[ Янги изохлар · Фойдаланувчилар · Қоида · Изламоқ · RSS ]
  • Страница 1 из 12
  • 1
  • 2
  • 3
  • 11
  • 12
  • »
Модератор форума: Giyos, SarVario, komol_76, Anv@rbek  
Форумистон » Умумий » Ижодистон » "Onalarimizga bag'ishlangan bitiklar"
"Onalarimizga bag'ishlangan bitiklar"
AlisherbekUZСана: Чоршанба, 20-Июл-2011, 15:03 | Изох # 1
Иштирокчи
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 156
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 187
Холати: Хозир йўқ
"Ona sizni yoningizda bo'lomadim,
sochingizga qor qo'ndi men ololmadim,
bu dunyoda xalovat-u orom nadur,
oromingiz oldim orom berolmadim...
Ona sizning yoningizda bo'lolmadim"

Bu qo'shiqni amakim bastalagandilar,jiyanim ilk bor,maromiga etkazib kuylab berganida uncha e'tibor bilan eshitmagan edim.Endigi kunda esa bu qo'shiq meni tilimdan tushmaydi...xar qadamimda Onam yodga tushsa xirgoyi qilaman,yurak yig'laydi uni sog'inganda.Yaratgan uni mendan,meni undan bemahal ayirmagin.Unda tirik murdaga aylanib qolishim turgan gap.Xali biror bir orzusiga etkazganim yo'q Onajonimni....Inshaallah o'sha baxtli kunlar oldinda Onajon faqat Alloh senga kuch quvvat,menga esa sabr toqat bersin.Omiyn

Добавлено (20-Июл-2011, 13:36)
---------------------------------------------
"Onamga maktub"

Onajon bilaman kechalari uxlolmay meni xonamga kirib kiyilgan kiyimlarimni xidlab besh yildan beri seni zor qaqshatgan yaramas,toshyurak o`glingni duo qilib ko`zingga yosh olasan. Kechalari bilan qog`oz titib,zerikkanda eshitadigan qo`shiqlarim televizor yoki radioda berilsa yig`lab jon qulog`ing bilan eshitasan...Ertalab nonushtaga xar doimgidek ukalarimni xaqidan ko`ra mеnga ko`proq ulush ajratib qo`yasan,issiq non va bir piyola qaymoq...dasturxonni bir chetiga qo`yib,xuvillab turgan o`rnimga qarab ufff tortasan lekin ko`z yoshing yuzingni emas,yuragingni yuvadi,Sen bolamga deb ilhaq bo`lgan bu xaqni egasi esa yallo qilib seni orzularingni,niyatlaringni xayoliga keltirmay o`z dunyosi bilan yashab yurganini bilmaysan Onajon...bilsang xam qarg`amaysan bilaman...Tushlikda telefon qilsam bolam osh qilgandim deysan,xo`rsinasan sen kamsan-da deysan.men esa o`z dardlarim bilan xayr ma`zurni nasiya qilib xayrlashaman....Tunda esa,dadamni o`rinlarini solib berib,uka-singillarimni uxlatib keyin uxlolmay xuddi o`rningdan ilon chiqqanday to`lgonib chiqasan, Alisherim bolam...lablaringda shu birgina ism....yovuz,maxluq,toshyurak og`il deyishga arzigulik bir ishni qotirmagan o`g`lingni ismi tilingdan tushmaydi.Nima yaxshi narsa ko`rsang menga ilinasan,nima yaxshi gapki meni sha`nimga aytasan.Men esa katta ishni do`ndirib qo`yayotganday Ona falon dollar jo`natdim ,borib oling,koringizga ishlating deb o`zicha seni xursand qilyapman deb o`ylaydi bu axmoq,go`l o`g`ling..Oh Onajonim lekin bu dunyoning,yaltir yulturlari-yu,jimjimalari ko`zingni mensiz quvnatmasligini bu befarosat o`g`ling qaerdan xam bilsin....Uydagi xar bir narsa,buyum meni eslatadi,dadam bilan uka-singillarim bilan birga o`tirib bo`sh qolding deguncha meni maqtash bilan kunni kech qilasan...Lekin bu o`g`ling esa kimlarnidir maqtash bilan Kimlargadir yoqish uchun xarakati bilan ovora....dadamni qo`l telefonlariga telefon qilsam vaqtida go`shakni ko`tarishmasa jahlim chiqdi baqirib...Onajon men Dubaidan telefon qilyapman,shunchalik mendan bezormisizlar?nimaga dadam telefonni ko`tarmaydilar deb g`uduranaman....Sen esa qo`rqib pisib bolam dadang yuvinayotgan edi deb qo`yasan-da meni alqashni boshlaysan..bolam kasal bo`p qolmayapsanmi?konditsionerni tagida ko`p o`tirmagin,yaxtak(muzday) suv ichmagin..buyraging,jigaring,boshingdan extiyot bo`l bolam....Men axmoq esa qo`l telefoniga qanday javob berishni qaysi tugmani bosishni bilmasligingni shu paytgacha bilmas edim.....xonamdagi devor soati chiqqilaydi,vaqt o`tyapti,kun ketyapti,diydor omonat...Bu xislarni tuysamda lekin baribir Ota Onamni yuragini ular meni yuragimni xis qilganchalik tushunib etolmayman....eskidan qolgan maqol bor...Onani ko`ngli bolada,bolani ko`ngli esa...O`sha men jo`natgan pulga olgan arzongina kalishingchalik xam bo`lolmayapman Onajon...O`sha oyog`ingdagi kalishga, shippakkaa xavasim keladi Otajon...Vujudingdan bino bo`lgan o`g`ling shu oyog`ingdagi kalishchalik taftingni xis qilolmayapti bugun....Ilohim sizlarni roziliklaringni olib mexrlaringga to`yishni Yaratgan Qiyomatga qoldirmasin....Unda men bu Dunyodan KATTA ARMON VA GUNOH yukini ortmoqlab o`taman....Unda Xayotni qizig`i bo`lmaydi...Onajon bilaman kechalari bilan dadam, ukalarim bilan o`tirib to`yim xaqida mavzu ochasizlar...adog`i yo`q orzularing, niyatlaring....Ilohim niyatlaringga yet ONAJONIM..... arablar onalarini ya Ummiy otalarini esa Abuka deb boshlarini ikki kaftlari orasiga olib o`pishadi va erkalashadi...Buning hikmatini tushunib yetyapman....Sensiz, dadamsiz men boshsiz jasadga aylanaman....Sizlar mening,ongim,shuurim,o`tmishim,bugunim va INSHAALLAH ertamsizlar...

Добавлено (20-Июл-2011, 14:02)
---------------------------------------------
DIYDOR

Ota uyimizda yozu kuz, bahor,
Aka-ukalaru opa-singillar,
To‘plangan paytlari takror va takror,
Porlaganday bo‘lar o‘nlab qandillar.

Quyuq xotiralar piyolasidan
Esdaliklar ichib o‘tirar onam.
Diydoru shodliklar shalolasidan
Barcha xandon bunda,
Do‘stu yoron jam.

Tinib qolgandayin go‘yo atayin
Yog‘och so‘rimizning tepasida oy.
U ham sovub borar tun o‘tgan sayin,
Misli bir piyola to‘la sariq choy.

Bahor kelaversin takror va takror,
Bizning tongimizni g‘arib shom qilma.
Davom etaversin hayot va diydor,
Xudo, shu damlarni parishon qilma.

Sirojiddin Sayyid

Добавлено (20-Июл-2011, 14:03)
---------------------------------------------
Sen ma’sud dunyoning borini
O’ylading. Yashading. O’tkarding.
Berding qorachiqlar umrini,
Tunlarni kiprikda ko‘tarding.
Farzandlar ketdilar har taraf,
Sokin qoldi uying - anglading.
Sog‘inding.
Sog‘inch-la yo‘l qarab
Bir vujud sog‘inchga aylanding.
U kunlar yodi ham senga shon!
Tunlar xotirasi boqiydir.
Salomlar abaddir, onajon,
Vidolar foniydir!
Foniydir!

Sirojiddin Sayyid.

Изохни тахрирлади (ўзгартирди) AlisherbekUZ - Чоршанба, 20-Июл-2011, 13:12
 
DilnozaСана: Чоршанба, 20-Июл-2011, 15:06 | Изох # 2
Sayyod.com мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 643
Тақдирланишлар: 3
Хурмат даражаси: 496
Холати: Хозир йўқ
Zor gap yoq.

Sayyod.com OLLOH mehribon u meni do'stim.
 
GulilolaСана: Шанба, 23-Июл-2011, 15:57 | Изох # 3
Иштирокчи
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 292
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 229
Холати: Хозир йўқ
Onajonimizani ming bor ta'riflagandan ko'ra, menimcha yonlariga borib, bag'rilariga bosh qo'yib, Sizni yaxshi ko'raman desak, ular bizning ko'nglimizadegi barcha ularga aytmoqchi bo'lgan gaplarimizani darov sezadilar. Chunki yuraklarimiz o'sha onda bir biriga juda yaqin masofada bo'ladi....
Shu masofa hech kimda hech qachon uzilmasin...
 
DilraboСана: Душанба, 25-Июл-2011, 10:55 | Изох # 4
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 1188
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 627
Холати: Хозир йўқ
ONAJONIM,MEHRINGIZNI SOGINDIM.AMMO,KÖZYOWLARIM BN OVUNAMAN...

Добавлено (25-Июл-2011, 09:55)
---------------------------------------------
NACHORA KÖZYOWLAR MALHAMDAY TUYULAR GOHIDA.


Nigohimda jamdir bu olam...
 
AlisherbekUZСана: Сешанба, 26-Июл-2011, 10:58 | Изох # 5
Иштирокчи
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 156
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 187
Холати: Хозир йўқ
Gulilolaxon siz vatanda bolsangiz kerak,onajonimizni biz tushlarimizda korib,telefonda ovozlarini eshitamiz,na iloj diydor shirin.Alloh o'sha diydorga etkazsin.ularning diydori va Ozining diydoridan xam umidimiz bor.INSHAALLAH
 
DilraboСана: Сешанба, 26-Июл-2011, 13:05 | Изох # 6
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 1188
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 627
Холати: Хозир йўқ
Onajonim közlaringizda kunning nafaslari bor edi,Onajonim yuzlaringizda oyning havaslari bor édi...

Nigohimda jamdir bu olam...
 
AlisherbekUZСана: Сешанба, 26-Июл-2011, 13:13 | Изох # 7
Иштирокчи
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 156
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 187
Холати: Хозир йўқ
Taqdir menga yog'dirganda balolar,
oyog'imdan chalganida xatolar,
Yiqilmadim,egilmadim,sinmadim,
Onajonim bor qilib turgan duolar...

Onalarimizni Alloh bemahal ajaldan asrasin.Omiyn


Изохни тахрирлади (ўзгартирди) AlisherbekUZ - Сешанба, 26-Июл-2011, 13:14
 
GulilolaСана: Сешанба, 26-Июл-2011, 13:19 | Изох # 8
Иштирокчи
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 292
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 229
Холати: Хозир йўқ
AlisherbekUZ baxtingizga onajoningiz doimo sog' salomat bo'lsinlar... uzr man bilmaganidim o'zga davlatda ekanligingizni
 
AlisherbekUZСана: Сешанба, 26-Июл-2011, 13:39 | Изох # 9
Иштирокчи
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 156
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 187
Холати: Хозир йўқ
Gulilolaxon.Xechqisi yo'q. Forumda kundaliklarimdan degan mavzuda xar kuni yozib boraman.vaqtiz bolsa korib chiqishiz mumkin.

Добавлено (26-Июл-2011, 12:39)
---------------------------------------------
Gulilolaxon mavzu"Dunyoning ishlari" deb nomlanadi

 
KamolaСана: Сешанба, 26-Июл-2011, 22:25 | Изох # 10
Иштирокчи
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 163
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 319
Холати: Хозир йўқ
AliwerbekUZ sizni fikrlawingiz juda menga yoqdi. Har bir gapingizda, har bir so'zingizda mano, mazmun bor. Bu mavzuda yozganlarizi o'qib ko'zimga yow keldi to'grisi. Yonimdagi onajonimni sog'indim...

Ollohim o'zingdan o'zgaga muhtoj etma!
 
AlisherbekUZСана: Душанба, 01-Авг-2011, 12:39 | Изох # 11
Иштирокчи
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 156
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 187
Холати: Хозир йўқ
raxmat Kamolaxon.Musofirchilik soqovni shoir qilarkan.

Добавлено (01-Авг-2011, 11:37)
---------------------------------------------
Assalamu Alaykum va rohmatullohi va barakatuhu

Добавлено (01-Авг-2011, 11:39)
---------------------------------------------
qadrli Sayyod.com xodimlari,akalar-opalar,ukalar-singillar,xammalaringni kirib kelgan Oylarning ulug'i Mohi Ramazon bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.Alloh bu muborak oyda neki tilagan yaxshi,ezgu tilak niyatlarimiz bo'lsa barchasini mustajobini bersin deb duo qilaylik.Awwaluha roxmatun,awsatuha magfiratun va axiruxa itqum minan neyron bo'lgan muqaddas oyni ibodatlarimizda qoim bo'lib,duolarda soim bolib otkazishni Alloh xammamizga nasib aylagan bolsin.
Omiyn Ya Robbil A'lamiyn.

 
DilraboСана: Якшанба, 07-Авг-2011, 21:14 | Изох # 12
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 1188
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 627
Холати: Хозир йўқ
Omiyn.Allohu akbar.Barcha niyatlaringiz özingizga ham yöldow bölsin.Uwbu muqaddas oydan tilagimiz musulmonlar ahilligi va totuvligi musulmon birodarlarimizning kundalik maqsadi bölib qoliwligini Allohdan söraymiz,Yurtimiz tinch böliwini vA Vatandan olisdagi musofirlarni öz panohida asrawini niyat qilamiz.Barchamizni hidoyatida asrasin.

Nigohimda jamdir bu olam...
 
AlisherbekUZСана: Сешанба, 16-Авг-2011, 12:41 | Изох # 13
Иштирокчи
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 156
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 187
Холати: Хозир йўқ
OMIYN....RAXMAT DILRABOXON...

Добавлено (16-Авг-2011, 11:32)
---------------------------------------------
Uyga ketish yaqinlashgani sari yurak dukkilab ajib bir xis tuygular,xayollar ichida yashayapti.Togrisi yosh otggan sari tugilgan tuproqqa tortarkan nimadir.....Bu nimadir esa tasvirlab bo'lmaydigan ogriq va shirin dard bo'lgan Sog'inch ekan.Ozod aka Nazarbekovning Vatan qoshigi xozir kunida 30 marta aylansa xam eshitib toymayman.Ilk og'rig'im,ilk yomg'irim naysonim Vatan.Vatanim Onajonim...

Добавлено (16-Авг-2011, 11:41)
---------------------------------------------
Xurmatli Sayyod.com jamoasi sizlarni kech bo'lsa xam saytingiz tavallud ayyomli bilan chin dildan tabriklayman.Sizlarga omad,kelajakdagi ishlaringda rivoj tilayman.www.sayyod.com website kelajakda bir qancha dunyo tillarida o'z faoliyatini boshlasin va dunyodagi barcha millat sevib bir ochib o'qimasa kechasi uxlolmay chiqadigan sayt darajasiga ko'tarilsin.Xatto o'sha Amitabh Bachchan,Shoxruxxon,Jennifer Lopes,Anjilar ochib bugun nima gap ekan Sayyodda deydigan kunlar yaqin bo'lsin..Xar doim Ona diyorimiz bayrog'ini osmonlarga qadab,Ozbekning gururini dunyolarga doston qilib yuringlar.Xammalaringga bu muborak Ramazon oyida eng ezgu tilaklar ijobatini tilab Alisherbek.Birlashgan Arab Amirliklari Abu Dhabidan.

 
LoadingСана: Шанба, 03-Сен-2011, 14:33 | Изох # 14
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
Mana bugun oddiy kun. Alohida biron bir sabab yo'q. Ataylab shunday kunlarni kutib turaman.
Onajonim, mehribonim, siz eng yaxshi, siz eng omadli. Erkalatib ''Gulichcha Gulichcha'' dimiz. Oyjonim Guli kulguli disam yoqadi a? ROXATIMIZNI KO'RIN. ENDI 80 000 so'm berin onajon.


Faqat 3 ta shart!
 
DilraboСана: Шанба, 03-Сен-2011, 14:53 | Изох # 15
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 1188
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 627
Холати: Хозир йўқ
Ilohim,wunday bölsin.Onajoningizni umrlari uzoq bölsin.Evara-chevaralariyam Gulichcha deb erkalatiwsin,ilohim.Onalarning joni farzandida bölsa kk.Haliku pul sörabsiz,jonini fido q.di kk bölsa.Onalarni Allohim öz panohida asrasin.

Nigohimda jamdir bu olam...
 
LoadingСана: Шанба, 03-Сен-2011, 18:50 | Изох # 16
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
Ona bola suhbatidan. Buni eshitganman. Maruzada.
Bir bola uy ishlarida onasiga dastyor edi. Bir kuni nonga keta turib bir tengdoshi bilan suhbatlashib qoladi. U bola so'ridi.
-sen necha pulga ishni qilasan.
-pul onamdan-a? Xayratlandi qaxramonimiz.
-ha manga oyim xar bir ishimga pul beradi.
-man bunaqa qimiman dedi-ku? Xar hil hayol va savollar girdobida qoldi.
Tunda o'z o'rnini tayorlayotgan ona quydagi xatni yostig'i ostidan oldi.
(onajon sizga bu xatni berishga uyaldim. Do'stlarim har bir ishiga xaq olar ekan. Mani iltimosimga rozi bo'lsez yostig'im ostiga har kuni falon ming so'm qoldiring.
Tongda bolakay javob xatini yostig'i ostidan oladi.
Bolam shartizga roziman. So'ragan pulizni 2 qissa olasiz. Biron ishga ovora bo'lmis. Xamma yumushlariz meni bo'ynimga. Xaqqiga har kuni uyquga yotish oldidan 2 yuzimdan o'pib qo'yasiz.
Bola aybini chunib yetadi. Indamay borib onajonini quchoqlab olgan va kechirim so'rgan. Boshqa bunday badbaxt farzandlik qilmagan.
Tarbiyani cho'qisini berolgan ota-onadan Alloh rozi bo'lsin.
Shu bola mandan 2-3 yosh kichkina bola.


Faqat 3 ta shart!
 
misSСана: Шанба, 03-Сен-2011, 19:09 | Изох # 17
Рўйхатда
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 13
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 604
Холати: Хозир йўқ
Loading ibratli voqea ekan. Raxmat. Ona haqida bir she'r esimga tushdi.

Do'stlaring ortingdan tarqatsa mish-mish,
Xatto sevgan yoring ham tashlab ketarmish.
Yoningda qoladi mexribon homush,
Ana o'sha mushtipar onang bo'larmish.


Ko'zlaringda men ko'zingda baxtni ko'rsam bas!
 
DilraboСана: Шанба, 03-Сен-2011, 20:21 | Изох # 18
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 1188
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 627
Холати: Хозир йўқ
Rahmat sizlarga .Wu mavzuni qayta-qayta öqiyveraman.Faqat mavzu muallifini iwlari köpayib ketdimi davom ettirmay qöydilar.Ona soginchi haqida juda chiroyli yozardilar.Iw orasidan vaqt topib yozsalar ajoyib iw bölardi.

Nigohimda jamdir bu olam...
 
LoadingСана: Якшанба, 04-Сен-2011, 01:51 | Изох # 19
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
-Mana bu rasimni qara.
-Sizni suratizmi?
-Xa mani suratim.
-Ancha yosh bo'ganakansiz. Nechi yoshligizda bu?
-Otang bilan uchrashuvga chiqan kunim.
-Ularni nega suratlari yo'q?
-Ular xali triklarku? Suratlari nima qilasan?
-Sizni-ku Qabristondan izlab topaman. Yo'qlab turaman. Otamni o'lik tirigi kemadi. qanday bilishim mumkinmi?


Faqat 3 ta shart!
 
DilraboСана: Душанба, 05-Сен-2011, 13:23 | Изох # 20
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 1188
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 627
Холати: Хозир йўқ
Ayajon,nega wuncha öqisam ham hammasini eslab qololmayapman,-deb noliyman dars tayyorlagim kelmaganda.Chunki,idroking qabul qilganidan bowqasini qabul qilolmaysanda,bowqaruv pultidekda qizim.Yaxwisi,yengil mukkab mavzuni tez-tez almawtirib öqiyversang idrokingdagi fahm kuchayib boraveradi.Wuuringda mustahkamlanib qoladi.Ayajon,wuu'r nima?-hayron bb s6rayman.Wu'ur idrokingdagi borliq.Agar wu'ur b6lmasa idrok qilganingni anglab qololmaysan.Aa,topdim,unda xotiraga öxwaw narsa ekanda?Salgina 6xwaydi.Wu'ur qabul qilgan hamma narsani xotira bajarolmaydi,zehn qopiga joylab qololmaydi.Wu'ur dadang-podwoh,xotira esa men-vazir,endi tuwundingmi, qizim-deb jilmayib qoyadilar.Ha,tuwundim deb,özim un yengil mavzuni öqiwga kiriwaman.

Добавлено (04-Сен-2011, 09:47)
---------------------------------------------
Bir kuni oilamiz bn ziyoratga bordik.Qaytguncha yöl böyi ayamlar xafa bb qaytdilar.Nima b.di?-deb söraw kk.masligini bilganimiz un kòngil kötaradigan gaplardan gapirdik,biroz chehralari yoriwdi,lekin mayuslik saqlanib qoldi.O'wa kuni bòyi joynamozdan turmasdan duolar öqidilar.Dadajonimga xavotirlanib nega bunaqa qattiq xafa böldilar?-dedim.Chunki,ayangni fitrati qabul qilolmaydi wirkni-dedilar.Ertasiga nonuwtadan söng,ayajonim hammamizga 2 og'iz gap aytdilar:-Towga tavof qilayotgan gofil bandalarni kördilaringg-a,ularga adawayotganlarini aytinglar.

Добавлено (04-Сен-2011, 09:57)
---------------------------------------------
AliwerbekUZ, mavzularingizni davom ettiriw un vaqt topiwga harakat qilsangiz juda savob iw bölardida.Alloh ato qilsin.

Добавлено (05-Сен-2011, 11:59)
---------------------------------------------
Qöwni mahalladagi bir ayol bir kuni biznikiga yiglab keldila.Turmuw örtogi bn uruwib qoliwibdi ekan.Ayamlarga rosa diy-diyo q.di.Ayamlar esa doimgidek hechnima gapirmasdan ewitib ötiribdilar.Men ham wu orada dasturxon yozayapman,bu quloq degani hamma narsani ewitaverarkanda...Ayamlar bilganlaricha maslahat berdilar...Hayit kuni öwa ayol kelib rosa duo q.di.Agar opam tögri yøl körsatmaganlarida rözgorim buzilib ketardi,chunki öz onam ham ajrawgin degandilarda,deydilar.Odamlarga bir umr yaxwilik qb ötgan ayol mening ayam bölganliklari un Allohga beadad wukr.Rahmatlar yogilsin.

Добавлено (05-Сен-2011, 12:23)
---------------------------------------------
Kollejga qatnay bowlaganimda kiyimim borasida qattiq qarwiliklarga uchradim.Ayrim öqituvchilarga etiqodim yöl qöymaydi deb aytardim.Tuwuniwardi.Ayrimlari esa g'awimga tegardi.Hayronman,hamma qatori öqisam(yowim kichik bölsa ham)bowqalardan qolib ketmaslikka harakat qilsam.Undan k6ra haddan owganlarga gapiriwsin deb öylardim.AXIYRI,sabrim tugadi,ayamlaga aytdim.Kuratorimizga xat yozib berdilar,öqimay olib bor,deb.Wu xatdan kn qulogim tinchìdi.Sal ötib starosta ham qb q6yiwdi.Xatda wunchalar tasirli nimalar deb yozgan ekanlar deb 6ylayman haligacha.


Nigohimda jamdir bu olam...
 
komol_76Сана: Душанба, 05-Сен-2011, 13:28 | Изох # 21
Форум рахбариятидан
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 195
Тақдирланишлар: 5
Хурмат даражаси: 782
Холати: Хозир йўқ
Юракларим сиқилиб кетди,
Йиғлаяпман кўрсатмасдан ёшимни.
Соғиниб кетяпман Сизни – онажон!
Бир бор силаб қўйинг бошимни.

Бировни айблашга чидамас виждон,
Не бўлса барига сабабчи ўзим.
Фақат соғиняпман қайноқ бағрингиз
Ва сўзингиз, келақол қўйнимга, қўзим.

Ўйламай босилган залвор қадамлар,
Тиканлар устига тушганкан бешак.
Оғриқлар азоблар экан танамни,
Бошим силаб туринг - ягона истак!

Бошим силам туринг, кўтарай дароз,
Қаддим тик тутишга мадор бу қўллар!
Илло, ўғлин бошин силаса Она,
Яратганнинг ўзи хамиша қўллар!!!

Добавлено (05-Сен-2011, 12:28)
---------------------------------------------
Кўзларимга инмади уйқу,
Қуриб қолди ҳатто кўз ёшим.
Онажоним, меҳрибоним йўқ,
Кимлар энди силайди бошим!?

Оқ сочларин кўзимга суртай,
Майли ўпай товонин онам.
Ҳаётимни берсам розиман,
Бир бор босса бағрига яна.

Юзларини силасам аста,
Райхон исли хидларин туйсам.
Меҳр тўла қайнок кўксига,
Яна бир бор бошимни қўйсам.

Майли, барча дардларни беринг,
Ортинг менга тоғдай ғамларни,
Эвазига атиги бир кун,
Қайтиб беринг менга ОНАМНИ!!!

Добавлено (05-Сен-2011, 12:28)
---------------------------------------------
Онамнинг дуоси

Тонгда очар экан кўзини аста,
Оллоҳдан сурайди, - Тингла ноламни:
Мендан йироқларда юрибди, ўзинг
Ёмон кўздан асра, банкир боламни.

Кичкина бошида қанча дарди бор,
Миллионларнинг бахти, ахди, гарди бор,
Одамлар ичида номард, марди бор,
Ёмон кўздан асра, банкир боламни.

Ўзинг адаштирма тўғри йўлидан,
Яхшига ёндоштир ўнгу сўлидан,
Пиру пайғамбарлар тутсин қўлидан,
Ёмон кўздан асра, банкир боламни.

Майлига, ойда бир келиб кетса ҳам,
Бевақт сўлдирмагин, гулу лоламни.
Умрин узоқ қилгин, қилма бошин хам,
Ёмон кўздан асра, банкир боламни.


нима ёзсела ёзуврила, ўчирмиман.. (лекин провокаторлар жазоланади, ҳақорат, камситиш ва мазах қилишга йўл йўқ!!! шахсий муносабатлар форумдан ташқарида!!!!)
 
DilraboСана: Душанба, 05-Сен-2011, 13:41 | Изох # 22
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 1188
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 627
Холати: Хозир йўқ
Rahmat werlar un juda tasirli ekan.Onalar haqida qancha yozsak ham kamlik q.di.Men yaqin kunlargacha ular haqida hechnima yozolmasdim,garchi yoziw mawgulotim bölsada.Bu yerda yozganlarimni hayotimdagi voqealardan eslab tögridan tögri yozayapman.Kundaligimda yöq.

Nigohimda jamdir bu olam...
 
komol_76Сана: Душанба, 05-Сен-2011, 16:19 | Изох # 23
Форум рахбариятидан
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 195
Тақдирланишлар: 5
Хурмат даражаси: 782
Холати: Хозир йўқ
Шеърлар, илҳом ака кеган пайтлари ёзилган:
1-си ишларим юришмасдан, жудаям сиқилиб кетган пайтларим, ҳич кимга юрагимни ёзолмаганимда, онам эса ёнимда йўқ пайтлари ёзилган,
2-си яқинда, бувижонимни йўқотган кунларимиз, оғир жудоликдан кейин....
3-си бир-икки яқин кишиларимиз маълум сабабларга кўра маълум жойларга "дам олишга олиб кетилган"ларидан кейин ёзилган...


нима ёзсела ёзуврила, ўчирмиман.. (лекин провокаторлар жазоланади, ҳақорат, камситиш ва мазах қилишга йўл йўқ!!! шахсий муносабатлар форумдан ташқарида!!!!)
 
DilraboСана: Душанба, 05-Сен-2011, 19:27 | Изох # 24
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 1188
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 627
Холати: Хозир йўқ
Ogir sinovli kunlarning ötgani rost bölsin. Sabr bergan Allohga hamdu-sanolar bölsin.Bu ohlar yurakni qanaqa qb qaqwatib chiqiwini his qilaman.

Nigohimda jamdir bu olam...
 
LoadingСана: Душанба, 05-Сен-2011, 19:31 | Изох # 25
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
Ovozi xirilab, hasta yotgan onajonim yarimta-yurimta o'gitlar bermorda. 4-kuni butunlay to'shakka mixlanib qolgan onajonimni gaplarini deyarli chunib bo'lmadi. Onajonim o'limga tayyorman dedilaru yashash istaklari ko'zlaridan tirqiragan yoshda sezilib turgandi.
-Fazliddin qarzim yo'q. Nima ish qisela opam bilan maslaxatlashila.
-Hop. O'zizni uruntirmen? Ko'nglim yumshaguncha taxminan yarim soat o'tti. Toshdan dimela mani. Mehribonimni o'limi xaqida qando qilib eshitib turaman? Eshitishni xoxlamadim! Shu kuni reja tuzdim. Ertadan falon qilaman. Undo qilaman bundo qilaman dib. Tongacha uhlomadim tan olaman. Bazi ishlarimni qilib oldim. Taxminan bomdod nomozim duosi tugab ulgurmay onam turib chiqtilar. Nima hizmat onajon disam choy qo'y didila. Hamma rejalar teyiga oldi. )))


Faqat 3 ta shart!
 
Форумистон » Умумий » Ижодистон » "Onalarimizga bag'ishlangan bitiklar"
  • Страница 1 из 12
  • 1
  • 2
  • 3
  • 11
  • 12
  • »
Поиск: