[ Янги изохлар · Фойдаланувчилар · Қоида · Изламоқ · RSS ]
Модератор форума: Giyos, SarVario, komol_76, Anv@rbek  
"Onalarimizga bag'ishlangan bitiklar"
Umar_chikСана: Сешанба, 05-Фев-2013, 11:47 | Изох # 251
Рўйхатда
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 38
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 199
Холати: Хозир йўқ
Mendan o'tsa neki o'tdi, tinglangiz iqrorimni
Alloxga xamd yakka dedim ul parvardigorimni
Umr bo'yi qilgan bo'lsam birgina savobli ish
Duo qilib qo'ysangiz bas padari buzrukvorimni
Jigarbandim, mushtiparim ul onaiyzorimni
Neki yomonlik fe'limda, ko'cha ko'yga bir xavas
Dilozorlik keng xovlimga zinxor tegishli emas
Qay kun yo'lning bir chetidan olib o'tgandim bir xas
Duo qilib qo'ysangiz bas padari buzrukvorimni
Jigarbandim, mushtiparim ul onaiyzorimni

Extimol men gox suxbatni g'iybatga burorim bor
Xar narsani nafsim ila tinglabon ko'rorim bor
Axvoli tang mendek g'arib sizdan bir so'rorim bor
Duo qilib qo'ysangiz bas padari buzrukvorimni
Jigarbandim, mushtiparim ul onaiyzorimni

Yoshligimdan xar ko'ngilga xasadim yo'qdir sira
Sizda borin mening ko'nglim qilmaydi also xira
Taxajjudga turar vaqtda mening xaqqimdan ko'ra
Duo qilib qo'ysangiz bas padari buzrukvorimni
Jigarbandim, mushtiparim ul onaiyzorimni

Allox xaqqi men ulardan olgandirman andoza
Asli ota-onamniki neki bor menda toza
Din axkomin yetkazdi deb elga qilmay ovoza
Duo qilib qo'ysangiz bas padari buzrukvorimni
Jigarbandim, mushtiparim ul onaiyzorimni

Elning og'zin yopib bo'lmas, juda yaxshi bilaman
O'z axvolim ko'rib ba'zan yig'layman, gox kulaman
Men sizning xaqqingizga tinmay duo qilaman
Duo qilib qo'ysangiz bas padari buzrukvorimni
Jigarbandim, mushtiparim ul onaiyzorimni !!!


YO'Q ERUR ALLOHDAN BOSHQA BIR ILOH!
Qanday ham yaxshidir shiorim manim...
 
Dilnoza_EСана: Якшанба, 24-Фев-2013, 18:50 | Изох # 252
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 1372
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 366
Холати: Хозир йўқ
Onajon quvonchim, baxtim sen özing, Qalbimga malhamdir har aytgan sözing, Sevinchdan porlasin mehrli közing, Men uchun olamda eng yaxshim özing.
 
oybekСана: Душанба, 11-Мар-2013, 15:35 | Изох # 253
Иштирокчи
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 213
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 851
Холати: Хозир йўқ
Энди шоҳи, атлас киймайди онам, Энди кимхоб, адрас киймайди онам. Энди зар олиб бер, демайди онам, Энди онам фақат мени кутади.

Катта шаҳарларга борай демайди, Париж, Лондон, Римни кўрай демайди. Япон боғларида юрай демайди, Энди онам фақат мени кутади.

Сархил таомларга ҳуши йўқ энди, Тандир кабобларга тиши йўқ энди. Зиёфатлар билан иши йўқ энди, Энди онам фақат мени кутади.

Ёқмас тўй-ҳашамлар шовқин-сурони, Ёқмас неваралар тўс-тўполони. Сўрамайди кунни, обу-ҳавони, Энди онам фақат мени кутади.

У-бу олиб кел, деб ҳеч сўрамайди, Олган нарсамга ҳам бир қарамайди. Дер: “Кеп турсанг онанг бил, қаримайди”, Энди онам фақат мени кутади.

“Болам, бўйингни бир кўрсам бас”, дейди, “Суҳбатлашиб ўтир, кел, бирпас”, дейди. “Менга бошқа нарса керакмас”, дейди, Энди онам фақат мени кутади.

Бормаган бир куним ўн кунга ўтар, Мен борар йўлларнинг бошида кутар. Мени кўрса дилдан ғамлари кетар, Энди онам фақат мени кутади.

Дейди: “Болам, бугун айт, келасанми? Агар келсанг ётиб ҳам қоласанми? Жуда соғинганман, сен биласанми?” Энди онам фақат мени кутади.

Энди шоҳи, атлас киймайди онам, Энди кимхоб, адрас киймайди онам. Тиллоллар олиб бер, демайди онам, Энди онам фақат мени кутади.

Мен-чи? Кошки, ҳар кун бора олсайдим...


 
nusrat8182Сана: Душанба, 11-Мар-2013, 16:10 | Изох # 254
Иштирокчи
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 320
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 328
Холати: Хозир йўқ
biz onalarimizning bir organimiz shunki ularni 9 oy organi b-b yashadik.Shuning u-n biron joyimiz og'risa ular ham og'riydi(kaminaning daftaridan)

Kutmoq va umid qilmoq kerak...
 
Feruza_BСана: Шанба, 23-Мар-2013, 01:08 | Изох # 255
Иштирокчи
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Изохлар: 231
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 92
Холати: Хозир йўқ
Oyijon sizni judayam sog'indim, garchi yonimda bo'sezda baribir sog'invomman.
 
GULI_NURСана: Шанба, 30-Мар-2013, 01:33 | Изох # 256
Сайтимиз қадрли мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 2124
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 795
Холати: Хозир йўқ
OYIJONIM man baxtliman chunki siz yonimdasiz!!!
Doimo baxtimga omon bölin!!!
Hech bir ifor sizning iforingizchalik yoqimli emas!!!
Siz tufayli dunyo tashvishini unutaman!!!
KULGU TARK ETMASIN!!!
HAYOTIMDAGI MANO ONAM!!!
 
LochinbekСана: Шанба, 30-Мар-2013, 01:42 | Изох # 257
Иштирокчи
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Изохлар: 306
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 227
Холати: Хозир йўқ
Онам макка менга Онам саждагох,
дуолари мен учун энг катта панох. Узинг
куриб турибсан узингсан гувох, Онамни
асрагин Онамни AЛЛОХ. Бешигимда
бедорим аллалар айтган, тунлар
кечиксам ухламай кутган. Дардимни олиб
оромин тутган, Онамни асрагин Онамни
AЛЛОХ. Олисдаман Онамдан узокда
йолим, факат сенга айтаман очаман
дилим. Майли куйиб кетсин севгидан
кунглим, Онамни асрагин Онамни
AЛЛОХ. Сен буюксан бандангни
тинглагувчи зот, сенга илтижо килдим
килмадим фарёд. Онам билан менга
кизик бу хаёт, Онамни асрагин Онамни
Оллох!


Buyuklik - Oddiylikning eng sodda ko'rinishidir.
 
Zinnura_KСана: Шанба, 30-Мар-2013, 07:36 | Изох # 258
Sayyod.com мухлиси
Гурух: VIP
Изохлар: 863
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 1466
Холати: Хозир йўқ
cry oyiiiijon sizzi yashshiko'laman))

erka farishta....(m)....
 
Dinora_Golden_GirlСана: Шанба, 30-Мар-2013, 09:54 | Изох # 259
Sayyod.comда пропискада!
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 4486
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 908
Холати: Хозир йўқ
Hammelaga Rahmat, Ajoyib she'rlar uchun! Omad!

Fikrim satrimda oshkor!)
 
AbbosbekСана: Сешанба, 02-Апр-2013, 07:28 | Изох # 260
Sayyod.com посбони!
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 3823
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 655
Холати: Хозир йўқ
Onajonim sizga bugun tilaklarim hammasi
Shu vaqtgacha dil so'zlarim aytolmadim chamasi
Sizga bo'lsin bor jahonim,mehrim va umrim,
Toki tirikdirman sizga bo'lsin eng shirin so'zim.


1000 marta yordam ber baribir
unutishadi. Bir marta pand ber, bir
umr eslab yurishadi. .
 
GULI_NURСана: Якшанба, 14-Апр-2013, 12:57 | Изох # 261
Сайтимиз қадрли мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 2124
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 795
Холати: Хозир йўқ
QUYOSH kunni qanday yoritsa ONAJONIM ham hayot yölimni shunday yoritadi!!!
QUYOSHSIZ kun kun emas!!!
ONAJONIMSIZ ham men men emas!!!
QUYOSHNING issiq taftidan jon rohatlanadi!!!
ONAJONIMNING bag'rida ham jonim ham rohatlanadi, ham orom oladi!!!
Dunyo tashvishlari unutiladi!!!

OY tunni qanday yoritsa OTAJONIM ham hayot yölimni yoritadi!!!
OYSIZ tun tun emas!!!
OTAJONIMSIZ ham men men emas!!!

OY ham QUYOSH ham men uchun HAVO va SUV dek zarur!!!
OY ning ham QUYOSH ning ham örnini hech qanday YORUG'LIK egallay olmaydi!!!
 
AlisherbekUZСана: Жума-муборак кун!, 21-Июн-2013, 02:35 | Изох # 262
Иштирокчи
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 156
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 187
Холати: Хозир йўқ
Ona Vatan-Otajon tuproq,
sen chinorim men esa yaproq,
Menga,mendan ko'ra yaqinroq,
dalang o'ngda ko'raman devdim,
Yurtim seni beriyo sevdim.

Dil bermadim-soxta so'zlarga,
aldanmadim qaro ko'zlarga,
qolib sovuq xazonrezlarga,
yosh seliga yuzimni yuvdim.
Yurtim seni beriyo sevdim.

Begona joy-el bo'lmas ekan,
unda yurib dil kulmas ekan,
ruhim sen-la yengilmas ekan,
zaiflikning sharpasin tuydim,
Yurtim seni beriyo sevdim.

Pulmi-ilm izladim bunda,
o'z foydamni ko'zladim bunda,
gul bag'ringda-bo'lib arzanda,
xizmatingda bo'laman devdim,
Yurtim seni beriyo sevdim.

So'ginch-qalbda buloqday qaynar,
hijron-it,ruh suyagin chaynar.
g'ajib to'ymay jonimni qiynar,
bundan omon qolaman devdim,
Yurtim seni beriyo sevdim.

Onam o'zing-dardimni tinglar,
mendan yaxshi ko'nglimni anglar,
yurak sensiz ko'ksimda xo'ngrar,
uni qonga botirib qo'ydim,
Yurtim seni beriyo sevdim.

Shermas qaro yerman men sensiz,
nonim yig'lab yerman men sensiz,
ulug'imsan-dunyoda tengsiz,
sensizlikda bu jondan to'ydim,
Yurtim seni beriyo sevdim.

Alishering-mahzun bolangman,
qiring qumsagan bir lolangman,
sensizlikda umri yalangman,
mehring bilan isinib yurdim,
Yurtim seni beriyo sevdim.

Добавлено (20-Июн-2013, 23:58)
---------------------------------------------
Ko'zing kulsin-shodlik nuridan,
azoblaring kuyib,kul bo'lsin,
Onajonim-O'zbegim elim,
darhonangda faqat to'y bo'lsin.

Karnay surnay ovozi tutsin,
fayzi bo'lak ko'chalaringni,
xumoriman-taralsin xar yon,
yopgan tandir kulchalaringni.

Do'st-yorlaring kulgisi yangrab,
quvonch qo'shib xonadoningga,
ketmas davlat bo'lib kirsin baxt,
changib qolgan g'aladoningga.

O'gil-qizing yaxshi kunida,
savlat to'kib,o'zing bosh bo'lgin,
nabiralar ot bo'ling desa,
kishnab turgan ulug' yosh bo'lgin.

Tilaklarim eng asillari,
senga bo'lsin armug'on elim.
To'ylar qilib,charchama sira,
ko'rmagin xech bemahal o'lim.

Ko'zlaringda ko'rmay o'tayin,
bir tomchi xam alamli yoshni,
istasang gar bog'labon belim,
damlab beray Qarshicha oshni.

Faqat sen kul,yayra,siqilma,
bu dunyoni olma nazarga,
yur o'glim deb arava kabi,
sudra meni,eski bozorga.

Bozoringda mast bo'lib qolsam,
zirang xidi olsa aqlimni,
o'z uy-o'lan to'shaging,deya,
eslat menga,ota naqlimni.

Duolaring bo'lsin ijobat,
Ona Halqim-ko'ngli muloyim,
toki dunyo turguncha tursin,
O'zbek degan noming Iloyim.

Добавлено (21-Июн-2013, 01:09)
---------------------------------------------
2012.01 Noyabr Gurgaon,New Dehli,Medanta Hospital.Yetti soatlik jarrohlik operatsiyadan so'ng onamni jonlantirish xonasiga kochirishibdi.Yerga xam ko'kka xam sig'may kutayotgan edik.Kirish uchun maxsus qog'oz olib,onamni oldiga kirdim.Bu zalni qanday ta'riflashni bilmayman lekin ayni o'sha vaqtda xuddi fazoda uchib yurgan kosmik kema bortida yurganday tasavvur qildim o'zimni.Zal bir necha oynali xonalarga bo'lingan,xar bir xonada esa enliligidan mexmonxona twin bedi ni eslatuvchi karavotlar...Karavotlarda esa xuddi o'zga sayyoradan qaytarilgan missionerlar reabilitatsiya o'tayotganday...Onam yotgan shishali xonani qidiradi ko'zlarim.Xam qo'rquv xam umid bilan yonaman.Va nixoyat doctorning Kabilova bu yerdalar degan gapidan chap tomonimdagi plastic parda yopilgan shishali palataga qadam tashladim.Oh bu qadamlarim huddi 100 yillik sekin qadamday,oyoqlarimda kuch qolmagan edi.Xozir onamni ko'raman...Miyamda ming xil xayol...Doctor nima der ekan.Parda qiya ochilgan edi...onamni karavotga kochirib bolishibti...Onajonim.na til na xarakat bir dunyo shlanklar,og'iz,burun,qorin yurak va bir dunyo apparatlar.....Ko'zimdan yosh quyiladi...Bir unga va bir monitorga tikilaman....Monitor esa "Onang tirik ko'ngling to'q bo'lsin mana mendagi shkalalar uning yurak urishidan deyayotganday.Doktor esa meni ovutayotgan bo'ladi.Atrofga qarang do'stim,biz bir kunda 80 ga yaqin jarrohlik operatsiyasini o'tkazamiz...Buni xech qo'rqinchli joyi yo'q.Oyoqdan to'rtta tomir sug'urib,yurakka tikdik......To'rtta tomir olib yurakka tikdik..Yurakka tikdik....Qulog'im shang'illaydi...Onamni oyoqlariga o'ralgan xuddi bronjeletni eslatuvchi malla rangdagi maxsus dag'al matolarga tikilaman...oyoq panjalari esa jonsiz....Onajon seni azobga qo'ygan o'glingni kechirgin.Shu birgina so'z miyamda aylanadi.Ertaga ertalab ko'zlarini ochadilar,bugun esa borib dam olinglar erta tongdan shu yerda bo'lsanglar bo'ldi,ko'zlarini ochganlaridan,o'zimiz telefon qilib chaqiramiz.....Dam olish...Bir umr tepamda turgan,isitmam chiqsa ming o'lib tirilgan zotni o'lim bilan olishib yotgan chog'ida yolg'iz qo'yib dam oladigan o'gilga la'nat bo'lsin.

Добавлено (21-Июн-2013, 01:13)
---------------------------------------------

                   "Onamning anvoyi jannati isi"

Onamni New Dehliga olib borgandan keyingi besh kun men uchun yillarga tatigulik kunlar bo'ldi.Jarrohlik ertaga amalga oshiriladi degan xabarni eshitishim bilan oyog'larim qaltiradi,xuddi xozir onamni jarrohlikka olib kirishsa-yu....Astag'firulloh.ichimda duo qilaman.Onam esa nursizlanib borayotgan ko'zlari bilan menga termulib,rozi rizolik so'raydi.Onamni quchog'layman.Eng ulug' hid dimog'imga uriladi.Bu Onamning xidi.
Bu xidni jannatda topa olarkanmanmi?Agar hadis izoh berishicha Jannat onalar oyog'i ostida bo'lsa demak,Jannatul Firdausdagi eng iforli islarning ulug'i Onalarimizning xushbuy islari bo'lsa kerak InshaAllah.
Onamning farang atiri bilan qorishib ketgan tanasidagi dori isi orasida yana bir ta'riflab bo'lmas is borki bu xidini xidlab to'ymayman.Bu xidni esa miyam xuddi kiborgday taniydi va meni bir zumga eski ayvonimizning qaldirg'ochli shiftidan tortib,musichalarning yozning issig'ida xovlimizning soya joyiga qo'nib biroz tin olib,kukulashlarigacha,to'rt tomoni temirdan yasalgan va o'rtasiga yoz kirishi bilan tekis taxtalar tahlab dadam beton supamizga chiqarib terib yasaydigan eski so'rimizning odam chiqqanda g'irch-g'irch qilishiyu,onamga yordam bo'lsin deb beshikda yotgan egizak singlim va ukamni alla aytib tebratayotgan raxmatli buvimning yuz qiyofasigacha,beshikni xar borib kelganda mayin yelpig'ichdan taralgan shabadaday yuzga urgan salqinligigacha,qurbonlikka deb atab bo'glab qo'yilgan xovlimiz to'ridagi qo'chqorning g'arch-g'urchlab tikan chaynashidan tortib,bir paytlar yoshlikda dadam ekib tagini sug'orib,teshalab turgan pomidor ko'chatlarini xidlarigacha,yozning oynadek toza yulduzga boy kechalarida,bedapoyalarning isi aralash chigirtkaning chirillashigcha aniq tiniq esga soladi,"esga soladi"bu joyda uncha to'gri so'z bo'lmasa kerak,aynan o'sha xid,iforlar qorishib,lekin miya ularni maxsus alohida alohida ajratib ola olish bilan birga,ko'z oldimga o'sha go'daklik muhrlangan kino lentalarni bir zumga tiriltira oladi.
Bilmadim bu qanday ifor,butun bir insonning umr yo'lini bir soniyada ongning xamma kataklaridan yig'ib kelib,quloqqa aniq taniq eshittira olish qudratiga ega.
Ba'zan o'rni kelganda umrimning asl mag'zi bo'lgan hotiralarimni bunaqangi darajada aniq ta'riflashga ongim oqsab tilim esa kerakli metaforalarni topa olmay pand beradi,lekin onamni isini tuysam,dunyo xovlimizday bo'lib ko'rinadi.O'sha eski xovlimizday,U xovli esa endi o'tmish xotiralarim kitobining eng zalvorli sahifasida saqlanadi.
Butun yoshlikdagi eng ma'nodor yoki qaymoqqa botirilgan nondagi mazaday,go'yoki,yoshligim xotiralarining eng unique sana't asarlarini bir biriga omuxlashtirib,tiriltirib berish qudratiga ega komplexlashgan tarzda tayyorlangan mo'jizaviy essentsiyaga o'xshaydi bu Ifor.
Buni tushuntirib berish esa juda mushkul,lekin menimcha xar bir farzand onasini quchoqlab onajonim deb bag'riga bosganida bu xisni tuysa kerak,bu xid esa farzandni minglab onalar ichida o'z onasini ajratib olish imkoniyatini bersa ajabmas.Lekin farzand sifatida ko'p xollarda bunday xislarni juda o'tkazib,tagiga oldirib xis qilamiz.

Добавлено (21-Июн-2013, 01:35)
---------------------------------------------
Mirzabek Holmedovning she'ridan ta'sirlanib ....

Asli,umr oqar daryo,
mehri dilga,nurday ziyo,
izlarin qilgin to'tiyo,
Onajoningni topolmaysan.

Oshingni ham yig'lab eysan,
boshingni toshga urgaysan,
keyin kimni Ona deysan?
Mehriboningni topolmaysan.

Ko'zlarini izlagaysan,
so'zlarini so'zlagaysan,
armon qilib bo'zlagaysan,
Onajoningni topolmaysan.

Go'rday bo'lib qolar uying,
dolday cho'kar adl bo'ying,
yig'lab o'tkazarsan to'ying,
Onajoningni topolmaysan.

Fayzing ketar,huvillaysan,
yetim bo'lib uvillaysan,
qalampirday lovullaysan,
Onajoningni topolmaysan.

Mushtiparing bo'lsa ertak,
yig'laganing kimga kerak?
oqibatin qilma ermak,
Onajoningni topolmaysan.

Aka-uka,opa-singling,
ovutolmas g'arib ko'ngling,
ardoqlagin,ko'ngli mungling,
Onajoningni topolmaysan.

Ayvonlaring yi'glar g'arib,
barakang ham ketar arib,
yosh boshginang qolar qarib,
Onajoningni topolmaysan.

Ko'z yoshingni yashirolmay,
tobutidan tushirolmay,
oyog'iga bosh urolmay,
Onajoningni topolmaysan.

Lapanglasa tobut yo'lda,
yurib oldda,tayoq qo'lda,
orzularing bo'lar burda,
Onajoningni topolmaysan.

Kafan quchsa yuzlarini,
tuproq o'psa ko'zlarini,
qarg'ab umring ro'zlarini,
Onajoningni topolmaysan.

Tirigida suygin do'stim 
Onajon deb kuygin do'stim,
erta dema,qo'ygin do'stim,
Onajoningni topolmaysan.

Mirzo she'ri ilhom berib,
Alisher bul so'zni terib,
aytsa,muzlar ketdi erib,
Onajoningni topolmaysan.

 
DadaxonСана: Шанба, 06-Июл-2013, 22:47 | Изох # 263
Sayyod.com мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 203
Тақдирланишлар: 1
Хурмат даражаси: 244
Холати: Хозир йўқ
Esingzdami bolalik chog'larim,
Öyinqaroq, qadringz anglab
yetmagan paytlarim.
Yomg'irlardan asrash uchun
soyabon tutganim.. Bugun esa
köz yoshlardan asrash uchun,
jonimni berishga xam
tayyorman ONAjon!!!
 
Sardor_BСана: Якшанба, 21-Июл-2013, 12:13 | Изох # 264
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 1161
Тақдирланишлар: 1
Хурмат даражаси: 178
Холати: Хозир йўқ
Der edi onalar oyogi ostida jannat
Yosh edim bilmasdim bu soz ma`nosin
Yurardim oynab kulib ustim kir qilib
Shunda yonimda onam bor edi
Ertalab maktabga turgizar voxli
Nonushta xam bolardi vaqtida tayyor
Kiyimlar xammasi joyi joyida
Shundz yonimda onam bor edi
Ey dostlar sizlarga beray maslaxat
Xar narsani qadriga yeting vaqtida
Agar imkon bolsa xar tong ertalab
Duosin oling onai zorni
Sardor_B


Sayyod.com
 
AbbosbekСана: Якшанба, 21-Июл-2013, 12:22 | Изох # 265
Sayyod.com посбони!
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 3823
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 655
Холати: Хозир йўқ
ONAMNING NASIXATLARI
Ўғилгинам, бир кун келиб менинг кексайганимни,
ҳаракатларимнинг
эса мантиқий бўлмаганини кўрасан.
Илтимос, ўша пайтда
менга бир оз бўлсада вақтингни
ажрат ва сабрли бўл!
Балки қўлларим титраб, еяётган
овқатим кўксимга тушар, мадорим қолмагани боис
кийимларимни кия
олмасман... Ўша лаҳзаларда сен
билан бирга ўтказган
узоқ йилларимизни эсла.
Ахир бугун сенга ўргатган ишларимни ўшанда ўзим қила олмай қоларман!
Ўғилгинам, агар қариган пайтимда ҳозиргидек ораста ва хушбўй бўла олмасам, мени маломат қилма!
Аксинча, сени озода ва
хушбўй қилиш учун
қилган жонкуярлигимни эсла!
Агар сизнинг авлодингиз қилаётган ишларни
билмасам ёки тушуна
олмасам устимдан кулма!
Билъакс, сенга адаб
ва таълим берган
мендек муштипар
онангга замонангиз
зайлини: нима қилиш керагу, нимани қилмасликни
тушунтир! Эсарлигим,
сен билан суҳбатлашар экан
оҳиста гапиришим ва
фикрларимни малол
олма! Чунки суҳбатлашиш баҳона сенинг ёнимда
туришинг, мен учун катта бахт! Агар чарчаган оёқларимнинг мадори қолмай юра
олмасам, мендан шафқатингни аяма! Чунки, сен «той– той» юра
бошлаган пайтингда қўлингдан кўп ушлаганман...
Кексайганимда қўлимни ушлашдан уялма! Чунки
эртага сен ҳам қўлингдан
ушлайдиган одамни ахтариб қоласан! У кунларимда мен сен
каби яшаш учун интилаётган ёш эмас, ўлимини кутаётган
бечора кампир бўламан!
Ёнимда ёрдамчи бўл, менга зарар берма! Агар хато
ва камчиликларимни
тилга олмоқчи бўлсанг, унутма,
уларни сенга манфаат келтирай
деган чоғимда қилганман!
Кексайганимда сен қиладиган
энгфазилатли иш – хатоларимни кечириб, пардалашингдир!
Аллоҳ гуноҳларингни бошқаларнинг
кўзларидан пардалаб,
мағфират қилсин!
Сенинг кулгу ва
табассумларинг
болалик чоғингдагидек мени
қувонтиради.
Шунинг учун
суҳбатингдан мени
маҳрум этма! Сен
дунёга келган пайтингда ёнингда эдим, ўлаётган
пайтимда ёнимда бўл! Ilk bor òqiganimda közimdan 2 donagina yosh oqqan edi . . .


1000 marta yordam ber baribir
unutishadi. Bir marta pand ber, bir
umr eslab yurishadi. .
 
Zinnura_KСана: Сешанба, 03-Сен-2013, 00:03 | Изох # 266
Sayyod.com мухлиси
Гурух: VIP
Изохлар: 863
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 1466
Холати: Хозир йўқ
JannatimGa...

Yuzlarii kumushim...
Mani dib yashagan...mandan yetarli mexrini ololmagan mexribonim... Jannatim...
Agar qo'larimda bo'lsa butun dunyo shodliklarii.. Xatto o'zimga xam bir tomchi qoldirmay...barini sizga berardim... Kulvossizmi? Qizalog'im...bir lahzalik seni shodliging bilan taqqoslayolmayman bularni barchasini deyotgandursiz...
Bilaman ustizda etmasezam ichizda etasiz...ich ichimdan xis eetaman...

Yagonam..beg'uboprim...
Nurlarini manga xadiya etgan..oftoobim...
Mexringiz quyoshisiz kim bo'lardim bilmadim..
Sizning vujudizni bir parchasii bo'lganimi eslaymanuu.. Yana usha parchaga aylanib qolgim kelaveradi..
Yana sizla bitta bo'lib qolgim keladi...
"nega?" divossizmi? Sababii...sababii.. Shunday bo'lsa bu pok dilingizga man deb..man deya..ozor yetmagan bo'larmidi...

Kulgiliya? Sizni Jonimdan ortiq yaxshi ko'raman.. Lekin bazida. O'zim istamasdan xafa qilib qo'yaman.. Man Jiijiinezzi kechirin..Jannatim...

Onajoonim... Jannat mushlalaridan iforliyim mani... Kindircham...
SIZNI JUDA JUDA YAXSHI KO'RAMAN...GARCHI TILIMGA CHIQARIIB TARIFLAB BEROLMASAMDA...
siz yuragimmi urb turgan zarbisiz..
Tomirimdan qaynayotgan qonim...
Bu dunyoo yu u dunyoda topgan yo'g'u borim...
TAVALLUD AYYOMINGIZ MUBORAK... clap love kiss


erka farishta....(m)....
 
JaNoB_JaDiDСана: Сешанба, 03-Сен-2013, 00:06 | Изох # 267
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Изохлар: 1443
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 425
Холати: Хозир йўқ
juda z6r satrlar yozibsiz. tug'ilgan kun muborak smile

 
Dilnoza_EСана: Чоршанба, 04-Сен-2013, 20:03 | Изох # 268
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 1372
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 366
Холати: Хозир йўқ
Gözal gullar terayin,
Terib sizga berayin,
Oq sutingiz oqlayin,
Onajonim-mehribonim.

Kiyintirdingiz bizni,
Quvontirdingiz bizni,
Hayotimiz gulisiz,
Onajonim-mehribonim.

Ilk she'rimni 9 yoshimda oyijonimga atab yozganman.
 
Dinora_Golden_GirlСана: Чоршанба, 04-Сен-2013, 20:48 | Изох # 269
Sayyod.comда пропискада!
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 4486
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 908
Холати: Хозир йўқ
Zinnura gap yoo' she'rizga... hands O'zizam beg'uborsizdee...!!!
Onajoniz sog'-salomat bo'sinla ilohim baxtizga...!!!

Bolalarcha beg'uborlik ila yozilgan she'r ekan Dilnoza opa... smile yana yozib ko'rinchi ona haqida, bunisi qanaqa chiqarkin?!!


Fikrim satrimda oshkor!)
 
Zinnura_KСана: Чоршанба, 04-Сен-2013, 21:50 | Изох # 270
Sayyod.com мухлиси
Гурух: VIP
Изохлар: 863
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 1466
Холати: Хозир йўқ
Raxmatt biggrin ... E'tibor uchun... Etkaniz kesin.. Dunyodagi barcha ONAJONLAR baxt dan quvnab yurishsin..

Dilnozapa.. hands


erka farishta....(m)....
 
ParvinaСана: Пайшанба, 06-Мар-2014, 18:06 | Изох # 271
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: VIP
Изохлар: 1439
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 638
Холати: Хозир йўқ
Онангдирман.Азиз болам
билиб қўйгин,

Сени туққан онагдирман.

Сардор болам билиб қўйгин,

Алла
айтган онангдирман.

Юрагимдан бериб малҳам,

Сени
боққан онангдирман.

Ҳаётимни гулидирсан,

Боғимдаги булбулимсан,

Меҳрибоним боламдирсан,

Оқ сут берган онангдирман.

Сени жондан авайладим,

Сенга
жоним бағишладим.

Оқибатли боламдирсан,

Алла айтган онангдирман.

Жахон кезиб олим бўлгин,

Яхши
ёмон қадрин билгин,

Қадрли бўл ўғил-қизим,

Қадрдонинг онангдирман.

Саломатлик вақтим ўтди,

Яхши
яшаб умрим ўтди.

Бу дунёда меҳмон бўлиб,

Кетадирган онангдирман.

Эшит болам мени айтган сўзимни,



Бу дунёдан юмар бўлдим кўзимни .

Ғанимат бил ака-сингил қизингни.

Ажал паймонаси олса ўзимни,

Сўнгра тополмайсан изимни.

Болам ўзимни, сардор ўғлим,

Алла
айтган онангдирман.

Кетар бўлсам танда жоним узилса,

Солган иморатим бузилса,

Ўғил қизим мени орқамда қолса,

Билгил болам оқ сут берган онангдирман.

Ғанимат бил мани тириклигимни,

Миннат қилма берган ош тузингни,

Ҳар нарсага ёшламагин кўзимни,

Тирикликда ғанимат бил сўзимни.

Сўнгра тополмассан босган изимни,

Эшит болам, оқ сут берган онангдирман.

Тириклигимда мени қадримга етгин,

Мани васиятим қулоққа олгин,

Опа-сингилларинг қадрини билгин,

Оқ сут бериб алла айтган онангдирман.

Жоним чиқса жасадимдан қўрқмагин,

Оби маҳрам қилиб, обод айлагин,

Хатми давра қилиб шодон айлагин,

Жоним болам сани катта қилган онангдирман.

Мен ўлганда ўзинг сардор бўлгин,

Тобутимни ерга қўймай кўтаргин,

Жасадимни ўзинг лаҳадга қўйгин,

Сардор ўғлим, алла айтган онангдирман.

Ўлган куним ёдингдан ҳеч чиқарма,

Ҳайитларда зиёратни унутма,

Қуръон ўқиб.руҳимни шод айлагин,

Юрагимни таянчисан, жон болам,

Билиб қўйгин,сени туққан онангдирман,

Оқ сут бериб, катта қилган онангдирман. Odnodan oldim juda ham zo`r ekan!


Allah büyükdur
 
JaNoB_JaDiDСана: Жума-муборак кун!, 07-Мар-2014, 09:22 | Изох # 272
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Изохлар: 1443
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 425
Холати: Хозир йўқ
Zör,

 
ParvinaСана: Пайшанба, 31-Июл-2014, 16:35 | Изох # 273
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: VIP
Изохлар: 1439
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 638
Холати: Хозир йўқ
Онам!
 

Болам касал булмасин деб, кайгурган онам,
Югуриб, чарчаб ярим соат ухлаб дам ололмаган онам.
Синглим инжикликларидан нолиб,
Гохида тугри нафас олмаяпсиз деб, тарсаки еган онам.
Ёлгизлатиб куймай деб, парвонам онам ,
Кукси уксик, кузлари кон, девонам онам.
У тушунмас айбин, гохида келиб узига, кечирим сурар.
Барибир она, калби синган муштипаргинам.
Кечкуринлари ухламай пойлаб чиккан онам,
Бутун вужуди билан кулок тутган онам,
Синглимчи факат хурсиниб йиглаб, багрига босган онам.
Ухлатиб сунг оёк учида юрган онам,
Болам уйгониб колмасин деб,
Хатто устини сочик билан ёпган онам,
Кимдир борми онадек кайгурадиган,
Гамларни еб, узини каерга уришни билмаган онам,
Кайгуси катма-кат, етти кават онам
Кимдир хабар топмасин деб чукиб колган онам! 
(Агар камчиликлари булса олдиндан узур сурайман)


Allah büyükdur
 
JaNoB_JaDiDСана: Якшанба, 24-Авг-2014, 16:17 | Изох # 274
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Изохлар: 1443
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 425
Холати: Хозир йўқ
thumbup specool :cool: specool :cool: specool :cool: specool :cool: specool :cool:

 
Sarvar94Сана: Душанба, 25-Авг-2014, 07:22 | Изох # 275
Sayyod.com мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 774
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 83
Холати: Хозир йўқ
Onajonim sizga bugun tilaklarim hammasi,
Shu vaqtgacha dil so'zlarim aytolmadim chamasi,
Sizga bo'lsin bor jahonim, mehrim va umrim,
Toki tirikdirman sizga bo'lsin eng shirin so'zim!
 
Поиск: