She'rlar
|
|
oybek | Сана: Сешанба, 29-Янв-2013, 17:11 | Изох # 301 |
Иштирокчи
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 213
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 851
Холати: Хозир йўқ
| Bilmayman könglim g'aw, xuwim yöqolgan, Onajon! yoningda bölgim keladi. Bir maqsad miyyamga örnawib olgan, Negadir chiroyli ölgim keladi.
Mayli g'animlarim qiliwsin bayram, Ularning xoliga kulgim keladi. Sevgilim dod solib, zor yig'lasa xam, Negadir chiroyli ölgim keladi.
Döstginam o, daxwat... atrof qorong'u, Seni söngi marta körgim keladi. Mag'rur jilmaygancha ichaman og'u, Negadir chiroyli ölgim keladi.
Armonlar qiynaydi netay, alamda... Yurakni timtalab yulgim keladi. Wu bugun, wu maxal, ayni wu damda, Negadir chiroyli ölgim keladil.....
|
|
| |
Umar_chik | Сана: Сешанба, 29-Янв-2013, 17:58 | Изох # 302 |
Рўйхатда
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 38
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 199
Холати: Хозир йўқ
| Buyuk orzularim-bugun xotira
Baridan koz yumgim kelmaydi sira Essiz muhabbatim hamon bokira Bog’laringda mayus xazonim qoldi
YO'Q ERUR ALLOHDAN BOSHQA BIR ILOH! Qanday ham yaxshidir shiorim manim...
|
|
| |
Mirzoxid | Сана: Сешанба, 29-Янв-2013, 18:26 | Изох # 303 |
Sayyod.com мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 623
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 248
Холати: Хозир йўқ
|
...
|
|
| |
uzigabek1920 | Сана: Сешанба, 19-Фев-2013, 20:03 | Изох # 304 |
Иштирокчи
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 241
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 322
Холати: Хозир йўқ
| O'z ijodimdan.
Faqat ko'z yosh qoldi bugun sevgidan. Alam meros go'zal, buyuk sezgidan. Kimning ko'ngli kuyuk yori, tengidan. Dunyo shunday ekan eski-eskidan. Faqat ko'z yosh qoldi bugun sevgidan.
Eng go'zal tuyg'udan eng alamli dard. Billurdek qalblarga darz soldi bir gard. Ey, ko'nglim yig'lama, yoshlaringni art. Shundoq ham qalbimda yetarli tugun. Faqat ko'z yosh qoldi sevgidan bugun.
Eng sodiq hamrohim yolg'iz xotira. Ishqimga guvohim yolg'iz xotira. Qiynaydi beshafqat hissiz xotira. Oh, o'tli ko'zlarni yodimga soldi. Bugun, faqat, sevgidan ko'z yosh qoldi.
Bugun qop-qorong'u qalbim fazosi. Ming qiynoqdan og'ir ishqning jafosi. Netay, asrolmadim shudir jazosi. Bir chetda "dod" deya yig'lar muhabbat. Ko'z yosh qoldi bugun, sevgidan, faqat.
Men bunda vayronman sezdimikan u?. Yoki ishq so'zidan bezdimikan u?. Unutib meni yana, sevdimikan u?. Bag'rim qon, bu tuyg'u, bunday sezgidan. Faqat ko'z yosh qoldi bugun sevgidan.
Akbar Shoh.Добавлено (19-Фев-2013, 19:03) --------------------------------------------- Уз ижодимдан:
Muhabbat bog'iga bo'lgandim mehmon. Dilimda mavjlanib ilohiy tug'yon. Ishq uchun bir bora so'rasam imkon. Umidli ko'zlarim so'ldirdingiz. "Suymaganga, suykalma" deb o'ldirdingiz.
Sevgim haqiqatdur ishonmadingiz. Husningiz taxtidan tusholmadingiz. Bir oshiq ko'nglini xushlolmadingiz. Yuragim dardlarga to'ldirdingiz. "Suymaganga, suykalma" deb o'ldirdingiz.
Nahotki yolg'onga o'xshasa so'zim. Ko'zingiz ko'ray deb giryondir ko'zim. Faqat shu ishq bilan tirikman o'zim. Bir kunda ming jonim oldirdingiz. "Suymaganga, suykalma" deb o'ldirdingiz.
So'zingiz qilichdek bosh uzra yeldi. Dod dedimki jonim bo'g'zimga keldi. Arzimay qoldimmi sevishga endi?. Jallodni qatlimga ko'ndirdingiz. "Suymaganga, suykalma" deb o'ldirdingiz.
Akbar Shoh.
Originallikka intil.
|
|
| |
oybek | Сана: Якшанба, 10-Мар-2013, 10:25 | Изох # 305 |
Иштирокчи
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 213
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 851
Холати: Хозир йўқ
| Shukr qilgin ukajon Olloh senga qiz bersa. Hafa bo'lma singiljon Olloh senga qiz bersa. Ayolingni ranjitma, Qaynonanga baqirma, Suyunchini ayama Olloh senga qiz bersa. Mehribonroq o'g'ildan, Dadamas,der dadajon, Choy icharsan qo'lidan Olloh senga qiz bersa. Qilgin yaxshi tarbiyat, O'rgat namoz,ibodat, Sajda qil,qilgin toqat Olloh senga qiz bersa. O'ssa bo'lib soliha, Misli Oisha,Fotima, Topshir solih qo'liga Olloh senga qiz bersa. Derlar:o'sha oxir kun Yetmay qolsa savobing, Berarkan ajrin qizing Olloh senga qiz bersa. Bermasa ne qilarding, Tirnoqqa zor bo'larding, Ko'p isyonkor bo'lmagin Olloh senga qiz bersa.....
|
|
| |
Nosir | Сана: Якшанба, 10-Мар-2013, 16:51 | Изох # 306 |
Иштирокчи
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 492
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 261
Холати: Хозир йўқ
| Ochiq sochiq yurasiz bu katta xato Nahot egningizga etmasa mato ? Falak qizaradi uyalib xatto Nega bilib turib jarga sakraysiz ?
Xilvatlarda yurasiz tanangiz sotib Kayfu safo qilasiz qahqaha otib Keyin kech bo'ladi vaqt ketsa o'tib Nega bilib turib jarga sakraysiz ?
Bormi o'zi sizda or nomus hayo O'zingizni farishta tutasiz go'yo G'aflatdasiz axir bu tush emas ro'yo Nega bilib turib jarga sakraysiz ?
Siz singlimsiz siz bo'lajak onasiz O'zingizni ne kuylarga solasiz Bu ketishda erta qarib qolasiz Nega bilib turib jarga sakraysiz ?
Tilagim shu xar kim murodga yetsin G'am anduxlar sizdan yiroqqa ketsin Xali xayot oldinda xali bor imkon Xar bir o'zbek qizining baxtini bersin !!!
Samimiyat va xush kayfiyat...
|
|
| |
uzigabek1920 | Сана: Пайшанба, 14-Мар-2013, 09:24 | Изох # 307 |
Иштирокчи
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 241
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 322
Холати: Хозир йўқ
| GULI_NUR e'tibor uchun rahmat. Добавлено (10-Мар-2013, 22:54) --------------------------------------------- Уз ижодимдан.
Jonim eding, qayerlarda kimga jonsan?. Sen ketding-u, xolim abgor dilim vayron. Hayotimda yo'qsan ammo dilda borsan. Sensiz qanday yashayabman o'zim hayron.
O'zing eding ko'nglim yolg'iz malikasi. Isming aytib uhlolmasman tunlar yomon. Majnuningman Layli degan ishq telbasi. Sensiz qanday yashayabman o'zim hayron.
Ko'zlarimmas butun borim izlar seni. Ko'zlaringni sog'inaman har kun, har on. Yetolmasman go'yo sarob chorlar meni. Sensiz qanday yashayabman o'zim hayron.
Oshiqman-ki, ma'shuqaga yetmaganman. Sevaman deb urib turar yurak hamon. Quvsalar ham ishq shaxridan ketmaganman. Sensiz qanday yashayabman o'zim hayron.
Jonim menga jonginamni qaytarib ber. Jonga tegdi alam qiynar, qiynar xijron. Xolim ko'rib devonalar bechora der. Sensiz qanday yashayabman o'zim hayron.
Sensiz qanday yashayabman o'zim hayron. Qiynoqlardan ado bo'ldi bu sho'rlik jon. Bir nazar qil. Olloh bersin senga vijdon. Sensiz qanday yashayabman o'zim hayron.
Akbar Shoh. Добавлено (14-Мар-2013, 08:24) --------------------------------------------- Qalb o'zgasin ko'rolmadi bu g'amlardan. Boshimiz xech chiqmadi ishq-sitamlardan. Ishq bunyodmi faqat dard-u alamlardan?. Dunyo vafo ko'rsatmadi sanamlardan.
Ko'zlar fazo, qosh chizilgan qalamqoshmi?. Yuziga oy, sochlariga tun yo'ldoshmi?. Shunday nazokatli xilqat, bag'ritoshmi?. Dunyo vafo ko'rsatmadi sanamlardan.
Qalb yig'ladi, sevdik dedik, sezdimikan. Oshiq bisyor, izhorlardan bezdimikan. G'arib deya oshiq qalbin ezdimikan. Dunyo vafo ko'rsatmadi sanamlardan.
Janonni deb jonni berdik, jon qaytmadi. Jafolardan yuzimizga qon qaytmadi. Biz kechirdik, qaytdik ammo yor qaytmadi. Dunyo vafo ko'rsatmadi sanamlardan.
Azob ortiq bu dunyoning borligidan. Aql xayron, ko'ngil yorga zorligidan. Jami azob bevafoning yorligidan. Dunyo vafo ko'rsatmadi sanamlardan.
Janona deb dilni benaf o'yibmizda. Yolg'on so'zin muhabbat deb kuyibmizda. Tanlab-tanlab bevafoni suyibmizda. Dunyo vafo ko'rsatmadi sanamlardan.
Oh-ki, desak dildagi dard dilni buzar. Oh-ki, desak tandagi gard tanni buzar. Faryod desak dard dunyo-i jamni buzar. Dunyo vafo ko'rsatmadi sanamlardan.
Ne qilardik boshda borin ko'ramizda. Xukmi taqdir undan rizo bo'lamizda. Bevafodan bir kun ahvol so'rarmizda. Dunyo vafo ko'rsatmadi sanamlardan.
Qalb o'zgasin ko'rolmadi bu g'amlardan. Boshimiz xech chiqmadi ishq-sitamlardan. Ishq bunyodmish faqat dard-u alamlardan. Dunyo vafo ko'rsatmadi sanamlardan.
Akbar Shoh.
Originallikka intil.
|
|
| |
Shohi | Сана: Пайшанба, 14-Мар-2013, 21:17 | Изох # 308 |
Иштирокчи
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 269
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 510
Холати: Хозир йўқ
| Kaftimda mavjlanar bemano dunyo, Azob qurshovila o'tmoqda kunim, Baxtga to'la kunlar bo'ldiku ro'yo, Hijrondan bezovta osoyish ruhim....
Baxt meni kutmoqda... Yaqinginamda)))
|
|
| |
uzigabek1920 | Сана: Шанба, 16-Мар-2013, 00:33 | Изох # 309 |
Иштирокчи
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 241
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 322
Холати: Хозир йўқ
| Guli Nur. E'tibor va òrinli maslaxatlar uchun tashakkur. Men ham kòpchilik qatori xis qilmasdan yozish mumkinmas (kerakmas) deb hisoblayman. Добавлено (15-Мар-2013, 23:30) --------------------------------------------- Kichikkina imtixondan oldin yozgandim -->
Hayot, meni hayotim. Boshqalardan qarzim yo'q. Qayrilmaydi qanotim. Yutqazishga haqqim yo'q.
Javoblidur har so'zim. Behudaga vaqtim yo'q. Maqsadni qo'ydim o'zim. Yutqazishga haqqim yo'q.
Muhabbatim kuchimdir, Boshqa hisga shashtim yo'q. Yorim - aqlu xushimdir, Yutqazishga haqqim yo'q.
Muhabbat sinovida, Yolg'on aytgan ahdim yo'q. Dunyoning aldovida, Yutqazishga haqqim yo'q.
Molu dunyo, buyummas, Boylik degan dardim yo'q. Ammo hayot o'yinmas, Yutqazishga haqqim yo'q.
Nohaqlikka yo'q toqat. Nomardlarga sabrim yo'q. Sotqinga berib rohat. Yutqazishga haqqim yo'q.
Baxtli hayot maqsadim, Oson yetar baxtim yo'q. Hayot yolg'iz fursatim, Yutqazishga haqqim yo'q.
Akbar Shoh. Добавлено (15-Мар-2013, 23:33) --------------------------------------------- O'n sakkiz ming olam aro yagona xoqon o'zing. Ikki dunyo mulkida eng ulug' sulton o'zing. Har bitta taqdir qo'lingda Jabbor sen, Rahmon o'zing. Nuri pok iymondan qilgin, egnimga yopgan to'nimni. Sajdaga boshim egilsin, Olloh bergin yo'limni.
Do'st-u dushman, yor-u yoron, barida ming tur makr. Bevafo, yuzsiz sanamlar aylashar jonga jabr. Eng ulug' fazilatmish, haqqa, nohaqqa sabr. Nurga to'ldir qalbim-u, ko'rgan har bir kunimni. Tavbaga boshim egilsin, Olloh bergin yo'limni.
Dunyo mulkini berma, nomardga qilma qaram. Munofiqqa egiltirma! Sen desa jon-u tanam. Iymonsizlar kasridan bo'lmasin dilda yaram. E'tiborsiz qilmagin duo qilgan qo'limni. Ka'baga boshim egilsin, Olloh bergin yo'limni.
Asli inson, dillari shaytonlardan battarlar. Aka-uka, do'st-u qavmdosh barin nafsga sotarlar. Reja tuzib shayton bilan, solar boshga xatarlar. Do'zaxiylar zulmatidan saqla har tong, tunimni. Qiblaga boshim egilsin, Olloh bergin yo'limni.
Tanho o'zing Qodirisan saqlagin qilmay gunoh. Qo'llab turgin har neki dilda tug'ulsa savob. Qancha pok orzularim bor, Tangrim o'zingsan guvoh. Haq uchun imkonga to'ldir ko'nglim, o'ng-u so'limni. Sajdaga boshim egilsin, Olloh bergin yo'limni.
O'n sakkiz ming olam aro yagona xoqon o'zing. Ikki dunyo mulkida eng ulug' sulton o'zing. Har bitta taqdir qo'lingda Jabbor sen, Rahmon o'zing. Islomdan, iymondan qilgin, egnimdagi to'nimni. Sajdaga boshim egilsin, Olloh bergin yo'limni.
Akbar Shoh.
Originallikka intil.
|
|
| |
uzigabek1920 | Сана: Сешанба, 19-Мар-2013, 01:14 | Изох # 310 |
Иштирокчи
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 241
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 322
Холати: Хозир йўқ
| Havoda oppoq qor uchardi nafis. Ko'zingga tushgandi, ilk bora ko'zim. Aqlimni chulg'adi o'tashin bir his. Qarshingda nogohon qotgandim o'zim.
Qahraton qish, ishqdan tanam yonardi. Seni o'ylar edim, kun-u tun tinmay. Izlaringni izlab, ko'zim tolardi. Beparvo o'tarding dardimni bilmay.
Ma'shuqqa qul ekan oshiqning qalbi. Xatto tushlarimda ko'rardim seni. Aqlidan ayrilgan devona kabi. Yog'ayotgan qordan so'rardim seni.
Nihoyat o'zimda topib qat'iylik. Ishqimni qarshingda ayladim izhor. Tabiat ko'rsatib menga sahiylik. Sevgimdek musaffo yogar edi qor.
Ilk bora uchrashdik, ikki sevishgan. Qorda yaltirardi oyning nurlari. Go'yoki rashkimni bilib, sezishgan. Soching silolmasdi tunning qo'llari.
Sevaman dedingu mayin pichirlab. Noz ila qayrilding ortingga asta. Nafis qadamingdan qorlar g'ichirlab. Darvozangdan kirding, tezda, birpasda.
Otashdek yonardim, sevgi taftidan. Isming aylanardi aqlimda takror. Samoda uchardim mehring baxtidan. Shunda ham yog'ardi nafis oppoq qor.
Husningga termulib to'ymasdim zinxor. Tun kelar vaslingga imkoniyat berib. Boshing uzra o'ynab yog'ar edi qor. Lablarimiz aro ketardi erib.
Mast edik muhabbat sharoblaridan. Go'yo yolg'iz edik bu olam aro. Kechgandik dunyoning hisoblaridan. Qo'rqita olmasdi ming dardu balo.
Navbatdagi visol, ko'zlar yaltirab. Banogoh yelkamga egildi boshing. "Unuting" dedinggu so'zing qaltirab. Ko'zlardan marjondek tomardi yoshing.
Qochding quchog'imdan kabutar kabi. Ortingga qarashga topmading jur'at. Sindi o'sha vaqti oshiqning qalbi. Guppullab yog'ardi qor topib shiddat.
Minglab savollarim ichimda qoldi. Nechun birdaniga bunday qarorlar?. Bezamon ketishing jonimni oldi. Qaytmading, yog'sa ham suyukli qorlar.
Balki seni o'zim asray olmadim. Tutmadim qalbimning tutquni kabi. Pokiza sevgimiz saqlay olmadim. Kaftimdagi qorning uchquni kabi.
Bugun armon do'stim, hamdard xotira. Vayrondir yurakning ishq darchalari. Shunda ham bosh uzra nafis, bokira. Yuzimga urilar qor parchalari.
Akbar Shoh.Добавлено (19-Мар-2013, 00:14) --------------------------------------------- Yulduzman, shamchalik yorug'ligim yo'q. Gugurt donasidek yo'q haroratim. Osiyman gunohdan forig'ligim yo'q. Nafsimni yengishga yo'q jasoratim.
Hayot o'yingoh deb o'ynadim kuldim. Shaytoniy ishlardan yuzim burmadim. Qancha insonlarni bag'rini tildim. O'zimdan boshqani odam bilmadim.
Kayf-safo hayotim mazmuni ishrat. Masjid tomonlarga tushmasdi yo'lim. Tavbaga tanimda topmasdim qudrat. "Omin" deb qo'limga tegmasdi qo'lim.
Navbatdagi bazm topib nihoya. Shirakayf uyimga yetib olibman. Shunchaki cho'zilish bo'lib kifoya. Xattoki yechinmay uhlab qolibman.
Tush ko'rdim bir ajib alomatli tush. To'shakda yotibman dardlarga to'lib. Og'riq azobidan bo'lardim bexush. Umrimning chirog'i borardi so'nib.
Yaqinlar yig'lardi, atrofim o'rab, Allakimlar yana taniy olmadim. Farzandlarim keldi ko'zlar mo'ltirab. Ularga bir to'yib qaray olmadim.
Dunyoning bor dardi menga yog'ilib. Bir zumda tanamni qildilar makon. Jon bog'zimga kelib qoldi tiqilib. Ko'zimga qorong'u ko'rindi jahon.
Qorong'u tumanda qop-qora bo'lib, Bir sharpa ko'rindi xasta ko'zimga. Qo'ldagi asoni yonimga qo'yib, So'z boshladi sharpa menga, o'zimga:
"-Bundan roppa rosa qirq yil ilgari, Senga bir omonat berilgan edi. Uni saqlolmading shaytondan nari, Hisobin Holiqqa berasan endi."
"-Imkon ber, sajdaga egilsin boshim. Xech yo'qsa bir rakat o'qiyin namoz." Yig'lardim ko'zimdan chiqmasdi yoshim. Baqirardim ammo chiqmasdi ovoz.
"-Roppa rosa qirq yil shuncha imkoniyat, Gunoh ishlar uchun yugurar eding. Nafs emas, dilingda bo'lsa hidoyat. Savob-u sajdaga ulgurar eding.
Endi kech, oxirat amallariga. Hayoting o'tkazding bosib razolat. Tayyorlan gunohlar badallariga. Jonni ber. Taningda turgan omonat."
O'lim haq ekanin bildim o'shanda. Oxiratim o'ylab ko'nglim buzuldi. Faqat gunohlar jo bu osiy tanda. Jonim ham bir titrab so'ngra uzuldi.
Qo'rquv daxshatidan uyg'onib ketdim. Titrardim, suv bo'lib oqardi tanam, Shunda hammasini tushunib yetdim. O'yladim, imkon bor qilayin tavbam.
Tush mening eng oliy sabog'im bo'ldi. Boshqatdan tarbiya qildim o'zimni. Alloh dilda yolg'iz panohim bo'ldi. Kech bo'lsada lekin ochdim ko'zimni.
Oilamni uyimga qaytarib keldim, Ko'cha tanishlarim ismin unutdim. O'zimga Haq uchun va'dalar berdim. Riyo ishlar fikrin dildan qurutdim.
Mana yashayabman go'zaldir hayot. Gohida alamli o'yga tolar dil. Agar o'sha tushni ko'rmasam, xayxot. Hali ham botqoqda yurgan bo'lardim.
. . .
Yulduzman, shamchalik yorug'ligim yo'q. Gugurt donasidek yo'q haroratim. Osiyman gunohdan forig'ligim yo'q. Tanamdagi jon ham bir omonatim.
Akbar Shoh.
Originallikka intil.
|
|
| |
BumBumCHa | Сана: Сешанба, 19-Мар-2013, 20:50 | Изох # 311 |
Рўйхатда
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 58
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 76
Холати: Хозир йўқ
| Esingdami aytchi sen tug`ilgan on Hamma xandon edi sen esa giryon Shunday yashaginki , ketar chog`ingda Hamma giryon qolsin, sen borgin xandon.((((((
|
|
| |
Shohi | Сана: Шанба, 23-Мар-2013, 16:27 | Изох # 312 |
Иштирокчи
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 269
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 510
Холати: Хозир йўқ
| O'rtamizda sarson, sevgi ovora, Ko'zlarimda yoshim qolgandi qotib. Sen esa ketarding uzoq, tobora Yolg'izim, men seni qo'ydim yo'qotib... Kezdim ko'chalarni sarson, sargardon, Uzoqlashding begunoh sevgimiz sotib, Qilmagandim sendan hech qachon gumon Yolg'izim, men seni qo'ydim yo'qotib... Taqdirning hukmiga aytib lanatlar, Yig'ladim, bo'zladim, o'tindim, kuydim. Axiyri yengiwdi meni hasratlar.. Sensiz va sevgisiz yawashga ko'ndim...
Lek ba'zan sog'inchim ketadi ortib... Yolg'izim men seni qo'ydim yo'qotib....Добавлено (23-Мар-2013, 15:27) --------------------------------------------- Qo'ldan keganchadaaa)) kulish yo'q))
Baxt meni kutmoqda... Yaqinginamda)))
|
|
| |
Nilufar_93 | Сана: Шанба, 23-Мар-2013, 18:22 | Изох # 313 |
Иштирокчи
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Изохлар: 270
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 237
Холати: Хозир йўқ
| Shukur qilaylik Yashaymiz dunyoda orzular ila, Unga yetishaylik bo'lmasin armon. Yomonlik ustun bo'lmaydi sira, Gar inson qo'l cho'zsa yaxshilik tomon. Qayg'u,tashvishlarga qilsakda bardosh, Ammo yengilsak maqsad yo'lida. Qorong'u tundan so'ng chiqqandek quyosh, Sabr,matonat ham inson qo'lida. Alloh yaratganku bizdek jonzotni, Bergan aqldek tuganmas boylik. Biz ham yaratamiz yangi hayotni, Har bir inson qalbida bo'lsa halollik. Tark etsa bizni quvonchli yoshlik, Bu onlarni tabassumla yodga olaylik. Shunda qaytib kelar qalbiquyoshlik, Bularning bariga shukur qilaylik. Nilufar.Добавлено (23-Мар-2013, 17:22) --------------------------------------------- Uzigabek1920 she'rlaringiz ajoyib. Yurakdan chiqqan she'rlar yurakka borib jo bo'ladi diyishlarini mana bir isboti. Kutib qolamiz!!! Ijodingizga ijod qo'shilsin)
Haqiqat havoga o'xshaydi,nafas olib turasizu,o'zini ko'rmaysiz.
|
|
| |
uzigabek1920 | Сана: Якшанба, 24-Мар-2013, 01:30 | Изох # 314 |
Иштирокчи
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 241
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 322
Холати: Хозир йўқ
| Tashakkurlar e'tibor uchun.
Qalbdagi azoblar chiqib tanimga, Jonim qiynamoqda har bir nafasda. Aql uchun tuyg'u chiqdi g'animga. Muhabbat ayladi jonimni xasta.
Dilimni beayov talar sog'inchlar. Jon berib sevganim janonim qani?. Go'yo zulmatdaman, ko'zda bog'ichlar. Sevgidan nurafshon jahonim qani?.
Izlayman, eslayman og'riydi ko'ngil. Faqat dard qolarmu sevgidan tortiq?. Izlayman, eslayman og'riydi ko'ngil. Yurakda sanchiqqa aylanar og'riq.
Qalbimni tugatgan ishqning azobi, Tanamni qiynashga shaylandimikan?. Dilim nimtalagan xijron qassobi, Vujudim talashga saylandimikan?.
Har nafas yodimga keltirgan ko'zlar, Ko'ksimga xanjardek sanchiq soladi. Uzoq xotiradan eshitilgan so'zlar, Bir kuni shubhasiz jonim oladi.
Sevgini abadiy tuyg'u bilardim, Baxti bir zum ekan, dardi abadiy. Visolni eng tiniq orzu bilardim, Ko'rganim xijronning zarbi abadiy.
Bir kuni shubhasiz jonim oladi. Ishq azobin dildan qurutolmasman. Har nafas o'tmishni yodga soladi. O'tmish o'ldiradi, unutolmasman.
Akbar Shoh.
Originallikka intil.
|
|
| |
GULI_NUR | Сана: Душанба, 25-Мар-2013, 14:05 | Изох # 315 |
Сайтимиз қадрли мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 2124
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 795
Холати: Хозир йўқ
| sizga-deeeee
|
|
| |
uzigabek1920 | Сана: Душанба, 25-Мар-2013, 21:38 | Изох # 316 |
Иштирокчи
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 241
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 322
Холати: Хозир йўқ
| e e e rahmate. Men xali bunaqa baho ewitmagandim. Добавлено (25-Мар-2013, 20:38) --------------------------------------------- Eski albomingni qo'lingga olib, Suratlarga sekin bir nazar solib. Xotira qiynasa, qalbing qo'zg'olib. Suratimni quchib bag'ring tig'laysanmu? Sen ham meni sog'inganda yig'laysanmu?
Yaqinlar ko'rinsa ko'zga begona. Taningni kuydursa qalb yona-yona. Yodingga tushganda oshiq devona. Tushimda ko'ray deb uhlaysanmu? Sen ham meni sog'inganda yig'laysanmu?
Nedandur hadiklar bo'lganda paydo. Xis qilsang o'zingni yolg'izu tanho. Tor bo'lib ko'rinsa ko'zingga dunyo. Faryod deb izlarim izlaysanmu? Sen ham meni sog'inganda yig'laysanmu?
Yostiqlar tosh kabi boshinga botsa. Ming tanlab topganing aldasa, sotsa. Uyqusi yo'qolgan tonglaring otsa. Ko'kda yulduzlardan holim so'raysanmu? Sen ham meni sog'inganda yig'laysanmu?
Dard ekan biz topgan ishqiy hikoya. Baxtga yetolmasdan topdik nihoya. Yig'lama! Eslashing menga kifoya. Dardlarim she'r bo'ldi, tinglaysanmu? Qanchalik sevishim bilgaysanmu?
Akbar Shoh.
Originallikka intil.
|
|
| |
Nilufar_93 | Сана: Душанба, 25-Мар-2013, 21:45 | Изох # 317 |
Иштирокчи
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Изохлар: 270
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 237
Холати: Хозир йўқ
| Ajoyib)
Haqiqat havoga o'xshaydi,nafas olib turasizu,o'zini ko'rmaysiz.
|
|
| |
uzigabek1920 | Сана: Душанба, 25-Мар-2013, 23:41 | Изох # 318 |
Иштирокчи
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 241
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 322
Холати: Хозир йўқ
| Dilimni bilmagan dildorim.
Yuragim to`ldirdi armonlar, Yer qattiq, yiroqdir osmonlar. Dardimga topilmas darmonlar. Dilimni bilmagan dildorim, Bevafo ko`zlari humorim.
Sevgiga to`ymadim, dunyodan to`ydim. Ishqida lahzada ming bora kuydim. Do`stim, tanlab-tanlab bevafo suydim. Dilimni bilmagan dildorim, Bevafo ko`zlari humorim.
Yorim qadrim senga shuncha xormidi? Ko`ngling mehrgamas, zarga zormidi? Seni mendan ortiq sevgan bormidi? Dilimni bilmagan dildorim, Bevafo ko`zlari humorim.
Husningga aldangan ko`zlarim yig`lar. Xiyonat tig`lari ko`ksimni tig`lar. Nolamni tunlarda yolg`iz oy tinglar. Dilimni bilmagan dildorim, Bevafo ko`zlari humorim.
Seni sevgan ko`nglim aqlimga dushman. Qanoti qayrilgan imkonsiz qushman. Ko`zlaringni eslab lolman, bexushman. Dilimni bilmagan dildorim, Bevafo ko`zlari humorim.
Mayli Tangrim seni baxtingni bersin. Yoring seni mendan kuchliroq sevsin. Baxt tila menga ham, baxtimni bersin. Dilimni bilmagan dildorim, Bevafo ko`zlari humorim. Akbar Shoh.
Originallikka intil.
|
|
| |
GULI_NUR | Сана: Сешанба, 26-Мар-2013, 11:56 | Изох # 319 |
Сайтимиз қадрли мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 2124
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 795
Холати: Хозир йўқ
| Gumon insonni kemirar, Yuragini yemirar. Undan köra söra özidan, Uqib olgin közidan!!! Kamina Mubina
|
|
| |
Dinora_Golden_Girl | Сана: Сешанба, 26-Мар-2013, 12:00 | Изох # 320 |
Sayyod.comда пропискада!
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 4486
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 908
Холати: Хозир йўқ
| Iyeee Shohi, Mubish tuppa-tuzuk Shoira ekansizlarkuuu Molodes Omad
Fikrim satrimda oshkor!)
|
|
| |
Abbosbek | Сана: Сешанба, 26-Мар-2013, 12:01 | Изох # 321 |
Sayyod.com посбони!
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 3823
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 655
Холати: Хозир йўқ
| Sizdan xam eshitelik
1000 marta yordam ber baribir unutishadi. Bir marta pand ber, bir umr eslab yurishadi. .
|
|
| |
GULI_NUR | Сана: Сешанба, 26-Мар-2013, 12:02 | Изох # 322 |
Сайтимиз қадрли мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 2124
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 795
Холати: Хозир йўқ
| Yaaaaaxmaaaaat
|
|
| |
uzigabek1920 | Сана: Сешанба, 26-Мар-2013, 12:37 | Изох # 323 |
Иштирокчи
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 241
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 322
Холати: Хозир йўқ
| qoyil.
Originallikka intil.
|
|
| |
GULI_NUR | Сана: Сешанба, 26-Мар-2013, 12:42 | Изох # 324 |
Сайтимиз қадрли мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 2124
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 795
Холати: Хозир йўқ
| uzigabek agar "qoyil" dib manga yozgan bösez xösh shogirdlikka munosibmanmi?
|
|
| |
uzigabek1920 | Сана: Чоршанба, 27-Мар-2013, 20:30 | Изох # 325 |
Иштирокчи
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 241
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 322
Холати: Хозир йўқ
| Guli Nur. Qoyil deb sizga yozdim. Добавлено (26-Мар-2013, 19:37) --------------------------------------------- Ишкинг юрагингда нидолар килса. Армон тулган калбинг видолар килса. Мухаббат ялиниб дуолар килса. Магрур бошинг ишкка эгмайсанму? Шунда хам нимга келмайсанму?
Нимадур мен томон чорласа сени. Риштаи ишк менга богласа сени. Менсиз недур калбинг догласа сени. Магрур бошинг ишкка эгмайсанму? Шунда хам нимга келмайсанму?
Охирги кунимдан топсанг хабарлар. Тугаса мен топган азоб, хатарлар. Сенсиз утар булса сунгги сафарлар. Магрур бошинг ишкка эгмайсанму? Шунда хам нимга келмайсанму?
Тулса юрагингга дуненинг дарди. Салгина билинса "кимнингдир" кадри. Кизгалдокка тулса ошигинг кабри. Магрур бошинг ишкка эгмайсанму? Шунда хам нимга келмайсанму?
Akbar Shoh. Добавлено (27-Мар-2013, 19:30) --------------------------------------------- Vatan onam yopgan shirmonlardadur. Vatan otam yig'gan xirmonlardadur. Vatan ko'ksimdadur, shu jonlardadur. Vatan deb yonmasa urmasin yurak. Vatan deb urmasa kerakmas bu jon.
Vatan bolaligim o'tgan bog'larda. Vatan sha'nim kabi osmon tog'larda. Vatan eng munavvar nurli tonglarda. Vatan deb yonmasa urmasin yurak. Vatan deb urmasa kerakmas bu jon.
Vatan halol nonim, mehnatimdadur. Quvonchim baxtim, ham zahmatimdadur. Vatan Olloh bergan ne'matimdadur. Vatan deb yonmasa urmasin yurak. Vatan deb urmasa kerakmas bu jon.
Vatan kelajagim, o'tmishimdadur. Vatan ko'rguligim, kechmishimdadur. Vatan qaytar joyim, ketmishimdadur. Vatan deb yonmasa urmasin yurak. Vatan deb urmasa kerakmas bu jon.
Vatandur bobomning muqaddas qabri. Vatandur tarixning isyoni, sabri. Vatandur bevatan xoinning jabri. Vatan deb yonmasa urmasin yurak. Vatan deb urmasa kerakmas bu jon.
Vatan oilam tinch yashagan makon. Vatan muhabbatni anglatgan oshiyon. Vatandur qo'ldagi millionlab imkon. Vatan deb yonmasa urmasin yurak. Vatan deb urmasa kerakmas bu jon.
Vatan dilimdadur, ich - ichimdadur. Vatan orimdadur, ham kuchimdadur. Vatan osoyishim, ham tinchimdadur. Vatan deb yonmasa urmasin yurak. Vatan deb urmasa kerakmas bu jon.
Vatanim, buyugim davlatimdadur. Vatanim orimdur, savlatimdadur. El aro eshitgan rahmatimdadur. Vatan deb yonmasa urmasin yurak. Vatan deb urmasa kerakmas bu jon.
Vatan onam kabi yolg'iz mehribon. Vatandur otamdek sergak nigohbon. Vatan dilim yashnatgan ilohiy bog'bon. Vatan deb yonmasa urmasin yurak. Vatan deb urmasa kerakmas bu jon.
Vatan uyqumdadur, sergakligimda. Vatan yaxshilikka tirgakligimda. Vatan kamolotim, go'dakligimda. Vatan deb yonmasa urmasin yurak. Vatan deb urmasa kerakmas bu jon. . . .
Vatan onam yopgan shirmonlardadur. Vatan otam yig'gan xirmonlardadur. Vatan ko'ksimdadur, shu jonlardadur. Vatan deb yonmasa urmasin yurak. Vatan deb urmasa kerakmas bu jon.
Akbar Shoh.
Originallikka intil.
|
|
| |