[ Янги изохлар · Фойдаланувчилар · Қоида · Изламоқ · RSS ]
Модератор форума: Giyos, SarVario, komol_76, Anv@rbek  
She'rlar
DadaxonСана: Душанба, 15-Апр-2013, 14:10 | Изох # 376
Sayyod.com мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 203
Тақдирланишлар: 1
Хурмат даражаси: 244
Холати: Хозир йўқ
"Nima diyman"

Foxisha derlar tanasini sotkanlarni,
Sevgisini sotkanlarni nima diyman,
Vada berib qasamlar ichib,
Söng barchasidan tonganlarni nima diyman??

Bozor bilib yurakning xam xonasini,
Közga surib boylikning xar zarrasini,
Odam emas shayton urg'ochisini,
Ayting döstlar nima diyman??

Xiyonatning kuylariga shaydo bölganni,
Özga-özga bag'rlarda paydo bölganni,
Yigit g'ururini toptab ketganni,
Ayting döstlar nima diyman??

Xiyonatning köchalarin kezganlarni,
Chin oshiqni yuragini ezganlarni,
Uchraganga qoshu közin suzganlarni,
Ayting döstlar nima diyman??

Shoxdan shoxga sakrab yurgan qush kabi,
Xarkim körib bölgan tush kabi,
Vijdon nima ibo nima unutganlarni,
Nima diyman sevgisini sotkanlarni?

Ayting döstlar ayting, qanday atay man,
Muxabbatni öyin bilganlarni,
Bu xaqsizlikka qanday chiday man
Ayting döstlar endi netay man.
(Oshiq.D)
 
uzigabek1920Сана: Сешанба, 16-Апр-2013, 13:43 | Изох # 377
Иштирокчи
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 241
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 322
Холати: Хозир йўқ
Negadur begona menga bu zamon.
Tuyg'ular qolmagan qalbda bokira.
Zamon o'zgardimi, o'zgardimi inson?
Men bir kechagiman, men bir xotira.

Yurish, turish, yashash bir hildir, ammo,
O'ylarim o'xshamas tengdoshlarimga.
Yer-zamin kechagi, kechagi samo.
Tayanchdir bugungi bardoshlarimga.

Men bir kechagiman, men bir xotira.
O'tmishdek yashayman zamonam bilan.
Bugungidek hislar yo'q menda sira.
O'tmishda sevishdim janonam bilan.

Tuyg'ular kechagi, hislar kechagi,
Kechagidir xatto hayol surishlar.
Orzular kechagi, armon kechagi.
Kechagidir xatto o'ylab ko'rishlar.

Men bir xotiraman, men bir kechagi.
Bugunga qayerdan adashib tushdim.
So'lib bo'lgan axir qalbim chechagi.
Ko'ksimga urilar alamli mushtim.

Unutman go'yoki bugungilarda.
Axir esdan chiqar vaqt yetib o'tmish.
Tun uchun o'rin yo'q kunduzgilarda.
Men bir xotiraman, men bitta kechmish.

Akbar Shoh.


Originallikka intil.
 
uzigabek1920Сана: Чоршанба, 17-Апр-2013, 14:27 | Изох # 378
Иштирокчи
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 241
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 322
Холати: Хозир йўқ
Nafratim oshmoqda kun o'tgan sayin.
Mehrimdan zarra ham qilmagin umid.
Chopdim qo'lim, soching silagan mayin.
Isming bo'lmayabdi aqlimdan unut.

Muhabbat kuylatib jonimga solgan,
Bir aytsam ming rohat yuragim olgan.
Bugun shu ismdan bir nafrat qolgan.
Isming bo'lmayabdi aqlimdan unut.

Sevgi samosida yayrading, uchding.
Bir jomdan ishq nomli sharoblar ichding.
Nahot, shunda meni yolg'ondan quchding.
Isming bo'lmayabdi aqlimdan unut.

Xiyonat ishqimni jallodi bo'ldi.
Yurak yonib-yonib tugadi, so'ndi.
Bariga ko'ngan qalb bunga ham ko'ndi.
Isming bo'lmayabdi aqlimdan unut.

Bilmasdan ishq dedim, ming yonib, kuydim.
Bir xiyonat ko'rib jonimdan to'ydim.
Oxir sevgiga ham ishonmay qo'ydim.

Isming bo'lmayabdi aqlimdan unut.

Akbar Shoh.


Originallikka intil.
 
uzigabek1920Сана: Пайшанба, 18-Апр-2013, 16:57 | Изох # 379
Иштирокчи
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 241
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 322
Холати: Хозир йўқ
Men ne deyman, ta'rifingga so'zlar yetmas.
Doning yegan chumchuq qaytib uchib ketmas.
Dostondursan xech tugamas, azal bitmas.
Jon jonimga singib ketgan ulug'im VATAN.
O'zingdirsan dunyoda eng suyugim VATAN.

O'zbek desa, Mirzo Bobur esga kelar.
O'zbek desa, Navoiyni dunyo bilar.
O'zbek desa, Temuringdan shiddat yelar.
Shonli tarix, kelajagi buyugim VATAN.
O'zingdirsan dunyoda eng suyugim VATAN.

Bolam deding, boqding millat ajratmading.
Kulsa kulding, yig'lasa lek yig'latmading.
Shavkatingga, shoningga dog' sachratmading.
Farzandi chun jon jigari kuyugim VATAN.
O'zingdirsan dunyoda eng suyugim VATAN.

Bugun dunyo savlatingdan hayratdadur.
Farzandlaring sha'ning uchun xizmatdadur.
Ulug' noming olam aro xurmatdadur.
Imkoni keng, so'zi butun buyugim VATAN.
O'zingdirsan dunyoda eng suyugim VATAN.

Xalqing bugun Haqni bildi iymon yig'di.
Baxting ko'rib, Ulug'bek ochgan osmon kuldi.
Temur yig'gan xalqni bugun Islom yig'di.
Bobom aytgan, "Kelajagi buyugim" VATAN.
O'zingdirsan dunyoda eng suyugim VATAN.

Akbar Shoh.


Originallikka intil.
 
uzigabek1920Сана: Якшанба, 21-Апр-2013, 09:19 | Изох # 380
Иштирокчи
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 241
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 322
Холати: Хозир йўқ
Dadaxon Rahmat.

Добавлено (20-Апр-2013, 09:44)
---------------------------------------------
Bugun sevgidan ham zerikib ketdim.
Endi qiziqmasdek yorning visoli.
Dunyo ishlariga ko'milib ketdim.
Band qildimi hayot tashvish, hayoli.

Ulg'ayib qoldimmi yana bilmadim.
Tunlar entikish yo'q, beg'am uhlayman.
Balki ishqqa uncha parvo qilmadim.
Ammo elas-elas yorim o'ylayman.

Balki bevafoning beishqligidan.
Sevgi yolg'on degan tasavvur oldim.
Balki ishqli dunyo behishtligidan.
Bugun mosuvoman, bexabar qoldim.

Chiqib ketdim shundoq ishq maydonidan.
Balki qaytarolmas xech bitta janon.
To'ydim-ey, sevgining g'am armonidan.
Sadoqat topolmay halak bo'ldi jon.

Bir emas, lahzada ming bora kuydim.
Ishq dedim, yor dedim, oshiqman dedim.
Muhabbat yo'lida ming azob tuydim.
Yor sevib, yordanam yomon pand yedim.

Sevgining har yog'i hisobli ekan.
Ishqimga javoban oldim malomat.
Yurakni nimtalab anduhlar yerkan.
Sadoqatga qarshi ko'rdim xiyonat.

Oxir sevgidan ham to'ydim, charchadim.
Qo'limni yuvdimu qo'ltiqqa urdim.
Dunyo ummoniga tomchidek sachradim.
Sevgisiz dunyoni tartibli ko'rdim.

Akbar Shoh.

Добавлено (21-Апр-2013, 08:19)
---------------------------------------------
Vafodor bo`l . . .
Tonglar otkizardim bir seni o`ylab,
She’rlar yozgan edim senga yuz-o`nlab,
Endi ketayin men senga baxt tilab,
Sen kelin bo`lyapsan yorim qo`shnimga,
Vafodor bo`l endi jonim do`stimga.

Orim edi senga bo`lgan muhabbat,
Borim edi senga bo`lgan muhabbat,
Yurakka dard solar o`lgan muhabbat,
Sen kelin bo`lyapsan yorim qo`shnimga,
Vafodor bo`l endi jonim do`stimga.

Allohdan abadiy muhabbat tilardim,
Sendan faqatgina sadoqat so`rardim,
Sen ham sevar eding buni bilardim.
Sen kelin bo`lyapsan yorim qo`shnimga,
Vafodor bo`l endi jonim do`stimga.

Nomardlar juft qushning qanotin qayirdi,
Ko`rmaganman bunday xudbin, g`ayirni,
Bizni baxtimizdan otang ayirdi.
Sen kelin bo`lyapsan yorim qo`shnimga,
Vafodor bo`l endi jonim do`stimga.

To`ying boshlanmoqda, go`zal bog`, so`lim,
Dil qushim xech joyda topmaydi qo`nim,
Men uchun eng totli bu vaqtda O`LIM.
Sen kelin bo`lyapsan yorim qo`shnimga,
Vafodor bo`l endi jonim do`stimga.

Akbar Shoh.


Originallikka intil.
 
Zinnura_KСана: Якшанба, 21-Апр-2013, 09:25 | Изох # 381
Sayyod.com мухлиси
Гурух: VIP
Изохлар: 863
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 1466
Холати: Хозир йўқ
To`ying boshlanmoqda, go`zal bog`, so`lim,
Dil qushim xech joyda topmaydi qo`nim,
Men uchun eng totli bu vaqtda O`LIM.
Sen kelin bo`lyapsan yorim qo`shnimga,
Vafodor bo`l endi jonim do`stimga.

Akbarshox doimgidek yuraklarni tub tubiga yetib bordiz cry shu yozganlariz o'ziz dardizmi??


erka farishta....(m)....
 
DadaxonСана: Якшанба, 21-Апр-2013, 10:52 | Изох # 382
Sayyod.com мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 203
Тақдирланишлар: 1
Хурмат даражаси: 244
Холати: Хозир йўқ
Yuragim larzadan titrar be un,
Qalbda uyg'ondi nafratu xun,
Söradim Xudodan ushbu kun,
Mensiz baxtli bölma xiyonat chun.

Sen bir qotilsan yuragim tilgan,
Gullagan ishqimizni öldirgan,
Jinoyat qilding sevgi dunyosida,
Beraxmsan dilim ötda kuydurgan.

Söngida afsuslar böladi g'anim,
Kechirmayman yalinsangda qaytib,
Guvox edi axdimizga Tangrim,
Aldading yolg'onli qöshiqlar aytib.

Mayli xudbin bölay mayli,
Bu xolga kelishim axr sen tufayli,
Istayman mendanda azob tortishing,
Istayman xatolaring anglab yetishing.

Dilda tuyg'ular isyon qiladi,
Nafrat bir yon, sevgm bir yon,
Aqlim xam özin xaq biladi,
Örtada yana yurak vayron.

Bitmasmi endi qalb yarolari,
Könglim ololmasmi qosh qarolari,
Gox ölib, gox tiriklayn kömilgan,
Qancha böldi yurakda ishq mozorlari.
(Oshiq.D) 21.04.013. 9:47.

Добавлено (21-Апр-2013, 09:52)
---------------------------------------------
Ps. Akbarshohni she'rini öqib tasirlanib yozildi. Shu yerning özida qoralamadek. Shunchun xato kamchliklari böladi barbr, bemalol etishlaring mumkun. Tanqid menga yordam beradi.

 
Dinora_Golden_GirlСана: Якшанба, 21-Апр-2013, 10:57 | Изох # 383
Sayyod.comда пропискада!
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 4486
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 908
Холати: Хозир йўқ
Oshiq D molllodeees hands agar shötta yozgan böseez ikki martalab ofarin hands

Halirooo sizga bitta zör ideya bervoraman bye yozsezam yozasiz, yozmasezam...


Fikrim satrimda oshkor!)
 
DadaxonСана: Якшанба, 21-Апр-2013, 11:24 | Изох # 384
Sayyod.com мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 203
Тақдирланишлар: 1
Хурмат даражаси: 244
Холати: Хозир йўқ
Raxmat Madinaxon. Xa rostan shu yerda she'rlar mavzusida ötirb yozdm. Kutaman.
 
uzigabek1920Сана: Якшанба, 21-Апр-2013, 12:37 | Изох # 385
Иштирокчи
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 241
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 322
Холати: Хозир йўқ
Zinnura_K. Judayam ozimni dardimmasu, insonni ichida bazan allambalolar oralab qolarkan, shularni natijasi.

Добавлено (21-Апр-2013, 11:37)
---------------------------------------------
Judayam ozimni dardimmasu, ammo bazan odam ozi bilmaydigan narsalarni xis qivorarkan.


Originallikka intil.
 
Dinora_Golden_GirlСана: Якшанба, 21-Апр-2013, 13:03 | Изох # 386
Sayyod.comда пропискада!
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 4486
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 908
Холати: Хозир йўқ
Akbar Shoh zör, qoyil gap bölishi mumkinmas hands yengilarini kutib qolamiz!!! Omad!!!

Fikrim satrimda oshkor!)
 
Zinnura_KСана: Якшанба, 21-Апр-2013, 14:01 | Изох # 387
Sayyod.com мухлиси
Гурух: VIP
Изохлар: 863
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 1466
Холати: Хозир йўқ
Dadaxon hands doimgidey zo'rsiz...)))

erka farishta....(m)....
 
uzigabek1920Сана: Якшанба, 21-Апр-2013, 15:24 | Изох # 388
Иштирокчи
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 241
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 322
Холати: Хозир йўқ
Muhabbat dunyoga mehr socharkan.
Baxt-u dard yurakka qo'nar, ucharkan.
Har inson sham kabi yonar, o'charkan.
Niyat shu adabiyot ishqida yonmoq.
Umidim she'r bo'lib dillarda qolmoq.

O'tkinchi har neki dunyoda bordir.
Bugun aziz, erta, balki abgordir.
Hayot shu gohi qish gohi bahordir.
Maqsad shu, yurakka yo'l topib bormoq.
Umidim she'r bo'lib dillarda qolmoq.

Xoy-u havas, mansab, kelar, ketarkan.
Baxt qadriga bir zor bo'lgan yetarkan.
Vaqt har lahza tinmay tarix bitarkan.
Ilinj shu, tarixda bir satr bo'lmoq.
Umidim she'r bo'lib dillarda qolmoq.

Muhabbat qo'limga tutqizgan qalam,
Bayon qilsin dilda qoldirmay alam.
Beqaror dunyodan gohi ko'zda nam.
O'kinch shu, qalbdagi dardlarni yuvmoq.
Umidim she'r bo'lib dillarda qolmoq.

Akbar Shoh.


Originallikka intil.
 
Dinora_Golden_GirlСана: Якшанба, 21-Апр-2013, 19:00 | Изох # 389
Sayyod.comда пропискада!
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 4486
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 908
Холати: Хозир йўқ
Oxxxooo... Mavlono Nizomiddin Mir Alisher avlodlari uyg'onmoqda... Yashshshang... Ofarin hands Albatta niyatlarizga yetasiz InshaALLAH yahoo

Fikrim satrimda oshkor!)
 
uzigabek1920Сана: Душанба, 22-Апр-2013, 09:13 | Изох # 390
Иштирокчи
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 241
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 322
Холати: Хозир йўқ
G`amgin so`rovlar.
She’rimni yozaman, yirtaman qaytib,
O`qimasin deyman uni birovlar.
Tugatolmam dardim she’rimda aytib,
Yurakda izg`irin, qalbda qirovlar.

Kengayib bormoqda qalb jaroxati,
Raqib adovati, g`anim qaboxati.
Odamlarni bosgan nafs kasofati,
Vujudim yemirar g`amgin so`rovlar.

Dunyoda beminnat mehr ko`rmadim,
Sevib ham sevilib, oydek to`lmadim.
Shuncha dard ko`rsa ham yurak o`lmadim.
Yo`limdan chiqishar ayyor “go`rkovlar”.

Bor bo`lsang ko`rolmaydi, yo`q bo`lsang berolmaslar,
Ig`vo bilan tug`ilgan , ig`vosiz yurolmaslar.
Iymon eshigin ochib bir qadam kirolmaslar,
Ular uchun yonadi otash do`zax olovlar.

Xattoki muhabbatni buyumdek sotisharlar,
Bir-biriga suykalib, orqadan otisharlar,
Azon aytilgan chog`da g`aflatda yotisharlar,
Dilda zarra ishqi yo`q shayton uchun masovlar.

Sovuq ko`zlar hayo pardasin yirtar,
Dillardan iymon rishtasin qirqar,
Mehr ko`tarilib dunyoni tark etar,
Nuroniy bobomdek qo`lida asolar.

Dunyo dardi menga og`irlik qildi,
Yo`limda g`animlar olg`irlik qildi,
Ishq bobida qalbim so`qirlik qildi,
Xar bir qadamimga bordir to`lovlar.

She’rimni yozaman, yirtaman qaytib,
O`qimasin deyman uni birovlar.
Tugatolmam dardim she’rimda aytib,
Yurakda izg`irin, qalbda qirovlar.

Akbar Shoh.


Originallikka intil.
 
DadaxonСана: Сешанба, 23-Апр-2013, 18:25 | Изох # 391
Sayyod.com мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 203
Тақдирланишлар: 1
Хурмат даражаси: 244
Холати: Хозир йўқ
"MADINA" talabga binoan.
Közlariga boqib közlarim,
Topolmay qoldim sözlarim,
Shunchalar gözalmi dilbarim,
Yolg'izmsan özing Madina,
Dardimga malxam sözing Madina..

Öylasam öylarimda paydosan,
Bilmam sen kimga shaydosan,
Qalbim tubida yaralgan nidosan,
Xar tong ilk aytar sözim Madina,
Samoda porlagan nurim Madina..

Orzular saroyida malikam özing,
Men uchun yagona farishtam özing,
Tilagim, maqsadim, umid xam özing,
Dilda ardog'im sevgimsan Madina,
Qalbda ungan gulimsan Madina..

Gözallardan gözalimsan Madina,
Keraklardan keragimsan Madina,
Eng ezgu tilagimsan Madina,
Baxtlardan baxtimsan özing,
Köksimda yuragimsan Madina!!!
(Oshiq.D)

Добавлено (23-Апр-2013, 17:25)
---------------------------------------------
Gözal forumdoshimz iltimosiga asosan Ismlariga atab yozildi.
MAXSUS: DINORA_ GOLDEN_GIRL uchun.

 
БОБОСана: Сешанба, 23-Апр-2013, 19:04 | Изох # 392
ФанФорум рахбари
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 630
Тақдирланишлар: 4
Хурмат даражаси: 1607
Холати: Хозир йўқ
Цитата (Dadaxon)
Gözal forumdoshimz iltimosiga asosan Ismlariga atab yozildi. MAXSUS: DINORA_ GOLDEN_GIRL uchun.
Браво,койил,супер!!!!
 
Dinora_Golden_GirlСана: Сешанба, 23-Апр-2013, 19:08 | Изох # 393
Sayyod.comда пропискада!
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 4486
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 908
Холати: Хозир йўқ
Vuuuyyy vashshshe yoqdi manga hands

Keraklardan keragimsan Madina... Ajjjoooyiiibbb bale mavlono oshiq D hands

She'r muallifidan iltimos qilardimki, Madina sözi(ismi)ni Madinam db kundaligimga yozib qöysam böladimi??? Yöö disezam xapa bömiman!!!

Manga judddayam yoqdi Rahmat kottakon! Yaxshi kunlarizda xizmatda böliy! Qalamiz hichqachon sinmasin! Ajoyib she'rlarizzi kutib qolamiz!!!


Fikrim satrimda oshkor!)
 
Zinnura_KСана: Сешанба, 23-Апр-2013, 19:17 | Изох # 394
Sayyod.com мухлиси
Гурух: VIP
Изохлар: 863
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 1466
Холати: Хозир йўқ
Supper puper clap zo'rsizuuuu

manam yozvoqi...

Bo'g'irsog'im opachonim..
Po'mpalog'im opajonim..
Sizki mani tanda jonim..
Asal , zaxar opajonim..

Qulupnikki waydo siz..
Qora tuti adosi siz..
Kimlanidur "sevdo" si siz..
Asal zaxar opajonim..
Mani do'mbo opajonim..
Asal po'mpo opajonim..

Kuydirin oshiqlani..
Suydurin oshiqlani..
Qoldirin armonlani..
Opketin baxtonlani..
Mani do'mbo opajonim..
Asal po'mpoo opajonim..

Madinapooooo sizi yawwi ko'laman bo'g'isog'immm clap


erka farishta....(m)....
 
AbbosbekСана: Сешанба, 23-Апр-2013, 19:20 | Изох # 395
Sayyod.com посбони!
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 3823
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 655
Холати: Хозир йўқ
lol Zinnura zörzanku a

1000 marta yordam ber baribir
unutishadi. Bir marta pand ber, bir
umr eslab yurishadi. .
 
DadaxonСана: Сешанба, 23-Апр-2013, 19:21 | Изох # 396
Sayyod.com мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 203
Тақдирланишлар: 1
Хурмат даражаси: 244
Холати: Хозир йўқ
Arzimidi, yoqan bölsa shu kifoya boshqa narsa kerakmas.
Madinam disa yanaxam chiroyli böladi, man birinchi shunaqa yozudm daftarga. Kyn özgartirudm sizdan söramastan unday diyshga.
 
Zinnura_KСана: Сешанба, 23-Апр-2013, 19:29 | Изох # 397
Sayyod.com мухлиси
Гурух: VIP
Изохлар: 863
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 1466
Холати: Хозир йўқ
bash hooy man sizzi sherizzi maqtadim ... Ko'ynim un maqtab qo'yin biggrin qulog'immi bekitib turaman lol

Добавлено (23-Апр-2013, 18:29)
---------------------------------------------
Ha abbos o'zin do'ssandee...))) biggrin


erka farishta....(m)....
 
DadaxonСана: Сешанба, 23-Апр-2013, 19:32 | Изох # 398
Sayyod.com мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 203
Тақдирланишлар: 1
Хурмат даражаси: 244
Холати: Хозир йўқ
Uzur endi kördim.
Anchadan beri biron she'rdan tasirlanib kulmagandim, beg'uborgina bolalarcha yozilgan. Tabassum uchun raxmat.
 
AbbosbekСана: Сешанба, 23-Апр-2013, 19:35 | Изох # 399
Sayyod.com посбони!
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 3823
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 655
Холати: Хозир йўқ
Zinnush Lekin ajoyib sherga gap yöq +5 va class. .

1000 marta yordam ber baribir
unutishadi. Bir marta pand ber, bir
umr eslab yurishadi. .
 
uzigabek1920Сана: Чоршанба, 24-Апр-2013, 11:24 | Изох # 400
Иштирокчи
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 241
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 322
Холати: Хозир йўқ
Jonim jon berishga tayyorman hozir.
Mening sevgim hecham emasdir xazil.
Bevaqt kirgan bölsam qalbingga, uzr.
Jonim jon berishga tayyorman hozir.

Tanimda ishqingdan boshqa bir dard yöq.
Pokiza sevgimda zarracha gard yöq.
Ishqimni aytolmay bög'zimda bir chög'
Jonim jon berishga tayyorman hozir.

Seni körarman deb qiynaldim necha.
Har kunim ötadi göyo ming kecha.
Sendan özgasini körmas köz hecham.
Jonim jon berishga tayyorman hozir.

Özga qasd qilardim gunoh bölmasa.
Netay yurak dardan özga körmasa.
Sendan zarracha ham umid bölmasa .
Jonim jon berishga tayyorman hozir.

Chidayman alamni ichga yutaman.
Sevib qolishingni intiq kutaman.
Sevmasang dunyodan baxtsiz ötaman.
Jonim jon berishga tayyorman hozir.

Bevaqt kirgan bölsam qalbingga, uzr.

Akbar Shoh.


Originallikka intil.
 
Поиск: