Loading... Hikoyalari
|
|
Loading | Сана: Жума-муборак кун!, 18-Янв-2013, 02:54 | Изох # 26 |
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
| - Xoy yigit?! 25ga to'lib kirmagan aqlingni bir urib kirgazib qo'yaymi? G'ofurjon ota shasht bilan dasturxonga gurs urdilarda, birdan bo'shashib qoldilar. -Bolam katta yigitsiz, oligoxda o'qiysiz. Lekin gap deb og'zizga kelganini gapiravermang. Ko'p kuzatdim, katta-kichik demay gapiraverasiz. Endi bu nima qiliq? Ota-onadan qochish bu qanaqasi bo'ldi. Astag'firulloh. Tavba qiling. - Ey do'da gapirdimde?! - Gapirma. Gapirma nodon. Ota-ona xaqida bunaqa kalta o'ylama. Odamlar bor, o'g'il - qizlar bor. Bemor ota-onasini davolash uchun tabib bo'lgan, shifokor bo'lgan. Ko'plari bolaligida otasi yoki onasidan ajragan. Kechalari uxlamay ota-onasini duo qiladi. Yaratgandan shifo so'raydi. Dunyo topkanlar bor eyy bolam, o'ylashni o'zi daxshat. Otamni-onamni tomog'idan bir tomchi suv, bir yutum non o'tishi uchun borimni beraman deydi. Dunyodagi eng mehribon insonini yoqotib qo'yishdan qo'rqadi. Ammo o'lim xaq bolam. "Bir kun ketorim bilmadim man, Qora laxat ichra yotorimni unutdim man." o'zini qo'yarga joy topolmay, dod otam, dod onam deydi, ming tadbir foydasiz. Ular qaytmaydilar.Добавлено (18-Янв-2013, 00:28) --------------------------------------------- Chin farzand hech qachon "vox attang shuncha pul ketti" demaydi bu gapni janozaga kelgan aqli pastlar aytadi. O'zlaricha xamdardlik bildirishgan bo'lishadi. "exx shuncha boqib, shuncha pul ketkazdi. Mana ota(ona) o'ldi ketti" Gofurjon ota shiftga tikilib uzoq o'tirdilar. Yarim soatcha burun yuzlaridagi ajinga qo'ngan kiprikni endi payqab sidirib tashladilar. Xontaxta chetida turgan sochiqqa barmoqlari bilan bir ikki chertib qo'ydilarda, tizzalaridagi chit ro'moga ko'zlaridagi barcha yoshni siqib chiqardilar. Ammo ko'z yosh tugamay qoldi. Chuqur titroq bilan "Afsus asrab qololmadim. Afsus endi ular yo'qlar." deb jimib qoldilar. Biroz sukut saqlab - Qurbonjon ota-ona duosini, ota-ona mehrini, ota-ona yuzidagi nurni yana chin do'stni, yorning vafosini, farzandning kulgusini oltinning qiymati bilan o'lchab bo'maydi. Qurbonjon bir qop tilloyiz bo'sin, lekin sanalganlar bo'lmasa ikki dunyoyim kuydi deyavering. (Tohir Malik "Tosh qalblarga zinxor nazar solinmas" 118-bet 1-so'z) Добавлено (18-Янв-2013, 00:32) --------------------------------------------- - Hop do'da.?! - Yana bir gap. Ko'p farzandlar ota-onasiga qattiq-qattiq gapiradi. Bazan xaqiqatni aytadi, bazida esa quruq savsatani. Ular esa jim qolishadi. Mexribonlarizni jim qolganlaridan noto'ri xulosa qilmang. Farzand ota-onani xafa qilib qo'yishdan qo'rqishi kerak. To'ri mehribonlarimiz kechirib yuborishadi. Gunoxichi? Qurbonjon ota-onani mehrini suvistimol qilish gunox. Yuqorida aytkanim, onasini yoki otasini bu dunyodan o'tkanidan keyin bir laxza ko'rish uchun bor dunyosini berishga tayyorlar bor. Bu dunyoda berilgan rizqing tugadimi? Na ko'z yosh, na boylik, hech qanday uddaburonlik o'lganlarni qaytarolmaydi. Ota-onangiz bor bo'la turib kambag'alman deysiz. - Xa to'ppa-to'g'ri. Qurbon gap uqqan odamdek bosh qimirlatdi, uni soxta jilmayishadan esa bunga o'xshamasdi. Qurbonga tarbiyaviy soat cho'zilib ketkandek tuyildi. - Bu gaplarni men o'ylab topkanim yo'q. Asrlar davomida tasdig'ini topkan o'gitlar. Minglarcha odamlar taqdiriga yozilgan voqialar bu. Добавлено (18-Янв-2013, 00:41) --------------------------------------------- Qurbon ichidagi bir tarang tortilib qolgan tolani bazo'r ushlab o'tirdi. Agar uzulsa aniq ko'zidan marjon to'kilardi. Yo'q Qurbon uddasidan chiqti. Yig'lamadi. Bardoshini imtixondan o'tkazdi. Tarang tola asta bo'shashdib, o'ziga keldi. - Do'da holamga kim bo'lasiz? O'ziz ettiz, Qo'qonlik ekansiz. Hola sizga kimiz bo'ladilar? - Uzoq qarindosh, singlim deganman. Qo'qondan kelganimda, ijaraga uy qidirib kun kech bo'lib qoldi. Sovet davrida bazi machitlar omborga, qovoqxona(aroq do'koni, mayxona), shifoxonaga aylantirib qo'yilgandi. Qaysidur machitnimi, madrasani qamoq qilingan deyishadi. Hullas uy qidirib shu maxallaga kelib qoldim. Shu maxallani machiti yotoqxonaga aylantirilgan deyishti. Ushanda Zayniddin do'stimni uchratgandim. Uni menga Allohning o'zi uchratgandi. Odamlarda oqibat bor edi. Mehribon edilar. Hozir birov yukini ko'tarish uyoqda tursin, salom-alik qilishni bilmaydi. Qisqasi uyiga olib bordi, bir biyola choy ustida ko'nglimni ko'tardi. Yarim kun ichida xafsalam pir bo'lgandi. O'qishga bo'lgan ishtiyoqim so'nish arafasida edi. O'ylab qolgandim, bu joyga keldim. O'qiymanmi yoki ishlaymanmi? Tang axvolda qolgandim. Добавлено (18-Янв-2013, 00:50) --------------------------------------------- Tongda oliygoxga olib bordi. Qo'limga kerak bo'lar deb pul tutkazib, o'zi o'qishga ketti. Darslar tugab oliygox yotog'iga borishni reja qildim. Qarasam chyumadanim Zayniddini uyida qolib ketipti. Xijolat bo'lib kettim. Kecha shuncha yaxshilik qildi. Tongda majburlab qo'limga pul berdi. Men esa ataylab qilgandek yukimni qoldirib kebman. Qanday qilib boraman? Aniqki yana uyida olib qolib borini dasturxonga to'kib, sochadi. Yangi to'y bo'lgan xonadon. Kelin nima deb o'ylaydi. Shularni o'yladim Qurbon boy. Latafat holangni birinchi ko'rganimda, ichimda bir iliq narsa paydo bo'ldi. Bu his Zayniddini uchratkanimdaqa edi. Farida ona ushanda xayot edilar. Bu odamlar menga tug'ushkanlarimdek yaqinga aylanib qoldilar. - Keyinchi? Kiyin nima bo'ldi? Yotoqxonaga bormoqchi bo'ldiz? - Ey xa? Zayniddinni uyiga borishga xijolat bo'ldim. Biror kursdoshimdan olib chiqishini so'rashni o'ylagandim. Biroq "nimaga o'zini narsasini mendan olib chiqishni so'radi" deb o'ylaydimi dedimda bu fikrmdan qaytim. Добавлено (18-Янв-2013, 01:54) --------------------------------------------- Darvoza oldiga yetkanimda, bir kursdosh qiz meni kimdur qidirganini aytdi. Kim bo'lishi mumkin deb o'yladim. Akam kelganmikinlar degan hayol ham bo'ldi. Binoga qaytsam Zayniddin yuribti. Yo'q deyishimga qaramay uyga olib ketti. Tashqaridagi hovlidan menga mana bu qo'shni xonani berishti. Xozirgidek esimda, shu xonada birga dars qilardik. Latafat Zayniddinni qatti sevadi. Hech aytmagan lekin sezilib turadi. Zayniddin sovg'a salomsiz uyga kelmasti. Gofurjon ota jilmayib qo'ydilar. Ko'zda yosh bor edi. - Do'da to'risini eturin chunamiz? Qurbon shoshib yana nobob savol berdi. - Ey nimani chunasan tirrancha?! U senlar tutruqsiz o'ldim kuydumsan. Bizlar.. iya asr vaqti bo'ldiku? Qani omin, tinchlik, salomatlik bo'sin. Yoshu qarini iymonidan ayirmasin. Yurtimizni mayishatini farovon qilsin. Iymonda o'tkanklarimizni qabrini islom nuri ila yorug' aylasin, dunyo hayotida qilib o'tkan hayrli savob amallarini o'zlariga xamrox qilsin. Omin Allohu akbar! Yur namozga?! O'tiraverma. Hohla ibrat ol holamasang yo'q. Meni qiyomatda aytmadi dema. Yoshlik o'tadi ketadi. Quvatin borida ulgurib qol.
Qo'qon yo'lidagi voqiya namoz taqvimidan olingan. Balki yillar o'tib chunilar, balki bu endi tarix. Nima bo'lmasin siz azizlarim bilan baxam ko'rdim. Ketkan vaqtilarga rozi bo'lilar.
Faqat 3 ta shart!
|
|
| |
oybek | Сана: Жума-муборак кун!, 18-Янв-2013, 03:05 | Изох # 27 |
Иштирокчи
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 213
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 851
Холати: Хозир йўқ
| tugadimi.....(((((
|
|
| |
Loading | Сана: Пайшанба, 24-Янв-2013, 15:29 | Изох # 28 |
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
| --- Ikki bekat orasi. --- _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ Bu xikoya "Ikki eshik orasi"ga aloqasi yo'q. Asosan bolalarcha fikr doirasida yozilgan. _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _
Tun, soat kechki 22:05 Bekat, bir qiz yolg'iz o'zi yo'lga ko'z tikib turibti. Mashinalar bir zum to'xtamaydi. Bir ko'rinmas arqon bilan bog'lab qo'yilgan deysiz. Yo'q, ko'p o'tmay ularxam siyraklashdi. Asta sekin avtobus, marshrutka kelishidan umid xam uzuldi. Taxi to'xtatishga puli qolmagan, yoki bir korixol bo'lishidan cho'chidi. Uzoqda sharpa ko'rindi. Chiroqlar yorig'idan uning jinsini, kimligi, qay xolatda ekanini bilib bo'lmaydi. Nima yoki qanday sabab bilan tunda qolib ketti? Niyati nima? Sharpa astalik bilan shakilga kirdi. Suratidan ayol kishi. Mastmi, oyoqlarini be tartib tashlayabti? Bekatdan uni kuzatib turgan qizning ko'ngliga yana g'ashlik oraladi. Uzoqlardan mashinalar shovqini eshitiladi. Bazan kuchayib kelib uzoqdan yoruq ko'rinadida, zum o'tmay mashina katta tezlikda o'tib ketadi. Ko'ringan qizbola emasligi endi aniq ko'rindi. Bir bola horg'in qadam tashlab keldi. Hayol surib kelayotkan ekanmi qizni ko'rib cho'chib tushti. Unga ichida xadik bilan qarab turgan, qiz bu xarakdan o'zini orqaga oldi. Bu bolani o'zidan kichkina ekanini faximlab bo'lganiga qaramay titroq aralash salom berdi. Bola umuman gapirolmay qoldi. "Chiroyli ekan. Menimcha u mendan katta?" Negadur bolalar tengdosh qizdan uyalishadiyu, ko'zlariga esa katta yoshli qizlar chiroyli ko'rinadi. O'spirin yoshdagi bola yoki qiz ko'rinishdan odamni tashqi va ichki go'zalligini be xato ko'rolar ekan! Bola alik olmay "avtobus o'tib ketmadimi" deb so'radi. Qiz qora sharifini bo'ynida ezg'ilab "bilmasam" degandek yelkasini uchurdi. Yuzida norozilik alomatlari ko'rindi. Bola esa undan ko'zini uzolmas, lekin bu ishi xato ekanini ichidan bilib turibti. Haqiqatda go'zal qiz ekanini tasdiqladi. O'ziga erish tuyilgan istaklarini bosh chayqab inkor etdi. - Bu vaqtda avtobus yuradimi? So'radi qiz ishonchsiz oxangda. - Bazan yuradi. Bazida esa yo'q. Shunichun vaqt ketkazmay deb yayov ketyabman. - Nima uyingacha yayov ketasanmi? - Yo'q metrogacha? - Metro?! Qaysi metro? - Xamza bekati. Bola yo'lida davom etti. Ortidan qarab turgan qizni u bilan ketishini istadi. Oyoq tovushini eshitib ortiga qaradi. Qiz esa to'xtab qoldi. - Yurin birga ketilik, man bitta o'zim ketishga qo'rqaman. Bolani bu iltimosida uyalish bilinib tursada, lekin samimiy ekani rost edi. - Voy tavba qildim, man qo'rqoqman disam. Manku, qiz bolaman, san nimadan qo'rqasan? Qiz yashirmay kulib yubordi. Rozilik beribxam o'tirmadi, bolani ortidan ergashti. -Faqat tezroq yuramiz. Meni uyimdilar o'ldirishadi. Kech qolib kettim. O'zi soat nechi bo'ldi? - 11:10 lar menimcha. Bola horg'in javob berdi. - Voy, yur tez-tez! Ular avval tez yurib ketishti. Keyin oyoqlar og'irlashib qadamlar sekinlashdi. Yo'lga tushkanlaridan beri indashmadi. Qiz o'ylagani, boya bu bola ko'ziga nega qizbola bo'lib ko'ringani? Shu xaqida o'yalar ekan u tarafga sezdirmay qaradi. Sochi o'sib ketibti. "Ummonchi bo'lsa kerak?" degan fikr yarq etib xayolidan o'tti. - Telefonin bormi? Ismlari nima ekan? Ismi Go'zal bo'lsa kerak? Odatda chiroyli qizlarni ismi boshqacha, betakror bo'ladi. Ismini bilsa atab chaqirar edi. Gapni shundan boshlardi. Kiyimlariyam oddiygina ekan. Sochi silliq uzun taralgan. Mayin shabadada yuziga tushkan sochi ko'zini to'sib xalal beradi. Rayhonani yoki Shaxzodani muxlisi bo'lsa kerak. "Nimaga manga qaradila? Tinchlikmikin? Sochim, yuzimda hech nima yo'q, (xunuk ko'rindimi yuzim?) burnim(shomollamaganman), unda gap nimada ekan? Manga qaraganlarida manam qaravosam bo'larkan? Nima telefonimni so'radilami?" - Sim kartam kuygan. Faqat muzika eshitib yurimman. Eski raqamimni vastonovit qilishim kere. Nime so'radiz? - Manga raqamin keremas, faqat ummoni eshitsen kere dib so'ramoqchidim. Qizni qo'li bolani sochini siladi. Bolani ichida bo'mba portladi. Kutmagandi, onasini qo'lidan boshqa ayolni ayniqsa qizning qo'li tegmagandi. Hayajondan "esh-esh-esh" degancha qotib qoldi. Qizni yomon niyati yo'q. Bu bola unga ukasini eslatdi. Balki ukasini do'sti bo'lishi extimoldan holi emas. Kim bilsin? - Voy, ey tinchlikmi? Tutqonog'ing bormi, nima bo'ldi. Qo'rqitma odamni. - Yaxsh-i-man. Yaxsh-yaxshiman. Bolani tanlayi qitishib, ko'zlari biri o'nga, biri chapga qarab qolgandek, oyoqlari be tartib qadam bosishni boshladi. - Yo'q yaxshimas, o'zin bir qaragin, ranginda rang qomadi! Nima u bu kasalin bormi?! Qiz xovotilanib uni yuzidan ushlasa dam o'tmay qo'llaridan ushlab oladi. Qorachig'i xar tarafga g'ildirayotgan ko'zlarga qarab bolani yuziga beozor shapatiladi. - Qo'lizni-qo'lizni olin!? G'alati - g'alati bo'b ketvomman. Ol-olin. - Nimani oli? - Qo'lizni! Qo'lizni iltimos. Bola uyalib tirjayishga urundi. Endi nafas olishi izdan chiqti. Tomog'iga xavo tiqilib yo'tal keldi. Kulvotimi, yo'tlavottini bilib bo'maydi. - Tovba, tovba. Yosh bolada xayajon nima qiladi ukam? Qiz boladan ozroq ranjidi. Qadamini tezlatib oldinlab ketti. Bola gangib 10daqiqadan so'ng o'ziga keldi. Qarasa qizni yonida mashina turibti. Qiz esa bolaga qarab notanish ismni takrorlab "tezroq yursenchi" deb baqiradi. - Baxrom? Mani ismim baxrom emasku? Bola qiziqishi tinchlik bermay yugurib bordi. - Imillamay yur. Qiz mashina oynasidan irjayib turgan yigitga yuzlandi. - Mana ukam bor. Ximoyenga muxtoj emasman! Qiz huddi o'yinchoq ayiqni sudragandek bolani qo'lidan ushlab tortqiladi. Besh daqiqa yurishgach metroga tushishdi. Jeton olishyotkanida stansiyaga poyez kelgan ovozi eshitildi. Qiz shoshkanidan uzuq-yuluq xayrlashib yugurib ketti. Bola bir zum chunmay turdida u xam yugurdi. Ulgurdi. Bo'mbo'sh vagonda o'tirgisi kelmay qo'shni vagonga mo'raladi. Go'zal, notanish opaku? Mirzo Ulug'bek bekatida usha vagonga o'tib olishni reja qildi. Ammo u bekatda qiz tushishini bilmasdi. . . Stansiyada turgan qizdan yurib ketvotkan poyezdga qaratib bo'sa uchti. Ikki bekat oralig'idagi bu voqiya bir xafta alg'ov-dalg'ov xayyollar, uyqusiz tunlar bilan unut bo'lib ketmadi. Bu xotira bolakayni yuragida birinchi muxabbat deya nom oldi. Ular boshqa uchrashmadilar... Uchrashishni istaydilar. Tipo kane.Добавлено (24-Янв-2013, 14:29) --------------------------------------------- Assalomu Alaykum bugundan yangi "Laxzalar" deb nomlangan qisqa holatlarga chizgi chizaman. Boshi va davomini yozishlar mumkin. Faqat alohida mavzuda.
-<)Tasodif(>- - Kechirasiz shu joy bo'shmi? - Maylin o'tiravering. - qiz bog'dagi kursidan turib ketti. - O'tiravering. Kechiras bezovta qildim shekil. O'tiravering, men boshqa joy topaman. - Yo'q men o'zi turib ketmoqchi edim. Xijolat bo'mang. Iltimos o'tirsez, o'tirmasez ortimdan yurmen. Qizni bu gapi buyruq edi. Lekin ohangida, do'q urish, o'zini osmon bilish yo'qligi sezilib turibti. - Hop bo'ladi. Faqat siz mani xira yigit ekan, ataylab mani yonimga o'tirdi deb o'ylamaysiz. Usmon shunday dedida, qizga qarama-qarshi yo'ldan yurib ketti. Lekin qiz unda yaxshi tasurot uyg'otkan, shu qiz bilan tanishish istagi unda tug'ilgandi. Yam-yashil xiyobondagi qaysidur joyida qayta tutashgan yo'lagida qizni uchratishni reja qildi. Ha shunday bo'ldi. Ularni yo'li tutashti. Usmon jilmayib qizga qaradi, qiz xam unga uyalibgina tabassum qildi. Usmon qadamini tezlatti. Qiz va yigitdan nariroqda ularni kuzatib turgan ikkita ayolni ko'rib shu qarorga kelgandur? Baxtli bo'lila deb shivirladi.
Faqat 3 ta shart!
Изохни тахрирлади (ўзгартирди) Loading - Сешанба, 22-Янв-2013, 19:02 |
|
| |
GULI_NUR | Сана: Пайшанба, 24-Янв-2013, 17:57 | Изох # 29 |
Сайтимиз қадрли мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 2124
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 795
Холати: Хозир йўқ
| Baxtli bo'lishsin!!! Добавлено (24-Янв-2013, 16:57) --------------------------------------------- P.s baxt tilagan smayliki bilmimande bo'masami...
|
|
| |
FC_PAXTAKOR | Сана: Пайшанба, 24-Янв-2013, 18:01 | Изох # 30 |
Sayyod.com мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 528
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 1233
Холати: Хозир йўқ
| Bolayee qizni taftidan uyalib kettingmi...))))
Omad
|
|
| |
oybek | Сана: Пайшанба, 24-Янв-2013, 18:05 | Изох # 31 |
Иштирокчи
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 213
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 851
Холати: Хозир йўқ
| Цитата (GULI_NUR) P.s baxt tilagan smayliki bilmimande bo'masami...
Изохни тахрирлади (ўзгартирди) oybek - Пайшанба, 24-Янв-2013, 23:27 |
|
| |
GULI_NUR | Сана: Пайшанба, 24-Янв-2013, 18:43 | Изох # 32 |
Сайтимиз қадрли мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 2124
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 795
Холати: Хозир йўқ
| p.s Bu qanaqa Oybek aka?!!!
|
|
| |
Loading | Сана: Пайшанба, 24-Янв-2013, 19:27 | Изох # 33 |
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
| _-<¿Sevasizmi?>-_ - Oyijon adam bilan qanaqa tanishgansiz? - Shu qanaqa bo'lardi? Hammaga o'xshab. - To'ygacha qanaqa sevgan bo'sez, haliyam shunaqa sevasizmi? - To'ygacha? A, san buni so'ravossanmi? Tinchlikmi o'zi? - Qiziqtimde. To'ydi rasmda kulib tushkanakansila. - Sovchilar kelishgan, bir xaftadan keyin uchrashuvga chiqqanman. Ikki oydan keyin to'yimiz bo'gan. 3 martta uchrashuvga chiqqanmiz. Ammam opchiqqanla. Yugur-yugurlarni shu ikkinchi, uchunchi uchrashuvlarda xal qilganmiz. - Bo'ldimi? Demak bir ko'rishdayoq sevgi deng? - Yo'q sevibmas. Ishonganman. - Hozirchi, endi sevasizmi? - Ey gap ekan deb xar baloni gapiraverma, qiz bolasan. Oldinam aytolmaganman xoziram andisha qilaman. Xozirgilarga o'xshab telefon digan balo bo'magan. Ikki kunda bir uchrashilmagan.
Faqat 3 ta shart!
|
|
| |
oybek | Сана: Пайшанба, 24-Янв-2013, 22:10 | Изох # 34 |
Иштирокчи
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 213
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 851
Холати: Хозир йўқ
| Цитата (Loading) Oldinam aytolmaganman xoziram andisha qilaman. Xozirgilarga o'xshab telefon digan balo bo'magan. Ikki kunda bir uchrashilmagan.
|
|
| |
GULI_NUR | Сана: Пайшанба, 24-Янв-2013, 22:59 | Изох # 35 |
Сайтимиз қадрли мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 2124
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 795
Холати: Хозир йўқ
| Baxt hamisha yor bo'sin bulagayam!!!
Изохни тахрирлади (ўзгартирди) Anv@rbek - Шанба, 26-Янв-2013, 01:22 |
|
| |
Loading | Сана: Пайшанба, 24-Янв-2013, 23:19 | Изох # 36 |
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
| Ey kresni qo'ymela. Umuman.
_>{ hotirjam }<_
-Oyi adam manga velsaped obermoqchidila? Endi siz oberasiza. Adam uzoqqa ishlagani ketiptilarku? Husniddin onasi bergan shirinlikni ermak qilib be etibor iltimos qildi. -Maylin bolam nasib qilsa olib beraman. Ona shunday deb bolasini bag'riga bosti. 3 kundan buyon boshidan tushmagan qora ro'molini yechib qo'ydi. - Hali katta bo'lasan. Mashina olamiz, Uylantiraman. Ona bu rejalarini qo'lida qolgan 10 300 so'mga chamalab uxlab qoldi. Bolisini quvonganini ko'rib qaysi ona xotirjam bo'lmaydi?
Faqat 3 ta shart!
|
|
| |
БОБО | Сана: Шанба, 26-Янв-2013, 01:17 | Изох # 37 |
ФанФорум рахбари
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 630
Тақдирланишлар: 4
Хурмат даражаси: 1607
Холати: Хозир йўқ
| Хикоячалар кичиклашиб кетибдику,купрок ёзинг
|
|
| |
Loading | Сана: Шанба, 26-Янв-2013, 01:45 | Изох # 38 |
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
| -{ siz kiygan kiyim }-
Ibodatli, taqvodor, 40 yoshdagi bir akaxon(lar) bilan bo'lgan voqiya.
Ziyovuddin ishdan charchab qaytib kelardi. Doimgidek metroda qatnaydi. Ko'rinishi katta ko'ringani uchunmi, yoki O'zbekistondagi yoshlarni odobi sabablimi vagonda unga doim joy berishadi. Bugun vagon tiqilinchroq. Bir kishini o'rnini faqat alylanib almashtirish mumkin. Bir qiz Ziyovuddinga tezda turib joy berdi. Ziyovuddin mamnun tashakkur aytib o'rindiqqa o'tirdi. Joylashib ulgurmay undan 30-40 sm oraliq narida turgan tor jensi shim kiygan oyoqlarga ko'zi tushti. Metro shiddat bilan yurib borarkan vagonlar gox uyoqqa, goxo boshqa tarafga silkinadi. Jensi shim esa qomatni ko'z-ko'z etib silkinishlarga monand tebranadi. Ziyovuddin shu 15 soniyada butun charchog'i tarqab ketkanini sezdi. O'rnidan turib odamlar orasiga singib ketti. Yo robbim! Juda xunuk xolat bo'ldi. Gunox bo'ldi. Qiz bu shimni kiygani, ota-onasi shunday kiyinishga ruxsat berib qo'ygani uchun gunoxkor. Ziyovuddin aka(lar) esa Allohdan uyalib, tinmay yig'layveradilar. Ko'z zinosini qilib qo'ydilar. Qiriq yil, yigirma yil turmush qurib axli ayoliga xiyonat qilib qo'yishdan qo'rqib ketti(lar) . . . . . . . . . . . . . . . . . . . Shunaqa xulosalar yozgim keldi. Ammo nozik qalb egasi bo'lgan opa-singillarimni dilini og'ritib qo'ygim yo'q.
Bironta ayol-qiz yoki ularni ximoya qilishni istagan ERKAK manga xozir savol bersin iltimos. Mana bu savol kerak. " Kim unga metroda, aftobusta yursin depti?" Javobim. Bazi insonlar bor oxirat uyini obod qiladilar. Kasblari ustachilikdir, bosmaxonada ishlarlar, oddiy bir idora qoravuli, yoki bizni boy-badavlat bo'lishimizga sababchi bo'lgan ustozimizdur?!
Qizishmastan, endi siz xam o'ylang, men xam bir o'ylab olay. Bu to'qima emas 25.01.2013 sanada metroda bo'lgan voqiya. Deyarli o'zgartirmadim.Добавлено (26-Янв-2013, 00:45) --------------------------------------------- P.S AGAR CHUNARSIZ YOZILGAN BO'SA UYALMI ETILAR. iltimos. P.S Ozod BOBO. Аччик ичовдек чузишдан нима фойда? Сизларни ва узимни вактимни исроф килиб. Барибир чунмисила. Йук чунаркансила лекин "манимча у манода ёзилмаган буса керак" диб узиларни алдаркансила.
Faqat 3 ta shart!
|
|
| |
oybek | Сана: Шанба, 26-Янв-2013, 01:58 | Изох # 39 |
Иштирокчи
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 213
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 851
Холати: Хозир йўқ
| tushundim-tushundim.....
|
|
| |
Loading | Сана: Шанба, 02-Фев-2013, 22:28 | Изох # 40 |
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
| _-[ Sadoqat ]-_
-Iltimos rostini eting do'stim oyoqqa turolmaydimi? Kasali og'irmi?! Ey xudoyim!? Doktor man nima yordam beroliman?! Qancha kerak?! Xorijlik xamkasblarizni op kelin man sharoyit qilib beraman.! Do'stim!? Uni yoniga kirsam bo'ladimi? Qandax axvolda ekanini ko'rishim kerak. Doktor iltimos, unga biror nima bo'lsa o'zimni kechirolmiman! - Hovotir olmang, do'stingizni faqat qo'li singan, oyoq payi cho'zilgan. Jaroxatlari xafli emas. O'ng taraf biqinini tikdik. 3ta chok tushti. Bemor uxlayabti. Kechroq uyg'onadi. Sizlar ishlarizni bitirib kelavering. Bu qanday kuchli oqibat o'yladi shifokor? Qoyil qoldi bu do'stlarga. - Bo'ldi Jafar yur doktorni vaqtini omaylik. Ishlariga xalal beramiz. Yur tashqariga chiqamiz! Chakmasam siqilib kettim. - Doktor sizga ishondim. - Bo'ldi qil, yaxshikan, nime ishonmisan?! Ofisda! Davomi. - O'lmi qoptiku? Onasini... - Qisee... Nime so'kasan?! Onasi aralashtirma. Onasi o'lganla, o'ylab gapir. Ayib o'zinda. - Toshga borib urilganini qaragin?! Tushib ketmidi jar-parga. - To'rmizni uzganakanmi? - Ishonmadim, o'zim uzudim. - Nima?! O'zin qildinmi?! Bunchaliksan dib o'ylamo'dim! Mangayam ataganing bormi?! - Nima san oppomisan?! O'zinam ja "Kim uni o'ldirolirkin?" dib qiziqib yurudinku?! Heh?! Bilib qo'y, man bitta o'zim o'tirmiman. Yoqendan tortaman. Sotsen birga o'tiramiz. - San iflos man xaqimda o'ylama. Sangamas?! Man bilan ishin bo'masin! Artist toje mne?! " Bir nima bo'sa o'zimni kechiromiman doktor!?" uyaley. Bizani xabarimiz bor. Xamma ishdan xavardormiz. Ofis eshigi ochilib 3-do'st kirib keldi. -Sani na qonun, na man kechiraman. Allohdan umidini uzma balki u kechirar.?!.
Bu albatta to'qima. Do'slar sadoqatini yoqotib qo'yma.
(((( Ishonch va sevgi. )))) Hammasi bir dona savoldan boshlandi. Diyorni yelkasiga suyanib o'trgancha Go'zal, samamiy tabassum qildi. - O'zizchi, sevasizmi mani? - Sevgidan xam muxumroq, sevgidan kuchliroq narsa bor menda, senga nisbatan. Jiddiy oxangda gapirdi Diyor. - Voy sevgidan kuchlisi nimeykan. Manam bilsam bo'ladimi? Go'zal gap oila qurish xaqida deb taxmin qildi. Agar Diyor u o'ylagan gapni etsa quchoqlab olishga shaylandi. - Albatta bu ishonch. Sanga o'zimga ishongandek ishonaman. - Ishonch?! Xazillashmeeen.?! Go'zal erkalik qilib yigitni be ozor turtib qo'ydi. - To'risini ettim. - Sevgichi? Sevmisizmi? - Ha. - Nima ha?! Etin. Nega faqat man etishim kere?! Xar doim! Diyor kutilmaganda sevgilisini xafa qilib qo'ydi. Unga bo'lgan tuyg'ularini darajasini chuntirib berolmadi. - Ha Go'zal sizni jonimdan ortiq sevaman. Faqat buni keyinroq, uyimdan sovchi borib rozilik tekkach aytmoqchidim. Qancha chidadim. Vada bergandim usha kunga qadar izhoridil qilmaslikka. Ammo yana bir vadam bor. Meni deb ko'zindan yosh oqmaydi. - Aldavos ishonmiman. Go'zal unga qarab, ayni damda uni cheksiz muddatgacha quchoqlagisi kelib, lekin qo'l tekkazishga ikkilanib turgan Diyorni o'zidan nari surdi. Metro stanciyasida mayin shamol esadi. Olistan tuyoqlarini relesga urub poyez kelayotkanini bildirdi. Diyor indamay o'rnidan turdi, burnidan quyuq nafas chiqardi. Bu ovoz poyezdni tormoz compressorni pishillashiga ulandi. Poyezd yaqinlashkan sari Diyorni qadami tezlashdi. U sira bunday qilmasti. Go'zalga qo'l cho'zardi. Hozir esa bunday qilmadi. Go'zalni ko'ngli xira bo'ldi, hafa qilib qo'yganini bildi. Ishonch. . .Ishonch takrorladi Go'zal. Poyezd va Diyor o'rtasida 10 metr masofa qoldi. Diyor va Go'zal o'rtasida 3 qadam. Shidat bilan kelayotkan poyezdga bir 2 qadam qoldi, Go'zal Diyorni quchoqlab orqaga tortti. Diyor bir qadam tashladi. Baland sirena ovozi. Atrofda baqiriqlar eshitildi. Diyor esa Go'zalni quchog'ida jim turaverdi. - Ishonaman! Go'zal shunday deb shivirlashda davom etti. - Diyor sizga ishonaman. Sevishizga ishonaman. Sevishimni bilishizga ishonaman. Endi xammasiga ishonaman. Faqat boshqa unaqa qimen. Sissiz man nima qilaman? - Sandan ayrilib qolishimga sal qoldi jinnivoyim. Diyorni xali qo'rquv tark etmagandi. Ovozida kuchli titroq bor edi. - Siz jinnisiz. Go'zal shunday deb Diyorni qattiqroq bag'riga bosti. Sababi qo'shni yo'lakda poyezd ovozi eshitildi. Fazliddin.Добавлено (02-Фев-2013, 21:28) --------------------------------------------- P.S Bekor ochtima shu mavzuni?!
Faqat 3 ta shart!
Изохни тахрирлади (ўзгартирди) Loading - Пайшанба, 31-Янв-2013, 00:34 |
|
| |
Mirzoxid | Сана: Шанба, 02-Фев-2013, 23:25 | Изох # 41 |
Sayyod.com мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 623
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 248
Холати: Хозир йўқ
| P.S Sadoqatga tuwunmadim takroran o'qib chiqdim kim do'stu kim duwman
...
Изохни тахрирлади (ўзгартирди) Mirzoxid - Шанба, 02-Фев-2013, 23:28 |
|
| |
Loading | Сана: Якшанба, 03-Фев-2013, 01:00 | Изох # 42 |
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
| Ha chunarsiz bo'lgandayam uncha bunchamas. Bolalikdan birga o'sgan, yoki biror sabab bo'lib do'stga aylanganlar pul, boylik, uy-joy, ayolni(erkak)ni deb shunday qaboxatga qo'l uradilar. Avval shunga chunish kerak.
Faqat 3 ta shart!
|
|
| |
oybek | Сана: Сешанба, 05-Фев-2013, 17:41 | Изох # 43 |
Иштирокчи
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 213
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 851
Холати: Хозир йўқ
| Цитата (Loading) Bekor ochtima shu mavzuni?! nega unaqa deyapsiz.............
|
|
| |
Loading | Сана: Чоршанба, 06-Фев-2013, 02:39 | Изох # 44 |
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
| Uyalaman.
Zaxroni bugun tavallud kuni. Bugun u to'qqiz yoshga to'ldi. Onasi unga deb pushti rang rugzak(papka) sotib oldi. Yanada qizchasiga mos bo'lishi uchun "barbi" qo'g'irchog'ining yopshqoq suratlarini sotib oldi. Rugzak cho'ntaklari o'lchamiga moslab yopishtirib chiqdi. Olgan sovg'asiga uzoq tikilib qolgan ona birzumgina bolalik yillariga qaytdi. Usha charim, zildek papkani sudragancha sochlari o'rilgan oq bant boylab olgan qizchaligini ko'z oldiga arang keltirdi. U xam tasavvuricha. Kaltagina ko'k yubka, oq ko'ylakdagi qizcha edi. Bugun esa o'zinig qizi shu yoshga kiribti. - Zaxro qizim?! Tug'ilgan kuning bilan asal qizim! Man sani judayam yxshi ko'raman! - Raxmat oyijon manam sizni yaxshi ko'raman. Oyi!!? - Xo'v jonim!? - Endi man kotta qiz bo'ldima? - Do'mbog'im kotta qiz bo'ldiz. Bugun endi kotta qiz bo'ldiz. Topinchi sizga nima sovg'a oldim?! - Qalammi oyi? - Yo'q, yaxshilab o'ylab ko'r, yaqinlashdin. - O'qish kitobmi unda?! zavqlanib gapirdi Zaxro. - Sizga mana bu papkani sovg'a qilamiz... Zaxro quvonchidan sakrashni boshladi. Ichiga sig'may mexmonlar kelishiga tayorgarlik qilayotkan opachasiga chug'urlab maqtana ketti. Endi xamma narsasini shu papkaga joylashi ozini to'ldirib aytdi. Shu kuni uning yuzidan tanassum tushmadi. Uxlab qolganda xam jilmayib turardi. Xona derazasidan kuchsiz kirib tugan oy nurida uning kulguchi shunday ajarlib ko'rindi. Tongda odatdek maktab formasini kiyib olgan Zaxro yangi papkani xomush oshxonaga ko'tarib kirdi. - Oyjon bu "lukzak"ni tutmasam xafa bo'misizmi? - Nimaga qizim, yoqmadimi?! Boshqasiga almash.. - Oyi manu qizlani qaren, (u "barbi" qo'g'ichoqlarini suratiga ishora qildi). Dugonalarim meni shu qizlarga o'xshatib bexayo deb o'ylashlaridan uyalaman.
Faqat 3 ta shart!
|
|
| |
oybek | Сана: Чоршанба, 06-Фев-2013, 02:45 | Изох # 45 |
Иштирокчи
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 213
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 851
Холати: Хозир йўқ
| qiziq yosh qizda shuncha oriyat.....
|
|
| |
Loading | Сана: Жума-муборак кун!, 08-Фев-2013, 19:03 | Изох # 46 |
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
| Baxona! - Alo! Yaxshimisiz? Kayfiyatiz qanaqa? Voy maniyam sog'inisharkan-u? Alo?! Vay onasini, yana o'chirdimi bu maymunla? - Nega baqirurasan? Boshim yorilay deb turibti baqirmagin! - Ey oyi tokni o'chirib qo'yishti. - Nimasi yangilik xar kuni o'chadiku? Shunga baqir-chaqir qilishin shartmi! - Mambu telefonam to'ksiz ishlamidide. - O'zin shu yaxshi dib ko'tarib keldinku? Shuni bilib oddiysini ogin degandim. O'zi mamnaqa bo'lib og'ir yotibman, pul yo'q paytda shuni ko'tarib kelding sanam? - Ey oyi!? - Do'rillama miyyam yorilib ketadi xozir. - Mana olib keldim. Oddiy telefon. Op kemasam bo'masidi. Sizga ko'p telefon qilishvotti. Ammam qanchadan beri urshalla, "telefon qisam o'chiq bo'ladi" deb. - Uyalmisanmi aldagani? Qizlarin bilan gaplashomi qovossanku? Mani o'ylaganinda, bir yil oldin shu matoxni o'rnatib qo'ygan bo'lardin. Yotib gaplashish uchun simsiz ogansan.
Faqat 3 ta shart!
|
|
| |
oybek | Сана: Жума-муборак кун!, 08-Фев-2013, 20:26 | Изох # 47 |
Иштирокчи
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 213
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 851
Холати: Хозир йўқ
|
|
|
| |
Loading | Сана: Сешанба, 12-Фев-2013, 10:19 | Изох # 48 |
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
| -|({ Nusratulloh })|-
Bu hikoya !
-Maylin amma borila bizanikiga?! Doim uydaman bilasiz?.. Yo'q Ziyod pulim bor, o'zim to'liman. Bo'pti raxmat, borgin bizanikiga. - Hop Munira opa yana Nusratulloh bilan kelin. Erizniyam opkelin! Taxi uzoqlashib choraxada qizil chiroqda to'xtadi. - Ha kelin uydan qaytvosizmi? Xaydovchi amaki quvnoq kayfiyatda qiziqib so'radi. - Yo'q, ammamni ko'rgani kelgandim. O'g'lim bilan. Munira o'g'lini yuzini silab, mehirli jilmaydi. - Yaxshida?! Bolaga yaxshi tarbiya bu kelin. Xozir ishini baxona qilib qarindoshni ko'rgani bormaydiganlar ko'payib ketti. Ota-onasini dang'inlama uyga o'tkazib qo'ygan havar omidi. Qariganda ularga qavat-qavat uymas bir yumshoq yelka, ikki og'iz shirin so'z bo'lsa kifoya. - To'ri aytasiz amaki. - Demak Glinkada yashayman deng? Qaysi ko'cha? - Shu Xumo ko'chasi. Eski xommomni orqasidan o'nga. - Ey qo'shni ekanmizku? Man o'tkan yili boshqa uyga ko'chib ketkandim. Orqa ko'chada 14 uy bizniki edi. Hozir ukam Jalil yashaydi. - 14-uyda Jalil? Munira kelin bo'lib tushganiga olti yildan oshdi. Orqa ko'chada hech Jalil isimli odamni borligini eshitmagan edilar. Qayni otasi maxallani oq soqoli. Munira ismni hayolda takrorlayvergach biroz ikkilanib qoldi. "Balki rostan bordur. xozir eslolmayabman?" deb o'yladi. Lekin xaydovchi amakini xijolat qilmaslik uchun indamay qo'yaqoldi. - Shu maxallada bola o'g'risi chiqqan emushmi? Haxdovchini ovoziga g'o'ldirash qo'shildi. - Voy o'lmasam! Bilmasam? Eshitmadim! Munira besh yil deganda Allohdan zor yig'lab so'ragan Nusratini bag'riga bosdi. - Uyi kuysin o'g'irlamay!? Shu ko'chadan chapka qayilamiz. - Hop bo'ladi. Ey odamlarga nima bo'lgan? Ho'rsinib qo'ydi amaki. - Uy-joyini ol, mashinasini o'g'irla! Birovni ko'z qorasi, jigar porasini og'rlaysanmi iblis?! Pul yomon narsa qizim. - O'nga qayiling! Uchinchi darvoza. Munira tezroq uyiga yetib olishni istadi. Amaki baqirib gapirishiga qaramay hech nimani eshitmadi. - Hovotir omang kelin, quruq gap bu?! Odamlar gapiraveradi. Ana qizim, Qora darvozami? - Hm to'xtatvorin. Xozir nech pul bo'ldi? - Ana polvon bola uyizga keldiz. Qizim o'ziz bilib berurin. - Hop hozir. Voy amaki kashelyogim ammamni uylarida qop ketibti. Hozir uydan opchiqib beraman. Munira shoshilib uyga kirdi. "Mashina uyda ekan". Demak Bosit(eri) kegan. - Uydamidiz? Biza keldik. - Nusratulloh qani? Bosit gapirardi-yu ko'zlari o'g'lini izlardi. - Moshinada qoldi. Taxiga pul berin. 5000. Yaxshi amaki ekanlar. Yugurib tashqariga chiqti. Mashina xam, bola xam yo'q. - Bosit aka!! Bolam! Bolam yo'q Adasi! Bosit ko'ngli sezib chiqib kelgan ekanmi? Mashinaga o'tirib katta ko'chaga yurishti. - Qanaqa moshina edi?! - Matiz! Oq. Yo'q molochniy. - Oqmidi?! Qanaqa rang Munira?! Do'dirama jonim? - Man, oq rang edi! Aniq! O'ng orqa eshigi pachoq edi! - Qaysi tarafga ketti, chiqqan joyiga tiqvoraman man onasini . . .! - Iyy! Adasi stolba urilamiz! Mashina simyog'och oldida to'xtab, zum o'tmay katta tezlikda yurib ketti. - Alo ada?! Ada osezchi telefonni!? Bosit telefonni Muniraga uzatti. - Militsiyaga qil! Nima esinda bo'sa et! Rulga urib baqirdi -So'yib tashiman ittan tarqaganni! Mani bolammi.. Bositni ko'zidan yosh chiqib ketti. Besh yilda tilab olgan, yuzini yorug' qilgan o'g'lini yoqotib qo'ysaya. Oradan bir xafta o'tti. Nusratulloh yo'q. Butun shaxar oyoqqa turdi. Orqa ko'cha, qo'shni maxalla, gumondagi odamlarning uylarini tit-pitini chiqarib yuborishti. Ammo yo'q. Usha maraz chol bu yerda xech qachon yashamagan. Er-xotin xar soniyadan umid qilib kutishmoqda. Yo'q. Natija yo'q. "Allohning najoti"ni yoqotib qo'ydilar. Munira tez-tez hushidan ketib qoladiganbo'lib qoldi. Hushiga kelganida, faqat yig'lardi. Bosit uni ovitgisi kelardi. Qo'lidan kelmayotkanidan afsuslanardi. Bosit ichini shisha sinig'i to'ldirib qo'yilgandek xis qila boshladi. Qilt etsa ko'zidan yosh quyilardi. Yurak zarbini Nusratga bo'lgan mexir jonlantirib turar edi. Bo'lib o'tgan voqiyada Munirani sira ayiblamadi. Munira ezilib tomom bo'lardi, so'lib qoldi. Oyoqlari yurmas, tanasini Bosit suyab turmasa tik turolmaydigan axvolga keldi. Nusratulloh yo'q! - Assalomu Alaykum Bosit aka! Xormang. Keling. Mana holamga deb aloxida singgib pishgan yopgan non olib chiqdim. - Baraka top. Lekin meni hafa qilib qo'yasan. Bosit vazmin javob berdi. - Nima biz shoxmidik? Yoki gado. Yoki avliyo bo'ldikmi? Bir tandirda yopildimi? Zuvalasi ushami? Ushanisidan ber. Odam ajratma. - Xop bo'ladi, Bosit aka. Meni noto'g'ri chundiz. Siz doimiy mijozimsiz shuning uchun... - Tadbirkorlik degin. Baraka top. Bosit kulib yubordi. - O'rganyabman. - O'qish nima bo'lyabti? Bosit nonli paketni qo'liga olib, javob kutib turdi. - Ishlashim kerak, buvimga ro'zg'orga yordam bervotman. Yesam kiyimga, kiysam nonga pul qolmaydi. Ikkalasiga pul topsam uy-joy soliqlari "ber-ber"lab turadi. - Unaqasi ketmidi. Oliygoxga topshir, man yordam beraman. Yoshlikda xammasiga ulgursa bo'ladi. - Ulgurishga ulguramanku. Sila o'zila. - Ex. Bu nima deganing? - Yo'q noto'ri chunvossiz?! Man boshqa narsa demoqchi edim. - Bola yo'q uy mozor ekan? Boylik yurakka sig'may qolarkan. Nima keragi bor? Bosit ko'zidagi yoshini artib, chuqur uff tortti. - Bosit aka mana kechirasiz. Esizga solmoqchi emasdim. Yarezni tirnadimmi? - Xijolat bo'ma. San ayibdor emassan. Birovni boshiga bu kunni somasin. Xaligacha kutamiz! Xozir yigirmaga to'lgan bo'lardi. Bosit jilmaydi. Ichagi tarang tortilib mashinalarga qaradi. "Xozir qayerlarda ekansan Alloh bergan Nusrati? Chinqirib yig'lashlaring o'tib ketkandur? Otangni ko'zini kimga almashding bolam? Jimittakina barmoqlaring kimning burnini chimchiladi ekan? Endichi, xozirchi, kimni oq sochlariga kuyinyabsan? Seni sog'inib na o'lgan, na trik ota-onangni sog'inganini bilasanmikin? Ey xudoyim uni jonini omon qil." shularni xayolini surdi. - Sen nega ota-onangni yonida emassan? - Ularni ko'rmaganman. Meni buvim katta qilganlar. Nusratulloh "bilmayman" degandek yelka uchurdi. - Ularga nima qilgan? Bosit xamdard oxangda so'radi. - Buvim meni buvim emas. Asrab olganlar. Qanaqadur avto halokatda mashinada bo'lganman. Buni menga qo'shnimiz aytib bergan. - Aniqroq aytib ber. Nima bo'lgan ekan? - Bir mashina katta tezlikda kelib daraxtga urilgan ekan. Xaydovchisi tushib qochkan. Bu vaqtda usha qo'shnim buvim bilan ko'chada bo'lishgan. Chaqaloq yig'isini eshitib qarashsa chaqaloq yotkan emush. Qo'shnimizni aytishicha buvim qo'liga olishi bilan yig'idan to'xtagan ekanman. Nusratulloh jilmaydi. Rosa to'polonchi bola bo'ganini esladi. - Uka ismiz nima o'zi? Hech so'ramabman. Yo'q bosit o'g'lini izlamaydi emas, hamon uni ko'rishni istaydi. Kutadi. Lekin charchadi. Mayda o'xshashlik uchun bolachalar, yigitlarni "Nusratulloh" deb ishonib qolishdan charchadi. - Nusratulloh ismim! Buvim xech kimi bo'lmagani uchun meni "Allohning yuborgan nusrati" deydilar. - Yana o'yin qilyabsana? Bosit unga yuzlanib. - O'g'lizni ismini bilardimku? Adashim ekanlar degandim. - Qachon etuvdin? - Doim ismimni so'risizku? Nusratulloh jilmaydi. Ozgina uyalib xam qo'ydi. - ana Munira kenayimam kevottilar. - Adasi nima ovossiz? Munira erini hali-xamon shunday deb chaqirardi. - Non ovotman? Bosit ko'rmayabsanmi degandek gapirdi. - Ko'rib turibman, shu yerni o'zida pishirib bervottimi deb o'ylabman. Qolib ketkanizga. - Bopladiz Munira kenayi. Ha bugdoy o'stirishga vaqt ketib qoldida. Nusratulloh qax-qax urib kuldi. Unga qo'shilib Munira beg'ubor jilmadi. - Ha shunday deng Nusratulloh. Munira hayolidan shu savol javobni qayta o'tkazib kulib yubordi. Qisqa bo'lsayam, ichidan mazza qildi. Jilmaygancha turmush o'rtog'iga manoli qaradi. - Shunaqa Go'zalim. Bosit Muniraga qarab soxta jilmaydi. Uning kulgusini eshitib ichi to'lib ketti. - Nimaga boshqa bolez yo'q? Nusratulloh bozorchiligiga borib valdirab qo'yganini o'zi xam sezmay qoldi. Kamiga javob talab qilgandek "a?!" deb tovush uchurdi. Ular indamay ketib qolishti. Er-xotin jilmaygancha uzoq ketishti. Ko'z ochib yumguncha bozorcha darvozasidan chiqib ko'rinmay qolishti. Nusratullohni ichida bir og'riq turdi. Buvisiga qattiq gapirganida shunga o'xshash holat bo'lardi. Lekin chap ko'ksida bunday og'riqni endi sezdi. Shu kuni kayfiyati o'ziga kelmadi. Unga bir sodiq do'st kerak. Be minnat maslaxatgo'y. Suyanish uchun munkillab qolgan buvisidan ko'ra yaqinroq inson kerak ekanini angladi. Mana bunisi tanish istak. Bu istak uni Diyoraga uchratdi. Uni sevib qoldi. Lekin hamon o'ziga yaqin insonni izlaydi. Ota-ona mexrini ko'rmasa maylin. Ularni o'zini ko'rmagan Nusratulloh bu istagini qanday qondirishni bilmaydi. Tun! To'rt xonalik shinam xovli. Mexmonxona o'rtasida kresloga oqib tushgan mumdek bo'lib Bosit uxlab yotibti. Munira televizorni o'chirib eri uxlab yotkan kreslo burchagiga o'tirdi. - Adasi! - A? Yana nima? Nega televizor o'chti? Kim yutkazdi? - Man o'chirdim. - Tinchlimi onasi?! Bositni ko'zi bir zum to'xtamas, Munirani yuz-ko'zi, ingichka bo'ynidan bir pastga, bir yugoriga uyqu aralash qarardi. - Sog'indimmi mani? jilmaydi. - Yo'q, past ovozda shivirladi. - Sog'indim. Ey boshqa gapim bor edi. - Nega pichirlab gapirvossan onasi? - Uyalaman. - Shu yoshinda uyat qoladimi? Bosit biroz qizishdi. - Kimdan uyalasan? Nimadan uyalasan? Munira javob bermay arazchan yuzini burishtirdi. So'ng yig'lab yubordi. Kichkina qizlardek xo'ngrab, to'lib-toshib yig'ladi. Bosit uni quchog'iga bosib yuzlaridan qayta-qayta o'pib ovutti. To'y o'tib yangalarni daxmaza urf odatlaridan qutilib, yolg'iz qolganlarida xuddi xozirgidek yig'lagan edi. Shu kecha qo'shilolmay quchoqlashgancha uxlab qolgandilar. - Odamni qo'rqitma onasi? Munirani ko'zlariga qarab savoliga javob izladi. - Xomilador ekanman. Munira Yanada pastroq, juda tez aytdi. - Yaxshi? Nima xech xomilador bo'lmaganmidin, uyalasan?! - Man sizga homiladorman dedim. Munira yana yosh boladek uvvos solib yig'lab yubordi. - Eshittim, ne yig'lis. a. n? Qanaqaman deding? Nima bo'ldi deysan?! - Nega chunmiiis?! Eeey!? Munira yig'lab, do'q urdi. - Urre!!! Man yana ota bo'laman! - Voy jimin! Sharmanda bo'ldim! - Ey qanaqa sharmanda! Urrey! Bosit kresloga tik turib olgancha baqirishda davom etti. - Nima janjal adajon! Tinchlikmi? Nusratulloh xali uxlamagan ekanmi, xovotir olib xonasidan chiqib keldi. - Ey o'g'lim ko'payishadigan bo'lib turibmiz? Bosit qo'lini ochiq paxsa qilib o'g'liga gapirdi. Kreslodan lo'killab tushtida Munirani qo'lidan olib turgazdi. Tango raqsini kinolardagidek o'ynashga urundi. Ularga Nusratulloh kelib qo'shildi. Roziya onasini rohmida rivojlana boshlagan edi. - Yo'q bu ismni menga adajonim qo'yganla. Manosini xali bilmiman. Akam Nusratulloh mendan 21 yoshga kattalar. Do'stlari xazillashib meni akamni qizi deyishar ekan. - Rostanmi? Diyora qiymani ustiga tuxum chaqib aralashtirdi. - Sizzichi kenayi, mani oyim disharkan. Roziya shunday deb qiqir-qiqir kuladi. - Voy-voyey xammayolarim orib kettiyey?! ( Ota-onasini to'liq g'arq pishganida bo'lgan bolada, fikrlari biroz kattalarcha) shunday deb oilaviy foto albomni varroqlashda davom etti. - Oyim, adam, man. Oyi akam nega bu rasimda yo'qla? - Qizim bu rasimda san yo'qsan. San keyin tug'ilgansan. - Nusrat akamxam chaqaloq bo'gamila oyi? bu suratda yo'qligidan biroz ranjidi. - Voy Roziya judayam ajoyib qizsizde. Kelin oyisiga qarab jilmaydi. - Albatta xamma chaqaloq bo'ladi. shunday deb Diyora tiftelni qoznga extiyotkorlik bilan solib chiqti. - Mana man oyi. Kenayim, Nusratulloh akam, voy o'lmasam rostanam qizlaga o'xshab qopmanku? albomni varroqlashni davom ettirib. Qovoq solib, qoshini uycha qildi. Suratga uzoq tikilib qoldida Muniraga qaradi. - Oyijonim nega oldin qari bo'gansiz? Xozir rossali chiroylisiz? Munira uzoq o'ylab qoldi. Lablari bilinar bilinmas bir nimlarni shivirlardi. Jilmaydi - Voy maxmadonamey shuniyam sezdizmi? Oldin sizlar bo'magansiz. Silarni juda sog'inar edim. Shunga shunaqadur? Endi silar borsilar, Akang, Diyora qizim, Sen borsan, adajoning yonimdalar, silarni ko'rgan sarim yosharib ketaveraman. - Qani mani ona qizim? Man unga o'ziga o'xshagan qo'g'irchoq olib keldim. Bosit Qo'lidagi Pushti rang karobkaga ishora qildi. - Qani-Qani mani asal singlim, man unga qaynoqqina quchog'imni ochib keldim. Nusratulloh ostonada tizalab o'tirib bag'rini keng ochib turib oldi. Roziya qo'lidagi albomni ularni oldigacha olib bordida, yerga tashladi. Akasiga suyanib Adasiga qo'l cho'zdi. Xonada kulgu yangradi.
(Nusratulloh bu oilaga qanday qaytib qolganiga qiziqanlar bo'lgandur? Xammasi oddiy. Uni boqib olgan kampir bu o'g'irlangan bola ekanini bilmagan. Lekin xudbinligidanmi, yoki boshqa sababmi bizga qorong'u. So'raganlarga Nusratullohni "singlimni o'g'li" deb tanishtirgan. Ismni Nusratulloh deb qo'yishi xaqiqatdan tasodif edi" Balki bu tasodifiy tasodif emasdu? Xaqiqatni faqat bitta qo'shnisi bilardi. U xam qo'shnisini iltimosi bilan birovga churq etmagan. Nusratullohga xaqiqatni aytib qo'yganida kampir qattiq ranjib qolgandi. Shunday qilib Nusratulloh asl uyiga qaytdi. Ota-onasini ko'ziga nur bo'ldi. O'tkan yili uni boqib olgan onaxon qazo qildilar. Marosimlarni olia azolari bo'lib bular o'tkazishdi. Janozada Nusratulloh bandalik qarzlarni bo'yniga oldi. Tarbiya bergan xam ona.)
Bositning xulosasi: Yillar kichik fursat. Yuz yil yashab bir kun yashagandeksan. Bizni xayotda xar soniyada o'zgarishlar bo'ldi. "Vaqt to'xtaydimi?" deb savol beradilar. Xa to'xtaydi. Baxtli onlaringda vaqt to'xtab qoladi. Bilaman siz bunga etiroz bildirasiz. Sizga isbotlab beraymi? Xozirni o'zida o'tmishizni eslang. Atrofdagi yaqinlarizni ko'rganizda xotirangizda yaxshimi-yomonmi qaysi bir xotirangiz avval jonlanadi? Xa demak yomonlik erta o'lim topadi. Shirin onlar esa mana xamon sizning yoningizda. sizni usha to'xtab qolgan vat oralig'ida xotirjam qiladi. Nusratulloh. Bizga Alloh bergan najoti. Sevgimiz mevasi. Iymonimiz xosilasi. Sabrimiz mukofoti Nusratulloh. Sinovlarda toblagan Nusratulloh. Sadoqatimiz daraxti barg yozgan daraxt. Va, va so'ngida Masjit derazasidan kirgan nur Roziya. Roziya Allohim sendan rozi bo'lsin. Ko'zimiz quvonchi. Allohim sinovli dunyoda bizga bergan eng ajib dalda, rag'bat, mukofoti. Men baxtiyorman. Iymonim but, ota-onam bag'rida ulg'aydim, vafoli yorni uchratdim, bir o'qilim va bir qizim bor, dunyo toptim va imkon qadar foydali sarf etoldim. Endi esa? Inson baribir to'ymaydi. Lekin kim nimaga to'ymasligi savol. Men Hajj safariga tayorgarlik ko'ryabman. Allohga qaytish oldidan uning huzurida yig'lab diydodorini ko'rishga ruxsat so'ramoqchiman. Bu safarda Munira menga yana xamrox bo'lishini Robbimdan o'tinib so'rayman.
Barcha chunarsizliklar uchun kechirasiz.Добавлено (12-Фев-2013, 09:19) --------------------------------------------- P.S Hikoyani yozishda yordam bergan Anvarbekni telefoniga va Akamni be minnat internetlariga raxmat!
Faqat 3 ta shart!
|
|
| |
Mirzoxid | Сана: Сешанба, 12-Фев-2013, 13:08 | Изох # 49 |
Sayyod.com мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 623
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 248
Холати: Хозир йўқ
| okam xikoya dddddddaxshat faqat xulosasi ichimda qobketdi
...
Изохни тахрирлади (ўзгартирди) Mirzoxid - Сешанба, 12-Фев-2013, 13:09 |
|
| |
oybek | Сана: Сешанба, 12-Фев-2013, 13:37 | Изох # 50 |
Иштирокчи
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 213
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 851
Холати: Хозир йўқ
| xikoyangiz labirintga o'xshaydi.....
|
|
| |