[ Янги изохлар · Фойдаланувчилар · Қоида · Изламоқ · RSS ]
  • Страница 36 из 36
  • «
  • 1
  • 2
  • 34
  • 35
  • 36
Модератор форума: Giyos, SarVario, komol_76, Anv@rbek  
She'rlar
bek88Сана: Якшанба, 22-Фев-2015, 20:42 | Изох # 876
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 1565
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 649
Холати: Хозир йўқ
Жилмаясиз.
Индамайсиз, дил чидамас.
Аммо сизнинг севгингиз ўз ишидадир.

Сиздаги ишқ – тилингизнинг учидамас,
Сиздаги ишқ – дилингизнинг ичидадир


Sayyod.com hayotim bir bo'lagi.
 
Dinora_Golden_GirlСана: Сешанба, 24-Фев-2015, 23:34 | Изох # 877
Sayyod.comда пропискада!
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 4486
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 908
Холати: Хозир йўқ
Mehribonchalarim "She'rlar" mavzusini jonlantiringizlar...

Dilnoza opa, Akbarshoh, Qodirbek aka, Bek aka she'rlaringizdan bahramand qilib turingizlar Azizlarim smile


Fikrim satrimda oshkor!)
 
bek88Сана: Чоршанба, 25-Фев-2015, 13:42 | Изох # 878
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 1565
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 649
Холати: Хозир йўқ
Bilmadim sеn kimsan? Armon bеkasi,Qo’lim еtmas olis, yarqiroq yulduz.Tongi shabnam yanglig’ omonat hus?Oppoq kapalakday bеozor bir qiz.O’zim kim bo’libman sеni suygani?Bir bandi insonman tubsiz xayolga,Ermak bo’layotgan bir xazon yanglig’Kulgi bo’layotgan unsiz shamolga.Aldovga ko’nikkan gumroh insonman,Armonga aylangan mangu orzusiQalbimda o’chgan u, umid atalmis?Yolg’onchi ro’yoning so’ngi yog’dusi

Sayyod.com hayotim bir bo'lagi.
 
uzigabek1920Сана: Чоршанба, 06-Май-2015, 18:18 | Изох # 879
Иштирокчи
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 241
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 322
Холати: Хозир йўқ
Charchoq tan uyquga bermaydi izn,
Dil qo'zg'olon qilar tun bo'yi.
Qor qoplagan sevgining izin,
Yorishtirar yolg'izlik o'yi.

Qalb hokimi ishqning qudrati,
Ismi ko'ngil g'uborlarida.
Me'ros yorning yolg'iz surati,
Yuragimning devorlarida.

Dilmurod Akbarov


Originallikka intil.
 
uzigabek1920Сана: Пайшанба, 28-Май-2015, 16:14 | Изох # 880
Иштирокчи
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 241
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 322
Холати: Хозир йўқ
Rashk.
Xayollarim yana chalkash, o`ylarim cheksiz,
Tortiqilaydi tomog`imni go`yodor sari.
Dil qo`zg`olon boshlaganu, zakovat erksiz,
Go`yo menga urush ochgan dunyoning bari.

Vujud qo`nim topa olmas, titraydi halak,
Yupatmaydi xech bir zarba, xech bir bahona.
Na bir ovoz tinglamaydi, tinglatmas yurak,
Dunyo mening yuragimga tor qamoqxona.

Tund qiyofa tentiraydi ovozsiz, unsiz,
Bo`g`zim uzra tiqiladi ajdar nafasi.
Savol savol yig`ib kelar sonsiz, o`rinsiz,
Lahza sayin toraymoqda ko`krak qafasi.

Ishqing tol’e, ishqing baxt, ishqing muqaddas,
Minglab qizga so`z demadim, bir senga ko`ndim.
Oh, o`zimni yondirdiku otashin nafas,
Ishqing bilan tirilgandim, rashkingda o`ldim.

28.05.2015 y. Dilmurod Akbarov


Originallikka intil.
 
Dilnoza_EСана: Шанба, 30-Май-2015, 06:11 | Изох # 881
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 1372
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 366
Холати: Хозир йўқ
Akbarshox ofarin. Judayam ta'sirchan va go'zal satrlar yozibsiz. Ijodizga ulkan omadlar.
 
uzigabek1920Сана: Пайшанба, 18-Июн-2015, 20:23 | Изох # 882
Иштирокчи
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 241
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 322
Холати: Хозир йўқ
-=Ishqim talabi=-
Yolg'on hasrat, yolg'onchi kulgu,
Ajratay deb ko'p ovvoraman.
Hasratini boshlasa tuyg'u,
Ketgim kelar shu sayyoradan.

Olam g'alat, inson g'alati,
O'z-o'zini tushunmas ba'zan.
Ortib borar nafsi, g'aflati,
Ko'ngil demas ko'nib tursa ham.

Dunyo bilan kelisholmadim,
Ko'ngil desam tinmay kuldi u.
Aql, yurak - bo'lisholmadim,
Ko'nglim meni ishqqa burdiku.

Va aslimni izladim undan,
Asliyat-ki, asli noma'lum.
Rozi bo'lmas edim o'zimdan,
Tug'yonlarin qilmasa tuyg'um.

Bir ko'rdimu tanidim seni,
Uyqularim uchirgan malak.
Jisming sevgi, isming ishq seni,
Borligini sezdirdi yurak.

Yondim.
Ko'ksim bo'lib alanga,
Vujud sezdi olam kengligin.
Boshqa yurak kirganda tanga,
Ko'ngil aytdi ishqim senliging.

Shundan buyon hajringda zorman,
Bu hol meni qiynamas aslo.
Husning, xulqing qarshida lolman,
Mukammalsan olamda tanho.

Sevging bilan yashasam deyman,
Hayotimga bosh bo'lsa ishqing.
Sen men bo'lsang, men esa senman,
Ishi bo'lmasin bizla xech kimning.

Dunyoning ming sinovlari bor,
Mahv etamiz yelkama-yelka.
Qayg'usidan zeriksang dildor,
Hammasini qo'yib ber menga!.

Sendan tanho istak umidvor,
Va baxsh bo'lsin senga jonu tan.
Meni bitta yurakkinam bor,
Urushtirma meni u bilan!.

Dilmurod Akbarov. 01.06.2015. 01:39

Добавлено (18-Июн-2015, 20:23)
---------------------------------------------
Seni sevish azob, seni sevging dard,
Darding sog'intirar, azob qumsaydi.
Sog'inchim ishqimga qo'yganida shart,
Qaysar muhabbating qani ko'nsaydi...

Xayolning eng olis sarhadlaridan,
Eng yaqin hislarcha faqat sen borsan.
Hayotning eng yorqin zarxatlarida,
Eng buyuk sezgisan, baxtsan, ozorsan.

Kuysam olov sensan, tafting otashin,
Kulsam ham quvonchim sababi o'zing.
Goh orom baxsh etsa qiyo qarashing,
Goh jonim jallodi berahm ko'zing.

Sevgining musaffo, pok samosini,
Seningla yulduzga to'ldirish istak.
Olamga muhabbat aks-sadosini,
Baralla taratmoq istaydi yurak.

Qancha azob bo'lsa mana men tayyor,
Tikonsiz gul bo'lmas, ishvasiz sanam.
Nozlar et, erkalan, qiyna mayli yor,
Toraysin yuragim sig'magan tanam.

13.06.2015 19:13
Dilmurod Akbarov


Originallikka intil.
 
muzaffar_abdullayevСана: Пайшанба, 18-Июн-2015, 21:01 | Изох # 883
Рўйхатда
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 54
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 70
Холати: Хозир йўқ
hamma sherlar juda zor)))
 
uzigabek1920Сана: Якшанба, 01-Ноя-2015, 03:58 | Изох # 884
Иштирокчи
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 241
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 322
Холати: Хозир йўқ
O'ynamadim, o'yin bo'ldi,
Tuyg'ular bir tiyin bo'ldi.
Men jonimni berib sevdim,
Sevilishim qiyin bo'ldi.

Osmonlarda uchdim sevib,
Yulduzlarni quchdim sevib,
Yuragimni yorga berib,
Sevilishim qiyin bo'ldi.

Suygan ko'ngil tilka pora,
Kuygan ko'ngil tilka pora,
Ohim yetmas go'zal yora,
Sevilishim qiyin bo'ldi.

Kutganim faqat sadoqat,
Sevgimga toqat sadoqat,
Topganim dilga jarohat,
Sevilishim qiyin bo'ldi.

Osmonimga oy yetmadi,
Kulgumga chiroy yetmadi,
Yuragidan joy yetmadi,
Sevilishim qiyin bo'ldi.

Mehrimga vafo qaytmadi,
Dardini dildor aytmadi,
Tinglay dedim tinglatmadi,
Sevilishim qiyin bo'ldi.

Kuysam qadrimga kuydimda,
Tortgan jabrimga kuydimda,
Barin taqdirga yo'ydimda,
Sevilishim qiyin bo'ldi.

Ming urundim, ming dard yutib,
Sezilishim qiyin bo'ldi.
Bevafodan mehr kutib,
Sevilishim qiyin bo'ldi.

O'ynamadim, o'yin bo'ldi,
Tuyg'ular bir tiyin bo'ldi.
Men jonimni berib sevdim,
Sevilishim qiyin bo'ldi.

Dilmurod Akbarov
23.08.2015.
11:23

Добавлено (01-Ноя-2015, 03:58)
---------------------------------------------
O'RIN
Qushga xech kim suzgin demaydi,
Parvoz talab qilmas baliqdan.
Suv ham simyog'ochda kelmaydi,
Oqib o'tar quvur, ariqdan.

Otni tiqib tovuq katakka,
Otxonada tovuq boqmaslar.
Yo kamazni olib shatakka,
Velosiped bilan tortmaslar.

Yoki muzni tashlab o'choqqa,
Yoqishmaydi undan alanga.
Yo tuxumni tashlab po'choqqa,
Po'chog'ini solmas qozonga.

Barcha narsa o'z xizmatida,
Hamma turlar bilar o'rnini.
Gap ketganda ranglar haqida,
Oq demaydi xech kim ko'mirni.

Ammo inson ajab mavjudot,
Mavqe' talash, mansabparastroq.
Ma'nosi yo'q bilim, iste'dod,
Goh eng baland pastdan ham pastroq.

Nafsi yomon, nafsi baloda,
Qidiradi mansabning zo'rin.
Butun umr yashab dunyoda,
Topmay o'tar o'zining o'rnin!

Dilmurod Akbarov. 31.10.2015


Originallikka intil.
 
ISROILСана: Душанба, 02-Ноя-2015, 21:14 | Изох # 885
Рўйхатда
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 2
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
Osmoningni tark etsa quyosh
Yuzlaringni yuvganda ko'zyosh
Topolmasang biror bir sirdosh
Sirlaringni qulog'imga ayt

Yuz o'girsa tole' baht omad
Mendan o'zga qilsa hushomad
Boshinga ko'p yog'sa malomat
Sirlaringni qulog'imga ayt

Dildor sendan o'zga yo'q dilda
Hamrohim bo'l g'amli kunimda
Mezbon bo'lib ko'ngil uyimda
Sirlaringni qulog'imga ayt

Sirlashaylik dunyo g'amidan ...

2002 yil iyun
 
uzigabek1920Сана: Душанба, 06-Ноя-2017, 09:11 | Изох # 886
Иштирокчи
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 241
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 322
Холати: Хозир йўқ
JINOYAT VA JAZO.

Inson eplay ololmagan ish,
Muhabbatga bo'yin egmaslik.
Latofating sezmaslik - qarg'ish,
Jinoyatdir seni sevmaslik!

Sevgi asli sening ismingdir,
Ishq hayoling, raso jismingdir,
Barkamollik asli husningdir,
Jinoyatdir seni sevmaslik!

Ko'zlaringda jam olam siri,
Dunyoni jo etgan har biri,
Shu ikki shahloning ta'siri,
Jinoyatdir seni sevmaslik!

Qomatingdan hurlar uyalar,
Parilar hasaddan kuyarlar,
Oshiq ahli bag'rin o'yarlar,
Jinoyatdir seni sevmaslik!

Zulfing sunbullarga andoza,
Yuz ehtiyoj sezmas pardoza,
Qalb musaffo, yuraging toza,
Jinoyatdir seni sevmaslik!

Rostin aytgin sohtalikdan qoch,
Muhabbatga yuragingni och,
Qosh kiprikka qo'ngan qaldirg'och,
Jinoyatdur seni sevmaslik!

Muhabbatga bo'yin egmaslik -
Sevgi bilmay azoblanishdir.
Jinoyatdir seni sevmaslik!

Seni sevish jazolanishdir!

Dilmurod Akbarov
06.11.2015 0:33

Добавлено (20-Дек-2015, 16:57)
---------------------------------------------
Dada.

Men yetti yot begonalarni,
Yo'qlashni xech qilmadim kanda.
Topib turli bahonalarni,
Yoningizda bo'lmadim Dada.

Ko'rsatmayin aslo yo'qchilik,
O'stirdingiz boshim egmadim.
Siz bir damlab ichgan o'tchalik,
Dada, sizga nafim tegmadi.

O'yin qildim dunyo ishini,
Kimlar bilan qilmadim savdo.
Ko'nglin oldim qancha kishini,
Dardingizga qilmadim parvo.

Siz chinordek qurib bordingiz,
Arslon kabi to'lib bordim men.
Keldi menga suyanmog'ingiz,
Sizga yog'och xassa oldim men.

Deb yurardim "otam baquvvat",
O'ylabmanda yashaysiz mangu.
Eh, davringiz ekan g'animat,
O'rningiz bo'sh, o'ylarim qayg'u.

Endi hasrat boshimda do'ppi,
Endi afsus choponim mening.
Mindingiz-u bir cho'bin otni,
Endi olis osmonim mening.

Parvozimdan kim quvonadi,
Gar yiqilsam kim bo'lar dalda?.
Nima qilay men bu olamni?.
Siz yonimda yo'qsizku Dada!

Bari endi yaxshi bo'lganda,
Siz yonimda yo'qsizku Dada...

Dilmurod Muhammad o'g'li.
20.12.2015

Добавлено (23-Дек-2015, 01:58)
---------------------------------------------
Tun yarmidan o'tib ham qoldi,
Katta shahar osuda va jim.
Yana ishqing oromim oldi,
Yana sevgim yo'qotdi tinchim.

Ruchka o'yga cho'mgandek qo'lda,
Termuladi o'z soyasiga.
Unga tazyiq o'tkazar lampa,
Go'yo qog'oz himoyasida.

Lekin meni qiynaydi bir kuch,
Qoralayman qog'ozning yuzin.
Ko'zyosh to'kar ruchkadagi uch,
Yoziladi dildagi so'zim.

Men ashaddiy, o'jar xudbinman.
O'zimni ko'p sevurman, illo,
Bu koinot, bu keng zamindan,
Sog'inchingni ko'rarman avlo.

Zero o'shal go'zal sog'inching,
Menga yashash zavqini berar.
Yurak olgan bu qadar kuchning,
Tarifini bermoq besamar.

Zero bunday dardli sog'inchdan,
Dil borligin sezadi vujud.
Va umidvor bitta ovunchdan,
Intiq bo'lar visolni kutib.

Xijron kuyin chala boshlaydi,
Dirijyorlik qiladi sog'inch.
Qiynar. Bilar haddim oshmaydi.
Ishqim kuchin biladi sog'inch.

Va bu hislar tug'yonida mast,
O'tkazaman yana bir tunni.
Muhabbatim oloviga qasd,
Sog'inch qalar unga o'tinni.

Ishqing tojim, sog'inching taxtdir.
Sevish omad, sog'inish baxtdir!

23.12.2015. 01:49.
Dilmurod Muhammad.

Добавлено (23-Дек-2015, 01:59)
---------------------------------------------
O'tib borar ekan hayotim,
Yil yig'ilar umrimga qat-qat.
Sinab borar sabrim sabotim,
O'sha sevgi, o'sha muhabbat.

Oshiq ko'nglim koshonalarin,
Yorishtirar gohida yalt-yalt.
Yoqar gohi vayronalarin,
O'sha sevgi, o'sha muhabbat.

Sog'inch bo'lib qiynaydi gohi,
Yig'latadi dilni bo'lib dard.
Yulduz quchar xijronning ohi,
O'sha sevgi, o'sha muhabbat.

Uchdim visol kechalarida,
Osmon yaqin, bori bir qavat.
"Somon yo'li" ko'chalarida,
O'sha sevgi, o'sha muhabbat.

Yuragimdan tayyorlab kabob,
Suv sepadi diydamdan atab.
Sochimdagi qirovga sabab,
O'sha sevgi, o'sha muhabbat.

Yutuqlarim uning izmida,
Intilganim o'zidir faqat.
Qayda bo'lmay borar manzilda,
O'sha sevgi, o'sha muhabbat.

Nolimasman sira taqdirdan,
Bor bo'l, jonim, baxtimga abad!
Vujudimga jon bilan kirgan,
O'zing sevgi, o'zing muhabbat!

21.12.2015.
Dilmurod Muhammad.

Добавлено (02-Фев-2016, 19:40)
---------------------------------------------
Tasodifiy sevgi.

Biroz xorg'in, ozgina charchab,
Qaytar edim mashg'ulotlardan.
Yonginamdan bir bora qarab,
Yoqib o'tding tratuardan.

O'sha kuni mahv etding meni,
Shundan buyon sendadir erkim.
Sehrladi ko'zlaring sehri,
Sochlaringdan taralgan epkin.

Na uyqumga berasan orom,
Na xushyorlik topar halovat,
Qasdlashasan men bilan janon,
Meni qiynab qilarsan rohat.

Ko'zlaringda yulduz yashaydi,
Qoshlar qalam hijolat asar.
Jamolingdan jahon yashnaydi,
Lablar g'uncha, shabnami asal.

Tikilaman senga olisdan,
Cho'kgim kelar ko'zing qa'riga.
Sen sho'xsan yo uyatchan qizsan,
Qancha borsam, ketding nariga.

Sen ham menga emassan befarq,
E'tiboring borligi ayon.
Ko'z so'zlasa lozim emas sharh,
Dil tug'yoni so'zsiz bir bayon.

Yana kunlar topmayman seni,
Yana ilhaq izlab yuraman.
Chopib qolsa omadim meni,
Bir haftada bir bor ko'raman.

Ismimni ham bilmayman xatto,
Sevging meni devona etdi.
Ismingni ham bilmayman xatto,
Bilganim shu "1-67".

Dilmurod Akbarov.
31.01.2016

Добавлено (02-Июл-2016, 17:10)
---------------------------------------------
Ey, birodar qo'rqmaysan, oldingdagi ilondan.
Chunki senga nish qadab, boqqani ayon ekan.

Bu dunyo zahmatlari o'tib turganda jondan,
Qo'yningdan chayon chiqib chaqqani yomon ekan.

Yoringdan vafo istab fido qilsang o'zingni,
Hiyonatga sevgingni otgani yomon ekan.

Do'st deb aytsang siringni, bo'lishsang non tuzingni,
Dushmaningga so'zingni sotgani yomon ekan.

Toshdan qattiq boshingdan oshganda g'avg'olaring,
Ko'nglingda gumon qoni oqqani yomon ekan.

Yiqilganda bir yo'qlab kelmagan oshnolaring,
Yuksalsang hasad bilan boqqani yomon ekan.

Parivashlar bevafo, oqibatsiz do'st desang,
Bu dunyodan toq o'tib ketganing yomon.

Holiqo, Oqibat ber shoirning iltijosi.
Olamni razolatga botgani yomon ekan.

Dilmurod Akbarov.
02.07.2016 16:44

Добавлено (06-Ноя-2017, 09:09)
---------------------------------------------
Бағирлар қон бўлди э воҳ, этмадинг огоҳ мани,
Не қасдки, дил оҳидин этмадинг озод мани.

Ёр, кўнгил васлинг измида изнингга муштоқ вале,
Сен бир имкон топдингг-у ташладинг узоқ мани.

Эй, санам, сенсан жаҳонда дилраболар дилдавоси,
Боқдингу хуснинг йўлида айладинг маддоҳ мани.

Куз дедим кўнгил хазону, уз дедим узмас умид,
Дил узилмас, жон ҳаётдин узмаса ногоҳ мани.

Айлама ҳажринг қурол, ошиғинг минг қатл этиб,
Жамолинг жаннатнамодир айла бир гувоҳ мани.

Дилмурод Акбаров 23:44 31.10.2017

Добавлено (06-Ноя-2017, 09:11)
---------------------------------------------
AkbarOFF ®:
Qiz ko‘nglini nozik deyishdi,
Qo‘rqdim kirib shikast berishga.
Qiz ko‘nglini nozik deyishdi,
O‘rgatdilar ko‘ndim deyishga.
Qiz ko‘nglini otash deyishdi,
Yaqin borma kuydirar yomon.
Qiz ko‘nglini talash deyishdi,
Unda hislar qololmas omon.
Qiz ko‘nglini qahr deyishdi,
Duchor bo‘lma cheksiz nafratga,
Qiz ko‘nglini jabr deyishdi,
Yo‘l boshlama ming mashaqqatga.
Qiz ko‘nglini asov deyishdi,
O‘yinlarga berolmassan dosh.
Qiz ko‘nglini bir dov deyishdi,
Oshiq yurak tikilgan bir tosh.
Qiz ko‘nglini alam deyishdi,
Azob yo‘qmish bundanda ortiq.
Qiz ko‘nglini qalam deyishdi,
Ming shoirdan biriga tortiq.
Qiz ko‘nglini kulgu deyishdi,
Yorisharmish uning-la olam.
Qiz ko‘nglini tuyg‘u deyishdi,
Bunda goh baxt, gohida sitam.
Qiz ko‘nglini savdo deyishdi,
Bahosi yo‘q, ko‘pdir xaridor.
Qiz ko‘nglini dunyo deyishdi,
Samodan keng, zulmat kabi tor.
Qiz ko‘nglini mehr deyishdi,
Yetar!
Bundan o‘tma mosuvo.
Qiz ko‘nglini sehr deyishdi,
Kel, ko‘nglimni sehrla DUNYO...
DILMUROD AKBAROV 12:56 05.11.2017


Originallikka intil.
 
Qitmir_No:1Сана: Чоршанба, 14-Фев-2018, 11:46 | Изох # 887
Иштирокчи
Гурух: VIP
Изохлар: 435
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 234
Холати: Хозир йўқ
Ховлимиз кенг, тўрда тандир бўлар эди,
Ҳар уч кунда Онам нонлар ёпар эди.
Саватдаги иссиқ нонни кўрганида,
Маҳалладан хамма бола чопар эди.

У кунларда қўшниларга кўча тўлиб,
Ёпилмасди бурчакдаги ҳеч бир  дарча.
Тандирлардан тутиларда қўлимизга,.
Бугун болам кўрмаётган иссиқ кулча.

Ўтар умр, тилдан- тилга кўчар ҳикмат,
Қадрин билмас бош деворга тегмагунча.
Нон таъмини билмайдирсан айтай болам,,
Иссиқ нонни  муздай сувда емагунча.

Замон билан замонни кез, дунё кўргин,
Яхши юргин, яхши егин, яхши кийгин.
Мен бўлмасам сен ҳам ўғил-қизларингга,
Кулча бериб нон дарсини ўтиб қўйгин.

Қодирбек Усмонов


Изохни тахрирлади (ўзгартирди) Qitmir_No:1 - Чоршанба, 14-Фев-2018, 11:48
 
toshkandiy88Сана: Жума-муборак кун!, 06-Авг-2021, 17:46 | Изох # 888
Рўйхатда
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 11
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
Қарсаклар. ўйлабман энди меники,
Ўйлабман. муҳлислар менга содиқлар.
Муҳлислар. ёлғоннинг устомонлари,
Ёлғон. шоирга қабр тошлари.

Шерингни айтгину қочиб қол бунда,
Қарсаклар олқишлар халқ билан қолсин.
Сен эса қолавер дардларинг билан,
Марсиянг бўлмасдан соҳта қарсаклар.

Уларчи, бер-бердан нарига ўтмас,
Аслида мақсадинг мағзига етмас.
Шеринга махлиё ўзингни севмас,
Тобуткаш бўлмайди соҳта муҳлислар.

Toshkandiy
 
  • Страница 36 из 36
  • «
  • 1
  • 2
  • 34
  • 35
  • 36
Поиск: