[ Янги изохлар · Фойдаланувчилар · Қоида · Изламоқ · RSS ]
  • Страница 6 из 8
  • «
  • 1
  • 2
  • 4
  • 5
  • 6
  • 7
  • 8
  • »
Модератор форума: Giyos, SarVario, komol_76, Anv@rbek  
Loading... Hikoyalari
Nilufar_93Сана: Сешанба, 23-Июл-2013, 23:57 | Изох # 126
Иштирокчи
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Изохлар: 270
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 237
Холати: Хозир йўқ
Davomi...
Yigit past ko'chadan katta-katta qadam tashlab ketardi.Sokin tun og'ushidagi gung shamol o'zini har yoqqa urgancha, daraxtlarning shitr-shitr ovozlari,ko'cha yoqasida oqayotgan suvning shivr-shivr so'zlariga jo'r bo'layotgandek...To'siq bilan o'rab olingan keng maydonda esa abadiy jimlik,abadiy uyqu hukum surardi.
Yigit kirish va chiqish darvozasi oldida biroz to'xtab qoldi...Darvoza shamol yordamida tebranardi.Go'yo u shu turishida "alla"aytayotgan edi.
Yigit ichkariga sekin asta qadam tashlab kirdi.Yuragi ham duk...duk etib eshitalar eshitilmas ura boshladi.Go'yo u bu harakati bilan biron kimni uyg'otvormay deyayotgandek.Uzoq masofadan kelayotgan zangori chiroqning xira nurlari tufayli atrof biroz yorishib ko'rinardi.Yigit qabriston yo'lakchasidan to'g'ri kelib, bir qabr boshida to'xtadi.Sekin-astalik bilan yerga cho'kdi.Issiq kaftlari bilan suvuq tuproqni siypalagandek bo'ldi.
Bo'g'zidagi bir narsa ich-ichidan otilib chiqayotgan nidoni qandaydir bir kuch bilan ushlab turardi.Yigitning achchiq ko'z yoshlari yuzidan dumalagancha tuproqqa singib ketdi.U o'zini ortiq ushlab turolmadi.Qabrga o'zini otdi.Yuzini tuproqqa bosgancha silkinib-silkinib yig'ladi.Laylisin sochlarini silayotgan Majnun kabi tuproqni siladi.Zuhrosin labidan o'payotgan Tohir kabi titrab-titrab tuproqni o'pdi.


Haqiqat havoga o'xshaydi,nafas olib turasizu,o'zini ko'rmaysiz.
 
Nilufar_93Сана: Чоршанба, 24-Июл-2013, 00:52 | Изох # 127
Иштирокчи
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Изохлар: 270
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 237
Холати: Хозир йўқ
Yigit:Azizam man keldim.Sani sog'inib keldim.Tur...turaqol!Uyqichi...Shunaqayam ko'p uxlidimi?
To'rt yil...to'rt yil uxladingku.Man esa sansiz 1 daqiqa ham orom olmadim.
Sani yo'qliginga ko'nikolmayapman.Xotiralar bo'lmaganida balki aqldan ozarmidim.Zuhram o'zimni.Tohiring yo'llaringa zor.Zuhra mani kechir.(u boshini ko'tarib,yuz ko'zlarini artib gapida davom etdi)
-Opangni aldab yurganimdan jahling chiqmasin.Ishon man buni istamagandim.Axir nima qilay sani ko'rmasam yasholmayman.Manda loaqal bitta surating ham yo'q.Unda sani kashf etdim.Ba'zida uni Fotima ekanligini ham unutib qo'yaman.
Bugun xato qilayotganimi anglab yetdim.Jonim,charchadim.(yigit boshini qabrga qo'ydi)
Endi man ham uxlashni xohlayman.(Ko'zlarini oxistalik bilan yumdi)
San bilan abadiy uxlamoq uchun keldim...
Gulim,uxlashdan avval sanga bir taklifim bor.Majnuningni rad etmaysana? (dedi jilmayib)
Kel yashaylik biz birga,
Bizning ertagimizda.
Do'st-u dushman ichida,
Ikkimiz oxirgacha.
Davomi bor...


Haqiqat havoga o'xshaydi,nafas olib turasizu,o'zini ko'rmaysiz.
 
Dinora_Golden_GirlСана: Пайшанба, 25-Июл-2013, 15:13 | Изох # 128
Sayyod.comда пропискада!
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 4486
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 908
Холати: Хозир йўқ
"MENING HIKOYAM YOHUD ABITURIENTLIKDAN TO TALABALIKKACHA..."

Ismim Javlonbek. Nukus shahridanman. O'zim haqimda qisqacha ma'lumot; bo'yim uzun, bug'doyrang, rosayam kelishgan yigitman, ayniqsa qizlar qoshlarimga "o'lib" qolishardi. Hayotda judayam kamgapman desam ishonmang. Ota-onamni yakkayu-yolg'iz o'g'liman. 2 ta jajjigina egizak singillarim bor, yoshi 5 da, bog'chaga boradi...
Sizlarga avtobiografiyamni emas, hayotimni o'zgartirib yuborgan voqeani hikoya qilib bermoqchiman. Kimdir ustimdan kular, kimdir.....
Xullas, maktabni bitirib o'qishga topshirmadim. Otam Nukus qo'g'irchoq teatri rahbari edi. Onam esa shu teatr sahnalari uchun libos tikardi. O'sha yerda kunim o'tardi asosan. Hech kimga ziyonim bilan birga foydam ham tegmasdi. Otam qancha harakat qildi o'qigin deb, lekin o'qigim kelmasdi. Yigit kishiga o'qishni erta-kechi yo'q derdim. Shunday tinch bekorchi yurgan kunlarimning birida teatrga bitta "qo'g'irchoq" kelib qoldi. Qaradimu tilim aylanmay qoldi. Yo'q bu qoraqalpoq qizi emas, go'yoki malak edi... Oppoq yuzli, qayrilma kipriklar... Misli qo'g'irchoq edi... Darrov surishtirdim... Asli qoraqalpoq, lekin Toshkentda yasharkan. Nukusga buvisinikiga kelib, shu yerda praktika o'tagani kelibdi... Sahnaga chiqqanida ko'z uzmay tomosha qilardim. Jonli qo'g'irchoq yurgandek bo'lardi sahnada... Rosa tanishgim kelardi, bu orada bir hafta o'tib qo'ydi. O'zimga hayron qoldim manaman degan qizlarni o'zimga qaratib, tezda "o'zimniki" qivolardim, lekin shu qizga kelganda tilim aylanmas, yuragim duk-duk urardi. Tanishish uchun roppa-rosa 1 hafta harakat qildim. Oynaga qarab "romantichniy" gaplardan gapirardim. Hayolan uni gapirtirardim, shaxlo ko'zlari bilan suzilib gapimni eshitardi. Gaplarim o'xshamayotganini sezsam oynani majaqlab tashlagim kelardi...
Oxiri yurak hovuchlab yoniga bordim. Grimxonada ekan. "Salom Jamila o'rganib qoldingizmi?" deyishimni bilaman, "Nimeydi, eshikni orqasidan yop!" desa bo'ladimi?! Qotib qoldim, hech qizlardan bunaqa gap eshitmagandim. U esa qoshlarini chimirdi. Chiqib ketdim. Alam qildi. Mashinamda Nukus ko'chalarini rosa aylandim. Bunchayam qo'pol, yana kelajakda madaniyat hodimasi bo'larmish, tilini zaharligini, Xudo ham chiroydan ham tildan bergan ekanda deya o'zimga-o'zim gapirib borardim. O'zimdan hech ayb topolmadim, binoyidek yigit bo'lsam, albatta men haqimda teatrdagi boshqa qizlardan eshitgandir. Teatrdagi deyarli hamma qiz menga oshiqku, bu tannoz qiz nega oliftalandi. Uyga borgach ham kayfiyatim bo'lmadi. Onam har kuni gapirardi "Tezroq o'qib bir ishni boshini tut, men ham kelin ko'ray, singillaring kichkina, sen esa aqalli ovqat qilishni ham eplolmaysan"... Shu kassetta bugun ham chaynaldi. Kechasi bilan uxlolmay chiqdim. O'sha qaysar Jamilani sevib qolgan ekanman. Ertalab onamga yordamlashish uchun uyda tikilgan ko'ylaklarni teatrga olib bordim. Borganimda teatr artistlari zavtrak qilishayotgan ekan. Qizlarning ujin, abed, zavtrakxonasi alohida edi. Kiyimlarni olib o'tib ketayotudim, birdaniga "zahar malagim"ning gapi eshitilib qoldi, sekin tinglab turdim. Meni yana gap tinglaydigan g'iybatchi deb o'ylamang, shunchaki qiziqdimda... "U o'zini kim deb o'ylaydi takasaltang, uni menga maqtaguncha bekorchixo'jalikning oqibatlari haqida tushuncha bersanglar bo'larkan"... Tamom bo'layozdim... Tez-tez yo'lak bo'ylab yurib ketdim. Gaplarini esladim; nima dedi? Meni bekorchixo'ja dedimi? Takasaltang dedimi? Kirpicha (tipratikan)... Gaplarini eshitmasam bo'larkan... Tavba, shunaqayam zaharli ilon bo'ladimi qiz bola degan...?!
Uyga borib rosa o'ylandim. Kechki payt ujinda ota-onamga aytgan qarorim ularni bu darajada xursand qilishini bilmagandim. Gapga chechan, gapni ham surib ketaveradigan bola bo'lganim uchun teatr artistilikka o'qiyman deb ahd qildim. Lekin o'qish bunchalik qiyinligini hatto tasavvur ham qilolmasdim. Otam menga bir emas naqd 6 ta teatr aktyorini biriktirib qo'ydi. Ular har kuni ish soatidan tashqari men bilan shug'ullanardi evaziga oylik chiqardi. Agar eplab ketsam, menga ham oylik chiqarishga va'da berdi otam. Oldiniga "eee bore" desammikan dedim. Keyin esa sidqidildan yondosha boshladim. Kechasi bilan Xudoga nola qilib chiqardim.
Qiyinchilik... Tayyorgarlik... Ruhiy azob... Bu yoqda sevgim... Hammasi meni yeb bitirardi... Lekin chin dildan harakat qilardim, har bir sahna harakatimga, ishimga muhabbat bilan yondoshardim. O'qishga kirib ketsam Jamila meni aniq sevib qoladi deb o'ylardim.
Sabru-bardoshim, mehnatim, harakatim o'z mevasini berdi. Men Toshkent Davlat Madaniyat Instituti talabasi bo'ldim. Bu hammasi sevgilim Jamila tufayli edi. "Majnunni Majnun qilgan Layli" deyishadi. Shu oltin so'zni o'zgartirib "Javlonbekni JAVLONBEK qilgan JAMILAM" derdim... Talaba bo'lganimni eshitgan Otam-onamning quvonchi cheksiz edi...
"Zaharli Malagim"ni nima bo'lganiga qiziqyapsizmi?! U hozirda mening qaylig'im. Yaqinda o'qishim bitgach, turmush quramiz...

Qoraqalpog'iston Respublikasi, Nukus shahridan JAVLONBEK...

Oqqa ko'chiruvchi Din Din Angel... love


Fikrim satrimda oshkor!)
 
AbbosbekСана: Пайшанба, 25-Июл-2013, 15:16 | Изох # 129
Sayyod.com посбони!
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 3823
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 655
Холати: Хозир йўқ
Baxtli bo'lishsin, . .
Muxabbat insonni salbiy yoki ijobiy tomonga o'zgartiradi. . .


1000 marta yordam ber baribir
unutishadi. Bir marta pand ber, bir
umr eslab yurishadi. .
 
ShohiСана: Пайшанба, 25-Июл-2013, 15:44 | Изох # 130
Иштирокчи
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 269
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 510
Холати: Хозир йўқ
Vuy baxtli bo'lishsin hands
Oqqa e yo'g'ee forumga ko'chirgan Din Dingayam rahmat yahoo smile


Baxt meni kutmoqda... Yaqinginamda)))
 
MirzoxidСана: Жума-муборак кун!, 26-Июл-2013, 03:28 | Изох # 131
Sayyod.com мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 623
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 248
Холати: Хозир йўқ
Хаёт гу'зал (шу нарса одат бубк,о ди у'к'иганимданбери) Бахтли бу'лишсин smile

...
 
Nilufar_93Сана: Жума-муборак кун!, 26-Июл-2013, 14:31 | Изох # 132
Иштирокчи
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Изохлар: 270
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 237
Холати: Хозир йўқ
Madiiwww kelajaginiyam ko'rvordizmi? tongue ajoyib o'qishga kirish hammaga nasib qisin.

Haqiqat havoga o'xshaydi,nafas olib turasizu,o'zini ko'rmaysiz.
 
Sardor_BСана: Жума-муборак кун!, 26-Июл-2013, 19:02 | Изох # 133
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 1161
Тақдирланишлар: 1
Хурмат даражаси: 178
Холати: Хозир йўқ
eeeeee Madina ilxomni kattasi kebtida

Sayyod.com
 
Dinora_Golden_GirlСана: Шанба, 27-Июл-2013, 01:48 | Изох # 134
Sayyod.comда пропискада!
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 4486
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 908
Холати: Хозир йўқ
Nilufar Gulim... Omad tilayman beg'uborim... hands

Fikrim satrimda oshkor!)
 
Zinnura_KСана: Шанба, 27-Июл-2013, 01:55 | Изох # 135
Sayyod.com мухлиси
Гурух: VIP
Изохлар: 863
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 1466
Холати: Хозир йўқ
Ninuush.... Odamda 2 ta ko'z bo'ladi.. Shu 2 ta ko'zim 8 ta bo'p kutvomman..hikoyezni... Davomini..
Yozaqolin.. smile


erka farishta....(m)....
 
Nilufar_93Сана: Шанба, 27-Июл-2013, 02:34 | Изох # 136
Иштирокчи
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Изохлар: 270
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 237
Холати: Хозир йўқ
Rahmat qadri baland Qadrdonlariiim.
Kutirib qo'yganim uchun uzr tongue
(mani qo'lim emas Tog'ajonimi qo'llari.)

Добавлено (27-Июл-2013, 01:34)
---------------------------------------------
Davomi...
Yigit:Zuhra sanmisan azizam?
Libosing munchayam chiroyli.Yuzlaringni nurliligini...
Qiz yigitga nim tabassum qilib turardi.Lekin so'z demadi.
Yigit atrofga qaradi.Ko'zlarni qamashtirar darajada alvon-alvon qizg'aldoqlarga nigohi tushdi.O'zini qizg'aldoqzor bag'riga otdi.Ularning ifori o'zgacha edi.Barchasidan Zuhraning isi kelardi.Qadini rostlagan ko'yi qizni chorlay ketdi.
-kel,kelaqol!Nega jim turibsan.
Qiz ortiga burildi.Oppoq nur tomon yo'naldi.
Yigit:Dildorim,qayerga ketyapsan?TO'XTAAAA!!!
Yigit qancha urunmasin qizga yetolmadi.Qiz g'oyib bo'ldi.Yigit boshini quyi solgancha qo'llari bilan qizg'aldoqlarga ozor bera boshladi.Ularni yulib tashladi.Hovuri bosilgach unsiz xasrad to'kdi.Shu vaqt qandaydir sharpani payqadi.Boshini biroz ko'tardi.Ro'parasida bir nuroni qovog'ini uyib unga norozi qarab turardi.Yigit Bobosini tanidi.O'rnidan sapchib turdiyu Bobosini quchoqladi.Bobosi bir qadam ortga tasirildi.
-Eshit!Eshit bolam...Quloq tut dedi ruh.
Yigit:nimani bobojon?
Hech narsani ewitmayabman.To'xtang ketmang!
Ruh yerdan biroz ko'tarildi va ortga qaradi:"Qo'shiqni eshit uni yodda tut.u seni poklaydi bolam!"ovoz tobora uzoqlawib aks sadoga ulandi "u seni poklaydi", "poklaydi", "bolam".
Yigit cho'chib uyg'onib ketdi.U qabr ustida uxlab qolgan edi.Qayerdagilini anglayolmay qo'rqib ketdi.So'ng hammasi yodiga tushdi.
Osmon yorishib,tong otayotgan mahal edi.Yigitning qulog'iga azon ovozi eshitildi.Uzoq uzoqlardan takror-takror "Ollohu Akbar" "Ollohu Akbar"... sadolari kelardi.
Yigit bir soatcha qabr boshida qilt etmay turib qoldi.


Haqiqat havoga o'xshaydi,nafas olib turasizu,o'zini ko'rmaysiz.
 
Dinora_Golden_GirlСана: Шанба, 27-Июл-2013, 02:49 | Изох # 137
Sayyod.comда пропискада!
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 4486
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 908
Холати: Хозир йўқ
Vuuuy "azon ovozi" degan joyini o'qib etim jimirlab ketdi... sad

Fikrim satrimda oshkor!)
 
MirzoxidСана: Шанба, 27-Июл-2013, 03:02 | Изох # 138
Sayyod.com мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 623
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 248
Холати: Хозир йўқ
...

...
 
Nilufar_93Сана: Шанба, 27-Июл-2013, 03:11 | Изох # 139
Иштирокчи
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Изохлар: 270
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 237
Холати: Хозир йўқ
Agarda uning oldiga qorovul kelib qolmaganda u shu ko'yi balki soatlab o'tirardi.
Qorovul:hoy yigitcha,bu yerda nima qilayabsiz?
Yigit:ziyorat qilib ketay degandim
Qorovul:qiziq bola ekansiz-ku.Azonlab mozor boshigayam keladimi?
Yigit:....
Qorovul:ha mayli,bu gaplarni qo'ya turaylik.Vaqt ketmasin.Yuring Bomdod nomozini o'qiymiz.Siz ham shu bahona yaqiningizni ruhini shod qilib ketgan bo'lasiz.
Qorovul yigitning yelkasiga qoqib qo'ydi.
Yigit:Otaxon,man nomoz o'qishni bilmayman.Xabarim yo'q dedi boshini egib.
Qorovul:buyog'i qiziq bo'ldiku.O'g'lim,musulmonmisiz?
Yigit:ha otaxon.Ollohga shukur musulmonman!
Qorovul:ha,barakalla!
Unday bo'lsa, siz meni shu yerda kuta turing.hozir qaytaman.
Yigit hop dedi.Otaxon butalar oralab kichik bir xujraga kirib ketdi.Taxmonchada turgan eski jildli kitoblar orasidan ko'k muqovali kitobni qo'liga oldi.Xujradan chiqib yigit yoniga qaytdi.
Qorovul:buni oling, sizga.
Yigit kitobni oldi.Kitob ni old muqovasini o'qidi:MEN HAM NOMOZ O'QIYMAN.Yigit otaxonga mayus ko'zlari bilan minaddorona qaradi.
Qorovul:omonatimni asrang.3kundan so'ng sizni shu yerda kutaman.3 kundan so'ng!unutmang.
Yigit:unutmayman.kitob uchun rahmat.
Yigit yo'lakcha bo'ylab qabristonni tark etdi.Qorovul uni ortidan kuzatib,o'zi ham xujraga qaytdi.
Davomi bor...)


Haqiqat havoga o'xshaydi,nafas olib turasizu,o'zini ko'rmaysiz.
 
Zinnura_KСана: Шанба, 27-Июл-2013, 04:33 | Изох # 140
Sayyod.com мухлиси
Гурух: VIP
Изохлар: 863
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 1466
Холати: Хозир йўқ
SubxanaOlloh... SubxanaOlloh...

smile
qalblar iymon nuriga chirmashib nurlanaversin.. Amin..!

Ninush... Ijodizga omad..
Qo'llarizga kuch quvvat.. Yozaqolin.. smile


erka farishta....(m)....
 
Nilufar_93Сана: Якшанба, 28-Июл-2013, 14:08 | Изох # 141
Иштирокчи
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Изохлар: 270
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 237
Холати: Хозир йўқ
Yigit ko'cha bo'ylab uyiga piyoda yetib keldi.Darvoza eshigi ochiq.Hovlidan kirib kelayotib,bog'dagi supachada xayol surib o'tirgan onasiga ko'zi tushdi.Onaizor qadam tovushidan sergak tortdi.
Ona:Tohirjon bolam,keldingmi?
Yigit:ha keldim.
Ona:O'zingni o'ylamasang ham mani o'ylagin.Tuni bilan mijja qoqmay chiqdim.Nechi martalab ko'cha boshiga bordim.
Ona gaplarini yakunlamasdan farazandi gapini bo'ldi.
Yigit:Nima man sizga yosh bolamanmi?O'z xolimga qo'yaslarmi yo'qmi?nima qilayotganimni o'zim bilaman.
U tez-tez zinapoyalardan ko'tarildi-da,xonasini eshigini jahl bilan yopdi.
Ona:Ovqatingni yemisa...n...mi? Bolajonimey ozib to'zib ketyapti,har kuni ko'zlari qizarib uyga qaytadi.Man ham onaman-ku bolam.Dardingni sezib turibman.Ollohning irodasi.Man bechora nimayam qilolaman.
O'ksib-o'ksib yig'ladi.Ko'ksiga bir-ikki mushtalab qo'ydi.O'rnidan qo'zg'alayotib,noni ustini sochiqcha bilan yopibdi.Qaddini rostlab "Ey Rabbim o'zingga ming shukur"deb oshxonaga kirib ketdi.
Yigit bu mahal karavotida shiftga termulgancha yotardi.Keyin o'rnida turib javonidan nimanidir qidira boshladi.Topolmadi.Xonani u burchagidan bu burchagiga yuraverdi.Hiyol o'tib,esiga tushdimi "ha" deb yuzi yorishdi.Kiyimlari joylashgan shkaf ustidagi chang bosib yotgan qutini oldi.Qutini ochib,ichini tita ketdi."Qani qayerda?"asabiylashardi."Ha mana" dedi biroz o'tmay.Bolalarcha sevinib,telefonini qo'liga oldi.

Добавлено (28-Июл-2013, 13:04)
---------------------------------------------
Telefonni yon tomonidan fleshkani olib,qo'lidagi boshqa birini o'rnatdi.Qaytib o'rniga yotdi.Ovozlar bo'limidan 17.07.09 da yozilgan ovozga kirdi,astalik bilan ko'zlarini yumdi.
Qiz: Alo...alo gapiring.Kim bu?
Yigit:
Alo,alo yaxshi qiz!
Siz meni tanimaysiz.
Men xohlardimki shuni,
Siz bilan tanishishni...
Qiz:(kulib)Tohir sizmisiz?
Yigit:ha.Man bilan "Bolalar"aytishuvi qilishga tayyormisiz?
Qiz:Voy hozirmi?
Yigit:ha hozir.Man boshlab qo'ydim...yoki...yengildizmi?
Qiz:hichamde.Man yengilmiman.
(qiz biroz o'ylanib,sekingina tomog' qirib qo'ydi.)
Meni qo'y o'z xolimga,
O'ylash tegdi jonimga.
Kunlarim o'xshar yilga,
Aytgin nega?nega?
Yigit:Xonim, rad etmang meni,
Rad etmang.
Ayting siz ismingizni,
Siz ayting.
Sizni ko'rgandan beri,
Yuragim yondi.
Qiz:
Ismim esingdan chiqqan.
Huddi ming yillar o'tgan.
Meni sen eslolmaysan nega?
Huddi men bo'lmaganday,
Bo'lmaganday bizda,hech qanday,
Tuyg'uuu
Hech narsa bo'lmaganday.
Nega qilasan unday!
Yigit:balan ovozda...
Yo'q!Unutganim yo'q.
Yo'q!Yodimdasan San.
Sen meni birinchi sevgim,
Yodimdasan.
Sen xayolimda tushlarimda...
Hayotim mazmunli sen bilan...
Qiz:
Bo'ldi xato,
Katta xato.
Yo'qdur davo,
Dardimga davo.
Qanidi bilmasam edi,
Men seni.
Hozir mendan,
Baxtliroq inson bo'lmasdi.
Ayirding meni,
Judo qilding,
Borimdan.
Qanday seni sevdim.
Xafaman o'zimdan.
Yigit:
Nega sen ketding deding?
Nega men qolmadim.
Seni sevmayman desam,
Nega bunga ishonding.
Yoshlar to'la ko'zimga,
Ishonmasdan ket deding.
Bizning hayot jonginam...
Qiz:
Sen bilgin,bo'la olarding,
Men uchun eng aziz inson.
Lekin sevgi bizga,
Qo'ygan shartdan
Biz o'tmadik.
Oson.Shunchaki oson.
Yigit:
Nega men sensiz...
Nega sevgingsiz.
Nega men sensiz,
Seni sevgingsiz...
Qiz:
Keldingmi endi yig'la
Sensiz men o'lganim yo'q.
Yashayapman.
Ko'rdingmi endi o'yla
Sendan kam joyim yo'q.
Meni zarra.
Ishonmading,
Kutmading.
Sevgimizi sen sotding nimaga?
Yigit:
Faqat isming yangrar aqlimda,
Go'zal xusning ko'zim oldida.
Har bir inson haqli sevishga,
Inson haqlidir jonim baxtli bo'lishga.
Qiz:
Umrimda birinchi bor,
Sevishga majbur qilgan.
Va unga javob bermagan
Yigit:GO'-ZA-LIM
Qiz:Xa yo lim senda...
Yigit:Xa yo lim senda...
-Zuhra qooyil.Zo'rsan-u
Qiz:Ha endi bilasuu.Siz ham qolishmadiz.
Yigit:Bilasanmi...sanga bir gap aytmoqchidim
Qiz:Qanaqa gap?
Yigit:Anaqa...nima disam ekan...
Qiz:Chaynalmen
Yigit:Man sani...SEVAMAN.
Qiz:Nima?
Yigit:O'sha.
Qiz:man...mani chaqirishvoti.Xayr.
Ovoz tugadi.
Yigit ko'zlarini ochib,yopdi.Ko'zlarida to'lib turgan yosh ikki chakkasidan sezib tushdi.
Davomi bor...

Добавлено (28-Июл-2013, 13:08)
---------------------------------------------
*sizib


Haqiqat havoga o'xshaydi,nafas olib turasizu,o'zini ko'rmaysiz.
 
Dinora_Golden_GirlСана: Якшанба, 28-Июл-2013, 14:15 | Изох # 142
Sayyod.comда пропискада!
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 4486
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 908
Холати: Хозир йўқ
Xafamaaaaan taqdirdan... cry

Axir bor edikuuu...
Yo'q emasdikuuu...

Tohir seni sevgaaan, bir o'zga qizzzaloq... cry

Har o'qiganimda u esimga tushib ketyapti...


Fikrim satrimda oshkor!)
 
oybekСана: Якшанба, 28-Июл-2013, 15:17 | Изох # 143
Иштирокчи
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 213
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 851
Холати: Хозир йўқ
xa yangicha yunalish,qoyil Nilufar.....qiziqdim, davomini kutib qolamiz.....
Madina abiturent Javlonbek va oldingi saxifadagi xikoyangizga gap yo'q.....
ijodlarizga omad !!!!!


 
AbbosbekСана: Якшанба, 28-Июл-2013, 15:22 | Изох # 144
Sayyod.com посбони!
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 3823
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 655
Холати: Хозир йўқ
Oftoboyim ijodlarizga omad)) zòr hands

1000 marta yordam ber baribir
unutishadi. Bir marta pand ber, bir
umr eslab yurishadi. .
 
MirzoxidСана: Якшанба, 28-Июл-2013, 15:29 | Изох # 145
Sayyod.com мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 623
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 248
Холати: Хозир йўқ
Давомини кутамиз )

...
 
Nilufar_93Сана: Якшанба, 28-Июл-2013, 16:29 | Изох # 146
Иштирокчи
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Изохлар: 270
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 237
Холати: Хозир йўқ
Yoqqanidan judayam xursandman))

Haqiqat havoga o'xshaydi,nafas olib turasizu,o'zini ko'rmaysiz.
 
ShukronаСана: Якшанба, 28-Июл-2013, 17:37 | Изох # 147
Sayyod.com мухлиси
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Изохлар: 586
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
Nilush kutmoqdamiz. Yozaqolin. Oxshash xotiralar mavjud ekan meni xayotimdan. Ijodizga omad.
 
bek88Сана: Якшанба, 28-Июл-2013, 18:15 | Изох # 148
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 1565
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 649
Холати: Хозир йўқ
Nilufar davomini yoza qoling.

Sayyod.com hayotim bir bo'lagi.
 
Nilufar_93Сана: Душанба, 29-Июл-2013, 00:50 | Изох # 149
Иштирокчи
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Изохлар: 270
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 237
Холати: Хозир йўқ
Qiz:hayronman 2 kun o'tdiki xabar olmaydilar ham.Yo bir gap bo'ldimikan?
G'ururam o'lsin.Na yurakka,na aqlga bo'ysunadi.
Telefonimi ovozimi?ha qo'ng'iroq bo'layapti.e sochiqcha qani?qidirganda topilmaydi.
Qiz yugurib telefoni go'shagini ko'tardi.
-Alo Tohir aka!
-Qanaqa Tohir aka? man Nigorman.
-Ha,sanmiding.
-hm manidim.Eslamisanama? Oqibat qomadi san qizda.
-Boshlama o'zi bir ahvolman.
-Hop mana tugatdim.Oldinga ketayotgandim,bormaganim maqulmi diyman...
-Voy nega unaqa disan.Tezroq kel.O'zi portlay deb turiman.
-Nuqul atomniy bombalaringni manga atab qo'yasan
-Gapniyam topib gapirasanda.
Nigor telefoni qo'yebman.
-Bo'pti 10minutda yetib boraman.
Suhbat tugadi.Qiz o'zini xonasiga kirib u yoq bu yoqni saranjomlab qo'ydi.
Oshxonaga o'tib choy qo'ydi.Derazadan onasiga yuzlandi:
-Opajon,dugonam Nigor kelyapti.Ovqatga o'ziz qarang.
Onasi:Hech gaplaring tugamaskanda.Dunyoni tashvishi silarning boshlaringa tushganmi?
Bu uyda ona san,qiz man.Ertaga erga tegsan ko'raman axvolingni.
Gap desa qop qop
Qiz:Ish desa Samarqanddan top.(kulib davom etdi)
Onasi:Zumrasha.mayli buguncha bir sirlawa qolinglar.
Qiz:O'zimi opajonimdan aynani.rahmat.
Ona bola suhbatiga Nigora ham eshik taqillatib qoldi.Fotima uni kutvolib,o'zini xonasiga olib kirib ketdi.Kursiga o'rnashishgach Nigora
gap boshladi.


Haqiqat havoga o'xshaydi,nafas olib turasizu,o'zini ko'rmaysiz.
 
Dinora_Golden_GirlСана: Душанба, 29-Июл-2013, 00:56 | Изох # 150
Sayyod.comда пропискада!
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 4486
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 908
Холати: Хозир йўқ
Qiziq... Nimalarni gaplashisharkina...???

Fikrim satrimda oshkor!)
 
  • Страница 6 из 8
  • «
  • 1
  • 2
  • 4
  • 5
  • 6
  • 7
  • 8
  • »
Поиск: