Men sevmaymanku! (Giyos yozgan hikoya)
|
|
Giyos | Сана: Душанба, 06-Июн-2011, 02:43 | Изох # 1 |
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 1130
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 59
Холати: Хозир йўқ
| Men sevmaymanku! (Hikoya) Hikoyasi Doimiy Giyos tomonidan to'ldirib boriladi. Ko'p sonli ishtirokchilar iltimosiga binoan alohida qilib olib chiqildi.
Sog' salomatlik...
|
|
| |
Giyos | Сана: Душанба, 06-Июн-2011, 02:44 | Изох # 2 |
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 1130
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 59
Холати: Хозир йўқ
| Men sevmaymanku! (Hikoya)
23 января 2011 г., 23:51:06
Hizmat safari bilan 1 yilga uydan uzoqroqda ishlashga majbur bo'ldim. Chekka bir qishloqda bir obektni qo'riqlardik. Ish joyimizdan yoshlarni ko'proq yuborishardi. Men u payt endi 19 ga kirgan edim. Ish og'ir emasdi. Oxranalik menga yoqar edi. Oyligi yahshi, ovqat, kiyim bor. 1 yil chidab bersa keyin qaytib kelib yana o'z joyimizda ishlar edik. Bunaqa yahshi sharoitga kim ham norozi bo'lardi. shunday qilib bizni cho'lga qoq cho'lga yuborishdi. Faqat o'zimizni guruhimiz bor. Kunduz kuni kimdir kelishi mumkin (mahalliy aholi) kechasi hech kim bo'lmaydi. Faqat o'zimizni bolalar. U payt telefonlar endi rivojlanayotgan edi. Hammada ham telefon bo'lmas edi. Uni ustiga biz turgan joyda antena yahshi chiqmas edi. Bizdan oldin kelganlar zerikkanidan telefon ovolishgan edi. Bu yerga har oy yengi xizmatchilar kelishardi. Man o'zimda telefonga extiyoj sezmadim. Shu yerdagi bolalardan telefonini olib uy bilan gaplashardim bo'ldi. Shu zailda kunllar o'taverdi. Guruhdagilar bilan aka ukadek bo'lib ketgan edik. Guruhda bir mandan yoshi kattaroq Sherali aka ham bor edi. U telefondan bo'shamasdi. Har kuni telefon qulog'iga yopishib qolgandek gaplashardi. Man uni o'zini sevgilisi bilan gaplashsa kerak deb o'ylardim. Bir kun so'radim u kim ekan bu odamni o'ziga shunchalar mahliyo aylagan. U shu yerlik mahalliy qizlardan ismi Lobar dedi. Yoshi endi 17 ga kirgan dedi. Man undan qanday qilib tanishgansiz deb so'radim. U uni ko'rmaganligini. Bizdan oldin keganlardan biri nomerini berib tanishtirib ketganligini aytdi. Man hayron bo'ldim. nima u avtomat otvetchikmi? Hohlagan bilan gaplashib ketaveradi. Undan keyin u tashlab ketgan bola o'zi uyga qatgandan keyin gaplashsa bo'lmaydimi. Yoki shunchalik vaqt o'tkazishga gaplashib yurgan ekanmi? Bilmadimu nimagadir manam Sherali akaga ketayotganizda shu qiz bilan tanishtirib ketarsiz dedim. Buni o'zim bilmagan xolda aytib yubordim. U o'ylab o'tirmasdan hop dedi. (Mandan boshqalarga ham hop degan ekan). U 1 yil muddati tugab ketti. Nomerni mangamas sherigim Sobirga tashlab ketibdi. Boshida rosa hafa bo'ldim. Keyin baribir manda telefon yo'qku dib hamiyat bermadim. Bir kuni uyga tel qilsam. bir qo'shnim hm shu ishga joylashib shu yerga kelayotgan ekan. Man undan telefon olib keliushini iltimos qildim. U hop deb 2 haftada telefon olib keldi. Bu payt sherigim bratanni qizchasi bilan tanishib opoq chapoq bo'lib ketgan edi. Soat ey yo'g'e sutklab to'xtamasdan gaplashardi. Yana faqat u bilan emas yana 3-4 ta zapaslari ham borakan. hammasi bilan qanday qilib gaplkashishga ulgurarkan hayronman. Bir kun to'sattan telefoni yoqolib qoldi. Hama yoqni qidirdik lekin topilmadi. qidirmagan joyimiz qolmadi. Lekin yo'q. U judda qiynaldi endi gaplashadiganlari uni, u ularni so'g'inib qlgandirda. Undan bundan tel olib gaplashib turadigan bo'ldi. Mani telefonimdan hali foydalamagan edi. (Boshqalar pul to'lab foydalanib turishardi. Obshi tel bo'b ketudi mani telefonim.) Sobir o'ta hazilkash bo'lgani uchunmi bilmadim, Sherali akani qizchasini ustidan rosa kulardi, hazillashardi, teli yoqolgandan keyin u bularni raqamini berib mani ham nomerimni bervoribdi. Man shu nomerni ishlatvomman dib. Hamma mani telefonimdan foydalangani uchun hamma guruhimizdagilarni qizlaridan kelgan SMS larni birinchi man o'qirdim. Keyin borib suyinchisini olardim. Sevgan qizidan kelgan SMS ga ichi yonib turgan bola qanday qilib so'yinchi atamiydi. (SherigimSobirdan boshqa). Bir kuni Sherali akani qizchasidan sms kelib qoldi. Sobirning nomiga. Borib etsam Ey o'zin javob beraver. Man urishib qoldim, manga kerakmas didi. hayron bo'ldim. Smsda urishilganlik alomatlari yo'q edi. Nu mayli didim. Nomidan emas o'zimni nomidan bu mani telefonim deb sms yozdim. Javob keldi. Uzr yana nimalardir. javob yozdim. Yana javob. Tushunmadim. 2 kundan keyin yana sms yozdi. Manam mayli zerikib o'tirgandan ko'ra og'iz chigilini yozib o'tiri barmoqlar ham qiynalib ketdi deb sms yozdim. sherigimga farqi yo'q. Qutilganiga hursand. Keyin sms bazmi boshlandi. Lekin tel qimasdim. Oldin bir birimizni yahshi bilib oliylik derdim. Bu uzoqga cho'zilmadi. qo'lim qichib tel qivordim. 1 gaplashishda 1 soat. Keyin yana 30 min. shunaqilib Sherali akani kuni boshimga keldi. soatlab, sutkalab.... Zerikkandan keyin odam ko'rmagandan keyin (cho'ldamiz) Gap o'zidan o'zi quyilib kelverar ekan. bilmadimu ko'chani tilida "o'rash" derdi. Man uni o'radimmi yoki u mani. Muhimi gaplashar edik. Endi mani qulog'imga tel yopishib qolgan edi. Telni hech kimga oldingdagidek surunkali bermaydigan bo'ldim. (Tel sho'tiga vaqtida pul to'lashmadi va qarzga kirganda to'lashmadi, o'zim to'lab, o'zim ishlatdim. Alam qisin didim). Qizg'anchiq, qisar yana bir nimalar diyishdi. Manga baribir edi. Har kuni har hil mavzuda gaplashardim. U unchalik ham emasu asosan man gapirardim. U bir bir man etsamn gapirardi. Qizig'i man uni u mani umuman ko'rmagan edik. Yolg'on bo'lmasinu bratanda uni rasmi bo'ardi ushani oldin ko'rgandim. Bir marta kemoqchi bo'lganda kemagin dib etgandim. Ushnaga ko'rgani ham kelmasdi. shu zailda oylar o'tdi u mansiz yashay olmasdi, men u siz yashay olardim,(nega u siz yashay olmasligim kerak, u man uchun hich kim. nu do'stim. U mani kim dib o'ylashini bilmadim hozircha) Bir soat telefon qilmasam. havotir olib qolardi. Shunaqangi o'rgnib qolgan ediki.... So'z bilan tariflash qiyin. Bu orada mani cho'ldagi ish vaqtim yani bir yilim oxirlab qolmoqda edi.
Sog' salomatlik...
|
|
| |
Giyos | Сана: Душанба, 06-Июн-2011, 02:44 | Изох # 3 |
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 1130
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 59
Холати: Хозир йўқ
| 2 qism Kunlar shu zaildas o’tib boraverar edi. Man faqat vaqt o’tkazish uchun gaplashardim, u nima uchun gaplashardi bu manga qorong’u edi. Shu yerda anchadan beri ishlaydigan boshliqlar: Bu yerni qizlarini maqsadi bitta bu yerdan ketish. Shu cho’ldan ketish. Shunga extiyot bo’llaring, Ja surunkasiga gaplashvosanlar. Yana uchrashib bir narsa qilib qo’yib, ota onaeni oldida izza bo’lib yurmalaring. Eslaringdami sanlar kelishinda bittasi olib ketudi (Eshitgan edik. Bir vodiylik bola shu yerda yashovchi qo’pol qilib aytganda fohishani sevib qolgan, sherigi bilan birga borib dam olib kelishgan, yana qancha erkaklarga xizmat ko’rsatgan bu fohisha man buni bilmadim. Kelib shu fohishaga uylanib ketdi.) Ushani kuni boshinga tushmasin yana. (Etishlaricha mehmonga borganda “Cola”ga o’zini narsasini qo’shib bergan ekan. Shunda u qattiq sevib qolar ekan, uni o’qitsa ham, davolatsa ham bo’lmas ekan, kak chto Majnundek sevarkan). Bilasanlara har holda katta bolasanlar. Yana bizani parot qib qo’ymalaring – dib aytishardi. Bu qanchalik rost yoki yolg’on lekin bu xaqiqat ei. Man shunga unga uchrashmaymiz der edim (Nima foydasi bor, uni kimligini bilmasam, qanaqa u, mandan nima kutvoti, yana yor-yor bo’b qomiy didimde). Tinchkina telefonda laqillab yurvurdim. U manga qanday qilib bog’lanib qolgnini ham sezmay qoldim, bu yaqin oradi bir dugonasi (o’zini etishi bo’yicha dugonasi emas emish), kelib yo’qlab ketdi. (Boshqa sherigim Shuhrat bilan telda sevishardilar). Sherigim Shuhratni ko’rdiku og’zi ochilib orqaga surib qoldi (Sherigim qop qora edi (negrga o’xshab)) Baribir orqaga qaytib gaplashdi, keyin tel doirasini ko’tarib chiqib ketdi. Aniq borib ko’rganlarini mani teldagi “avtomat javob beruvchim” Lobarga hammasini aytgan. Endi telda gaplashsam uni ichi qizidide. Nega uni ko’rgani chiqdiz, chiqmasligiz kerak edi dirdi. Man unga gapidan rashk hidi kevotganini etsam tan ogisi kemasdi. Keyin manga “dugonasini” yomonlab ketdi. Uni etishi bo’yicha zaminitelniy yengi fohishalardan ekan. Narhi ham osmonmasakanu, nu tanishib bolalani shilarkanlar. Man hayron qoldim kimlar bilan gaplashvomman o’zi. Kelib qolgan joyim qanaqa joy. Chekka joyda iboli hayoli qizlar, ayollar bo’ladi desam hato o’ylagan ekanmanmi bilamdim. Shaharda bunchalik emas. Mahaliy aholini bolalari ham bir go’r. Qizlani ko’rsa og’zidan chelaklab suv oqadi, ko’rgan qizini hafa bo’lishmasinu nonga o’rasa it qaramaydi. Hullas hafsalam pir bo’ldi. Kegan joyimga ham, ishimga ham afsuslandim. Qanidi uyga ishini tashlab ketvorsamu diyman kelajak shunaga qarab qoganda. Sheriklarim shu vaqt ichida shaharchaga qatnab kelishardi o’zlaricha dam ogani. Borgan ayoli ham kampirlar qatori ekan. Lekin hursand, ey bu kunindan o’lganlaring yahshidi didim. Qani yigitlik g’ururi. Bulada u nima qiladi. Vijdon, g’urur, or nomusini qo’shib qishda pechkaga tiqib yoqvorgan. Mayli ular o’z yo’liga. Telefondagi “muhabatim” (hamma shunaqa o’ylardi) man qachon tel qilsam ham javob berar edi. Tun bo’lsin soat 26-87 bo’lsin farqi yo’q man uchun hamma vaqt shirin uyqusidan kechib, uyg’onishga tayyor o’zlaricha “farishta” (balki rostanam shunaqadir, yani yahshi qizdir, mahalasidagilardan so’raganimda eng yahshi qizlardan deb reklama qilishudi (eng yahshisi shu bo’lsa)) misoli kapalak. Yana bitta kichik sir bitta Ahmad degan sherigim ham shu qiz bilan gaplashardi, 2-3 tasi desa ham bo’laveradi, yana otkravrenni yashirmasdan gaplashamiz, birga trio ko’rinishda ham gaplashamiz, yana mani telimdan gaplashamiz. Bunisi qale. Aqilga sig’maydigan narsalar. Yana atilatan kimni yahshi ko’ras o’zi dib qo’yaman. U manga mani, Ahmandga Ahmadni, ikkalamiz bo’lsak ikkalamizni etadi (buni nima deb o’lash mumkun). Yana Ahmad ham mandan uni rashk qilib hozir mani yahshi ko’rishi etdi dib qo’yadi. Tavba man unga yahshi ko’raman dibmanmi. Bo’sa faqat do’stlik bo’lishi mumkun boshqa narsa emas. U qizni bir narsa qiynardi. Man ketsam u yana yolg’iz qolardi, shuni o’ylab ich etini yirdi. Qiynalib kul ham bo’lardi, kerak bo’lsa yig’lardi. Rahimlarim kelib ketardi. Oxirgi suhbatimda esa ho’ng ho’ng yig’lab adoiy tamom bo’ldi. Man u bilan hayrlashayotgan edim. Ertaga ketaman bo’ldi dedim, u bu kunni kelishini bilardi, manga qanchalik o’rgan bilmadimu, lekin hiqilab yig’lardi, man uni yupatishga harakat qilardim. Har narsani adosi bo’ladi derdim, u nega shunchalar tez, bunaqa bo’lishi kerakmasdi derdi. Man qanday qilib uni yupata olishni bilmasdim. Bo’ldi ertaga ketaman. Bugun bu yerdagi oxirgi kecham. Ertalab sizga tel qilamanmi yo’qmi bilmayman dirdin u battar yig’lardi. Ahmoq bo’lmasa uyga borgandan keyin ham tel qilishim mumkinligini bilardiku. Man ketgani ketmayapmanu. Endi u bilan hamma hayr dib ketib qogande. Anu Sherali bratan ham aytudi ketishidan oldin, rosa yig’ladi dib. Man bilan ham yig’lab hayrlashdi, man unga man tanishlarni hech qachon unitmayman. Man har doim siz bilan deb hayirlashdim. Ertasi kuni uyga qatdim va eson omon yetib keldim deb tanish raqamga sms yozvordim.
Sog' salomatlik...
|
|
| |
Giyos | Сана: Душанба, 06-Июн-2011, 02:44 | Изох # 4 |
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 1130
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 59
Холати: Хозир йўқ
| 3 qism Uydaman. 2 kundan hamma yerni aylanib keldim. O’qigan kollejimga ham borib keldim. O’tda bir qizni yoqtirardim. Ismi Zarina. Mandan 2 ta past kursda o’qirdi. Bitirganimdan keyin netda gaplashib turardik. Ketishimdan oldin gaplashganimda telefon olganini aytuvdi. Undan raqamini berishini so’raganimda, hop deb etudi. Keyin ketganimdan keyin yuboribdi. Ish joyimda yani cho’lda internet bo’lmagani uchun topa olmagandim. Endi tel qisam o’chiq, Nimagadir sms ham ketmayapti. @ maildan raqami yuborilganga ham 1 yil bo’libdi. U yoqda net bo’lmagani yomon bo’ldida. Ketishimdan oldin yozgan hatimga javob qaytib javob yozganida man uje o’tda edim. Raqamini bilib olganimda telda gaplashib turardim. Ex shunday zo’r qiz ediya, manga yoqardi. U bilan gaplashish zo’r edi. Hech qachon zeriktirmas edi. Uje kollejni ham bitirib bo’libdi. Qattan topaman endi. Pochtasiga xat yozaman. Man keldim dib. Ungacha “Avtomat otvetchik”Lobardan habar olamiz. Eski raqamni teraman 0000000 topolmay yo’q bo’l. Mana gudok ketdi. - Allo - Iya sizmisiz - Ha albatta kutmaganmidiz - To’g’risi yo’q. Men sizni yo’q bo’lib ketasiz deb o’ylagandim. - Man sizga etgandimku, tanishlarni unutmayman dib. Esizdan chiqardizmi? - Yo’q nega man shunchaki.... (manimcha hamma tashlab ketardi siz ham tashab ketdiz dib o’yladim dimoqchi edi) - Xo’sh xo’sh. Nima shunchaki? - Aldayapsiz deb o’ylagandim. - Nima sizni biror marta ayldaganmidim. - Yo’q. - Nega bo’masa bunaqa bo’mag’ur fikr boshizda polaponini oldirib qo’ygan olaqanotga o’xshab charx urvotti? - Yo’q shunchaki etdimda. Ha aytgancha eson omon yetib oldizmi? So’ramabmanam. - Yetib keldik. So’ramasangiz ham. Ertaga so’rardingiz. Hali vaqtli edi. Bekor qilibsizde. - Darrov hafa bo’ldingizmi? - Nima sizdanmi? Hich qachon. Hafa bo’lib zarilmi (siz bunga arzimisiz dimoqchidim) - Nimaaaa? - Man sizga ishonaman. Shunga hafa bo’miman. - Shunaqa diyngda. - Nu kaneshna. (hayriyat) - Bo’pti man kechro tel qilaman. - Nimaga hozir shoshyapsizmi? - Yo’q shoshishvoti. - Kim? - Kotta xolamni qo’shnisini o’rtog’inni kenayisini kuchigini ho’jaynini ammasini buzog’ini onasini sog’adigan ayolni erini ukasini ishhonadagi sherigini o’g’lini o’rtog’ini yuradigan qizi. - ? - Tushundizmi? Ko’rishguncha. - A-aa (uje telni qizilini bosib bo’ldim gapi ichida qolib ketdi)
Oradan 1-2 oy o’tgan bo’lsada pochtamga hali Zarinadan xat kemadi. Nima bo’ganikan. Erga tegib ketimikan. Umuman javob kemayapti. Usha qiz baribir manga yoqardide, ochki taqib yurardi. Usha ochkisi bilan go’zal edi. Mayli javob kemasa unutamiz. Adresini ham bilmasam. Kollejdigilar berishmadi ham. Yer dumaloq bir kun ko’risharman. “Avtomat otvetchik” Lobar bilan har zamon gaplashib turardim. Lekin oldingidek ko’p emas. Chunki man uyimda zerikmiyapman. Ko’chaga chiqsam qizlar ko’p. Cho’lda yurganda qizlarni ko’rganda ko’zlarimiz yashnab ketardi. Hozir usha qizlani ko’rsam umuman reaksiya bo’lmasa kerak. Oxranada turganimda bitta opoqi keludi. Keyin oldimdagi soya joyga betonni ustiga o’tirdi. (o’zi mani oldimda o’tirish mumkin emasdi, ko’nglim bo’shlik qilib, keyin o’zbekchilik, boshqa soya joy yo’q.) Manimcha yoshi taxminan 40 lar chamasi edi, lekin endi 30 ga chiqibdi. (o’zidan so’raganimda etdi). Ko’rinishidan umuman o’xshamasdi. Dala ishlaridanmi qorayib ketgan yoki tug’ma. Ustida oddiy ko’ylak. (o’zi o’tda 1 yil yurgan bo’lsam 10 taga yaqin modniy kiyingan qizni ko’rdim.) Oldiga yaqinlashganimda ter hidi sal kelib turardi (bu oddiy hol edi, suv kam. Ichishga yo’qku yuvinishga qayerda. O’zimdan ham ter hidi kelardi. Endi quyosh issig’ida ter hidi kemasdan fransuz atirini hidi kesinmi?). Boshiga romolni orqasidan qilib o’rab olgan. Man indamasdan temirga suyanib turvurdim. Bir payt gap boshlab qoldilar. Siz qayerdansiz dip. Manmi? Man Toshkentdan. Nimagedi? - Shunchaki so’radimda? Bu yerda nima ish qilasizlar? - Bunaqa gaplar begonalarga etilmidi - Man begonamasman. Silani yahshi bilmasam ham. - O’zi kimsiz nega bu yerda o’tiribsiz. - Men hozir ketaman. Taksi kelishi kerak edi. (Yonimizga taksilar birovga kelib ketar edi) Man eng chekka qishloqni eng chekka uyida turaman. - Hop - Bu yerga bir ish bilan keluvdim. Ishim bitmadi ushanga endi qaytib ketvomman. - Hamma ham biz bilan ishini bitira olmaydi - Endi nima ham qilardim? - O’ziz nima ish qilasiz? - Menmi? Men uyda o’tiraman. 3 ta bolam bor. Kichkinasi 8 oylik bo’ldi. Erim yo’q. - I nega eriz yo’q? - Ajrashganman. - Nega ajrashasiz? - U ketib qoldi. Men ajrashmoqchi emasdim. Yana 10 daqiqa gaplashib turdim. Har ikki gapini birida eri bilan ajrashganini etvurardi. Erim ketib qoldi. Erim yo’q. Yahshi ham bir marta so’rabman. Shunda oldimizga 1 ta 28 yoshlar atrofidagi bola kelib mandan bir kishi haqida so’radi. Man u hali chiqmaganini etdim. Keyin u ham chetga betonni ustiga kutib turish uchun o’tirdi. Uyam suhbatimizga qo’shilib ketdi (bu payt boyagi ayol eri yo’qligini unga ham etishga ulgurdi). U yodan buyodan olib gapirib kuldirib o’tirdi, rosa gapga usta bolekan, gaplarini hayotni ko’rib qo’yganligi bilinib turardi. Betonda o’tirgan ayol ham ancha bemol bo’lib qoldi. Man tirjayib turvurardim. Keyin taksi keldi. (bizani taksilarimizni narxi baland edi. Bu ayolga yoqmadi. Taksis ham majburlab boshqa moshina kemidi dib olib ketdi. Man ketganiga hursand bo’ldim). Ayol taksiga chiqib man va boyagi bola bilan quyuq hayirlashib ketdi. Bu ayol nimaga keldi nimaga ketdi tushunmasdim. Kutayotgan bola betonga o’rnashibroq o’tirib oldi keyin gapni boshladi: - Ex taksi kemaganda. Bekor olib ketib qoldida. - Nimaga unaqa divos? - Nima hich narsani tushunmadingmi? - Yo’q nega ish bilan keganakan, ishi bitmabdi keyin taksi kutib ketdi. - Ey rosa ham sodda ekansanku. Uni ishi bu yerda yo’q. U nima hohlayotgannini tushumadingmi? - Yo’q. Mandan sho’tta ozgina o’tirishga ruhsat so’radi. Man hop didim. Keyin zerikib turganimga gaplashdim. - Nechi marta erim yo’q didi man kemasimdan oldin? - Bilmadim ko’p etdi. - Ana. Kallenga yetib boryaptimi? - Nima yetib borvottimi? - Uffff! Qanday bola ekansana? Bolasini 8 oylik dedimi? Dedi. Eri 8 oylik bola bilan tashlab ketmasa kerak. Tushundingmi? U erini bolasi emas. - Unda sizni bolezmi? - O’zi ham bilmasa kerak kimdanligini! HaHaHaHa - Yengilte ayol dimoqchimisiz? - Ja unchalikmasu. lekin eri yo’q bo’lganidan keyin. Baribir erini sog’inadi. Topomagandan keyin boshqasini qidiradi. O’zini qishlog’idan topsa gap so’z ushanga uzoqrodan qidiradi. - Bizani nima aloqamiz bor unga? - San qayerdansan? Bu yerdan emassan. Ertaga ketasan. Gap so’z bo’midi. Manimcha bu qidirgani sanlardan oldin keganlardan biri bo’lishi mukun. Umid qilib kegan lekin u yo’q. Keyin seni o’ramoqchi bo’ldi. Sen esa hali go’dak kalang bilan u nima hohlayotganini tushunmading. - Nima man u bilan “bo’lishim” kerakmidi? - Hohlasang. Lekin u hohlayotgandi. Erim yo’q digandanam tushunsang bo’lardi. Narmalni ayol birinchi ko’rgan erkagiga erim yo’q deb aytmidi. Yoki san so’raganmidin eriz bormi dib? - Yo’q so’ramadim. - Tushundingmi maqsadi nima ekanligini? Bunaqala bilan gaplashaverib profisional bo’lib ketganman. Ayollarni bitta qarashidan qanday ekanini bilib olaman. - Tushunganim bilan man u bilan bo’lishni hohlamasdim. Uni ustiga ish payti. - Ey ukam sevgi, ish, joy, yosh tanlamidi. Mana butkangni ichi ham bo’laverardi. Sal torroqku, lekin bo’laverardi. Mana bu yerga o’tirarding. U o’zi senga o’z professionaligini namoyish qilardi. Sendan u faqat davay diyishini kutudi. Davay diganingda o’zi bo’yninga osilib ichkariga olib kirib ketardi. - Qo’ysezchi! - Nima hich tatib ko’rmaganmisan? - Yo’q bu gunohku! - Ukam men sendan kattaman. Demak o’rgatsam bo’ladi. Beva ayollar bilan bo’lish gunoh emas. U o’zi hohlayaptiku. Sanga nabarot gunoh yozildi hozir uni istagini qondirmaganingga. Qondirganingda unga yozilardi. Mabodo domla emasmisiz? - Yo’q. Bilaman, eshitganman. Manga ham shunaqa diyishgan. - Ular narigi dunyoga borib kelishganmi? - Kim borib kelibdi u yoqga? Agar taksi kemaganda, u ko’nganda senga men tomosha qo’yib berardim. Ko’nishi aniq edi uni. O’zi sal bo’lsa ham qizlarga qiziqasanmi? Yoki reaksiayang yo’qmi. Yani... - Qizlar bilan gaplashib turaman. - Ha malades erkak. Men seni qizlardan farqing yo’g’akan digan fikrga borayotgan edim (shunda gaplashmasam dugonalarim mandan hafa bo’lib qolishadiku-dib hazilashmoqchi bo’ldimu lekin bu hazil ko’taradimi yo’qmi bilmadimde) - Yo’ nega? Mana sho’ttan ham bitta qiz borakan. Usha bilan gaplashib turaman. - Men bu yerdagilarni uncha tanimayman. Man taniganlarim boshqa yerlarda butun yer sharida. Bu yerda qarindoshlar ko’p ushnga men bu yerda sayohat qimiman. Ukam boru sandeligimda 14 yoshdan 41 yoshigacha bo’lib chiqganman. Hoziram yomonmasu. Endi ekologiya diganlaride. Bitta xotinimni zo’rg’a eplayapman. Lekin hali quvvatim bor. Ushanga yoshlikda o’ynab olish kerak. - Man gunohga qo’l urmiman. - Senga boya nima dedim? - 14 yoshlik ham beva edimi? - .... - Uni ham eri tashlab ketgandimi? - Endi ukam sendekligimda yosh edim. Keyin uni o’zi ham hohlagan. Pulini berganman. - Fohisha edimi? - MMMMM. Ha shunaqa disa ham bo’ladi. Rus millatidan edi. Meni sevib qolgandi. - Fohishlarni sevgisiga ishonasmi? - Menga buni farqi yo’q. Qaytanga yaxshiroq yopishadi. - U siznimas pulingizni sevgan bo’lishi mumkin. Keyin baribir hohlasa hohlamasa zino hisoblanadi. Manga ishonvuring. Orqadan u kutayotgan tanishi chiqib keldi va manga qarab anu ayol kelsa yo’q dib parot qimagin dib ketdi. Mani bir jahlim chiqsa bir kulgim qistardi. Sherklarim ham uni ko’rib turishgan ekan uzoqdan. Etsam hammasini jahli chiqib ketdi. Nega sanga shunaqalar uchraydi bizaga uchramaydi dib. Hozir o’sha ayol kesa vobshe qarashmasa kerak. Ko’ziga 1 yil ayol ko’rinmasa hamma kamchilkilari ko’pchilik bo’lib ko’rinarkanmi? Bilmadim. Telefonimga qarab soatni necha bo’lgani bildim. Keyin “avtomat otvetchik” Lobarga sms yozvordim. U sms o’rniga tel qildi. Shunaqangi hursand bo’lib gaplashardiki. Og’zi to’lib ketgan edi shirin so’zlarga. Ora orada dugonasini yomonlab qo’yadi. Man tel qiganimni unga etganakan, dugonasini ichi yonibi 4 pajarniy ham ichini o’chira olmabdi. Nimagadir shu payt hozir o’ylagan narsalarim yana esimga tusha boshladi. U mandan nima kutvoti. Nega boshqalar bilan kam gaplashvoti (sherigim tel qisa olmabdi, keyin og’iz uchida gaplashibdi). Manga uni maqsadi qiziq edi.
Sog' salomatlik...
|
|
| |
Giyos | Сана: Душанба, 06-Июн-2011, 02:44 | Изох # 5 |
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 1130
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 59
Холати: Хозир йўқ
| 4 qism
Uyga keganimga 2 oy ham bo’lib qolgan edi. Lobar har kuni tel qiladi. Har kuni sms yozadi. G’irt bekorchi ekande dib qolaman. Nima qiladigan ishi yo’qmi? Bilmadim. Kunlarni birida telda gaplashvotganimda Vodiyga qarindoshlarinikiga ketvotgni etdi. Yo’lda cherez Toshkent o’tib ketishini hohlasam stoyankada chiqb ko’rishishim mumkunligini etdi. Man hop didim. U 3 kundan keyin kelishini yana etib o’tdi, man yan hop didim. Bu orada telda kamro gaplashdim ishlarim ko’payib vaqtim yetmayotgan edi. 3 kun ham keldi. Lekin u Toshkentga kelganida tel qimadi. Ertalab kelaman dib vada bergandi. O’zimtelefon qisam u o’tib ketganini etib, manga bergan va’dasini buzdi. (Man chiqaman dib ko’zlarim qaldirg’och bo’lib uchib turganiyam yo’q edi. Shunchaki u mani ko’rgisi kelardi. Ushanda kelib bir marta ko’rmaganiga afsuslanardi.) Man indamadim, keyin mani ham vaqtim yo’qligini etib sal ham yengil tortim. Keyin tel qimadim boshqa. Kechki paytga yaqin vodiylik sherigim Shuhrat telefon qilib qoldi. Anchadan beri telefon qimayapgan edi. Nima telefon qilishiga turtki bo’libdi dib: – Allo – G’oppor qalesan. Ishlaring bo’lyaptimi – Rahmat yahshi. Shurik o’zini ishlaring qale. – Bo’yapti. Qayerdasan? – Ishdaman. – Topchi kim keldi bugun oldimga? – Man bormaganimni bilaman. – Ey hazilashmaginde tezroq top. – Nima sanga folvinlikka o’qibmanmi? – Topomadingmi? – Yo’q. – Lobar keldi. Mana hzoir oldimda turibdi. – Nima qilibdi oldingda turgan bo’lsa? – Sen bilan ko’rishmabdiku Toshkentda. – Man u bilan ko’rishmadim to’g’rirog’i. – Ma gaplashasanmi? (Lobarga G’oppor deb telefonni uzatdi. Lobar ham o’zini rosa olib, ensalarini qotirib, KIM? Dib so’rab keyin HA didide oldi) – G’oppor qalesiz? – Rahmat. Hozir shuhratga etdim qanaqaligimni. – Nima mendan hafa bo’ldizmi? – Yo’q nega hafa bo’laman. (Shunchaki hayron bo’ldim, u vodiyda Shuhrat bilan uchrashishi hayolimga ham kelmagandi.) Sizdan hafa bo’gani vaqt yo’q, yo’g’e asos yo’q. – Ha. – Shuhratni ko’rizmi? Qanaqa ekan? Huddiy man tariflagandek burni katta odam ekanmi?))) – Ja unchalikmas. Chiroyli yigit ekanlar. – Sizga yoqganidan hursandman. – Mayli keyinroq gaplasharmiz. (Sal hijolat bo’votganini sezdim, yonida alp qomat Shuhrat turadiku man bilan gaplashib hijolat bo’midimi?) – Ha albatta. (telefonni Shuhrat oldi. Unda ham hayajon bor edi. Hayajonlanganda burni kattaligidan nafas olganda fishilab eshitilardi, hoziram fishilab turibdi, telni u olganini ushandan bildim) – Bo’pti G’oppor haliroq telefon qilib yuboraman. – Ha, ha bilaman tretiy lishniy.))) – )))) mayli. (telefonni qo’ydi.)
Man hafa bo’madimu lekin hayron bo’ldim. Manga u bilan ko’rishishini etmagandi. Qarindoshlari bahona diydor g’animat ekande dib o’yladim. Bir soatlardan keyin Shuhrat hursand bo’lib telefon qildi.
Sog' salomatlik...
|
|
| |
Giyos | Сана: Душанба, 06-Июн-2011, 02:45 | Изох # 6 |
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 1130
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 59
Холати: Хозир йўқ
| 5 qism
Boshida olgim kemagandi. Negadir Lobarni ko’rinishi qanaqaligini bilgim keldi. Keyin shuhrotni qo’ng’irog’iga javob berdim: – Ha eshitaman, nima diysan? – G’oppor man Lobarni kuzatib qo’ydim. – Nima qilibdi?.... Ko’rinishi qanaqa ekan? – Ey vobshe zo’r narsekan. Chiroyli. Menga yoqdi. – Rostan! – Ha. Kiyingan kiymi ham o’ziga yarashib turibdi. Ko’ziga ochkiy taqib olgan. Qora rangli. – Nimalar didi? – Ko’p narsalar gaplashib o’tirdik. Keyin qarindoshlarinikiga ketdi, avtobusga chiqarib yubordim. – Nega o’zi sani oldinga keldi? – Meni ko’rgani keldida. Bo’lmasa nega kelardi. – Chaqirumiding? – Yo’q o’zi telefonda gaplashyotganimda aytdi kelaman dib, Keyin mwn chiqib kutib olaman didim. – Bo’pti mayli. O’zinn tinchmisan. Hursand bo’ldingmi? Bo’pti. – Nega unaqa deyapsan? Gaplaring g’alati. – Hop gaplashamiz mani chaqirib qolishdi. (telefonni qo’yib qo’ydim)
Nimagadir manga Lobarni Shuhrat bilan uchrashgani yoqmayotgan edi. O’zimga o’zim savol berardim. Nega man bilan uchrashmasdan u bilan uchrashdi? O’zi boshida man bilan uchrashmaganiga hursand bo’layotgan edim. Keyin Shuhrat bilan uchrashganiga rashkim keldimikan. Rashk? Nega man uni Shuhratdan rashk qivoman. Ey bo’magan gaplarni qo’ysamchi? Manga prost alam qivoti. Man bilan uchrashmasdan Shuhrat bilan uchrashgani, keyin u manga Shuhrat bilan uchrashmoqchi ekanini etmadi. Mana shu sabab manga alam qivoti. Lekin Shuhrat chiroyli qiz ekan didimi? Qora ochki. Hmm. Mani kollejdagi Zarinam ham qora ochki taqib yurardi. U ham chiroyli edi. Lobarni rasmini ko’rganimda Zarinaga o’xshatgandim. Balki shunga Lobar bilan gaplashayotgandirman. Tog’ri Zarinani sevmasdim, lekin yoqtirardim. Rostan ham rasmi o’xshardi. O’zini bilmadim. Qanaqa ekana o’zi? Nega man bilan ko’rishishni hohlamadi. Bo’ldi ey undan boshqa qiz yo’qmi bo’tda? Gaplashmiman boshqa! Tel qisa ham omiman. (Nimagadir shu yerda man uni Shuhratdan rashk qilayotganimni sezdim).
Sog' salomatlik...
|
|
| |
Giyos | Сана: Душанба, 06-Июн-2011, 02:45 | Изох # 7 |
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 1130
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 59
Холати: Хозир йўқ
| 6 qism.
Ko’p o’tmasdan telefonim vibratsiya berib jiringlab qoldi. Qaradim. <<<LOBAR>>> vizivayet dib yozuv turibdi. Olmadim. Yana qildi, omasdan qizilni bosib o’chirib qo’ydim. Vam zvonili keldi keyin. Udalit qivordim. Keyin Lobardan SMS keldi: “Nega telefonni olmayapsiz? Bilaman siz bilan ko’rishmay Shuhrat bilan ko’rishganimgada. Siz bilan ham ko’rishmoqchi edim, ammo oldimda bir tanishim bor edi. Tel qisam oling hozir. Ok” degan mazmunda. O’qib mayli kechirdim didim o’zimga o’zim. Keyin telefonim jiringladi. Lobar ekan. Telefonni oldim. Chunki manga uni qanaqa qilib tushuntirishi qiziqtirvotgan edi. – Allo – G’oppor aka nega telni olmayapsiz? – Olgim kelmadi. – Nega? – O’ziz bilarkansizu. So’rab nima qilas? – Yo’q. Siz bilan ko’rishmoqchi edim. Oldimda bir tanishim ham bor edida. Shunga siz bilan ko’risha olmadim. – Shuhrat bilan ko’rishvotgan paytda tanishiz bikinib turdimi? – Yo’q u boshqa yoqga ketgan edi. Biz bir joyga ketayapgan emasdik. – O’zi nega Shuhrat bilan ko’rishdiz? – U iltimos qildi. Borishimni aytgandim. U bekatda kutib turaman dedi. Men hop dedim. – Keyinchi? – Ko’rdim. Keyin u sizga tel qildi. – Undan keyin 1 soat nima qildila ikki yosh? – Men avtobusga chiqib ketdim. Ko’p turmadim. – Shuhrat manga 1 soat gaplashdim didiku – Aldabdilar sizni. Men ko’p turmadim. 10 min ham turmadim oldida. – Hop. Mayli mani ishim yo’q nima qilishiz bilan. Keyinroq gaplasharmiz. Mani chqirib qolishdi. – Mayli sog’ bo’ling.
Shu telefondan keyin manda unga nisbatan nimadir paydo bo’ldi. Man uni shunday qilayki. U azobda qolib keyin qiynalsin. Mani eslab umrini o’tkazsin. Man o’zgarib uni shunday qilaman endi. O’zimni o’zim tanimay qoliy. U mani aldadimi hali man uni aldayman. O’zimni unga sevadigan, umidvor qilib ko’rsataman. Mani kim u yosh ola dib o’yladimi? Yaqinda Shuhrat bilan gaplashmiyapman digandi. Man hisiyotlarga berilib ko’zim ko’r bo’lib shu qizni, hali ko’rmagan qizni yashshi ko’rib qovotgandimmi hali? Man hich kimni sevmiman. Hech qachon. Man qizlarga ishonmiman. Bittasig ham. Endi man qizlarga avliyo bo’lib ko’rinaman. Lobardakadan 10 tasini qon qaqshataman. Ular mani sevib, yoqtirib qiynalsin. Mani nomard dib etsalar ham mayli. Man oldimga birinchi maqsadim Lobarni azoblash. Sevgi olovida kuydirish. Ertadan missiyani boshlaymiz.
Sog' salomatlik...
|
|
| |
Giyos | Сана: Душанба, 06-Июн-2011, 02:46 | Изох # 8 |
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 1130
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 59
Холати: Хозир йўқ
| 7 qism
Ertalab ja boshqqacha turdim. Man bugun Lobarga tel qilib yalinmiman. U manga qisa omiman. Bu 1 urinish man uchun. Kutaman hozir tel qiladi. Har doimgi tel qiladigan vaqti bo’ldi. Mani “budilnikim” bo’b qogan oxirgi paytlar. (3-4 kundan tashqari). Mana nokia tune ham eshitilib qoldi. Iya boshqa ekan. Cho’rt. Manga yoqmidigan odam. Bir kun bo’sh bo’lsam qulpine chopig’iga chaqiradi. Keyin termiga, keyin o’rimi. Hozir nimaga ekana? Olmasam yugirib chiqadi. Ana tel qilib yurib kevotilar. Gap boshlidilar hozir har doim bir hil zapis. – G’opporjon uydamisiz. Chiqib qarashib yuboring. Qulpinega bormasak bo’lmaydi. Ertaga yomg’ir yog’sa qiynalib qolamiz (qiynalib qolaman disalar ham bo’lardi). Do’stingiz ishga ketuvdi, Ushanga sizni uyda bo’las dib chiqdim. Qarashasiza? (Bu safar nimagadir shu gaplarni ular bilanbirga oq’shilib hatosiz etdim.) Keyin man etdim ularga: – Amaki yozda qanaqa yomg’ir, havoda bitta ham bulut yo’qku. Yoki radiodan eshitdizmi? Sharqdan g’arbga esayotgan shamol yo’nalishini o’zgartirib, Sizni dalangiz ustida yo’mg’ir qo’shiqchilarini o’ynatib , terlatib suv tushiradimi? – Hazilni qo’ysangizchi. Hosil bo’lsa birga o’tirib , yiymiza. (har yili shu va’da, ish bo’lsa kel-kel, hosil pishsa tur yo’qol) – Hop diyrdimku..., lekin boradigan joyim bor. – Qattga borasiz ertalabdan? Uni ustiga bugun yakshanba. – Manmi, man (telefonimga qarab qo’ydim) , man uchrashuvim bor. Sevgan qizim bilan! (negadir kallamga shu fikr kelib qoldi.) – Ex nima qilasiz halitdan uchrashuvga chiqib, hali ko’p chiqas. Dalaga chiqb mazza qilib, toza havoda ishlagani nima yetsin. – To’g’rikuya, lekin u mani kutvotide, Hozir tel ham qilib qoladi (Aldab bulardan qutilmasam, dalada mani kuchli “quloq og’rig’i” bo’lishi kutilayotganedi. ) – Bir borgiz kemayapganini sezib turibmande. Telepon qiling man gaplashaman qiziz bilan. Man tushuntiraman. Shu payt Lobar tel qilib qoldi. Man olmoqchi emasdim. Ular qo’limdan chaqqonlik bilan tortib oldilar. Qaysi kinopkalarini bosdilar bilmadim. O’zi telefonni T harfini ham tushuna olmidilar. Telefondan Lobarni qo’ng’roqdek quloqni qomatga keltiradigan ALLO digan ovozi keldi. (Manimcha gromka govoritelni ham bosib yubordilar). O’ylab o’tirmasdan shoshib Allo didilar. Ular qo’larida ushlab gaplashvotilar, bechora tel qo’larida qo’llari bilan qaltirardi. Shunaqangi gapirardilarki telefon telefon bo’ganiga achinib ketardi. Mani nazarimda hozir telefon chiday olmi tushib ketadi yoki portlab ketadi. Yo’q unaqa bo’madi. Telim chidamli ekan. Qo’limga qaytib berdilar. Telefonim ulardan oganimda chang bo’lib ketgan edi. Qo’lari ham chang ekan qaramabman. Manimcha uyda ham ish qilib chivotgan bo’lsalar kerak. Lobarga nimalar deganlarini alas alas esladim. Adashmasam Lobarga mani uchrashuvaga boromidi, Kutmang, Sizni sevarkan ushnga bormoqchikan, uni kutmang, kechroq o’zi telefon qilarkan (mani nomimdan man etmadim ham hali, uje taqdirimni ham hal qilib qo’ydilar). O’ylab qoldim. Mani rejam endi nima bo’ldi. 1 rejam qulpinaychi amaki tomonidan yakson etildimi endi. Amaki ko’zimga shunaqngi yomon ko’rinib ketdiki, Ko’zimga bir INDES bo’lib ko’rindilar. Qo’laridagi ketmon ko’zimga uchi zaharlangan nayza bo’lib ko’rindi. Yuzim bujmayib lablarim to’lqin bo’lib bir birga borib keldi. Ko’zimdan yosh miltirab ko’rinib. O’g’zimdan VAAAAAAAA digan sado chiqdi. O’zimni qatga qo’yishni bilmadim. U yoqdan buyoqga yurardim oyog’im uchi bilan yerni tepib tepib olardim. Amakini yuziga qarasam hich qanaqa mimika yo’q. Shunaqa odam ham bo’larkande. Ular mani ko’rib nima qilsihlarini bilmadilar. Keyin turib turib mayli man keyinroq chiqarman, hali ishim pishmadi dib chiqib ketdilar. Man orqlaridan zato mani ishimni “pishirib ketdiz” dib baqirdim. Ketmonlari qoganakan. Orqlaridan 2 reys bilan uchirish niyatini ham qilgandimam. Qaytib kelib “Uchar” ketmonim qolib ketibdi dib olib ketdilar. Man qoldim endi 2 urinish qanaqa bo’larkan dib. Endi Lobarga tel qimasam bo’lmasdi. 2 urinishni keyin o’yliman. Telefonni olib gudok yubordim. Bitta gudok ketmadan Gudook o’rniga irshygan ovoz eshitildi. (Axir man uni sevishimni qulpinaychi amaki etib berdilar). Man uhhh didim. – G’oppor aka qalesiz. Nega boya telefonni o’zingiz olamadiz? – Yonimga yordamchi oludim. Telefonimga javob berishga. Nima sizni hafa qildimi? – Yo’q. Nega? Shunchaki hayron qoldimda. Man sizni ovozingizni eshitmoqchi edim. – Mana hozir eshitvosizku! Bundan keyin yana ham ko’proq eshitas. Maylimi? – Voy jonim bilan. Man faqat hursand bo’laman. – Siz hursand bo’lishiz uchun man jonimdan ham kechaman! – Hushomad qilayapsizmi? – Yo’q rostan. Man sizni sevamanku axir. – Hazillashayapsiz. – Ha hazillashdim. Lekin bu rost hazil. – Tushunmadim. – Tushunganizda yuzizdan bitta bo’sa ovolardim. – Uyaltirmeng. – Uyalganizda qizarib bir chiroyli bo’lib ketasiz. Man qattu sevib qolaman yana. – Ey boringe. – Qatga cho’lgami, sizni oldingizgami? – Ha keling yana. – Boraman. Sizni oldizga boraman. Faqat sizni oldizga. – Kelasizmi? – HA ey yo’q. Bilmiman. Bilaishga harakat qivomman. – Nimalar divosiz? – Qulog’izni yaqinlashtiring. – Nima? – Yaqinlashtirdizmi bir gap bor. – Ha. Tezroq ayting og’rib ketdi qulog’im. – MEN SIZNI SEVAMAN!!! SIZNI HECH KIMGA BERMAYMAN!!! (2 urinish tugadi. Endi 3 urinishni boshlash kerak.)
Sog' salomatlik...
|
|
| |
Giyos | Сана: Душанба, 06-Июн-2011, 02:46 | Изох # 9 |
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 1130
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 59
Холати: Хозир йўқ
| 8 qism.
Bilmadimu shuni etganimdan keyin bir seskanib ketdim, man uni sevarmushman. O’zimam gaplarimga ishonib ketiy didim. Telni qo’ydimde shuni eslab kulvordim. Rosa kuldim. Etgan paytim uni o’zini tutishini tasavvur qililb o’zimga kelomimande. Hali bu sanga holvasi dimoqchi ham bo’lamanu, hali vaqtlide. Endi 3 bosqich rejalarini tayyorlaymiz. Kim manga yordam beradi? Hozircha hich kim. Faqat o’zim. 3 bosqichga 2 hafta yetadi. Bu haftada uni shunaqangi shirin so’zlar bilan qulog’iga lapshalarni ilayki, shunaqangi muomila qilayki. Agar buni onam eshitib qolsa shu mani o’g’limmi, shunaqa shirin gapiradigan bo’lganmi dib shubhaga borsinlar. Yahshi gapga ilon inidan chiqadi.. Tufe Yahshi gapga Lobar aqldan ozadi. HA HA Ha. Oxirgi paytda kalla deb atalmush qovoq yaxshi ishlavotti. 2 hafta ham o’tdi. Bu ikki hafta Lobarga unutilmas so’zlarni hadiya etdim. Slovarimda yo’q so’zlar ham unga yetkazildi. Shunaqangi hursand bo’lib ketdiki. Man rol o’ynavotganimam esimdan chiqib ketdi. Yahshiyam telefonimdagi zametka ogohlantiruvchi signal berdi “Vaqt tugadi” dib, keyin man sharta qizil kinopkani bosdim. Lobar hayr diyishga ham ulgura olmadi. Man gapirgan gapimni butun umr esidan chiqara olmidi endi. O’zini boshqalar oldida shunaqangi olib qo’yadi endi, nega diganda Toshkentdan yigit ortirgan, uning fikricha. Lekin chuchvarani tugvotganda yahshi tugmabdi, pisirganda ochilib ketib chuchvarasi o’xshamadi. Man uni hamma hayollarini buzib tashiman. Endi 4 bosqich rejaga o’taman. 4 bosqichda endi man uni tark etaman. Ha bo’ldi shuncha gaplashgani. Mani telefonimdan ancha centlarni ketqazdi. Gap sentlarda emas, uni qanchaligida diydiku donolarni donosi, o’qiganlarni o’qitgan bir donishmand insonni ustozi bo’lmish MAN. Endi telefonni raqamini 2 kunga o’chiramiz. Boshqa nomerlarimdan birini qo’yib turaman, u tusha olmiy qiynalsin. Shirn gaplarim sog’inib tel qiladi. Lekin shirin gaplar o’rniga boshqa gap “Telefon xizmat ko’rsatish doirasidan tashqarida” ni eshitadi. To’g’ri bu unga ko’p. O’zi buni ham eshitishi kerakmas. Faqat mani bir narsa oylantirvoti. Man uni 2 kun tinch qo’ysam, u Shuhrat bilan topishib olmasmikan. Ko’ramiz 2 kun o’tsin. 5 bosqichda hal qilamiz Shuhratni ham.
Sog' salomatlik...
|
|
| |
Giyos | Сана: Душанба, 06-Июн-2011, 02:46 | Изох # 10 |
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 1130
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 59
Холати: Хозир йўқ
| 9 qism.
2 kun qanaqa o’tganini bilmadim. SIM kartamni sekin qo’ydim. Yondi telefon. Shu endi telefonga smslar kevoti.... tang’ir tung’ir bo’lib ketdi, shunchalik ham ko’p sms yozadimi. Bay bay oxirida kechirim ham so’rabdi. Nimaga kechirim so’ragan. Manga nima qildi u. Eslimiz. Yo’q hich narsa qimadiku. Mayli baribir kechirmimiz. Yana kechirm so’rabdi. “Hafa bo’madizmi”mush. Yig’ladim man hafa bo’lish tugur. Shunaqa ham sms bo’ladimi. Besababdan besabab hafa bo’arkanman. Sherlar kelibdi yana. Man endi shunga javob yozishim kerakmi? Arzimidi, o’zing yozmagansan she’rlarni. O’zing chin dildan yozganingda boshqa gap edi. SMS taxliliga o’tamiz yana tak, bunisi endi oritiqcha. “Manga tel qilib yuboring”. Tovba nega tel qilishim kerak. Iya Shuhratdan ham kelibdiku. Bu do’stimiz nima dibdilar. “Man Rossiyaga ishlagani ketyapman” dibdilar. Nega ketvoti? Ishlab yurudiku joyida. Bo’maptide oxiri. HAAAA. Lobar ushnga qo’zg’alib qolibdide. Vam zvonili ham keldi oxir bo’lib. Lobar 127 marta tel qilibdi. Shuhrat 12 marta. Yana kimlardir. Mana avtomatik tarzda 5 bosqich keldi. Endi Shuhrat yo’q. Man va Lobar dueli bo’ladi. Ko’ramiz qanaqa rol o’ynarkin endi. 1 soat o’tmasdan yana telefon qib qoldi. Oldim. Birinchi gapi manga nega telefoniz o’chiq degan savoli bo’ldi. Mani javobim oddiy qattan bilay bo’ldi. Qisqasi yana kechirim so’radi. Nimalardir didi. Idim sudim karochi gapi o’ng qulog’imdan kirib bez ostanovka chap qulog’imdan chiqib ketdi. Ha, ha dib turdim hayol boshqa yoqda. Mani boshqa ishga o’tqazishvotudi. Keyin unga ishda ozgina muamo bor keyin gaplashamiz dib qo’yib qo’ydim. Endi man ichkarida xonada ishlidigan bo’ldim. Qoravullik to’xtatildi. Yangi ish joyim yahshi. 10 kishilik jamoa. Ishchilarni nazorat qilamiz. Ofisda ishlashde gap. 3 qiz 7 bola ishlimiz. Kollektivda kamchilik yo’q. Qizlarimiz ham bir biridan go’zal. Ko’rib ko’zing quvnaydi. Odob ahloq 1000 % bo’lib yotibdi. Umuman manga 1 tasi yoqdi. Orzuyimdagi qiz disa ham bo’lardi. Tanishib ham oldik yaqindan hamm bilan. O’zi mani tanishardi lekin man ularni yahshi tanimasdim. 1 ish kuni muofaqiyatli o’tdi. Keyin uyga qatdim. Kech qolib ketdim. Uyga qaytayotgandim yo’da orqmdan mashina signal chaldi. Chetga qochdim. Yana signal. Qarab baqirmoqchidim qarasam qo’shnim Anvar aka ekan. Qorongida mani qanaqib tanidi bilmadim. Bu yerda nima qilib yuribdi hayronman. O’zi kechasi mashinasida aylangani ko’p chiqadi. Dardi og’ir: FARZAND yo’q... Mashinani to’xtatib “uygami o’tir dedilar”. Man o’tirib salom berdim. – Voalekum assalom. Ha G’opporjon ukam nimalarni qorovullab qotirib kevossiz? – Endi qorovul emasman. – Iya bo’shatishdimi? – Yo’q ofisga o’tqazishdi. Endi ichkarida ishliman. – Ha unda yahshi. Ish joyin zo’r bo’lsa bitta g’aming kam degani. (mashinani bardachogidan sigareta olib tutata boshladilar) – Shuni eting. O’ziz qayoqlardan? – Har doimgi ish. O’zimni chalg’itish uchun aylanib yuribman. Xolangni vafotidan keyin chalgidigan hech narsam qolmadi. Ertaga man o’lsam tepkilab ko’madigan farzandlarim ham yo’q. Chalg’ish uchun mashinada ko’cha aylanib yuraman. Kim taksi to’xtatsa ushani bepul manziliga olib boraman. Qaragin. Shuncha mol dunyoyim bo’lim farzandim bo’lmadi. Xotinimni tuzata olmadim. Erta hayotdan ko’z yumdi. Oldida qancha orzulari bor edi. Ha mayli endi. Allohni irodasi. Taqdirda nima bo’lsa shu bo’larkande endi, nima ham qila olardik. (Qo’lidagi yarimi chakilgan sigaretani oynadan otib yubordi) Mana san hali yoshsan, oldinda qanchadan qancha orzularing bor. Bunga erisha olasan. Mandachi manda bittagina orzu FARZAND edi. Endi bu orzu armonga aylandi. – Nega farzand asrab olmagansiz. – Xolang ko’ngliga botmasin didim. U 10 yil yashab ajrashaman, siz boshqaga uylaning dedi. Man ko’nmadim. Uyiga ham ketib qoldi. Borib olib keldim. Bola asrab olishni istamas edi. Negaligini bilmadim. O’zidan mani sovutishga rosa harakat qildi. Lekin man chidadim. Hatto uyda o’zim ovqat qilib, o’zim kir yuvdim. Kamiga xotinimni kiyimlarini ham. Chidadim. Man uni qattiq sevardim. Uning uchun barcha narsaga tayyoridim. Oxiri uni o’zi chiday olmadi. Chiqib qo’limdan yuvayotgan kirni olmoqchi bo’ldi, bering derdi. Man bermasdim. Tahtadek qotib o’tirardim. Qilt etmasdim. U qo’limdan tortiqilab turg’azmoqchi bo’ardi/ man parvo ham qilmasdim, go’yo u yoqdek. Oxiri u chiday olmadi. Yig’ladi. Kechiring, man sizni tushunmabman. Kechiring, bunchalar qattiq sevishingizni bilmabman derdi. Mani ko’zlarimga yosh kelib ketdi. U mani ko’zlarimdagi yoshni ko’rib yanada qattiq ho’ngrab yig’ladi. Oldimda tiz cho’kim kechirim so’rardi. Man uni turg’azdim. Bag’rimga bosib yig’lama bo’ldi hammasi yashi bo’ladi. Man sandan hafa emasman. San mani o’ylab shunday qilding. Man sani tushundim, san aqilli ayolsan didim. Uzoq quchoqlab turdim ushanda. Qo’yib yuborganimda bir tutan sochi koylagimni tugmasiga qadalib yulinib tushdi. U hech qanday og’riq his qilmadi. O’yladim qalb og’rig’i oldida tana og’rig’i hech nima emas ekande dib. Usha soch tutamlarini hammon oldimda olib yuraman. (Mashinalaridan xotinlarini rasmini chiqardilar, u rasmda xotinlari jilmayib turardi. Va sochlari kokil bo’lib rasmdan chiqib turardi, bu shunday ishlangan ediki ko’rib hayratda qoldim. Hayotda ham shunday qilib kokil chiqarib yurardilar. Jonlidek sochlar o’sib turardi. Ko’chadan kirvotgan shamol soch tutamlarini yoyib rasmga boshqacha chiroy berardi.) Shu rasm bilan gaplashaman. Dardlashaman. – Anvar aka ko’nglizga olmangku nega boshqaga uylanmagansiz ushanda? – Etdimku sevardim dib. Qattiq sevardim. Undan boshqa ayolni hatto qo’lini ushlamaganman. O’rtoqlarim ham etardi, yana uylan dib. Xotinnim ham etardi, unda 2 xotinga uylaning dib. Ishonsang o’zi mandan beso’roq bir ayolnikiga sovchilikka boribdi. Xatto ko’ndiribdi ham. Lekin man rozi bo’lmadim. Borib ush ayoldan uzr so’rab keldim. Jannati ayol edi. Kasalik uni mandan erta ayirdi. Bormagan tabib, doctor qomadi. Chet elga ham olib bordim. Bari befoyda edi. O’limida oldin manga qarab boshqaga uylaning siz albatta farzand ko’rasiz dedi. Manga etgan oxirgi so’zi shu bo’ldi. – Endi nima qilasiz? – Shuni o’zim ham bilmayman. Nima qilishga boshim qotgan. Kuni yarmini ko’chada o’tqazvomman. Baribir chalg’imayapman. Hech kim yordam bera olmayapti manga. O’rtoqlarim ham uylan bo’ldi endi, qachongacha motam tutib yurasn diyishadi, opam bu yerda uylan dib qo’ymidilar. Man qanday qilib o’zga ayol bilan. Bilmadim, unuta olmayapman. Ko’chadagi hamma ayollar manga uni eslatadi. Uylanganim bilan u ayolni qanaqa qilib qabul qilaman. Man boshqasini seva olimimanku. Har kuni xotinimi ismini aytib uyg’onib ketaman. Har tushimda uni ko’raman. Tushimga kirib uylanig diydi. Man hop diyman. Mana yana ko’chada yuribman. Yoshimam 45 ga chiqadi yaqinda farzandli bo’lishim ham kerak. Onam bu yoqda nevarli bo’lishni istiman dib o’tiribdilar. O’zimdan o’tganini o’zim bilaman G’opporjon. Mana uyga ham kelib qoldik. – Rahmat sizga, lekin suhbtimiz chala qoldide! – Shu yerdamizku, gaplashamiz. Keling hozir gaplashamiz. Uyga marhamat. – Kech bo’lib qoldi Anvar aka uydagilar hovotir olishadi. Boshqa safar. – Hop mayli uydagilarga salom eting. (Mashinalarini garajga haydab kirib ketdilar, orqalaridan avtomatik tarzada garajni eshigi yopildi)
Man uyga kirib ovqatlandim. Keyin xonamga kirib o’yladim. Anvar aka qanday insonnlara. Mana haqiqiy savgi. Man nima qilib yuribman. Bosqichma bosqich bitta qizni hafa qilmoqchi bo’lib. Bo’ldi bosqichlar tugadi. Ertaga telefon qilib orani ochiq qilaman unga haqiqatni etaman.
Sog' salomatlik...
|
|
| |
Giyos | Сана: Душанба, 06-Июн-2011, 02:46 | Изох # 11 |
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 1130
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 59
Холати: Хозир йўқ
| 10 qism
Ertalab vaqtim bo’lmadi tel qilishga, to’g’rirog’i hohshim bo’lmadi. Anvarakani gaplari manga qattiq ta’sir qilgandi. Ishga kayfiyatim tushib bordim. Yo’lda hich nimaga ahamiyat ham bermadim. Ishhonaga kirdim. Bugun ikkinchi kun. Qizlar kulib turib kutib olishdi. Mandan vaqtli kevolishgan ekan. Man 15 min oldin keludim. Ular mandanam oldin kelishibdi. Sho’tda yotib qolishganmi bilmadim. Manam qovog’imni ochib miyg’imda tirjaydim. Qalesilar dib hol ahvol so’ragan bo’ldim. Manga yoqgan qizni ismi Sayyora edi. U ham jilmayib turib: - Yahshimiz. Nega buncha hafasiz. - Yog’e nega unaqa divos, ko’rmayapsizmi? Kulib turibmanku! - Ko’zlariz baribir siringizni sotib qo’yvotti. - Manda hich qanaqa sir yo’q. Ko’zlarim o’zi shunqa. - Kecha unday emasdiku. Yoki bizga qo’shilganizdan hafamisiz. - Osmondan tushganmisiz. Qattan oldiz bunaqa gaplarni. Nega hafa bo’laman. Hafamasman hich kimdan. Ko’zim o’zi shunaqa. Tug’ma. Onamni qornidan shunaqa bo’b tushgan. ))) - Bilmadim. So’radimde. Namumcha jahliz burniz uchida turadi? - Burnim uchidamas qulog’im uchida turadi. Ushanga sizni gaplariz qulog’imga jahilli bo’b eshitilvoti. )))) - Biram gapga usta hazilkashakansize! - Sizdan o’tib qatga ham borardim. - Yana kulvosmi ustimdan? - Yo’q ustizdanmas. Yonizdan kulvomman.)))
Nimagadir bu qiz mni o’ziga yaqin olardi. Yoki manga shunaqa tuyildimi? Har bir gapida jilmayib gapirishga harakat qiladi. Ko’zimdagi mungni ham sezdi. Ertalab uyda onam ham sezmagandilar. Bu qizni nimasiir bor. Mani o’ziga tortvoti.... Uffff telefon jiringlavoti. Hyolni beliga tepdi... Lobarku! Hozir ishdaman keyinroq o’zim qivoraman dib etvordim. Ish o’z nomi bilan ish. Qoidalarni buzmaslik kerak. Uni ustiga ma’sulyatli joy. Xato qilmasligim kerak. Keyin Sayyorani oldida qizlar bilan gaplashsam “qizi” borakan dib o’ylidi. Manga yoqgan qiz man haqimda yomon fikrga borishi yahshimas hozirdan. Uyga kelayotganimda o’rtog’imnikiga kirib o’tishim kerak edi. Manga disk olib kegen dib etudi. Xozir o’zi uydamasakan. Telefon qiganimda 15 minutda kelaman o’tirib tur anaqisa Komyuterimni yoqib tayyorlab tur, ko’chirish kerak bo’gan narsalarni degandi. Hop dib uyiga kirdim. Odatda yaqin o’rtog’im bo’ganiga keyin yoshlikdan birga o’sib uyiga kirib chiqib yurganimdan taqillatmasdan eshikni ochib indamiy kirib boraverardim. Hoziram shunaqa qib eshikni ichkarisiga qo’limni tiqib ilingan temirini ko’tarib eshikni ochdim. Eshik ochildi, ichkarida chap tarafda qulpinaychi amakimni jonajon ketmonlari turardi. Chiroq yorug’ida tig’i yaltirardi. Ko’rib yurgim uvishib ketdi. Huddi hozir qorong’ida dalaga olib chiqib ishlatadigande. O’rtogg’im Dilshod uyda yo’qligi uchun qulpinaychi amakini ismlari etib chaqirdim. Hamid aka demasimdan o’tirgan xonalaridan chiqib keldilar. G’opporjondan boshlab qoldilar har doimdagidek. Dala ham esdan chiqmadi. Ertaga vaqtim bormi yo’qmi so’ramasdan ekologik toza havoga taklif qildilar. Man hop diyishdan o’zga yo’l topa olmadim. Keyin Dilshodni xonasiga kirib ketdim. O’zi uyligi 12-13 xonamiye ishqilib Dilshodga oxirgi uyni burchgidagi xona nasib aylagan. Xonasidan keyin qulpinaychi Hamid akani “ofislari (ishchi asboblar, turli ekinlar urug’i, umuman dala bilan bog’liq barcha narsa saqlanadigan xona)” joylashgan. Eshikdan kiraverishda bitta xona pustoy turadi. Undan keyin obshe ovqatlanib o’tiradigan, televizor turadigan xonaligi bor (boya Xamid aka ushatdan chiqib keludilar). Man Dilshodni xonasidagi kompiyuterni amallab yoqdim. Kompiyuterni komiyuterligi haqida o’zi haqi qolmabdi. Rasvoiy jahon bo’lib yotibdi. Hamid akani o’tirgan honalaridan ovozlari kelib turardi. Hamida aka o’larini bunaqa tutsalar ham baribir boshqacha odamlar. Uyim joyim, onam, bolam chaqam dib qanchadan qancha orzularidan voz kechganlar. Eshitishimcha chet elga taklif qilishgan ekan. Lekin ular onalarini tashlab ketishga ko’zlari qiymay rad etgan ekanlar. Mana hozir hamma narsalari bor. Bitta odamga nima kerak bo’sa hammasi. Bola chaqa nevara, uy joy hammasi. Ayniqsa “Yaltiroq ketmonlari”. Manga eshitilayotgan ovozlaridan nimadandir norozidek bo’lib tuyuldilar. Cho’ta nimadir nito edi. Ahamiyat berdim ovozga. Hamid aka etardilar: “Man alohida chiqb ketaman. Manga televizor ko’rsatmayapsanlar, serial ko’raman diysanlar, buyoqda bolalar to’paloni, o’zimga alohida uy quraman. Hovlini o’rtasiga, 2 etajli qilib, mani charchatvording” dib xotinlariga etardilar. Xotinlari kulib: “Voy voye, qachondan. Ana bo’sh hona borku ushanga chiqib yotvuring. Nevaralariz ham kirmaydi. HaHaha” dib gapirganlarini eshitdim. Albatta hazillashib gaplashishvotgandi. Lekin har bir hazilni ichida ham qandaydir ma’no borku dib o’ladim. Shuncha uyli honalari bor. Bo’lib chiqsa uydagi hamma a’zolariga bittadan hona to’g’ri keladi. Yana qanqa hona qurmoqchilar, boriga shukur qilmasdan diyrdim. Odamlar bor 1 xona uyda yashaydi “dom”da. Shu bir xona o’zi, xotini, 4 ta bolasi sig’adi. Shular ham noshukurlik qilmaydi. Ey Alloh berganingga shukur deydi. Boshpanam bor. Issiq sovuqdan asraydigan. Kelib oilam bilan yashayman. Yana manga nima kerak. Hammasiga shukur qilaman diydi. Boshqalarichi. Uy joyi yo’q. Kvartirama kvartira yurishadi. Oyiga zo’rg’a pul topishadi. Bir xillarida to’lay olishmaydi. Yana boshqa kvartiraga. Uni topa olmasachi. Qatga boradi. Ostanovkada yotadi. Ostonovka ham qishda bo’lamaydi. Sovuq. Ular orzu qiladi bunaqa 12 xonali uyni. Istaydi bir xonalikni iloji bo’lsa shuni. Lekin buni ular uchun iloji yo’q. Qattan topadi ilojini. Katta shaharga viloyatdan omad qidirib kelgan. Afsus ularni omad chetlab o’tgan. Balki qattadir kutvorgandir. Balki u uchun sinovdir. Bilmadim. Biladiganim u uchun uy kerak. Man o’zim yashayotgan sharoitga shukr qilaman.... Dilshod keldi. - G’oppor o’tiribsanmi? - Ha kutib o’tiribman. Kelarding? - Mana endi 15 minut bo’ldiku. - Shu 15 minutda man adengdan qancha gaplar eshitdim sani dib. - Nima didilar? - Bilasanu har doimgi gaplar. Dala, ketmon i tak dele. - O’zing o’rganib qogansanku! - Ha. Etimde.. ey kompiyuteringga nima bo’lgan. Yonishi bir qiyin. - Ushanga sani chaqirdim. Telefoningni berib tur manikini puli tugab qolibdi, - Hop ma ol. Faqat vip qivormagin. - Nima 2 cent o’rtog’inga jalkami.
Chiqib ketdi. Man kopiyuterini to’g’rilab ichidan kerakli narsalarni topib yozdim. Virus bosib yotibdi bechora kompiyuterni. To’g’rilab bo’ldim chamasi yarim soatlarda. Dilshod kirib keldi. Hursand qo’lida mani telefonim. Ha desam. Lobar kim. Usha bilan gaplashdim telefon qilib qoludi. Zo’r qizakan. Manga muomilasi yoqdi.
Sog' salomatlik...
|
|
| |
Giyos | Сана: Душанба, 06-Июн-2011, 02:47 | Изох # 12 |
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 1130
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 59
Холати: Хозир йўқ
| 11 qism.
Dilshodni qo’lidan telefonnimni olib qo’ydim. – Dilshod nega mani telefonimda mani kontaktimdigilar bilan gaplashasan? – Tel bo’lib qoludi oldim. – Voy nimaga olasan? – Nimaga olmasligim kerak edi? – Vo’ hozir telefonni otvoraman sanga. – Omasligin keragidi. “Ko’tarma” ib yozilgandiku! – Ushanga qiziqdimde, o’zin qiziqtirib yozgansan. Ayb o’zingda. Nimaga gaplashmisan bu qiz bilan? – Sanga nima? Gaplashamanmi yo’qmi? – So’radide o’rtog’iz oxirgi paytda o’zgarib qolganlar dib. – Voy hali yaqinam bo’b ketdilarmi? Ol nomerini san gaplashaqo (Telefonni unga uzatdim) – Telefonini boshimga uramanmi? Davno yozvoldim. – Ufff. Nega shunga kallam yetmadiya? Hop nima didi. – Hich nima? – Nima yarim soat bir biringni nafas olishingni eshitib o’tirmagandursanla? Nimadir digandir, hich bo’masa mani so’ragandir? – Ha so’radi. Hozir telefoni manda didim. Kimsiz didim. Lobarman didi. Man dilshodman didim. Keyin u buda gap boshladim. Rosa gapirdi. Nega u bilan gaplashmayapsan? – U uzoqda. Mani sevib qomasin divomman. – Nega sevib qoladi? – O’zidan so’ra. Manga shunaqa tuyuldi. Shunga o’zimni olib qochvomman. – Ha. O’zi qanaqa qiz? – Yomon qiz. Manga yoqmidi. Kimligini ham bilmayman. Ko’rmaganman. – Ko’rmaganmisan hali bir birini? – Yo’q – Unda sani qanaqa qilib sevib qoladi. – O’zidan so’ra. Balki yuragi serqiradir. – Qiziq. Qanaqib tanishgansan. – Adashib sms yozvorudim. Keyin mani o’ravoldi. Yengiltakde. – G’oppor gaplaridan yengiltak qizga o’xshamayapti. San ko’rmaganakansan tem bole. – Ko’rmagan bo’lsam ham bilaman. Anchadan beri gaplashaman man. – O’zi yengiltekman dib sanga etdimi. – Dilshod man bilamanu qanaqaligini. – Manam sani qanaqaligini bilaman. – Qanaqa ekanman. – Sanga kimdir yoqmiy qosa yoki u boshidan yoqmasa. E umuman oganda boru san bilan gaplashgan hamma qizni yengiltak diysan. Ularda nima ayb. – Ularni aybi man bilan gaplashgani. – San qanaqa odamsana. Shundo qizni yengiltak divossan. Bo’ldi endi unut maktab paytni. O’tib ketgan narsa o’tib ketdi. – Yo’q. Maktabni unuta olmayman. U yuragimda chandiq bo’lib iz qoldirgan. Hamma qizlar ushanaqa. – U sevganing yoshlikda edi. Hamma ham hato qiladi. – U man sevishimni bilardi. Atilatdan ustimdan kuldi. Bilib turib boshqa bilan yurdi. Hurmatim uchun mani oldimda usha xizalak yigitlari bilan shimishmasa bo’lardi. Yana bitta emas bir nechta ahmoq latta bolalar bilan yurdi. – San unga sevishingni etmagansanu? – Nima ustimdan kulvossanmi? Shunqaligini bilib turib etishim kerakmidi? O’zimni ustimdan o’zim kulishim kerak ekanda kamiga. Manda g’urur bor. Sanda bo’lmasa ham. – Gap g’ururdamasku. – Hop unda nimada ekan? – San u birinchi kegan paytda yoqtirib qogan paytingda etganingda u bunaqa yurmasdi... – Keyin san bilan shimishib, o’pishib, yalashib, yurardi dimoqchimisan? – Rostanam uni shunchalar yomon ko’rasanmi? – Ha. Nafratlanaman. Yo’q. Kim u manga? Undan nafratlanishimga ham arzimidi. Uni eslashni ham hohlamiyman. Keyin Lobar ham shuni toifasidan. Boshqa qizlar ham. – Sani onging zaharlangan. Hamma qizlar sanga shunqa bo’b ko’rinadi. Bo’ldi endi ko’zingni kattaroq och. U paytlar o’tib ketdi. Hamma bir hil emas. – Bilaman. Hamma bir hil emas. Huddi san bilan mani fikrim har hildek. – Gapni boshqa yoqga burma, Lobarni nima maqsadda ushlab turibsan unda? – Hech qanday maqsadim yo’q. U bilan orani ochiq qilmoqchiman. Man uni do’st dib bilishim mumkin. Keyin man uni qanqaligini ham bilmayman. Faqat telefonda gaplashganman. Umuman olib qaraganda do’st ham emasman. Shunchaki vaqt o’tkazish uchun gaplashganman. U nima sababdan gaplashgani bilmayman ham. – G’oppor man bilaman! Gaplashganimda so’radim. Shunga sandan ham so’ravomman. – Nimaga gaplashgan ekan? Qani etchi. – U yoshligidan do’stlari kam bo’lgan ekan. Chunki bu yashayotgan joyiga ko’chib kelishgan ekan. Hozir ham do’stlari kam ekan. Shunga yolg’izlikdan telefon bilan ovunar ekan. Uni hamrohi yolg’iz telefon tushunvosanmi? San bilan faqat do’st bo’lish uchun gaplashgan. Boshqa narsa uchun emas. Yoki sendan unbu narsa so’radimi? – Yo’q. Nima ham so’rardi? – Ko’rdingmi? San o’zing ham etvossan. Hich narsa so’ramagan dib. Bu gaplashishni qanday tushunish mumkin unda. – Man uchun vaqt o’tkazish u uchun bilmadim. – U uchun do’st kerak. San ham u uchun do’stsan. – Hop nega unda hayrlashganimda yig’lagan. Sevgan insonini yoqotgande. – Bitta narsade. U sanga o’rganib qolgan. Sandan ayrilishni istamaydi. – Ayrilishni? U bilan butun umr bo’la olmaymanku. – Shunga ham yig’lgan. Qizlar ko’ngli nozik bo’ladi. – Hop man endi nima qilay. U bilan yana orani ochiq qilaman disam yig’lasa. – Gaplashib yurvur. Sandan nima ketti. – Manga bundan battar o’rganib qolsa. Keyin unuta olmay yurvuradi. Bilasan man unga hech qachon uylanmayman. Onam qarshilik qiladilar. Keyin o’zim ham uni sevmaymanku! – Onangni bilaman. San hech kimni sevmasligini ham bilaman. Lekin u alaqachon o’rganib bo’gan. Nima ham derdim. Sekinlik bilan tark etasan endi. Yana o’zinga qaraginde. – Hop man undan asta uzoqlashaman. O’zi ham sezmay qoladi. Birdaniga yoqolib qosam og’ir botishi mumkin. Hozir uyga chiqb telefon qilaman. – Yahshi omadingni bersin. – Bo’pti, man keytim. Kompiyutering tuzaldi. Kerak narsalarni diskka yozib qo’ydim. – Rahmat G’oppor. Yana chiq.
Hop dib uyga chiqib ketdim. Mani bir narsa o’ylantirardi. Man hozir telefon qilib nima deyman. Unga qanday qilib tushuntirarman. (U haqidagi oldingi fikrlarim chalkashib ketdi. Uni oldingi tasavvurim bilan hozirgi yengi tasavvurim aralashib ketdi.) Juda ham qiyin vaziyatda qoldim. Mayli gaplashganda bir variyant kelar.... Telefon qildim. Uni telefoni o’chiq. Nimaga o’chiribdi. Hech o’chmasdiku....
Sog' salomatlik...
|
|
| |
Giyos | Сана: Душанба, 06-Июн-2011, 02:47 | Изох # 13 |
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 1130
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 59
Холати: Хозир йўқ
| 12 qism
Ertasi kuni ishda edim. Tushlik paytilari edi. Telefonim jiringladi. Lobar ekan. Albatta oldim. - Assalomu Alekum G’oppor aka - Qalesiz Lobar. Boya tel qilgandim o’chiq ekan. - Ha. Batareyam tugagandi. Tok 1 kun bo’lmadida. Shunga zaryad oldira olmadim. Hozirgina tok keldi. O’ziz ham nega telefoningizni boshqalarga berib yuribsiz, kecha telefon qilgan edim. - Olib turuvdi. Man siz bilan gaplashsin dib berganim yo’g’idi. O’ziz gaplashibsiz. Nima ham qilardim man. - O’zi ham gapga usta bola ekan, telefonni qo’yaman desam qo’ydirgani qo’ymaydi. Oxiri batereyam tugab o’chib qoldi. - U man yaqin o’rtog’im. Undan hich narsa qizg’anmiman. - Ha yahshi bola ekan. - Bitta gaplashishda qanaqib bildiz. U ham sizni maqtadi. Yoki bir birila bilan kelishvoldilami? - Voy rostan meni maqtadilarmi? - Yo’ yolg’ondan. Kimni maqtashni bilmay oxiri sizni maqtab yubordi. - Haliyam hazilkashligiz qolmagana? - O’rgangan ko’ngil o’rtanmay qolmas deydiku. Nima lar qivos endi. Ancha gaplashmadik. - Har doimgi uy ishlari. Hozir suvga ketyapman. - Yana uyilada suv yo’qmi? - Ha oxirgi paytda ko’p o’chib qolyapti. Hozir bir joydan suv chiqayapti halos. Hamma o’sha yerga ketayapti. U suv ham jildirab oqayapti. - Ha. Bilaman esimda usha suv oladigan joyila. (Usha cho’lni eslasam doim ko’z oldimga suv keladi. Shunaqa ham suv bo’ladimi digandim birinchi marta ichganimda. Hidi g’alatiroq edi. Bu usha shaharchani suvi. Keyin cho’lga bordik. Mana hayot boshlandi endi. Suv eslasam hali ham og’zimga usha g’alati ta’m keladi. Boshqa suv yo’q. U suvni ham shaharchadan mashinadqa olib kelishardi. Mashina ham bir ahvol. Suv saqlanadigan quduqni etmasa ham bo’ladi. Ichida nimalar bor edi... ha bir marta suv olgani borganimda bitta kotta kaltakesak ichiga kirib ketudi. Jirkanib ketdim. Suvni ichmay diymanu boshqa iloj yo’qda. Keyin suvni oxiri ko’rindi. Tegida bir nimalar loyqasifat changmiye. Chuvalchangmi yoki qurt lichinkalarinmi? Nima disa ham parazitlar ko’rinvotide, 3-4 metr chuqurlikda. Sal yahshiroq qaradim. Quduq ichida o’lib yotgan kaltakesak ham bor ekan. Shundoq orqasi bilan yotibdi. Suv ozigina bo’gani uchun ko’rinib turibdi. Yana ko’zimni ishqalab boshqattan qaradim. Yo’q baribir turibdi. Chelakni tashlab olishga harakat qildim olib b’lmadi. Faqat dumini uzib yubordim. Oxiri taqdirga tan berdim. Hich kimga etmadim. Etganim bilan hamma o’zi bilardi. Faqat bir birimizni ishtahamizni bo’g’ishni istamasdik. Suv tugasa mashina reskiy olib kelmasdi. 2-3 kun kechiktirib olib kelardi. Mineral gazli suvni ko’rib qolsak yotib olib ichardik. Uyni hidi kelardi undan. Bu yodigi suvdan botqoqni hidi. Tog’ri oxiri esladim botqoq hidi bilan mazasi kelardi. Rangi ham sariqroqmi yoki qoraroqmi ishqilib toza suv emasdi. Suv tugagan ikki uch kun nima qilardik. Yashash uchun kurash. 2-3 km naridan kanal oqib o’tardi (yahshiyam). Unda faqat loyqa suv edi. Ushatdan tashib kelardik. Keyin tindirardik. Mazasi yahshi edi chem mashina suviga qaraganda. Faqat tinishi uzoq vaqt olardi. Bir hil payt tinishini kutmasdan choy damlavorardik. Choy ichganda tish orasida qum g’irchilardi. Qishda bundan ham qiyinroq edi. Hamma yoq qor. Oppoq qor. Suv o’rniga qor eritib ichsa bo’ladi. Faqat 1-2 marta keyin uni mazasi ham yoqmi ketarkan. Bir piola choyni zo’rg’a ichardim. Qorni suvini mazasidan ko’nglim aynirdi. Toshkentda vodoprovrod suvini ichib o’rganib qolganimdan cho’l suvi man uchun g’alati edi. Uyga qaytib keganimdan keyin birinchi bo’lib vodoprovroddan to’yib suv ichganman. Keyin tug’ilgan joyimga ming qatla shukurla etganman. Hozir qatda suv oqib yotganini ko’rsam borib o’chirib qo’yman. Toza ksuv uvalku. Buni toza suv ichib o’rganganlar qatdan ham bilardi. Mashinasini yuvadi. Gilamini yuvadi tonnalab suv ketqazib. Yuz yuvish uchun bir chelak suv yetmidi bazi birlarga. Bir chelak tugul 100 chelakni oqizib yuborishadi. Afsus afsus afsus deyman. Qanidi imkon bo’sa hamma suvni qadirlamaydiganlarni ush yerga 1 oyga yuborsa. Suvni qadriga yetisharmidi diyrdim) - Siz shaharchada kam bo’lgansiz G’oppor aka. - Ha kam bo’lganman. Man cho’lda edim. - Qo’riqlidigan zdaniyelani ko’ragnaman borib. - Bizam baribir silani suvilardan icharik. - Hm. Mana suvga keldim ochirid ko’p ekan rosa ham. - Kutasiz endi nima ham qilardiz. (Rahimlarim kelib ketdi. Borib chelagini ko’tarib yordamlashgilarim keldi. Ammo masofa olis edi) - O’ziz nimalar qilmoqdasiz? Lobarga nima ishlar qilayotganimni etdim. Yana 15 minutcha u yoq bu yoqdan gaplashdik. Keyin vaqtim kamrog’idi. Dib telefonni qizil kinopkasini bosib o’chirdim. Telefonni tepasini labimga olib kelib bosdim. O’zimga o’zim etdim. Lobardan uzoqlashishim kerak. Uzoqlashishim kerak. Bo’lmasa manga o’rganib qoladi. Hozir uzoqlashmasam kech bo’ladi. To’satdan ham uzoqlasha olmayman. Qiynaladi. Sekin sekin. 3 kundan keyin tel qildim.... 2 kundan keyin..... 3 kundan keyin tel qildim. Nimagadir qo’yib qo’ydi. Hayron bo’ldim. Qaytib telefon qildi, yana battar hayron bo’ldim. Gaplashdim. Nega bunaqa qiganini so’rasam. “Siz hozir ishlaganiz bilan ko’p pulga ishlamaysiz, men qilsam sizga qiyinlik bo’lmaydi keyin hohlagancha gaplasha olamiz.” Digan bo’mag’ru gapni etdi. Boyagidan yana battarroq hayronlar bo’lib tashladim. Man nima hasratda qo’shnim qizi gul taqar diganlaridek u ham man nima qilayotganimni tushunmasdi. Man undan uzoqlashvommanu u manga tobora yaqinlashvotgande. Man unga unaqamas dib rosa uqtirdim. 1 haftadan keyin tel qildim... 3 haftadan keyin tel qildim... Birinchi gapi shunday bo’ldi: “Siz do’stlarni unutmayman digan ediz”. Man ha unutmaganim uchun tel qildim dedim. Va yana bir narsalar... 1 oydan keyin sms yozdim Yana 1 oydan keyin sms yozdim.. 1 oydan keyin tel qildim. Rosa hursand bo’ldi o’zi ham. Yana 1 oydan habar olib turib 4 oyga yo’qolib ketdim. Bir kun bitta notish raqamdan (Lobarni yashash joyi kodi bilan bir xil) tel bo’lib qoldi. Olaman disam. Qo’yib qo’ydi. Qaytib qivor kompaniyasidan ekan. Qaytib qildim. Bir qizcha o’zi bilan tanishishni taklif qildi. Hursandlar bo’lmadim. Nega u tanishmoqchide. Man unga qaytib tel qilishim kerak. Bir ikkita aldam qochdi gaplaridan biz Lobar bilan gaplashadigan gaplarimizga o’xshardi.
Sog' salomatlik...
|
|
| |
Giyos | Сана: Душанба, 06-Июн-2011, 02:47 | Изох # 14 |
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 1130
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 59
Холати: Хозир йўқ
| 13 qism
To’g’risi manga uni gaplashishi ham, o’zini tutishi ham, so’zlari ham yoqmadi. Manga faqat uni kimligi qiziq edi. Kimligi ham emas qaysi omadsiz mani no’merimni bergani qiziq edi. Rosa so’radim kim berdi mani nomerimni deb. Etmadi. Etdi disa ham bo’ladi. Variyantde etgani. 1. Darahtga yopishtirib ketishibdi. (Darahtga yopishtirishga mani nomerimdan boshqasi qurib qoldimi) 2. Pochtadan hat kelibdi. (har holda man yubormaganman) 3. Yo’ldan topib oldim (Kim tashlabdikan uni oyog’i tegiga). 4. Tahminan terdim (bunisi noto’g’ri ekanini reskiy etdim, Man ismimni etmasimdan kimligimni etib berdide) 5. Televizorda e’lon qilshdi (bog’cha bolaga etvotimi?) 6. Gazrtadan oldim (Har holda ishonarli, kimdir adashib yozvorgandirde.) ishqailib shunaqa bohonalar bilan o’rtoqlashtirdi. Hammasiga ishondim u uchun yana so’rardim kim berdi dib. Etmasdi baribir. Qo’yib qo’yardim telefonni keyin. Orada kunlar o’tdi. Yana gudok tashidi. Qaytib qilmiman. Yana , yana yana. Jonga ham tegib ketdi. Ishimga ham halaqit berardi. Ishda Sayyor bilan ko’z urushtiri yurardim. Tog’risi yoqardide. Nimasidir bor edi shu qizni. Qatlaridir o’ziga tortar edi. Nimasi bilmadim. Ko’p gaplashardim. Ish yuzasidan, sekin boshqa yoqlarda. Sevgi muhabbat digande, birinchi muhabbatlarini esga tushurib, yo’qligini bilib hursand bo’lib. Hayot ko’zimga chiroyli ko’rinib, oy quyoshdek yorug’ berib borvotgande. 1 oycha o’tdi. Anu gudok tashidigan qiz tel qib qoldi. Qaradim qo’yib qo’ymadi. Iya didim, aql kiribdimi? Oldim. - Allo G’oppor aka - allo kim bu (o’zimni bilmaganlikga olib) - man Lobarni dugonasi edim. Siz bilan tanishaman dib nomerini olgan edim. - ha, ha esladim. Rosa aldagandiza. - hm. Man hozir boshqa narsaga tel qilyapman. - Nimekan? - Lobar menga aytide. - Nima dib. - o’zi tel qilolmayaptide. - Nega - unga tel qilarkansiz. Telefoni o’chiq. - qanaqib qilaman unda? - onasini raqamiga qilarkansiz (1-2 marta onasni nomeridan sms yozgandi, uushnga bilardim) - tinchlikmi? - ha. U mendan iltimos qildida. 3 kunda keyin to’yi bo’lyapti. - (hayratlanib) rostan. - Ha. Oxirgi marta siz bilan gaplashib olmoqchi ekan. - Onasini raqamiga tel qilsam neudobno emasmi. - qilavering hozir hamma kursdoshlari tel qilib tabriklashayapti. Kursdoshiman deb aytsez chaqirib beradilar. - Hop mayli rahmat sizga. - Tel qiling Lobarga sizni kutyapti hozir.
Buni kutmagandim. Bunchalik tez erga tegadi deb o’ylamagandim ham. Hali yosh edi. Kimga tegvotgan ekana. Tel qigalarim kelib ketdi birinchi martamasu har holda anchadan beri endi. Tel qiganimda onasimas o’zi olsa yahshi bo’lardide.
Sog' salomatlik...
|
|
| |
Giyos | Сана: Душанба, 06-Июн-2011, 02:48 | Изох # 15 |
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 1130
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 59
Холати: Хозир йўқ
| 14 qism
Oxiri to’yi bo’votganidan bir hursand bo’lib, bir hafa bo’lib, bir g’alati bo’lib, oxiri onasini teliga tel qildim. Onasiga salom berib so’ramasa ham Lobarni kursdoshi edim deb uni chaqirib berishini so’radim. U hozir deb chaqirib berdi. - Assalomu alekum G’oppor aka. - Salom. Qalesiz. - Yahshi. - To’y boshlab yuboribsizde? - Ha. Dugonamdan iltimos qiludim sizga etishini. - Kim ekan ushal baxtli inson. Sizni vaslingizga erishgan. - Tanimaysiz. - Tanishtiringda. - Hop. U shu yerda ishlaydi. Sizlarni kompaniyangizda. Siz ishlagan bo’limni bizda joylashganida. - Ho’. Zo’ru. - Qattan tanishdiz. - Tanishmadim. U meni ko’rib qolibdi. Keyin sovchi yubordi. - Qatdan ekan? - Vodiydan. - Buncha uzoq.... - Bilmasam. - Sizga yoqtimi? - Ha. Bo’lmasa rozi bo’lmasdim. - Rostanam yoqtimi? - Ha dedimku! - Ismlari nima ekan. - Ismlari Sobirjon! - “Jon”iga nima bor. - Chiroyli qilib turadide. - Ha shunga aqlim yetmabdiya. - Yana ustimdan kulishni boshladizmi? - Telefonni boshizga qo’ying ustizdan kulaman. - Qo’ydim - Ha ha ha ha - Hazillashasiza baribiram. Hich sizni hafa holda ko’rmaganman. - Shunaqa tuyulsa kerakde sizga. - Siz baribiram boshqachasiz. - Masalan qanaqaman. - Hich hafa bo’misiz. Hafa qilmaysiz. Yana ishqilib yahshisiz. - Bilmadim nega bunaqa ekanman. Gapni chalg’itmang. To’y qachon? - 3 kunda keyin. - Buncha tez. - Tez emas. Siz endi eshitdingizda. - Ha dugonez endi etdide. - Hm. U sizni raqamizni mendan so’radide. Baribir erga tegayapsanku didi. Siz bilangaplashganimni oldin ko’rardi, ko’pincha yonimda turardi. Keyin berdim. Baribir foydasi bo’lmadi. - To’y qatta bo’voti shunaqa qilib. - Birinchi bu yerda, keyin vodiyga ketamiz. Toshkentdan o’tamiz. - Yahshi. Man chiqishim shartmasdira. - Nimaga? To’yimga bormaysizmi? - Borardim. Vaqtim yo’qda. (o’zi vaqtim bor) - Ha. Mayli yana gin qilib yurmangda. To’yga etmadingiz dib. - Yo’g’e etmiman. Bilasku mani - Bilganim uchun aytyapmanda. - ))). - Kulavering. - ))) - Bo’ldide endi. - Hop. Nima ham derdik. Baxtli bo’ling. Qo’sha qo’sha farzandlar onasi bo’ling. Eringizni etganini doimo qilib yuradigan oqila ayol bo’ling. Hech qachon baht sizni tark etmasin. Man tel qiganimda man baxtliman disez man hursandman. - Rahmat. - Nechta bolali bo’ishni hohlardiz. - 2 ta yoki 3 ta - Birinchisi o’g’il yoki qiz. O’g’il bo’lsa ismini nima qo’yasiz. Qiz bo’lsachi? - Qiz bo’lsa Nigora. A o’g’il bo’lsa, hmmmmm G’oppor. Sizni ismizni qo’yaman. - Rostan. Ko’ramiz. Mayli unda. - Hop. Sog’ bo’ling. Tel qilib turing. Do’stlarni unutmayman digan gapiz hali ham bora. - Albatta. Man hech qachon unutmayman. - Ko’ramizade. To’yimga ilojini qilsangiz boring. - Hop. Mayli ko’ramiz. (Telni qo;yib qo’ydim)
Nahotki erga teyvoti. Ishongim hali ham kemiydi. Ishondim. Baxtli bo’lsin. Baribir man uylanmasdim. Baribir turmushga chiqishi kerakku. Endi nima qilamiza? Ishlimiz. Hayot hali oldinda....
Sog' salomatlik...
|
|
| |
Giyos | Сана: Душанба, 06-Июн-2011, 02:48 | Изох # 16 |
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 1130
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 59
Холати: Хозир йўқ
| 15 qism
Bugun dam olish kuni. Uydaman hozir. Shu ko’p zerikamande uyda. Yoshligimda zerikganimda asosan ko’chada o’ynardim.Keyin Sayida opanikiga chiqardim. U paytda ular juda qiynalardilar. Erlari chet elga ishlayman deb ketgandi. 2 bolalari bor. Bir qiz va o’g’il. Keyin qaynonalari bor uyda, ruhiy betob bo’lib qolganlar o’g’illari bir yilga deb ketib qaytib kelmadi.man ularnikiga chiqib yurganimda 3 yil bo’lgandi erlari kelmaganiga. Hozir 6 yil. Ularni uylariga kirishimga sabab bolalari edi. Sayida opa erlaridan hech qanday yordam kelmay qo’yganch uyda tikish ishlarini qilardilar. Usta tikuvchi edilar. Ushanda ish bilan bo'lib qizlarini qarovsiz qoldirgandilar. Mashina urib yuborishiga sal qoludi. Man olib qoldim yo’ldan. Keyin uylariga olib kirdim. Ushanda birinchi marotaba ularni yuzlarini yaqindan ko’rdim. Ko’zlari juda ham mayus edi. Lekin hammon chiroyli. Uzoqdan ko’rganimda qachon ko’zlarini yaqindan ko’rish nasib qilar ekan dib o’ylardim. Ular indamasdan qizlarini qo’limdan oldilar. Qizlari 4 yoshda edi. Biram shirin shiringina chuchuk tili bilan gapirib qo’yardi: “Rahmat akjon” diyrdi. Ko’nglim erib ketdi. Keyin hovlilariga qaradim. Erkak yo’qligi bilardi. Darahtlat butasi o’sib ketgandi. Yerlar chopilmagan. Umuman erkak qiladigan ishlar qilinmagan edi. Lekin hovli toza edi. Sayida opa qizlari Nafisani uyga o’tqazib, o’zlari qaynonalari Hamida xolani sochlarini yuvardilar. Yaqiin bordim. Hamida xola manga qaradilar. Uzoq tikilib turib tosatdan manga qarab, turib tashlanib qoldilar va quchoqlab oldilar: “O’g’lim Murodjon keldingmi? Bolam sani yo’linga ko’z tikib ko’zlarimda nur qolmadku bolaginam. Nega buncha hayalading. Shunchalar ham sog’intirasanmi a? Nega mani quchoqlamayapsan? Sog’inmadingmi? Onangni sog’inmabsana? Shunga kelaman deb aldab kelmadingmi?” der edilar. Man nima qilishni bilmasdim. Sayida opaga qaradim. Ular boshlari bilan “ha” ishorasini qildilar. Man Hamida xolaga qarab keldim onajon, keldim. Mani kechiring. Ushlanib qoldim didim. Ular “o’g’lim qaysi ona og’lidan hafa bo’ladi” dib mani uyaga kirg’azdilar. Sayida opaga qarab “Kelin eringizga choy, ovqat olib keling. Bolam bechora uzoqdan kevoti. Yo’l charchatgan” didilar. Sayida opaga qaradim. Ko’zlaridan yosh miltirardi. Lekin yuzlarida mayin tabassum bor edi. Hop oyijon dib tashqariga chiqib ketdilar. Hamida xola boshlaridagi sochiq bilan sochlarini quritib o’tirib bir gapni qaytarardilar: “Yahshi keldingmi, nega buncha kech qolding?” Yana yarim daqiqa o’tmasdan shu gapni takrorlardilar. Beixtiyor ularga achinganimdan ko’zimdan yosh oqa boshladi. Ularga bildirmaslik uchun artib oldim. Hamida xola: “Kelin buncha choy olib kelishi qiyin bo’ldi? Hozir borib o’zim olib kelaman sanga o’g’lim” dib xontahtani ushlab o’rnilaridan turmoqchi bo’ldilar. Man ulardan birinchi turib onajon siz dam oling man o’zim hozir olib kelaman didim. Ular O’g’lim sen uzoqdan kelding. O’zim olib kelaman derdilar. Man qaysarlik qilib chiqib ketdim Oshxonaga bordim. Sayida opa yig’lab o’tiribdilar. Manga qarab: - G’opporjon ukam sani ham qiynab qo’ydimmi a? (ismimni bilarkanlar) - Yo’q.nega unaqa dvosiz. - Qaynonam Endigina chin dildan gapirdilar. Oldin bunchalik gapirmasdilar. Ushanga yana siqilmasinlar dib indamang didim. - Hech qisi yoo’q Sayida opa. Man qiynalmadim. Sizlarga yordam bersam hursand bo’laman faqat. - Rahmat sanga. Bu yahshiligini hech qachon unitmayman. (yana yig’lab yubordilar) - Nega yig’laysiz. Bo’ldide endi. - Erim ko’z oldimga keladi. Onam bu ahvolda..... (ho’rsinib,ko’zlaridagi yoshlarini artib). Charchadim. Hayotdan charchadim. Hamma hammasidan charchadim (yana yig’ladilar) - Mayli opa siqilmang. Man bormanku, man yordam beraman. (beixtiyor etvordim, ko’z yoshlarga chiday olmaymande.) - Rahmat. Rahmat. Yahshiligini yahshi kunlaringda qaytaray. - Yuring Halima hola kutvotila. Choy bo’lib ketimi dib. - (Ko’z yoshlarini artib). Uzr, hayolga beriib esimdan chiqibdi. Yur ketdik.
Halima hola endi chiqmoqchi bo’lib turgan ekanlar. Yana qaytib o’tirdilar. Man ularni chap taraflariga, Sayida opa o’ng taraflariga o’tirib choy quyib birnichi ularga, keyin manga oddiygina qilib uzatvotganlarida Halima holani Kelin eriga ham shunaqa qilib uzatadimi digan gaplari uzib oldi. Sayida opa bir seskandilar. Keyin turib muolizamat bilan, choyni qo’l uchlariga olib, bir qo’llari bilan yoqalarini ko’kraklariga bosib turib, (ko’zlarim ko’kraklariga tushib ketdi, o’zimdan uyalib ko’zlarimni olib qochdim) choy iching dib uzatdilar. Halima hola manga qarab: Namuncha xotiningdan uyalmasang didilar. (manga qarab turgan ekanlar). Keyin Sayida opaga qarab erini yoniga o’tir qizim. Axir 3 yildan beri sog’ingansan didilar. Sayida opa be e’tiroz ularni raylarini qaytarmay yonimga o’tirdilar. Man Halima holani oldilariga qarab surildim. Halima hola yelkamga turtib: 3 yil xotiningni ko’rmaganinga uyaladigan bo’lib qoldingmi didilar. Sayida opa turtib qo’ydilar mani. Man keyin ularni yonlariga surildim. Oyoqlarim oyoqlariga tegib turardi. Ulardan bir o’zgacha energiya chiqardi. Manni hayajon qamrab ola boshladi. Yurakgimga alaqanday his bezovtalik bera boshladi. Yana beixtiyor Halima xola tomon suridim. Endi boshimga urdilar va: san sog’inbmagan bo’lsang xoting sani sog’ingan. 3 yil sani tunlari yig’lab kutdi. Hurmat shumi dedilar. Man yana Sayida opa tomon surildim. Yana qalblar birlashdi. Bu manga rohat olib kela boshladi endi. Yana yaqinroq surildim. Halima hola kulib piyoladagi choydan ichdilar. Ko’z qirim bilan Sayida opaga qaradim. (Ular Mandan 4 yosh katta edilar). Uyalib yerga qarab o’tirardilar. Halima hola Mandan qanaqa ishlab keganimni so’radilar. Man o’z rtagimni aytib berdim. Ishonarli tarzda. Keyin Halima holani yana shumligi tutdi. Endi xonanga kirib dam ola qol. Charchagansan. Man hursand bo’lib hop didim. Sayida opaga oyoqlarim, badanim tegib turgandan siqilib ketudiim. Ahir nomahram manga. Turib xonani qiidra boshladim. Sayida opa darov tushunib, manga xonani eshigini ochib berdilar.man ichkariga yotoqxonaga kirib ketdim (rosa hijolat bo’voman o’ziyam.). Halima hola dasturxon yig’ishtirayotgan Sayida opaga qarab: Kelin bor sanam kir. 3 yildan beri ko’rmading eringni. U ham Xotinsiz yashadi. Bir biri sog’ingansanlar. Kir ichkariga. Eringni ko’ngliga qara. Dasturxonni o’zim yig’ishtirib qo’yaman dib etdilar. Man eshikni orqasida eshitib turib shokka tushdim.
Sog' salomatlik...
|
|
| |
Giyos | Сана: Душанба, 06-Июн-2011, 02:48 | Изох # 17 |
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 1130
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 59
Холати: Хозир йўқ
| 16 qism
Halima holadan bunday gapni kutmagandim. Tashqarida Sayida opaning bolalarga qarashim kerak degan bahonalari eshitildi. Halima hola unga ham qarayman dib etdilar. Nailoj Sayida opa yotoqxonaga kirdilar. Kirganlarida man bir ahvolda tariflab bo’lmaydigan ahvolda edim. Kallamda hech qanday o’y hayol yo’q edi. Manga qarab kechirim so’radilar: - G’oppor mani kechir. Sani ham qiyin ahvolga solib qo’ydim. Bunaqa bo’lishini kutmagandim. Oyijonim hursandliglarini ko’rib sanga Murodjonakam bo’lib tur deya qoludim. Bunaqa bo’lishini hayolimga ham keltirmagandim. Uzr. San oldingda hijolat bo’ldim. - (Indamadim, nima deyishni ham bilmasdim.) - Hozir ozgina o’tirib chiqib ketamiz. - Man derazadan chiqib ketaman. Siz bilan bitta xonada tura olmayman. Halima hola bilmay qoladilar. - Ketganingdan keyin sani so’rab qolsalarchi? - (Javob bermay chiqib derazadan sakrab chiqib ketdim)
Darvozadan chiqvotganimda Halima xola Murodjon qatga ketvosan didlar. Man hozir kelaman dib chiqib ketdim. Uyga borib rosa o’yladim. Halima hola ko’z oldimga kelib ketdilar. Sayida opa ham. Keyin bir kunda bir marta ularnikiga boradigan bo’ldim. Halima holaga ishga ketayapman dib chiqib ketardim. Kechki payt birovga kirardim. Ancha hursand bo’lib qoldilar. Ranglariga rang kirib, ancha tetik bo’lib qoldilar. Sayida opa esa, Sayida opa bir tomondan hursand bo’lsa ikkinchi tomondan o’sha dard yana kemirardi. Murod aka 1 yilda kelaman dib ketgandilar. Keyin bir marta telefon qilib 1 haftada boraman dib kelmadilar. Mana shunga 2 bo’libdi. Hozir 5 yil. Sayida har hil hayyolarga bormadilar. Qidirmagan joylari qolmadi. Birga ishlagani ketganlari kelishdi, lekin ular yo’q. So’raganda bizdan oldin chiqib ketgandi diyishadi. Boshqa javob yo’q. Sayida opa baribir kutadilar, tunu – tong. Har kun, har soat kutvotilar. Eshik tiq qilsa yugurib chiqadilar. Telefon jirnglamasidan oladilar. Lekin bu Murod aka bo’lmaydi. Yangi kelin bo’lib kelganlarida boshqachacha edilar, hozir siqilaverganlaridan ozib ketganlar. Har kuni yig’laydilar. Ovozlari chiqmasa ham qalbdan yig’laydilar. (Murod aka haqida ular aniq biladilarmi yo’qmi bilmayman. Man eshitish bo’yicha ular kevotgan avtobus yo’lda avtohalokatga uchragan hamma yo’lovchilar o’lgan diyishadi. Murod aka ham shu avtobusda bo’lgan degan tahminlar bor, mahhaladagi g’iybatchi hotinlarni chiqarganmi, tarqatganmi gapiga ko’ra. Manimcha Sayida opa buni biladilar, lekin ishonmaydilar. Baribir kutadilar). Sayida opani ahshiyam qo’llarida guldak hunarlari bor ekan. Har holda kunlari o’tib turibdi. Man ularni Sayida kenayi emas opa deyman, chunki shu paytgacha yaqin bo’lib ketganlar. O’z opamdek bo’lib qolganlar. Bir kun ishdan kech kelib Sayida opanikiga chiqa olmadim. U paytda hali safarga ketmagandim. Endigina ularnikiga chiqib “Murod jon” bo’lib yurgan paytlarim edi. Halima holaga kelaman dib va’da berib qo’ygandim. Kech bo’lsa ham chiqdim. Halima hola uhlavotganakanlar. Qo’limdagi nonni xontahta ustiga qo’ydim. Keyin xontahta yoniga o’tirdim. Ichkarida Sayida opani alla etvotgan ovozlari eshitildi. Kuchli dard bilan etilardi. Qulog’imga eshitilganini etaman xona uzoqroqda bo’gani uchun yahshi eshitilmadi: Alla bolajonim alla Uhlagino bolam alla Mehribonim uhla alla Shirintoyim alla ...... ...... ...... Otang kelsin alla Seni ko’rsin alla U ham etsin alla Uhlagino alla ....... ...... ....... Qiynamang meni alla Kelsangizchi alla Sog’indim sizni alla Kutmoqdaman alla ...... ......... .........
Keyin yig’lagan ovozlari eshitildi. Ho’ngrab yig’ladilar. Orqasidan bolani uyg’onib ketib yig’lagani. Sayida opa yana alla etdilar. Ovozlari pastligi uchun eshitilmadi. Faqat alla so’zi eshitildi halos. Man o’tiribman bu yerda. Begona joy, begona hovli, begona odamlar. Nimaga bu yerda yurganimni o’zim ham tushunmas edim. Shu yerni nimasidir tortar edide. Bilmayman. Uyimdagilar ham bilishmaydi nimaga bu yerda yurganimni. Javobim esa ular Halima holaga yordam bervomman. Uydagilar mani tushunishadi. Bitta muamo man o’zim tushunmasdim. Mani nima bog’lab turganini. Sayida opa chiqib keldilar. Ko’zlari qizargan. Ro’mollarini boshqatdan yechib bog’ladilar. (Sochlari uzun ekan. Oldin hech ko’rmagandim bunaqa uzun soch. Tim qora misli sharsharedek. Yig’ib o’rab oldilar. Keyin romol o’radilar). Man bilan salomlashib tog’rimga o’tirdialar. Ustiga sochiq yopilgan choynakni ushlab ko’rib, hozir sanga issiq choy olib kelaman didilar. Man kerakmas uyga ketaman didim. Ular ozgina gaplshib o’tiraylik siqilib ketdim dedilar. Uyqum kelib turgan bo’lsa ham ular hafa bo’masinlar dib rozi bo’ldim. Yarim soatcha gaplashib o’tirdik. Suhbatimiz asosan Murod aka haqida bo’ldi. Ular faqat gapirdilar man eshitib o’tirdim. Qanaqa qib tanishganlaridan boshlab to hozirgi kungacha bo’lgan vaqtlarni etib berdilar. Man uyqum kelib zo’rg’a eshitardim.
Sog' salomatlik...
|
|
| |
Giyos | Сана: Душанба, 06-Июн-2011, 02:49 | Изох # 18 |
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 1130
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 59
Холати: Хозир йўқ
| 17 qism
Keyin uhlab qolibman. 2 soatdan keyin tursam hamma yoq qop qorong’i. Ichkarida Sayida opamni Murod akani eslab yig’lavotganlari eshitildi. Keyin uyga chiqib ketdim. Uyda onam kutib o’tirgan ekanlar. Salom berib xonamga qaytib chiqib ketvotgandim. To’xta dedilar. Man ha degande qaradim. Ular: - Qayerda eding - Halima holanikida - Halima holanikimi, yoki Sayida nikimi - Ikkalasi ham bir uyda turadiku. - Man sandan so’radim qaysi birinikida. - Ikkalovligi ham bir uyda yashashadiku. Qanaqa qib bittasinikida bo’lishim mumkin. - Bilaman nega kech qaytvossan? - Uhlab qolibman. - Qatta? - Ayvonligida. - Mahalladigalar nima deb o’ylashini bilasanmi o’zi? - Yo’q. Mani ularni fikri qiziqtirmidi. Man Halima holaga yordam bervomman. Mani shu narsa hursand qiladi. Boshqa hech narsamas. Hayrli tun, yahshi yotib turing. Onam hay haylagancha qoldilar. Man xonamga chiqib ketdim. Yana chiqib yurvurdim. Kunim ushatda o’ta boshladi. Uy ishlariga qarashardim. Yer chopish, darxtlarga qarash. Umuman hamma erkak qiladigan ishlar. Kunlar o’tib man 1 yilga cho’lga ishga ketdim. Kelgandan keyin ham chiqa boshladim. Halima hola ko’rib hursand bo’lib ketdilar. Yana oldingi qiliqlarini boshladilar. Man hozir kelaman dib qochib ketdim. Keyin kechki payt birrov ko’rindim. Halima hola Murodjon o’g’limlab 1 yil etmagan gaplarini hammasi etib chiqdilar. Ichlari rosa gapga to’lgan ekan. Keyin uyga kirib ketdilar. Man Sayida opam bilan yolg’iz qoldik. Bolalar alaqachon uhlashgan edi. Ular menga qarab ancha katta yigit bo’lib qolibsan didilar. Man: - 1 yilda odam o’zgaradide endi - Ancha o’zgargansan. Soqol mo’yloving ham qalinlashib qolibdi. (Shu ko’rinishim Murod akaga o’xshabro ketardi. Endi ahamiyat beribman. Halima hola ham oldin Murod akani yoshliklarini ko’rgandak bo’lganlarda manimcha. Sayida opa ham oldingidan ancha o’zgarganlar yani oldingi homushliklari kamaygan, balki ko’nikgandirlar) - (iyagimni silab) Hali soqol olishga vaqtim bo’lmadi. - Ertalab ishga ketvotganinda olarsan - Aha shunaqa qilaman. - Nima gaplar endi. Bir yil nimalar qilding. - Nimayam qilardim. Shu ishlar. Keyin telefon oldim. Ha bir Lobar digan qiz bilan tanishdim. O’zini lekin ko’rmaganman. (eshitib yuzlari sal g’amgin bo’ldi) - Ko’rmasdan qanaqib tanishding. - Telefon orqali. Lekin man u bilan vaqt o’tkazgani gaplashdim. Rosa ko’p savol berardi. Karochi zeriktirmasdi. Manam zeriktirmasdim. Ishqilib manga o’rganib qoldi. - Ha. Qizlarni tez o’rgatib olasan. - Bilasku. Kelib qolgan qushchani uchirib yubormayman. O’zi uchib ketmaguncha. - Faqat qiynamaginde unaqa (ho’rsindilar) - Qo’ying ushani. O’zizda nima gap. - Manda hich gap. O’zing ko’rib turibsan. - Ha ko’rdim. Hovliga hech kim qaramabdi. Ozgina u yo bu yoqni kavlabsiz (chopgansiz) ))))) - Ha kulvur. O’zing kiyim tika olasanmi. Ma igna olib tikchi. - Qo’yinge. Mayli man ertaga chiqaman. Hovlini boshqatdan chopaman. Siz qarashib yuborasiz albatta. Hopmi? - Nega qarashmasakanman. - Bilamadimmmmm!~ Man uyga chiqib ketdim. Ertasi kuni uydan eng yahshi ko’rgan lapatka va ketmon (Qulpinaychi Hamid akaniki) ni olib keldim . ishni birinchi supurishdan boshladik. Halima hola Murodjonlab bir maqtab yana uyga kirib ketdilar. Sayida opa tezlik bilan supurar edilar. Man ortlaridan yer chopishni boshlab yubordim. Sayida opani oldin bunchalik hursand ko’rmagandim (Murod aka ketgandan keyin). Yana ham chiroyli bo’lib ketarkanlar, yuzlarida tabbasum bo’lsa. Ular supurib bo’lib manga sovuq choy olib keldilar. Keyin kulishib choy ichib o’tirdik. Halima hola chiqib bir birini sog’ibsanlarda didilar va yana kirib ketdilar. Hovlini chopib bo’lib keyin uyga ketish uchun ko’chaga chiqdim. Chiqsam ko’chada butun olam tashvishlarini hal qiladigan mahalani 6 ta g’iybatchi xotinlari turardi. Sharta manga qarab jim qolshdi. Man salom berib sekin uyga qarab ketdim. Orqamdan gplarni olishdi endi. Tishimni tishimga qo’yib jim ketdim. Eshitganlarim. G’opporam eri o’ldi endi kemidi dib bechora kampirni kasaligida foydalanib, Sayidani boshini aylantirib oldi. Boshqasi: Unaqamas Sayida G’opporni boshini aylantirgan har holda ersiz qiynalib qolgande (joyimda to’xtab bir so’kmoqchi bo’ldim. Keyin shaytonga hay berib yana ketdim). Yugurdim. Yugurdim. Uyga borib. Ertasi kuni ishga ketdim. Kelib yana Sayida opanikiga chiqdim. Yana chug’urlashib kulishib o’tirdik bu safar Halima xola ham bizlar bilan kulishib o’tirdilar. Endi ularnikidan chiqib ketvotganimda kulib hayrlashardim. G’iybatchi hotinlar nishonidan bu ko’rinishim ham chetda qolmasdi. (G’iybatchilarni o’rtasiga atom bomba tashasa bomba portlamasdan qochib ketadi uyalganidan, yoki nafratlanganidan.) yana yangi gaplaridan eshitardim. Ularni gaplaridan eshitganim: Oxirgi paytda G’oppor serqatnov bo’lib qoldi. Yana boshqa erkaklar ham ko’p keladigan bo’voti. Sayida mahallani buzvoti. Ustidan yozish kerak uni..... (Jahllarim chiqib ketdi. Orqaga qaytib ichimdagi barcha “chiroyli” gaplarni yuzlariga aytdim. Qanaqasiga didim. Ahir tikuvchi bo’lsalar. Kiyim tiktirishga kelganlarni ham sizlar buzuqga chiqrasizlar. Sizlarni yomon ko’raman. Hayoliz buzuq sizlarmi. Alam qivotide sizga a . u ishlavoti. Puli bor. Siz ham ishklang undan ko’ra. Erizga achinsez bo’lardi. 4 yil oldin ogan shimi bilan ko’ylaklarini hali ham kiyadilar siz haftasiga yangi ko’ylak kiyasiz. Uyat emasmi. Man sizlardan uzr so’rayman. Yoshilarni hurmat qimasdan qattiq gapirdim, lekin bunga o’ziz majbur qildiz.) Shu zaylda kunlar o’tdi. Lobar bilan o’yinim alaqachon boshlangandi bu paytlar. Sayida opa bundan behabarlar. Chunki telefonimni bermasdim ularga. Bir kun kechroq keldim. Sayida opanikida bir notanish erkakni ovozi va Sayida opani yordam so’rab baqirganlari eshitildi.
Sog' salomatlik...
|
|
| |
Giyos | Сана: Душанба, 06-Июн-2011, 02:49 | Изох # 19 |
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 1130
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 59
Холати: Хозир йўқ
| 18 qism
Boshida hayron bo’ldim. Keyin yugurdim. Eshikni zarb bilan ochib kirdim. Hovlida hech kim yo’q. Ovoz uydan kevoti. Yugirib kirdim. Bitta mast kishi baquvat, katta, manga ikkita keladi. Sayida opani qo’lllaridan ushlab olganlar.Hovliga qaytib chiqdim. (Qo’rqanim yo’q). Oshxonadan boltani oldim. Yugurib yuga yana kirdim. Bu payt u Sayida opani yerga yotqizib olgandi. Sayida opa mandan yordam beishimni so’rab baqirardilar. Baltani orqasi bilan boshiga golf koptogidek bitta urdim. Tegmay qoldi (boshini olib qochdi). Yana bitta papitka qildim bu safar boshiga emas. Ko’kragiga urib qo’ya qoldim. Har holda qocha olmadi. Yana ikkita udar oxirida beldan. Nakaut. Goppor pobidil. (O’zimni o’zim hursand qildim). “To’nkani” Sayida opani ustilaridan olib yerga chalqancha yotqizdim. Negadir balta ko’tarib keganimda qarshilik ham qilomadi (maqsadi boshqa edide, keyin mani padarka dib o’yladimi). Atak yerda yotibdide voh vohe qib lazgi etib. Sayida opa suv ichib o’zlariga keldilar. (Halima hola qatta ekanliklarini bilmadim). Keyin mesh qorinni yuziga suv sepib bir ammalab o’ziga keltirdim. Alahsirab bir nimalar didi. (Og’zidan spirt aralash sigara hidi keganida, teskari qayrilib oludim, nima diganini yahhsi eshitmadim). Keyin eshikkacha suyam olib chiqib qo’ydim. Zo’rg’a yurardi. O’zimga afsuslanib ketdim. Bitta bolta bilan urib turamidigan qiganimga. Yoki u “shkop“ baquvvat. Ketdi devorga suyanib. Mani orqamdan so’kiblar qoldi. Parvo ham qilmadim. Ichariga kirib Sayida opadan hol ahvol so’radim. Ular uzr so’rab nima bo’ganini etib berdilar. U kiyim tiktirgani kegan ekan. Bugun bitgan ekan. Kech bo’ganda eshikni ochmaganlarida u zaril edi, ertaga kiymoqchiman dibdi. Keyin nailoj uyga kirg’azibdilar, Keyin unu nafsi qo’zg’ib ....... karochi shunaqa qilibdi. Man kamaganimda nima bo’lardi? Lekin keldim. Demak bu savolga o’rin yo’q. Sayida opa ancha vaqt yig’lab o’tirdilar. Shu payt qattandir Halima hola keldilar qo’llarida tuguncha bor edi. Ichida manimcha non bor. Stol ustga qo’yib nega yana yig’layssan ering mana oldinda o’tiribdiku didlar keyin manga qarab, Muroddd yana hafa qildingmi? Dib baqirib qoldilar. Man sekingina yerga qaradim. Nima bo’ganini etish shartmasdide ularga. Bir soat nimalardir didilar. To’g’risi hayolim boshqa yoqda edi. Anu to’nkani ertaga topib yana gaplashish edi hayolimda. Halima hola oxiri bir piola sovuq choyni ustolni ustidan olib ishdilarde keyin honalariga kirib ketdilar. Sayida opa manga qarab bu sir bo’lib qosin didilar. Uyga chiqdim. Yuvingani vanaga kirdim (anu hom semizni hidi o’’rnashib qobdi). Oynaga qaradim. Bilmadim qachonn shilgan yuzimda tirnalgan izlari bor ekan. Yuvib artdim. Baribir izi qoldi. Onam alaqachon uhlaganlar ekan. Sekin joyimga kirib uhladim. Ertalab ko’chaga yugurgani chiqdim. Ko’chada ertalabdan mahalani palajenslari turganakan. G’iybat avjida. Salom berib o’tib ketdim. Orqamdan bir nimalar dib qolishdi. O’zi anchadan beri yugurmayotganimga sal charchab qoldim. Uyga qaytishimda yo’lda Dilshot turgan ekan. G’iybatchi komandada uni onasi ham bor edi. Onasi uni olddan ketdi. Boshqa xotinlar uje ketib bo’lishgan ekan. Dilshodni birinchi savoli bunday bo’ldi.San kecha Sayida opangni zo’rlabsan. Hamma eshitibdi. Sani ovozing kevotganakan. Yana kimdir ajratgani keligan ekan uni urib haydavoribsan. Yuzingadagi shilingan bunga isbot. Man sandan bunaqa qilishingni kutmaganim. Sayida opa manga ham yoqadi, lekin Eri o’likmi yoki trik hali aniq emas. Biz ham qisib chidab yuribmizku? Sandan bunaqa qilishingni kutmagandim. Endi javob bermoqchidim orqamdan militsiya mashinasi kelib to’xtadi. Ichidan 4 ta formadagi odam tushib aybim bilan tanishtirishdi. Qo’limga narushnik taqib NEXIA ichiga tiqib olib ketishdi. Dilshod nima qilishini bilmay hayron ham qoldi. Qo’lidan nima ham kelardi. Orqadan Semiz amaqi ham mashinda kelardilar. Mani ROVDga olib borishdi. Aybim nimaligi ham bilardim.
Sog' salomatlik...
|
|
| |
Giyos | Сана: Душанба, 06-Июн-2011, 02:49 | Изох # 20 |
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 1130
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 59
Холати: Хозир йўқ
| 19 qism
O’tiribman. Kichik darchadan yorug’lik tushib turibdi. Nima qilishni ham bilmayman. Faqat o’ylayman. Nimani o’ylashni ham bilmaylar qolaman bazida. Kulgim ham qistaydi mahalladagilarni qilig’iga. O’zini mahallang shunday qilib tursa. Bu yoqdiglarni nima diyishi sanga baribir emasmi? Bir paytlar eshitgan ashulam esimga tushib ketdi.
Do’stlarim man kuylayman sizlarga O’sha yahshi yomon bolalarga Ox oyijon o’g’lini mushtoq kutgan onalarga O’sha men bilan yurgan qizlarga Ox oyijon o’glini mushtoq kutgan onalarga
Yoshlik paytim o’ynab kulib yurardim Qizlar bilan ko’chalarni kezardim Ox oyajon har biri bilan sevishardim Podezdlar tagida yotadim Ox oyajon har biri bilan sevishardim
Do’stlarimdan kimdir mani sotibdi Uyimga kelib meni olib ketishdi Ox onajon do’stlarim dushmanlik qilishdi Endi meni qamshadi, qiynashadi Ox onajon do’stlarim dushmanlik qilishdi
Yotar joyim to’rt tomoni devordan Devor emas qalin qalin betondan Ox onajon ovqatidan doim og’rir oshqazon Ne kunlar keldi menga tushunmayman hamon Ox onajon .....
Eshik ochilib meni tashqarida kutishayotganini etishdi. Hech narsa bo’magande tashqariga chiqdim. Tashqarida Anvar aka turardilar. Ular bilan ko’rishdim. Huddi aybdordek boshimni pastga egib turardim. Ular manga qarab: - nega boshingni egasan. Man hammasini bilaman. Sani o’rningda bo’lganimda mn ham shunaqa qilgan bo’lardim. Sayidaga man doyim moddiy yordam qilib turaman. Halima hola ham man keasm hursand bo’lib kutib oladilar. Lekin sanga o’xshash saotlab qolmayman. Eshikdan kiraman qaytib chiqaman. Birov ko’radi yoki ko’rmaydi. O’ng qo’lim qilgan yahshilikni chap qo’lim bilmasin qablida ish qilaman. Endi sanga etvomman. Bilaman sanda ayb yo’q. Sayida ham kelaman dib etudi. San qovur. O’zim hal qilib kelaman didim. - Anvaraka man faqat Sayida opani himoya qildim. Mahalladagi g’iybatchilar man usha kuni Sayida opani zo’rlagansan dib tiqishtirishvoti. Shunaqangi ko’zimga yoqmiy ketishvoti. - Ukam san qo’rqma. Ularni ham hal qildim. Endi indashmaydi. - Rahmat. Lekin man “Semiz qorinni” urganman. - Bitta problemen shude sani. Man 30 minutda advokatimni olib kelaman. San qo’rqmagin. Esli man sani olib chiqib ketaman. - Rahmat Anvaraka. Man sizni kutaman.
Anvar aka ketdilar. Mani xonadan olib chiqib ketishayotganda “mesh qorinni” ko’rib qoldim. Yonimdagi xodimga bir daqiqa dib iltimos qildim. (Kallamga kegan fikrni juda tez qimasam bo’masdi). Mesh qorini oldiga borib unga pichirlab : - Oka bilasizmi? Man sizni dib shu yerda o’tiribman, Prosta man bir o’zim zerikvomande. Siz bilan o’tirgim kevoti? - Nimalar divosan. Qo’rqitmoqchimisan. - Qo’rqitmiyapman. To’g’risini etvomman. Xozir mani oldimga kegan odamni ko’rdizmi? U Sayida ni radnoy akasi. Tug’ishgan akasi. Hozir mani oldimga kelib nima bo’ganini bilib ketdi. Sayida ni oldiga borib uni olib keladi bu yoqga. Sizni bu yerdan chiqarmaslkini bo’tdigilaga etib ketdi. Sayida keladi, sizni ustizdan mani zo’rlmoqchi bo’ldi dib yozadi. Bilaman uni badanida ham qo’larizni izi qolgan (mesh qorin qo’liga qarab qo’ydi.). Ekspertiza qilishadi, Tak chto birga o’tiramiz. Siz mandan ko’pro, boshqa yoqda o’tiras. Siz o’tiradigan joyda nima qilishlarini bilasmi? Sizni huddi o;ziz nima qigan bo’sez ushanaqa qilishadi. - ...... - Keyin mahallada ham oilangizni obro’si bir tiyin bo’ladi. Xotiniz, bolalariz bosh ko’tara olishmaydi. Balki siz bu yerdaligizda xotinizga kimdir siz qigan ishni qilar. - ..... - Xozir 20 minutda kelib qolishadi. - ...... - Xoxlasez bitta yo’li bor. - ...... - Qanaqa, qanaqa et ukam qilaman, qancha pul kerak bo’lsa berman, faqat mani ustimdan yozmasin. Jon ukajon et. O’tinaman (oyog’imni quchoqlab oldi iflos) - Manni utimdan yozgan arizangizni qaytarib olasiz. Man Sayidaga yozmang dib etaman. - Bo’ldi ukajon, hozir borib qaytarib olaman. - 15 da kelishadi. Keguncha ulgurolsez ulgurdiz. Bo’masa pozdno. - Bo’ldi hozir ukam, mana man ketdim.
Ichimda rosa kuldim. Shunaqa ham laqma bo’ladimi dib. Sayida opa gap so’z bo’lmaslik ushun yozmasdilar. Man unga shunchaki pushkaga olib etudim. Kallaga yahshi fikrlar ham kelib turadide bazi paytlar...... Semiz va’dasini ustidan chiqib qanaqadir qilib arizasini olib chiqdi. Mani qo’yvorishdi. Man ozodman. Anvar aka keldilar. Yonlarida bir kishi bilan. U bilan salomlashdim. Anvarakaga nima qiganimni etib berdim. Ular rosa kuldilar, keyin boblabsan didilar. Advokat ham hursand bo’lib ishi ko’pligini etib ketdi. Anvarakani moshinasida uyga qaytdim. Mahaladagi hotinlar ola ko’z bo’lib qarab kutib oldilar. Dilshod ham qarab turibdi. Basharasiga qarab xizalak dib baqirgim keldiyu. O’zimni bosdim. Anavaraka uyimni oldida qoldirib, o’zlarini uylariga kirib ketdilar. Man o’zimni uyimga kirdim. Hich nima bo’magande ishga ketdim. Kunlarrrr o’tdiiii, bu voqealar ham unut bo’la boshladi. Qisqasi 6 oylar o’tdi. Man usha usha Sayida opanikiga serqatnovman hali ham. Bitta nosi Halima hola o’zgarib borayotgan edilar. Mani o’g’illari emasligimga shubha ham qilgande bo’ldilar. Bilmadim lekin endi nima bo’ladi.....
Sog' salomatlik...
|
|
| |
Giyos | Сана: Душанба, 06-Июн-2011, 02:50 | Изох # 21 |
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 1130
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 59
Холати: Хозир йўқ
| 20 qism
Yana usha usha kunlar. Faqat Halima hola boshqacha. Negadir mani Murodjon demayotgandilar. Sayida opa ham hayron. O’zimcha o’ylardim. O’zlari topgan yolg’on oxiri ko’rinibdide endi dib. Mana hovlida yuribdilar. Lekin hayolari boshqa yoqda. Manam nima qilishni bilmaylar qovoman. Haqiqat chiqadi bir kun baribir diyshganicha borakande dib o’ylashdan boshqa narsa qila olamayapman.... Kunlar o’tdi. Bir kun Halima hola mani oldilariga chaqirdilar, man oldilariga bordim. - Ha oyijon tinchlikmi? - Nega maniyam o’zingniyam aldavosan G’oppor? - .... - Boshida bilmagandim. Endi bilvoman. Nega boshida etmading. Sizni o’g’liz emasman dib. - .... - Etsen tushunardimku. - Siz sog’ayib ketishizni.... - Nima man kasalmidim. Hech hamde. Faqat o’g’limni sog’ingandim. - Kechirasiz. - Sandan hafa emasman. Kelinimdan ham emas. O’zimdan hafaman. - ..... - Sayida bilan sani yaqinlashtirdim. O’zlaring hohlamagan bo’lsalaring ham. - Lekin oramizda.... (hech narsa bo’lmagan dimoqchidim) - Shunga o’zimdan naratlanib ketvoman. Qancha qarshilik qililaringa? Shunda ham majburladim. - Lekin biz..... (yana etomadim, gapimni bo’lib gapirvotila) - Mayli bo’lar ish bo’ldi. O’g’lim erta indin qaytib kesa qaysi yuz bilan qarayman endi. Sani hotinni o’ylab, qo’shib qo’ydim diymanmi? - Holajon biz .... - Esisiz, nega bunaqa qildim. Hayronman. Bilmayman endi nima qilaman.
Yana nimalarnidir gapirib ketdilar. Sayida opa oshhona eshig yonida ko’zlari yosh bilan qarab turardilar. Keyin ichkariga kirib ketdilar. Orqalaridan manam kirdim. Ko’zlarida yosh (anchadan beri ko’zlari yoshlanmayotgandi). Nima diyishni ham bilmadim. Nima ham derdim. O’zizmizni yolg’on. Man endi ketmoqchi edim. Boshqa chiqmoqchi emasdim. Sayida opaga qarab: - Sayida opa bo’ldi yolg’on tugadi. Endi manga ruhsat. Halima hola ancha tuzaldilar. Mana mani ham taniy boshladilar. Man ketaman. - Nima ham qilardik endi. (Yig’imsirab gapirdilar, Burunlarini tortib qo’ydilar) - Mayli sog’ bo’ling. Nega oldizda benzin turibdi. (oldilarida 10 litrli idishda benzin bor edi) - Bir idishni yuvgani olgandim. Joyiga hali qo’ymabman. - Ha man ketdim.
Orqamdan yig’lab qoldilar. Manam nima qilishim kerak. Begona joy, begona ayol. Begona honadon. Karochi man uyga chiqib ketdim. Kelib uhladim. Rosa uhldim. Kechki payt ko’chaga chiqib sang’idim. Negdir emas Halima holamni gaplaridan nastroyeniya it quvlagande qochib ketgandi. Yo’ldan 1-2 ta bezdelnik o’rtoqlarim chiqdi. Ular bilan Toshkentdagi eng qimmat stalavoyga kirdik. Ular ichishdi man quyib berib turdim. Ichdim aldab nima qilaman. Kola ichdim. Keyin 4 tadan kabab yedik. Pulim uyda qogan ekan. O’rtolarimda ham ko’p emas ekan puli. Telefonimni zalogga tashab ketmoqchi bo’ldim. Lekin telefonim yo’qqqqq. Qidirish kerak. Yo’q oldimda, cho’nchelarimda. O’rtoqlarim tirjayib o’tiribdi. Hazilashib oganmikan. Yog’r bular qatan oladi. O’zi uydan chiqvotganimda bormidi? Yo’q edi. Telefon qilaychi qatda ekan. O’rtoqlarimdan birini telini olib tel qildim ******* tak gudook ketdi. Chaqirvoti. Bir ayol kishi oldi... Sayida opa ekan. Uylarida qolib ketibdi. Man telefoni borib olmasam bo’lmaydi. O’rtog’imni telefonini ham berish esdan chiqib yugirib ketdim. Kun ancha kech bo’b qoganidi. Bahor havosi. Shamol bo’b turibdi. Havo bulut. Sayida opanikiga kirib keldimam yomg’ir quyib yubordi. Telefonni olib uyga ketaman disam zontigim ham yo’q. Nailoj yana uyga ichkariga kirib o’tirdim. Sayida opa xonalariga kirb ketdilar. Man oynadan yomg’irni tomosha qilib o’tiribman. Bolalar va Halima hola uhslashvotgan bo’sa kerak ko’rinishmadi. Yomg’ir ovozini eshitb uhlab qolibman.... Hovlida nimadir taqiladi. Uyg’ondim. Yomg’ir tingan. Ko’zimni ochib yotibman. Hovli ko’rinmayapti. Yana tinchlik. Birdan hovli yorishib ketdi. Juda ham yorishib ketdi. Sakrab turib tshqariga chiqdim. Qanaqadir katta shar yonayotgan edi. Undan qanaqadir tabiyatda uchramaydigan ovoz chinqiriq, mushukni qattiq chiyilashiga o’xshash bilmadim, oldin bunaqa tovush eshitmagndim. Olovli shar hovlidan u yoqga bu yoqga dumalab yurardi. Man qotib qolagandim. O’zga sayyoradan kelganmikan degan fikrlar ham kallamdan o’tdi. Shar devorlarga borib urilardi. Qattiq g’alati chinqiriq. Man qoti qolgandim. Qimirlamasdim. Orqamda Sayida opa ham chiqib qotib qolibdilar. Shar manga yaqinlashganda o’zimga kelib boshqa yoqga qochdim. Yonatotgan shar man turgan joydagi to’singa urilib yiqldi. Va ovoz ham o’chdi. Bu shar emas ekan. ODAM. Tezda uydan ko’rpa olib chiqib ustiga yopib olovni o’chirdim. Lekin bu kim edi. Uzoqda benzin idish bo’shab yotardi. Keyin burnimga benizin hidi kelib urildi. Bu unda kim. Sayida opa uydan yig’lab chiqdilar OYIJOOOOOONNNN dib baqiridlar. Nahotki Halima hola o’zlarini jonlariga qasd qilib yoqib yubordilar. Nima uchun????
Sog' salomatlik...
|
|
| |
Giyos | Сана: Душанба, 06-Июн-2011, 02:50 | Изох # 22 |
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 1130
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 59
Холати: Хозир йўқ
| 21-qism
Bunaqa bo’lsihini kutmagandim. Rosa hayron bo’ldim. Ko’rpani olib qaradim. Halima holani tanib ham bo’lmasdi. Qorayib ko’mir bo’lib qogandilar. Qop qora tana yotardi. Orqada nimadir gurss etdi. O’grilib qaradim. Sayida opa yerga hushlaridan ketib yiqilibdilar. Suv olib kelib sepib o’zlariga keltirdim. Birin ketin shovqindan qo’shnilar chiqb kela boshlashdi. Hamma hayratda, mahallani g’iybatchi opoqilari ham kelishdi birin keyin ko’zlarini ishqalab. Man borib benzin idishni qaradim... Halima hola o’z jonlariga qasd qilmaganlar, bu baxtsiz tasodif ekan. Benzin tepada turgani yorilib ketibdi. Sayida opa ishlatganlari joyida turgandi. Mani baribir savol qiynardi. Nega benzini oldilar... Olov qatdan keldi unda. (o’choqdagi cho’g’dan bo’lsa kerak. Benzin oqib borib tegkan.). Halima holani murdasini tekshirgani olib ketishdi. Mani so’roq qilshlar boshlandi.... (nimalar diyishganini, man nima diganlarim shartmasdir. Tog’risi eslashni hohlamayman.)... Peshinga yaqin Janoza belgilandi. Odam ko’p keldi. Lekin ularni qarindoshlari yo’q edi. (Bilmiman nega, Shunchalar yuz o’girishganmi bilmadim.) Endi mandan boshqa yaqin odam yoq bu yerda Sayida opa uchun. Hammani o’g’zida Murodjon bo’madide, Murodjon o’rni bilinvoti, Murodjon o’lganmikina, Murodjon Murodjon......, hamma Murodjon diydi. Birovni ishi yo’q qidirishdan. G’iybat, afsuslanishdan boshqa narsani bilishmidi. Janoza boshlandi. Odamlar yig’ilishdi. Domla Halima holani ruh poklariga uzundan uzun duo qildi. Keyin maqtab o’tdilar. Oxirida Shu marhumani oldin kimdandir olgan qarzlari bo’lsa, qaytara olmagan bo’lsalar, Shu qarzlarni kimdir bo’yniga oladimi? Kimdir shu marhuma mandan shuncha olgandi, yoki shu narsamni olgandi dib kelsa qaytarib bera oladimi? Hich kimdan sado chiqmadi. Murod aka o’rinlari manga ham bilindi. Ular chiqishlari kerak edi. Afsus yo’qlar. Hamma jim. Hich kimdan sado chiqmayapti, Yana chug’ur chug’ur. Orqalarga qariman bir yarimta qarindoshlari kegan ekanmi dib, yo’q hich kim. Domla tushunmadi dib o’ylab yana qaytardi shu gaplarni. Yana hamma jim. Chidab turolmadim. Odamlarni orasidan yorib chiqmoqchi bo’ldim. Man axir o’g’lim diganlar, endi turib bera olmasam uyat bo’lar dib o’ylavoman. Domla ham hijolat bo’lib yana qaytarishga og’iz juftlagan edi hamki man dib baqirdim. Lekin Domlani oldiga chiqgunimcha boshqa yoqdan Anvar aka kelib bo’ldilar. Domlaga pichirlab nimalardir didilar. Domla manga joyimga turishimni imlab ko’rsatvordi. Man noiloj ortga joyimga qaytdim. Hamma manga qarab pichirilashni boshlashdi. Man yerga qarab qoldim. Domla nimalardir dib gapirdi yana Orasida Anvarjon diganini sal eshitdim. (Manimcha qarz olgan bo’salar Anvarjon to’lidi didilar). Keyin ko’mishdi. Ortlaridan yig’lidigan hich kim bo’madi. (Mozorda). Uyda Sayida opa va qo’shni ayollar yig’lab o’tirishibdi. (O’zi nimaga yig’lashadi. Eslab disam... bilamadim). Uyga qayti hamma. O’tirib tilovat qilishdi. Keyin birin ketin ketishdi. Eshik tagida Anvar aka va man qoldik. Ichkarida kim borligi ham bilmadim. Mani bir savol qiynardi. Sayida opa endi nima qiladilar???????
Sog' salomatlik...
|
|
| |
Giyos | Сана: Душанба, 06-Июн-2011, 02:50 | Изох # 23 |
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 1130
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 59
Холати: Хозир йўқ
| 22 – qism
Kunlar o’tadi, oylar o’tadi. O’lgan asta sekin yoddan chiqadi. Halima hola ham asta sekin esdan chiqa boshladilar, tog’rirog’i yo’qliklariga ko’nika boshladk. Sayida opa homush yurdilar, keyin asta sekin yuzlariga tabasum yugura boshladi.Tabassum uzoqga cho’zilmasdi. Lekin baribir kuldilar. Man ularnikidan chiqib haftalab yo’q bo’lib ketdim. Bir kun ko’chada ko’rib qoldilar 2 hafta oldin ko’rgan Sayida opa emasdilar. Ozib ketganlar. G’am yeb tamom qilgandi. Nahotki Halima holani o’lganlari shunchalar ta’sir qildi? Oldilariga borsam mani ko’rib yig’lab yubordilar. Nega chiqmay qo’yding, onamdan ayrilganim kammidi? Sandan ham ayrilimiy? Hich kimim yo’qku mani. San tushunishing kerakku? – dib yig’lay boshladilar. Mani ko’nglim bo’shab ketdi. O’zim o’zim so’z bergandim boshqa chiqmiman dib. Mayli endi chiqamiz. Yana opaginamni oldiga. Sayida opa elkamga boshlarini qo’yib yig’lay boshladilar. Shu turishimni Dilshod ko’rib turibdi uzoqdan. Man hijolatda. Keyin kelaman dib ketib qoldim. Uzoqdan dilshot qo’lini silkitib (yomonsan ishorasini) qo’ydi. Man unga qo’lim bilan (batar bo’l) ishorasini qilib qo’yim. Shunaqa qib yana qaytib chiqdim. Hayron qolamande. Nimaga manga o’rganib qoldilar dib. Bunaqa bo’lmasligi kerak ediku. Ey mayli Opamga yordam bersam beribmande. Ko’chaga chiqishga odam uyaladigan bo’ldi, mahhaladagi g’iybatchi kampirlarni dastidan. Undan battar avjiga chiqarib yuborishdi, Kamiga Halima holani ham man o’ldiribman. Ustilaridan benzin epib yoqibman. Manga ularni uyi kerakmish. Sayida ga uylanarkanmande, keyin uni haydab yuborarkanman uyni o’zimni nomimga o’tqazib ogandan keyin. Ana fantastika. Odamni taqdirini etib berishadiku lekin, to’g’ri chiqmidide. Bir hillarida o’zim ham shunaqa qiasmikan dib o’ylab qolaman. Bo’rini yesa ham yemasa ham og’zi qonku baribir. Dilshod ham tirshayib turadi ushalani oldida. Oxirgi payt uni erkakligiga podazdrileniya qila boshladim. Tovba! Giybatchi opoqilar diyrdim, endi Giybatchi pochalar diymanmi? Ko’ramizde nima bo’sa ham. Obbo yana tel. Lobar ekan. Shundan hich qutila olmadimde. 1 oylab tel qimasam ham qilaveradi qaytib...
Sog' salomatlik...
|
|
| |
Giyos | Сана: Душанба, 06-Июн-2011, 02:51 | Изох # 24 |
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 1130
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 59
Холати: Хозир йўқ
| 23 qism
Oylar o’tdi. Ishxonada ham yengi qiliq chiqarishdi. Nochga qolish. Boshqa ishimiz yo’qmidi o’zi. Yana yarim tunda navbatchilik tugaydi. Atigi bir oy shunaqa bo’larmish. Ish ham shunaqangi jonimga tegib ketvoti. Man etmiy sila eshitmela. Mana hozir soat 02-00. Uyga qaytvomman. Moshina digan zog’ ko’chada yo’q. Yoz bo’lsa ham mashina kam. Qish bo’lsa tushunsa bo’lardi. Sovuq dib. Bir ikkita o’tib turibdi. Lkein to’xtamayapti. Mayli sport sog’liq ... hm nimade foydasimidi. Yo’q. Hhh kushandasi. Yooo’q, bunaqa emasdi. Maqol etmaganimdan keyinam esimdan chiqib ketarkan. Voo esladim. Sport sog’liq garovi. Kallamga balli. Keng ko’cha hich kim yo’q. Tungi chiroqlar. Mazza. Rosa baqirishli havo bo’voti. HOOOOOOO. Mazza. Hich kim yo’q. (Oldin cho’lda yurganimda shunaqa mazaa qib, to’yib-to’yib baqirardim). Shu ketishim bo’lsa 40 minutda uyda bo’laman. Kecha Sayida opa telefonimni titibdilar. Lobardan kelgan sms lar bor edi. Ushani muhokama qildik. Sayida opam telni obdon titib keyin tergovni boshladilar: - G’oppor Lobar kim? - Lobar? Ha u tanishim. - Ha. Qanaqa tanish? - Oddiy. Qanaqa bo’lsin? Cho’lda yurganda tanishgandim. - Chiroylimi? - Ko’rmaganman. U ham mani ko’rmagan. - Iya. Qanaqasiga? - Po telefonu tanishganmiz. - Haa. Ja sms lar boshqachaku boshidagilari. - Ha endi yoshlik she’r yozib turamande. - Uni sevasanmi? - Yo’g’eee. Qanaqa sevgi? 2 sms bilan sevib qolarkanmanmi? - Bu yoqda 2 ta sms mas! - Hazilni qo’ysezchi. Man u bilan shunchaki gaplshaman. Boshida vaqt o’tkazish. Endi tanish. Ushanga. - Nima erga tegvotimi? - Qattan bildiz? - ... - Ha etgande sms. Erga tekkisi keb qopti. Mayli teyvuring didim. Man qo’l qo’yib berishim kerak ekan. Ushanga mandan so’yinchi olibdi. Indamasdan erga tegsa ham bo’laverardi. Yo obizatelno mani roziman, tasdiqladim digan pechatim bilan, imzoyim kerak ekande. Ushanga manga birinchi etibdi. Ey tomi ketgan. Etmasdan erga tegvur. To’yidan oldin ham man bilan gaplashadimi? Eringni o’ylasenchi undan ko’ra. Manga vaqt ajratmasdan. Yana dugonlaridan iltimos ham qiladi. O’zi tel qisa bo’midimi.... - Nima uni sevasanmi? - Yo’q. - Nega unda asabiylashvosan. Baxt so’zi yozgan sms ham sal sevgiga yaqinroq. - Yo’q. Man sevmaymanku! Qanaqa ib siqilishim, yoki sevgiga yaqin baxt so’zi yozishim mumkin. Bo’lishi mumkinmas. - Lekin u sani sevarkan. SMS laridan shuni bilsa bo’ladi. - Sayida opa o’zi nimaga telimni titkiladiz. Boshqa savol bering undan ko’ra. Vsyo erga tegdi. Baxt tilab tabrikladim. Nima qilishim kerak edi. To’yiga borib o’rtada o’ynab ham berish kerakmi? - Hop-hop. Boshqa savol. Sevganing bormi? - Uff. Yo’q. Man sevmiman. Hich kimni sevmimanku! Sevganimda etardim sizga. Gaplashib ko’ring, qanaqa qiz ekan, bilib bering diyrdimku! (Sayida opa shu gapimga sal hursand bo’lib kulib qo’ydi.) - Mayli bunaqa savol bermiman boshqa. Kechir. - Mandan kechirim so’ridigan ish qilmadiz. Man ketdim uyga. - Voy hafa bo’ldilarmi? - Viy hhii. Hapa bo’ldiiim. - Mayli ertaga kelarsan. - Ertaga dejurstvaga qolaman. Kela olmayaman. Kech kelaman uyga. - Bu yer ham uyingdek bo’lib qolganku. - Hop hop. Sizga hich yo’q dib bo’midia. Hop dib etganimni qilaverishim kerak....
Mana mahallaga ham kirib keldim. Sayida opani uylarida chiroq yoqiq ekan. Hali uhlamabdilar. Kiyim tikayotgan bo’lsalar kerak. Man hozir kirsammikan yoki kirmasamikan.
DAVOMI BOR! 2 kunda qo'yiladi.
Sog' salomatlik...
|
|
| |
Miss_Ziyoshkabonu | Сана: Душанба, 06-Июн-2011, 04:48 | Изох # 25 |
Иштирокчи
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 160
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 138
Холати: Хозир йўқ
| Rahmat. KUTAMIZ DAVOMINI....
Uyga borganda, meni kimdir intiq kutayotganini bilib yashash - Tengsiz saodat.
|
|
| |