[ Янги изохлар · Фойдаланувчилар · Қоида · Изламоқ · RSS ]
  • Страница 1 из 3
  • 1
  • 2
  • 3
  • »
Модератор форума: Giyos, SarVario, komol_76, Anv@rbek  
Дурдона асарлар (ХХ асрнинг 50-90 йиллари )
ledyСана: Сешанба, 05-Фев-2013, 22:40 | Изох # 1
Сайтимиз қадрли мухлиси
Гурух: VIP
Изохлар: 2050
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 1169
Холати: Хозир йўқ
Ретро асарларни жамлаймиз.

 
SpecialOneСана: Сешанба, 05-Фев-2013, 22:41 | Изох # 2
Иштирокчи
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Изохлар: 167
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 29
Холати: Хозир йўқ
Yaqin tarixdagi sevimli o'zbek adiblarining sevimli asarlari....
Mavzu qoidalari:
1. Asarlar haftaning har seshanbasida kiritib boriladi.
2. Har bir seshanba, faqatgina bir adib asarlari kuni bo'lishi kerak.
3. Har bir retro - ijodiston kunining ilk asarini o'zim kiritib borishga harakat qilaman. Bu albatta, mavzu tartibini saqlash uchun))
P.S. Takliflar ham inobatga olinadi!
Iltimos, mavzuni rivojlantirishga o'z xissangizni qo'shing.
O'ylaymanki, har bir retro - asar, yoshlik xotiralarimizni esga soladi))

Добавлено (15-Янв-2013, 23:12)
---------------------------------------------
ОЙБЕК - НАЪМАТАК
Нафис чайқалади бир туп наъматак,
Юксакда, шамолнинг беланчагида,
Қуёшга кўтариб бир сават оқ гул,
Виқор-ла ўшшайган қоя лабида,
Нафис чайқалади бир туп наъматак…
Майин рақсига ҳеч қониқмас кўнгил,
Ваҳший тошларга ҳам у берар фусун.
Сўнмайди юзида ёрқин табассум,
Яноқларни тутиб олтин бўса-чун,
Қуёшга тутади бир сават оқ гул!
Пойида йиғлайди кумуш қор юм-юм…
Нафис чайқалади бир туп наъматак…
Шамол инжуларини сепар чашмадак,
Бошида бир сават оқ юлдуз-чечак,
Нозик саломлари нақадар маъсум.
Тоғлар ҳавосининг ферузасидан,
Майин товланади бутун ниҳоли,
Ваҳший қояларнинг ажиб ижоди:
Юксакда рақс этар бир туп наъматак,
Қуёшга бир сават гул тутиб хурсанд!

Добавлено (15-Янв-2013, 23:15)
---------------------------------------------
ОЙБЕК - ЮРАМЕН
Юрамен, тошади севинчим,
Бу севинч қаердан, билмайман.
Кечанинг оғуши латиф, жим,
Юлдузлар чамани гуллаган.
Тошлар ҳам, қушлар ҳам ухлайди,
Шамоллар учганда эп-енгил,
Ой нури мавжланиб титрайди,
Баргларга киради ширин тил.
Коинот севгиси гул каби,
Қалбимда очилар, хаёл - ҳур.
Тўладир севинчнинг қадаҳи,
Юлдузлар томчилар олтин нур...

Добавлено (15-Янв-2013, 23:18)
---------------------------------------------
Rauf Parfining Oybekga atalgan misralari:

Tog'lar aro bir oydin buloq,
Atrofida shivirlar o'tloq.
Buloqda sha'n va sobit chiroy.
Nur yo'lidek o'ylari yiroq,
Suvda mangulikdek suzar oy...
Biroq, hayhot, bir quyun keldi...
Oydin buloq qayga berkindi?!
Qaydadir sha'n va sobit chiroy?
Falaklarga qarayman endi,
Falaklarda suzib yurar oy...

Добавлено (15-Янв-2013, 23:33)
---------------------------------------------
XX asr o’zbek adabiyotining rivojiga ulkan va bebaho hissa qo’shgan ulug’ adib, shoir, olim, jamoat arbobi, O’zbekiston xalq yozuvchisi Muso Toshmuhammad o’g’li Oybek 1905 yilning 10-yanvarida Toshkent shahrida, bo’zchi oilasida dunyoga keldi. Oldin o’rta maktabda, 1922-1925 yillarda esa Toshkent ta’lim va tarbiya texnikumida tahsil oldi. So’ngra O’rta Osiyo Davlat universitetining ijtimoiy fanlar fakultetida o’qishini davom ettirdi.
Oybek 1968 yil 1 iyulda 63 yoshida vafot etgan. Vafotidan so’ng uning 20 jildlik to’la asarlari majmuasi nashr etilgan.
Adib istiqlol davrida «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni bilan taqdirlangan (2000).
Faoliyati:
«Cholg’u tovushi» (1922, birinchi she’ri, «Tong yulduzi» gazetasida chiqqan)
«Tuyg’ular» (1926, birinchi to’plami)
«Ko’ngil naylari» (1929)
«Mash’ala» (1932)
«Baxtigul va Sog’indiq» (1933, she’riy to’plam)
«Baxtigul va Sog’indik» (1934, doston)
«Quyosh qoraymas» (1943-1958, harbiy mavzudagi roman, unga «Olovli yo’llar» to’plami eskiz (qoralama, badiiy asos) bo’lib xizmat qilgan)
«Qizlar» (1947, doston)
«O’ch» (1932, doston)
«Xamza» (1948, doston)
«Bobo» (doston, avtobiografik xarakterda)
«Temirchi Jo’ra» (1933)
«Qutlug’ qon» (1940)
«O’ch»kabi asarlar «xamirturush» bo’lib xizmat qilgan
«Bolalik» (1963, avtobiografik asari)
«Nur qidirib» (1958)
«Ulug’ ayol» (1967, bu romanda 1917-1922 yillar hayot voqealari
tasvirlangan)
«Gulnor ona»
«Fanorchi ota»
«Na’matak»
«Er»
«Turmush yo’lida»
«Tog’ sayri»
«Abadiyat va umr»
«Tepaga chiqamen, soyga tushamen»
«Quyosh qo’shig’i»
«Mashrab» (1937)
«Oltin vodiydan shabadalar» (1949, bu asarga «Qizlar» dostoni eskiz bo’lgan,
qahramonlari: O’ktam, Sayramov, Komila va boshq.)
«Guli va Navoiy» (1968, doston)
«Alisherning bolaligi» (bu qissa 1974 yilda e’lon qilingan)
«O’zbekiston» (1934)
«Yig’i kelmadi sira...» .
(Muso Toshmuhammad o'g'li Oybek haqidagi to'liq ma'lumotlar "Bo'ston akademik litseyi" saytidan olingan....)

Добавлено (15-Янв-2013, 23:53)
---------------------------------------------
Forum ishtirokchilariga ham e'tirozim, ham taklifim!
Temalada xotya bitta fikr qoldirila, vaqtila tig'iz bösayam!
Kirib öqib, pisand qimagande chiqib ketish yaxshimas-da!!!
Manga e'tiborila shartamas, shunchaki bunaqa holni köp temalada kördim!
Yoqmagan bögan taqdirida yana qayta kirib öqimasdilaku! Temalada har kommentdan keyin kamida 10-15 ta odam gost böladi-yu indami chiqib ketadi! Kimga kere özini aldash!
Hurmat qisela hurmat qib mehnat qganlaga öz fikrilani bildirila! Agar, mabodo, hurmat qimasela, temalariga kirmasdilayamku))
Haqqoniy bölaylik, yoqmasa, zapretga qöyishsin, kimdir öziga özi gapirib chiqib ketganidan köra!
Yoqsa fikrilani bildirila mehnat qladganla rohatlanib saytdagi forumga xizmat qilishsin!
Balki, notög'ri joyda yoki notög'ri fikrlani aytgandirman, unda uzr! Birovni majburlabam bömidi....

 
NOZIСана: Сешанба, 05-Фев-2013, 22:41 | Изох # 3
Сайтимиз қадрли мухлиси
Гурух: ИЗОХЛАР МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 2808
Тақдирланишлар: 3
Хурмат даражаси: 1158
Холати: Хозир йўқ
Ойбек ижоди мураккаб ва бой. Куп асарларини билмас эканман. Рахмат, кизикарли маълумотлар учун. Аммо мавзуни ташкиллаштиришга доир бир саволим бор: хар сешанба бирор муаллиф асарлари куйилади, деган шарти бор. Шу муаллифни бир хафта олдин эълон килинса, маълумотларни жамлашга вакт буларди. Сешанба кунининг узида эълон килинса, эрталабдан кечгача маълумот топиб улгуриб, уни жойлагунча, вакт кетиши мумкин

 
SpecialOneСана: Сешанба, 05-Фев-2013, 22:41 | Изох # 4
Иштирокчи
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Изохлар: 167
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 29
Холати: Хозир йўқ
Raxmat e'tibor uchun))
Taklifizni ma'qullayman.
Unda, keyingi retro-ijodistonda: Muhammad Yusuf.
 
Zinnura_KСана: Сешанба, 05-Фев-2013, 22:41 | Изох # 5
Sayyod.com мухлиси
Гурух: VIP
Изохлар: 863
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 1466
Холати: Хозир йўқ
Manga Yoqti bu mavzu judayam, Qoilman ! Sewanbada uy iwini qabul qivolasila dee

erka farishta....(m)....
 
SpecialOneСана: Сешанба, 05-Фев-2013, 22:41 | Изох # 6
Иштирокчи
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Изохлар: 167
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 29
Холати: Хозир йўқ
Sizgayam raxmat e'tibor uchun))
5+ olsa böladgan mavzu, 'uyga vazifa'ni kutamiz unda))

Добавлено (22-Янв-2013, 01:42)
---------------------------------------------
Bugun, Retro - Ijodistonda :
Muhammad Yusuf 1954-yil 26-aprelda Andijon viloyatining Marhamat tumanidagi Qovunchi qishlog'ida dehqon oilasida
tug'ilgan. U O'zbekistondagi eng yosh xalq shoiri (1998)
Muhammad Yusuf 2001-yilda vafot etgan.

Добавлено (22-Янв-2013, 02:05)
---------------------------------------------
Osmonning oxiri. (Muhammad Yusuf dostoni)
Osmonning oxiri qayerda, dedim bir donishga. U miq etmadi. Menga juda yoqdi bu javob.
Osmonning oxiri yo`q, axir! Irmoqning oxiri daryo. Daryoning oxiri dengiz. Osmonning esa oxiri yo`q.
Yo`l chetida yumalab yotgan toshni tepdim. Toshdan sado chiqmadi. Xudoga soldim, degani bu.
Olma shohiga osilib devorga chiqdim. To`kilgan meva qumursqalarga ermak bo`ldi. To`kilgan devor tuprog`i esa gunohimga gunoh bo`lib qo`shildi. Tunda paxsakash chol tushimga kirdi. Mening shirin uyqum buzildi. Xuddi eski devor buzilganiday…
Uyquning oxiri – o`lim. O`limning oxiri esa yo`q. Bo`lsa ham hech kim unga yetgan emas. Axir o`lim bu hamma narsaning oxiri-da. Odamning umri goho yerda yotgan qog`ozcha ham emas.
Ertalab ishga ketayotib ko`rgan qog`ozingni kechda qaytishda ham ko`rishing mumkin. Ertalab ko`rgan odamni esa hamisha kechqurun ko`ravermaysan.
Chumoli chumolini o`ligini tashiydi. Biya qulunidan ko`z uzmay o`tlaydi. Oqibat faqat odamlarda yetishmaydi. Yer odamni boqadi. Kiyintiradi. Odam esa uni bir kunda sahroga aylantiradi. Suv odamning mardikori: hosil beradi, tegirmon yurgizadi. Odam uni o`ylamaydi. Dunyodagi hamma narsa odamga yaqinlashishi bilan o`zligini yo`qotadi. Odam odamga yaqinlashganda ham topganidan yo`qotgani ko`proqdir...
Oftob qayerga botadi, deyman bobomga. Osmonning oxiriga, deydi u. Oftob osmonning oxiriga borib botmaydi, balki yig`laydi. Dunyodagi barcha yo`llarning oxiri - yig`i. Dunyoning oxiri - qiyomat ham yig`i. Odam yig`i nimaligini anglab yetguncha yaqinlari olamdan o`tgan bo`ladi.

Добавлено (22-Янв-2013, 02:06)
---------------------------------------------
Ko`rpangga qarab oyoq uzat, dedim o`zimga o`zim bir kuni. Keyin o`ylanib qoldim. Kim aytgan ekan bu gapni birinchi marta. Ehtimol, Odam Ato Momo Havoga aytgandir. Yo`q, bu yaqin kishilar bir-biriga aytadigan gap emas. Bu gap ko`rpasi bir odamlarning gapi emas. binobarin, Odam Ato bilan Momo Havoda ko`rpa ham nima qilsin?.. Ibtidoiy odamlar teri yopinib yotishgan. Qullarning ko`rpasi tuproq bo`lgan. Feodallar ko`rpa talashishmagan. Demak, bu ham kapitalizm illati!
Chaqaloq uchun hamma narsaning boshi-oxiri Ona ko`kragi. Oftobni chaqaloqqa o`xshatish mimkin bo`lsa, uning boshi osmonning ko`ksida. Xo`sh, Osmonning boshi kimning ko`ksida? Tog`larning boshi Yerning ko`ksida. Yerning boshi-chi?.. Bilmayman. Bilmaganimdan hijolat ham emasman. Bu yorug` dunyo aslida "bilmayman" degan so`zdan iborat. Men qachon tug`ilganimni aytib berishgan. Men qachon yurishni o`rganganimni yolg`iz onam biladi. Qachon tilim chiqqanini ham. Men birinchi she'rimni qachon yozganimni o`zim bilmayman. Xo`sh qani kim aytadi, oxirgisini qachon yozaman?..
Bilib turib birovga ozor berishdan yomoni yo`q. O`zing ham bilmasdan birovga yaxshilik qilishdan ortiq yaxshilik yo`q. She'r yozish ham o`zing bilmay birovga yaxshilik qilishdan gap. Haqiqiy she'riyat hamisha oyoq ostida. Misralar qulunlar kabi tuproqqa ag`anab yotishibdi. Tur, toychoq, chopamiz, desang bas. Biz har zamon bir oyoq ostiga boqib she'r topamiz. Keyin uning changini qoqamiz va qancha ko`p yuksak — shuncha ko`p she'r yo`qotamiz... Barcha buyuk zotlarning buyukligi ham hokisorligidir!
Men hozir Yerni ushlab to`xtataman. Nega tinmay aylanaveradi u? Nahot zerikmagan bo`lsa? Yerning oxiri qayda? Tasavvurnichi?.. Aniq raqamlarni jinim suymaydi. Uchburchaklar — tasavvur qafaslaridir. Xayol cho`mog`i qisqa zotlarning umri ham qisqadir. Mashaqqatning oxiri rohat. Rohatning oxiri yana mashaqqat. Kunning oxiri tun. Tunning esa oxiri yo'q. Bir og`iz sovuq so`z bilan diling yana zimiston. Loaqal, bir kungina kechgacha baxtli bo`lib yurgan odamni topib ber-chi menga!

Добавлено (22-Янв-2013, 02:07)
---------------------------------------------
Siz ming mashaqqat bilan chiqqan cho`qqida kapalak ham bor. Qumursqa ham yashaydi. Sizning bu yutug`ingiz ular uchun oddiy bir turmush tashvishi. Ular kunda-shunda. Men hidlab to`ymagan bedani biya qasirlatib chaynaydi. Yalpizni suv oqizib ketadi. Men ko`zimga surtgan suvda qurbaqa cho`miladi. Momaqaldiroq dunyoni boshiga ko`tarib hayqiradi. Yulduzlar qo`rqib qochib qolishadi. Bulutlar yig`lashga tushadi. Yer yuzida qo`ziqorinlar tug`iladi. Har qanday hayqiriq so`nggida nimadir dunyoga keladi. Nimadir dunyodan ketadi. Kulib gul ochiladi — yig`lab shabnam to`kiladi. Daryo toshadi — tog` nuraydi. Kelin xo`rsinadi — yanga ermak qiladi...
Odam dunyoga bir marta keladi. Shu bir kalima soz` bilan qancha savob ishlar qilish mumkin. Shu bir kalima so`z pinjida qancha gunohga botish mumkin. Bu gapni qari qiz aytsa , yig`laging keladi. Satanglar aytsa, ensasi qotadi odamning. Qo`y o`sha sevgi-pevgingni, ajrashinglar, deydi boyvuchcha ona qiziga. Odam dunyoga bir marta keladi! Seni bir haftada onasi o`pmaganga uylantirib qo`yaman-e, deydi takabbur ota o`g`liga: Ajrash. Odam dunyoga bir marta keladi!
...Olisga qatnovchi avtobus haydovchisi yo`l bo`yi xayol surib kelayotganimni ko`rib, meni gapga soladi. Ha, yigit. Muncha o`ychansiz, sevib qoldingizmi? Men indamayman. Sevgi yo`q, deydi u jahlim chiqqanidan huzur qilib. Sevgi suvga tushib ketgan. Tohirning sandig`ida... "Qalay, bopladimmi?" Bu — uning qovoq yuzidagi nim tabassum. Men undan qutulish uchun jilmaygan bo`laman. U buni o`zicha tushunadi. Endi nasihatga o`tadi: Xafa bo`lmagin-u, bo`shang yigit ekansan, og`ayni. Shunaqa xayol surib yuraversang, xotinsiz qolasan. — O`zingiz sevib uylanganmisiz? Savolim unga yoqmaydi. Shubhalanib bir qarab oladi. Va iddao bilan: Bo`lmasam- chi! Sevgan qizimga uylanganman, deydi. — Axir, sevgi suvga tushib ketmagan-ku, deyman. Tohirning sandig`ida. U endi eshitmaganga oladi. Men hozir chambarakni sherigimga berdim, dam olmoqchiman, deydi. Keyin yana qulog`imga shivirlaydi: xafa bo`lma, ustident, hazillashdim. Osmonnig oxiri qayerda, deyman unga jiddiy. U, hech narsani tushunmadim, degandek yelka qisadi. Mana, u shunday yuragimning yonboshida xurrak otmoqda. Men uni uyg`otib yuborishdan qo`rqaman! Mudroq bosgan dilim, Aytaman bir sir, Tangri uyquni-da Pallada tortar. Uyqu - ham Nasiyaga berilgan umr, Uyqung ortgan sayin Qarzing ham ortar...

Добавлено (22-Янв-2013, 02:07)
---------------------------------------------
Mening iste'dodli shoir do`stim nihoyat bir qizni sevib qoldi. Biz bugun birga kinoga boramiz. Men bo`lajak kelinning dugonasini zeriktirmasligim kerak. Salomlashamiz. Ya'ni, mana bunday: ular mening hali ham qurib ulgurmagan yaltiroq bo`yinbog`imga qarab jilmayib qo`yishadi. Bu — qalaysiz, degani. Men ularning belidan yuqorisi nafis ko`ylaklariga qaray olmay xo`rsinaman. Qizlar shoir og`aynimning ozg`in bo`yniga ishora qilib qiqirlashadi. Ularni bir amallab Eskijuvaga topshirib, tangalarimizni jaranglatib metroga chopamiz. Do`stim mening yoqamga yopishadi: Qalay bizning qalliqcha? Bo`lmaydi, deyman. U seni istagan kuni tashlab ketishi mumkin! Qishlog`ingga ket , deyman. U ketadi. Uyiga emas — Uzoq Sharqqa.
Keyin uyoqdan menga xatlar kela boshlaydi. Ayo, do`stim, osmonning oxirini topdim. Osmonnig oxiri Uzoq Sharqda — dengizning yoqasida ekan!.. Shoir yarim yildan so`ng, yarim kechada ustimga bostirib keladi. Kayfi taroq — egniga charm kurtka. Cho`ntak to`la pul. Uyni baliq hidi tutib ketadi. — Bilasanmi, Nilu - (Nilufar) erga tegayotganmish. To`yiga taklifnoma yuboribdi... To`yga bormaslikka ko`ndiraman. U tuni bilan uxlamay yozgan she'rini konvertga joylab bevafo qalliqchasiga jo`natamiz. Shoir Uzoq Sharqdan faqat baliq hidi emas, yangi maqol ham olib kelgan edi. U deyarli har kuni mendan so`raydi: Nega men seni o`zimga do`st tutdim, bilasanmi? Kim uchundir jonimni berishim mumkin bo`lishi uchun!.. Odam dunyoga bir marta keladi, do`stim...
Keng bir o`tloq bo`lsa. Atrofing ko`m- ko`k maysa. Osmon tip- tiniq. Maysaga yastanib yotsang-u... o`lib qolsang! Bedazorda ana shunday xayol surib yotsam, qanotlari oppoq bir kapalak kelib yelkamga chordona qurib o`tirib oladi. Salom, og`ayni. Nega kayfiyating yomon? Charchadim, dedim unga. Yashashdan charchadim. Kapalak bir xo`rsinib jo`navordi. Qiziq, unda ham bola- chaqa bormikin? Kapalakning kapasi qayerda? Nega shunday ojiz va nafis jonzot ham odamdan yuqorida uchib yuradi. Baquvvat va vazmin narsalar hamisha oyoq ostida bo`lishadimi? Demak, odam ogi`r- bosiqligi uchun xormi? Yengiltak va xushomadgo`y kimsalarni shuning uchun oshig`i olchi ekan-da... "Fikrlaringizni jilovlab oling, ular hamma narsaning boshlanishidir". Haligi kapalakning qanotidagi yozub bu. Tanishganimdan xursand edim. Tongda men uni bog`da ko`rdim. Atirgulning shoxida. Kechagi tushkun holatim uchun uyaldim. Uzr so`ramoqchi bo`ldim. Ammo kechidim. Atirguldan yumaladi kapalak, Bir silkinib qo`ymadi ham gul shoxi. Jon talashib, qum yaladi kapalak, Ko`chdi mening ko`ksimga ham titrog`i. Men undan Osmonning oxiri qayerda deb so`ramoqchiydim. Axir, buni faqat o`sha qanoti ojiz qush bilishi mumkin edi-da...

Добавлено (22-Янв-2013, 02:08)
---------------------------------------------
Osmon hech kimga qaramaydi. Bulutlarning ham egasi yo`q. Hech kim quyoshni ham meniki, deb ayta olmaydi. Agar shunday da'vogar topilsa, uni devonaga chiqarishadi. Xo`sh nega odamlar yerga egalik qilishadi. Atrofini o`rab olishadi- da, bu yer meniki, deyishadi. Yer talashib bir-birini o`ldirishadi. Menga ayting-chi, bahorning egasi kim?.. Boychechakning boshlig`i, binafshaning xo`jayini-chi?.. Ekkaningni o`rasan. Ekmaganingni esa, ko`rasan, xolos. Men bolaligim o`tgan joylarni o`zgarib ketishini istamayman. Men kimdir o`tinga mo`ljallab qo`ygan qadrdon shotutni odamni sog`ingandek sog`inaman. Tollar bilan quchoqlashib so`rashgim keladi. Xuddi qizlarni quchoqlagan singari. Agar shu gaplarni beda qorovuli eshitsa, xiringlab kuladi. Kel, deydi, ana dala to`la qoratol, xohlaganingni quchoqla, istaganingcha o`p: Gorko! Osmonning oxiri esa, yalpizning yelkasida. Bir yelkasida. Uning boshqa yelkasi to`la sog`inch, muruvvat, muhabbat. Agar shu gaplarni beda qorovuli eshitsa...
Osmonning oxiri qayerda, dedim men suygan qizimga. U mening peshonamni ushlab ko`rdi: issig`ing yo`qmi, ishqilib... Savolimni takrorladim. "Osmonning oxiri qaydaligini bilmadim-u, lekin do`konga sariyog` kelganmish. Agar mumkin bo`lsa, bir g`ayrat qilsalar..." Hech iloji yo`q, dedim. Ulug` ishlar bilan bandman. Hali uylanmasimdan ish buyuradi. Ayol zoti, agar unga ishqing tushganini sezib qolsa, burningni yerga ishqaydi. Qaysi dono bobokalon aytgan edi bu gapni? Ammo kimnidir sevmasdan ham yashab bo`lmaydi. Osmonnig oxiri esa yo`q. Bo`lsa ham menga nima? "Nega allaqanday taka turkmanlarni maqtaysan? Mening qayerim kam ulardan?.." Ko`ylaklari bilan ko`chalarni supurib yurgani uchun yaxshi ko`raman, bildingmi? Osmonning oxiri turkman qizlarning uzun yenglarida. Ular qo`llarini ko`targan joyda ko`k tugaydi. Qo`llari quyoshni to`sib qo`yadi... Qiziq, o`zi umrimda bironta turkman qiz bilan ko`rishmaganman. Tiliga ham tushunmayman. Lekin yaxshi ko`raman. Axir, xudoni ham yuzini bir ko`rmay turib yaxshi ko`radi-ku, bandalari. Muhammad ham uning bandasi. Uning va muhabbatning bandasi.

Добавлено (22-Янв-2013, 02:08)
---------------------------------------------
Vokzal qayerdan boshlanadi?.. Vokzal — chiptaxonadan. Tayyoragoh — pasportni izlashdan. Xo`sh, bozor-chi, bozor qayerdan boshlanadi? Hazilkashroq kishi cho`ntakni kavlashdan, deyishi mumkin. Jiddiyrog`i xomcho`tdan, deydi. Hammasi to`g`ri. Chunki bozorga hamma har xil xayolda boradi- da. Kimdir shunchaki zerikib. Kimdir dam olish uchun. Birov to`y taraddudi ila. Xullas, bozorga hammaning o`z so`qmog`i bor. Menimcha, bozor darvozadan boshlanadi. O`z darvozangdan chiqib, xarid qilishni ko`zlaganing bozor darvozasidan xatlashinga hamon o`garadi-qoladi. Bozorda, ayniqsa, Sharq bozorida, o`zingga qo`shilib yana bir juft qo`l cho`ntagingga kirib chiqayotgandek go`yo. Bir zumda non ushoqlariga qo`ling tegib qoladi. Koreys kampirning xushbo`y karamlaridan totib ko`rish hissi paydo bo`ladi. Arab qizlarining yuzlaridek lo`ppi xurmolar yonidan ko`z yumib o`tib ketolmaydi odam. Tarvuzlar o`zlari yumalab oyog`ing ostida o`yinga tushadi. Navbatda turib g`irt suyak go`sht olasan. Ichinda esa "meni tanidi, suyak qo`shmadi", degan yolg`on tasalli. Inqillab avtobus bekatiga kelasan. Shundagina uydan olib chiqqan maoshing yodga tushadi. Yopiray, nahotki barini ishlatdim?.. Xurmoni nega oldim? Tarvuz uyda bor edi-ku! Ana shunaqa gaplar. Xo`sh, bozor qayerdan boshlanar ekan? Bilmadim, bilmadim. Bilganim — bozor nima bilan tugashi. Xotin ila janjal bilan tugaydi.
...Oltiariqlik turpfurush choldan so`radim. Otaxon, bilmaysizmi, osmonning oxiri qaterda? Chol meni imlab yoniga chaqairib olib, qulog`imga shivirladi: Torozixonda, bolam!..

 
NOZIСана: Сешанба, 05-Фев-2013, 22:41 | Изох # 7
Сайтимиз қадрли мухлиси
Гурух: ИЗОХЛАР МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 2808
Тақдирланишлар: 3
Хурмат даражаси: 1158
Холати: Хозир йўқ
Мухаммад Юсуфдек кучли замонавий шоир бошка булмади. Хаёт фалсафасини бир карашда оддий куринган, кундалик турмушда учрайдиган вокеа-ходисалар билан тасвирлагани хайратланарли. Буюклик оддийликда. Хак гаплар

 
DictatorСана: Сешанба, 05-Фев-2013, 22:42 | Изох # 8
Рўйхатда
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 28
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 124
Холати: Хозир йўқ
Muhammad Yusufning ko'p she'rlarini o'qigandim, lekin bu dostonlarini o'qimagan ekanman. Manga judayam yoqdi. Odamni ruhiyatiga ta'sir qiladigan darajada kuchli yozilgan. Hayot falsafasi-juda oddiy, xamma tushunadigan so'zlar bilan ta'riflangan. Muhammad Yusuf baribir boshqacha...u kishi haqidagi yaxshi fikrlarimning oxiri yo'q...
Sizga katta raxmat!!! Mavzuni zo'r tayyorlabsiz! Omad!


Никто не может вернуться в прошлое и изменить свой старт... Но каждый может стартовать сейчас и изменить свой финиш!!!
 
ledyСана: Сешанба, 05-Фев-2013, 22:42 | Изох # 9
Сайтимиз қадрли мухлиси
Гурух: VIP
Изохлар: 2050
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 1169
Холати: Хозир йўқ
Ажойиб мавзу, лекин асар ва ретро сузлари бир-бирига богланмайдиган сузлар. Чунки асар шундай нарсаки, агар у мукаммал ёзилган булса хеч качон эскирмайди, аксинча авлодлар алмашиниб у уз кийматида колаверади.

Лекин мавзуни давом эттирамиз. Хам дам оламиз, хам одамларга завк улашамиз.

Добавлено (22-Янв-2013, 14:08)
---------------------------------------------
ONAMGA
Muhammad Yusuf she'ri

Oh, mening ortimdan ovvora onam,
Bir parcha yuragi ming pora onam.
Bir baloni ko`rib yorug` dunyoda,
Toshkanni ko`rmagan bechora onam,
Bolang bo`lib bir bor boshlab keldimmi,
Endi men ham senga farzand bo`ldimmi!..

Deysan: olislarda omon yursang bas,
Yodingga tushsam goh yo`qlab tursang bas,
Bolam, senga hamma qiladi xavas...
Axir, mening dardim qo`shiqmas faqat,
Men mashhur hofizmas — mashhur beshafqat,
Endi men ham senga farzandmanmi, ayt?...

Sha`ningga kuy bitdim. U seni topsin,
Poyingga tiz cho`kib, qo`lingni o`psin.
Undan ham ulug`im borligin ko`rsin,
Men uchun ham aziz holingni so`rsin,
Sensiz g`arib ko`nglim ko`ngilmi, onam,
Endi men ham senga o`g`ilmi, onam!..

Добавлено (22-Янв-2013, 14:09)
---------------------------------------------
UYQUDAGI QIZ
Muhammad Yusuf she'ri


Qaro yerga qo`yib bosh,
Bir qizgina uxlaydi.
Ko`zlariga to`lib yosh,
Hur qizgina uxlaydi.

Yotar qurib darmoni,
Mangu uxlar gul yanoq.
Ko`ngli to`la armoni,
Qo`yni to`la qizg`aldoq.

Bu dunyo hech sendek
Qiz yo`q edi tur singlim,
O`zing orzu qilgandek,
To`y qilamiz, yur singlim.

Oy yuzingga bir nafas,
Harir ro`mol o`rarsan.
Gulgul yonib muqaddas
Chimildiqqa kirarsan.

Добавлено (22-Янв-2013, 14:09)
---------------------------------------------
O`ZBEKISTON
Muhammad Yusuf she'ri


Oq yo`rgakka o`ragansan o`zing bizni,
Oq yuvib, oq taragansan o`zing bizni.
Beshigimiz uzra bedor ona bo`lib,
Kunimizga yaragansan o`zing bizni.
Fidoying bo`lgaymiz seni, O`zbekiston,
Hech kimga bermaymiz seni, O`zbekiston!..

Qalqoningmiz, qasd qilsa kim gar joningga,
Alpomishlar ruhi yor har o`g`loningga.
Asragaymiz giyohing ham gulday o`pib,
Yovlar yaqin yo`lolmagay qo`rg`oningga.
Adoying bo`lgaymiz seni, O`zbekiston,
Hech kimga bermaymiz seni, O`zbekiston.

Tuzing totib, unutganlar xor bo`ladi,
Ko`zlariga ikki dunyo tor bo`ladi.
Tinch kuningni ko`rolmagan yurtfurushlar
Bir kun bir kaft tuprog`ingga zor bo`ladi.
Adoying bo`lgaymiz seni, O`zbekiston,
Hech kimga bermaymiz seni, O`zbekiston!..

Adoying bo`lgaymiz seni, O`zbekiston,

Fidoying bo`lgaymiz seni, O`zbekiston!
Hech kimga bermaymiz seni, O`zbekiston!..

BER, ALLOHIM

Ta'magirni tortqilab
Nafsi qo'ymas, deydilar,
Nokas o'zi to'ysa ham,
Ko'zi to'ymas, deydilar.

Yolg'on dunyo bu dunyo,
Arzon dunyo bu dunyo,
Necha hokim beklardan
Qolgan dunyo bu dunyo.

Orzularim uchtasin,
Uchtasimas o'ntasin,
O'ntasinmas hammasin
Ber Allohim, ber, ber.

Uzat deysan, ber deysan,
Hech qo`ymading odamzod.
Tuya to`ydi, fil to`ydi,
Sen to`ymading, odamzod.

Kiprikdan ham qisqadir
Molu dunyo yo`llari.
Ibrat bo`lsin Iskandar
Ochiq ketgan qo`llari!..

Orzularim uchtasin,
Uchtasimas o'ntasin,
O'ntasinmas hammasin
Ber Allohim, ber, ber.

Shukr qilar hattoki
Qumursqa-parrandalar.
Shukr deysan sen qachon,
Xom sut emgan bandalar?..

Добавлено (22-Янв-2013, 14:10)
---------------------------------------------
SENI OSMONIMGA OLIB KETAMAN
Muhammad Yusuf she'ri


Mening shodligimsan, bolaligimsan,
Mening g`ussam o`zing, mening armonim.
Seni osmonimga olib ketaman,
Yerda bizga kun yo`q, kun yo`qdir, jonim!..

Ket, deb haydolmasam netaman,
Kel, deb aytolmasam netaman.
Seni osmonimga olib ketaman,
Seni osmonimga olib ketaman...

Xato qildimmikan men erta kelib,
Yo sen adashdingmi kelib keyinmi?
Goho kimliging ham bo`lmaydi bilib,
Inim deymi seni, sevgilim deymi?

Ket, deb haydolmasam netaman,
Kel, deb aytolmasam netaman.
Seni osmonimga olib ketaman,
Seni osmonimga olib ketaman...

O`ylamay deymanu o`ylamay bo`lmas,
O`tsang sen tomon bir bo`ylamay bo`lmas.
Sen mening hammadan yashirgan sirim,
Mening ertagimsan, so`ylamay bo`lmas.

Ket, deb haydolmasam netaman,
Kel, deb aytolmasam netaman.
Seni osmonimga olib ketaman,
Seni osmonimga olib ketaman!..

Добавлено (22-Янв-2013, 14:10)
---------------------------------------------
O`G`LIM JIGARGO`SHAM
Muhammad Yusuf she'ri


O`g`lim, jigargo`sham, anytgin-chi, nahot,
Achinmaydi joning onang holiga.
Meni to`shaklarga mixlab qo`ydi dard,
Kelsang bir ko`rsamu… o`lsam mayliga.

Chakka o`tgan eski tomga o`xshayman,
Ko`zimdan yomg`irlar to`kilar tinmay.
Sog`misan ishqilib qo`rqaman, bolam,
Uzoq-uzoqlarda yolg`iz yurasan...

Hayhotdek hovlida qoldim bir o`zim,
Nima xayollarga bormasman ba’zan.
Kundamas, oydamas, yilda eslagin,
Nahot achinmaydi joning onagga.

Sog`misan ishqilib qo`rqaman, bolam,
Uzoq-uzoqlarda yolg`iz yurasan...

O`g`lim, jigargo`sham, aytgin-chi nahot,
Achinmaydi joning onang holiga?
Meni to`shaklarga mixlab qo`ydi dard,
Kelsand bir ko`tarib chiqqin hovliga.

Qo`lingda jon berib o`lsam mayliga…

Добавлено (22-Янв-2013, 14:11)
---------------------------------------------
OTA
Muhammad Yusuf she'ri


Armonim bor, bu dunyoda armonim bor,
Qoq dalada o'tlar bosgan o'rmonim bor.
Qizg'aldoqday boshim egik bu makonda,
Yonib yashab o'tmagan otajonim bor.

Ota desam, bag'ri-dilim yonaverar,
Kunim yonar, oyu yilim yonaverar,
Mozoriga qo'ygan gulim yonaverar,
Tutunlarga to'lib ketgan osmonim bor.

Esaversin jannatlardan kelgan nasim,
Momo yerim, o'zingsan eng muqaddasim,
Bag'ringda jim tinglab bu tun jon nafasim,
Ruhimni allalab yotgan jahonim bor.

Odam bo'lib bir odamni tushunmaslar,
Ko'zingda yosh ko'rib ham goh o'kinmaslar,
Bosgan izim poylab yurgan ey, nokaslar,
Qabrdan qo'l cho'zib turgan qalqonim bor...

Men otamdan qolgan erkin sado-sasman,
Qonimga yot navolarga qayrilmasman,
O'lgunimcha endi undan ayrilmasman -
O'z otamdek bo'lib qolgan imonim bor.

Armonim bor, bu dunyoda armonim bor,
Keng dalada gullar bosgan o'rmonim bor,
Qizg'aldoqlar bosh egib qon yig'lab turgan
Bu makonda mening ham nurjahonim bor.

Добавлено (22-Янв-2013, 14:12)
---------------------------------------------
AYTINGLAR
Muhammad Yusuf she'ri

G'irot mingan Go'rog'li
Bobom qani, aytinglar,
Qo'ng'irotlik Alpomish
Og'am qani, aytinglar...

Tustovuqday tovlangan
Olam qani, aytinglar.
Ko'lda kiyik ovlangan
Dalam qani, aytinglar.

Kokillari yer o'pgan
Sanam qani, aytinglar.
Kuyib ketgan jonimga,
Malham qani, aytinglar

Dardim aytsam tushungan
Odam qani, aytinglar?..

Ko'nglim gulday ezilib,
Ko'zimga yosh to'lyapti
Eh, quyoshga osilib,
Botib ketgim kelyapti!

Добавлено (22-Янв-2013, 14:12)
---------------------------------------------
MUHABBATIM

Muhabbatim, qaydasan qalb ardog`im,
Jayronko`zim, qirlarda qolgan ohum.
Qo`lim tegmay to`kilgan qizg`aldog`im,
Endi seni izlab qaydan toparman...

Kelar bo`lsang, yo`lingga gul to`shardim,
Sen Layliga, men Majnunga o`xshardim,
Bu dunyoda hijron yo`q deb yashardim,
Endi seni izlab qaydan toparman...

Tushlarimda yig`larsan goh bag`ri qon,
Ohlaringdan dud chiqib osmon-osmon,
Menga senu senga men bo`ldik armon,
Endi seni izlab qaydan toparman...

Muhabbatim, qaydasan, qalb ardog`im,
Jayronko`zim, qirlarda qolgan ohum,
Qo`lim tegmay to`kilgan qizg`aldog`im,
Endi seni izlab qaydan toparman...

Добавлено (22-Янв-2013, 14:13)
---------------------------------------------
MEN BITTADURMAN
Muhammad Yusuf she'ri


Sanam, sochingdan ham shaydolaring ko'p,
Husning oshiqlari - adolaring ko'p.
Nimang ko'p, ko'yingda gadolaring ko'p,
Ammo men bittaman, men bittadurman.

Bek yigit bir sening poyingda xorman,
Garchi diydoringga mushtoqu zorman,
Men beun sevarman, men jim sevarman,
Qiyomatgacha shul sukutdadurman.

Deydilar: muhabbat bilmas masofa,
Ayriliqni pisand qilmas masofa.
Kelursan o'zing deb bir kun insofa -
Gohi Toshkent, gohi Urgutdadurman.

Tiling bilmasam ham tushungandayman,
Sen bilan gohi do'st tutingandayman.
Gohi bu do'stlikdan o'kingandayman,
Ming bir xayol ichra ming bittadurman.

Suymoq - bu gulxanda kuymoq azali,
Men shahar erkasi, sen tog' go'zali.
Eslab yur yodingga tushgan mahali -
Shaydolaring ko'p-u, men bittadurman!..

Добавлено (22-Янв-2013, 14:14)
---------------------------------------------
TURKMAN QIZ
Muhammad Yusuf she'ri


Aylanaman, Sharqni kezib aylanaman,
Iboli bir yor topolmay o'ylanaman.
O'z yurtimning suluvlari til uqmasa,
Uzun ko'ylak turkman qizga uylanaman...

Ko'zim tushsa yuzlarin lov-lov yonadi,
Yelkasida qirqta chaman tovlanadi,
Kesilmagan kokillari to'lg'onadi,
Uzun ko'ylak turkman qizga uylanaman...

U elining urflarini qilmaydi xor,
Beshigi hech allasiga bo'lmaydi zor,
Qoshida momosi qo'ygan o'smasi bor,
Uzun ko'ylak turkman qizga uylanaman...

U ajralib turar turfa gul ichida,
Oftob chiqib, oftob botar kulgichida,
O'z tilida gapirmaydi til uchida,
Uzun ko'ylak turkman qizga uylanaman...

Bir xil libos kiymish ko'rdim nechalari
Oybaldog'i yonib turar kechalari.
Yashnab ketar yursa Toshkent ko'chalar
Uzun ko'ylak turkman qizga uylanaman.

Go'shangaga kirganimda yorga yetib,
Menga o'lan so'ylab berar yodlar etib
Bobolarim ruhlarini shodlar etib,
Uzun ko'ylak turkman qizga uylanaman.

Добавлено (22-Янв-2013, 14:15)
---------------------------------------------
ERKA KIYIK

Erka kiyik, maylimi bir erkalasam,
Majnun bo'lib sahrolarga yetalasam,
Bu dunyoda birday g'arib men ham, sen ham,
Erka kiyik, maylimi bir erkalasam?..

Sening ko'zing qora, mening ko'zim qora,
Sening bag'ring yara, mening bag'rim yara,
Bu dunyoda sen bechora, men bechora!..
Erka kiyik, maylimi bir erkalasam?..

Shamol emas, izing quvib yurdi kamon,
Sayyod mening kulbamni ham qildi vayron.
Sening joning , mening jonim — omonat jon,
Erka kiyik, maylimi bir erkalasam?..

Kel, yig'laymiz birgalashib yantoqlarga,
Sahrolarda qurimagan buloqlarga,
Ikkalamiz yaralganmiz qiynoqlarga,
Erka kiyik, maylimi bir erkalasam?..

Umrimizning barcha yo'li, so'qmog'i cho'g',
Cho'g'dan qo'rqma, beyuz qo'ygan qopqondan qo'rq.
Bu dunyoda senga do'st yo'q, menga do'st yo'q,
Erka kiyik, maylimi bir erkalasam?..

Soch oqardi, dildosh kutib ko'zim toldi,
Yuragimdan to'kilmay ne so'z qoldi,
Yo'l so'ngida, hech bo'lmasa o'lim oldi,
Erka kiyik, maylimi bir erkalasam?..

Добавлено (22-Янв-2013, 14:16)
---------------------------------------------
ONAIZOR
Muhammad Yusuf she'ri


Ko`nglim qolsa bulbuldan ham guldan ham,
Qolar bo`lsam bir kun axir tildan ham…
Agar bir zot yig`lasa chin dildan ham –
Ona yig`lar, ona yig`lar, ona u…

Sig`may qolsam shunday keng bu jahona,
Osmonlarga ruhim bo`lsa ravona,
Jonsiz tanim ustida ham parvona –
Ona yig`lar, ona yig`lar, ona u…

Tonar bo`lsa qo`limdagi tor, dunyo,
Uch kun o`tmay unutgay do`st-yor, dunyo.
Yeru ko`kni titratib zor-zor, dunyo –
Ona yig`lar, ona yig`lar, ona u…

Gulday kulib yurmasmidi, o`g`lim deb,
Ko`rib ko`nglim to`lmasmidi, o`g`lim deb,
Onang o`lsa bo`lmasmidi, o`glim deb
Ona yig`lar, ona yig`lar, ona u…

Ko`nglim qolsa bulbuldan ham guldan ham,
Qolar bo`lsam bir kun axir tildan ham…
Agar bir zot yig`lasa chin dildan ham –
Ona yig`lar, ona yig`lar, ona u…

KO`KLAMOYIM
Muhammad Yusuf she'ri


Sochimda oq, men bahordan o`tindim:
Ko`klamoyim, ko`kingdan ber bir chimdim.
Qor qo`ynida seni qo`msab o`kindim,
Ko`klamoyim, ko`kingdan ber bir chimdim.

Ko`nglimga ko`k binafshalar sochilsin,
Kokiliga tolpopukdan soch ilsin,
Boychechakka borar yo`llar ochilsin
Ko`klamoyim, ko`kingdan ber bir chimdim.

Kel-da, endi sog`intirmay odamni,
Sen yo`g`ingda bir g`am bosdi yelkamni,
Qorlar kurab ko`mib keldim otamni...
Ko`klamoyim, ko`kingdan ber bir chimdim.

Ko`king bilan kiyintiray dalamni,
Oyoqyalang suyuntiray bolamni,
O`zing olgin ko`ksimdagi alamni,
Ko`klamoyim ko`kingdan ber bir chimdim.

Jon ustiga asrab yuray ko`kni men,
To`yib-to`yib ko`zga suray ko`kni men.
Yana senga yetamanmi-yo`qmi men,
Ko`klamoyim, ko`kingdan ber bir chimdim.

Dil yayrasin dala dashting yasanib,
Yalpizlaring suv bo`yiga yastanib,
Ikki misra bayt bitay bir maqtanib,
Ko`klamoyim, ko`kingdan ber bir chimdim!..

ERKA OHU
Muhammad Yusuf she'ri


Erka ohu, maylimi bir erkalasam,
Majnun bo`lib sahrolarga yetalasam,
Bu dunyoda birday g`arib men ham, sen ham,
Erka ohu, maylimi bir erkalasam?..

Sening ko`zing qora, mening ko`zim qora,
Sening bag`ring yara, mening bag`rim yara,
Bu dunyoda sen bechora, men bechora!..
Erka ohu, maylimi bir erkalasam?..

Shamol emas, izing quvib yurdi kamon,
Sayyod mening kulbamni ham qildi vayron.
Sening joning , mening jonim — omonat jon,
Erka ohu, maylimi bir erkalasam?..

Kel, yig`laymiz birgalashib yantoqlarga,
Sahrolarda qurimagan buloqlarga,
Ikkalamiz yaralganmiz qiynoqlarga,
Erka ohu, maylimi bir erkalasam?..

Soch oqardi, dildosh kutib ko`zim toldi,
Yuragimdan to`kilmay ne so`z qoldi,
Yo`l so`ngida, hech bo`lmasa o`lim oldi,
Erka ohu, maylimi bir erkalasam?..

Добавлено (22-Янв-2013, 14:16)
---------------------------------------------
MUHABBAT YO'Q EKAN
Muhammad Yusuf she'ri


Bir qiz yig'lar buloq boshida,
Ma'yus majnuntollar qoshida,
Ko'ngil ohi ko'zin yoshida:
Bevafo ko'p ekan dunyoda...
Muhabbat yo'q ekan dunyoda!

Nigohida oftoblari bor,
Ko'z yoshlarin javoblari bor,
So'ngan sevgi azoblari bor,
Bevafo ko'p ekan dunyoda...
Muhabbat yo'q ekan dunyoda!

Ermak ekan endi Laylolar,
Majnun g'arib kezgan sahrolar,
Ertak ekan Tohir-Zuhrolar,
Bevafo ko'p ekan dunyoda...
Muhabbat yo'q ekan dunyoda!

Dildan ko'chib ketsa xayollar,
Yomonga yo'q ekan jazolar,
Yolg'on dunyo ekan dunyolar,
Bevafo ko'p ekan dunyoda.
Muhabbat yo'q ekan dunyoda!

Qo'y yig'lama mening jon singlim,
Men ham sendek bag'ri qon singlim.
Menga ham yo'q mehribon singlim,
Bevafo ko'p ekan dunyoda,
Muhabbat yo'q ekan dunyoda!

Добавлено (22-Янв-2013, 14:18)
---------------------------------------------
ULUG`IMSAN VATANIM
Muhammad Yusuf she'ri


Men dunyoni nima qildim,
O`zing yorug` jahonim,
O`zimga bek,
O`zim sulton,
Sen taxti Sulaymonim,
Yolg`izim,
Yagonam deymi,
Topingan koshonam deymi,
O`zing mening ulug`lardan
Ulug`imsan.

Sen Ho`jandsan,
Chingizlarga
Darvozasin ochmagan,
Temur Malik orqasidan
Sirdaryoga sakragan,
Muqannasan qorachig`i
Olovlarga sachragan,
Shiroqlarni ko`rgan cho`pon
Cho`lig`imsan, Vatanim.

Shodon kunim gul otgan sen,
Nolon kunim yupatgan sen,
Yuzing bosib yuzimga.
Singlim deymi,
Onammi,
Ilig`imsan, Vatanim, o`zingsan,

Sen – shoxlari osmonlarga
Tegib turgan chinorim,
Ota desam,
Qizim deb,
Bosh egib turgan o`zing,
Ulug`imsan, VATANIM !

Kim Qashqarni qildi makon,
Kim Enasoy tomonda,
Jaloliddin – Qurdistonda,
Boburing – Hindistonda,
Bu qanday yuz qarolig` deb
Yotarlar zimistonda,
Tarqab ketgan to`qson olti
Urug`imsan, Vatanim…

Qizim desa osmonlarga
G`irot bo`lib uchgayman,
Chambil yurtda Alpomishga
Qayliq bo`lib tushgayman,
Padarkushdan pana qilib
Ulug`beging quchgayman,
G`ichir-g`ichir tishimdagi
So`lig`imsan, Vatanim…

Shodon kunim gul otgan sen,
Nolon kunim yupatgan sen,
Yuzing bosib yuzimga.
Singlim deymi,
Onammi,
Ilig`imsan, Vatanim, o`zingsan,

Sen – shoxlari osmonlarga
Tegib turgan chinorim,
Ota desam,
Qizim deb,
Bosh egib turgan o`zing,
Ulug`imsan, VATANIM !

Shodon kunim gul otgan sen,
Nolon kunim yupatgan sen,
Yuzing bosib yuzimga.
Singlim deymi,
Onammi,
Oftobimsan, Vatanim, o`zingsan,

Sen – shoxlari osmonlarga
Tegib turgan chinorim,
Ota desam,
Qizim deb,
Bosh egib turgan o`zing,
Ulug`imsan, VATANIM !

QUYOSHGA QARAB OQQAN SUV
Muhammad Yusuf she'ri


Quyoshga qarab oqqan suv,
Dardimni aytgan edim-ku,
Dodimga yetmaysan nega,
Quyoshga qarab oqqan suv?..

Qanday yuzsiz do`stimsan,
Ohlar to`la ko`ksimdan
Oh urib ketmaysan nega,
Quyoshga qarab oqqan suv?

Suvingga qarab yoshimni,
Qiblaga qaratib boshimni
Yotqizib ketmaysan nega,
Quyoshga qarab oqqan suv?..

Men kimman? Bir yolg`izman,
Suv bo`yida bir yalpizman.
Oqizib ketmaysan nega,
Quyoshga qarab oqqan suv?

Quyoshga qarab oqqan suv.
Onamdek meni boqqan suv...

Добавлено (22-Янв-2013, 14:20)
---------------------------------------------
Xavotir

Qo'rqaman, ertaga men o'lib ketsam,
Yotar bo'lsam qumga botib ko'zlarim,
Ko'nglimni ko'chkiday bosadi bir g'am –
Yig'lashni ham bilmas mening qizlarim…

Eng yaqin do'stlarim g'iybatim qilar,
Eng zaif dushmanim ustimdan kular.
Ular-ku, ne qilsa o'zlari bilar,
Yig'lashni ham bilmas mening qizlarim…

Shoir o'lsa kim ham kuyinar deysiz,
Madhoyaboz hozir suvarakday ko'p.
Ular misli qishda tarnovdagi muz,
Barmoq tegsa yerga to'kilar to'p-to'p…

Tildan qolsam ko'zda qotib yoshlarim,
Ko'nglimdan boshqa bor axir, ne zarim?
Yerlarga egilgan kuni boshlarim,
Yig'lashni ham bilmas mening qizlarim…

Ular yosh. O'limdan qo'rqaman yomon,
Chunki, dardiga hech quloq solmadim.
Qabrimning ustida yig'lasin debon,
Qizlarim ko'zyoshin asray olmadim!

Добавлено (22-Янв-2013, 14:21)
---------------------------------------------
Mish-mish
Mayda mish-mishlardan zirqirar tovon,
Unganmiz-ku asli bitta tuproqdan.
U kuni she’rimni tinglab, bir nodon
Meni maqtab qo'ydi: falon qishloqdan.

Shu bir so'zdan tuygan huzurin ko'rsangiz,
Go'yo oyni uzib olgan bu odam.
Bundaylar uchrasa, yurtin so'rsangiz,
Mahallasin aytar Afrikada ham.

Ayting, xafa bo'lay men yana kimdan?
Birov davlat qurar, birov uy tiklar.
Asli bir xalqligin bilar-u, zimdan
Nechun, bir-birovin ko'rolmas ular.

Bitta dayr arodan bir tushgan kema,
Bir qirg'oq yer, bir kun suzishdan tolsang.
Birodar, bunchalar gerdayding, nahot,
“O'zgani sher bilgan”, naqlin bilmasang?

Bo'lingan bo'lisning o'chgay chirog'i,
Ortga bir qayriling, mingta qiyos-ku.
To'pga tutgan kuni Toshkentni yog'iy,
Amir Nodirani so'ygani rost-ku…

Ungan joyimga-ku, qullug'im bisyor,
Sog'inch to'la dilim aylar ming faxr.
Ammo boshim silar bitta Vatan bor,
Men ham uning bitta o'g'liman, axir.

O'yim uzaymoqda ulg'aygan sarim,
Kengroq bo'lsak, deyman bu keng dunyoda.
Farg'onada bo'lsa yarim jigarim,
Jigarimning yarmi Surxondaryoda.

Baxmal bo'lagiga munchoq qadalgan,
Bir oltin beshikda o'sgan o'zbekmiz.
Bir paytlar Jayhun, Sayxun atalgan
Ikki qosh ostida bir juft ko'zdekmiz…

Mayda mish-mishlardan bitta bezgan — men,
Zanglagan hanjardek o'tdi u jondan,
Tanihib qo'yaylik: she’rni yozgan men —
Muhammad Yusufman
O'ZBEKISTONdan.

Добавлено (22-Янв-2013, 14:22)
---------------------------------------------
O'p meni

Mening g`animlarim bulutdan ham ko`p,
Ortimdan soyadek yurishar to`p-to`p,
Salomat ekanim ham bir g`animat,
O`p meni, sevgilim, o`p, so`nggi bor o`p.

Ko`ngil yig`lar, qara ko`zlar tonmoqda,
Ko`kragimga ko`ksing qo`ygin - yonmoqda,
Chayqalib turipti ruhim tamoqda,
O`p meni, sevgilim, o`p, so`nggi bor o`p.

Ey mening jallodim, ey mehribonim,
Ko`kim tuproq mening, tuproq - osmonim,
Tilimning uchida turipti jonim,
O`p meni, sevgilim, o`p, so`nggi bor o`p.

Tun deganlari bu - tilsiz bir tilsim,
Tushi to`liq cho`g`mi, o`qmi, kim bilsin?
Tongda turarmanmi-yo`qmi, kim bilsin?..
O`p meni, sevgilim, o`p, so`nggi bor o`p.

Jon shunday uzilsa, bu - oson o`lmoq,
Sevsang, sitamingdan o`ldir meni, moh.
Qoshlaring dog` bo`lsin, sochlaring - sirtmoq,
O`p meni, sevgilim, o`p, so`nggi bor o`p.

Добавлено (22-Янв-2013, 14:23)
---------------------------------------------
Maktub

Sevgilim,
Sevgilim,
Og`riydi dilim.
Jonim og`riyverar sizni o`ylasam.
Gulday yuzinggizni silar endi kim,
Meni eslarmisiz - yo`qmi o`shal dam...

Bulutlar ko`k kezar kunda piyoda
Ufqqa oftob botar qizil gulxanday.
Armonim ekansiz yorug` dunyoda,
Sizni o`ylamasdan yasharman qanday?

Ko`nglim ayvonida kuz hushtak chalar,
Ko`zimdan yosh bo`lib yog`adi yaproq.
Do`stlarim - takabbur shoirvachchalar
O`zlarin sevishar yoridan ko`proq.

Kunlarning kaftida sevgi xanjari,
Bag`rimda begunoh bir gul so`ladi.
Toychoqqa aylanib goh kechalari,
Tuproqqa ag`anab yotgim keladi!..

Sevgilim,
Sevgilim,
Og`riydi dilim.
Jonim yomon og`rir sizni o`ylasam.
Sunbul sochingizni silar endi kim,
Meni eslaysizmi-yo`qmi o`shal dam.

Bilmayman,
Bilishni istamayman ham,
Bilganim - menga baxt nasib etmadi.
Yillar o`taverdi, ko`zim o`ngidan,
Sizning oydek ruxsoringiz ketmadi...

Dunyo omon bo`lsin,
Siz bo`ling omon,
Omadli bo`ling siz.
Baxtli bo`ling siz.
Lekin,
Bilib qo`ying,
bilib qo`ying hamon
Sizni unutolmas Muhammadingiz!

М.Юсуф

Добавлено (22-Янв-2013, 14:23)
---------------------------------------------
O'zbek haqida ballada

Qiyosi yo'q uning mehri bir daryo,
O'xshasa o'ziga o'xshaydi O'zbek.
Boshqa millatlarni bilmadim, ammo,
Dunyoda bolam deb yashaydi O'zbek!

O'nta bo'lsa o'rni boshqa uningchun,
O'g'lim otashimdan yaralgan uchqun.
Qizim parilardan chehrasi gulgun,
Qoshlari qalam deb yashaydi O'zbek!

Bir qo'lda belanchak, bir qo'lda Qur'on,
Bir elkada ketmon, birida iymon.
Barchaga barobar oftobsimon,
Yashnasin olam deb yashaydi O'zbek!

Bobolari qaysi yigitlardan kam,
Momolari hushro'y yuzdan oshsa ham.
Zurryodlari bo'lsa bitta uyga jam,
To'shak yetmay to'nin to'shaydi O'zbek!

Ehtirom etganga ehromlari bor,
Kekkayganga bo'yin egmaydi zinhor.
Beshik to'la jajji islomlari bor,
Tosh o'tmas qo'rg'onga o'xshaydi O'zbek!

Qiyosin topdingmi aytgin Muhammad?
O'xshasa o'ziga o'xshaydi O'zbek.
Yomon sher yozsang ham betingdan o'pib,
Kam bo'lma bolam deb yashaydi O'zbek!

М.YUSUF

Добавлено (22-Янв-2013, 14:24)
---------------------------------------------
Офтоб чиқар,
Офтоб ботар,
Чўғлар сочиб танангга,
Бир кунгина бормай қўйсанг
Нима қилар далангга?..
Бир шонача парвоналар
Бўлолмайсан болангга,
Ташнаи нолоним менинг,
Бободеҳқоним менинг.

Иш дегани фақат сенга
Чиққанми ё эй мўмин,
Қора меҳнат йўргагингдан
Юққанми ё эй мўмин?
Онанг сени пахтазорда
Туқанми ё эй мўмин?..
Қадоққул-товоним менинг,
Бободеҳқоним менинг.

Epyр юзим,
Кўк ёришиб
Кетгайдир бир жилмайсанг,
Дунёларни оққа ўраб
Қўйганингни билмайсан,
Уйингда ҳам,
Тўйингда ҳам
Пайкалингни уйлайсан,

Ким толиқди чўл бағрида
Бўстонларни яратиб,
Қора денгиз бўйларида
Ким кезар жон яйратиб,
Минбар тўла гапга чечан
Нотиқларни сайратиб,
Ўзи безабоним менинг,
Бободеҳқоним менинг.

Шийпонларда ўлтирардинг
Кўтаролмай белингни,
Семиз вакил мактабидан
Ҳайдаб келди ўғлингни,
Кеч куз эди, ечиб бердинг
Эгнингдаги тўнингни:
Ол, кийвол, полвоним менинг…
Бободеҳқоним менинг.

Болажоним,
Сен-ку келдинг,
Жонинг ачиб отангга,
Хатто сенинг меҳнатингни
Билмадилар, аттанга…
Пучокни хам пахта қилиб
Топширганлар Ватанга!..
Топгани талоним менинг,
Бободеҳқоним менинг.

Олам яралгандан буён
Дехқон кимни алдабди,
Дехқон қўлин қабартирган
Кетмон кимни алдабди,
Ўзбегимнинг пешволари
Ўзбегимни алдабди…
Оҳ, лолу ҳайроним менинг,
Бободеҳқоним менинг.

Соддадилим,
Сен-да суйиб
Ишонгандинг уларга,
Тонгни тонгга улаб меҳнат
Қилдингми тулқиларга,
Бир Қўлингнинг фурсати йўқ
Бир Қўлингни силарга,
Меҳнати армоним менинг,
Бободеҳқоним менинг.

Жоним бобом,
Гапир сен ҳам
Бундоқ холу аҳволинг,
Балиқ бўлиб уватларда
Сузиб юрар ҳаёлинг,
Сени сотган олчокларга
Йўқмиди бир саволинг?..
Эҳ, Oғиp карвоним менинг,
Бободеҳқоним менинг.

Нега хомуш ерга боқдинг,
Бўйингдан айланайин,
Шу топда кунглингдан кечган
Уйингдан айланайин:
Арпа эккан — арпа ўрар,
Буғдой эккан — буғдойин!..
Ҳалол тузу ноним менинг,
Бободеҳқоним менинг.

Замин аро тирикликни
Бор қилгувчи ўзингсан.
Ё гулизор
Ё ташнаи
Зор қилгувчи ўзингсан,
Оби ҳаёт таратгувчи
Буюк сувчи ўзингсан,
Тинчликка посбоним менинг,
Бободеҳқоним менинг.

Сен хамиша ҳақ томонсан,
Сен ҳақиқат томонсан
Инсон зотин ёруғликка
Етакловчи сарбонсан,
Ўзинг бемор,
Ўзинг табиб,
Ўзинг малҳам, дармонсан,
Бағри кенг осмоним менинг,
Бободеҳқоним менинг.

Ер айланар,
Ер айланар,
Ер югуриб тинмайди,
Сенинг ойдек юзларингдан
Тер югуриб тинмайди,
Қўлинг тегмай бу дунёда
Битта гиёх унмайди,
Тин билмаган жоним менинг,
Бободеҳқоним менинг.

Элим ризқи мудом сенинг
Пешонангнинг терида,
Элим ризқи етилгайдир
Юрагингнинг қўрида,
Савлат тукиб ўтирганим
Қурултойлар турида —
Беқасам чопоним менинг,
Бободеҳқоним менинг.

Мен хам сенинг тузу нонинг
Ичиб юрган болангман,
Шоирман деб қушдай куниб,
Учиб юрган болангман,
Узинг билан пайкалда сув
Кечиб юрган болангман —
Сенга бу достоним менинг,
Бободеҳқоним менинг...

Добавлено (22-Янв-2013, 14:24)
---------------------------------------------
Kumush

Marg`ilonda Kumushni ko`rdim,
Ko`ziga yosh olib turibdi.
Sochlarini maydalab o`rib,
Otabekni kutib yuribdi.

Tongda turib qalam qoshiga
O`sma qo`ygan ekan quribdi,
Ko`zdan oqqan achchiq yoshlari
O`smasini yuvib turibdi...

Meni bir o`y qiynaydi yomon,
Yana yurak o`ynaydi yomon.
Qo`yvor zamin, qo`yvor osmon,
Men uyimga yetaman qachon?

Meni bir o`y qiynaydi yomon,
Yurak yana o`ynadi yomon.
Toshkentga qiz berma Marg`ilon -
Qodiriy yo`q, Zaynablar omon!

Добавлено (22-Янв-2013, 14:25)
---------------------------------------------
Alloh go'zal

Orazi gul, husni hilol,
Alloh go'zal, Alloh go'zal.
Mutloq kamol, mutloq jamol,
Alloh go'zal, Alloh go'zal…

Arsh arkida sulton o'zi,
Beaybu benuqson o'zi.
Poyiga cho'k, ul Zuljalol,
Alloh go'zal, Alloh go'zal…

Diydori bir shirin umid,
Azal vujud, abad vujud.
Kimga ayon, kimga xayol,
Alloh go'zal, Alloh go'zal…

Nahri zilol, bag'ri bahor,
Gul chehra yor, nur chehra yor.
Oromijon, oshuftahol,
Alloh go'zal, Alloh go'zal…

Tuproqqa jon etmish ato
Momo havo, Odam Ato,
Loydan odam yasar kulol,
Alloh go'zal, Alloh go'zal…

Shoir tilak-ta’bim o'shal,
Ruhim o'shal, Rabbim o'shal,
Allohu akbar, ey Bilol,
Alloh go'zal, Alloh go'zal!.

Добавлено (22-Янв-2013, 14:25)
---------------------------------------------
Munojot

Umr nima.Umr aslida bir yumaloq tugmacha yo’l,
Tugmadan sal kattaroq yo yana bir nimacha yo’l.
Beshigimning oldidan qabrim oldigacha yo’l,
Men ketarman bir kuni, navolarim, zorim qolur.

Bu uzun hijron yo’lidir, bu uzun azob yo’li,
Har sahar kulib chiqib, yig’lab botar oftob yo’li.
Kim uchun gunoh yo’lidir, kim uchun savob yo’li,
Harnadir, har biriga ortimda iqrorim qolur.

Yaxshilik murodi bor har dilga men jonim beray,
Yaxshilarga qo’lda boru yo’g’u imkonim beray.
Ko’ngli pok shogirdima bulbul bu zabonim beray,
Men ketarman bir kuni, zor yig’labon torim qolur.

Men ketarman, qolmagay tilla taxtu ko’shklarim,
Menga bu dunyoda chin keltirdi baxt qo’shiqlarim.
O’zbegim uyida yangrar hamma vaqt qo’shiqlarim,
Yod bo’lib aytganlarim, elimda alyorim qolur.

Ol, deya bir kun egam, osmonga uchsa ruhlarim,
Bir ajib moviy diyor bo’ynini quchsa ruhlarim –
Ko’k mening ko’ksim bo’lur, yulduzlari anduhlarim,
Gul o’pib, gul yopinib har dilda mozorim qolur.

Добавлено (22-Янв-2013, 14:26)
---------------------------------------------
O'zbek

Sen pahta terarding yeti bukilib,
Paykalingda eding ey onajonim.
O`zbekmisiz, deya g`alati kulib,
Mendan so`rab qoldi bir tannoz honim.

Tannozlar bilan ne ishim bor,
Yorab,
Ammo tushundim bu ishorasiga.
Qarshimda turardi u ermaktalab,
Malika boqqandek fuqarosiga...

Mana, gazetalar chiqdi qo'ynidan,
Hammasi o`zicha qiladi talqin.
Tillolar topilgan emish uyingdan,
Oltinga ko`milib qolibsan, halqim.

Sen nega Qrimga bormaysan yozda,
Yoki sen otangni o'gay o'g'lisan?!
So'ksa indamaysan, qo'ymi - to'qlisan,
Ursa yig'lamaysan, demak -o'g'risan!

Sahardan shomgacha mo'ltirab, ko'zing
Ko'rmay qolgunicha chopding dalangni.
O'g'irlik qilmasang, ayt axir o'zing,
Qanday boqayapsan shuncha bolangni.

Xonim nigohidan uqqanlarim bu,
Ko'nglimdan kechganin bilib turadi.
Yasama yuzida yasama qayg'u,
O'zbekmisan, deya kulib turadi.

Bir boplay dedimu tilimni tiydim,
Mayli, odam qurib shunga so'z deymi.
O'zbekni yer tanir,
Osmon taniydi.
Tannozlar qayoqdan bilsin o'zbekni!

Добавлено (22-Янв-2013, 14:28)
---------------------------------------------
Iqror.

Bizni birovlardan ne kamimiz bor,
Ey jufti halolim, ne g'amimiz bor.
Garchi bog'lar kezib yurmadik birga,
Eslasak arzirli xush damimiz bor.

Garchi men bilan hech yo'qdek ishlaring,
Men haqdadir hatto, ko'rgan tushlaring.
Sevdim demasang ham sevging izhori -
Ko'zing to'la mehr jilmayishlaring.

Mehri sadoqati siymu zar sanam,
Munglig'im, munisim, mushtiparginam.
Parvonam sensanu boshimda mudom,
Qadringga yetmayin kelganim alam.

Bir bor qosh uymagan qalam qoshligim.
Sochingdagi oqlar bag'ritoshligim.

Добавлено (22-Янв-2013, 14:28)
---------------------------------------------
Bir shirin so'z aytmay, bitta gul tutmay,
Sen gulni so'ldirdi mening yoshligim.

Darding olay yorim, aytgil dardingni,
Tog'lar ko'tarolmas sening dardingni.
Sevdim demasam ham sevgim izhori -
Umr o'rtasida bildim qadringni.

Bizni boshqalardan ne kamimiz bor,
Ey jufti halolim, ne g'amimiz bor.
Garchi bog'lar kezib yurmadik birga,
Eslasak arzirli xush damimiz bor

Добавлено (22-Янв-2013, 14:29)
---------------------------------------------
Suvpari.

Seni hech kim sevolmaydi meningdek:
Vaslingga zor bu oshiqlar ehtimol,
Poyingga tiz cho'kib yig'lar ehtimol,
Lekin sodiq bo'lolmaydi meningdek!..

Aldanma yor, aldamchilar makriga,
Malak bo'lma bevafo ishq shahriga.
Ular seni bir bossa bas bag'riga,
Seni hech ki sevolmaydi meningdek.

Yo'ling kesib o'tsam - o'zim hijolat,
Uzoqdan bir seni ko'rsam kifoyat.
Bir nigoning o'zi menga inoyat,
Seni hech kim sevolmaydi meningdek.

Joningga jon bo'layman-u sevaman,
Yoningga bir kelmayman-u sevaman.
Ismingni ham bilmayman-u sevaman,
Seni hech kim sevolmaydi meningdek.

Sen ko'kdagi harir ko'ylak, hur - pari,
Ko'k ko'ldagi tinib qolgan suvpari.
Muhammadning ko'nglidagi dilbari,
Seni hech kim sevolmaydi meningdek.

Добавлено (22-Янв-2013, 14:29)
---------------------------------------------
Beshinchi o'g'il

Yetmish yulduz yog'ilib,
Yarim oycha to'lolmas,
Yeti yanga yig'ilib,
Bitta ona bo'lolmas,
Ona tirik eshikka
G'urbat yaqin yo'lolmas,
Mening esa, bag'rim qon,
Vayronaman onajon.

Garchi biz yosh, g'o'r edik,
Siz bor - biz ham zo'r edik,
Bir mayizni besh o'g'il
Teng bo'lishib yer edik,
Goh talashsak, haq so'zni
Onam aytsin der edik,
Tushmi endi u zamon,
Hayronaman, onajon.

Tirik yursa volidang
Toqqa kuching yetarkan,
Onang o'lsa, boshingdan
Oftob o'tib ketarkan,
Jindekkina alam ham
Tog'dek botib ketarkan,
Ko'ksim to'la ming armon,
To'lg'onaman, onajon.

Onasiz uy - oysiz tun
Ekan endi o'ylasam,
Qalbni o'rtar dardlarim,
Qay birini so'ylasam?
Sizsiz ko'cham befayz,
Halovat yo'q uyda ham,
Farishtasi tark etgan
Ostonaman, onajon

O'zing uchun o'l yetim!
O'rda ham men, qirda ham.
Ko'ylagimda tugma yo'q,
Tugma bo'lsa, kir -yoqam.
To'rt yangamga qo'shilib
Turtkilaydi to'rt og'am,
O'z uyimda jonajon,
Begonaman, onajon.

Ko'ngil o'zin tutingan
Bir mehribon qo'msaydi,
Dunyoda bir odamga
Siring aytib bo'lsaydi,
Onasizni do'sti ham,
Dushmani ham aldaydi,
Ayting axir, men kimga
Ishonaman, onajon?.

Yo'qligingiz qadamda
Turar shunday bilinib,
Non yopmaysiz tonglari
Menga kulcha ilinib,
Sarg'ayarman sarg'aygan
Rasmingizga termulib,
Ziyo istab zor qaqshar
Parvonaman, onajon.

Uy to'rida tolbeshik -
Akam yotgan, men yotgan,
Sherdek-sherdek kelbatli
Besh o'g'ilga asqotgan,
Qaytib kirib bo'lsaydi
Bo'lardim jon deb qaytgan!
Men bu joyni hammadan
Qizg'onaman, onajon.

Yashayapman sharpadek
Sezilmay goh, sezilib.
Gohi ko'kka intilib,
Gohi yerga egilib,
Sog'inganda she'r yozib
Yuraklarim ezilib -
El ichra bir shoiri

Добавлено (22-Янв-2013, 14:30)
---------------------------------------------
Zaynab qo’shig’i

Tengim boshqa, dedi yor,
Topdim desam tengimni.
Marg’ilonlik bir dildor
Tortib oldi begimni.

Kulgu ketmay ko’zimdan
Yog’ar bo’ldi ko’zyoshim.
Ko’z-ko’z qilib baxtini
Yoqar bo’ldi ko’zyoshim.

Nima bo’ldi, bek yigit,
Bekangizga qarash yo’q?
Kumushdan ming o’rgilib,
Zaynabdan hol so’rash yo’q.

Taqdir derdim, shum taqdir,
Ko’nglim ko’nsa- kuymasdim.
Begim, sizni men axir,
Kumushdan kam suymasdim...

Qolsam – dardim bir dunyo,
Ketsam – bir uy ko’chim bor.
Kumushoyni keltirgan
Aravada o’chim bor!

Добавлено (22-Янв-2013, 14:33)
---------------------------------------------
Хурматли форумдошлар! Бу ерда хассос шоирнинг 33 нафар шеъри жойлашган, хаммасини укишга эрингсангиз, хеч булмаса мавзу номини укиб, бир шеърни кайта такрорланишига йул куйманг, илтимос!!!

Добавлено (22-Янв-2013, 14:34)
---------------------------------------------
<b></b>




Изохни тахрирлади (ўзгартирди) ledy - Сешанба, 22-Янв-2013, 15:34
 
misSСана: Сешанба, 05-Фев-2013, 22:42 | Изох # 10
Рўйхатда
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 13
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 604
Холати: Хозир йўқ
Муҳаммад Юсуф

ТУШЛАРИМГА КИР

Капалакдай келиб, қошингга қўниб,
Кўзингга термулиб умрим ўтсайди...
Нима ҳам кўрибман, мен йигит бўлиб?
Сочингни силашга қўлим етмайди.
Пешонам шу экан, пешонанг шудир,
Тушимга кир энди, тушларимга кир.
Товонинг ўпади ариқдаги сув,
Кўйлагинг этагин ўпади майса.
Мен-чи, бир гиёҳча бўлолмадим-ку,
Эй, кўзлари жайрон, кирпиги найза!
Пешонам шу экан, пешонанг шудир,
Тушимга кир жоним, тушларимга кир.
Кўчиб бораётир бу умр - карвон,
Кунларнинг бўйнида юрак қўнғироқ.
Мен сенга армону сен менга армон,
Кўнглимнинг тўрида тутар шамчироқ.
Пешонам шу экан, пешонанг шудир,
Тушимга кир жоним, тушларимга кир...
Капалакдай келиб, қошингга қўниб,
Кўзингга термулиб умрим ўтсайди.
Қолдинггу бағримда жонимдек бўлиб,
Сочингни силашга қўлим етмайди.
Пешонам шу экан, пешонанг шудир,
Тушимга кир жоним, тушларимга кир...


Ko'zlaringda men ko'zingda baxtni ko'rsam bas!
 
ledyСана: Сешанба, 05-Фев-2013, 22:42 | Изох # 11
Сайтимиз қадрли мухлиси
Гурух: VIP
Изохлар: 2050
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 1169
Холати: Хозир йўқ
Бу нима хол? Ёки бу хафта сешанба булмадими? Хурматли муаллиф, узи янги мавзу экан, яна хаммага маъкул тушгандан кейин маъсулият билан караш керак. angry

 
SpecialOneСана: Сешанба, 05-Фев-2013, 22:42 | Изох # 12
Иштирокчи
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Изохлар: 167
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 29
Холати: Хозир йўқ
'Xol' emas, bu 'chipqon' ))
Shu yetmay turudi özi, bu kun man netga kirmagandim!
Keyingi 'Retro - Ijodiston' da, Said Ahmad....

Добавлено (01-Фев-2013, 02:30)
---------------------------------------------
P.S. Qatorlashtirib yozib tashlash shart emas! Mobilniyda ochilishi qiyin ekan!
Özingizga yoqqan eng sarasini, yoshligingizni, yoki, umringizni qaysidir qismini eslatadiganini yozib qoldiring....
Internetdan köchirib köpaytirish ham kerakmas!

 
ledyСана: Сешанба, 05-Фев-2013, 22:42 | Изох # 13
Сайтимиз қадрли мухлиси
Гурух: VIP
Изохлар: 2050
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 1169
Холати: Хозир йўқ
Цитата (SpecialOne)
P.S. Qatorlashtirib yozib tashlash shart emas! Mobilniyda ochilishi qiyin ekan! Özingizga yoqqan eng sarasini, yoshligingizni, yoki, umringizni qaysidir qismini eslatadiganini yozib qoldiring.... Internetdan köchirib köpaytirish ham kerakmas!

Биринчидан, М.Юсуф ижодини 70 фоиз узбек ёддан билади. Иккинчидан, юкоридагилар тугри, кучирилди лекин мен ёктирган шеърларнинг ундан бири холос. Бошкалар ёзмагандан кейин, каторлашиб кетди.

Кам ёзиш керак булса кам ёзамиз, хуп. Факат болалигим ва талабалигимнинг бир булаги сифатида Саид Ахмаднинг "Уфк" трилогиясини туради. Карши булмайсиз деган умиддаман.


 
SpecialOneСана: Сешанба, 05-Фев-2013, 22:43 | Изох # 14
Иштирокчи
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Изохлар: 167
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 29
Холати: Хозир йўқ
Yozishga vaqtiz yetsa va kimdir öqishiga umidiz bölsa yozing)
Mobilniydan kiradiganla uchun tema zapretga tushadi unda))
P.S. Katta asarlarni orasidan 4 qator öta ta'sirli joyini topib yozish yaxshimasmi!?
Kimgadir, shu asarni topib öqishga istak uyg'onarmidi....
 
ledyСана: Сешанба, 05-Фев-2013, 22:43 | Изох # 15
Сайтимиз қадрли мухлиси
Гурух: VIP
Изохлар: 2050
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 1169
Холати: Хозир йўқ
Абатта, юкоридаги гапингизга хазил жавоб эди. Саид Ахмаднинг юмористик асарлари диккатга сазовор, айникса телевизион миниатюралар учун ёзилганлари. Юсерлардан шу асарларидан намуна кутиб коламан.

 
oybekСана: Сешанба, 05-Фев-2013, 22:43 | Изох # 16
Иштирокчи
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 213
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 851
Холати: Хозир йўқ
Бу шеър Афғонистонда халок бўлган йигитлар хотирасига бағишланади.....
Бағрим қизғалдоққа макон ётибман,
Дунёнинг ишларига ҳайрон ётибман,
Кўкларга сиғмаган армон ётибман,
Дўстларим,бир бора онамни йўқланг.
Бурчим адосида чиқди-ку жоним,
Бошимда бўлмади бир меҳрибоним,
Тилдан қолганида булбул забоним,
Мен учун бир бора онамни йўқланг.
Самодан термулар бечора руҳим,
Ерда ул зот юрар чекиб андуҳим,
Ўтинчим сиздан бир,азиз ҳамюртим,
Мен учун бир бора онамни йўқланг.
Қизлар туш кўрмаган бола бўлдим мен,
Айбин тушунмаган бола бўлдим мен,
Сочида оқарган тола бўлдим мен,
Мен учун бир бора онамни йўқланг.
Тақдирни қисмат деб,дилдан тан олган,
Бўлиб зор-интизор йўл қараб толган,
Кўзи ожиз бўлиб юролмай қолган,
Мен учун бир бора онамни йўқланг.
Тўй деган нияти ушалмаганим,
Юраги ўкинчдан бўшалмаганим,
Пойимга пойандоз тўшолмаганим,
Мен учун бир бора онамни йўқланг.
Келин деб,кўнглига туккан қўшни қиз,
Бугун ўзга уйда порлаган юлдуз,
Баҳори қайтмаган-бахти қаро куз,
Мен учун бир бора онамни йўқланг.
Йигирма ёшимда ўтдим армонда,
Кўрмоқ бор,юрмоқ йўқ энди имконда,
Бодом гуллаганда Ўзбекистонда,
Дўстларим бир бора онамни йўқланг.


 
Olamgir(Alemgir)Сана: Сешанба, 05-Фев-2013, 23:46 | Изох # 17
Иштирокчи
Гурух: VIP
Изохлар: 444
Тақдирланишлар: 1
Хурмат даражаси: 571
Холати: Хозир йўқ
Manga yoqdi bu ochgan mavzuingiz, mani ham fikrimni inobatga olasizlar deb oylayman osha retro asar muallifi haqida qisqacha malumot, uni yozgan asarlari yoki asl qolyozmalari bolsa elektron (rasm nushasi) shuni jamlasezlar keyin yashab ijod etgan uyini korinishi sonngi hayot kunlari togrisida malumot berselar zor bolardi de

Oltin qafas ichra gar qizil gul butsa,
bulbulga tikondek oshiyon bolmas emish!
 
oybekСана: Чоршанба, 06-Фев-2013, 01:56 | Изох # 18
Иштирокчи
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 213
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 851
Холати: Хозир йўқ
nega she'r bu mavzuga o'tib qoldi.....

 
ledyСана: Сешанба, 12-Фев-2013, 11:17 | Изох # 19
Сайтимиз қадрли мухлиси
Гурух: VIP
Изохлар: 2050
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 1169
Холати: Хозир йўқ
Хуллас, анъанани давом эттирган холда, бу сафар узбек насрида ёркин из колдирган адиб Саид Ахмаднинг хажвияларини укиш билан давом эттирамиз. Албатта, бу асарларни олдин хам бир неча маротаба укисакда, уз кадрини йукотмайди.

Добавлено (12-Фев-2013, 10:12)
---------------------------------------------


[/c][c]BIR O’PICHNING BAHOSI

Bugun jug‘rofiya o‘qituvchisi darsga kelmadi. Xomtok qilaman, deb so‘ridan yiqilib, oyog‘ini sindiripti. Ajoyib «xushxabar»dan keyin bir zumda sinf bo‘shadi-qoldi.
Bunday qulay paytdan foydalanay deb, Sotvoldi uyga emas, shahar markazidagi «Madaniy mollar» magaziniga qarab yo‘l oldi. Batareyasi o‘tirib qolgani uchun cho‘ntakda olib yuradigan sovun qutichasidek radiosi gapirmay qo‘ygan.
U do‘konga kelganda soat besh minuti kam bir bo‘lgandi. Eshikni tortdi, ochilmadi. Peshtaxta orqasida stakandan labini cho‘chchaytirib qaynoq choy xo‘playotgan sotuvchi Suydixon eshik tomonga imo qildi. Sotvoldi hali shoshganidan qaramagan ekan. «Pereriv» degan yozuv ilib qo‘yilganini endi ko‘rdi.
Suydixon atir shishasini chayqatib qopqog‘ini chiqardi-da, ikki qulog‘ining tagiga, tomoqlariga tegizdi. Keyin oynakka qarab sochlarini tuzatgan bo‘ldi. U eshikka chiqib, do‘konni qulflayotganida Sotvoldi iltijo qildi.
— Opajon, ikkitagina batareya kerak bo‘lib qoluvdi, bervoraqoling, katta tanaffus tugamay darsga yetib boray.
Suydixon uning gaplarini eshitmadi. Eshitsa ham parvo qilmay hammayoqni atir hidiga to‘ldirib, bir zumda ko‘zdan g‘oyib bo‘ldi.
Eshik oldida sigareta, jevachka, «Snikers» sotib o‘tirgan kampir yoniga soch-soqoli o‘sib ketgan, belbog‘iga qilichdek pichoq osgan badxo‘r bir beso‘naqay yigit keldi.
— Bizzi xotin qani? — dedi u.
Undan saraton oftobida qolgan qozonsochiqning qo‘lansa hidi buruqsib ketdi.
— Abetka ketdi, — dedi kampir. — Voy bolam-e, yana ichibsan-da. Munaqa qilaversang, bir kun emas, bir kun xotining seni tashlab ketadi-ya!
Mast uning gaplariga parvo qilmay qo‘l siltadi.
— O’n so‘m qarz berib turing, xotinim kelganda beradi.
— Bermaydi. Tunov kuni olgan besh so‘mni zo‘rg‘a undirdim. Bundan buyon erim pul so‘rasa bermang, deb tayinlagan. O’zing binoyidek qo‘li gul qassobsan. Topish-tutishing ham ikki ro‘zg‘orga yetardi. Topganingni shu araq o‘lgur so‘rib tashladi.
Mast bir munkidiyu odamlar oqimiga qo‘shilib ketdi.
Qassoblarning xotinlariga oson tutib bo‘lmaydi. Har kuni bir o‘limdan qoladilar. Ayniqsa mast qassoblar tushlarida ham alahsirab mol so‘yadilar. Uyqusirab xotinini so‘yib qo‘yganlar ham ko‘p bo‘lgan. Shuning uchun ham qassoblarning xotinlari kechasi pichoq, boltalarni bekitib qo‘yadilar.
Sotvoldi nima qilishini, qayoqqa borishini bilmay, hayron turardi. Sotuvchi opa bir soatsiz kelmaydi. U ko‘chaning narigi betidagi istirohat bog‘iga kirib muzqaymoq yemoqchi bo‘ldi. Aksiga olib, muzqaymoq do‘koni ham berk ekan. U bog‘ aylanib ancha yurdi. Anhor bo‘yidagi majnuntol tagida o‘tirib dam olmoqchi bo‘ldi. Bu yerdagi skameyka ham band. Ikki oshiq-moshiq bir-birining pinjiga suqulib, xo‘rsinib o‘tirishipti. Ular anhorga qarab o‘tirganliklari uchun orqada kim borligini bilishmasdi. Erkak bo‘ynini cho‘zib ayolning yuzidan o‘pdi. Ayol qiqirlab kuldi. Shunda yigit uni yelkasidan tortib o‘ziga qaratdi-da, yana cho‘pillatib o‘pa boshladi. Yigitning do‘ppisi skameyka orqasiga tushdi. Qo‘l uzatib olayotganda ko‘zi Sotvoldiga tushdiyu qimirlamay qoldi. Yerdan olgan do‘ppi xuddi bir tonnalik yuk bo‘lib tuyuldi. U do‘ppini nima qilishini bilmay baqrayib turaverdi.
U Sotvoldining dadasi To‘lagan edi. Ota-bola ancha paytgacha ko‘z urishtirib qolishdi. Oxirgi To‘lagan g‘azab bilan bolasiga o‘shqirdi:
— Maktabga bormay buyoqlarda nima qilib yuribsan, ahmoq?!
— O’zingiz ishga bormay, begona xotin bilan nima qilib yuribsiz? — dedi Sotvoldi ham bo‘sh kelmay. To‘lagan yonidagi juvonga qaradi.
— Siz ketavering, choyimizga pashsha tushdi. Bu ahmoq bilan o‘zim gaplashib qo‘yaman.
Juvon o‘rnidan turganda Sotvoldi uning yuzini aniq ko‘rdi. U «Madaniy mollar» do‘konidagi Suydixon edi. U betartib ochilib ketgan yoqasining tugmalarini qadab, ikki ko‘kragining tagini kafti bilan beozor ko‘tarib, Sotvoldiga yevorgudek bo‘lib qaradi. Keiin qizil qum sepilgan yo‘lkadan jahl bilan yurib ketdi. Ota-bola bog‘ darvozasigacha jim kelishdi.
— O’zing yaxshi bolasan-ku, oyingga aytmay qo‘yaqol, — dedi yalingan ohangda dadasi.
— Aytaman, — dedi qat’iy qilib Sotvoldi.
— Aytma, bolam, oyingni jahlini bilasan-ku.
— Baribir aytaman. Sizni bir karate qilib qo‘ysin.
Sotvoldining onasi rostdan ham ayollar o‘rtasida qarate bo‘yicha mamlakat chempioni edi. Oyog‘ining beti bilan iyakka tepsa, har qanday odam ham chirpirak bo‘lib ketadi.
— Jon bolam, aytma. Aytmasang, batarey olib beraman.
— Chirog‘ingizni pishirib yeng. Magnitofon olib bersangiz aytmayman.
— Voy-bo‘, juda qimmat narsa-ku. Bo‘pti, sen ketaver, kechqurun o‘zim olib boraman.
— Hozir olib berasiz.
— Obbo, judayam xirasan-da. Lo‘limisan, nima balo. Bola emas, shilimshiq, shilqim bir narsa ekansan. Bo‘pti, yur.
— Yaponskiysidan bo‘lsin...
To‘laganning tishlari qichirlab ketdi.
Xullas, Sotvoldi uyga yap-yangi magnitafonini ko‘tarib keldi. Ertasigayoq bu xabar o‘rtoqlarining qulog‘iga yetdi. Yetti-sakkiz bola har xil kassetalarni opkelib rosa baqirtirishdi.
Kechqurun Marhamatxon eriga hasrat qilib qoldi:
— Bolangizni tergab qo‘ying, uyimiz bozor bo‘lib ketdi-ku.
Tili qisiq To‘lagan o‘g‘liga go‘rni bir nima deyoladimi.
— Ha, endi, bir-ikki kunda ko‘ngliga tegadi, tinchib qolasan, — deb qo‘yaqoldi.
To‘lagan ishdan kelsa xotini to‘rsayib o‘tiribdi. Yaramas bola sirni ochib qo‘ygan shekilli, deb yuragi orqaga tortib ketdi. O’g‘lini chetga chaqirib, oyingga hech nima demaganmiding, dedi qo‘rqa-pisa.
— Yo‘q, — dedi Sotvoldi. — Endi aytmoqchi edim.
— Aytako‘rma. Aytsang kaltak yeysan, — dedi u bolasiga po‘pisa qilib.
— Video olib bersangiz aytmayman. Bo‘lmasa albatta aytaman.
To‘lagan dod deb yuboray dedi. Urmoqchi bo‘lib musht ko‘tardi, musht bolaning boshiga kelganda panjalari yoyilib ketdi. Boshini silay boshladi.
— Jon bolam, aytmagin.
— Aytaman.
— Bolam, bolajonim, do‘mboq bolam, oppoq bolam...
— Laganbardorlik qilmang, foydasi yo‘q.
Ichkari uydan Marhamatxonning ovozi keldi.
— Ota-bola nimani gaplashyapsizlar?
To‘lagan shoshib javob qildi.
— Futbolchi Mirjalol Qosimov to‘g‘risida gaplashyapmiz.
— Gap bitta, — dedi Sotvoldi. — Yo video olib berasiz, yo oyimdan kaltak yeysiz. Xohlaganingizni tanlang. Ammo-lekin ertaga kunduz soat nol-nol ikkida video stolimning ustida bo‘lsin, — dediyu chiqdi-ketdi.
To‘lagan peshonasiga shapillatib urganicha qoldi.
Ertasiga o‘qishdan vohlikkina qaytgan Sotvoldi soat ikki bo‘lishi bilan eshik oldiga chiqdi. Dadasi bilan ishlaydigan kishi mashinada hali karton qutisi ochilmagan video bilan ikkita kasseta olib keldi.
Sotvoldining yotog‘i har xil narsalarga asta to‘lib borardi. Aytgancha, u Suydining do‘koniga borib, bermasang, eringga aytaman, deb bitta fotoapparat bilan besh-o‘nta rangli plyonka undirib keldi. O’sha kundan boshlab Sotvoldining ko‘zidan vitrinada turgan video kamera ketmay qoldi. Baribir, shuni ham undiraman, deb diliga tugdi.
Bu bola er-xotinga juda qimmatga tushgandi. Negadir ularning bolalari turmasdi. Ikki-uch oygina yashab, ularni dog‘da qoldirib ketardi. Mana shu Sotvoldi dunyoga kelganda irim qilib bolani tug‘uruqxonadan o‘zlari emas, qo‘shnilari Anzirat xola olib kelgan va ikki kishi guvohligida ularga ming so‘mga sotgan edi. Nomining Sotvoldiligi ham shundan edi.
— Xotin, — dedi To‘lagan bir kuni. — Bir narsaga hayronman. Mening burnim yapasqi, sening iyaging past. Men bug‘doyrang, sen oppoqqinasan, bolamiz nechukkim qirra burun, qop-qora, sochlari jingala, xuddi Pushkinning bola paytiga o‘xshaydi. Mabodo tug‘uruqxonada birovning bolasiga ayriboshi qilib qo‘yishmaganmikin? Urug‘imizda bunaqangi basharali odam bo‘lmagan edi shekilli. Lo‘li-po‘lining bolasi emasmikin?
— E, gapingiz qursin...
— O’sha sen yotgan roddomda bironta lo‘li xotin tug‘maganmidi?
Marhamatxon o‘ylanib qoldi.
— Qaydam. Bir lo‘li xotin bola ko‘rdi, degandek gap bo‘lgandi shekilli.
To‘lagan ikki tizzasiga shapillatib urib, o‘rnidan turib ketdi.
— Ana, aytmadimmi? Bu bola lo‘li, qiliqlari ham lo‘licha. Dutor olib berdim, qaramadi, rubob olib berdim, ushlab ham ko‘rmadi. Childirma olib kelganimda qo‘limdan yulib oldi-yu, daranglatib chalishga tushib ketdi. Lo‘lilar childirmaga o‘ch bo‘ladi-da. O’n ikkiga endi kirdi, mo‘ylabi chiqyapti. Umuman, lo‘li bolalarning mo‘ylabi tez chiqadi deyishadi.
To‘laganning ko‘ngliga g‘uluv tushdi.
— Hamma ayb Anzirat xolada. Tug‘uruqxonadan qanaqa bolaligini surishtirmay, qanaqasini bersa indamay ko‘tarib kelavergan.
— O’lgan odamning orqasidan malomat qilmang, gunohga botasiz. Uyaling-e, o‘z bolangizdan tonmoqchisiz-a? Bolamiz, xudoga shukur, esli-hushli, oydek bola. Hali ko‘rasiz, bir-ikki yilda lochindek, qarchig‘aydek bo‘lib ketadi. Bu gapni bir aytdingiz, ikkinchi og‘zingizga olmang.
— Xo‘p, xo‘p, — dedi aytgan gapidan pushaymon bo‘lgan To‘lagan. — Bir aytdim-qo‘ydim-da.
Sotvoldi «Madaniy mollar»ga kelganda Suydining eri peshtaxtaga tiralib, ana yiqilaman, mana yiqilaman, deb arang turipti. Sotvoldi uni ko‘rib eski qadrdonlardek quyuq ko‘risha ketdi.
— Amaki, yaxshi yuribsizmi, ko‘rinmaysiz? Odamlar sizni juda zo‘r qassob, molni oyog‘ini boylamasdan so‘yib tashlayveradi, deyishadi. Shu rostmi?
— Rost, — dedi u.
Suydixonning bu xira, bezbet, shilqim bola erimga qadrdon chiqib qoldi-ku, hamma gapni aytib bergan bo‘lsa-ya, degan gap ko‘nglidan o‘tdi.
— Hoy, opovsi, er-xotin gaplashayotganda o‘rtaga tushmada, o‘rgilay. Hozir sen chiqib turgin, amaking ketganlarida o‘zim chaqiraman.
Sotvoldi mastga qarab, bo‘pti, amaki, hali gaplashamiz, deb tashqariga chiqib ketdi.
Kampir eshik oldida kasod bozoridan nolirdi.
— Shu bugun oltitagina jevachka sotdim. Manavi so‘qim yonimga kelib o‘tirib oladi. Bolalar uning vajohatidan qo‘rqib, yaqinimga kelishmaydi.
Kampirning hasratidan chang chiqardi.
— Bilasanmi, bolam, bu piyonista o‘lgir avvalgi xotinini so‘yib qo‘yib, o‘n ikki yil yotib kelgan. Shundan keyin ham ko‘zi ochilmadi.
Sal o‘tmay mast gandiraklab-gandiraklab, qo‘lida ikkita besh so‘mlikni g‘ijimlagancha chiqib vino do‘koniga kirib ketdi. Sotvoldi ichkariga kirdi.
— Amakingga hech narsa demadingmi? — dedi Suydi xavotirlanib.
— Endi aytmoqchiydim, gaplashgani qo‘ymadingiz-ku.
— Jinni-minni bo‘lganmisan, tunov kuni fotoapparat berganimda birovga aytmayman, deb so‘z berganding-ku, nega aynib qolding?
— Meni laqillataman, deb o‘ylamang. Bu bitta fotoapparat bilan bitadigan ish emas.
— Ha, nima bilan bitadi, bo‘lmasam? — dedi alam bilan Suydi.
— Jirillamang, eringiz avvalgi xotinini so‘yib qo‘yganini esingizdan chiqazmang.
Suydining ko‘zlari tinib ketdi. Bu bezbet bolani mima qilsa bo‘ladi. Urib bo‘lmasa, so‘kib bo‘lmasa. Aytgan parsasini bermasang, sharmandangni chiqarsa. E, xudo, qandoq baloga giriftor qilding meni.
— Ayt, yana nima deb kelding?
Sotvoldi biqiniga «Toshiba» deb yozilgan videokamerani imlab ko‘rsatdi.
— Voy, meni xonavayron qilasan-ku, bilasanmi, bu kamera necha so‘m turadi?
— Men bilishim shart emas, siz bilsangiz bo‘ldi-da.
— Aynanay, sendan, o‘rgilay sendan, sal arzonroq iarsa so‘ragin. Erim o‘lgir-ku, sovdadan pesh tushgan pulni pesh olib turipti. Endi sening qilig‘ing ortiqcha bo‘lyapti. Cho‘ntakda olib yuradigan tranzistor radio beraqolay.
— Uni keyingi kelganimda berasiz.
— Voy mengina o‘lay, hali yana kelaman degin.
— Albatta-da, — dedi Sotvoldi. — Tez-tez kelib turaman. Kamerani berasizmi yo bermaysizmi? Bitta gapiring. Hozir tashqariga chiqib kelay, amakim ketib qolmadimikin?
— Shoshma, — dedi Suydi jahl bilan, kamerani peshtaxta ustiga taqillatib qo‘yarkan. — Ma, ol, xudoyo xudovando shu kamera...
— Qarg‘amang. Jahlim yomon. Rozi bo‘lmasangiz, olmayman.
— Voy, noz qiladi-ya, bu bezbet.
Sotvoldi kamerani ko‘tarib chiqib ketarkan, Suydi orqasidan jovrab qoldi.
— Shu do‘konda ikkinchi qorangni ko‘rmay. Meni bo‘g‘izlab ketding! O’ldirding!
Uning bezovta ovozidan hushyor tortgan eri eshikka bosh suqdi.
— Nima gap,tinchlikmi?
— Do‘konda kalamush paydo bo‘libdi. Ko‘rib qo‘rqib ketdim.
— Kap-katta xotin kalamushdan qo‘rqqaningga hayronman.
Sotvoldining dadasi Suydixonni o‘pganga ham bir oydan oshdi. Bu orada Sotvoldi dadasidan motorli vslosiped, Suydixondan narxi palon pullik rangli televizor, dadasidan jez tugmali kostyum, Suydixondan qo‘ng‘iroq chaladigan elektron soat, dadasidan ko‘chada yurib ham gaplashadigan masofali telefon, Suydixondan kompyuter o‘yin undirdi. Bular hali holva. «Madaniy mollar»da ko‘zini o‘ynatib turgan butun dunyodagi jami teleko‘rsatuvlarnn bemalol oladigan sputnik antennasini mo‘ljallab qo‘ygan.
Biron hafta oralatib Sotvoldi o‘sha antennani undirgani «Madaniy mollar»ga borgan edi, do‘kon berk ekan. Nima qilishini bilmay o‘ylanib turgan edi, jevachka sotadigan kampir:
— Kutmay qo‘yaqol, bolam. Suydixon boyaqish hali-beri kelmaydi. Do‘kon pechatlangan. Reviziyadan qirq bir ming kamomad chiqdi. Uch kun ichida to‘lab qo‘ymasang, ishingni sudga oshiramiz, deyishipti. Bechora bo‘ynidagi o‘n olti qator marvaridlarini, bilaguzugu ziraklarini ro‘molchasiga tugib bozorga ketdi.
Tavba, Sotvoldining hisobiga qaraganda, kamomad o‘ttiz sakkiz ming bo‘lishi kerak edi-ku. Nega bunaqa ko‘p hisoblashdiykin...
Sotvoldi sputnik antennasidan umidini uzib, dadasining do‘koni tomon ketdi.
Kichkinagina tijorat do‘konida dadasi sherigi bilan janjallashayotgan ekan.
— Axir shu bir oy ichida 22 ming so‘m oldingiz. Avvalgi oyda olganlaringizni qo‘shib hisoblaganda 54 ming so‘m bo‘ladi. Bu do‘konni ochganimizda ikkalamiz 50 ming so‘mdan qo‘shgan edik. Endi siz bilan ora ochiq bo‘ldik. Sheriklikdan chiqdingiz, kalitni bering...
Obbo tulki-e, uch ming so‘m qo‘shib hisobladi-ya. Dadamning qancha olganini men bilaman-ku.
Sotvoldi qolgan gaplarni eshitmay orqasiga qaytdi. Mana, ikki oydirki, u na Suydixondan, na dadasidan biron nima undiradi.
Dadasi har kuni ertalab mardikor bozoriga chiqib ketganicha kechqurun qorong‘i tushganda horib-charchab qaytadi. Yostiqqa bosh qo‘yadi-yu, pish-pish uxlab qoladi.
Dadasiga rahmi kelgan Sotvoldi bir ko‘nglida: «Dadamni tilla magazinida ishlaydigan Dono xola bilan tanishtirib qo‘ysammikin», deb o‘ylab ham ko‘rdi. Marvaridlari shoda-shoda, uzuklari, ziraklari brilliant. Nimasi qiyin, gapga solib turib bitta o‘psa bo‘ldi. Eri badjahl melisa, to‘pponchasiyam bor. Buyog‘ini menga qo‘yib bersin. Eringga aytaman, desam, tamom. Boplayman.
Kunora daromad qilib o‘rgangan Sotvoldi «bechora» judayam siqilib ketdi. Oxiri velosipediga qo‘ng‘iroq olish uchun «Dinamo» magaziniga borgan edi, trotuarga taburetka qo‘yib jevachka, sigaret, lotoreya sotayotgan Suydixonni ko‘rib qoldi. Uning yonida eri yemga to‘ygan buqadek bo‘lib pishqirib, qilichdek pichog‘i bilan tirnog‘ini olib o‘tirardi.
Endi Suydixonning har bittasi teshikkulchadek keladigan tilla bilaguzuklari, shoda-shoda marvaridlari, brilliant ko‘zli uzugu ziraklari yo‘q edi. Kiyimlari ham, pardozi ham ilgarigicha emas.
U Sotvoldini ko‘rdi-yu, oyog‘i ostida yotgan yarimta g‘ishtni olib unga qarab intildi.
— E, o‘pmay dadang o‘lsin. O’ptirmay men o‘lay...
Sotvoldi odamlar oqimiga sho‘ng‘ib ketdi.

Добавлено (12-Фев-2013, 10:14)
---------------------------------------------
[c][/c]                                             MUSHTIPAR

[r][/r]Teskari hikoya

Qizim, senga aytaman,
Kelinim, sen eshit.
Maqol

U ichkuyov edi. Xotini ishga ketganda idish-tovoqlarni yuvib, bolani kiyintirar, kiyimlariga dazmol bosib, hammayoqni orasta qilib qo‘yardi. Bu orada un elab, xamir qorardi, sigir sog‘ib, qatiq ivitardi, qo‘l mashinasini shitirlatib, bolasiga har xil ko‘ylakchalar tikib qo‘yardi.
Kuyovdan yolchigan qaynona uni yalab-yulqardi. To‘y-hashamlarga, lozimandalarga olib borardi. Nima balo bo‘ldi-yu, qaynona-kuyovning oralaridan qora mushuk o‘tib qoldi.
Bola yig‘lasa, qaynona ming‘illaydi, samovarning o‘ti tutasa, qaynota do‘ng‘illaydi.
— Hoy, bolaga qarang, qanaqa ivirsigan kuyovsiz. Onangiz o‘lgur samovar qo‘yishniyam o‘rgatmapti-da. Hozirgi onalarga hayronman, o‘g‘il bola-ku birovning xasmi, hunar o‘rgatsa bo‘lmaydimi? Shuning uchun ham xotinga tekkanda kaltakdan boshi chiqmaydi.
Kuyov yelib-yugurib ish qiladi. Kir yuvib turib ko‘pik yuqi qo‘li bilan qaynonaning oyog‘ini uqalagani chopadi, bodom tuyib dokaga soladi-yu, bolaning og‘ziga tiqadi. Kelin halizamon ishdan kelib, samovarga chiqib ketadi. Ovqatga unnash kerak, kiyimlarini dazmollash kerak. Qaynotasi iftorlikka boradigan, chakmonini cho‘tkalab, kalishini yuvib qo‘yish kerak.
Shunaqa ishlar bilan kuyov hech o‘ziga qarolmaydi. Buning ustiga, qaynonasi qizi kelishi bilan uni chaqadi:
— Singlisi keluvdi, nima berib yuborganini bilmayman. Xumchadagi yog‘ nazarimda kamaygandek. Urug‘lari o‘lgur muncha ko‘p. Xotin deganning topganini tejamagan er ermi.
Er juda siqilib ketdi. Xotini ishdan kelganda ko‘z yoshi qildi:
— Siqilib ketdim, javobimni bering, chiqaman.
Xotin do‘ng‘illadi:
— Qo‘yadigan erim yo‘q.
— Hech bo‘lmasa, ro‘zg‘orimizni bo‘lak qilib bering.
Xotinga bu gap malol keldi:
— Nomard qiz ona ro‘zg‘orini bo‘lak qiladi. Er topiladi, ona topilmaydi.
Er hurpayib, ikki kun yig‘ladi. Oxiri bolasini ko‘tarib, uydan chiqib ketdi.
Bechora mushtipar er, bolani bag‘riga bosib, yig‘lab-yig‘lab onasinikiga ketyapti.
O’g‘il bola yor-yor bilan uydan chiqib ketdimi, qo‘shgani bilan qo‘shma qarisin ekan, bola ko‘tarib, uyga qaytib kelgulik qilmasin ekan.
Onaga qiyin, qachon tengi chiqadi-yu, qachon uzatadi.
Ammo bitta bolasi bilan qayoqqa ham sig‘ardi?
Ha, nomard xotin!

Добавлено (12-Фев-2013, 10:17)
---------------------------------------------
TONGGI TOVUSHLAR

(Lirik manzara)

Oltinchi kvartaldagi to‘qqiz qavatli uyga odamlar ko‘chib kela boshlashdi. Birov itini yetaklab, birov mushugini ko‘tarib keldi.
Sakkizinchi qavat balkoniga yangi qo‘shni to‘rqovoq ilib qo‘ydi. Shu kecha bedana uch marta sayradi. Ko‘pdan bu tovushni unutgan kishilar qandaydir hayajon bilan balkonga chiqishdi. Bedananing yana sayrashini kutishardi. Oy to‘qqiz qavatli uyning orqasiga og‘ganda bedana salmoqlab, uzoq sayradi. Odamlarning xushi og‘di. Bolaligi o‘tgan qishlog‘i, jimjit bedapoyalar ko‘z oldiga keldi.
Bedana shovqinga to‘la bu shaharga qishloq, dala, bog‘lar hidini, tanni yayratuvchi shabbodalarini olib kelgandek bo‘ldi.
Ertasiga o‘sha uyning birinchi qavati oldiga sim to‘r bilan o‘ralgan bo‘yra eniday joyda uch-to‘rtta tovuq paydo bo‘ldi. Jonivorlardan, parrandalardan olisdan tug‘ilgan bolalar qo‘llariga nima tushsa, hatto yeb turgan nonlarini ham burdalab tovuq katagiga tashlashardi.
Ikki kun o‘tib berigi uyning ikkinchi qavatidan xo‘roz qichqirgani eshitildi. U tun yarmida uzoq qichqirdi. Saharga kelib yana chaqirdi. Odamlar balkonlariga chiqib qadrdon bu tovushni yana eshitgilari kelib, uzoq kuta boshlashdi. Xo‘roz ko‘p kuttirmadi. El uyg‘onmasdan turib qanotlarini pitirlatib qichqirdi. U qichqirig‘iga javob kutayotgandek atrofga quloq tutib kutdi. Javob bo‘lmadi.
Tong yorishib kelayotganda u noligandek g‘amgin bir tovushda yana qichqirdi. Bu gal qanotlarini patirlatmadi.
Xo‘rozdek hushyor parranda dunyoda bo‘lmas ekan. Kechasi kelgan bo‘lishiga qaramay narigi to‘qqiz qavatlida tovuq borligini sezganini qarang-a?
Uning toqati toq bo‘ldi. Mushtoqlikka chidamadi. Atlasdek qanotlarini parillatib silkindi-yu ikkinchi qavat balkonidan pastga uchib tushdi.
Tovuq katagi oldida oshiqona gerdayib, tovlanib-tovlanib, u yoqdan-bu yoqqa bezovta yura boshladi. Ketma-ket kichqirdi. Qanotlarini tapillatib yerga urib qichqirdi.
Ikkinchi qavatdan unga kimdir shippak otdi. U iisand qilmadi. Supurgi otdi, pinagini ham buzmadi.
Oxiri tovuqning egasi boshiga choyshab yopinib balkonga chiqdi.
— Bu kimning xo‘rozi? Odamni uxlatadimi, yo‘qmi? Egasini chaqiringlar?!
Bu payt pastda odam ko‘payib qolgan edi. Hammasi shu ajoyib manzaradan, qadrdon tovushdan huzur qilardilar. Xo‘rozning generallarga o‘xshash ko‘rinishidan, u yoqdan-bu yoqqa gerdayib yurishidan zavqlanardilar.
— Kimning xo‘rozi bu? — dedi choyshab yopingan kishi uyquli tovushda.
Pastdan javob qilishdi:
— Qo‘shni, sal kengroq bo‘ling. Mudragan bu mikrorayonga shu xo‘roz jon kirgizdi-ku. Yaxshisi, katakni ochib yuboring, shundoq sarsavlat kuyov o‘z oyog‘i bilan kelganiga sevinmaysizmi?!
Tovuqning egasi pastga tushib katakni ochib yubordi. Xo‘roz gerdaygancha to‘rtta tovuqni ergashtirib quruvchilar hali olib ketmagan vagonetka — uy orqasiga o‘tib ketdi.
To‘dadan bir yigit chiqib tovuqning egasini bag‘riga bosdi.
— Qani, bir tanishib qo‘yaylik, qudajon...
U hammaning ko‘ngliga quvonch solgan babaq xo‘rozning egasi edi


 
oybekСана: Пайшанба, 14-Фев-2013, 10:32 | Изох # 20
Иштирокчи
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 213
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 851
Холати: Хозир йўқ
qudalarey)))))

 
ledyСана: Чоршанба, 20-Фев-2013, 01:32 | Изох # 21
Сайтимиз қадрли мухлиси
Гурух: VIP
Изохлар: 2050
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 1169
Холати: Хозир йўқ
Бугун Узбекистон халк шоири Эркин Вохидов шеърларидан бахраманд буласиз. Келаси хафтагача сиз хам шоир шеърларидан кушиб боринг.



Добавлено (20-Фев-2013, 00:27)
---------------------------------------------
Sirdaryo o’lani


Osmono’par Tiyonshonning qorisin,

Ko’xna Jayxun yo’ldoshisan, yorisan.

Ona vodiy xayotisan, borisan,

Quvonchisan, alamisan, zorisan,

Oqib turgin, ko’rib qolma, onajon.



Tuma nasr kechmishidan daraksan,

Yurtim uchun xam tomdir, xam yuraksan,

Nega bukun bemadorsan, xalaksan?

Sen bizlarga axir mangu keraksan,

Oqib turgin, qurib qolma, onajon.



Sen borsanki, keng voxada xayot bor,

Demak, yurtning labida bol, nabot bor,

Senda elim sabotidek sabot bor,

Sobit bo’lgan, Ona soydan najot bor,

Oqib turgin, qurib qolma, onajon.



Sen paxtasan, olma, anor va nursan,

O’zbek uchun surursan xam g’urursan.

O’zni yerga tomchi-tomchi beg’ursan,

Daryo emas, xalq timsoli erursan,

Oqib turgin, qurib qolma, onajon.



Men bolangman, nido bo’lay sen uchun,

Bir jalg’adek davo bo’lay sen uchun,

Kerak bo’lsa, fido bo’lay sen uchun,

Mayliga, men ado bo’lay sen uchun,
Oqib turgin, ko’rib qolma, onajon.

Добавлено (20-Фев-2013, 00:27)
---------------------------------------------
Barcha shodlik senga bo'lsin


Barcha shodlik senga bo'lsin,bor sitam zorlik, menga.
Barcha dildorlik senga-yu,barcha xushtorlik menga.

Sen mening jonimni olgin,men sening darding olay,
Barcha sog'lik senga bo'lsin,barcha bemorlik menga.

Senga bo'lsin barcha husnu menga bo'lsin barcha ishq,
Kori xunxorlik senga-yu,mehru poydorlik menga.

Bu jahonning rohatin ol,bor azobin menga ber,
Senga bo'lsin barcha orom,barcha bemorlik menga.

Ol o'zing koshonlarni,menga qo'y mayxonani,
Barcha xushyorlik senga-yu,barcha hummorlik menga.

Senga bo'lsin nurli kunduz,menga qolsin qora tun,
Barcha gulshan senga bo'lsin,bor tikanzorlik manga.

Sen shahanshohlikni olgin,menga qullik bo'lsa bas,
Bor jafokorlik senga-yu,bor vafodorlik menga.

Mayli, ostonangda yotsam,mayli, quvsang tosh otib,
Bor dilozorlik senga-yu,bor dilafgorlik menga.

Senga she'rni bitsin Erkin,yirtib otmoq o'z ishing,
Kasbi inkorlik senga-yu,aybga iqrorlik menga.

Добавлено (20-Фев-2013, 00:28)
---------------------------------------------
Yo'q emish orzuda ayb...


Saydi ishq so'lgan ko'ngilga

Qo'ymangiz behuda ayb.
Bo'lsa bandi domi sayyod,

Yo'q erur ohuda ayb.

Bandga tushgan bu ko'ngildur,

Menda, ayting, ne gunoh,
Dil qushiga dom qo'ygan

Ul ikki joduda ayb.

Jodu ko'zlar bandi yolg'iz -

Sen emas, tutqun yurak,
Avval-oxir ko'hna meros

Ishq degan tuyg'uda ayb.

Ey ko'ngil, o'z mayling ila

Bo'lding ishq domiga band,
Izlama endi bahona,

Demagin u-buda ayb.

Sevgi dardidan mening ham

Bo'ldi rangim qahrabo,
Yo'q iloj, ne naf o'kinmak

Bo'lmasa ko'zguda ayb?

Sen-ku Zuhrosan falakda

Intizoringman faqat,
Ne ajab tolpinsa ko'nglim,
Yo'q emish orzuda ayb.

Добавлено (20-Фев-2013, 00:31)
---------------------------------------------
Qaro qoshing


Qaro qoshing, qalam qoshing,
Qiyiq qayrilma qoshing, qiz.
Qilur qatlima qasd qayrab -
Qilich qotil qaroshing, qiz.

Qafasda qalb qushin qiynab,
Qanot qoqmoqqa qo'ymaysan.
Qarab qo'ygil qiyo,
Qalbimni qizdirsin quyoshing, qiz.

Добавлено (20-Фев-2013, 00:32)
---------------------------------------------
Tush


Bir oy bo'ldi,
Takror-takror
Men bir xil tush ko'raman,
Tushlarimda mudrab yurgan
El ichida yuraman.

Ular bilan
Men ham mudrab,
Asta qadam sudrayman.
'Bu - tush', - deyman,
'Uyg'on!', - deyman,
Uyg'onolmay mudrayman.

Har tun shu hol,
Falak bergan
Bu ne balo, qiynoqdir?!
Ey, Xudoyim,
Ey, Xudoyim,
Kecha buncha uzoqdir!


 
oybekСана: Чоршанба, 20-Фев-2013, 03:52 | Изох # 22
Иштирокчи
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 213
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 851
Холати: Хозир йўқ
zo'ru.....

 
NOZIСана: Чоршанба, 20-Фев-2013, 13:27 | Изох # 23
Сайтимиз қадрли мухлиси
Гурух: ИЗОХЛАР МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 2808
Тақдирланишлар: 3
Хурмат даражаси: 1158
Холати: Хозир йўқ
Энг севимли шеърим, мактаб даврида ёдлагандим

O`ZBEGIM

Qasida

Tarixingdir ming asrlar
Ichra pinhon, o‘zbegim,
Senga tengdosh Pomiru
Oqsoch Tiyonshon, o‘zbegim.

So‘ylasin Afrosiyobu
So‘ylasin O’rxun xati,
Ko‘hna tarix shodasida
Bitta marjon, o‘zbegim.

Al Beruniy, Al Xorazmiy,
Al Forob avlodidan,
Asli nasli balki O’zluq,
Balki Tarxon, o‘zbegim.

O’tdilar sho‘rlik boshingdan
O’ynatib shamshirlarin
Necha qoon, necha sulton,
Necha ming xon, o‘zbegim.

Tog‘laring tegrangda go‘yo
Bo‘g‘ma ajdar bo‘ldi-yu,
Ikki daryo - ikki chashming,
Chashmi giryon, o‘zbegim.

Qaysari Rum nayzasidan
Bag‘rida dog‘ uzra dog‘,
Chingizu Botu tig‘iga
Ko‘ksi qalqon, o‘zbegim.

Yog‘di to‘rt yondin asrlar
Boshingta tiyri kamon,
Umri qurbon, mulki toroj,
Yurti vayron, o‘zbegim.

Davr zulmiga va lekin
Bir umr bosh egmading,
Sen - Muqanna, sarbador - sen,
Erksevar qon, o‘zbegim.

Sen na zardusht, sen na buddiy,
Senga na otash, sanam,
Odamiylik dini birla
Toza imon, o‘zbegim.

Ma’rifatning shu’lasiga
Talpinib zulmat aro,
Ko‘zlaringda okdi tunlar
Kavkabiston, o‘zbegim.

Tuzdi-yu Mirzo Ulug‘bek
Ko‘ragoniy jadvalin,
Sirli osmon tokiga ilk -
Qo‘ydi narvon, o‘zbegim.

Mir Alisher na’rasiga
Aks-sado berdi jahon,
She’riyat mulkida bo‘ldi
Shohu sulton, o‘zbegim.

Ilmu she’rda shohu sulton,
Lek taqdiriga qul,
O’z elida chekdi g‘urbat,
Zoru nolon, o‘zbegim.

Mirzo Bobur - sen, fig‘oning
Soldi olam uzra o‘t,
Shoh Mashrab qoni senda
Urdi tug‘yon, o‘zbegim.

She’riyatning gulshanida
So‘ldi mahzun Nodira,
Siym tanni yuvdi ko‘z yosh,
Ko‘mdi armon, o‘zbegim.

Yig‘ladi furqatda Furqat
Ham muqimliqda Muqiym,
Nolishingdan Hindu Afg‘on
Qildi afg‘on, o‘zbegim.

Tarixing bitmakka, xalqim,
Mingta Firdavsiy kerak,
Chunki bir bor chekkan ohing
Mingta doston, o‘zbegim.

Ortda qoldi ko‘hna tarix,
Ortda qoldi dard, sitam,
Ketdi vahming, bitdi zahming,
Topdi darmon, o‘zbegim.

Bo‘ldi osmoning charog‘on
Tole xurshidi bilan,
Bo‘ldi asriy tiyra shoming
Shu’la afshon, o‘zbegim.

Men Vatanni bog‘ deb aytsam,
Sensan unda bitta gul,
Men Vatanni ko‘z deb aytsam,
Bitta mujgon, o‘zbegim.

Faxr etarman, ona xalqim,
Ko‘kragimni tog‘ qilib,
Ko‘kragida tog‘ ko‘targan
Tanti dehqon, o‘zbegim.

O’zbegim deb keng jahonga
Ne uchun madh etmayin!
O’zligim bilmoqqa davrim
Berdi imkon, o‘zbegim.

Men buyuk yurt o‘g‘lidurman,
Men bashar farzandiman,
Lek avval senga bo‘lsam
Sodiq o‘g‘lon, o‘zbegim.

Menga Pushkin bir jahonu
Menga Bayron bir jahon,
Lek Navoiydek bobom bor,
Ko‘ksi osmon, o‘zbegim.

Qayga bormay boshda do‘ppim,
G’oz yurarman, gerdayib,
Olam uzra nomi ketgan
O’zbekiston, o‘zbegim.

Bu qasidam senga, xalqim,
Oq sutu tuz hurmati,
Erkin o‘g‘lingman, qabul et,
O’zbegim, jon o‘zbegim.

Добавлено (20-Фев-2013, 12:15)
---------------------------------------------
Яна Эркин Вохидовнинг хажвий "Матмуса" туркумидаги шеърлари жуда ёкади.

Кизикувчан Матмуса

Оппоқ кўйлак, янги шим

Кийиб олиб байрам кун,

Уйга қайтар Матмуса

Ширин бўлиб кечқурун.

Қайтар завққа қўшиб завқ,

Ҳам куч қўшиб кучига.

Бир пайт кўрса, аллаким

Симёғочнинг учига —

Қоғоз осиб қўйибди,

Икки қатор ёзиб хат.

Ўқимоққа Матмуса

Ҳарчанд қилар ҳаракат —

У томондан қарайди,

Қарайди бу томондан.

Билмай кетса не хат бу,

Чиқа олмас армондан.

Қизиқувчан иштиёқ

Унга тинчлик бермасди.

Кўйлакни ҳам аямай

Симёғочга тирмашди.

Чиқди, кўрди, ўқиди,

Ким ақлдан озибди?

«Эҳтиёт бўл, симёғоч –-

Бўялган», деб ёзибди.

Ўқидию танидан

Чиқиб кетди муздек тер,

Уйга келиб дафтарга

Ёзиб қўйди тўрт йўл шеър:

«Эй, одамлар, билишдан

Ўзингизни тийманглар.

Қизиқувчан бўлсангиз,

Янги кўйлак кийманглар!»

Добавлено (20-Фев-2013, 12:17)
---------------------------------------------
Каъбатуллоҳ

Имону намозу рўзаю закот —
Фарзин адо этмай, эл кўзи учун —
Хожи деган номни олмоқ бўлган зот —
Қулоғига гапим, бир ўзи учун:

Нафи йўқ зар сочиб гуноҳ ювишнинг,
Раҳмон ҳам жаббор ҳам ёлғиз Оллоҳдир.
Бир дардманд қариндош, бир муҳтож қўшнинг
Озурда юраги Каъбатуллоҳдир.

1999

Добавлено (20-Фев-2013, 12:18)
---------------------------------------------
Кичкина катталар

Мартаба берганда феъл ҳам берса кенг,
Адлу мурувватдан қилмаса жудо.
Даргоҳи катталар бор бўлсин, лекин
Кичик катталардан асрасин худо.
Сен бирор эшикка бош уриб борсанг,
Юз бор ҳақ бўлсанг-да битмаса ишинг,
Билки, кўкси ичра қалб эмас, харсанг,
Кичкина каттадир учраган кишинг.
Сен олим бўлсангу ихтиро билан
Лол қилгудек бўлсанг агар дунёни,
Сенга йўл очгунча бир имзо билан
Кичкина каттанинг узилар жони.
Тадбиркор бўлсангу эл нафи учун
Бир тадбир ўйласанг, изласанг чора,
Улар топар албат ечилмас тугун,
Суягинг қолгунча қилар овора.
Аскар қасам ичар бўлмоққа фидо,
Табиб қасам ичар бахш этмоққа жон.
Кичкина катталар онт ичар аммо
«Фалон бўлай, сени қилмасам сарсон».
Чинор бўлсанг, улар кемиргувчи қурт,
Пўлат бўлсанг улар емиргувчи занг.
Эй тангрим, эл унмас, қад кўтармас юрт
Кичик катталарга инсоф бермасанг.
Ҳеч кимса бўлмаган дунёга устун,
Уқбога зар олиб кетмаган одам.
Каттаю кичикнинг бошида бор кун
Келар, ахир кичик катталарга ҳам.
Мен шеър айтдим, холос, не ҳам қилай ман,
Не илож, изтироб жонга ўт қалар.
Фақат кўнглингизга имон тилайман,
Диёнат тилайман, кичик катталар.
2000

Шахмат устида айтилган шеър

Мен эркак ўрнида туришим керак,
Ё хотин измига юришим керак.

Хотиннинг, тўй, лозим омадаси кўп,
Ҳа, деса лаббай, деб туришим керак.

Ҳа, деса лаббай, деб туришим учун,
Уйимда пул завод қуришим керак.

Уйимда пул завод қура олмасам,
Энг катта банкани уришим керак.

Энг катта банка ҳам қўлдан келмаса,
Ҳа, деса шалвираб туришим керак.

Шалвираб турувчи эркак бўлгандан
Йўқ бўлиб дунёдан, қуришим керак.

Дунёдан йўқ бўлиб кетмаслик учун
Мен эркак ўрнида туришим керак.

Яъни эркакларнинг ишини қилиб,
Мазза қилиб шахмат суришим керак.

1996

Добавлено (20-Фев-2013, 12:19)
---------------------------------------------
Ўзбек Навоийни ўқимай қўйса

Ўзбек Навоийни ўқимай қўйса,
Олтин бошнинг калла бўлгани шудир.
Бедил қолиб Демьян Беднийни суйса,
Қора сочнинг малла бўлгани шудир.

Ўзбек Навоийни ўқимай қўйса,
Дод демоққа палла бўлгани шудир.
Маърифатдан айру ўйнаса, кулса,
Аза чоғи ялла бўлгани шудир.

Ўзбек Навоийни ўқимай қўйса,
Алдангани, алла бўлгани шудир.
Юлғич азиз бўлиб, билгич хор бўлса,
Пайтаванинг салла бўлгани шудир.

Эл комил бўлмаса юрт эмас улуғ,
Беқадр маҳалла бўлгани шудир.
Қалб тўла нур халқнинг ризқи ҳам тўлуғ,
Омбор тўла ғалла бўлгани шудир.

Ўзбек ўзлигини англаса бекам,
Унинг «Баракалла» бўлгани шудир.
Оламга Навоий наслиман деган
Овози баралла бўлгани шудир.

1971—2000

Добавлено (20-Фев-2013, 12:19)
---------------------------------------------
Туш

Бир ой бўлди,
Такрор-такрор
Мен бир хил туш кўраман,
Тушларимда мудраб юрган
Эл ичида юраман.
Улар билан
Мен ҳам мудраб
Аста қадам судрайман.
Бу — туш, дейман,
Уйғон, дейман,
Уйғонолмай мудрайман.

Ҳар тун шу ҳол,
Фалак берган
Бу не бало қийноқдир!
Эй худойим,
Эй худойим,
Кечанг бунча узоқдир?!

1991

Добавлено (20-Фев-2013, 12:20)
---------------------------------------------
Узоққа бормадик андиша билан...

Узоққа бормадик андиша билан,
Тил топаолмадик ҳамиша билан.

Одамзодга дўст ҳам ёв бўларкан тил,
Кўприк бўларкан ҳам ғов бўларкан тил.

Олисга етмасдан ўчди унимиз,
Чунки бегонага қолди кунимиз.

Гул бўл, тиканак бўл — чаманингда бўл,
Булбул бўл, қарҚа бўл — ватанингда бўл.

1989

Добавлено (20-Фев-2013, 12:20)
---------------------------------------------
Уятчанлик

Бу қалтис дард,
Зийрак бўлинг,
Белгилари аёндир:
Бош сал эгик, қўл кўкракда,
Тил чучук, юз алвондир.

Уларга кўп дуч келганман,
Кўнглим дарҳол сезади.
Уятчанлар одоб билан
Юрагимни эзади.

Мана, унга қаранг!
Хушрўй,
Мўмингина боладир.
Порахўрмас, қўлингизни
Қайтаролмай оладир.

Дўкондор ҳам кўп уятчан,
Қизил қоғоз қасдида
Бош кўтармас.
Икки кўзи
Пештахтанинг остида.

Бу — отадир,
Аслида у
Оталикка яролмас.
Дада, дея чопиб келган
Боласига қаролмас.

Ҳамкасбим бор —
Соҳиб зиё,
Эл дардини туёлган.
Лекин ҳақ сўз айтмоққа у
Катталардан уялган.

Бу амалдор кўтарилган
Кимларгадир суялиб.
Трамвайда юрмайди ҳеч
Халойиқдан уялиб.

Унга сира иш тушмасин,
Бағринг қонга бўялар.
«Хўп» дегани тортинади,
«Йўқ» дегани уялар.

Мулойим зот сеҳргардир,
Нақд қурбони бўласиз.
Кулиб туриб пичоқ урса,
Раҳмат айтиб ўласиз.

Уятчанлик эга шундоқ
Киши билмас қувватга.
Бир уятчан бутун элни
Қўяолар уятга.

Биз улардан кулсак, ичда
Улар биздан кулади.
Бу касални йўқ қилмасак
Жуда уят бўлади.

1988

Добавлено (20-Фев-2013, 12:22)
---------------------------------------------
Амалдорлар талашиб ўрин,
Бир-бирининг қуритар шўрин.

Тентак бермай тентакка тўрин,
Қуритади тентакнинг шўрин.

Шахматчилар излашиб зўрин,
Бир-бирининг қуритар шўрин.

Олим топиб олимнинг Қўрин,
Касбдошининг қуритар шўрин.

Қассоблар-ку ҳаммадан бурун
Танишининг қуритар шўрин...

Шоирлар-чи? Бериб қалб қўрин,
Шеър ёзмоқнинг ўрнига, кўринг —

Ўлмай туриб талашиб гўрин,
Бир-бирининг қуритар шўрин.

Камтарин бул, хатто бир кадам,
Утма гурур остонасидан.

Пиёланинг инсон шунинг-чун,
Упар доим пешонасидан

1988

Добавлено (20-Фев-2013, 12:23)
---------------------------------------------
Нўноқ шоирлар

Биз бир замон муҳаррир бўлдик,
Қисмат экан, бўлдик ноширлар.
Ўлсак ёмон шеърлардан ўлдик,
Адо қилди нўноқ шоирлар.

Қўлёзмалар ўқирдик дил ғаш,
Кўргиликдан оҳлар урардик.
Сўзи чалкаш,
Ўзи жанжалкаш
Шеърбозлардан қочиб юрардик.

Йиллар ўтди.
Танидик одам,
Дунё надир, қилдик тафаккур.
Энди ўша ташбиҳи мубҳам
Нозимларга деймиз ташаккур.

Кўп зотларни кўрдик,
Алҳазар,
Ёқа тутдик, астағфируллоҳ!
Энди бизга энг зўр байтёзар
Валий бўлиб кўринар, биллоҳ!

Шеър йўлласа-
Ҳатто саёз. хом-
Ёш шоир ё ҳаваскор бахши
Мақтаб-мақтаб тилаймиз илҳом,
Шеър ёз, деймиз, ёзганинг яхши.

Сени шоир билишмаса ҳам,
Шеърингни чоп қилишмаса ҳам,
Қофияси келишмаса ҳам
Шеър ёза бер, ёзганинг яхши.

Оқ қоғозга қоматинг эгиб,
Оқ кўнгилга умидлар экиб,
Муҳаррирлар жонига тегиб
Шеър ёза бер, ёзганинг яхши.

Бахтни уйғоқ тунлардан сўра,
Бўлма кину ҳасадга жўра,
Юмалоқ хат ёзгандан кўра
Шеър ёза бер, ёзганинг яхши.

Дунё нўноқ шеърга тўлса ҳам,
Мунаққидлар хуноб бўлса ҳам,
Диди нозик ўқиб ўлса ҳам
Шеър ёза бер, ёзганинг яхши.

Зинҳор-зинҳор бу ишдан тўйма,
Ишқибозлик умрнинг нақши.
Бизга ўхшаб ёзмасдан қўйма,
Шеър ёза бер, ёзганинг яхши.

Добавлено (20-Фев-2013, 12:27)
---------------------------------------------
Хассос шоиримиз таржима бобида хам бекиёслар. Машхур шоир Расул Хамзатов шеърининг куйидаги таржимаси назаримда, узбек тилида яхширок чиккандек

Кеча-ку тирмашиб тик коятошга
Кушлар уясига солардим кирон.
Мана, севги иши тушди-ю бошга,
Мени катта килиб куйди ногахон.
Кеча-ку узимни катта сезардим,
Доно билар эдим гудак ёшимда.
Севгининг олдида бирдан кизардим,
Бола булиб колдим унинг кошида.

Расул Хамзатов (Эркин Вохидов таржимаси)




Изохни тахрирлади (ўзгартирди) NOZI - Чоршанба, 20-Фев-2013, 13:27
 
БОБОСана: Чоршанба, 20-Фев-2013, 13:32 | Изох # 24
ФанФорум рахбари
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 630
Тақдирланишлар: 4
Хурмат даражаси: 1607
Холати: Хозир йўқ
Форумга поэззияни олиб кирган Ледига рахмат!
Узбегимни таърифлаган узбек кизи Нозига офаринлар!
 
GiyosСана: Чоршанба, 20-Фев-2013, 17:48 | Изох # 25
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 1130
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 59
Холати: Хозир йўқ
Rahmat. Mazza qilib oqidim.

Sog' salomatlik...
 
  • Страница 1 из 3
  • 1
  • 2
  • 3
  • »
Поиск: