[ Янги изохлар · Фойдаланувчилар · Қоида · Изламоқ · RSS ]
Модератор форума: Giyos, SarVario, komol_76, Anv@rbek  
Hikoya
AbbosbekСана: Пайшанба, 28-Мар-2013, 03:10 | Изох # 851
Sayyod.com посбони!
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 3823
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 655
Холати: Хозир йўқ
Moxinur Ajoyib. .

1000 marta yordam ber baribir
unutishadi. Bir marta pand ber, bir
umr eslab yurishadi. .
 
Mohinur_UСана: Пайшанба, 28-Мар-2013, 14:59 | Изох # 852
Рўйхатда
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 98
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 180
Холати: Хозир йўқ
Davomi.
Men rozi bo'ldim. Shundog'am Samantaga qanday aytaman bu gaplarni...
Maxsus xizmatdagilar ketganidan keyin xonamga kirdim ln uyqum kelmadi. Samantani xonasidan yig'i ovozlari kelardi Samantani bezovta qilmadim. O'zimni xayolarim bilan xonamda yolg'iz qoldim. Lusiyani kulishlar erkalanib gapirishlari ko'z o'ngimdan ketmasdi. Axir juda o'rganib qolgan ekanman. Xayollar bn uxlab qolibman Tong otdi.
Yuvinib Samantani xonasiga kirdim u uxlab yotardi. Choy tayyorlab bo'lgunimcha u xam uyg'ondi.
U xafaligini bildirmaslikka xarakat qilib jilmaymoqchi edi lekin uddasidan chiqolmay yig'lab yubordi.
-Nazira endi nima bo'ladi. Lusiyani topa oladimi?
Kechagi Maxsus xizmatni gapi esimga tushdi. Lusiya 10 qurbon....
Titrab ketdim. Ln Samantaga bilmaslikka xarakat qildim.
-Samanta albatta topadi. Balkim xech kim o'g'irlamagandir.
O'zi o'ynab adashib qolgandir. (Bu yupatish gaplari shunday soxta bo'b chiqdiki, o'zim xam gaplarimga ishonmadim. Ln bundan boshqa gap topolmadim).
Kn ishga ketdik. Ishda xam Lusiyani o'ylardim.
Oradan bir xafa o'tdiki yanglik yo'q edi.

MAXSUS XIZMAT.
Maxsus xizmat- 10 kishidan tuzulgan maxsus gurux bo'lib, bu gurux faqat yo'qolgan bolar bn shug'ulanardi.
Gurux boshlig'i Samoel Jons bo'lib 40 yoshlar atrofidagi odam edi. Xonasida o'tirardi
9 ta qurbonni nima bog'lab turganini o'ylardi.
Naxot xech qanday iz qoldirmagan bo'lsa 9 ta qurbon xam 5 yosharli sariq sochli moviy ko'zli qizaloqlar.
Ular bog'chaga boradi. Ln 9 ta qurbonni xam bog'chasida xech qanday shubxali shaxsni ko'rmagan.... Xayollari chalkashib ketdi. Va bir narsani aniqlaganday tezda chaqiruv kinopkasini bosdi. Xonaga yordamchi Aleks kirib keldi.
Tezda xonaga xamma kirsin.
-Xo'p bo'ladi.
Bir zumda xonaga xamma yig'ildi.
-Biror yanglik topdilarizmi
-xozircha yo'q
- men xozir qurbonlarni kuzatish natijasida ular orasidagi o'g'irlash vaqti orasidagi masofa uzoq ligini ln 9-qurbon bn Lusiyani orasidagi vaqt bir oydan oshmaganligini ko'rdim. Yani oldingi qurbonlarni o'ldirganda qandaydir qo'rquvni xis qilgan bo'lsa endi esa qizchalarni o'ldirib xuzur olayapti.
Bog'chasida surishtirdilarizmi shubxali shaxslarni ko'rmabdimi yoki yangi ishga olinganlar yo'qmikan?
Aleks javob berdi.
- xozir bu ish bilan Eliz shug'ullanayapti bog'chada surishtiruv ishlarini boshlab yuborgan
-Vaqtimiz juda kam qoldi. Qotil tez orada Lusiya o'ldirib 11 chi qurbon o'g'irlaydi.
Telefon jiringladi. Lusiya ekan
-alo
- Shef bog'chada surushtiruv natijasida shu malum bo'ldiki, Shubxali shaxslarni xech kim ko'rmagan yangi ishga olinganlar yo'q ekan. Olinganiga 2 oy bo'lgan bog'bon bor ekan uni so'roq qildim ln shubxali xech narsa topmadim ln bu bog'bondan oldin Feliks degan shaxs bir xaftagina ishlab ketgan ekan. U xech kim bn gaplashmas unga buyruq berganlarni yoqtirmas ekan. Kn u Sariq sochli qizaloqlardan qandaydir qo'rqar ekan.
-Nega bizga oldinroq bu xaqida aytishmagan ekan.
-chunki uni ishdan bo'shaganiga 2 oydan oshgan. Shuning etiborni tormagan
-Tushunarli tez u xaqida malumot jo'nat
-xo'p bo'ladi.
-Demak u 9 qurboni o'g'irlash vaqi Lusiya xaqida malumot yig'gan. Demak boshqa bog'chalarda xam bir xafta ishlagan bir xafta ichida qurboni xaqida malumot yig'gan.
Demak 11 qurboni xaqida xam malumot bor. Yaqinda Lusiyani o'ldiradi.
Tezda Eliz yuborgan malumotlar asosida u odam xaqida to'liq malumot to'planglar. Davomi bor
 
T_SardorСана: Пайшанба, 28-Мар-2013, 15:40 | Изох # 853
Sayyod.com мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 541
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 181
Холати: Хозир йўқ
Ajoyib tema! Davomini kutamiz!

O'zingdan o'zgaga muxtoj qilmagin!!!
 
Zinnura_KСана: Пайшанба, 28-Мар-2013, 20:16 | Изох # 854
Sayyod.com мухлиси
Гурух: VIP
Изохлар: 863
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 1466
Холати: Хозир йўқ
Detiktiv kundaligidan ))))) ajoyiiiibbbb ))))

erka farishta....(m)....
 
GiyosСана: Якшанба, 31-Мар-2013, 02:33 | Изох # 855
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 1130
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 59
Холати: Хозир йўқ
Kutirganim uchun ming bor uzr.


***10 (Men sevardimku) (Boshi oldingi izohlarda)

Kundalikni yopib qo’ydim. Bu men uchun daxshatli gaplar edi. Yana bir narsa esimga tushib ketdi. Oxirgi haftalar u doim qo’lida ingicha arqon olib yurardi. Bo’sh qolganida ushani xalqa qilib, ushanga qarab o’tirardi. Bir xillarida sharfini shunday qilardi. Bir marta ham shu yozganini aytgandi:
- Feruz, Jannat qanaqa ekani haqida tasavvuring bormi?
- Ha. Kitoblarda o’qiganman.
- Men ham o’qiganman. Keyin ko’rganman ham.
- Hazilkashsanda. Qanday qilib? Tushingdami?
- Yo’q o’ngimda. Mana hozir ham ko’rib turibman.
- Bu haziling oshib tushib ketdi.
- Hohlasang aytib berishim mumkin. (shunda deb, qo’lidagi arqon xalqaga yaqinroq qaradi)
- Mayli ayta qol. Sazang o’lmasin.
- U yer juda ham chiroyli. O’zing hohlagandek. Bog’lar aro yurib uyinga ketasan. Yo’lda har qanday mevalar pishib, o’sib yotibdi. Uying ham katta. Uy emas, saroy. Eshiklari juda ham katta, naqshinkor. Yerda bundayini ko’rmagansan. Yaqinlashishing bilan ochiladi. Ichkarida juda ko’p xizmatchilaring bo’ladi. Ichkaridan. Bilasanmi? Ichkarida sozandalar, ajoyib, yoqimli kuy chalishayapti. Uni eshitsang eding. Usha musiqani eshitish uchun soatlab ketgan vaqtimga achinmayman. Oldin bunday musiqa eshitmaganman, hech ham. Doim shu joygacha kira olaman. Ozgina ichkarida yoqimli taomlarni hidi kelib turadi... u yog’iga o’ta olmayapman...
- Endi juda oshirib yubordin. Haziling yolg’on bo’lib ketdi. Xalqangda hech narsa yo’qku. Mayli shu hayolingni surib o’tiraver. Men darsimga ketdim.

Nega shu payt men bilmadim. Axir ko’rayapman degandiku. Sog’ odam ko’rmaydiku.... Nega sezmadim. Hech kimga ham aytmabman. Nahotki ayb menda bo’lsa. Fazilat, meni kechir dugonajon. Senga vaqtida yordam bera olmabman. Menga o’zing bilmagan holatda aytgan ekansanku. Kechir. Yosh umringni hazon qildim...
Kundalik. O’qiyman. Boshidan o’qiyman. (o’qiy boshladim. Kundalikni 8 sinfidan boshlab tutgan ekan. Unga o’z fikrlarini yozib qoldirgan ekan. Yana esda qolarli ishlarini ham yozibdi. Kollejga kirganini, men bilan tanishganini ham yozibdi. Yaqin olishini bilardim. Lekin bu darajada yaqin olganini bilmagan ekanman. U shunaqangi keltitib yozibdiki... (yig’lab yubordim undan ajralib qolganimga). Yana qolganlarini o’qiy boshladim.

“Ichimdanmi, yoki yonimdanmi.... Qandaydir ovozlar meni o’ziga chaqirayotgandek. Bilamayman qayerdan kelayapti. Lekin g’alati. Avval bunday emasdi.”

“U ovozlar menga arqon topishni buyurishayapti. Negadir ularni etganini qilayapman. Yoqimli ovozlar.”

“Arqondan yasalgan xalqada men Jannatni ko’rdim. Oldin kitobda tasvirlanganini o’qigandim. Ushani endi o’z ko’zim bilan ko’rayapman. Yozilgandan ham ming chandon go’zal ekan. Faqat shu xalqaga yaqin borsamgina ko’raman.”

“Usha kelayotgan ovozlar, meni u yoqda yashashim mumkinligini aytishdi. Lekin ketish qiyin ekan. Kallamni xalqadan o’tkazib osishim kerak ekan. Og’riqli bo’lsa kerak. Qo’rqayapman.”

“Bu haqida uydagilarga aytmoqchi edim. Oxirgi paytlar ular meni eshitishga vaqtlari ham yo’q. Boshqa ishga o’tib, meni unitishgandek. Eng yaqin dugonamga aytgandim. Menga ishonmadi. Yolg’onchiga chiqardi. Hech kimga ishongim kelmay qoldi. Hech kimga kerakmasman.”

“Ichki ovozlar meni tobora u yoqqa chaqirayapti. Ulardek mehribon yo’q bu olamda. U yerni havosi. Yoqimli. Ketaman. Ular menga arqon ham topishibdi. Kiyim iladigan dor. Lekin og’riqliku. Qo’rqib ketayapman. Juda ham qo’rqayapman. O’zimni osgim kelamayapti. Lekin u yer o’ziga meni tortmoqda...”

“Kundaligim to’ldi. Yangisini olishim kerak....”

Kundalikni yopib, yanada qattiqroq yig’lab yubordim. O’zimdan vijdonim qiynalib dodlab yubordim. Fazilat meni deb o’lib ketibdiku....Aybor men ekanman. Men uni tushunmabman. Kechir dugonajon. Iltimos kechir....

(Davomi yaqin soat va kunlarda)


Sog' salomatlik...
 
xasan_uzСана: Якшанба, 31-Мар-2013, 11:18 | Изох # 856
Рўйхатда
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 5
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 302
Холати: Хозир йўқ
Giyos aka bekor qildiz. Fazilat unaqa qizmasidi. siz bilasizmi kimsiz?
qotillik qip qo'ydizu og'a...!
xa mayli kundaligi qoptiyam..)))


Meni yig'lab sog'inma, Meni sog'insang yig'la. Ismim aytib uyg'onma, ismimni aytib uxla !!!
 
Dinora_Golden_GirlСана: Якшанба, 31-Мар-2013, 16:44 | Изох # 857
Sayyod.comда пропискада!
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 4486
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 908
Холати: Хозир йўқ
DAVOMI... U qarshimda turardi... Közlari yillar davomida yig'ilgan nafrat töla nigohla boqardi... Qölidagi pichoqni körib ajrashyotgan paytimiz "seni öldiraman" degan gapini eslab yuragim orqaga tortib ketdi... Vujudimni qattiq qörquv egalladi...
- "Qizalog'iiimmm... Oying seni yaxshi köradi, judddayam yaxshi köradi..." hayolim faqat qizimda edi...
- "Umida seni baxtli qilmoqchi edim, seni sevardim, sen esa anavi sötakni tanlading, meni g'ururimni poymol qilding... Seni topgunimcha qiynalib ketdim, shuncha yilni ötqizvordim. Endi senga achinib ötirmayman xuddi sen menga achinmaganingdek..." - yana nimalardir deb baqirdi va atrofga alanglagach, yonimga qarab yugurdi... Xuddi oyog'im yerga mixlangandek, tilim sözdan qolgandek qotib qolgandim... Qattiq ingrab yubordim... Bir narsa vujudimga qattiq sanchildi, nafas olishim qiyinlashib köz oldim qorong'ulashib borardi... Amallab vujudim og'riyotgan joyni ushladim -qornimda pichoq qadalib turardi... Yöööööq... Men ölmasligim kerak Qizalog'immm...
Közimni ochsam Renat aka, onajon turibdi...
- Umida gapirma jonim, hammasi yaxshi böladi. Onajonni yig'idan közlari qizarib ketgan. Ölimimni sezdim, bir necha daqiqalardan söng hayotim tugaydi... Hayolimda qora ajal misoli Olimjon aka kulib turardi... Yöq men hozir ölmasligim kerak, qizimni körmasdan u dunyoga ketmayman, hech bölmasa oxirgi marotaba körib qolay, menga qizimni körsatinglar, qizimni körmasdan ölmayman... Baqiryapman, iltimos qizimni körsatinglar... Men uni körishim kerak, oxirgi marta iltimos, ulgurishim kerak qizimni körishga... Ovozimni özimdan boshqa hech kim eshitmayotgandi... Men gapirolmayotgandim... Urinishim befoyda ekanligini tushunib yetdim... Közimni yumdim, vujudimdan jonim chiqayapti... Nimalarga ulgurdim, hayotda yaxshilik qildimmi? Ota-onam oldidagi farzimni bajardimmi? Yöq... Men munosib farzand bölolmadim, ota-onam qilib bergan sharoitga shukur qilmadim. Mening eng katta aybim sevib qolganim, agar sevmaganimda mendan baxtliroq qiz bölmasmidi?! Bunchalar noshukursan Umida?! Bu dunyodan ketyapsanu noshukurlik ila öylagan gaplaringni qara! Ey Allohim sendan birgina ötinchim qizimni oxirgi marotaba köray, diydoriga töyay hidlab-hidlab yuz-közlaridan öpay... Garchi tan olishni xohlamagan bölsam ham undan dadajonimni hidi kelardi, uni hidlasam dadajonim esimga tushardi, agar hozir hidlasam sönggi marta dilimga dadajonimni hidini tuygan bölardim... Ey jonim buncha tipirchilaysan... yöq bunchalar tez... Yöööööq... Qizalog'imni körmasdan ketolmayman... Dadajonim oyijonim sizlarni yaxshi köraman meni kechiringlar... Men ahmoqni kechiringlar... Renat aka meni deb shu ahvolga tushdingiz, sizlarni ham qiynab yubordim. Endi hammasi yaxshi böladi... Olimjon aka sizdan xafa emasman, vaqtim yetganida agar tilim sözdan qolmaganida sizdan kechirim sörardim... Rahmat sizga meni ota-onamni, ukalarimni, sog'inishlarim azobidan qutqardingiz... Tobora jonim chiqqani sayin qizalog'im va dadajonim köz öngimda namoyon böla boshladi... Tipirchilayotgan jonim tinchlantirdi... Hozir biroz jonim chiqquncha qiynalishimni sezib turardim... Jilmaydim... Mendan rozi böl hayot... Jonim orom oldi... Yuragim urishdan töxtadi...

Добавлено (31-Мар-2013, 13:18)
---------------------------------------------
DAVOMI... U qarshimda turardi... Közlari yillar davomida yig'ilgan nafrat töla nigohla boqardi... Qölidagi pichoqni körib ajrashyotgan paytimiz "seni öldiraman" degan gapini eslab yuragim orqaga tortib ketdi... Vujudimni qattiq qörquv egalladi...
- "Qizalog'iiimmm... Oying seni yaxshi köradi, judddayam yaxshi köradi..." hayolim faqat qizimda edi...
- "Umida seni baxtli qilmoqchi edim, seni sevardim, sen esa anavi sötakni tanlading, meni g'ururimni poymol qilding... Seni topgunimcha qiynalib ketdim, shuncha yilni ötqizvordim. Endi senga achinib ötirmayman xuddi sen menga achinmaganingdek..." - yana nimalardir deb baqirdi va atrofga alanglagach, yonimga qarab yugurdi... Xuddi oyog'im yerga mixlangandek, tilim sözdan qolgandek qotib qolgandim... Qattiq ingrab yubordim... Bir narsa vujudimga qattiq sanchildi, nafas olishim qiyinlashib köz oldim qorong'ulashib borardi... Amallab vujudim og'riyotgan joyni ushladim -qornimda pichoq qadalib turardi... Yöööööq... Men ölmasligim kerak Qizalog'immm...
Közimni ochsam Renat aka, onajon turibdi...
- Umida gapirma jonim, hammasi yaxshi böladi. Onajonni yig'idan közlari qizarib ketgan. Ölimimni sezdim, bir necha daqiqalardan söng hayotim tugaydi... Hayolimda qora ajal misoli Olimjon aka kulib turardi... Yöq men hozir ölmasligim kerak, qizimni körmasdan u dunyoga ketmayman, hech bölmasa oxirgi marotaba körib qolay, menga qizimni körsatinglar, qizimni körmasdan ölmayman... Baqiryapman, iltimos qizimni körsatinglar... Men uni körishim kerak, oxirgi marta iltimos, ulgurishim kerak qizimni körishga... Ovozimni özimdan boshqa hech kim eshitmayotgandi... Men gapirolmayotgandim... Urinishim befoyda ekanligini tushunib yetdim... Közimni yumdim, vujudimdan jonim chiqayapti... Nimalarga ulgurdim, hayotda yaxshilik qildimmi? Ota-onam oldidagi farzimni bajardimmi? Yöq... Men munosib farzand bölolmadim, ota-onam qilib bergan sharoitga shukur qilmadim. Mening eng katta aybim sevib qolganim, agar sevmaganimda mendan baxtliroq qiz bölmasmidi?! Bunchalar noshukursan Umida?! Bu dunyodan ketyapsanu noshukurlik ila öylagan gaplaringni qara! Ey Allohim sendan birgina ötinchim qizimni oxirgi marotaba köray, diydoriga töyay hidlab-hidlab yuz-közlaridan öpay... Garchi tan olishni xohlamagan bölsam ham undan dadajonimni hidi kelardi, uni hidlasam dadajonim esimga tushardi, agar hozir hidlasam sönggi marta dilimga dadajonimni hidini tuygan bölardim... Ey jonim buncha tipirchilaysan... yöq bunchalar tez... Yöööööq... Qizalog'imni körmasdan ketolmayman... Dadajonim oyijonim sizlarni yaxshi köraman meni kechiringlar... Men ahmoqni kechiringlar... Renat aka meni deb shu ahvolga tushdingiz, sizlarni ham qiynab yubordim. Endi hammasi yaxshi böladi... Olimjon aka sizdan xafa emasman, vaqtim yetganida agar tilim sözdan qolmaganida sizdan kechirim sörardim... Rahmat sizga meni ota-onamni, ukalarimni, sog'inishlarim azobidan qutqardingiz... Tobora jonim chiqqani sayin qizalog'im va dadajonim köz öngimda namoyon böla boshladi... Tipirchilayotgan jonim tinchlantirdi... Hozir biroz jonim chiqquncha qiynalishimni sezib turardim... Jilmaydim... Mendan rozi böl hayot... Jonim orom oldi... Yuragim urishdan töxtadi...

Добавлено (31-Мар-2013, 15:44)
---------------------------------------------
OXIRI... Avtor tarafidan...

Umida vafot etgach, Renat yolg'izlanib qoldi, qizchasiga qarashga esa yuragi dov bermasdi. Umidaning ölimiga özini aybdor qilib yurdi. Özbekistonda bölganimda shu voqealar yuz bermasmidi deb öylardi, vaholanki Özbekistonda böladimi boshqa yerdami Olimjon Umidani baribir öldirardi, tag'in bilmadim (!) Renatni onasi esa qanday qilib ög'lini "hammasi taqdirdan" deya yupatardi. Qizining vafotini eshitgan Umidani dadajonisi insult bölib qoladi. Baribir yoshligidan uni qattiq yaxshi körgani uchun kun kelib qaytib kelsa kechiraman deb yurardi. Oyijonisi esa jinni bölib qoladi, (hozir jinnixonada, Umidani shunchalik yaxshi körardiki, borib körishga turmush örtog'iga öxshab g'urur yöl qöymasdi). Umidani ukalarini qishloqda buvisi tarbiyalayapti. Nigora ehh... Nigora... Özini-özi yeb ado qildi. Ösha kuni Olimjon Nigoraning yoniga borib Umidaning adresini söragan, sababini söraganida Olimjon: "Uzr söramoqchiman Umidadan, Renatga esa pullarini qaytarib bermoqchiman" deb yig'lab ishontirgan. Erkak kishini yig'lashini birinchi marta körgan soddadil Nigora esa Umida va Renatni manzilini yozib bergan. Dugonasini ogohlantirish esa esidan chiqib ketgan. Ancha paytgacha Tojikistonda qochib yurib, keyinchalik tezkor militsiya hodimlari sa'y harakati bilan qölga olingan Olimjon esa qamoq jazosiga mahkum qilindi. Qamoqda urish-xörlanishlardan ham köra Umidani pichoqlagan kuni sevgilisining qattiq chinqirig'i quloqlari ostidan ketmasdi "Qizalog'iiimmm" degan sözini eslab, özini kechirolmasdi... Bolasining qamoqqa tushganini eshitgan ona ösha kunning özida Yevropaga ketib qolgan (Yo alhazar deging keladi eshitib).
Oradan 6 oy ötar-ötmas Renatning oyisi vafot etadi. U g'amga chökib qoladi. Nigora dugonasining turmush örtog'ini, yagona yodgori qizini yolg'izlatib qöymayman deya Renatga yalinib-yolvorib Indiraga onalik qilishini söraydi. Chunki, öshanda Olimjonga uy manzilini bergani, özi vijdon azobida qolgani uchun ularni öz holiga tashlab ketishni xohlamaydi. Butun umr vijdon azobida yashamay deya, onasiz ösayotgan jajjigina qizcha Indiraga sal bölsada malham bölishni xohladi. Indira onalik böldi. Ular Özbekistonga qaytishdi. Hozirda Renat va Nigora el qatori hayot kechirmoqda...

TAMOM... E'tiboringiz uchun rahmat!!!
(Din Din angel Hikoyasi!!!)

Добавлено (31-Мар-2013, 15:44)
---------------------------------------------
OXIRI... Avtor tarafidan...

Umida vafot etgach, Renat yolg'izlanib qoldi, qizchasiga qarashga esa yuragi dov bermasdi. Umidaning ölimiga özini aybdor qilib yurdi. Özbekistonda bölganimda shu voqealar yuz bermasmidi deb öylardi, vaholanki Özbekistonda böladimi boshqa yerdami Olimjon Umidani baribir öldirardi, tag'in bilmadim (!) Renatni onasi esa qanday qilib ög'lini "hammasi taqdirdan" deya yupatardi. Qizining vafotini eshitgan Umidani dadajonisi insult bölib qoladi. Baribir yoshligidan uni qattiq yaxshi körgani uchun kun kelib qaytib kelsa kechiraman deb yurardi. Oyijonisi esa jinni bölib qoladi, (hozir jinnixonada, Umidani shunchalik yaxshi körardiki, borib körishga turmush örtog'iga öxshab g'urur yöl qöymasdi). Umidani ukalarini qishloqda buvisi tarbiyalayapti. Nigora ehh... Nigora... Özini-özi yeb ado qildi. Ösha kuni Olimjon Nigoraning yoniga borib Umidaning adresini söragan, sababini söraganida Olimjon: "Uzr söramoqchiman Umidadan, Renatga esa pullarini qaytarib bermoqchiman" deb yig'lab ishontirgan. Erkak kishini yig'lashini birinchi marta körgan soddadil Nigora esa Umida va Renatni manzilini yozib bergan. Dugonasini ogohlantirish esa esidan chiqib ketgan. Ancha paytgacha Tojikistonda qochib yurib, keyinchalik tezkor militsiya hodimlari sa'y harakati bilan qölga olingan Olimjon esa qamoq jazosiga mahkum qilindi. Qamoqda urish-xörlanishlardan ham köra Umidani pichoqlagan kuni sevgilisining qattiq chinqirig'i quloqlari ostidan ketmasdi "Qizalog'iiimmm" degan sözini eslab, özini kechirolmasdi... Bolasining qamoqqa tushganini eshitgan ona ösha kunning özida Yevropaga ketib qolgan (Yo alhazar deging keladi eshitib).
Oradan 6 oy ötar-ötmas Renatning oyisi vafot etadi. U g'amga chökib qoladi. Nigora dugonasining turmush örtog'ini, yagona yodgori qizini yolg'izlatib qöymayman deya Renatga yalinib-yolvorib Indiraga onalik qilishini söraydi. Chunki, öshanda Olimjonga uy manzilini bergani, özi vijdon azobida qolgani uchun ularni öz holiga tashlab ketishni xohlamaydi. Butun umr vijdon azobida yashamay deya, onasiz ösayotgan jajjigina qizcha Indiraga sal bölsada malham bölishni xohladi. Indira onalik böldi. Ular Özbekistonga qaytishdi. Hozirda Renat va Nigora el qatori hayot kechirmoqda...

TAMOM... E'tiboringiz uchun rahmat!!!
(Din Din angel Hikoyasi!!!)


Fikrim satrimda oshkor!)
 
Zinnura_KСана: Якшанба, 31-Мар-2013, 16:59 | Изох # 858
Sayyod.com мухлиси
Гурух: VIP
Изохлар: 863
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 1466
Холати: Хозир йўқ
Vay bechoraaaaaaa(((((

(((( attang

Добавлено (31-Мар-2013, 15:59)
---------------------------------------------
Mohinurapa qachon yozassss?????? Qiziqtirib qo'yib, sog'intirib yurish mo'dami????


erka farishta....(m)....
 
Dinora_Golden_GirlСана: Сешанба, 02-Апр-2013, 22:11 | Изох # 859
Sayyod.comда пропискада!
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 4486
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 908
Холати: Хозир йўқ
Mokhinur yozaqolin endi... Aleksni yashshi kölaman juddayam sad

Fikrim satrimda oshkor!)
 
Mohinur_UСана: Сешанба, 02-Апр-2013, 23:45 | Изох # 860
Рўйхатда
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 98
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 180
Холати: Хозир йўқ
Davomi.

Bu uyni ko'rganizda ibratli oila yashaydi deb o'ylaysiz ko'rkamgina uy. Xech kimda shubxa uyg'otmaydi.
Bu uyda Feliks yashardi. Yolg'izmas ukasi Jek bilan. Feliks bir qaraganidan aqilli muloyimday ko'rinadi ln odamlar bilan uncha ko'p gaplashmasdi.
Ukasi Jek yoshlik xotiralari bn qolib ketgan jizaki to'shakka mixlangan odam. Kechki soat 6 larda Feliks uyga keldi.
Jek xar doimgidek asabiy.
-Feliks yana o'zing keldingmi? Jozifinani (o'lgan opasi) olib kelmadingmi?
-Jek nimalar deyapsan Jo'zifina o'lgan
-eshitishni xam xoxlamayman 2 oy oldin olib keldingku Jo'zifinani. Yana qochib ketdi topib keeel uni otamga urdirgani uchun uni yaxshilab doposla u qiyna va biz tortgan azobni tortsin. Men buni ko'rgim kelayapti.
-xo'p asabiylashma ertaga olib kelaman Jo'zifinani.
Feliks xonasiga kirib ketdi.
Jek tushunushni istamaydi. Opamni kasriga mana ertaga 10 qizni o'g'irlayman. Ukamni yaxshi ko'raman asabiylashi mumkun emas. Shuning uchun xam Jo'zifinaga o'xshash qizchani ertaga o'g'irlayman.
Ertasi kuni Feliks bog'cha yonida paydo bo'ldi. Aslini olganda bu qizchani bir oydan so'ng o'g'irlashi kerak edi lekin ukasi....
Lusiya kutdi ln nimagadir u bog'chaga kemadi uyiga bordi va chetdan kuzatdi. Qiz yolg'iz qoldi. Va birozdan so'ng ko'chaga o'ynagani chiqdi. Feliks ko'chani kuzatdi xech kim yo'q edi va sekin qizchaga yaqinlashdi.
-salom Sen Lusiyamisan
-salom siz kimsiz? Ismimni qayerdan bilasiz
Men oying bn birga ishlayman seni parkka oborishim kerak ekan
-rostana dedi sodda qiz xo'p ketdik
Feliks moshinaga mindirdi. yo'lda
Lusiyaga uncha gapirmadi. Uyiga olib keldi. Xech narsaga tushunmagan Lusiya indamagan bo'lsa, endi yig'lardi....

Maxsus xizmat.
Eliz yuborgan malumotlari asosida
Feliksni eski uy manzili bo'yicha bordi qo'shnilar bn gaplashdi.
-Feliks oilasi xaqida nima deysiz dedi Samoel Jons
- bu oila juda tartibsiz xar kuni janjal bo'ladi Feliks oilada ukasi Jek opasi Jozifina va dadasi bn yashardi. Jo'zifina Dadasini birinchi xotindan bo'lgan farzand bo'lib xotini o'lgan bo'ladi. Jek va Feliksni onasi xam o'lgan bo'ladi. Jo'zifina biror baxona bilan dadasiga 2 ukasini urdirardi. Bir kun qattiq urgani natijasida Jek to'shakka mixlanib qoladi. Dadasi ko'p ichardi. Bir kuni dadasi uyg'onganda
yonida Jo'zifina o'lib yotardi.... Uzoq muddatga qamalib ketadi. Biroz o'tib Feliks va Jek ko'chib ketdi. Qayerga ko'chgani bilmayman dedi Kiyara.
Soroq qilish tugagandan so'ng biroz moshinada Sameol Jons o'ylanib qoldi va markazga Vanesaga qo'ng'iroq qildi
-alo tekshirdingmi Feliks nomiga xech qanday uy rasmiylashtirmaganmi
-yo'q Shef barcha Felikslarni uy manzillarni tekshirdik Ln biz qidiradigan Shaxs emas.
-Unda Jek Devid degan Shaxsni qidirinlar...
Oradan 1 soat so'ng Vanesa tel qildi.
-Shef uy manzilini aniqladik.... Davomi bor
 
T_SardorСана: Чоршанба, 03-Апр-2013, 01:14 | Изох # 861
Sayyod.com мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 541
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 181
Холати: Хозир йўқ
Kutib qolamiz...

O'zingdan o'zgaga muxtoj qilmagin!!!
 
GiyosСана: Жума-муборак кун!, 05-Апр-2013, 00:40 | Изох # 862
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 1130
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 59
Холати: Хозир йўқ
***11

Fazilatdan keyin... Toshkentda qola olmayman. O’qishda ham o’qiy olmayman. Kollej menga uni eslatadi endi. Dadamga aytdim. Kollejni “gaplashib” beradilar. Endi kelmayman. Uyda o’qiyman. Xotiralardan qiynalishni istamayman. O’zimni aybdor deb o’ylashdan qiynalmayman. Vijdon azobidan og’rinmayman. Balki.... Esdan chiqara olmasman...

Qaytayapman. O’z uyimga. Butunlay shahardan qaytayapman. Endi bormayman. Holsiz, bo’shashgan holatda. Ko’zlarim ochiq. Lekin hech narsani ko’rmayapman. Yig’idan qovoqlarim shishgan. Yosh qolmadi hisobi. Yo’lda odamlar o’tmoqda. Tanishlar. Lekin men ularni tanimayapman. Hayron qarashayapti. Men sezmayapman. Chayqalib chayqalib yurayapman. Qo’limda og’ir sumkam. Yerga tegin ketadi. Bir bir balandroq ko’tarib olaman. Ichida narsalarim bor. Oyoqlarim o’zi yurmoqda. Bilmagan holatda qaylargadir. Men boshqarmayapman. Onam uydalar. Kelishimni biladilar. Dadam telefonda aytganlar. Holatimni ham... Uyga keldim. Onamga salom berdim. Xonamga kirdim. Yana yig’ladim...

Jasur hikoyasi.

Hozir eshitdim. Feruza qishlog’imizga qaytibdi. Yo’lda uni ko’rishibdi. Menga aytishdi. Boshida ishonmadim. Chunki qaytishini aytmagandida menga. Oldin kelayotganida birinchi menga aytardi. Bu safar negadir aytmadi. Mayli, hafamasman. Keldiku. Aytmasdan ketib qolganda hafa bo’lardim. Hozir uyiga boraman. Meni ko’rib hursand bo’ladi. Yexuuu... Uyiga bordim. Feruzani onasi eshikni ochdi. Lekin kirg’azmadi. Har doim kirg’azardi. Bu safar kirg’azmadi. Telefon qilsam o’chiq. Mayli. Charchagandir. Uhlayotgan bo’lsa kerak. Hech qisi yo’q, uyg’onsa o’zi telefon qiladi...

2010 yil. (Qanchadir vaqtdan keyin) May oyi.

- Feruza. Usha dugonang yahshimidi? (u bilan har doimgi joyimizda, soy bo’yida o’tiribmiz.)
- Hm. Eng yaqinim edi. Juda yahshi qiz edi.
- Sendan ham yahshimidi?
- Ha.
- Nega unda meni u bilan tanishtirib qo’ymaganding.
- Hazilashmang.
- Hop. Bilasanku, men faqat seni yahshi ko’raman. Hafa bo’lma. Yoningda men bormanku. Seni hech qachon yolg’iz qoldirmayman. Doim birga bo’lamiz.
- Rahmat Jasur. Sen bo’lmaganingda dardimni kimga aytardim.
- Men seni hech qachon yolg’izlatmayman. Tashlab ketmayman.
- Men ham. Sen mening eng yaqinimsan.
- Sendan boshqasi kerakmas menga. (uni bag’rimga bosdim. Shu holatda uzoq o’tirdik. Hech qanday so’zlarsiz. Haroratimiz his qilib...)

2010 yil. Iyun oyi.

Ertalabdan onam uyg’otdilar. Ko’zimni ishqalab turdim. Quyosh chiqqaniga ancha bo’libdi. Mollarni dalaga olib borish kerak. Tovuq, yo’q parandalarga qarashim kerak. Uff. Kech uhlabmanda. Rosa charchabman o’zi ham. Rosa koprok o’ynabmiz kecha. Bunaqa charchayman demagandim. O’zi darvoza tursam ham, hujumga o’qdek otilib chiqib keldim. Yutdik. Narigi mahalla bolalari bilan o’ynagandik. Yutganimizdan keyin shkal boshlandi. Ur yiqit. Rosa katta jang bo’ldi. Hattoki militsiya ham keldi. 2 ta mashinada. Hamma qochdi. Men va Xasan qo’lga tushib qoldik. Keyin idorasiga olib bordi. Dadamni chaqirishdi. Onam ham qo’shilib keldilar. Yig’ladilar. Qilgan ishimdan pushaymon bo’ldim, onam yiug’laganlariga. Otam ham militsiyadan rosa gap eshitdilar. Keyin tushuntirish xati yozdirib olib, qo’yib yuborishdi. Xasanni ham uyidagilari ham kelishdi. Uyga qaytganimdan keyin, aytishga uyalayapman. Mayli aytaman. Rosa kaltakladilar. Ingicha xifchinni olib, ayamasdan urdilar. Hamma yog’imga izlari tushib qolgan. Hovlini 5 marta aylaniganimizdan keyin yetib oldilar. Yiqilib tushdimda. Bo’lmasa yeta olmasdilar. Keyin savlash jarayoni boshladi. Onadan yangi tug’ilgandek bo’ldim. Ox ox ox. Kiyimim tegsa achishayapti. Hali dalada terlasam, undan battar achisa kerak. Oldin ham bir marta savlash marosimi bo’lgandi. Ushandan bilaman. Mana qaranglarda, ko’chada bolalardan kaltak yesam, urishsam og’rimaydi. Shu dadamdan katak yesam og’riydi. Mayli. Dalaga ketdim...
Kechki payt uyga qaytdim. Uyda Xasanni dadasi ham bor ekan. Salomlashdim.
Keyin dadam so’z boshladilar: “Mana Zohid (Xasanni dadasini ismi), Kecha voqeani ko’rding va bu birinchisi emas. Shu sababdan endi men bir qarorga keldim. Sening o’g’ling ham. Meni o’g’lim ham g’irt bekorchi. Qo’lidan b... hm. Bekorchilikdan boshqacha ish kelmaydi. Shunga ularni chetga, ishlagani yuboramiz. Qarindoshim ishlaydi. Chaqirdi. O’zim qarab turaman dedi. Ishchi kerak ekan. Qurilishda ishlashadi. Rozi bo’lsang, ikkalsini yuboramiz. Oyligi yahshi. Ishlab, pulni jo’natadi. Yig’ib, mashina olib qo’yamiz. Keyin qolganiga uylantiramiz. Mashina haydab oilasini boqadi. Nima deding?” dedilar.
Zohid aka esa: “Mayli, faqat oldin xotinim bilan maslahatlashishim kerakda” dedilar.
Dadam: “O’zi uyinda kim erkak?” dedilar.
Zohid aka: “Men! Shu gapingga isbot uchun ham, men yuboraman!” dedilar.
Shu payt onam oshxonadan chiqib keldilar: “Men Jasurjonni hech qayerga yubormayman. O’g’lim hali yosh. U yoqlarda, sovuqda qiynaladi. Yubormayman!” dedilar.
Zohid aka: “Mayli, “erkak”. Harakatini qil. Ertaga javobini aytarsan. Xaxaxa” deb chiqib ketdilar.
Ana keyin boshlandi to’palon.... Ayta olmayman. Albatta dadam yutib chiqdilar. So’ngi so’zlari: “Bo’ldi. 3 kundan keyin keytadi. Ertaga samalyotga chipta olib kelaman. Xarakatlaringni qillaring”.
Bo’ldi. Ketayapman. Qolishimni sira iloji yo’q. Feruzaga nima deyman endi?

(Davomi yaqin orada)


Sog' salomatlik...
 
Mohinur_UСана: Якшанба, 07-Апр-2013, 19:19 | Изох # 863
Рўйхатда
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 98
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 180
Холати: Хозир йўқ
Davomi.

Sameol Jons xonasida o'tirib o'ylardi. Manzil bo'yicha aniqladik. U yerda boshqa Jek Devid yashar ekan.
Sameol Jons chaqiruv kinopkasini bosdi. Aleks keldi.
-Aleks tezda Feliksni dadasi Stif Devid qaysi qamohonada yotgani top.
-xo'p
biroz vaqt o'tib Stif Devid yotgan qamohonaga Sameol Jons bordi va bir xonada Sameol jons va Stif Devid gaplashardi.
Sameol Jons kimligini nima uchun kegaligini aytganida xamma gapni eshitgan Stif Devid Yig'lavordi. Chunki u o'g'illarni urganiga pushaymon bo'lgandi. Qamoqdan chiqanida uzur so'rab ular bilan yashamoqchi edi
-sizga aytsam xammasiga men aybdorman. O'lgan qizim birinchi xotinimdan bo'lgan Jozifina sariq sochli moviy ko'zli qizaloq edi. 5 yoshligida Feliks va Jekni onasiga uylandim.
Unda Feliks 4, Jek 2 yosh edi. O'gay o'gillarimni men xam Jo'zifina xam xushlamasdi. Ln 2 xotinim Jo'zifinaga yaxshi muomlada bo'lardi shunga men xam indamasdim.
Yillar o'tib qizim 12 yoshligida 2 xotinim xam o'ldi. Keyinchalik biror baxona bilan urardim. Jo'zifina xam ularni yomon ko'rardi ko'pincha urdirardi.
Ko'proq Jekni urardim.
Chunki u gap qaytarardi qaysar edi bir kuni qattiqroq urub yuboribman bir umr to'shakka mixlanib qoldi.
- tushunarli o'g'illariz birinchi bor Jo'zifinani 5 yoshligida ko'rgani xotirasida muxurlanib qolgan. Shuning un 5 yoshli Jo'zifinaga o'xshash qizaloqlarni o'g'irlab qasos olayapti.
Siz boya aytdiz og'llarim o'gay deb ularni familyasi nima.
- Feliksniki Devid meni familyamda ln Jekniki Patrik.
-Raxmat katta yordam berdiz deb Sameol Jons o'rnidan turdi.
Sizni maxkamaga olib ketaman vaqtinchalik
-o'g'illarimni ko'ramanmi ulardan kechirim so'rashim kerak.
Xo'p ko'rasiz
Sameol Jons moshinaga o'tirdi va bilan birga kelgan Bilga buyurdi
- tez Stif Devidni qamaxonadan chiqarib idoraga boringlar
-Xo'p Shef Davomi bor

Добавлено (07-Апр-2013, 18:14)
---------------------------------------------
Sameol Jons Bilga gapirib bo'lganidan keyin Vanesaga tel qildi.
-Vanesa tezda Jek Patrik xaqida malumot to'pla.
-xo'p
Sameol Jons idoraga kelib xonasiga kirib xujjatlarni ko'zdan kechirar edi. biroz vaqtdan so'ng shoshilinch tarzda Aleks kirib keldi.
-Shef Feliks va Jek manzilini aniqladik
-juda yaxshi tezda ketamiz tezda qo'shimcha kuch xam borsin
-xo'p bo'ladi.

Bilmadim Samanta Lusiyani yo'qolganiga ko'nikdimi? Yoki o'zini shunday tutadimi? Oldingi xush chaqchaq
Samanta g'oyib bo'lgandi. Faqat xayol surar ko'p gapirmasdi. Uydagilar bn gaplashib turardim lekin bu yerdagi ishlarni aytmagandim.
Dam olish kunim edi uyda kitob o'qib o'tirgandim. Uy telefoni jiringladi gaplashib bo'lganimdan so'ng ko'chaga chiqdim va ko'lga aylanib kelish uchun ketgan Samantani oldiga yugurdim.
-Samantaaaaaaaa Samantaaaaa
- Nazira xa nima bo'ldi. Tinchlikmi.
-xozir nafasimni rostlab olay
-Nazira o'zbcha gapirma tushunmadim
-Samanta Lusiyani og'irlagan odamlarni manzilini topibdi .
-Nima nima? Lusiyani? Ketdik Nazira yur tezroq
yig'lab yurgurardi Ex ona...
Maxsus xizmat aytgan manzilga borganimizda uyni qurshab olgandi. Sameol Jons qarshlik qilsa xam ichkariga maxsus xizmatdan keyin kirdik. Uy ikki qavatdan iborat bo'lib birinchi qavatida divanda bir odam yotardi. U faqat xuddi jinnilardek jilmayib u yo'q bu yerda deb baqirardi. Bir payt yer to'ladan Lusiyani olib chiqdi. Lusiyani ahvoliga qarab bo'lmasdi u xushsiz yotardi. Tezda tashqaridagi tez yordam mashinasiga Lusiyani obordik va biz xam kasalxona ketdik.

Lusiyani kasalxonaga jo'natgach Sameol Jons 2 qavatga chiqdi bir xonada 10 qurbonlarni rasmi manzili va 11 qurbon xaqida xam malumot bor edi. Sameol Jons va yarim polisa xodimlar tez manzil bo'yicha ketdi. Bu yerda Aleks qoldi. U jinoyat bo'yicha dalilarni to'pladi. Shu orada Aleks idoraga qo'ng'iroq qilib Stif Devidni olib kelishini aytdi. Stol ustida turgan Noutbuk turardi Aleks ichini ochib ko'rganida 10 quroboni qanday qilib qiynaganlarni videolar bor edi.... Va ashyoviy dalil sifatida Noutbuk va uydan chiqqan noqonuniy 5 ta pisoletni stol ustiga qo'ydi.
Sameol Jons Feliksni tutib keldi.
Shu orada idoradan Stif Devidni xam olib keldi va qo'lini yechdi.
-Jek meni kechir seni umuman yurolmasliging uchun xayoting barbod qildim deb quchoqlab yig'ladi. Jek esa beo'xshov qilib kulardi
-kechir bo'ldimi? Shu bn tugadimi? Yo'q
meni sizga urdurgani uchun Jo'zifinani o'ldirdim o'sha kuni ichib kelgandiz sizni aybdor qildim. o'sha payti zo'rg'a yurardim. Keyinchalik umuman yurolmay qoldim. Sizni qamatib sizdan qasos oldim. Xuddi o'zimni jinniga solib qizlarni o'g'irlashni Feliksga men buyurardim. Go'yoki Jo'zifina tirik deb o'ylayman deb Feliksni ishontirdim. Siz ko'proq meni urardiz akam esa umuman yordam bermagan shuning uchun xam Feliksdan qasos oldim.
-Jek nimalar deyapsan axir sen nima desang
men rozi bo'ldim qizchalarni qiynardim sen tomosha qilarding dadam urganida seni yoningni olmaganim uchun o'zimni kechiraolmasdim. Sen esa nega bunday qilding.
xamma jim bo'lib Jek va Aleks suxbatini eshitardi. Shu payti polisani etiborsiz turganidan foydalangan Stif ashyovi dalil sifatida turgan pisoletni olib Jekni otib tashadi.....
Stif va Aleksni qamohonaga olib ketar chog'i Stif o'g'lidan uzur so'radi....
Kasalhonaga Lusiyani olib kelganimizda ahvol yomon edi. Xudoga iltijo qilaman Lusiya yaxshi bo'b ketsin deb Samanta yig'lardi.
oradan 4 5 soat o'tganidan keyin do'xtir chiqib Xavf ortda qolganini aytdi. Shu orada Sameol Jons xam keldi
-jinoyatchilar qo'lga oldik xotirjam bo'laveringlar.

Oradan 3 xafta o'tdi. Lusiya juda qo'rqandi.
Asta sekinlik bilan Lusiya oldingi xolatiga qaytdi. Dam olish kunlarni Lusiya bilan oldingidek birga o'ynardik.
Tugadi.

Добавлено (07-Апр-2013, 18:19)
---------------------------------------------
Agar kamchlik bo'lsa uzur so'rayman.

Dinoraga alohida raxmat qahramonlarga ismlarni topib bergani uchun!

 
AbbosbekСана: Якшанба, 07-Апр-2013, 19:43 | Изох # 864
Sayyod.com посбони!
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 3823
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 655
Холати: Хозир йўқ
Moxinur juda xam yoqdi, erinmi öqidim))))

1000 marta yordam ber baribir
unutishadi. Bir marta pand ber, bir
umr eslab yurishadi. .
 
ShohiСана: Якшанба, 07-Апр-2013, 20:33 | Изох # 865
Иштирокчи
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 269
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 510
Холати: Хозир йўқ
Mohinur molodes, menga rosa yoqdi, ayniqsa original g'oyasi. Yangi hikoyalar kutib qolamiz)

Baxt meni kutmoqda... Yaqinginamda)))
 
GiyosСана: Чоршанба, 17-Апр-2013, 23:25 | Изох # 866
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 1130
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 59
Холати: Хозир йўқ
***12.

Ertalab uyg’onib, soy bo’yiga bordim. Bilaman hozir Feruza ham keladi. Chunki ketayotganimni biladi. U bilan xayrlashishim kerak bo’ladi. Menga og’ir bu. Qanday qilib endi usiz yashayman? Nega urishdim o’zi? Qayerdanam urishdim? Ufff. Shu narsalar ham boshimda bor edimi? Endi qanday yashayman? Men chet eldan qaytib kelgunimcha u erga tegib ketsachi? Men usiz qolamanku? Keyin menga hayotni qizig’i qolmaydiku? Bunday bo’lishi kerakmas? Uni va’dasini olaman.... Faqat menga tegishi kerak... Boshqasiga emas. Ana kelayapti....
- Feruza. Meni kechir... Men senga uylanaman. Kelib uylanaman. Seni boshqasi olib ketib qolmasin deb shunday qildim...
- Sen nomusimni buzding!
- Kechir, aybdorman.
- Meni sharmanda qilding.
- Sharmanda bo’lmaysan. Men senga uylanaman deyapmanku.
- Kelguningcha meni erga beramiz, senga bermaymiz deyishsachi?
- Berishadi menga. Nega berishmas ekan?
- Senga endi ishonmayman. Sen yomonsan.
- Qo’ysangchi. Men senga yomonlik qilmadim. Sevgimni isbotladim.
- Sevgini shunaqa isbotlaydimi?
- ...
- Seni kutardimku. Sendan boshqasi kerakmasdiku menga...
- Kechir...

Boshqa yo’lim qolmagandida. Negadir hayolimga shu buziq o’y keb qoldi. U ham kutmaganakan. Soy bo’yida ham hech kim yo’q edi. Uzr. Shunaqa qilib qo’ydim. Beodoblik to’g’ri. Lekin... U endi meniki.

Ertalab bo’ldi. Bugun yo’lga chiqamiz. Onam bir xalta qilib yeguliklar solib berdilar. Bu yoqdan Xasan chiqdi. Qo’shnilarimiz xayrlashish uchun ko’chaga chiqib turishibdi. Onam bilan uzoq xayrlashdim. Yig’ladilar. U yoqlar sovuq, qalinroq kiyinib ol dedilar. Non tishlatdilar... Uzoqqa ketayapsan, qolib ketma dedilar. Dadam tezlashtir deb, mashinani eshigini ochdilar. Chiqdim. Qo’shnilar ko’p. Orasidan Feruzamni ko’rib qoldim. U ko’zlarida yosh bilan menga qarab turibdi. Ko’rib achinib ketdim. Shundo qizni, endi qiz deb ham ayta olmayman. Feruzani uvol qildim. Shayton meni yo’ldan urdi. Undamas ayb. O’zimda. O’zimni ko’proq o’yladim... Turishini qaranglar endi. Ko’zidan yosh oqayapti. Bechora. Qilgan ishimdan afsusdaman. (mashina qo’zg’aldi). Unga mashinani orqa oynasidan qarab qoldim. U ham menga qarab turibdi. Unga oxirgi marta to’yib to’yib qarab olgilarim kelayapgandi. Lekin to’yib qaray olmadim. Yonimda Xasan yig’layapti. Oyijooon deydi. Yana, Bekor urishdikda. Urishmaganimizda ketmasdik deydi. Xayr yurtim.... Men seni sog’inaman. Xayr onajonim... Men sizni sog’inaman. Xayr Feruzam... Men seni sog’inaman...

Feruza hikoyasi

Jasur yaramas. Meni tashlab ketdi. Yahshiroq xayrlashmadi ham. Bu ishini kutmagandim undan. Uni kechirmayman endi. Nega unday qilasan. Qanday yashayman endi. Kutardimku... Men sevardimku....

(davomi bor)


Sog' salomatlik...
 
DadaxonСана: Шанба, 20-Апр-2013, 21:33 | Изох # 867
Sayyod.com мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 203
Тақдирланишлар: 1
Хурмат даражаси: 244
Холати: Хозир йўқ
Qöymisizmi? davomini
 
Dinora_Golden_GirlСана: Чоршанба, 24-Апр-2013, 12:31 | Изох # 868
Sayyod.comда пропискада!
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 4486
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 908
Холати: Хозир йўқ
Yaqin kunlarda yangi "hikoya" hukmingizga havola etiladi !!!

Fikrim satrimda oshkor!)
 
T_SardorСана: Чоршанба, 24-Апр-2013, 16:15 | Изох # 869
Sayyod.com мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 541
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 181
Холати: Хозир йўқ
Madina kutamiz! G'iyosaka davomi qachon?

O'zingdan o'zgaga muxtoj qilmagin!!!
 
GiyosСана: Шанба, 11-Май-2013, 00:15 | Изох # 870
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 1130
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 59
Холати: Хозир йўқ
***13

Ertasi kuni bozorga bordim. O’zimni nimadir qilib ovutishim kerak edi. Rastalarni aylanib yurdim. Hech narsa sotib olmadim ham. Chanqaganimda mineral suv olib ichdim faqat. Keyin chekkaroqda, soya joyda o’rindiqda o’tirdim. Yonimga bir qiz kelib o’tirdi. Ko’rinishi oddiy. Oddiy kiyingan. Sochini ham oddiy turmaklagan. Yuzida, ko’zlarini pastida dog’lari bor. Sepkili ham bordek ko’rindi. Kim bilandir telefonda gaplashdi. Keyin indamasdan o’tirdi. O’rnidan turib, bir past aylandi. Keyin yana qaytib o’tirdi. Keyin ketdi. Men yana o’tiraverdim. Alamim ichimda. Butun boyligimni o’g’rilatib qo’yib. Jasur yaramas. Unga qarshilik ham ko’rsata olmadim. Hech narsa qilmadimam. Ozgina qarshilik ko’rsatsam bo’lardiku. 20 daqiqalardan keyin boyagi qiz kelib o’tirdi. Qo’lida non va mineral suv bor. Ushani yedi. Keyin mendan telefonimni berib turishimni so’radi. Berdim. 1 daqiqacha gaplashdi. Keyin qaytib berdi. O’zini tanishtirdi. Ayitishicha, Ismi Zubayda, Bu yerda yigitini kutayotgan ekan. 2 soatdan beri kelamayapgan ekan. Ketay desa, keta olmasmish. Telefon qilsa, hozir kelayapman dermish.Oxiri telefonida mablag’i ham tugabdi. Keyin meni telefonimdan foydalanib chaqiribdi. Yo’q. Yana 1 soat gaplashib o’tirdik.Yigiti kelmadi. Shundan keyin men ketaman deb xayrlashdik. U qoldi. Men bekatga borganimda, ikki yigitni suhbatini eshitib qoldim. Ulardan biri: “ Senga aytgandimku, Zubayda 4 soat kutadi kerak bo’lsa deb. Ishonmasang yana 1 soat kutiraman. Faqat yutqazgan pulingga yana 30 000 so’m qo’shib berasan” dedi. Menga shunaqangi alam qilib ketdiki, bular qiz bola ustida garov o’ynagani ham mayli. Uni shunchalar ham kutirishayotgani hammasidan o’tib tushdi. Yuziga bir shapaloq tortmoqchi ham bo’ldim. Odamlar ko’pligi uchun o’zimni bosib qoldim. Borib, u qizga hammasini aytib bermoqchidim, lekin u yigitlar, mendan oldin borib bo’lishgan ekan. Keyin bekatga kelgan avtobusimga chiqib, uyga qaytdim.

Zubaydani hikoyasi

Dilshodakam, hech kech qolmasdilar. Mana bugun 4 soat kech keldilar. Uzr ham so’ramadilar. Huddi men vaqtli kelib olgandek. Kelib ozgina o’tirib, keyin ketdilar. Men ham uyimga qaytdim. To’g’rirog’i dodamning uylariga. Men o’zimni uyimda yashamayman. Chunki ishxonamga uzoq. Dodamniki esa yaqin. Dodam, dadamni dadalari. Juda mehribonlar. O’zimni uyimga ham dam olish kunlari borib turaman. Oilada onam, men, singlim va ukam bormiz. Dadam, yoshligimda, 8 yoshlarimda olamdan o’tganlar. Singlim, ukam eslay ham olishmaydi ularni. Kasal edilar. Onamni aytishlaricha tutqanoqlari bo’lgan ekan. Shu sababdan olamdan o’tgan ekanlar. Dodamnikida esa bitta amakim borlar. Yana 11 ta ammam ham borlar. Hammalari turmushga chiqib ketishgan. Yoshligimda dadamdan erta ayrilganim uchun, ancha qiynalib qolgandik. Shu sababli dalada men ham onam bilan birga ishlardim. Issiqda uyga kelmasdan, kechgacha ishlardim. Keyin amakimni xotinlari, yozda meni uyiga bolasiga qarab turish chaqirib oldilar. Evaziga amakim, menga maktab forma olib beradigan bo’ldilar. Onam ham rozi bo’ldilar. Har holda ikki tomonga ham yordam. Dalani mensizam o’zlari eplardilar. Keyin bolachaga qaraydigan bo’ldim. Ikki yil qaraganimdan keyin, 3 yili u o’zini eplaydigan bo’lganidan keyin, meni amakim dalaga ishlatgani olib chiqdilar. U yerda yer chopa boshladim. Juda charchardim. Lekin ishlamasam bo’lmasdi. Bu oralarda, ammalarim meni uylariga olib ketib, uy ishlarini qilishga yordam berishimni so’rashardi. Men ho’p bo’ladi deb, aytganlarini qilardim. Hech qachon ishdan bo’yin tovlamaganman. Yakshanba kuni uyga kelib turardim. Sentyabrda esa, maktabga uydan qatnardim. Singilim hali yosh bo’lganiga uy ishlarini hammasi meni bo’ynimda edi. O’sha 8-10 yoshimdan, ovqatni meni o’zim qilardim. Oyim kelishlariga tayyor turishi kerak edi... Tayyor bo’lmasa katak yerdim. Shu zaylda maktabni bitirdim. Dodam, meni yonlaridagi kollejga o’qishga kirgazdilar. O’sha yerda o’qishni boshladim. Dodamnikidan qatardim. Yaqin edi. Keyin ularnikidagi ishlarni ham qilib turardim. Yana ammalarim, uylarida yig’in bo’lsa, qarashishga meni olib ketishardi. Idish tovuq yuvish, supirish, sidirishlarni qilardim. Bormasam hafa bo’lishardida. Keyin ertasiga u yerdan dodamnikiga qaytib kelardim. Ammalarim, amakim, sarf harajatimni qilib, kollejda o’qitishardida. Yo’q ham deyolmasdim shu sababli. Dilshod aka bilan shu kollej paytida tanishgandik...
(Davomi bor)

Добавлено (10-Май-2013, 23:15)
---------------------------------------------
***14

Darsga har kuni qoldirmay borardim. Har kuni chiqardim. Dodamni o’zlarini nazorat qilardilar. Telefon olib berishdi. Onam bilan gaplashib turishga. Telefo qilib turardim. Lekin ko’p gaplasha olmasdim. Nimadir menga to’sqinlik qilib turardi. Har kuni o’qishga chiqardim. Darsda o’tirardim. Qaytardim. Aytarli yaxshi o’qimaganman. Yaxshi o’qishni ham talab qilishmasdi. Bir kuni Nafosat ismli dugonam, yani kursdoshim aytib qoldi: “Seni bir yigit bilan tanishtirib qo’yaymi? Juda yaxshi yigit. Mendan so’ragandi, seni aytdim. Sen bilan gaplashmoqchi” dedi. Men qarshilik bildirdim. U holi jonimga qo’ymadi. Telefon raqamimni berib yuborishni aytdi. Yo’q dedim. Baribir berib yubordi. Kechki payt menga qo’ng’iroq bo’ldi. Oldim. Bir yigitni ovozi. Darrov tanidim. Keyin qo’yib qo’ydim. Yuragim takka pukka ura ketdi. Oldin, hecham yigitlar bilan gaplashmagandim. Ertasi kuni tanaffus paytida ham usha raqamdan telefon bo’ldi. Men telefonni boshqa qizga, Aqidaga berdim. U ancha gapga ustaroq. 2 daqiqada gap topishib ketdi. Keyin o’zini raqamini berdi. Ismini etmadi. O’zini men deb tanishtirdi. 3 kuncha rosa gaplashib yurishdi. U yigitni ismi Dilshod ekan. 4 kuni menga yana usha raqamdan qo’ng’iroq bo’ldi. Oldim:
- Iltimos telefonni qo’yib qo’ymagin. Zubayda senda gapim bor. Meni aldabsizlar. Men sen bilan tanishmoqchi edim. Dugonalaring bilan emas. Hozir Nafosat aytib qoldi. Keyin senga qo’ng’iroq qildim. Menga sen keraksan.
- Assalomu Alekum. Men tanishmoqchi emasman. Men bolalar bilan gaplashmayman. Kechirasiz.
- Iltimos qo’yib qo’ymagin. Men yomon niyatda tanishaman demayapman. Yaxshi niyatda aytayapman. Noto’g’ri tushunmagin meni. Meni yomon niyatim yo’q. Faqat sen bilan do’st bo’lish. Mayli. Buguncha seni ko’p gapga solmayman. Ertaga kollejingga boraman. Xayrli tun! Yaxshi dam olgin.

Bu qo’ng’iroqdan keyin juda boshqacha bo’lib ketdim. Huddi men ertakdagi Shahzodamni topgandek edim. Kechasi bilan u haqida o’ylab chiqdim. Ertaga kollejga kelar ekan. Ko’rinishi qanday ekan? Meni ko’rib, do’stlashish fikridan qaytib qolmasmikan? Shu savollar meni ertalabgacha qiynab chiqdi. Va oxiri tong otib, kollejga bordim. Dars tugaguncha u kelmadi. Nafosat ham indamay o’tiribdi. Dars tugadi. U endi kelmaydi deb o’yladim. Nahotki kecha gaplashmaganim unga og’ir botdi deb o’yladim. Men bugun sinfda Aqida bilan navbatchi edim. Changlarni tozalab chiqdik. Kollej hovlisida, Nafosat bir kelishgan yigit bilan gaplashib turgandi. Ularni yonidan o’tayotganimizda, u bizlarni chaqirdi va tanishtirdi. Duv qizarib ketdim. Ozgina gaplashib turib, Dilshod ketaman deb xayrlashdi va yurib keta boshladi. Uni ortidan qaradim. U chap tarafga oqsoqlanardi. Nafosatga qaradim. U: “Yoshligidan shunaqa oqsoqlanadi” dedi. Qanaqadir yanada mehrim oshdi. Bu yigitni o’zimga mos deb o’yladimmi...

Keyin uyga qaytdim. Hayolmda faqat Dilshod, uni gapirishlari, Salomlashishi. Yurishi... Hayolimni o’g’riladida shu yigit. Keyin telefonim jiringlab qoldi. Qarasam Dilshod ekan. Olib gaplashdim. Boshida ozgina uyaldim. Lekin keyin uylashim ketib qoldi. 1 oylarda gaplashdik. Ancha mehrim tushib qoldi. Bir kun gaplashmasam... chiday olmay qoldim. Sevib qolgandekman go’yo uni. Nahotki dyerdim o’zimga o’zim. Menda ham yurak bor ekan. Ha bor. U mehrga tasha edi. Keraksiz edi. Shu yuragim kimgadir kerak ekanini sezgandim. Usha odamni topdim. Men kim uchundir kerak ekanman... Uraa. Men Dilshodni juda juda yaxshi ko’raman.
Yakshanba kuni kelganda uyga bordim. Onamni ko’rib salom berdim. Onam alik ham olmay, yuzlarini burib o’tib ketdilar. Hayron qoldim:
- Oyijon Assalomu Alekum..... Nega alik olmayapsiz?
- Olmayman alik.
- Nega?
- Sen meni qizimmasan.
- ...
- Uyga hech yordaming tegadimi o’zi? Qachon qarama birovlarnikida yurasan. Uyingni esdan chiqargansan. Meni taniganingga ham rahmat. Yaxshi ham ukang va singling bor ekan. Shular og’irimga yarayapti. Sen bo’lsang....
- Oyijon, axir men o’qiyapmanku.
- O’qiyapman? Qayerda? Amaking va ammalaringnikidami? Qul bo’lib ishlab yuribsanku. To’g’ri. Meni qo’lim kaltalik qilayaptida. Seni extiyojlariningni qondira olmayman. Shuning uchun u yerda yuribsan. Menga qolsa shunday bo’lsin deganmidim. Yordam bersang, keyinchalik ham o’qiyverarding. Ukanni qara, kun bo’yi dalada ishlayapti.
- Oyi, unday emas. Siz noto’g’ri aytayapsiz.
- Gap qaytarma. Yoqol ko’zimdan.

Yig’lab uydan chiqib ketdim. Qancha vaqt yurdim bilmayman. Bekatga borib, dodamnikiga qaytdim. U yerga kirayapganimda ko’zimdagi yoshlarni artib, yig’lamasdan kirib keldim. Bildirmadim. Xonamga kirib, yana yig’ladim. Menda ayb nima? Onamni yaxshi ko’ramanku. Nega ular o’z qizlari haqida bunday o’ylaydilar. Men nima ayb qildim. Uyga og’riligim tushmasin deb bu yerda yurgan bo’lsam. O’zimni o’zim eplayotgan bo’lsam. Menda nima ayb. Nega singlimga, ukamga bunday baqirmaydilar....

(davomi bor)


Sog' salomatlik...
 
MirzoxidСана: Якшанба, 26-Май-2013, 02:40 | Изох # 871
Sayyod.com мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 623
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 248
Холати: Хозир йўқ
Giyos ака
давоми к,ачон

Добавлено (26-Май-2013, 01:38)
---------------------------------------------
Мадина хикоя к,ани

Добавлено (26-Май-2013, 01:40)
---------------------------------------------
Мохинур хам ижодни тохтатибдлаю


...
 
T_SardorСана: Пайшанба, 30-Май-2013, 07:46 | Изох # 872
Sayyod.com мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 541
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 181
Холати: Хозир йўқ
G'iyosaka davomi qachon?!

O'zingdan o'zgaga muxtoj qilmagin!!!
 
Mohinur_UСана: Душанба, 10-Июн-2013, 20:56 | Изох # 873
Рўйхатда
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 98
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 180
Холати: Хозир йўқ
Odam boshi toshga tegmaguncha xatolarni tushunmas, bilmas ekan. Balkim bu to'kin sochinlik bir umrga men bn qoladi deb o'ylagandurman. Ota onani xam bu to'kin sochin xayotni xam menga bog'lab qo'ymaganni o'ylab xam ko'rmasdim

-qizim yaqinda kiyim obergandim....
-qizim buncha pulni sarflamasang...
Bu ayamni xar kungi "nasihat" lari. Bu dunyoda eng ko'p va tugammas narsa nima desa albatta ayamni "nasihat"lari derdim.
Dadam esa jilmayib
- xa mayli onasi bir kun aql kirar odobli qiz bo'b yursa bo'lgani derdilar.
Men esa erkalanib
-ayajon zamon shunaqa puliz bo'masa xech kimsiz. Kiyimga qarab muomla qiladi xozir. Obergan ko'ylaklarizini kiygandimkuuuuu derdim kn onam yana "Nasihat" larini boshlaydilar....
Onamni aytishicha, onam yashagan vaqt ochlikdan odamlar arpa yeb ishib ketib o'lgan voqealar xam bo'lgan ekan. Non topolmay qiynagan, o'g'irlik juda ko'payib ketgan ekan.
Men esa ertak eshitganday o'tirib eshitardim kn pulni olardimda magazinlarga ketardim....
Oilada farzandlardan akam va menman. Akam uylangan akam xotini bn chet davlatlar bo'ylab yuradilar. Men esa unvda 2 kurs edim Mana shu meni xayotim edi...
Balkim bu taqdir balkim bu qarg'ish tufaylidir....
Kunlarning birida bir kurdosh qiz asabimga tegdi xammani oldida indamadim chunki kursdoshlarim meni juda odobli og'ir vazmin qiz derdi xar gapimni o'ylab gapirardim. . Xam chiroyi, xam "odobli" xam boyvochcha qiz kimga xam yoqmaydi qadrimni bilardim oshig'im xam ko'p edi 3 ta dugonam bor edi o'shalar bn kursdosh qizni chaqirdik boblab izza qildim....
Ertasiga u qiz kelmadi qari kampir keldi.
Dars bo'ladigan xonaga kirdida rosa gapirdi.
Indamay turdim xamma xayron Nasiba indamadiku Nargizga nega enasi keldi deb. Men esa "nohaqlikka chidolmay yig'lagann kishi bo'lib yugurgancha xonadan chiqib ketdim.... Davomi bor
 
AbbosbekСана: Душанба, 10-Июн-2013, 21:06 | Изох # 874
Sayyod.com посбони!
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 3823
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 655
Холати: Хозир йўқ
Moxi davomini kutamiz. . . . .

1000 marta yordam ber baribir
unutishadi. Bir marta pand ber, bir
umr eslab yurishadi. .
 
Dinora_Golden_GirlСана: Душанба, 10-Июн-2013, 21:47 | Изох # 875
Sayyod.comда пропискада!
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 4486
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 908
Холати: Хозир йўқ
Nega? Nega? Nega? Endigina qiziqib o'qivotganimda tugab qoldiiiiii...?

Mohinur davomi qachooon...?


Fikrim satrimda oshkor!)
 
Поиск: