Men sevmaymanku! (Giyos yozgan hikoya)
|
|
Loading | Сана: Душанба, 30-Июл-2012, 02:07 | Изох # 501 |
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
| Шу халиги Саида опамни сунги оғир кунлари булсин илохим. Ғоппор кенайини ёлғизлатиб қуйма!
Faqat 3 ta shart!
|
|
| |
PEPE | Сана: Душанба, 30-Июл-2012, 06:46 | Изох # 502 |
Рўйхатда
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 6
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
| Hoy nima buldi
|
|
| |
Bek8111 | Сана: Сешанба, 31-Июл-2012, 10:41 | Изох # 503 |
Sayyod.comда пропискада!
Гурух: Ma'mur
Изохлар: 3615
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 688
Холати: Хозир йўқ
| Саида опага яхши кунлар мана энди келади! Худо хохласа албатта! (Гиёс) хам хохлаши керак!
Хаётда шунчаки яшаш мухим эмас, кимгадир керакли булиб яшаш мухимрокдир!
|
|
| |
Giyos | Сана: Шанба, 04-Авг-2012, 15:18 | Изох # 504 |
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 1130
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 59
Холати: Хозир йўқ
| (Reklama. G'oppor sevib qoldi. U sevgi izhor qildi. U endi sevadi. Men sevamanku . . .) (Yaqin haftalar kutilmagan qism.)
Sog' salomatlik...
|
|
| |
Shukronа | Сана: Шанба, 04-Авг-2012, 15:40 | Изох # 505 |
Sayyod.com мухлиси
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Изохлар: 586
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
| Kutvommiz.
|
|
| |
Dadaxon | Сана: Шанба, 04-Авг-2012, 16:10 | Изох # 506 |
Sayyod.com мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 203
Тақдирланишлар: 1
Хурмат даражаси: 244
Холати: Хозир йўқ
| Voy endi yurak eshiklari ochilibdide Gopporni.
|
|
| |
Giyos | Сана: Шанба, 04-Авг-2012, 22:47 | Изох # 507 |
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 1130
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 59
Холати: Хозир йўқ
| (Yana reklama. M.Sda yana to'y.) (Tez kunda. . .)
Sog' salomatlik...
|
|
| |
Dilshod_A | Сана: Шанба, 04-Авг-2012, 23:21 | Изох # 508 |
Иштирокчи
Гурух: VIP
Изохлар: 199
Тақдирланишлар: 3
Хурмат даражаси: 44
Холати: Хозир йўқ
| Va nixoyat bechora bola bu dunyodan sevmasdan o'tadimi dip o'ylo'dim
|
|
| |
Shukronа | Сана: Якшанба, 05-Авг-2012, 02:02 | Изох # 509 |
Sayyod.com мухлиси
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Изохлар: 586
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
| Voyey 1oy reklamami yana.
|
|
| |
MiSs_DiLfUzA | Сана: Якшанба, 05-Авг-2012, 12:21 | Изох # 510 |
Рўйхатда
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 91
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 65
Холати: Хозир йўқ
| кутамиз факат тезрок!
www.sayyod.com
|
|
| |
toxaclub | Сана: Якшанба, 05-Авг-2012, 21:26 | Изох # 511 |
Sayyod.com мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 692
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 379
Холати: Хозир йўқ
| vay boooo G'iyos xam erinmas ekande a bu yilla bobketdiyu bu qissa yog'eee romangaaa
|
|
| |
Bek8111 | Сана: Душанба, 06-Авг-2012, 10:19 | Изох # 512 |
Sayyod.comда пропискада!
Гурух: Ma'mur
Изохлар: 3615
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 688
Холати: Хозир йўқ
| Туй яхши нарса. Гоппор уйланса керак адашмасам! унинг туйи булса керак!
Хаётда шунчаки яшаш мухим эмас, кимгадир керакли булиб яшаш мухимрокдир!
|
|
| |
MiSs_DiLfUzA | Сана: Сешанба, 07-Авг-2012, 16:58 | Изох # 513 |
Рўйхатда
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 91
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 65
Холати: Хозир йўқ
| Giyos aka Iltimoos tezroq! Davomini yozaqoliing
www.sayyod.com
|
|
| |
Giyos | Сана: Пайшанба, 09-Авг-2012, 06:17 | Изох # 514 |
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 1130
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 59
Холати: Хозир йўқ
| 86 – qism
Bir yildan so’ng. Oktyabr 2013 yil.
(Aziz hikoyasi)
Kunu tunlar o’tdi tinimsiz, daryo oqdi shavqatsiz. Sensiz o’tdi kunlar kulgusiz, quvonchsiz. Qalbimga yoqding o’tin qalab, keyin ketdingku chuqurga tashlab. Qoldim sensiz... sendan ayrilib. Bir yil. Sog’indim seni. Bir umr sog’inch azobi oldinda. Qanday chiday bu qiynoqga. Azizam, meni boru jahonim. Uyni har burchagida seni ko’raman. Har tunimda sen yonimdasan. Qo’llarim tekkizsam yo’qsan. Qalbimga yoqqan cho’ging o’chdi. Kuli shamollarga uchdi. Seni izlab... seni ko’rmoq istab. Qaytmasligin eslasam bu yurak qo’ymas yig’lamay. Dod faryod uradi, qochib ketmoq istab. Sabriga qoyilman, yorilmaydi bechora... suratlaring qidiraman uni, o’zimni ovutmoq istab, topolmayman hech yuzing ko’ringganini. Mana chiqdi bittagina. Oppoq libosda tushgansan farishtadek. Ko’zlarim quvnaydi, biroz o’zini aldab. Yurak esa, hamon yig’laydi bu yolg’onimga ko’nmay. Yurak yig’lasa ko’z kularmidi. Birgalashib yig’laylik, to’kib alamlarni. Chidaymizmi endi shu so’ginchga. Muddati cheksiz sog’inchga. O’tmishga qayta olsaydim, seni bir bor yana bag’rimga bosa olsaydim. Armonim qolmasdi bu yerlarda. Qayta tug’ulmoqga rozi edim agar sen bilan bo’lsam yana...
Mana Azizadan ayrilganimga ham bir yil bo’ldi. Bu azobli kunlar, oylarni o’ylashga ham qo’rqaman. Mani sindirdi. 1 oy diganda qop qora sochimga oq oraladi. Hich kim mani o’zimni yoshimni bermiy qo’ydi. Sevgi, ayriliq odamni zo’rini ham tiz cho’ktirib, yiqitar ekan. Qanchadan qancha odamlar maslahat berdi, ruhiy dalda berdi. Etishmagan gaplari qolmadi. Psixologga ham bor diyishdi. Oborishdiyam. Foydasi bo’lmadi. Yana uylantirishmoqchi bo’lishdi. Ko’nmadim. Azizadan boshqasini man o’zim bilan ko’ra olmadim. Qiz bolasiga uylantiramiza, onasi o’pmaginiga uylantirimiza diyishdi. Man ko’nmadim. Man o’zimga yo’l tanlagandim. Yolg’izlik. Boshida ko’nikishim ham qiyin bo’lgandi. Keyin ko’nikdim. Lekin eslayveraman. Undan boshqa hich kimim yo’q edi. Ota onamni ham bunchalar eslamiyman. Chunki u paytda yosh bo’lgandim. Hich narsani tushunmasdim. Lekin Aziza. Menga hamma kim edi. Unda man hammani ko’rardim. Eslayveraman, eslayveraman.
“Yarim tun. Men hali ham bedorman. Sensizman. Yolg’iz qoldim. Sen ketding. Butunlay ketding. Yig’lamayapman. Yig’lash uchun ko’zimda yosh ham qolmadi. Har seni eslaganimda, chehrang ko’rinadi. Ko’chalarda yurganimda, seni qo’lingdan ushlab yurgandek bo’laman. Qo’llaring iliqligin hamon his qilaman. Sen meni kuzatayapsanmi? Sen meni samodan turib kuzatayapsanmi? Sen yulduz bo’lib meni kuzatayapsanmi? Avvallari oydekman deyrding. Oy bo’lishni orzu qilarding. Afsus. Yulduzga aylanding. Kechasi seni ko’rgani ko’chaga chiqaman. Ushanda yorqinroq yonib o’zingni bildirib qo’y. Bo’lmasa men seni topolmaymanku. Ko’klardagi yulduzim... Tunim yolg’iz emas ekan. Chunki osmonda sen doim borsan. Charaqlagan yulduzim, meni armonga ko’mib ketgan yulduzim...”
Kechalari uhlay olmayman ham. Bosinqiriyman. Yonimdan Azizamni qidirib qolaman ba’zida. Uyg’onib ketaman keyin. O’ylanib o’tiraman ancha vaqt. Ko’nikishim kerak diyman o’zimga o’zim. Lekin oson bo’lmas ekan. 1 yil bo’lsa ham Azizani huddi kechagidek esliman. Foydasiz urinishlarni bari. Mani dib G’oppor va oilasi ham qiynalvoti. Mani ahvolimni ko’rib kimam achinmasdi. Ular mani yaqinim bo’lsa. G’oppor qizimga o’z qizidek qaravotgan bo’lsa. Man uni boqolmasdim. Hayollarim bilan bo’lib, uni esdan chiqarardim. Sayyora ham unga begona bo’lsa ham, G’oppor mayli bolalikdagi do’stim, Sayyora g’irt begona bo’lsam ham mani qizimga o’zi qizidek qaravoti. Tan olaman, boshida umuman yoqtirmasdim. Qizim uni qo’liga tushganda ham olib qo’ygim kelgandi. Afsuski ayriliq mani es hushimni ham ko’mib qo’ygandi. Shuning uchun hich narsa qilolmadim. Keyinchalik uni bolamga mehrini ko’rib fikrim o’zgardi. O’zgarib boraverdi. O’zim etmasam ham uyimni tozalab ketardi. G’oppor adashmagandi rafiqa tanlashdi. Bitta lekinini etmaganda. Yahshi rafiqa u. G’oppor agar o’tmishni butunlay unutib yashavotgan ekan, albatta baxtli bo’ladi. Chunki bunaqasini hich qattan topomidi. Qizim esa, onasini o’zi. Shu mani sal bo’lsa ham taskin toptiradi.
(G’oppor hikoyasi)
Bir yil ham ko’z ochib yumguncha o’tib ketdi. Man uchun tez. Kimlar uchundir esa teskarisi. Man uchun yugurdi. Yodgora ana mana diguncha 1 yoshga to’lib oldi. Og’zida tishchalari ko’rindi. Ilk qadamlarini tashlay boshladi. Mani qo’limda. Uni ikkita adasi bor. Bittasi man, ikkinchisi Aziz. Lekin u birinchi mani ada didi. Chunki u man bilan birgaku. Man uni birinchi yetakladim. Yurishini ko’rib quvonganlarimchi. Ba’zida o’ylab qolaman. Nahotki o’zganini quvonchini man ko’rvomman dib. Kimdir hursand bo’lishi kerak bo’lgan hursandchilik nega manga nasib qildi digan savol ham qiynaydi. Sayyora ham juda hursand. U bilan qancha birga yashadik begonadek. Bir o’rinda yotgan begonadek. Uni sabriga qoyil qolmay sira ilojim yo’q. Shu taqdirga indamay ko’ndi. U yoqotgan ifatini shu ketvotgan umridan ustun ko’rdi. Sayyora. Mani Sayyoram. Uni hich qachon hafa qilmadim. Hafa ham qildirmadim. Yuzida doimo kulgu. Faqat xonamizdan tashqariga chiqganda. Xonamizda esa o’ychan bo’lib qoladi. Man ham shunday. O’zimizga o’zimiz savol beramiza. Biz to’g’ri qildikmi? Yoki bu xatomidi. Kotta xatomidi. Nahotki aqlimizni ishlatmadik. Hislarga aldandik. Mani Sayyoram. Unga vaqtlar o’tib nafratim so’ndi. Sonib bormoqda. Uni o’rnini nahotki oldingi sevgim yana egalasa... man uni yana sevib qovommanmi? Man hich kimni sevmiman dib o’zimga o’zim va’da bergandimku! Lekin Sayyora hich kimmasku. U mani hotinim. U mani yaqinim. Uni sevsam bo’ladi. Oldin sevmasligim, bu kimnidir o’zimga ishontirib qo’yib, keyin uni tashab ketib uni ko’z yoshlarini oqizmaslik edi. Kimnidir baxtsiz qilmaslik edi. Hozirchi. Hozir bunday emasku. Uni hohlasam tashab ketmaymanku. Tan olishim kerak. Man Sayyorani sevib qolibman. Hayollarimda faqat u bo’lib qolibdi. Majnundek sevmasam ham. O’zimdek sevayapmanku. Yetar shuncha tungi ayriliqli yaqinlik. Yaqin begonalik. U ham mani sevadi. Aniq bilaman... Tun. Soat 01-30 lar. Yodgora yig’ladi. Man uyg’ondim. U narigi xonada yotadi. Borib belanchakni tebratib uni yana uhlatmoqchi bo’ldim. Obooo’ ladim. xonamga qarab qo’ydim. Sayyora ham uyg’ondi. U manga keling, siz yotib uhlang. Man o’zim qarayman didi. Man ko’nmadim, u qaytib xonaga kirib ketdi... Yana bir qarab qo’ydim. Qo’liga yostiqni quchoqlab olgan. U manga hamon qarab o’tiribdi. Yodgora uhladi. Qaytib kirdim. Sayyora mandan Yodgora uhladimi dib so’radi. Man uhladi dib etdim. Keyin unga: - Sayyora. Sanga bir gap etmoqchidim. - Nima gap etmoqchisiz? - Mana bir yildan oshiq birga yashadik... ozmi ko’pmi bir birimizni yaqindan bilib oldik. Mana bolaga ham qaravommiza. Sanga etmoqchi bo’lgan gapim... sanga etmoqchimanki... esingdami? San bilan to’gga chiqganimiza. Ushanda aylanganimiza. - Ha esimda. Hohlasam ham u paytlarni esdan chiqara olmayman. - Ushanda manga etgan gaping hali ham esingdami? - Ha esimda. - Sandan so’ramoqchiman. Yana usha gapni manga ayta olasanmi? Hali ham fikring o’zgarmaganmi? - Sizni hammon. Umrimni so’ngigacha, ko’zimni so’ngi nurigacha sevaman. Sevib qolaveraman. - Sayyora sanchi, man to’ydan oldin etgan gaplarni hammasini unut. Esdan chiqar. Man ham sani sevaman. Sani boringcha. Bor kamchiliklaring bilan ham sevaman. Seni qo’yib yubormayman...
87- qism
- Sayyora man rostdan etvomman. Sanga bo’lgan nafratim, sanga bo’lgan jahlim qolmadi. Sani yaxshi hislatlaring, sadoqating, odamiyligin bularni berkitib yo’q qilib yubordi. (Uni yoniga o’tirdim. U salgina surilib qo’ydi). Man tuni kun sani o’ylidigan bo’lib qoldim. (Qo’llaridan ushladim). Shuncha payt etolmay yurdim. (Unga yaqinroq surildim, qo’llari hamon manda). Mana bugun juratimni to’plab etdim. (bitta qo’lini qo’yib yuborib, belidan ushlab o’zimga tortdim). San ham mani sevasan. Man ham sani sevaman. (Yuzimiz juda ham yaqin. Nafasimiz bir birimizga urilib turibdi. U hayajonlanib tez tez nafas olardi). Sani bolaga mehrini ko’rib, mani ham sanga mehrim oshdi. (Beldagi qo’limga yurak urishi bilinib turardi. Yuragi tez tez urvoti). Balki o’zimizni ham bolamiz bo’lishini hohlarsan. Man hohlardim. (lablarim uni hayajondan titravotgan lablariga tegdi. Ajib tuyg’u. Sayyora nafas olishdan bir zum to’xtadi. Keyin lablarini ovoldi) - Balki yana bir bor o’ylab ko’rarsiz. Hozir extirosiz qaynab turibdi. Keyin yana afsuslanib yurmang. Iltimos yana bir bor o’ylang. - ... (U belidagi qo’limni sekin olib tashadi.) - Sayyora... - Siz yana ozgina o’ylang. Keyin afsuslanishizni hohlamayman. Man kechiring iltimos... (Bu mavzuga keyin boshqa qaytmadim. Yana o’ylashim kerak...)
Noyabr 2013 yil
Ishdan chiqib, uydan Sayyora va Yodgorani olib Saida opani ko’rgani bordik. Bolalari ham ancha kotta bo’lib qolishibdi. Bemalol uy ishlarini o’zlari bajarishvoti. Saida opa bizani ko’rib rosa hursand bo’lib ketdilar. Joy tayyorlab bizni o’tkazdilar. Choy damladilar. Choy quyishni Sayyora bilan “talashdilar”, baribir mezbon yutib chiqdi. Ko’rinishlari ancha yashhi. Ayriliqni unutib, bolalari uchun yahshashlari kerakligini anglab yetibdilar. Yig’lash bilan kun o’tkazib, ertaga hich narsasiz o’tirish kerakmasligini tushunibdilar. Ancha gaplashib o’tirdik. Rosa gaplashdik. Kulishdik. Keyin soat 22-00 larda ketamiza dib turdik. Chiqib ketvotganimda Saida opa manga: “G’oppor sanga havasim keladi. Qanidi manda ham...” uyog’ini etmadilar. Lekin man chundim... Uyga borib adamlarga Saida opanikiga borib qaytvotganimni etdim. Keyin yana bir ikki gap... Adamlar oxiri Anvar bilan gaplashaman didilar. Ertasiga kechki payt Anvar akani uylariga adam bilan chiqdik. Mehmonxonaga olib kirdilar. Shu odamga qoyil qolaman. Shundo kotta uyda bir o’zlari tursalar ham uylari doimo toza. Qachon tozalashga ulguradilar bilmayman. Bitta ukalari ham bor. Lekin ular alohida turishadi. Onalari olamdan o’tgan. Otalari bolaliklarida vafot etgan ekan. Biz o’tirgan zalda ham ularni rasmlarini kotta qib chiqarib osib qo’yganlar. Ulardan keyin ayollarini rasmi bor. Adam gap boshladilar: “Anvar, ukam. Mana ayoling o’lganiga ham ancha bo’lib ketdi. (Rasmga qarab qo’ydilar). Bir o’zing hayhotdek hovlida so’qqabosh bo’lib yuribsan. Mani sani oldinga chiqishimdan maqsad... Sani uylantirish. Gapni cho’zib o’tirmadim” didilar. Anvaraka: “Fazliddin aka. Kerakmas bu mavzuda gaplashish. Amakilarim ham, ukalarim ham rosa etishdi. Lekin man ko’nmadim. Man boshqasi bilan yashashni tasavvur qilomiman. Kelinzni o’rnini hich qaysisi bosomidi. Chuning oka” dib javob qaytardilar. Adamlar: “Anvar yolg’izlik faqat Allohga hos. Bandagamas. San o’zini farzandlaring bo’lishini hohlamisanmi? Ertaga kuchdan qoganindan keyin kim sanga qaridi? Ertaga qariganingda kim sani tepkilab ko’madi? Kim ortingadan yig’lidi. Uka, o’ziniki bo’masa boshqalar hich kim. Ishonmagin” didilar. Anvar aka bir gap etmoqchi bo’ldiyu, indamadilar. Adamlaram bitta gap etmoqchi bo’ldilaru indamadilar. Manga qarab qarab qo’yishdi. Keyin ortiqchaligimni his qildim. Yahshi telefonim jiringlab qolib, gaplashgani chiqib ketdim. Qarasam adamlarni nomerlari. Chiqishim bilan qo’yib qo’ydilar. Keyin qaytib kirmadim. 2 soatlardan keyin adam qaytib chiqdilar. Manga qarab hammasi zo’r. Ko’ndirdim. Endi Saidaga sovchi qo’yib, uni ko’ndirsak bo’ldi. Boshida rosa o’zini olib qochdi. U disam bu diydi, bu disam u diydi. Sog’lig’ing yahshimi disam, yahshi diydi. Unda problemang nima disam, etmidi. Oxiri amallab ko’ndirdim” didilar. Man kim sovchi bo’b borishini o’ylavotgandim. Onam bormasliklari aniq. Sekin adamga qarab, o’ziz borasizde uyoqga ham didim. Boshqa ishonchli kim bor. Hich kim? Adamni ko’nishlaridan boshqa ilojlari qolmadi. 3 kundan keyin Saida opanikiga ketdilar... ularni ham ko’ndirib keldilar. Qanaqa qilib ko’ndirdilar bilmadim. Lekin ikkalaligini ko’ndirganliklariga qoyil qoldim. Borib o’rgansam bo’larkan. Lekin yana chiqarvorardilarde. Mayli hayot o’rgatar.
Dekabr. 2013 yil.
Bugun Anvar aka va Saida opamlarni to’ylari. Saida opa oq ko’ylak ham kiymaganlar. Oddiy atlas ko’ylakdalar. Bundo to’rga chiqib ikkalalari ham o’tirib olishmagan. Hudoyini zamonaviy ko’rinishi disa bo’ladi. Restaranda bo’voti. Odam juda ko’p. Anvar akani tanishlari rostanam juda ko’pde. Hamma tabriklavoti. Man xizmatda. Adamlar ham eshik tegida odamlarni kutib ovotilar. Onam ham keldilar. Mahalladagi kompaniyalari bilan gaplashib o’tirishibdi. Tochna g’iybat shou. Saida opani bolalari ham yasanib o’tirishibdi. (Onasini to’yida bunaqa o’tirish hich kimga nasib qilmasin. Hammani o’z otasi va onasi doimo bo’lsin. Juda achinarli holat. Tasavvur qilishga ham qo’rqiladigan holat.). Saida opa bolalari bilan Anvar akani uyiga ko’chib keldilar. Endi ular baxtli oila bo’lishadi nasib qilsa...
88 – qism
Mart. 2016 yil.
Ana mana diguncha 3 yil ham o’tib ketdi. Yodgora mana hozir 3,5 yosh. Tili chiqib gap bermayapti. Lekin ada, oyilarni etganda odam bir mazza qiladiki. Juda shirin qizcha bo’lgan. Onasini huddi o’zi. Quyib qo’ygandek. Qoshlari, ko’zlari... umuman hamma yog’i. Azizga hich qati o’xshamidi. Aziz ham ancha ko’nikib qolgan. Lekin baribiram odamovi. Kamgap. Ishdan keladi, ketadi. Alamini ishdan olayapti. Uni ham uylantiramiza diyishdi, foydasi bo’madi, hich kim ko’ndira olmadi. Bolasiga ona kerak diyishgandi, bolamni ota onasi bor dib javob berib qo’ya qoldi. Sayyora hali ham usha usha. U bilan qilgan shartnomam ham yo’q bo’lgan. Yani ajrashishim. Chunki u Yodgoraga qarayapti. Yodgora onasiz qolishini istamiman. Lekin sevgi mavzusiga boshqa qaytmadim. Tunlari yonimdagi yorni istab qiynalishlar... Sayyorani otasi qamoqdan chiqdi. Butunlay qutilib chiqdi. Man ishga Anvar akani ofislariga o’tdim. Anvar aka shuni hohladilar. Anvar aka va Saida opa farzandli bo’lishdi. O’g’il. Ismini manga o’xshasin dib G’oppor qo’yishmadi afsus. O’rniga Akmal qo’yishdi. Yahshi ism. O’zi yaqinda tug’ildi. Saida opa bu yoqga ko’chib kelganlarida mahallani g’iybatchilarini o’qiga qancha dosh berdilar. Gapirmagan gapi qolmadi ularni. Emishki, Saida opa boy Anvar akani boshini aylantirib tegib olibdilar. Tovba. Adam o’lib tirilib ularni zo’rg’a ko’ndirdilarku. Bular qattan biladi. Etib ham bo’midide. Anvar aka mani yana qoyil qoldirdilar. Hich kim manimcha bunchalik hayriya qimasa kerak. Yana bildirmasdan. Shifoxonalarda agent doctorlari borakan. Qiynalgan bemor kelsa, doriga operatsiyaga vobshe puli bo’lmasa ushanda bularga etisharkan. Har safar o’zlari olib borib berarkanlar. Bir safar mandan iltimos qildilar. O’zlarini muhim uchrashuvlari borakan. Ushandan doctor bilan gaplashib bilib oldim. Keyin ko’chada ham bir bir aylanib yurarkanlar. Qaysidir qiynalgan odamni ko’rsalar albatta yordam berib ketarkanlar. Man bilan bir marta aylangani chiqdilar. Mani olib chiqdilar. Bir xillarida Lombardlarini oldida o’tirarkanlar. Qiynalib, oxirgi narsasini garovga qo’yvotgan odamga ham yordam berdilar. Ular odamni ko’rib ajratib ovotilar. Qattan bilvotilar bilmadim. Yonlaridagi pul tugaguncha ushatda o’tiradilar. Bir xil odamlarga ish ham topib bervotilar. Shuncha ish qilarkanlar, man bilmasdan yurarkanman. Mana ideyal odam. Mani ideyal odamim. Mani olib yurishlari, balki kelajakda san ham shunday bo’lgin digan maqsaddadir. Kotta akamni ham o’zim ishlavotgan joyga ishga joyladim. Yahshi joy. Har holda tanish bilishchilik yahshi narsa. Endi bo’ladide hamma joyda. Anvar akani sheriklari chet elda ekan. Usha yerdan u tovar yuboradi. Bu yerda Anvaraka qabul qilib oladilar. Tarqatadilar. Sheriklari ham shu yerlik ekan. Lekin u yerda yasharkan. Yaqinda ushatga borib, tanishtirib kelaman digandilar. Lekin vaqt bo’madi. Bolalik bo’ldilar. Saida opa bilan samalyotda uchib bo’madi ushanda. Yaqin oylar ketsak kerak...
Iyun 2016 yil.
Bozorga tushdim. Shunchaki yalangani. Ish bilan bo’lib ancha charchadim. Ko’plar tog’ga ketishadi, boshqa yoqga. A man bozorga keldim. Har hil mahsulotlarni ko’raman. Mevalar, poliz ekinlari. Yahshide. Tabiiy narsalar bo’lgani. O’zi hamma yoq himikat bo’b ketgan. Bitta tabiy narsa, qogani suniy. Yoshim ham 28 ga chiqdi. Umrim o’tib borvoti. Hali o’zimni farzandim yo’q. Sayyora bilan hamon begonadek yahavomman. Balki o’zimni kelajagimni o’ylidigan vaqt kegandir? Balki Sayyoraga hammasi tayyorman diyishim kerakdir. (Uzum sotvotgan xolada uzumni narxini so’radim, 1 kg oldim). 3 yil o’yladim. Hammon o’ylavomman. Yana o’ylasam kerak. Bu o’ylashlarni oxiri ko’rinmidi. Sayyorani javobini bervorishga ham juratim yetmidi. Shundo ayolni yoqotishni istamiman. (Olma sotvotgan boladan olmani narxini so’radim, 2 kg oldim). Uchi? U o’zi ketishga tayyormikan. Balki har kuni bugun javobimni beradilar, bugun ketaman dib o’ylab ich etini tirnavotgandir. Judaa qiyin vaziyatlar nega manga kelib tushadi?! Qiyin ahvoldan qanaqa qilib chiqaman. Kimdan maslahat so’riman. Maslahat so’riman diganlarim o’zlari maslahatga zorku. (Nok sotvotgan kenayidan nok narxini so’rab, bittasini kesib yeb ko’rdim. Shirin ekan 2 kg oldim). Anvar akadan so’rasamikan? Ular ham oxirgi payt sal kamgap bo’lib qoganlar. Oldingidek emaslar. Balki uylanganlaridan keyin, xotiralar qiynavotgandir. Exxx. Hayotni shu sinovlari ham man uchun borakande. (Shaftoli sotvotgan amakidan 1 kg shaftoli sotib oldim). Nima bo’lganda ham Sayyorani qo’yib yubormayman. U manga kerak. Yana ozginadan keyin balki u ham taqdirimiz bir ekaniga ishonar, rozi bo’lar. U ham sevadiku. Uni ham o’z bolasi bo’lgisi keladiku. Balki mani boshida aldagani uchun vijdon azobida haliyam yurganmikan. Balki o’ziga shu qiynoqli yo’lni tanlab, vijdon azobidan qutilmoqchidir. (Rastadan bir qiz olma olib keting dib baqirdi. Qaradim.. Olma oldim dib yo’limda davom etdim). Aniq bilaman. U mandan javobini kutib yashavoti. O’zi esa so’ray olmayapti. Bu hayollardan uni qutiltirishim kerak. Man unga kechirdim dib etishim kerakmi? Shunda u qutiladi. Va begonamasdek yashimiz. Usha hamma nega bular bolalik bo’lmayapti dib gap boshlagan. Yana gaplarga ko’ra, biza bolalik bo’la olmasakanmiza, ikkalamizadan bittamiza kasal ekanmiza. Yoki ikkalamiza. Ushanga Yodgorani asrab olganakanmiza. Biza qachon doctorga borib o’zimizani tekshirtirgandik? Hayronman. Yodgora. Chiroyli qiz. To’xta. Olma sotuvchi. Yuzi tanish ko’rindi. Qattadi joyi? Azizaga o’xsharmidi? Ha o’xshardi. Huddi o’zi edi. Nega usha payt tanimadim. Hayol qursin. Joyi qatta ediya. Qancha qatga yurdim. Man shu yer edi? O’zi qani? Joyida boshqa odam o’tiribdiku?... Xolajon, shu yerda hozir bitta qiz olam sotib o’tirgandi? Usha qani? Sotib bo’lib ketdimi? Yana qachon keladi? Bilmisizmi? Nega kam keladi? Endi qogan olmasi qachon pishadi? Ketganiga qancha bo’ldi? 5 minut? Qaysi tomonga ketdi? Qaysi tomondan uyiga ketardi? Uyini bilmisizmi? Yo’q? Mayli rahmat. Balki ortidan yetib olarman.... Kerakda.... Usha ketgan tomoniga yugurdim. Bekatga qarab chopdim. Yo’lda hamma qizlarni yuziga qarab ketvomman. Lekin u yo’q. Bekatga yaqin qoldim. Uzoqda ana bir qiz turibdi. Turishi o’xshavoti. Bu Aziza. Lekin qanaqa qilib. Yugurib yetib olishim kerak. Qo’limdagi narsalar ham ortiqchalik qivoti. Hozir avtobusga chiqib ketmasa bo’ldi... (Yo’lda bir bolaga urilib ketib, yiqilib tushdim. Narsalarimni ham olmay, o’rnimdan turib yana yugirib ketdim)... Lekin u bekatda yo’q edi. Bekatdan faqatgina bitta avtobus yuribdi. Nomerini ham ko’romadim. Taksi to’xtatib orqasidan haydatdim. Yetib oldim. Bekatda to’xtaganda chiqib ichlarini qaradim. Aziza yo’q bu yerda. Orqaga qaytdim. Bekatni aylandim. Yo’q. Mevalarim to’kilgan joyga bordim. Usha yerdagi mayda chuyda sotuvchilar terib setkamga solib qo’yishgan ekan. Rahmat dib olib ketdim. Hamma manga hayratomus qarashardi. Boya yiqilganimdan keyin ust boshim chang bo’lgan ekan. Qoqmagan ham ekanman. Qo’limda setkam bilan bozorni aylanib yurdim. Balki orqaga qaytgandir dib. Topa olmadim. Uyga bordim. Sayyora ustimni ko’rib qo’rqib ketdi. Yiqilib tushdim didim. Qo’limdan setkani oldi. Ustimni almashtirdim. Azizani ko’rganimni hich kimga etmadim. Oldin aniq bilishim kerak. Ertasiga Azizani qabriga bordim. Oldin ham kelardik. Unda unchalik ahamiyat bermasdim. Bu safar sinchiklab qaradim. Qabr buzilmagan. Go’rkov shu atrofda yurgan ekan. Undan bu haqida so’radim. U bunaqa holat yaqin yillarda bo’lmagan dib etdi. Keyin bozorga qaytdim. Usha joyga bordim. U yerda yo’q. O’zi u kim edi? Azizamidi yoki uni o’xshashi? Usha joydagi xoladan uni yana so’radim. Ular yaxshi tanimayman. Bugun kelgandi o’zi. Uyidan terib olib kelib sotar ekan. Shuni bilaman halos didilar. Yana aylandim. Qidirdim, balki bugun boshqa joyga chiqgandir dib o’ylab. U yo’q. Kun bo’yi bozorda yurdim. Ertasi kuni ham. 3 kun keldim. 4 kuni usha umidlarim so’nib bordi. Ishonchim qolmadi ham. Lekin baribir ichimda nimadi uni topasan diyrdi. Manga uni kimligi qiziq edi. Bugun ham topa olmadim. U kelamadi. Ertasi kuni ham keldim. Qidiridim. Topa olmadim. Obed payti ham o’tdi. Topolmadim. Bitta oddiy kafega ovqatlangani bordim. Osh buyurtirdim. Bitta choynak qora choy. Pulini to’ladim. Osh keguncha bir piyola choy ichdim. Keyin ish keldi. Oshni ham zo’r qibdi oshpaz. Yarimini yeb bo’ldim... Orqadan bir qizni olma olasizmi digan ovozi eshitildi? O’grilib qaradim. Bu usha edi... Ha olaman didim shoshib. Yuziga qariman. Azizani o’zi. - Hammasini olaman, mani tanidingmi? Man G’opporman. (U turib turib) - Ha tanidim. - Aziza bu sanmisan? - Yo’q. Ismim Aziza emas. - Unda kim? - Ismim Dilorom! - Dilorom. - Yoshiz nechida? - 20 da. Olma olasizmi? Qancha olma beriy. - Olma. (uni qo’yib yuborgim kemadi. U Azizani huddi o’zi. Ikki tomchi suvdek o’xshidi. Qarashlari, gapirishlari. Hamma hammasi). Shu olmangiz qancha chiqadi. Hammasini olaman. - Rostanmi? - Ha. Qancha chiqadi hammasi? - 10 kilo. - Bo’ldi hammasini olaman. Yana bormi? - Ha bor. - Qatta? - Uyda. - Bo’ldi boraman uyizga. Faqat ozgina kutib turasiz. Ovqatlanib oliy. - Hop. - Siz ovqatlanmisizmi? - Yo’q. Qornim to’q. - Mayli hich bo’lmasa bir piyola choy ichib turing. - Hop. Rahmat. Ovora bo’lmang, o’zim quyib olaman.
Dilorom bilan bozordan chiqib, uni uyiga bordik. Moshinamga chiqmadi. Tanimagan odamini moshinasiga chiqmasakan. Uyi bozordan uncha uzoq emas ekan. Piyoda qatnar ekan. Keyin moshinaga olmani qo’yib, o’zimiz piyoda ketdik. Ushanda u piyoda ketgan ekan. A man avtobusni orqasidan yugiribman. Nega ostanovkada turganini so’ramadim. Uyiga borib, yana 10 kg sotib oldim. Yana kerak, olaman. Kelishimdan oldin tel qilaman dib nomerini ham oldim. Keyin boshim osmonga yetib, moshinamni oldiga olmani olib surdim. Azizga zo’r syurpriz bo’ladigan bo’ldide. Balki boshqalarga ham... Oldin man uni yaqinroq tanib olishim kerak. Telefon qilaman. Man bilan gaplasharmikan? Harakat qib ko’raman. Uyga borib telefon qilaman... uyga kelib, zinaga o’tirib, yozib olgan nomerimga tel qildim. 2 ta gudokdan keyin ko’tardi. Man o’zimni tanishtirdim: - Man G’opporman. Boya sizdan olma sotib olgandim. - Ha esladim. Man Diloromman. - Dilorom uzr bezovta qilgan bo’lsam. Sizdan bir yordam kerak edi? - Mandan yordam kerak? Yana olma kerakmi? - Ha. Yo’q. Ha kerak. Yana boshqa yordam kerak. - Qanaqa yordam? - Sevganiz bormi? - Yo’q. Man bolalar bilan gaplashmiman. - Ha yahshi. - Nega buni so’radiz? - Shunchaki. Siz bilan yana qachon uchrashsam bo’ladi? - Nega man bilan uchrashasiz? Qiziq odam ekansizku. - Olma olmoqchidim (Tepamda Sayyora turganini bilmay ham qolibman). - Olma hozir yo’q. - Qachon keladi? - Kesa etaman. (Telefonni qo’yib qo’ydi)
Bu yoqdan Sayyora gapni boshladi. - Buncha olmani nega olganizni tushunmagandim. Endi tushundim. Sizga boshqa gap etishga xaqqim yo’q. Gaplarizini behosdan eshitib qoldim. Uzr (xonaga kirib ketdi) - Sayyora noto’g’ri tushunvossiz? Man siz o’ylagan narsani gaplashmadim. Man boshqa narsa haqida gaplashdim. U qiz Azizaga o’xsharkan. Ushanga u haqida ma’lumot ovotgandim. - O’lgan odamni aralashtirmasez bo’lardi. - Mayli. Manga ishonmang. Hali ishonasiz. Man faqat sizni sevaman. Sayyora eshitvosmi. Faqat sizni sevaman. Shunaqa qilib ortidan xonaga baqirdim. Oshxonani oldida adam o’tirgan ekanlar. Ular manga “Og’lim bizam sevganmiza. Lekin adamizani oldida bunaqa baqirmasdik” dib kulib qo’ydilar.
3 kundan keyin yana tel qilib, olma olgani bordim. Mani ko’rib hursand bo’b ketdi. Uyiga kirdim. Hovlisida 5-6 ta olma daraxti borakan. Ota onasi o’zi va ukasi yashasharkan. Diloromga bo’lgan hamma gaplarni sekin yotig’i bilan tushuntirdim. Boshida sal chunmadi. Keyin uni ammallab uchrashishga ko’ndirdim. Uyimdagilar yo’q diyishadi digandi. Bozorga olma olib chiqganizda usha kunni oshxonada uchrashamiza didim. U o’ylab o’ylab rozi bo’ldi. Unga Azizani vaziyatini yahshilab tushuntirdim. U sizni Aziza diydi. Huddi man sizga etganimdaka didim. U bo’ldi, epliman didi. Hursand bo’ldim.
89 - qism
Yana 3 kun o’tib bozorga Azizni olib tushdim. Boshida ko’nmadi. Lekin amaladim. Ko’ndirdim. Bir aylanib kelaylik didim. Etilgan vaqtgacha aylandik. Ubu narsani yo’liga sotib oldim. Aziz hich narsa olmadi. Faqat ensasini qotirib yurdi halos. Keyin oshxonaga borib ovqatlanamiza didim. Bordik, o’tirdik. U hich narsa yemiman didi. Man majburlab unga ham narsa oldirdim. Yeb bo’ldik. Keyin unga savol berdim: - Aziz sanga bitta savolde. - Qanaqa savol? - Aziza qaytib kelsa nima qilarding? - Qanidi. Qaytib kelsa qanidi? U qaytishi uchun hamma narsamdan voz kechib yuborardim. Hamma hamma narsamdan. Qo’ysenchi bu savollarni. Eslatmagin. O’zi endi ko’nika boshlavomman. Nima qilasan man qiynab. Manga endi Aziza armon. - Balki armon ham ro’yobga chiqar?! (Uzoqdan olma ko’tarib Dilorom kevotdi. Aziz unga teskari o’tiribdi.) - Yo’q. Ro’yobga chiqadigani orzu diyiladi. Armon chiqmidi. - Chiqadi. Man ishonaman. San astoyidil hohlasang bo’ldi. - Man yosh bolamasman. Ertak eshitib, ishonadigan yoshdan o’tganman. - Man psixologman. Sanga yordam bermoqchiman. - San psixologmas, psixsan. San etvotgan narsalarni qisam mani ham psix bo’b qobdi diyishadi. Birinchi bo’lib o’zing etasan. - Yo’q. Man hozir etvotganlarim xazil emas. Muhabbat olmasi haqida eshitganmisan? (Dilorom uni orqasida shundoq turardi) - San bozorga mani ustimdan kulgani chaqirdingmi? - Yo’q. Orqangga qara. (Erinib orqasiga qaradi. Dilorom unga yaqin keb turvoganiga yuzini yahshi ko’rmadi) - Tog’orada olma ko’targan qiz?! - Yahshilab qara. U sanga kimnidir eslatmayaptimi? (Boshqattan orqasiga qaradi. Diloromni ko’rdiyu. O’rnidan turib ketdi. Bir oz sukutda qoldi. Ko’zlarinni ishqalab ko’rdi. Dilorom kulib turibdi) - “Ko’zlarim ochibon, ko’rdim seni. Dilim ketdi yana sen bilan falaklarga. Ishonmasman bu rost ko’zilarimga, yolg’on ko’rsatmayaptimikan. Senmisan mani azizam. Nahotki yana seni ko’rdim. Hech ham o’ylamagandim, kimdir aytsa hech ishonmasdim. Azizam seni ko’rdim yana. Men yashayapmanmi? Man o’zi trikmanmi? Sen nahot yonimdasan. Nahot men yoningdaman. Meni yerdagi farishtam. Endi osmonlarga uchmaydigan farishtam. Beg’uborim farishtam. Qo’llaringdan mahkam tutgum, seni boshqa yoqotmaslik uchun.” - Shoir bo’lib kete. - Aziza. Sen tirkmisan?! - Aziz. Bu Aziza emas. Bu qizni ismi Dilorom. Shu bozorda uchratib qoldim. Keyin uni yoqotib qo’yib yana topdim. Mana san bilan uchrashtirdim. Yoshi 20 da. Aziza qaytdi. Faqat boshqa odam bo’lib. Armon ro’yobga chiqadi didimku. Bu qiz hamma tarafdan Azizaga o’xshiydi. Uni uchrashishga olib chiqishim qiyin bo’ldi.
Man turib chetroqqa ketdim. Aziz va Dilorom usha yerda yolg’iz qolishdi. Ozgina gaplashishdi. Azizni ko’zlarida uzoqdan yosh yaltirab tushvotganini ko’rish mumkin edi. Man borib, Azizni uyiga olib ketdim. Olmalarni yana sotib oldim. Uyga borsam Sayyorani yana jahli chiqadi. Rashk qilishi manga yoqib ketdi. Rashk meyorida bo’lsa yahshi. Silishkim bo’sa yomon. Uyga kelib hammaga bo’gan voqeani etib berdik. Azizni ham uylanishiga ko’ndirdim. O’ylab o’ylab qiz ko’nsa uylanishga rozi ekanni manga etdi. Uydagilarga etishim bilan onam va adam sovchilikka boramizaga tushib qolishdi. U yoqda Azizni qaynona qaynotasi ham borib qizimizni bir bora ko’rib kelaylik dib ular ham borishmoqchi bo’lishdi. Adresini berdim. Diloromga tel qilib vaziyatni tushuntirdim. Tayyorgarlik ko’rib turing didim. Azizni maqtadim. Uni tanlasez xato qimisiz didim. O’ylab ko’ring didim. Sayyora hamma ketganidan keyin kelib, mani kechiring didi. Va bitta o’pib ketdi. Kechki payt sovchilikdan qaytib kelishdi. Otasi bermiman dibdi. Uylangan bolaga uzatmiman dibdi. Jahlim chiqdi. Ertasi kuni o’zim bordim. Yodgorani ham ovoldim. Diloromni otasini ismi Sobir aka ekan. Borganimda uyda ekanlar. Nega keganimni etgandim. Ichkariga taklif qiladilar. Yodgoraga qarab qarab qo’ydilar. Ichkariga kirdim. - Sobir aka. Man Azizni yaqin o’rtog’iman. Kecha uyimizdagilar kelgadi. - Ha. Ularga javobimni etgandim. Eshitgan bo’lsangiz. - Eshitdim. Shunga oldizga keldim. U yaxshi bola. - Man qizimni oila qurgan erkakka bermiman! - Sobir aka. To’g’ri. U oila qurgan. Lekin ajrashmaganku. Xotini o’lgan. - Bu ahamiyatli emas. Qizim hali yosh. Sovchilar kelib turibdi. Tengi kelsa uzataman. Uzr ukam. - Siz mani tushunmayapsiz. Aziz man eng yaqin o’rtog’im. Aka ukadekmiza. Bilasizmi nega. Uni hich kimi yo’q. Yoshligida ota onasidan ayrildi. Yetimlikda o’sdi. Lekin mani ota onam, qo’shnilar uni tashab qo’yishmadi. O’z bolalaridan ham yahshi qilib tarbiyalashdi. Chet elda o’qib ham keldi. Man boromadim ushanda. Chunki manga bitta ota ona tarbiya bergan. Unga hamma. Shuning unchun u zo’r. Hamma narsaga o’zini kuchi bilan erishdi. Xotini o’lgandan keyin tushkunlikka tushib qoldi. Bolasini onasiz o’smasin dib, manga berdi. O’zi har kuni chiqib hol ahvol so’rab turdi. Man xotinim bilan man shu qizchani kotta qildik. Qarang. Bu qizcha onasini o’zginasi. - Ha. Qizimga o’xsharkan. - U shu xotini vafot etguncha yomon yashamadi. Uyidan hich tiq qigan tovush eshitilmagan. U xotinini juda qattiq sevardi. Man ishonaman unga. Qizizni albatta baxtli qiladi. Usha yigitlar bera olmaydigan baxtni u beradi. - Hop. Man roziman diylik. Lekin u mani qizimni Dilorom emas.... xotinini ismini nima didiz. - Aziza. Ismi Aziza edi. - U mani qizimni Dilorom emas. Aziza qiyofasida ko’rmaydimi? Qizimni Dilorom emas, Aziza dib chaqirmidimi? - .... Yo’q. Dilorom dib chaqiradi. Man unga ishonaman. Man kafilman qizingiz baxtiga. - Mayli. Shu qizchasi uchun roziman. Ertaga sovchilar boshqattan kelishsin. Qizim rozi bo’lsa to’y. - Rahmat. Ertaga kelishadi. Mayli man ketdim. - Sizga bitta savol. Agar qizim ko’nib, to’y bo’lsa bola kimda qoladi. Sizdami yoki o’rtog’izdami? - Bolani o’z otasi hal qiladi buni. U nima disa shu. Bizani uyimiza yaqin. Umuman farq qimidi. Man buni hal qilomiman. Uzr aniq javob bera olmadim. - Yo’q. Javobiz man uchun yetarli. So’g bo’ling.
Bu yerdan chiqib uyga ketdim. Yo’lda o’yladim, rostanam Yodgora kim bilan qoladi? Man undan ayrilishga tayyormanmi? Har kuni yonimda bo’lgan. Mani ada dib turgan qizchasiz qolsama. Sayyora keyin undan battar ketish vahimasiga tushib qoladiku. Exxx. Kimnidir baxti uchun, kimdir baxtidan kechishi kerak ekande bu dunyoda...
Avgust. 2016 yil.
Aziz va Diloromni to’ylari bo’lib o’tdi. Yodgora hozircha biz bilan turibdi. Manda har kuni Aziz bugun qizini olib chiqib ketadi digan vahima turibdi.....
Sentabr 2016 yil.
Bugun Anvaraka chet elga jo’nab ketvotilar. Saida opa va bolalari ham. Etishlaricha chet eldagi hamkorlari endi bu yoqga kelib ishlar ekan. Joy almashishibdi. Hich tushunmadim. Nega almashishlari kerak bo’lib qoldi. Chet eldagi stolini tegidan mix chiqibdimi buyoqqa keladi. Tovba qildim. Anvarakasiz man qanaqa qilib ishliman endi. Negadir ko’nglim g’ash. Manam ketsamikan. Yo’q. Keta olmiman. Bu yoqda oilam bor. Mayli. Amalaymiza. Hamkorlari bilan ham balki yahshi chiqishib ketarman. Ketishlaridan oldin manga hayriya spiskalarini berib ketdilar. Firma nomidan topshirib turishga. Hamkorlariga ham etaman didilar. Hamkorlarini ismi Rustam ekan. Mayli Rustam aka bilan ham chiqishib ketarman. Nu manga ancha narsani o’rgatib ketdilarku. Qiynalmasdan ishlasam kerak. Kechki payt Anvarakani kuzatib qo’ydik. 2 haftadan keyin Rustam aka samalyotda uchib keldi. Kutib olib, ular uchun tayyorlab qo’yilgan uyga joylashtirdim. Ishxonadan bitta bolani ularga biriktirib qo’yib, hamma etganlariga yugurasan didim. Negadir bir o’zlari kelibdilar. Ertasi kuni ofisga bordilar. O’tni betni aylanib, xonalariga kirdilar. Nimadir ularga yoqmadi. Ko’chaga chiqdilar. 1 soatdan keyin qaytdilar. Zerikganlari bilinib turibdi. Manga qarab: “Bu yerga ko’nika olmasam kerak. Tez orada qaytib ketaman. O’rnimga jiyanim ishlaydi. Yaqin kunlarda keladi. 1 oylardan keyin yana uchib ketaman. Lekin kelib tekshirib turaman. Firmani sizlarga ishonib topshiraman. Anvarjon sizni rosa maqtagandi. Sizga ishonarkan. U ishongan odamga men ham ishonaman. Hali jiyanim kelsa u bilan ham kelishib ketasizlar. Lekin sal qaysarroq. Bolaligida unaqa emasdi. 5-6 yil oldin birdan aynib shunaqa bo’lib qoldi. Uni ham ancha malakasi bor. Lekin bu yerda u boshliq bo’ladi. Siz o’z o’rnizda qolasiz” didilar. Man Anvaraka bu yoqga qaytimidilarmi dib so’radim. Ular: “Yo’q. U yaqin orada qaytmidi. Balki umuman. Ahvoli...” dib indamadilar. Keyin shoshib chiqib ketdilar. Man ulardan ahvoli dib nimani etmoqchidiz dib so’ramoqchi edim. Lekin ular ketib qoldilar. Jiyanlarini kimligini ham etmadilar. Balki kutib olish kerakdir. Ertasi kuni ofisga kelib, bir ikki hujjatlar bilan shug’ulandim. Qaysidir hujjat manda yo’q ekan. Anvar akani xonasida bo’lishi kerak edi. Ularni xonasiga borib qidiridim. Rosa qidiridim. Qatga qo’ygan bo’lishlari mumkin dib qidirmagan teshigim qomadi. Bitta devor orqasidagi yashirin seflari qoldi. Kalitini ketishlaridan oldin manga qoldirib ketgandilar. Ushatni ochdim. Ushatda ekan. Yana bir necha pochka dollar turibdi. Juda ko’p. Shuncha pulni kalitini manga ishonib topshirib ketibdilar. Rahmat oka. Keyin yana rentgenmi mrt grammalari bor ekan. Olib qaradim. Hich narsani tushunmadim. Nu ko’krak qafasini rasmi. Yozilgan qog’ozi ham borakan. Anvar akamni familya va ismlari yozilgan. Chunmadim. Nega bunga tushibdilar. Tashxisi ham tushunarsiz yozilgan. Qog’ozni pastida tel nomer borakan. Doctorniki bo’sa kerak. Ushanga tel qilib doctorga uchrashdim. Nimaga keganimni etdim. Olib kelgan qog’ozlarimni ko’rsatdim. Keyin ularga nima tashxis qo’yilganini so’radim. Ozgina o’ylanib turib, “kimi bo’lasiz” dib so’radi. Man ukalariman didim. Keyin u “O’pka raki” dib etdi. Muzdek bo’ldim. U yana davom etdi: “Bu kasallik unda 6 yildan beri bor. Shuncha payt kuchli dorilarni olib kelib sog’dek yurdi. Endi buyog’iga bizni kuchimiz yetmadi. Kundan kunga so’nib bordi. U bola hayotda hech ham boshini egmagan ekan. Shu sabab kasaligini hammadan yahshirishimni so’radi. O’zi ham hech kimga etmadi. Agar yana bu yerda yurganda kasal ekani bilinishni boshlardi. Ushanga chet elga ketdi. O’lsam ham usha yerda o’lib ketiy dib. Unga o’lmaysan hali ancha yashisan disam ham baribir ketdi. Afsus davolab bo’lmaydi. Nechidir oylik umri qoldi halos. U chet elga ketgani uchun man sizga etvomman. Siz hich kimga etmang. Balki chet eldan davolanib qaytar. Umid Allohdan. U yerda kuchli mutaxasislar bor. Umid qilaman. Imkoni bor. Lekin siz unga bu gaplarni, yani man bilan uchrashganizni etmang. Bu ikkalamiz o’rtamizdagi sir bo’lib qosin. Sizga ishondim” dib etdi. Man o’tirgan joyimda qotdim. Qimirlamadim. Eshitgan narsalarimga ishonmasdim. Nahotki Anvar aka shuncha yil kasalliklarini yashirib keganlar. Bir ikki yo’talardilar. Ahamiyat bermagan ekanman. Hich kim orqamdan yig’lamasin dib chet elga ketibdilarde. Anvarakaya. Nega manda yashirdiz. Oxirgi marta xayrlashishlari ham qanaqadir so’ngi marta ko’rib qolvotgandek edi. Shunda ham sezmadim. Qancha payt oldilarida yurib sezmagan, shu payt sezarmidim. Saida opaga ulanmayman diganlarini ham sababi shunda ekanda. Yana beva qoldirishni hohlamagan ekanlarda. Lekin nega ko’ndilar. Chunarsiz... Qanaqa qilib sir saqlashim mumkin endi. Hatto oila a’zolariga ham etmagan bo’lsalar. Afsus. Lekin Rustam aka bilar ekanlar. Ularga etibdilar. Lekin nega hich kimga bildirmasdan yurib, sefga bu qog’ozlarini qoldirib ketibdilar. Man uni ochishimni bilardilarku. Balki ketganlaridan keyin bilishimni hohlagandirlar. Doctorga ham man borsam hammasini etishini etgandirlar. Chunarsiz hayot...
(Davomi bor)
Sog' salomatlik...
|
|
| |
Giyos | Сана: Пайшанба, 09-Авг-2012, 06:17 | Изох # 515 |
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 1130
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 59
Холати: Хозир йўқ
| 90, 91, 92, 93, 94 (oxirgi) qism.
Hurmatli o'quvchilar. Hikoyaning oxirini Telegramda @Hikoyalar va maxsus @mensevmaymanku kanalida o'qiysiz. U yerda qo'yib bo'lgach, joyiga qaytaramiz. Noqulaylik uchun uzr.
Men sevmaymanku! hikoya (qissa) tugadi.
E’tiboringiz, ketgazgan vaqtingiz uchun rahmat. Sizlarga yoqgan bo’lsa hursandman. Bundan keyin “Do’lli” va “Daydi” degan hikoyalar yozishni boshlayman. Men sevmaymanku! hikoya (qissa) kuz oylarini birida bosma tarzda (kitob, o’zim chiqaraman, nashryot orqali emas) chiqarishlishi rejalashtirganman. Chiqargan paytim billa bo’lasizlar digan umiddaman. E’tiboringiz uchun rahmat. Savollaringiz bo’lsa bemalol.
9 avgust 2012 yil soat 5:04.
© Giyos@mail.ru Agent: Giyos@mail.ru Odnoklassniki Giyos - Sayyod uz Facebook Giyos Gapparov
Sog' salomatlik...
|
|
| |
MiSs_DiLfUzA | Сана: Пайшанба, 09-Авг-2012, 08:52 | Изох # 516 |
Рўйхатда
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 91
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 65
Холати: Хозир йўқ
| Giyos aka urraaa rahmat hikoya uchun ! Bundan keyingi hikoyalaringizni kutib qolamiz intizorlik bilan Добавлено (09-Авг-2012, 07:52) --------------------------------------------- Анвар акага рахмим келди кандай яхши одам эдия ! Саида опа яна йолгиз колибдида бечора эххх...((( Лекин охири жуда яхши тугабди менга екди ! хозир укиб тугатдим
www.sayyod.com
|
|
| |
Dilshod_A | Сана: Пайшанба, 09-Авг-2012, 10:17 | Изох # 517 |
Иштирокчи
Гурух: VIP
Изохлар: 199
Тақдирланишлар: 3
Хурмат даражаси: 44
Холати: Хозир йўқ
| Raxmat Giyos aka etkanizde oxirgi qismida juda kotta o'zgariwla qipsiz to'g'risi buni o'qib ketkazgan vaqtimga umuman achinmiman raxmat keyingi xikoyalarizzi kutib qolamiz
|
|
| |
FC_PAXTAKOR | Сана: Пайшанба, 09-Авг-2012, 11:07 | Изох # 518 |
Sayyod.com мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 528
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 1233
Холати: Хозир йўқ
| O'zimga kevolay oldin
Omad
|
|
| |
Bek8111 | Сана: Пайшанба, 09-Авг-2012, 11:27 | Изох # 519 |
Sayyod.comда пропискада!
Гурух: Ma'mur
Изохлар: 3615
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 688
Холати: Хозир йўқ
| Эй койилей Гиёсиддин. Бир гайрат килиб тугатибсизда. Молодец. Гап йук. Бунака тугашини кутмагандим. Жуда узгариб кетибди. Таъсирли чиккан жойлари, Гоппорни ишдан бушатилиши, ва Лобарни олдига бориши, ишга кайта тикланиши. Чет элга бориб Сайёрани куриши. Энг кизиги охири булибди. Анварбекни гапи "МЕН СЕВМАЙМАНКУ" ! Жуда зур ижодга омад тилайман! Кутишни айтмаганда хаммаси зур чикибди! Аввалгиларга караганда анча адабий тилга якинрок ёзибсиз буни. Бу кисмларда шевалар кам ишлатилибди. Узи билан узи гаплашган жойлари хам зур чикибди. Хуллас уйланмасдан класс босаверса булади!
Хаётда шунчаки яшаш мухим эмас, кимгадир керакли булиб яшаш мухимрокдир!
|
|
| |
Dadaxon | Сана: Пайшанба, 09-Авг-2012, 11:42 | Изох # 520 |
Sayyod.com мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 203
Тақдирланишлар: 1
Хурмат даражаси: 244
Холати: Хозир йўқ
| Tabrikliman tugatibsiz. Endi kitob chiqsa öqiman boshidan.
|
|
| |
AKTIVNIY | Сана: Пайшанба, 09-Авг-2012, 12:22 | Изох # 521 |
Рўйхатда
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 97
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 216
Холати: Хозир йўқ
| койил мана буни хикоя диса булди! хикояни охири кисмлари жуда бир тасирли чикибти! китоб чикишини интизорлик билан кутиб коламан!
Севги булади аввало аллохга!
|
|
| |
Shukronа | Сана: Пайшанба, 09-Авг-2012, 13:01 | Изох # 522 |
Sayyod.com мухлиси
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Изохлар: 586
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
| Mani tilim aylanmadi,manga yoqti, kitobi chiqsa berarsiz.
|
|
| |
Iroda | Сана: Жума-муборак кун!, 10-Авг-2012, 01:32 | Изох # 523 |
Рўйхатда
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 37
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 96
Холати: Хозир йўқ
| G'iyos kutmagandim tugashini. endi yengi hikoyalarizzi qachon o'qiymiz?
|
|
| |
VENENA_89 | Сана: Жума-муборак кун!, 10-Авг-2012, 11:17 | Изох # 524 |
Иштирокчи
Гурух: VIP
Изохлар: 101
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 718
Холати: Хозир йўқ
| Oxirgi qismlarida köp özgarishla böpti. Rahmat Giyos, keyingi yengi hikoyalarizni kutamiz.
|
|
| |
FC_PAXTAKOR | Сана: Жума-муборак кун!, 10-Авг-2012, 12:09 | Изох # 525 |
Sayyod.com мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 528
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 1233
Холати: Хозир йўқ
| Avvalo hikoya uchun rahmat Giyos. O'qib chiqib birinchi hikoyadan birinchi olgan narsam: har bir inson baxtli bo'lishga va baxtli hayot kechirishga haqli. Oxiri zo'r tugabdi lekin: Men sevmaymanku!
keyingi hikoyalarni kutamiz. . .
Omad
|
|
| |