[ Янги изохлар · Фойдаланувчилар · Қоида · Изламоқ · RSS ]
Модератор форума: Giyos, SarVario, komol_76, Anv@rbek  
She'rlar
uzigabek1920Сана: Шанба, 30-Мар-2013, 18:52 | Изох # 326
Иштирокчи
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 241
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 322
Холати: Хозир йўқ
Рахмат.

Хисоблашмас бизнинг
туйгулар билан.
Бахт олисда нган
саробдек гу.
Дил йиглар ушалмас
орзулар билан. Бунчалар берахм,
бешафкат дун.
Олиссан, кул тугул халим
етмас.

Тусиклар кенгаяр кун
утган сайин.
Бир чан калбимда
тулгонар кетмас. Кимдир сочларингни
силармиш майин.

Дуннинг бетуйгу
коидалари.
Йулимиз айирди, сурамай
асло.
Харобдир калбнинг ишк
обидалари.
Мухаббат гунохми,
ишкимми хато?.

Akbar Shoh.

Добавлено (30-Мар-2013, 17:52)
---------------------------------------------
Дарди куп дундан нолиб заркан.
Угрилар бировдан олиб заркан.
Бевафо сузидан тониб заркан.
Уз шеърим зишга имкон бер калам.
Кунглимда колмасин зарра гам алам.

Ошик булиб ишкдан достонлар зай.
Дард тулиб ичимга армонлар зай.
Бахт куниб елкамга хуш онлар зай.
Уз шеърим зишга имкон бер калам.
Кунглимда колмасин зарра гам алам.

Волидамга зай мос касидалар.
Отамнинг шаънига хос бахшидалар.
Маъноларга тулсин соз акидалар.
Уз шеърим зишга имкон бер калам.
Кунглимда колмасин зарра гам алам.

Кимдир сузларимдан хулоса олсин.
Хофизлар байтларим куйларга солсин.
Дундан мен утай, шеърларим колсин.
Уз шеърим зишга имкон бер калам.
Кунглимда колмасин зарра гам алам.

Akbar Shoh.


Originallikka intil.
 
uzigabek1920Сана: Якшанба, 31-Мар-2013, 10:35 | Изох # 327
Иштирокчи
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 241
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 322
Холати: Хозир йўқ
Рахмат.
Ишкилиб шеърларим такрорланиб тушиб колмаяптими? Агар бирор шеъримни 2 марта ëзиб юборсам узр, такрорланди деб айтиб куйинглар.

Добавлено (31-Мар-2013, 09:35)
---------------------------------------------
Ota tomirimda oqqan qonimsiz.
Orimu-g'ururim, baxtim, shonimsiz.
Har bitta so'zingiz nasihat, hikmat.
Siz kirgan xonalar, men uchun jannat.

Bolam deb, o'g'lim deb kuyib yonasiz.
Men uchun har nega imkon topasiz.
Bilakda kuchimsiz, suyangan tog'im.
Siz borsiz javobsiz qolmas so'rog'im.

Tarbiyangiz meni chiqarar ko'kga.
Bosh egma dedingiz nokas, nonko'rga.
G'ururni, mardlikni o'rgandim sizdan.
Boshim mag'rur borgum pok izingizdan.

Baxtimizga bo'ling doimo omon.
Dunyoda bo'lmasin xech qanday armon.
Siz uchun yashaydi o'g'il-qizingiz.
Yo'limizda sarbon bo'lin o'zingiz.

Akbar Shoh.


Originallikka intil.
 
uzigabek1920Сана: Якшанба, 31-Мар-2013, 12:17 | Изох # 328
Иштирокчи
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 241
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 322
Холати: Хозир йўқ
Dunyo bevafomas, inson bevafo,
Sevgi bevafomas, dildor bevafo.
Ishonib sevasan dunyoga sig'may.
Sevganing yetkizar ko'p jabru jafo.

Dil ishi aqlga bo'ysinmaslikdir.
Yolg'iz qonun ishqda bo'linmaslikdir.
Muhabbat hisobu kitob bilmaydi.
Sevgida yomoni sevilmaslikdir.

Shu eng yomoniga uchragan menman.
Qalbidan ishq o'ti sachragan
menman.
Dunyolardan kechib yonib sevsamda.
Yorini bir bora quchmagan menman.

Ishq deb, yorim uchun yashadim yonib.
Shon-shuhrat, xattoki do'stlardan tonib.
Ortidan soyadek yursamda tinmay.
Bo'sa ololmadim lablardan qonib.

Qalbim bo'sa yoki quchoq istamas.
Sevgim pok, ortiqcha xirsni qumsamas.
Mayli quchog'imda to'lmasin gulim.
Ko'nglimga ozgina mehr bo'lsa bas!!!

Akbar Shoh.


Originallikka intil.
 
uzigabek1920Сана: Якшанба, 31-Мар-2013, 12:51 | Изох # 329
Иштирокчи
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 241
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 322
Холати: Хозир йўқ
Ийе унака киманг. smile

Добавлено (31-Мар-2013, 11:51)
---------------------------------------------
Кимгадир сезилди бор, йуклигимиз.
Кимга огир ботди, сал шухлигимиз.
Ортимизда турли гаплар айланди.
Узимизга маълум, оч туклигимиз.

Юзимиз кулганда билишди хушвакт.
Ганимлар кон кусди эргашганда бахт.
Узимиздан утганни, узимиз билдик.
Бизни тушунмади, хеч кимса хеч вакт.

Ичимиз кувончда, хомушрок булдик.
Камлигимиз йугу, сал бушрок булдик.
Дустлар кулфатингда синалар экан.
Синадик, ким дуст, ким нохушрок билдик.

Гийбатни ортидан кувиб юрмадик.
Гийбатчидек нокас одам курмадик.
Асаблар бузилди,сабабчини топдик.
Кулимизни булгаб, бекор, урмадик.

р дедик, рлар хам бевафо булди.
Курсатган хунари, минг жафо булди.
Дунда севгини сотилмас дердик.
римиз савдогар, ишк савдо булди.

Нима булса булди колди ортимда.
Яхши кунлар кутар бизни олдинда.
Хар тунда чиройли тонгдан умид бор.
Тангридан яхшилик сурадик хар кунда.

Akbar Shoh.


Originallikka intil.
 
uzigabek1920Сана: Якшанба, 31-Мар-2013, 13:08 | Изох # 330
Иштирокчи
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 241
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 322
Холати: Хозир йўқ
Orzular, o'rnini berdi armonga.
Uchiblar ketdilar olis yiroqqa.
Ro'yobi sig'madi bu ojiz jonga.
To'kildi chidolmay kuchli titroqqa.

Tuyg'ular yo'qoldi qalbim qasridan.
Ishq bosh olib ketdi o'z xonasidan.
Xislar o'tolmadi xiyonat asridan.
Baxt o'ldi, tug'ulmay o'z onasidan.

Yolg'onlar shunchalik qudratli kuchmi?.
Neki bo'lsa mendan barini oldi.
Maqsadlar joylangan o'ylarim puchmi?
Muhabbat qo'l yetmas uzoqda qoldi.

Aldading sevgilim, ayt nima uchun?
Bormidi ishq degan jonimda qasding?
Kechdingmi yurakdan sevganim uchun?
O'zgardi bir kunda, niyating, asling.

Xech narsa qolmagan yuragim bo'm-bo'sh.
Faqat armon tinmay qo'shiq kuylaydi.
Javobin izlagan savollar qo'sh-qo'sh.
Dard o'zimga ma'lum xech kim bilmaydi.

Bevafo, bemehr, faqat azobsan.
Baribir sevaman bilmayman nega?.
Jonim xumor bo'lgan ishqiy sharobsan.
Sendan boshqa xech kim kerakmas menga.

Birgina umid bor, bir dona ilinj.
Ko'rsam ko'zlaringda baxt kulganini.
Bitta iltimosim, birgina o'tinch.
Sen ila kuzatsam oy to'lganini.

Akbar Shoh.

Добавлено (31-Мар-2013, 12:08)
---------------------------------------------
Begunoh yuraklar dardlashtirildi,
Pokiza tuyg'ular chalkashtirildi,
Sevgi o'zgarmaydi, sevgi abadiy.
Faqat sevishganlar almashtirildi.

***
Mana yashayapman yo'qdir keraging.
Ko'nglim yumshatmaydi so'zing shirini.
E'tiborim tortar balki ko'ylaging.
Senga tashlamayman ko'zim qirini.

Bir bor aldaganing yetarli menga.
Boshqa yolg'oningga bermasman imkon.
Buni aytgan edim oldin ham senga.
O'zingga dushmandir so'nggi pushaymon.

Ergashib yuraver qayga oborar.
Vaqtinchalik husning, go'zal qomating.
Sensiz ham yonimda yonma-yon yurar.
Quvonchimu baxtim, qo'lda omadim.

Bilsang ayriliqdan juda baxtiyorman.
Bo'ladigan ishlar bo'lsin naqtida.
Dunyoda sadoqat izlab humorman.
Bevafoligingni bildim vaqtida.

Akbar Shoh.


Originallikka intil.
 
uzigabek1920Сана: Якшанба, 31-Мар-2013, 14:42 | Изох # 331
Иштирокчи
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 241
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 322
Холати: Хозир йўқ
Имкон кадар.

Добавлено (31-Мар-2013, 13:42)
---------------------------------------------
Классикага бир кадам.

"Айлади."

Ey, o'g'il o'yla sani kim bundayin raso ayladi.
Necha yuz ming istagingni barini paydo ayladi.

Bir parcha etdin ko'tardi, bosh-u, qaddu-qomating,
Necha yillik sabr ila hayoting bino ayladi.

So'z demasding, ko'zlaring farq etmas oq-qorani.
Parvarishlab, ko'zing lochin, tilingni burro ayladi.

Ilm o'rgan berdi imkon, berdi istar vaziyating.
Ahmoqlikdan yiroq saqlab, so'zlaring ma'no ayladi.

Xatolikdan boshginangga kelsa nogoh bir balo,
Sani saqlab har baloga o'zni mubtalo ayladi.

Haq uchun intil dedi, yolg'onga burma dedi yuz.
Tarbiyasi yo'llaringda halollik tanho ayladi.

Jism-u joningga o'ylagin bu jonkuyarlar kimligin.
Saning har pok qadamingga o'zin rahnamo ayladi.

Beshak yodingdan chiqarma o'z padar, o'z volidang.
Alar saning hayoting chun jonlarin fido ayladi.

Har nafasda Haq uchun xizmatidin burma yuz.
Zero o'zlari xastahol san deya duo ayladi.

Aqli yetgan raso farzand anglar ushbu xikmatim.
Jannat arki taxti erur alarni rizo ayladi.

Ey, Qodiri manga ham bir nurlaringdan qil nazar.
Ota-onam baxtli ko'ray Akbar ming duo ayladi.

Akbar Shoh.


Originallikka intil.
 
uzigabek1920Сана: Якшанба, 31-Мар-2013, 18:03 | Изох # 332
Иштирокчи
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 241
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 322
Холати: Хозир йўқ
Ey, Qodiri manga ham bir
nurlaringdan qil nazar.
Ota-onam baxtli ko'ray
Akbar iltijo ayladi.

(shunday o'qilsin)


Originallikka intil.
 
GULI_NURСана: Душанба, 01-Апр-2013, 00:18 | Изох # 333
Сайтимиз қадрли мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 2124
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 795
Холати: Хозир йўқ
Ishon senga ishonolmayman,
Muxabbatim tan ololmayman.
Lek afsus seni unutolmayman,
Seni deya kurasholmayman.
Körmasam ham turolmayman,
Kechir seni kechirolmayman.
 
uzigabek1920Сана: Сешанба, 02-Апр-2013, 13:01 | Изох # 334
Иштирокчи
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 241
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 322
Холати: Хозир йўқ
Mayli mening fikrim noto'g'ri,
Mayli ayting yomon bolaman.
Kimga baxt-u, kimga baxt o'g'ri.
Yor-yorlarni yomon ko'raman.

Dilni tig'day nimtalab chertgan.
Dardli kuyi samoga yetgan.
Oshiqlarni ajratib ketgan.
Yor-yorlarni yomon ko'raman.

Kimlar o'ynar, kimga bu azob.
Kimdur quvnoq, kim xasta, xarob.
Chin sevgiga abadiy sarob.
Yor-yorlarni yomon ko'raman.

Kuymas, ishqning so'nggi savoli.
Oshiq qalblar zulmi, uvoli.
Muhabbatning qabri, zavoli.
Yor-yorlarni yomon ko'raman.

Yor deb, yorni yig'latib ketar.
Yor deb, bag'rim tig'latib ketar.
Yor deb, o'zga visolga yetar.
Yor-yorlarni yomon ko'raman.

Cheksiz azob taqdirning zarbi.
Dilda ishqning alamli gardi.
Bugun sezdim bu kuyning dardi.
Yor-yorlarni yomon ko'raman.

Kuylang to'lib, soylardek toshib.
Kuylang mening dardlarim qo'shib.
Aza kunim aytilgan qo'shiq.
Yor-yorlarni yomon ko'raman.

Yorim aldadimi yoki aldashdi?.
Balki sevganimni atay tanlashdi.
Meni ishq shaxridan quvib haydashdi.
Yor-yorlarni yomon ko'raman.

Yor-yor demang, yor desam men jonim chiqar.
Alam, xijron rashk ko'ksimga xanjar tiqar.
Ming siqilgan yuragimni battar siqar.
Yor-yorlarni yomon ko'raman.

Yashamoqdan yurakkinam to'yib ketgan.
Sevganimni jon jonimdan yulib ketgan.
Qancha oshiq chidolmasdan o'lib ketgan.
Yor-yorlarni yomon ko'raman.

Haqiqat gap, gapning to'g'risi.
Bu azobdan oxir o'laman.
Faqat baxtmas, hayot o'g'risi.
Yor-yorlarni yomon ko'raman.

Akbar Shoh.


Originallikka intil.
 
Zinnura_KСана: Сешанба, 02-Апр-2013, 23:54 | Изох # 335
Sayyod.com мухлиси
Гурух: VIP
Изохлар: 863
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 1466
Холати: Хозир йўқ
Akbarshox... Zo'r chiqibti..
Rosti o'qib yeg'ladim... Klasssssssssssssssssssss!!!!
Siz xaqiqiy istedodsiz...

Добавлено (02-Апр-2013, 22:54)
---------------------------------------------
Lochinbek ismli forumdoshimizdan wu werni monolog qb etishlarini kutaman!!! Xaqiqiy xit....! Vawe zo'r chiqadi!!! hands


erka farishta....(m)....
 
uzigabek1920Сана: Чоршанба, 03-Апр-2013, 20:31 | Изох # 336
Иштирокчи
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 241
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 322
Холати: Хозир йўқ
Rahmat. Wunaqa maqtovlarni ewitorib odam yanayam ijjjod qivoradi.

Originallikka intil.
 
M@$terСана: Чоршанба, 03-Апр-2013, 21:21 | Изох # 337
Иштирокчи
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 335
Тақдирланишлар: 1
Хурмат даражаси: 205
Холати: Хозир йўқ
Akbarshox qoyil klassika ham zo'r chiqgan so'zlar o'z o'rnida va ma'noli yetmaganiga ta'sirli. Ijodizga omad bundanda yaxshilarini kutib qolamiz.
 
uzigabek1920Сана: Пайшанба, 04-Апр-2013, 10:51 | Изох # 338
Иштирокчи
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 241
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 322
Холати: Хозир йўқ
Qishning ertaknamo kunlari edi.
Hayot-u hayolim ishqqa ko'milgan.
Uyqumdan uyg'otib qo'ng'iroq keldi.
Kuy chalindi yorga yozib qo'yilgan.

Quloqqa tutdimu, shirin so'rashdi,
Javobsiz tingladim sevimli ovoz.
Tonggi farishtalar yonim o'rashdi.
Go'yo samo uzra etardim parvoz.

"-Tavallud kuningiz muborak bo'lsin!
Baxt tark etolmasin sizni xech, zinhor.
Butun hayotingiz quvonchga to'lsin.
Derazadan qarang sizga sovg'am bor."

Deraza tomonga bordim oxista.
Yurakda ishq degan musaffo ifor.
Havoda par kabi uchib shoyista.
Yerga nur to'ldirib yog'ar edi qor.

Sevinchdan ichimga sig'maylar ketdim.
Atrof qish qalbimda bahor bor edi.
Ishqiy tuhfa sabab parvozlar etdim.
Sevganim sovg'asi birinchi qor edi.

Eng go'zal, samimiy tilaklar bilan,
Muhabbat mehridan yayradim, toshdim.
Band edik sevishgan yuraklar bilan,
Yorimning vasliga intildim, shoshdim.

Belgilangan fursat, uchrashuv vaqti,
Xuddi buyurtmadek tinmas edi qor.
Xech kimning yo'q edi bizdayin baxti.
Tug'ilgan kunim ham bo'ldi betakror.

Samodan sepilgan oq qorlar kabi,
Ishqimizga to'ymay, tinmay o'ynadik.
Kabutarlar kabi oshiqlar qalbi.
Xech qanday chegara, cheklov qo'ymadik.

To'g'risi sig'dira olmam so'zlarga.
O'sha kun yuragim his qilganini.
Ko'zlarimiz tushib suyukli ko'zlarga.
Bilsa qalb biladi ne bo'lganini.

Bir pasda tun keldi, kunim oxirlab.
Yorginam boshimni ko'kka yetkazdi.
Shirin lablardagi kulgu sehrlab.
O'sha bir kunini men-la o'tkazdi.

Boshqalar kutishdi, tavallud kunim,
Ne desam o'sha kun aytganim bo'lar.
Sevganim bor edi kun edi tunim.
Birgina u bilan yuragim to'lar.

Kunni boshlagandi, o'zi tugatdi.
Muhabbat boliga to'ydirdi meni.
Uyiga kirarkan kulib kuzatdi.
Tuymagan hislarim tuydirdi meni.

Kech kirib uyimga yetib kelibman.
Do'st-u qadrdonlar hamon kutardi.
Savollarga kulib javob beribman.
Bayram davom etar, go'zal o'tardi. . .
. . .

Mana shu kunga ham bir yil bo'libdi.
Kechagi otashlar bugun cho'g' endi.
Insonni xukmini taqdir qo'yibdi.
Eng sevganim yorim bugun yo'q endi.

Ex, taqdir, shum taqdir, bag'ritosh taqdir.
Sevgimdan ayirib chiqdimi shoxing.
Ishq azobi dilda tinmas, barhaqdir.
Xech kim eshitmaydi faryoding, ohing.

Sevgimdan qolgani xotira faqat.
Qolgani shamoldek uchiblar ketdi.
O'zga yor qo'ynida topib muhabbat.
Sevganim qalbimdan ko'chiblar ketdi.

Tug'ilgan kun yana do'stlar yonimda.
Xech narsa sig'masdan yuragim og'rir.
Tabiat achindi bu ahvolimga.
Qorga aylanolmay yog'adi yomg'ir.

Akbar Shoh.


Originallikka intil.
 
RaVsHaNBeKСана: Пайшанба, 04-Апр-2013, 11:12 | Изох # 339
Иштирокчи
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Изохлар: 193
Тақдирланишлар: 0
Холати: Хозир йўқ
Sherlarizzi maqtashganda etibor bermudim to'risi) ijodizga omad Akbarshox)

Добавлено (04-Апр-2013, 10:12)
---------------------------------------------
Sherlarizzi maqtashganda etibor bermudim to'risi) ijodizga omad Akbarshox)


+99893 942 32 32
 
Dinora_Golden_GirlСана: Пайшанба, 04-Апр-2013, 11:20 | Изох # 340
Sayyod.comда пропискада!
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 4486
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 908
Холати: Хозир йўқ
Yor-yorlarni yomon köraman...

Vashshshe dahshat yoqdi super shu she'riz...

Ada-Akajonimga etaman, Xudo Hohlasa Suppper-Muppper monolog chiqadi !!!

Ijodizga omad tiliyman !!! Qalamiz sinmasin !!! Doimo ta'sirli she'rlarizdan kutib qolaman !!! Vatan haqida ham köprooo bösin please !!!

Добавлено (04-Апр-2013, 10:20)
---------------------------------------------
P/s Iyeee toba qildim !!!


Fikrim satrimda oshkor!)
 
uzigabek1920Сана: Пайшанба, 04-Апр-2013, 11:41 | Изох # 341
Иштирокчи
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 241
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 322
Холати: Хозир йўқ
Hamma hamma hammaga raXmat.

Originallikka intil.
 
GULI_NURСана: Пайшанба, 04-Апр-2013, 11:42 | Изох # 342
Сайтимиз қадрли мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 2124
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 795
Холати: Хозир йўқ
Qoyil hands
Ijodizga ulkan zafarlar angel
 
uzigabek1920Сана: Пайшанба, 04-Апр-2013, 11:45 | Изох # 343
Иштирокчи
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 241
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 322
Холати: Хозир йўқ
Nime toba qildik?

Originallikka intil.
 
Dinora_Golden_GirlСана: Пайшанба, 04-Апр-2013, 11:51 | Изох # 344
Sayyod.comда пропискада!
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 4486
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 908
Холати: Хозир йўқ
uzigabek1920 e'tibor bermen sizgamaaas! Uzr davom ettiruvrin!

Fikrim satrimda oshkor!)
 
uzigabek1920Сана: Пайшанба, 04-Апр-2013, 11:57 | Изох # 345
Иштирокчи
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 241
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 322
Холати: Хозир йўқ
O.K.

Добавлено (04-Апр-2013, 10:57)
---------------------------------------------
Unda monologni kutamiz smile


Originallikka intil.
 
Zinnura_KСана: Жума-муборак кун!, 05-Апр-2013, 01:40 | Изох # 346
Sayyod.com мухлиси
Гурух: VIP
Изохлар: 863
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 1466
Холати: Хозир йўқ
Qorga aylanolmay yog'adi yomg'ir....((((

biggrin yaxshi yaxshi zo'r juda zo'rrrr


erka farishta....(m)....
 
KAKAСана: Жума-муборак кун!, 05-Апр-2013, 02:14 | Изох # 347
Иштирокчи
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 127
Тақдирланишлар: 1
Хурмат даражаси: 102
Холати: Хозир йўқ
Bu hayotda hech omadga duch kelmadim,
Goh uyladim, goh yig'ladim lek kulmadim.
Bugun meni tug'ri yo'lga chorla olloh,
Iymon uchun oxirgacha turolmadim

Guzallar ko'p, men ularni sevolmadim.
Ishq nima-yu, sevgi nima bilolmadim.
Atrofimiz guzal dunyo, guzal qizlar.
Lek Kumushdek o'zbek qizin topolmadim.

Dilshod Nur


Yulduz bo'lib to'g'ilmaydilar, balki yulduzga aylanadilar
 
uzigabek1920Сана: Жума-муборак кун!, 05-Апр-2013, 10:20 | Изох # 348
Иштирокчи
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 241
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 322
Холати: Хозир йўқ
Берилаетган юксак ва самимий эътибор учун хамма хаммага рахмат.

Добавлено (05-Апр-2013, 03:57)
---------------------------------------------
Xiyonat ko'chasin sayohat qilib,
Ko'zimga dunyoni tor etding.
Ishq degan tuyg'uni tijorat bilib,
Dilimda armonni bor etding.

Sen deb kurashishga kuchim ko'p edi.
Lek seni unutish qo'ldan kelmadi.
O'zgani tanlading mayli xo'p endi.
Ko'ngling chin oshiqni tanlay olmadi.

Ko'zing unutolmay qalbim vayrona.
Unutmoqlik uchun ne qilay jonim.
Xotiralar qiynar, dil pora-pora.
Aqlimga bo'ysunmas yuragim, jonim.

Jonim qiynalmoqda, ahvolim og'ir,
Bu so'zlarga sig'mas tortgan azobim.
Isming takrorlanar aqlimda bir-bir.
Sog'inavermoqda yuragim, zolim,

Xiyonating bilib kechirayapman,
Bu qandayin g'urur, qanday yigitlik.
Qalbdagi olovni o'chirmayapman.
Taqdirimdir balki, ishqda sobitlik.

Kel endi, oxirlat sayohatingni.
Qalbim malikasi hanuz o'zingsan.
Xaridori bo'lay tijoratingni.
Jonim azoblagan, ohu ko'zingdan.

Akbar Shoh.

Добавлено (05-Апр-2013, 03:59)
---------------------------------------------
Dardim to'lib ichimga,
Qo'lga oldim qalamni.
Ayta olmay hech kimga.
Qog'ozga to'kdim alamni.

Qog'oz kuyib kul bo'ldi.
Bu ne siru sinoat.
Yuragim dardga to'ldi.
Sevgim qildi hiyonat.

Osmonlarda uchgandim muhabbat sururida.
Bugun dunyolarga sig'maydi tanam.
Ko'zim qamashardi sevgi nurida.
Bugun ko'zlarimga qorong'u olam.

Hiyonat ko'ksimni tilgan xanjardir.
Qanday sevay endi bevafoimni.
Sevgimga azoblar qaytardi taqdir.
Vafosi yo'q ekan behayoimni.

Bo'lganimcha bo'ldim, dardim ichimda.
Har lahza nafasim bo'g'zim kuydirar.
Ko'zlari aylanar aqlu hushimda.
Yolg'on va'dalari ming bor o'ldirar.

Endi faqat o'lim dardimga chora.
Lek bevafo uchun o'lish arzimas.
Dunyoga kelamiz axir bir bora.
Bevafoni sevgan sevgi, sevgimas!!!

Akbar Shoh.

Добавлено (05-Апр-2013, 09:20)
---------------------------------------------
"Dunyoga endi sal jiddiyroq qara.
Davlat topmasang ham, iymonni saqla!
Dunyo deb, bolam deb qalbi ming yara."
Otam aytdi: "O'g'lim onangni asra!"

"Istagan istaging qo'lingga tutgan,
Salgina kechiksang jon halak kutgan,
Hayoti garovda sizlarni tuqqan."
Otam aytdi: "O'g'lim onangni asra!"

"Qo'llaringdan tutib yurgizgan shudir.
Turmasding, oyoqqa turgizgan shudir.
Ko'rmagan dunyongni ko'rgizgan shudir."
Otam aytdi: "O'g'lim onangni asra!"

"Chiqardi ta'liming tarbiyang, savod.
Ulg'aytirdi bo'l deb komil bir avlod.
Ming bor takrorlayman aytaman bod-bod."
Otam aytdi: "O'g'lim onangni asra!"

"Kunlaring nurafshon aylagan oftob.
Tunlaring charog'on aylagan mohitob.
Arziydi bir umr aylasang tavof."
Otam aytdi: "O'g'lim onangni asra!"

"Yelib yuguradi kim deb? Sen uchun.
Uchib ulguradi kim deb? Sen uchun.
Jonin kuydiradi kim deb? Sen uchun."
Otam aytdi: "O'g'lim onangni asra!"

"Baxtingni o'ylagan mehriboning shu.
Tarbiyang avvali nigohboning shu.
Qadrla eng arzir qadrdoning shu."
Otam aytdi: "O'g'lim onangni asra!"

"Onadir dunyoda eng ulug' ayol.
Mayli mendan xatto so'rama ahvol."
O'zi to'shakda-yu, o'zi xastahol.
Otam aytdi: "O'g'lim onangni asra!"

Akbar Shoh.


Originallikka intil.
 
ClimbeRСана: Жума-муборак кун!, 05-Апр-2013, 15:08 | Изох # 349
Иштирокчи
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 142
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 652
Холати: Хозир йўқ
Afsuslardan cheksamda firoq!
Nelar deya ketsamda yiroq!
Faqat sening yoding yurakda!
O'chmas bulib qolmoqda biroq...


chelsea chempion...
 
uzigabek1920Сана: Шанба, 06-Апр-2013, 13:54 | Изох # 350
Иштирокчи
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 241
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 322
Холати: Хозир йўқ
Gapni aylantirib, xazilga yo'ysa.
Xotira yurakni azoblab so'ysa.
Kimdur yodingizga tushirib qo'ysa.
"Orzulari osmon edi" deb qo'ying.

Baxtni topolmasam yoki topolsam.
Sizdan uzoqlarga o'rnashib qolsam.
Xabar ololmasam ko'zdan yo'qolsam.
"Orzulari osmon edi" deb qo'ying.

Ishlarim rivoji yuksalib borsa,
Yuragim Vatanning ishqida yonsa,
El aro chiroyli nomlarim qolsa.
"Orzulari osmon edi" deb qo'ying.

Baxtli kunlarimdan eshitib xabarlar.
Ko'ngildan yo'qolsa gumon xatarlar.
Biz tomon boshlasa yo'llar, safarlar.
"Orzulari osmon edi" deb qo'ying.

Ismim nimanidur esga tushirsa.
Yurakni urishdan biroz shoshirsa.
Qalbingiz bu xisni asrab yashirsa.
"Orzulari osmon edi" deb qo'ying.

Shunchaki yo'llarim olislab ketsa.
Armon yuragimni talasa yengsa.
Boshimda dardlarning shamoli yelsa.
"Orzulari osmon edi" deb qo'ying.

Xoxlasam ortimga qaytolmay qolsam.
Kun sayin olislab uzoqlab borsam.
Dildagi so'zlarim aytolmay qolsam.
"Orzulari osmon edi" deb qo'ying.

Boshimda aylansa bulutlar qora.
Armonlar bag'rimni etsalar pora.
Dunyo g'amlariga topmasam chora.
"Orzulari osmon edi" deb qo'ying.

Chalinmas kuylarga aylansa so'zim.
Shamdek tugab qayta yonmasa ko'zim.
Ko'kda bir yulduzga aylansam o'zim.
"Orzulari osmon edi" deb qo'ying.

Akbar Shoh.


Originallikka intil.
 
Поиск: