Bravooo Mirzoxid aka...!!! Yashshshang...!!! Kattakon Rahmaaaaat...!!! Usmon Nosir ijodiyotiga mehrim judayam baland...!!! Hayotda qisqa umr kechirgan bo'lsalarda, biz o'quvchilar uchun buyuk ijodlarini, muhabbat ila meros qilib qoldirib keta olganlar...!!!Добавлено (28-Июл-2013, 13:05)
---------------------------------------------
YANA SHE'RIMGA!!!
She'rim! Yana o'zing yaxshisan,
Bog'ga kirsang, gullar sharmanda.
Bir men emas, hayot shaxsisan,
Jonim kabi yashaysan manda.
Yuragimning dardi - naqshisan,
Qilolmayman seni hech kanda!
O't bo'lurmi ishqi yo'q tanda?
Dardimsanki, she'rim, yaxshisan.
Sen orada ko'prik bo'lding-da,
Geyne bilan o'rtoq tutindim.
Lermontovdan ko'mak o'tindim.
Butun umrim sening bo'yningda,
Saharda qon tupursam, mayli.
Men - Majnunman, she'rim, sen - Layli!
USMON NOSIR 1937-yil...