[ Янги изохлар · Фойдаланувчилар · Қоида · Изламоқ · RSS ]
Модератор форума: Giyos, SarVario, komol_76, Anv@rbek  
Men sevmaymanku! (Giyos yozgan hikoya)
LoadingСана: Душанба, 06-Июн-2011, 13:19 | Изох # 26
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
bilmadim nega Goppor sevgi haqida eshitib shunchaki o'tib ketti. Ozgina hali o'zgardi ammo. Sayida opa 4 yosh farqini sezmi qolsalara.

Faqat 3 ta shart!
 
FrankСана: Якшанба, 12-Июн-2011, 05:14 | Изох # 27
Рўйхатда
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 11
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 13
Холати: Хозир йўқ
Charchuuuxa! Mana Giyosiddinbek 1soatda o'qib tugatdim! Tugatolmesiz degan ediz. Davomini kutamiz

Assalomu alekum azizlarim...
 
GiyosСана: Жума-муборак кун!, 24-Июн-2011, 12:07 | Изох # 28
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 1130
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 59
Холати: Хозир йўқ
24 qism.

Kirmay qo’ya qolaman. 2 kundan keyin dam olish ushanda bafurja bitta qilib gaplashamiz. Hozir kirganim bilan uyqusirab nimalardir dib boshimni qotiradilar. Nima kerak hozir manga? Tinchgina uhliman uyga borib.
Erta tongdan yana ish. Ketamiz, boramiz, ishlimiz, qaytamiz. Kun tartibi. Hech qanday o’zgarishlarsiz. Tep tekis. O’zi ta’tilga ham chiqarsa bo’lardi. Cho’zib yurishibdi. Davno mani galim kegandi. Soqqasini berganlar chiqib ketvoti. Kech kelib ozgina uhlab yana ishga ketish yoqmas ekanda. Nu mayli chidayman. Ertaga har holda dam olish bugun uyga vaqtli qayatarkanman. Sayida opa tel qilsalar kerak, bugun kirib o’tmaysanmi dib? Opama. Mahalladagilarni gapi ularga ninani uchichalikmas. Farqi yo’q. Man uyalib ketaman. Hm. Ni cho. Bugun kirib o’tiy ertga keyin mirqib uhliman... Ish tugadi. Soat 19-00. Endi sekin uyga... Qatta uyga ishxonadagi bolalar choyhonada o’tiramiz diyishvoti. Bormasam hafa bo’lishadi. Va’da ham bergandim. Mayli borib osh yeb keliy, anchadan beri choyhona osh yemagandim... Oshdan oldin aroq lib kelishdi. Qiziq kim icharkin. Hich kim ichmidiku bu kalektivda. Bitta ichadigan o’rtaboshi bor edi. Aroqni spqorardi. U ham tashaganiga 3 oy bo’ldi. Kim icharkin. O’rtaboshi o’rnidan turdi:
- Mana ahli jamoa. Bundan uch oy oldin G’oppor bilan garov o’ynagandim. Aroq umuman ichmiman dib. U uch oy chidab ichmasang man bitta shishani ichaman digandi. Mana man gapimni usitidan chiqdim. Og’zimga bir gradus ham olmadim. Ichmayapman. Hatto suv ham ichmadim. Guvohlarim ham bor. Hohlasang (manga qarab) onamdan ichmaganligim haqida spravka olib kelaman. (Shu bola ichmasa ham ichgandekde, hamma ko’nikib qolgan, ichidagi spirtlar hali ham chiqib ketmaganmi bilmadim. Gapirganda ham alkashlarga o’xshab gapiradi.)
- Kerakmas spravken. (Shu aroqni manga ichirmoqchi shekl)
- Yasha. Ishonching uchun rahmat.
- Arzimidi. (Hozir manga ichasan diydi.)
- Endi G’opporjon (shu G’oppor ga jon dib qo’shib etsa yoqmidide) gap bunday. Man va’damni ustidan chiqdim. Ichmadim. Endi shu ishani siz bo’shatasiz. Garov garov, va’da va’da. A labbayyy.
- Bilasanu man ichmi...
- Ey qo’ysanchi ERKAKmisan. Gapini ustidan chiq.
- Shuni ichmasa erkakligim uzulib tushmasa kerak.
- Ey G’oppor uni anitgi bozorchi xotinlar ham yopishtirib olib yursa ERKAK bo’ladimi? G’urur bormi sanda g’urur.
- Ha bor.
- Yasha. Man shu g’ururdagi erkaklikni etvomman. Ayollar bor o’zi ayol lekin g’ururi erkak. Voo man shunaqalarni hurmat qilaman. Sizlar nima diysizlar (o’tirganlarga savol manosida o’qrayib qaradi.)
- Man erkakman. Har tomondan.
- Iching unda usta. Va’dani erkak bajaradi.
- Man ichmiman hich qachon.
- Voy man hozir ikki soat kimga aql o’rgatim a. Devor teshilib ketdiku. Devorni kim suvaydi endi. Ey buni ham boru erkakman digan ichadi. Man sanga va’da qildim ichmiman dib, ichmadim. Endi san ham va’dangni bajar. To’g’rimi? (O’tirganlar to’g’ri to’g’ri endi ichishi kerak dib pichirlashib ketishdi.)
- Man sani ichmaganini qattan bilaman. Balki uyda ichgandirsan berkitib.
- Buni qarela. Man sanga etdim. Onamdan spravka lib kelimi dib, A san nima didig.
- Kerakmas ishonaman dib etdim.
- Yasha. Endi ol sovumasin. He choyxanchik erkakka zakuska olib kel. Har holda birinchi ichishi. Qani keltiring.
- Shuni ichsam qutilamanmi?
- Oxirida shishani ag’darganimda qo’lim nam bo’lmasin.
- Hop o’zing quy unda.


Davomi tez kunda!!!

Добавлено (24-Июн-2011, 11:07)
---------------------------------------------
(mobil versia)
- Malades erkak. Ichishni bilasana, mayli o'rgataman. Shundo chuqur nafas olasan keyin yarmini chiqarasan. Huuh qib chiqarib keyin sharta ichvorasan. (shu gaplaridan uni ichkilari kevotganini sezish qiyin emasdi.)
- Sani ichvuriwini ko'rvurib ko'zlarim pishib ketgan. San o'zi ichmasding.
- nima?
- Simirarding.
- Ha endi. Shunaqa edikda. Hop. San gapni aylantirma. Qani ich endi. Mana zakuska ham keldi.
- Faqat to'ldirib quy. ( hamma hayrat bilan qaradi. Yana o'zaro pichir pichirlar boshlandi.)
- Rostan ichmoqchimisan.
- Ha. Endi quyde maydalamasdan.
- Bo'pti. Hop. Qizishma ma ol... Tinchlik bo'lsin.
Shundo olib ko'zimni chirt yumib ichvordim. Og'zim tomog'im qizib ketdi. Ko'zlarim yoshlandi. Og'zim yonvoti. Buni usta sezdi. Man uni tirjayib turishidan sezdim. U manga zakuska berdi. Og'zimdagi cho'g' shu zakuska bilan o'chdi. Keyin yana quyildi yana icidim. Oxirida 2 piyola qoldi. Man uje tayyor bo'lib bo'lgandim. Tursam yiqilishimni bilardim. O'tirgan joyimda zo'rg'a o'tiribman. Nimalar divotganimni bilaman. Lekin dilimdagi tilimda turibdi. Ustaga qaradim:
- Usta endi mana ko'pini ichdim. Keling yana quyib o'tirmang. Butulkani manga bering. (shundo ko'tarib hammasini ichdim. Zakuskaga bitta tuzlagan bodiring yedim. hamma qarsaklar chalvordi. )
- Ey yasha ERKAK. Man sani erkakligini bilardim. Mana endi shubxam qolmadi.
- usta yana olib keling.
- G'oppor balki yetar.
- Usta savob qisang oxirigacha qil, gunoh qilsang oxirigacha qilgin digan. Hahaha
- G'oppor uje yetilibsan. Qo'y bo'ldi yetdi.
- Quymisanmi? Unda o'zim borib olib kelaman.
- Mayli bo'pti o'tir. Hozir etaman. (kimdir borib aroq olib keldi. ). Ma ol ich.
- Mana bu boshqa gap. Bir ichsang bo'kib ichgin digan. (bitta ko'tarib ko'rmadim divordim.). Endi usta sizam man bilan otamlashas. Man ichib san ichmasang manga neudobno bo'voti.
- Man ichishni tashadimku. Bo'ldi ichmiman. Mana 3 oy dib va'da bergandim. Ichmadim. Endi u yog'iga ichmoqchi emasman.
- Usta bir piyola. Man va'da qilib ichdim. Endi san yutganini yuvasan. Qara og'zingdan so'lagin oqib yotibdi. Ushanga so'lakni isrof qimaginde, ichilu.
- Hop. Shu mani hurmat qib ichganing uchun. Faqat yarim piyola.
- Yashang usta. Qani oling unda. Tinchlik bo'sin. (usta aroqni ko'zlariga surgude bo'lib ichdi. Keyin mazza dib qo'ydi.) Usta garov o'ynaganimizga hali 3 oy bo'lmagandi. Yana 1 kun bor edi. Man sani yutdim. Mana garov o'ynagan chisloyimiz (telefonda zametkani ko'rsatdim. ). Mana yana 1 kun bor. Kunamas nechidir soat bor. San nafsing buzuqlik qib ichib qo'yding. Shuncha guvoh bor. Ko'rdingmi. Man bilan boshqa garov o'ynamagin. Man yutqazishimini bilsam o'ynamiman.
- San mani aldading.
- Usta o'yinda doim g'irom bo'ladi. Shuning uchun ham o'yin diyiladi. Yutqazding tan ol. Man ketdim. Choyhonani puli to'lab ketarsan.

Ser gap usta jim bo'lib qoldi. Bechora rahmim keb ketdi. Man Sayida opanijiga bormoqchi edim. O'zi zo'rg'a ketvoman. Yipilib ham tushdim 1 marta. O'rtoqlarim kuzatib qo'ymoqchidi. Lekin man norozi bo'ldim. Sayida opani uyi uncha uzoqmas. Bunaqa bosh aylanishida esa uzooq ekan. Negayam ichdim. Gapirvurmidimi.

Davomi yaqin kunlarda!


Sog' salomatlik...
 
LoadingСана: Шанба, 25-Июн-2011, 15:21 | Изох # 29
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
voy srochna o'qimiz mabil ver. Ga qarab o'tiradimi?

Добавлено (25-Июн-2011, 14:21)
---------------------------------------------
hosh ho'sh yana savol.
Goppor Saida opani uyiga kirarmikin. Juda qiziq. Agar kirsa Saida opa nima derkin.


Faqat 3 ta shart!
 
SakinaСана: Шанба, 25-Июн-2011, 15:35 | Изох # 30
Рўйхатда
Гурух: Янги аъзо
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 42
Холати: Хозир йўқ
Bu hikoyani o'qib huddiki kino ko'rgandek bo'ldim,davomini tezroq qo'ying.

 
Miss_ZiyoshkabonuСана: Чоршанба, 29-Июн-2011, 10:14 | Изох # 31
Иштирокчи
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 160
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 138
Холати: Хозир йўқ
G'iyos davomini qachon qóyasiz?
Tezroq qòyin! Kutamiz?


Uyga borganda, meni kimdir intiq kutayotganini bilib yashash - Tengsiz saodat.
 
GiyosСана: Сешанба, 05-Июл-2011, 22:20 | Изох # 32
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 1130
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 59
Холати: Хозир йўқ
25 qism

Sayida opaniki namuncha uzoq bo’lmasa. Sevimli ashulam ham esimdan chiqib ketibdi. Qani ko’cha tugamaydimi endi. UFFFF. Soat ham 22-00 bo’libdi. Uyga borsam bo’midi. Ichganimni bilib qolishsa terimga samon tiqishadi. Shuning uchun ma’lum vaqt Sayida opanikida kayf tarqashini kutaman. Keyin uyga treziy bo’lib chiqaman. Faqat Sayida opa nima der ekanlar. Mayli unitish kerak hammasini. Bugun ichdim. Ertaga ichmiaman. Lekin hozir o’zimni yengil his qivomman. Zo’rg’a yurvotgan bo’sam ham lekin yurvomman. Dilimga nima kelsa tilimga chiqarvomman. Mazza ekanu. Ichingda dard saqlamisan. Sir saqlamisan... Lekin qancha vaqt. Eyy buni eslash kerakmas. Ashula etaman.
Daryo toshqin
Suvlar to’lqin
O’talmayman o
Otim oriq
Manzilim uzoq
Yetolmaymanooooo Vaaaaa

To’yib baqirish boshqachada. Mana jonajon qo’shnilarim orqamdan chiqib qarashvoti. Kim ekan bu esini egan dib. Manman kirib uhlavuring. Uzr bezovta qib tashadim silani. Boshqa safar bundan ham battar qilaman. Hahahahaha. Sayida opamni jonajon opamni uylariga kirdim. Ular mani ovozimni eshitib ko’chaga chiqgan ekanlar. Indamasdan ichkariga olib kirib ketdilar. Uyga o’tqazdilar. Mana endi boshladilar.... Nega ichding.......... . . .. . . Nima foyda topding bilan tugadi gaplari. Man tirjayib oldilarida dasturxonni burchagini o’ynab o’tiribman. “Javob ber” - didilar. Man ularni aldamiman. Ushanga to’g’risini etdim. Garov o’ynadim. Yutdim. Lekin ichdim. Ichmaganimda yuta olmasdim. Nima qiliy. Yutqazishni yomon ko’rsam. Yutqazish man uchun o’lim. Hiq hiq. Sayida opa hafa bo’mis. Sizni oldizga shu ahvolda keldim. Uyga bora olmiman bunaqa mast holatimda. Onam kirishim bilan sezadilar. Otam kamarlari bilan urishlari mumkin. Katta bola otasidan kalte yeb yursa yahshimi. Hiq-hiq. Bo’ldi boshqa ichmiman. Murod akang ham ichmiman boshqa diyrdide shu yerda o’tirardi hiqchoq tutib, keyin yana ichib kelib tavba qildim dib o’tirvurardi. Sanam ushanaqa bo’b qovosan, didilar Sayida opa. Man Tavba qildim. Boshqa ichmiman. Hozir manga qatiq olib keling bor bo’lsa. Bolalar qani? ... Lagerga jo’natdizmi? Qanaqib ishondiz bolalarizni. Hali yoshku.... Mayli qo’shinni bolalari bilan o’ynab yurvurishadi. Qatiq olib kelayapsizmi?..... Mani uyqilarim kevoti. Nima qilardim ichib. Erkakmassan digan bilan erkak bo’miy qolarmidim. Yonimda yostiq turganakanmi? Yostiq boshimni chaqirishini qarang. Kel, kel diydiya...........
Sayida opa qatiqni olib kelib xontaxta ustiga qo’ydilar va ichkari xonalariga kirib ketdilar. Man qatiqni ichdim. Muzdakkina ekan. Bu qatiq adashmasam qo’shnimiz Salima kelnoyini sigiriniki. Biz ham uyga ushalarni qatiqidan olib chiqamiz. Bilganlar ulardan oladi. 3 kun oldin zakaz berib qo’yiladi. Bo’lmasa qolmaydi. Qaymog’i zo’r. Shu manga aniqsa muzdakligida qoshiq bilan “kesib” yiyish yoqadide. Bir o’zgachade. Ko’p ichomadim. Boshim aylangani sal qolgandek bo’ldi. Qo’limga uhh qilib aroq hidi kelayaptimi yo’qmi dib hidlab ko’rdim. Hididan yana mast bo’ldim. Haa. Erkak bo’lib qoldim endi. 1 shisha aroq ichib erkakman. Endi uylansam bo’ladi. “Usta” erkakligimni tasdiqlab berdi. Ishonmaganlarga onasidan spravka olib kelib ishontiradi. Man ichganim unga nima foyda bo’ldi. Dastrxonni pulini u to’laydigan bo’ldi. Man erkakman. Hm. Voy boshimmm. Sayida opa Murod akaga o’xshab qolibsan didilarmi? Ular ham ichib yurarkanlarde. Hm. O’xshaymanda. Ular ham ichganlar. Erkaklar. Man ham ichdim erkakman. Ular erkak bo’lib nima qildilar. Sayida opaga ikkita bola sovg’a qildilar. Man nima qildim. Hich nima. Hich bo’masa bitta bola sovg’a qilsamchi. Manam erkakman. Nima qibdi shuncha payt shu yerda yurdim, besababdan besabab. Mahallani g’iybatchilari alaqachon bizani unashtirib qo’yishdi. Demak yo’l ochiq. Hozir o’rnimda turaychi. Gandiraklamay xonalariga yetib olsam bo’ldi. 10 qadam va man farishta bag’ridaman.
Eshikni ochdim. Hich ularni xonalariga chaqirmasalar kirmagandim. Chaqirganlarida ham eshikni oldida turardim. Hozir to’sattan taqillatmay kirganimga hayron qoldilar. O’zlariga yangi ko’ylak tikkan ekanlarimi, ushani kiyib olibdilar. Biram yarashgan. Go’zliklariga yanada go’zallik qo’shgan. Qomatlariga moslab tikib tashabdilar. Bir narsalarim borligini his qivordim. Ular manga hamon qarab turibdilar. Man och bo’ride tikilib turibman. Oldilariga yaqinlashdim. Ular hayronlar. Tinchlikmi? Sanga nima bo’ldi dib so’radilar. Man indamadim. Ular ozgina orqaga tisraldilar. Man oldinga. Nafasimdan kevotgan spirt hidi yoqmadimi yuzlarini burishtirdilar. Keyin hotiralariga nimadir tushib yaqinroq keldilar. Ko’zimdagi extirosni payqadilar. Mandan uzoqlashdilar. Man ularni qo’llaridan ushlab oldim. Nozikkina qo’llarini mani baquvvat qo’llarimdan ajratib olmoqchi bo’ldilar. Lekin kuchlari yetmadi. Qo’yvor didilar. Man indamay o’zimni ishimni qilardim. Mani silkitdilar. Esini yep qo’yibsan didilar. Lekin baqirmadilar. Man ularga qarab hich kim yo’q. Faqat ikkalamiz didim. Qo’limdan yulqinib chiqib ketdilar va orqaga to’shakka yumshoq yiqildilar. Man ustilaridan. Keyin kiyimlar ortiqchalik qildi, yengi ko’ynaklarini yirtvordim. o’zimni kiyimni ham ortiqcha his qildim...... Nima qivotganimni to’g’risi bilmayotganidim. Nega bunaqa qivomman. Oxiri nima bo’ladi buni bilmayotagn edim. Manda faqat shahvoniy hirs ustun turgandi.....


Davomi tez kunda!


Sog' salomatlik...
 
Bek_moderatorСана: Сешанба, 05-Июл-2011, 23:33 | Изох # 33
Изохлар модератори
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Изохлар: 63
Тақдирланишлар: 2
Холати: Хозир йўқ
Бошидан охиригача укимадиму лекин Сайёдга таклид шундок куриниб турибди

Хар бир изохингиз мени қўлимда!
 
LoadingСана: Пайшанба, 07-Июл-2011, 00:52 | Изох # 34
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
Axmoq bola. Erkak bo'ldinmi? Axmoq? Axmoqsan. Ichmagin degandim a? Biludima bir shaytoniy ishqilib qo'yadi deb. Axmoq bola? Axmoq. Shunchalik axmoq bo'ladimi? Nima qivotganini bilmasa. Sayida opa bilib turib shu ukam dib turibtilaya. Axmoq bola. Shuncha ishonch! 1 shisha Aroqqaya? Axmoq bola.
Vuzza. Uxxx. Tinchlanomayabman! Giyos etkanizde zo'r.


Faqat 3 ta shart!
 
mishelСана: Якшанба, 17-Июл-2011, 01:54 | Изох # 35
Рўйхатда
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 1
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 4
Холати: Хозир йўқ
qoyil vapshe BABNIK bolekan,.....manga yoqmadi yarimigachon o'qib xafsalam pir boldi Sardor yaxshi yozalla babir!!!taqlid qimela iltimos

Добавлено (17-Июл-2011, 00:54)
---------------------------------------------
saviyasi pas odamladan chiqarkan taqlid va bemani xikoyala........essiz voxtlarim-a? SAYYOD babir faqat va faqat sizzi xikoyalarezzi kutaman.....kutvomman,balki endi yozmassiz a? lekigin man kutaveraman kutaveraman,va yana kutaveraman....!!!

 
GiyosСана: Якшанба, 17-Июл-2011, 09:07 | Изох # 36
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 1130
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 59
Холати: Хозир йўқ
Man taqlid qilmayman.

26 – qism

Qo’limdan yulqinib chiqib ketdilar va orqaga to’shakka yumshoq yiqildilar. Man ustilaridan. Keyin kiyimlar ortiqchalik qildi, yengi ko’ynaklarini yirtvordim. o’zimni kiyimni ham ortiqcha his qildim...... Nima qivotganimni to’g’risi bilmayotganidim. Nega bunaqa qivomman. Oxiri nima bo’ladi buni bilmayotagn edim. Manda faqat shahvoniy hirs ustun turgandi.....

Cho’chib uyg’onib ketdim. Hayriyat tushim ekan. Uhhh. Qanaqa tushar ko’rdim. Uhhh qo’rqib ketdim. Ichmay man o’lay. Aroq diganni zahari shu bo’sa kerakde. Bosh hali ham og’rivoti.Qatiqni olib kelib qo’yibdilarku. Uhlavotganimga uyg’atmabdilarde. Yahshi. Shunaqa ham rasvo tush bo’ladimi. Uhalshga ham qo’rqasan odam digan. Qattan ham ichdim. Uhhh. Bosh lo’q-lo’q qilib o’g’rishini. Sayida opanikida o’tiribman hali ham. Uyga chiqsam bo’lar. O’rnimdan turaychi... Mana gandiraklashim ancha yoqolibdi. Mana bemalol yurvoman. Vayyy yiqildim. Sayida opani bezovta qilib o’tirmay, uhalavotgan bo’lsalar yana uyqularini buzmay. Chiqib ketvotganimda eshikni taraqlatib yubordim. Orqamdan Sayida opamni ovozlari keldi. Keyin o’zlari keldilar.

- G’oppor o’zini yahshi his qivosanmi (qo’limdan ushlab oldilar)
- Ha yahshiman, man uyga ketdim. (Sal oyog’im chalishib ketdi.)
- Voy voy ukam. Hali o’zinga kelmabsan. Kel uyga kir, ozginda damingni ol. Uyga chiqib yana uyingdagilar sani bu ahvolda ko’rishmasin. Hafa qilasan ularni. Ke uyga kirgin.
- Mayli faqat ozgina. Bo’lmasa uydagilar havotir olishadi.
- Hop – hop. Ke mani honam kirgin. Ayvonda yotma. Kechasi sovuq qotib qolasan. Mani tikadigan ishlarim ko’p. Hali beri uhlamiman.
- Man shu yerdda ham uhayveraman.
- Yo’q. Shu ahvolinda sani qiynimanmi. Kir ichkariga.... Mana shu divanda yotaver. Man ko’ylakni bugun tugatishim kerak.
- Hop. Rahmat. Man hijolatdaman oldizda.
- Qo’ysenchi. Hijolat bo’lma. Hammasi joyida.
- Rahmat. (Shundan keyin ko’zim biroz ilindi. Qancha uladim bilmiman. Bir bir sal uyg’onganimda tikuv mashinasini ovozi kelardi. 3 marta shunaqa ovozdan keyin uhlomadim.)
- Nega uhlamayapsan.
- Uyqim buzuldi. Man uyga ketdim. (turib xonadan chiqmoqchi edim....)
- G’oppor. To’xta. Gapim bor. (man orqaga qaradim). Bilasan Murod akang ketganiga nechi yillar bo’lib ketdi. Qaytib kelmadilar. Manam ayolman. Manda ham orzu havaslar bor. Manda ham sevgi bor. Hirs bor. Nafs bor. Ular bo’lmasa kimdir meni....
- Nimalar divosiz. (Ko’zlarimni ishqalab qo’ydim)
- San mani notog’ri tushunma. San Murod akanga o’xshaysan. Qachongacha man ayol bo’lib qiynalishim kerak. (Shundo turib, kiyimlarini yechib yubordilar. Qip yalang’och bo’lib qoldilar.)
- Sayida opa! (Shok holatiga tushib qoldim. Nima qilishni bilmasdim. Sal o’zimga kelib olib:) Sayida opa o’zingizni bosing. Ustizga kiymizni kiyib oling. Man unaqa emasman. Man G’opporman. O’xshaganim bilan sizni eringiz emasman. Man sizga tutingan ukaman. Shuni siz unitib qo’ydiz. Ustizga kiymizni kiyib oling. Man ketdim. Sizga bitta gap etaman. UYAT.
- G’oppor....

Orqamdan baqirib qolidlar. Man gandiraklab uyimga chiqib ketdim. Undan boyagi tushim yahshiroqmidi dib o’ylab qoldim. Nima bo’lganda ham boshqa bu yoqga chiqmiman.

Davomi bor...


Sog' salomatlik...
 
LoadingСана: Якшанба, 17-Июл-2011, 10:38 | Изох # 37
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
Nima bo'voti o'zi sharmanda. Saida opa? Giyos qarab ko'rin yana kimdur uhlavotgandur. Iltimos ulani unaqa qiynamen.

Faqat 3 ta shart!
 
GiyosСана: Пайшанба, 21-Июл-2011, 17:36 | Изох # 38
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 1130
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 59
Холати: Хозир йўқ
27-qism.

Shunaqa ham rasvo kun bo’ladimi? Qatanam Sayida opanikiga chiqa boshlaganman. Charchadim. Hayotdan polniy charchadim. Dam olishim kerak. Yahshi uyda hamma uhlabdi. Har kuni kutadigan onam bugun uhlabdilar. Mayli ichganimni ular bilishamydiku har holda... Yo’q. Mana o’rnilaridan turdilar. Kelganimni bilibdilar. Uyga tezroq kirib olay... Onam mandan derazadan turib hol ahvol so’rab ketdilar. Nega kech kaganimni so’ramay ham qo’yganlar. Man qilib yurgan ishlarimni bilsalar. Yaxshiyam usha ishlar bo’lmadi. Manga ishongan onamni ishonchini yoqotardim. Hm. Onam qaytib xonalariga kirib ketdilar. Man o’rnimda ich ichimdan yiglgaim keldi. Nega Sayida opa bunday qildilar dib. Hayolimni ko’chasiga ham kirmagan edi. Eyy man uhladim.
Ertalabgacha uhlagandek bo’lmadim. Ishga ha borgim kemadi. Ustaga bormiman. Bir boxona topib qo’y dib telefon qildim. U hop didi. Borib ko’chada daraxt tagida o’ylab o’tirdim. Mani faqat nega digan savollar qiynardi. Yonimdan sinfdosh qizim o’tib qoldi. Qattan kevotganakan bilmadim. Qaradide manga o’zini g’alati tutdi. G’oppor! didi. Man qarasam manga tikilib turibdi. Keyin nima bo’ldi dib so’radi. Man shunaqangi o’zgarib ketibman, rangim bir ahvolmish. Dardimni etib o’tirdim. O’zi undan hich sir yashirmasdim. Yana yashirmadim. U hazilkash edi. Rosa gapirdim. To’xtamasdan gapirdim. U har gapimga ahmoq, jinni dib javob berisb o’tirdi. Man uni gaplariga ahamiyat bermay gapirvurdim. Eyy boree ham didi orada. Shunaqa qilib gaplashib turdik. Uzoqdan bir yoshi 50 larga chiqgan amaki ko’rindi. Kiyimlari eski, kir. Zo’rg’a yurib kevoti. Yonidan kim o’tsa ushanga nimalardir dib gapirvoti. Gapirgan odamlari qo’l siltab ketvoti. Gandiraklab yurvoti. Ichib ham olgan shekl. Ha ichib olgan, mast holatda. Mana bizaga ham yaqilashib keldi. U manga qarab: Chekishdan bormi ukam didi. Man yo’q chakmiman didim. U uylanganmisan didi. Mani uylanmanganman diyishimni ham kutmay u Man bo’ydoqman. Shuning uchun chakaman didi. Man chakmiman didim. U oyog’ida zo’rg’a turardi. Sigareta so’raganda qo’llari bilan sigara chekayotgan ishorasini qilib so’rardi. O’zi ahvolim bu ahvol. Kamiga u man bo’ydoqman. Uylanmaganman diydi. Yoshi 50 dan ham oshgan bo’lsa kerak. Bola chaqasi ham bordir. Balki xotini bilan ajrashgandir. Bu ahvolda kim bu bilan yashaydi. Har kuni mast bo’lsa. Ko’chada hammaga bo’ydoqligini pesht qilib yana sigaret so’raydi. Agar chekkanimda ham bunga sigaret bermasdim. 50 yoshda bo’ydoqman disa g’alati ekan. Oldimda chayqalaib turibdi. Bir urib..... . Yoshi kattae. Keyin ko’chada hammani ham urmayman. Qonun bor. Bu nusxa manga yoqmayapti. Yonimda sinfdoshim ustimdan qotvoti. Sinfdoshim manga qarab uylangansanu, Sigareting borku dib asabimga tegib hazaillashib turibdi. Yonvotgan yog’ga kerosin sepadi. Ahamiyat bersam amaki hali ham sigaret so’rab turibdilar. Oxiri chiday olmadim. Amaki ana narigi daraxtni tegida bolalar sigaret chakib o’tirishibdi. Ushalardan so’rang. Ular beradi didim. U manga qarab qo’lini ikki barmog’ini ishqalab puldan yordam qilomisanmi didi. Man yo’q yo’q ana ushalar yordam qiladi didim. Keyin u manga qarab kel bir duo qib qo’yaman. Nimadan duo qiliy dib. Nimaladir gapirdi. Manga uni gaplari eshitildimi eshitilmadimi ishqilib hayolim o’zim bilan edi. Amaki duo qilib qo’lini yuziga tortdi. Keyin gandiraklab chayqalib man etgan tomonga ketdi. Yo’lda bir ayoldan ham sigaret so’radi. Man uni qo’lidan ishorasidan bildim. Sinfdoshim yonimda kulib rosa qotardi. Man hayolim yana ketdi. Gapirmasdan jim o’tirardim. Sinfdoshim bir manga qaradide. Man uyga ketdim. Qaynonam bugun ketadilar. Man uyda ovqat qilishim kerak didi. Man yarq etib qaradim.
- San erga tegdingmi? Qachon.
- G’oppor!
- Qaynonam didinku.
- G’oppor sanga nima bo’ldi?
- ... (Unga javob bermasdan unga tikilib turdim.)
- 3 yil bo’ldiku!
- ... (yana indamasdan tikilib turdim.)
- San rostanam tamom bo’bsanu. Man boya sani ustindan bekor kulibman. O’zing to’yimda sinfdosh bolalar bilan borib rosa o’ynagandilarinku. Keyin erimni o’rtoqlari bilan urishgandilaring. (U shunday deb yuzimdagi shramni qo’li bilan silab qo’ydi.)
- Uzr. Esimdan chiqib ketibdi. Hozir san bilan huddiy maktab davridek gaplashib hozirgi o’tirgan vaqtimiz esdan chiqib ketibdi. Hayollarim ham qatlardadir yuribdi. Ushanda to’yingda urishni ular boshlashgandi. Lekin shram manda qolgan. Sani to’yingni qizitib bergani borgandik.
- Ha mayli nima bo’lsa ham. San siqilma bunaqa holatlar hayotda ko’p bo’ladi. San bilan gaplashib mazza qildim.
- Rahmat mani eshitganingga. Eringga va bolanga salom dib qo’y. Man seni kuzatib qo’yardimu. San yo’q diysan.
- Hali ham o’zgarmagansana. Hali ham ushandaysan. Hech mani uyimga kuzatganmisan. Har doim shu gapni etasan. Bir marta uyinga kuzatib qo’yimi diganingda man yo’q dimasdim.
- Uyinga kuzatib qo’yimi?
- Endi kech. 3 yil kech qolding etshga.... (U ketdi. Oxirida nima diganini eshita olmay qoldim)

Mani tushunadigan sirdoshim og’ir paytda doim yonimda. Mana endi u ham tashlab ketdi. Man yolg’izlikda shu daraht tegida o’tiraman. Kun kech bo’lsin. Exxx Sayida opa. Nega bunaqa qildiz.....
Telefonim jiringladi. Ishxonadan usta telefon qivoti.... Tez kel diydi. Mayli boraman... Boshliqni xonasiga kirgazib yuborishdi. Manda boshliqni nima gapi bor ekan.....
Ish paytida ichib yurib ishga kelmaganim uchun mani ishdan bo’shatdi. Endi man ishsizman. Usta hayron qoldi. U o’zini aybdor his qildi. U ichirgandi manga. Lekin nega mani bo’shatmadi. Kecha man ham ichgandimu didi. San ishga kelding. Man kemadim didim. Keyin eshikni sekin yopib ishxonamdan chiqib ketdim. Omadsizlik kelsa bittada kelarkan.....

Davomi bor.


Sog' salomatlik...
 
Bek_moderatorСана: Якшанба, 24-Июл-2011, 01:34 | Изох # 39
Изохлар модератори
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Изохлар: 63
Тақдирланишлар: 2
Холати: Хозир йўқ
уффффффф ёзмасин шу бола.

Хар бир изохингиз мени қўлимда!
 
GiyosСана: Якшанба, 24-Июл-2011, 01:37 | Изох # 40
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 1130
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 59
Холати: Хозир йўқ
Yoqmasa o'qimang!

Sog' salomatlik...
 
LiLi_YaСана: Якшанба, 31-Июл-2011, 05:08 | Изох # 41
Рўйхатда
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 28
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 42
Холати: Хозир йўқ
Davomi intiqlik ila kutilmoqda.
Tezroq qöyiwingizni iltimos qilaman

Добавлено (31-Июл-2011, 04:08)
---------------------------------------------
Kuttirdize ijodiz kuzatuvchisini


Mohi Ramazon qutlug' kelsin... Muborak bölsin!
 
GiyosСана: Якшанба, 31-Июл-2011, 05:29 | Изох # 42
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 1130
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 59
Холати: Хозир йўқ
28 qism

Adam oshpazlar. Osh sotadilar. Oldilariga borib turaman ba’zida. Bugun ham ikki alamni unitib to’yib osh yiyman dib ushatga bordim. Oshxona oldiga borgunimcha yo’ldagi ofisantkala ovqatlani reklama qilib mani taklif qilishdi. Hammasiga yo’q, yo’q dib otkaz berdim. Bittasi orqamdan qomadi. Hamma ovqatni nomini etib chiqdi. Manimcha odam go’shtidan boshqa hammasini sanab chiqdi. Qattan shunchasni yodlab olgan bilmadim. Orqamga shahd bilan qayrilib OSH yiyman didim. Bu payt adamni oldilariga kelib bo’lgandim. Adam manga qarab: “ke o’g’lim. Keldingmi?” dedilar. Keyin ofisantkaga mani tanishtirdilar. Ofisant uyalib orqasiga ketdi. Yana borib kimnidir taklif qila boshladi. Man adamga salom berib stolga o’tirdim. Adam yuzimga qarab:
- Ishadan bo’shatishdimi?
- Yo’q. Qattan bildiz. Ha. Shunaqa bo’ldi.
- Kecha nega ichib kelding?
- Ichmadim!... Ozgina pivo ichdim.
- Nega aldisan. Nima qilasan aldab. Man hammasini bilamanu.
- ....
- Indamisan. Aybin bo’sa indamiy qo’yasan.
- Nima diyishim kerak. Manam bilaman qattan bilganizni. Choyhonachi etgan sizga. Ishdan bo’shaganimni ham ushandan bilgansiz. Sobiq hamkasblarim chiqib ketishim bilan borib so’yinchi olib yuvushgandirde. Hammasiga tupurdim. Man hali qaytaman. Man ketganimdan hursand bo’lishni ularga ko’rsataman! Mani yiqildi dib o’ylavotimi? Yiqilgan bo’lsam ham hali ko’milmadim. Hursand bo’masin. Telefon qilib usha choyhonachi do’stizga etaman. Hali man qaytib borganimni yuvadi. Shuni ushalarga etib qo’ysin. Shuncha dilida gapi borakan. Nima qilardi yashirib yurib.
- Qo’ysenchi o’g’lim. Nima zaril sanga?... Osh yiysanmi?
- Ha.
- Non qancha beriy?
- Yarimta.
- Mana ol. Sovuq choy ich. Kosa berimi, piyola berimi?
- Kosa berin. Bir to’yib ichiy.
- San o’g’lim siqilma. Man borman, ko’chada qomisan. Ishindan yarilibsanu. Joningdan ayrilmagansan. Uying bor. Otang bot. Onang bor. Yana sanga nima kerak. Yaqin orada to’yini qilamiz.
- Qanaqa to’y. Ishimdan ham ayrildimku.
- Man borman.
- Siz..... qo’ysezchi.
- Uyga borib yahshila dam olgin. Uyda gaplashamiz. Bo’ldide endi.
- Hop ada.
Man uyga bordim. Uyga kiraverishda mahalamizni oldi g’iybatchi xotinlari yig’ilib olib nimanidir spor qilishvotudi....

Davomi tez kunda...


Sog' salomatlik...
 
DilraboСана: Якшанба, 31-Июл-2011, 09:07 | Изох # 43
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 1188
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 628
Холати: Хозир йўқ
Forumga kirgan birinchi kundan wu hikoyani öqigandim.Tugamaguncha fikr bildirmayman degandim öwandaLekin ...Men ijodkor insonlarning 2 satrlik muwohadasiniyam alohida ètibor bn öqiymanChunki,ilhom taqlidni tan olmaydi,inson qaysidir joyda korgan,oqigan kitobdagi gaplrni aynan özimniki degan fikr bn xotiraga joylawtiradi.Vaqt ötiwi bn öz dunyoqarawidan kelib chiqib waxsiy fikriga aylanadi.Miyada (aqlda emas)yetilib ,qalbda charxlanib kozlar va qollar orqali yetkazadiBuJARAYON insondan katta mehnat va kuch talab q.diBu meni fikrim.IJODINGIZNI QADRLAYMAN.

Nigohimda jamdir bu olam...
 
LoadingСана: Якшанба, 31-Июл-2011, 10:30 | Изох # 44
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
O'x! tak. Sinmaslik haqida nimadur didimi bola. Ko'ramiz? Saxroyi qizni rosa o'yin qiludi.

Faqat 3 ta shart!
 
LiLi_YaСана: Якшанба, 31-Июл-2011, 17:27 | Изох # 45
Рўйхатда
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 28
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 42
Холати: Хозир йўқ
Qiziq...

Mohi Ramazon qutlug' kelsin... Muborak bölsin!
 
NavrozСана: Чоршанба, 03-Авг-2011, 22:06 | Изох # 46
Иштирокчи
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 166
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 134
Холати: Хозир йўқ
daxwat! Be4ora beva ayol. Kutamiz davomini
 
GiyosСана: Жума-муборак кун!, 05-Авг-2011, 16:37 | Изох # 47
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 1130
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 59
Холати: Хозир йўқ
29 qism

Man uydan butunlay ketmoqchiman. Ha oxiri shu qarorga keldim. 3 kun ichida misli ko’rilmagan o’zgarishlar bo’lib ketdi. Sayida opa uyiga orendaga odam qo’yib o’zi kvartiraga ko’chib ketdi. G’iybatchi ayollar brigadasiga qo’shilib qolgan onam, uni ko’chib ketishida mani aybdor ekanimni aytidilar. Ular Sayida opa bilan gaplashishibdi. Ular mani “shunaqa” qimoqchi bo’ganimni aytibdilar. Hichamde. Sayida opa unaqa dimidilar. Bu mahalladagi ayolalrni o’zlarini topgan ertaklari. Lekin hamma yosh boladek shu ertakka ishonib qolishgandi. Hamma ertakni oxiri nima bilan tugashiga qiziqardi. Man ertakni davomini yozilishini hohlamay jo’nab ketvomman. Hammasidan charchadim. Adam indamadilar. Faqat erkakchilik diganlariga ular ham manga ishonmayapganlarini bildim. Onam har kuni janjal qiladilar: “Sani shu niyatda katta qilganmidim. 54 yil shu umidda yashadimmi? Sani boqguncha mol boqsam foydasi katta bo’llarmidi???? Endi sani uylantiramiz diganda qilgan ishingni qara? Qanaqa qib boshqalar darvozasini taqilatib boraman endi???? Sanga kim qizini beradi endi. Mani kuydirdinku???” der edilar. Adam shu joyiga keganda: “Nima qiz qurib qoptimi? Beradi qizini. Ertaga hammasi unitilib ketadi. San o’g’lim shu mahalladagiga yopishmasdan Qatortolga borsang bo’lmasmidi. Hamma ishini spakoyni bitirib yotibdiku. Xalqqa ovoza qimasdan” diydilar. Mana shu gaplarda ham to’ydim. Shu 3 kun shu kun mavzusi bo’lib qoldi. Manga alam qiladigani shu mani aybim yo’qligi, hech narsa qimasdan aybdor bo’lib qolishim. Rostanam alam qiladide. Ushanda balki shunaqa qiganimda Sayida opa ko’chib ketmasmidi. BU gap so’zlar bo’masmidi. Eyyyy hammasiga tupurdim. Uydan ketaman. Oxirgi hulosam shu. Ertaga ertlab yo’lga chiqman.
Pasport, ozgina pul, uydagilarni rasmi, non 1ta, sevimli safar sumkam va o’zimga ishonch bilan yo’lga chiqdim. Hamma uhlavotudi uydagilar. Ko’chaga chiqsam hich kim yo’q. Katta yo’lga qarab ketdim. Yo’lda Dilshod o’tib ketgandek bo’ldi. Hayol bilan bo’lib nima deganini ham eshitmadim.Kecha u ham bir ikki gap qigandi. Etishib qoludim. Orqaga qarasam ketvotgankan. Bekatda o’tiribman o’ylaaaaab..... Hm. Qishloqga ketaman. Hich kim topa olmidi. Eyy telefonimni uyda qoldirmabmanu. Mayli o’chirib qo’yaman. Avtobus stoyankasiga bordim. Kirakashlaru, avtobusni shopirlari hammasi odam chaqirvoti. Samarqand, Buhoro, Navoiy, Jizzax. Hammasiga avtobus bor. Qayoqga ketsam ekan. Hayotimni boshqatdan boshliman.Hich kim ortimdan gap qilomidi. Soatga qariman dib telefonni yoqtim. SMS keldi. Dilshoddan ekan: “Sayida open (“xotinning”) nikiga ketvotumidin. Endi xotinli bo’lib o’rtolarni esdan chiqarish ekande. XAXAXA”. Shu asabim buzildi... Ketishga sal ikkilanish bor edi. Endi aniq ketaman. Lekin qatga. Yonimda 3 ta student turibdi. Gap so’zlaridan o’rtoqlarini to’yiga ketishmoqchi. Shularga qo’shilib olsammikan. Baribir qatga borishim noaniq. Ozgina kuzataman.... Hm. Bir Buhoroni avtobusiga, Bir Navoiyni avtobusiga, Bir Samarqandni avtobusiga borib yo’l xaqini kelisha olmiy qaytib kelib o’rtoqlariga otchyot bervoti. Manam ularga qo’shilib ketish uchun yo’l kira qancha bo’votganini so’radim. Shu bilan ularga qo’shilib ketdim. Qata o’qishini, qatga ketvotganini so’rab oldim. Keyin manam usha taraflarga ketvomman didim. Ular mani ham to’yga taklif qilishdi. Hop didim. Manga nima farqi bor. Baribir boradigan joyim yo’q. Sal bo’lsa ham ko’nglim yozilar. Yana avtobus qidirishni boshladik. To’y egasini ismini etsak hamma tanirkan. Hamma gaplashgan haydovchilarimiz tanirkan. Bittasi qo’shni qishloqdan ekan. Lekin o’zi Navoiyga qatnaydi. Usha kishini taniydi lekin. Bittasi usha qishloqdan. Juda yahshi tanirkan. Lekin Usha kishini ukasini otini bilmasakan. Yana bittasi lasetti haydovchisini “akasiman” dib kelib qoldi. Ana rodnoy ukam. Sizlarni usha to’yhonagachga olib borib qo’yadi. Mashina zo’r. Konditsioneri bor. Buni narxini sal kelisha olmadik. Ushatda aylanib yurudik. Usha lesetti dagi “ukasi” bilan gaplashvotganini ko’rib qoldik. “Ukasi” unga sira o’xshamasdi. 10 ta plastik xirurglar operatsiya qilsa ham uni yuzini akasiga sal bo’lsa ham o’xshata olishmasdi. Bashara 2 xil. Rosa kulgim qistidede. Keyin Samarqand avtobusiga chiqdik. Telefonimni yoqib, nomerimni studentlarga berdim. O’tirib uhlab qoldibman. Bir payt student telefon qildi. Yengil mashinalar stoyankasiga chaqirdi. Neksiyada ketamiz didi. Man bilan yana bittasi qoludi. U bilan ushatga bordik. U yoqda ham kuyov bolani otasini hamma tanirkan. Qoyillar qolib ketdim. Lekin kuyov bolani amakisini otini etib bera olishmaydide. Ushalarni mashinasiga chiqib o’tirsak bo’ldi. Ularga farqi yo’q. Aldab suldam chiqarib olsa bo’lgani. Shunaqa qilib yangi hayot olg’a dib neksiyada ketdim.....

Davomi tez kunda!


Sog' salomatlik...
 
LoadingСана: Жума-муборак кун!, 05-Авг-2011, 17:21 | Изох # 48
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
Voy ketide endi. Giyos bu safar reklamda. judayam uzoni etibsiz.

Faqat 3 ta shart!
 
GiyosСана: Шанба, 13-Авг-2011, 04:16 | Изох # 49
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 1130
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 59
Холати: Хозир йўқ
30 qism

Yo’lda ketvoman. Faqat uyni o’ylavomman. O’zimga o’zim etamande. Manga nima zaril edi Saida opamnikida yashab. Undan ko’ra trikchilikimni qilsam bo’lmasmidi. Mana endi hamma narsalarimni tashlab ketvomman. Ketishga yo’l kiramdan boshqa 1 so’m pulim ham yo’q edi. Adam mani vaziyatimni tushundilarmi? Yoki ketsam o’zimga, keyin o’zlariga yahshi bo’ladi dib o’yladilarmi? Bilmadim. Ularga ham osonmas. Ko’chada qaysi o’rtoqlari ko’rsa o’g’ling malades ekan. Man qilomagan ishni qilib chiqibdi, o’zing ham kirmadingmi? Bir manga etvotudinku shu ayol yolg’iz, ersiz qoldi dib. Balki o’g’ling bilan boja bo’lgandirsan. Yoki san kirib, gap so’zdan keyin o’g’lingni postavit qivordingmi? - dib boshlarni qotirishibdi. Ularga ham yoqmidide ha deb etvursa. 1 marta et 2 marta et. Har ko’rganda etish shartmi. O’zi usha o’rtoqlari g’iybatchi xotini bilan bir. Ikkalasi kechasi bilan ma’lumot almashib chiqishadi. O’g’li ham yaqinda g’iybatchi ablah bo’lib yetishsa kerak. Qizi ham! Mana ahvol. Kimga arz qisinla. Urib tepiy disala o’rtolar. Shunga tinchgina man ketmoqchi bo’ganda poderjka qib, pasprtim oldiga 100 000 so’m qo’yib qo’yibdilar. Ketishimni sezganlarde. Balki o’zlari ham mani o’rnimda bo’lganlarida shunaqa qilarmidilar. Shunga mani pulim yo’qligini bilib pul qo’yganlar. Pasportimni olishimni bilganlarde. O’zimni 30 000 so’m pulim bor edi. Shu bilan qishloqga yetib olmoqchi edim. Yetib olaman ham. 100 000 ni saqlab qo’yaman. Bir kun kerak bo’lsa ishlataman. Yana bir narsani o’yliman. Nahotki otam mandan osongina voz kechdi. O’rtoqlarini gapi deb manda yuz o’girvordi. O’z o’g’li uchun kurashmadi. Osongina o’z tinchini o’ylab manga sur o’g’lim, tezro yoqol manavi pulni olib didi. Tushunmayman. Aniq sababini tushunmayman. Baribir. Nima bo’sa ham pulni oldim. O’zima ishonaman. Nima qib bo’sa ham kunimni ko’raman. Man ko’chada qolib ketadiganlardan emasman...
Onam bugun mani qidirmidilar. Kechqurun uyga kemaganimdan keyin, ertalab turib joyimda yo’qligimni bilib keyin to’palonni boshlidilar. Adam biladilar ketganimni. Pullarini olib ketdimku. Qaridilar baribir. Ketdimi yo’qmi dib. Onam mani qancha yomonladilara. Buni etish og’ir, lekin man o’z onam manga ishonmaganiga jahlim ham chiqib ketdi. Qatdigi ko’chani lattachaynar xotinlarini gapiga kirib mani aybdor qilib, keyin yana usha j****larga chiqib etdilar. U tan oldi dib. Man hich nimani tan olmadim. O’zlari tan ovordilarde mani nomimdan. Nima mahallan g’iybatchilarini raisi bo’lishni maqsad qivoganmilar har hil yangilik tashavotilar. Mahallada bosh ko’tara omimanu bunaqa siqilishlarda keyin... O’zimni tug’gan onam mani aybdorsan disalara....
Akalarimga farqi yo’q. Ularni man bilan ishi yo’q ham. Uyda kvartirantde yashiydi. Keladi ketadi. Bor yo’ligi bilinmidi. Bir hillarida ko’rib qosam o’ylab qolaman: Shu mani akam edimi dib. Sal o’xshash tomoni bor. keyin esimga tushadi. Manimcha bu voqealarda uni habari yo’q.... Habari bo’lishi kerak. Bunaqa voqea bo’ladiyu u habarsiz qop ketadimi. Exx mayli nima bo’sa ham akam.
Man endi qishloqda yashiman. Hamma tanishlarimdan uzoqda. Ertadan telefonimni o’chirsam bo’ladi. Bugun qidirishmidi. Ertadan qidirishadi.... Telefonimga SMS keldi. Ooo Saida opadan kebdiku. Qilar ishni qib qo’yib, gap so’z tarqatib. Mahallada narxlarini chiqarib, mani yo’q qivorib endi nima yozibdilar... Ja ko’pku. Yana keldi....

Davomi tez kunda!

© giyos@mail.ru


Sog' salomatlik...
 
LoadingСана: Шанба, 13-Авг-2011, 10:03 | Изох # 50
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
Sayida opani sog'ingan ekaman. Isimlarini o'qib yuzimga tabassum yugurdi. Ota haqida o'ylaganlari o'rinsiz. Buyog'i oz qoldi.

Faqat 3 ta shart!
 
Поиск: