[ Янги изохлар · Фойдаланувчилар · Қоида · Изламоқ · RSS ]
Модератор форума: Giyos, SarVario, komol_76, Anv@rbek  
She'rlar
uzigabek1920Сана: Шанба, 15-Июн-2013, 13:21 | Изох # 451
Иштирокчи
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 241
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 322
Холати: Хозир йўқ
Tashakkkuuuuuuurrrrrrrrlar

Добавлено (15-Июн-2013, 12:21)
---------------------------------------------
Simyog`ochda yonadi chiroq.
Tunga ziyo bo`laman deydi.
Xech qo`lidan kelmaydi biroq,
Tun ziyoni ko`maman deydi.

Simyog`ochda yonadi chiroq.
Lek qalbimni yoritolmaydi.
Tun zulmati, yurakda firoq,
Tong otsa ahm aritolmaydi.

Simyog`ochda yonadi chiroq.
Yor uhlaydi, bexabar sokin.
Bugun qalbi qalbimdan yiroq,
Lekin hanuz jonimga hokim.

Simyog`ochda yonadi chiroq.
Bir chaqnadi, charsillab o`chdi.
Dard yomonda, yomonda firoq.
Qalbim holi ko`chamga ko`chdi.

Simyog`ochda yonardi chiroq.
Tunga ziyo bo`laman derdi.
Xech qo`lidan kelmasdi biroq,
Tun ziyoni ko`maman derdi.

Akbar Shoh.


Originallikka intil.
 
Kamola_95Сана: Якшанба, 16-Июн-2013, 15:14 | Изох # 452
Иштирокчи
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 270
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 398
Холати: Хозир йўқ
Ko'rgim keladi...

Hayr dedim kechir sevganim,
Ihtiyorimdan ayrildim men,
Alloh yubordi o'shal dardim,
Davosizdir azobdaman men...
Seni bugun ko'rgim keladi,
To'yib yig'lab olgim keladi...

Imkonim bo'lsaydi qo'limda,
Azizim bo'lsayding yonimda,
Madorim qolmadi jonimda,
Seni bugun ko'rgim keladi,
To'yib yig'lab olgim keladi...

Meni o'ylamagin zolim deb,
Hiyonatkor, johil yorim deb,
Sevmas ekan bevafiyim deb,
Seni bugun ko'rgim keladi,
To'yib yig'lab olgim keladi...

Baxtli bo'lgin yorim har qachon,
Orzularing bo'lmasin armon,
Seni bugun sog'indim yomon,
Seni bugun ko'rgim keladi,
To'yib yig'lab olgim keladi...

Meni o'limimni yorim bilmasin,
Ko'zlariga hech ham yomg'ir to'lmasin,
Meni go'rim uni ko'ra olmasin,
Uni bugun ko'rgim keladi,
To'yib yig'lab olgim keladi...


Don't worry, be happy. Inshallah all will be ok!!!
 
Kamola_95Сана: Сешанба, 18-Июн-2013, 23:38 | Изох # 453
Иштирокчи
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 270
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 398
Холати: Хозир йўқ
Ilk muhabbatim...
Bugun isyon ko'tardi qalbim,
Sog'inchlarga chidolmas bag'rim,
Alamlarga to'ldi yuragim,
Sensan mening ilk muhabbatim...
Ko'rdim-u olisga qochdi hayolim,
U yerda, sen ila qurdik saroyim,
Saroyda baxtli edik ko'zi qaroyim,
Faqat sensan mening ilk muhabbatim..
Oldin bunday hech bo'lmagandim,
Bunday hisni hech tuymagandim,
Senday mardni hech ko'rmagandim,
Sensan mening ilk muhabbatim...
Ko'zlarimdan yoshlar oqadi,
Senday yorni qaydan topadi,
Quyoshim umrbod botadi,
Sensan mening ilk muhabbatim...
Yuragim bo'ldi qon qanchalar,
Hijron uni qildi parchalar,
Sog'inch hanjarlarin sancharlar,
Sensan mening ilk muhabbatim...


Don't worry, be happy. Inshallah all will be ok!!!
 
NosirСана: Чоршанба, 19-Июн-2013, 04:45 | Изох # 454
Иштирокчи
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 492
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 261
Холати: Хозир йўқ
Esimga tushib ketti bolalik chog'im
Onam meni der edi erkam, toychog'im
Istagimni muxayyo qilardi Dadam
Quvonardi sekin asta tashlasam qadam...

Ko'proq kimni yaxshi ko'rasan desa
Javobiga o'ylanib turardim rosa
Buncha qiyin savol bo'lmasa biram !?
Chunki yaxshi ko'rardim ikkisini xam...

Shu zayl oradan o'tib ikki yil
Onam olib keldi menga bir singil
U juda xam kichkina mittivoy edi
Dadam uni erkalab asalim derdi...

Oradan bir qancha vaqt o'tib asta
Katta bo'lib qoldik biz xam birpasta
Vaqt o'z xukmini o'tkazib biroq
Volidamiz sochiga oraladi oq...

Dadamizning yo'qligi turar bilinib
Onam ko'zlariga yoshlar ilinib
Eshikka termulib ko'zi uchardi
Otam suratini yig'lab quchardi...

Allohdan yagona tilagim shudir
Onajonimga ber sog'lik va umr
Rohat farog'atda yashaylik doim
Baht xech tark etmasin bizni iloyim...


Samimiyat va xush kayfiyat...
 
AlisherbekUZСана: Жума-муборак кун!, 21-Июн-2013, 02:57 | Изох # 455
Иштирокчи
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 156
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 187
Холати: Хозир йўқ
O'ziga bek elim bir biringga oqibatli bo'l.

Vatanga ta'tilga borganimda.ba'zan o'zbeklarimizning bir birlariga oqibatlari yo'qolayotganini ko'rib achinaman..

Begonani mehmon qilib xush kulasan,
xurmati deb ming tirilib,ming o'lasan,
aka qolib uka mehr izlar yotdan,
Elim qay vaqt bir biringga el bo'lasan?

Azal buyuk oqibating yolg'onmidi?
bir biringga shu g'urbating qolganmidi?
Muruvattni yotga qil deb berganmidi?
bu ketishda oyoq osti-kul bo'lasan,
Elim qay vaqt bir biringga el bo'lasan?

Chetdan boqib to'ymas odam,inoqdaysan,
ichda esa bahillikdan chinoqdaysan,
bir-biringga ravoing-u rizoing yo'q,
sovuqlarda qolib ketgan chanoqdaysan,
Qachon endi xid taratur gul bo'lasan?
Elim qay vaqt bir biringga el bo'lasan?

So'ginaman,fikr-u o'yim,senda aslim,
ro'shnolik yoq,o'tayotur mingta faslim,
bir biringni qo'llab turgin,bo'lma taslim,
Hudoyimga qachon asl qul bo'lasan?
Elim qay vaqt bir biringga el bo'lasan?

Bir qorindan talashiblar chiqqan o'zing,
merosni deb opa-uka qaro yuzing,
qayda qoldi jigarim deb aytgan so'zing?
qachon endi muruvvatli qo'l bo'lasan?
Elim qay vaqt bir biringga el bo'lasan?

Bir mayizni qirqqa bo'lib yegan eding,
Rizq Hudodan,qo'y bolam-a degan eding,
podvallarda xalta xalta yig'ib termay,
nochorlarga bergin bo'tam degan eding,
Avlodlarga qachon ravon yo'l bo'lasan?
Elim qay vaqt bir biringga el bo'lasan?

Etu tirnoq ajratilmas,doim birga,
xatto tayoq bo'lolmaysan qondosh ko'rga,
bir biringsiz kirolmassan ochiq go'rga,
tobutdoshing yelkasida yel bo'lasan,
Elim qay vaqt bir biringga el bo'lasan?

Musofirlik sahrosida xoldan toydim,
sening mehring najotkor nur,yo'lim oydin,
oqibatni topolmasam qondoshimdan,
aytgin endi izlayin men uni qaydan?
Alisherning ko'zlarida sel bo'lasan,
Elim qay vaqt bir biringga el bo'lasan?

Добавлено (21-Июн-2013, 01:07)
---------------------------------------------
Essiz Odamlar. 

O'zimni er bilsam,sizni sher dedim, 
do'stim deb davrada qaddimni kerdim, 
shoqoldan,o'tdingiz sizga tan berdim, 
men ketdim,hush qoling,xissiz odamlar! 

Bir zumga burilsam pichoq suqdingiz, 
qadrimni kafanlab go'rga tiqdingiz, 
ruhimni burdalab bayroq tikdingiz, 
men ketdim,hush qoling,xissiz odamlar! 

Ko'nglimning ko'chasi hor bo'lib qoldi, 
turfa makringizdan tor bo'lib qoldi, 
oqibat qafasda jim o'lib qoldi, 
men ketdim,hush qoling,xissiz odamlar! 

Avval o'zingizga qozi bo'linglar, 
umrning sovuqsiz yozi bo'linglar, 
bergan noningizga rozi bo'linglar, 
men ketdim,hush qoling,xissiz odamlar! 

Qahrga ko'mildim,ulashib ziyo, 
yoshimga cho'mildi aldamchi dunyo, 
mayli hop,hargizga boqmangiz qiyo, 
men ketdim,hush qoling,xissiz odamlar! 

Yaratganim haqqi dilni bergandim, 
mo'minlar birodar deya yurgandim, 
chayonday chaqdingiz,yomon ingrandim, 
men ketdim,hush qoling,xissiz odamlar! 

Dil emas termulib kiygan kiyimga, 
o't qo'ydingiz fayzli umr uyimga, 
bugun yetolmadim o'ylab o'yimga, 
men ketdim,hush qoling,xissiz odamlar! 

Oyog'ingiz yetmas,toqqa ketaman, 
eng chuqur bir g'orni makon etaman, 
haqqingizga duo qilib o'taman, 
men ketdim,hush qoling,xissiz odamlar! 

Mening yuragim kir,yakka siz malak, 
kapalak bu umrim bo'ldi jonhalak, 
sizga Alisherdan yagona tilak: 
men ketdim,hush qoling,essiz odamlar!

Добавлено (21-Июн-2013, 01:27)
---------------------------------------------
Biri kam dunyo. 

Kimgadir tilloning qadri yo'q, 
kimningdir pul bilan dardi yo'q, 
kim qashshoq tinglovchi mardi yo'q, 
asal deb totganim sirkamsan, 
Dunyo sen biri kam erkamsan! 

Tulkisan sherlarni aldagan, 
qassobsan pichog'in qayragan, 
yig'lasam kulishdan to'ymagan, 
mezbonlik izzatin o'rgan,san! 
Dunyo sen biri kam erkamsan! 

Jannatga o'xshatma o'zingni, 
bir pulga olmayman so'zingni, 
iltimos katta och ko'zingni, 
devorsiz ko'chani ko'rgan,san, 
Dunyo sen biri kam erkamsan! 

Buhoriy bobomdan qolgansan, 
Termiziy o'gitin olgan,san, 
va lekin sinfingda qolgansan, 
qoloqsan,darsingni o'rgan,san! 
Dunyo sen biri kam erkamsan! 

Ravon yo'l qidirib bag'ringdan, 
charchadim muttaham,o'gringdan, 
yo'l bo'lsa kechardim bahringdan, 
Shaytonga qulvachcha bo'lgan,san, 
Dunyo sen tosh botgan yelkamsan! 

Ilonsan xech oshno bo'lmagan, 
gadoysan to'rvasi to'lmagan, 
omadsan-ho'mraygan,kulmagan, 
yuzingni balchiqqa yuvgansan, 
Dunyo sen biri kam erkamsan! 

G'amzangga aldanib kuydim,man, 
malak deb adashib suydim,man, 
tul hotin ekansan qo'ydim,man, 
sehrdan,makrdan jirkan,san, 
Dunyo sen tuhumsiz kurkamsan! 

Eshakni oshno deb o'tarsan, 
dononi poshnangda tutarsan, 
isqirt aravangni ko'tar,san, 
puf desa yirtilgan yelkansan, 
Dunyo sen biri kam erkamsan! 

Shukr deb non yesam yig'laysan, 
may tutib ko'zimni bog'laysan, 
lahadga yiqitib kulgaysan, 
bol deb yalaganim sirkamsan, 
dunyo sen biri kam erkamsan! 

Bag'riingda to'rt kunli mehmonman, 
cho'lingda charchagan karvonman, 
narhingni xop ko'rdim arzon,man, 
yo'llari tikonga to'lgansan, 
Dunyo sen biri kam erkamsan! 

Chayonday poylaysan chaqishni, 
boplaysan yolg'onlar to'qishni, 
qo'y endi zog' kabi cho'qishni, 
ertaga mendan xam qolgaysan, 
Dunyo sen alamli erkamsan! 

Jannatni teng qilma bo'yingga, 
it qochar bosh suqsa uyingga, 
azalar ulangan to'yingga, 
qasringni ko'pikdan qurgansan, 
dunyo sen biri kam erkamsan! 

Childirmang ho'p chalib,qo'ymading, 
o'ynatib,yig'latib,to'ymading, 
qadrli mehmonday suymading, 
mezbonlik izzatin o'rgan,san! 
Dunyo sen biri kam erkamsan! 

Beshikdan tushishim kutasan, 
tushgandan g'amingni tutasan, 
yiqitib,tobutga ortasan, 
zaqqumday zaharga to'lgansan, 
dunyo sen biri kam erkamsan! 

O'ylama tiz cho'kmam poyingga, 
tupurdim minnatli soyingga, 
qand bo'lmam zaharli choyingga, 
ertaga mendan xam qolgaysan, 
Dunyo sen alamli erkamsan! 

Seni bir itimday suymasman, 
o'lsang xech azangda kuymasman, 
Odamman senga bir qo'ymasman, 
Alisherni azobga qo'ygan,San. 
Dunyo sen alamli erkamsan!

Добавлено (21-Июн-2013, 01:44)
---------------------------------------------
Taraqqiyot. 

Taraqqiyotni ayblashdan oldin shu Taraqqiyotning gulini tikanidan,shirinini achchig'idan ajratish qobiliyatimizni o'stirishimiz nur ustiga a'lo nur bo'lar edi.Bu esa albatta O'zligimizni,Milliyligimizni saqlash bilan amalga oshadigan jarayondir.Men bu qoralama bilan biz o'tgan davrga qaytishimizni emas aynan shu globallashuv davrida o'zligimizni yo'qotmay Turkning bosh bo'g'ini ekanligimizni yoddan chiqarmay Taraqqiyotga o'z so'zimizni ayta olishimiz kerakligini ta'kidlamoqchi bo'ldim holos.Yoqadi deb umid qilaman.Fikrlar bo'lsa bemalol. 

Farhodlar noma deb sms yozar, 
Shirinlar erinmay tirnoqni bezar, 
Navoiyning ruhi bezovta kezar, 
O'zligim tanishni o'rganay kimdan? 
Taraqqiyot rosti,charchadim sendan. 

Ko'chada dastingdan erkin yurolmay, 
Kitobhona tomon otim surolmay, 
Mashrabning baytini aytib berolmay, 
yuzim shuvut,o'tmay men imtihondan, 
Taraqqiyot rosti,charchadim sendan. 

Singlimning kiygan tor shimi senmisan? 
Opamning labida nori senmisan? 
haromga shunchalar bag'ri kengmisan? 
shayton lashkariday kelding to'rt yondan, 
Taraqqiyot rosti,charchadim sendan. 

Otamning choponin egnidan yechib, 
Onamning qirq kokil sochidan kechib, 
ro'moliday sen ham ketsayding uchib, 
gul deb uzatganing ilon qo'yindan, 
Taraqqiyot rosti,charchadim sendan. 

Dala,bog'larimni ajdarday yutib, 
baland uylaringning kalitin tutib, 
yarim yalong'ochday oldimdan o'tib, 
ko'rib qo'y O'zbek deb kulma ustimdan. 
Taraqqiyot rosti,charchadim sendan. 

Bobomning belbog'i belimda hali, 
Ali Vali emas,Valimas Ali, 
Alisherning qo'liga tushasan hali, 
yuvuqsiz qo'ling tort O'zbekistondan. 
Taraqqiyot rosti,charchadim sendan.

Добавлено (21-Июн-2013, 01:56)
---------------------------------------------
Ko'zim uchdi.
So'zim uchdi.
Seni kutib,seni o'ylab.

Tilim qondi.
Dilim yondi.
Olovli ishq kuyin kuylab,

Sen boqmading,
Gul taqmading,
quvontirib,dol qaddimga.

Darvesh bo'ldim.
Sarhush kuldim.
boqib,cho'kkan bu qadrimga.

Sen uzatding,
bolday shirin,
so'zlaringni begonaga.

Men kuyingda,
Majnun yanglig'
aylandim hor devonaga.

Endi Kunlar.
Zarli tunlar,
azob berar bu jonimga,

Hech bo'lmasa,
Tushlarimda,
kelib turgin sen yonimga.

Tushunaman,
or qilaman,
senga boqmoq endi harom,

Nima qilay,
Bir umrga,
tuzalmasa qonli yaram.

O'glinggami.
Qizinggami.
O'qib ushbu mahzun she'rni.

Esla menday,
qalbi vayron,
yuragi qon Alisherni.

Добавлено (21-Июн-2013, 01:57)
---------------------------------------------
Lyubov s pervogo vzglyada. 

Nafis kapalakday qaydan nogahon,
kelib,qo'nding dilim ovloq joyiga,
bir qiyo boqqanding,ko'zlarim tinib,
oqdim Tohir kabi ishqning soyiga.
Sen esa kokiling o'ynab har tomon,
kulib deding"suvga ayting tushingiz,
akam bilsa bormi,butun mahalla,
erta tongda eydi o'lik oshingiz."
Men esa parvo ham qilmayin sening,
yuzlaringga to'yib boqmoq bo'laman,
gar rozi bo'lmasang,hozir shu onda,
darahtga suyanib aniq o'laman.

 
Dilnoza_EСана: Якшанба, 23-Июн-2013, 09:07 | Изох # 456
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 1372
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 366
Холати: Хозир йўқ
Sinfdosh.

Mana bugun yana bir bora,
Diydorlashdik sobiq sinfdosh.
Dilda hayajonlar jöshib tobora,
Közlardan oqadi marjon-marjon yosh.

Birma-bir eslanar maktab yillari,
Qanchayin shöh edik, edik beg'ubor.
Ösha davrlarni sog'inib chindan,
Qaytgimiz keladi bölib intizor.

Yana bolalikka qaytib qolsak gar,
Birga ahil bölib öqir edik biz.
Oradan ötsada oylar va yillar,
Qadrdon damlarni unutmagaymiz.
 
DadaxonСана: Чоршанба, 26-Июн-2013, 14:19 | Изох # 457
Sayyod.com мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 203
Тақдирланишлар: 1
Хурмат даражаси: 244
Холати: Хозир йўқ
Söroq???
Makonimni saxro etib
Chaman ichra yuroldingmi,
Qöllarimga og'u tutib
Özing sharbat icholdingmi??

Quchsam alam qucharman
Yursam tig'da yurarman,
yuragimga xanjar berib
Özing gullar tutoldingmi??

Yengildim, mag'lub böldim
G'oliblik xissin tuyoldingmi,
Közga yoshlar xadya etib
Aytchi, bir bor kuloldingmi??

G'amxöring edim özim
Ketib mexriboning topoldingmi,
Unutmoqqa ojizlik qildim
Senchi unutoldingmi??

Deding: nafratga qöl tuting
Sevmang yomon köring.
Nafratlantirmoqqa urindingu
Özing yomon köroldingmi??

Ming bölakka bölib qalbni
Xokm etding vujudga dardni,
Köksingdagi xasta yurakni
Aqling izmiga sololdingmip??

Xayotingdan xaydading quvding
Xayolingdan xaydoldingmi,
Sen yöq xastadur dilm
Mensiz xushnud böloldingmi??

Kör qilb ketding közlarim
Özingdan özgani körmay qöydi,
Meningdek nigox topoldingmi
Özga özga boqoldingmi??

Söroqlarim adog'i yöq
Mensiz bahtga yetoldingmi,
Mendan ketdinku kechib
Ayt, özgani sevoldingmi???
Oshiq.D
 
Dinora_Golden_GirlСана: Чоршанба, 26-Июн-2013, 14:37 | Изох # 458
Sayyod.comда пропискада!
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 4486
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 908
Холати: Хозир йўқ
G'amxo'ring edim o'zim
Ketib mehriboning topoldingmi,
Unutmoqqa ojizlik qildim
Senchi unutoldingmi??

Mana shu joyini uje yodlavoldim...
Supppeeer Oshiq.D
Sizdan yanada ko'prooo ijod namunalari kutib qolamiz... Ijodizga Omad...!!!

(...yana yo'qolib ketseeez, jazolab tashiyman disamdee...)


Fikrim satrimda oshkor!)
 
uzigabek1920Сана: Якшанба, 30-Июн-2013, 18:15 | Изох # 459
Иштирокчи
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 241
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 322
Холати: Хозир йўқ
Бу шеър айрим мобил опералар очмагани учун бошкатдан е'зилди. (энди точни очади)

***
Бахтиёр кунларда дилда
бир алам.
Шайтонга дарс бериб бошлади одам.
Гоҳ билиб, гоҳ билмай
ташланган қадам.
Чет элда қул бўлаётган оғаларим.
Укам, синглим, эсизгина опаларим.

Ёлғон ваъдаларнинг домига учган.
Қўйнига тўлдириб,
пуч ёнғоқ қучган.
Ватандан олисда минг қайғу ичган.
Чет элда қул бўлаётган оғаларим.
Укам, синглим, эсизгина
опаларим.

Кимдандур дарак бор, кимлар бедарак.
Ким нон талашмишдир, кимлар жонсарак.
Ота-она кутар йиғлаб, жонҳалак.
Чет элда қул бўлаётган
оғаларим.
Укам, синглим, эсизгина опаларим.

Сўлди четга чиқиб, не-не
гулюзлар.
Эҳ, қулдай ишлашар кеча-кундузлар.
Ўрмонларга кириб
қайтмаган излар. .
Чет элда қул бўлаётган оғаларим.
Укам, синглим, эсизгина опаларим.

Не деб атай жони нафсга ботганларни?.
Иймон сотиб, шайтон билан ётганларни.
Отиш керак асли одам сотганларни!.
Чет елда қул бўлаётган
оғаларим.
Укам, синглим, эсизгина опаларим.

Кўзлар очилгандур саргардон дайдиб?. Босилган қадамга минг тавба айтиб.
Кутаябмиз қайтинглар,
келинглар қайтиб!
Чет элда қул бўлаётган
оғаларим.
Укам, синглим, эсизгина опаларим.

Акбар Шоҳ.

***
Baxtiyor kunlarda dilda bir alam.
Shaytonga dars berib boshladi odam.
Goh bilib goh bilmay tashlangan qadam.
Chet elda qul bo'layotgan og'alarim.
Ukam, singlim, esizgina opalarim.

Yolg'on va'dalarning domiga uchgan.
Qo'yniga to'ldirib, puch yong'oq quchgan.
Vatandan olisda ming qayg'u ichgan.
Chet elda qul bo'layotgan og'alarim.
Ukam, singlim, esizgina opalarim.

Kimdandur darak bor, kimlar bedarak.
Kim non talashmishdir, kimlar jonsarak.
Ota-ona kutar yig'lab, jonhalak.
Chet elda qul bo'layotgan og'alarim.
Ukam, singlim, esizgina opalarim.

So'ldi chetga chiqib, ne-ne gulyuzlar.
Eh, qulday ishlashar kecha-kunduzlar.
O'rmonlarga kirib qaytmagan izlar. .
Chet elda qul bo'layotgan og'alarim.
Ukam, singlim, esizgina opalarim.

Ne deb atay joni nafsga botganlarni?.
Iymon sotib, shayton bilan yotganlarni.
Otish kerak asli odam sotganlarni.
Chet elda qul bo'layotgan og'alarim.
Ukam, singlim, esizgina opalarim.

Ko'zlar ochilgandur sargardon daydib?.
Bosilgan qadamga ming tavba aytib.
Kutayabmiz qaytinglar, kelinglar qaytib!
Chet elda qul bo'layotgan og'alarim.
Ukam, singlim, esizgina opalarim.

Akbar Shoh.


Originallikka intil.
 
Kamola_95Сана: Душанба, 01-Июл-2013, 23:58 | Изох # 460
Иштирокчи
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 270
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 398
Холати: Хозир йўқ
QARO QOSHLIGIM
Qoshi qora notanish yigit,
Muncha mahliyosan ko'zimga,
Yuragimdagi g'amni qurit,
Ishonmagin meni so'zimga.
Men senga ho'b tashvish keltirdim,
Ahir bu injiqligimdanmas,
Seni o'zimdan ko'p bezdirdim,
Bu sen uchun muammo emas.
Jahlin chiqib gohida, menga,
Bir nimalar deb o'ksinasan,
Bilasan befarqmasman senga,
Shuning uchun battar sevasan.
Ahir men ko'p go'zal emasman,
Ahir feli keng ham emasman,
Sochi uzun pari ham emas,
Ko'zi shahlo dilbar emasman.
Nechun bunchalar meni sevib,
Ardoqlaysan qaro qoshligim,
Meni ko'rib sevinib, suyib
Ezozlaysan balo boshligim..?
Ha boshingda baloing o'zim,
Ha dardingga davoing o'zim,
Seni g'urbat, jazoing o'zim,
Qaro qoshli, yulduz ko'zligim!


Don't worry, be happy. Inshallah all will be ok!!!
 
uzigabek1920Сана: Чоршанба, 03-Июл-2013, 01:40 | Изох # 461
Иштирокчи
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 241
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 322
Холати: Хозир йўқ
Ko'ngilda bir olov yondi,
Muhabbatning samosidan.
Tun holidan tamom tondi,
Qoshlaringni qarosidan.

Bir ko'rdim-u, hayol shoshgan,
Pari qadding rasosidan.
Senga dilning mehri oshgan,
Qoshlaringni qarosidan.

Ko'ngil oshiqlikka nomzod,
Kuyub soching jilosidan.
Sha'ningga mingta mustahzod,
Qoshlaringni qarosidan.

Sevdirding-a, sevib qoldim,
Kuydim ishqing jafosidan.
Halovat ber, yomon yondim,
Qoshlaringni qarosidan.

Yurak hasta, ado bo'lg'ay,
Bag'ir qondur, yarosidan.
Bu dardlarga davo bo'lg'ay,
Qoshlaringni qarosidan.

Umidim shul makon topmoq,
Chin oshiqlar fazosidan.
Dardga qalbim tamom yopmoq,
Qoshlaringni qarosidan.

Kel-ey janon o'zing tengim!
Saqla xijron balosidan.
Qasam tanho seni sevdim!.
Qoshlaringni qarosidan.

***
Ko'ngilda bir olov yondi,
Muhabbatning samosidan.
Tun holidan tamom tondi,
Qoshlaringni qarosidan.

Akbar Shoh.


Originallikka intil.
 
uzigabek1920Сана: Пайшанба, 04-Июл-2013, 21:05 | Изох # 462
Иштирокчи
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 241
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 322
Холати: Хозир йўқ
Chuqur nafas olib, bitta hayqirsam,
Yurak tomog'imdan chiqib ketsaydi.
Mayli tongda azon bo'lib aytilsam,
Faqat bu azoblar tugab bitsaydi.

Akbar Shoh.


Originallikka intil.
 
AlisherbekUZСана: Жума-муборак кун!, 05-Июл-2013, 20:38 | Изох # 463
Иштирокчи
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 156
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 187
Холати: Хозир йўқ
Hayot jilvalanar quyosh nurida,
Pok niyatlar ko'pdur dilning to'rida,
sizga o'tinchim bor-iltimos do'stim,
O'tganlarni tinch qo'ying yotgan go'rida.

Ular unday edi,bular bunday deb,
malomat qilmangiz ularni hadeb,
yurmang deyman,erta xop pushaymon yeb,
O'tganlarni tinch qo'ying yotgan go'rida.

Xar banda dunyoda xato qiladi,
xoinlik va yoki vafo qiladi,
Haqning xisobi bor-O'zi biladi,
O'tganlarni tinch qo'ying yotgan go'rida.

Shukur,tirikman deng-intiling baxtga,
tinglang mozorlar xam to'la oh-vohga,
ularni yomonlab irg'itmang choxga,
O'tganlarni tinch qo'ying yotgan go'rida.

Ibrat oling o'qib,bu bob-bo'limni,
Kun kelib xar bir jon totar o'limni,
ayb izlab tang qilmang yana xolimni,
O'tganlarni tinch qo'ying yotgan go'rida.

O'lganlar ketishdi,qaytishmas sira,
tuproqning ostida kim xor,kim to'ra,
tiriklar qalbini qilmasdan xira,
O'tganlarni tinch qo'ying yotgan go'rida.
 
Kamola_95Сана: Жума-муборак кун!, 05-Июл-2013, 23:28 | Изох # 464
Иштирокчи
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 270
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 398
Холати: Хозир йўқ
Dunyodan bevaqt ko'z yumgan Zebo ismli qizaloq hotirasiga bag'ishlanadi.
________________
Kechir Zebo seni asrab qololmadik,
Taningdagi dardingni biz ololmadik,
Sal kechga qolibmiz ulgurolmadik,
Kechir Zebo seni asrab qololmadik.
Boqiy dunyoga ketibsan-ku barvaqt,
Alloh o'zi seni jannati qilsin,
Muncha beshafqat bo'lmasa-ya bu vaqt,
Farishtalar senga parvona bo'lsin.
Sayyod qancha jon kuydurmasin sening,
Ketar chog'ing bo'lgan ekan-da afsus,
Bugun ko'zlarimizdan yosh tinmas bizning,
Dardingga davo yo'q ekan-da afsus...
Faxrli insonmiz deya kerildik,
Biz qon berdik, hayriya qildik,
Lek Alloh oldida ojiz ekanmiz,
Biz seni asrolmay dog'ingda qoldik.
Oilangga ta'ziyalar bildirdik,
Yig'lab. yig'lab, o'ksinib ham to'yolmadik,
Kechir, kechir, yordam berolmadik,
Kechir ZEBO seni asrab qololmadik...:'(


Don't worry, be happy. Inshallah all will be ok!!!
 
GULI_NURСана: Шанба, 06-Июл-2013, 16:56 | Изох # 465
Сайтимиз қадрли мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 2124
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 795
Холати: Хозир йўқ
Akbarshoh odam savdosi she'riz zööööör smile braaaaavooooo smile OOOOOMAAAAADLAAAAAR...!!!
smile
 
Zinnura_KСана: Шанба, 06-Июл-2013, 19:25 | Изох # 466
Sayyod.com мухлиси
Гурух: VIP
Изохлар: 863
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 1466
Холати: Хозир йўқ
Akbarshoh... Siz orgenal insonsiz do'stim))

Alisherbek...ijodizga ko'zmunchoq taqib qo'yin))))


erka farishta....(m)....
 
DadaxonСана: Пайшанба, 11-Июл-2013, 17:25 | Изох # 467
Sayyod.com мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 203
Тақдирланишлар: 1
Хурмат даражаси: 244
Холати: Хозир йўқ
Közlarida mexri bor Sözlarida
sexri bor,
Oshiqlari yölin kutar,
Bir boqishiga intizor.
Özbegimning gözallari,
Beshariqning gözallari.
Ibolidur xayolidur,
Öz yoriga vafolidur,
qöllarida yuz xunar, Qadamidan
gul unar. Özbegimning gözallari,
Besharig'im gözallari.!

Добавлено (11-Июл-2013, 16:25)
---------------------------------------------
Sayyoddan ilxomlanib.

Xozir qayt..
Közlarim yoshdan bir zum
töxtasin,
Xozir qayt
Vaslingdan dilm yayrasin.

Xozir qayt..
Qaxraton faslim baxor
etib,
Xozir qayt
Oshig'ing toldiku kutib.

Xozir qayt..
gul yuzingga labim teksin,
Xozir qayt
Sog'inchlarim xarom bölsin.

Xozir qayt..
Bir soniyalik diydor kifoya,
Xozir qayt
mayli sözlab yolg'on
xikoya.

Xozir qayt..
Iforing xis etsin dimog'im,
Xozir qayt
sochlaring silasin
barmog'im.

Xozir qayt..
sog'inch meni
öldirmasidan,
Xozir qayt
Qabrim uzra gul
unmasidan.

Xozir qayt..
Qalamlarim sinib ketsin,
Xozir qayt
Dardli baytlar tugab bitsin.

Xozir qayt..
Bir bora töyiiiiib boqay
Xozir qayt
sitamgoxim eshign yopay.

Xozir qayt..
Qonlar dengizida chökmasimdan
Xozir qayt
Yurakni yulib kömmasimdan.

Xozir qayt..
Bög'zimga tiqildi jonim,
Xozir qayt
bag'ritoshim vafosizm jononim.

Xozir qayt..
Taftingdan vujud titrasin
Xozir qayt xozir
Oshiq.D ölmasin! Yashasin.

Xozir qayt! Sog'inchlarim xarom
bölsin...

 
Dinora_Golden_GirlСана: Пайшанба, 11-Июл-2013, 21:01 | Изох # 468
Sayyod.comда пропискада!
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 4486
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 908
Холати: Хозир йўқ
Hozir qayt qabrim uzra gul unmasidan...

Vujudim muzlab ketdi... Hamma satri yoqdi judayam... Siz beg'uborsiz akajonim... Omadchalarim... hands


Fikrim satrimda oshkor!)
 
DadaxonСана: Пайшанба, 11-Июл-2013, 21:31 | Изох # 469
Sayyod.com мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 203
Тақдирланишлар: 1
Хурмат даражаси: 244
Холати: Хозир йўқ
Raxmat Madina xar doim she'rimni qöyganimda birinchi bölib siz fikr bildirasiz, e'tibor uchun cheksiz tashakkur va albatta xurmat.
 
uzigabek1920Сана: Сешанба, 16-Июл-2013, 00:26 | Изох # 470
Иштирокчи
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 241
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 322
Холати: Хозир йўқ
Haqiqatni o'zingdan izla.
Qalbingdagi hislarga tegin!
Bir martaga o'zingni sizla.
"Men ham sizni sog'indim" degin.

Dunyo dema, dunyo eski to'y.
Seningsiz ham ko'pdir unda o'y.
G'ururingni bir chekkaga qo'y.
"Men ham sizni sog'indim" degin.

O'zgalar deb o'zingdan kechma.
Bahonalar to'qima, bichma!
Baxtga qarshi og'uni ichma!
"Men ham sizni sog'indim" degin.

Xijron yomon, qiynog'i zo'r-a?
Oshiq dillar qayg'uga to'la.
Qalbim holin, qalbingdan so'ra.
"Men ham sizni sog'indim" degin.

Qara, ketding kimlar baxtiyor?.
Bayram qilib, kulmoqda ag'yor.
Sen ham mendek, abgor, intizor.
"Men ham sizni sog'indim" degin.

Sezdingmikan, vayronman holsiz.
Sen ham ojiz, mendayin yolg'iz.
Qalbimizda axir o'sha his.
"Men ham sizni sog'indim" degin.

Dil sanchig'i yurakka chiqmay.
Ko'ngil tanga nayzalar tiqmay.
Ojiz umrim tugamay, bitmay.
"Men ham sizni sog'indim" degin.
. . .
Haqiqatni o'zingdan izla.
Qalbingdagi hislarga tegin!
Bir martaga o'zingni sizla.
"Men ham sizni sog'indim" degin.

Akbar Shoh.


Originallikka intil.
 
Zinnura_KСана: Сешанба, 16-Июл-2013, 02:10 | Изох # 471
Sayyod.com мухлиси
Гурух: VIP
Изохлар: 863
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 1466
Холати: Хозир йўқ
"men ham sizni sog'indim" degin...
Vayyyy sog'inisham gapmi... She'rlarizni sog'indikkk.... smile

Akbarshox.. Sizga zo'r shoirligizni etkanmidim? To'g'risi.. Ijodzini matashga so'z topolmayamman..uzur endi...
Gapim qomadi... Faqat bitta gapni qaytaraman.. Siz Hudoyimni Mo'jizasisiz.. smile

Добавлено (16-Июл-2013, 01:10)
---------------------------------------------
Oshiq bola)) siz esa orginalsiz... Takrorlanmas..ijod...
Qoil qolamande do'stim... Kichkinagina yuragizga qaydam shuncha tuyg'ular.. Qaydam shuncha muxabbat...
Qaydam shuncha istedod..
Sizga xavasim keladi) Dadaxon... (ko'ppp maqtasam erkalanib ketmesmi? smile endi bilib bo'ladimi )


erka farishta....(m)....
 
Nilufar_93Сана: Сешанба, 16-Июл-2013, 02:30 | Изох # 472
Иштирокчи
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Изохлар: 270
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 237
Холати: Хозир йўқ
Zinnura fikrizga qo'wilaman Akbar Shoh Muhammad Yusuf she'rlaridagi hislar sizning she'rlaringizda ham ufurib turibdi.

Haqiqat havoga o'xshaydi,nafas olib turasizu,o'zini ko'rmaysiz.
 
AlisherbekUZСана: Сешанба, 16-Июл-2013, 07:06 | Изох # 473
Иштирокчи
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 156
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 187
Холати: Хозир йўқ
Alisherbek...ijodizga ko'zmunchoq taqib qo'yin)))) raxmat Zinnuraxon
 
Qitmir_No:1Сана: Сешанба, 16-Июл-2013, 07:35 | Изох # 474
Иштирокчи
Гурух: VIP
Изохлар: 435
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 234
Холати: Хозир йўқ
Шеърлар ажойиб. Менам шеърларимни ёзишга харакат киламан.

Mani yozganlarimni tushunish uchun, nikimga qarashni o'zi kifoya!
 
uzigabek1920Сана: Сешанба, 16-Июл-2013, 08:30 | Изох # 475
Иштирокчи
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 241
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 322
Холати: Хозир йўқ
Alohida e'tirof va e'tibor uchun tashakkurlarim.

Originallikka intil.
 
Поиск: