[ Янги изохлар · Фойдаланувчилар · Қоида · Изламоқ · RSS ]
  • Страница 7 из 8
  • «
  • 1
  • 2
  • 5
  • 6
  • 7
  • 8
  • »
Модератор форума: Giyos, SarVario, komol_76, Anv@rbek  
Loading... Hikoyalari
Nilufar_93Сана: Душанба, 29-Июл-2013, 01:18 | Изох # 151
Иштирокчи
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Изохлар: 270
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 237
Холати: Хозир йўқ
-Nima gap Poti?
Qiz:Poti mas Fotima.Ismimi muncha xunu etasan.O'zim eshitib o'zim xafa bo'b ketaman
Nigora xandon otib kulib yubordi.Aslida bu qiz tabiatan xushchaqchaq,bir gapirib o'ng kuladiganlar toifasiga kirar edi.Ikki sirdosh azaldan do'st bo'lib,bu ularning kun ora qiladigan hazil gaplari edi.
-Nigor,nimedir ko'nglim g'ash.Tohir tel ham qimepti.
Nigora:Shunga shunchami.Qimasa o'zing qil.
Qiz:E doim man qivuramanmi?dedi qoshlarini chimirib.
Nigora:O'zi buning sanga uylanadimi?Bir tayini yo'q.Sangayam hayronman kanade yopishib qogansan.
Qiz:E unaqamas.Uyalyaptida.Sovchi yuboring dimimanu.Bezdek.Ersiz qovomanmi?
Nigor:bu ketishda qolasanam.Nechtasini qaytarvording.
Qiz:Axir ko'nglim unda.Kerak bo'lsa butun umr kutaman.
Nigora:Layli-yu Shirinlarni uyaltirvording.Endi mani eshit.Xullas bir yigit bilan tanishdim judayam ajoyib.
Qiz:Qachon qayerda?Rustamchi?
Nigora:ee qo'y shu Rustamni.U bilan vertualda tanishdim.Xushsur'at bir yigit.Uchrashishga kelishdik.Shunga man emas san bora qol.
Qiz:Nima?jinnimisan?Aqling joyidami?
Nigora:U bilan faqat do'stmiz.
Qiz:Manga nima qizig'i bor.Man Tohirga xiyonat qimiman.Biz bir-birimizi hecham aldamaganmiz.Ishonamiz bir-birimizga.
Nigora:bu xiyonat emas.Bu do'st uchun yaxshilik.
Davomi bor...


Haqiqat havoga o'xshaydi,nafas olib turasizu,o'zini ko'rmaysiz.
 
Dinora_Golden_GirlСана: Душанба, 29-Июл-2013, 03:44 | Изох # 152
Sayyod.comда пропискада!
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 4486
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 908
Холати: Хозир йўқ
Voy ishqilib oxiri baxayr bo'lsin... smile

Fikrim satrimda oshkor!)
 
Nilufar_93Сана: Душанба, 29-Июл-2013, 15:42 | Изох # 153
Иштирокчи
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Изохлар: 270
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 237
Холати: Хозир йўқ
Qiz:Yaxshilik so'rab olinmaydi.
Nigora:Hop so'ramadim.O'zi bir marta ishim tushgandi.Shuniyam ko'p ko'rding.
Qiz:Nega unaqa disan?Axir man yod begona inson bilan qaysi yuz bilan uchrashaman.Hatto uni isminiyam bilmayman.
Nigora:Yo'q dima dugonajon.10minutgayam bormidi suhbatlaring.Man uchun hop digin.
Qiz:Yo'q didimku.O'zing tanishding,o'zing bor.(dedi asabiy)
Nigora:Man boromimande.O'sha kuni...Rustamni tug'ilgan kuni.
Qiz:Unda boshqa kunga rejalashtirila uchrashuvlaringni.
Nigora:Kesatmagin Poti.Mayli bormasang borma.Majburlamiman.
Qiz:Xafa bo'misan.Shu kunlardan boshqacharoqman.
Nigora:hmmm dedi biroz xayol surib.
-O'zi sanga bitta zo'r gap olib keldim.O'sha yigit aytib berdi xayron qolibman.
Qiz:Nima dedi?
Nigora:Bir do'sti bor ekan.4-5 yil oldin o'sha yigit bir qizni sevib qoladi.Avvaliga do'stlashadi keyin odatdagidek sevgi.Yigit qizga dil izhorini "Bolalar" borku guruh
Qiz:Ha,ha
Nigora:O'shani qo'shiqlarini kuylab aytar ekan.
Qiz:Hozir hamma shunaqa.
Nigora:Oldin boshqacha edida.Xullas, yigitni sevgisi uzoqqa bormaydi.Qiz nimadir bo'lib vafot etadi.Yigit esa sevishda davom etadi.
Qiz:Qanaqasiga?
Nigora:Yigit uni opasini o'sha qiz deb mana necha yildan beri sevib kelayotgan ekan.Adashmasam opasi buni bilmaydi.
Qiz:Bechora yigit.Lekin opasiga jabr bo'ptida.Shunchalik o'xshar ekanmi a?
Nigora:Fotim va Zuhra ekan.Huddi silardek.
Qiz:Yo'g'e.
Nigora:Ha avvaliga manam ishonmadim.Yo'q rost ekan.Tohir Zuhro lar shu zamonda bor ekan.
Qiz:Nima diding? Tohir?
Nigora:ha Tohir.Ismilariyam huddi ataylab qo'yilgande...e...k.T...tto'xta sani yigitinam Tohirmidi?
Qiz javob bermadi.U karaxt bo'lib qolgandi.Nigorani gaplarini boshqa eshitmadi ham.Ko'zlarida achchiq yoshlari quyilib kelardi.Lekin buni o'zi sezmasdi.
Nigora:Fotima? Fotima dedim!
deb qizning yuzlariga 1-2 marta shapatillab qo'ydi.
Qiz yosh to'la ko'zlari bilan dugonasiga yuzlandi.
-Uchrashuvga boraman.Qaysi kuniga kelishganding?
Nigora:Qo'ysenchi Foti.U sani Tohiring emas.
Hozir bormiman diyotuding.Bormi qo'ya qol. (dedi ichidagi havotirini yuzaga chiqarmay)
Qiz:Boraman.Qaysi kunligini ayt?Ayt dedim?
Nigora:Ertadan keyin.Shahar markazidagi bog'da kutadi.
Qiz:Qanaqib taniman.
Nigora:Mana rasmi.Qo'lidagi telefonini unga uzatdi.
Qiz:Chunarli.Demak,ertadan keyin...g'azab bilan qo'llarini musht qildi.
Davomi bor...


Haqiqat havoga o'xshaydi,nafas olib turasizu,o'zini ko'rmaysiz.
 
ShukronаСана: Душанба, 29-Июл-2013, 16:01 | Изох # 154
Sayyod.com мухлиси
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Изохлар: 586
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
Vay Poti borma. Sen bilsang Tohirniyam kongli sinadiku?
 
Dinora_Golden_GirlСана: Душанба, 29-Июл-2013, 16:04 | Изох # 155
Sayyod.comда пропискада!
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 4486
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 908
Холати: Хозир йўқ
Vay ana xolooos... sad

Nilufar gulim... Yozaqoliiin tezrooo ichim qizib ketvottiyee biraaam...


Fikrim satrimda oshkor!)
 
Zinnura_KСана: Душанба, 29-Июл-2013, 18:22 | Изох # 156
Sayyod.com мухлиси
Гурух: VIP
Изохлар: 863
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 1466
Холати: Хозир йўқ
Unutishga rooozimasman yorrr majburman..

sad :(

o'ylash tegdi joonimga...

Exxee...


erka farishta....(m)....
 
oybekСана: Душанба, 29-Июл-2013, 18:35 | Изох # 157
Иштирокчи
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 213
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 851
Холати: Хозир йўқ
nega bu yerda xamma yigitga ichi achiyaptiyu potiga ichi achimayapti tushunmadim.....
bor poti bor.....))))))))))))


 
Nilufar_93Сана: Сешанба, 30-Июл-2013, 02:14 | Изох # 158
Иштирокчи
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Изохлар: 270
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 237
Холати: Хозир йўқ
Qiz:Nigor bilan suhbatimiz uzoqqa cho'zilmadi.O'zini noqulay his qildi chamamda.Man ham ignani ustida o'tirgandek edim.Nigorni kuzatayotsam opam ham hayron bo'ldilar.
-Ha,qizim o'tirda,ovqat tayyor bo'p qoldi.Foti dugonangni choyga taklif qilsangchi,xoy xayolparast?Fotim didim deb oshxona derazasida baqirib qoldilar.Man o'zimda emasdim.Nigor ham unamadi.Shoshilgancha ketib qoldi.Bugun uni pastki ko'chagacha kuzatmadim ham.Darvozani berkitib,hovlimizdagi arg'imchoqda hovurimdan tushishga harakat qildim.Kun qorayibdi-ki, alamimdan chiqmagandim.Nazarimda,hech kim mani tushunmasdi.Aslida ham shunday edi.Nega uni tanimadim?Nega sevdim?Nega? degan savollar bilan o'zimni ancha vaqtgacha qiynab o'tirdim.
Unga baqirgim,urgim,xo'rlagim kelardi.Axiyri bir to'xtamga keldim.Deraza tokchasidagi telefonimni olib Tohirga qo'ng'iroq qila boshladim.Telefoni qulog'imga yuborishim bilan asabimni bir qiz ovozi battar buzdi:
Siz terayotgan raqam bilan vaqtinchalik aloqa yo'q.Iltimos birozdan...qizil tugmachani bosib qo'ydim.O'zimni qo'yarga joy topolmay qoldim.O'rnimdan turib,xonamga kirib ketdim.O'rnimga yotdim.Uxlashga harakat qildim lekin uxlolmadim.Zuhrani eslab yotdim.U bilan bo'lgan damlarimizni.

Добавлено (30-Июл-2013, 01:13)
---------------------------------------------
Uni judayam sog'indim.Bir bo'lagimdek edi.Do'stim,singlim ham u edi.Ba'zida ko'zguga qaragim ham kelmaydi.Go'yo jismim Zuhra-yu,faqat yuragim o'zimnikide tuyiladi.
Iflos Tohir,Sevganmish.U qotil.Orzularga to'la singlimdan uni deb ayrildim.

Добавлено (30-Июл-2013, 01:14)
---------------------------------------------
Davomi bugun...


Haqiqat havoga o'xshaydi,nafas olib turasizu,o'zini ko'rmaysiz.
 
ShukronаСана: Сешанба, 30-Июл-2013, 02:47 | Изох # 159
Sayyod.com мухлиси
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Изохлар: 586
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
Voy Tohir aybdormi? Davomini tezro yozin.
 
Nilufar_93Сана: Чоршанба, 31-Июл-2013, 00:29 | Изох # 160
Иштирокчи
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Изохлар: 270
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 237
Холати: Хозир йўқ
Qiz qorong'ilikdan qo'rqib xonadan chiqib ketdi.Osmonda yangi oy ko'rinardi.Qiz ayvonchada televizor ko'rib o'tirgan onasini yoniga o'tirib,tizzasiga boshini qo'ydi.Chuqur xo'rsindi.
Qiz:Opajon?
Ona:ha Fotima?dedi uni sochlarini silab.Nima bo'ldi?
Qiz:Zuhrani sog'indim.U siz judayam qiynalib ketdim.
Ona:U mangayam kerak.Huddi sandek.To'lin oyim yarimta bo'lib qoldi asal qizim (lablari titrab ketdi)
Qiz:Opajon,Zuhra siz bilan ko'psirlashardi,manga sirlarini ishonmasdi.U sizga anavi yigit haqida aytganmi?
Ona:U o'zi juda sirli edi.Ichimdagini top xilidan.Qo'yarda,qo'ymayman gapirtirardim.Onaga aytish kerak.Ona do'st bo'ladi derdim.Ha aytgan.Juda ko'p gapirardi u haqida.Lekin hech rasmini ko'rsatmasdi.Isminiyam aytmagandi.
Qiz:Uni hecham ko'rmaganmisiz?
Ona:Yo'q.Lekin ovozini taniyman.Telefonda bir marta gaplashgandim.Judayam aqlli,odob,gapga usta yigit edi.
Qiz:nafaratlanam undan.U sabab Zuhra nobud bo'ldi.
Ona:Hay,hay isbotsiz gapirma.Necha martda aytganman,tuxmat qilma deb.
Qiz:Lekin opa,o'sha kuni ular birga edi.Bir do'sti ularni ko'rgan o'sha yerda.
Ona:Qizim yaxshi narsalardan gapirgin.Eslatma o'sha qora kuni.Bu baxtsiz hodisa edi.Zuhra ham yoshlik qilib qo'ygandi.Bechora qizginam.(ko'zlari yoshlanib ketdi)Yuragimni sen battar siqma endi.
Qiz:Kechiring,boshqa eslatmayman.
Boshini ko'tarib,onasini quchoqlab yuzlarini o'pib qo'ydi.
Ammo Fotima yana onasini tizzasiga boshini qo'yib, o'sha mashum kuni xotiraladi.


Haqiqat havoga o'xshaydi,nafas olib turasizu,o'zini ko'rmaysiz.
 
Dinora_Golden_GirlСана: Чоршанба, 31-Июл-2013, 05:11 | Изох # 161
Sayyod.comда пропискада!
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 4486
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 908
Холати: Хозир йўқ
Vay nima bo'ganikin o'sha kuni...
Fotima haqiqatni bildi, endi nima qilarkina... sad


Fikrim satrimda oshkor!)
 
Nilufar_93Сана: Сешанба, 06-Авг-2013, 23:57 | Изох # 162
Иштирокчи
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Изохлар: 270
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 237
Холати: Хозир йўқ
Voqea mana bunday yuz bergan edi:
O'sha tong ikki opa-singil nonushta ham qilmay,avtobusga bir amallab yetib olishdi.Qish kunlari.Havo sovuq.Jamoat transportlari yo'lovchilarga liq to'la.Ustiga ustak yo'llar tirband va sirpanchiq.
Zuhra orqa o'rindiqni ko'zlab,navbatdagi bekatlarning birida joylashib ham oldi.Fotima tik turib ketishga odatlangan,o'rindiqlar bo'sh bo'lsa ham o'tirib olish uning parvosiga kelmasdi.Fotima odamlarni kuzatib ketishni yoqtirardi.Zuhra esa yon-atrofni,shahar ko'chalarni tomosha qilishdan charchamasdi.
Avtobus kollej binosi oldida to'xtadi.Eshiklardan gur etib portfel ko'targan talabalar tushishdi.Ularning orasida Fotima ham bor edi.Lekin Zuhra ko'rinmasdi.U hali ham avtobusda.Fotima uni kuzatib turardi.Zuhra avtobusning yo'lning nariga tomoniga qaragan oynasidan Tohirni ko'rib qolgan va unga eshitilar,eshitilmas nimadirlar derdi.Tohir unga "eshitmayapman" ishorasini qildi.Shunda Zuhra oynaga katta qilib,
S O G' I N D I M deb, yozdi va yugurib avtobusdan tushdi.Fotima yigitni ko'rolmagandi chunki ular oralig'ini avtobus to'sib turgan.


Haqiqat havoga o'xshaydi,nafas olib turasizu,o'zini ko'rmaysiz.
 
JaNoB_JaDiDСана: Чоршанба, 07-Авг-2013, 00:00 | Изох # 163
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Изохлар: 1443
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 425
Холати: Хозир йўқ
Yaxwi

Добавлено (06-Авг-2013, 23:00)
---------------------------------------------
Yaxwi


 
Nilufar_93Сана: Чоршанба, 07-Авг-2013, 20:43 | Изох # 164
Иштирокчи
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Изохлар: 270
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 237
Холати: Хозир йўқ
Zuhra:Foti man 1-paraga kirmiman.O'zing kiruvir.
Fotima:Nega kirmisan?Nima qimoqchisan?
Zuhra:2-paraga kelaman.Bir joyga qizlar bilan borib kelamiz.Sababli qilib yozdir.
Fotima:Bo'pti,bo'pti bora qol.Keganingda hammasini aytib berasan! dedi, Zuhrani burnidan chimchilab oldi.
Zuhra Fotimani quchoqlab,yo'lning u tomoniga yugurib ketdi.
Fotima kursdoshlari bilan kollej binosiga yo'l olishdi.Qizlar xonaga kelganda dars boshlanmagan hamma o'zi bilan ovvora edi.Fotima ular bilan birma-bir salomlashib,koridorga chiqdi.Derazadan ko'chaga boqdi.Ko'zlari Zuhrani izladi lekin topolmadi.Tohir va Zuhra anchagina kollej yerlardan uzoqlashib qolishgan edi.
Yigit:Zuhra
qayerga ketvomiz?
Qiz:Judayam sabrsiz odamsizda.
Yigit:O'zing ham qayerga borvotganimizni etmadingku.Darsdan keyin borsak bo'lmasmidi?
Qiz:Yo'q,hozir borishimiz zarur.Keyin kech bo'ladida.
Yigit:Hop.Mayli, sazayiz o'lmasin.
Tohir,Zuhrani bitta o'ram qilib,beliga tushib turgan sochidan sekingina tortib qo'ydi.Zuhra unga qoshlarini chimirib qarab qo'ydi.Tohir hech narsadan xabari yo'qdek boshini u yon bu yonga qaratib,beparvo xushtak chalardi.Qiz yigitga jilmayish bilan cheklandi.

Добавлено (07-Авг-2013, 01:35)
---------------------------------------------
Davomi bugun...

Добавлено (07-Авг-2013, 19:43)
---------------------------------------------
Oppoq gilam kabi to'shalgan qorli ko'chalardan yura- yura Zuhra aytgan manzilga yetib kelishdi.Ular hali qurib bitmagan 9 qavati uylar oldida to'xtashdi.Atrofda odam siyrak.Bino to'siq bilan o'rab qo'yilgan.Quruvchilar ham ko'rinmasdi.Yigit qizga savol nazari bilan qarardi.
Qiz:Mana yetib keldik.Yuring,tepaga ko'tarilamiz!
Yigit:Zuhra isitmang yo'qmi?Man quruvchi emasman.
Qiz:Qiziq gaplarni gapirasizda.Man sizi quruvchisiz dedimi?
Vaqt ketyapti.Ketdik.Tepaga chiqamiz.
Yigit:Zuhra manga bu joylar yoqmepti.Yur qaytamiz.
Qiz yigitga quloq solmadi.Uni qo'lidan tutib binoga olib kirib ketdi.
Zuhra zinapoyalardan shoshilib chiqardi.Tohir esa atrofga olazarak qarab qizning ortidan ergashardi.Bino ichi to'la bitmagan.Xonalarning eshik-romlari ham qo'yilmagan edi.Chamasi 7-qavatda ular to'xtashdi.Ikkisi ham chuqur-chuqur nasaf olardi.Zuhra asta qadamlar bilan o'ng tomondagi xonaga kirib bordi.Tohir unga yana ergashdi.Zuhra ochiq oyna ro'parasida quloch ochib,ko'ksi to'lib nafas oldi.Uning ko'z oldida keng osmon,oppoq bulutlar,purviqor tog'lar turardi.
Qiz:Qanotim bo'lsayu,osmonlarga uchib ketsam,pardek bulutlar qo'ynida uxlasam...qo'llarini samoga tutgancha orzu qildi.
Yigit qizning ortidan kelib,keng yozib turgan qo'llaridan tutdi.
-Biz "Titanic"damiz dedi,qulog'iga pichirlab.
Qiz "hop Jack", dedi kulib.
Yigit:E qanaqa Jack.Man Tohirman.Agar bilsang Tohir va Zuhralarni ham "Titanic" dek bo'lmasa ham qayig'i bo'lgan.
Qiz yigitning gaplarini eshitib sevinib ketdi.U asta ko'zlarini yumib,o'zini bo'sh qo'ydi.
Qiz:Tohir, qarang!Dengiz!
Yigit:Zuhra,ko'zlarimga qum kirib ketvoti.Orol dengizi qurib qobti shekilli?
Qiz:Issiq cola,salqin perashqe.
Xonada kulgi ovozi ko'tarildi.Ularning kulgusi uzoqlarga aks-sado bo'lib urila boshladi.Kulgidan ko'zlari yashlangan Zuhra biroz jim qoldi.Tohirning chaqnab turgan ko'zlariga uzoq qaray olmadi.Ko'zlarini tezda olib qochdi.Yuragi allanechuk hapqirib ketdi.Tohir unga bir-ikki qadam yaqinroq keldi.Issiq qo'llari bilan Zuhraning sovqotgan qo'llarini mahkam tutdi.
Qiz:Qo'llarizni issiqligini...
Yigit:Sevgi to'la qalbimga o'xshidide.
Qiz:Maniki nimaga muzde?
Yigit:Mani qo'llarimni sog'ingan...
Qiz:Xoo yoqmi qosin.(qo'llarini tortvolib)
Sizga faqat shunaqa gap bo'lsa.
Yigit:O'zinam manga chiroyli qaramaginde
(dedi,jilmayib.)
Qiz:Bu yerga sizni nimaga olib keldim bilasmi?
Yigit:Bilmiman?
Qiz:Yaqinroq keling dedi, qo'li bilan imlab.Yigit ochiq oyna labiga asta suyandi.
-Endi pastga qarang!
Yigit avval tabassum qilib turgan Zuhraga keyin pastga qaradi.Qaradiyu baxtiyorligidan baqirib yubordi.Zuhrani quchoqlab "rahmat", "rahmat" deb yuzidan o'pib oldi.
Qiz:Ey qo'yvoring!Bu nima qilganiz?Ko'rganlar nima deydi?Uyat emasmi?
Yigit:Hech kim yo'q-ku.
Qiz uyalib ketdi.
Yigit ko'zlariga ishonmay, qayta pastga qaradi.U yerda oppoq qorga katta yurak chizilgan, uning ichiga bilinar bilinmas,
"Tohir sizni SeVaMaN" deb yozib qo'yilgan edi.


Haqiqat havoga o'xshaydi,nafas olib turasizu,o'zini ko'rmaysiz.
 
JaNoB_JaDiDСана: Чоршанба, 07-Авг-2013, 21:31 | Изох # 165
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Изохлар: 1443
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 425
Холати: Хозир йўқ
Yaxwi. Ijodizga OMAD

 
Zinnura_KСана: Пайшанба, 08-Авг-2013, 08:22 | Изох # 166
Sayyod.com мухлиси
Гурух: VIP
Изохлар: 863
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 1466
Холати: Хозир йўқ
Niiiluuuuuuuuu surprised ashhhhaallliiimmmm........

Iltimoooos o'ldirmen Zuxrani o'ldirmeennn.... cry

tezrooo yaxshilikni yozin.. Tez tez yoozin...

love shuu toxir..zuxrzniiii... Shunaqa yashshi ko'ldiiim....
Ko'z uzmasadannn termuliib o'tirimman...


erka farishta....(m)....
 
Sardor_BСана: Пайшанба, 08-Авг-2013, 21:34 | Изох # 167
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 1161
Тақдирланишлар: 1
Хурмат даражаси: 178
Холати: Хозир йўқ
Keyinnnnchi

Sayyod.com
 
MirzoxidСана: Душанба, 12-Авг-2013, 01:01 | Изох # 168
Sayyod.com мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 623
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 248
Холати: Хозир йўқ
Nilufar balki davom etarsiz

...
 
Nilufar_93Сана: Душанба, 12-Авг-2013, 03:26 | Изох # 169
Иштирокчи
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Изохлар: 270
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 237
Холати: Хозир йўқ
Kutirib qo'yganim uchun uzur.Fursat va xohish bo'lmadi.)

Добавлено (12-Авг-2013, 01:34)
---------------------------------------------
Davomi...
Qiz:Tohir aka, Tug'ilgan kuniz bilan.Umriz chinor daraxtidan ham uzoq bo'lsin.
Yigit:Rahmat Go'zalim.Chinordek umrimning ildizi san.
Ilk bora qilgan izhoring umrimdagi unitilmas sovg'a bo'ldi...
Qiz:Voy unitib qo'yibman-ku.
Yigit:Nimani?(hayratlanib)
Qiz:Sovg'anida.Shu so'zni aytmaganizda umuman esimga kelmasdi.
Qiz gapira turib,sumkasidan qora qutichani oldi.Bir tomoniga did bilan band o'ralgan qutichani ochib,yigitga yaqin bordi.
Qiz:Qo'lizni bering!
Yigit:Zuhra,bu so'zni man etishim keregov.Voxli dib yurgan ekanmande
Qiz:Nima?Yana shu hazilizi boshladizmi?
Aytganimni qiling!(dedi jiddiylashib)
Yigit qo'lini biroz havoda tutdi.Qiz uning qo'liga bejirim soatni taqib qo'ydi.Yigit qo'liga biroz jim termulib qoldi.Xayolidan turli xil fikrlar o'tdi.So'ng,qizga samimiy tashakkur bildirdi.
Qiz:Bu soat sevgimiz ramzi.Uning har bir yurib turgan millari muhabbatimizni dukillab turgan yuragi.To'xtab qolmasin hop?!
Yigit o'ychan "hop" deb qo'ydi.Qiz bunga ahamiyat bermadi.U o'zini unutgan behad baxtiyor edi.Xayolidan "yana nima qilsam ekan?" degan o'y o'tardi.
Qiz bir to'xtamga keldi.Oshiqqancha ochiq oyna labiga chalqancha o'tirib oldi.
Yigit:Nima qivossan?U yer xatarli.Tur o'rningdan!
Qiz:Qo'rqmang!Hech ham xatarli emas.Undan ko'rasi telefonimdan mani rasmga oling.Jivoy orqa fon to'g'rimi? Bu bugungi kun uchun estalik.
Yigit:O'zini rosa yaxshi ko'rasande.Bo'pti rasmga olaman.Faqat o'zimi telefonimga.Manda rasming yo'q.Sani sog'insam termulib o'tiraman.
Qiz:Mayli,roziman.
Shu maxal pastki qavatdan odamlarning ovozi kela boshladi.Ularning qadam tovushlari borgan sari yaqinlashardi.Bu Zuhra taxmin qilgandek,quruvchilar edi.

Добавлено (12-Авг-2013, 02:04)
---------------------------------------------
Yigit:Zuhra,tur!Ketdik.Biron joyga yashinib,sekin qochamiz.Tur,turaqol!
Qiz:E yo'q,avval rasmga oling.Bo'ling tezroq.
Yigit:Topgan vaqtini qara.Hozir,hozir.
Yigit telefonini olib,kamerani bosdi.Telefon yuzida Zuhra ko'rina boshladi...Quruvchilar ular turgan qavatga ko'tarilishgandi.Tohir hovliqib turgan joyida zina poya yo'lakchasiga boqgan ham edi,qulog'iga "AAAAAAAA" degan,qichqiriq eshitildi...Tohir sekin ovozda Zuhra dedi.Ovoz kelgan tomonga shart burildi.Oyna labida o'tirgan Zuhra g'oyib bo'lgandi.Tohir qo'lidagi telefonini tashlab yubordi... yugurib,ochiq oynadan pastga qaradi.Qiz katta qilib chizilgan yurak ichida katta-katta ko'zlari bilan kiprik qoqmay Tohirga qarab turardi.Tohir shu zahoti muzlab qoldi.U nafas ham olmas edi.Faqat oyna labida turgan qo'llari qaltirab ketardi.Bir soniyada qizning tanasidan qon sizib chiqdi.Oppoq qorga chizilgan Yurak qonga to'lib borardi.
Tohirni xushi o'ziga kelib,binoni larzaga soluvchi ovoda chinqirdi: YO'O'O'Q,ZUUUHRAAA...

Добавлено (12-Авг-2013, 02:24)
---------------------------------------------
Tohir xonadan otilib chiqib,zinapoyalardan ko'tirilib kelayotgan odamlarni yorib o'tdi.Yugurardi,yugurardi...Qadamlari og'ir og'ir urilardi...Vujudi,yuragi,bo'g'zidan otilayotgan har bir nafasida birgina so'z:Yo'q...yo'q e Xudo...
Oltinchi qavat...
Beshinchi...
To'rtinchi...
Uchinchi...
Ikkinchi...
Birinchi qavat so'nggi zina...Tog'rida chiqish...
Bosolmadi so'nggisini.Yigit devorga suyanib sirg'alib yerga tushdi.Tishini tishiga qo'ydi.Ko'zlaridan yosh otilib chiqa boshladi.
-Ishonmiman.Bu tush.Yo'q,yo'q u tirik.
Boshini zarb bilan devorga tinmay urar tili u dilida birgina umid...birgina so'z
-Bu tush.U tirik.
Yer,atrof aylanar,Tohirning peshonasidan oqayotgan qon tomchilab-tomchilab yer bag'rida qotib qolardi.
Yigit hech kimni eshitmas,quloqlarida,lablarida bir qo'shiq shivirlardi...
O'n sakkiz ming olamda,
Sarson bo'lgan oshiqlar...

Добавлено (12-Авг-2013, 02:26)
---------------------------------------------
Davomi bor...


Haqiqat havoga o'xshaydi,nafas olib turasizu,o'zini ko'rmaysiz.
 
MirzoxidСана: Душанба, 12-Авг-2013, 04:01 | Изох # 170
Sayyod.com мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 623
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 248
Холати: Хозир йўқ
O'n sakkiz ming olamda,
Sarson bo'lgan oshiqlar haqqatdanam
davomini kutamiz···


...
 
Zinnura_KСана: Душанба, 12-Авг-2013, 12:10 | Изох # 171
Sayyod.com мухлиси
Гурух: VIP
Изохлар: 863
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 1466
Холати: Хозир йўқ
cry eeeeeee.........

Xudooo nmee bunaqaaa..... O'zin sabr ber...


erka farishta....(m)....
 
Nilufar_93Сана: Пайшанба, 22-Авг-2013, 02:42 | Изох # 172
Иштирокчи
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Изохлар: 270
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 237
Холати: Хозир йўқ
Fotima:Ko'nglim g'ash.O'zimi biram noqulay qis qivoman.Dars ham rossa cho'zildide.Uni ustiga diqqinafas bo'p o'tiriman.Miq etsen sezadiya...Ufff...Xudoga shukur.Odatga aylangan.Dadam "uf dima qizim,Xudoga shukur digin"deb uqtirganlari refleks bo'p qogan.
Qiz chuqur xo'rsinib biroz yengillashdi.
-Ko'zim uchvoti,yaxshilikka bo'lsinda.Uch marta kaftini o'pib ko'zini silab qo'ydi.
-Nega shunaqa qilarmikinmiz a?!Bilmiman.Opam shunaqa qilsalar ajablanardim."nega unday qilasiz",deb so'rasam "shunaqa qilish kerak"der edilar.Manimcha,o'zlari ham bilmasalar kerak.Bu ham qanadir shartlimiyey refleksde.
O'zi yuragim g'ash.Dard ustiga chipqon qilib boshimi qotirib o'tiribman.O'zimga o'zim gapirib o'tirishimam jonga tegdi.
Qiz avval partadoshiga, so'ng kursdoshlariga birma-bir qarab chiqdi.
-Hammani fikr xayoli darsda.Munchayam aqlli bo'lishmasa,Lelin kallalar.
Qiz o'zini gapidan o'zi kulib yubordi.Kechagi hangoma yodiga tushdi.
Tarix darsi edi.Shu paraga kelganda,guruh davomati 100% bo'ladi.Juda talabchan bo'lgani bilan o'ta hazilkash Asfandiyor, ularga shu fandan dars berar edi.Uning aytishicha,dars mobaynida bolaga tinmay leksiya o'qish,uni shu fandan tamoman bezdirishga olib kelar ekan.Shu sababdan u o'z uslubiga ko'ra mavzuni kuldirish bilan o'quvchi ongiga singdirar ekan.Yana kim bilsin deysiz.
Uning hech kimnikiga o'xshamagan hangomalari,yuz mimikalari hammaga birdek kulgili edi.

Добавлено (22-Авг-2013, 00:39)
---------------------------------------------
Bu o'qituvchi Zuhrani juda bir bo'lakcha yaxshi ko'rardi.Qizlardan ko'proq Zuhrani jig'iga tegardi.Lekin Zuhra ham hech bo'sh kelmasdi.
Zuhrani "Polvon" deb chaqirardi.Qiz bolaga nisbatan berilgan bu ta'rif, ko'z oldingizda beo'xshov gavdani nomoylaydi.Ammo Zuhra ustozi aytganchalik "Polvon"lardan emasdi.Oppoq yuzli,g'uncha labli,xumo ko'zli go'zallardan edi u.Zuhraning o'tkir nigohlari manaman degan yuraklarga cho'g' bosgan.
G'ururi baland,mag'lubiyatni bilmasligi,hech kimga bosh egmasligi esa "Polvon"deyilishiga sabab.
Ustozi "Polvon" deguncha Zuhraning ham javobi tayyor:Labbey "Aleks".

Добавлено (22-Авг-2013, 00:39)
---------------------------------------------
Bu o'qituvchi Zuhrani juda bir bo'lakcha yaxshi ko'rardi.Qizlardan ko'proq Zuhrani jig'iga tegardi.Lekin Zuhra ham hech bo'sh kelmasdi.
Zuhrani "Polvon" deb chaqirardi.Qiz bolaga nisbatan berilgan bu ta'rif, ko'z oldingizda beo'xshov gavdani nomoyonlaydi.Ammo Zuhra ustozi aytganchalik "Polvon"lardan emasdi.Oppoq yuzli,g'uncha labli,xumo ko'zli go'zallardan edi u.Zuhraning o'tkir nigohlari manaman degan yuraklarga cho'g' bosgan.
G'ururi baland,mag'lubiyatni bilmasligi,hech kimga bosh egmasligi esa "Polvon"deyilishiga sabab.
Ustozi "Polvon" deguncha Zuhraning ham javobi tayyor:Labbey "Aleks".

Добавлено (22-Авг-2013, 01:38)
---------------------------------------------
Fotima:"Garbacho'p! Foti, kal boshidan bitta o'p"mush.
Sinfda gur etib kulgu ovozi ko'tarildi.Fotima biroz gangib qoldi."nimanidir eshitmi qoldim shakilli",deb o'yladi avvaliga.Qarasa hamma uni ustidan kulyapti.Keyin tushundi.Hozirgi ustozi aytgan gapni yuzida aytib yuborgan edi.Qiz labini tishlab,yuzini berkitib,xumoridan chiqqancha kulib oldi.
O'qituvchi:Zuhra chalg'imang.Fotima xafa bo'lib qolmasin.Bunday hazillar zilga aylanishi hech gap emas.
Xonada yana kulgu ovozi ko'tarildi.
-Ustoz,bu Fotimaku.U o'zini ustidan prikol tashavoti.
O':Iye shundaymi?eh Fotima tushmagurey.Zuhra nega shaddod desam,shunday opasi bor ekanda.(dedi kulib)
Fotima kulgidan o'zini to'xtatolmasdi."Bugun katta qovun tushurdim"dedi past ovozda yuzlari qizarib.

Добавлено (22-Авг-2013, 01:42)
---------------------------------------------
Davomi bor...


Haqiqat havoga o'xshaydi,nafas olib turasizu,o'zini ko'rmaysiz.
 
RaVsHaNBeKСана: Пайшанба, 22-Авг-2013, 15:46 | Изох # 173
Иштирокчи
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Изохлар: 193
Тақдирланишлар: 0
Холати: Хозир йўқ
davomini kutamiz...

+99893 942 32 32
 
Nilufar_93Сана: Жума-муборак кун!, 23-Авг-2013, 02:25 | Изох # 174
Иштирокчи
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Изохлар: 270
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 237
Холати: Хозир йўқ
Hayot qiziq.Bir lahzada o'zgarib qolishi undanda qiziq.Ba'zida kulishgayam qo'rqasan chunki shu kulgi ortida ko'z yosh bo'lar ekan...
Yomon xabar tez tarqaladi deyishadi.Rost ekan.Qo'ng'iroq chalingach talabalar o'rtasida mish-mish yashin tezligida tarqaladi.Biri dugonasiga aytsa,boshqasi yana kimgadir...Ajablanarlisi shu mish-mishlar haqiqatga yaqin bo'ladi.
Pokiza:Qizlar eshitilarmi?
Nigora:Yana qanaqa gap topib kelding?
Pokiza:9-avtobus to'xtidigan bekat tomonda qurilish bo'votgandi ko'rganmidilar?do'mlar qurishvotudiku
Fotima:ha, ko'rganman.O'sha tomondan uyga qaytamiz.Kechayam o'tib ketdik.Rosaliyam baland qurishvoti.
Pokiza:qaysidir qavatidan bir qiz o'zini tashavoribdi.Nasmert o'libdi.Etishlaricha suyaklari maydalanib ketibdi.
Fotimani yuragi allanechuk "jig'" etdi.Vujudini muzdek ter bosdi.
Nigora:O'zinam sovuq,xabarinam sovuq.Darsda edingku qattan eshita qolding.Ensami ko'chasiga
Pokiza:Ana bollardan eshitdim.Ishonmasez ishonmen.Manga ne farkuyet.
Qizlar tilida eee bo'magan gap deyishsada,ichlarida bu gapga ishonishardi.

Добавлено (23-Авг-2013, 01:21)
---------------------------------------------
Nigora:Manga farkuyet "BBC"xon.Ko'rmasdan,bilmasdan har baloni gapirurmidi.
Pokiza:Tushunmadim.Nimaga mendan alamizi olasiz?Men bor narsani gapirdim.Alaq-valaq gaplarni gapirib yurmiman.Hhmm tovba...
Qiz mahorat bilan ko'zlarini suzib,lablarini burdi.
Nigora:Shu gapim rost divossande a?Man isbotsiz mamniqa quru gaplarga ishonmiman.
Pokiza:Sizga ishoning demadim.Bu sizi problemayiz.
Qizlarni gap talashishlari Fotimaga yoqmay borardi.Ustiga ustak yuragidagi g'ashlik tarqay demasdi.
Nigora:Problemani san ochding.Endi uni birga hal qilamiz.Ming martda eshitgandan,bir marta ko'rgan avzal.Agar quru gap bo'sa BBClik lavozimingni yig'ishtirib,mandan uzur so'risan.
Pokiza ikkilandi,o'ylandi biroz cho'chidi ham lekin past kegisi kemadi.
-Mayli,borsak boruramiz.Agar meni gapim rost chiqsa,iste'dodimga tan berib,siz mendan kechirim so'raysiz.
Nigora:Iste'dodmish.Ensami ko'chasiga.(dedi soxta jilmayib)
Fotima nimagadir e'tiroz bildirmadi.Uni maqsadi biroz toza havoda aylanib kelish edi.Baxtsiz hodisa,isbotmi?quru gapmi bu narsalar ko'ngliga sig'masdi.
Fotima:Ketadigan bo'lsak Zuhraga qo'ng'iroq qilay,birga ketamiz.Man boshqa qaytib kemiman uyga ketaman to'g'ri.
Pokiza:Ikki yoshni ayiradigan bo'ldiz
Fotima kulib qo'ydi va qo'ng'iroq qila boshladi.
Siz qo'ng'iroq qilayotgan abanent xizmat ko'rsatish doirasidan tashqarida.
Call has been...
Fotima qizilni bosdi.
-O'chiq.
Nigora:Pixini yorgan qizde shu Zuhra (ayyorona qarab)
Pokiza:Nima qilamiz?
Nigora:Boramiz.Borgach bir iloj qib uni ham chaqiramiz.Tezroq bormasak,skori ob ketgan dib qomasin tag'in.
Pokiza qovog'ini uydi,lekin indamadi.Fotimaga taklif maqul keldi.
Qizlar kollejdan chiqib,avtobusga o'tirishdi.Qorli uzun yo'llardan manzil tomon yo'l olishdi.

Добавлено (23-Авг-2013, 01:25)
---------------------------------------------
Davomi bugun.


Haqiqat havoga o'xshaydi,nafas olib turasizu,o'zini ko'rmaysiz.
 
MirzoxidСана: Якшанба, 25-Авг-2013, 14:52 | Изох # 175
Sayyod.com мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 623
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 248
Холати: Хозир йўқ
Давоми качон·

...
 
  • Страница 7 из 8
  • «
  • 1
  • 2
  • 5
  • 6
  • 7
  • 8
  • »
Поиск: