Men sevmaymanku! (Giyos yozgan hikoya)
|
|
Bоnu | Сана: Пайшанба, 28-Июн-2012, 12:24 | Изох # 451 |
Рўйхатда
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 3
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 389
Холати: Хозир йўқ
| Ман охири қобкетибманку, Сайёрадан яхши келин чиқсаям яхши рафиқа чиқишига шубҳам бор. Давомини кутамиз. Добавлено (28-Июн-2012, 11:24) --------------------------------------------- Ман охири қобкетибманку, Сайёрадан яхши келин чиқсаям яхши рафиқа чиқишига шубҳам бор. Давомини кутамиз.
ЎЗИНГИЗ ИСТАГАНДАН ҲАМ БАХТЛИРОҚ БЎЛИНГ!
|
|
| |
Giyos | Сана: Шанба, 30-Июн-2012, 23:13 | Изох # 452 |
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 1130
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 59
Холати: Хозир йўқ
| 78 qism
Azizni ham majburlab olib chiqib ketmoqchi edim. Baribir ko’nmadi. Keyin o’zim chiqib ketdim. Uyga kirib qo’limni yuvdim. Endi sochiqqa artmoqchi bo’lib sochiq turgan joydan olmoqchi edim, uje Sayyora sochiqni qo’limga tutqazdi. Qachon, qanaqa qib keldi, sezmiy qoldim. Qo’limni artib bo’lib, rahmat didim. Keyin u manga ovqat tayyor dib, oshxonaga ketdi. Manam bordim. hm. Rostanam ovqatni zo’r qilibdi. Ishonganimcha borakan... Kech tushdi. Uy yumushlarini ham, kechki ovqatni ham zo’r qildi. Anchadan beri (onam ovqatni kam qilaganlaridan beri, kenayim ovqatni boshlaganlaridan beri) bunaqa mazali ovqatni yemay qo’ygandim. Mana usha kun bugun qaytib kegandek. Sayyora ovqatdan keyin idishlarni tezda yuvib qo’ydi. Keyin xonamizga kirib ketdi. Man televizor ko’rib qoldim. Keyinro 1 soatlardan keyin manam xonamizga ketdim. Akam bilan keneyim kulib, bir birlarini turtib qo’yishdi. Sayyora sochlarini taravotgan ekan. Kelganimni ko’rib, o’rnidan turdi. Man o’tiravur, hijolat bo’lma didim. Keyin sochini tarashda davom etdi. Anchadan beri sochini yoyganda ko’rmagandim. Sochlari biram chiroyli. Keyin uni yuzida manikidaka afsus alomati yo’q. Unda boshqacha. Sochini tarab bo’ldi. Ustidagi uy kiymini alishtirmoqchi bo’ldi. Shkafdan tungi ko’ylagini oldi. Manga qaradi. Man telefon titib o’tiribman. Keyin narigi xonaga o’tib almashtirib keldi. Xayron qoldim. Klubda begonalar oldida kiyimini yechib o’ynagan, erini oldida uyaldimi? Ha mayli, yengi kelin. O’rganib qoladi. Balki manga ham shunisi maquldir. Divanga kelib o’tirdi. Manam o’tiribman. U manga nimadir dimoqchi, lekin eta olmayapti. Manam bir ikki gaplarni etishim kerak. hozirmi? Yoki keyin. Qachon? Yo’q. Xozir. Keyin kech bo’ladi. - Sayyora, sanga bitta gap etmoqchiman. - Bemalol etvuring. - Esingda a usha gaplashganimiza.... (shartlashganimiz dib etomiyapman)... (sal chunmiy qarab turibdi)... usha kelishganimiz esingdaku. - Ha esimda. - Ushanga man sani ... - Chunaman sizni. - Man sanga qo’limni ham tekkizmayman. Qando bo’sen shundo asriyman. - Hop. - Iltimos mani to’g’ri tushun. - Sizni tushunaman. O’zizni qiynamang. - Balki san hohlashing mumkin. San xotinizman, hamma shartlarizga roziman diyishng mumkin. Lekin man bundan foydalanib olmoqchimasman. Baribir uzoq birga yashamaymiza. Tashqarida hammani oldida er xotinmiza, ichkarida begonalardek....
Shu gaplarni zo’rg’a etdim. Keyin xonadan chiqib ketdim. Hovliga stol olib borib, ushatda o’tirdim. Akam bilan kenayim haliyam televizor ko’rishvotganakan. Bir birlariga pichirlashib yana kulishdi. Man indomadim. Chunki nima diyman. Balki boshqa narsaga kulishvotgandir. O’zi ulardan boshqa problemam yo’qmi. Sayyora bu yoqda yondirvotiyu. O’zimga qarshi chiqomiy o’tiribman. Bir hayolimga shartta ko’zimni yumib, er-xotinlik qilimiy diymande. Keyin bu fikrdan qaytaman. Chidayman. 2 yil o’tadi ketadi.
Oktyabr oyi (2012)
Sayyora shunaqangi kelinlik xizmatlarini qildiki, hamma unga qoyil qovordi. Kenayim ham tan bervordilar. Ular ham 2 haftada bunchalik og’izga tushmagandim didilar. Onamni etmisizmi, manga shundo kelin topganimga rahmatlar etib tashadilarku. Man har kuni kechalari qiynalib chiqdim. Yonma yon yotamiza, lekin begonadek. Sayyora manga yonimdagi begona edi.
Davomi yaqin soatlarda!
Sog' salomatlik...
|
|
| |
NOZI | Сана: Якшанба, 01-Июл-2012, 04:06 | Изох # 453 |
Сайтимиз қадрли мухлиси
Гурух: ИЗОХЛАР МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 2808
Тақдирланишлар: 3
Хурмат даражаси: 1158
Холати: Хозир йўқ
| Гоппор нима деса десину, лекин ундаям юрак бор. Якин соатлар келдикууу
|
|
| |
Loading | Сана: Якшанба, 01-Июл-2012, 11:04 | Изох # 454 |
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
| Agar so'kkanimda ban osaman koment tashardim. Yonimdagi begona emush. 2 xaftada uyog'indan kirib bu yog'indan chiqvossanu 2 yilda...bilmadim.
Faqat 3 ta shart!
|
|
| |
FC_PAXTAKOR | Сана: Якшанба, 01-Июл-2012, 12:03 | Изох # 455 |
Sayyod.com мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 528
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 1233
Холати: Хозир йўқ
| Anchadan beri o'qimagandim. 1soatcha o'qibmana qoil gap net.
Omad
|
|
| |
Giyos | Сана: Душанба, 02-Июл-2012, 02:01 | Изох # 456 |
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 1130
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 59
Холати: Хозир йўқ
| 79 qism
Biz ikkimiz bir xonadamiz. Bir xonadan nafas olamiz. Sen va men. Oldimizda hech kim yo’q. Faqat sen va men. Nafas olamiz yonma yon. Yuraklarimiz yurishi eshitilar xato, lekin bir tuyg’u yo’q oramizda, yaqinlik. Biz begonamiz, yonma yon yashaydigan begonamiz. Sen menga yonimdagi begonasan. Boshqacha begonasan. Farqimiz, biz birimizni bilamiz. Juda ham zo’r bilamiz. Yashaymiz bir birimizni hayollarimizda, yashaymiz bir birimizni qalbimizda, yashaymiz bir joyda. Lekin o’zi begonamiz... Taqdirni tuhfasi ekan bizga begonalik, ajralmas ekanmiz shunda ham. Majbur qildi meni shunga begonaginam. Qanchalar yaqin edik biz, qanchalar qadrdon edik biz. Ishonmasdikku sevgimizni hech kimga, nima bo’ldi holimizga. Ayriliq yo’q bizga, ko’rishni istamagan ko’zlar yo’q bizga, nafrat ham yoq bizda, shunchalar ahil begonamiz. Bir so’z bilan begonamiz, oldin hech ham o’ylamagan begonamiz, alam dardida qolgan begonamiz, bir birimizga doim yonma yon begonamiz. Umid uzmaymiz taqdirdan, sovg’a kutamiz hamon. Biz g’aribmiz, biz mushtoqmiz, kutamiz chin sevgi, erishmoq istaymiz muhabbatga. Begona bo’lmasin, o’zimizniki bo’lsin. Exx begona sevgi bilan yashash. Begona bo’lsa ham, yonimdagi sevgi. Begona bo’sa ham sevamanmi? Ha, shunisiga ham shukur. Mendan uzoqdamas, yonimdaku. Men bilan birgaku. Taqdir o’yini o’ynatayapti kuyiga. Meni qildi raqqos. Har kuyga soldi men bechorani. Holim harob, kulmoqda ustimdan. Mayli vaqtlar keladi. Hali men ham kuy chalaman. O’ynataman o’zim uni. Taqdir, men seni o’ynataman. Sendan qochaman. Qochib ketaman. Yeta olmaysan. Sendan o’zib ketaman. Begonalar menga yaqin bo’ladi. Yonimdagi, qo’ynimda bo’ladi. Taqdir ushanda sen nima ham qilarding? Sen o’ynaysan? Men chalaman.... Ko’zlarim ocharman tong saharda. Yonimda begona sevgim hamon. Shirin uhlar. Buzgum kelmas aslo oromin. Tush ko’rayotgan bo’lsa kerak. lablarini qimirlatar. Mayli begonaman. Lekin juda yaqin begona. Birgina bo’sa maylidir. Bu uncha aybmasdir. Axir uhlayaptiku. Bunday chiroy, odob, yurishi bilan qilmaydimi hech erkakni rom. Birgina bo’sa, boshqa hech narsa. Qabimda begona sevgi bo’lsa ham. U menga begona bo’lsa ham. Yonimdagi begonadan bitta bo’sa. Lablaridan totli bo’sa. Nafaslarimiz to’qnashdi. Iliqqini nafasi. Uhhh. Kuchim yetmayapti. Qo’rqaman uyg’onishidan. Yuragim beto’xtov urmoqda. Orqaga qaytsam undanda battar! Chiday olmaydi bunga. Mayli. Faqatgina bitta begona bo’sa. Meniki emas... lablarini mazazi ketmas labimdan. Ajratgim kelmas sira. Bergan va’dalarim ham unut bo’ldi bu tam oldida. Afsus ajralaman. Uyg’onmasdan avval. Lablarini sekingina yalab qo’ydi. U ham sezdi nimadir. Ex men ahmoq begona. Yonimdaku shunday durdona. Qadriga ham yetmayman. Ko’nglini ham ololmayman. Nega rozi bo’lding o’zi shartiga. Bilardinku shunday bo’lishini. O’zing qo’yding unga shartlar... yana o’zing buzding hohlab. Afsuslanma endi. Unut bu tamni. Takrorlama boshqa. Chunki endi yaqin begonasan.
Davomi yaqin soatlarda! Balki bitta izohdan keyin!
Sog' salomatlik...
|
|
| |
Loading | Сана: Душанба, 02-Июл-2012, 03:43 | Изох # 457 |
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
| Yozin man o'qivotman. Добавлено (02-Июл-2012, 02:43) --------------------------------------------- Voy do o o o od shu yoshimda osoniya Goppor! A maylin Giyos yozmagandek men xam yozomiman, coment!
Kimdur qiziqligi qolib ketti deganmidi? O'zi qop ketkan.
Faqat 3 ta shart!
|
|
| |
Giyos | Сана: Душанба, 02-Июл-2012, 03:50 | Изох # 458 |
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 1130
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 59
Холати: Хозир йўқ
| 80 qism.
14 oktyabr 2012 yil
Ertalab Aziz telefon qib qoldi. Uydamisan dib. Yakshanba, uydaman didim. Moshinangda tez chiq. Azizani dardi tutibdi. 3 minutda moshinani ko’chaga olib chiqib qo’ydimde. Keyin roddomga qarab ketdik. Ja uchirmadim. Orqadan Azizani ovozi eshitilib turibdi. Turib turib yana ovozi chiqadi. G’alati ekan. Tug’ruqxonaga bordik. Bizani kelishimizaga ko’zi to’rt bo’b kutib turgan doctorlar ko’rinmadi. Ha, navbatchisi borakan. Lekin yoshroq. Chiqib olib kirib ketishdi. Aziz ham orqadan kirib ketdi. Man moshinani tashqariga olib chiqib ketdim. Keyin ushatda o’tirdim. Sayyoradan sms keldi. “Qatta ketdingiz. Oyijon so’ravotilar” dib. Man “O’zim tel qib etaman” dib javob yozdim. Keyin shu moshinada ozgina uhlab oliy, kecha kech yotgandim televizor ko’rib dib uhlashim bilan Aziz chiqib keldi: - Hali borakan. Oldinga bitta maslahat bilan keldim. Man ichkariga kirishim mumkinakan. Kirsamikan? - Aziz, g’alatimisan. Man qattan bilaman. (uyqimni buzdide, chala uyqu bilan javoblar ham nito chiqvoti) - Shu qo’rqvommande. - O’tir moshinaga unda. O’rninga man kiraman. - ...? - Kirmasang sho’tta kutib o’tir. Tug’ilsa chaqirishadi. Ko’rasan. Suyinchisini berasan keyin. - Eyy G’oppor, g’alati bo’b ketvomman. - Boya so’ragandim shuni. - Ey, ota bo’laman, chunvossanmi? - Ha chunvomman. San ota bo’lasan. Manamas (kulib qo’yaman) - Hursand bo’senchi. Man bilan qo’shilib kulsenchi. - Hursandman. Prosta bola tug’ish osonmasde. Anunda gapirishvotganini eshitib qolgandim. Rosa qiynakan. Aziza qiynalishiga achinvomman. - Ha. Lekin bolallik bo’lamiza. Urrraaaaa! - Uraaaaa (sohtalik bilan). - Ey G’oopor. Qanaqa moshinada obchiqsam ekan? - Mana, mani moshinamda obchiqamiza!. - Iya, birinchi bolamni sani moshinangda obchiqamanmi? - H. Nima? Nimasi yomon. Yahshi moshina. - Lemuzinda obchiqaman dib o’zimga va’da berganman. Ushanaqa gaplashaman. - Hop, mayli. Ushanda obchiq. - Sanga buni nega etvomman. Chunmayapsanmi? - Hop. Topib beraman. O’zin gaplashasan faqat. - Manda hozir vaqt yo’qde. Ushanga sanga etvomman. - Hop didimku. - Ichkariga kirsammikan? Ichimga sig’miy ketvomman. - Ichingamas, moshinamga sig’miy ketvossan - Nima farqi bor. Qatgaligini. - Hahaha... - Ey G’oppor. Ismini nima qo’yamiza? - O’zi nima tug’ilarkin? - Otasiga o’xshasa og’il. Onasiga o’xshasa qizaloq! - Unda bilmadim. Uyga borib onamdan so’riman. Yoki qaynata qaynonendan so’ra. O’zingda varyant bo’masa. - San ism qo’ysang nima qiladi? - O’zimmi ismimni zo’rg’a eslimanku, sanga ism hozir qattan keladi. Oldin tug’ilib osin. Keyin birgalikdan maslahatlashamiza? - Hop. Yahshi fikr. - .... - Ey G’oppor. - Aziz. - Ha. - Nima diysan, gapir. - San qachon bolalik bo’lasan. - Sanikidan keyin. - Agar man o’g’il ko’rib, san qiz ko’rsen, quda bo’larmidik. - Ey undan ko’ra xotinini o’yla, hali unga qancha bor. Indamasam, nevara to’yini qilasan hozir. Nevaralaringga ism qo’ydirasan. - Hop. Indamadim. - ... (boshimni rolga endi qo’yib, ko’zimmi yumgandim...) - Ey G’oppor. Yur birga kirilik. Usha karidorda turamiza. Tug’ilgandagi ovozini eshitgim kevoti. Ichkariga kira olmiman, yurak betlamaydi. - Hop. Baribir uhlatmading. Mani kirg’azarmikan karidoriga bo’sa ham. San borib, ichakariga kirvur. Man moshinani yopib, orqenda kirib boraman. Qaysi tomonda o’zi? - Kirganingda chap tomonda.
Aziz kirib ketdi. Orqasidan 1 minut farq bilan bordim. Eshikni olidadagi doctor mani kirg’azmadi. Man nega dib so’radim. Begonaga mumkinmasakan. Man: “Ichkarida mani xotinim tug’voti. Aziza. Ushatga kirmoqchiman”didim. Doctor: “Uni eri xozir kirib ketdiku” didi. Aldabdi didim. Hozir qarichi. Mana bu yerga famiyasini yozgandi... mana bir xilku. Siz erimasizku” divotganida, hazillashdim, o’rtog’im sal nozikroq, yiqilib tushsa ushab qolishim kerak. karidorda turaman. Iya opa, hali choy ichmadilarmi? (dib cho’nchelariga pul sob qo’ydim.) Hich kim bilmidi. Bitta yordam qiling.” Didim. Keyin o’tqazvordilar. Ichkarida Aziz karidorda uyoqdan buyoqga yurvotganakan. Mani ko’rib, sal kulib qo’ydi.
Davomi yaqin soatlarda!
Sog' salomatlik...
|
|
| |
Loading | Сана: Душанба, 02-Июл-2012, 08:24 | Изох # 459 |
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
| Hozir hotinidan gap eshitadi. Goppor qarab tur vo'shshem maza qilasan. Azizaga achinasande Azizni ustidan rosa kulgin keladi. Ichkaridan aaayy A Z I Z ! Digan ovoz eshitiladi.
Faqat 3 ta shart!
|
|
| |
NOZI | Сана: Душанба, 02-Июл-2012, 10:29 | Изох # 460 |
Сайтимиз қадрли мухлиси
Гурух: ИЗОХЛАР МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 2808
Тақдирланишлар: 3
Хурмат даражаси: 1158
Холати: Хозир йўқ
| Шу кетишда Гоппорам ота бугиси кеп колади хали. 2 хафтага чидомади, 2 йил нима киларкин?
|
|
| |
bek_x6 | Сана: Душанба, 02-Июл-2012, 12:04 | Изох # 461 |
Рўйхатда
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 58
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 676
Холати: Хозир йўқ
| bechora Goppoooorrrr)))
Vaqt o‘tadi va hayot ko‘rsatadi... Hammasi yaxshilikka bo‘lgan bo‘ladi :-)
|
|
| |
БОБО | Сана: Сешанба, 03-Июл-2012, 02:30 | Изох # 462 |
ФанФорум рахбари
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 630
Тақдирланишлар: 4
Хурмат даражаси: 1607
Холати: Хозир йўқ
| Давоми качон соатлар суткага алмашдику......
|
|
| |
FC_PAXTAKOR | Сана: Сешанба, 03-Июл-2012, 14:47 | Изох # 463 |
Sayyod.com мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 528
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 1233
Холати: Хозир йўқ
| Klass
Omad
|
|
| |
Giyos | Сана: Чоршанба, 04-Июл-2012, 02:44 | Изох # 464 |
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 1130
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 59
Холати: Хозир йўқ
| 81 qism.
Aziz mani kirishimga ishonmagan ekan. Oldiga borsam, qanaqib kirdin dib so’radi. Man “oddiy, yurib” dib qo’ya qoldim. Keyin bitta hamshira manga va Azizga halat olib kelib berdi. Keyin “qaysi birilar erisiz” dib so’radi. Aziz “man” dib sekin gapirib qo’ydi. Hamshira unga “hohlasez kirishiz mumkin” dib etdi. Aziz sal ikkilandi, uchlandi, keyin rozi bo’lmadi. Mani boyagi uyqisirashimdan asar ham qolmagandi. Keyin ushanga sal kayfiyatim ham ko’tarildi. Azizni bir ammalab ko’ndirdim. Kak, “sani bolang tug’ilvotuku, imkoniyat berishvoti, ko’rmisanmi? Butun umr eslab yurasan. Bolang tili chiqib “qanaqa qib tug’ilganman” dib soraganda ham laylakdan o’zim obqoganman dib etasan.” Shunaqa gaplar etdimde. Ko’ndi. Unga baxila va maska berishdi. Manga bir bir qarab qo’ydi. Keyin, “o’rto sho’tta bo’b tur” dib, huddi o’zi tug’adigandek kirib ketdi. Man karidorda qoldim. Azizani dardi boshlandi, ovozlari chiqa boshladi. Man bo’tta hijolat. Nega ham kirdim diyman. Ichkarida Aziz nima qivotganikin. O’zidan ketib qolmasa bo’ldi ishqilib. Eshiklari ham ovoz o’tkazib yuborarkan. Telefonimga sms keldi. Sayyoradan. “Choy ichgani kelasizmi?” dib yozibdi. “Yo’q. O’ziz ichvuring. Mani kutmang. Keyinroq telefon qilaman” dib javob yozdim. Aqlli xotinde. Yahshi telefon qilmadi. Bu yoqda ovozni eshitib qoganda... nima hayol qilishini tasavvur qilvomman. Daaa. Manimcha Aziza hali beri tug’midi. Doctorlar bemalol ko’rinishvoti. Man zerikib ketdim. Karidorda u yoqdan bu yoqga yuribman. Hozir yengi odam tug’iladi. Hich qanaqa gunohi yo’q pok inson. u qattanam bilsin, qanaqa joyga tug’ilvotganini. Agar bilganda chaqaloqlar onasini qornidan tushmasmidi. Balki bilar. Yig’lidiku. Usha tug’ilganidan norozi bo’lib yig’lasa kerak. lekin tabiat qonuni. Vaqting keldi. Tug’ilding. Aziza o’g’il tug’armikan, yoki qizmi? Qaysi biri bo’lsa hamde. Huddi o’zim farzandimni kutvotgandekman. Hozir tug’iladiku. Otasi manman. Qiziqa. Shunaqa hissiyotni boshidan kechirish. Manga qattan keldi bu hissiyot. Shu karidordanmi? Yoki Azizani ovozidanmi? Qattan bo’sa ham keldide. Aziz nima qivotganikan. Kirg’azmasam bo’larkan. Bir o’zim zerikib turmasdim. (Azizni hikoyasi)
Ichakarida Azizani tug’ishini kutib turibman. Ja qiyin kecharkan tug’ish. Doctor Azizani tepasiga turvogan. Bitta hamshira qalin salafandan fartuk taqib bola ko’rinishini poylab turibdi. Yonida yana bitta oq halatli. Ubu narsalarga qarashib yuribdi. Keyin bitta doctor turgankan, uni pediatr dib tanishtirishdi. Bola tug’ilgandan keyin u qararkan. Qo’llariga perchatka kiyvoganlar. Azizani tepasidagi doctor Azizaga bir “kuchaning” diydi. Bir to’xtang diydi. Qornini yana bir bir silab qo’yadi. Azizaga “chuqur nafas oling” diydi. Usha payt manam qo’shilishib olaman. Keyin yana “kuchaning” diydi. Manam qo’shilib kuchanaman. Hayolda yo’qde. Keyin ana “mana mana” dib “tezro, kamro” dib. Man bu yoqdagi holatlarni ko’rib boshim aylana boshladi. Zo’rg’a chidavomman endi. Yana bir nechta to’xtovsiz kuchanishlar natishasida chaqaloqni boshi ko’rindi. Qop qora sochi ko’rindi. Fartukli med sestra shunaqa didi. Man qatta, qarashga kuchim yetadi. Devorga suyanib oldimku. Doctor “dam oling “didi Azizaga. Fartukli medsestra qo’li bilan chaqaloqni chiqarmaslik uchun to’sib turibdi. Elas elas ko’zim tushdi. Keyin qo’lini oldi. Doctor Azizaga “kuchaning” didi. “To’xtamang. Kuchaning. Qani qani qani.. mana mana, ozgina ozgina . bo’ling bo’ling (Aziza baqirvoti. Man suyangan joyimdan o’tirib qoldim. Yuragim usha sezmiy qoldi. Kalla o’chdi. Rosa qiynalvotide) kuchaning....” dib doctor baqirvoti. Mani kuchanishga ham kuchim qomagan. Hozir ota bo’laman. Qattanam kirdim. Manga bunaqa ota bo’lish kerakmasdi. G’oppor yaramas. Bolenga etib berasanmish. Onasi etib berardi. Endi qaytib chiqib keta olmayman. Doctorni ovozi tezlashvoti.... “Mana qutildizzzzz” didi. Uh Hudoga shukur. “Tabriklayman! Ota bo’ldiz. Qizaloq ekan” diyishdi. Mayli shunisiga ham. Umri bilan kegan bo’sin. “Otasi, ko’rmisizmi” diyishdi. Sekin gavdamni ko’tarib borib qaradim. Onasiga o’xshabdi. Aziza “sanga o’xshabdi” didim. Kulib qo’ydi. Chiroyli jilmaydi. Terlab ketgandi. Oldiga bordim. “Yahshimisan” dib so’radim. U “ha yashiman” didi. Keyin doctor manga, siz anaqisa chiqib ketavering. Platsentani tug’dirib olishimiz kerak” didi. Sal chunmasdan qaradim. “Yo’ldoshni tug’diritirib olamiz” diyishdi. Man sekin boya turgan devor oldiga bordim. qarab turibman. Bitta ukol qilishdi. Keyin yana “kuchaning” diyishdi. doctor Azizani qornini bosib, kuchantirib bitta narsani chiqarvolishdi. Qanaqadir bitta a’zoga o’xshardi. Juda qo’rqinchilik! Ko’zim tindi. Qorong’ulik. Yiqildim. Kimdir kelib mani turg’amoqchi bo’ldi. Hay bunga qarelar diyishdi. Ko’zim sal ochildi. G’oppor ham ko’rindi ko’zimga. Yana qorong’ulik...
(G’oppor hikoyasi)
Karidorda 15 minutcha turdim. Keyin chaqaloqni ovozi keldi. Hursand bo’b ketdim. Rosa quvondim. Ichkariga kirib “Aziz(a)”larimni tabriklagilarim keb ketvotide. Lekin mumkinmasakan kirish. Keyin Aziza har holda kiyimda yotmayapti. Quvonchim ichimga sig’may. Ketvoti. Shu lemuzinini ham o’zim obkeb beraman divordim. Shunaqa o’ylab turgandim. Ichkaridan bitta xalatlik chiqib, “siz kuyov bolani o’rtog’imidiz, yiqilib tushdilar. Yordam bering. Olib chiqib ketaylik” didi. Tug’ruq zaliga kirib, ko’zlarimni yerga qaratib faqat Azizga qarab amalab ko’tarib, bitta bo’sh palataga olib ketdik. “Baribir yiqilibdide” didim. Tug’ruq zalidan yangi tug’ilgan chaqaloqni ovozi kevoti.
Davomi yaqin soatlarda!
Sog' salomatlik...
|
|
| |
bek_x6 | Сана: Чоршанба, 04-Июл-2012, 12:10 | Изох # 465 |
Рўйхатда
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 58
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 676
Холати: Хозир йўқ
| Quote (Giyos) Qattanam kirdim. Manga bunaqa ota bo’lish kerakmasdi. G’oppor yaramas. Bolenga etib berasanmish. Onasi etib berardi. bechora Goppor, sho'ttayam u aybdor
kutamiz oka, tezro qo'yin ......
Vaqt o‘tadi va hayot ko‘rsatadi... Hammasi yaxshilikka bo‘lgan bo‘ladi :-)
|
|
| |
Loading | Сана: Чоршанба, 04-Июл-2012, 12:57 | Изох # 466 |
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
| Bilasizku Azizni bilmasligini bildirib qo'yibsiz. Chaqaloq tug'ilganda (diniy masala) va yig'laganda nafas olar ekan. Shuning uchun mani atilabtan yig'latishgan.
Gopporni holati: kaftini katta-katta ochib qarsak chalgandek harakat qivotti. Qadamlari pala partish. Huddi aqli ojiz odamdek manosiz irjayadi.
Aziz: sevganing ozor chekib tursa qiyin bo'ladi. Hali ko'rmagan odamidan ko'ra Azizasini hayoti afzal ko'rinar ekan. O'zimga kelib qizalog'imga yana qaradimu? Aziza bilan kim mexribonroq baxsini boshladim.
Giyos vaqtdan cheklamiman ammo sfatni talab qilaman.Добавлено (04-Июл-2012, 11:57) --------------------------------------------- P.S hikoyaga qoldirvotgan comentlarim bachkana ekan. Bazi po'stlarim uylanmagan va turmushga chiqmagan userlarimizga psixologik yomon tasir qivotkan ekan.
Nega shuni manga etmadila? Hurmatimni qilib etmabsila dilik. Lekin hurmatimni silani oldilada yoqotib qo'ymi iltimos.
Kechirasilar. Ella emotsanalen.
Faqat 3 ta shart!
|
|
| |
Giyos | Сана: Чоршанба, 04-Июл-2012, 13:06 | Изох # 467 |
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 1130
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 59
Холати: Хозир йўқ
| Aslida chaqaloq yig'lawi birinchi nafas olganda bowlanadi. Alviolalariga havo kirib kengayganda kuchli og'riq bo'ladi. Ko'po yig'lasa, ko'proq nafas oladi. Va ko'proq kengayib, nafas oliwi yaxwilanadi. Lekin buni Azizam G'opporam bilmidiku.
Sog' salomatlik...
|
|
| |
Loading | Сана: Чоршанба, 04-Июл-2012, 13:18 | Изох # 468 |
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
| Shuni ettim akaxon!
Faqat 3 ta shart!
|
|
| |
Giyos | Сана: Пайшанба, 05-Июл-2012, 14:47 | Изох # 469 |
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 1130
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 59
Холати: Хозир йўқ
| 82 qism
10-15 minutdan keyin Aziz o’ziga keldi. Manga qarab turdide. O’rnidan sharta turib ketdi. “Man qattaman” didi. Man unga “san palatadasan, ichakarida yiqilib tushding. Keyin bu yoqga olib keldik” didim. Sal eslagandek bo’ldi. Keyin Azizani oldiga borishim kerak dib chiqib ketdi. Lekin Aziza qattaligini bilmasdi. Qaytib kirdi. Azizani so’radi. Mani o’zimam bilmasdim. Doctorlardan so’rab topamiz didim. Borib so’rvotudim, orqamdan Azizni o’zi ham kelibdi. Bitta medsestra: “ha kuyov bola, suyunchi berishdan qochib, sharta yiqilvordizmi” dib hazil ham qildi. Keyin Aziz ushatdagilarga suyunchi tarqatdi. Bo’masa Azizani qattaligini etishmadi. Uzoqdamasakan. Ushatni yonidagi palatada ekan. Kirdi, man eshikni oldida qoldim. Shiringina bo’lib chaqaloq yotibdi. Juda ham chiroyli. Onasiga o’xshaydi. Aziz borib chaqaloqga qaradi. Ozgina erkalagan bo’ldi. Keyin Aziza bilan gaplashdi. Man uydagilarga suyunchini etmaganim esimga tushib, telefon qilish bahonasida tug’ruqxona tashqarsiga chiqdim. Onamga telefon qildim. Eshitib, “nega manga etmasdan ketdilaring. Manam borardim, tez keb mani obket” dib qoldilar. Azizga telefon qib, “man uyga borib kelaman. San qaynonanga tel qib etib qo’y” dib ketdim. Borib onamni olib keldim. Uyda hamma hursand. Sayyora ketvotganimda “tabriklab qo’ying” dib qo’ydi. Keldik. Onam ichkariga kirib ketdilar. Aziz qaytib chiqdi. Bir pastdan keyin Azizani onasi ham yetib keldi. Hursand. Ammalab, ularni ham kirg’azdik. Usha kirish mumkinmas digan talablar qo’ya boshlashdide. Chunamiza. Man Anvarakaga tel qib, ulardan ham so’yinchi oldim. Keyin “lemuzin kerak. tanishlariz boridi. Ushalarni yuborasiz bolnitsadan chiqishiga” didim. Ular “albatta yuboraman. Tabriklab qo’y. Haliro Azizga o’zim tel qilaman” dib xayrlashdilar. Hamma hursand. Azizni olib uyga ketdim. Uydan ubu narsalar olib kelishi kerak ekan. Ism qidirishni boshladi. Man unga qaynonen qo’ya qosin. Hursand bo’ladilar didim. U hop didi. Keyin o’ylashni yig’ishtirdi. Uyga kirib, Aziza tayyorlab qo’ygan narsalarni olib chiqdi. Hartugul bilib tayyorlab qo’ygan ekan didi. Keyin ketdik qaytib. Tashadi. Yana uyga qaytdik. O’tda qolib nima qiladi. Ertasiga obeddan keyin Aziz tug’ruxonaga boramiza digandi. Kechki paytlar ishdan bo’shab, tel qilib, topib bordim. Aziza oynadan qaradi. Qo’l ko’tarib salomlashdik. Chaqaloq qale dib so’radik. Zo’r didi. Ubu gaplar. Negadir Aziza uncha kulmayapgandi. Sal qizargan, terlagan ham edi. Charchagan bo’lsa kerak dib o’yladim. Keyin olib kegan narsalarimizni ichkaridan bervorib, xayrlashib ketdik. Xayrlashvotganimzda kulib qo’ydi. Kechqurun Azizga tug’ruqxonadan telefon qilishdi. U manga. Bordik. Doctor chiqdi. U: “Azizada sepsis jarayoni kuzatildi. Shokka ham tushib qoldi. Shokdan chiqarib oldik. Bachadonida infeksiyon yalig’lanish jarayoni ketayotgan ekan. Boshida aniqlay olmadik. Endi aniqladik. Tozalasak ham hozir foydasi yoq. Bachadonni amputatsiya qilishimiz kerak. mikroblar hozir qon orqali butun organizmga tarqalgan. Dorilar bilan davolashni kutishni iloji yo’q. Tavvakal qilish havfli. Azizani ahvoli bunga yo’l qo’ymaydi. Qo’limizdan kelgan hamma choralarni qilayapmiz. Operatsiyaga roziligiz kerak.” didi. Qotib qoldim. “Boya ahvoli yahshi ediku” didim. Doctor: “ ha yahshi edi. Issig’i ham ko’tarilmagan edi. Hammasi to’sattan boshlandi. Bizam bunaqa bo’lishini kutmagandik. Usha payt telefon qilsak, o’chiq ekan. (Aziz “ha, o’chib qolgan edi. Bilmabman” didi) qayta qayta qilib, keyin bog’landik. Tezda operatsiyaga olmasak, bemorni yoqotib qo’yamiza” didi. Aziz rozilik berib qo’l qo’ydi. Keyin operatsiya olib kirib ketishdi. Uydagilarga telefon qilib etib qo’ydim. Akam onamni olib keldilar. Azizani akasi bilan onasi keldi. Aziz rangi oqarib, hayol surib o’tiribdi. Qimirlamasdan. Operatsiya uzoq davom etdi. Keyin doctor ko’rindi. Hammamiz bordik. Hammamiz uni og’zini poylavomiza. U ozgina jim turib: “Uzr. Saqlab qola olmadik. Qo’limizdan kelgan barcha ishlarni qildik. Bachadoni ichida kichik platsenta bo’lagi qolgan ekan. Tozlaganda ham olinmagan. Kesib ko’rgandan keyin aniqladik. Bardam bo’lilar. Hammasi Allohdan. Bandachilik” deb qaytib ketdi. Hamma jim. Man doctor nima diganlarini taxlillashtirdim. Keyin Aziza o’ldi digani yetib bordi. Aziz yoooo’qqqq dib baqirdi. Operatsionniga kirmoqchi bo’lib yugirdi: “Yo’q, ishonmiman. U o’lmagan, u trik. Mani tashab ketishi mumkinmas. Aldavosiz... aldadim dib eting. U trik dib eting....” dib baqirdi. Bu yoqda Azizani onasi bolamlab yig’ladilar. Onam yig’lavotlar. Mani ham ko’zlarimdan yoshlar oqvoti. Romolcham ho’l bo’lib ketdi. Borib Azizni ushladim. Uni yupatishga so’z topa olmadim. Borib quchoqlab turaverdim. Hich narsa diyomadim. Mani ishongimam kemasdi. Azizani boya so’ngi marta kulishini ko’rvotganim ekanini bilmasdim, usha kulishi, ko’z oldimdan ketmasdi. Nahotki shu kulishi so’ngisi bo’lsa diya oldim. Bu yog’iga nima bo’lganini eslolmiman. Ko’zimni ochganimda uyda o’rnimda yotgan ekanman. Oynani oldida Sayyora yig’lab o’tirgandi. Keyin nima bo’gani esimga tushdi. Sayyora ushanga yig’lavotgankan. Aziza bilan tanishganiga hali ko’p bo’lmagan bo’lsa ham, qalin dugona bo’lishga ulgurishgandi. Man shoshib tashqariga chiqdim. Onam bolnitsada ekanlar. Kenayimdan nima bo’gani so’radim. Akam moshinamni haydab mani uyga olib kelibdilar. O’zimda emas ekanman. Hozir onam bolnitsada ekanlar. Akam jonazaga tayyorgarlik qilish uchun chiqib ketibdilar. Man unda uyda nima qivomman...? Moshinamni haydab, bolnitsaga bordim. Azizani qizlik uyidan chiqaradigan bo’lishibdi. Azizni ahvoli qanaqa ekan. Man yiqilgan bo’lsam, u nima qilgan ekan. U hozir adoyi tomom bo’lgan bo’lsa kerak. shu narsa ham borakanmi endi. Qanaqa orzulari bor ediya... bolntsaga bordim. Usha Azizani murdasini olib ketishga tayyorgarlik ko’rishvotgan ekan. Bitta tez yordam “damas” mashinasi orqasini ochib turibdi. Shunda olib ketilarkan dib o’yladim. Moshinadan tushgani yurgim betlamadi. Hozir Azizani murdasiga ko’zim tushmasligini hohlardim. Matoga o’ralgan bo’ladiku, lekin baribir mani hayolimda, usha so’ngi kulgan chehrasi qolishini istardim. Ko’tarib olib chiqishdi. Chaqaloqni onam ovoganlar. Bir uyda ikki voqea. Yangi mehmon tug’ildi, onasi o’ldi. Kimni aybi bilan. Doctorlarni aybi bilan. Ular yahshi tug’dirib olishmagan... odam o’lgandan keyin aybdorni qidirgandan foydasi endi yo’q. Hich kim hohlamaganku. Onam mani ko’rdilar. Azizani akasi ham shu yerda ekan. Onam kelib mani moshinamga o’trdilar. Uyga hayda didilar. Aziz damasga chiqib o’tirdi. (Azizani murdasini yoniga). Biza chaqaloqni uyga tashab, keyin janonzaga borarkanmiza. Chaqaloqga kenayim qarab turarkanlar...
(Aziz hikoyasi)
Ketvotgan moshinam daxshatli moshina. Ko’rinishi juda ham qo’rqinchili. 03. Tez yordam. Ba’zida tez yordam, ba’zida alamlar moshinasi. Azizam, kechir. Seni tug’ruqxonadan lumuzinda olib chiqmoqchi edim. Afsuski. Afsuski tez yordamda qaytayapsan. So’ngi yo’lingni shu moshinada o’tkazayapsan. Azizam kechir. Seni asrab qola olmadim. Meni kechir. Iltimos. Taqdirimiz shu yergacha ekan. Seni yoqotdim. Azizam. Sen ketdin. Seni olib qola olmadim. Meni kechir. Aziza. Aziza. Nega bunday bo’ldi. Qanday qilib. Farzandimizni o’zing katta qilaman degandingku. Bergan va’dang endi nima bo’ldi. Sen va’dangni ustidan chiqardingku. Seni unaqa emasdinku. Qayerlarga ketayapsan endi meni tashlab. Tez yordam, alamli moshina. Seni tug’ruqxonadan shunda olib chiqaman diganmidim. Eyy Alloh. Qaysi gunohlarim uchun.... Balki uni sendan ham yahshi ko’rib yuborganim uchun shunday sinovni berdingmi? Kechir meni Allohim. Tavba qildim. Meni kechir. Endi Azizasiz men qanday yashayman. Usiz hayot men uchun ham yo’q. Yashishim ma’nosiz, mazmunsiz. Meni ham u bilan olib ket.... Nahotki.... ishongilarim kelmaydi...
(G’oppor hikoyasi)
Chaqaloqni uyga tashab Azizani qizlik uyiga bordik. Peshinga jonaza belgilashibdi. Aziz beliga qiyiqcha bog’lab olgan, boshida to’ppi. Ko’zida yosh... Mayitni olib ketgani tobut turibdi... Janozaga ko’pchilik odam yig’ilgan. Hamma chuqur qayg’uda. Yosh odam vafot etsa, juda achinarli bo’larkan. Qari odam vafot etsa, ha, yoshini yashagan, o’z ajali bilan o’ldi diyishadi. Azizani ajali yetgan ekan. Shu narsani sabab qilib jonini oldi. O’lim har bir bandani boshida bor. Ozginadan keyin ko’mish uchun qabristonga ketdik.
(Aziz hikoyasi)
Tobuting ko’tararman boshim uzra. Quyoshdan to’sildi butunlay. Yorug’lik tushmas meni qalbimga endi sensiz. So’ngi yo’lga kuzatayapman seni. So’ngi marta ketayapman sen bilan. So’ngi marta gaplashayapman sen bilan. Alvido sevgilim, alvido hayotim. Alvido. Ko’zimni ochganim sen eding. Ko’zimni oqu qorasi sen eding. Qalbimni malikasi, erkasi sen eding. Xayr sevgim, xayr sevgilim. Sen ketding meni tashlab, ko’zlarimni yoshlab. Tobuting bermasman hech kimga sira. Armon bo’lmasin seni kuzatmaganim menga. Ko’zlarim yoshlanar har soniya. Ko’zlarim yoshlanar. Seni kuzatayapman so’ngi manzil tomon. So’ngi uying tomon. Xayr Azizam. Xayr sevgim. Ketayapman, ketayapman. Hamma odamlar shoshmoqda qabriston tomon. Men esa sekin. Sen bilan ko’p vaqt yurmoq uchun. Odamlar qaydan bilsin buni. Meni dardim o’zimda. Hech kim bilmas boshqa. Ko’zlarimda yosh ado bo’layapti. Sen uchun so’ngi yoshlarim ketayapti. Tashlab ketding meni. Qilmay va’dangga vafo. Demading ham Alvido. Sen bilan ko’rishmasmizni endi boshqa. Hayolarim, o’ylarim, tushlar bo’lsin senda. Men seni unutmayaman. Man seni unutmayman. Har doim. Har nafas, har yurak urishimda seni eslayman. Seni yodga olaman. Seni xotiramdan chiqarmayman. Seni deb yashayman, seni deb o’laman. Seni ko’rmasman balki boshqa. Ko’zlarimda qoldi seni chehrang. Agar shu chehra ko’z ochsam yoqolsa, unda ko’zlarim ochmasman. Seni yoqotmaslik uchun. Seni boshqa ko’ra olmaslik uchun. Ko’r bo’laman sen uchun. So’qirman sen uchun. Seni ikkinchi bora yoqotmaslik uchun... Vaqt ham davolay olmas endi meni dardim... Xayr Azizam, Alvido sevgilim...
Davomi yaqin paytda...
Sog' salomatlik...
|
|
| |
Loading | Сана: Пайшанба, 05-Июл-2012, 15:15 | Изох # 470 |
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
| P.S afsus!
Faqat 3 ta shart!
|
|
| |
Zinnura_K | Сана: Пайшанба, 05-Июл-2012, 15:33 | Изох # 471 |
Sayyod.com мухлиси
Гурух: VIP
Изохлар: 863
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 1466
Холати: Хозир йўқ
| ex......
erka farishta....(m)....
|
|
| |
NOZI | Сана: Пайшанба, 05-Июл-2012, 15:34 | Изох # 472 |
Сайтимиз қадрли мухлиси
Гурух: ИЗОХЛАР МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 2808
Тақдирланишлар: 3
Хурмат даражаси: 1158
Холати: Хозир йўқ
| Бунака булишини кутмагандим...афсус.....
|
|
| |
Loading | Сана: Пайшанба, 05-Июл-2012, 15:56 | Изох # 473 |
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
| Yo'q tugataman diganda mashnaqa qilish kerakmi? Limuzinmas moshinenda op chiqsin edi. Lekin tinchlik bo'sin edi. Qolgani telda etkanim. Yozin bo'bti. Sayyora qarasin bolaga. Quda tarafga bervorsa ushatta qolib ketadi.
Faqat 3 ta shart!
|
|
| |
bek88 | Сана: Пайшанба, 05-Июл-2012, 17:54 | Изох # 474 |
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 1565
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 649
Холати: Хозир йўқ
| judda tasirli hikoya. davom eting.
Sayyod.com hayotim bir bo'lagi.
|
|
| |
bek_x6 | Сана: Пайшанба, 05-Июл-2012, 18:18 | Изох # 475 |
Рўйхатда
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 58
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 676
Холати: Хозир йўқ
| exxx hammani havasi kelardiyaaaaa, ko'z tegdimi? exx afsus. shu oxirgi voqeala tush bo'lib chiqishini xoxlardim(((((( Aziz shuncha kutgan farzandiniham eslamadi , Aziza endi yo'q(((
Vaqt o‘tadi va hayot ko‘rsatadi... Hammasi yaxshilikka bo‘lgan bo‘ladi :-)
|
|
| |