[ Янги изохлар · Фойдаланувчилар · Қоида · Изламоқ · RSS ]
Модератор форума: Giyos, SarVario, komol_76, Anv@rbek  
Hikoya
MirzoxidСана: Сешанба, 12-Мар-2013, 22:32 | Изох # 826
Sayyod.com мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 623
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 248
Холати: Хозир йўқ
Loadin xardoimgidek xurakni larzaga keltiradi
Madina davomi qachon yozasiz


...
 
Zinnura_KСана: Чоршанба, 13-Мар-2013, 00:20 | Изох # 827
Sayyod.com мухлиси
Гурух: VIP
Изохлар: 863
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 1466
Холати: Хозир йўқ
Iiiiii cry ehhhh

erka farishta....(m)....
 
Dinora_Golden_GirlСана: Чоршанба, 13-Мар-2013, 04:27 | Изох # 828
Sayyod.comда пропискада!
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 4486
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 908
Холати: Хозир йўқ
DAVOMI... Töyimiz tezlashishiga sabab, Olimjon akadan ajrashgan kunimdan boshlab ijara uyda yashayotganimiz emas, töyni Özbekistonda ötqazib Qozog'istonga ketishimiz kerak edi. Töydan 2 kun oldin fotosessiya uchun maydonga borishimiz kerak edi, ammo men xohlamadim. Xuddi borsam eski xotiralarim azob beraveradiganga öxshardi. Nikohdan ham oddiy dabdabasiz ötdik. Lekin men dunyodagi eng baxtli kelin edim, chunki sevganim, hozirda qizi örnida körayotgan Onajonimiz (Renatni oyisi) mehribon dugonam Nigora yonimda edi. Shuning özi kattakon baxt edi men uchun!
... Mana men xohlagan va orzu qilgan töy bölyapti... Muhtasham restoran, keragidan ortiq tökin-sochin bölmasa ham yoziq-ochiq dasturxon. Renatning kursdoshlari töyimizda rosa öynashdi. Meni kursdoshlarimdan 3 ta (Nigoradan tashqari) qiz, lekin hamma ög'ilbola kursdoshlarim keldi. Ösha kuni ichimda ketgunimizcha Xudodan töyimiz tinchgina ötishini tinmay sörardim. Dadajonim va oyijonim kelishini judayam kutgandim, Xudodan iltijo söragandim. (töyimizdan 2 kun oldin maydonda töp tepib öynab yurgan ukamga yig'lab taklifnoma berib kelgandim) Lekin har doim ham bizning aytganimiz bölavermas ekan. Dadajonimning örni judayam bilindi, ularni judayam sog'ingandim, körgim kelgandi, ayniqsa beg'ubor ukalarimni... Tamom hayolga shöng'ib ketibman... Hayollarimni yig'ishtirayotganimda, Biz töyxonani tark etayotgandik... Töyimizning 3-kuni Nigora kelib xayrlashib ketdi. Kechqurun Renat akam aeroportdan Nigorani Londonga kuzatib yubordi.
Oradan 10 kun ötdi Renat akam, onajon va men ketish uchun aeroportga yöl oldik. Yurtimdan sirayam ketgim kelmasdi. Töyib-töyib nafas olardim. "Sönggi marta körayotgandirman balki" shu gaplarni öylab yuragim orqaga tortib ketdi... Könglim g'ashlandi... Keyin qayoqdandir qat'iyat paydo böldi. Hammasini unutaman... Közimni yumdim samalyot örindig'ida ötirdik, kötarilganini eslayman, keyin uxlab qolibman. Tush köribman mitti qizcha dadam tarafga yugurarmish, oyim esa mitti qizchani orqasidan yugurib borardi, bu tushligini bilsam ham sira uyg'ongim kelmasdi.
Ancha vaqt ötib, samalyot qönganini sezib uyg'ondim. Hamma chiqib ketyapti Renat akam esa yonimda.
- "Qo'sh kelding'iz Umidaxon Kazakstanning Astana qal'asina" dedi qozoqchalab Renat akam..
- Rahmet deganimni bilaman Renat akam qiyqirib yubordi. Qozoqchani bilishimni eshitib özidayoq xursand bölib ketdi. Astana men eshitganimdan ham gözal va sölim joylar ekan. Keng va yorug' köchalar, qayerlaridir Toshkent köchalarini eslatardi. Onajon va Renat akam bizga berilgan uyga yetib bordik... Osongina joylashdik. 4 xonali shinam uy berilibdi. Onajon bizlarni qösha-qarib yurishimizni duo qildi. Renat akam ertasiga ishga ketdi. Asta-asta özga shahar, özga madaniyat, özga insonlarga örganib borardim. Lekin qalbimning tubida Vatanim sog'inchi, ota-onam, ukalarim sog'inchi isyon kötarardi, shunday paytda qanday chora izlashni bilmay qolardim. Sog'inchimni bosish uchun ovqatga ruju qöydim. Hammasi yaxshi ediyu lekin, Astana shahriga kelib boshim rosa köp og'riydigan bölib qoldi. Kelganimizga 3 oydan oshdi ancha örganib qoldik. Bir kuni oshxonada ötirib rosa pamidor salyoniy yedim, judayam mazali ekan yeyaverdim. Onajon bozorga ketudi. Tushdan söng qornimni changallab qoldim. Bu ham yetmaganday boshimga xuddi birov bolg'a bilan urayotgandek bölaverardi. Nuqul gilam ustida boshim va qornimni ushlab ag'anardim. Yordam beringlar deb baqirardim, yaxshiyam Onajon kelib qoldi. Tezda skoriy chaqirib kasalxonaga olib ketishdi. "Atravlenye" bölib qolibman, oshqozonimni yuvishdi. Boshim og'rishiga sababini esa kutib turishimizni aytishdi. Meni esa judayam ketgim kelardi. Onajon bilan natijalarni kutib ötirardik. Nihoyat eshik ochilib tölachadan kelgan, közlari qisiq ayol qölida "xulosa"lar bilan kirib keldi. Boshim tinmay og'rishini özimcha hayolning ming xil köchasiga kirib chiqqan edim. Ayol qog'ozni tög'ri olib kelib menga berdi. Ayolga qaradim közlarida menga nisbatan achinish alomati bor edi. Shifokor bergan qog'ozni tez-tez ochib öqidimu közlarim dahshatdan qotib qoldi... DAVOMI BOR...

Добавлено (13-Мар-2013, 03:27)
---------------------------------------------
DAVOMI... Töyimiz tezlashishiga sabab, Olimjon akadan ajrashgan kunimdan boshlab ijara uyda yashayotganimiz emas, töyni Özbekistonda ötqazib Qozog'istonga ketishimiz kerak edi. Töydan 2 kun oldin fotosessiya uchun maydonga borishimiz kerak edi, ammo men xohlamadim. Xuddi borsam eski xotiralarim azob beraveradiganga öxshardi. Nikohdan ham oddiy dabdabasiz ötdik. Lekin men dunyodagi eng baxtli kelin edim, chunki sevganim, hozirda qizi örnida körayotgan Onajonimiz (Renatni oyisi) mehribon dugonam Nigora yonimda edi. Shuning özi kattakon baxt edi men uchun!
... Mana men xohlagan va orzu qilgan töy bölyapti... Muhtasham restoran, keragidan ortiq tökin-sochin bölmasa ham yoziq-ochiq dasturxon. Renatning kursdoshlari töyimizda rosa öynashdi. Meni kursdoshlarimdan 3 ta (Nigoradan tashqari) qiz, lekin hamma ög'ilbola kursdoshlarim keldi. Ösha kuni ichimda ketgunimizcha Xudodan töyimiz tinchgina ötishini tinmay sörardim. Dadajonim va oyijonim kelishini judayam kutgandim, Xudodan iltijo söragandim. (töyimizdan 2 kun oldin maydonda töp tepib öynab yurgan ukamga yig'lab taklifnoma berib kelgandim) Lekin har doim ham bizning aytganimiz bölavermas ekan. Dadajonimning örni judayam bilindi, ularni judayam sog'ingandim, körgim kelgandi, ayniqsa beg'ubor ukalarimni... Tamom hayolga shöng'ib ketibman... Hayollarimni yig'ishtirayotganimda, Biz töyxonani tark etayotgandik... Töyimizning 3-kuni Nigora kelib xayrlashib ketdi. Kechqurun Renat akam aeroportdan Nigorani Londonga kuzatib yubordi.
Oradan 10 kun ötdi Renat akam, onajon va men ketish uchun aeroportga yöl oldik. Yurtimdan sirayam ketgim kelmasdi. Töyib-töyib nafas olardim. "Sönggi marta körayotgandirman balki" shu gaplarni öylab yuragim orqaga tortib ketdi... Könglim g'ashlandi... Keyin qayoqdandir qat'iyat paydo böldi. Hammasini unutaman... Közimni yumdim samalyot örindig'ida ötirdik, kötarilganini eslayman, keyin uxlab qolibman. Tush köribman mitti qizcha dadam tarafga yugurarmish, oyim esa mitti qizchani orqasidan yugurib borardi, bu tushligini bilsam ham sira uyg'ongim kelmasdi.
Ancha vaqt ötib, samalyot qönganini sezib uyg'ondim. Hamma chiqib ketyapti Renat akam esa yonimda.
- "Qo'sh kelding'iz Umidaxon Kazakstanning Astana qal'asina" dedi qozoqchalab Renat akam..
- Rahmet deganimni bilaman Renat akam qiyqirib yubordi. Qozoqchani bilishimni eshitib özidayoq xursand bölib ketdi. Astana men eshitganimdan ham gözal va sölim joylar ekan. Keng va yorug' köchalar, qayerlaridir Toshkent köchalarini eslatardi. Onajon va Renat akam bizga berilgan uyga yetib bordik... Osongina joylashdik. 4 xonali shinam uy berilibdi. Onajon bizlarni qösha-qarib yurishimizni duo qildi. Renat akam ertasiga ishga ketdi. Asta-asta özga shahar, özga madaniyat, özga insonlarga örganib borardim. Lekin qalbimning tubida Vatanim sog'inchi, ota-onam, ukalarim sog'inchi isyon kötarardi, shunday paytda qanday chora izlashni bilmay qolardim. Sog'inchimni bosish uchun ovqatga ruju qöydim. Hammasi yaxshi ediyu lekin, Astana shahriga kelib boshim rosa köp og'riydigan bölib qoldi. Kelganimizga 3 oydan oshdi ancha örganib qoldik. Bir kuni oshxonada ötirib rosa pamidor salyoniy yedim, judayam mazali ekan yeyaverdim. Onajon bozorga ketudi. Tushdan söng qornimni changallab qoldim. Bu ham yetmaganday boshimga xuddi birov bolg'a bilan urayotgandek bölaverardi. Nuqul gilam ustida boshim va qornimni ushlab ag'anardim. Yordam beringlar deb baqirardim, yaxshiyam Onajon kelib qoldi. Tezda skoriy chaqirib kasalxonaga olib ketishdi. "Atravlenye" bölib qolibman, oshqozonimni yuvishdi. Boshim og'rishiga sababini esa kutib turishimizni aytishdi. Meni esa judayam ketgim kelardi. Onajon bilan natijalarni kutib ötirardik. Nihoyat eshik ochilib tölachadan kelgan, közlari qisiq ayol qölida "xulosa"lar bilan kirib keldi. Boshim tinmay og'rishini özimcha hayolning ming xil köchasiga kirib chiqqan edim. Ayol qog'ozni tög'ri olib kelib menga berdi. Ayolga qaradim közlarida menga nisbatan achinish alomati bor edi. Shifokor bergan qog'ozni tez-tez ochib öqidimu közlarim dahshatdan qotib qoldi... DAVOMI BOR...


Fikrim satrimda oshkor!)
 
AbbosbekСана: Чоршанба, 13-Мар-2013, 04:57 | Изох # 829
Sayyod.com посбони!
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 3823
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 655
Холати: Хозир йўқ
Xikoya juda xam yoqdi. .

1000 marta yordam ber baribir
unutishadi. Bir marta pand ber, bir
umr eslab yurishadi. .
 
Zinnura_KСана: Чоршанба, 13-Мар-2013, 10:16 | Изох # 830
Sayyod.com мухлиси
Гурух: VIP
Изохлар: 863
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 1466
Холати: Хозир йўқ
Nmeeee bunaqa??? Madinapa davomini tez yozin..... Bo'laqolin

erka farishta....(m)....
 
Umar_chikСана: Чоршанба, 13-Мар-2013, 10:29 | Изох # 831
Рўйхатда
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 38
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 199
Холати: Хозир йўқ
Ko'p yasheng Loadjon

YO'Q ERUR ALLOHDAN BOSHQA BIR ILOH!
Qanday ham yaxshidir shiorim manim...
 
MirzoxidСана: Чоршанба, 13-Мар-2013, 16:04 | Изох # 832
Sayyod.com мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 623
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 248
Холати: Хозир йўқ
Pazliddin oka nega bunday odamni egovlawadi

...
 
Dinora_Golden_GirlСана: Чоршанба, 13-Мар-2013, 18:26 | Изох # 833
Sayyod.comда пропискада!
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 4486
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 908
Холати: Хозир йўқ
DAVOMI... Qog'ozga köz yoshlarim tomchi-tomchi tusha boshladi. Hamshira nimalar deb gapirardi. Onajon esa qog'ozni olib öqib meni quchoqlab oldi... "Tabriklayman qizim"
... Nimalar bölyapti men ona bölamanmi? Axir kechagina özim bola emasmidim? Bu men uchun baxt emasmi? Yoki bolam begona yurtda tug'ilishini xohlamayapmanmi? Tavba onajon tabriklaguncha ming xil fikr ötibdi hayolimdan. Shifokor ayolga qaradim, u bizning tilda:
- "Özingni ehtiyot qil, 2 haftada körikka kelib tur, özingni urintirib qöyma" - dedi. Bu hamshira nega menga achinish bilan qarayapti desam, aslida yuzi shunaqa ekan. Uyga ketdik. Kechki payt Renat akam ishdan keldi. Undan "suyunchi" olishga uyaldim. Onajon aytibdi. Bu xabarni eshitiboq, yonimga yugurib kelib mahkam quchoqlab: "Umida shu rostmi" - deb tinmay uyni boshiga kötarib xursand bölardi. Men esa shunday baxtni berganiga shukronalar qilardim pichirlab... Endi hech narsadan siqilmayman, Ota-onam, ukalarimning sog'inchi örnini bosadigan mehribon ovunchog'im böladi, közlarimdan sevinch yoshlari tinmay oqardi...
...Oradan 1 yil ötdi 3 oylik qizcham, (ismini Indira deb qöydik. Aniqrog'i qaynonam qöydi ismni, aytishicha onasining ismi Indira ekan.) mehribon "babushka"si va "papasha"si baxtli yashardik. Bir kuni Renat akam qöng'iroq qilib mehmon kelayotgani haqida aytib qoldi. Eshik ketma-ket jiringladi, eshikni ochib ne köz bilan körayki, Nigora jilmayib turardi. Közlarimga ishonmasdim, ancha paytgacha quchoqlab turaverdim.
- "Umida Nigora uzoqdan kelyapti, uyga kiritasanmi" - deganidan keyin qöyib yubordim. Mehmonxonamizga ötib ötirdik. Renat akam kechqurun kelishini aytib ketdi. Nigora bilan ancha paytgacha tinmay bir-birimizga termulib ötirdik. Gaplashdik.
- Qaynonang, qizing qani? (Nigora bilan oxirgi marta qizim tug'ilganidan 1 hafta keyin gaplashuvdik) endi gapirmoqchi bölib turuvdim;
- "Umida qara erkatoyim uyg'ondi" - deya onajon kirib keldi. Onajon Nigorani körib xursand bölib ketdi, qizimni qölimga oldim. Nigora onajon bilan sörashib, qölimda turgan mittigina qizimga qaradi, qöliga oldi.
- "Bunchayam shirin qizcha bölmasa, közchalarini gözalligini qara" - derdi Umida.
- "Sengayam nasib qilsin dugonajon, faqat senga öxshamasin, xunuk bölib qoladi" deya hazillashib kuldim.
U esa tinmay qizalog'imni hidlardi. Kechga ovqat qilishga tushib ketdim. Qizimga buvijonisi qarab turdi. Nigora esa menga yordam berib turdi.
- "Umida senga bir gap aytaymi?"
- "Mendan ruxsat sörab gapirasanmi? Gapiraver" - kuldim.
- "Anaqa bilan töy kuning esingdami? (anaqa deb Olimjon akani nazarda tutayotgandi)"
- "Ha esimda, lekin nega uni eslab qolding" - dedim.
- "Ösha kuni biz Renat aka bilan töyga ketishimizdan 2 soat oldin gul dökoniga bordik. Gul olib chiqayotsak bir tilanchi kampir kelib duo qilib pul söradi. Renat unga pul uzatdi, u esa: mana bu gulning egasining (ya'ni seni aytdi) birinchi farzandi qiz böladi deb aytgandi. Qizlik bölganingni eshitiboq, ösha kampir esimga tushdi" - dedi.
Hayron va hayollar meni öz domiga tortdi. Qarshiga borgan birinchi kecha "ösha qizcha kim ayt" deb döq urayotgan Olimjon aka va onasi esimga tushib seskanib ketdim.
- "Uyingga bordingmi, Ota-onangni kördingmi?" beixtiyor gapni burish uchun savol berdim.
- "Ota-onam Toshkentda yashayapti, meni kechirishdi" - dedi. Shu bilan suhbat mavzusi özgarib ketdi. Kechki payt hammamiz yig'ildik, bitta dasturxon atrofida kulishib ötirdik. Umida ertasi kuni yaqin orada yana kelishini aytib ketdi. Yana rözg'or va qizim tashvishlariga burkanib oradan 1 yil ötdi. Qizalog'im endilikda dardu-sitamlarimga malham beruvchi farishtamga aylanib bölgan edi. Biz shaharning eng gavjum joyidan elchixona yonidagi ancha tinchroq bölgan domlardan biriga köchib ötdik. Onajon qizimni bog'chaga berishni xohlamadi. Renat akam ertalabdan kechgacha ishda, kechasi charchab kelardi. Bozor bizdan ozgina uzoqroqda edi, endi bozorlikni özim qilardim. Taqdirimdan mingdan ming minnatdor edim. Begona yurtligini aytmaganda hammasi joyida edi. Renat akam esa hozir dam olish mavridimasligini köp narsaga erishib, keyinchalik Özbekistonga qaytishimiz haqida gapirib turardi. Men esa yurtimizga qaytishimizga yaqin qoldi deb özimni özim xursand qilib ovutardim.
Kunlarning birida bozordan qaytayotgan edim. Qölimdagi yuklarim og'ir edi. Domimizga olib boradigan yölni qisqa qilish uchun katta köchani aylanib yurmasdan, kichkina tor köchalar orqali borardim. Kechada deyarli bunday paytda hech kim bölmaydi. Bugun ham shu köchadan ketayotgandim. Qöllarimda yuk og'ir. Uhh tortib zörg'a ketardim. Ozgina qoldi chidashim kerak deb ketib borardim. Tösatdan muyulishdan burilayotganimda bitta kishiga urilib ketdim. Bitta qölimdagi narsalarim tushib ketdi. Jahlim chiqib ketdi, gapirmoqchi bölib u tomonga qaradimu dahshatdan chinqirib yuboray dedim. Röparamda 2 yonida barvasta yigitlar bilan Olimjon aka turardi. Közidagi nafrat uchqunlari kabi qölidagi "sovuq qurol" ham yaltirab turardi.
DAVOMI BOR...


Fikrim satrimda oshkor!)
 
AbbosbekСана: Чоршанба, 13-Мар-2013, 19:25 | Изох # 834
Sayyod.com посбони!
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 3823
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 655
Холати: Хозир йўқ
Madina juda ajoyib xikoya. .

1000 marta yordam ber baribir
unutishadi. Bir marta pand ber, bir
umr eslab yurishadi. .
 
MirzoxidСана: Чоршанба, 13-Мар-2013, 19:46 | Изох # 835
Sayyod.com мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 623
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 248
Холати: Хозир йўқ
Ochig'i lolman xikoya wunchali yozilyapdiki buni tasvirlaw qiyin

...
 
JoN_JiGaRСана: Пайшанба, 14-Мар-2013, 14:27 | Изох # 836
Рўйхатда
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 5
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
judayam qiziq ketebdi turisi olimjon man sani uldiraman deb qasam ichganda bir narsa buladi deb uylagan edim

inson bolasini qulog'ini tuproqqa tulishi azonni eshita turib unga ijobat qilmaslikdan yaxshirog'dur
 
Zinnura_KСана: Пайшанба, 14-Мар-2013, 14:49 | Изох # 837
Sayyod.com мухлиси
Гурух: VIP
Изохлар: 863
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 1466
Холати: Хозир йўқ
Aaaaa voyyy neea????? Bunaqamasde opajonnnn cry

erka farishta....(m)....
 
GiyosСана: Шанба, 16-Мар-2013, 02:19 | Изох # 838
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 1130
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 59
Холати: Хозир йўқ
***8

Bugun o’qishga bordim. Hamma qizlar ochilib ketishgan. Hamma hursand. Hamma bir birini anchadan beri ko’rmagan. Darsni birinchi kuni doimgidek gap sotish bilan o’tdi. Hamma ta’tilda nima qilganni etib berdi. Man faqat uyga borganimni etib berdim. Tog’amnikiga bordim dedim to’g’risi. Kollejdagilarga onam ajrashgan demaganman. Eng yaqin dugonalarimga ham aytmagan, ishonib bo’lmaydida. Hammasi Toshkentdagi onamni xaqiqiy onam deb bilishadi. To’g’risi hech ham haqiqiy onalardan qolishmaydilar. Majlis bo’lib qolganda ham kelganlar. Dadam ham bir xillarida o’qishimga tashlab ketadilar. Hammasi yahshi. Lekin ichimda sirim. Bu yer qishlig’imizdan boshqacha. Hamma har hil. Hamma o’zini o’ylaydi. Bir birini aldaydi. Hammasi ham emas. Men uchratgan ko’pchiligim. Bizni fakultetda 8 ta guruh bor. 4 chi guruhdamiz. Guruhimizdagilar zo’r. 8 chi guruh bor. Hamma qizlari kekaygan. Ular yig’ma guruhda. Ota onasini puli ko’plari yig’ilgan. Yana hammasini yigiti bor. Kollej yoniga kelib, mashinasini signalini chalib turadi. Ular ham nozlanib, yurib chiqishadi. Mashinani signalidan tanishiga ham qoyil qolaman. Ularni kiyinishlari ham o’zgacha. Kaltalashgan yupka. Yengi yo’q kofta. Materiali ham juda yupqa. Hamma joyi deyarli ko’rinib turadi. Ularni ko’rib men uyalib ketaman. O’tgan yilli maxsus fanlardan tashqi nazorat tomonidan imtixon olinadigan bo’ldi. Ularni birortasi o’qimagani uchun, bizni guruh ularga o’rgatishimiz kerak bo’ldi. Shunda ham hammasi bizni mensimay, bilaman, u bu deb jerkdi. Faqatgina bir qizgina jim turib, o’rgatganlarimizni qilardi. Ismi Fazilat.

Shundan keyin u bilan tanishib oldim. Juda ajoyib qiz edi. Ko’rinishi ham chiroylikkina. Kulib turadi. Lekin ko’zlari boshqacharoq. Mayusroqmi? Tushuntira olmayman. Fazilat doimo guruhdagilardan farq qilgan. Har tomonlama. Bir kuni oshxonaga kirib suhbatlashib qoldik.
- Fazilat, nega sen guruhingdagilardan ajralib yurasan?
- Menmi? Yo’g’e. Hecham ajralib yurmayman. Shunchaki dunyoqarashimiz to’g’ri kelmaydi. Ularni gaplashish mavzulari menikidan boshqacha.
- Qanaqa mavzu?
- Ular faqat yigitlari va sevgililari haqida gaplashishadi: Unaqa qildik, bunaqa qildik. Uni endi sevmayman. Buni sevaman. Yigitim bilan urishib qoldim. Kechirim so’radi. Kechirim so’radim. Kechirmadi. Kechirmadim. Boshqasi bilan yuribman. Kecha mashinasida olib ketdi. Bugun yana olib ketadi. Restoranda o’tirdik. Kinoga tushdik. Meni yigitim bo’lmas ekan, operaga tushamiz deydi. Boshini devorga urib olgan bo’lsa kerak deb o’yladim. Menga uylanmoqchi.... shunaqa gaplarni gaplashishadi. Men esa bunday mavzulardan yiroqman.
- Seni sevganing, yoqtirganing yo’qmi?
- Yo’q, hech qachon hech kimni sevmaganman. Sevgi bu odamni o’ldiradi. Uni yakson qiladi. Men esa buni istamayman.
- Men esa bunday demayman. Sevgi odamni yashnatadi. Yashashga majbur qiladi. O’zi uchun, yana kimnidir uchun ham yashashga majbur qiladi.
- Sevganing bormi?
- Ha bor. Jasur.
- Qachon tanishgansan?
- Maktabdagi sinfdoshim.
- Ha. Unda tushunsa bo’ladi. Meni kursdoshlarim 1 hafta oldin tanishgan bo’lishadi ko’pincha. U ham seni sevadimi?
- Ha. Juda ham qattiq sevadi. O’zi aytgan.
- Extiroslarga berilib ketdingga? Men esa hozir sevmayman. Turmushga chiqsam, turmush o’rtog’imni sevaman. Butun umr. Faqat ularni.
- Ha. Men faqat Jasurga turmushga chiqsam kerak.
- Nega kerak?
- Chunki u hali menga turmushga chiq demadida.
- Aytmasa nima qilasan.
- Aytmasa, bo’g’aman. (ikkalamiz ham kulib yubordik)
- Juda ham hazilkashsanda. Senam guruhdoshlarimga o’xshab sevgi haqida gapirayapsan. Boshqa dugona topaman sheklli (kulib qo’ydi)
- Bo’ldi, bo’ldi. Boshqa gapirmayman.

Shunday qilib, Fazilat bilan yaqin dugona bo’lib oldik. Har kuni darsdan keyin birga kutibxonada qolib dars tayyorlardik. Keyin uyga ketardik. Uni dadasi olib ketardi. Uyi meni uyim yaqinida edi. Shu sabab men ham u bilan birga ketardim. 5-6 marta uyiga ham taklif qildilar. Kechki ovqatga. Uylari katta. Hashamatli. Xonalari ko’p ekan. Oilasiga esa rosa havasim keldi. Dadasi biram mehribon. Juda ochiqko’ngil odam ekanlar. Onasi ham. Fazillatni juda ham erkalardilar. To’g’risi, meni oyim hech mani bunday erkalaganlarini eslay olmayman. Atigi bir marotaba, ushanda ham qattiq kasal bo’lganimda boshimni silagandilar. Aytarli mehribon emaslar. Fazilatni onasi esa boshqa dunyo. Qani edi, meni ham onam shunday mehribon bo’lsalar. Otam ham birga yashasalar. O’z onamdan o’gay onam mehribonroq. Fazilatni onasi juda mohir oshpaz ekanlar. Pishirgan ovqatlari juda mazali. Ta’mi og’zimda qoldi. Fazilat ham oyisiga qarashib yuboradi. Men ham qarashdim, yo’q deyishlariga qaramay. Fazilatni dadasi dadamni tanir ekanlar. Har doim ketayaotganimda dadangga salom aytib qo’ygin deydilar. Keyin uyga qaytaman. Meni uyimda ularnikidan boshqacha sharoit. Boshqa olam. Nega degan savol meni qiynay boshlaydi. Nima sababdan onam bilan dadam birga yashashmaydi degan savol qiynayveradi. Bir tomondan bu savolga ham ko’nikib ketganman. Odatiy holatdek bo’lib qolgan. “Qizni ikki onasi bo’ladi. Biri u bilan yashaydi. Biri esa dadasi bilan”. Shunga ko’nikkandim. Shu hayot degandim. Fazilatni oilasidan keyin, yana “nima uchun?” savoli paydo bo’la boshladi. Qiz ikki onasiz ham yashay olarkanku...
(Davomi yaqin soat va kunlarda)


Sog' salomatlik...
 
T_SardorСана: Шанба, 16-Мар-2013, 02:38 | Изох # 839
Sayyod.com мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 541
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 181
Холати: Хозир йўқ
Kutamiz...

O'zingdan o'zgaga muxtoj qilmagin!!!
 
GiyosСана: Якшанба, 17-Мар-2013, 04:08 | Изох # 840
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 1130
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 59
Холати: Хозир йўқ
8 ni davomini qo'shib qo'ydim)

Sog' salomatlik...
 
AbbosbekСана: Якшанба, 17-Мар-2013, 04:55 | Изох # 841
Sayyod.com посбони!
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 3823
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 655
Холати: Хозир йўқ
Juda xam yoqdi G'iyosaka. ,

1000 marta yordam ber baribir
unutishadi. Bir marta pand ber, bir
umr eslab yurishadi. .
 
Umar_chikСана: Якшанба, 17-Мар-2013, 08:39 | Изох # 842
Рўйхатда
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 38
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 199
Холати: Хозир йўқ
- Aytmasa nima qilasan.
- Aytmasa, bo’g’aman. Vaxaxaxa o'zim ham kulib yubordim.
G'iyos kutib qolamiz davomini


YO'Q ERUR ALLOHDAN BOSHQA BIR ILOH!
Qanday ham yaxshidir shiorim manim...
 
Nilufar_93Сана: Якшанба, 17-Мар-2013, 18:15 | Изох # 843
Иштирокчи
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Изохлар: 270
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 237
Холати: Хозир йўқ
Doctor man o'ylaganimdan ko'ra yaxwiroq dugona chiqishdiku bular...)
Kutamiz...


Haqiqat havoga o'xshaydi,nafas olib turasizu,o'zini ko'rmaysiz.
 
T_SardorСана: Пайшанба, 21-Мар-2013, 01:40 | Изох # 844
Sayyod.com мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 541
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 181
Холати: Хозир йўқ
G'iyosaka ? ? ? !

O'zingdan o'zgaga muxtoj qilmagin!!!
 
GiyosСана: Жума-муборак кун!, 22-Мар-2013, 22:51 | Изох # 845
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 1130
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 59
Холати: Хозир йўқ
E'tiborilar uchun rahmat. Uzr. Vaqtdan va ilhomdan muamo bo'lib turadi.


***9

2010 yil. Bahor fasli. Mart oyi.

Har doimgidek Bahor kelishi bilan qishloqqa, onamni ko’rgani borib kelaman. Bugun qishloqdan qaytmoqdaman. Jasurni ham ko’rdim. Ancha o’zini oldirib qo’yibdi. Meni rosa ham o’ylayotgan bo’lsa kerakda. Ha. Uni mendan yana kimi bor? Faqat menga hamma gaplarini ayta olardi. Men uchun hamma narsaga tayyor edi. Men ham. Lekin hozir Fazilat bilan do’stlashganimdan keyin Jasurga ko’p vaqt ajrata olmayapman. Telefon olgan. Kechalari telefon qilib turadi. SMS yozadi. Lekin menga ko’proq Fazilat bilan gaplashish yoqadi. Qandaydir o’ziga tortadigan nimasidir borda. Buni bilmayman. Lekin Bahor boshlangandan beri g’alatiroq bo’lib qolgan. Qandaydir hamma narsaga ahamiyatsiz. Bepsand. Nimalarnidir pichirlab yuradi. Gapirsa eshitmaydi. Undan oldin gaplashganda dadasi yangi lavozimga ko’tarilganini, onasi esa boshqa ishga o’tganini aytgandi. U uyda bir o’zi ko’p vaqt qolayotgan ekan. Ishdan kech kelishar ekan. Uyida u yolg’iz yuraverarkan. O’qishga ham hozirda o’zi avtobusda kelmoqda. Menam avtobusda qatnamoqdaman. Ancha o’zgargan. Juda o’zgargan.

2010 yil. Aprel oyi.

3 kundan beri Fazilatni o’qishda ko’rmayapman. Telefoni ham o’chiq. Uyiga borsamikan degan hayol ham boshimdan o’tdi. Lekin nima deb boraman. Feruzani 8 guruhdagi guruhdoshlaridan so’rasam, hech nima bilmaymiz deya javob berishdi. Ular ham Fazilatni oxirgi paytda g’alat bo’lib qolganini aytishdi. Tushunarsiz holat. Hech bunaqa qiz emasdi. Nima bo’ldi ekana? Hayolim hozir faqat Fazilatda bo’lib qoldi. Hozir Psixyatiriya fani bo’ladi. Shu darsga ham kirgim yo’q. Bugun Fazilatni uyiga bormoqchi bo’layapman. O’qituvchi darsni boshladi. Eshitgim ham yo’q. Galyutsinatsiyalar haqida gapiryaptilar. Uni menga nima qizig’i bor. Darsni bir joyi e’tiborimni tortdi, o’qituvchi aytayapti: “Galyutsinatsiyalarni “Imperativ galyutsinatsiya” turi bor. Bunda bemor kimnidir, yoki o’zini o’ldirishga, yoki zarar keltirishga harakat qiladi. Unda qandaydir ichki kuch, ovozlar o’ldirishga chorlaydi. Masalan, bemorga qo’shnisi yoqmay qoladi. Hammaga uni yomonlaydi. Uni ko’rsa asabi buziladi. Ichida qandaydir hislar, uni yoqotishga harakat qildiradi. Shu darajaga yetadiki, hattoki qo’shnisini uyini ham yoqib yuborishi mumkin, yoki uni o’ldirishi mumkin. Ikkinchi xilida, o’ziga suiqasd qilishi. O’zini qandaydir usullar bilan o’ldiradi. Kimdir unga ichidan, tashqaridan, o’zingni o’ldir, o’zingni os, o’zingi tomiriningni kes deb aytib turadi. Bu galutsinatsiya. Bunday bemorlarni tezkor aniqlab, ruhiy kasalxonaga davolash uchun yotqizish kerak bo’ladi. Bo’lmasa oqibatini bildinglara. Bunga bitta misol keltirib o’taman. Uzoqqa bormaymiz. 8 guruhdagi bir qiz bor edi. Usha kecha o’zini osib qo’yibdi. Ismi nima ediya. Fazilat. Bunda mana shunday kasallik bo’lgan. Yoki depressiya natijasida, qandaydir bir kuchli voqeadan qutilish uchun bo’lishi mumkin. Hech kim unga e’tibor bermagan va u o’z joniga bemalol qasd qilgan. ....”. O’qituvchini bu gapidan keyin, hayolim yoqolib ketdi. Undan shu aytgan oxirgi gaplarini qaytarishlarini so’radim. Takror so’radim. Qotib qoldim. Bo’lishi mumkinmaaaass. Qanday qilib? Nega axir? Nima sababdan???? (O’qituvchi tashqariga chiqib ketdi. Kimdir chaqirdi). Guruhda gap so’zlar boshlanib ketdi. Men joyimda qotib o’tiribman. “Men uni tanir edim. Qaysidir yigit bilan yurardi. Usha bilan orasida ubu gap o’tgan bo’lsa kerak. Tashlab ketganmi? Keyin chiday olmay, o’zini osgan. O’zi usha 8 guruhdagi qizlarni hammasi yigitlar bilan yuradi. (Boshqa bola gap boshladi). Unday bo’lmagan. Hozirgi qizlar, yigiti tashlab ketsa o’zini osmaydi. Balki u usha yigit bilan qilar ishni qilib qo’yib, homilador bo’lib qolgandir. Keyin nomusga chiday olmay, sharta o’zini osgan. Hozir hamma qizlar shu. Kayfi safosini qilib oladida. Keyin achchig’i peshonasiga kelganda, o’zini osib qutiladi. (Ko’pchilik bolalar uni gapini qo’llab quvvatlari. Qizlar bunday emas deb, gap talashishdi.) Men chiday olmadim. Bas qilinglar deb baqirib yubordim. (Hamma jim bo’lib qoldi). Keyin o’rnimdan turib: “Uyalmaysizlarmi? O’lgan odamni orqasidan bunday yomon gaplarni gapirgani? Men uni yaxshi tanir edim. Hech qanday yigit bilan yurmasdi. Juda aqlli edi. Guruhidagilarga o’xshamasdi. Tuxmat qilmalaring ko’rmasdan turib. Yoki ushlab olganmidlaring...” . shunday deb yig’lab yubordim va sinfdan yugirib chiqib ketdim. Karidorda turib yig’ladim. Rosa yig’ladim. Keyin sal ovunib qoldim. Keyin oshxonaga bordim. Gazli suv olib, stolga o’tirdim. Yonimdagi stolda Fazilatni guruh rahbari o’tirgan ekan. Yonida boshqa o’qituvchi. Ikkalovlari ham shu haqida suhbatlashishmoqda. Guruh rahbari yig’lamsirab: “Exx, u qiz meni guruhimdagi eng yahshi qizlarimdan edi. O’zini o’ldirmasidan oldin, nimanidir olib kelmaganida, ertga olib kelmasang, ertasiga uyinga hammamiz borib, birga olib kelamiz deb hazillashgandik. Qarang. Rosti ham endi hammamiz azaga boramiz. Hozir ketamiz. Siz ham birga boring. Men o’zimni boshqara olmayapman” deb aytdi. Keyin tashqariga chiqib ketishdi. Menam suvni ichib, ularni orqasidan ergashdim. Yo’l yo’lakay boshqa gaplarini ham eshitdim. Aytishlaricha, u o’zini osgan paytiyoq bilib qolishgan ekan. Yerto’laga o’zini osibdi. U yerga ko’p qatnaydigan bo’lgan ekan. Nimadirlar tarqillagandan keyin, onasini qizim usha yerda edi deb, tushgan. Borib qarsa Feruza o’zini osib qo’yibdi. Dadasini yordamga chaqirgan. Bo’ynidan arqonni olishganda bir marta chuqur nafas chiqarib, qaytib nafas olmabdi. U kiyimlarni quritadigan dorni arqonini olib o’zini osgan ekan. Birinchi yordam ko’rsatishibdi. Tez yordam chaqirishibdi. Lekin kech bo’lgan ekan. Bo’ynida, arqon izi shunday qolgan ekan. Keyin arqonni bo’shataman deb, o’zini bo’ynini rosa timdalab tashlabdi. Uni bo’ynilari, terisi juda ham nozik edi. O’zini osgani to’g’risidagi xabar qo’shnilardan qo’shnilarga o’tib, tarqab ketibdi. Uyga militsiya kelibdi. Tezkor guruh. Tekshir tekshir... Fazilatni dadasi, ekspertiza qildirmayman deb, “gaplashibdi”. Lekin baribir olib ketishibdi. Fazilatni yaxshi ko’radigan bir yigit bor ekan. U Rossiyda ishlar ekan. Bu xabarni qayerdandir eshitib, juda tezlik bilan yetib kelibdi. Ishonmaaayman deb baqir chaqir qilibdi. Ko’chada voy voylab, boshini changallab o’tib olibdi. Hamma yoqga yana duv etib gap tarqabdi. Dadasi ekspertiza qildirishga rozi bo’libdi. Fazilat qiz bola chiqibdi. Hammasi joyida ekan. u os os kasaligi chalingan ekan. bunday kasallikni o’rgimchak tushgan suvni ichganda uchraydi deb aytisharkan. Lekin ilmiy tilda boya darsda etgan kasallik. Tasavvur qila olmayman. Qanday qilib men sezmadim...
Fazillatni uyiga bordik. Uncha ko’pchilik to’planmagan. O’zini o’ldirganlarga janoza o’qilmas ekan. shu sabab ko’pchilik ham kelishni hohlamas ekan. Ichkariga kirdik. Fazilatni dadasi uyni burchagida yig’lab o’tiribdi. Onasi esa, ichkari xonada. O’zlarini e’tiborsizlik uchun kechira olmayapgan edilar. Men ham ularni ko’rib yig’lab yubordim. Keyin ozgina o’tirib. Ketdik. Fazilatni ham ko’mib kelishdi. Janozasiz.
Uyga kelib yana yig’ladim. U o’lganiga hali ham ishongim kelmasdi. Nahotki der edim. Nahotki sezmadim deyrdim. Shunda u menga bir hafta oldin bergan kundalik daftari esimga tushdi. U yangisini sotib olgandi. Eskisini menda turib turishini iltimos qilgandi. O’qimagan deb tayinlagani uchun, o’qimagandim. Endi o’qimasam bo’lmaydi. Oxiridan ochib, kelgan varrog’idan o’qiy boshladim.

“Men tobora o’zimni arqonni xalqasini naragi tarafidagi hayotga qiziqib, bog’lib qolayayotganimni sezib qolmoqdaman. Juda ajoyib, chiroyli manzaralar. Har qanday arqonni xalqa qilib, qarasam shu manzarani tomosha qilaman...

(Davomi yaqin soat va kunlarda)


Sog' salomatlik...
 
ShohiСана: Жума-муборак кун!, 22-Мар-2013, 23:38 | Изох # 846
Иштирокчи
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 269
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 510
Холати: Хозир йўқ
daxwaaaat...

Baxt meni kutmoqda... Yaqinginamda)))
 
AbbosbekСана: Шанба, 23-Мар-2013, 01:07 | Изох # 847
Sayyod.com посбони!
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 3823
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 655
Холати: Хозир йўқ
G`iyosaka xikoyani davomini kutamiz (to be continuit)

1000 marta yordam ber baribir
unutishadi. Bir marta pand ber, bir
umr eslab yurishadi. .
 
Nilufar_93Сана: Шанба, 23-Мар-2013, 15:58 | Изох # 848
Иштирокчи
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Изохлар: 270
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 237
Холати: Хозир йўқ
Fanda bu kasallik shunaqa nomlanar ekanda juda qiziq
davomini kutamiz...


Haqiqat havoga o'xshaydi,nafas olib turasizu,o'zini ko'rmaysiz.
 
T_SardorСана: Чоршанба, 27-Мар-2013, 09:06 | Изох # 849
Sayyod.com мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 541
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 181
Холати: Хозир йўқ
G'iyosaka esizdan chiqib ketmadimi? Davomi??!

O'zingdan o'zgaga muxtoj qilmagin!!!
 
Mohinur_UСана: Пайшанба, 28-Мар-2013, 01:08 | Изох # 850
Рўйхатда
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 98
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 180
Холати: Хозир йўқ
Agar hikoyamda qandaydir xato bo'lsa, uzur so'rayman. Chunki bu mavzuda birinchi martda yozayapman.

Kanadaga ish bo'yicha shartnoma asosida 2 yilga ketdim
Samalyotda uchayapmanu, xayollarim chalkashib ketdi. Ona vatanimdan uzoqlashayapman. Kanada. Begona joyga o'rgana olarmikanman?. Odamlari qandaqa ekan? Men tilini bilamanu chiqishib ketaolarmikanman? Savollar juda ko'p. O'zimni chalg'itish uchun jurnal o'qidim. Kn ko'zimni yumdim... Aeroportda meni Tashkilotimizdan vakil kutib oldi. Kn men ijarada turmoqchligimni malum qildim. O'zim tariflaganimdek ijaraga uy topib berishini, bir kecha mehmon xonada qolishimni aytdi. (to'g'ri tashkilotimiz tomonidan ishchilar un yashash joyi xam bor ekan. Ln men xoxlamadim)
Kanada xa bir so'z bilan aytganda juda chiroyli shahar ekan. Ertasi kuni Kanadani tashkilot vakili bn aylandik. tomosha qiladigan joylari juda ko'p ekan. Muzeylarni magazinlarni aylanib tomosha qildik.
Kechik payt tashkilot vakili meni ijaraga uy topganligini aytib, o'sha uyga obordi. Ishxonamdan unchalik uzoq bo'lmagan, va ko'l bo'yida joylashgan uy ekan. Uyda ayol bir qizi bn yashar ekan. Menga maqul keldi. Ular bn tez chiqishdim. Ayolni ismi Samanta bo'lib 25 30 yosh atrofida ekan eri o'lgan. Qizchasi Ismi Lusiya bo'lib, yoshi 5 da, sariq sochli, xavorang ko'zli qizaloq edi.
Men xaftada 4 kun ishlab 3 kun dam olardim. Dam olish kunlarimda Ko'l bo'yida Lusiya bilan aylanardik koptok o'ynardik Kechik payt esa o'zbekona ovqat qilib berardim.
Uydagilar bn vaqtimiz to'g'ri kelmasada, ln skypeda gaplashib turardik. Onajonim yolg'iz qaysar qiziga Kanadaga yuborganligi un bir yig'lab olardilar. Vatan oila va yaqinlarim sog'inchi bilan
kunlarim o'tib borardi. Shunday qilib yarim yilim xam o'tdi. Bir kuni ishdan sal kechroq 20 :30 qaytdim, uyga kelsam, uy to'la odam. Xavotir olib ichkariga kirdim. Iskarida Maxsus xizmat qo'shnilarni tergov qilardi. Samantda esa yig'lardi ko'zlarim ishib ketgan. So'radim:
- Samanta nima bo'ldi?
-Nazira keldingmi? Lusiyani o'g'irlab ketdi.
-nima? Qandaqasiga qachon?
- siz bularga kim bo'lasiz?
Deb maxsus xizmat xodimlari gapimizni bo'ldi.
Keyin kimligimni o'g'irlangan vaqti qayerda bo'lganligimni aytdim. Meni tergov qilib bo'lganidan keyin qo'shnilarga xam savol berdi. Yon qo'shnimiz 30 40 yosh atrofidagi ayol Sarani xam so'roq qildi.
-Lusiyani o'g'irlangan vaqti qayerda ediz taxminan 10 lar atrofida?
-ishda edim.
-bu yerda shubxali odamga ko'ziz tushmaganmidi?
-..... Ko'p bora yashil oynalari qora Audi ni ko'rgandim. Rangi yorqin bo'lganligi uchun esimda qolgandi. Ln xaydovchini ko'rmagandim.... So'roq natijasida bir necha qo'shnilar Sarani gapini tasdiqladi
Samanta bn gaplashdim. Lusiyani qanday yo'qolganligini so'radim. Lusiya bugun bog'chaga bormagandi. Ko'pincha uyda Lusiya yolg'iz qolardi. Chunki Samanta ishlardi. Qo'shnilarga xam tayinlab qo'yardi. Lusiya ko'chada velospedini xaydab, o'ynab yurganida yo'qolibdi. Samantda ishdan soat 15 larda qaytgan. Lusiyani qidirgan topolmagach. Yo'qolgan bolar bn shug'ullanuvchi maxsus xizmatga murojat etgan.....
Maxsus xizmat xammadan ko'rsatma olib bo'lgach, uyni tark etdi u payti men Samantani xonasiga kuzatib qo'ydim. Va endi tashqariga chiqmoqchidim. Maxsus xizmat bn shtab policeasini suxbatini eshitib qoldim.....
-bizdan nima yordam kerak.
-rostini aytsak bu qizcha birinchisimas 9 qizchadir. Qotilni topolmayapmiz. Guvohlarni ko'rstamasiga binon bu biz qidiradigan qotil. Yani Qotil faqat 5 yoshar sariq soch moviy ko'zli qizaloqni o'g'irlaydi va bir oy atrofida o'ldirib tashab ketadi. Ekspirtiza xulosasiga ko'ra: barcha qurbonlar doimiy qiynoqqa solinib, keyinchalik bo'g'ib o'ldirgan. Oldirgunimzcha tutushimizi kerak
- ungacha tutolmasakchi
-unda bir oy ichida Lusiyani jasadani uy oldiga olic kelib tashaydi. Chunki qotilik uslubi shundaqa o'shanda qotilni tutush kerak. Ln 9 ta qizchani o'ldirib tashab ketgan vaqtida tutolmadik. Chunki tutush juda qiyin keyin qaysi payt olib kelishini bilmaymiz O'shanda yordamlariz kerak bo'ladi. Bu yerda nazoratni kuchaytiringlar. Va umid qilamizki bu xolatiga qaytmaydi.... Shok xolatiga tushdim. Yig'lavordim. Xamma men tarafga qaradi. Va meni tinchlantirib bu xaqida Samantaga aytmaslikni tayinladi
 
Поиск: