[ Янги изохлар · Фойдаланувчилар · Қоида · Изламоқ · RSS ]
Модератор форума: Giyos, SarVario, komol_76, Anv@rbek  
"Onalarimizga bag'ishlangan bitiklar"
LoadingСана: Сешанба, 26-Июн-2012, 14:36 | Изох # 201
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
So'zimni avvali Assalomu Alaykum! Oyijonim! Soxtalik qilishni istamiman. Mana boricha aytaman. Hayotimda tanishlarim ko'p ko'paymoqda. Maxallada, qarindosh urug'lar orasida sizni nomiz bilan bizni tanishadi. Sizni "general" deb hazil qilib tanishtiraman bazida. Sizga og'ir botmasin faqat. Ko'pchilikni oldida iqror bo'vomman. Yaqinda siz orqali bir ishni bitirib beradigan odam topkandim. U bilan boshidanoq siz oyim ekanizni etmiy ish boshlashni reja qildim. Endi bu xarakatimni o'zimni o'zim eplash maqsadida qildimde. Axir man tengilar uy-joy, mashina harakatida yuribti. Qisqasi ishim kam pul bilan ham bitmadi, ko'p pul bilan xam. Lekin ismizni etvordimku? Toshkent shaxri yanada kegaygandek tuyildi. Bir xafta yugurib bitmagan ishim ertasiga bitib kettiya? Hurmat degan narsa bor ekan. Mening generalim. Men bularni biroz kechroq chunib yetdim. Kecha forumdoshim Sokina yozgan "Mehir Daraxti" hikoyasini o'qib chunib yetdim. Yaxshilik yerda qolmaydi. Chin ko'ngildan qilgan yaxshiligiz mana bugun hosilini bermoqda. Rahmat sizga oyijonim. Mening generalim. Bugun Giyosni monologini o'qir ekanman men avval onajonim deyman. Axli ayolimni keyingi o'ringa qo'yaman. Ikkisini bir xilda ushlash qiyin dishadi. Shu sababdan sizni yuqori o'rinda ko'raman. Balki siz hotining kelsin ko'ramiz dersiz? Lekin o'xshatmasdan uchratmas deganlari yolg'on emasdur? U xam men kabi sizni etkanizni qiladi.
Sizni nima sababdan doim 1-urinda ko'rishimni etimi oyjonim? Sababi sizni yaxshi ko'rishni kamida 24 yil oldin boshlaganman. Ana endi keliniz man bilan shuncha yil yashab qo'ysinde undan keyin o'ylashib ko'ramiz.
Voy oyi?! O'ylab ko'ramiz didimku? Ne bu ayollani noto'ri chunadigani bunaqa tez ishlarkina? Ey bo'ldi ey, o'ziz topadigan kelin o'zila kelishvolila!?

Добавлено (26-Июн-2012, 13:36)
---------------------------------------------
So'zimni avvali Assalomu Alaykum! Oyijonim! Soxtalik qilishni istamiman. Mana boricha aytaman. Hayotimda tanishlarim ko'p ko'paymoqda. Maxallada, qarindosh urug'lar orasida sizni nomiz bilan bizni tanishadi. Sizni "general" deb hazil qilib tanishtiraman bazida. Sizga og'ir botmasin faqat. Ko'pchilikni oldida iqror bo'vomman. Yaqinda siz orqali bir ishni bitirib beradigan odam topkandim. U bilan boshidanoq siz oyim ekanizni etmiy ish boshlashni reja qildim. Endi bu xarakatimni o'zimni o'zim eplash maqsadida qildimde. Axir man tengilar uy-joy, mashina harakatida yuribti. Qisqasi ishim kam pul bilan ham bitmadi, ko'p pul bilan xam. Lekin ismizni etvordimku? Toshkent shaxri yanada kegaygandek tuyildi. Bir xafta yugurib bitmagan ishim ertasiga bitib kettiya? Hurmat degan narsa bor ekan. Mening generalim. Men bularni biroz kechroq chunib yetdim. Kecha forumdoshim Sokina yozgan "Mehir Daraxti" hikoyasini o'qib chunib yetdim. Yaxshilik yerda qolmaydi. Chin ko'ngildan qilgan yaxshiligiz mana bugun hosilini bermoqda. Rahmat sizga oyijonim. Mening generalim. Bugun Giyosni monologini o'qir ekanman men avval onajonim deyman. Axli ayolimni keyingi o'ringa qo'yaman. Ikkisini bir xilda ushlash qiyin dishadi. Shu sababdan sizni yuqori o'rinda ko'raman. Balki siz hotining kelsin ko'ramiz dersiz? Lekin o'xshatmasdan uchratmas deganlari yolg'on emasdur? U xam men kabi sizni etkanizni qiladi.
Sizni nima sababdan doim 1-urinda ko'rishimni etimi oyjonim? Sababi sizni yaxshi ko'rishni kamida 24 yil oldin boshlaganman. Ana endi keliniz man bilan shuncha yil yashab qo'ysinde undan keyin o'ylashib ko'ramiz.
Voy oyi?! O'ylab ko'ramiz didimku? Ne bu ayollani noto'ri chunadigani bunaqa tez ishlarkina? Ey bo'ldi ey, o'ziz topadigan kelin o'zila kelishvolila!?


Faqat 3 ta shart!
 
DilraboСана: Сешанба, 26-Июн-2012, 15:05 | Изох # 202
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 1188
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 628
Холати: Хозир йўқ
Tawakkur sizga qöwni.Yangamiz Gulchehra onadek bölgunlaricha 24 yil sabr-toqat qiliwlari kerak.Bu ayni haqiqat...Lekin,qaynona-kelin ittifoq tuzib sizga qarwi jangga kiriwsa bormi))) 48 yil ötsayam sizning wöringizga wörva tökilaveradi))) bu hazil. Gulichcha ona omon bölsinlar biggrin

Nigohimda jamdir bu olam...
 
LoadingСана: Сешанба, 26-Июн-2012, 15:11 | Изох # 203
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
P.S Gulchaxra Usmon qizidan barchalarizga salom.
Alohida SOKINA sizga. Omonat qilib bergan salomizni uz egasiga kecha yetkazdim. Javoban sizga salomatlik tiladilap.


Faqat 3 ta shart!
 
DilraboСана: Сешанба, 26-Июн-2012, 15:16 | Изох # 204
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 1188
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 628
Холати: Хозир йўқ
Tawakkur.Allohim ularga ikki dunyo saodatini ato etsin,ilohim.

Nigohimda jamdir bu olam...
 
DadaxonСана: Чоршанба, 27-Июн-2012, 14:42 | Изох # 205
Sayyod.com мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 203
Тақдирланишлар: 1
Хурмат даражаси: 244
Холати: Хозир йўқ
Onajon... Tandir qarshisiga kelib, qanchalar qaynoq ekanini xis etdim. Siz kerak bölsa xar kuni non yopasiz, bugun mexnatingz mashaqqatin xis qildim. Qöllaringiz tafti qaynoqligidan xis qilmassiz balki, bu olov taftini. Lekn men xis etdim. Sizsiz uyimiz xuvillab qolgan, siz bizni davlatimiz tanxo boyligm, mexribonim, uyimdagi quyoshim ekaningzni bugun chuquroq xis etyapman. Onajon...
 
LoadingСана: Чоршанба, 27-Июн-2012, 17:47 | Изох # 206
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
Bu xulosa Dadxonni postlarini o'qish davomida kelib chiqdi.

Onajonim, jazirama, qaynoq, oftob taftida bizga rizq izlab yurgan volidam. O'choq-tandir oldida kuymalanganing kamdek bag'ringni yoqib senga qattiq so'z aytdimi?!
Oyijonim, Onalar, sizning gunohlaringiz o'choq-tandir oldida yonib ketsa kerak extimol?
Onajonim biz uchun kuyib pishgan tani-joningiz Do'zaxning o'tiga xarom bo'lsin. ALLOHim onalarimiz o'z panohingda asra!


Faqat 3 ta shart!
 
AlisherbekUZСана: Жума-муборак кун!, 29-Июн-2012, 05:19 | Изох # 207
Иштирокчи
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 156
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 187
Холати: Хозир йўқ
‎"Otamga"

Musofirchilikda yurib dadamni qadrilariga etyapman.Bu bitiklarni professional she'r deb bo'lmas,lekin nima bo'lganda xam bir musofir o'gilning dardu xasratlari ini'kosi.

dunyolarga sig'may ketsa dardim mening,
ota sizning bir dardingiz bo'lolmaydi,
eski supa sizga o'gil bo'lib qoldi,
daydi o'gil bir yo'qlab xam kelolmaydi,
ishi ko'pmish,chipta qimmat uchish uchun,
oydan oyga qoldiradi ta'tilini,
baxonasi tugamaydi,vajlari ko'p,
kulsa xamki toy'ib to'yib yig'lolmaydi.
otajon deb maxkam bosib quchog'iga,
ko'zingizga ko'zlari tik qarolmaydi,
Tanbur chalib,dardingizni sovutganda,
bolam deb ingragan qalbni ovutganda,
kelar kunin oylar poylab zor kutganda,
kutmang Ota,bu kas o'gil bo'lolmaydi,
kelgan bilan koringizga yarolmaydi.
Zerikarmish qilar ishi bunda emas,
so'zlar so'zi yuluq yamoq,lo'nda emas,
qololmasmish boshlig'idan olibti xat,
do'st yorini deydi sizni oy'lolmaydi.
ko'ksingizda tanburdayin yig'lolmaydi.
29.06.12

Добавлено (29-Июн-2012, 04:19)
---------------------------------------------
"Chet elliklarning yashash tarziga orzumand bo'lgan uka singillarga"

Ajnabiyga xavas bilan boqma ukam,
uning xam o'z dardi ko'pdir sen kutmagan.
Onasi xech senikiday osh tutmagan,
g'am kochasi bisyor uning sen o'tmagan.
ajnabiyga xavas bilan boqma ukam.

Tunlar disco,night clubda yurar tortib,
non op kirmas ro'zg'origa o'zdan ortib,
chekkanidan tomirlari chiqqan bo'rtib,
ajnabiyga xavas bilan boqma ukam.
O'z soyingdan uzoqlarga oqma ukam.

Kun keladi ko'kka chiqib oy bo'lasan,
cho'ntagingda "kok"ing ortib boy bo'lasan.
ozagingni unutsang gar loy bo'lasan.
ajnabiyga xavas bilan boqma ukam.
ezilgan bu dilni sen xam yoqma ukam.

Sog'inch degan ichingdan bir tomir tortib,
Vatan deya yuragingda mexring ortib,
lash-lushingni chemodanga zarb-la otib,
ko'zda mexr,og'ir bir dard,alam mung-la.
Onajonim,Vatanim deb kelar kun bor.

Inin tashlab qaytgan qaldirg'ochlar kabi,
Ota uying to'ldiriblar o'tirgin sen
shum ajinlar kuydirgan ul aziz yuzni,
farzand bo'lib mexringga bir to'ydirgin sen,
Kechir endi Onajon sen kechir endi,
Musofir bu o'glingni sen kechir endi...
Yuragingdan g'am anduxni ko'chir endi.
Ajnabiyga xavas qilgan o'gling qaytdi.

Aylanayin qora qozon o'chog'ingdan.
adab,xurmat gurkiragan gul bo'gingdan.
bolang sira ketmas endi quchog'ingdan.
Ajnabiyga xavas qilgan o'gling qaytdi.

Chog'dan qaynoq mexring qumsab keldi bu dil,
Tandir noning isin qumsab keldi bu dil,
Sensizlikda nima bo'lsa bo'ldi bu dil,
"Cho'li Iroq" kabi dardli navo bo'lmas.
O'zing malxam bo'lmasang gar davo bo'lmas.

Otajonim chalib bergin qonsin yurak.
Tanbur ovozidan baxra olsin yurak.
Ajnabiyga xavas qilib nima ko'rdim,
Dunyo ko'rib,dunyolardan o'zni so'rib,
undan o'zni topolmagach yuzni burib.
Ajnabiyga xavas qilgan o'gling qaytdi.

19.06.2012.She'r deb bo'lmasa-da shunga oxshashroq...boriga baraka...

Globallashuv ummonida,o'z o'zanimizni topib olishga intilishimiz,Millat sifatida o'zlikni to'liq anglab etishga bo'lgan xarakatimiz xar doimgidan ko'ra muhimroqdir.
Alisher....

 
DadaxonСана: Душанба, 16-Июл-2012, 18:20 | Изох # 208
Sayyod.com мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 203
Тақдирланишлар: 1
Хурмат даражаси: 244
Холати: Хозир йўқ
Ona qanchalar sevishimni aytolsaydim sizga. Biz Özbeklar xar doim xam qalbimiz tubidagi mexrni sözlar bilan ayolmaymiz. Garchi yurak yurakdan juda yaxshi körsakda, biz buni xar doim xam aytolmaymiz. Bilmadim nega? Özingizga onajon siz xayotimsiz deyolmaganman, lekn bu xaqiqat. Siz meni xayotimsiz. Aytmagan bölsamda qalbimda shunday tuyg'ular mavjud. Bizni baxtimizga doim bor böling onajon.
 
AlisherbekUZСана: Шанба, 21-Июл-2012, 01:21 | Изох # 209
Иштирокчи
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 156
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 187
Холати: Хозир йўқ
‎"Ona"

Garchi o'bro,mansab dardida chopdim,
gul ko'ngling qaddiga g'am to'nin yopdim,
Sendan olis ketib,men nima topdim,
Ona dardlaringni olayin o'zim,
senga sadqa bo'lsin bu jon,bu ko'zim.
Yo'llar olis.Yo'llar,yillarga tutash,
yo'l qarab dilginang bo'ldimi otash,
o'gillik burchini shumikin o'tash,
uyatdan qizarib alvondir yuzim,
Ona dardlaringni olayin o'zim.
Qo'ng'iroq qilaman bir ozib,yozib,
deyman:Vaqtim kamroq,ishim rosa ko'p,
qog'ozlar ichida ivirsib,to'zib,
Ona yuribman-da,men xam o'gil bo'p.
Sen darding bildirmay ma'yus kulasan,
deysan:"Ovozingdan aylanay bolam",
bo'm-bo'sh xonam ichra bedor yurasan,
ko'ksingni tilkalar so'ginch o't,alam.
Sen uchun xaliyam go'dakman bilsam,
dard cheksam yig'laysan,yayraysan kulsam,
nuringdan kuch olib,oy kabi to'lsam,
Quyoshday mexringdan qamashar ko'zim.
Ona dardlaringni olayin o'zim.
Osh qilsang qozondan suzib bir kosa,
chetiga qo'yasan dasturxon yozib,
gul qadring anglolmam balki kun kelib,
faylasuf bo'lsam-da dunyoni kezib.
Sovuq kasalxona,qadaming asta,
yo'limga boqasan,yuraging xasta,
Musofir o'glingdan bu she'r,guldasta,
Bevaqt zavolingni ko'rmasin ko'zim,
Ona dardlaringni olayin o'zim.
Ta'rifing aylashga ojiz til,so'zim,
Poying o'pib,Alisher qiladi ta'zim.

20.07.2012 "Umrim kundaliklari"dan.
 
HushroyСана: Шанба, 21-Июл-2012, 12:31 | Изох # 210
Рўйхатда
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 48
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 951
Холати: Хозир йўқ
ОНАМНИ КУРГАНИ БОРАМАН
Бозорга чикибди кулупнай,
Етказди, Худодан айланай,
Илиниб, илиниб олволай,
Онамни кургани бораман.
Ишларим йулимни тусса хам,
Пойимда тиканлар усса хам,
Бир даста гул олиб булса хам,
Онамни кургани бораман.
Кирсам хам иккита нон билан,
Багрига босади жон билан,
Айтади: "Келдингми, жон болам?"
Онамни кургани бораман.
Булиниб, хар ким уз йулига,
Ташладик келинлар кулига,
Ялиниб яшар уз углига,
Онамни кургани бораман.
Кийиниб, охорли, саришта,
Бормайин эски, чанг ковушда,
Сузлайин энг майин товушда,
Онамни кургани бораман.
Ичволиб, маст булиб бормайин,
Хайвондан паст булиб бормайин,
Хит килиб юрагин ёрмайин,
Онамни кургани бораман.
Ичига солиб гам-гуссасин,
Тукканига афсус емасин,
"Улсанг хам розиман!" демасин,
Онамни кургани бораман.
Куйдирги фарзандин догида,
Синмасин кариган чогида,
Эъзозлай жонининг согида,
Онамни кургани бораман.
Утирай бемалол, ёзилиб,
Колмасин ташвишим сезилиб,
Юрмасин юраги эзилиб,
Онамни кургани бораман.
Айтмайин боламнинг гамини,
Билдирмай рузгорим камини,
Учирмай юрагин шаъмини,
Онамни кургани бораман.
Акамнинг яхшисин оширай,
Укамнинг айбини яширай,
Кувнатиб мехрини тоширай,
Онамни кургани бораман.
Уй талаш-мол талаш килмайин,
"Унга куп, менга оз" демайин,
Бошини огритиб келмайин,
Онамни кургани бораман.
Эркалай: "Оймомам, узимни,
Кувнатиб турасиз кузимни",
Кулади эшитиб сузимни,
Онамни кургани бораман.
"Хаммадан гузалсиз", деб атай,
Сулиган рухини яшнатай,
Кулдириб-кулдириб, яйратай,
Онамни кургани бораман.
Нурланиб кайтаман ёнидан,
Куч олиб жисмию жонидан,
Кузатар кулиб, айвонидан,
Онамни кургани бораман.
Ушадир, Мархабо, давлатим,
Энг гузал фарзим-у суннатим,
Оёгин остида жаннатим,
Онамни кургани бораман.
Мархабо Каримова.
П/С Ушбу гузал маъноли шеърни, онажонимлани кургани боришдан бир кун аввал укиш, ман учун одат булиб колган...)
 
GULI_NURСана: Шанба, 18-Авг-2012, 20:48 | Изох # 211
Сайтимиз қадрли мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 2124
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 795
Холати: Хозир йўқ
Dilim ravshan ko'nglimda bahor,
Shirin so'zga hech emasman zor.
Ko'zimga hech dunyo bo'lmas tor,
Men baxtliman chunki onam bor.

Duolari men uchun tumor,
Do'st qidirib bo'lmayman xumor.
Menga hech kim berolmas ozor,
Men baxtliman chunki onam bor.

Siz go'zalsiz sodda beg'ubor,
Mehribonsiz mushfiq beozor.
Ollohga shukr aytaman takror,
Men baxtliman chunki onam bor.
 
LoadingСана: Якшанба, 19-Авг-2012, 01:03 | Изох # 212
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
Uni ko'zyoshni oqizadi kim?

Ko'chadi gap so'zlarmi ayting, betofiq yuzsizlarmi ayting, uni kim yig'latar ayting? Onani faqat farzand yig'latar.
Yuzidagi ajinlarmi ayting, izi qolmas qamchilarmi ayting, hammasiga chidaydi ayting? Faqat uni mehirsiz farzand yig'latar.
Biz ko'rgan bu chin kulgumi ayting, hech farzandim yomon deydimi ayting. Kerak bo'lsa tabassumda uhlagan, shu mard ayolni faqat farzand yig'latar!


Faqat 3 ta shart!
 
oybekСана: Якшанба, 19-Авг-2012, 19:54 | Изох # 213
Иштирокчи
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 213
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 851
Холати: Хозир йўқ
Bu yolg'onchi dunyoda insonning bor yõg'i 2 donagina CHIN DÕSTI bõlar ekan, 1-si ALLOX 2-si usha siz u bizni yorug' dunyoga keltirgan zotlar AZIZ ONALARIMIZdir! ALLOX siz u bizni ruximizga parvona böladi, ONALARIMIZCHI..? Onalarimiz xali tug'ilmasimizdan to özlari qabrga ketgunlaricha boshimizda parvonalar. OQIBAT degan gap bor dunyoda! lekin Oqibat bilan oqibatniyam farqi bor bölarkan, Ona farzandiga beminnat oqibat qilarkan "Fazdandim mendan keyin qosin, unib össin" deb oqibat qilarkan, lekin farzandni oqibati Omonat bölarkan! "Bugun bor ertaga köramanmi yöqmi? ke shu 2 og'iz yaxshi gapimni ayamay" deb oqibat qilarkan, Goxida shu chin döstimizni xam qadriga yetamiz goxida yöq. Yarim tunda uyingizga kelib darvazani astagina ochib xechkimga bildirmay kirib ketaman deysiz, lekin sizni kutib ötirgan bedor Onaizor sizni kelganingizni qadam tovushlardan emas yuraklari bn sezadilar, bir og'izgina söz aytadilar "Bolam keldingmi....?! ". Goxida mana shu 2 og'iz söz og'ir botib ketadi "Xa onajon keldim, yosh bolamasmanu kirib uxlavursez bõmidimi" deysiz. Usha Onaizor mangu uxlap qolganlaridan kegin usha ona yotgan uyni derazasini tagidan ming marta ötin qaytib usha nido eshitilmaydi! Taqdirni taqazosi b.n yillar õtib yana usha darvaza yoniga yarim tunda kelasiz, berk darvaza yonida töxtab qolasiz sababi odiygina, usha topganizni qösh qöllap qöliga topshirgan farzandlaringiz xam, jonizdan ortiq suygan yoringiz xam Onaizorchalik sizni yarim tunga qadar kutmay toqati yetmay uxlap qoladilar, ana ushanda qalbingiz uyg'onib qoladi, vijdoningiz uyg'onadi, ushanda mexriboningizni sog'inib ketasiz, (lekin kech böladi) SHUNING UCHUN OTA- ONAMIZNI QADRIGA YETAYLIK......

 
GULI_NURСана: Чоршанба, 22-Авг-2012, 06:21 | Изох # 214
Сайтимиз қадрли мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 2124
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 795
Холати: Хозир йўқ
Hammadan ham taxtliman,
O'z so'zimda axtliman.
Bu dunyoda baxtliman,
Mehribonim borligi uchun.

Do'stim tiqsa terimga somon,
Kunlar kelsa juda ham yomon.
Mena baribir bo'larman omon,
Mehribonim yonimda hamon.
 
Zinnura_KСана: Чоршанба, 29-Авг-2012, 10:38 | Изох # 215
Sayyod.com мухлиси
Гурух: VIP
Изохлар: 863
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 1466
Холати: Хозир йўқ
ONA-farzandiga yopirilajak dardu alamlar seli yo'lidagi bir to'g'ondur. Ona yaratgan "OLLOH" huzuriga qaytgach , bu to'g'on o'z o'zidan yemiriladi. Ko'pgina homsut emgan bandalar buni kech anglashadi....oxir oqibat "VOY OYIJON" deydilar, nola yu faryod dengiziga g'arq bo'ladilar. So'ng esa to'g'on bo'lishni Ona ruxidan umidvor bo'ladilar... Joxil bandalar... Ko'rguliklardan Onaning ruxi emas, Yaratganning o'zigina saqlashga qodirligiga aqllari yetmaydimi?...(!) Yana Olloh Taoloning o'zi bilguvchi., mobodoooo ona ruxiga ham biron bir qudrat jo etilsa bormi...borini hayotda qolgan farzandlari himoyasiga baxsh etarimidilar.....(?) bu shunchaki ojiz bir faraz..! Aslida esa onalarning ruxi farzandlari duosi va ular ortidan kelguvchi "ajr"dan umidvordurlar.....

erka farishta....(m)....
 
LoadingСана: Чоршанба, 29-Авг-2012, 14:48 | Изох # 216
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
Zinnura bu o'tkir nigoxingiz, zexningiz.

Faqat 3 ta shart!
 
DilraboСана: Чоршанба, 29-Авг-2012, 19:13 | Изох # 217
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 1188
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 628
Холати: Хозир йўқ
Mulohazalaringiz tögri,lekin har qanday dinu-diyonatli insonlar ham bu judolikni bowidan kechirganlarida bu ögir ayriliqqa könikolmay bir muddat karaxt ahvolda qoliwlari aniq.Wunda ham Johillikdan emas,g'ofillikdan böladi.Bilguvchì Alloh.O'tganlarni ALLOHimni özi rahmat qilsin.Tabib,tabib emas bowdan ötgan tabib...Lekin,nima un Olloh,ajr sözlarini qöwtirnoq ichiga olganingizni tuwunmadim,singlim.

Nigohimda jamdir bu olam...
 
LoadingСана: Чоршанба, 29-Авг-2012, 19:38 | Изох # 218
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
P.S Ajr so'zi tasir, kuchuni bildirish manosidadur?
MANGA bu postdagi hayajon Sezildi.


Faqat 3 ta shart!
 
Zinnura_KСана: Чоршанба, 29-Авг-2012, 21:23 | Изох # 219
Sayyod.com мухлиси
Гурух: VIP
Изохлар: 863
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 1466
Холати: Хозир йўқ
opajonim sizdan iltimos qilardimki yana bir bor bu satrlarni o'qib chiqin. U yerda ayriliq dan so'ng bo'ladigan holatlar emas, inson bowiga balo yu ofatlar, dartlar tuwganda Olloh dan emas onalari ruxi dan najot kutiwlari haqida yozilgan..... Bu iwlari bilan o'zlari bilmagan holda "kufir" ga ham borib qolishlari mumkin...bundan onalarining ruxi xam bezovta bo'lmaydilarmi?... Qiynalmaydilarmi???

Loading to'g'ri chunganingiz un rahmat bu so'zlar qalb ko'zlariga olo'vdek tawlaniwi kerak, agar qo'limdan kelganda bularni yanada ajratibroq yozardim..!


erka farishta....(m)....
 
DilraboСана: Чоршанба, 29-Авг-2012, 21:50 | Изох # 220
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 1188
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 628
Холати: Хозир йўқ
Mulohazalaringiz menga ham ma'qul,singiljonim.Fikrlaringizda köpgina insonlar,deb yozganingizga ularning hammasiyam johillikdan emas,gam-kulfat karaxt qb g'ofillik qilib qöyadi,degan mushohadan ilgari surdim.Zero,Alloh kechìrguvchi! Siz kuyinchaklik bilan insonlarni hidoyatga chaqirayotganingiz tahsinga loyiq,singiljonim...Agar sözlar qöwtirnoq ichiga olinsa,teskari yoki sha'ma,kinoya-kesatiq ma'nosida ta'sirni owiriw un salbiy ma'noda tuwuniladi-da.Yaxwisi, katta harflarda ajratib yozganingiz ma'qulmikan? M: ALLOH,AJR köriniwida.Bu döstona fikrim."Mömin möminning oynasidir"

Nigohimda jamdir bu olam...
 
LoadingСана: Чоршанба, 29-Авг-2012, 23:11 | Изох # 221
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
P.S ANA bu suhbattda hammamiz birdek AJRga ega bo'ldik.

Faqat 3 ta shart!
 
Chingiz_MadadianСана: Пайшанба, 30-Авг-2012, 14:43 | Изох # 222
Рўйхатда
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 2
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 264
Холати: Хозир йўқ
Albatta onajonlarimiz bizni yorug dunyoga keltirib oq yuvib,oq taraydi. Allox taollo xam onalarni bejizga buyuk qilib yaratmagan,lekin manba shu buyuk zot naqadar xokisor bolib oz farzanflarini erini qadrlaydi.
man oilamizda bolib otgan voqeani yozmoqchiman: Xullas biz u kunlarni eslagim yoq lekin eslashga majburman agar sizzi oilangizga qarindosh urug'lariz kelib onayizzi otirsa opoq tursa sopoq qilsa ayamasdan uyizdan xaydang (ota tomondan qarindosh bolsa agar) biz juda qiynalib voyaga yetdik ota onma top-ganlari rozgorga zorga yetardi doim uyda yetiwmovchiliklar bolardi wunga ota onma diom xarakat qiliwardi yaxwi yawawga koproq pul topiwga va buni uddasidan chiqiwdi xam qiyinchiliklarimiz ortda qoldi bitta narsani tan olaman uyda moliyaviy jixatdan pulni onam koproq topardi chunki u tibbiyot soxasida ishlar edi yaxshigina lavozimga ega edi otamn xam maktabda direktort orinbosari lavozimida ishlar edi maoshi yaxshi edi lekin ortiqcha foydasi bolmasdi lekin biz bundan xch xam nolimasdik onam xam dadang pul topsa topmasa xam boshi omon bolsa boldi der edilar. kunda kunora ammalim uyga kelib buvimga keliniz iwdan chiqsin uyda otirsin deb aytadigan boliwdi shunday qilib ammalarim onamni lavozimidan bowatiwdi bu orada onam bir dosti bilan xususiy klinika ochishdi qarangki bu yerda xzam ammalarim onamni tinch qoyishmadi xar kuni ammalarim uyga borib dadam bilan buvimga onamni yomonlashdan charchamasdi ustiga ustak ularni erlari xam qoshilib olishgan onam mashina olguncha dosti uyga olib kelardi shularni aytib dadamni gijgijlashardi. Onami dosti tuman shifoxonasida bosh vrach bolgach klinikani boshqarish tamoman onamga qoldi endi onam klinikani boshqarar uyga kech qaytardi bu ammalarga ro0sa qol keldi endi bir kunda iiki uch martalab uyga kelishadigan onamga qarshi uydagilarni qayridigan bolishdi. dadam bu gaplarga etibor bermasdi lekin qandaydir mung bolib qolgandi chunki ammalarim shunaqangi gaplar aytishdiki u gaplarni bu yerga yozishga uyalaman. Xullas onam ichidan ezilib oxiri betob bolib qoldi,ishidan xam klinikadan xam kechdi. ammalarimiz onamga qarshi bizni xam qayrashni boshladi shunda man xam akam xam onham it bolsa boglab deyishgan bizga onamiz xaqida bunday gaplar qiman dedik shu shu onam betob doim davolanib yuradi xozir poliklinikada ishlaydi,lekin ammalarimdan judayam xafa chunki ammalarimni db onam betob bolib qoldilar xozir ammalim xch narsa bolmagandek yuriwibti onam indamadi xudoga soldim dedi xudo asta sekinlik bilan xammasiga korsatyapti lekin mani onajonimmi sogligini kim qaytarib bera oladi qaysi ammam qaytarib bera oladi...


Allah helps 74and loves everyone
 
DilraboСана: Пайшанба, 30-Авг-2012, 17:04 | Изох # 223
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 1188
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 628
Холати: Хозир йўқ
Chingiz,onajoningizga Allohim shifo bersin,ilohim.Barcha yaxwiliklar Allohdan.Ularni RUHAN QOLLAB-QUVVATLANG ,toki shuncha körguliklarni xas örnida ham qabul qilmasinlar,ya'ni fosiq ammalaringizni yöq odam deb bilsinlar.Onajoningizga farzandlik mehrini his qildiringki,toki yashashga yana rag'bat topsinlar va farzandlari un yawawi kerakligini anglab yetsinlar.Wu paytgacha sizlarning tashviwingiz bn yashagan bölsalar endi rohatlaringizni körish un bu dunyoda qolishga intilsinlar.Allohimdan ularga soglik va uzoq umr tilayman.Onangiz un Allohdan yaxwiliklar tilang,forumdosh.

Nigohimda jamdir bu olam...
 
Chingiz_MadadianСана: Пайшанба, 30-Авг-2012, 17:08 | Изох # 224
Рўйхатда
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 2
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 264
Холати: Хозир йўқ
Raxmat aziz forumdosh aytganiz kelsin

Allah helps 74and loves everyone
 
LoadingСана: Жума-муборак кун!, 31-Авг-2012, 00:16 | Изох # 225
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
Kechiring onajon iloji bo'lsa. Sizga boshqalar kabi tarif berolmiman. Tasirchan biror jumla yozmaganman. Menga ishonasiz. Men bunga ishonaman. Bu joyda yozmadim. Nasib qilsa kelajakda sizga bo'lgan mexrimni isbotlab beraman.

Faqat 3 ta shart!
 
Поиск: