She'rlar
|
|
Elmurod_D | Сана: Пайшанба, 23-Май-2013, 19:05 | Изох # 426 |
Иштирокчи
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 133
Тақдирланишлар: 1
Хурмат даражаси: 34
Холати: Хозир йўқ
| Men sevaman dilrozimni taratadi shamollar, Mangulikka sevgi bo'lib sochilgan yulduzim sensan. Men seni sevaman qalbim alamli, Yulduzim so'nsada sevgim abadiy....
sayyod bor biz bormiz.
|
|
| |
Anv@rbek | Сана: Пайшанба, 23-Май-2013, 23:41 | Изох # 427 |
Иштирокчи
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 128
Тақдирланишлар: 7
Хурмат даражаси: 1436
Холати: Хозир йўқ
| Bu mavzuni ham sal kam chat qilib tashlabsizlar. Chat gaplarni o'chiraman, takrorlansa jazoliman.!
|
|
| |
uzigabek1920 | Сана: Пайшанба, 23-Май-2013, 23:52 | Изох # 428 |
Иштирокчи
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 241
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 322
Холати: Хозир йўқ
| Muhabbat saylida hamrohim o'zing. Baxtimsan, asrayman qarog'im o'zing. Kulgum ham o'zingsan, oh-vohim o'zing. Ko'zlaring jodusi sehrdanmikan?. Sevgilim, borlig'ing mehrdanmikan?.
Bir ko'rib, husningdan aylandi boshim. Ishq sabab har nega yetar bardoshim. Jonimga jonimsan, qalbga sirdoshim. Ko'zlaring jodusi sehrdanmikan?. Sevgilim, borlig'ing mehrdanmikan?.
Eng totli baxt o'zing, eng shirin azob. Ko'rmasa, ko'zlaring, ko'z qirim azob. Sensiz suhbatlarda oh, tilim azob. Ko'zlaring jodusi sehrdanmikan?. Sevgilim, borlig'ing mehrdanmikan?.
Sensiz bog' go'zalmas, beifor yasmin. Jamolingdan Haqqa aytarman tahsin. Jonginam, borliging jonimga taskin. Ko'zlaring jodusi sehrdanmikan?. Sevgilim, borlig'ing mehrdanmikan?.
Mehringdan dildagi g'amlarni to'kdim. Hasrat tugunlarin sitratdim, so'kdim. Ishqingga bandiman so'zsiz tiz cho'kdim. Ko'zlaring jodusi ishq sehri ekan! Sevgilim, borlig'ing ishq mehri ekan!
Akbar Shoh.
Originallikka intil.
|
|
| |
Shahzoda | Сана: Жума-муборак кун!, 24-Май-2013, 09:29 | Изох # 429 |
Рўйхатда
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 4
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 107
Холати: Хозир йўқ
| Bilsang, yurak istamaydi mendan ketishing... Istamaydi intizor qalbim sendan kechishni... Közlarim atrofdan tinmay izlar doimo, Ösha mehr ila boqqan qop - qora maftunkor közni...
Ketma deyolmaymanu, qalban qol deyman. Közlarimni olib qochamanu, lek köz qirim senda böladi. Bir söz aytolmaymanu oldingda, könglimda esa nidolarim tinmaydi. Yoningga bowlaydiku qadamlarim, men esa majburan bee'tibor bo'laman.
Közlarim böysunmaydi - yosh tökadi, Eslasam beparvo - xissiz turishlaring... Garchi sen mendan uzoqlashar bölsang ham, Yurakkinam xapqiradi - intiladi sen tomon.
Öylarim tinmaydi söngi bor tig' qadagan nigoxingdan. Mazmun ma'no topa olmay hech, sarsondir aqlim. Tikon kabi botkan, ösha söngi bor qadalgan nigoh, Hayollarim har tarafga qilgandur tarqoq...
|
|
| |
Lochinbek | Сана: Душанба, 27-Май-2013, 18:13 | Изох # 430 |
Иштирокчи
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Изохлар: 306
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 227
Холати: Хозир йўқ
| Qalbim kechir meni.
Netay do'stlik deya aldab o'zimni, Aytolmadim sevaman degan so'zimni. Ollohdan so'rayman jonga tuzimni, Qalbim kechir meni sevganim uchun...
Sevgi izlab sendan bag'ring tilibman, Armonni o'zimga orzu bilibman. Afsus bu safar ham xato qilibman, Qalbim kechir meni sevganim uchun...
Ishq sahrosin kezib sarson betayin, Mehringga tashnalik ortib kun sayin. Bir kun bu holatda o'lmog'im tayin, Qalbim kechir meni sevganim uchun...
Ko'zlarim ko'r bo'ldi, quloqlarim kar, Sog'inib dard alam bag'rimni ezar. Sevishdan charchadim bo'ldi bas yetar, Qalbim kechir meni sevganim uchun...
Sensiz bag'rim senga hech ocholmadim, Tutib qo'llaringdan bir qucholmadim. Yoqimli bu azob voz kecholmadim, Qalbim kechir meni sevganim uchun...
Lochinbek Erkinzoda ©Добавлено (25-Май-2013, 18:31) --------------------------------------------- Kechikkan sevgim.
Yuragimda qolgan bir dard bor yomon, Har lahza har onda qiynar beomon. Netay axir qaydan bilay bu taqdir, Yolimni korsatdi bir gozal tomon.
Kulganda rohatdan tirtrardi vujud, Tobora borardi bog'lanib umid. Afsuski kech bildim xasta dil pora, Yonida yori bor der uni unut.
Tor kocha bemanzil ketib borarman, Uchragan devorga boshim urarman. Ustimdan kularlar eshitgan kimsa, Dardim kop dardlarim kimga yorarman?!
Tushunmas bu notinch yurak quloqsiz, Xar kuni qidirar izin yo'laksiz. Necha bor xarakat qilsada afsus, Hech yashay olmadi yarim bo'laksiz.
Lablarim tishlanib jim qolgan sevgim, Xazonlar ostida yoqolgan sevgim. Kech kelgan bahorim, Mening armonim, Sen mening kechikkan kech qolgan sevgim...
Lochinbek Erkinzoda © Добавлено (27-Май-2013, 01:53) --------------------------------------------- Tez kunda! Onanga baqirma! (sh'er) Добавлено (27-Май-2013, 17:13) --------------------------------------------- Onanga baqirma
Dunyo ko'rishingdan to'qqiz oy avval, O'z jonin garovga tikib tavakkal. Senga hayot bergan mana shu ayol, Oyog'in o'psang ham kamlik qiladi, Onanga baqirma, gunoh bo'ladi.
O'zi uxlamasdan, seni uxlatgan, Alla aytib bedor tonglari otkan. Hassamas, yelkanga suyanish kutgan, Shu inson duosi panoh bo'ladi, Onanga baqirma, gunoh bo'ladi.
Suv doim shoshilib, soyga oqarkan, Boy esa do'stim deb, boyga boqarkan. Lek onang sen deya sochi oqargan, Yo'ling poylab, nursiz ko'zi toladi, Onanga baqirma, gunoh bo'ladi.
Qara soat nechchi, chirog'i yoniq, Seni duo qilar qo'llari ochiq. Ishlaring rivoji onanga bog'liq, Olloh hammasiga guvoh bo'ladi, Onanga baqirma, gunoh bo'ladi.
Borida qadrla, umri omonat, Senga beradigan mehri omonat. Shu onang oyog'i ostida Jannat, Rozi qil, bir kuni guldek so'ladi, Onanga baqirma, gunoh bo'ladi.
Lochinbek Erkinzoda ©
Buyuklik - Oddiylikning eng sodda ko'rinishidir.
|
|
| |
uzigabek1920 | Сана: Чоршанба, 29-Май-2013, 03:38 | Изох # 431 |
Иштирокчи
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 241
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 322
Холати: Хозир йўқ
| Майли уз йулинг излаб, Югур, чоп хатто йикил! Лек бировни кайтарма, Оригиналликка интил! Akbar Shoh.
Originallikka intil.
|
|
| |
Lochinbek | Сана: Чоршанба, 29-Май-2013, 03:53 | Изох # 432 |
Иштирокчи
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Изохлар: 306
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 227
Холати: Хозир йўқ
| Ilhom kelmay qolgan bo'lsa, Ayb birovdan qidirma. MUHAMMAD YUSUFdek kulsam, Kuyganini bildirma!!!
Lochinbek Erkinzoda ©Добавлено (29-Май-2013, 02:53) --------------------------------------------- P.S: Rahmatli Muhammad (aka) Yusufni "Tushlarimga kir" she'ri judayam yoqadide )))))))))))))) adashmasam audio variantini G'iyosiddin zoti oliylari forumga joylagan bo'lsa kere!!!
Buyuklik - Oddiylikning eng sodda ko'rinishidir.
|
|
| |
Lochinbek | Сана: Чоршанба, 29-Май-2013, 10:56 | Изох # 433 |
Иштирокчи
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Изохлар: 306
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 227
Холати: Хозир йўқ
| Qaldirg'ochimga
Bahor bilan bag'rimga qaytib, Yana topib kelibsan meni. Qaldirg'ochim dardimni aytib, Yuragimga yashiray seni.
Isitadi sevgim quyoshi, Sovuqlardan qo'rqmagin qushcham. Qani edi umrim yo'ldoshi, To'rt fasl ham yoningda uchsam.
Bemudofa ko'ngil makoni, Netay ojiz, ishqing oldida. Dardimga yo'q davo imkoni, Axir qalbim sevib qoldida.
Ko'zlarimdan bezor bo'lguncha, Qaldirg'ochim mendan ketmagin. Tushun, yana bahor kelguncha, Ahvolimni harob etmagin...
Lochinbek Erkinzoda ©
Buyuklik - Oddiylikning eng sodda ko'rinishidir.
|
|
| |
oybek | Сана: Пайшанба, 30-Май-2013, 03:09 | Изох # 434 |
Иштирокчи
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 213
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 851
Холати: Хозир йўқ
| Чамандек ободдир масканим, Гарчи у хароба булса хам. Кувончдан яйрайди жон таним, Дустларим енимда булса жам.
Ганимлар тош отиб толишар, Озгина омадим кулса хам. Хатто шу килиги хуш екар, Дустларим енимда булса жам.
Еганим юк булар танамга, Аелим не овкат килса хам. Минг рахмат дейман мен оллохга, Дустларим енимда булса жам.
Йигласам яшириб йиглайман, Аламлар калбимни тилса хам. Дардлашиб олсам тинч ухлайман, Дустларим енимда булса жам.
Биз бирга булайлик хамма вакт, Гов бизга хакамлик килса хам. Мен шуни санайман катта бахт, Дустларим енимда булса жам.
|
|
| |
uzigabek1920 | Сана: Сешанба, 04-Июн-2013, 09:30 | Изох # 435 |
Иштирокчи
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 241
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 322
Холати: Хозир йўқ
| Baxtdan ko'zlarida uchqun yongan qiz. Go'zal kelajakka reja solgan qiz. Ismimdan o'tmishni yodga olgan qiz. Meni so'rab qolsa, o'lgan deb ayting.
Yonida ishongan insoni bo'lsa, Hayoti chiroyli, xush oni bo'lsa, Mehrli quyosh bor osmoni bo'lsa, Meni so'rab qolsa, o'lgan deb ayting.
Atrofin to'ldirsa doim do'stlari. Baxtga to'lib tursa nargiz ko'zlari. Mehrdan rang olsa go'zal yuzlari. Meni so'rab qolsa, o'lgan deb ayting.
Sevimli insoni qadrini bilsa, Ko'zidan dildagi dardini bilsa, Bir-birin yuragi zarbini bilsa, Meni so'rab qolsa, o'lgan deb ayting.
Va yoki hammasi ketsa teskari, Qolmasa yonida suygan do'stlari, Mehrga tashnaxol bo'lsa ko'zlari, Meni so'rab qolsa . . .
Akbar Shoh
Добавлено (31-Май-2013, 23:47) --------------------------------------------- Qaydasiz? Yordamga muxtojman bugun. Ovuting, iltimos ovuting meni. Olovda yonmoqda tanam kun-u tun. Shu go'zal ishqidan sovuting meni.
O'tdek yonar tanam, xastalikmas bu. Vujudim qiynalar, kasallikmas bu. Pok sevgim javobsiz, afzallikmas bu. Shu go'zal ishqidan sovuting meni.
Azobim Majnunni xayratga soldi. Farhod ham "dod" deya yig'lashdan toldi. Ishqimga jumla-i jahon lol qoldi. Shu go'zal ishqidan sovuting meni.
Ishqimni bilmadi bag'ritoshginam, Qadrimga yetmadi qalamqoshginam, Ming dardga yo'liqdi sho'rlik boshginam, Shu go'zal ishqidan sovuting meni.
Bevafo aldadi, kuldiyu ketdi, Qaydadir kim bilan visolga yetdi, Qiynoqdan jonim ming tanni tark etdi, Shu go'zal ishqidan sovuting meni.
Bu ketishda kuyib ado bo'laman. Yosh boshimga, jondan judo bo'laman. Bir kun, bir kun dardli nido bo'laman. Shu go'zal ishqidan sovuting meni.
Ovuting, iltimos ovuting meni, Shu go'zal ishqidan sovuting meni!
Akbar Shoh.
Добавлено (03-Июн-2013, 23:16) --------------------------------------------- Мен макомга ошик,ман Сен эшитасан Уммон. Биздан бир гузал жуфтлик, Чикмоги жоним гумон! Akbar Shoh.Добавлено (04-Июн-2013, 00:37) --------------------------------------------- Bugun, devona ham mendan shahdliroq. Murg'ak go'dak qalbi mendan ahdliroq. Eng yolg'iz kishi ham mendan baxtliroq. Ketganing ahvolim shu ko'yga soldi. Dardlarning eng zo'ri qalbimda qoldi.
Esiz, burgut edim uchar edima. Olov edim, yonib turar edima. Ketmasang, baxt qasrin qurar edima. Xisobsiz rejalar, xisobsiz qoldi. Dardlarning eng zo'ri qalbimda qoldi.
Majnunlikni havas qilmagandim men. Dunyoni qafas deb bilmagandim men. Ishqing bir nafas deb, yelmagandim men. Firoq sahrosida vujudim yondi. Dardlarning eng zo'ri qalbimda qoldi.
Gullading, yashnading, qayda barq etding?. Kimning osmonida yonding, yarq etding?. Bugun nigohingni yot, befarq etding! Ko'rding, eslamading g'am jonim oldi. Dardlarning eng zo'ri qalbimda qoldi.
Mayli, sevgin, sevil, top mayli e'zoz. Meni xech o'ylama, eslama behos! Ishq o'ldi, qayg'uni qoldirdi meros. Bu merosni o'zim, faqat men oldim. Darding eng zo'riga Vatandek qoldim!
Akbar Shoh. Добавлено (04-Июн-2013, 08:30) --------------------------------------------- ____ =Sendagi sevgimi, sog'inchmi?= Sevgim, bugun sendan berishdi xabar. Sog'inib yig'labsan yurakdan, dildan. Oxir, ishq qalbingda quchdimi zafar?. Sezdingmi sevgini mendek ko'ngildan?.
Ismim aytib labing bosibdi titroq. G'ururingdan ilk bor etibsan nafrat. Debsanki: "hayolim bosibdi mudroq". Vujuding yengibdi alamli hasrat.
Suratim izlabsan nigohim qumsab, Yig'labsan artolmay ko'zdagi yoshing. Yolg'iz suratimni yoqqaning eslab, Xatto devorlarga uribsan boshing.
Bir vaqtlar ketganding jonimga qasdlab, Endi qaytmoqlikka izlabsan chora. Yer qilganding oshiq qadrimni pastlab, Hali ham eslasam qalbim ming pora.
Pushaymon emushsan eshitdim shunday. Istabsan astoydil aybingni yuvmoq. Mana yil-ki kunim o'tmaydi kunday. Qo'lingdan kelarmi dardlarim quvmoq?.
Holating yaxshiga, yomonga burdim. O'yladim o'zimcha, tahlillar qildim. Sevibmanki ishqdan ko'p azob ko'rdim. Ishqning ne ekanin ishqimdan bildim.
Sen chekkan azoblar zohiriy balki, Botiniy dardimning azobi so'zsiz. Eh, bu muhabbati qandayin g'am-ki? Sevgancha tug'ulsam bo'lardi ko'zsiz.
Mana sog'inibsan anglabsan endi. O'ylabsan yonimda bo'lish haqida. Shu vaqt hayolimga bir savol keldi. O'yladingmi birga o'lish haqida?.
O'zingni qiynama, charchatma meni. Sevmasdingku qanday o'zgardi fikring?. Makringga boshqatdan o'ynatma meni!. Ishonmam men demas yuraging, zikring!
Men esa sevganman sevaman hamon. Xijrondan firoqqa o'rgandi yurak. Ishqdan dardmand bo'lay toki tanda jon. Bedard yashamoqlik kimga ham kerak.
Sevgim sog'inibsan berishdi xabar. Qalbingga har yondan savollar tarqat. Istasang baxt sari men bilan safar. Iltimos, SEVGIni SOG'INCHdan ajrat! . . . Sevgim, bugun sendan berishdi xabar. Sog'inib yig'labsan yurakdan, dildan. Oxir, ishq qalbingda quchdimi zafar?. Sezdingmi sevgini mendek ko'ngildan?.
Akbar Shoh.
Originallikka intil.
Изохни тахрирлади (ўзгартирди) uzigabek1920 - Сешанба, 04-Июн-2013, 00:38 |
|
| |
Lochinbek | Сана: Сешанба, 04-Июн-2013, 15:22 | Изох # 436 |
Иштирокчи
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Изохлар: 306
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 227
Холати: Хозир йўқ
| Tug'ilgan kuning!
Lablaringda tabassum cheksiz, Aytolmasdan senga tabrik so'z. Men yoningda emasman afsus, Bugun sening tug'ilgan kuning!
Diydor shirin unutolmadim, Sen olisda men yetolmadim. Qo'llaringa gul tutolmadim, Bugun sening tug'ilgan kuning!
Quvonchingni ko'rardik baham, Ko'ngilda yo'q zarracha shubham. Kutyapsan-a, meni hali ham? Bugun sening tug'ilgan kuning!
Ko'zlaringni ko'rsam to'yardim, Gar yoningda bo'lsam, o'ylardim. Qulog'ingdan tortib qo'yardim Bugun sening tug'ilgan kuning!
Lochinbek Erkinzoda ©
Buyuklik - Oddiylikning eng sodda ko'rinishidir.
|
|
| |
Lochinbek | Сана: Сешанба, 04-Июн-2013, 20:51 | Изох # 437 |
Иштирокчи
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Изохлар: 306
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 227
Холати: Хозир йўқ
| Albatta ikki yoshi boshini qovushtirip qo'yamiz! Mayli mavzudan chetlashmimiz va nihoyat va'da qilingan sh'er:
7 yil... (o'z sevgim tarihi)
Yettinchi mart edi, ha o'sha kuni, Yurak borligini eslatib qo'ygan. Men hatto ismin ham bilmasdim uni, Ortidan ko'zlarim kuzatib qo'ygan. Bugun, shu ko'zlarim ko'rolmayapti...
Bir ko'rib sevmoqlik, rostakan asli, Shu kundan o'zimni tanigan edim. Ishqim izhor etib, uning nafasi Vujudim yashashga undar degandim. Bugun, tanam nafas ololmaypti...
Kunlar tez o'tardi, hayolda vasli, Orzuga to'lardi, ko'p suhbatimiz. Har yil keladigan, bahorim fasli, Qayta kashf etardi, muhabbatimiz. Bugun, shu bahorim qaytolmayapti...
Unga odat edi, qo'ng'iroq qilib, Xayrli tilaklar tilamoq tunda. Shirin ovozida erkalab, kulib, Meni uyg'otardi, har kuni tongda. Bugun, shu ovozi eshtilmayapti...
Ko'rganlar qarardi, bizga xavasda, Uni Layli desa, men edim Majnun. Yillar o'tib shuni tushundim asta, Lablarim tishlanib, Laylisiz beun. Sevgim, tadirga tan berolmayapti.
Sog'inch qiynaganda meni beomon, Esladim o'tmishni sur'atga boqib. Har bir soniyayu, baxt to'la osmon, Bag'rida uchgandik, biz qanot qoqib, Bugun, shu qanotim ucholmayapti...
Dardimning nolasi olamga sig'mas, Torman, SADOsidan erta ayrilgan. Tirik murda kabi ololmay nafas, Lochinman, qanoti yerda qayrilgan, Bugun, go'rimga joy topilmayapti...
Bizga hasad qildi, aybdor taqdir, Bizni ustimizdan kulgancha atay, Men ojiz bandaman, ojizman axir, Yig'lamang deysanu, qandoq yig'lamay? Bugun, yetti yillik sevgim o'lyapti,
Axir, bugun sening to'ying bo'lyapti....
Lochinbek Erkinzoda ©
Buyuklik - Oddiylikning eng sodda ko'rinishidir.
|
|
| |
Kamola_95 | Сана: Сешанба, 04-Июн-2013, 21:45 | Изох # 438 |
Иштирокчи
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 270
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 398
Холати: Хозир йўқ
| Bugun, yetti yillik sevgim o'lyapti, Axir, bugun sening to'ying bo'lyapti... man lolman (paxta q6yiwmas), qoil, bunga faqat va faqat qarsak chaliw kere. tarif uchun ortiqcha gap ortib qoladi... Lochinbek Erkinzoda, ilhom sizi tark etmasin..
Don't worry, be happy. Inshallah all will be ok!!!
|
|
| |
Dinora_Golden_Girl | Сана: Сешанба, 04-Июн-2013, 22:15 | Изох # 439 |
Sayyod.comда пропискада!
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 4486
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 908
Холати: Хозир йўқ
| Layli desa, men edim Majnun. Yillar o'tib shuni tushundim asta, Lablarim tishlanib, Laylisiz beun. Sevgim, tadirga tan berolmayapti.
Sog'inch qiynaganda meni beomon, Esladim o'tmishni sur'atga boqib. Har bir soniyayu, baxt to'la osmon, Bag'rida uchgandik, biz qanot qoqib, Bugun, shu qanotim ucholmayapti...
Mana etni jimirlatuvchi misra...
Lochinbek aka qoyil qoldirdiz mani...
Hamisha omad yor bo'lsin... Добавлено (04-Июн-2013, 21:15) --------------------------------------------- Bir vaqtlar ketganding jonimga qasdlab, Endi qaytmoqlikka izlabsan chora. Yer qilganding oshiq qadrimni pastlab, Hali ham eslasam qalbim ming pora.
Pushaymon emushsan eshitdim shunday. Istabsan astoydil aybingni yuvmoq. Mana yil-ki kunim o'tmaydi kunday. Qo'lingdan kelarmi dardlarim quvmoq?.
Holating yaxshiga, yomonga burdim. O'yladim o'zimcha, tahlillar qildim. Sevibmanki ishqdan ko'p azob ko'rdim. Ishqning ne ekanin ishqimdan bildim.
Akbarshoooooh... Ishqing ne ekanin ishqingdan bildim... Ajoyiiib super misralar... Ilhomiz kemiy-kemiy bir kesa "yommmon" ekansizuuu
Fikrim satrimda oshkor!)
|
|
| |
uzigabek1920 | Сана: Жума-муборак кун!, 07-Июн-2013, 00:12 | Изох # 440 |
Иштирокчи
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 241
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 322
Холати: Хозир йўқ
| AZOBIM ASRAYMAN, YASHAYMAN KO`NIB.
Tong otdi, mazmunli kundan umid bor. Shamol ochgan parda, mo`ralar quyosh. G`amli dil visoldan mudom umidvor. O`ylayman yostiqdan uzgim kelmay bosh.
O`ylayman, rejalar tuzaman kunlik, Bir maqsad birinchi bo`laveradi. Istayman visoling, mayli bir zumlik. Ko`rmasam dilga dard to`laveradi.
Shu bugun uyqudan ertaroq turib, Ko`zgu qarshisida saralay kiyim. Yuragim talpingan tomonga yurib, Sevgi sahnasida o`ynayin o`yin.
Eskirdi yo`lingga atirgul sochish. Taqdim etgim kelar yangicha sovg`a. Dadang quvlaganda maroqli qochish. Xech qanday xatardan qo`rqmayman, tavba!
Bugun yo`llaringda bo`lishar paydo, Ishqimning ta`rifi she`riy dil xatlar. Bari betakror-u, ammo bir ma`no. To`ldi ikki yuz o`n varoqli daftar.
Qadam qo`ysang, maktub oyog`ing quchar, Uzoqdan boqaman qo`zg`alar rashkim. Samoda o`n bir oq kabutar uchar, Soching shamolidan qo`zg`alar ishqim.
Sokin qadam tashlab kelasan asta, Men bilan tugaydi xat to`la yo`ling. So`nggi maktub qo`ngan go`zal guldasta, Gulgamas maktubga uzanar qo`ling.
Maktubimni o`qib titrar dudog`ing. Ishqdan yo uyatdan qizarar yuzing. Tishlab qo`ygim kelar shunda qulog`ing, Ko`zimga xech tikka boqmaydi ko`zing.
Ishqiy hayajondan chidolmay tanam, Qarshingda tizzalar tegadi yerga. Bir zumga urishdan to`xtaydi jon ham, Go`zal guldastani tutaman senga.
So`ngra yo`lda birga etamiz davom. Chin oshiqlar bizga qilishar havas. Dilda qoldirmaymiz xech qanday armon. Oshiq yurak bilan olamiz nafas.
***
Yo`q hammasi chalkash, hammasi xato! Ketgansan-ku mendan, kechgansan axir. Bu hayol hayotga ko`chmaydi aslo. Dildagi shirin his alamli taxir.
Mana kun boshlandi, kayfiyat xarob. Har tong bir eslayman yurakni qiynab. Endi ishqim sahro, sen olis sarob. Oxir uloqtirding qalbim ming o`ynab.
Sen sevgi axtarib yuraver daydib, U bog`dan, bu bog`ga tez uchib, qo`nib. Men she`rlar yozaman dardlarim aytib, AZOBIM ASRAYMAN, YASHAYMAN KO`NIB.
AKBAR SHOH.
Originallikka intil.
|
|
| |
Dadaxon | Сана: Жума-муборак кун!, 07-Июн-2013, 10:10 | Изох # 441 |
Sayyod.com мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 203
Тақдирланишлар: 1
Хурмат даражаси: 244
Холати: Хозир йўқ
| O N A M G A!!!
Men deb oyog'ingz tolganda ona Bevafo oyog'iga boshim qöyibman, Mexnatdan qölingz qadoq bölganda Men dildor qölidan maxkam tutibman.
Darvozaga termulib kutgan onizda Yor yöllarini poylab turibman, Bir laxza öltirmay qoshizda Sanam yonida kunlab yuribman.
Bitta gul tutmasdan sizga onajon Gözallarga qalbim sovg'a etibman, Shunchalar söqir bölurmi odam, Kechiring sizni unutib qöyibman.
Qora sochlarini silabmanu Sochingz oqartganim bilmabman, Xar sonya xabar yöllabmanu Ona sizga qöng'roq qilmabman.
Lablaring boldir debon Chiroyiga baytlar bitibman, Adashdi ög'lingz yomon, Qadringzni endi bilibman.
Shuncha mexrim berganim Bugun sevgm sotib ketdi, Xadya etgan oshiq yuragim Köchamizga otib ketdi.
Qaytib keldim egik boshim Qalbda alam közda yoshim, Oyog'izga bosh qöyay ona Siz ekanku nurli quyoshim.
Ona! onam, onajonginam Közlari köringz qaytib keldi, Pushaymondan she'r bitib Afsus qöshiqlarin aytib keldi.
Bor mexrim yuragim sizgadir ona Gözallarga qaytib boqmasman, Qadrim bilmas bevafolarni Aslo qaytib sevmasman.
Vafosiz mexrlari yolg'on ekan Niyatlari ichlarida pinxon ekan, Menga atab qöyganlari ozor ekan Ex bilmabman ishqm xam bozor ekan.
Kechdim bugun ishq mayidan, Kechib keldim bari baridan, Ostonada turibman mana ÖZINGZDEK QIZ TOPING ONA.
Sizku axir dunyolarda dunyoyim, Orzu umidlarda röyoyim, Men baxtyor yashashm chun Panoxida asrasin Xudoim.
Siz yerdagi jannatim ona Bor boyligu davlatim ona, Duoingz qudratim ona Sözlaringz xikmatim ona..Добавлено (07-Июн-2013, 09:10) --------------------------------------------- O N A M G A!!!
Men deb oyog'ingz tolganda ona Bevafo oyog'iga boshim qöyibman, Mexnatdan qölingz qadoq bölganda Men dildor qölidan maxkam tutibman.
Darvozaga termulib kutgan onizda Yor yöllarini poylab turibman, Bir laxza öltirmay qoshizda Sanam yonida kunlab yuribman.
Bitta gul tutmasdan sizga onajon Gözallarga qalbim sovg'a etibman, Shunchalar söqir bölurmi odam, Kechiring sizni unutib qöyibman.
Qora sochlarini silabmanu Sochingz oqartganim bilmabman, Xar sonya xabar yöllabmanu Ona sizga qöng'roq qilmabman.
Lablaring boldir debon Chiroyiga baytlar bitibman, Adashdi ög'lingz yomon, Qadringzni endi bilibman.
Shuncha mexrim berganim Bugun sevgm sotib ketdi, Xadya etgan oshiq yuragim Köchamizga otib ketdi.
Qaytib keldim egik boshim Qalbda alam közda yoshim, Oyog'izga bosh qöyay ona Siz ekanku nurli quyoshim.
Ona! onam, onajonginam Közlari köringz qaytib keldi, Pushaymondan she'r bitib Afsus qöshiqlarin aytib keldi.
Bor mexrim yuragim sizgadir ona Gözallarga qaytib boqmasman, Qadrim bilmas bevafolarni Aslo qaytib sevmasman.
Vafosiz mexrlari yolg'on ekan Niyatlari ichlarida pinxon ekan, Menga atab qöyganlari ozor ekan Ex bilmabman ishqm xam bozor ekan.
Kechdim bugun ishq mayidan, Kechib keldim bari baridan, Ostonada turibman mana ÖZINGZDEK QIZ TOPING ONA.
Sizku axir dunyolarda dunyoyim, Orzu umidlarda röyoyim, Men baxtyor yashashm chun Panoxida asrasin Xudoim.
Siz yerdagi jannatim ona Bor boyligu davlatim ona, Duoingz qudratim ona Sözlaringz xikmatim ona..
|
|
| |
bek88 | Сана: Жума-муборак кун!, 07-Июн-2013, 10:50 | Изох # 442 |
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 1565
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 649
Холати: Хозир йўқ
| Dadaxon zo'r sherlar ekan. Добавлено (07-Июн-2013, 09:50) --------------------------------------------- Kuzlaringni qorasini Kipriklaring shodasini Sochlaring har tolasini Sog'inaman dilim Sog'inchlarim manzili yuq Kutishdan yomoni yuq Sensiz hayotni keragi yuq.
Sayyod.com hayotim bir bo'lagi.
|
|
| |
Dinora_Golden_Girl | Сана: Якшанба, 09-Июн-2013, 09:19 | Изох # 443 |
Sayyod.comда пропискада!
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 4486
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 908
Холати: Хозир йўқ
| Sizku axir dunyolarda dunyoyim, Orzu umidlarda röyoyim, Men baxtiyor yashashim uchun, Panohida asrasin Xudoyim!!!
Oshiq D qoyil, judayam ajoyib va ta'sirli she'r bitibsiz! Yashshshang Rahmat kottakon...
Oyijonizlani umri uzoo, tani-Joni sog' bo'lib yuruvrsinla sizzi baxtizga!!!
Fikrim satrimda oshkor!)
|
|
| |
oybek | Сана: Якшанба, 09-Июн-2013, 09:41 | Изох # 444 |
Иштирокчи
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 213
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 851
Холати: Хозир йўқ
| Qiz bor uyning fayzi bo'lak deydilar. Jannat yoli qiz bor yo'lak deydilar. O'ngirimdg o'g'lim yoq deb o'ksinmang. Tog' bo'lmasa qir xam tirgak deydilar. Elning baxti botirlarga yor bo'lsin. Ominalar, Xolidalar bor bo'lsin!..
|
|
| |
oybek | Сана: Якшанба, 09-Июн-2013, 17:48 | Изох # 445 |
Иштирокчи
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 213
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 851
Холати: Хозир йўқ
| Bilib qo'ying hayotda Zo'rdan ham zo'r chiqadi Voy peshonam sho'r demang Undan ham sho'r chiqadi Omadni siz quvmanglar Quvsangiz u ketadi Doim halol bo'lsangiz O'zi quvib yetadi Kimdur aqlli bo'lar Kimdur undan o'tadi Ko'p bilganni oxiri Ko'p savollar kutadi Osmondagi bulutlar Doim uchib yuradi Ayting qaysi zo'r inson Mangu hayot quradi.....
|
|
| |
GULI_NUR | Сана: Якшанба, 09-Июн-2013, 17:51 | Изох # 446 |
Сайтимиз қадрли мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 2124
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 795
Холати: Хозир йўқ
| Oybek aka özizi qalamizga mansubmi...???
|
|
| |
uzigabek1920 | Сана: Чоршанба, 12-Июн-2013, 13:27 | Изох # 447 |
Иштирокчи
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 241
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 322
Холати: Хозир йўқ
| O`zingni oldirib qo`yibsan.
Ko`rdimu yuragim ezildi, Xijrondan bag`ringni o`yibsan. Sеzdirmay yurganding sеzildi, O`zingni oldirib qo`yibsan.
Ko`zingda oldingi olov yo`q. Mеhr bilan mеnga qarov yo`q. Mеn bilgan sho`x qizcha, asov yo`q. O`zingni oldirib qo`yibsan.
Gul yuzingdan yo`qolibdi rang, Siyo soching qo`ndiribdi chang, Tuyg`ularing to`ldiribdi zang, O`zingni oldirib qo`yibsan.
Chaqmoq eding, shiddating qani?. Ishonganing, omading qani?. Qaddi shamshod qomating qani?. O`zingni oldirib qo`yibsan.
Ko`rdim dardmish ishqning asosi. Bil, bеkormas ashking ma'nosi! Olingandur ishqim qasosi. O`zingni oldirib qo`yibsan.
Baxtni quvib, izlab kеtganding. Bilmam nеni ko`zlab kеtganding. Qalbimni bo`g`izlab kеtganding. O`zingni oldirib qo`yibsan.
O`zing uchun o`zingni asra. Shukur ishqni oxir tuyibsan. Ishqim cho`kkan ko`zingni asra. O`zingni oldirib qo`yibsan.
Sеn kеtding, to shundan bеvaman. Kuyibsan, xasratdan kuyibsan. Bormisan, yo`qmisan sеvaman! O`zingni oldirib qo`yibsan.
Akbar Shoh.
Originallikka intil.
|
|
| |
Dilnoza_E | Сана: Пайшанба, 13-Июн-2013, 23:07 | Изох # 448 |
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 1372
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 366
Холати: Хозир йўқ
| Yolg'on xiyonatga sotmagin meni.
Muhabbatga tölgan bu dilim, Seni izlab bilmaydi tinim, Sendan özga kimim bor kimim, Armon girdobiga otmagin meni, Yolg'on xiyonatga sotmagin meni.
Qalbingda özga yor, buni bilaman, Seni öylab jonim, bag'rim tilaman, Aytgin endi sensiz, nima qilaman, Armon girdobiga otmagin meni, Yolg'on xiyonatga sotmagin meni.
Bevafo senmiding yoki men edim, Dunyoda eng yaxshi faqat sen dedim, Muhabbat bog'iga seni deb keldim, Armon girdobiga otmagin meni, Yolg'on xiyonatga sotmagin meni.
Mayli men qolayin hazonday sölib, Mayli men yig'layin daryoday tölib, Qolaman jonidan sevganing bölib, Armon girdobiga otmagin meni, Yolg'on xiyonatga sotmagin meni.
|
|
| |
Abbosbek | Сана: Пайшанба, 13-Июн-2013, 23:20 | Изох # 449 |
Sayyod.com посбони!
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 3823
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 655
Холати: Хозир йўқ
| Bevafo senmiding yoki men edim, Dunyoda eng yaxshi faqat sen dedim, Dilnoza Ajoyib sher qoil . .
1000 marta yordam ber baribir unutishadi. Bir marta pand ber, bir umr eslab yurishadi. .
|
|
| |
Dilnoza_E | Сана: Жума-муборак кун!, 14-Июн-2013, 20:07 | Изох # 450 |
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 1372
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 366
Холати: Хозир йўқ
| Tug'ulgan kun.
Bugun dilda ajib hayajon, Bu kun quyosh özgacha porlar. Bugun sizni shirin orzular, Yana bir bor bag'riga chorlar.
Aytiladi turfa qutlovlar, Umriz gözal baxtlarga tölsin. Yuzda shirin tabassum bilan, Tug'ulgan kun muborak bölsin.
|
|
| |