[ Янги изохлар · Фойдаланувчилар · Қоида · Изламоқ · RSS ]
Модератор форума: Giyos, SarVario, komol_76, Anv@rbek  
Men sevmaymanku! (Giyos yozgan hikoya)
SmertNIKСана: Чоршанба, 17-Авг-2011, 00:12 | Изох # 51
Иштирокчи
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 150
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 172
Холати: Хозир йўқ
Istedot bor G'iyos do'stim tak derjat davomini kutyapman

Muxabbaaat alamli iztirob, ko'chang kezdim,sarsoon, dovdirab, yuzlarimga yuzlaring tirab, ko'zlarimni bog'lab qo'ydingku..!
 
NavrozСана: Пайшанба, 18-Авг-2011, 01:42 | Изох # 52
Иштирокчи
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 166
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 134
Холати: Хозир йўқ
uuf tugataqolin endi biggrin
 
SmertNIKСана: Пайшанба, 18-Авг-2011, 20:56 | Изох # 53
Иштирокчи
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 150
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 172
Холати: Хозир йўқ
Neca kun kutamiza do'st

Muxabbaaat alamli iztirob, ko'chang kezdim,sarsoon, dovdirab, yuzlarimga yuzlaring tirab, ko'zlarimni bog'lab qo'ydingku..!
 
GiyosСана: Жума-муборак кун!, 19-Авг-2011, 01:01 | Изох # 54
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 1130
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 59
Холати: Хозир йўқ
Bugun. Soat 12 da . . .

Добавлено (19-Авг-2011, 00:01)
---------------------------------------------
31 qism

Saida opadan kelgan sms:
“ Salom G’oppor. Eshitdim. Ketayotgan ekansan. Adang telefon qilib so’ragandi. Siznikiga kemadimi dib. Man yo’q disam, unda butunlay ketibdide dib etdilar. Nima sababdan ketvossan? Mani debmi? Usha kungi voqea debmi? Manda ayb yo’q. Usha kuni kechasi ketganingdan keyin yig’ladim. Qo’shni xotin chiqib qoldi. Bilmasdan unga dardimni etib qo’yibman. Zo’rladimi desalar ha devoribman. Ayb manda nima qilay. Dard ustiga chiqqan chipqon diganlaride bo’ldide. Keyin mahhalaga tarqalib ketdi. Manga hamma o’qrayib qaraydigan bo’ldi. Keyin adengni yordami bilan kvartira topib ko’chib ketdim. Sen ketishing kerak emasdi. Iltimos mani disang orqaga qayt. Bilaman telefon qilsam gaplashmaysan. SMS ni o’qisan bilaman. Shunga SMS yozdim. Mani kechirrrrrrrrrrrrrrrrrrrrrrrrrrrrrrrr. Iltimos. Man ahmoq OPANGni kechir. Man gunohkorni kechir. Man bechorani kechir. KECHIRRRR!!! Sening Saida opang...”

Hm. SmS yozibdilarde “opaginam”. Biladilar hammasini o’qshimni. Qilar ishni qilib mani tupikka tiqib ketdilar. Hm. Shoshma. Adam telefon qilib mani so’rabdilarmi? Kvartira topib beribdilarmi? Chunmadim! Adamni Saida opa bilan qanaqa munosabatlari bor ekan. Adamni o’rtoqlari etgan gaplar nahotki rost bo’lsa. Adam ham Saida opa bilan osh qatu bo’b yurgan ekanlarmi? Mahalla oqsoqoli turib nega adam kvartira topib berdilar. O’rtoqlariga ham etgandirlarde bir paytlar, man ushani o’ramoqchiman dib. Keyin ular gap so’z qilishgan. Man prosta podstavka bo’b yurganman. Ushani uchun ham chiqib yurganimga indamaganlar. Oxirida ishni pachava qiganimga ketsin dib 100 000 so’m berganlar. Tezroq qurisin bu yerdan dib. Man ularga “boja” bo’b yurganim yoqmi qogandirde. Qulay ursat keganda ularga chekkadan kvartira olib berib, mani butunlay ketishim uchun oq yo’l tilavorganlar...
O’z otang shunaqa qib tursa begonalardan nima kutish kerak. Bilmadim. Hich bunaqa bo’ladi dib o’ylamagandim. Doooooooood!!!!! (Mashinadagi studentlar manga qarab tinchlikmi dib qolishdi. Man tinch digande kallamni ishora qildim). Mani hich narsam qomadiku. Ota onam, uyim, do’stlarim ham. Hich kimim qomadi. Naqadar o’zimni yolg’iz hich qivomman. Bir haftani ichida hech narsam qolmadiya. Taqdir shunaqa ham beshavqat bo’ladimi manga... Portlab ketgilarim kevoti... Hamma narsa yoqmayapti. Hatto o’zim ham. Kutmagan voqealar bo’ldiku. Nega man bilan bog’liqaa? Qachon bu voqealarni unutaman. Hammasig vaqt davo. Yangi joyda yangi muhitga ko’nikaman.
Studentlarga mazza. Kulib bir biri bilan prikollashib ketishvoti. Mani dardim nimayu qo’shnimni qizi kul taqar.. diyishgani rost ekan. Mayli man hammasini unitib shular bilan bir yayrab ketiy. Xayr eski hayot. Salom yangi hayot...
To’y qishloqda ekan. Ming bir azob bilan topib bordik. Usha yerda bitta mashhur chinor darahti bor ekan. Ushani orinter berishgan ekan. Dalada nima ko’p daraxt ko’p. Chinor qidirib yurdik. Oxiri zo’rg’a topdik. U chinor emas. Boshqa daraxt edi. Nomini bilmiman. Studentlardan biri Tupqayrag’och didi. Manam ha dib qo’yvurdim. Haydovchi bechora ham qiynalib ketdi. U ham portlagisi keldiyu, mashinasi bilan bizaga achindi. Kuyovni ko’chasini ming hasrat bilan topib bordik. Taksis ketdi. Uyini qidirdik. Bittasi tanidigan chiqib qoldi. Usha olib kirdi. Kuyov aylanishga ketgan ekan. Ichkarida o’trib turinglar dib ichkariga taklif qilishdi. Ichkarida yana 2 ta student bor ekan. Ular boshqa yoqdan kelishgan ekan. Ular bilan ko’rishdik. Obshiy 4 ta student. Man bilan 5 ta bo’ldik. Ha endi maniyam student dib tanishtirishdide. Ko’chada tentirab yurganakan olib keldik dimidiku. Manam o’zimni studentdek tutdim. Har holda ishonishdi, demak epladim. Kuyovni amakisi kirib salom alik qilib o’tirdi. Ubu narsalar olib keldi. Otasi kelib fotaxa qib ketdi. Amakisi aroq olib kelimi didi. Bizanikilar o’zini oppoq ko’rsatib yo’q yo’q diyishdi. Keyin chiqib ketayotganda kuyovni otasi unga olib kel ichishadi didi. Aroq olib kelindi. Qo’lda tayyorlanganmi butulkasidan qora rang qo’lga yuqdi. Bitta student sekin manga etdi: “ Kuyov bola etudi. Otam rosa ichiradilar dib. Tayyor tur.” – didi.
Man ichmaslikga va’da bergandim, o’zimga o’zim. Endi ular manga ichiradilarmi? Yana bir narsa boshlamimanmi?
Davomi tez kunda!
© giyos@mail.ru


Sog' salomatlik...
 
LoadingСана: Жума-муборак кун!, 19-Авг-2011, 06:44 | Изох # 55
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
Ich dimimanu Saida opa hozir yo'q... Balki kuydirdi yor qo'shig'ini aytarsiz.

Faqat 3 ta shart!
 
SmertNIKСана: Жума-муборак кун!, 19-Авг-2011, 16:22 | Изох # 56
Иштирокчи
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 150
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 172
Холати: Хозир йўқ
xullas notaniw bir qiwloqqa kelib qoldik qani davomi nima bo'larkina saida opani sog'indim to'risini etsam biggrin g'iyosbek barmoqlarizga va kallangizga madad sog'bo'ling o'rto

Muxabbaaat alamli iztirob, ko'chang kezdim,sarsoon, dovdirab, yuzlarimga yuzlaring tirab, ko'zlarimni bog'lab qo'ydingku..!
 
GiyosСана: Душанба, 22-Авг-2011, 14:37 | Изох # 57
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 1130
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 59
Холати: Хозир йўқ
32 qism

Kuyovni otasini kirib keldi. Ketidan aroq ko’tarib ukasi kirib keldi. Hamma o’tirgan studentlarga quyib berdi. Manga ham. Man qarshilik qildim. Ichmiman, hich ichmaganman, ichsam mazam qochib qoladi. Qo’ysezchi. Ichmiman didim. Lekin piyolaga quyishdi. Bitta student ikkita piyola qib ogan ekan. Bittasida suv. Birinchi manga ichasan diyishdi. Man yo’q dib turib oldim. U bo’ldi bu bo’ldi oxiri ichirisha olishmadi. O’rniga suv ichib qo’ya qoldim. Keyin boshqalar aroq so’zi etib ko’tarishdi. So’z gli suv ichayotgan studentg kelganda u chiroyli so’z etib suvni aroq ichgandek yuzini burushtirib ichdi. Zakiska qilishga dudlangan kolbasa yedi. Uhhhhhhh dib nafas ham chiqardi. Ha yasha dib qoldi kuyovni otasi. Keyin osh olib kelishdi. Osh yedik. Chiqib ketishdi. Xonada o’zimiz qoldik. Keyin yostiq olib uhladim. Sal boshim og’rigandek ham bo’ldi. Uyg’onsam kuyov ko’ylagini yechib maykada o’tirgan ekan. Uyni ichi issiq edi. Turib u bilan ko’rishdim. Huddi oldin bir birimizni tanigandek. Studentlar mani unga alaqachon tanishtirishgan ekan. Shunaqa qilib gaplashib o’trdik. Uyini oldida ariq oqib o’tgan ekan. Ushatda cho’milamiz diyishdi. Kuyov bola kiyimini tezda almashtirib chiqdi, o’zi boshchiligida yana 2 ta bola cho’milishdi. Man va yana ikki student tomosha qilib turdik. Man cho’milaman digandim. Suv juda loyqa ekan. Tegida nima borligini qo’l tiqib borligini bilish mumkin. Ozgina cho’milishdi. Keyin yana uyga kirdik. Zerikib ketganimizdan keyin mahallasini aylantirdi. Maktab, kollej, to’yxona yana qabrsiton ham bor ekan. Yahshi joylar ekan. Manga yoqdi. Keyin to’y vaqti yaqinlashib qogani uchun bizaga qarash uchun qarindoshlaridan odam tayyorladi. O’zi kastyum shimini kiygani kirib ketdi. Ko’chada turdik. Yana bitta student keldi kechikib. U ham qiziq bola ekan. Bizaga qarab turgan odam: “To’ylarimizda urish janjal ko’p bo’ladi. Bo’masa to’y qiziq bo’midi. Ushanga sizlar aralshib o’tirmela. O’zlari hal qilib olishadi.” Deb tayinladi. Keyin to’yxonaga bordik. To’yxona yopiq edi. Ko’chada to’yg kegan olamon eshik ochilishini sabrsizlik bilan kutib turardi. To’y soat 19-00 ga diyilgan. Usha paytda ochilar ekan. Biz ham kutib turdik. Boshim og’rishi hali ham qomagan. Kuyov bolaga dori zakaz qigandim. U ham yo’q bo’b ketdi. Ushatda yuzimni sovuq suvga yuvib sal o’zimga keldim. Kuyov bola kelin bola bilan (Kelin qattan keb qoldi bilmadim.) mashinada kelishdi. Eshik ochilib birinchi ular kirishdi. Orqasidan xalq yopirilib joylariga o’tirishdi. Kuyov bola mashinadan tushib bizani oldimizga turib oldi. Keyin biza ichkariga kirib ketdik. Orqamizdan kelinni yetklab o;’zi kirib keldi. To’y boshlandi. Bizani stolda 2 ta aroq bor ekan. Boya tortinayotgan studentlar talashib tortishib ichib ketishdi. Manga ham predlagat qilishdi. Man ichmadim. Quy chuv o’yin kulgu bo’voti. Yana aroq olib kelib qo’yishdi. (Tekkin ekan dib ichib yotishibdi). Ashula ham raqsbob bo’voti. Narigi stolga qarasam bitta raqqosa ishva bilan raqs tushvoti. O’tirgan erkaklar unga pul qistirib o’zlaridan yiroq qilshvoti. Raqqosani yoshi 35-40larda. Arabcha raqsga hos kiyingan. Qorni sal chiqgan. Yuziga shpaklyovakni (pardoz andozni) joyida qilgan. Ko’kraklari dirkillagan. Har o’ynaganda ko’kraklarini qimirlatib qo’yadi. Shirakayf erkaklar shunga anqayib o’tiribdi. Ensam oyog’imni tegigacha oqdi. Choy ichib o’tirvurdim. Bir payt tepamdan nozikkina qo’l o’tdi. Keyin ayollarni atirini hidi urildi. Orqaga qarasam usha dirkillagan ko’krak boshim bilan yonma yon turibdi. Uzoqdan qaragan mani boshimni 3 ko’krak dib ko’rishi mumkin edi. Studentlar ham mahliyo bo’b tirjayib turishibdi. Manda o’zi pul kam bo’ganiga bezrayib o’tirvurdim. Etiborni tortish uchun, boshimga qo’li bilan itarib qo’ydi. Yaqinlashib turib oldi. Ensam qotgani joyiga qaytib kelib, ma ol dib 500 so’m bervordim. Boshqa bolalarni oldiga bordi keyin. Ular ham sekin sekin qo’liga qistirishdi. Buni qivotgan ishlaridan asablarim buzilib ketdi. Uyalib ham ketdim. Shundo turib bir tepsam de divordim. Bitta student qitmiroq edi. Usha 100 so’mlik olib qo’ygan edi. O’yinchi uni oldiga kelib noz karashmalarini rosa qildi. U e’tibor ham bermadi. Nonini chaynab o’tirvurdi, uni boshiga ham mani boshimga urgandek turtib qo’ydi. Unga javoban u boshi bilan ko’kragiga urdi. Raqqosa ko’kragini ushlab kayf qivordi. Og’riq ham bo’ldi. Keyin yana o’yinni davom etirdi. G’ashiga tegish uchun qo’llarini ko’zni oldidan o’tkazardi. Oxiri student 100 so’mni olib o’yinchini ko’kraklari orasiga tiqib qo’ydi. O’yinchi 100 so’mni ko’rib ajblanib yuzini burib narigi stolga ketdi. Hamma kulsa yana puli ketganga afsuslanib qo’yardi. Shunaqa qilib boshim og’rig’i hich qomadi. Bitta student 100 gram quyib sal bo’sa hm qoldiradi dib quyib berdi. Ichvordim. Ketidan yana ichdim 100 gram. Bittasi managa qarab ichmiman diganizga sizni nomozhon bolami dibman dib hazillashdi. Keyin kuyovni oldiga rasmga tushgani bordim. Ozgina gaplashib o’tirdim. Rasmga tushdim. Keyin boshqa bolalar ham kelishdi. Turdik ozgina. Shu payt to’yni qizig’i boshlandi. Pastda 2 tasi urishib ketdi. Vay vay. Stollarni adarib tashashdi. Ur tep yana 3 – 4 tasi qo’shildi. Kuyov bola ahamiyat bermalaring. O’zi tinchidi diydi. Bitta jangchini boshi yorilib yerga o’tirib qoldi. Qon oqa boshladi. Bizani studentlani doktorligi tutib ketdimi, pastga sakrab tushib unga yordam qimoqchi bo’lishdi. Bittasi suv topa olmay kola bilan qonni yuvdi. Shunaqa qib sheriklari kelib olib chiqib ketdi. Doktor studentlarni bittasini oppoq ko’ynagiga qon sachrabdi, bittasini oppoq shimiga sachrabdi. Nima zaril edi sanga didim. Esdalik bo’b qoldi. Boshqa kiymi ham yo’q edi ularni. Qattandir borib yuvib kelishdi. Keyin raqs maydonini egallashdi, mani boshim og’rigani uchun kam o’ynadim. Shunaqa qib kuyobni ham olib chiqdik. U ham o’ynadi. Lala lulu bilan to’y tugadi. Kuyov bola o’tirgan joyidan eshikkacha uzoq masofani kelib bilan o’ynab o’tkazib chiqib ketishdi. To’palon qimilu dib manam qogan bolalarni olib chiqib ketdim. Uyga bordik. Kuyov bola ham kiymini o’zgartirib chiqib keldi. Sizlar bilan yotaman digandi bitta hazillkash student man unda kelinni oldiga ketdim dib hazil qildi. Hammamiz kuldik. Yotimmu qottm... ertalab hammasi ketamanga tushib qolishdi. Choy ichdik. Kelin kelib salom qib ketdi. Keyin ketish uchun avto vokzalga ketdik. Hamma bilan hayrlashdik. Mani boradigan joyim ham yo’q edi, lekin avtovokzalga bordim. Ketishga joy o’ylashga...

Davomi tez kunda!!
© giyos@mail.ru


Sog' salomatlik...
 
LoadingСана: Чоршанба, 24-Авг-2011, 10:56 | Изох # 58
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
Ux bir baloni boshlidimi dib cho'chib turgandim. Maylin bolani manzillari be xatar bo'sin. Giyos! Kuttirmen. Bilishimcha bu joyda coment qoldirilmidi dishvotiyov.

Faqat 3 ta shart!
 
GiyosСана: Жума-муборак кун!, 26-Авг-2011, 08:54 | Изох # 59
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 1130
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 59
Холати: Хозир йўқ
33 qism

Ko’chada odamlar orasida kun issiq bo’lsa ham qalin, eski kiyim kiyib olgan, soch -soqollari o’sgan, sal oqsoqlanib yuradigan, ozg’in bir yigit ko’zga alohida ajrlab turibdi. Yoshi taxminan 25-30 larda. Qo’lida xalta. Ichiga elim idishlar va yana nimalarnidir solib olgan. U borib bir bekatni bo’sh o’rindig’iga o’tirdi. Yonidagi odamlar burnini berkitib turib ketishdi. Atrofiga tushunmagandek qarab, hursand bo’lgandek bo’ldi. Xaltasini o’rindiqga qo’yib, boshini qo’yib yotdi. Uni oldiga hech kim yaqinlashmay qo’ydi. Usha yerda bir barzangi yigit mayda chuda bilan savdo qilar ekan. Odam kamaygani uni savdosiga ham ta’sir qildi. Uhlab yotgan yigitni oldiga kelib, tepib uyg’otdi. U cho’chib uyg’ondi. Atrofga olazarak qarab tepasida turgan barzangini ko’rib cho’chib ketdi. Barzangi unga qarab: ““ Kesha” (kesatib aytdi) tur o’rningdan. Hali qorong’u tushmadi. Uyinga bor! Uyingda uhla!” – dedi. “Kesha” bir nima dib g’udirladi. Barzangi uni yana tepdi. Gapini yana takrorladi. Hich kim ularga ahamiyat ham bermayapti. Oldindan bu yerda yotib yurarkanmi deb o’yladim. Yo’q. Barzangi undan uyi qayerdaligini so’rayapti. “Kesha”ni gaplari juda chunarsiz. Barzangi yana urdi. “Kesha”ni boshidagi shapkasi tushib ketdi. Olaman deganida barzangi oyog’i bilan bosib oldi. Keyin shapkasiga qo’shib qo’lini ham bosdi. “Kesha” shapkasini qo’yib yuborib qo’lini tortib olmoqchi bo’ldiyu, ammo kuchi yetmadi. Faqat chunarsiz baqirardi. Barzangi hoholab kulardi. Shu yerdagilar hech nima bo’magandek o’tib ketaverishar. Kimdir kulsa, kimdir achinardi. Barzangiga gapirishga hech kimni haddi sig’masdi. Uni qiynoqlarini ko’rib ko’pchilik qo’rqib qolgan edi... Barzangini mayda chuydasiga haridor kelgan edi, savdo qilgani ketdi. Usha yerda yoshgina er - xotin turar edi. Ular kelib “Kesha” ni ovutishga tushishdi. Er unga barzangi kesa himoya qilishini aytdi. Xotini yerdan shapkasini olib berdi. “Kesha” ularga parvo qilmay og’riyotgan qo’lini uqlardi.
Er – xotin boyagi joyiga qaytib turib olishdi. Barzangi yigit savdosini qilib bo’lib ko’zi yana “Kesha”ga tushdi. U o’nglanib olganini ko’rib, jahli chiqdimi yana keldi: ““Kesha” sen meni gaplarimga tushunmadingmi? Senga men nima degan edim? Seni deb meni savdoyim yurishmayapti. Tushuniyapsanmi? Sen menga yoqmayapsan. Uyingga yoqol! Gapiradigan tiling bormi???” – deb boshiga qarab tepdi. “Kesha” o’rirgan joyidan yerga dumalab tushdi. Boyagina yordam berishni va’da qilgan er yordam bergani kelmoqchi edi. Xotini yo’lini to’sdi. Boshi bilan kerakmas ishorasini qildi. Er ichida jon jon deb turgan ekanmi indamasdan joyiga borib voqeani kuzatib turdi. Usha bekatda yana bir yigit o’tirardi. Qo’lida kitobi bor edi. Bir kitobga qarar edi, Bir bo’layotgan voqeaga. Yordam bergisi kelardiyu, lekin barzangidek devga kuchi yetmasligini bilarmidi, yoki aralshgisi kelmadimi joyida kitobini o’qib o’tiraverardi. Barzangi esa kuchidan, qilgan ishidan mag’rur holda hursand bo’lib kulib qo’yardi. Yerda “Kesha” boshini changallab yotardi. U yana “Kesha”ni qorniga tepdi. “Kesha” og’riyotgan boshi qolib qornini ushlab bukchayib qoldi. Barzangiga hech kim g’ing demaydi. Uni hamma tanisa kerakde. Shu yerda savdo qilar ekan. Insofi va odamgarchiligiga xaridor kelgan bo’lsa sotib yuborganmi deb qolaman. “Kesha”ga yana nimalardir deb baqirdi. Tepmoqchi bo’lgandi bir ayol orqasidan “tegma” deb baqirdi va o’zini “Kesha”ni ustiga tashladi. U “Kesha”ga: “Bolaginam nima qildi senga? Hech qayering o’g’rimayaptimi? Ahvoling yahshimi? Tur bolajonim, turaqol. Uyga ketamiz.” – diyishi bilan “Kesha” tipirchilab “yq – yq. uga borsmimn. Adm urad (Yo’q – Yo’q. Uyga bormayman. Adam uradilar.) ” – deb bir amallab gapirdi. Ayol o’rnidan istamaygina turdi. Orqasida barzangi bu ayol kim ekan deganday qornini qashib turardi. Ayol unga o’grilib: “Senga ham atalgani bordir! Sendan ham kuchlilar hali chiqib qolar! Kuching shu kelib kelib hasta bolaga yetdimi? Uni urgincha meni uraqol. Kel meni ur. Indamayman. Og’risa tanam og’ridi, yuragim emas. Bu bechora nima qilsin. O’zi nogiron, hasta bo’lsa. Uyga borsa o’gay otasi urib bunga kun bermasa. Uydan ko’chaga qochib chiqsa sendaka zo’ravonlar kun bermasa! Bu bola nima qilsin. Uyga kirsinmi, ko’chaga chiqsinmi? O’zini o’ldirsinmi? Ayt o’zni o’dirib senlarda qutilsinmi? Men nima qilay axir. Ikki o’tni orasida qolib, kuyib bo’ldimku!!! Bir oyog’im uyda, bir oyog’im ko’chada bo’lib qoldi. Har kuni shu o’g’limni qorni ochmadimikan dib ko’chada qidirib yursam. Rahmlaring kelamaydimi???? Qachongacha bu bolamni xo’rlaysan. Seni dastingdan o’lar bo’lsa o’lib bo’ldiku!!! Men ham seni shu ahvolda ko’rmasam rozi emasman!!!” – deb baqirardi. Barzangi pinagin ham buzmay: “Eplasang tug’da” – deb ketib qoldi. Ona o’g’lini bekatga o’tkazib nimalardir dedi. U kallasi bilan yo’q ishorasini qilgandan keyin ona ketdi. “Kesha” ni oldiga kitob o’qib o’tirgan yigit kelib undan hol ahvol so’radi. Unda “Qorning ochmi? Non yeysanmi?” - deb so’radi. “Kesha” ha ishorasini qildi. Kitobxon yigit do’konga kirib ketib qo’lida non bilan 1 litrlik idishda suv ko’tarib chiqdi. “Kesha” Nonni olib, suvni ichdi. Qo’lini ko’ksiga qo’yib chunarsiz rahmat deb aytdi. Kitob o’qiyotgan yigit o’rindiqdan kitobini olib ketdi....
Barzangi yana qaytib keldi. “Kesha”ni oldiga yaqinlashgan edi. Man chidab turomadim. Rahmim kelib ketdi. Kuchim yetadimi yo’qmi. Shu yerlikmanmi yo’qmi baribir unga gapirdim. Unga Qo’lingni tekkizma, qo’lini tekkizsang kallangni olman didim. Bu gaplar qattan chiqdi bilmadim. U keyin Keshani tashlab mani oldimga keldi. Manga qarab: “ Sen kimsan? qayerdan kelib qolib, meni tochkamni aql o’rgatayapsan.” Dib qoldi. Man unga chiroyli otvet qildim. U ko’tara olmadi. Keyin manga bitta musht tushurdi. Chap berib qoldim. Ikkinchi urgani boshimga tegdi. Man ham unga musht tushurdim. Burni qonadi. Qonnni ko’rib undan battar jahli chiqib ketdi. Jon holatda manga tashlandi. Qizig’i hich kim bizani ajratmasdi. Yana kimdir unga qo’shilib mani urib ketishdi. Man urganim kimga qatiga tegkani biliman. Ishqilib yerga yotqizib koptok qib tashashdi. Keyin sotuv joyiga so’kib so’kib ketishdi. “Kesha” bu paytda uje yo’q edi. Man ammalab o’rnimdan turib o’rindiqga bordim. Boshim og’rirdi. Yana boshqa joylarim. Boshim aylanardi. Ko’nglim ham ayniy boshladi...

Davomi tez kunda!!!

© giyos@mail.ru


Sog' salomatlik...
 
LoadingСана: Жума-муборак кун!, 26-Авг-2011, 09:25 | Изох # 60
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
Bor Shu bolada Kalla bor. Voqiyani o'rtasiga kelib G'oppor san nima qilib turibsan dimoqchi bo'ldim. Maylin Yigit kishi shunaqa toblanadi. Ko'chani mana endi ko'rvossan.
Giyos qaxramoni qiynamen. u bizaga xali kerak.


Faqat 3 ta shart!
 
DilnozaСана: Жума-муборак кун!, 26-Авг-2011, 09:50 | Изох # 61
Sayyod.com мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 643
Тақдирланишлар: 3
Хурмат даражаси: 496
Холати: Хозир йўқ
Sayyod men uchun bitta. Uni òzini muxlislari bor. Uni xar bir sòzini eshtib òqib xar kunimi òtkazaman. Ishonmaysiz Sayyod uchun jonimni ayamasdim. Giyos vaqti kelib sizni xam shunaqa muxlislariz bòlsin yangi rejangizdagi hikoyalarizga omad.)

Sayyod.com OLLOH mehribon u meni do'stim.
 
NOZIСана: Жума-муборак кун!, 26-Авг-2011, 12:47 | Изох # 62
Сайтимиз қадрли мухлиси
Гурух: ИЗОХЛАР МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 2808
Тақдирланишлар: 3
Хурмат даражаси: 1158
Холати: Хозир йўқ
namun4a 5 minutda tugab qoldi? Sal k6prodan b6sin qismla.

 
LoadingСана: Жума-муборак кун!, 26-Авг-2011, 14:19 | Изох # 63
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
Giyos muhlislarni kuttirmen.

Faqat 3 ta shart!
 
SmertNIKСана: Шанба, 27-Авг-2011, 00:50 | Изох # 64
Иштирокчи
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 150
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 172
Холати: Хозир йўқ
Maladets G'oppor man san tomon

Muxabbaaat alamli iztirob, ko'chang kezdim,sarsoon, dovdirab, yuzlarimga yuzlaring tirab, ko'zlarimni bog'lab qo'ydingku..!
 
NOZIСана: Шанба, 27-Авг-2011, 03:18 | Изох # 65
Сайтимиз қадрли мухлиси
Гурух: ИЗОХЛАР МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 2808
Тақдирланишлар: 3
Хурмат даражаси: 1158
Холати: Хозир йўқ
Гоппор, санда бир гап бор! biggrin

 
KomilElСана: Душанба, 29-Авг-2011, 03:14 | Изох # 66
Иштирокчи
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 374
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 306
Холати: Хозир йўқ
MEN BU HIKOYANI QOLDIRMAY TELDA OQIRDIM MANA KOMPIYUTERDAN KIRIB OQIYAMAN GIYOS BU HIKOYANI TELDA OQIYDIGANLAYAM BOR ROYHATDAN OTMAGANLAR KOP SHUNING UCHUN TEZRO YOZING KUTORIB SOCHLAR TOKILIB KETIYU

Добавлено (29-Авг-2011, 02:14)
---------------------------------------------
YANA QANCHA KUTAMIZ A


Hohlaganini sev hohlaganini yaxshi ko'r bir kun ajrashasan, hohlaganini qil hohlaganingday yasha bir kun barbir bu dunyoni tark etasan...
 
GiyosСана: Сешанба, 30-Авг-2011, 10:17 | Изох # 67
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 1130
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 59
Холати: Хозир йўқ
34 qism

Ostanovkada o’tiribman. Hich kim ham manga ahamiyat bermayapti. Hamma barzangini salobati bosvotimi bilmadim. Yo’q unaqaemasakan. U keb yordam bermoqchi bo’ganlarni haydavotganakan. Bir ko’zim tushib ko’rib qoldim. Lekin tura olmadim. Kimdir telefon qilib 03 chaqirmnoqchidi. Uni ham barzangi haydam yubordi. Man nima qilishimni bilmasdim. Boshim aylanganidan o’rnimdan turishga qo’rqvoman. Qancha o’tirganimni bilmiman. Oldimga bitta chol keldi. O’g’lim sanga nima bo’ldi dib so’radi. Man unga qaradim. U oldimda charxpalak bo’lib ayalanayotgan edi. Unga boshim aylanvoti diya oldim halos. U bir nima duolar o’qiy boshladi. Keyin kuf suf dib yuzimga tufladi. Hich narsa sachramadikuya, lekin boshim aylanishi sal bo’sa ham qoldi. Keyin uni aniq ko’ra boshladim. U yoshi 80 larga borgan. Soch soqoliga oq oralagan. Soqoli ko’kragiga tushib turibdi. Gapirganda soqoli ham qimirlab turadi. Usitida yupqa cho’pon bor. Qo’lida uzun cho’pi bor. Boshida oq do’ppi ham borakan.Ko’zidan nur yog’ilib turibdi. U manga qarab:
- Tur o’rningdan o’g’lim. Seni olib ketaman.
- Otaxon tura olmiman. Tursam yana boshim aylanadi.
- Sen aytganni qilib tur boshing aylanmaydi.
- Hop otaxon. Mana turvomman. (Rostanam boshim aylanmadi.)
- Menga qara. Men tog’da yashayman. Sen men bilan usha yerga ketasan. Bilaman hech kiming yo’q, boradigan joying ham. Seni kaltaklashganini ham bilaman. Seni davolayman. Men tabibman. Meni ko’plar biladi.
- Hop otaxon. Lekin men tog’ga chiqa olarmikinman. Keling man sizni ushlab oliy. Yiqilib tushmay.
- YO’Q. Menga qo’lingni tekkizma. Umuman meni ushlama. Sen o’zing harakar qilishing kerak.
- Hop otaxon. Qattga boramiz.
- Ortimdan yuraver. Anavi abtobusga chiqasan. Man boshqa joyda o’tiraman. Senga tush deganimda tushasan.
- Hop otaxon. Faqat sizga bitta savol. Nega manga yordam bervos. Manda sizga berishga pul ham yo’q. Boya to’gri etdiz. Mani hich kimim yo’q endi. Uyimdan ketganman.
- Bilaman uyindan ketganingni. Men tabibman. Sendan pul so’raganim yo’q. Ko’p gapirmasdan tezroq yur.
- Hop. Mayli mana ketdim.

Hamma manga qarardi. Barzangi ham jinni bo’b qoptimi dib o’yladimi rosa hayrat bilan qarardi. Yoki otaxonni hamma hurmat qiganiga u ham hurmat qilarkanmi bilmadim. U otaxonga indamadi. Yoki ... bilmadim. Ishqilib u otaxon manga tekinga yordam bervotgani unga yoqmadi manimcha. Xayrat bilan tililib savdosini ham esdan chiqarib yubordi. Hamma ham tikilib turvurdi. Bir xillar qo’nini ochib katta katta qib tuflab ham qo’ydi. Man bunaqa tikilishlarga dosh berolmiman. Avtobusga zo’rg’a ba zo’r borib chiqib o’tirdim. Otaxon qatga o’tirganlarini ko’rmiy qoldim. Tushadigan joying keganda etaman didilaru. Manga nima baribir boradigan joyim bo’masa.
Avtobusda uhlab ketdim. Qancha yurdik bilmiman. Qatga keganimni ham. Otaxon avtobusni old tomonida ko’rinib qoldilar. Ular manga qarab hozir tushamiz didilar. Man o’tirgan joyimda baqirdim. Hop. Shu yerdami dib. Hamma yana manga qaradi. Yana usha ahvol, hamma manga tikilishda. Exx. Odamlara. Avtobus to’xtadi. 5-6 ta odamlar tushdi. Otaxon qachon ulgurdi uje pastda turgan ekan. Manam yo’l kira to’lab pastga tushdim. Keyin otaxon manga 3 kunga yetadigan oziq ovqat ovol, uygacha 3 kun peshkom yuramiz didilar. Man borib qogan hamma pulimga non va boshqa narsalar oldim. Adam bergan 100 000 ga tegmadim. Man o’zimni bo’sh his qisam ham lekin boshim aylanmayapgan eedi. Otaxon mahallalar ichidan yurib ketdilar. Man ham ularni orqalaridan yurib ketvurdim. Yo’lda gaplshib krtvommiz. Bu yerda ham hamma manga nito qaradi. Kimdir jinnimi diganday ham bo’ldi. Otaxon bilan tog’ oralab ketdik. Juda chiroyli joylar ekan. Rosa yurdik. Hich charchamasdim. Dam olmasdan yurdim. Tog’dan tog’ga oshib yurdim. Otaxon ham ancha tetik ekanlar. Hich charchamasdilar. Mandan tez yurardilar. Yo’lda bir ikki giyohlarni terib ham oldilar. Manam yo’lda ko’zimga chiroyli ko’ringani yulib oldim. Otaxon kulib qo’yardi. Keyin u foydasiz giyoh dirdi. Man hidlab hidlab tashavorardim. Ozgina dam olib, keyin yana yurdilk. Shunaqib 3 kun diganda otaxonni uy deb atalmish kulbasiga yetib keldim. Voy ichiga kirsam. Anu katta tv boru. Ploskiy ekran. Ushani karobkasi turibdi. O’zi yo’q. Ichiga qarasam qotgan non bor ekan. Yana shunaqa katta karobkalarda qotgan non. Yana bitta karobkada shag’amlar bor. bir chetda idishlarda dorilar o’zlari tayyorlagan bo’lsalar kerak. 2 ta stol bor. 2 ta karavat. 2 ta shkaf, Devorda javonda kitoblar bor edi. Xona chang edi. Nechi oydan beri odam kirmayotgandek edi. Otaxon orqada gapirib qoldilar. Mana shu xona seniki. Shu yerda yashayver. Men senga etaman. Sen giyohlarni olib kelib, o’zing tayyorlab ichasan. Hammasini o’rgatib turaman didilar. Tashqariga chiqdim. Havo zo’r. Tog’ni tepasi. Salqin. Hmm. Transport vositasi umuman kela olmas ekande. Tog’ motosiklari kemasa. Yana eshak kesa kerak. Mani qancha vaqt davomida davolar ekanlar. Nu shu yerda yashiman. Ish yo’ku bu yerda. Qanaqa qib tikchilik qilaman. Qishloq ham bu yerdan uzoqde bo’sa. Exx qatlaga keb qoldim...

Davomi tez kunda!
© giyos@mail.ru


Sog' salomatlik...
 
KomilElСана: Сешанба, 30-Авг-2011, 12:38 | Изох # 68
Иштирокчи
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 374
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 306
Холати: Хозир йўқ
kutamiz davomini

Hohlaganini sev hohlaganini yaxshi ko'r bir kun ajrashasan, hohlaganini qil hohlaganingday yasha bir kun barbir bu dunyoni tark etasan...
 
LoadingСана: Сешанба, 30-Авг-2011, 13:09 | Изох # 69
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
Yaxshi! Davomini kutamiz. Yanaxam qiziq tus ovotiku?

Faqat 3 ta shart!
 
DilraboСана: Сешанба, 30-Авг-2011, 13:13 | Изох # 70
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 1188
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 628
Холати: Хозир йўқ
Ajoyib.Sönggi 2ta qismning yoziliw jarayonini aql va ilhom aralawgan qunt bn yozilgan ijod mevasi deb öyladim.Bunda ijodkor diqqatini bir nuqtaga jamlab,ketma-ketlikni uygunlawtiradi va voqelikni nazoratida uwlab turadi.IJODINGIZGA OMAD!

Nigohimda jamdir bu olam...
 
NOZIСана: Чоршанба, 31-Авг-2011, 09:49 | Изох # 71
Сайтимиз қадрли мухлиси
Гурух: ИЗОХЛАР МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 2808
Тақдирланишлар: 3
Хурмат даражаси: 1158
Холати: Хозир йўқ
wu hamma galati qarawidan 4ol Goppordan bowqaga k6rinmayaptimi dimande

 
KomilElСана: Жума-муборак кун!, 02-Сен-2011, 01:41 | Изох # 72
Иштирокчи
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 374
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 306
Холати: Хозир йўқ
gopor togda uhlab qomaptimi biggrin qachon davomi a kelgan ilhom qochib kettimi giyos

Hohlaganini sev hohlaganini yaxshi ko'r bir kun ajrashasan, hohlaganini qil hohlaganingday yasha bir kun barbir bu dunyoni tark etasan...
 
DilraboСана: Жума-муборак кун!, 02-Сен-2011, 13:30 | Изох # 73
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 1188
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 628
Холати: Хозир йўқ
Insonga ato etilgan benazir tuygular haqidagi kichik va alohida-alohida chizgilar ulkan ilhomni chaqiradi.Ana endi miyadan quyulayotganini oq sahifaga joylawtiriw tezligini kuchaytirib bitikka aylantirib ulguruwda qoldi hamma gap.

Nigohimda jamdir bu olam...
 
GiyosСана: Жума-муборак кун!, 02-Сен-2011, 19:18 | Изох # 74
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 1130
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 59
Холати: Хозир йўқ
35 qism

Xonada qamalib o’tiribman. Hayollar o’gushda. Otaxon mani tashqariga chaqirdi. U bir necha haftaga giyoh tergani ketyapman didi. Keyin man ichishim kerak bo’lgan damlamalarini ichkarida ko’rsatdi. 1 hafta ichsam otdek bo’b ketarkanman. Qotgan non bilan suv ichgin didi. Ketishida mani chaqirib suv qayerdan olishim kerakligini ko’rsatib ketdi. Uncha uzoqmas ekan. 10 daqiqali yo’l ekan. Bitta jilg’a oqib tusharkan. Zo’r muzdek suv ekan. Otaxon tezda ko’zdan g’oyib bo’ldi. G’alati odam ekan. Shundo uyini manga ishonin tashab ketdi.
Keganimga 3 kun bo’ldi. Dorilari achchiq ekan, eskirib qoganmi g’alati hidi ham bor. Har kuni bir xil egulik. Qotgan non va suv. Xona qorong’i. Kechasi sham yoqaman. Bir bir kitob o’qib turaman. Yahshi narsalar yozilagan ekan. Lekin man u giyohlarni bilmiman. Shuning uchun manga uncha qiziq tuyulmadi.
Keganimga 6 kun bo’ldi. Kitob ham o’qimiy qo’ydim. Qotgan non bilan suvni ham yiyishga ishtaxa yo’q. Uydagilarni sog’indim. Uydagi ovqatni. O’xxx ovqatni esladim. Qornim ochibdi... Xonada qotgan non turibdi hali ham. Achchiq dorini bugun ichsam ertga ichsam uje tugidi. Non bor yahshi, noshukurlik qimiman. Lekin bir xil narsa yevursa odamni medasiga tegib ketarkande. Negayam ketdim o’zi. Burgaga achchiq qib ko’rpamni yoqvordim. Hm mayli o’zim pishirgan osh, aylanib ham o’rgilib ham o’zim yiyman. O’xx yana ovqat haqida o’ylavomman. Yahshisi yotib uhliman. Ertalab non yirrman. Uydagilarni sog’indimde. Nima kerak edi manga yangi hayot.......
“Voy o’g’lim G’oppor keldingmi? O’g’ilginam! Qatlaga ketib qoluding? Qatlaga ketib qoluding. Mandan hafa bo’ldingmi dib o’ylabman. Hafamasmisan? O’zimni o’gilginamdan. Endi onamande, seni urishaman, baqiraman. Sanga yahshi bo’sin diymande. Bilaman sanda ayb yo’q. Lekin san shu xatoni qimagin dib man sani yolg’ondan urishdim. Qo’y siqilma o’g’lim. Bo’ldi o’tib ketdi. Voy bo’ ustilaring buncha kir bo’b ketdi. Hamma yog’ing chang. Rangingda ham rang qolmabdi. Ozib ketganingni qara... Qara san kelishinga sani yahshi ko’rgan ovqatingdan qib qo’ydim. Tok oshi. O’zim qildim sanga yoqadigan yumshoqina. Suvliii. Bor oshxonaga kir o’zini katta kosangga suzib qo’yganman. Olaqo bolam issig’ida yeb ol. Sovimasin! Stolni ustida turibdi..... Nima? Naga yo’q bo’ladi? Yahshilab qara turganidiku. Hozirgina suzib qo’ygandim. Ha usha yerda bo’lishi kerak. Yo’qmi??? Haaa... esim qursin. San keganingga hayajonlanib esimdan chiqarib yuboribman. Ayvonga olib kirib qo’ygandim. Yonida choy ham bor. Achchiqina qib damlaganman. Bor ayvonga kir o’zini katta kosangga suzib qo’yganman. Olaqo bolam issig’ida yeb ol. Sovimasin! Nima? Yana yo’qmi? Yahshilab qaradingmi? Hozirgina olib kirdimku. Choynakni oldiga qo’ygandim. Qara turgan bo’lishi kerak.... Topa olmayapsanmi? Exx bolama! Voyyy esim qursin. San charchab kelasan. Ovqatni yeb yotib uhlisan dib xonangga olib kirib qo’ygandim. Qara hidi chiqib turibdi. Ox ox hididan. Bor xonanga kir o’zini katta kosangga suzib qo’yganman. Olaqo bolam issig’ida yeb ol. Sanga yoqadigan yumoshoq tok oshi qilganman. Oloqa bolam. Sovimasin yeb ol!... Yana yo’qmi? Derazada emas stolini ustiga qo’yganman..........”
Onajon mana qaravomman yo’qku. Stolni ustida hech narsa yo’q. Xonamni chirog’i nega yo’q. Qorong’i bo’lib qolibdiku! Keling onajon topib bering o’ziz. Qornim ochib ketdi. Kevosmi?... Onajonim qo’llariz qadoq, qattiq bo’sa ham man uchun yumshoq. Shu qo’llariz bilan boshimni silashlarizni sog’indim. Onajon. Bo’ldi man boshqa ketmiman. Sizni tashlab ketmiman. Mani kechiring. Onajon ovqatni topib bering. Ko’rdiz yo’q. Boshqa suzib keldizmi? Rahmat oyijon. Rostan ham hidi chiqib turibdi. Stolga qo’yavering. Man sizni yahshi ko’raman oyijon. O’zingiz boshlab bering... oyijon man nega ovqatni ushlay olmayapmaaan!!! Qo’limga ilinmayaptiku?!?! Oyijoon kosa yo’q bo’b qoldi. Qani kosa. Axir man hali ovqat yemadimku. Qani kosa qatga ketdi. Oyijoon!... O’zimga kelganimda xonamda stolni ustida stolni paypaslab o’tirardim. Qanaqa qib stolga o’tirib oldim hayronman. Tush ko’rdim uyimni. Lekin onamni shu yerda ko’rdimku. Manga ovqat olib keldilar. Oyijooon qanisiz. Shu yerdamisiz? Mani qidirib topib keldizmi. Mani olib keting bu yerdan. Oyijooon! Qatga ketib qovoooosizzz??? Mani tashlab ketmang. Mani kechiring. Man beboshni kechiring. Man xato qildim. Oyijooo!!! Yana bir marta boshimni silang. Mayli silamasangiz ham bir marta uring. Usha urganizni eslab yuray. Mani kechiring. Man tashlab ketmanggggg..... Qaysi qigan aybim uchun bu yerdaman. Vaaaaaaa aaa aaa~!~~!!!! Man jinnimasmaaaan. Man jinni bo’mayapmaaan. Onamni ko’rdim shu yerda. Mani oldimga xabar olgani kelgandilar. Mana boshimni siladilarku! Hali ham issiq qo’llarini tafti turibdi. Onajooonnnnnnnnnn!!! Nahotki ko’zimga ko’rindiiizzz? Yana bir marta ko’ring! Diydorizga to’yib olay. Bir marta onajon, yana bir marta qayting.....
Shu ahvolda tong otirdim. Manga nima bo’votganini ham bilmasdim. Hich narsani ham hayol qilmadim. Uzoqda quyosh chiqishiga qarab turibman. Uyimda yurgan paytlarimda ham shunaqa qizarib chiqardi. Bu yerda boshqacha.
Man uyga qaytmiman. O’zim tanlagan yo’l. Ortga qaytmiman. Mayli yaqinlarni sog’inay, sog’inchda yonib kul bo’lay, usha kul shamollarda atrofga sochilib yo’q bo’lib ketay, lekin qaytmayman... Tong havosi toza. Tiniq. So’lim joylar. Hich kim yo’q. Yolg’iz o’zim. Qurib qaqshab yotgan hayollarim bilan. Otaxon ham yo’q bo’b ketdi. Ha. Havo rostanam zo’r. Chuqur chuqur nafas olaman. Havosi toza. Tiniq........

Davomi tez kunda!
© giyos@mail.ru


Sog' salomatlik...
 
LoadingСана: Жума-муборак кун!, 02-Сен-2011, 19:34 | Изох # 75
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
Boshlandiku? Goppor nima keregi bor? Voy onajonimni sog'inib ketima. xozir ishdan kesala sog'indim diman. )))

Faqat 3 ta shart!
 
Поиск: