbimizni tirnaganida kechirimni izlaymiz?! Inson, hatoingni nega kech bo’lganida tushunasan? Nega?! Iltimos, meni kechir… qo’lingdan kelmasa ham…. Boshqa nima qilishni ham bilmayman, ojizman! Menga ishon degim keladi-yu, lekin aytolmayman. Chunki, "yo’q” degan javobingdan qo’rqaman, bunga arzisam ham… o’ylayman… bu nomani o’qirmikansan… senga atalganini sezarmikinsan… mendan qiziqib so’rab ko’rarmikinsan… Bilmadim…kutishni yoki…?! Seni shunchalik sevaman-ki... jimgina yig'layman ….jimgina yig’layman…..….jimgina yig’layman...
Мамааааа????!!!!! )))))))))))) ржу не могу))))
|
|
| |
Giyos | Сана: Жума-муборак кун!, 28-Янв-2011, 00:56 | Изох # 41 |
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 1130
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 59
Холати: Хозир йўқ
| Writerni Kechir... monologiga javob tariqasida yozildi. Kechira olamanmi? Kechir! Bu so'zni sen doim osongina ayta olasan. Doim qiynab, sevgimni toptab bundan bahra olasanmi? Bilmyman! Bilmayman! Bilishni ham hohlamayman. Sen o'zingni mag'rur va g'ururli ko'rsatasan. Aslidachi? Sen bunday emassan. Hech o'zinga o'zin savol berganmisan: - Men nima qilyapman? deb. Yo'q. Sen o'zingdan qo'rqasan. O'zing mening o'rnimdan bo'lganingda kechirardingmi?! Aslo. Buni o'ylash sen uchun daxshat! Mening o'rnimda bo'lishni dushmanimga ham ravo ko'rmas edim. Bunday azob, bunday qiyinchilik, rad etilgan sevgi!!! Senga sevishimini aytdim (afsus), sen yuzingni burib "men seni sevmayman, seva ham olmayman" aytganlaring eslasam... Keyin bu ham kamdek do'stlikga ham chek qo'yib ketding. Sevgiga aylana olmagan do'stlikka. Sen faqat o’zingni o’ylayapsan hozir ham. Bittagina “Kechir” degan so’zni vaqtida aytolmading ham. Sen qo’rqoqsan. Ketayotganingda ortingdan qarab turdim, qaytib kechirim so’rarmikan deb. Afsus qiyo ham boqmading. Men ortingdan umidvor bo’lib tikilib turdim, qancha turganimni bilmayman ham. Ex qaniydi vaqt mashinasi bo'lsaku, men ortga qaytib, seni ilk uchratagan kunimdan bir kun avvaliga qaytib, sen bilan boshqa uchrashmasam... Endi bari befoyda. Yig'lasang ham singan yurakni parchalarini ko'z yoshing bilan yamay olmaysan. U yurak chil chil singan. U yurakga qaytgan SEVGIDEK buyuk tuyg'u ham malham bo'lolmaydi. Qisqasi men seni kechira olmayman. Umuman sen kechirim so'raydigan ish ham qilmading. Dilingdagi gaplarni aytding holos. Endi meni tinch qo'y. Hasta yurgimni otash sevgi domida yana kuyishini hohlamayman. ALVIDO!!! ALVIDO!!! ALVIDO!!!
Sog' salomatlik...
|
|
| |
writer | Сана: Душанба, 31-Янв-2011, 01:49 | Изох # 42 |
Рахбар муовини
Гурух: VIP
Изохлар: 732
Тақдирланишлар: 4
Хурмат даражаси: 565
Холати: Хозир йўқ
| Monolog (muhabbat haqidagi o'ylarim...) Yana go’zal tunlarning birida ijod qilishdan charchamay, nafis musiqalar og'ushida shu so’zlarni yozmoqdaman) bugun tanlagan musiqalarimga kelsak, negadir hammasi muhabbat haqidagi kuylar… balki, ko’nglim shuni tusayotgandir.. bilmadim. Bu shu mavzu haqida so’zlashni hohladi ko’nglim desam to’liqroq bo’lsa kerak. Xa mayli, barcha uchun qiziq mavzu bo’ladi bu mavzu, chunki muhabbatsiz yashash, baxtsiz yashash bo’lsa kerak menimcha. Muhabbat nima? U insonlarni hayotda ushlab turadigan ajoyib mavxumlik… mavumligi uchun ham barcha uchun qiziq-da))) doimgidek sirlarga boy narsa qiziq insonga. Muhabbat nima? Mazmun! Muhabbatsiz yolg’iz qoladi inson. Muhabbat bu kuy, eng nafis kuy. Allohga muhabbat, ota-onaga muhabbat, yaqinlarga muhabbat va muhabbat doirasiga kiruvchi, uning bir katta bo’lagi bo’lgan sevgi… ko’pchilik insonlar, muhabbat deganda, yoriga bo’lgan sevgini tasavvur qiladi-da,mayli, bugungi mavzu aynan shu sevgi haqida bo’la qolsin, negadir shu haqida ko’proq so’zlagim kelayapti))) Yana ajoyib-u g’aroyib savollar ham mavjud, "nechchi marotaba sevgansan?” yoki "1-sevgingni yoki 2-mi?” ustaroqlari bo’lsa kundalik ham tutishi hech gap emas, kulaman-da mazza qilib. Barcha sevgi haqidagi buyuk asarlarni esga olaylik… biz uchun eng go’zal tasvirlab berilganlaridan biri "Layli va majnun” … O’qigandirsiz? Ha…albatta go’zal tasvirlangan, lekin nega endi oxiri ijobiy emas ekan? Shunga juda qiziqaman. Endi boshqa asarni eslaylik, ”Romeo va Julyetta”, da, menga shu asarning oxirgi 4 qatori juda yoqadi ”______” juda chiroyli yozilgan, lekin yakuni... afsus, ko’zimga yosh keladi har o’qiganimda. Nega endi yakuni albatta salbiy bo’lishi kerak? Undan boshqa bizga qadrdon asarlarda ham huddi shu hol takrorlanadi... afsuslar... O’ylayman…. orzu qilardim shunday sevgini, to’lsin bag’rim, to’kmasin yoshim afsuslar bo’lsin, ko’rdi taqdirim chidab bo’lmas hayot dardini savolim bor yolg’iz Allohga Berding sevgi, muhabbat menga Va ta’qiqlading uni sevishga Lek so’nmadi sevgim nega? Ta’qiqlarga qaramay sevaman uni Bila turib ham kechmasman undan Barcha sevishganning taqdiri shumi? Tushuntir ahir, qanday unutay uni? Berding sevgim, berding baxtim Olding barin, raxm qilmasdan Nega men hali ham tinmay sevaman? Sevaman,hatto hech narsani bilmasdan Ha, balki, haqiqiy sevgi shunday bo’lar… men u insonga erisholmasligimni bilib, balki shunchalik sevardurman, unda ham balki shundaydir. ”zapretniy plot sladok” degandek. Yoki insonlar yo’qotishini bilib shundayin qattiq sevardirlar balki, bilmadim. O’ylayveraman, hayot qiziq. Oldingdan oqqan suvning qadri yo’q degan gapga ham to’g’ri keladi-da. Afsus deyman yana. Quyosh botganida u inson uchun niyat qilaman ”ilohim, baxtli bo’lsin” deb, ro’za tutib ham u inson uchun niyatlar qilaman. Negaligini bilmadmku lekin mendan sevasanmi deb so’rashsa yo’q degim keladi, chunki keyingi savoldan qochsam kerak-da. ”nega?”... va albatta javob berolmayman bunga) javobsiz savollar ko’payaveradi... bu esa meni battarroq qiynaydi. Na o’zimga, na boshqalarga tushuntira olaman biron nimani.. sevgi shudir balki? Yomg’irni sevaman, yomg’ir yog’ganida o’zim o’ylab o’tirmay soyabonsiz ko’chaga chiqib ketaman-ku lekin o’ylayman, u oldimikin deb... qorni sevaman, o’zimku yengil bo’lsa ham o’ylab o’tirmay kiyinib chiqib ketaveraman, lekin yana uni o’ylayman, sovuq yemadimikan deb... agar yo’qotsam tongda uyg’onim kelmay qolishidan qo’rqaman..sh’erlar bitaman, she’r mavzusini shoirlar tanlab yozsa, men unga qarab yozaman. Hullas, bu sevgimi yo’qmi deb so’rasangiz, men undan yuqori bo’lgan tuyg’u degan bo’lar edim. Bir paytlar yozgan hikoyacham bor edi, o’sha esimga tushib ketti shu joyda) ”Alloh o’zidagi bir ajoyib, eng go’zal tuyg’ularidan ozginasini olibti-da, farishtalarga bo’lib beribti, farishtalar ularga berilgan bu buyuk tuyg’uni ko’tara olishmaganidan so’ng, g’azablangan Alloh o’sha tuyg’uni chaqmoq orqali yerga yuboribti va bu chaqmoq bir bandaning boshiga tegibti. Mo’jizani qarangki, u inson bu tuyg’uni ko’tara olgan, shunday kuchli sevgi ila seva olgan ekan” o’ylab qarasam, balki o’zim haqimda yozgandirman, kulaman, endi yana kulgim keladi. o’qiyotgan inson tushunmayotgandir meni. To’g’risini aytsam men ham))) lekin hayotimni mazmunga to’ldirib turadigan bu sevgidan minnatdorman. Chunki meni yashashga o’rgatdi, sevishni, sevilishni o’rgatdi. Baxt nimaligini bildirdi. Irodamni kuchli qilishda juda katta yordam berdi, menga qanot bo’ldi. U haqida quvonch bilan so’zlay olishimga o’rgatdi, qayg’ularimni yengishni, ko’nglimni tushurmaslikka o’rgatdi. Menga u inson bilan oddiygina do’st bo’lishga ham roziman, shunda ham juda baxtli bo’laman. Bizning qalbimiz birligini juda yaxshi bilaman va menga boshqa hech narsaning keragi yo’q. Suhbat qursam, yordam berolsam baxtliligimni his etaman. Uning sevgisi mening qalbimda, yuragimda. Men boshqa sevgisiga erisholmagan insonlarga o’xshab qiynalmayman, uning baxtliligi mening baxtim. Uni ko’rish va gaplashishning o’zi kifoya ekan. Hech qanday yaqinlik kerak emas ekan haqiqiy sevgi uchun. Baxtini ko’rsam bo’ldi) afsuslanmayman, kuyinmayman, yig’lamayman, achinmayman ham, faqat baxtli bo’laman. Osmonlarda seni kutaman deymanu, baxt tilayman yana))) demak butun umr kutar ekanman, ha albatta bu mo’jizadek, lekin bundan rostroq narsaning o’zi bo’lmasa kerak. Sevgining ta’rifini kim va qachon topar ekan??? Savollaringiz va fikrlarni kutib qolaman) Hurmat ila Writer)
Мамааааа????!!!!! )))))))))))) ржу не могу))))
|
|
| |
JASMINA | Сана: Пайшанба, 03-Фев-2011, 01:45 | Изох # 43 |
Иштирокчи
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 271
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 102
Холати: Хозир йўқ
| Ey qoyil qolmay ilojim yoq
|
|
| |
Giyos | Сана: Душанба, 07-Фев-2011, 23:11 | Изох # 44 |
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 1130
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 59
Холати: Хозир йўқ
| Yo’lg’izim. Seni asray olmadim. O’zgalar meni sendan tortib olishdi. Men hach narsa qila olmadim. Qo’limdan hech narsa kelmadi. Sen menga najot ko’zi bilan tikilib qararding. Men o’zimni o’ylab, hudbinligim tutib, og’riq bo’lmasa ham yerda qornimni ushlab yotardim. Ular ko’pchilik bo’lgani uchun qo’rqandirman. Ha men qo’rqoqman. Seni himoya ham qila olmadim. Seni yordam so’rab chaqirishlaring ham meni qo’rqoqligimni yenga olmadi. Men hatto harakat ham qilmadim. Birgina musht meni mag’lub etgandi. Shu musht senga bo’lgan sevgimdan, seni menga bo’lgan sevgindan ustun keldi. Seni ular olib ketishdi. O’sha ablahlarga kuchim yetmadi. Seni indamay berib yuordim. Qo’limdagi baxt qushini qafasga solib, ularga berib yubordim. Endi o’tirbman nima qilarim bilmay. Boshim toshdanda qattiq. Tosh bo’lganda yorilib mayda-mayda bo’lib ketardi. O’zimga kelib seni ortingdan qidirdim. O’zimni qo’rqoqligim uchun rosa koyidim. So’ngi pushaymon o’zinga dushman diganlaridek. O’z yog’imga o’zim qovruldim. Seni oxiri bir tashlandiq joydan topdim. Ko’rib yana o’zim qilgan ishimdan ming afsusda hatto o’limga ham rozi bo’ldim, sening oldinda nima degan odam bo’lish, seni mayus ko’zlaringa qanday boqishni o’ylab. Seni kasalhonaga olib bordim. O’sha yerda ham qo’rqoqlik qildim. Men tanimayman, ko’chada ko’rib qoldim dedim. Sen hammon behush eding. O’sha hayvonsifat mahluqlar qilgan ishini, qizligini bulg’aganini bilib, to’g’risi shokka tushdim. Bunaqasini kutmagandim. Devorga suyanib qotib qoldim. Qancha turganimni ham bilmayman. Keyin o’zimga kelib o’sha ablahlarni qidirgani ketdim. Yo’ldan pichoq sotib oldim. Mashina raqami esimda qolgan edi. Qidirib qidirib bir kafe oldida mashinasi ko’rib qoldim. Kelishini kutdim u itlarni. Bittasi sigaret chakib kelardi. Uni mashina orqasida poylab turib, orqasidan sanoqsiz pichoq ura boshladim. Necha marotaba urdim bilmadim. Qarasm u behush yotardi. Atrofdan kimdir kelayotganini ko’rdim, yana orqaga bekindim, 2 sherigi ham keldi, ular yerda yotgan sherigini qarashardi bir qonga belangan tanasini ushlab ko’rsa ikkinchisi tez yordamga qo’ng’iroq qilardi. Birinchi borib telefon qilayotganni bo’ynidan so’yib yubordim, u menga qarashga ham ulgurmadi. Yerga gurs etib tushdi. Ikkinchi sherigi manga najot ko’zi bilan nima qilishini bilmay tikilib turardi. Meni ko’zlarim qonga to’lgan edi. Ko’zimga faqat uni o’ldir degan yozuv ko’rinardi. Unga ham shavqat qilmay ko’kragiga o’tkir pichoqni domini olib borib tiqib oldim. Qayta va qayta tiqverdim. Toki u xirilab nafas o’rniga qon tuflaguncha. Oldimda uch murda yotardi. Men keyin atrofga qaradim. Tun sukunati hukumron. Pichoqni sug;irib olib uyga ketdim. Uyda kiyimlarimni yuvib, o’zim ham yuvinib. Kasalxonaga bordim. O’zimda qayerdan shuncha kuch toptim bilamadim. Hozir qo’rqoqligimdan asar ham qolmagandi. Hamshiradan seni so’radim. U sen hushing kelganini aytdi. Men undan seni oldinga kirish uchun izn so’radim. U faqat tez deya ruhsat berdi. Seni oldinga kirdim. Sen menga bo’lib o’tgan ishdan uyalib ko’z qiring bilan qararding. Yolg’izim men senga ular boshqa kelmasligini aytdim va shuni ham bilki bu voqeani BIZNI TO’YIMIZGA HECH QANDAY ALOQASI YO’Q. MEN SENI HALI HAM, BALKI UNDANDA ORTIQ SEVAVERAMAN!!!
Sog' salomatlik...
|
|
| |
Parvina | Сана: Пайшанба, 10-Фев-2011, 11:39 | Изох # 45 |
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: VIP
Изохлар: 1439
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 638
Холати: Хозир йўқ
| Men ham bayon etay faqat ochiqchasida! Добавлено (10-Фев-2011, 11:39) --------------------------------------------- shuncha yozganim .................
Allah büyükdur
|
|
| |
writer | Сана: Жума-муборак кун!, 11-Фев-2011, 23:35 | Изох # 46 |
Рахбар муовини
Гурух: VIP
Изохлар: 732
Тақдирланишлар: 4
Хурмат даражаси: 565
Холати: Хозир йўқ
| Monolog: Seni yo’qotgim….hecham kelmaydi. Olam yaraldi qalbimdagi muhabbat bilan… seni juda sog’indim. Hayolimdan har narsa o’tadi. Sokin tundan qo’rqdim, seni mendan ayirishga urinayotgan tundan. Qochib ketgim keldi, lekin qayerga??? Qanday og’ir his ekan bu yo’qotish... o’ylasam, yuragimni urishini sezmay qolaman. Nega endi seni mendan olib qo’yish uchun harakat qiladiganlar bizning baxtimiz uchun yordam beradiganlarga nisbatan anchagina ko’p ekan... Seni yo’qotish... O’zimni yo’qotish bilan birdek! O’zimga ishongan inson bo’lganim bilan men ham qo’rqaman, men ham havotir olaman, o’ylayman... bildirmayman hech kimga, lekin... ichimda.... bugun yana o’sha havotir. Qalbim mendan hafa bo’ladi. Unga rahmim keladi. Chunki uning dardini mendan boshqa odam bilmaydi, sezmaydi ham. Gohida senga qarab : ”qalbim nolasin tinglagin” degim keladi, lekin seni qiynalishingni, qayg’urishingni hech ham istamayman. Shundoq ham muammolar juda ko’p deyman... baribir qachondir bilib olarsan))) Seni yo'qotishni istamayman, eshitgin so’zim Sog’inaman, qiynalaman doim, senziz o’zim Ketmagin uzoq, tashlama meni, qora ko’zim) Sevishim esla, unutmagin hech qachon so’zim... Seni juda qo’rqaman yo’qotishdan jonim Hayollarim yig’laydi ahir, topmayin tinim Qalbim to’kadi qonli yoshin tinmayin, tim-tim Yolg’izim, ketmagin, azoblama meni, jonim Tinglagin qalbimning tinimsiz dodli nolasin Sanagin ko’zlarimdan oqqan ko’zim yoshlarin Yo’qotmay seni) birga bo’l, ber qalbim davosin. Tingla qalbim kuyin, muhabbatin, sirin, nolasin...
Мамааааа????!!!!! )))))))))))) ржу не могу))))
|
|
| |
Giyos | Сана: Якшанба, 13-Фев-2011, 02:07 | Изох # 47 |
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 1130
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 59
Холати: Хозир йўқ
| TELBA OSHIQ. Iya qalesan. San o’zingmi, yoki boshqa birovmi? San o’zingsan. Mani aldomisan. Mani ko’rvossanmi? Nega ko’rmayapsan. Sani tashab ketganimga hafa bo’ldingmi? O’zingku mani jinnixonaga tashab yotqizib, belab ketding, kamiga bitta tinchlantiruvchi ukol ham aptikadan palon so’mga sotvolib kelding. Shu ukol shartmasdi. Shu ukol qilindi man tamom bo’ldim. Quritilgan sabziga o’xshab qoldim. San ketib qolding, yana manga siz tashab ketdiz diysan. Aqldan ozdirgan o’zing mani. Endi davolashga kelganda yo’q bo’lib qolding. Mana tashab ketib qoganingga 6 oy bo’voti. Man bugun jinniconadan qochib chiqdim. Hozirgina, hali svrjiy qochgan jinniman. Ustimda ham ushatni kiymi. Avtobusda ketvomman. Sanga nima diyishni o’ylab. Hamma manga jinniga qaragande qaravoti. Man jinni emasman!!! Sanni topa olmiyapman. Qattasan. Telefon nomeriniyam esimdan chiqarvoribman. Hoziram bitta ahmoq zo’rg’a telefonini berudi, eslomiy luboy nomerga terib sani so’radim. Bitta tomi ketgan mazgi o’ris kampir oldi telefonni. Tebya kto nada? Dib gapirudi, koshki man chalasavod ruschani tushunsam. Ismini boshini etdimman. Anu sasiq kampir ni tuda popal dib qo’yib qo’ydi. Nima diganini tushunmadim ham. O’rischani r harpigayam tushunmiman o’zi. Anu telini berganam teli tortvoldi. O’ziyam telefoni yeb qo’yishimga ozgina qogandi. Cho’ta qornim ochganini sezdim. Avtobusni to’xtat dib baqirdim, chaqirdim, eshikni urdim. Oynasi sindi. Qo’lim qonadi. Eshikni ochishdi. Shopir tushdi baqirdi, chaqirsi, man unga qizil spravkamas qo’limni qizil qonini ko’rsatdim. Kiymiga yaqinlashtirudim. Orqaga aytib so’kib so’kib oxirida jinni dib ketdi. Man qo’limdigi qaradim. Qon oqvoti. Uval dib qo’limdigi qonni shimib o’tirdim. Keyin turib nonchini oldiga bordim. Non bermaseng sani o’diraman hozir jinnihonadan kevomman. Ko’rvossanmi? Yoki qo’limni kesdi dib ustingdan yozvoraman. Man jinixonadan qochdim. Lekin man jinnimasman. Shundoq bo’sin bitta non bilan kamayib qolmisan. Rahmatmas mani yalintirganingga. Ertaga agr mani ushlab olib ketishmasa yana bitta non berasan. Yana jinnixonga telefon qib yurma. Saniyam tortib ketaman….. Ana yana avtobus, voy ichida san ham borsanmi? Toooo’xtaaaat mani tanivosanmi, avtobusni toooo’xtaaaat. Man balnitsadan sani oldinga qochib chiqdim. Sani bir marotab ko’rish uchun. Toooo’xtaaat. Man sani sevaman. Iltimos tooo’xtaat. Charchab ketdim. Manga qarasangchi. Man sani oldinga uyinga bormoqchidim. Avtobusdan tush. Eshitvosanmi man sani sevaman. Tushmasang orqengdan uyingacha boraman. Ex baribir tushmading. Mayli xozir orqangdan yetib olaman. Mana boshqa avtobus keldi…., Qani tezroq yur. Yetib oliy.... Avtobusdan tushding. Manam tushdim. Hozir sanga yugirib yetib olaman. Nega bu yerda tushding o’zi, uying boshqa yerda ediku? Nega javob bermisan. Mandan shunchalar hafamisan hammasiga sani oldinro keb ko’rmaganimmi? Kechir. Qochib chiqishni iloji bo’lmadi. Jinnixona stogiyde, qattiq tartib. Qochish rejasini 5 oy tuzdim. Hammasi sani bir marta ko’rish uchun. Mana ko’rdim sani. Manga bunaqa begonaga qaragande qarama. Nigohing sal boshqacharo bo’lib qolibdi. Manimcha ko’p yig’laganingdan bo’sa kerak. Ha shunaqa. Toptimmi???? Hammon ushnday go’zalsan, qaddi qomating hech ham o’zgarmagan. Yurushlaring, qadini tik tutishing, hali ham ushanday mag’rursan. Oxirgi marta ko’rganimda ham shunday eding faqat unda yuzingda tabbasum bor edi. Hozir u yo’q. Iya yuzingdagi hol qani, man sani usha hol uchun sevganman. Holini qidirib o’zing ham yuzingni ushlavossanmi. Mani jinnixonaga yotqizishgandan keyin oldirib tashadingmi? Chiroyli turar edi. Lekin san shuni bilgin man sani haliyam sevaman... nega ko’zingadan yosh oqvoti, yig’lama. Nega yig’lesan. Mandan hafa bo’lib yig’lavossanmi? Telefon aparating o’zgaribdimi? Oldingisi yahshi ediku. Kimni chaqirvossan bu yaqqa. Kim u chaqirganing??? Nega mani anu jinni dib etvossan. Hoy soshma. Uyinga kirib ketvossanmi? Oldin bu yerda turmas edinku. Nega ko’chdinglar. Hoooov eshitvossanmi? Man sani sho’tta kutaman. Anaqisa suv olib chiqib ber, chanqab ketdim. Boyagi non tiqilib qoldi. Oddiy suv ham bo’luradi...... Kutib o’tiribman sani. O’z sevgimni hali tikliman. Ishonchingni oqliman. Manga ishon....... Qora Lasetti. Man orzu qigan mashina. Yurishini qareng. Tekis. Manam haydasam bo’lardi. Lekin mani hamma jinni diydi. Man sog’manku. Mana gapirvomman, fikirlavomman, o’ylavomman, Lekin yoshligimni eslomiman. Balnitsaga tushgunimcha bo’gan paytni eslomiman. Nimaga balnitsaga tushirishgan mani. Faqat sevgilimni esliman. Eshitvosanmiiiii? Sani esliman. Yana boshqa narsalar bir bir. Keyin onamni.... Qora lasetti. Chiroyli mashina. Mani oldimda to’xtadi. Yerda cho’kkalb o’tirganimga tilanchi dib o’yladimi? O’rnimdan turaman. Tilanchimasligimni bilsin. Ichidan 4 yigit tushdi. Mani olinma kelishvotti? Bular jinni honadanmasmikan?????? Aka silar jinnixonadamasmisila? Mani obketgani keldilami? Man borishni istamiman u yaqqa. Kimsizlar unda? Mani qo’yvoringlar. Nega urayapsizlar, tepmang og’rivotiku. Ay, nima qildim sizlarga, tepmang. Ox, yomon teydi. Voy boshim. Kimsizlar???? Mashinani ichidagi kim? Tanigandekman? Mani 6 oy oldin ham urgandi. Boshim tinib borvoti. Oldimga kelibdi. Gaplarini elas elas eshitvomman. “Hoy jinni yana man sevgan qizga ilakishib qoldingmi? Joying qattaligini esdan chiqardingmi? Yoki oldingi egan kaltaklaring esdan chiqdimi? San dib Fotima o’lib ketdi. Bilvossanmi? San uni o’ldirib qo’yding man bilan talashib, Endi Zuhraga yopishvosanmi? Fotima o’lgandan keyin ular uyni almashtirishdi. San ityaloq sho’tni ham topib kelding. Yana bir narsani bilib ol . sani man jinni qildirtirdim. Sani kaltaklab, keyin sanga ukol qildirtirdim. Hammasini man qildirtirdim. Fotimani tortib olding. Endi Zuhraga qo’ling yetmaydi. U sendan nafratlanadi. Sen chunki Fotimani qotilisan uni nazarida. Aslida man otgan o’q sanga tegish kerak edi. Lekin Fotima to’sib qoldi. San ablah bo’sa qutilib qolding. Endi mandan qutila olmaysan. Sani jinnixonaga emas. Narigi dunyoga jo’nataman”. Uyog’iga nima diganini eshitmadim. Man esladim. U qotil. Fotimani qotili. Uni o’ldirishim kerak. Hozir ustimga nimadir yopishdi. Qop bo’sa kerak. Mani sevgilim o’lgan ekanda unda. Yana qattandir ablahni ovozi keldi. Qopga tosh solib cho’ktirib yubor digan. Mani ham o’ldirmoqchi. Ex onamni ham ko’rmoqchi edim. Onam mani butun jahonim edi. Har kuni balnitsaga mani ko’rgani kelardilar. Hozir man yo’qligimni ko’rib rosa kuyunayotgandirlara, bu ablahlar endi mani o’ldiradi, boshqa onamni ko’rmayman. Onamni qadoq bosgan bo’lsa ham men uchun yumshoq qo’llarini bir marta boshimga qo’yib, og’lim sandan roziman disalar bo’ldidi. Onam uchun man hich narsa qilib bera olmadim. Onam. Onama. Farzand deb o’stirganlari, bir qizni deb jinnixonaga tushib o’tiribdi. Nafs quli bo’lib. Sizni aytganizni qilsam bo’lmasmidi. Mashinani orqasida qopni ichida diqqanafas bo’lib tanamdagi og’riqlar bilan ketvotgan bo’lsam ham bu azoblar qalb azobi oldida urvoqchalik emas ekan. Onajonim mendan rozi bo’ling.... Havo kirdi. Qopni ikki kishi ko’tardi. Qulog’imga so’ngi marta suvni chaloplagani eshitildi. Alvido onajonim. Alvido hayot.
Sog' salomatlik...
|
|
| |
writer | Сана: Якшанба, 13-Фев-2011, 22:07 | Изох # 48 |
Рахбар муовини
Гурух: VIP
Изохлар: 732
Тақдирланишлар: 4
Хурмат даражаси: 565
Холати: Хозир йўқ
|
Мамааааа????!!!!! )))))))))))) ржу не могу))))
|
|
| |
Parvina | Сана: Чоршанба, 16-Фев-2011, 15:48 | Изох # 49 |
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: VIP
Изохлар: 1439
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 638
Холати: Хозир йўқ
| o`zim ham shunday holatga tushganman va qanaqa bo`lishini juda yaxshi bilaman. Добавлено (16-Фев-2011, 15:48) --------------------------------------------- Rayhona & Parvina "Билмагандим" … Танишган кунларимдан хаётим мазмуни "ёлгиз узинг" эдинг. Купрок билиб борганинг сари мени азоблай бошладинг. Сени-чи "ёлгизим" деб атаган эдим. "Севгилим", "сен билан" "бахтли буламан" деб орзу килганман. Лекин кандайдир тусиклар пайдо булиб "шундай хаёт" эканлигига икрор була бошладим. "Хуп майли" бизнинг ишкий заргузаштларимиз давом эттиишида "бир дона суз" аядинг. Факат хаёлингни мен оламан де, уй-хайёллар тинч куймас эди. "Доими" согиниб яшардим. Кандайдир киз хаётингда пайдо булиб, бари бир мени урнимни босаолмаслигимни тан олдинг. Эсингдами мени эркалардинг "Эркатойим" дердинг, "факат мухаббат"им сенсан! "Хеч айрилма"ймиз деяр эдинг. Такдир такозоси билан мен сендан йироклашада бошладим. Чунки менинг узимга яраша гурурим бор, йул куймасди. "Ёдингдами?" Менга берган ваъдаларинг факат бизнинг "уртамизда" колиб кетган. Мен хеч кимга "айтаолмайман" ва эртага нима булишидан катъий назар "катаолмайманам". Кеча ишхонамга келдинг. Куркдингми нима булди улиб кетдими деб, кунгирокларинга жавоб йуклигидан ё хавотир олдинми? лекин мен бахона килиб келганингни дарров пайкадим. Хар сафар келганингда "ёлвориб" мени "унутма" дейсан! Ва унутмаслигимни сурайсан. Аммо буларни энди кимга кераги бор билмадим. "Сени хаётим дедим, ёлгиз атадим," аммо сен билмадинг. Маст булиб колганинг шундок билиниб сезилиб турарди. Аммо мен бу туришни гуёки олдиндан сезгандайман. Севиб колмагандирман тагин билмадим. Унда нима бу? Нега куча куйда бирон бир болани учратиб колсам кузимда у булиб куринади. Англайолмадим. Тугрисини айтсам "айрилик" азоби бу уткинчи, вактинчалиб деб уйлардим. Аммо "борлининг"ни унутиш мен учун жуда огир. Уйлайманки колган умрим давомида менга хаёт "бир йул" курсатаолади ва мен бу йулдан адашмасдан бораман. Ушанда "бахтли кунларга ассалому алейкум дейман!" "Ота-онам дуоси2 оркали эртага албатта "бахтли буламан". Ёруг кунлар "кайтади" мен "севавераман!" Килган хатоларим учун "илтижо" килиб "тавба киламан." "То хаёт эканман" хаёлинг билан яшайман. Майли мени кизлар айбласин, майли дунё захматлари ёлгиз менга кадалсин, мени нигохларингдан айирма. ДАВОМИ БОР....
Allah büyükdur
|
|
| |
writer | Сана: Пайшанба, 17-Фев-2011, 00:00 | Изох # 50 |
Рахбар муовини
Гурух: VIP
Изохлар: 732
Тақдирланишлар: 4
Хурмат даражаси: 565
Холати: Хозир йўқ
| My creation for a night I love you because you make me happy I love you because you make me feel safe and secure I love your smile I love the way you say my name I love the look in your eyes when you tell me you love me And how you laugh at me when I do something stupid, when others would put me down. I love the fact that when I'm around you I can be myself and not worry about what you may think of me, because I know you love me for who I am. No matter what my faults may be. I love being able to wake up with you by my side... It makes my days better At night I love watching you sleep, hearing you take each breath, and feeling your heart beat with the palm of my hand... reality hits that you are not a dream YOU ARE MINE. I love the way you wrap your arms around me and hold me really tight, like there is no tomorrow And I love the way I feel when your lips barely touch mine for a kiss, the love and emotions that go through me at that moment are unexplainable. I love your laugh I love hearing your voice I love that you get along with my family and friend, no matter how much you dislike them, or who they are. And hearing you tell me your stories, you could tell them to me a thousand times, and I will never get tired of them, because they are a part of you. But the main reason I love you is because..... You are you! Simply... I love you and the end!
Мамааааа????!!!!! )))))))))))) ржу не могу))))
|
|
| |