[ Янги изохлар · Фойдаланувчилар · Қоида · Изламоқ · RSS ]
Модератор форума: Giyos, SarVario, komol_76, Anv@rbek  
Hikoya
GULI_NURСана: Душанба, 25-Фев-2013, 21:53 | Изох # 776
Сайтимиз қадрли мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 2124
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 795
Холати: Хозир йўқ
Daaaaavoooooomiiiii...!!!
 
MirzoxidСана: Сешанба, 26-Фев-2013, 00:06 | Изох # 777
Sayyod.com мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 623
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 248
Холати: Хозир йўқ
surprised daxwatu

...
 
GiyosСана: Сешанба, 26-Фев-2013, 00:15 | Изох # 778
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 1130
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 59
Холати: Хозир йўқ
***

2006 yil, may oyi.
Mana maktabni bitirishimizning ham so’ngi kunlari. Sanoqli kunlardan keyin so’nggi qo’ng’iroq, imtixonlar, keyin so’nggi oqshom, keyin xayir sinfdoshlar. Lekin bir tomondan shu maktabni g’alvalaridan qutilaman. O’qi, javob ber. Direktorni xonasiga kir. Chiq, onangni chaqirib kel. Onangni emas, otangni chaqir, otang bilan erkakcha gaplashaman. Bor yoqol.... shu gaplardan qutilaman. Yahshi ham bo’ladi. Yana bitta faqati borda. Keyin Feruzani har kuni ko’ra olmayman. Har kuni yonida birga o’tira olmayman. Uzun uzun sochlarini qarosiga to’yib qaray olmayman. Uzun kipriklari sehriga to’ya olmayman. Dooood, deb yuborgim kelayapti...
Imtixonlar tugab, sinfdoshlar bilan so’ngi oqshomni qilishni rejalashtiridik. O’zi ancha oldin rejalashtirgandik. Shunchaki aytib qo’yayapmanda. Maktabimiz yaqinida qurilgan to’yxona bor. Usha yerda o’tqazadigan bo’lganmiz. Esda qolarli bo’ladi. Usha kuni Feruzani yonidan jilmayman. Chunki bundan keyin qachon yana uchrasha olaman....
So’ngi oqshom boshlandi. Mazza. Hamma narsa bor. Zo’r bo’layapti. Otarchi guruhi yigitlari o’rtani qizitayaptilar. Hamma raqsga tushayapti. Albatta o’rtada men o’ynayapman. Davrani hech kimga bermayapman. Har hil musiqa navolariga raqsni sochib tashlayapman. Yonimdagilar chapak chalishdan boshqa narsa qila olishmayapti. Nariroqda qizlar raqsga tushishayapti. Zari, Laylo, Shahnoza, Aziza, Zulfiya va meni Feruzam ham bor. Yana Nozi ham bor ekan. Uff, doim shu qiz, yog’e, shu bola qizlarni orasiga tiqilib yuradi. Yana Feruzaga yaqin joyda o’ynayapti. Qo’lidan ushladimi? Unga ko’rsatib qo’yaman. Ustiga karatistlarni kimanosini kiyib olibdimi? Karatist bo’lsa o’ziga. Menga farqi yo’q, dexqonchasiga ham solib tashlayveraman. Meni kuchim undan ko’proq. Dalada ketmon chopaverib pishib ketganman. Iya, Nozi o’zicha karatedan usullarini ko’rsatib maqtanayaptimi, yoki meni shu yo’l bilan qo’rqitmochimi? Hech qachon. Meni bu mishqi, qizsifat qo’rqita olmaydi. Chuchvarani xom emas, tugmasdan sanabdi. Chuchvarani bu yerda nima aloqasi bor degan ekan, mashhur ulamolarimizdan biri ikkinchisiga qarab. Hozir borib burnini sindiraman deb turgan joyimda Farrux orqamdan turtib yuborib, meni to’yxonaga qaytardi. Nozi ham o’zini kiyimida ekan. Nega anu Feruzani yonida, men emas. Borib buni to’g’rilashim kerak... Afsuski endi to’g’rilayotganimda, ushlab qolib, oqshomni qizitishga yo’l qo’yishimadi... Ozginadan keyin, yani bizani deb oqshom vaqtliroq yakunlandi. Yashirib nima qilaman, ozginadan keyinamas, usha zahotiyoq. Ko’pchilikni ko’ziga men bir narsa bo’lib ko’ringandirman. Keyin uyga tarqaldik. Ko’chaga chiqganimizda ancha kech tushib qolgan ekan. Soatimga qaradim. 22-00 bo’libdi. Ha o’yin kulgu bilan vaqtni ham unutib qo’yibmiz. Feruza bilan yonma yon ketayapmiz, bir so’z demay, hayol surib. Nima hayol surayotgan ekan? Bu meni qiziqtirardi... Maktabda endi ko’rishmaymiz. Har kuni birga o’tirmaymiz. Qaysi o’qishga topshirarkin? Nima bo’lsa ham u topshirgan kollejga topshiraman. Bir joyda o’qiymiz. Men undan uzoqda yura olmayman... Feruza menga savol berib hayolimni buzdi:
- Jasur, qaysi kollejga topshirmoqchisan?
- A? Nima? Kollej? Bilamadim hali. (Nahotki u ham shu haqida o’ylayotgan bo’lsa. Bilaman, u ham menga befarq emas. Hatto hayollarimiz ham bir xil kechmoqda.)
- Nega bilmaysan. Axir anavi kuni maktabdan so’rashdiku. Ushanda aytmadingmi?
- Aytdim.
- Qaysini?
- Quruvchilikni, haydovchilikni, dexqonchilikni...
- Biram xazilkashsande. (kulib qo’ydi)
- Hazil emas. Rostdan ham shunday. Men bu o’qish, bilimim bilan boshqa sohada faoliyat yurita olmayman. Qo’limdan shular keladi xalos.
- Lekin bu yo’nalishda kollejlar yo’qku.
- Bordir, sen bilmassan. Rassomchilikka topshirsangchi?
- Dadam ruhsat bermaydilar. Rassomchilik bilan non topish osonmas ekan. buning uchun juda zo’r chizish kerak ekan. Sen qaysinga topshirmoqchisan?
- Men hamshiralikka topshiraman. Hamshira bo’lish orzuyim.
- Tikuvchilik ediku?!
- To’g’ri, bu ham. Lekin tikuvchillikni kollejda o’qimay ham o’rganish mumkin. Shogird tushib. Hamshiralikda esa yo’q.
- Onang ruhsat beradimi?
- Ha albatta. Nega ruhsat bermasinlar. Bittayu bitta qizlarimanku!
- Ha. Boshqa kollejga kirsang bo’lmaydimi?
- Nega bunaqa deyapsan?
- Men tibbiyot kollejiga kira olmaymanku. Qanday qilib o’qiyman?
- Sen emas, men kirayapmanku.
- To’g’ri. Lekin menam sen bilan o’qimoqchidim... (O’rtaga jimlik cho’kdi)
- Qaysinga kiramiz unda. Men haydovchi yoki quruvchi bo’lib ishlay olmaymanku.
- To’g’ri. Unda sen hamshira bo’laver. Men kasal bo’lib qolsam, o’zing qaraysan.
- Kasal bo’lmaye. Sog’ yursang yahshiku.
- Senga oppoq halat yarashsa keraga. Tasavvur qilayapman.
- Ha. Juda ham. Mazza. Rosa orzu qilayapman.
- Shu gaplar bilan uyinga ham yetib keldik. Ertaga 10-00 da soy bo’yiga bora olasanmi? O’zimizni har doim uchrashadigan joyimizga.
- Nima sababdan?
- Shunchaki. Gaplashardik. Yana qachon gaplashardik.
- Hop.

Ertasi kuni men soy bo’yiga bordim. Hozir iyun oyi. Kun issiq. Ertalabdan borib olganman. Kutib o’tiribman. Suvga qarab... Suvga qarash mazzada. Shivirlab oqadi. Odamni jahli chiqsa, suvga qarab tinchlanishi oson bo’ladi. Mana men ham tinchlanib o’tiribman. Kun issiq bo’lsa ham, soy bo’yida doim salqin. Suvni shabodasi urib turadi. Qanaqadir hidi ham bor. Buni tasvirlab berishim qiyin. Lekin chizib berishim mumkin. (hazil). Yoqimlide. Soat 10-00 bo’ldiku. Nega Feruza kelmayapti. Onasi ruhsat bermaganmikan? Ruhsat beradi. Axir 1 tagini qizku. Suvda yuzimni yuvib olmasam, quyoshda sho’ralab ketayapti... Uxxx. Mazza. Suvni muzdakligini... Yoqimliligini. Huddi Feruza yonimdaligini hisini beradiya. Iyaa. Feruza suvdami? Yopiray! (qirg’oqdan 4 qadam orqaga qochdim) Buyoqqa, qirg’oqqa chiqayaptimi? Nima u suvda suzib keldimi? Bo’lishi mumkinmas, suzishni bilmasdiku. Iya. Oyoqlari qani? Yana iya. Oyoqlarini o’rnida baliqni dumimi? Voy ana bo’lmasam. Feruza suv parisi bo’lib qolibdiku. Lekin qanday qilib? Feruza o’zingmisan? Yarimi odam, yarimi baliq. Yarimi Feruza, yarimi qaysi baliqni dumi bilmadim. Feruzaaa!! Feruzani ovozi orqamdan “Ha” deb keldi. Orqamga qarasam, orqamda ham Feruza. Oldimga, suv bo’yiga qaradim. Feruza yo’q. Orqamda turibdi, kulib. “Qanday bilding kelganimni, hayol surib o’tirganingni bilib, atilatdan sekin, pisib kelayotgandim” deb qoldi. Men nima ham deyman, “sengamas, qiyofadoshing suvparisiga” deymanmi? Aytolmayman bunaqa deb. Chunki bular meni hayolimni mahsuli. Hayolni zo’r qilganim uchun rasm chizsam kerakda. Feruza kulib turibdi. Unga qarab:
- Yahshi keldingmi?
- Ha. Keldim.
- Men vaqtliroq kelgandim.
- Nega?
- Sen kutib qolmagin deb.
- Ha. Kutirmasligini bilardim.
- Anavi kuni Xasanga bitta rasm chizib bergandim. Ushanga she’r yozibdi. Endi she’r desa... qoidalariga to’g’ri kelamaydikuya, lekin chin dildan, dard bilan yozibdi.
- O’qiysanmi, yoki o’qib beraymi?
- O’qib bera qol.
- O’zing o’qigin. O’qiy olmayman. (sal uyalgandek bo’ldim)
- Hop. Berchi.
Ko'zlarim to'qnashib qolganda goho.
Bir siqim yurakka dunyolar tordek.
Ich ichimdan sezaman uni sevaman.
Go’yoki yuragim bir unga zordek.
Nima qilay shevishimni aytolmasam.
Yoki uni kuzatib qaytolmasam.
Darz yorilsa kerak bugun yuragim.
Uzoqdan men tomon kulib kelyapti,
Sochlari hilpirab, mayin sabodan.
Uyalgan yuzidan o'pgim kelyapti
O'tinaman yuragim sekinroq urgin.
Chap ko'ksim tubini qilding qontalash.
Buncha tez urmasang uni yonida
Shartmidi kulganda yuziga qarash
Faqat o'ynoqlanib ketma yonida,
U kulsa qoshilishib biz xam kulamiz,
Faqat bir narsani sezib turibman,
Yana bir bor kulsa tamom o'lamamiz!
- Feruza, Xasanni yozgani yoqdimi? Meni chizgan rasmimga yozgan. Rasmni ham ko’rsanmi?

(Davomi yaqin soat va kunlarda)


Sog' salomatlik...
 
Mohinur_UСана: Сешанба, 26-Фев-2013, 01:04 | Изох # 779
Рўйхатда
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 98
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 180
Холати: Хозир йўқ
Davomi rostini aytsam. Dadamni boyliki uchun menga xamma yaxshi muomla qilardi lekin turmadagi "zo'ravonxon"larni g'ashiga tegardi. Ular abed payti urush chiqardi meni izza qilishdi beqiliq qiliqlar bn nafsaniyatimga tegdilar. Chidolmay qo'limdan kelgancha urushdim(Tamara opadan o'rgangandim). Nazarotchi bizni boshliq buyruqi bilan meni 6 soat "qolipga "Zaravonxoni esa 6 soat"
"duxofkaga " tashaydigan bo'lishdi "qolip" degani juda xam og'ir bo'lib un da odamni qolipi bor edi qol esa boshda turardi qolipga joylashgandan kn kamarlarni maxkam qisib qo'ydi xatto qo'limni qimilatolmasdim. Yig'lamaslikka xarakat qildim. Ln 2 soatdan keyin juda xam charchardim xam xona zaxi xidimi? badbo'y va sichqon xidi edi chidab bo'lmasdi. 6 soatdan kn bo'shatib oldilar meni. Xonamga borib rosa yig'ladim.
Bu xudoni menga bergan jazosidir. Zo'ravonxon meni yuzimga ancha sovg'a qoldirgandi. 2 kundan keyin
-Maxbus Mahliyo chiq seni ko'rgani kelishibdi. Orqangni o'girib devolga qara. Kn meni "uchrashuv xonasiga olib kirdi. Aslida "uchrashuv" xonasi qalin teshik oyna, 2 tarafida maxbus va qarindoshi telifon aparati orqali gaplashardi. Ln dadam pul bergani uchun meni bir xonaga olib kirardi va 2 soatga ruxsat berardi. Dadam kelgan bo'lsa kerak 6 kun oldin ayam kelgandi deb xayol bn eshikni ochdim-u qotib qoldim. Xonada ukam kutub turardi. Ukamni quchoqlab rosa yig'ladim.
-uka..... Uka Meni kechir pushoymonman.
-bo'ldi opcha mendan umuman kechirim so'ramang xammasini eshitdim. Yuzizga o'tgan xayotizni solmayaman vada beraman. Tug'ulgan kuniz bn Opchajon yuzizga nima qildi
-yuzimni yashirdim xavotir olma raxmat deya yig'lavordim tug'ulgan kunim xam esimdan chiqibdi yanglikdan gapir. 2 soat juda tez o'tdi vaqt tugadi. Ukam olib kelgan peredachani olib xonam kirdim kechik payt xonadoshlarim bn tug'ulgan kun qildi. Yeguliklarni juda ko'p olib kelgan ekan. .
Xullas o'sh kuni ancha vaqt gaplashdik va o'tgan xayotimiz xaqida galma galdan gapirdik birinchi bo'lib Go'zal opa gardilar: hayotim juda xavas qiladigan darajada emasdi erim alkash ln men xalol yo'l bilan pul topdim bolarni boqdim. Men 2 kishini baravariga o'ldirdim. Boshlig'im va meni yomon otliq qilgan kotibani.... tafsilotlarni aytib xayotimni eslamoqchimas. Ln men janjal chiqarmasam bir oydan kn chiqarib yuborar ekan. Ln xavotirdaman dushmanlarim fitna uyushtirishdan o'glim katta bo'ldi uylanib bolali xam bo'ldi. Nevaram meni kutadi. O'g'lim mendan vos kechmadi meni tushunadi..... Gapini tugatgandan so'ng Tamara opa gap boshladi.
Men qo'shnimni qasdan o'ldirdim chunki ular boy yo'qchlik ko'zimni ko'r qildi bu 2 martda qamalishim.
3 bo'lib quvnoq deya tarif olgan Manzura opa gap boshladi: men oilam o'xshamadi bolam xam yo'q. oilada 1 o'g'il 3 qiz edik 2 qizman akam kelinoyimni hiyonat ustida ushlab oldi va ularni o'ldirib qo'ydi men esa bo'ynimga oldim. Men yo'limni toparman ln akam oilamiz boquvchisi "sudemnik" tamg'asi bn yaxshi joyda ishlolmasdi.
Oxiri bo'lib men boshimdan o'tganini aytdim. Kn yana biroz gaplashib uxlagani yotdik xudodan xar kecha xudodan iltijo qilardim. Juda afsusdaman... Gavharga Nodirni onasiiga nima bo'libdi ekan. Nodirni joyi jannatdan bo'lsin. Hayyollar bn uxlab qoldim. Kunlar o'taverdi. Oradan 1 oy o'tdi. G'ozal opani ozodlikka chiqishiga bir kun qolgandi. Dushmanlari tinchligidan Go'zal opa xursand edi Ertalab tong sahardan nazoratchilar ayollar kameramizga bostirib keldi va tez turlaringda saflan bir chekada saflandik. Xonadan nimani qidirardi va Go'zal opani karavotidan "narkotika" topishdi. Leytinant xam shu yerda edi. Xullas seni bu ishing uchun 5 oyga jazo muddatingni uzaytiramiz . Xozir esa 10 soatga "duxofkaga" Qarshlik qilgandilar kaltak yedilar. Ularga yordam bergim kelardi axir nevarasi kutayapti qolaversa narkotika uyushtirilgan edi. Birdaniga:
- bu Go'zal opanikimas meniki. Tatib ko'rish un olgandim shunchaki ularni karavotiga qo'ygandim.
-shundaymi kuldi leytinant zaxar xandalik bn. Yaxshi bu oyim tilloni 10soatga "duxofkaga" tashanglar bu maxbusni qo'yvorlaring deb chiqib ketdi. Bu jazo turi qolipdan xech qolishmasdi xatto bundan battaroq edi. Kichikroq xonada duxofkaga o'xshas narsa bor edi gavdani ko'taribmas sal bukchayib o'tirardi. 10soat juda xam qiynaldim zo'rga o'tirdim duxofkani ichida suyanay desam bo'rtib chiqan narsasi xalaqit berardi. Jazoni o'tab chiqsam sovuq xona bor ekan o'sha yerga 6 soatga qamab qo'yishdi xona suvaraku sichqonga to'la lekin juda xam zax sovuq edi 2 soatdan kn esa yo'tala boshladim.... Ko'zim ochsam turma kasalxonasida ekanman
-o'zizga keldizmi? Bir kundan beri ko'zizni ochmaysiz. omadiz bor ekan deb yoshi 55 lar yoshida ayol menga jilmaydi. Men xam raxmat deganday jilmaydi. 10kundan ortiq davolanib sog'aydim. Dadam menga yordam berib turardi kamerga qaytganimda Go'zal opa ketibda va menga xat qoldirgan ekan
"raxmat senga bu birgina so'z bn qarzimni uzolmayman. Bilaman seni juda qiynashadi. Yana bir bor raxmat omadingni bersin qizim yaxshi kunlarda uchrashguncha. Davomi bor
 
MirzoxidСана: Сешанба, 26-Фев-2013, 01:18 | Изох # 780
Sayyod.com мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 623
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 248
Холати: Хозир йўқ
...

...

Изохни тахрирлади (ўзгартирди) Mirzoxid - Сешанба, 26-Фев-2013, 01:18
 
Mohinur_UСана: Сешанба, 26-Фев-2013, 02:30 | Изох # 781
Рўйхатда
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 98
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 180
Холати: Хозир йўқ
Davomi. Go'zal opa ketganlaridan kn ularni juda sog'indik. Men yana qandaydir ayblovlar bn jazo xonalarga tashrib buyurardim kunlar oylarga oylar yillarga ulandi. Oradan 5 yil o'tdi. 8-dekabr konustitutsiya munosabati bilan berilgan "aministiya" tufayli 5 yil deganda ozodlikka chiqishim malum bo'ldi. Kameradoshlarim bn xayrlashdim. Irim qilib xonada xech narsa qoldirmay narsalarni yig'ishtirdim.(narsa qolsa qaytib kelarmush) Rasmiyatchlik tugagandan keyin meni ozodlikka chiqdim. Qo'rqinchli zil zambil darvoz ochildi.
Xayr buyerga qaytib kelma ozodlikni qadriga yet deb xayrlashdi eshikni ochgan ayol. Men xam xayrlashdim. Ozodlik xavosidan to'yib nafas oldi. Ln tez yurib ketdim xuddi yana qaytarib olib kirib ketadigandek biroz yurib yerga o'tirdim tamog'imga nimadir tiqildi. Xudoga shukur deya pichirladim..... Va yig'lavordim. Meni ohista kimdir turg'azdi. Qarasam ukam yonimda dadam va Ayam xam bor ekan xammamiz yig'ladik. Kn moshinaga o'tirib uyga ketdik Uyga borganimizdan so'ng qamaxonadagi barcha narsalarni, kiyimlari yoqvordilar. Men vannaga kirib yuvinib chiqunimcha mo'jazgina dasturxon tayyorlab qo'yishibdi. Biroz o'tirganimdan so'ng osh keldi. Bir qo'shiq og'zimga soldimu yig'lavordim.
-juda mazzali deyoldim xolos. Kn biroz uydagilar bn gaplashganimdan so'ng xonamga kirdim . Xonam avvalgiday turibdi. Birozdan so'ng ayam keldilar ancha gaplashdik kn men:
-ayajon Gavharga Nodir oilasiga nima bo'ldi.
-Gavhar ruhiy kasalxonada...
-Nodirni onasi olamdan o'tidi dadasi 2 qizi bn yashayapti dedi men yig'lavordim.
-Yo'q qizim yig'lama
mayli sen xam dam ol xayrli tun
-mayli ayajon xayrli tun. 2 kundan kn qon chiqarib xadim qilishdi uydagilar. Men tilovat tushurishni o'rgandim. Nodirni va Onasini qabriga borib, tiovat tushurdim va kechirim so'radim. 2 kundan keyin esa bir nuqtaga tikilib o'tirgan Gavharni oldiga bordim. Kechirim so'radim. 3 oydan keyin dadam yordamlari bilan zo'rg'a "bolalar uyiga" ishga kirdim. Bolalar bn ovunardim ln men bir umr vijdon azobida qoldim. Ukam uylandi. Kelin juda yaxshi edi. 1 yil o'tib xotini o'lgan bir yoshga tolgan bolasi bor odamdan sovchi keldi(obdon surishturgach) turmushga chiqdim bolasiga o'z bolamdek muomla qildim. Men xam bolalarim tug'uldi men baxtli edim. TUGADI.

Добавлено (26-Фев-2013, 01:30)
---------------------------------------------
Bu hikoyani mavzusiini bergan Fazliddin akaga raxmat aytaman. smile

 
LoadingСана: Сешанба, 26-Фев-2013, 04:01 | Изох # 782
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
Arzimidi lekin siz yozdiz. To'risi maslaxat oshi o'tkazganimizda man bu xikoya cho'zilsa kerak dib o'ylo'dim. To'liq o'qib chiqib yana fikrlashamiz...

Добавлено (26-Фев-2013, 03:01)
---------------------------------------------
P>S Savol boridi... Agar hohlasez javob bermen. Bu hikoyadagi voqiyalar mavzu berganimdan keyin hayolizga keldimi yoki reja qilib yurgan edizmi?


Faqat 3 ta shart!
 
Mohinur_UСана: Сешанба, 26-Фев-2013, 10:13 | Изох # 783
Рўйхатда
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 98
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 180
Холати: Хозир йўқ
Rostini aytaman Fazliddin aka mavzu berganizdan keyin hikoyalarni mavzulari kn hayolimga kela boshladi smile
 
GULI_NURСана: Сешанба, 26-Фев-2013, 11:25 | Изох # 784
Сайтимиз қадрли мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 2124
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 795
Холати: Хозир йўқ
Mohinur opa hikoya uchun raxmat!!!
Bir xillikdan ozgina bölsada qochganingiz uchunam raxmat!!!
hands
 
misSСана: Сешанба, 26-Фев-2013, 12:28 | Изох # 785
Рўйхатда
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 13
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 604
Холати: Хозир йўқ
Mohinur qoyilman, judayam ta'sirli, ibratli hikoya yozibsiz. Raxmat. Hikoyalarizzi kutib qolaman. Ishlarizda omad)))

Ko'zlaringda men ko'zingda baxtni ko'rsam bas!
 
Mohinur_UСана: Сешанба, 26-Фев-2013, 12:52 | Изох # 786
Рўйхатда
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 98
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 180
Холати: Хозир йўқ
GULI_NUR va Miss avvalombor hikoyamni o'qiganiz uchun raxmat! Yoqanidan xursandman!
 
LoadingСана: Сешанба, 26-Фев-2013, 16:59 | Изох # 787
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
Qo'rqmay aybni bo'yniga olgani, usha ayolga poderjka bergani tasirli bo'ldi.

Faqat 3 ta shart!
 
Dinora_Golden_GirlСана: Сешанба, 26-Фев-2013, 18:47 | Изох # 788
Sayyod.comда пропискада!
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 4486
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 908
Холати: Хозир йўқ
DAVOMI... Qadam tovushlari endi eshik yoniga ozgina qolgandi chamamda. Aqlimni yig'ib sumkachamni yashirdim. Eshik ochilib Olimjon aka kirib keldi. (Yöq, hozir yoki hech qachon öyladim) Umida senga hech kim yomonlik qilmaydi, faqat sen jimgina itoat qilishing kerak. Aks holda senga söz beraman, seni öldiraman. (qörqib ketdim, amallab uni aldashim kerak, uning közlariga sekin qaradim, mehr topgandek böldim oz bölsayam)
- Mayli Olimjon aka siz nima desangiz shu!
- Umida Renat bilan örtalaringda nima bölgan. Köchaga chiqib faqat shu haqda öyladim, sen menga qaram bölish örniga itdek tishlab olding. Bilasanmi menga "it tekkan oshning keragi yöq" hozir "oppoq"ligingni isbotlaysan, agar aks holda bölsa, hovlida katta Olapar yotibdi... Hehehehe... Tushungandirsan... Qani hozir isbotlaysan jonginam... U menga yaqinlashib kela boshladi...
- Xöp Olimjon aka, yugurib borib uni quchoqlab oldim. Sochlaridan siladim. Olimjon aka asal yegim kelyapti, keling turmushimiz ilk kunini asaldek shirin ötqizamiz. Oyim tayinlagandilar, aytishicha ilk kunimizdan birgalikda asal yesak, umrimiz davomida hayotimiz asal kabi shirin ötarmish... Bilmadim yana nimadirlar deb avradim... Xullas U ketdi asal izlab...
Fursatdan foydalanib, eshikni mahkam qulfladimda tez-tez xalat-lozim kiyib, römol örab oynadan sakradim... (hovlida kishilarni ovozi eshitilib turardi) Yuragim shunaqangi tez-tez urardiki, özimni birovni uyiga kirgan ög'ridek his qildim. Havo sovuqroq ekan. Chuqur-chuqur nafas oldimda darvoza tomonga yöl oldim.
- Töxtang kelin - (ichimgacha muzlab ketdim) kech bölganda uyga ketyapsizmi, bironta-bir qaynukalaringizni qöshib jönataylikmi, köchada itlar köp! (sekin ortimga ögirildim) bitta chol menga tikilib turardi.
- Voy bobojon kerakmas, ovora bölmang. Hozir xolamga aytib chiqdim, ertalab chiqarman (xolam deb Olimjon akani onasini nazarda tutdim) uyimiz shu yerda, xolamlarni qöshnisimizku! (nimalar deyayotganimni özim ham bilmasdim)
- Mayli qizim, darvozagacha kuzatib qöyaman.
- Töxtang bobojon, uyimgacha yetvolay duo qiling iltimos. Chol duo qilardi, közlarim esa bizdan uzoqroqda, oshxona taraf shekilli, oshxona yonida 3 ta xona bölib, Olimjon aka u xonadan bu xonaga asabiy borib kelardi. Chol duo qildi, omin qilib darvozadan chiqdimu judayam atrofni yoritib turgan yorug'lik tarafga jonim boricha yugurdim. Xuddi hozir orqamdan quvib yetishadiyu, yana jahannamga olib ketadigandek tuyulaverardi... Qancha yugurdim bilmayman, nafasim tiqilib qolay dedi, lekin chidayman dam olmasligim kerak. Iloji boricha katta yölga chiqmaslikka harakat qilardim, chunki quvib yetishlari mumkin... Yorug'likka yetay dedim, anglashimcha bu avtopark edi, lekin töxtab öylab qoldim. Ular eshigini buzib bölsa ham ochadi, keyin tög'ri shu yerga keladi adashmasam, chunki men samalyotga chipta buyurtirmaganman, toshkentgacha mashinada ketishim tayin. Yana qorong'ulikka singib ketdim. Yana jonim boricha yugurdim. Qorong'u yölak böylab, ketarkanman közim yöl chetida turgan mashinaga tushdi. Bir erkak mashinani tuzatardi. Sekin ozgina kuzatdim, mashinada 2 ta ayol bor edi.
- Amaki qayerga ketyapsiz?
- Shahar chekkasiga qizim, botanika bog'i bor. Lekin nega senga bu gaplarni aytyapman. Tinchlikmi qizim?!
- Qayerdan Toshkentga ketsa böladi, bu yerda men mehmonman edimda, uyga srochno yetib borishim kerak ekan, kichkinam kasalxonaga tushib qolibdida.
- Bu yerdan tög'ri Toshkentga avtopark bor. Keling ösha yerga olib borib qöyaman.
- Yöq mayli rahmat, körsatvorsangiz böldi. U odam ösha yonidan ötib ketganim - avtoparkni körsatdi-yu mashinasini yurgizib ketdi. Ilojim qolmadi, ötirib qoldim. Endi nima qilaman, qayerga boraman?! Bir nima esimga tushdi. Sumkamni titkilab telefonimni topdim. Öchirib qöygan ekanman, yoqishim bilan smslar kela boshladi. Hech qaysinisini öqimasdan, Nigoraga telefon qildim. Uzoq chaqiruvdan söng göshakni oldi.
- "Nigora men qochib ketdim. Bu yerlarni yaxshi bilmayman. Ota-onamga aytib qöyma, ularga aytishni xohlamadim. Borib tushuntiraman. Yordam ber iltimos, qayoqqa boray"- yig'lab yubordim.
- Umida qayerdasan, hozir qimirlama joyingdan, men bitta tanishimga telefon qilaman, yoningga boradi va tög'ri menikiga kelasan, yig'lama hammasi yaxshi böladi... Olimjon aka ham qayta-qayta tinmay telefon qilardi, kötarmadim... Birpasdan keyin Nigora qaytib telefon qildi. Hozir yoningga bitta mashina boradi. Telefoning yoniq tursin oxiri 7071 dan telefon böladi senga, mashinasi raqami ham 7071.....
...Qancha ötirdim bilmayman, telefon böldi avtopark yaqinidagi qorong'iroq joydaman, botanika bog'i tarafga ketish yölidaman deb tushuntirdim... Birpas ötmasdan, qora rangli "Neksiya" mashinasi kelib töxtadi. Birdaniga mashina raqamiga qaradimu, aqldan ozayozdim. Bu Nigora aytgan mashina emasdi, davlat raqami ham boshqacha... Tinmay yig'lardim, nahotki Olimjon aka meni topib oldi, qayerdan bildi. Nahotki, Nigora sotqinlik qilgan bölsa... Axir qochib, bu yerga kelganimni faqat Nigoraga ishonib aytgandim-ku... Endi nima qilaman...

Добавлено (26-Фев-2013, 17:47)
---------------------------------------------
DAVOMI... Qadam tovushlari endi eshik yoniga ozgina qolgandi chamamda. Aqlimni yig'ib sumkachamni yashirdim. Eshik ochilib Olimjon aka kirib keldi. (Yöq, hozir yoki hech qachon öyladim) Umida senga hech kim yomonlik qilmaydi, faqat sen jimgina itoat qilishing kerak. Aks holda senga söz beraman, seni öldiraman. (qörqib ketdim, amallab uni aldashim kerak, uning közlariga sekin qaradim, mehr topgandek böldim oz bölsayam)
- Mayli Olimjon aka siz nima desangiz shu!
- Umida Renat bilan örtalaringda nima bölgan. Köchaga chiqib faqat shu haqda öyladim, sen menga qaram bölish örniga itdek tishlab olding. Bilasanmi menga "it tekkan oshning keragi yöq" hozir "oppoq"ligingni isbotlaysan, agar aks holda bölsa, hovlida katta Olapar yotibdi... Hehehehe... Tushungandirsan... Qani hozir isbotlaysan jonginam... U menga yaqinlashib kela boshladi...
- Xöp Olimjon aka, yugurib borib uni quchoqlab oldim. Sochlaridan siladim. Olimjon aka asal yegim kelyapti, keling turmushimiz ilk kunini asaldek shirin ötqizamiz. Oyim tayinlagandilar, aytishicha ilk kunimizdan birgalikda asal yesak, umrimiz davomida hayotimiz asal kabi shirin ötarmish... Bilmadim yana nimadirlar deb avradim... Xullas U ketdi asal izlab...
Fursatdan foydalanib, eshikni mahkam qulfladimda tez-tez xalat-lozim kiyib, römol örab oynadan sakradim... (hovlida kishilarni ovozi eshitilib turardi) Yuragim shunaqangi tez-tez urardiki, özimni birovni uyiga kirgan ög'ridek his qildim. Havo sovuqroq ekan. Chuqur-chuqur nafas oldimda darvoza tomonga yöl oldim.
- Töxtang kelin - (ichimgacha muzlab ketdim) kech bölganda uyga ketyapsizmi, bironta-bir qaynukalaringizni qöshib jönataylikmi, köchada itlar köp! (sekin ortimga ögirildim) bitta chol menga tikilib turardi.
- Voy bobojon kerakmas, ovora bölmang. Hozir xolamga aytib chiqdim, ertalab chiqarman (xolam deb Olimjon akani onasini nazarda tutdim) uyimiz shu yerda, xolamlarni qöshnisimizku! (nimalar deyayotganimni özim ham bilmasdim)
- Mayli qizim, darvozagacha kuzatib qöyaman.
- Töxtang bobojon, uyimgacha yetvolay duo qiling iltimos. Chol duo qilardi, közlarim esa bizdan uzoqroqda, oshxona taraf shekilli, oshxona yonida 3 ta xona bölib, Olimjon aka u xonadan bu xonaga asabiy borib kelardi. Chol duo qildi, omin qilib darvozadan chiqdimu judayam atrofni yoritib turgan yorug'lik tarafga jonim boricha yugurdim. Xuddi hozir orqamdan quvib yetishadiyu, yana jahannamga olib ketadigandek tuyulaverardi... Qancha yugurdim bilmayman, nafasim tiqilib qolay dedi, lekin chidayman dam olmasligim kerak. Iloji boricha katta yölga chiqmaslikka harakat qilardim, chunki quvib yetishlari mumkin... Yorug'likka yetay dedim, anglashimcha bu avtopark edi, lekin töxtab öylab qoldim. Ular eshigini buzib bölsa ham ochadi, keyin tög'ri shu yerga keladi adashmasam, chunki men samalyotga chipta buyurtirmaganman, toshkentgacha mashinada ketishim tayin. Yana qorong'ulikka singib ketdim. Yana jonim boricha yugurdim. Qorong'u yölak böylab, ketarkanman közim yöl chetida turgan mashinaga tushdi. Bir erkak mashinani tuzatardi. Sekin ozgina kuzatdim, mashinada 2 ta ayol bor edi.
- Amaki qayerga ketyapsiz?
- Shahar chekkasiga qizim, botanika bog'i bor. Lekin nega senga bu gaplarni aytyapman. Tinchlikmi qizim?!
- Qayerdan Toshkentga ketsa böladi, bu yerda men mehmonman edimda, uyga srochno yetib borishim kerak ekan, kichkinam kasalxonaga tushib qolibdida.
- Bu yerdan tög'ri Toshkentga avtopark bor. Keling ösha yerga olib borib qöyaman.
- Yöq mayli rahmat, körsatvorsangiz böldi. U odam ösha yonidan ötib ketganim - avtoparkni körsatdi-yu mashinasini yurgizib ketdi. Ilojim qolmadi, ötirib qoldim. Endi nima qilaman, qayerga boraman?! Bir nima esimga tushdi. Sumkamni titkilab telefonimni topdim. Öchirib qöygan ekanman, yoqishim bilan smslar kela boshladi. Hech qaysinisini öqimasdan, Nigoraga telefon qildim. Uzoq chaqiruvdan söng göshakni oldi.
- "Nigora men qochib ketdim. Bu yerlarni yaxshi bilmayman. Ota-onamga aytib qöyma, ularga aytishni xohlamadim. Borib tushuntiraman. Yordam ber iltimos, qayoqqa boray"- yig'lab yubordim.
- Umida qayerdasan, hozir qimirlama joyingdan, men bitta tanishimga telefon qilaman, yoningga boradi va tög'ri menikiga kelasan, yig'lama hammasi yaxshi böladi... Olimjon aka ham qayta-qayta tinmay telefon qilardi, kötarmadim... Birpasdan keyin Nigora qaytib telefon qildi. Hozir yoningga bitta mashina boradi. Telefoning yoniq tursin oxiri 7071 dan telefon böladi senga, mashinasi raqami ham 7071.....
...Qancha ötirdim bilmayman, telefon böldi avtopark yaqinidagi qorong'iroq joydaman, botanika bog'i tarafga ketish yölidaman deb tushuntirdim... Birpas ötmasdan, qora rangli "Neksiya" mashinasi kelib töxtadi. Birdaniga mashina raqamiga qaradimu, aqldan ozayozdim. Bu Nigora aytgan mashina emasdi, davlat raqami ham boshqacha... Tinmay yig'lardim, nahotki Olimjon aka meni topib oldi, qayerdan bildi. Nahotki, Nigora sotqinlik qilgan bölsa... Axir qochib, bu yerga kelganimni faqat Nigoraga ishonib aytgandim-ku... Endi nima qilaman...


Fikrim satrimda oshkor!)
 
Zinnura_KСана: Сешанба, 26-Фев-2013, 19:51 | Изох # 789
Sayyod.com мухлиси
Гурух: VIP
Изохлар: 863
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 1466
Холати: Хозир йўқ
Davoooomi!???????????? Ufffff yuragimmi yulibla tawiman..... Qaniiii davomi

erka farishta....(m)....
 
LoadingСана: Сешанба, 26-Фев-2013, 20:07 | Изох # 790
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
Navbat Dinora sizni hikoyezga.
Giyos sizni hikoyez navbat kutib turadi. )


Faqat 3 ta shart!
 
Mohinur_UСана: Чоршанба, 27-Фев-2013, 11:42 | Изох # 791
Рўйхатда
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 98
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 180
Холати: Хозир йўқ
Baraka topgur davomini yoozzaaaqqoolliiiing
 
Zinnura_KСана: Чоршанба, 27-Фев-2013, 19:42 | Изох # 792
Sayyod.com мухлиси
Гурух: VIP
Изохлар: 863
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 1466
Холати: Хозир йўқ
Madinapaa kutvomman((

erka farishta....(m)....
 
GULI_NURСана: Чоршанба, 27-Фев-2013, 20:32 | Изох # 793
Сайтимиз қадрли мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 2124
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 795
Холати: Хозир йўқ
G'iyos aka daaaaavooooomiiiii qani?
uhm

Добавлено (27-Фев-2013, 19:32)
---------------------------------------------
33
yahoo

 
Dinora_Golden_GirlСана: Жума-муборак кун!, 01-Мар-2013, 02:03 | Изох # 794
Sayyod.comда пропискада!
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 4486
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 908
Холати: Хозир йўқ
DAVOMI... Közlarimdan tinmay yosh oqardi... Qochishga tayyorlanib, oyoq kiyimimni qölimga oldimu yugurdim. Uncha köp yugurmadim, qölimda telefonim jiringlab qoldi. Umida ekan kötarmadim, orqamga qaramasdan yugurdim... Aksiga olib oyog'im qayrilib yerga ötirib qoldim. Telefonim tinmay jiringlardi.
- Nima deysan sotqin, umuman sen inson qiyofasidagi mahluq ekansan...
-Umida... Töxta... Telefonni öchirmasdan orqamga qaradim, hech kim yöq, faqat ösha birpas oldin kelgan mashina va yonida bir yigit u yoqdan bu yoqqa yurardi. Tikilib qoldim, kim özi u... Telefon ovozidan chöchib ketdim.
- Umida, meni eshityapsanmi? Hozir Shuhrat akani yonidan sen qochib ketdingmi? Qörqma u Toshkent-Qarshi yönalishda qatnaydigan haydovchi. U menga tinmasdan: hozir yonimdan bitta qiz yugurib ketib qoldi, ortidan yugursammikin yoki yugurmasammikin deb qöng'iroq qilyapman dedi...
- Umida rahmat deya oldim xolos...
Mashina yoniga bordim, haydovchi menga g'alati qaradida: - Unaqa tez yugursangiz, mashinam yetolmaydiku mana bularingizga dedi kulib qölimdagi oyoq kiyimimga...
Xullas, mashinaga chiqdim, haydovchiga mendan boshqa yölovchi olmaysiz deya tayinladim... Qashqadaryodan chiqqanimizda allaqachon tong yorishib ulgurgandi. Atrofni tomosha qilib ketardim, hammayoq gözal edi. Közim ilina boshladi va uxlab qolibman.
Uzr DAVOMI BOR...


Fikrim satrimda oshkor!)
 
ClimbeRСана: Жума-муборак кун!, 01-Мар-2013, 07:41 | Изох # 795
Иштирокчи
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 142
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 652
Холати: Хозир йўқ
Dinora ajoyib davomi qachon...

chelsea chempion...
 
T_SardorСана: Жума-муборак кун!, 01-Мар-2013, 13:07 | Изох # 796
Sayyod.com мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 541
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 181
Холати: Хозир йўқ
G'iyos aka???!!!!

O'zingdan o'zgaga muxtoj qilmagin!!!
 
Dinora_Golden_GirlСана: Жума-муборак кун!, 01-Мар-2013, 23:37 | Изох # 797
Sayyod.comда пропискада!
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 4486
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 908
Холати: Хозир йўқ
Davomi... Samarqanddan chiqib Jizzax dovoniga yetganimizda uyqudan uyg'onibman. Jizzaxligini haydovchidan eshitdim. Mashina sekin töxtadi. Atrof jimjit, faqat nimalarnidir sayrashi eshitilardi. Haydovchi yuring sizga ajoyib bir joy körsataman dedi. Ikkilanib turdim, chunki bu insonni yaxshi tanimayman, yur desa ketaveramanmi deb öyladim. Tavakkal xöp dedim. 15-20 qadamcha yurganimizdan keyin chashmaga duch keldik. Hayratlanib qaradim, chashmani birinchi marta körishim edi. Lekin özimga avval ham bu yerga kelgandek tuyulaverdi. Buloq suvi muzdek edi. Haydovchi söradi:
- Nima uchun ismingiz Umida?
- Bilmadim deya kulib qöya qoldim savoliga.
- mana shu buloqning suvidan ichib, astoydil niyat qilsangiz amalga osharkan - dedi haydovchi.
Buloq suvini sekin qölimga olib, niyat qilib icha boshladim. Har suv ichib niyat qilganimda, hayolimni nimadir chalg'itardi. Iltimos ketishimiz kerak deya mashinaga yugurdim. Toshkentgacha öy-hayollar bilan yetib keldim.
- Umida sizga öxshagan mijozni birinchi marta körishim, yöl böyi gapirmasdan kelish uchun menga katta mahorat kerak deya kuldi haydovchi Nigoralarnikiga tashlab qöyarkan. Nigora meni quchoq ochib, yig'lab kutib oldi. Hamma-hammasini aytib berdim Nigoraga.
- Endi nima qilmoqchisan Umida?
- Bilmadim, hozir ota-onam meni izlashyotgandir. Yöl böyi telefonga javob bermaslik uchun öchirib qöygandim, deya telefonimni yoqdim. Smslar yog'ilib kela boshladi. Ota-onamdan, Olimjon akadan, haydovchidan va boshqa ötqizilgan qöng'iroqlar ham bor ekan. Bu safar telefonimni öchirmadim. Kechki ovqatni yeb böldik hamki telefonim musiqa chalyapti. Borib telefon ekraniga qaradimu, yuragim hapriqib ketdi. Telefonimni yashil tugmasini bosdimu, lekin gapirolmasdim. Tilimni xuddi kimdir boylab tashaganga öxshardi.
- Umida javob ber... Iltimos.., sog'-omonmisan, iltimos gapirgin... bir martagina sog'man deb ayt...
- Renat aka... unsiz yig'lardim...
- Umida, dadang sendan judayam havotirda, meni uyimgayam keldi. Sog'misan qayerdasan javob ber - uning ovozi tahdiddan köra havotiri kuchli edi. Oying seni öylab adoyi tamom bölyapti. Shu oxirgi gapi ancha özimga keltirdi.
- Men sog'man, bugun kech böldi, ertaga uyga boraman. Ortiq chidab turolmadim. Telefonimni butunlay öchirib tashladim. Nigora meni bag'riga bosib qöshilib yig'lardi.
Tongda eshikni dadam ochdi. Meni kördiyu yuzi özgarib ketdi.
- Assalomu aleykum dadajon! - dedim ichkariga kirib yerga qarab. Yuzimga tushgan kutilmagan tarsakidan gandiraklab yiqildim. Bu tushimda bölyaptimi öngimdami anglolmasdim, bilganim dadajonimdan birinchi marta tarsaki yedim.
- Nega urasiz, sizga nima qildim?! Bu gapimdan keyin ikkinchi tarsaki tushdi. Boshim bilan eshikka urildim. Sekin boshimni kötardim. Yölakda oyijonim nafrat bilan tikilib turar edi.
- "Yetim bola asrasang og'zi burning qon bölur" degan gapni mana bugun isbotlading haromi og'zidan köpib sachrardi... yöq-yöq shu gaplar dadajonimdan chiqyaptimi, bölishi mumkin emas, qarshimda men bilgan dadajonim emas, butunlay boshqa odam gapiryotgandek edi. Qaniydi shunday bölganida edi... - sen iflos qiz bor-budimni sen uchun sovurganimga rahmating shumi? Kim seni shu yoshgacha katta qildi? Hech kimdan kam qilmay östirdim seni haromi, onang buzuqi edi, seni ösha buzuqiga öxshamasin deb qölingga pullar ustingdan sochdim, hamma narsa berdim. Aslida hammasi befoyda ekan. Ösha buzuqining qoni oqarkan. Qon bilan kirgan jon bilan chiqarkan. Endi sen ham joning chiqquncha buzuqi bölib ölib ketasan. ...yöq dadajonim, bu gaplarni jahlingiz chiqqanidan aytyapsiz, men sizning qizingizman, axir meni joningizdan ham ortiq yaxshi körardingizku! Bu gaplarni tilimdamas, dilimda aytib yig'lardim...
Amallab turib oyijonim yoniga bordim, közlariga tik qarab: oyijon men qizingizman a, meni siz tuqqansiz a? Dadajonim yolg'on gapiryaptilar a shundaymi? Meni kech... - ...gapim yarmi og'zimda qoldi. Bu safargi kuchli tarsakidan, oshxona mebeli eshigi tutqichiga yuzim bilan tushdim. Renat xuddi yonimga yugurib kelib lat yemadingmi deb turg'azib qöyganga öxshadi, afsuski bu tushga öxshagan öy edi. Yuzim achir, burnimdan shuvillab qon oqardi. Hech kim menga yordam beray demasdi. Köz oldim bir yorug'lashib, bir qorong'ulashib borardi. Shu topda özimni hech kimga keraksiz insonday his qildim. Miyamga bir fikr keldi. Hozir 15 minut nafas olmay tursam, hammasi yaxshi böladi... shunday deya burnimdan oqayotgan qon bilan eshik oynasiga amallab "R" harfini yozdim, keyin "e"ni, "n"ni, "a"ni "t"ni yozayotganimda tashqari eshik qarsillab kimdir kirganini sezdim.. Eshikka qaramadimu, lekin bu Olimjon aka ekanligini sezardim... Davomi bor...


Fikrim satrimda oshkor!)
 
Zinnura_KСана: Шанба, 02-Мар-2013, 10:39 | Изох # 798
Sayyod.com мухлиси
Гурух: VIP
Изохлар: 863
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 1466
Холати: Хозир йўқ
>) nega yana davomiiiiii yooooo cry

erka farishta....(m)....
 
GiyosСана: Якшанба, 03-Мар-2013, 10:23 | Изох # 799
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 1130
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 59
Холати: Хозир йўқ
*** 4(Men sevardimku)
- Qani berginchi. Nega rasmni birinchi ko’rsatmading.
- Chunki she’rni oldin o’qishingni istadim. (Rasmni berdim. U ko’ra boshladi)
- Voy, nega oldin rasmni ko’rsatmading. Rasmlaring huddi gapirayotgandekka. Xasan shu rasmlaringga qarab faqatgina yozib chiqibdide. Men ham undan zo’rroq yozardim. Keyin Xasanda qofiya tushmagan. Yana she’rni farqi bormaymankuya.
- Ha, rahmat. To’g’risi, Xasanga yozib ber deb o’zim iltimos qildim.
- Nima bo’lganda ham. Sen rassomchillikka topshirishing kerak. Qobilyating bor. Keyin u yerda yana boshqa rasm chizish sirlarini ham o’rganarding.
- Otam rozi bo’lmaydilar. Bilasanku fe’llarini.
- Sen shunday o’ylaysande. So’rab ko’rgin bir marotaba. Sendan nima ketdi.
- Qo’ysangchi. Nima deb so’rayman? Kerakmas. Uydagilarim meni rasm chizishimni bilishmaydi.
- Nega aytmagansan?
- Uyalaman. Zo’r chiza olmaymande.
- Zo’r chiza olasan. Sen o’zing chizgan rasmlaringga qaragin. Jonli bo’lmasa ham, o’ylaringni yetkazib bera olasan.
- Komiks tarzdade meni rasmlarim ko’proq.
- Hop buni nimasi yomon.
- Chizsang yahshi chizgin deyishadi. Kel boshqa mavzuga o’taylik.
- Hopkuya, lekin bu kerakli mavzu edi. Mana men tibbiyot kollejiga kiraman. Senchi? Buni qanchon aniqlaysan?
- Vaqti kelib qolar.
- Kelmaydi. Mana hozir aynan vaqtiku. O’zi nimaga chaqirganding?
- Gaplashib o’tirishga.
- Mana gaplashayapmiz.
- O’ylab ko’rishim kerak. Dadamga etib ko’raman. Nimadir derlar. Eta olsam.

Soyni narigi qirg’og’iga 4-5 ta qiz keldi. 5 ta ekan. Ular bizga parallel sinfda o’qishgan. Feruza bilan munosabatlarimizdan qisman xabardor. To’liq xabardor bo’lishganida yahshiroq edi. Chunki ortimizdan har hil uydirma, bo’lmag’ur gaplarni aytib yurishmasdi. Mana hozir nega kelishgan bilmadim. Bir biriga pichirlab kulishayapti. Kulgani ham menga hunik eshitilmoqda. Ularga baqirdim: “Borlaring ketlaring. Yoqmayapsanlar” deb. Ular ham o’z navbatida javob qaytarishdi.
Qizlar: Voy, sizlarga xalaqit berib qo’ydikmi? Bilmay qolibmizku.
Men: Kulishlaring yoqmayapti.
Qizlar: Hozir kulaverib o’lib qolaman. (Rostanam o’lib qoladigandek kuldi. Nafaqat u, balki men ham eshitib o’lib qolay didim). Yoqmay qoldimi? Farrux bilan kuldirib yurardilarku qizlarni?
Men: Men kuldirmaganman. Farrux kuldirardi. Men faqat yonida turganman. U kulganlaring boshqacha edi. Hozir esa kulishlaring echki marashi va molni mo’rashiga o’xshayapti.
Qizlar: Nima deyapsan? O’zlaringni qara bizdan avval. Ikki sevishgan, suv bo’yida yolg’iz o’tiribsizlarku. Uyalmasdan.
Men: Biz sevishganlarmasmiz! (Feruza shu paytgacha yerga qarab o’tirgandi. Shu gapimdan keyin to’g’riga, qizlarga qaradi.)
Qizlar: Ko’rinib turibdi. Hozirgina xalaqit berayapsanlar deyotgandinmi?
Feruza: Menga qara Nazo, avval o’zingni bilgin. Biz faqat gaplashib o’tiribmiz. Senga o’xshab, Olim bilan quchoqlashayotganimiz yo’q. Bilmaydi deb o’ylaysanmi?
Qizlar, aynan Nazo: Nima? Nima? Nima? Qachon ko’riding? Tuxmat bu!
Feruza: Tuxmat emas. Xaqiqat! Maktabni orqasida uchrashuvlaringni hamma biladiku. Olimni ham hamma biladi.
Nazo: Nima qilibdi Olimga?
Feruza: U o’ta ketgan suyuqoyoq, shilqim bolaku. Menga ham rosa gap otgandi, sen bilan gaplashmasdan oldin. Keyin unga “dam” berib yuborgandim. Keyin seni tuzog’iga ilintirdi.
Men: Sendan boshqa qizlar bilan ham yuradi.
Feruza: Buni ham bilmasmiding. (Negadir boshqa qizlar jim bo’lib qolishdi)
Nazo: Yo’q. Bo’lishi mumkin emas. U faqat meni sevishini aytgan. Kollejini bitirib menga uylanadi. O’zi aytgan.
Feruza: Hozirgina tuxmat deyotganimiding? Sen sevishganlarsan, ko’rdingmi? Aybingni ham tan olding.
Qizlar nomidan Kamola: Feruz, Nazo sevishgan bo’lsa ham, ota onasi birga yashaydi. Senikiga o’xshab ajrashib ketmagan...
Men: Nima deyapsan? Oneni............ (shu sal qizishib ketsam, so’kib yuboramanda. Kechirim so’rayman hammadan).

Feruza Kamolani bu gapidan keyin hech narsa deyolmadi. Chuqur ho’rsinib, ortiga qarab ketdi. Men yerdan kessak olib, qizlarga otdim. 3-4 marta. Tegdimi yo’qmi bilmadim. Lekin rosa kulishdi. Tegmagandirda. Tekkanda yig’lashardiku. Keyin Feruzani ortidan menam ketdim. Unga:
- Feruza, uni gapiga ahamiyat bermagin. U aytaveradi.
- Bitta u emas. Boshqalar ham aytishadi. Sen bilmaysanda. (Yig’lab yubordi.)
- Qo’ygin, yig’lama. Hozir men ham yig’lab yuboraman. Ko’nglim bo’shku. Sen ularga ahamiyat berma. Og’ziga kuchi yetmaydiganlar shunday gap bilan alam olishadi.
- Hop, lekin qachongacha ahamiyat bermayman. Meni ham ota onam bir joyda bo’lishlarini ko’rgim keladi. Meni ham boshqa qizlardek yashagim keladi. Ulardan nima kam joyim bor?
- Bunda seni aybing yo’qku. Ota onaning ishiga farzand javobgar emasku.
- Buni sen tushunasan, men tushunaman. Onam tushunar. Boshqalarchi???
- Boshqalar bilan nima ishing bor. O’zingni o’ylab yashayver.
- Bu osonmas. Ko’chaga chiqsang, hamma seni qo’lini bigiz qilib ko’rsatayotgandek tuyulaveradi. Ko’chada hamma senga gapiraveradi. Chunki himoya qiladigan otam yo’qda.
- Men bormanku. O’zim seni himoya qilaman. Va’da beraman.
- Rahmat. Yahshiyam sen borsam. Faqat sen meni tushunasan...

Shu zaylda uyga qaytdik. Feruzani yig’lashini yomon ko’raman. Unga faqat kulib yurishlar yarashadi.
Kunlar o’tib, yoz ham keldi. Feruza tibbiyot kollejiga hujjatlarini topshirdi. Men esa uydagilarga rassomchillik haqida ayta olmadim. Hujjatlarimni esa qayerga topshirishni bilmadim. 10-11 sinfni o’qiy qolaman. Boshqa yo’lim ham qolmadi.

(davomi yaqin soat va kunlarda)


Sog' salomatlik...
 
MirzoxidСана: Якшанба, 03-Мар-2013, 12:39 | Изох # 800
Sayyod.com мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 623
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 248
Холати: Хозир йўқ
Davomini Kutamiz

...
 
Поиск: