Loading... Hikoyalari
|
|
Loading | Сана: Сешанба, 25-Сен-2012, 10:31 | Изох # 1 |
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
| Kirish!
Assalomu Alaykum Hurmatli Forumdoshlar! Sizlarga Turli Taqdirlarni Hikoya Qiluvchi Mavzuni Taqdim Etmoqdaman. O'ylaymanki Sizlarga Manzur Bo'ladi. Ish bor joyda kamchilik bo'ladi albatta. Bular uchun sizlardan mazur tutishingizni so'rayman. Jonim bilan fikr muloxazalaringizni inobatga olaman. Bu menga katta ko'mak bo'ladi.
Bir taqtdir.
1 Ulkan shaxarning chang to'zoni siyraklashib. Kechki hayotning tongi otadi, quyoshi yuzidagi dog'i bilan atrofni arang yoritadi. Bazan uyalib bulutlar ortidan soya istaydi. Tungi hayotning biz bilmagan sirlari, tushimizga xam kirmagan voqiyalari bor ekan. Yoshim yigirmaga qora chiziq tortib, kechalari uyqum qochdi. Zerikish bo'ynimga dordek, yurakni ezdi. 16 yil kitob ichida yashaganim yetarlik bo'lar dedimu dunyoni roxatini topkan do'stlarimga ergashdim. Pul bo'lsa do'st topilarkan. Tungi klublardan birida do'slarim bilan uchrashib ko'ngil hushlik qilishni odat qildim. Bu juda kam odam biladigan joy ekan. Odami kam lekin har qaysi narsani eng tozasi uchraydi. Bir necha oy do'stlarimga anqaygancha, so'lagim oqib o'tirdim. Do'slarim birinchi qadaxni o'zidayoq biror go'zalni ilintirib ketaverishadi. Hech bo'lmaganda raqs maydonida ko'ngil hushlik qilishadi. Qaysi kuni eslolmiman, ko'payib kettibti. O'zimni ko'rsataman deb rosa masqara bo'ldim. Usha-usha odamlar ko'ziga ko'rinib qoldim. Qizlar erkalangani emas, erkalab mazax qilishga kelishadi. Yaxshiki menga qaram bu odamlar. Yo'q meni pulimga. Baribir mazqaraboz bo'lib qoldim. Shu sabab bu hayot asta sekin zeriktirdi. Tungi hayot menga to'g'ri kelmaganini chundim. Doimgidek mayishat meni hisobimdan. Pulni sto'lga tashlab eshik tarafga yurdim. Ketish oldidan doim kuzatadigan bir ayol bilan gaplashib olishga qaror qildim. Huddi meni kutib o'tirgandek bugun uni hushdorlari yo'q. Unga bu klubga kelgan kunimdayoq etibor bergandim. U doim bir hil kiyimda yuradi. Etiborimni tortgani urfdan chiqqan ko'ylagi bo'ldi. Har kuni aynan shu libosida keladi. Bazan soch turmagi, tez- tez lab bo'yog'i o'zgaradi. Menimcha qaysidur aktrisaga havas qilib kiyinadi? O'zi aktrisadan kam joyi yo'q. Go'zallikdan be armon berilgan. Shu sababdan shaydosi bir zumda topiladi. Yana bir narsasi qiziq. Uni hech qachon boshqalar kabi bir hushdori bilan qayta ko'rmadim. Tanish chexralar uchrasa u bilan gaplashishmaydi. Odatlariga ko'ra ichkilik keltirishmaydi. Men ham quruq qo'l bilan borishga qaror qildim. Niyatim oddiy tanishish. Suhbat cho'zilsa. Biror nima buyirtirishni o'yladim. - Shu joy bo'shmi? --Diyor shunday tanishardi. G'alati tuyilsaxam lekin doim ish bergan. Sinab ko'rishni imkoni tug'ildi. - Yo'q, bo'sh emas. Sizning joyingiz. O'tirishiz mumkin. -- Tango shunday deb manoli jilmaydi. Bir afitsant unga shunday laqab qo'yib olgan. Ismini bilmayman. Sababi kiyimi bilan bog'liq bo'lsa kerak menimcha? Javobdan gangib qoldim. Bunday tez javob beradi deb o'ylamagandim ammo biroz tarang qilishini kutgandim. Tomirimdagi ichkilik dadilligimni oshirdi shekillik, Unga taqalib o'tirib oldim. Endi nima deyishni qani bilolsam. Bir nuqtaga tikilgancha ming xil gap o'yladim. Hammasi betayin. Yoqmasligi aniq. Yaxshisi jim o'tirish. Aksiga olib kayfiyati ham yo'qdek. "Go'zal qiz bilan kayfiyatni ko'taradigan biror nima ichmaysizmi?" bu savol masalaga oydinlik kiritgandek bo'ldi. Bugun unga hech kim qadax tutmadi. Kayfiyati shu sababli yo'q. Boshimni ko'tarib turli rangda tuslanayotgan zaldan afitsantni chaqirdim. Barmoqlarim bilan ishora qildim. Tango "menga faqat limonli koktel" deb u ham ishora qildi. Buyurtma kelgunicha 5 daqiqa o'tti. Shu besh daqiqa ichida men hayratdan yoqa tishlab o'tirdim. Tango men haqimda hammasini birma bir aytib berdi. Faqat bir joyida adashdi. Men u bilan bo'lishni istamayman. Ertaga qochib xam yurmiman. Bu joyga boshqa qaytmasligim aniq. Unga qolsa gapirishdan umuman to'xtamasdi. Afitsant gapni bo'lib kelib qoldi. Uyog'iga koktel ichib sigaret tutatdik. Dam o'tmay yengil xo'rsinib o'rnidan turdi, qo'limdan tutib tashqariga yetakladi. Unga qarshilik qilmay ergashdim. Ortimdan "Yashavor erkak!", "Tuning yoqimli o'tsin", "Uyaltirib qo'yma" degan baqiriqlar eshitildi. Biroz erish tuyildiyu, qaniydi degan xayol bilan jim ketaverdim.
2
"Keling, mana bu xonaga o'tin. Men xozir." degancha qo'shni xonaga kirib ketti. Uyi tartibli, sto'lning bir bo'lagi bezatilgan. Mexmon kutishga tayyor qilib qo'yilgan. Eshik oldidan tez yurib o'tkanini soniyada ko'rdim. Ustida kiyimi yo'qmidi? Bu qanaqasi bo'ldi? Bir zumda ming xil xayol miyamda to'qnashib ko'zimdan olov bo'lib otildi go'yo. Hayriyat eshikdan sharbat ko'tarib kirib keldi. Yovoyi fikirlar miyamga qanday kelgan bo'lsa shunday tarqadi. O'tirishimni taklif qildi. Sto'l tarafga yurgandim, kreslo'ga ishora qildi. Suxbatimiz nega bugun koktel ichkanidan boshlandi. Sababi u meni niyatimni payqagan. Meni oldindan kuzatkani malum bo'ldi. Qulog'imni qanchalik qichitmasin uning gapiga ishondim. Men bilan gaplashgisi kelgan. Men boshqacha emushman. Aynan nimam boshqacha ko'rindi ekan bilmadim? Bir tarafdan u sekinlik bilan qo'ynimga kirmoqchi deb ham o'yladim. O'zi xaqida gapirib berishini so'ragandim, eshik qo'ng'irog'i chalindi. Huddi kino ichiga tushib qoldim. Kim keldi? Eri bormikan? Ayyor megajin, niyati bu ekanda?! Buni hotirijamligini qara?! "Siz mexmon bo'lib turin, men xozir" deb eshikni ochgani tez qadam tashlab chiqib ketti. Hayolimni jamlolmay o'ylashda davom etaman. Menga nima, tilimni aylantirib vaziyatdan chiqib ketaman. Chunarli nega hushdorlari bilan faqat bir kechagina bo'lishi! Tango xonadan chiqqach xar extimolga qarshi xonani ko'zdan kechirib, tayinlik baxona qidirdim. O'rnimdan turib xona eshi tarafga yurdim. Tashqaridan erkak kishini ovozi eshitildi. Devordagi soatga qaradim. Salkam to'rtni ko'rsatib turibti. Oyoq tovushini eshitib bir qadam orqaga chekindim. Ko'zim otilib chiqqudek bo'lib eshikka tikildim. Tango ingichka karton quti ko'targancha honaga kirib keldi. Men eshik ortidan birov kirarmikan deb kutib turdim. Tango meni ko'riboq kulguchli yuzi jiddiy bo'lib qoldi. Bir muddat shunday turib qoldik. Keyin honani uning kulgu ovozi to'ldirdi. Endi men kulgu sababini chunolmay hayron jilmayib turibman. "Tinchlimi, nimadan bunchalik qo'rqib kettiz?" dedi kulgudan o'zini bosolmay. Oradan besh daqiqa o'tsaxamki kulgu to'xtamadi. U tinmay uzur so'rab, nozik barmoqlari bilan og'zini to'sishga, biroz bo'lsada o'zini qo'lga olishga urundi. Sochlarini barmoqlari bilan taramlab o'zini biroz tartibga keltirgan bo'ldi. Uzun sochini nozik qo'llari bilan taramlar ekan, soniyalar ichida "shu sochlarni men silasam edi degan" istak mendan o'tdi. Uning bodomni eslatuvchi ko'zlaridan tomchilagan yoshini artgim keldi. Uning ko'nglini ko'targan kulguga faqat men sababchi bo'lishni istadim. Devordagi sir 3 Xona birdan jim bo'lib qoldi. Men ham u qarab turgan devorga yuzlandim. Devorda boya men etibor bermagan surat osig'lik turardi. Bashang kiyingan, sochlari hafsala bilan taralgan, 25 yoshlar atrofidagi yigit suratiga qarab Tangoni ko'zi yoshlanishga ulgurdi. Sohta jilmayib meni yana dasturxonga taklif qildi. Honani esa yoqimli pitsa hidi to'ldirib bo'lgandi. Yengil tamaddi qilib bo'lgach suxbat yanada qizidi. Devordagi surat uning yagona o'g'lini surati ekan. Men taxmin qilishda adashibman. Bu suratga tushganida 18 yoshga to'lgan kuni ekan. Odam odamni ko'rganida dardini dasturxon qilavermaydi. Ayniqsa begona insonga. Lekin Tango meni tanidi. Kuzatgan. Menga ishonib ichida tosh bo'lib yotgan dardlarini aytishga ikkilanmadi. Balki u meni ichki dunyoyimni bilgisi kelgandur? Hayotining tunu-kunida birdek hushomad qilishlari, hohishlarini qondirguncha mexribon bo'lishlaridan charchagandur extimol. Balki Tango allaqochonlar sevgi faqat to'shakda, sevgi sotiladigan matox degan fikrda qotib qolgandur? Yana kim biladi deysiz? Extimol har safar xaqiqiy insonni uchratim deb o'ylar. Men shu oylar davomida bir hulosani yozib qo'ydim. Balki uning, va u kabilarni baxtsizligiga buzuqliklari sabab bo'lsa kerak? Salqin coladan simirib shu hayollarga berildim. O'tkirroq biror nima taklif qilmadi. Tomog'im qurib ketkanidanmi, yoki tungi klubda ichkanimni kayfi tarqadimi, dadillik yoqoldi. U esa sobiq erini maqtashni boshladi. -O'g'lim otasini g'irt o'zi. Erimam baland bo'yli kelishgan yigit bo'lgan. U bilan tanishganimizga bir oy o'tmay to'yimiz bo'lgan. Juda baxtli edik. Baxtiyor dunyoga kelgach o'zimni tugal baxtli hisoblay boshladim. Oilam, sevgan yorim, ko'zimiz quvonchi bo'lgan Baxtiyorim bor edi. Boylik esa meni hech qachon qiziqtirgan emas. -- Tangoni ko'zi yoshga limo-lim to'lib turibti. Shirin hotiralar ummoni ko'zida to'lqinlanib turgandek. Kiprik qoqsa ko'z yoshi qirg'oqlardan toshib qayg'uli yuzlarini yuvib o'tadi. Tomchilagan yoshlari yuzida o'ynoqilab oqadi. Ana shunda men uning yuzida sayozgina ajinni payqadim. Xayotiy hikoyasida nima uchun boylikka urg'u berib o'tkani menga qiziq tuyildi. - Ular xozir qayerda -- Savolim no o'rin bo'ldimi biroz jim turib javob berdi. - Frontga ketgan. Hazil, juda qo'pol eshitildimi? -- dedi salfetkaga yoshini artib. Biror nima demoqchidek taraddudlandi. Yengil tamoq qirib hikoyasini kelgan joyidan davom ettirdi. - Baxt biz tarif beradigan narsalarda emas ekan. Har insonni baxti o'zgacha bo'lar ekan. Mana sizga baxt xaqida gapirib o'tiribman. Men uchun baxt nimada ekanini sanab berdim. Lekin aslida baxt nima? Bilmayman, baxtli kunlar oldindami yoki usha o'tkan kunlar baxtli edimmi? Baxtiyor o'lgandan keyin erim menga achchiq qilib tashlab ketkan. - Nima, o'g'liz o'lganmi? -- odatga ko'ra o'tkanlarni rohmatiga olsin deb duo qildim. - Ha avto xalokatda. Rulda baxtiyor o'tirgandi. Xaydiman dib qo'ymadi. Mashinani juda zo'r boshqarardi. Lekin usha kuni sezgan ekanman. Hech to'xtagim kelmadi. Uyimizga bir choraxa qolganda o'rin almashdik. Yashil chiroq yoqilib choraxaga kirganimiz esimda. Kasalxonda uyg'ondim. Baxtiyor qo'limni ushlab o'tiribti. Soppa-sog'. Manga qarab jilmaydi. Xaroratini sezmadim. Hali sezgi azolarim to'liq o'ziga kelmagani uchun bo'lsa kerak? Baxtiyorim yuzimdan o'pib honadan chiqib ketti. Shifokorlar unga etibor bermay birnimalarni maslaxat qilishmoqda. O'g'limdan adasini so'riman diman, ovozim chiqmidi. Ichimdan bir yo'talib hushimga keldim. Men ko'rganim tush ekan. Komada ekanimni bilmagan edim. Baxtiyorim o'lganini, hushimga kelishimni erim kutib yurganini bilmagan edim. -- Tangoni kiprigida faqat bir tomchi yosh turibti. O'zini yoqotmay, ravon so'zlayabti. Men bilmadim. Nima uchun men Baxtiyorga begona bo'lib ko'z yosh to'kib o'tiribman. U esa baxtli xayotining fojiyali yakunini ko'zida faqat bir tomchi yosh bilan eslayabti? Sababi nima ekan? Ko'nikishmi? Bemexirlik? Sevgan odamini tashlab ketkani uni hissiz qilib qo'yganmikan? Qaydan, balkim u Baxtiyorini qabri ustida yig'lamaslikka qasam ichkanmikan? Bir tomchi yosh, yoki uning ko'zida qolgan so'ngi tomchi yosh shudur? - Sevgan inson suyuklisini hayotga qaytishini kutmasinmi? Albatta eriz hushizga kelishizni kutkan. -- Bu savolni berdimu uning "Baxtiyorim o'lganidan keyin erim menga achchiq qilib tashlab ketgan" deganini esladim. Hulosam uni javobi bilan bir vaqtda hayolimdan o'tdi. - Afsuski siz etkanizdek bo'lmadi. Palataga olishgan kunidayoq u menga ajrashish qog'ozini sovg'a qildi. --Xuddi kinoga o'xshab ketadi. U o'ychan kulib qo'yganda ana shuni o'yladim. Aniqki bu dushmanlarni ishi emasmikin degan savol berdim. Tango bu savolni kutib o'tirgandek jonlandi. - Bilasizmi, dushmanin kimligini bilib yashagan yaxshi. Garchan doim unga mag'lub bo'lsang ham. Men dushmanlarim kimligini katta yoqotish evaziga bilib oldim. Moddiy boylik xaqida odamlar turlicha o'ylashadi. Kimda boru, kimda yo'q. Agar inson manan boy bo'lsa dunyo boyligini farqi bo'lmaydi. -- Uning gaplari chunarsiz. Ilmoqli tarflar kimga tegishli ekan? Menimcha u uyqusirayabti. - Chunolmadim. Dushman, moddiy boylik, nima demoqchisiz? Pul uchun sizga suyuqast uyishtirilganmi? - Yo'q. Avto halotani aloqasi yo'q. Bu dushmanimga bir qulay fursat edi. -- Buyog'i juda qiziq. Qartaning orqa tarafida nima bor ekan? Tuni bilan uxlamaganimga asta uyqu bosib boryabti. Ruxsat so'rab yuvinish xonasiga chiqdim. Baxonada kichik xonanani tekshiruvdan o'tkazdim. Paytdan foydalanib Tango oshxonaga chiqib ketipti. Idishlarni taqir-tuquridan bilinib turibti. Oshxonaga kirdim. Chovgumda g'uvillab suv qaynab turibti. Mexmonxonadan buyer issiqroq ekan. Tango finjonda qaxva tayorlab sto'lga qo'ydi. Likopchada pishiriqlar keltirdi. Men burchak qilib yasalgan kursiga o'tirdim. U uyoq-buyoqni tezda tartibga keltirib, o'ziham kelib o'tirdi. Oshxona ishlari bilan o'ralashib yurgan Tangoni ko'rib hayolimdan o'tkazganlarim shunchalik yoqimli ediki "yoshni nima axamiyati bor?" degan savolni o'zimga berdim. Uyga kelganingda muomila qilib kutib olsa, oshxonada kuyib-pishib xizmatini qilsa. Qo'li shirin ekan. Qaxvani tayorlashi unchalik emas. O'zi buni tan oldi. Qaxvani tayorlaydigan ustalari bo'ladi. Aytishlaricha Turklar qaxvaxo'rlikni madaniyat darajasiga ko'targan ekanlar. Ikkimiz o'zimiz bilmay, nimalarni bilishimiz haqida maqtanishni boshladik. Bazan bir xil malumot bo'lib qolsa o'zimizdan qo'shib gapiramiz. Shunday qilib uyoq-buyoqdan suxbat qurdik. Shirinliklar ancha quvat bo'ldi. Lekin qaynoq qaxva odamni ilitib uyquni kuchaytirdi. Uyga qaytishga qaror qildim. Tango unikida qolib dam olishim mumkinligini etti. Men esa faqat o'z o'rnimda uxloliman. Uyimdagi boshqa xonalardaxam hech uxlolmayman. Shunday deb bino yo'lagiga chiqdim. Uyga ketgim kelmadi. Ketmasam bo'lmaydi. Juda charchadim. U meni uyimga oborib qo'yishi mumkinligini etti. "Uyqusirab biror korxol bo'lmasin" didi. Menimcha uni xam mendan ajralgisi yo'q? Lekin uni kim uyiga olib keladi shunisi jumboq ko'rindi. - Hop, meni uyimga olib borib qo'ydiz deylik? Sizni kim uyizga olib kelib qo'yadi? - Ko'chada nima ko'p? Taksi ko'p. O'tiraman bir zumda uyda bo'laman. -- Men yo'q javobini bermoqchi edim, u gapini tugatmay taraddudlandi. Yo'q deyolmadim.
Faqat 3 ta shart!
|
|
| |
bek_x6 | Сана: Сешанба, 25-Сен-2012, 12:14 | Изох # 2 |
Рўйхатда
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 58
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 676
Холати: Хозир йўқ
| davomini kutaman...
Vaqt o‘tadi va hayot ko‘rsatadi... Hammasi yaxshilikka bo‘lgan bo‘ladi :-)
|
|
| |
Dadaxon | Сана: Сешанба, 25-Сен-2012, 17:19 | Изох # 3 |
Sayyod.com мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 203
Тақдирланишлар: 1
Хурмат даражаси: 244
Холати: Хозир йўқ
| Xösh undan kiynchi
|
|
| |
Loading | Сана: Чоршанба, 26-Сен-2012, 20:55 | Изох # 4 |
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
| P.S HURMATLI FORUMDOSHLAR AVVALDAN KECHIRASILAR! HIKOYAGA FAQAT VOQIYALAR RIVOJI XAQIDAGI POSTLARNI QOLDIRISHILARNI SO'RIMAN. MAVZU CHATGA AYLANMASLIGINI ILTIMOS QILAMAN. MA'MURIYAT TARAFIDAN OGOXLANTIRISH OLMAYLIK. Etibor uchun katta raxmat!Добавлено (26-Сен-2012, 19:55) --------------------------------------------- Maxallasi rus maxalla ekan. Ko'p qavatli bino to'kilib tushadiganga o'xshab turibti. Uyini ichidan bunaqaga o'xshamidi. Qiziqishim tinchlik bermay so'radim. - Bino juda xarobaku? Nega buyerda yashaysiz? Fayzsiz joylarakan. -- Gapni gapirdimu, aytganlarim o'zimga yoqmadi. - Yo'q bu bino do'damni zamonida qurilgan, baquvat, haliveri qulamaydi. G'ishtli. Lekin qarovsiz. Hammasi rus yoki tatar millatidagi qariyalar. Bazilarini farzandi kelib turadi. Qolganini bolalari uz yurtiga qaytib ketishgan. Oldingi ocharchilik endi yo'q. Balki boshqa sabab bilan ketishgandur. Lekin qariyalar shu yurtni non-tuzini yedik, vatanimiz shu joy deyishadi. Baribir qarayilarda oqibat kuchli. Balki sizga befayz ko'rinar? Aslida esa hali bu ko'chalarda hamon triklik nafasi bor. Hayot bir maromida davom etmoqda. Menga kelsak ataylab shu yerga ko'chdim. Ostun-ustun bo'lgan hayotimdan qochib hilvat joy qidirdim. Yolg'iz qolishni extiyor etdim. Usha kunlarda men kelajak degan so'zni unutib qo'ygandim. Dardkashim sevgan insonim bo'lmadi. Menga yetti yod begona insonlar suyanch bo'lishdi. Bazan o'zimga savol beraman. "Agar shu insonlar bo'lmaganda nima qilardim?" -- Mashina chayqalib katta ko'chada harakatini davom ettiradi. Meni ko'zlarim Tangoga tikilgancha, uning aytganlarini tasvirlaydi. - Odam taftini odam oladi ekanda? -- deyman past ovozda, uning so'zini bo'lmaslik uchun. - Ichimdagini aytdiz. Shu choraxaning svetaforlari juda xunuk rangda yonadi. Bilasizmi? -- Shunday deb choraxani kesib o'tayotgan yo'lovchilarga signal chaldi. Men yelkamni uchurgancha faximladim. Bu usha choraxa bo'lishi kerak? Shundan so'ng uyimga yetkunimizcha o'zimiz bilan qolishni extiyor etdik. Uning jimligidan buni anglash mumkin. Mashina maxallani boshida to'xtadi. Unga mashinani topshirib, o'zim uyga kirib uxladim...
Faqat 3 ta shart!
Изохни тахрирлади (ўзгартирди) SarVario - Сешанба, 25-Сен-2012, 21:00 |
|
| |
Dilrabo | Сана: Чоршанба, 26-Сен-2012, 21:07 | Изох # 5 |
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 1188
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 628
Холати: Хозир йўқ
| Uyga eson-omon yetib oldingiz.))Savol: mashina siznikimi yoki Tangoniki?
Nigohimda jamdir bu olam...
|
|
| |
Loading | Сана: Пайшанба, 08-Ноя-2012, 21:18 | Изох # 6 |
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
| "Aka turin, o'qishga kech qolaman" shu ovoz qanchalik erkalab, yoqimli eshitilmasin. Qaniydi hech bo'lmaganda yarim soatdan keyin eshitilsa? Birdan mashinani berib yuborganim esimga tushdi. Qo'rqanimdan emas? Uyqu kuchlilik qilib, mashinani ustaga berdim deb qutilib qo'yaqoldim. Maktabi bir qadamu? Haydovchi olib borishi kerak. Shu boxona bilan tungacha tinch o'tirdim. Zafarni uyga chaqiribmanu, uni mashina ustasi ekani hayolimga kelmabti. Dadamni oldida ishoralar bilan unga zo'rg'a chuntirdim. Shu baxonada ustaxonaga deb uydan qochdim...
4 Mashinamni qidirib kechagi manzilga bordim. Mashinaxam, Tango xam yo'q. Zafar xayron. Buyoqda nima qilib yurganimizga. Unga tungi gaplarni aytmadim. Ustimdan kulishi aniq. Yarimtani ichvosa og'zidan gul o'sib chiqadi. Bilmagan odam qolmaydi. Bir kuni kapalaklarni olib dacha gaplashishgan. 5 kishi. 2ta kapalak. Diyorni majburlab kirgazib yuborishibti. Yarim soatda chiqmasmush, bir soat o'tibti yo'q jim-jit. Zafar chidolmay ichkariga kirsa kapalak uxlab qoganakan. Diyor nima dishni bilmi jim o'tirgan emush. Zafar shu boshlab qoptiku. Usha-usha har choyxonada shu gap. Diyorni kuyov oshi kunida "Qale gaplashib o'tirdila" degandi. Negadur bir-ikki yeg'inda Diyor kemi qoganda xayron qoludim. Keyin etib berishgandi. Kecha Tango bilan chiqib ketkvotkanimni Zafar ham ko'rgandi. Davomi nima bo'lganini bilib qosa bormi, tomom bir umr saqich qilib chaynayveradi. Tangoni bir soatcha kutib o'tirdik. Zafar ko'p gapirib odamni hecham zeriktirmidiyu, savollar beraverib odamni qon qiladi. Tango kelmagach tungi klubga borishga qaror qildim. Bu Zafarga hush yoqdi. Ha Xursan bo'ladida, tekin ziyofat bo'lganidan keyin. - O'rto bugun qaysi qiz bilan ketasan? Maslaxatim Zulini opket. Ishlashini ko'rsen... voy eslasam mazam qochvotti. --Zafarni bir qiziq odati bor. Avval Я harifidan boshlanadigan qizlar bilan tanishadi. Topilmasa keyin majbur ismi boshqa harifdan boshlanadigan qizlarni o'raydi. - Man ichkariga birrovga kirib chiqaman. Mayishatni yeg'ishtirdim. - Yo'g'ey? Joninga tegdimi? - Ha tungi hayot manga to'ri kemadi. Uyda uxlaganim yaxshi, odamlarga o'xshab. Bu qarorga kecha keldim. - Qanichi manga qara? Adashvotkandurmanu lekin klubdi qushchalani yaxshisi bo'midi. Kechagi kampir ubu narsa ichirib qo'ydimi? Birdan aynib qobsan? - Chunmadim. Nima divossan? Hozir, jim tur adam telefon qivottila. -- Nimaga telefon qivotilar? Soatimga qaradim. Chunarli, har kungi tungi nazorat. Tez yetib kel dilla. Ketvotganimni etib qo'ysam bo'ldi, boshqa telefon qimilla. Faqat oyim soat 12:00 dan boshlab tinmi qo'ng'iroq qiluralla. -Alo Assalomu alaykum! Ho ada? Hozir boraman. -...? - Sog'man hudoga shukur, yo'q moshinamdaman. Eshitilvottimi? -- Zafarga ishora qildim, u ketma-ket signal chalib qo'ydi. -...! - Nima? Mani moshinam? Qanaqa ayol? -...! -Hozir, uyga borganda chuntirib beraman. Oyim bilmadilami? - ... . ... . .... .. . ... - Unda etmi turin. Mana yetib keldim. Qanisiz? -- Tango avto xalokatga uchrabti. Choraxa burchagida joylashgan reklama banneri ustunini mashinam quchoqlab olgan. Tangoni qidirdim. Yo'l chetidagi chimga yotqizib ustiga meni sochig'imni yopib qo'yishibti. Miyyam muzlab qoldi. Hech nimani o'ylolmayabman. Endi nima bo'ladi? Tango...? Yelkamdan ushlagan adamni xaroratlarini sezdim. - Kim u? -- adamga javob bermaganim uchun, boshqa savol bermadilar. Qo'limga mashinamni xujattlarini qistirib yoziq-chiziq bilan yurgan DAN hodimlari tarafga kettilar. Qulog'imga Tangoni ovozi eshitilgandek bo'laveradi. Uni trik degim keladi. U bilan yana sirlashgim keldi. Go'zalligi oldida yengilib unga uzoq tikilib o'tirsam deyman. Tangoni ichida men bilishni istagan qancha sirlar yashirin qoldi. Holatimni qanday tasvirlashni bilmayman. Biz hech narsaga ulgurmadik. Yaqindan tanishmadik, Do'stlasholmadik, U menga ukasidek dardini aytdimi yoki...? Bu xam mavxumligicha qoldi. Juda yoqimli mavxumlik. Nechchi oy davomida men Tango xaqida yomon fikirda edim. 3-4 soat ichida men uni Ona, sevimli yor ekanini bilib oldim. Kim bo'lmasin hammaning u uchun belgilangan taqdir yo'li borligiga ishonch xosil qildim. Shu sababmi u xaqidagi fikrim tubdan o'zgardi. Meni xotiramdan bir umrga u bilan jilmayib xayirlashgan kunim joy oldi...Добавлено (05-Окт-2012, 11:43) --------------------------------------------- Men uchun bu hikoya tamom. Добавлено (06-Окт-2012, 07:44) --------------------------------------------- Afsus. Bazi-bazida ichib turish kerak. Shifo uchun gunox yozilmidi. Ibn Sino bobomiz eng so'ngi chora uchun to'ng'iz go'shtini istemolini.. - Chunmadim bu nima? Pivomi? -- bu savolni Nazirbek jiyanidan so'radi. Jiyani bir boxona topishini kutgandi. - Ha pivo, 0 gradusligi. -- Joxongir qarindoshi ibodatli odam ekani uchun sunday javob berdi. Nazirbek vohima qilmaslik uchun, "baribir, qozoni, bo'chkasi bittaku, bugun indamasam ertaga gradusligini ichasan." deb etiroz bildirdi. Joxongir go'yo pivoni axlatga tashagani chiqib ketti. Axlat qutisi oldida bir ikki qultum ichib qarindoshini so'kindi... Добавлено (07-Окт-2012, 12:10) --------------------------------------------- Tong otib hamma dasturxon atrofida jam bo'ldi. Jaxongirni qitmirligi tutib, qarindoshini mayna qildi. - Ha qoraka? 0 gradusligiyam xarom din? Endi faqat siz kitob o'qib qo'ygansizde? Biza bilmimiz. "Mast qiluvchi, kayf beradigan" degan joyi bor. Bilasizmi? -- Joxongir o'zicha nuqtasiga urdi. Hamma baravariga kulsa kerak deb kutkandi. - Voy juvonimey bo'lgur, yana ichdinmi? Yana bir martta eshitsam, shishasi bilan boshshini urib yoraman. Chundinmi?! - Siz jim o'tirin opa, man kechqurun dam olib ichdim. Sizga teyvottimi? -- Jaxongir bu javobidan keyin otasidan bir musht yedi. Ichkanligi uchun emas, ona bilan muomilasini qilolmagani uchun. Ichkilikga etiroz bildirolmaydi. Sababi ota do'st-ulfat ichida maqtanish uchun o'g'liga o'zi bazan ichkilik ho'platib turardi. Ertalabdan bo'lgan bu dilxiralikdan Nazirbek juda xijolat bo'ldi. Amakisini tinch oilasida uni deb janjal chiqqani yaxshi bo'lmadi. Tezroq qurilish bitsa uyiga ketardi. Oradan bir xafta o'tti. Tungi soat 01:20 Jaxongir yo'q. Ota xavotir bo'lib qo'ng'iroq qildi. - Qayoqdasan? Manga qara Nazirbek aken uyga qaytgani qachon edi. San xali qaytmading. Tez uyga qayt. Mashinamni joyiga opkelib qo'yginde keyin bilganingni qil. Sanga 15 daqiqa vaqt! Mani boshqa ovora qima uysiz qolasan xuddi! -- Aloqa uzilgach ota asabilashib televizorni u kanaldan bu kanalga tez-tez aylantirib o'chirib qo'ydi. Qurilish bo'votgan binoni ko'zdan kechirdi. Nazirbek telefondagi suxbatdan uyg'onib ketkandi. Uyqusi qochib qaytib uxlolmadi. Qo'shni xonadan kelin oyisini ovozi eshitildi. "Alo qayoqdasan?! Soat nechchi bo'ldi?! To'xta! Mashinani to'xtat! Ichvogansan! Aldama, baloga yo'liqqur? To'xtat didim! Xaydama! Xozir bir balo qilsan! Alo. Alo?!" Yo'lakda qadam ovozi eshitildi. Keyin yana jimib qoldi. Birozdan so'ng Nazirbek chala uyqudan yana uyg'onib ketti. Xonaga kelin oyisi kirib keldi. - San nima qilib yotibsan? - Nima qil disiz? - Uken yo'q xaligacha. Azamat akam darvoza oldida baqirib-baqirib kotta ko'chaga qarab kettila. -- Ziyoda Nazirbekni hech narsadan xabari yo'q deb o'yladi. - San nega gapirmisan? Boya nega so'ramadin? Qayoga ketvossan, tez borib ke dimisanmi? Mana ichvogan, xozir moshinani bir balo qilib keladi! Ming martta ettim unga, qulo somidi. Do'ng'illivuradi. - Man nima diman? Bola silaniki, xa dib urushurmi, mundo ona-bolga o'xshab gaplashsela uyam sizni eshitadi. Xozir havotir bo'men, mashinani zo'r xaydidi.-- Nazirbek chidolmadi. Gap kelganda gapirib yubordi. Kelin oyisini qanday qilib tinchlantirishni xam bilmaydi. Endi uzining ichidan xam xovotir olishni boshladi. O'zini xotirjam qilishga urundi. Xali kelsa gaplashib olishga qaror qildi. "Bu uyda xech tinchlik yo'q ekanda?" o'yladi u. Xovlida mashina ovozi eshitildi. Kelin oyisini kuyunchak baqirishini eshitib, yuragi orqaga tortib ketti. Chuqur uf tortib xovliga chiqdi. Joxongir oyoqda turolmasdi. Mashinani pachog'i chiqib ketkan. Ziyoda erini oldida biror nima deyishga cho'chidi. Nazirbek jiyanini maxkam ushlagancha yuvinish xonasiga olib kirdi. Jaxongir qayd qilishni boshladi.
Xorligini qara. Ovozini xunukligini qara ey inson. Go'yo ichingdan jin shaytonlarni qaxqaxasi eshitilib turganga o'xshaydi. Badbo'yligingni qara? Xech qachon bunday badbo'y hidni uchratmagan edim. Xorligini qara? Nega ichasan? Hayvon sendan avzal emasmi? Oboro'-etiboring shunga arzidimi? Nega jimsan? Qani kechagi JOXONGIR?! Miq etolmi qoldinku? Yigit kishini ertangi kuni xaqida gapirgan sanmidin? Bu ishindan keyin biror kishi sani eshitarmikin? Yigitchili bo'lib turadi disanmi? Bunaqa xayvondan batar yigit kimga keragi bor. Ayni damda ko'chadi piyonistadan nima farqin qoldi? 0 gradusli degan senmiding? Shunaqa dam sanga yoqadimi? Xar o'xchiganingda joning bo'g'zinga tiqilvotti? Agar shunaqa dam sanga yoqsa, unda yaxshi dam ol! San axmoqni deb men kelin oyim bilan xafalashib qoldim. Afsus! -- Shunday qilib Nazir jiyanini muzdek vanada qoldirgancha chiqib ketti. Добавлено (08-Ноя-2012, 20:18) --------------------------------------------- !-!-!-!-!-!-!-!-!-!-!-!-!-! Kirilda yozmayotganim uchun kechirasizlar. Афсус! Po'lat ismi jismiga monand odam edi. Uning bardoshiga qoyil qolganlar uni Toshpo'lat deb chaqirishlari odatga aylangan. Hayot ekanda, uylanganiga olti yil bo'libti. Alloh nasib etib mana qo'chqordek o'g'illik bo'ldi. Do'st-dushman birdek quvonib qolishdi. Bandasi vadani bersa, vadasini ustidan chiqsa yaratgan egam mukofotlamay qo'ymaydi. Endi desangiz bir bayram bo'ldi. Shaxarning eng katta koshonasida elga osh tortildi. Kun-ketidan tun o'tib, do'st ulfatga alohida dasturxon yozildi. Erkakcha bazim bo'sin deb oq soqolni dasturxon ustiga qo'yishganda Po'lat qarshilik qildi. "senga burov ich deyabtimi, ovqatinga qara" degan gap eshitdi. Bayram, kayfiyatni buzmay deb indamagan bo'ldi. Yangi chaqaloqni shaniga aytilgan qutlov-tabriklar bir-birdan jarandor yangradi. Piyolalar shisha labiga urulib tomoqni qurutadi. Yana qadax so'zi aytiladi. "Dunyoda ulakan tog'lar bor! -bor-bor -- tasdiqladi Nazar tili zo'rg'a aylanib. - Eshitsangchi axmoq. Bunaqasi bitta bo'ladi. Xudoyberdini sharafiga. Dunyoda ulkan tog'lar bor! Erkak kishini g'ururi shu tog'lardan yuksakda bo'lguvchi. Qachonki ortida tepkilab ko'madigan farzani bo'lsa. Mana endi Toshpo'latni tepkilaydigani bor! --ovozini gulduroq qo'yib davom etti. -Qani bo'lmasa shu g'urur uchun ichaylik. Tog'lardan yuksak g'urur uchun oldik. Piyolalar to'qnashdi. Qonga aroq qo'shilib, lavz xam suyildi. Po'lat qancha qarshilik qilmasin, gap ko'tarolmadi. "Hoy, Po'lat boyvochcha, juda osmondan kemang, farishtamassiz! Ichgan aroqlarizni hidi xali-xali nafasizdan kep turibti." Bu gaplarni har yeg'inda, choyxonada, to'y-xashamda eshitaverganidan etibor bermadi. " Olti yilda ko'rgan o'g'linga salomatlik, uzoq umr tilab bir piyolani shart olmasang, orziqib kutganinga ishonolmadim ey!" Forux shunday dediyu piyolani to'ldirib Po'latga uzatishlarini buyurdi. Bir piyola ichilganda o'lmasman deb shart ko'tardi. Qadax bo'shab qolmadi. Tabrik ketidan, tabrik ulandi. Biton devor, temir panjara eshikli hushyorxonada hushiga keldi. Azoyi-badani qaxshab og'riydi. Boshi otilib ketay deyabti. Ikkala qo'liga xafsala bilan bint o'rab qo'yilgan. Usti-boshidek kirlanib ketkgan bint bilan peshonasini qashlamoqchidi, miyyasiga zirillab og'riq kirdi. Bir muddat nima bo'lganini, bu joyda nima qilib yotkanini anglashga urundi. Tanish manzara. Avval bu joyga kelgandek. Xirillab, xirilab esladi. Yana hushyorxonaga tushib qolganini payqadi. Do'stlari uni uyiga oborib qo'ymaganlaridan biroz achchig'i chiqdi. Bir nima yodiga tushdi shekil jilmaydi. - Farzand ko'ribman. "Xudoyberdi" deb ism qo'yibman. Tushga nimalar kirmaydi! Ey xudoyim bittagina ko'z quvonchi bersayding. Tashlardim bu zaxarni. Vadam vada. Bir qultum ichmiman yo'q, shishasini qo'limgayam omiman. -- Eshik voxmali sharaqlab ochildi. Qo'lida naruchnik osiltirib qo'riqchi kirib keldi. - Maxbus devorga yuzlanib, qo'llar orqaga. -- Qo'riqchi nafrat bilan unga jilmayib qarab turgan Po'latga buyruq berdi. - Xop voy-vo'y, sal o'zini bosvol qoravul. Mani kimligimni bilasanmi? -- Po'lat hushyorxonadan hech bu alfozda chiqmagandi. Kechagisi juda yomon bo'ldimikan? Qancha eslashga urunmasin baribir eslolmaydi. Har doim shunaqa. Bu safar, uni uyigacha panjarali otayo'lda olib borishdi. Uy oldida qo'ni-qo'shni tumonat odam to'planib turibti. Xovli be saramjon. Darvozadan qayni onasini dod voyi eshitildi. Jon xolatda Po'latga tashlandi. Qo'riqchilar bazo'r uni ajratib olib qotillik bo'lgan xonaga olib kirishdi. Po'lat jon xolatda qutirib ketti. Po'lat ko'rgani tush emas, kechagi kun ekaniga ishonib. Olti yilda tilab olgan farzandini, shuncha yil xammasiga chidab yashagan xotinini o'z qo'llari bilan o'ldirib qo'yganini bilganida, tan olganida, daxshatdan yaxlab qoldi. Xotirasida jonlanib kelayotgan voqiyalardan asta sekin o'ziga keldi. Jarlikdan chiqayotgan nido kabi, AFSUS degan titroq bilan holsiz quladi.
Faqat 3 ta shart!
Изохни тахрирлади (ўзгартирди) Loading - Сешанба, 02-Окт-2012, 22:57 |
|
| |
Shukronа | Сана: Жума-муборак кун!, 09-Ноя-2012, 00:53 | Изох # 7 |
Sayyod.com мухлиси
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Изохлар: 586
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
| Vay nima qildiz. Shunchaliyam qaxriz qatumi Load.
|
|
| |
Loading | Сана: Жума-муборак кун!, 09-Ноя-2012, 01:54 | Изох # 8 |
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
| Sabab Quyosh horg'in ufqqa bosh qo'ydi. Uzoq-uzoqlardan esib kelgan shamol go'yoki uning nafasi edi. Yuzinga urilib tanangdagi so'ngi tomchi suvni xavoga sovuradi. Davron ham havo salqinlashganidan umidvor ko'chaga chiqdi. Mashinasini birinchi mijoz aytgan manzilda to'xtatdi. Pulni sanab mamnun jilmaydi. Qanidi hamma shunday ochiq qo'l bo'lsaydi deb yana mamnun jilmaydi. Svetaforning qizil chirog'ida to'xtab atrofni ko'zdan kechirdi. Yo'l chetida mijozlar ko'p, mashinalar esa ulardan ko'p. Ohirgi vaqtlarda ko'pchilik yonilg'i pulim chiqsin deb yo'l-yo'lakay odam olib ketishadi. Meni esa trikchiligim shundan. Ey noshukur bo'may, "karvoni ko'p rizqni bo'lak" deyilganku. Davron mashinasini mijozlar olayotgan ulovlar ortidan to'xtatdi. Kutilmaganda matiz haydovchisi uni yon tarafidan siqib o'tib so'ngi mijozni ilib ketti. Davron burnidan tutini chiqqudek jaxli chiqib ketti. Uzatish qutisini birinchi tezlikka urdi. Yo'lning narigi tarafidan kesib o'tayotkan qizni ko'rib mashinani bir qo'zg'atib to'xtadi. Qiz chiroyli, o'rta bo'yli edi. Lekin tunika ko'ylak va qora lasina uni baland bo'yli oyoqlarini tekkis va uzun ko'rsatib turibti. Oyog'idagi mayyin matodan tikilgan katta gullik shippagi odamni diqqatini o'ziga tortmay qolmaydi.Yelkasiga yoyib tashlangan burama sochlari qizni yanada go'zallashtirgan. Davron hali yo'lni to'liq kesib o'tmagan qizga xizmatini taklif qildi. Qiz svetafordan qo'zg'algan mashinalarga qarab turib boradigan manzilini aytdi. Davronga gap qoldirmay nechpul berishini xam malum qildi. Davronni ko'zlari bir boshdan oyoq yugurib, bosh chayqab qo'ydi. Haydovchi rozi bo'lgach oldi eshikni ochti. Davron qizni oldi o'rindiqga o'tirishini istamadi, lekin extiyor mijozniki. Qiz esa huddi uni xayolini o'qigandek old eshikni yopib orqa o'rindiqqa joylashdi. Mashina ortidan tizilgan avtolar quloqni qomatiga keltirib signal berib do'q qilshni boshlashdi. - Bo'ldi kettik! Yurin, yuraverin! -- qiz Davronni shoshirdi. O'zi esa shoshgandan biror nimasi qolib ketmadimi deb buyumlarini kuzdan kechirdi. - Qayoga shoshadi bular? Shoshib turgan bo'sa nega to'xtidi? Ketur, to'rimi? -- Davron "bokavoy" kuzgudan qizga qaradi. Qizni yuzini uning sochlari to'sib turibti. Qiz tinmay bir qo'li bilan sochini yuqoriga tarab qo'yadi. Sochi sirpanib yana yuzini to'sadi. Davron chiqillab ovoz chiqardi, yo'lga qaradi. Qiz sumkasini yopib hotirjam, qisqa uff torti. Bu orada haydovchini savoli qulog'iga kirib javob qaytardi. - O'zi buyoga odam ko'p chiqadi. Hovlidanmi, do'mdanmi. Ikki daqiqa kutsa mijoz bo'la hozir.. bo'ladi. Alo, Hovv Assalomaleykum! -- Qizni telefoni jiringlab suhbat bo'lindi. Davronga telefoni jiringlagandek tuyilib kettimi, qo'lini uzatdi. Telefoni jiringlamaganini bilgach past ovozda sharmanda deb qo'ydi. Huddi ataylab soatni ko'rish uchun olgandek ko'rinishi uchun futbol boshlandi deb balandroq gapirdi. Yo'lovchi qizni hayoli telefon qilgan suhbatdoshiga chalg'ib bo'lgandi. Telefondagi suhbat uzoq davom etmadi. Davron o'zicha o'yladi, suhbatdoshi yigiti yoki eri emas. Hotirjam gaplashdi, demak ota-onasiham emasdi. Yoki dugonasi, yoki boshqa birorta tanishi. "bu sizni telefoniz, telefoniz jiringlavotti" degan chaqiriqdan Davron hushyor tortti. "Alo assalomu alaykum hola. Kim? Man, adashvos!? Nima? Voy man uylanmaganman! Ko'di bilan terin. Yo'q man Davronman? +99893 bilan qayta qo'ng'iroq qiling. Bu..ALO! Bu poytaxtni raqami". Svetaforni qizil chirog'i yondi. Mashina emaklagandek sudralib choraxaga kirmay to'xtadi. Mashina yonidagi yo'lakka spark kelib to'xtadi. Salondan baland musiqa yangrab turibti. Oynasi ochilib ninachini ko'zidek katta qora ko'z oynak taqqan yigit "salom asal qiz. Bilasmi moshinam nexiamasu, lekin birgalashib tog'ga ketvommiz. Sizam biza bilan yurin, dam olib kelamiz." deb hushomad qildi. Davronni g'ashi kelib tugmani bosib oynani biroz ko'tarib yana tushirib qo'ydi. Ko'zi esa qizga qarab turgandi. Qizga aniqki hushomad yoqti. Bu uning jilmayishidan ko'rinib turibti. Davron yashil chiroq yonishini kutmay gaz tepkisini bosti. Mashina aytilgan manziliga kelib to'xtadi. Davron pul berayotkan qizni ko'zlariga to'ymadi. Mashina qo'zg'aldi. Davron bazan asabiylashib, bazida so'kish eshitkuncha svetaforda qolib ketadigan darajada hayol suradigan bo'lib qoldi. Tunga qadar odatdagidek ko'p mijozni uzog'ini yaqin qilmadi. Xardoimgi vaqtda uyga qaytmadi. Qizni eltib qo'ygan oraliqni aylanish bilan vaqt o'tkazdi. Uyga qaytganida havotir olgani yuzlarida aks etgan onasiga salom berib xonasiga kirib ketti. Onaning savoli ichida qolib ketmadi. Eshik ortidan savollarini ketini uzmay o'g'liga berdi. Davron faqat "ovqat isitaymi?" degan savolga yo'q deb javob qaytardi. Davron xali yosh bo'lishiga qaramay umr yo'ldoshidan ajrab qolgan onasini tiniq yuzlarini homush tasavvur qilardi. Onajonisini yuzida kulguni juda kam ko'radi. Ayniqsa singlisiga yaxshi oilalardan sovchilar kelganida to'yga qurbim yetmaydi degan ikkilanish bilan yo'q javobini berishga majbur bo'lgani uchun siqilib qolgandi onaizor. Shularni o'ylab ko'zi ilindi. Hona dimligidan terlab pishib uyg'onib ketkach yuvinib chiqib, onasi bilan suhbatlashib o'tirdi. Suxbat davomida orzu xavas uchun imkonsiz ekanini o'ylab chuqur uf tortib yubordi. Lekin onam havotir bo'lmasin degan niyatda tezda "kun juda qizidida" deb gapni burdi. Uyqu zo'rlik qilib honasiga kirib uxladi. Tongda doimgidek erta uyg'onib rizqini tergani ko'chaga otlandi. Kun bugun ham yondiradigan ko'rinadi. Shabada yo'q. Dim havoda har kim ko'chaga chiqavermaydi. Lekin qancha desang shuncha pul berishadi. Menga nima? Birovni haqqi kerakmas o'yladi Davron. Soat o'n bo'lmay quyosh olov purkay boshladi. Nafas siqib qo'yadigan darajaga kelganda oynalarni yopib conditcionerni yoqib qo'ydi. Doyimgidek mijoz yo'q deb endi uyga qaytaman deganingda odam ko'payib ketadi. Yo'lim ekan deb yoshi 45lar atrofidagi ayolni oldi. Opa yo'l bo'yi salon salqinligi tanasiga hush yoqib gap qoplari ochildi. Radioga hojat qolmadi. Shunaqa mijozlar chiqqanda Davron krakashlik qilishdan bezib ketadi. O'zini muamosi kamdek bularni dardu hasratini eshitishi kerak. Kun issig'ida gapirgani kuch topishganiga qoyil qolmay iloj yo'q. - Opa hozir oynezni ozgina ochib qo'yaman tashqari issiq. To'satdan xavo almashsa oftob urib qo'yadi. - Voy qo'rqmen uka manga baloyam urmidi! Kanditsionerizni qizg'onvosmi? 500 so'm qo'shib beraman. -- Ayol mashidan tushib ulgurmay ko'z oldi qorong'ulashib voy-voylab qoldi. Davron kulgudan o'zini zo'rg'a ushlab qoldi. Ayol o'ziga kelgach ogohlantirdimku deb mashinani yurgazdi. Yo'lini kechagi manzilga burdi. Odatda yo'lovchi qizlarni uzoq vaqt eslab qolmasdi. Kechagi qizga ham kechagichalik qiziqishi qolmagandi. Ammo uning ko'zlarini unutib bo'lmadi. Nima bor edi uning ko'zlarida? Manoli qarashlari nima demoqchi bo'ldi? Yoki Davronga shunday ko'rindimikan? Davron o'zidagi o'zgarishlarga tayyor emasdi. U o'zidagi bu hissiy holtni biroz keyinroq ro'y beradi deb reja qilgandi. Yo'lida davom etar ekan hozir u qizni ko'rgani bilan o'ylaganlariga teskari hohish ekanini tshundi. Umr yo'ldosh topishni biroz keyinga qoldirishiga to'ri keladi. Yigit kishi ikkilandimi? Albatta ishi orqaga tortadi. Davron shunday bo'ladi deb o'ylardi. Balki bunga sabab hayotida u bilan sodir bo'lganlardur? U taqdiri bo'lishi mumkin bo'lgan qizni izlash fikridan qaytib, yo'lida davom etdi. Maxallasiga yetmasdan uzoqda bir mijozga ko'zi tushdi. Agar yaxshi xaq bersa oborib qo'yaman, bo'lmasa uyga kirib ketaman degan niyat bilan to'xtadi. - Assalomu Alaykum! Qayoqqa bor.. voy bu yana sizmi? Qayoga ketvossiz? O'tirin oborib qo'yaman. -- Davron bir necha daqiqa avval bu qizdan umidini uzib bo'lgandi. Xozir esa birdan o'zgarib qoldi. - Kechirasiz, men sizni tanimammi? Menimcha kimdur bilan adashtirvossiz? Mani Ped.Insitutga oborib qo'ying. 5000so'm beraman. -- Xadicha buni gap otish, navbatdagi shilqimlik deb chundi. Lekin bir nimalar deb gapni ko'paytirishni istamadi. Bunday vaziyatda jilmayib qo'yish kifoya. Hozir biror no jo'ya gap aytib qo'ysa "O'zini omagin degan" hunuk gap eshitadi. Juda bo'lmaganda shunday o'ylasa kerak? - Maylin. O'tiring. - Faqat maxallagacha opkirib qo'yasiz! - O'tirin, siz indamisiz man o'zim topib, oborib qo'yaman kelishdikmi?-- Davron qizni hayron ko'zlarini ko'rib jilmaydi. Xadicha mashinaga o'tirdi. Davron qizni hayron qoldirish uchun kechagi kun haqida savol berdi. - Adashmasam kecha Ko'kchadan chiqanidiz? Bugun maxalladan chiqdiz. Ishlar bilan yuribsizmi? - Shunaqaroq, ish bilan yuribman. Siz meni kuzatib yuribsizmi? --Xadicha xayron, bu yigit kirakash bo'lsa, Xadicha esa faqat taksida yuradi. Kecha ko'rgan bo'lishi mumkin. Meni kuzatib yurgan bo'lsachi degan gumon tark etmadi. - U maxallada bunaqa ofislar borligini bilmasdim. -- Davron qiziquvchanlik qilib qizni gapga solishga urundi. - Nima ish qilas? - Neft taminot kompaniyasi. - Ishi qiyin emasmi? - Hali joylashganimcha yo'q, hujjat to'plab yuribman. Agar mashina o'zizniki bo'lsa yordam bervorin? Ohirida hisoblashamiz. Tushlik meni hisobimdan. - Yordamim tegsa hursan bo'laman. Xayron bo'men sizni kecha usha joyga oborib qo'ygandim. Xar bir ko'rgan odamizni eslab qomisizku to'rimi? -- Davron pul uchun emas bu qizdagi qaysidur jixati uchun chin ko'ngildan yordam bergisi keldi. - Unday bo'lsa man offisga kirib qo'limdagi hujatlarni kamchiligini bilib chiqaman. Keyin qolgan idoralarga borib kelamiz. -- Xadicha ichidan yengil tortdi. Burni ustidagi shudringni tomchisini eslatuvchi telni artib, hotirjam nafas chiqardi. Qo'lidagi faylni yelpig'ich qilib bir-ikki yelpib qo'ydi. Kun qizigandan qizidi. Mashina ofis oldida to'xtaganida Xadicha ichkariga kirish oldidan Davronga coka-cola teshlab so'ng kirib ketti. Davron qizni saxiyligiga qoyil qoldi. Odatda mijozlardan yo'l xaqqini olishning o'zi bir mushkul ish. Huddi mashinani olib bergandek do'q qilishadi. Ayniqsa Xadichadek hush muomila ayol-qizlar kam topiladi. Bazi qizlar mashinaga o'tirib olib suykalgandan beri muomila qilishadi. Mijozlar bor mashinaga o'tirib olib xar nimani gapiraverishadi, begonadan uyalish yo'q. Haydovchi yo'qdek, kirakash go'yo odam emasdek. Kun qizigan sari mashina tezligi oshib borgandek tuyiladi. Quyosh tikka nuqtaga yetkanida biroz vaqt topib, tezgina tushlik qilib olishgunicha temir ulov ham biroz hovuridan tushdi. Katta yo'lning chekkasidagi kichikkina oshxonada ovqatlanishdi. Xadicha keyingi borilishi kerak bo'lgan idoralarni aniqlab olish uchun Qog'ozlarini qayta ko'zdan kechirib chiqdi. Davron shu baxonada Xadicha bilan qisman tanishib oldi. So'ng yana yo'lga tushishdi. Oradan 3 soat o'tib ofisga qaytishdi. Xadicha 15 daqiqaga qolmay qaytib chiqishini aytib kirib ketti. Davron mashinani artib-surtib soatga qaradi. Ko'ndicioner ilitib uxlab qoldi. Tush ko'ribti. Bir qoratanli, tepakal odam "airoport, airoport" dermush. Davron mashinani yurgazishga urunib yurgazolmasmush. Qora tanli mijoz tinmay "go-go" deyarmush. Qani endi mashina yura qolsa. Ovoz borgan sari uzoqlashib uyg'onib ketti. Qarasa mashinada bir sap-sariq horijlik odam bir "go to Airoport" deydi, keyin buyruq oxangida gapini qaytardi. Davron ingliz tilida uzuq-yuluq gapirib mijozi borligini chuntiroldi. Horijlik "kechiras" deb mashinadan tushib ketti. Davron uni nima deganini chunmadi. Balki u "sorry" jumlasini kutgani uchun bo'lsa kerak? Agarda xorijlik O'zbekcha gapirmaganida Davron uni aniq chungan bo'lardi. Soatga qaraganda aytilgan vaqtdan 5 daqiqa o'tib ketibti. Vaqt o'tkan sari negadur unga shubxa oraladi. Eshik oldidagi qo'riqchidan so'radi. Horijlik kishidan boshqa hechkim chiqmaganini bilgach ancha xotirjam bo'ldi. Bino juda ajoyib qurilgani uchun biroz aylanib ko'zi binoni orqa eshigiga tushdi. U chundi. Aldandi. Kutmagandi Xadichadan. Kun yakuniga yetib qoldi, qo'lida esa faqat 15 000 so'm. Uyga olib kiradimi, yonilg'i quyadimi? Hali ijara pulini to'lashi kerak. Kayfiyati tushib ketib mashinani uyga xaydadi. Yo'lidan mijoz olib ketti. Singlisini to'yi o'tib ancha qiynalib qoldi. Qarindosh urug' joniga oro kirib to'y qarz-qurzsiz o'tti. Lekin oldinda urf odat ko'p emasmi? Mashinani tindirmay horib, tolib kun o'tkazdi. Kuz havo dim. Tunda havo salqin. Ijara pulini to'lash uchun har kuni ishlashga majbur. Yomg'irli kunlarning tongi edi. Ko'chada mashinalar qatnovi hali siyrak. Davron odatiy yo'nalish bo'ylab mijoz terib yuribti. Soyabon ostidagi qizni yonida to'xtadi. Oynadan qaragan tanish qiz bu safar birinchi so'z boshladi. - Davron sizmisiz? Mumkinmi? -- Xadicha mashinaga o'tirdi. Davron so'rab ham o'tirmay mashinani yurgazdi. - Esizda ekanmande? Usha kuni sizni. Sizdan kutmagandim. -- dedi Davron labidagi tabassumni yashirishga urinib. - Usha kuni nima bo'ldi? Nega ketib qoldiz? Mani ichkarida ushlanib qoldim. Telefon qilib ogoxlantiraman desam raqamiz yo'q. Sizni ketib qolishizni bilmagandim. Chiqsam yo'qsiz. Puliz qolib ketti, raxmat etomadim, Uzog'imni yaqin qilganiz uchun. -- Xadicha shunday deb hijolat bo'ldi. Mashinani oldi o'rindig'ida o'tirgani uchun uni ko'zidagi haqiqat ko'rinib turibti. Davron kulib yubordi. Qiz xayron, sezgir emasmi, demak usha kuni Davron xafa bo'lgan. Suxbatni buzmaslik uchun kulganini sababini so'radi. - Tinchlikmi? Nega kuldiz? Man kulguli biror gap ettimi? Xijolat bo'ldim, ketib qolibsiz didim. Bu kulguli emas-ku?. - Ey bilmisande usha kuni bog'inga juda ko'p toshlar otildi. Kamazda to'kildi. Sizni deb chiroyli qizlarni qanchasi makkor tulki nomini oldi. -- Davron kulgu aralash javob berdi. - Voy tavba qildim?! Kechirasiz men bunchalik bo'lganini bilmagandim! Qattiq xafa bo'libsiz. Oldin senlab gapirmasdiz. Kechirim so'radimku? - Kechirasiz senladimmi? Haydovchilik odamni asabiy qilib qo'yadi. O'rganish bo'lib qopti. -- Davron jiddiylashib, kechirim so'radi. Mashinani choraxada to'xtatdi. Qo'shni yo'lakda to'xtagan matizdan bir yigit bosh chiqarib odatdagidek gap otib signal challdi. Davron uchun bu vaziyat hal qiluvchi daqiqa bo'ldi. Bu safar Xadichaga bu xush omad sira yoqmadi. Kichik ochiq turgan oynani ko'tarib yopib qo'ydi. Bir nima esiga tushgandek Davronga qaradayu, esidan chiqqandek unga tikilib qoldi. Mashina bir silkinib yurganida Xadicha gapini esladi. - Davron mashina endi o'ziznikimi? Arendadan qutildizmi? Sizga bir zo'r ish topib qo'ygandim. Hohlaseyiz ertani o'zida ishga kirib olardiz? - Mashinam, yo'q hali qutilmadim. Nasib qilsa 3 oyda qutilaman. O'zi mashina nima uchun kerak? O'zimniki baribir. 3 oy qoganda olib qo'ymas? -- dedi Davron "Bakavoy" ko'zgudan ortidan kelayotgan mashinalar karvonini ko'rish uchun. - Shu menga bir ishonchli yordamchi kerak edi. Agar ishimiz yurishsa firmaga kelgan captivadan bittasini sizga berardik. - Juda zo'rku? Lekin nimaga menga? Man oddiy xaydovchiman. Qog'ozvozlikka aqlim yetarmikin? -- Taklif Davronga maqqul tushdi. Faqat yordamchi bo'lib nima ish qiladi? Shunisi unga qiziq tuyildi. Boshqa tarafdan qiz bolaga yordamchi bo'lish biroz erish tuyildi. - Siz menga ishga kirishimga yordam bergandiz. Ushanda etibor bersam deyarli meni o'rnimga hamma ishni siz hal qilib beribsiz. Nima desam ekan? Qobilyat bor ekan sizda. Menicha tayinlik ishiz yo'q? Kirakashlik bilan uzoqqa borolmasez kere? Asabizniyam axvoli og'irlashib ketibti. - Man kollejdan keyin o'qimaganman. Shuncha o'qimishli odamga ish yo'q, man nima qilishim mumkin diman? Nimaga ertaga hozir ishga kirsam bo'midimi xo'jayin? -- Davron hali Xadichani ish taklif qilishini jiddiy qabul qilmadi. Shunchaki usha kuni qilgan qilig'idan keyin o'zini oqlamoqchi deb o'yladi. - Bugun yakshanbaku? - Qayoga ketvosiz unda? Man kirakashman, manda xar kuni ish. Yakshanbani bilmiman. Doyimgidek offisga xaydadim. - Rostanmi? Man dugonamni uyiga ketvomman. Orqaga qaytin boyagi svetafordan o'nga ketishimiz kerak edi. - Nega shuni etmadiz? - Bilmadim? O'ziz indami haydab keturdiz. Gapga chalg'ib man etmamman. - Nima ish bilan ketvossiz? Zaril ishiz bo'masa biror joyda o'tirib ish xaqida gaplashib olsakchi? Ko'p o'tirmimiz, mani ikki soatcha vaqtim bor keyin dugonezni uyiga oborib qo'yaman. - Maylin, bir tarafdan yaxshi o'yladiz. Bekorchilikdan dugonamni uyiga ketvotudim. Qayoga boramiz? - Mana yo'lda kafe, Turk taomlari ko'p, birortasida o'tiramiz. O'qimishli qiz baribir boshqacha bo'larkan? Suxbat davomida Davron yana bir bor bunga amin bo'ldi. Oila ishlarida no'noq bo'lsa ham farzand tarbiyasida albatta aql o'z kuchini ko'rsatadi. Yana bu odamni o'ziga bog'liq. Etibor berib qarasa o'qib o'rgangan qizlar din-diyonatni to'g'ri idrok etishadi. Bir olim odam aytadi "Men qancha ko'p dunyoni o'rgangan bo'lsam shuncha ko'p quronni xaq kitob ekanini tan oldim" Bu g'arb olimlaridan birining so'zi edi. Davronni bu o'ylari Xadichaga ko'nglini bir ilitib o'ti. Xadichani tavsiyasi bilan Davronni ishga olishdi. Firma tarafidan malaka olish uchun maxsus kurslarga o'qishga yuborildi. Davronga o'qish ishlari og'irlik qilmadi. Lekin chunarsizliklarni chunib olish uchun Xadichani ko'magi juda asq otti. O'rni kelganda Davron uchun xujjatlarni to'g'irlab ishdagi obro'si uchun sabab bo'ldi. O'qishni bitirib, sertifikat olganidan so'ng, yaxshi oylik maosh tayinlandi. Hayotini iziga solib olgan Davron birinchi bo'lib onasini bilagiga tilla bilak uzuk taqib qo'ydi. Duosini olib, onasi topib qo'ygan qizlardan biriga uylandi. Mashinasini sotib uyini tamirladi. Davron bugun Xadicha bilan Amirlikga xizmat safari bilan uchib ketti. Xadicha turmush o'rtog'iga keyingi reys bilan yetib borishini tayinladi. Davron onam yolg'iz qolmasinlar deb ayolini uyda qoldirdi. Xomilador ayol, yosh bolasi bilan qiynalib qoladi deb o'yladi. Oramizdan oqibat, insoniylik ko'tarilmasin!Добавлено (09-Ноя-2012, 00:54) --------------------------------------------- Keyingi xikoyam o'ylaymanki ancha chunarliroq tilda yoziladi. xar qalay kitobni tasiri salbiy bo'lmaydi.
Faqat 3 ta shart!
|
|
| |
Giyos | Сана: Шанба, 10-Ноя-2012, 09:38 | Изох # 9 |
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 1130
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 59
Холати: Хозир йўқ
| Yawang usta.
Sog' salomatlik...
|
|
| |
Dilrabo | Сана: Сешанба, 13-Ноя-2012, 17:52 | Изох # 10 |
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 1188
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 628
Холати: Хозир йўқ
| Hikoyalaringiz juda ta'sirchan ruhda yozilgan,Loading qöshni.Davronning ishlari yurishib ketganidan xursandman.Xadicha biroz tushunarsiz qahramon ekan.Tushunarli yozgansizku-ya,qizning ruhiyati g'alatiroq ekan,demoqchiman....Aytgancha, imkon topsangiz "Chashma"ning davomini yozing,menimcha ösha hikoyangiz davom etishi kerak.Ijodingizga baraka,qöshnim!) Добавлено (13-Ноя-2012, 16:52) --------------------------------------------- Pölatning insoniylik qarashlari,karaxt holati,kechayotgan voqealar kishini sergakroq fikrlashga undaydi.Bu hikoyani ham davomlasangiz yaxwi ish bölardi...
Nigohimda jamdir bu olam...
|
|
| |
Loading | Сана: Сешанба, 13-Ноя-2012, 21:44 | Изох # 11 |
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
| Odamlar orasidan ajralmay qadam bosib kelgan Nodirjonni faqat onasi ilg'adi. Bu deyman, birato'lasi masjidni yopib kelyapti. Chetroq o'tib kutib turibman. Shundaxam xozir uyalib ammo qattiyat bilan "erkaklar ko'zidan pana bo'lib turmapsizda" deydi. Sababini bilmayman. Balki bu odam ato otamiz, momo havo onamizdan qolganmi o'g'limni gapiga aks javob beraman. "Ey mulla domlalik qilma, bilamiz bizam, xar xolda." Keyin u jaxli chiqib duduqlangacha "ona siz..." lab qoladi. Oldinlari rostmana urushib berardi. "Dor-dor" qilganidan keyin meniyam jaxlim chiqib xafa qilib qo'yardim. Keyin mendan kechirim so'rayman deb ikki uch kun gapirolmay yuradi. Shuning uchun hozir gapi ichida qoladi. Bir tarafdan xursan bo'laman. Bolamni iymonli insofli ekanidan. Onasini begona ko'zdan saqlaydi. Otasini o'zi, quyib qo'ygandek. Faqat xoji do'ppisi boshqa. Otasi kaba do'ppi kiyib yuradi. Ko'z ochib yumguncha katta bola bo'lib qolibti. Endi bunisi ketaman deyabti. Otasi o'qigan davr boshqaydi. Shaxarda ilmlik odam kamayib, boriyam biqinib yashashga majbur bo'lar edi. Xozir qo'sha-qo'sha oliygoxlar, madrasa maqomidagilari talaygina. Shu yerda o'qiyvursa bo'laydimi? Ko'nglim bir nimani sezyabti, turkiyaga yubormasammikan? Yubormayman deymanu mana yo'llik bozor qilgani bozorga ketyabmiz. Ertaga bag'rimdan uzoqlarga uchib katadi. Otasini istagi o'g'lini dunyo ko'rgan olim qilish. Ketmasin desam, " Men ket deyotkanim yo'q. Ot izini toy bosarkanda onasi." deydi o'zini koyiganek. Ana toychog'im yaqin kelib qoldi. Odob bergan Allohimga shukr! Qo'li ko'ksidan tushmay kimning yonidan o'tsa salom beradi. Qo'l berib ko'rishadi. Tengqurlari bilan quchoqlashib salomlashadi. Voy bo'y, nega bu bola xar juma asrga yaqin namozdan qaytadi desam?... Boshidan xoji do'ppisini yechib, mexir bilan taxlab kelyabti. Bilaman xaligi gaplar bo'lmasin deydi. Voy urug'ing ko'paygur bolama! Bunaqa bolani qandoq qilib uzoqlarga jo'nataman. U siz qanday qildim endi? Chiqdimmi Nodirjon?! Buncha, masjidni darvozasini quluflab chiqdingmi? Voy xazilinam bor bo'lsina, kalitini qorovul opketibtimi? Tezlashaqol bozor tarqab ketmasin bugun juma. ... Bu joyda to'xtasin diselar baxtli yakun shu. Agar davom etsin diselar bilolmadim. Yozishga majbur bo'laman. Sokina, Shukrona opa, Giyos, va albatta ijodimni kuzatib boruvchilar, sizlarga buyuk raxmat!
Faqat 3 ta shart!
|
|
| |
Dilrabo | Сана: Чоршанба, 14-Ноя-2012, 21:17 | Изох # 12 |
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 1188
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 628
Холати: Хозир йўқ
| Imkon topsangiz davom eting qöshni,bu mavhum tugallanishdek bölib tuyularkan.Vaqtingiz tig'iz bölsa,kam-kamdan yozib borsangiz ham bölaveradiku.Davomini yozing,kutamiz.
Nigohimda jamdir bu olam...
|
|
| |
Loading | Сана: Чоршанба, 14-Ноя-2012, 22:48 | Изох # 13 |
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
| Yo'l uchun barcha narsa tayyor. Turkiya quyoshli lekin doim shamol esib turishini eshitgan edim. Nodir qancha injiqlik qilmasin issiq kiyimlar soldim. "kim ko'taradi buni" deydi. Taksi pulini beraman deb aldadim. U yerni taksisini tushumda ko'rgan bo'lsam maylidi. Narxini qo'yaverasiz. Vaqt xuddi men bilan uchakishgandek shoshilyabti. Samalyot degani mundoq kun yorig'ida uchmay yarim kechada ucharkan. Xech bo'lmasa bomdot namozini uyda o'qisa ekan bolaginamni duo qilib yo'lga kuzatardim. Samalyotda joy qidirib sarson bo'lmasdi. Soat tungi 2:30 trabdan ajralgan samalyot cheksiz nido solib xavoga ko'tarildi. Yuragim og'ir uryabti, kechagi g'ashlik zo'raydi. Ko'zimdan quyilib turgan yosh onalik mexrimdan, ammo butun ichagimni ko'tarib bo'g'zimni bo'g'ib turgan nima ekanini bilolmasdim. Nodirjonim Alloh panoxida asrasin. Doim borgan joyinda nodir, buyuk bo'l. Ilm izlab yo'lga chiqding. Endi Allohning yo'lida ekaning tayin. Bu yo'ldan og'ishma. Manziling tamonga dadil qadam tashla, gunoxga yo'l qo'yma. Muxtojlarga yordam ber. Sendan ketmaydi, buyuk Raxmon senga g'oyibidan beradi. G'aybga ishon, tavakkal qil. Uzoqlarda samalyotning chiroqlari gox uyoda gox buyog'ida yonadi. Biroz o'tib ko'rinmay qolgandi, keyin yana ko'rindi. Ana samalyod ko'rindi. Qaytib kelyabti adasi. Xamma men tomonga keldi. "Nega qaytadi!? Voxma qilganingni qara! Bu boshqa samalotku!" deb do'ng'ilab berdi erim. Ovozidan "qani, qaytgani yaxshi" degan manoni payqadim. Menga tuyilmadi. Aniq shu oxangda gapirdi. Qizimga ishora qilgandi ikkovi bilagimdan sudragudek qilib uyga olib ketishdi. Nodirim ketti. Xat-xabar yo'q. Erimga aytsam jaxli chiqib ketti. Xa xozir samalod uchdiku? 30 daqiqa bo'lmadi deydi o'ziyam xavotir bo'lib. Uyga qaytib taxorat oldik. Adasi jamotdan qolmaydi. Men yotoqxonaga kirdim. Bomdod vaqtigacha chala qolgan nafil namoziga joynamoz yozdim.
Faqat 3 ta shart!
|
|
| |
Dilrabo | Сана: Чоршанба, 14-Ноя-2012, 23:34 | Изох # 14 |
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 1188
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 628
Холати: Хозир йўқ
| Onaxon farzandi uchun juda chiroyli niyat-duo qildilar...
Nigohimda jamdir bu olam...
|
|
| |
FC_PAXTAKOR | Сана: Пайшанба, 15-Ноя-2012, 00:13 | Изох # 15 |
Sayyod.com мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 528
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 1233
Холати: Хозир йўқ
| Men ham qoldirmay o'qib boraman hammasini , post qoldirmasamda... davom etavering yozishda.
Omad
|
|
| |
Loading | Сана: Шанба, 24-Ноя-2012, 14:58 | Изох # 16 |
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
| Unda qismlab yozamiz! Добавлено (15-Ноя-2012, 21:19) --------------------------------------------- Nafil namozini qoidasi bilan, ikki rakadan o'qidim. To'rt rakat bo'lgach dilimdan nima duo o'tsa qalblarni bilguvchi Allohdan so'radim. Shunda ibodatni savobi ziyoda bo'ladi ekan. Duo oxirlamay jomeda azon aytildi. Xovlida oyoq tovushi eshitildi. Qizim uyg'ondi, ukasi xonasida uxlagan ko'rinadi. Tovush usha tomondan keldi. Balki uyam uxlamay Nodirni jixozlarini tartibga keltirgandur. Xecham televizorga bu qadar bog'lanib qolmagandim. Lekin avto xalokatni eshitgach mixlandim qoldim. Talabalar avtobusi yuk mashinasi bilan to'qnashib ketgan. Xalok bo'lganlarxam bor ekani xabar qilindi. Nodirjonimni o'ylab bir xaftadan beri o'zimni qo'yarga joy topolmayabman. Добавлено (24-Ноя-2012, 10:59) --------------------------------------------- Bir info kerak edi shu sabab to'xtab turibti. Добавлено (24-Ноя-2012, 13:58) --------------------------------------------- Bolamdan don-darak yo'q. Dunyoda shu qadar ko'p falokatlar, tabiyi ofatlar ko'pligidan jaxon ommavi axborot vositalari usha falokat xaqida boshqa malumot bermay qo'ydi. Lekin o'glim tirik. Men buni bilaman. Yo'q bu o'zimni ovitish emas. Yurakdagi nomalum xotirjamlik buni tasdiqlab turibti. Nodirjonimni Allohim o'zi balo, qazolardan omonda saqlaydi. Balki usha avtobusga umuman chiqmagandur? Balki usha vaqtda masjidda bo'lgandur. Yoki darsda. Lekin baribir boraman. Bugun yo'lga chiqamiz. Bilaman u bizni ko'rib sevinib ketadi. Uyalib bo'lsayam "bekor kepsilar man tinchman, faqat qo'ng'iroq qilishga imkon topmadim" deydi. Bilaman meni quchoqlab olgisi keladi. U doim shunday qilgisi keladi. Lekin uyalib o'zini olib qochadi. Buni sezib qo'yvormasam yuzi qizib, qizarib ketadi. U shunday nodir yigit. Airoportda bizni Ebru ismli qiz kutib oldi. Bu ismni oldin eshitmagan edim. Bu qiz qo'shnimiz Zarifani biznes sherigi ekan. Ebru Turkiyadagi tekstil fabrikasidan unga maxsulot jo'natib turadi. Istarali qiz ekan. Bir ko'rishda ko'nglimga o'tirdi. O'zbek tilida qiynalib gapiradi. Bir-bir o'zi bilmay ona-tiliga o'tib ketadi. Hayolimdan yoshi nechchida ekan, kelin qilardim degan xayol o'tib ketti. Men faqat O'zbeklarni odamshinavanda bo'ladi deb o'ylardim. Kimdan nima so'rasa jonini bergudek javob beradi. Yordamini ayamaydi. Ebruni mashinasida qandaydur idoraga bordik. Mashinada o'tirishimizni aytib ichkariga kirib ketti. Ey bu qiz buncha qolib ketti. Tanishini uchratib qolib vaqillashib qoldimi? Tana boshqa dard bilmas ekan deganicha bor. Ana qo'lida qog'oz bilan chiqib kevotti. Ish qilib tinchlik bo'sin... Nima? Nimaga talabalar ro'yxatidan o'chiriladi? Qanaqa kasalxona?! Qayoqda u kasalxona. Kettik, tezroq. Yuragim taka-puka bo'lib ketti. Mashinadan tushib ichkariga yugurdim. Regestraturadan bolamni so'ragandim, "af etajekseniz ben sizni anglamayorum" degan javobni oldim. Menimcha u xam men kabi chunmadi. Turk seriyalini ko'rardimu, O'zbek tilida dublaj bo'lgani uchun Turklar bizni tilda gapiradi degan hulsa boshimga o'rnashib qolibti. Ortimdan erim undan keyin Ebru yetib kirishdi. Ebru ona-tilida bir nimalar deb jilmayib menga manoli qaradi. Menga ishora qilgandek bo'lgandi. Daxan uchurib unga "nima?" ishorasini qildim. Regestraturadagi xodim " Tamam" dedimi? Nima "tamam" Nodirni?... Nima degani bu? Nega bular xotirjam. Ebru nima bo'lyabti? Bolam qani? Kimga qo'ng'iroq qilyabti? Bu kasalxonada emasmi? Unda nima uchun bu manzilni berishdi? Erim "stop" demasa hech kimni eshitmay qolibman. -oldin gapni eshit! Muncha shaytonlaysan. Ich mana bu suvni, tinchlan. Nodirni shifokori xozir olib kirib ketarkan. -- Suvni ichib o'zimga keldim. Oyoq-qo'lim og'irlashib ketkandek tuyilishni boshladi. Uyqim keldimi, hullas toliqqanimni sezdim. Maylin bolam, hech qisi yo'q. Doktorlar aytganidek qilsak xali ko'rmagandek bo'lib ketasan. Maylin boshqatdan yashaysan. Sendan oldingi Nodirni so'ramayman. Hohlaganingdek qilamiz.. Avvaliga qo'rqdim. O'rganolmasachi, bizni tan olmasachi? Boshidagi jaroxat ruxiyatiga tasir qilib bizni qiynasachi? Ko'zimni oqu-qarosi yonimda bo'lib begonadek yashashiga bardoshim yetarmilan?
Faqat 3 ta shart!
|
|
| |
Nilufar_93 | Сана: Шанба, 24-Ноя-2012, 18:11 | Изох # 17 |
Иштирокчи
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Изохлар: 270
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 237
Холати: Хозир йўқ
| Loading avvalambor ijodizga baraka.shu hikoyagizda Turkiyaga ham safar qilib kelsak edi.Agar iloji bo'lsa albatta.Hikoyangizni o'qir ekanman g'o'yoki o'zimni siz yaratgan insonlar orasida bo'layotgandek his qilayapman.Doim ijod qilishdan to'xtamang.Erinmay bizga hayotning boshqa tomonlarini ko'rsatayotganiz uchun kotta rahmat.
Haqiqat havoga o'xshaydi,nafas olib turasizu,o'zini ko'rmaysiz.
|
|
| |
Loading | Сана: Шанба, 08-Дек-2012, 13:07 | Изох # 18 |
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
| Bosh shifokorni yoniga meni kiritishdaydi deb o'ylo'vdim. Menimcha bu o'g'lim og'ir axvolda deb o'ylaganimdan bo'lsa kerak? Nodir avtoto'qnashuvda boshi zarb bilan urulgani sabab hotirasini yoqotib qo'yibti. Ko'ksimdan Ana men nima devdim! Ko'nglim g'ash bo'lgani bekor emas ekanku?! Degan o'kinch otildi. Bunday habardan hamma ota-ona mendek tasirlansa kerak. O'zini tutolmay qolishi aniq. "o'zini bos! BERDISINI aytmasdan dod soma?! Eshit oxirigacha." deb koyib berdi, o'zini qo'rqib ketkanini yashirmoqchi bo'lib sho'rlik dadasi. Bu bilan o'zini siz ota bo'lib qol demadiz deyishimdan ximoyalandi. Jim bo'lishimiz bilan shifokor tashxis natijasini tugatib oldi. Yana ikki, uch yilda to'liq xotirasini tiklab oladi. Biror sabab bo'lib birdan xotirasi tiklanishi yoki butunlay unutishi mumkin ekan. Eng samarali yo'li sekin, astalik bilan tiklangani yaxshi. Ebru avval yozib olib keyin menga tarjima qilib beradi. Ungacha sabrim chidamay, dadsini bezor qildim. Ular menga etibor bermadilar. Shifokorni diqqat bilan tinglayabtilar. Chunmay qolsalar Ebrudan so'rab oladilar. Men yo'lini topib uyga qo'ng'iroq qilib qizim Sevarani hotirjam qilib qo'ydim.
Добавлено (01-Дек-2012, 19:51) --------------------------------------------- Sevara va Nodir kichkinaliklaridan xam opa-uka, xam qalin do'st. Yoshdagi farqlari ikki yoshu uch yarim olik. Dadasi olim emasmi, shaxarma-shaxar qatnayverib bolalarim do'st ortirishmadi. Ikkisi jiqqillashkani-jiqillashgan. Bir-birini yoqotib qo'ysin tomoshani ko'rasiz. Ularday oqibatli yo'qdek go'yo. Birga o'tirib qolsa yana boshlanadi. Bazan miriqib kulaman. Bazan jonim og'rib ketadi. Otang bir, onang bir nega urushasan? Hush xabarni eshitib quvonib ketti. Tezda qaytamiz desam "choy qo'yib turaman" didi boyaqish. Huddi biz qo'shni maxalladamizu hozir kirib boradigandek. Ukasi hotirasini yoqotib qo'yganini aytmoqchi emasdim, qaytganimizda biror gap bo'lishidan cho'chidim. To'g'rida jigarim deb kutib olsayu ukasi boshqa tilda gapirib qolsa. Unisi maylin tug'ishgan opachasini tanimasa Sevara sho'rlikni yuragi tars yorilmidimi? Undan ko'rasi etib qo'ydim. Xazil deb ham o'yladi chamisi, kuldi. Ko'z yoshimni eshittib ishondi. Maylin qizim, esli xushli qiz. O'zini bosib olishga faxmi yetadi. Mana Istanbul airoportidan havoga ko'tarildik. Allohim yo'limizni be xatar qil. Добавлено (04-Дек-2012, 15:05) --------------------------------------------- Bolam mana bundan ham yegin. Opang senga deb pishiribti. Bolam o'z uyida mexmondek o'tiribti. Uyni, undagi jixozlarni bir boshdan ko'zdan kechirib chiqdi. Huddi chaqaloqdek dunyoni o'rganmoqda. Etibor berdim yozuv sto'lidagi suratga uzoq tikilib qoldi. Menimcha o'zini ko'rib hayron qoldi. Sevara ukanga choy opke, suv so'ravotti menimcha. Qizim choynak ko'tarib honaga kirdi. "Voy Nodir nimaga yemadin? Ol yegin. Ma choydan ich?" Qulog'imda ularni shirinlik talashganlarni eshitilib turibti. Hozir esa honada sovuq jimlik hukmron. Sevarani nafasixam eshitilmay qotib qoldi. Turib chiqib ketti. Ey bola, haliyam hovliqishin qomadi-qomadida?! Oz-ozdan xo'plab ichkin. Qaynoq choy ozini kuydirasan. Adashmasam opangni tanidinga? Qarashlaringdan sezdim. Добавлено (08-Дек-2012, 12:07) --------------------------------------------- Voy bu bolani sira hovliqishi qomadi-qomadide! Nuqul qayno choy ichib og'zini kuydirib o'tiradi. Nima disan jonim bolam? Chunmasam nima qilay? Ko'nglim g'ash. Shifokor aytishicha 3 oydan so'ng hotira tiklanishi kerak edi. Nodirim kundan kunga tildan qolyabti.
Faqat 3 ta shart!
|
|
| |
Mirzoxid | Сана: Шанба, 08-Дек-2012, 14:31 | Изох # 19 |
Sayyod.com мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 623
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 248
Холати: Хозир йўқ
| davomi qachon
...
|
|
| |
Loading | Сана: Пайшанба, 03-Янв-2013, 00:33 | Изох # 20 |
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
| Tovba qilibman, voxmam qurusin. Nodirim shunchaki biroz o'zgargan xalos. Bog'chaga borganda o'zgarib qolgandi, maktabga chiqishganida xam huddi shunday. Hozir ham huddi ushandagidek o'zgarib qoldi halos. Yarim yilda ko'nikib qoldim. Arab tilini oldingidan yaxshi chunyabman. Nodirim bilan gaplasholvomman. Tez-tez ko'chalarni aylanib keladi. Men bilan yurgani uyaladimi, birga ko'chaga chiqsak oldinlab ketaveradi. Birga yursa bo'lmidi? Begona sirayabtimi deb o'ylab tursang, orqaga qarab tezlashin deydi. Chunib bo'midi bu yoshlarga. Bir nimadan qurur qoladigandek shoshiladi. Natijada hech vaqoga ulgurmagan bo'ladi. Bugun qizim va o'g'lim kutilmagan sovg'a bilan kelishdi. Meni suratimni chizdirib kelishdi. Nodir o'ylab, tavallud kunimga shunday sovg'a qilishni taklif qilibti.Bolaginamni esida ekande, demak? Yo'q, opasi aytkan. Aslida surat chizdirish uni osib qo'yish mumkun emas. Maylin hafa bo'lib qolishmasin. Lekin etmasab bo'madi. Yotig'i bilan chuntirdim. Sevara hijolat bo'lganini payqadim. Nodir men jilmayib turganim uchun jilmayib gaplarimni tingladi. Hamma jim bo'lib qolgach honasiga kirib ketti. Shu kuni Sevarani chexrasi ochilmadi. Balki meni gapim yoqmadi, yoki surat chizdirgani uchun o'zini gunoxkor xisoblayabti? Tush ko'rdim. Nodir Turkiyaga qochib ketkanmush. O'zbekchani eslab, ravon gapirardi. Meni, opasini, dadasiniyam eslagan emush! Yuragimda og'riq zo'raydi. "ketma bolam, bir martta kuydim, boshqa qiynama" deb ortidan yig'larmushman. Keyin mashinada quvladik. Mana-mana yettib olganimizda u chiqib olgan Avtobus yuk mashinasiga urilib ko'zdan g'oyib bo'ldi. Nodir deb o'ngimda baqirib yuboribman. Dadasi arang tinchlantirib o'zimga keltirdilar. Honasiga kirsam xurullab uxlab yotibti. Allohim o'zing bizni Balolardan asra! Ha bomdoddan keyingi tush shaytoniy bo'ladi. Hudoga shukur tinlik ekan!
2-qism Kunlar sovib qoldi, Sevaraning dardi yuzida aks etishini ko'rish onasi uchun og'ir. Qizim baraka topsin, Sog'liqni saqlash vazirligiga endi ishga joylashganiga bir yil bo'lmay qaysidur bo'lim mudiriga aylanibti. Xalol kasb qilsang Allohni madad bergani shuda. Birovni dardini chunadi. Bolasi uchun kuyib piship turgan ota-onalar kelar emush. Hozir hammayoqda bir parcha qog'oz ishni xal qiladi. Lekin qizim pora olganmas. To'g'rida undan ko'ra shu pulni dori darmonga ishlatsin. Lekin hamma buni chunadimi? Bazan juda yomon kayfiyatda uyga qaytib keladi. Iymonsiz, noinsoflar bolamga xar xil mag'zava ag'dargani kamdek cho'loq deb xaqorat qilishga nima xaqqilari bor?! Senga yaxshilik qilgan odamniym xaqorat qilsanmi yuzsiz? Sevara tug'ilganida doyani qo'lidan sirpanib ketkanidi. Doya uni oyog'idan ushlab qolgan. Oyog'iga shina dermidi, hullas tog'irlaydigan temir qo'ydirganimizda, qayni otam raxmatlik "bolani qiynab qo'yyabsizlar" deb oldirib tashagan edilar. Katta bo'lgan sari tanasini bor og'irligi sog'lom oyog'iga tushib suyagini quritib yuboribti, Kun soviganida dardi og'irlashadi. Apiratsiya qilish kerak dishyapti. Ey xudoyim shuncha odamni og'irini yengil qilgan qizmi dardiga o'zing shifo ber!Добавлено (23-Дек-2012, 01:03) --------------------------------------------- Usha kuni, yani oyoq tomiri shishib yurolmay qolganda apiratsiya qildirdiik. Hozir ancha yaxshi. Nodir bilan otasi avallgidek baxslashishadi. Munozara mavzusi avalgidek turlicha emas. Asosan Arab tili haqida. Choy damlab olib kiraychi bugun nimalar xaqida baxs boradi? Oshxonaga kirib gazga choy qo'ydim. Hayolimni hovlida gupillab turgan qor olibti. hovlida gursillagan ovoz eshitildi. yer qimirlayabtimi deb biroz diqqat bo'lib qoldim. Kimdur qattiq bo'g'iq ingradi. Sevara? Qizim voy o'lmasam? Adasi chiqn qarashvorin. Voy qizima extiyot bo'lmisanmi? Nuqul aytamana oyog'in munaqa tutqichni ushla deb. Hop! Maylin, o'zimam bilib turibmanku?! Axir onaman?! Jonim achib gapirdim. Yer muzlab yotibti tezroq ichkariga olib kiraylik. Chida qizim, chida. Nodir san bu yelkasiga kir. Extiyot bo'lilar. Alo Nematjon yaxshimisiz? Kechirasiz kech bo'lganda bezovta qildim.Sevara zinadan yiqilib tushti. Bilmadim?! Nima qilishni bilmayabmiz? Voy baraka topin bizam udda qilib boramiz. Og'riqni bosish uchun nima qilsa bo'ladi? Yo'q-yo'q buni sira iloji yo'q?! Maylin ketyabmiz! bir amallab mashinaga o'tkazib oldik. Yaxshiyam shu mashinamiz bor. Bir zumda yetib bordik. Xonaga olib kirishdi. Nematjon yetib keldilar. Sinmaganmi? Yaxshimi?! Qaren aksiga olib aynan apiratsiya bo'gan oyog'i? Zarari yo'qmi? Maylin, man qolaman adasi siz uyga borib kelaqolin. Voy Nematjon, oborib qo'yalla. Qayoqqa? Qanchaga?..... Nima diganiz? Nematjon yaxshi degandilarku? Tomir qayoga siqilibti? Ezilgan. Tuzatish mumkindir? Apiratsiyaga Nematjonni chaqiraqolaylik adasi? Добавлено (31-Дек-2012, 14:49) --------------------------------------------- Sevara qizim ko'zini och! Doktor, qizim, qaraselarchi?! ... Nodir yolg'izim meni. Balo qazolardan Alloh seni asrasin. O'zini extiyot qil. Yana ketyabti, yolg'izim. Qarshilik qilish be foyda. . . . . . Aytishlaricha Nodir hozir uylangan. Qizini ismi Sevara. Hikoyani ona tilidan yozishga harakat qildim. Добавлено (01-Янв-2013, 23:29) --------------------------------------------- < - _ - > * * * < - _ - > Farzandim sabab. Bir onaxon 110 yoshga kirgan ekanlar. Kimda nima qiyinchilik bo'lsa, albatta ulardan kelib maslaxat so'rarakan. Ulardan o'rnak olib, o'rnak qilib ko'rsatar ekanlar. Uzoq yaqindan kelgan odamlar bu yoshga yetishni siriga qiziqar ekanlar. Maxallani bolalari bu onaxonga tinmay savol berishga oshiqadilar, huddi aya xozir jangda dushmanning katta qo'shinini bir o'zi qaxramona yengib qaytgandek. Biror bijildoq yo'qki, ayadan "yoshiz nechida?" deb so'ramagan. Onaxon hech shoshmaydilar. Biror gapni tugatmay bazan boshqa mavzularga o'tib ketadilar. Mudroq bosib ko'zlari ilinadi. Birdam o'tib uyg'onib ketsalar bolalar cho'chib har tarafga xiringlagancha tarvaqaylab qochishadi. Aya chunib-chunmay bolalar kulgusiga sherik bo'ladi. Ovozi chiqmay ichida bir odamcha nay chaladi. Chaqaloq tishlari ko'z-ko'z bo'ladi. Qo'ni-qo'shni oqibatni o'rniga qo'yadi. Biri kirib biri chiqib, ish qilib xonadondandan mexmon qadami arimaydi. Quyuq-suyuq taom bilan yo'qlaydilar. Yo'q aya yolg'iz g'arib emaslar. Bir o'g'li-bir qizi bor. Aniqrog'i kelin. Aya umri uzoq bo'lgur kelinini qizim deb bag'riga qayta-qayta bosadi. Etti ko'karib suyagiga yopishgan, mehirli kafti bilan qizini boshini silaydi. "Yuzim meni" deb erkalatadi. Sirini aytadi. O'rgatadi, tarbiya beradi. Ayani shu kelini ayani chunadi. 110 baxorni ko'rish sababini odamlardan faqat kelinga aytkan. Yillar davomida. Ishoralar bilan. Harflab deyish mumkin. Dodajonni faqat bitta suratini ko'rganman. Ular temirchi bo'lganlar ekan. Urushdan qaytmagan. Oyim qo'lida emiziklik bolasi bilan qolavergan. Urush qishloqqa kelarmush degan mish-mish tarqab, ular mana shu "Chinorli" qishlog'iga qochib kelishgan. Qishloq tarixini bilarsiz? "To'ra chavandoz" degan odam ekgan chinor bor. Sababini hech kim aniq bilmaydi. Qishloq etagida usha chinor hali bor. Shuni sababi bilan qishloq shu nomni olgan. Hullasi, Qochoqlar ko'pligidan boshpana topish qiyin bo'lgan. Uch kun deganda tog'-toshni kesib o'taman deb toliqib mana bu xovliga shox tashlagn tut daraxti ostida to'xtashibti. . O'zlari bosh yalang bo'lib bolani ikki qavat ro'molga o'rab olib silab uyxlab qolibtilar. Bola yeg'isidan uyg'onib qarasalar bir ayol qo'lda ro'mol bilan yugurib ketayotkan emush! Miq etmabtilar. "bechora, bolasini o'ragani bir matosi yo'qdurda?" deb tugunlarini titkilab joynomozni topibtilar. Bolani o'rab tonga dovur mijja qoqmabtilar. Tong otib boshpana izlay-izlay tunda yana tut ostiga qaytib kelib tongacha yig'lab chiqibtilar. Birov uyini bermadi deb gina qilmaganlar. Chunki bir kichik qishloqqa chegaraga yaqin barcha qishloqlar oqib kelib, uylar, hovli, ayvonlar to'lib toshib, supaga namat o'rab yashashga majbur bo'lishgan. Uning ustiga urush birov ochidan o'ladi, boshqasi bir burda noni talashib..., O'zlari kabi boshpanasiz qolganlar bilan, olov yoqib, kim mayiz, kim turshakni o'rtaga tashlab tong ottirishgan. Bilasizmi ularni ro'molini olgan ayol mening ammam bo'ladi. Meni va akamni o'rash uchun olgan ekan. Ular shu tut ostida uchrashib opa-singil tutinishgan. Hamma erkaklar urushda, yosh bolalar, qarigan-qartaygan chollar yoki nogiron yigitlar qolgan. Yuk ayollar bo'ynida. Huv anavi devorni ayollar ko'tarishgan. Raxmatlik Roziya hola ziragini sotib oziq-ovqat keltirgan ekan. Faqat ular emas, boshqalaram shunday qilishgan. Amaqim urushdan bir oyoqsiz qaytibti. Otamsiz qaytib kelganida ammam uni xaydagan ekanlar. Xaydarmushu quchog'idan qo'yib yubormasmush. Undan so'ng bizni amaqim olib kettibti. Oyijonimga mana shu xonani qurib berishgan. Boshlaridan har qanday kunlarni kechirib yashayverishgan. Добавлено (02-Янв-2013, 23:33) --------------------------------------------- Qisqasi ular farzandim deb yashaganlar. Odamlarni og'irini yengil qilishga astoydil bel bog'laganlar. Menga shunday tuyiladi. Ayamni bu dunyoda ushlab turgan narsa aynan mexir bo'lsa kerak? Ular xayotlaridan sira nolimaganlar. Shukronalik ularni bu dunyoda ushlab turibti. Etibor beringa, ayam uydan chiqmaydilar. Lekin odamlarni birlashtirib turadilar. Garchi ushanda g'o'dak bo'lsamda men bu tut daraxtini, unda bolasini quchoqlagan mayus ayamni ko'rganman. Qancha boshpanasiz odamlar shu tut daraxti ostidan turli qishloqlarga tarqab ketishti. Faqat ayam og'ir kunlardagi qaynoq mehrni eslatib turgan haykaldek shu joyda qolganlar. Alloh bandalari usha sinovli kunlarni unutmasinlar deganmi, ayamni jonini omonda saqlayabti?!... 110 yoshlik onaxon. Sochlarini oppoq tolalari kabi ko'ngli pok inson. 110 yoshda. Bu onaxonni huddi ona zaminga qiyoslasak, 110 000 nixol uning bag'rida o'sib, unmoqda. Mehir bulog'idan qonib ichmoqda. Ko'kga bo'y cho'zmoqda. Gullab yashnamoqda. Men ham uzoq umr ko'rish sirni bilgim kelib savol berganimda. Bir nafasda ham kuldilar, ham xo'rsinib javob berdilar. "Bolam xalol yashen. Farzandim deb yashang. Shu bolayam sizniki, ana unisiyam. Qilurin, yaxshilik qisez o'zizgayam yaxshi bo'ladi. Kichkintoylarim yaxshi yurishibtimi? Aytin sog'indim kelib tursin." dedilar. Uyga qaytgunimcha o'yladim. Nima demoqchi bo'ldilar?
Faqat 3 ta shart!
Изохни тахрирлади (ўзгартирди) Loading - Якшанба, 16-Дек-2012, 13:02 |
|
| |
FC_PAXTAKOR | Сана: Пайшанба, 03-Янв-2013, 16:30 | Изох # 21 |
Sayyod.com мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 528
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 1233
Холати: Хозир йўқ
| Hop davom etinchi
Omad
|
|
| |
Loading | Сана: Пайшанба, 17-Янв-2013, 21:19 | Изох # 22 |
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
| Xotira - ikkinchi xayot! Qisqasi bu hikoyada to'plangan bazi ibratli voqiyalar keltirildi.
Yillar karvon kabi uzun va qisqa emas ekan. Musiqa be ozor havolanib turgan honadan "Hola"ni ijarachi yigitga birnimalarni kuymalanib gapirishi eshitilib turibti. Poyi supa balandligida qilib ko'tarilgan ochiq ayvonda qoshlari qalin, jaxildor yuzli, qoramtir lablari doim titrab turadigan G'ofurjon ota biroz hurmatan jim turdilar. Qarichilikni belgisi bo'lgan yurak torlik qildimi, bir yo'talib qo'ydilar. Birov kimsan demaganidan jaxillari chiqdi shekillik, asli xorijni toza gilami bo'lib, yillar davomida namatga o'xshab qolgan gilamni ustidan yurib xona derazasiga yaqin keldilar. Bu safar "Uydamisan?!" deb savol tashladilada hovli tarafga o'grilib boshlarini qimirlatib qo'ydilar. Derazadan Qurbonni(ijaradagi yigit) boshi chiqdi. Gursillatib otaga salom berdi. - Assalomu Alaykum do'da!? Irjayib. Qurbon bu yoshi ulug'larda bir gap bor deb anchadan buyon o'ylab yuradi. Kun yo'qki G'ofurjon ota bu uyga kirib o'tmagan. Holani choli boshqa, qaytish qilganiga ancha yil bo'lgan.Добавлено (17-Янв-2013, 19:09) --------------------------------------------- G'ofurjon ota bu xonadonga qanday aloqasi bor ekan? - iye Qurbonjon uydamisiz? Vo alaykum assalom rohmat-ul Allohi, mana bu boshqa gap. - Albatta do'da usha kuni darslarim.. - Bo'ldi boxona qilmay qo'yaqol. Usha kuni ataylab mani ko'rmaganga olib o'tirdin. Mana salom berish qiyinmasakanmi? Qani Holen, xov Latafat nega mundo birov keldi deb kutib omisan?! Qalin qoshlarlarini betartib qilib - ey bugun bunga nima bo'ldi? deb ulgurmaslaridan lang ochiq eshikdan hola munkillab yugurib chiqtilar. - voy shu eshik taqillatib kelish odatiz xech qolmadida. O'zizni uyingiz bo'lib qolgan axir. Raxmatli cholim sizni "akam" derdilar. Hola hijolat tortib qo'llaridagi choynakni ko'targancha o'choqvoshiga yo'naldilar. Derazadan Qurbonni ovozi eshitildi. - Do'da ichkariga kirin. Bir suxbatizni olilu? - Ey qiziq bo'ldiku? Hozir kirigin. Sen yigit balo chiqtinku? G'ofurjon ota sira ranjimadilar, aksincha qovoqlari ochildi. Qurbon otani qarshi oldi, qaytadan qo'l berishib quyuq salom-alik qilishti. Otani dasturxon yuqorisiga taklif qildi. O'zi esa Gofurjon otani oldidagi kitob, daftarlarini yeg'ib oldi. Добавлено (17-Янв-2013, 19:23) --------------------------------------------- Bu orada choynak-piyola ko'tarib hola kirdilar. Choy qaytarib ovqat pishay deb qolganini aytdilar. Odatda dasturxonga faqat novot qo'yiladi. G'ofurjon ota bu uyda mezbon xisobi. Agar biror nima olib kelsalar hola albatta dasturxonga qo'yadilar. Qari odamni ishta tortib biror nima yeyish kam kuzatiladi. Olib keldimi, demak yeydi. Qurbon bu ikki qariyani g'ing'illab suxbatlashishlarini kuzatib o'tirdi. G'ofurjon otani bir odatlari bor. Odamga qarab turadilarda xuddi suxbatdoshini eshib bo'lgandek jonlanib "xmm" deb tasdiqlab bosh silkitadilar. Tizzani ko'zini silab, bir-ikki shapatilab qo'yadilar. Holaniyam shunga o'xshash odatlari bor. Bir nimalarni hayolda maqullaydilar, kimgadur gapiradilar, ikkilanib qolgan odamdek ko'zni bir nuqtaga tikib o'tiradilar. - O'qishlariz qanday bo'lyabti endi Qurbonjon? G'ofurjon ota choydan extiyot xo'pladilar. Qoshlari yana aynidi, choy suyuqqa o'xshaydi. Piyolani aylantirib choyni silkitib ko'rdilar. Qurbon o'ylaganidan kulib qo'ydi. "Nima qilyabtilar? Piyoladagi shamani rangini chiqarmoqchimilar? Добавлено (17-Янв-2013, 20:19) --------------------------------------------- Yoki suyuqlikni chayqalishidan choyni tobida ekanini bilarmikinlar?" - Ha o'qiydi, tinmay yozadi, chizadi. Dars tayorlagandan keyin o'qishi yaxshi bo'lmasinmi? Hola biladi, bu chol savol berdimi javobini kutishni yomon ko'radi. - Senga javob ber dedimmi? Sendan so'radimmi? Yoki sen talabamisan? Choyni qayta damla. Qo'rqib ketkanmi rangi o'chib ketipti? - Yashen do'da, qo'ymisiz-a? - Heex, bizam gap bilamiz, akasi! G'ofurjon ota piyolani xontaxtaga qo'yib jilmaydilar. - Qiynalmay yashab turibsizmi Qurbonboy? - Ey do'da bu zamonda qiynalmay bo'larkanmi? O'qisham pul. Domlalar osmon. Talaba doim och. Yigit nolib qoldi. Gapni yumshatish uchun jilmaydi. - Bu nimasi!? Yaxshi o'qi birov sendan bir so'm omaydi. Och qoganlarni gapini gapirmang bolam. Erkiz qo'lizda, mana xotirjam kitob-daftar olib dars qivossiz. Yana nima kerak? - Erkinlik deysizu.. Qurbonjon gapi og'zida qoldi. Otani burni katta-katta bo'lib tez nafas olishlaridan cho'chidimi indamay qo'ya qoldi. - Bilmaysiz, mustaqil bo'lish nimaligini? Quloq solin bolam. G'ofurjon ota holaga manoli qarab qo'ydilar.
Faqat 3 ta shart!
|
|
| |
oybek | Сана: Пайшанба, 17-Янв-2013, 21:36 | Изох # 23 |
Иштирокчи
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 213
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 851
Холати: Хозир йўқ
| ko'p kutamizmi xali.....
|
|
| |
Loading | Сана: Жума-муборак кун!, 18-Янв-2013, 01:00 | Изох # 24 |
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
| Hola choynakni olib ovqatga qarash baxonasida chiqib kettilar. Otani qoshlari og'irlik qilgandek mayus osilib qoldi. Xotiralari ko'z oldilaridan bir-bir varroqlandi. Ko'z yoshga to'ldi. - Eshit bolam. Bir yili, unda endi oliygoxni bitirib uyga qaytib ketishim kerak edi adashmasam. Usha kuni bozorga tushib uydagilarga sovg'a oldim. Hullas asrni shu xonada o'qidim. Birov bilsa o'ldim xisobi edi. Do'dalariz, buvilariz etishgandur. - Eshitganman bu xaqida. Mustaqillikdan oldin odamlar ota-onasini janozasiniyam o'qolmagan deyishadi. Kechiras gapizni bo'ldim. - Mana bilar ekansanku? Nima deyattkandim? Xa shunaqa bo'gan. Xa asrni shu xonada o'qidim. Mana bu joyda. Xontaxta oldin usha burchakda turardi. Zayniddin, holen bilan xayr-xo'sh qilib yo'lga otlandim. Chorsudagi avtobus to'xtash joyidan qizil "vaz" avtomobiliga o'tirdim. Haydovchisi O'zbek bo'lgani uchun qimmatroq bo'lsayam ketishga qaror qilgandim. Yo'lga chiqdik. - Nima avtobus yo'qmidi? Qurbonning ko'z oldida kichkinaligida otasi bilan chorsuga kelgani, otasini esladi.Добавлено (17-Янв-2013, 22:22) --------------------------------------------- Otasi uni maktab bozoriga olib borgandi. Shaxarga kelgunicha zavqi ichiga sig'may avtobus oynasidan yo'lni tomosha qilib kelgandi. Qaytishda Toshkendning shovqin suronidan charchab uxlab qolgandi. - Avtobus bor edi. Uyga tezroq borgim kelib taksida ketkandim. Ota-onam aka-ukalarimni juda sog'ingan edim. Yo'lga chiqtik. Qo'qonga yaqin qolgandi. Quyosh mashina tezligi bilan berlashkandek shoshilib ufqqa yaqinlashib borardi. Quyosh ufqqa yaqin kelgan sayin boshimda bir savol. Shomni o'qib olishim kerak. Aytkanimdek birovga dindor ekaningni aytolmaysan. Ming ikkilanish bilan o'zim bilan baxslashib borardim. Tinchkina qazosini uyga borib o'qiyman dedimu, lekin qanday qilib. Qazo namozi qanday o'qiladi? Qanday qilib o'qiyman? Nima deb javob beraman? - Militciya ushlab olsa nima qilardim demoqchimisiz? - Allohga nima diman bolam?! "bandamdan qo'rqdingmi? O'zini xudoman degan fosiqdan qo'rqib buyrug'imga bo'yn sunmadingmi?" deyilsa qanday, qanday qilaman ayt. Shuni o'ylab o'zimda kuch toptim. Haydovchi O'zbek, meni chunarmikin deb o'ylab qoldim? Oxiri sekin asta mashinani to'xtatishini iltimos qildim. Ibodat qilib so'ng davom etishimizni aytdim. " - Yo'q to'xtatmayman. Kech qolib ketamiz. - Yana pul qo'shib beraman. 10-15 daqiqa xalos. Bu xech nimani o'zgartirmaydi. Добавлено (17-Янв-2013, 22:32) --------------------------------------------- - Yo'q. Nima keragi bor uka domla pochchalik qilib? Tinchligingni o'ylasangchi? - Nima bo'lsa yaratganga tavakkal. Birov ko'rmidi. Iltimos ha demay quyosh botishni boshlaydi. Bilinib turibti yaxshi odamsiz aka. Iltimos?! - Ey dinsizlar jamiyatida yaxshi odam nima qiladi uka? Qo'qon yaqin xar daqiqada mashina o'tib qoladi. Kim biladi deysan? Panjarada izsiz chirib kasan uka? Bola chaqam nima bo'ladi?" shunday deb javob berdilar. Soatga qaradim. Nima bo'lsa bo'ldi dedim. Namoz vaqtiga 3-4daqiqa qolgan. Nima bo'lsa tavakkal dedim. Bola-chaqam deganlariga biroz o'ylanib qoldim lekin.. Mashinani to'xtatishlarini iltimos qildim. Shu joyda qoldirishlarini aytkanimda mashina bir chayqalib ketti. Axiri ko'ndirdim. Shoshib mashinadan tushtim. Добавлено (17-Янв-2013, 22:39) --------------------------------------------- Qiblaga qaratib xar extimolga deb olib olgan ro'molni soldim. Mashinani orqa bagaji ochildi. Demak qoldirib kettimoqchilar. Hudo poshsho, yaxshilar topiladi deb qiblaga yuzlandim. Niyat qilib takbir aytaman deganimda. "Joynomoz solmaysanmi?" degan chaqiriqni eshitdim. Mashinaga qarasam boyagi xaydovchi aka qo'lida oppoq bo'z tutib turibtilar. Takbir aytdim, niyat qilib shom namozini jamoat bo'lib o'qidik. Yo'lda davom etar ekanmiz, xaydovchi aka nima sababdan qarshilik qilganlarini chuntirib berdilar. Ko'rdizmi Qurbonjon, aka aytayabtilar, "sizdan shubxa qilganim uchun kechirasiz uka, o'ziz bilasiz, odamni tashqi kurinishidan kimligini bilib bo'lmaydi. Har 3 kishidan 2tasi lanati stalinni o'ziga xudo qilib olgan. Insofni o'ziga bersin. Bu mashinayam boshga bitkan balo bo'ldi. Chunmayman uka! Nuqul titkilayverishadi. Sotish uchun ishlab chiqarganmi bular mashinani, yoki birovni pulini sanaganimi? Shartta sotib qutilaymi deymanu? Bola chaqamni shuni orqasidan boqaman. Добавлено (17-Янв-2013, 22:47) --------------------------------------------- Undan burun mashina ishqivoziman. Bolaligimdan xarakat qilib endi yangi mashina olganimda.." Xaydovchi aka menga yana bir nimani aytib berdilar. Usha kuni Qo'qonga 4 ta mijoz chiqqan ekan. Uning ustiga men beradigan puldan 2 rubl ko'proq taklif qilishibti. Lekin nimadur ularni ushlab qolgan. Shunda ichimdan bir fikir o'tdi. "Bizni xaq ta'alo uchrashtirdi". - G'ofurjon do'da 2 rubl disizmi? Qurbon savol berdiyu o'zi kulib yubordi. G'ofur do'dani jilmayganlarini ko'rib yanada ovozini bemalol qo'yib kuldi. - Ha! Kulmang uka. Pul qadrli edi. Nimani xisobiga bilasizmi? - Yo'q do'da. -Qurbon aslida sababini bilardi. Darsliklardan tashqari mustaqil kitob varraqlab ko'rgan xam edi. - O'zimiznikini o'zimizga yedirgan. Huddi, tabaqalanishni yoqotib, hamma birdek to'q yashardi. Ammo bolam unutmen mexnatkash hech vaqt och qomagan. Bu sovet deganlari "qayta qurish" siyosatini tanladi. Qanday qilib? Milliy boylik oq oltin ularga, qazilma boylik ularga. Добавлено (18-Янв-2013, 00:00) --------------------------------------------- Qurbonjon boyliklar ketkani achinarli emas. Usha "qayta qurish"ni boylikga ishonib qurilgani xato bo'lgan. Bismillohsiz boshlangan xar qanday ish chappasiga ketadi. O'zligini unutgan xar qanday millat, parokandallikka uchraydi.. O'qidik, o'rgandik, yashaganlar xo'p davrini surdi. Niyati buzuqni xayot kovushini to'g'irlab qo'ydi. Siz uka boya noliganiz, moddiy qiyinchilik bizdayam bo'gan. U bu ish qilib pul topkanmiz. Xaromdan saqlandik. Bir amallab kun ko'rganmiz. Men qiyinchilik ko'rdim deyolmiman. Ota-onamni Alloh rohmatiga olsin bizni tarbiyalash uchun.. - Aytkancha Qurbonboy, ota-onez haqida hech so'ramabman. Sog'-salomat, yurishibtimi? Bir kun chaqiring mexmon bo'lib ketishsin. - Ey qo'ysezchi?! O'zi zo'rg'a qochib qutildim. Qurbon sovuq xiringladi. Gofurjon ota gapni uqmay qoldilarmi, yoki boshqa sababmi yigit gapini to'ldirib qo'ydi. - Uylantirish mash-mashasi do'da, ayam xar kuni bir kelin topib keladilarda. O'qib bir ishni boshini tutay desam. Otamga og'ir botkanmush? Men nima dedim? Chunmay qoldim. "Shuncha yil senlarni birovdan kam qildimmi" deb o'tiribtilar. Men nima dedimu.. To'ri yoshi ulg'aygan sari odam injiqlashadi. Lekin xaddan oshib ketmaslik kerak to'rimi do'da?
Faqat 3 ta shart!
|
|
| |
oybek | Сана: Жума-муборак кун!, 18-Янв-2013, 01:05 | Изох # 25 |
Иштирокчи
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 213
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 851
Холати: Хозир йўқ
| o'qib maza qilyapman davom ettiring iloji bo'lsa.....
|
|
| |