[ Янги изохлар · Фойдаланувчилар · Қоида · Изламоқ · RSS ]
Модератор форума: Giyos, SarVario, komol_76, Anv@rbek  
Monolog
ParvinaСана: Пайшанба, 17-Фев-2011, 12:14 | Изох # 51
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: VIP
Изохлар: 1439
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 638
Холати: Хозир йўқ
Олисдан булсада бир бор дийдорингни курсам, Жамолигга махлиё булиб, васлингга колсам дейман "афсус" бунинг хеч иложи йук! Мен орзу килган инсон эдинг. Яна качон, каердан бундай идеал инсонни учратаман? Билмалим. Хозирги кунда жуда асабийлашганман. Хар бир кунгирок мен учун ортикча гуёки сен йук ва хаёт тамомдек. Ахир хаммаси олиндаю атиги 20 ёшдаман аммо у каби мехрибон инсонни учратармиканман....
Хаёлларга бериламан, осмонга карайман, кушларни сайрашига кулок тутаман у менга тинчлик, узимги англаб олишга ёрдам беради аммо бари бир кайдайдир бушлик борлигини эсдан чикапиш бир мунча вакт утиб кетишига сабаб булади. Узимга узим савол бераман "мен неучун яралдим" нахот хаммаси вактичалик булган булса, майли менга тушунтиршнинг хеч хам кераги йук "сузлама" эшитишни хохламайман биламан хамиша ман айбдор булиб келган сен гуёки бегунох фариштасан. Аммо бунчалик узингга ишонма!!!
Куча - куйда сани учратганда узимни "бегона" лардек тутаман. ахир бу огир жазо булса керак. Шунга хам мен билан саломлашмай кетмайсан. Нега бунчалик сандан нафратланаман ахир бари бир севаману лекин сенга билдирмасликка харакат киламан. Сан севишимни “била туриб” аcабларимга тегасан. Хар сафар кайтишимни кутишингни айтасан ахир манга хам юрак бору ноиложман кайтмайман. Мен кураша олмайман.... канотлари синган... йук йук канотсиз десам ишончлирок буларди ахир нажот кушим сен булгансан мени сайрашга, уйнаб-кулишга, харакатларимни бошкара олгансан эндичи на бир канотсиз кушман на канотли кушман!....


Allah büyükdur
 
GiyosСана: Жума-муборак кун!, 18-Фев-2011, 17:33 | Изох # 52
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 1130
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 59
Холати: Хозир йўқ
Sevgi mahbusi.

Men judda ham mag’rur edim. Meni boshimni hech kim ega olmasdi. Men shunchalar edimki, hatto “malikalarga” ham qo’l uchida qarardim. Men uchun qizlar sariq chaqadek edi. Faqat 1 kunlik o’yinchoq. Faqat bir kun, yani bir kecha uchun. Keyin alvido. Ular mani man ularni tanimiyman. Yahshiroq bo’lsa 2 kun edi. Lekin bunaqasi kam uchraydi. Man hech o’ylamagan edim bittasiga bog’lanib qolaman deb. U judda ham boshqacha edi. Uni ilk marotaba kechasi bekatda ko’rdim. U boshqa qizlardan ajralib turardi. Goh gohida avtobus kelayaptimikan deb boshini cho’zib qarardi. Shunda uzun sochlari yelkasidan tushib yerga tegay derdi. Kamiga shmol esib sochlarini orqaga yoyardi. U sal hafadek sochlarini yana yig’ib olardi. Unga tikkilib turib hayolimga u meniki bo’lishi kerakligi keldi. Uni oldiga borib hayosizlarcha undan, buni ayta olmayman. Qanday qilib shunday qizga bu gaplarni aytganimni hech tushuna olmayman. Yoki men ko’chadagi qizlar bilan ochiqchasiga gaplashaverib o’rganib qolgandirman. Nahotki bu qizni ham shunday kapalaklardan deb o’yladim. Uni bu gapimdan keyin ko’ziga yosh kelib, menga qarashlari va “men undaylardan emasman” deb nafratga to’la so’zlarini qalbim devoriga urilib, undagi barcha yovuz kuchlarni sindirib tashladi. Ko’chada yurgan g’ururli, boshi egilmagan mendek bir oliftani shu qiz birgina “men undaylardan emasman” degan so’zlari bilan poyiga bosh egdirdi. Undan tiz cho’kib gaplarim uchun kechirim so’rashga ham tayyor edim. Lekin u ketib qoldi. Ancha vaqt bekatda turdim. Qancha bilmayman. Ortimdan bir qizni bu o’sha sizmi degan gapi meni qo’zg’alishga majbur etdi. Qaradim. Kimligini tanimadim boshida. O’zini tanshtirdi. 1 oy oldin u bilan bo’lgan ekanman. O’zimdan o’zim jirkanib ketdim. Yonimda shayton turgandek edi. Indamay ortga burilib qochdim. Yugurdim. Yugurdim. Yugurdim. Nega yugurayotganimni bilmasdim. Rosa ko’p yugurdim. Oxiri bir darahtni orqasida to’xtadim. Qulog’imga bir qizni yordam so’rab baqirayotgani eshitildi. Nafasimni rostlamasdan o’sha tomonga yugurdim. Mashina turardi. Ichida bir erkak va qizmi? Bilmadim. Qiz nuqul baqirardi. Yordam so’rardi. Mashinaga yaqinlashib haligi erkakni ichkaridan sug’irib oldim. Ichkaridagi qizga qaradim. Bu o’sha uzun sochli qiz edi. Qanday qilib bunaqa joyga kelib qoldi. Haydovchiga qarardim yerda ayb ish qilib qo’ygan boladek qaltirab yotardi. Bir paytlar o’zim ham shunday ishlar qilib yurardim. Lekin bunchalikka bormasdim. Men zo’rlamasdim. Ular o’zlari hohlashardi. Haydovchini oldida meni gavdam savlatliroq edi. Unga nima sababdan singlimga tegajorlik qilganini so’radim. “U sizni singlizmidi, bilmabman. Meni shayton yo’ldan urdi” deya oldi halos. Qilar ishni qilib aybni shaytonga ag’dardi bu iflos. Bu payt uzun sochli qiz mashinadan tushib yugurib ketardi. Uni ortidan quvdim. Yetib oldim. Menga nafrat ko’zlari bilan qarardi. Unga men iltijoli tikilib turardim. Menda nima ayb dedim. U faqat bir gapni aytardi “men senlardan nafratlanaman. Hammang bir xilsanlar. Sen bo’lmaganingda men shu mashinaga chiqmasdim. Sen menga shilqimlik qilmaganingda avtobusga chiqardim. Nima hamma kechqurun yurgan qizlar “yomon” qizlarmi? Sen shunday fikrlaysan. Men shifoxonadan onamni oldidan kelayotgandim. Ular og’ir betoblar, o’zlarini eplay olmayaptilar, men 3 kun oldilarida o’tirdim. Bugun endi uyimga ketayotgandim. Uyda kichik ukalarim bor. Ularga ham men qarashim kerak. Senlar esa meni bu kuyga solayapsanlar. Shunaqa ham omadsiz bo’lamanmi? Keyin sen meni akammassan. Endi ket ko’zimga ko’rinma. Men sendan nafratlanaman” derdi . Men hayron qoldim. Nahotki shuncha azob boshini ko’tarib yuribdi. Mendan nima sababdan nafratlanadi. Unga yordam berishim kerak. Hayotda yahshi odamlar borligini ko’rsataman. U hohlamasa ham uyiga kuzatib qo’yaman. Nahotki men shunchalar tubanlashib ketgan bo’lsam. Men o’zgaraman. Ichimda yahshi inson borligini bilaman. U endi uyg’ondi. Bu qizni sevgisini qozonaman. Bu qizni gapirishlari, chiroyi meni o’ziga ohangrabodek tortdi. Uni sevgisi uchun har narsaga ham tayyorman. Qo’limga endi sevgi kishanlari taqildi. Bu kishandan meni hech kim ozod etolmaydi. Men butun umr shu kishanda yurishga tayyorman. Men uning asiriman. Men uni hech kimga bermayman. Men uni yordam qilibmas, odamiyligim bilan sevib qoldiraman. Men buni amalga oshira olaman. Kerak bo’lsa u bilan bemor onasini oldida hohlaganicha turaman. Unga dalda bo’laman. Uni menga bo’lgan nafrati muhabbatga aylanadi. Uni uyiga olib boraman.....


Sog' salomatlik...
 
ParvinaСана: Жума-муборак кун!, 18-Фев-2011, 17:41 | Изох # 53
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: VIP
Изохлар: 1439
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 638
Холати: Хозир йўқ
zo`ru siz yaxshisiz ijod qiling mediklikni tashang...

Allah büyükdur
 
LoadingСана: Жума-муборак кун!, 18-Фев-2011, 18:31 | Изох # 54
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
Loading...Ey oshiqlar yoringizni ortidan seni sevardim deb baqirmen.!
Shenchaki sekin quloqlarini lablariz bilan erkalab sen eng yaqinimsan
disez shuni o'zi yana 1oygacha munosabatlariz uchun jilezni zanjir bo'ladi.


Faqat 3 ta shart!
 
GulilolaСана: Жума-муборак кун!, 18-Фев-2011, 18:38 | Изох # 55
Иштирокчи
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 292
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 229
Холати: Хозир йўқ
To'g'risi QOYIL QOLMAY ILOJ YO'Q! "Parvina, Giyos, Writer" BRAVOOO!!! Ijodilaga omad...
 
ParvinaСана: Шанба, 19-Фев-2011, 08:34 | Изох # 56
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: VIP
Изохлар: 1439
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 638
Холати: Хозир йўқ
Бу ким учундир ижод лекин менинг бошимдан утгарларни ёзганман. Бари бир кандайдир урни буладию ёзганларимизни, хаётдан келиб чиккан булади. Рахмат

Allah büyükdur
 
LoadingСана: Якшанба, 20-Фев-2011, 01:38 | Изох # 57
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
Qish kelib ehtiros so'nadi biroz, Bir muddat sovuqda suramiz xayol. So'lidi gullar, So'nadi umit, Tobora yurakda ortadi sog'inch. Iliqlik kutamiz o'zga so'zidan, Ilxaq kutmoqda kimdur bizni ham. Sevgini yuklaymiz Baxor fasliga, Qish kelib ayrilib ketamiz nega? Qasamlar ichamiz yoqqan qorlarga, Erisin tezroq deb kutamiz xalak. Seninng ishinga xayron bu falak! Yulduzli osmonda Adashar bulut. Aslida yashashga xaqli yaxshilar Yomonlar ne uchun bizga qarshilar?! Bir muddat jim bo'lib etamiz davom. Davomiy xayollar Xayot xaqida. Beramiz savolni nigoxlar ila. Juda ko'p dil izxor mabil aloqa. Yuzma-yuz o'tirsak bosar xayajon. Intilar nigoxim taqdirim tamon. Mudom sukunat jim-jit olamon. Bu qanday chunarsiz ajib Xayajon.

Radius 21. uslubida musiqa taxminan shekspir monologi musiqasiga solingan.
Musibat emas.


Faqat 3 ta shart!
 
writerСана: Якшанба, 20-Фев-2011, 02:16 | Изох # 58
Рахбар муовини
Гурух: VIP
Изохлар: 732
Тақдирланишлар: 4
Хурмат даражаси: 565
Холати: Хозир йўқ
“Sovg’a qilayin” ( hikoyam uchun mahsus monolog)
O’yladim… sen uchun nima qilay? Sen ketaman deysan.. meni o’yladingmi? Seni yashashing men uchun baxt! O’tiraman doim yoningda, ushlab sovuq qotgan qo’llaring…yuragingni ovozini eshittim. Shu on mendan-da baxtli odam yo’q edi. Birdan chuqur nafas olding, menga ham jon kirdi go’yo. Seni hayotga qaytayotganingni ko’rib... menga o’zga narsaning hech ham keragi yo’q. Qani qo’limni ushlagin, eshitayotganingni menga bildirgin. Sevganim, seni juda ham sog’indim ahir. Ko’zlaringni och... iltimos qilaman, jonim, hayotga qayta qol. Seni kutayapman ahir. Yomg’iru qorlarni, issiq va sovuqni o’tkazdim yolg’iz, armonlar meni o’rab olgan chog’da.. sen.. barini bir zumda yo’q qila oldingku iliq nafasni olib. Endi bir bora ko’zlaringni ochib meni yana bir bor baxtli bo’lishimga sababchi bo’laqolgin. Men kutayapman... qo’limni ushlading. Naqadar hursandman... seni menga hayotning o’zi sov’ga qildi. Seni kutaman toki sog’ayib, hayotga butunlay qaytmaguningcha. Seni hayotim tugagan taqdirda ham sevaveraman, tinmay sevaman hatto ruhim osmonlarda uchib yursa ham, sevgim seni doim qo’llab turadi, hato qilishdan asraydi va sen bilan bo’ladi doim.. ko’zlaringni ochding... nahotki... nima qilay, nima dey???
Aytgan so’zim: ”jonim?”.....
Javobi.....
Eshita olmadim. Endi esa qayerdaman... yerga qaradim, seni qidirdim. Topa olmadim. Lekin hayot ekangliginga aminman. Chunki menga va’da berishgandi. Ular aldashi mumkin emas. Shuning uchun ham rozi bo’ldim. Sen uchun, sen yashashing uchun. Seni doimo sevib qolaman. Meni kechir...

Keldi farishtam, oldi mening jonim
Chunki bergan edim uni sen uchun
Bilmam qanday seni hayoting saqlayin
Berdim hayoting evaziga hayotim
Sovg’a qildim hayotimni sen uchun
Baxting uchun, yashashing uchun, borim.
Jonim, kechir meni, boshqa yo’q o’zga choram
Seni hayotimdan ortiq sevaman, ishon,yolg’izim!


Мамааааа????!!!!! ))))))))))))

ржу не могу))))
 
writerСана: Пайшанба, 24-Фев-2011, 03:42 | Изох # 59
Рахбар муовини
Гурух: VIP
Изохлар: 732
Тақдирланишлар: 4
Хурмат даражаси: 565
Холати: Хозир йўқ
“Sen ketarsan” (monolog)
Yolg’izlik! Bu sen menga qoldirgan eng shavqatsiz… mehrga ega bo’lmagan sovg’a. Bu ”sovg’a”ni qabula qildim… Qabul qildim-u, borimdan ayrildim. Qalbim yig’laydi. U mendan hafa… Juda ham hafa! Uning o’rnida bo’shliqdan o’zga hech qanday his sezayotganim yo’q. Nega? Shu savolni o’zimga - o’zim beraman. Hatoni o’zimdan izlayman… Hatolar, hatolar, hatolar… Nahotki hatolar sabab sevgi nobud bo’lsa, arzimas hato sabab. Ko’zguga boqaman, ko’zlarimga sevgining qotili ko’rinmoqda… Sendan ayrilishimga sababchi insonni ko’rmoqdaman. Sevaman… Achinamano’tgan damlarning yomg’irlarga to’laligiga. Bahorga o’xshar edi sevgimiz, biz esa uni yig’latdik! Sen ketmoqdasan. Ortingga boqishni o’ylaganmisan hech? Menga shu onlarda bir bora bo’lsa ham boqishni, ko’zlarimga to’yib – to’yib termulishni o’ylaganmisan hech? Men-ku seni kutmoqdaman. Ortingdan borishni esa… Bormaslik… bilmadim. Ne qilarim bilmasman hamon. Ketma deya jar solgim keladi. Qarayqol menga?! Eshitmaysan qalbim nolasin.. Tinglamaysan hozir so’zlarim. Sen jimgina ketmoqdasan, uzoqlarga, mendan olislarga. Hozir hayolingda nimalar o’z izini qoldirayotgan ekan a?... Qiziqdim. Meni hayollarim seni qiziqtirarmikan... Ketma! Sen uzoqlashganing sari shu so’z yuragimni holsizlanishiga, nafasim esa siqilishiga sababchi bo’ladi. Ketmagin deb tinmay aytmoqda ahir bu bedor qalbim... Kechir degim keladi, beg’ubor sevgim. Aytay deyman so’zlarim, tinmayin senga. Eshitishing hohlayman, istadim shuni...Tushunishing istadim qalbim so’zlarin, uning nolasin. Ketma deyman, ketmagin...qolgin yonimda. Birga ketaylik uzoqlarga, topolmasin bizni hech kim... dardlar, alamlar...qayg’u va ayriliq. Ko’z yoshlarim qolmadi-ku, qaragin menga. Nega gapirishga kuchim yo’q?! Senga ayta olaman, aytmoqchiman, lekin mador yo’q. Uzoqlashganing sari jon ham tark etayotir tanimni.. Gar boqmasang qayrilib, yuragim urishdan to’xtashi aniq... Qaytaqol jonim, ketmagin hech ham.
”To’xta!” .... Nahotki...bu mening ovozim?! Men aytdim! Sen qayrilib qarading. Kutmagandim men...ko’zlaringda yosh, qalbing yig’lardi... Ayriliqdan yonar diling olovlarda. Qaytishni istading, ammo... Nega qaytmading? Men kutdimku, ketishingni istamagandim. Hatolarga, yolg’onlarga aldanding, ishonding-ku sen. Meni haqiqatdan ham yolg’izlikka topshirmoqchi edingmi? Sen hali ham turibsan menga ma’yus termulib... Ilk qadam... Uni sen tashlading, men tomon kelmoqdasan, qaytmoqdasan.. Onlar... Bizni ayamay, o’tib bormoqda. Men kutmay ham so’zladim: ”Ketmagin, jonim”. Sen gapimni eshitmay ham aytding: ”Kechir meni!” .... Yuragingni urishini sezdim, yuragim urishni boshladi... Yo’qotishdan qo’rqqaningni aytib, bag’ringga bosding... Men buni sog’ingan edim... Nega ketishni istaganingni bilgim keldi, sen huddi buni sezganday: ”Meni sevmaysan deb o’ylagan edim”, deb ko’zlarimga boqding.... va men kutgan savolni berding... ”Meni sevasanmi?” ..............
....................... ”Sevaman...”
”Seni jonimdan ortiq sevaman, kechir...!!!”


Мамааааа????!!!!! ))))))))))))

ржу не могу))))
 
GiyosСана: Пайшанба, 24-Фев-2011, 05:13 | Изох # 60
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 1130
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 59
Холати: Хозир йўқ
Bo'ldi qiynalmang KECHIRDIM!

Sog' salomatlik...
 
GiyosСана: Душанба, 28-Фев-2011, 21:25 | Изох # 61
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 1130
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 59
Холати: Хозир йўқ
SENGA

Seni ilk ko’rdim. Vasling ko’z o’ngimdan ketmaydi. Seni ko’rgilarim keladi yana. Ko’zim sendan uzolmayman aslo. Qizg’onaman har bir soniyadan seni. Butun umr to’ymayman boqib. Tikilaveraman, Tikilaveraman, Tikilaveraman shahlo ko’zinga. Ko’zlaring sehri tordi meni o’ziga. Kipriklaring qadaladi nayza misol yuragimga. Qarayman, qarayman, qarayman hech to’ymay, jodududir har bir qarashing. Unutolmayman, unutolmayman hech ham. Keladi hammadan rashkim. Hattoki o’zimdan ham. Rashk qilaman seni oyu yulduzdan, kunduzu quyoshdan. Erta vaqt uyg’onganingda keladigan tong shamoli sabodan ham. Sabo silar yuzu qoshing, tarar uzun soching. Rashkim keladi, rashkim keladi, reshkim keladi. Nega men emas sabo silar soching, nega men shamol emasman. Uchib borib oldingda aylansam deyman shamolga. Sochlaringni sabodek tarasam deyman. Havasi qilsin shamol qiroli. Saboni yo’latmasin senga boshqa. Meni tayinlasin senga shomol qo’riqchisi, oldingdan ketmay sira. Afsus, Afsus, Afsus bu shunchaki orzu. Shunchki hom hayol. Balki ARMON. Suratingdan olib qocholmayman ko’zim, lahzaga yoqotishdan qo’rqaman. Meni qiynaydi seni yo’qotish. Alam qiladi, Alam qiladi meni sevmasligin. Sevgin meni, Sevgin meni sohta muhabbat kerakmas aslo. Sevgin chin qalbdan, sevgin mendek. Sevgin, men qilay bahtli. Bahtli qilaman, tahtli qilaman, istagan narsangni muhayyo qilaman, yonigda doimo bo’laman, seni hech ham yolg’iz qo’ymayman. Sevaman seni, Sevaman seni hotto o’zimdanda ortiq.


Sog' salomatlik...
 
JASMINAСана: Сешанба, 01-Мар-2011, 19:05 | Изох # 62
Иштирокчи
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 271
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 102
Холати: Хозир йўқ
ajoyib so'zlar biggrin biggrin biggrin biggrin biggrin biggrin biggrin biggrin biggrin

 
GiyosСана: Шанба, 05-Мар-2011, 23:17 | Изох # 63
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 1130
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 59
Холати: Хозир йўқ
CHEMODAN KO’TARIB KETMOQDAMAN…. (Monolog hikoya)

Bugun safarim uzoq. Hech o’ylamagan yerimga ketyapman. Bunaday bo’lishini hech kutmagandim. Nahotki sevgim kuchi menga qarshi chiqib yenga oldi. Bir qizni deb hayotim ostin ustun bo’ladi deb o’ylamagdim. Lekin shunday bo’ldi. Men uni oldiga AMERIKAGA ketyapman. Qo’limda og’ir chemodan. Ketishimga hamma qarshi bo’ldi. Ota onam, aka- ukalarim ham. Hatto yaqin do’stim ham. Baribir o’zimni aytganimni qildim. Men sevgim uchun kurashaman didim. Bir narsa qiynaydi. U meni sevarmikan. Bu yerda yurganida sevardi. U yoqda unitib yubormadimikan. 6 yildan beri hali gaplashmadim.
1 hafta oldin internetda ko’rib qoldim. U hammon go’zal. Men uni sevaman. U meni tashlab ketmadi. U ona yurtini tashlab ketdi. Tug’ilib o’sgan yerini tashlab ketdi. Qanday qilib o’sib ulg’aygan yeridan voz kechish mumkina. Oldin menga shu yerda tug’ilib o’sayotganidan fahirlanib aytardi. Yurtimni hech narsaga alishmayman derdi. Har bir zarra tuprog’ini oltinga tenglashtirardi. Endichi? Hammasini 1 soniyada unitdi. Aeroportda oilasi bilan samalyotga chiqayotib ortiga qaradi, keyin menga qaradi. Bir ho’rsindi. Uzoq termulib turdi… Onasi hayolini buzib samalyotga chorladi. Oxirgi ko’rganim ko’zidagi ikki tomchi yosh edi. Bu yoshdan uni boshqa qaytib kelmasligini bilsa bo’lardi. Qo’lidagi ro’molchaga ko’z yoshini artdi va ortiga burilib kirib ketayotganda qo’lidagi ro’molcha tushib ketib shamol tasirida oldimga uchib keldi. U hammon menga tikilardi. Shamolda sochlari yonga taralib unga ajib go’zallik berardi. Ro’molchani unga bermoqchi bo’lgande uzatdim, u uzoqda bo’lsa ham turaversin sizda degande ishora qildi. Styuardesa uni olib kirib ketmaganda hali turardi. Yonimda do’stim turar edi. Unga iltijoli najot bilan boqdim. Axir yolg’iz sevgimdan ayrilayotgandim. U ham nailoj qoli. Meni ovutish uchun aqali birorta so’z topa olmadi. Yelkasiga bosh qo’yib yig’lardim. Ha yigit boshim bilan yig’lardim. U meni bu yerdan olib chiqb ketdi. Ortimga qarab samalyotga qarardim. U bilan ketishni hohlardim. Ammo men keta olmas edim. Meni uyim bu yerda edi. Internetda uni ko’rdim. Avvalgidek go’zal edi. Unga birinchi bergan savolim “nega meni tashlab ketdingiz” bo’ldi. Va yana aytdim. U javob bermasa ham. Men sizni sog’indim. Sizsiz menga hayot qorong’u. Sizni vaslingiz ilinjida adoyi tamomlar bo’ldimku. Bunchalar mani hijron azobiga giriftor qildingiz. (undan javob kelamasdi) sizni kutaverib ko’zlarim ko’r bo’ldi misoli. Sizdan hammon darak yo’q. ahir xabar bersangiz bo’lardiku. Siz sevgimni paymol etdingiz. Siz sevgimni o’yinga yo’ydingiz. Sizni ortingizdan bormoqchi edim, lekin sizni qayerdaligizni bilmadim. Bilganimda borardim usha Amerikaga. Undan javob keldi. “Menga oson deb o’ylayapsizmi? O’z hohshim bilan ketdimi? Ota onamni yolg’iz tashlab qo’ya olmasdimku. Keyin sizni uylangan deb do’stingiz aytdi. Meni u sizdan oldin topdi. Sizga aytmadimi?”. Nima deyishni ham bilmadim…… Do’stimdan buni kutmagandim. U meni sevishimni bilib turib, shuncha qiynalayotganimni ko’rib menga aytmabdi. Kamiga yana sevgi izhor qilibdi. Bu menga do’st emas, qo’ynimda saqlagan ilon ekan. Nega oldinlari internetga kirmagan ekanmana. Do’stimdeb barcha sirlarimni ochsam u mandan sevgimni tortib olmoqchi bo’libdi. Men uni aslo kechira olmayman.
Hozir samalyotga chiqamanda Amerika yo’l olaman. Chemodanim og’irlik qilmoqda. Amerikaga borib otasidan uni qo’lini so’rayman. Bersa mendek yigitga qizini beribdida. Otasi qattiqqo’l bo’lsa ham men ularni ishonchini oqlay olaman. Men maqasad qo’ydimmi erisha olaman. Muhimi sevgilim rozi bo’lsa bo’ldi. Men ham endi ketyapman u singari. Ona vatanimni tashlab. Uyimni, onamni, otamni, akalarimni hamma hammani ko’rmayman boshqa. Man boshqa qaytmayman endi. Qayta olmayman ham. Samalyot uchadigan vaqt bo’ldi. Chemodanni qoldirib ketaman. U menga kerak emas. Sumkamni o’zi yetadi. Endi men Amerikada yashayman sevgilim bilan. Menda ham yurtdan ayrilish qiyin bo’lmoqda, lekin majburman… Uydagilar hali ketayotganimda behabar. Uyga xayr men baxtimni izlab ketdim deb xat qoldirdim xalos. Chemodanni bekor olib kelibman. Bu manga ortiqcha edi…
Amerikaga keldim. Men kelganimda sevgilim hali behabar. Menga bu yerda internet kafe kerak, lekin qayerdan topaman. Sevgilimni telefon nomerini ham olib qolmabman. Mayli hozir internet topaman. Chat house dib yozilgan joyga kiraychi. Kopiyuter rasmi bor ekanku. Hech bo’lmasa kimdandir so’rarman… Borakan. Pochtamga kiraman avval. Xat kelibdi. Iya akamdan kelibdiku. Meni qidirayotgan bo’lsalar kerak. Xatlarni o’qiyman: “Hov ahmoq qayerda yuribsan, nimalar qilib ketding. Do’stingni nega o’ldirding. Chemodaningni aeroportdan topib ochishibdi. Ichidan do’stingni murdasi chiqibdi. Hozir mentlar uyni bosib ketgan seni qidirishyapti”. O’qib kulgim qistadi. Birinchidan u endi meni do’stim emasdi. Endi meni bu yerdan hech kim topa ololmaydi…


Sog' salomatlik...
 
unetСана: Якшанба, 20-Мар-2011, 07:43 | Изох # 64
Sayyod.com мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 667
Тақдирланишлар: 1
Хурмат даражаси: 248
Холати: Хозир йўқ
<BOLAM KELDINGMI>
BU YOLGONCHI DUNYODA INSONNI IKKI CHIN DUSTI BULAR EKAN BIRINCHISI OLLOH IKKINCHISI SIZI BIZI DUNYOGA KELTIRGAN ONALARIMIZ OLLOH BIZZI RUHIMIZGA PARVONA BULSA ONAMIZ HALI TUGILMASIMOZDAN TURIB BIZGA MEHRINI BERAR EKAN BAZIDA SHU CHIN DUSTIMMIZ QADRIGA ETAMIZ BAZIDA ESA YUQ OQIBAT DEGAN GAP BOR DUNYODA ONA FARZANDIGA BE MINNAT OQIBAT QILAR EKAN BOLAM MENDAN KEGIN QOLSIN USIB ULGAYSIN DEB LEKIN FARZANDNI OQIBATI OMONAT OQIBAT BULAR EKAN MINATLI OQIBAT BULAR EKAN BUGUN BOR ERTAGA KURAMANMI YUQMI KEL SHU IKKI OGIZ YAHSHI GAPIMNI AYAMIY DEB OQIBAT QILAR EKAN BUGUN KELIB ERTA KETGUVCHI MEHMONGA QILGAN OQIBATNI QILAR EKAN AGAR SUZLARIMDAN DILINGIZ RANJIGAN BULSA SHU SUZLARIM ISBOTINI QABRISTONGA BORIB KURING.
HATTOKI SHU QABR TOSHINI HAM JIM JIMADOR QILIB MINNAT BILAN < AZIZ FARZANDLARINGIZDAN ESDALIK>QARANG SHU QABR TOSHINI HAM MINNAT BILAN QUYAR EKANMIZ UNI BIZ QUYDIK DEB . DUNYONI YOLGONCHILIGINI ATIGA BESH KUNLIGINI DUNYONI OMONATLIGINI ISBOTLAB KETGAN INSONGA SIZU BIZI ESDALIKIMIZNI NIMA KERAGI BOR GOHIDA SHU CHIN DUSTIMIZZI QADRIGA ETAMIZ GOHIDA YUQ GOHIDA YARIM TUNDA UYIMIZGA KELAMIZ DARVOZANI ASTA SEKIN OCHIB HECH KIMGA BILTIRMAY KIRIB KETAMIZ DEYMIZ
LEKIN BIZI KUTIB UTIRGAN ONA EZOR BIZI QADAM TOVUSHIDAN EMAS YURKLARIDAN SEZADILAR BIR OGIZGINA SUZ AYTADILA <BOLAM KELDINGMI> DEB BAZIDA SHU BIR OGIZ SUZ HAM BIZGA OGIR BOTIB KETADI HA ONAJON KELDLDIM UHLOVIRSANGIZ BUMIYDIMI YOSH BOLA EMASMANU DEYMIZ EY AZIZLAR USHA ONA EZOR MANGU UHLAB QOLGNLARIDAN KEGIN USHA ONA YOTGAN GARIBGINA KULBA DERAZI OLDIDAN MING MARTA UYOQGA UTING MING MARTA BU YOQGA UTING TUNDA UTING TONGDA UTING LEKIN SHU NIDO ESHTILMIYDI < BOLAM KELDINGMI>
TUYLAR QILAMIZ HOVLIMIZI TULDIRIB MEHMONLAGA BORIMIZNI QUYAMIZ LEKIN QALBIMIZ VUJUDIMIZ BORLIGIMIZ USHA DERAZAGA QARATILGAN BULADI USHA MUNIS CHEHRA KURINAR MIKIN USHA NIDO QAYTA ESHTILARMIKN <BOLAM KELDINGMI >
TAQDIR TAQAZOSI BILAN YILLAR UTIB USHA DARVOZA OLDIGA YARIM TUNDA KELAMIZ
BERK DARVOZA OLDIDA TUHTAB QOLAMIZ SABABI USHA BIZI TOPGANIMIZZI QUSH QULLAB TOPSHIRGAN AZIZ FARZANDLARIMIZ HAM JONIMIZDAN ORTIQ SUYGAN SEVIKLI YORLARIMIZ HAM ONA EZORGA KABI KUTISHGA TOQAT QILA OLMIY UHLAB QOLARKANLA
ANA USHANDA QALBIMIZ UYGONIB QOLAR EKAN VIJDONIMIZ UYGONIB QOLADI ANA USHANDA USHA QULARI QADOQ MEHRIBONIMMIZNI ESALAB QOLAMIZ.
KUZIMDA YOSH ELKAMDA TOBUT ZIRQIRAYDI TANAM UZRA JON
ONA UZOQ KUTIRMAYMAN KUT MAHSHARGACHA HAYIR ONAJON
AZOBIMGA ELKANGNI TUTDING DARDLARINGA TOPMADIM IMKON
MENI UYLAB UZNI UNITDING MAHSHARGACHA HAYIR ONAJON
SEN YUQ QARO BULDI OSMONIM KUNGIL VAYRON YURAGIM VAYRON
KUKSIMDAGI BUYUK ARMON MAHSHARGACHA HAYIR ONAJON.
ENDI KECH HAMMASI TUGADIENDI SEN HOHLAGIN YON HOHLASANG KUZ YOSHLARGA CHUKIB KET
MEHR IZLAMAM GADODEK DARBA DAR AYLANIB TASSALI KUTMA HECH KIMDAN BE FOYDA
ENDI U YUQ QOMATI BUKIK QULARI QADOQ YURAGI MEHRGA TULA ONAMIZ ENDI YUQ
DARVOZA YOPIQ SVETLAR UCHGAN ENDI HECH KIM KUTMAYDI SENI U KUTGANCHALIK
ONANG KIYGAN KIYIMLAR UYING TULDIRARA ONAM HIDI KELADI DEB LEK KUNGLINGNI KIM TULDIRADI KIM ESKI SURATALAR SOGINCH EMAS FAQAT YARANGNIYANGILIYDI HALOS
DUNYO SAVOLARGA TULA ONAJON SIZGA MUNOSIB FARZAND BULA OLDIMMI KUTGANIYIZDA KELA OLDIMMI MEN SOGINCH NIMALIGINI BILDDIMI QADR NIMALIGINI BILDIMMI MEN ONAJON
YURAGIMDA GUL EMAS TOSHMIDI ONAJON FARZAND BULIB SIZGA NIMA QILDIM
OSTONAGIZI POYLAGAN ITCHALIK HIZMATINGIZI QILDIMMI MEN ONAJON
MENKU YASHAYPMAN YURAGIMGA MUSHTLAB YIGLOQI YURAGIMGA MUSHTLAB DARDIMNI
ICHIMGA YUTIB LEKIN HAR TONG TURIB SIZNI SURIYDIGAN SIZI YUQLIDIGAN BOLAMGA NIMA DEYMAN ONAJON NIMA DEYMAN??????

Добавлено (20-Мар-2011, 07:43)
---------------------------------------------
HURMATLI FORUMDOSHIM SIZI DILINGIZ RANJITMOQCHI EMASDIM LEK SHUDAY VOQEALAR BULADI
ONAMIZI HAMMAMIZ BORLARIDA DUOLARNI OLIB HIZMATLARINI QILISH NASIB ETSIN

 
ParvinaСана: Чоршанба, 23-Мар-2011, 15:46 | Изох # 65
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: VIP
Изохлар: 1439
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 638
Холати: Хозир йўқ
мандек кунгли буш инсонлар йиглаб юборса кере

Allah büyükdur
 
ParvinaСана: Чоршанба, 23-Мар-2011, 15:59 | Изох # 66
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: VIP
Изохлар: 1439
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 638
Холати: Хозир йўқ
Согинч мактуби
Омонмисиз азизам тилдаги сузим, дилдаги охим сизнинг нозикгина калбингизга кадалганмикан? Балки бир чугдир, бу чугнинг аланга олиши ёлгиз сизнинг мен учун аталган биргина кулгингизга богликдир. Аммо сиз бокмай кетаяпсиз. Хамон юрагимдасиз, сизни севишдан чарчамайман, умидимни сундирмайман. Хар сафар этикиб кутаман. Ахир бу согинчим канчагача чузилиши мумкин. Сизга мактуб ёзиб куяман. Илохим бу согинч мактубим сизнинг кулингизга тулар ва мени бахтли килмок учун излаб топасиз деган умиддаман!
Бириктирилиш: 6157109.jpg (32.2 Kb)


Allah büyükdur
 
GiyosСана: Чоршанба, 23-Мар-2011, 18:23 | Изох # 67
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 1130
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 59
Холати: Хозир йўқ
Sog'inch maktubiga Giyosdan javob.

Maktubing qo'limda. O'qiman qayta va takror. To'ymayman sira o'qib. Kulaman eslab birga o'tkazgan damlarimiz. Esingdami senga seni hech qachon tashlab ketmayman degandim. Lekin so'z boshqa hayot boshqa ekan. Men seni hech unutmadim. Har kun, har soniya hayolimda sen bo'lding. Qilgan ishimda halovat yo'q. Bo'sh bo'lsam sening go'zal ismingni yozaman. Nega? Bilmayman. Balki bu muhabbatdir. Bilmayman. Bir narsani bilaman. Men seni sog'indim. Vasling ilinjida senga mushtoq qalbim hamon senga intilmoq istaydi. Ammo buni hozir iloji yo'q. Hali vaqt keladi. Men sen bilan uchrashaman. Diydorimizga to'yishamiz. Lekin hozirgi ayriliq o'rni to'larmikan. Bir donishmanddan so'ragan ekanlar. Sevgi bu nima? deb. Donishmand chuqur o'ylab javob topa olmabdi va buni faqat chin dildan sevgan odam ayta oladi deb. Men senga seni ko'rganimda sevgi nima ekanini aytaman. Sog'inch xatiga qo'shib sevgi xatimni beraman. Men seni hamon sevaman!


Sog' salomatlik...
 
GiyosСана: Чоршанба, 23-Мар-2011, 18:25 | Изох # 68
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 1130
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 59
Холати: Хозир йўқ
P.S. Bu shunchaki ijodiy javob. O'qib turganda ILHOM aka keludilar. Mehmon qimasang ketmayman dib turvoldilar. Keyin yozvordim.

Sog' salomatlik...
 
ParvinaСана: Пайшанба, 24-Мар-2011, 10:25 | Изох # 69
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: VIP
Изохлар: 1439
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 638
Холати: Хозир йўқ
zo`ru bu javob xatdan keyin tochna forumchilar biron narsa o`ylashadi mayli ko`ramiz qanday qabul qilishar ekan,,,

Добавлено (24-Мар-2011, 10:25)
---------------------------------------------
Qalb to`ridagi sevgi muhabbat jo`sh urayotgan pallada men sendan yiroqda. Shirin xotiralar hech tinch qo`ymayapti. Sog`inch kuchayaverishidan har qanaqa kasalliklarga ro`baro bo`lyapman. Nega bizga hamma yomon ko`z bn qarashini anglab yetdim. Sevgimiz kuchi har bir ko`zni teshar ekan. Kecha mahallamda to`y oppoq libosda bamisoli farishta qiyofasidagi kelinchak oldida sarv qomatli kelishgan kuyuvni ko`rib quvonib, havasim ketdi. Qo`lida oq kabutarlarni uchirib baxtli onlarga yetaklar ekan, qo`lini duoga ochib turgan ota-onasi yuzidagi quvonchi ko`rib hayratlanadi kishi. Ularga qo`shilib duo qilar ekanmiz bizning ham baxtimiz ulardan ziyoda bo`lishini Ollohdan tilab qolaman. Sog`inchim abadiy...


Allah büyükdur
 
ParvinaСана: Душанба, 28-Мар-2011, 15:04 | Изох # 70
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: VIP
Изохлар: 1439
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 638
Холати: Хозир йўқ
ko`zlarimni yumaman seni ko`rmoqlik uchun...

Allah büyükdur
 
sherzodСана: Душанба, 28-Мар-2011, 18:35 | Изох # 71
Sayyod.com мухлиси
Гурух: VIP
Изохлар: 576
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 529
Холати: Хозир йўқ
Сизни не аташни хам билмайман.
- Куёшим десам куёш ботади.
- Хаётим десам хаёт жуда киска.
- Гул хам десам гул хам сунади.
- Сизни жоним дейман, чунки бу жон сизла яшайди.


 
GiyosСана: Сешанба, 29-Мар-2011, 22:30 | Изох # 72
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 1130
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 59
Холати: Хозир йўқ
Ko'zlaringda mayuslik bor.
Ko'zlariga qarayman jimgina. Boshi egik, ko'zlari yerga qadalgan. Nega? Bilmadim. Chaqiraman uni lekin qaramaydi. Hayolari qayerlarda? Balki bu o'ydir. Nimalarni o'ylayapti? Bilmayman. Ohista ko'ziga qarayman. Yosh tomadi milt milt etib. Yoshlarini artaman romolcham bilan. Qaraydi menga ma'noli. Bilaman rahmat aytmoqchi. Lekin ayta olmayapti. Gapirsa yig'lab yuboradi. Ichi to'lib turibdi. Nega yig'laydi? Bilmayman. Qo'lari bilan ko'ziga tegib turgan sochlarini yonga taradi. Menga mayus boqdi. Ko'zlar juda ham mayus. U meni sevadi. Lekin bu nikoh degani emas. U menga gapirdi. Ha ha garirdi. Ichi to'lib gapirdi. . Gapirgan bir so'z edi. Alvido. Endi mani boshim egik. Ko'zlarim mayus. Uni to'yi bo'lmoqda.


Sog' salomatlik...
 
GiyosСана: Чоршанба, 30-Мар-2011, 12:20 | Изох # 73
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 1130
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 59
Холати: Хозир йўқ
Armonli muhabbatim!

Men unga ayta olmadim sof sevgimni. Aytishga topolmadim so'z. Bilaman rad etadi. Shundan qo'rqaman. Lekin aytdim. To'g'rirog'i SMS orqali. U sms ga javob kemadi. Kutmoqdaman hamon javobin. Baribir kelmaydi. Chunki u meni sevmaydi. Seva olmaydi ham. Uni sevgisini qozonish uchun har kuyga tushishga tayyor edim. SMS dan keyin u o'zini mendan olib qocha boshladi. Menga muomilasi o'zgardi. Oldingi do'stlik muomilasi ham yakuniga yetgan edi. Bir sms: men sizni sevaman. Shu sms meni ham sevgimdan, ham do'stiligimizdan ayirdi. Men uni uchrashuvga taklif etib aytmoqchi edim. Lekin endi u kelmaydi. U mendan nafratlanadi. Endi menga kulib qaramaydi. Mendan hech narsa so'ramaydi.
Vaqtlar o'tar har narsaga davo, lekin meni sevgimga emas. Unuta olmayman. Unuta olmayman. Yana vaqtlar o'tdi. Baribir befoyda. Sevgi ko'zimni ko'r qildi. Hech kim ko'zimga ko'rinmasdi. Faqat u. Faqat uning siymosi. Meni u o'zgartirdi. Hayotga bo'lgan munosabatimni o'zgartidi. Endi men oldingidek emasdim. Lekin baribir u meni sevmasa ham uni sevaveraman. Balki bir kun sevgisin qozonarman. Man udalayman. Garchi sevgim armon bo'lsada.


Sog' salomatlik...
 
GiyosСана: Шанба, 02-Апр-2011, 22:47 | Изох # 74
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 1130
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 59
Холати: Хозир йўқ
Erli hotin

Anchadan beri konsertga tushmagan edim. Bugun ham tushmoqchi emasdim. Ammo majburan taklif etishdi. Yo'q diyish aslo mumkin emas edi. Tushdim konsertga. Zerikarli. Shunaqa ham zerikarli bo'ladimi? Bilardim, shunga tushmadim. O'tiribman hayol surib. Yana zerikarli qo'shiq. Afsuslaniblar ketdim kelganimga. Hammaga yoqmayotgani zaldagi o'zaro suhbatdan bilish munkin edi. Qaradim zerikanimdan tanishlarni qidirib. Topsam gaplashib o'tiraman dib. Lekin man tanidigan hech zog' kelmabdi. Yana odamni asabini buzadigan qo'shiq boshlandi. Chiday olmadim. Baqirib ubu narsa otgim keldi. Biroq zamon ko'tarmaydi. Qulog'imni yopib o'tirdim. Qo'lim o'g'ridi. Boshqa ashula boshlandi. Bunisi yoqimsiz edi. Ensalarim qotib ketdi. O'zimni chalg'itish uchun atrofga qaradim. Man o'tirgan raddan keyingisida 4 tacha qizlar o'tiribdi. Ulardan biri shu qo'shiqni maroq bilan tinglab, qo'lari bilan harakat qilib o'ynayotgan edi. Unga e'tiborim oshdi. Unga shu qo'shiq yoqayotganga hayron bo'ldim. U jilmayib o'tirardi. Dugonalaridan ajralib turardi. Manga yoqgani uni kulgu yugurgan yuzi. Shunaqangi ham yarashadimi kulgu derdim o'zimga. Sahnaga kulgu ustalari chiqdi. Va qiziqarli gap va latifalar etib kuldira boshladi. To'g'risi man uni eshitmadim. Ko'zim unda edi. Kulishi manga yoqgani bilgandek qiziqchilar yanada kuldurishardi. U og*zini qo*li bilan yopib, kulardi. Man uni kulishini ko*rib, yuzimga tabassum yugurdi. Kulaver kulaver deyrdim. U kulardi kulardi, ko*zlaridan yosh ham chiqdi. Man konsertga tushganimga hursand bo*la boshladim. Bunaqa qizlar kelarkan oldin bilmagan ekanmanda. Qiziqchilar ketishdi, ularni ko*zim bilan sahnadan kuzatib qo'ydim. Keyin go*zal tabassum sohibasiga qaradim. U yo*q. U ketibdi. Qaradim. Qidirdim. O*rinimdan turidim. Joyida yo*q. Ketibdi. Endi nima qilaman. Man uni yoqtirib qogandimu. Uni endi qatdan topaman. Ismini ham bilmayman. Qayerdan topdim endi. Iya dugonalari o*tiribdiku. So*rayman ulardan. Balki hozir qaytib kelar. Ana kelyapti. Yuzida usha go'zal tabassum. Sarv qomatini ko*z ko*z qilmasdan kelmoqda. Qomatlari biram kelishgan. Sevishga arziydigan ekan. O*rnimdan turib sevaman dib quchoqlab olgilarim keldi. Ammo bu bir hayol edi. U joyiga o*tirdi. Zerikarli, yoqimsiz qo*shiqlar menga yoqib keta boshladi. Menam o*ynay boshladim. Nazarimda eng zo*r qo*shiq shu edi. Afsus bu so*ngi qo*shiq ekan. Zaldan turib keta boshlagdi hamma. Man uni ortida yura boshladim. Unga dil izhori uchun gaplar o*ylab ketvoman. Tashqarida to*rt dugona gaplashib turibdi. Oldiga yaqin bordim. U qo'lini cho*ntagiga tiqib turardi. Man ular bilan salomlashdim. U qo*lini cho*ntagidan chiqardi. Barmog*ida nikoh uzugi bor edi. O*zimni yoqotib qo*ydim. Nima diyishga so*z topa olmadim. Nahotki uni eri bor. Nahotki men kech qolgan bo*lsam. Nega endi kurtak ochgan sevgim, barg ochmasdan xazon bo*lsa. Ular menga qarab turishardi. Men vaziyatdan chiqish uchun bekat qayerda deb so*radim. U menga nikoh uzugi taqilgan qo*li bilan ko*rsatdi. Undanda alam qildi. Shuncha umid alamga aylandi. O*zimga o*zim savol berdim. Nega men doyim kech qolaman? Menga atalgan baxt bordir. Uni eri dunyodagi eng baxtli erkak bo*lsa kerak. Uni yana so*ngi bor ko*rish uchun ortga o*grildim. U chiroyli kulib qarab turarardi...


Sog' salomatlik...
 
GiyosСана: Якшанба, 03-Апр-2011, 13:49 | Изох # 75
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 1130
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 59
Холати: Хозир йўқ
Qalb o*g*risi
Salom. Sizga ozgina aytadiganlarim bor edi, siz o*ta ketgan hudbinsiz,gap-so*zlariz bilan hammani o*zizga qaratib keyin qo4ib qolasiz,avval do*stlikni taklif qilas keyin qalbni o*g*irlab he4 narsa bo*lmagandek yurvuras,o*zi sizda yurak bormi?! Qan4a qizlarni qon yeg*latgansiz u manga qorong*u,sizga usha kuni qalbimni ochgandim siz esa ustimdan kuldingiz,sizdan nafratlanaman,siz o*z sevgingiz u-n kurashmaysiz qo*rqoqsiz,qalbingiz tosh kabi qattiq,har tong sizdan bir og*iz shirin so*z eshitarmikinman deb intiqib kutaman lek sizdan sado ham chiqmaydi,menga boshqa xat yo*llamang,biz endi do*st ham bo*lolmaymiz.

Bu maktub javob
Mayli men o*g*riman
Mayli siz meni shunday atang. Balki o*g*ridirman siz etganchalik. Mayli kurashay sevgim uchun, siz uchun. Lekin sizga bir gap. Siz meni bilmaysizku?! Men aslida qandayligim sizga qorong*u. Hatto gaplashmagansiz. Faqat yozuv bilan sevib bo*lmaydi. Hohlang siz un har tong she’r bitay. Lekin siz savol berdingizmi? U kim o*zi dib? Yo*q. Siz meni ko*ring. Yaqindan biling. Gaplashing yuzma yuz. Keyin ayting izohoriz. Men kurashay so*ng siz uchun. Siz menimas, meni internetdagi hayol dunyoyimni bilasiz. Shuni o*yladizmi? Sizni qiynamayman ortiq. Chunki do*stimsiz. Siz do*stim bo*lmaganizda sizga va*dalar berib hayolizni puch yong*oqga to*ldirib tashlardim. Lekin hich kimga bunday qilmayman. Men qo*rqoq emasman. Men tushunaman. Gar siz istaysiz ayriliq. Mayli do*stlik hurmati men rozi. Ketaman jimgina, ortga qaramay aslo. Ketaman doyimdagidek bir so*z etmay. U so*z ALVIDO. Kutadi, kutadi. Kutaman, kutaman. Kutamiz, kutamiz.


Sog' salomatlik...
 
Поиск: