Hikoya
|
|
Giyos | Сана: Сешанба, 27-Авг-2013, 03:03 | Изох # 926 |
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 1130
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 59
Холати: Хозир йўқ
| 50 km. (Qiriqqiz bulog’i)
Ertalabdan onamni ovozlarini eshitib uyg’onib ketdim. Nima deyotganlarini boshida anglay olmadim. Sal uyqim o’chib, o’zimga kelganimda, ular meni uyg’otayotganliklarini bildim. Erinibgina uyg’ondim. Kechasi, kechroq uhlagandim. Soatga qaradim. 5 bo’libdi. Yoz bo’lgani uchun kun allaqachon yorishgan. Gandiraklab, esnab hovliga chiqdim. Yorug’ ko’zimni qamashtirdi. Ko’zimni yumib oldim. Onam hovlida turgan ekanlar. - Turdingmi “Toychog’im”. - Ona. Axir qanaqasiga toychog’im. Men 25 ga kirdim. Ertaga uylantiraman deyotgan bo’lsangiz. - Mayli, unda ot. Otsan. - Uff. Odammizku. (kulib qo’ydim). - Mahalladagilar tog’ga ketishayotgan ekan. Senam birga borib kel. - Men tog’da nima qilaman? - Aylanib kelasan? Havo almashtirib. - Sizam borasizmi? - Yo’q, men bora olmayman. Dodangni ko’rgani borishim kerak. O’rnimga sen borasan. - Borishim shartmi? O’rnimga kimdir boraversin. O’zi qaysi tog’ga ketayapmiz? - Qiriqqizga. - Qayerga? Qayerda ekan u? Meni 40 ta qiz kutib oladimi? (Kulib qo’ydim) - Joyni nomi shunaqa. Qiriqqiz bulog’i. Usha buloqlardan suv olib kelasan. Idishlarni tayyorlab qo’ydim. - Do’kondan, mineral suv olib, ichib qo’ysak bo’lmaydimi? - U suv, har hil kasallikka da’vo ekan. Borib olib kel! - Bo’ldi. Hop dedimku. - Yuzingni yuvib, choyingni ichib ol. Keyin ketasizlar. Avtobus keladi. - Kecha etsangiz bo’lardiku... - Gapni ko’paytirma. Tezroq bo’l. Qolib ketasan bo’lmasa.
Nonushta qilib, safarga kerakli narsalarimni olib, avtobus kelishi kerak bo’lgan joyga bordim. Mikroavtobus turibdi. Ichida 4 ta xotin o’tiribdi. Salom berib, avtobusni oldi o’rindig’iga o’tirdim. Keyin qolganlar kelib o’tirishdi. Hammasi ayollar. Bitta ham erkak yo’q. Hartugul haydovchi bor. Onamga ham hayronman. Shuncha xotin-halajni ichiga meni tiqib yubordilar. Undan ko’rasi, men dodamni ko’rib kelsam bo’lardi. Soat 6-30 larda mashina qo’zg’aldi. Qiriqqiz qaydasan deya, yo’lga tushdik. Haydovchidan uni qayerda ekanini so’radim. Uni aytishicha, Olmaliq shahridan 4-5 chaqirim uzoqlikda ekan. Ha. Toshkent viloyati, Olmaliq shahri. Bahonada u tomonlarini ham ko’rib kelaman. Ko’p tanishlarim bor edi. Hozir qaysi birini topaman. Keyin shuncha xalq, men tanishlarim bilan so’rashishimni kutib turishmaydiku. 1,5-2 soat deganda, Olmaliq shahriga yetib bordik. Ajoyib tabiat. Uzoqdagi zavod minorasidan chiqib turgan tutunni ko’rasiz. U atrofga tarqalmoqda. Har holda havosini toza deb bo’lmasa kerak. Har holda odamlar shu yerda yashab, ishlashayaptiku! Biz oddiy bir mehmonku. Olmaliq bozori yonida to’xtab, haydovchi, shu yerdagi haydovchilardan, Qiriqqiz bulog’iga boradigan yo’lni so’rab oldi. O’zi ancha oldin kelgan ekan. Yo’l esidan chiqibdi. 25 minutlar deganda, cho’lu adir orasiga kirib bordik. Bug’doy o’rilgan. Somonlar preslanmoqda. Hamma yoq sap sariq. Yashil o’tni uchratish qiyin. Dala bo’ylab kirib ketayapmiz. Tog’ga boramiz deyishgandi. Tog’ ko’rinmaydi. Uzooooqda ko’rinayapti. Faqat u yoqqacha bormasak kerak. Sekinlik bilan, bitta mashina sig’adigan yo’l bo’ylab, kira bordik. Ajoyib manzara ko’rindi. Katta chuqurlik. Ichi daraxtzor. Sekin kirib borayapmiz. O’ylayapman. Hech kim bo’lmasa kerak deb. Odam ko’rinmaydigan joylarda. Yo’l pastga tusha boshladi. Keyin avtomabillar turar joyi ko’rindi. Yo’q, ko’p mashinalar bor ekan. Adashibman. Mashinadan tushdik. Olib kelgan narsalarimizni ko’tarib, o’tirish uchun, mo’ljallangan joylardan biriga bordik. Shu kuni qandaydir tadbir bo’layotgan ekan. Bir ayol, ravon so’zlab, mehnat ahlini maqtamoqda. Atrofga qarasam, yo’lakda 4 ta stol turibdi. Ular har hil bezatilgan. Birida, qo’lda yasalgan, hunarmandlik buyumlari. Birida, non mahsulotlari va bug’doy, birida mevalar. Birida esa qishloq ahlini tadbirlardagi rasmlari. Qiziq, hosil bayramini qilishayotganmikan? Tadbir bo’layotgan joyga yaqinroq bordim. Mikrafonni bir qiz oldi. Adashmasam, boshlovchi. Ha, bu safar adashmadim. Boshlovchi ekan. So’zni, maktab rahbariga berdi. Boshlovchi qizning nutqi.... Takrorlanmas... Yoqimli... E’tirobor tortadigan... mayin... shirin... Bundan gapiradigan qizni, avval uchratmagandim. Husni ham chiroyli. Bo’ylari balandgina. Sochlarini bitta qilib, o’rib olgan. Qulog’ida ziragi bor, husniga husn qo’shib turibdi. U qiz haqida ko’p gapirib yubordimmi? Nahotki?! Bo’lishi mumkin emas. Uni yoqtirib qolayapmanmi? Rosti ham, men kutgan 40 ta qizni o’rnini bir o’zi bosadigan qiz ekanda. Tanishib olsam, zarar qilmasa kerak. Onamga telefon qilib, kelin topdim desammikan?... Telefonni antenasi yo’qku. Pastlikda bo’lganimiz uchundir. Mayli. Yoniga bordim. Unga sizga bir ikki savolim bor edi, - dedim. U keyinroq suhbatlashishini aytdi. Odob bilan! Qoyil qoldim. Hozir tadbirda yana so’zga chiqar ekan. Suhbatni yarim bo’lib qolishini istamas ekan. Menga, bo’sh o’rindiqlardan biriga o’tirib, tadbirni kuzatishimni so’radi. Kuzatdim. Rasq bo’ldi. 10 tacha bir xil kiyingan qizlar o’ynashdi. Atrofni kuzatdim. Sanasa rosti ham, 40 ta qiz chiqadi. Kam bo’lsa, yosh kelinchaklarni ham qo’shib sanarmiz. Hazil. Gapda. Zerikkanda. Nihoyat tadbir tugadi. Tadbir tugamasa, men tugashim aniq edi. Ungacha yonimda o’tirganlardan, Qiriqqiz haqida so’rab o’tirdim. Ular aytarli, ma’lumot bera olishmadi. Avval ham shu haqida turli, rivoyat, afsonalar eshitgan, o’qigandim. Qayta o’qiyman desam, o’sha o’qigan manbamni topa olmadim. Internetdan ham qidirib, hech nima topa olmadim. Keyin kallamga, shu yer haqida, internetga ma’lumot kiritish haqida fikr keldi. Shunga ma’lumot so’radim. Hozircha hech kim yozishga arzirli ma’lumot bermadi. Attang. Joyga gap yo’q lekin. Kun issiq bo’lishiga qaramay, bu yer juda salqin. Tepa juda issiq. Bu yer, oqayotgan suv hisobigami, yoki daraxtlar hisobigami, salqin. Havo ham nafis. Shularni hayol qilib o’tirgandim. Boshlovchi qiz kelib qoldi. Kutirgani uchun uzr so’radi. Men gap boshladm. - Hozir qanday tadbir tugadi? - Bu tadbir, Mustaqillik bayramimizga bag’ishlangan edi. Unda tuman hokimyatidan, mahalladan odamlar kelib, ishtirok etishdi. Siz shu tadbirga guvoh bo’ldingiz. Biz kasb hunar kollej bitiruvchilarimiz. Shu tadbirni o’tkazish bizga topshirilgan edi. Fikrimcha, ko’ngildagidek o’tkazib berdik. - Rahmat. Ha, menga yoqdi. (Aslida zerikarli bo’ldi. Gap, gap, gap... O’zi shunaqa tadibir edi. U qizni aldamadim. Faqat to’g’risini aytmadim halos) - Rahmat. Yoqganidan hursandman. Mendan shuni so’ramoqchi edizmi? - Ha shuni. - Kechirasiz. Sizni tanimayroq turibman. Bu yerlikka o’xshamaysiz? - Ha, men Toshkentdan keldim. Buloqlarni ko’rgani. Mahallamdagi ayollar bilan. - Mehmonman deng. - Shunaqa desa ham bo’ladi. Mahallamizdagilar, qo’riqchi kerak deb, meni olib kelishdi. - Haa. - Hazil. Buloqni ko’rgani keldim. Shu buloqlar haqida menga ma’lumot kerak. Internetga qo’ymoqchiman. Bu yerda kimdan so’rasam bo’ladi? - Men bilaman. Istasangiz aytib berishim mumkin. - Vaqtingizni olib qo’ymaymanmi? - Yo’q, nega, shuncha joydan kelibsiz? - 50 km uzoqlikdan. Boya yo’lda kelayotganda, telefonda xaritaga qarab, o’lchadim. - Rostdanmi? - Endi bu vertalyotdami, samalyotdami kelgandada. Mashina yo’lda 76 km atrofida. Endi aniqmaskuya. Aniqlikka yaqin. Vaqtizni olmasligim aniqmi? - Yo’q, aslo olmaysiz? Tadbir tugadiku. Yuring. Sizga tanishtiraman... VIII asrlarda bu yer ko’l bo’lgan. Shu yerni hamma yeri suv bo’lgan. (Qo’li bilan atrofni ko’rsatdi). Bu yerni chuqurligi 15-20 metr chuqurlikda. Shu toshlar suvni tagida bo’lgan. Shuning uchun qishloqni nomi “Ko’l-ota”. Shu yer ko’l bo’lgani uchun. Tepalikda Xonning rosa katta qal’asi bo’lgan ekan. Xonning farzandlari ichida yolg’iz qizi bo’lib, qizining 39 ta kanizagi bo’lgan. Qizlar jami 40 ta bo’lgan. Ana shu paytlarda bu yerga dushman bostirib kelgan. Dushman kim ekani noma’lum. Shunda Xon barcha askarlarini yig’ib, tog’ni orqasida ular bilan jang qiladi va yengiladi. Yengilgandan keyin qizlarga xabar yuboradi, “Bizlar yengildik, qochinglar” degan mazmunda. Shunda 40 ta qiz ham qal’adan chiqib, qochadi. Ular qochib ketishayotganda, dushmanning otliq askarlarini bularni quvlashadi. Otliqni ko’rgan qizlar, hammasi o’zini shu ko’lga tashlab yuboradi. 40 tasi ham cho’kib, halok bo’ladi. Keyin oradan yillar o’tib, bu yerdan dushman ketgandan keyin, ko’lni quyi qismiga, oradan 100-150 yil o’tibmi, odamlar ko’chib kela boshlaydi. Shundan keyin “Ko’l-ota”qishlog’i paydo bo’ladi. Bu qishloq vaqt o’tgan sayin kengayib, aholi ko’payib, suvga bo’lgan talab osha boshlaydi. Bir vaqtga kelib, ularga shu ko’ldan chiqayotgan suv, kamlik qilib qoladi. Keyin ular ko’lni og’zini kengaytirishga majbur bo’ladi. Har yili kengaytiravergandan keyin, suvni sathi kamayib, suv chiqib ketaveradi. Bir vaqtga kelib, bu yerdan hamma suv chiqib ketib, ko’lni o’rnida shu buloqlar paydo bo’ladi. Keyinchalik odamlar kelib, buloqlarni ko’rsalarki, hamma yoqdan suv chiqib yotibdi, sanab ko’rishsa 40 ta chiqayapti. Ushanda ular aytishadiki, bejizga 40 ta chiqmayapti, bu Allohni ko’rsatgan karomati, bir paytlar 40 ta qiz dushmandan qochib, o’zini shu yerda qurbon qilgan. Shuning uchun Alloh bu yerdan 40 ta buloq yaratib qo’yibdi. Endi biz ham, shu qizlarning qahramonligi uchun, shu buloqlarni “Qiriqqiz” bulog’i deb ataymiz. Shu buloqlar ularni ko’z yoshlari bo’lib qolsin deb, “Qiriqqiz” bulog’i deymiz. Bu old tomonda 28 ta buloq bor. 12 ta buloq manavi tepani (orqa tarafni ko’rsatib) orqasida bor. Ja’mi 40 ta buloq. Buloqlarining suvining mazasi har xil. 40 tasi 40 xil ta’m beradi. Bir biroviga o’xshamaydi. Chunki 40 ta qiz, 40 xil fe’lli bo’lgan. Manavi to’g’rimizdagi katta toshga qarasangiz, hozir hech narsani payqamaysiz. Agarda shuni rasmga olib, qarasangiz, bir tomonda xon, bir tomonda qizini ko’rishimiz mumkin. Ko’z bilan payqash qiyin. (Rasmga oldim. Xaqiqatdan ham, Xon va uning qizining siymosini ko’rish mumkin ekan). Bu buloqlarini hammasi har hil dardlarga davo hisoblanadi. Mana eng chekkadagisi, allergik kasalliklar uchun davo. Sharshara bo’lib oqayaptiku. Undan keyingisi, gijja kasalliklari uchun. Bundan keyingisi buyrak kasalliklari uchun. Bundan keyingisi Jigar kasalliklariniki. - Bu kichkina qaysiniki? - Bu hisoblanmaydi. Qishda to’xtab qoladi. Qishda buloqlar 40% ga kamayadi. Katta buloqlar qoladi. Mayda buloqlar yo’q bo’ladi. Yana Bahorga borib, ko’payadi. - Bu suvlar chiqishi, yer tagidanmi? - Noma’lum qayerdan kelayotgani. Olimlar ham topa olmayapti, qayerdan chiqib kelayapganini. - Menimcha yerdan chiqadi. Boshqa manba yo’qku... Lekin qancha chuqurlikdan? Shunisiga qiziqgandim... - Manavi buloq esa, Buqoq kasalliklari uchun. - Hammasini ichib kelayapman. - Ta’mini sezayapsizmi? - Ha. Ta’mi hammasi har hil. - Mana bunisi ichak kasalliklariniki, yonidagisi, ko’z kasalliklariniki. Ko’zni chayish kerak. Bu ichilmaydi. Mana bunisi, Qandli diabetga ichiladi. Bunisi oshqazon kasalliklariniki. - Bular ilmiy tomondan tasdiqlanganmi? Shifo ekani? - Yo’q. Buni bashoratchilar borku, ushalar kelib, ruhlar bilan gaplashib, shuni topishgan. Lekin hammasi aniq topilgan. Shuni ichgan odamlarni ko’pi shifo topayapti. Mana bu toshni ko’rayapsizmi? Ko’rinishi o’pkaga o’xshaydi. Bu buloq, o’pka kasalliklariga. Yonidagi ayollar kasalliklari uchun. Mana bu buloq, eng asosiy buloq hisoblanadi. Ziyorat buloq. Ota-bobolarimiz ziyorat qilib kelgan buloq. Bunga yuvinib bo’lmaydi. Bizning mahalliy aholi, bu suvga yuzini ham yuvmaydi. Bu shunaqa, toza buloq hisoblanadi. Mana bunaqa qizil tosh, faqat shu buloqda bor. Boshqa buloqlarda yo’q, Manavi, orqamizda turgan tosh, yurakka o’xshaydi. Bu suv, yurak kasalliklar uchun foydali. Nima uchun bu yerda yuvinib bo’lmaydi? Bu yerda bir avliyo odamning oyoq izi turibdi. (Izni ko’rsatib). Mana oyog’ining izi, mana piyolasining izi. Avliyo odam, shu yerga kelib, o’tirib, piyolasida suv ichib ketgan. Shuning uchun, bu yerda faqat idishda suv ichinglar deyapti. Endi bizda har doim idish bo’lmaydi. Shuning uchun qo’lda ichishga ruhsat beriladi. Mana bu yerida kavakcha bor. Yonidagiga ahamiyat bermang. U yerdan olishgayam harakat qilmaslik kerak. Tangani mana shu kavakka tashlanadi va olinadi. Donalab tashlanadi. Har bir niyat uchun, bitta tashlanadi. Kavakning ichiga tushib ketsa, uning niyati amalga oshgan bo’ladi. Hammani tangasi ham tushavermaydi. Ba’zilarniki yarimida qolib ketadi. Ba’zilarniki tepada qolib ketadi. Ichiga tushganning niyati amalga oshgan bo’ladi. Keyin bu buloqni befarzandlar ziyorat qiladi. Befarzandlar kelib, shu kavakka qo’l soladi. Faqat befarzandlar. Mana shuni ichidan nima ilinsa olib chiqiladi. Nafaqat tanga emas, ichidan taqinchoq ko’zlari chiqadi. Birovlarga uzuk chiqayapti. Birovlarga zanjirlar chiqayapti. Olgan narsasini olib ketadi. Qaytib tashlamaydi. Olgandan keyin saqlaydi. Toki farzandlik bo’lguncha. Farzandli bo’lgach, olib kelib, joyiga tashlab ketadi. Bizga har kuni, bitta, ikkita inson, farzandli bo’lib, shu yerga kelib, tashlab ketayapti. Qiriqqiz degan joy, shu befarzand, baxti ochilmaganlarni joyi. Tushundizmi? Hozirda bu yerga boshqa millat vakillari ham kelib, qo’l solishayapti. Shuning uchun ham biz, bu buloqni juda e’zozlaymiz. Kovakdan, onasi qiziga, keliniga, opa singil bir biroviga olsa bo’ladi. Tepada daraxt borku, usha yerga e’tibor bersangiz, hamma yog’i romol. U yerga faqat ro’molcha, ro’mol yoki belbog’ bog’lanadi. Tugub tashlanmaydi. Keyin bu yechiladi. Baxti ochilmaganlar baxti ochiladi. Har hafta yechiladi. Yana shunday bo’lib qolaveradi. Keluvchilar bog’lashadi. Mana bu yerda qon bosimi oshuvchilar uchun buloq, yonida oyoq og’rig’i uchun buloq. Bunda suvga tushib, 1 daqiqa turiladi. Oshiq turmaslik kerak. Suv sovuq. Aks ta’sir qilishi mumkin. Qolgan buloqlar orqa tarafda. O’zingiz bemalol borib, ko’rishingiz mumkin. - Ma’lumotlar uchun rahmat. Siz bularni qayerdan bilasiz? - Menga otam aytib berganlar. Otam otalaridan eshitganlar. Ular otalaridan... Shunday qilib, yetib kelgan. Otam shu yerda ishlaydi. Men har kuni kelmasam ham, vaqti vaqti bilan ziyoratga kelib turaman. Shu suvlar tarmoqlari, oxiri bitta bo’lib, chiqib ketadi. Bu yer suv tarmoqlari va daraxtlar hisobiga salqin turadi. Anavi yerida (tarmoqlar yig’ilgan joyni ko’rsatib) baliqlar bor. Yuring ko’ramiz.... ko’rdingizmi? Bu baliqlarni ovlab bo’lmaydi. Shu yerda yashaydi. - Ha. Chiroyli baliqlar ekan. Suv tiniqligidan, ularni suzishini yaqqol ko’rsa bo’larkan. Suvda aksiz ham ko’rinib turibdi. Juda chiroyli ekansiz? - Uyaltirmang. (Kulib, teskari qarab oldi). - Nega uyalasiz? Bu yerni tarixini gapirib berganingizni, mazza qilib eshitdim. Oldin, hech qayerda bunday nutqni mazza qilib, eshitmagandim. Rahmat sizga. - Arzimaydi. Bularni endi qanday qilib, internetga joylaysiz? - Oddiy. Rasmlari bilan. Rasmga oldim. Shularni qo’yaman. Va aytganlarizni yozaman. - Hammasini eslab qoldizmi? - Yo’q, telefonning diktafoniga yozib oldim. Uyga borib, eshitib, yozaman. - Ancha pishiq ekansizku? - Ha, endi, hayot pishitadida. - Yozganlarizni qachon o’qisam bo’ladi? - Aniq ayta olmayman. Harakat qilsam, bir kundayam. Hozir sal vaqtdan muamo bor. (aslida internetdan muamo bor. Internet paketim tugagan. Yangisini qanchon olaman, bilmayman). Endi buni bir o’tirib, bemalol yozishim kerakda. - Ha. Aytarsiz. - Qanday qilib? Telefoningiz raqamini bering? - Men telefon ishlatmayman. Lekin sizga otamnikini beraman. Ularga aytsangiz, meni chaqirib beradilar. Siz haqingizda aytib qo’yaman. - Hop. Mayli. (Hozirda telefon ishlatmaydigan qizlar ham bor ekanda. Shu tomonlari tobora menga yoqib ketayaptiyuuu). (Shu payt telefonimning batareykasi tugab, o’chib qoldi). Afsus, telefonim o’chib qoldi. Qog’ozga yozib bering. - Hozir. (Sumkasidan, yon daftarcha chiqarib, bir varroq qog’oz yirtdi. So’ng raqamni yozib berdi.) marhamat. - Rahmat. Qo’ng’iroq qilib, aytaman. (Raqamga qaramasdanam, ko’ylagimni old cho’ntagiga solib qo’ydim). - Kutaman.
Keyin bu qiz bilan xayrlashdik. U jamoasi bilan ketdi. Men buloqlarni yana bir bor aylanib chiqdim. Olib kelgan idishimga, suvlardan har biridan solib chiqdim. Orqa tarafdagi buloqlarga ham o’tdim. Tepaga chiqib, bu yerni yuqoridan ko’rinishini ham ko’rdim. Darxaqiqat. Uzoqroqdan, bu yer ko’ldek, yashil ko’ldek ko’rinayapti. Daraxtlar yer satxi barobarida o’sgan. Men turgan joy, pastga qaraganda issiq. “Yondirayapti”. Qiriqta qizni o’rnini bosuvchi qizni, telefoni yo’qligi chakki bo’ldida. Telefon qilib, gaplashib turarmidim. Otasiga nima deyman. Atigi bir marta gaplasha olamanku. Internetga chiqdi deb. O’zi buni qachon yozib bo’laman? Onamga aytsammikan? Sevib qoldim deb. Rosa sevdiradilar keyin. Uzoq deb rozi bo’lmasalarchi? Nima bo’lsa ham aytaman... Mahalladagilar ham, aylanib chiqishayapgan ekan. Ulardan, bu yerni tarixini so’rasam, bilishmas ekan. Bir boshidan yurib, qiz aytgan, hamma gaplarni aytib berdim. Buloqlarni nomlarigacha. Hamma hammasini. Oldin birovni gapi esimda qolmasdi. Lekin bu qizni har bir gapi esimda turibdi. Qoyil. Keyin baliqlarni tomosha qilib o’tirdim. Ko’prikda. Hayol surib o’tirdim. Shu payt nogohon kimdir orqamdan o’tib, turtilib ketdida, suvga yiqildim. Qo’limni suvni tagiga tirab qoldim. Boshim, yelkam, bore, qornimgacha suvga kirib qoldim. Oyog’im, belim ko’prikda qolib ketdi. Men yiqilayotganimda, butunlay tushib ketsam kerak deb o’ylagandim. Turtib yuborgan odam, tezda meni qayta tortib oldi. Chuqur nafas olib yubordim. Yaxshi chuqur emasdi. Suvga tushgan paytim ko’zimdan, ming bir hayol o’tdi. Qiriqqiz va bir yigit bulog’i... Drrr. Tavba qildim. Ko’ylagimni yechib, yoyib qo’ydim. 15 daqiqada quridi. Soat 16-00 larda, uyga qaytish uchun yo’lga tushdik.... Yo’lda o’ylab kelayapman. Qiriqqiz bulog’i. U qiz aytganlari afsonalarga ko’ra. Aynan bir ishonchli manba yo’q. Ziyoratda farzand so’ralishi... menimcha bu ham xato bo’lsa kerak. Avvalo, farzandni Allohdan so’rash kerakku. Natija bo’layapti deyildi. Davo bo’layapti deyildi. Asosiysi ishonchda. Odam nimagadir ishoncha, chin dildan so’rasa, albatta ijobat bo’ladi. Ruhiy tuzalish, tana tuzalishiga olib keladi... U qizam, eshitganlarini aytayapti endi. Men ma’lumot so’radimku. Qiriqqiz bulog’i, yana Namanganda, Qashqadaryoda, Nukusda, yana qayerlardadir bor deb eshitdim. U yerlarni tarixiga ham qiziqayapman. Bularni qanday bir biriga bog’liqligi bor. Yoki qanday farqi bor... O’ylantiradigan savollar. Menga javobsiz, savollar... Uyga yetib keldik. - Ona, onajon. Assalomu Alekum. Aytgan suviningizdan olib keldim. Mana bunisi qon bosimiga, mana bunisi allergiyaga, mana bunisi yurakka, mana bunisi oshqazonga, hammasidan bor. Haliroq yozib qo’yman. Adashib ketmaslik uchun. Iching. - Voalekum Assalom. Keyinroq ichaman. Salqinga qo’yib qo’y. - Hop. Sizga bir gap aytmoqchidim. - Aytever. - U yerda bir qiz bilan tanishib qoldim. - Keyin yoqtirib qolding. - Ha. - Telefonini olding. - Yo’q. Ha. Yo’q. Telefoni yo’q ekan. Otasini telefonini oldim. - Shunga, uni uyiga ... - Borishim kerak. - Ha. Borishiz kerak. Mana raqami... voy... o’chib ketibdiku. - Qanaqa qilib, o’chib ketadi? - Suvga tushib ketgandim. Ko’ylak ho’l bo’lgandi. Ivib, o’chib ketibdi. Qog’oz borligi esdan chiqibdi. - Qog’ozda telefon raqami borligi esingdan chiqibdimi? Demak o’sha payt, hayolingda bo’lmagan. Rosti ham yoqtirib qolganingda, qog’ozni olish esingdan chiqmasdi. Birinchi cho’kayotganingni o’zida, birinchi qog’ozni olarding. - O’sha yerga boramiz. Otasi usha yerda ishlarkan. - Qiz, o’sha yoqdanmi? - Ha. - Men uzoqdan kelin olmayman. Shu yaqindan, ziyoratga borganlardanmi debman. - Onajon! - Qayerda ekan o’zi Qiriqqiz. - 50 km. 50 km uzoqlikda. Olmaliqdan o’tgandan keyin. Lekin qizni uyi qayerda ekanini bilmayman. - Ismi kim? - So’ramabman. - Otasini ismichi? - Uniyam so’ramadim. Lekin qog’ozga yozgan ekan shekl. O’qib bo’lmayapti. Chaplanib ketgan. - 50 km ga sovchilikka boramanmi? Hali u senga tegishga rozi bo’ladimi? - Rozi qilaman. - Qo’ysangchi, yaqinroqdan topib beraman senga. Zo’r qizlar bor. Ammang yaqinda bittasini telefon raqamini berdi. O’sha yoqqa olib borasan. - Lekin sevgimchi? - Sevgi to’ydan keyin. Biza oldin, tegasan deganda tegib ketganmiz. Otang ham, uylanasan deganda, uylanib ketavergan. Boshqasini sevgan bo’lsalar ham. - U paytmasku hozir... - Qaysi paytligini menga eslatma. - Axir.. - Axir uni sevib qolgansan. Bir ko’rishda. 1 haftada unutasan. Seni yaxshi bilamanku. O’zing ayt. Bu shu oyda nechanchi sevib qolishing. - 4 chisi. - Ana. Har haftada, bittasini sevib qolayapsan. - Mayli. Ko’ndirdiz. Bormaymiz.
Ehhh. Yoshlik... Ko’ngil. Taqdir nasib qilmasa bo’lmaydi. Nasib qilsa, 500 km uzoqlikdami, 5000 km uzoqlikdami bo’laveradi. 50 km nima degan gap? Agar oyoq tirab olganimda, onam borardilar. Lekin baribir, ko’ngillari bo’lmasa, majburlab nima qilaman. Mayli, o’zlari hohlaganlarini, orzularidagini olib bersinlar. Men roziman. Menga o’zimdan ko’ra, ota-onamni orzulari muhimroq. Shuni istar ekanlar.... Meniyam ko’ynimga qararlar. Balki 40 ta qizni o’rnini bosuvchi qizdan ham, yaxshi qizni toparlar...
Tamom.
Monolog... “Sevgim qoldi, mendan 50 km uzoqda, yuragimdan olisda. Bir bora ko'rib uni, so'zlarini tinglab uni, sevgim qoldi u bilan. Bir so'z aytolmay, ko'zlarin undan uzolmay, sevgim qoldi u bilan. Manzildan adashib, cho'lu-dashtda izg'ib, sevgim qoldi u bilan. Kechalari uhlolmay, tongni sira kutolmay, sevgim qoldi u bilan. Sevgim yig'lar 50 km uzoqlikda, bee'tiborlikda. Endi kelmaydi u, qolib ketdi u, esdan chiqardi u, unutdi u... Sevgim yurar 50 km uzoqlikda, hech kimni tanimay, hech kimni bilmay, uni qidirib... Mensiz topa olarmikinsan? Meni nigohlarimsiz taniy olarmikinsan?”
Giyos Gapparov
Sog' salomatlik...
|
|
| |
T_Sardor | Сана: Сешанба, 27-Авг-2013, 08:02 | Изох # 927 |
Sayyod.com мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 541
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 181
Холати: Хозир йўқ
| P.s. Oga, ''Men sevardimku''ni davomi qachon?
O'zingdan o'zgaga muxtoj qilmagin!!!
|
|
| |
Giyos | Сана: Сешанба, 17-Сен-2013, 18:46 | Изох # 928 |
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 1130
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 59
Холати: Хозир йўқ
| Yaqin kunlar.. Bir voqea hech esimdan chiqmaydi... Bir kuni onam meni uzoqroqdan narsa olib kelish uchun yubordilar. 12-14 yoshlarda edim. Prezdnoyim bor edi. Lekin uydan shoshib chiqib, qoldirib ketibman. Avtobusda bordim. Chiptachi yo'l xaqqi so'ramadi. Manzilimga borib, onam aytgan narsani sotib oldim va yana avtobusga chiqib qaytdim. Prezdnoyim bo'lgani uchun ortiqcha pul bermagandilar. Qaytayotganimda chiptachi mendan yo'l xaqqini so'radi. Unga yonimda pul yo'qligini, aslida prezdnoy bilan yurishimni, lekin u uyda qolib ketganini tushuntirdim. Chiptachi menga, to'lamasam tushishimni aytdi. Qo'limda og'irroq yuk edi. Chiptachiga, kelasi safar to'layman dedim. U, yo'q deb, tushishimni talab qildi. Endi tushish uchun yurgan edim, bir 18-20 yoshlar chamasidagi qiz meni to'xtatib, kerakmas deyishimga qaramay, chiptachiga men uchun yo'l haqini to'lab yubordi. Uyalganimdan qizarib ketdim. U qizga qaramay, past ovozda zo'rg'a rahmat dedim... 2 ta bekatdan so'ng u tushib qoldi. Bekatni eslab qoldim. Boshqa safar unga pulini qaytarmoqchidim. Lekin uni hecham ko'rmadim. Balki yuzini eslab qola olmaganimgadir. Har safar usha bekatga tushayotgan odamlarni kuzataman. Topa olmadim... Hozir uni yuzi umuman esimda yo'q... Balki turmushga chiqib, boshqa yoqlarga ko'chib ketgandir... Chiptachilar yosh bolalarni tushirib yubormoqchi bo'lsa, shu voqea esimga kelaveradi... Ushanda yaxshi odamlar bor ekaniga ishongandim. Ular ko'p ekan. Faqat indamay, kimgadir yordam kerakligini kutib yurishar ekan!
Sog' salomatlik...
|
|
| |
Dinora_Golden_Girl | Сана: Чоршанба, 18-Сен-2013, 00:38 | Изох # 929 |
Sayyod.comда пропискада!
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 4486
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 908
Холати: Хозир йўқ
| Oramizda oqibatli insonlar borligiga shukur akajonim...)))
Hikoya super...
Hikoyalarizzi sog'intirmeen akajonim...)))
Fikrim satrimda oshkor!)
|
|
| |
Giyos | Сана: Якшанба, 27-Окт-2013, 22:34 | Изох # 930 |
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 1130
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 59
Холати: Хозир йўқ
| Men sevardimku! (davomi) ***17
Men hech narsani o’g’rilaganim yo’q edi. So’ramasdan hech narsani olmayman. Mana necha yillardan beri ishlayotgan bo’lsam, biror marta bir narsani so’ramasdan olmaganman. Olib ketganim, shu o’zligi berib yuborishgan narsaligi edi. Shunday qilib, meni o’g’riga chiqarishdi. Men aybim yo’q bo’lgani uchun tan olmadim. Tushkun kayfiyatda dodamnikiga kirib bordim. Ammam kelgan ekanlar. Meni ko’rib, nima bo’lganini so’radilar. Men bor gapni aytib berdim. Ularni jahllari chiqdi va ertasi kuni borib, bosh oshpaz bilan urishib keldilar. Keyin meni boshqa yoqqa o’tkazishdi. Oldingi joyimdek yaxshimasku, lekin bo’ladi. Xizmat ko’rsatadigan odamlar soni ham kam. Shu yerda ishlay boshladim. Ko’nikdim, ishladim. O’rgandim. Bu yerda avvalgi joyimdek narsalar ko’p ortmasdi. Shu sababli uyga hech narsa olib bormay qo’ygandim. Bu esa onam singlimga yoqmasdi.
2011 yil...
Bir kuni Dilshod akam telefon qilib qoldilar. Oldim. Ular mendan 50.000 so’m pul so’radilar. Juda zarur bo’lib qolibdi. O’qishlariga kerak ekan. Stipendiya olsa, qaytarib berar ekan. Menda buncha pul yo’q edi. Ular esa, holi jonimga qo’ymay, ilojini qilib berishimni so’radilar. Men nailoj rozi bo’ldim. Keyin Sardor ismli sinfdoshimdan so’radim. Unga vaziyatni tushuntirdim. “Stipendiya olsa qaytarib berar ekan”, - dedim. Sardor, Dilshod akamni tanirdi. Boshida qaytib berishiga ishonmadi. Yalinganimdan keyin 50.000 so’mni berdi. Hursand bo’lib, Dilshod akamga telefon qildim. Ular ham hursand bo’ldilar. Lekin olib ketgani kela olmas ekanlar. Mendan pulni olib kelib berishimni iltimos qildilar. Nima ham qilardim. Olib borib beraman deb rozi bo’ldim. Keyin avtobusga chiqib, Toshkentga, o’qishlariga bordim. Telefon qildim. 2 daqiqada yugurib chiqdilar. Salom alik, hol ahvol so’ragandek bo’lib, ozgina men bilan gaplashib turdilar. Keyin telefonlari jiringlab qoldi. Kursdoshlari telefon qilib, chaqirayotgan ekan. Ular mendan pulni so’rab, berganimdan keyin xayrlashib yugurib ketdilar. Pul zarur ekanda deb o’yladim. Keyin uyimga qaytib ketdim... Gaplashib turdik. 3 oy o’tsa ham, 50.000 so’mni qaytarish haqida gap ochmadilar. Menam so’ray olmadim. Sardor ham, bir ko’rganda so’rab qo’yadi. Hijolat bo’laman. Bir kun, Dilshod akamdan so’radim. Ular kelasi oy to’g’rilab beraman dedilar. Yo’q, yana 2 oy cho’zdilar. Urishib qoldik. Sardorga borib, bor xaqiqatni, u xaq ekanini aytdim. Keyin unga, o’zimni oyligimdan qarzni qaytarishni aytdim. U ko’p oylik olmasligimni va oilaviy sharoitimni ham bilardi. Shu sabab menga, pulni sen qaytarmoqchi bo’lsang, menga kerakmas. Agar Dilshod mabodo qaytarib qolsa olaman deb, oldimdan ketdi. Shu pulni deb Dilshod akam bilan oramizdan gap qochdi. Uyga kelsam, uyda onam va singlim urishishayotgan ekan. Nima gap deb aralashganimni bilaman. Ikkovlari menga gap bilan tashlanib qolishdi. Hech narsa diya olmadi. Onam o’zi doim menga sen aralashma deb aytaverardilar. Qandaydir gap bo’lsa ham sen aralashma deyaverardilar. Bu safar ham shunday bo’ldi. Chiday olmadim. U yerda Dilshod akam, bu yerda oilam. To’ydim hammasidan. Ukamni xonasiga kirib, lezviyasidan oldim. Keyin o’zimni xonamga kirib, bilagimni kesdim. Qizarib qon chiqa boshladi. Endi men o’laman. Hammasidan qutilaman dedim. O’zimni juda boshqacha his qildim. Qandaydir yengil. Havotirsiz... Xonamga singlim kirib qoldi. Meni ko’rdiyu. Baqirib yubordi. Keyin onamni chaqirdi. Qo’limni bog’lashdi. Mashinasi bor qo’shnimizni chaqirib, shifoxonaga olib ketishdi. U yerda kesgan joyimni tikib qo’yishdi. Chuqurroq kesmagan ekanman. Shunga ko’p qon ketmabdi. Uyga qaytib olib kelishdi. Kelgunimizcha singlim xonamdagi qon izlarini yuvib tashlab, tozalab qo’ygan ekan. Joyimni ham chiroyli qilib qo’yibdi. Yotqizishdi. Keyin singlim shirin choy qilib kelib berdi. Ichdim. Nima hohlashimni so’radi. Ustimdan shunaqangi girdi kapalakki... Avvallari hecham bunday bo’lmagandi. Har 10 daqiqada holimdan xabar so’rab turadi. Onam ham kirib, boshimdan silab ketadilar. Shunaqangi bu holat yoqib ketdiki. Shunaqangi yoqib ketdiki...Oldin menga hech ham bunday mehribonlik qilishmagandi. O’zimni judayam baxtiyor his qila boshladim... 2 kudan keyin ishga ketdim. Yana ozgina vaqt o’tib, yana avvalgidek holatga tushdim, onam ham, singlim ham usha usha... Men endi Dilshodni unutishni istardim. Chunki menga bunday odam kerakmasdi. Unutish ham osonmasdi. Unutishga harakat qila boshladim. Afsuski eplolmasdim. Yo’q joydan qo’ng’iroq qilib, eslatib qo’yardi. Yana esimga tushib, haftalar eslab yurardim. Keyin telefonini boshqa olmay qo’ydim... SMS yozardi. O’zi ishxonamda ham, ovqatlangani keladiganlar orasida ham menga befarqmaslari bor edi. Lekin ular menga yoqmasdi negadir. Qandaydir o’ziga tortmasdi. Yoki men bilan boshqa maqsadda gaplashmoqchi bo’lardi. Bittasi turmushga chiqishimni taklif qildi. Ikkinchi xotini bo’lib, ko’nmadim. Rosa baqirib berdim. Yana bittasi bor. U sal g’alatiroq. Jinnimiye. Hammani oldida, menga, seni sevaman deb baqiraveradi. Boshiga bir tushurdim. Baribir foydasi bo’lmadi.
2012 yil...
Dilshod bilan juda kam gaplashdim. Ko’p vaqtimni ishga sarfladim. Va yana internetga ijtimoiy tarmoqqa kirishga. Ko’p tanish va do’stlar ortirdim. Bu yerda ham sevgisi bo’shlar ko’p ekan. O’zidan o’zi sevib qolaverarkan. 3-4 kun gaplashiboq. Dilshod akayam internetda bor ekanlar. Ular ham yozib turadilar. Ko’p bora urishib, yana yarashdik ham. Lekin gaplashishimiz oldingidek emas. O’qishni bitiribdilar. Shu bahona uchrashaylik dedilar. Ko’nmadim. Chunki men yuvib berishim kerak edi. Avval shunday va’da bergandim. Hozir esa, pulim yetmaydi... Negadir odamlarga ishonchim kamayib ketdi. Meni yuzimda dog’lar borda. Singlimga sovchilar kelishgandi. Sevgan yigitidan. Aynib ketishdi. Qaysidir qo’shnimiz bizni yomonlab yuboribdi. Otasi kasal edi, tutqanog’i bor edi. Bularda ham bor debdi. Biz sog’lommiz. Keyin sevgan yigitini opachasi singlimni ishxonasiga boribdi. Va yechinish xonasida uni butunlay yechintirib ko’ribdi. O’sha qo’shnimiz, qizni hamma yog’ida dog’ bor, opachasini yuzida bo’lganidek degan ekan. Shu endi insofdanmi? Bu dog’ nimani hal qilib beradi, yoki o’zgartirib beradi. Rosa hafa bo’lib ketdim. Yashagilarim kelmay ketdi...
2013 yil ...
4-5 oydan beri Dilshod akam bilan gaplashmay qo’ygandik. Bugun internetdan yozib qoldilar. Rossiyaga ishlagani ketibdilar. Anchadan beri yozmaganlariga, ularni rosa sog’ingan ekanman. Ancha soat yozib gaplashdik. Ular ham meni sog’inganlarini aytdilar. Haliyam sevaman deb qo’shib qo’ydilar. Ularni rosa ko’rgim kelib ketdi. Ulardan menam sizni yoningizga borib ishlay, ish topib berasizmi deb so’rab yubordim. Ular rozi bo’lmadilar. Keyin ko’p yalinganimdan keyin, o’ylab ko’raman dedilar. Keyin ketishimga samalyot uchun pul ham yuborishlarini so’radim... Mayli dedilar. Ketishimga sabab. Men bu yerdan charchagandim. Hamma hammadan. Balki u yerda omadim kelib, yaxshi yashab ketarman. Ko’proq pul ishlab kelsam, bu yerda kattaroq nimadir ish qilarman. Yana uydagilarga ko’proq yordam berardim. Singlimni uzatish, qolaversa ukam ham katta bo’layapti. Shularni o’ylab ketaman dedim. Uydagilarga aytdim. Qarshi bo’lishdi. Lekin ko’proq pul jo’nataman deganimdan keyin. Rozi bo’lishdi. Lekin dodam, sira rozi bo’lmadilar. Rosa qarshilik qildilar. Pasportimni ham olib qo’ydilar. Baribir men ahdimda turib oldim. Ular, u yerda qiz bola ishlaydigan ish yo’q, deb fikrimda qaytarishga urindilar. 2 haftadan keyin Dilshod akam, chipta uchun pul jo’natdilar. Pasportimni dodam berkitgan joydan topib olib chiqdim. Va ertasi kuni onam va singlim bilan xayrlashib, ayeroportdan uchib ketdim. Moskvada meni Dilshod akam kutib olishlari kerak...
(Davomi bor) Giyos Gapparov Добавлено (27-Окт-2013, 21:34) --------------------------------------------- Aqlsiz ekansan-ku!
SMS: “Dildora, meni sevasanmi? Meni tanlaysanmi? Faqat meni deysanmi?” Javob SMS: “Sizni sevaman. Sizni tanlayman. Faqat, faqat sizni deyman!”.
Aldamchi dunyo, bevafo dunyo, bir kam dunyo... Shu SMS dan 1 oy o’tib, Dildoraning uyiga sovchilar keldi. Yaxshi joydan ekan. Kuyov ham o’qimishli, ishli yigit ekan. Dildorani ota-onasiga sovchilar ma’qul keldi. Qizlari rozi bo’lmasa ham, ularga rozilik berib yuborishdi... Dildora yig’ladi... Dod soldi... Foydasi bo’lmadi, otasi so’zidan qaytmadi... 1 haftadan keyin Fotixa to’yi belgilashdi. Kechasi Dildora telefon qildi: - Allo, Kabir aka... - Allo, Eshitaman Dildorim... - Sizda gapim bor... - Nima gaping bor? Nega ovozing o’zgargan? - Bitta yomon xabar bor? - Nima bo’ldi? - Meni uzatib yuborishmoqchi! Dadam sovchilarga rozilik berib yubordilar. - Nima??? Nega qarshilik qilmading? - Qarshilik qildim. Gapimni eshitishni ham hohlashmadi... - Sevganim bor deb aytmadingmi? - Yo’q, qanday aytaman. Ayta olmadim. - Aytish kerak edi! - Qo’limdan kelmaydi... - Meni sevmaysan. Sevmagansan! Shuning uchun kurashmayapsan! - Yo’q, yo’q, unday emas. Faqat sizni deymanku... - Nega unda rozilik berib yuborishsa ham, indamay qarab o’tiribsan? - Nima qilay axir? Ayting, nima qilay? - ... - 1 haftadan keyin Fotixam bo’ladi. - Dadangga aytmaysanmi? - Ayta olmayman... - Demak to’yga rozisana? - ... - To’yga rozimisan? - Rozimasman, lekin nima qilay?? - Rozisan! Baxtli bo’l! Xayr!
Kabir telefonni qo’yib qo’ydi. Derazani yonida turgan edi, borib, stulga o’tirdi. Ko’p o’tira olmadi. Hovliga chiqib, boshini sovuq suvga tiqib turdi. Boshidan oqayotgan suvga, yuzini shaloplatib, qayta qayta yuvdi. To’yib-to’yib suv ichdi. Boshini artmasdan, hovlida ozgina yurdi... pichirlab o’ziga o’zi nimadirlar dedi. Yo’lidan chiqqan bo’sh chellakka qoqilib ketgandi, keyin jahl qilib tepib yubordi. Oz vaqt yurib, eshikdan chiqib ketdi... yarim soatlardan keyin uyga hansirab qaytib keldi. Menimcha u yugurib kelgandi. Ushanga hansiragan.
1 haftadan keyin Dildorani fotixasi bo’ldi. To’y kuni 1 oydan keyin qilib belgilandi. Dildora to’yigacha Kabirga telefon qilib turdi. Kabir gaplashishni istamasdi, lekin Dildora uni tinch qo’ymasdi:
- Kabir aka, nega mendan o’zizni olib qochayapsiz? - Sen endi menikimassan?! - Men siznikiman. Avval ham aytganmanku! - Eding... Meni tinch qo’y endi... - To’yimga ozgina qoldi. Sizni ko’rgim kelayapti. Sog’indim. - Men uchrashmayman. - Nega? - ... - Nega o’ziz sevgimiz uchun kurashmadingiz? Sovchi ham yubormadingiz? - Aytganmanku senga. Hali beri meni uylantirishmaydi deb. Ozgina kutganingda yuborardim. Kurashmadingiz deganing notog’ri. Men dadang bilan gaplashdim. Sen telefon qilib aytganingdan keyin. Quvib soldirtirdilar. Ularni tengi emas ekanman. - Buni nega menga aytmagandiz? - Aytganimda nima? Sen ayta olmadingmi? Bo’ldide. Dadang qizim bu gaplarni rad etdi dedi. - ... - Endi meni tinch qo’y. Meni sevganingda, aytarding, kurasharding... Meni bezovta qilma...
Dildora bechora nima qilsin endi? Unga, Kabirdan ham qiyinroq edi. Kabir faqat sevgisidan ajralmoqda. Dildora esa, ajralayapti, unutishga ulgurmay, boshqasi bilan yashashi kerak... Kimga qiyin? Ikkoviga ham osonmas. Kimdirdan yordam ham kuta olishmaydi...
Dildora Kabirga SMS yozdi: “Itimos to’yimga keyin. Bizni eng yaxshi ko’rgan, bizni to’yimiz bo’lmoqchi bo’lgan joyda. Kutaman”.
Kabir SMS ni o’qib, sal bo’shashib qoldi. To’yga borishini ham, bormasliginiyam bilmadi. Dildoradan bir nafratlansa, bir jahli chiqardi. Uvol ketgan sevgisiga achindi. Keyin ko’chaga aylangani chiqib ketdi. Negadir to’yga borgisi keldi. Va o’ziga tanish yo’ldan yurib, to’yxonaga bordi... To’y hali boshlanmabdi. Eshik oldida ozgina turdi, u Dildorani oq libosda ko’rgisi kelayotgandi. O’zi rostiyam shu sabab kelgandi. Kelin kuyov kelishdi.... Dildora oq libosda kirib keldi, Kabirni ko’rib, ko’ngil so’ray olmadi. Ko’z yoshlarini yashirib. Teskari tomonga qaradi. Kabirni yonidan o’tib ketdi. Kabirning muhabbatiga qildi hiyonat, ayirdi bir birini. Endi bu so’ngi uchrashuv, so’ngi visol. Dildorani yonida esa baxtli kuyov... Kabirni ko’zlaridan ham yosh qalqidi. Mikrafonni olib, dil so’z aytdi. Gapirayotganimda faqat kulib turgin. Yig’lamagin sira. Tabbasuming qolsin meni xotiramda dedi. Shunday qilib, baxt tiladi, keyin to’yxonani tark ayladi.... Kabir katta yo’lda yolg’iz ketib borardi. Yonidan mashinalar bir bir o’tib qoladi. Bo’g’ziga alamidan nimadir tiqilgan. Shunga yo’talib yo’talib qo’yardi. Kuyovni o’yladi. Bir qoraroq yigit ekan. Yuzini ham husnbuzar bosgan. Kabir o’zini undan ming chandon kelishganroq deb o’yladi. Lekin bu o’ylagandan nima naf. To’y boshlanib bo’lganku. Yana jahli chiqib, tez tez yura boshladi. Ozgina yurib, orqaga qarab qo’ydi. Oldin shu ko’chadan Dildora ikkisi qo’l ushlashib yurishardi. Kabir ham usha paytni qumsam orqaga qaradi. Endi o’tmishda qolganini bilayotgandi. Bu paytlar boshqa qaytmasliginiyam tushunayotgandi. Yana bir marta orqaga qaradi. Uzoqdan oq ko’ylakda kimdir yugurib kelayapti. Kabir yanada sergak qaradi. Ha, oq ko’ylakda... Kelin ko’ylakda. Nahotki Dildora to’ydan qocha oldi? Bo’lishi mumkin emas! Qanday qilib? Shuncha odamlar orasidan. Kabir na hursand bo’la olardi, na boshqa bo’la olardi. Dildoraga sevgi baribir ustunlik qilibdida. Endi ota onasi aniq Kabirga Dildorani berishadi. To’ydan qochgan qizni, boshqa odam olmaydi. Olishga qo’rqadi. Balki ruhiy kasal deb o’ylar. Aqlsiz deb o’ylar. Nima deb o’ylasalar ham... Kabirga qaytamiz. U hozir Dildoraga nima deyishini o’ylayabdi. Aytadi: “Nega bunday qilding? Esing joyidami? Endi ota onang, mahalla oldida nima degan odam bo’ldi?...” Shunga o’xshash gaplarni aytadi. Kelin yaqinlashib qoldi. Yonida u bilan baravar bir mashina ham kelayapti. Balki ichida kuyov bordir. Bu qaroridan qaytarmoqchidir. Unaqa qilmasa kerak. Yigitim deb ketayotgan qizga, qaysi aqli bor yigit, bu qaroringdan qayt deydi. Yaqinlashib qolishdi. Kabir o’zini tartibga keltirib oldi. Kelayotgan kelin Dildoraga o’xshamayapti. Sal to’laroqmiye. Yonida kelayotgan mashinani ichida kamera ham bor ekan. Kelinni tanidim. Aktirisaku. Menimcha klipmi, kinomi olishayotgan bo’lishsa kerak. Kabirni yonidan yugurib o’tib ketishdi. Kabirni yuzida bo’lgan boyagi hursandchilik, endi yoqolib qoldi. Kelin ko’ylakdagi aktirisa bilan birga ketdi shekl. Shumshayib qoldi. Menimcha u, Dildorani qochib kelishini chidan istagan ekan. Aktirisa ham sportchimi deyman, to’xtamasdan yugurayapti... Kabir yo’lida davom etdi. Uyiga bordi... 1 hafta tinch yurdi. Juda tinchamas, hayol qilib, alami kelib, ubu qilib yurdi. 1 haftadan keyin telefoni jiringladi. Dildora telefon qilayotgan ekan. Kutmagandi. Hayron bo’ldi. Telefonni ko’tardi: - Allo, eshitaman. - Allo. Assalomu Alekum Kabir aka. - Voalekum Assalom. - Man Dildoraman. Tanidizmi? - Ha. Tanidim. - To’yim o’tdi. - Bilaman. - Mendan haliyam hafamisiz? - Yo’q. Hafa emasman. Sen endi menga hech kimsanku. Hafa bo’lganim bilan nima o’zgarardi? - Nega endi hech kim ekanman. Sevgilingizmanku! - Eding! - Yo’q, hali ham. Hali ham sizni sevgilingizman. Men haliyam sizni sevaman. - Sen endi meni unut. Eringni sevgin. Endi san eringnikisan. Menikimassan. - Sizga va’da berganman. Faqat sizni deyman deganmanku. - Bu gaplarni unut! U o’tmishda qoldi! - Yo’q, o’tmishda qolmadi. Men haliyam usha gapimdaman. - Men u gaplarni unutganman. - Kabir aka uchrashaylik. - Nega? - Sizni sog’indim. Uchrashaylik... - Meni sog’inishga haqqing yo’q. Men senga hech kimman. Unut. Boshqa telefon qilma! - Yo’q, yo’q. Unutmayman. Men sizni sevaman. Boshqasi kerakmas. - Ey. Menga qara. Seni ering bor. Boshqasi senga begona endi. - Sizsiz yashay olmayman. - Buni vaqtliroq o’ylash kerak edi. Men etgan paytda uyingdagilarga aytishing kerak edi. Shunda hammasi biz istagadek bo’lardi. Biz birga bo’lardik. Bir birimizga yetishardik. - Bunday bo’lmadi. Meni aybim. Tan olaman. Faqat siz hafa bo’lmang. Sizdan kechirim so’rayman. - Kechirim so’raganing bilan nimadir o’zgarib qolarmidi? - Mayli, biz turmush qurib birga bo’la olmagan bo’lsak ham, endi bo’laveramizku. Erimga ko’nglim yo’q, meni ko’nglim sizda. Siz ko’nglimni olishingizni istayman. Ubu hilvatroq joyda uchrashib. Men oldin aytganimdek siznikiman.... - Jinni bo’lib qolibsan. Aqlsiz ekansan-ku! Qanday qilib? Sen yuziga oyoq qo’yayotgan eringni yuziga men oyoq qo’ya olmayman. Uyam kimnidir farzandiku. Orzu havas qilib senga uylanganku. Uni orzularini rasvo qilamizmi? Qilasanmi? Seni esing joyidamas. Sen davolangin. - Nega unaqa deysiz. Orzularimizchi? - Orzuyimiz shunaqa bo’lsa, o’t tushsin o’sha orzularga. Kechdim usha orzulardan. - Men sizni hursand qilish uchun shuni aytgandim. - Aytmay ham qo’ya qol. Senga kim meni hursand emas deb aytdi? Hursandman. Ozgina avval hursand emasdim. Endi seni shu gaplaringdan keyin hursand bo’la boshladim. Senga uylanmaganimga hursand bo’la boshladim. Sen bilan shuncha yurib, seni bunchalar yengil hayol ekaningni sezmagan ekanman. - Sizni sevganimdan shunaqa dedim. - Agar to’yimiz bo’lganda. Undan keyin nogohon boshqasini sevib qolsang, u bilanam sevganing uchun yotishni taklif qilasanmi? - ... - Nega jimib qolding? - Endi unday bo’lmaydiku... - Bo’lmaydiyam, bo’lmasinam. Men bilanam, boshqa bilanam. Tushundingmi? Seni ering bor. Sen eringni o’ylagin. Menimas. Sen endi eringniki bo’lding. Menikimas. Meni esdan chiqar. Raqamimni o’chirib tashla. Menam o’chirib tashlayman. - Undan azobga meni yo’liqtirmang... Sizsiz men yashay olmaymanku. Hech bo’lmasa ovozingizni eshitib ovunib yuray. - Meni azobga yo’liqtirib bo’ldingku! Sen o’zingni o’ylading. Meni boshqa bezovta qilma! Xayr. Xayrmas, Alvido!
Kabir telefonni qo’yib qo’ydi. Keyin telefondan Dildorani raqamini o’chirib tashladi. Past ovozda nimadirlar deb ming’illadi.... SIM kartasini telefondan chiqarib, otib yubordi...
6 oydan so’ng...
6 oy mobaynida Dildora Kabirga telefon qila olmadi. Sababi uni yangi raqamini bilmasdi. Kabir ham unga telefon qilmadi. Chunki uni esdan chiqargandi. Esdan chiqarishga harakat qilgandi. Kabir bir kun bozorga tushganda, avtomabillar turar joyida turganida yoniga kimdir kelib, unga qarab turganini sezdi. Qaradi. Dilrabo ekan. Ko’rib hayron qoldi. Kutmagandi. Dildora salom berdi: - Assalomu Alekum. - ... - Haliyam mendan hafamisiz? Arazingiz tarqamadimi? - Men sendan hafamasman deganmanku. - Meni ko’rib hursandmasmisiz? - ... - Men erim bilan ajrashdim... - Iya, nega? - Ular bilan yashay olmadim. - Aqlsiz ekansan. Axmoqsan! - Men siz bilan birga bo’lish uchun. Siz bilan birga yashash uchun ajrashdim. - Men senga ajrashsang yashaymiz demagandimku! - To’g’ri, demagansiz. Lekin men shunday qilsam, balki sizga yoqar degandim. Hursand bo’larmisiz degandim... - Sen nega meni hursand qilishing kerak? Nega men hursand bo’lib yurishim kerak? Hursandmanku shundoq ham. Hursandligimni bildirish uchun tentakka o’xshab kulib yurmaymanku! Sen meni o’ylamasliging kerak edi. O’zingni o’ylagansan shu paytgacha. Bundan keyinam o’zining o’ylagin endi. Keyin, baribiram uyindagilar seni menga bermaydi. - Berishadi. Aytaman. - Aytasan? Endimi? Sen menga endi kerakmassan! Usha aytgan paytimda aytganingda, hozir bunaqa gaplashib turmasdik. Endi mendan nima hohlayapsan? - Sizni sog’indim... - Sog’inmi.... hopmi? Asabimni buzayapsan. Qayerdanam bugun bozorga tushdim. - Telefon raqamingnizni o’zgartiribsiz. Yengisini bering. - Yo’q. Meni hayolingdan chiqar. - Baribir topib olaman. - Topsang topib olaver... Men sen bilan gaplashmayman. Xayr.
Kabir mashinasiga o’tirib, Dildorani yonidan ketdi. Dildora o’ylab qoldi. Kabirni mashinasi yo’q ediku deb. Ha, yo’q edi. Yaqinda oldi. Ishlab. Yana vaqtlar o’tdi. Taxminan 5 oylar. Bu orada Dildora, Kabirning raqamini topib oldi. Gaplasha olmagan bo’lsa ham, har kuni sms yozadi. Javob kelmasa ham yozveradi. Charchadi. Bir kun yaqin dugonasiga telefon qildi: - Allo, Dugon, qalesan. - Ha, Dildora. Qalesan. Men yaxshiman - Men usha usha. - Nima gaplar? - Javob yozmayapti. Charchadim. - Yozib qolar bir kun. - Yozmaydide. - Umidingni uzma. - Umid alaqachon qolmagan. Kabir akamni bilamanku. Menga endi umuman qaramaydi. Xato qildimda. - Qanaqa xato qilding? - Erimdan ajrashishim kerak emasdi. Uni sog’inayapman endi. - Jinnisana. Tuppa tuzuk erdan ajrashding. - Ey, meni ko’nglimni ko’tarishni o’rniga, battar tushurayapsanmi? Qayerdanam senga telefon qildim. - Voy, darrov jerkib tashlaysana. Qo’ysengchi. - Mana qo’ydim.
Dildora telefonni qo’yib qo’ydi.
3 oydan so’ng.
Dildorani telefoni jiringladi. Kabir telefon qilayotgan ekan. Boshida ishonmadi. Qayta qayta ismini o’qidi. Raqamni ham. Keyin shoshib telefonni oldi. - Allo. Dilora. Qalesan? - Allo. Kabir aka. O’zizmisiz? Yaxshiman. - Ha, menman. Senga gapim bor edi. - Qanday? - 1haftadan keyin uylanayapman. Seni to’yimga kelishingni hohlayman. Chunki seni to’yingga borgandim. - Rostdan uylanayapsizmi? Tabriklayman. Qayerda bo’layapti? - O’sha, o’zimizni joyda. - Bo’ldi. Albatta boraman.
1 haftadan so’ng...
Dildora, qizil ko’ylak kiydi. Chunki Kabirga shunday rang ko’ylak kiysa yoqardi. Sochlarini turmakladi. Yuzlarini pardoz qildi. Keyin to’yxona tomon yurdi. Borganda hali kelin kuyov kelmagan ekan. Ozgina kutdi.Kelishdi. Kabir unga qarab, kulib o’tib ketdi. Dildora, ming yig’lamayman desayam, ko’zidan yosh chiqib ketaverdi. Ko’zini yoshini berkitish uchun, teskari qaradi va ro’molchasi bilan ko’z yoshlarini artdi. Keyin soxta kulgi yasab, yana qarab turaverdi. To’y boshlandi. Dildora ozgina o’tirganidan keyin, ketgisi keldi. Eshik yoniga yetganda, bir bolakay unga bir dasta qizil atirgul berdi. Guldastada xat bor ekan. O’qidi, unga: “Senam albatta baxtli bo’lasan!” degan yozuv bor ekan. Dildorani yuzida mayin jilmayish paydo bo’ldi. Keyin katta ko’chaga chiqib piyoda keta boshladi. Mashinalar kam kam o’tadi. U atirgullarni bir bir hidlab qo’yadi. Hursand. Sarhusht. Ketib borayapti. Choraxaga keldi. Yo’lni u tomoniga o’tmoqchi bo’lib yurdi... Guuurs etgan ovoz eshitildi... Svetaforni qizil chirog’i... Har tarafda qizil atirgullar... O’rtada qizil kiyimda qiz... Oqayotgan qizil qon... Dildoraning pichirlab aytgan so’ngi so’zi, “Baxt - bu seni baxtli bo’lishingmas, kimnidir baxtli qila olishing”, bo’ldi. So’nggi marta hayoliga eri keldi.U uni baxtsiz qildi. Balki hozir baxtlidir. Lekin ma’lum vaqt baxtsiz qildi. U shuni to’layapman deb o’ylayotgandi... Oxirigacha o’ylay olmadi. Joni uzildi... Uzoqdan tez yordam mashinasini ovozi eshitilardi...
Mualif: Giyos Gapprov
Hikoya mualifi bilan suhbat kommentda....
Anvarbek: G’iyos, mana yengi hikoya yozibsiz. O’qib chiqdim. Dolzarb va hozirgi paytda uchrayotgan ajrashish haqida yozibsiz. Bu hkoyani yozishizga sabab nima bo’ldi? G’iyos: Endi nima desam ekan. Avval telefonlarga tarqalgan bir dictafonda yozilgan audioni eshitgandim. Shunda qiz, bolaga telefonda shu gaplarni aytadi. Usha suhbat yozib olingan. Hayron bo’lgandim. Yaqinda bitta o’rtog’im bilan gaplashib o’tirganimda, shu mavzuga yaqin bir voqeani aytib berdi. Anvarbek: Demak bu yozganiz hayotiy hikoya. G’iyos: Hayotiy deya olmayman. Sababi, bunda ikki voqeani bitta qilganman. Keyin qolgan joylarini ijod qilib yuborganman. Hayotiy bo’lsa, ushanday qilib yozish kerak. To’qima kam ishlatilishi kerak. Anvarbek: Oxiri sal mavhumroq tugagandek. Qiz o’ldimi? Yoki tirik qoldimi? Tez yordam mashinasi unga yordam bera olarmikan? G’iyos: Balki tez yordam mashinasi boshqa yoqqa ketayotgandir.))) Menimcha yordam bera olmaydi. Agar qiz qon ketishdan vafot etgan bo’lsa. Agar boshqa bilan bo’lsa... Balki. Buni aniq ayta olmayman. Anvarbek: Qiz hayotda ham vafot etganmi? G’iyos: Yo’q. Buni manga aytishmagan. Agar vafot etganda aytishardi. Oxirini o’zim to’qidim. Anvarbek: Qizni tirik ham qoldirishingiz mumkin ediku. Hayotda tirik ekan. G’iyos: Endi nima desam ekan. Shu bir ikki gaplar bo’ladida. Yurgan yo’lda hayolimga keladi. Uni o’layotgan odam aytishi kerak bo’ladi. Ushani keyin qaysidir hikoyaga qo’yib yuboraman. Shu gap, shu hikoyaga nasib qilgan ekan. Bu ilhomga bog’liq. Anvarbek: Bu hikoya o’quvchilarga nima beradi dib o’ylaysiz? G’iyos: Shu qizni hayoti saboq bo’lishi. Shunga o’xshab xato qilmasligi. Qadamini o’ylab bosishi. Nafsini tiyib yurishi. O’zinimas, boshqalarni o’ylashi kerakligi ham. Asosan, shu yosh qizlarimiz, shu qizdek xato qilmasinlar. Ozgina bo’lsa ham qadamlarini o’ylab bossinlar deganman. Agar bir dona odamni ham shu hikoya bilan yaxshi tomonga o’zgartira olsam, man maqsadimga erishganman deb ayta olaman. Anvarbek: Kabirni o’rnida boshqa buzuq yigit bo’lganda hikoya qanday kechardi? G’iyos: Hozir unaqa buzuq yigitlar ko’p. Uchratayapmiz. Maqtanib yurishadi. Bu to’g’ri emas. Ularda aql yo’q. Nafsni tiyuvchi aql. Hikoyada ushanaqa yigit bo’lganda, shu oxirida to’yi bo’laverardi, u bilanam yuraverardi. Anvarbek: Suhbat uchun rahmat! G’iyos: Sizga ham rahmat!
Sog' salomatlik...
|
|
| |
Qitmir_No:1 | Сана: Якшанба, 27-Окт-2013, 23:55 | Изох # 931 |
Иштирокчи
Гурух: VIP
Изохлар: 435
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 234
Холати: Хозир йўқ
| Гиёс ажойиб чикипти хикоя. Омад дустим.
Mani yozganlarimni tushunish uchun, nikimga qarashni o'zi kifoya!
|
|
| |
MB | Сана: Жума-муборак кун!, 08-Ноя-2013, 03:04 | Изох # 932 |
Рўйхатда
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 5
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 7
Холати: Хозир йўқ
| O‘ylashga majbur etadigan bitiklar
1. Ota qizi va rafiqasi uchun qizil atirgullar ko‘tarib keldi. Qizi so‘radi: — Nimaning sharafiga? — Bugun, hamkasblarimdan ko‘pchiligi farzandlari va rafiqalaridan nolishdi. Men esa ular bilan bir davrada vaqt o‘tkazishni xohlamadim…
2. Bobomdan qanday qilib sevganim bilan aloqalarni mustahkamlash haqida maslahat so‘radim, javobda esa: — Rostini aytsam, buving bilan tanishgan paytimizda men ham o‘zimga mos qizni izlab yurgandim va u kelib menga ilk salom bergan ondan boshlab kerakli inson bo‘lishga urindim…
3. Bugun, turmush qurishganiga 50 yil bo‘ldi. Eri xotiniga eski konvertda, xuddi 7-sinfda yozganidek sevgi maktubini yo‘lladi…
4. Ikki yil avval gipermarket eshigini qari bir kampirga ochib berdim, u menga minnatdorchilik bildirdi va “Bir kun o‘zingga o‘xshagan mehribon qizni uchratsan”, dedi.
Bugun, rafiqam bilan o‘sha gipermarketdan chiqayotganimizda o‘sha kampir bizga eshikni ochib berdi va kulib “Men senga aytgandim-ku”, dedi…
5. Garchi, oyim bilan oramizda minglab chaqirim masofa bo‘lsa-da, ikalamiz ham bir xil vaqtda, bir xil filmni tomosha qildik. Shuni angladimki, ularni juda ham sog‘inibman. Shunday qaynoq mehr tuydimki, xuddi biz yonma-yon o‘tirgandek…
6. Besh yil avval kasal hayvonlar saqlanadigan majmuadan kuchuk bolasini olgandim. Bugun, u kattarib qadrdon himoyachimga aylandi.
7. Bugun, oxirgi yarim yilda ilk bor eng yaqin do‘stimga qo‘ng‘iroq qilib “Kechir meni, seni eng qiyin vaziyatda tashlab ketdim”, deb uzrimni so‘radim. U esa yig‘lab: — Qo‘ng‘iroq qilishingni bilardim do‘stim. Tezroq menikiga kel… 8. Bugun, 14-yoshli singlimda Daun sindromi (Hammaga tentakdek ko‘rinadigan, lekin aslida oddiy odamlar kabi va juda mehribon bo‘lishadi. Misol uchun, “Mening ismim Xon” filmidagi Xon obrazi) borligini aniqlashdi. Hali uning do‘stlari ham yo‘q edi. Sevgan yigitim gul ko‘tarib biznikiga keldi va “Bu gullar senga emas”, deb ichkari xonaga kirib singlimga tutqazdi. Uning kayfiyati ko‘tarilldi. Keyin, uchalamiz kechki ovqatni birgalikda restoranda yedik, vaqtimiz juda maroqli o‘tdi…
9. Men kambag‘al talabaman, doim mening pulim bo‘lmaydi va men o‘zimni omadsiz hisoblayman. Lekin, har safar mendan uzoqda qolgan otandan elektron pochta orqali meni yaxshi ko‘rishi va sog‘inayotgani haqida maktub kelganda o‘zimni Dunyodagi eng baxtli inson deb his qilaman…
10. Ota-onam giyohvandlar kasalxonasida bemorlarning davolanishiga yordam berishadi. Ularning o‘zlari ham 17 yil oldin, onam menga homilador bo‘lganliklarini bilishguncha giyohvand bo‘lishgan.
11. Bugun, buvim vafot etdilar. Ular juda ham yaxshi inson edilar. Juda ko‘p odamlar kelishdi, buvim haqida juda yaxshi gaplar so‘zlashdi. Keyin esa buvimni so‘nggi kunlarigacha yolg‘iz tashlab qo‘ymaganimiz uchun bizga raxmatlar aytishdi.
12. Ikki yil avval oyim avtohalokatga uchradilar va yuzlarida chandiqlar qoldi. Shundan keyin biz akam bilan qayerda va qachon bo‘lmasin har kuni oyimizga qo‘ng‘iroq qilib, ular biz uchun eng chiroyli ayol ekanliklarini aytamiz…
13. Bugun, ikkita kuchuk yetaklagan ayolga duch keldim. Kuchuklardan birining bitta oyog‘i yo‘q edi, lekin ikkinchisi ham unga o‘xshab oqsoqlanib yurardi. Qiziqib ular nega bunday qilishayotganini so‘radim. Ularning egasi jilmaydi va javob berdi: — Bittasi ikkinchisini himoya qilaman deb oyog‘idan jarohatlangandi, ikkinchisi esa unga hurmat bildirib xuddi birinchisi kabi oqsoqlanib yuribdi…
14. Bugun, 20 oylik qizim bilan birga o‘ynadik, men xuddi o‘zimni uxlaganga solib oldim. U esa, men unga har tunda qiladigan kabi; ustimga ko‘rpani yopib, yelkamni silab, yuzimdan o‘pib qo‘ydi…
Manba: Bitta saytdan olindi)) Tarjima muallifi: MBДобавлено (08-Ноя-2013, 02:04) --------------------------------------------- O‘ylashga majbur etadigan bitiklar
1. Ota qizi va rafiqasi uchun qizil atirgullar ko‘tarib keldi. Qizi so‘radi: — Nimaning sharafiga? — Bugun, hamkasblarimdan ko‘pchiligi farzandlari va rafiqalaridan nolishdi. Men esa ular bilan bir davrada vaqt o‘tkazishni xohlamadim…
2. Bobomdan qanday qilib sevganim bilan aloqalarni mustahkamlash haqida maslahat so‘radim, javobda esa: — Rostini aytsam, buving bilan tanishgan paytimizda men ham o‘zimga mos qizni izlab yurgandim va u kelib menga ilk salom bergan ondan boshlab kerakli inson bo‘lishga urindim…
3. Bugun, turmush qurishganiga 50 yil bo‘ldi. Eri xotiniga eski konvertda, xuddi 7-sinfda yozganidek sevgi maktubini yo‘lladi…
4. Ikki yil avval gipermarket eshigini qari bir kampirga ochib berdim, u menga minnatdorchilik bildirdi va “Bir kun o‘zingga o‘xshagan mehribon qizni uchratsan”, dedi.
Bugun, rafiqam bilan o‘sha gipermarketdan chiqayotganimizda o‘sha kampir bizga eshikni ochib berdi va kulib “Men senga aytgandim-ku”, dedi…
5. Garchi, oyim bilan oramizda minglab chaqirim masofa bo‘lsa-da, ikalamiz ham bir xil vaqtda, bir xil filmni tomosha qildik. Shuni angladimki, ularni juda ham sog‘inibman. Shunday qaynoq mehr tuydimki, xuddi biz yonma-yon o‘tirgandek…
6. Besh yil avval kasal hayvonlar saqlanadigan majmuadan kuchuk bolasini olgandim. Bugun, u kattarib qadrdon himoyachimga aylandi.
7. Bugun, oxirgi yarim yilda ilk bor eng yaqin do‘stimga qo‘ng‘iroq qilib “Kechir meni, seni eng qiyin vaziyatda tashlab ketdim”, deb uzrimni so‘radim. U esa yig‘lab: — Qo‘ng‘iroq qilishingni bilardim do‘stim. Tezroq menikiga kel… 8. Bugun, 14-yoshli singlimda Daun sindromi (Hammaga tentakdek ko‘rinadigan, lekin aslida oddiy odamlar kabi va juda mehribon bo‘lishadi. Misol uchun, “Mening ismim Xon” filmidagi Xon obrazi) borligini aniqlashdi. Hali uning do‘stlari ham yo‘q edi. Sevgan yigitim gul ko‘tarib biznikiga keldi va “Bu gullar senga emas”, deb ichkari xonaga kirib singlimga tutqazdi. Uning kayfiyati ko‘tarilldi. Keyin, uchalamiz kechki ovqatni birgalikda restoranda yedik, vaqtimiz juda maroqli o‘tdi…
9. Men kambag‘al talabaman, doim mening pulim bo‘lmaydi va men o‘zimni omadsiz hisoblayman. Lekin, har safar mendan uzoqda qolgan otandan elektron pochta orqali meni yaxshi ko‘rishi va sog‘inayotgani haqida maktub kelganda o‘zimni Dunyodagi eng baxtli inson deb his qilaman…
10. Ota-onam giyohvandlar kasalxonasida bemorlarning davolanishiga yordam berishadi. Ularning o‘zlari ham 17 yil oldin, onam menga homilador bo‘lganliklarini bilishguncha giyohvand bo‘lishgan.
11. Bugun, buvim vafot etdilar. Ular juda ham yaxshi inson edilar. Juda ko‘p odamlar kelishdi, buvim haqida juda yaxshi gaplar so‘zlashdi. Keyin esa buvimni so‘nggi kunlarigacha yolg‘iz tashlab qo‘ymaganimiz uchun bizga raxmatlar aytishdi.
12. Ikki yil avval oyim avtohalokatga uchradilar va yuzlarida chandiqlar qoldi. Shundan keyin biz akam bilan qayerda va qachon bo‘lmasin har kuni oyimizga qo‘ng‘iroq qilib, ular biz uchun eng chiroyli ayol ekanliklarini aytamiz…
13. Bugun, ikkita kuchuk yetaklagan ayolga duch keldim. Kuchuklardan birining bitta oyog‘i yo‘q edi, lekin ikkinchisi ham unga o‘xshab oqsoqlanib yurardi. Qiziqib ular nega bunday qilishayotganini so‘radim. Ularning egasi jilmaydi va javob berdi: — Bittasi ikkinchisini himoya qilaman deb oyog‘idan jarohatlangandi, ikkinchisi esa unga hurmat bildirib xuddi birinchisi kabi oqsoqlanib yuribdi…
14. Bugun, 20 oylik qizim bilan birga o‘ynadik, men xuddi o‘zimni uxlaganga solib oldim. U esa, men unga har tunda qiladigan kabi; ustimga ko‘rpani yopib, yelkamni silab, yuzimdan o‘pib qo‘ydi…
Manba: Bitta saytdan olindi)) Tarjima muallifi: MB
|
|
| |
EzoDil | Сана: Пайшанба, 12-Дек-2013, 21:20 | Изох # 933 |
Sayyod.com мухлиси
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Изохлар: 877
Тақдирланишлар: 0
Холати: Хозир йўқ
| <!-- /* Style Definitions */ p.MsoNormal, li.MsoNormal, div.MsoNormal {mso-style-parent:""; margin:0cm; margin-bottom:.0001pt; mso-pagination:widow-orphan; font-size:12.0pt; font-family:"Times New Roman"; mso-fareast-font-family:"Times New Roman";} @page Section1 {size:612.0pt 792.0pt; margin:2.0cm 42.5pt 2.0cm 3.0cm; mso-header-margin:36.0pt; mso-footer-margin:36.0pt; mso-paper-source:0;} div.Section1 {page:Section1;} --> Badal Nodir boy oilaning erka farzandi bo’lib o’sdi. Yegani oldida, yemaganiketida bo’ldi. Otasi olti yilda ko’rgan yakka-yu yagona farzandim deb hech narsadan kam qilmay voyaga yetkazdi. Bora-bora Nodirningerkaliklari sho’xlikka, keyin esa mayda jinoyatlaga sabab bo’ldi. Uyga yarim kechasi keladigan, tunni har xil klublarda, yengiltak ayollar bilan kayf-u safo qilib o’tkazadigan bo’ldi. Shunday kunlarning birida mast holda uyga qaytayotgan Nodir bekat yonida avtobus kutib turgan, yon qo’shnisi Layloni ko’rib qoladi. Ular bolalikdan birga ulg’aygan, keyin esa Laylo Nodirrni o’zgarib qolganini payqab, undan o’zini olib qochadigan bo’ldi. Laylo endigina 16 ga qadam qo’ygan,balog’atda yetib qizili qizilga, oqi oqqa ko’chgan, mahallaning eng suluv qizlaridan edi. Nodir mashinasini bekat yonida to’xtatdi.- Iya, puchuq, o’zingmisan? Kech bo’lganda nima qilib turibsan?- Assalomu alekum. Qo’shimcha darsdan qaytayotgan edim, bugun kech qolibketdim.- Qani, o’tirchi, men ham uyga ketayotgan edim.- Yo’q, raxmat, siz ketavering, hozir avtobus keladi.- Voy, noz qilmasdan o’tirsang-chi endi, baribir yo’limiz bir.Qiz noiloj mashinaga o’tirdi. Mashina joyidan siljidi. Yo’l bo’yi Nodirmashina oynasida Layloga qarab-qarab qo’ydi. “Juda ketvorgan qiz bo’libdi, bir qultum suv bilan yutvorgudek” degan o’y Nodirning ko’nglida qabih niyat uyg’otdi. Qo’l telefonidan raqam terib, kim bilandir gaplashgandek bo’ldi. Go’shakni qo’yib, oynadan ko’chaga termulib ketayotgan Layloga:- Puchuq, shundoq bir joyga kirib chiqamiz, hopmi? Do’stimga yangi qo’ltelefoni buyurtma bergandim oyim uchun. Shuni olib uyga qaytamiz.- Kech bo’lib qoldi, uydagilar havotir olishadi. - Uydagilaringga o’zim tushuntiraman.- Mayli…,- xohlamaygina javob berdi Laylo.- Ana bu boshqa gap!Nodir mashinani ko’p qavatli uylar tomonga burdi. Mashina manzilga kelibto’xtagach:- Qani, tush-chi, puchuq.- Nega? Kirib chiqavering, men kutib turaman.- Ayol ko’nglini ayol tushunadi. Sen tanlashda yordam berasan, didinggaishonaman.Qiz mashinadan tushdi. Mashina eshigini yopib, beihtiyor Nodirningketidan ergashdi.Ular ko’p qavatli binoning ikkinchi qavatiga ko’tarilishdi. O’ngtomondagi eshik oldida to’xtashdi. Nodir yon cho’ntagidan kalitni olib, eshik qulfini ochganda Laylo hayrat bilan unga qaradi, lekin biror nima deyishga shoshmadi. Ular uyga kirishganida uyda hech kim yo’q, hammayoq qop-qorong’u edi. Nodir ichkaridan eshikni qulflaganda Laylo qo’rqib ketdi.- Nega qulfladingiz? Nega uyda hech kim yo’q?Layloning savollari javobsiz qoldi. U o’zi tomon xirs bilan kelayotganNodirni ko’rib, eshik tutqichiga o’zini otdi. Lekin Nodirning baquvvat qo’llari qizning nozik jussasini osonlik bilan itarib yubordi. Endi qiz yalinishga o’tgandi:- Iltimos, Nodir aka, unday qilmang! Axir sharmanda bo’laman-ku, qandaybosh ko’tarib yuraman? Iltimooos…Lekin shayton jismini butunlay egallagan Nodirga bu iltijolar korqilmadi. U qizni dast ko’tarib, yotoqxonaga olib kirib ketdi… * * * Qizining shu paytgacha uygakelmaganiga havotir olgan Asqar aka alamini xotinidan oldi:- Senga ming martta aytdim, yeg’ishtirsin o’sha qo’shimchalarini deb.Qiz bola o’qib shahar olib berarmidi?O’zini havotiri o’ziga yetib turgan Maqsuda opa yig’idan boshqa bir so’zdeyolmadi.- Uvillamasdan qo’ng’iroq qil yana!- Telefoni o’chiq. Dugonalariga ham qo’ng’iroq qildim. Ular uyiga yetibborishibdi.- E, o’sha o’qishigayam…Asqar aka so’kinib, tamaki tutatgancha yana tashqariga chiqdi. Darvozaeshigini ochdi-yu, qo’rquvdan baqirib yubordi:- Maqsu, Maqsu, buyoqqa kel!Erining bo’kirig’idan esi chiqib ketgan Maqsuda opa qoqilib-suqulibdarvozaga kelib, ne ko’z bilan ko’rsinki, qizi behush eshik tagida uzala tushib yotardi.- Laylo, qizim, senga nima bo’ldi?Ota qizini dast ko’tarib uyga olib kirdi. Xonasiga yotqizishdi. Asqaraka tinmay yig’layotgan xotiniga qarata:- Tez borib suv olib kel,-deb baqirdi.Maqsuda opa yugurgancha bir kosa muzdek suv olib kelib qiziga sepdi.Laylo ko’zlarini zo’rg’a ochdi. Qayerda ekanligini bir zum anglolmadi. Ota-onasiga ko’zi tushdi-yu, ho’ngrab yig’lab yubordi.- Sog’misan qizim? Nima bo’ldi, kim seni bu ahvolga soldi, bolam?Laylo onasining gaplariga qanday javob berishni bilmas, bir so’z deyishgaojiz edi, faqat yig’lardi.Asqar aka zudlik bilan tez yordam chaqirdi. Shifokorlar kelguniga qadarotaning bo’lari bo’ldi. Nima bo’lganini ich-ichidan sezib tursa-da, qizini qattiqroq siquvga oldi:- Kim o’sha ablah? Qaysi itning quchog’idan kelayapsan?- Ota…- O’chir ovozingni!- uyni tarsaki ovozi larzaga soldi.- Dadasi…- Hammasiga sen aybdorsan,-g’azab to’la ko’zlari bilan xotiniga qaradi.-Agar sen “Turmushga berishga hali yosh,o’qisin” demaganingda,hozir bir oilani gullatib o’tirgan bo’lardi.Bu orada tez yordam mashinasida shifokor yetib keldi. Qizni obdonko’zdan kechirgach,unga tinchlantiruvchi ukol qildi va bugun uni ortiqcha urintirmaslik kerakligini uqdirdi. Tongga qadar na otaning va na onaning ko’ziga uyqu keldi. Lekin g’aflat ustun kelib uyqi elitganida esa, Laylo bu dunyoni tark etgandi. Tongda Asqar akaning hovlisi baqir-chaqir, yig’i-sig’i bilan to’ldi. Qiz sho’rlik isnodga chiday olmay, og’ilxonada o’zini o’zi osib qo’’ygandi. Undan faqatgina bir parcha qog’ozga yozilgan xat qolgandi:“Meni kechiringlar, mehribonlarim! Sizlarni isnodga qoldirgandan ko’ra,ko’z yoshingizni oqizib bu dunyoni tark etganim afzal. U nomardning kimligi esa endi ahamiyatsiz. Mendan rozi bo’ling onajon, rozi bo’ling otajon!”- Bolaaam, sen o’lguncha men o’lsam bo’lmasmidi? Endi qandoq chidayman,qizim!Ona sho’rlik batamom aqldan ozayozdi. Asqar aka esa:- O’sha itdan tarqaganni topaman,o’ldiraman,- deb jazavaga tushgandi.- Xudo jazosini bermasa rozimasman. Farzandga zor qilmasa rozimasmano’sha nokasni.Maqsuda opa qizini badnom qilgan, o’limiga sababchi bo’lgan ablahnitinmay qarg’ar, shu bilan o’zini ovutmoqchi bo’lardi. * * *Janozadan chiqqan Zulayho opa supada boshini changallab o’tirganNodirga:- Bechora yosh ketdi, Maqsuda sho’rlik adoyi tamom bo’ldi-da,- dedi- Kim qilibdi bu ishni,- qilmishi oshkor bo’lishidan qo’rqib so’radiNodir.- Kim bilsin, kimligini o’zi bilan go’rga olib ketibdi qiz bechora.Nodir yengil tin oldi. Siri oshkor bo’lmagani uchun Laylodan minnatdorham bo’ldi.Oradan 3 yil o’tib, mahalladagi gap so’zlar tindi. Layloni uyidagilarham qizini badnom qilgan nomardni qidirmay qo’ydilar. Nodir otasining hamkori, kimsan Karim boyga kuyov bo’ldi. To’ydan oldin bo’lajak kelin-kuyov shifokorlar ko’rigidan o’tishdi. Erkaklar shifokori esa Nodirga “bepusht” deb tashhis qo’ydi. Lekin qaynotasining “soya”sida yurishni niyat qilgan Nodir pul bilan bu muammoni “yopdi”. Ikki yildan so’ng esa xotinining xomilador bo’lgani Nodirga qattiq zarbaberdi. O’ylaganidek, xotini jazmanidan bola orttirgan edi.Bu Nodirgan berilgan jazo edi. Begunoh qizning nomusini, hayotini badnomqilganining badali edi bu. (EzoDil)
Kimgadir borligim o'zi bir dunyo, Su'ratim avaylab yurakka ildi. Kimgadir aksincha,keldimmi malol, Ertadan kechgacha g'iybatim qildi))
|
|
| |
Dildora_S | Сана: Якшанба, 12-Янв-2014, 19:53 | Изох # 934 |
Рўйхатда
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 38
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 30
Холати: Хозир йўқ
| ҚАЙТАР ДУНЁ Ширакайф уч оғайни нимқоронғуда "Мўъжиза" деб номланувчи чойхонадан чиқишди. - Машинани йўлнинг у четига қўйганман, - деди Нодир тишлари орасидан "чирт" этиб тупуриб. - Йўл-йўлакай сизларни уй-уйларингизга ташлаб ўтаман. Улар катта йўлни кесиб, дарахтлар орасидан ўтишаётганда, ногиронлар аравасидаги бир кишини таёғи билан ўтларни пайпаслаётганини кўришди. - Ие, бу одам нима қилиб, адашиб юрибди, - деди Нодир беписанд. - Кечирасизлар, жўралар, - деди ожиз киши. - Адашиб қолдим. Маҳаллот кўчаси томон йўлга солиб юборсанглар, илтимос. -Тавба, ўзинг кўр бўлсанг, қоронғуда кўчада бало борми, - деди Нодир ғудраниб, - Мана бу томонга юрасиз, - дея тескари томонга буриб юборди уни. - Бекор қилдинг, - деди Жамшид, - ахир, ожиз одам бўлса... - Иккинчи бемаҳалда кўчаларда тимирскиланиб юрмайди. - Балки бирор ҳожат билан чиққандир. - Ташвишини ейишни қўй ўшани. Яна суриштириб ўз йўлини топиб олар... Улар машинага ўтириб, кўздан ғойиб бўлишди. Бу воқеа уларнинг ёдидан ҳам чиқиб кетган эди, лекин...Добавлено (12-Янв-2014, 18:53) --------------------------------------------- Орадан уч ой ўтиб Нодирнинг хотинини тўлғоқ тутиб, туғруқхонага олиб келишди. Шифохона эшиги олдида машина калитини ўйнаб келаётган Нодирга онаси дуч келди. - Ҳа, онажон, сизни набира билан табрикласам бўладими? - Болам, хуеук хабар. Хотининг ўғил туғди. Лекин бола ногирон, икки кўзи ҳам ожиз. Ҳайронман, бизнинг уруғдан бундайлар ўтмаган. Нодирнинг вужуди титраб, қулоқлари ғувиллай бошлади. Беихтиёр кўз олдида ўша аравачадаги ногирон одам гавдаланди. Тили айланмай тошдай қотиб қолди... Исмоил Тўхтамишев.
Ҳеч бўлмаса ён ўхшаб шамга...
|
|
| |
EzoDil | Сана: Пайшанба, 13-Фев-2014, 20:56 | Изох # 935 |
Sayyod.com мухлиси
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Изохлар: 877
Тақдирланишлар: 0
Холати: Хозир йўқ
| <!-- /* Style Definitions */ p.MsoNormal, li.MsoNormal, div.MsoNormal {mso-style-parent:""; margin:0cm; margin-bottom:.0001pt; mso-pagination:widow-orphan; font-size:12.0pt; font-family:"Times New Roman"; mso-fareast-font-family:"Times New Roman";} @page Section1 {size:612.0pt 792.0pt; margin:2.0cm 42.5pt 2.0cm 3.0cm; mso-header-margin:36.0pt; mso-footer-margin:36.0pt; mso-paper-source:0;} div.Section1 {page:Section1;} --> Orzular ro’yobi
- Ajrashmayman, eshityapsanmi, hech qachon ajrashmayman! - Axir tushuning, 12 yil hazilakam vaqt emas, Bobur aka! - Sen ham tushun,sensiz yasholmayman, o’lib qolaman Guli. Har kuni ahvol shu… * * * 15 yil avval ulardan baxtli, ulardanda quvnoq juftlik yo’q edi. Bobur ham, Gulnoza ham universitetda o’qib yurgan kezlari bir-birlariga ko’ngil qo’yishdi. O’qishni tugatiboq Bobur Gulnozaga sovchi jo’natdi. Gulining keksa buvisi Hadicha aya “Yoshlar baxtli bo’lsa bas” deb ularga oq fotixa berdi. To’y hamma havas qilgudek fayzli o’tdi. O’sha kecha ikki sevishgan baxtdan sarmast edilar. - Yana ozroq kutaylik, hali yoshmiz-ku,- to’ydan 1 yil o’tib, to shu kungacha Bobur har on, har daqiqa xotinini shu zaylda yupatadi. Yupatadi-yu o’zining umid uchqunlari so’nib borayotganini tan olgisi kelmaydi.12 yil davomida ular bormagan tabib-u shifokorlar, qabul qilmagan dori-yu darmonlar qolmadi hisob. Odamlarning gap-so’zlari,pichinglari, “tug’mas” deb aytayotgan ochiqdan ochiq gaplari Gulini adoyi tamom qildi. Bobur ham odamlardan qochadigan, ishlari ko’pligini bahona qilib gap-gashtaklardan oyog’ini uzadigan bo’lib qoldi. * * * Kechqurungi tortishuvdan keyin yig’lab-yig’lab uxlab qolgan Guli tongda yuzini qizdirgan quyosh nurlari ostida ko’zini arang ochdi. Yonida eri yo’q, tezda oyna oldidagi soatga ko’z yugurtirdi: 9:15. - Ey Xudo, uxlab qolibman-ku! U sapchib o’rnidan turib,ustiga yengil xalatini ildi-da, oshxona tomon tez-tez odimladi. “Bechora,nonushtani o’zlari tayyorlabdilar”. Bu gapni u hayolidan o’tkazdimi yo ovoz chiqarib aytdimi o’zi ham anglolmadi. Gulining ko’zi dasturxon chetidagi bir dona qizil atirgul va bir parcha qog’ozga tushdi: “Seni sevaman!” Bo’g’ziga nimadir tiqildi, ko’zidan ikki tomchi yosh dumalab,atirgul yaproqlariga tushdi. Qornidagi qattiq og’riqdan yerga yuztuban yiqildi. * * * Qo’shnisining vahimali qo’ng’irog’idan so’ng zudlik bilan kasalxonaga yetib kelgan Bobur qabulxonada o’tirgan hamshiradan Gulini qaysi palataga joylashganini bilib oldi. Palataga endi kirmoqchi ham edi-ki,ichkaridan yoshi oltmishlarga borgan, gavdali, ko’zoynak taqqan erkak shifokor bilan yoshgina hamshira chiqib kelishdi. Salom alikdan so’ng, doktor: - Siz bemorning erimisiz? - Ha, doktor, unga nima bo’libdi? - Yuring meni xonamga, bafurja gaplashamiz.Ular yo’lak boshidagi “Bosh shifokor xonasi” deb yozilgan xonagakirishgach, shifokor Boburga “O’tiring” ishorasini qildi. - Doktor, xotinimni ahvoli yaxshimi, nima bo’libdi, ayta qolsangizchi. - Xotiningiz xomilador. - Nima? Rostdanmi? Aniqmi? Bobur o’zida yo’q xursand edi,shunchalik hayajonlanganidan sal qolsa doktorni quchoqlab olay dedi. - Hovliqmang! Gapni oxirigacha eshiting axir. Xotiningizga tug’ish mumkin emas! - Nima? Tushunmadim?! Nimalar deyapsiz,nega mumkin emas ekan? Axir biz bu xomilani 12 yil kutganmiz, doktor! - Bilaman, buni xotiningizdan eshitdim. Lekin bola tug’ilsa, xotiningiz…,-doktorning gapi og’zida qoldi. Bobur birdan tutoqib ketdi,sochlarini changallab: - Yo’q! Yo’q! nima deganingiz bu? Nega xotinim o’lar ekan? - O’zingizni bosing, men hali o’ladi deganim yo’q. Avvalambor, men Xudo emasman, oldindan biron nima deyishga ojizman. Lekin, bemorning jigari qurimoqda, bu bizning tilda jigar sirrozi deyiladi. Qornidagi qattiq og’riq shundan.Bobur qolgan gaplarni eshitdimi yo’qmi, o’zi ham bilmadi. Nimalar bo’layotganini anglashga harakat qilardi-yu, hayolidan o’tayotgan fikrlar bunga yo’l bermasdi.Esladi! O’tgan yili ham Guli qornidagi og’riqdan ikki bukilib qolgandi.Doktorga oboraman desa, xotini unamagandi. - Hozir o’tib ketadi,doktorga borsak dunyoni dorisini yozib beradi. O’zi ishlaringiz bunaqa bo’lib turgan payti…,-deb paysalga solgandi. - Esingni yeganmisan? Pul topiladi, sog’lig’ingni o’ylasang-chi. - Bo’ldi, mana, o’tib ketdi. Biror nima yeb qo’ydim shekilli,- deb Boburni chalg’itishga uringandi. Endi esa xotinini ko’ngliga qarab, shifokorga olib bormagani uchun o’zini o’zi koyidi. - Eshityapsizmi, sizga aytayapman,- doktorning ovozi Boburni o’ziga keltirdi. - A? Nima? Uzr, doktor, hayol bilan… - Hechqisi yo’q, tushunaman. Gap bunday, siz xotiningizga yotig’i bilan tushuntiring, bizga ko’nmayapti. Bilasiz, vaqt kutib turmaydi. - Yaxshi, harakat qilaman. Raxmat sizga doktor.Ular qo’l berib hayrlashdilar, Bobur shifokor xonasini tark etdi.Palataga yetib borguncha xotiniga nima deyishi haqida bosh qotirdi. “Sho’rlik yig’lab ado bo’lgandir” deb o’ylagandi,aksincha, xotini uni xush kayfiyatda kutib oldi. Lekin ko’zlari qizarib, qovoqlari shishib ketganidan tinmay yig’laganini payqash qiyin emasdi. Xonaga kirgan Boburni Guli mahkam quchoqlab oldi. Kim bilsin, balki buni yig’laganini bildirmaslik uchun qilgandir. - Assalomu alekum. Keldingizmi jonim? Sizga yangiligim bor: siz ota bo’lasiz!Guli bu so’zlarni shunchalik hayajon bilan aytdiki, Bobur “ota” so’zini eshitib entikib ketdi. Lekin shifokor aytgan gaplar shirin hayollarini tumandek tarqatib yubordi. - Guli, doktor … - Bekorlarni aytibdi o’sha doktor! - Axir bilmay gapirmaydi-ku ular ham. - Bobur aka, 12 yillik orzumiz-chi? 12 yillik orzumiz ikki og’iz gap bilan barbod bo’ladimi? Siz ota, men ona bo’lamiz. Buni qanday tuyg’uligini tushunib yetayapsizmi o’zi? - Hali yoshmiz, Guli… - Yana shu gapmi? Qachongacha yoshmiz,Bobur aka, qachongacha? Biz tengilarning farzandlari maktabni bitirish arafasida axir. Bo’ldi, gap tamom! Men tug’aman! Keyin o’lsam ham armonim yo’q! * * * - Hasan, qani edi oyimiz yonimizda bo’lsalar. - Men ham oyimni ko’rgim kelayapti.To’rt yashar bolalar suhbatini otasining xonaga kirib kelishi buzdi. - Hasan, Zuhra, nima qilayapsizlar?Ota bolalarini bag’riga olar ekan, qizalog’ining qo’lidagi Gulining sur’atiga ko’zi tushdi. Sur’atni qo’liga oldi. - Oyingizni sog’indingizmi? - Ha, judayam,-barobar javob berishdi bolalar. - Men ham uni juda sog’indim,- dedi Bobur xo’rsinib.Ularning suhbatini Boburning qo’l telefonidagi yoqimli musiqa sadolari buzdi. - Allo, eshitaman! Yo’g’e, rostanmi? Hozir, hozir yetib boramiz.Go’shakni qo’ygach, “Nima gap” degandek mo’ltiragan bolalariga javoban Bobur: - Qani, bolalar, bo’laqoling, ukachalik bo’libsiz. Oyingiz bilan ukangizni ko’rib kelamiz. - Urra! Oyijonimni ko’rgani boramiz! (EzoDil)
Kimgadir borligim o'zi bir dunyo, Su'ratim avaylab yurakka ildi. Kimgadir aksincha,keldimmi malol, Ertadan kechgacha g'iybatim qildi))
Изохни тахрирлади (ўзгартирди) EzoDil - Пайшанба, 13-Фев-2014, 21:11 |
|
| |
Giyos | Сана: Сешанба, 29-Апр-2014, 17:20 | Изох # 936 |
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 1130
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 59
Холати: Хозир йўқ
| Kim aybdor? Aybor emas, qiz uvol... II Qizaloq tug’ildi. Latif nevaralik bo’ldi. Voyaga yetmay tug’gan qizini, nikohsiz tug’ilgan bolasi bilan tug’riqxonadan olib chiqishayapti. Hech kim hursand emas. Hech kim suyunmayapti ham. Xatto shifokor doyalar ham buni bilib, suyunchi so’rashmadi. Latif egik boshini hali ham ko’tara olgani yo’q. Mana bola tug’ildi. Endi u aybdorni topadi. Uni qamatadi. Uni qizini nomusini, yo’q, o’zini nomusini toptagan yigitni qamoqda chiritadi... Ozmi ko’pmi vaqt o’tdi. Boladan va gumonlanuvchi yigitdan DNK tekshiruvi olindi. Endi javobi kutilmoqda. Yigit sal hayajonda. Hayajondamas. Qandaydir boshqacha. U bolani otasi bo’lib chiqsaya? Yo’q. Bunday bo’lishi mumkin emas... Axir u men otasimasman deydiku. Lekin u tibbiyot xato qilishini ham ich ichida istamoqda edi. Hozir bir oq xalatlik ularga test javobini aytadi. Aybdor topiladi va jazolanadi. Qiz..., yo’q, bolalik ayol bir o’zi qoladi. Yana yo’q. Otasi bilan qoladi. Uni asray olmagan otasi bilan. Uyalmasmikan, bir uyda yashashga? Otasini ko’ziga qanday boqarkin? Hmm. Begonaga yechinib bergan, otasini ko’ziga qaray olmaydimi? DNK test javobi chiqibdi. Go’dakni otasi, o’sha gumonlanayotgan yigit bo’lib chiqdi. Yigitni ko’rsangiz edi... 180 gradusga o’zgardi. Boshida qayta DNK talab qildi. Keyin yalinishga o’tdi, uni qamatmasliklarini so’radi. Yolvordi. Lekin bu ish allaqachon militsiyaga yetkazilgandi. Test javobini ular ham kutishayotgandi. Shunga yigitni olib ketishmoqchi edi. Bechora yigit rosa ham yalindi, yolvordi, yig’ladi. Latifga, qizingizga uylanaman, baxtli qilaman dedi. Kechirim so’radi, yoshlik, sho’xlik qilib qo’yishganini aytdi. Latif qizini baxtini o’ylab, uni qamatmasligini aytdi... Endi qiz uvol emas, abdor topildi. Go’dakni otasi bor. To’y qilishadi. Birga yashashadi. Ha, uvol demasdan, aybdorni topish kerak ekan. Shunda balki uvol bo’lmas ekan. To’yga tayyorgarlik boshlandi... Ba’zida odamlar adasharkan. Ularni kechirib, to’g’ri yo’lga solib yuborsa, ziyon qilmas ekan. Aksincha uni o’zgarishiga olib kelinadi. Hayotda o’z o’rnini topadi. Oldingi qilingan xatolarini boshqa takrorlamaslikka harakat qiladi, balki umuman qilmaydi... Qonun barchaga teng, ayb qildimi? Jazolanishi kerak. Latif davoyim yo’q desa ham, yigitni qamashdi. (har holda voyaga yetmagan qizni zo’rlagan)... To’y qoldirildi, balki butunlay tugatildi. Bechora qiz to’yga yeta olmadi. Afsus. Balki bu o’zini axmoqligidandir. Nima bo’lganda ham uning hayoti barbod bo’ldi. Uvol bo’ldi. Balki o’sha yigit qamalmay, shu qiz bilan bir oila bo’lib yashagani yaxshimidi? Har holda aybini tushundiku? Shunday deymizku, lekin bunday ayblarni jazosiz qoldirilsa, ko’payib ketmaydimi? Yana lekin, qiz va uning bolasi yolg’iz qolib ketayaptiku? Yana bir masala. Yigit qamoqdan chiqib, unga uylanarmikan? Yani qoldirilgan to’yni davomlarmikan? Menimcha, u bunga uylanmaydi. Boshida homilador qilganini tan olmagandi, endi uylanarmidi? Yana jazosini olib bo’lgandan keyin. O’ziga ham qiyin bo’ldi. Qamaldi degan nom oldi... Mavhum narsalar. Yana boshiga qaytamiz? Bunga kim aybdor? Yana aybdor izlaymiz. Sababi, biz chora ko’ra olmayapmiz. O’zimizdagi ayblarni boshqalarga yuklab, bo’ynimizdan soqit qilishimiz kerak. Shu bizga osonroq, yana yuqoridagi gaplarni qaytaraman. Bunga kim aybdor? Otami? Tashlab ketgan onami? Balki bebosh yigit. Balki yengiltaklik qilgan qizdir? Aybdor, aybdor, aybdor, aybdor... Aybdor izlashimiz kerakmas, ayb qilishini oldini olishimiz kerak. Atrofdagilar nega shunday narsalarga jim qarashadi. Kimnidir hayoti nahotki ularga qiziq bo’masa, nahotki befarq yashashsa. Kelajakda o’zlarni farazandlari, nevaralari, shularni ko’rib, ularni ishini takrorlamaydimi? Ularga bir narsa qiziq. Kim aybdorligi, qizni hayoti uvol bo’lgani emas... Giyos Gapparov
Sog' salomatlik...
|
|
| |
JaNoB_JaDiD | Сана: Якшанба, 24-Авг-2014, 16:26 | Изох # 937 |
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Изохлар: 1443
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 425
Холати: Хозир йўқ
| Qoil Supeeer>>>>>>>>>>>>>. Kim aybdor????????????
|
|
| |
Mohitabonim | Сана: Пайшанба, 13-Ноя-2014, 22:33 | Изох # 938 |
Рўйхатда
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 91
Тақдирланишлар: 1
Хурмат даражаси: 118
Холати: Хозир йўқ
| Bugun shu qadar baxtiyorman 18 yoshga to'ldim tezroq kotta bo'laqolsaydim, bugungi kunim tez o'tib ketganden baxtiyorlik xissi, quvonch, charchov xammasi bir bo'ldimi deyman tez uyquga ketibman . Tong otdi quyosh beg'ubor nurlarini menga taratardi negadir bugun g'alatiman turgim kelmiyapti yuvinayotib milkim qonab ketdi bazor to'xtatdim , xech kim xech kim yoqmayapti . O' qish davomida xolsiz bo'lib yurdim ikki martda ozimni zo'rg'a ushlab qoldim uyga yetib keldimu xonamga yugurdim tanamga mayda qizil narsalar toshgan nmaligini tushunolmadim , onam xayron . Onamga xavotir olmang xammasi yaxshi dedimda xonamga kirib ketdim . Ota onamnin yolg'iz qizlariman mendan boshqa zuriyodlar yo'q . Yana tong otarkan yana o'sha xolat takrorlayotgandek , bugun o'qishga borishim kerak asosiy va sevimli darlarim bo'ladigan kun . O' rnimdan asta turib o'zimni qo'lga olishga xarakat qildim tanamdagi kechagi qizil mayda narsalar bugun kechagidan ko'roqdek ayniqsa oyoq qismimda , bu xolatni onamga aytishga shoshildim onamni yoniga borayotim o'zimni bilmay bexush bo'ldim . Ko'zlarimni ochganimda onam , otam va shivokor tepamda turishardi xalixam axvolim yaxshimas shifokor gematalogiya qon quyish institutiga yo'llanma bedi . Ertalab turdiku kasalxonaga shoshdik u yerda mendan bir necha xil taxlillar ola boshlashdi, o' zimxam shu soxada o' qiyotganligim sababli xar bitta olinayotgan taxlillarga qiziqib qarab turardim . Shifokor onam bilan otamni aloxida olib kirib ketib ularga nmalarnidur tushuntirdi shunda xis qila boshladim mendagi kasallik oddiy emas jiddiy ekanligini... Добавлено (13-Ноя-2014, 18:43) --------------------------------------------- Shifokor yonimga keldida aniqroq tashxis qo'yishimiz uchun suyak komigidan taxlil olish kerakligini aytdi , yaxshi tushunmadim yaxshi anglab ulgurmasimdan taxlil xonaga olib kirib ketishdi. Yuragim urayotganini xis qololmayapman ,bazor nafas olayotgandek bo'g'zimga nmadir tiqilgandek karaxt xolatda edim shifokorlar nmalardir qilishyapti . O' zimni tirikligimni unitib qo'ygandekman shunda qandaydir kuchli og'riq bu og'riqmi yo' nma tushunolmadim suyagimni teshib yuborishgandek tanamdan muzdek ter chiqib ketdi . Добавлено (13-Ноя-2014, 19:12) --------------------------------------------- Taxlil natijalari chiqdi o'zimni qanday kasallika chalinganimni yaxshi tushunib turardim ota onam mendan yashirishyapti mehribonlarim meni. Kasalxonaga yotdim onam yonimda otam o'zini doimgidanda baxtiyordek ko' rsatardilar. Mehribon onajonim ko' zlardagi yoshlarini zo' rg' a tutib turibdilar otajonimnig menga boqolmiyotgan nigoxlari ularni o' ylasam yurag bag' rim nimtalanib ketayotgandek . Добавлено (13-Ноя-2014, 19:34) --------------------------------------------- Muolajalar boshlandi ular oddiy dorilar emas ximiya vositalari ekanligini tushunib turardim . Otajonim va onajonim xammasi yaxshi bo' ladi deb menga madad berib turishardi . Men esa yaratgandan o' zimga, oilamga sabr mustaxkam matonat berishini so'rardim . Kundan kunga xolsizlanib ishtaxam yoqolib ko' nglim shu qadar bexuzur bo' lardi bu qanday kasallik ozi tushunaolmasdim Добавлено (13-Ноя-2014, 20:04) --------------------------------------------- Kasallikga borgan sari yengilib boroyotgandekman yoq bunday bo'lishi mumkin emas yengilishga xaqqim yoq o' zim uchun bo'lmasaxam otam onam uchun yashashim kerak ularning yolg'izgina farzandlariman axir . Onam bechora ertalabdan kechkacha meni qoshimda parvona , tundan tongacha esa yaratganga iltijo qib chiqadilar . Otajonimni yelib yugurishlarini ko'rib kasallikga yengilishim emas uni yengilishga majbur qilishim kerakligini tushunib yetdim Добавлено (13-Ноя-2014, 20:56) --------------------------------------------- Lekin axvolim kundan kunga og' irlashib borardi bir kun milkimdan qon kelsa birkun burnimdan qon kelardi xuddi ular kelishib olgandek ketma ketlikda meni yengish uchun nmalardir qilayotgandek . Shu damdaxam yaratgandan o' zimga faqatgina mustaxkam sabr so' rardim. Onajonimga xammasini bilishimni qanday kasallikga chalinganligimni dardimga davo yoqligini aytib dardlashgim kelardiyu qanday qilib aytaman deb oylab qolardim ,lekin o' zimda kuch topib ota onam bilan ochiq oydin gaplashib oldik xammasini yengib o' tishimga xali xammasi yaxshi bo' lishiga mehribon Ollox bizlar uchun mo'jiza yaratishiga ishonardik yengilmaslikka kelishib oldik Добавлено (13-Ноя-2014, 21:05) --------------------------------------------- Ko' zlarimni bazor ochdim og'riq kuchliligidan qichqirgim kelardi onajonim sochlarimni tarab qoymoqchidilar to' kilayotgan sochlarimni ko' rib qorquvdan o' zimni zorg' a tutib qoldim shunday bo' lishini bilardim lekin bu qadar tez sochlarim to' kilishini bilmagandim meni tim qora jingalak sevimli meni xusnim endi yo' q nafaqat sochim balkim tanamdagi bor yungllarimto' kilardi bu xolatni xam yengim o' tdim Olloxdan o' zimga sabr so' rab Добавлено (13-Ноя-2014, 21:15) --------------------------------------------- Kunlar zo' rg' ashunaqangi astalik bilan o' tib borardi tana xaroratim 39 dan tushmasdi umuman xolim yo' q uyqim keladyu ko' zlarimni yumishga qo' rqaman yana ko' zlarimni ocholarmikinman degan oy xayol meni tinch qo' ymasdi men o' zimdanmas mehribonlarim ota onamdan xavotir olardim . Ular uchun nma qildim yolg' iz farzand bo' ldim na to' yimni ko' rishdi na zuriyodimni yani nabiralik bolishdi mehribonlarim uchunxam yashashim kerakligini tushunib yana yaratganimdan menga manashu kasallikni yengishimda sabr so'radim Добавлено (13-Ноя-2014, 21:42) --------------------------------------------- Yolg' iz farzand bo' lib mehribonlarim uchun nmalar qiloldim ular shu qadar meni yoqotib qo' yishdan qo' rqishardi . Meni xolatim yaxshilana boshladi kundan kunga taxlil natijalari yaxshilanib borardi . Bu Olloximning bizga bergan tuxfasi edi ota onamning tinmsiz qilgan duolarining ijobat bo' lishi edi . Men bilardim sabrimning chinakam mevasi borligini lekin qo' rqardimxam . Shifokorlarning aytishicha yana ikki yil mobaynida ximiya muolajasini olishim kerakligini nma bo' lishini xech kim bilmasligini aytishardi . Voqtida muolajalarimni olsam o' zimni asrab avaylasam xammasi yaxshi bo'lishini bu kasallikni yengib o'tishimni takidlashardi .Birinchi muolajam oz yakuniga yetgandi menga uyga ruxsat berishdi men ikki xissa baxtiyor edim Добавлено (13-Ноя-2014, 21:54) --------------------------------------------- Endi xamma narsaga o' zgacha nigox bilan boqardim xuddi onadan yangi tug' ilgan chaqaloqdek . Xamma narsa men uchun mo' jizadek osmon, yer, gullar, kapalak, tabiat xamma xammasi ular men uchun mo' jiza edi . Endi dunyoga yangicha nigox bilan boqardim o' z oldimga maqsad qoygandim albatta bu kasallikni yengib o' tib ota onamni baxtiyor qilaman deb maqsad qilib qo' ygandim . Ota onam meni avallari qanchalik asrab avaylashgan bo' lsalar ana endi ularning avaylashlari o ' n barobar balkim yuz barobarga oshgandir, meni kech kimga yeru ko' kga ishonishmasdi . Добавлено (13-Ноя-2014, 22:09) --------------------------------------------- Shu tariqa ikki yilnixam o' kazib oldim kasalxonada tanishgan qancha insonlarimdan ayrildim ularni duo qilib qolaman joylari jannatda bo' lsin . Shifokorlar xammasi yaxshi ekanligini ana endi xar olti oyda kelib shifokor ko' rigidan o' tib turishimni aytishdi . Men kasallikni yengim o' tdi yaratganga shukur . Men sog' lomman shuning uchunxam baxtliman sog'lom bo' lganligim uchunxam baxtli ekanligimni xis qila olaman va doim meni baxtli bolishimga o' z xissalarini qo' shib turuvchi va doim bqxtli onlarimda meni qo' llab quvvatlovchi mehribonlarim suyanchig' im Otajonim mehri daryo Onajonimnin borliklari men uchu xaqiqiy baxt. Eng asosiysi yaratganimning mehribonligi men uchun bergan tuxfasi men uchun yaratga mo' jizasi yarayganga ming shukur barcha berganlari uchun. Добавлено (13-Ноя-2014, 22:33) --------------------------------------------- 22 yoshga to' lgandim uyimizdan sovchilar arimayotgandi bir tanishimning qarimdoshi sovchi qo' ygandi biz xammasini tushuntirgandik qanday kasallikni yengib o' tganimni barini yashirmay aytgandik ular rozi bo' lishdi . Bir xafyada fotixa uch oydan so' ng to' y belgilandi . Men baxtli edim osmonlarda uchardim u insonga bog' lanib borayotgandim . Nmadir bo' ldiyu ular o'zgarib qolishdi to' y to' xtatildi . Nmaga tushunaolmasdim ularni aytishicha biz kasalligim xqqda ularga to' liq malumot berbabmiz kasalim qaytalanish xafi kuchli ekan mendek inson bilan yashash qiyin ekan . Men bilan turmush qurgan inson meni o' lib qolishimdan qo' quvda yasharkan bunday baxtsizlikni o' ziga nasib aylamag emish qanchali daxshatli so' zlar ko' zlarimga qarab turib shunday deyishdiya . Qanday insonlar o' zi bular menmas ularni o' zi xoli jonimga qo' yishmadiku men tinch yurgandimku xech kimga zarar bermasdan xayotning mo' jizalaridan baxramand bo' lib nma keragi bor yaxshilik qilolmasang yomonlikxam qilma . O' zimga zo' rg'a keldim o' zimdanda ko' proq ota onamga achinaman meni baxtli bo' lishimni istashgandi xammasiga qo' l siltashni xoxlardim . Siqilish mumkun emasdi o' zimni qo' lga oldim unday insonlarni o' ylash tugul eslashga xam arzimasliklarimni tushunib yetdim
|
|
| |
Dinora_Golden_Girl | Сана: Пайшанба, 13-Ноя-2014, 22:53 | Изох # 939 |
Sayyod.comда пропискада!
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 4486
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 908
Холати: Хозир йўқ
| Ashaliiim... Tezroo davomini yoziiin...
Qo'rqib ketvomman...
Fikrim satrimda oshkor!)
|
|
| |
JaNoB_JaDiD | Сана: Пайшанба, 13-Ноя-2014, 22:56 | Изох # 940 |
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Изохлар: 1443
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 425
Холати: Хозир йўқ
| ho`sh davomi???
|
|
| |
Mohitabonim | Сана: Пайшанба, 13-Ноя-2014, 23:26 | Изох # 941 |
Рўйхатда
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 91
Тақдирланишлар: 1
Хурмат даражаси: 118
Холати: Хозир йўқ
| Kasalxonaga bordim xammasi joyida ekanligini aytishdi soniyalarni daqiqalar, daqiqalarni kunlar ,kunlarni xaftalar ,xaftalrni oylar ,oylarni yillar quvlab yana ikki yilni xam o' kazib yuboribman . Kasalxona ro' yxatidan umuman chiqarildim baxtliman Olloximga shukur. Shu orada internet orqali bir yigit bilan tanishib qoldim mendan bir yoshgina katta kampyuter soxasida ishlarkan u bilan tez chiqishib ketdik . Negadir unga bog' lanib qolayotgandim lekin o' zimni toxtatdim u esa meni anchadan beri kuzatib yurar xattoki uyimga sovchilarinixam qo' ydi. Yuragim shosha pisha ura boshladi usha xolat yana takrorlansachi degan savoltinch qo' ymasdi nega insonlarga ishonish qiyin nma qilishgaxam boshim qoygandi . U yigit xec nmadan qo'rqmasligini takidlardi men xam unga bog'lanib qolgandim . Shifokorim bilan maslaxatlashib u yigitni va ota onasini shifokorim bilan uchrashtirdim .shifokorim ularga barchasini to' g' ri tushuntirdi qanday kasal bol' lganimni ne ne qiyinchliklarni uengib o' ganimni barini tushuntirib berdi . Kasalxonadan uning ota onasi bilan chiqarkanman shu yerda o' kazgan barcha xotiralarim ko' pldimda gavdalana boshladi . U va uning ota onasi ertasi kuni yana sovchi bolib kelishdi. Ular xammasini to' g' ri tushunganliklarini va xammasiga rozi ekanliklarini autishdi. Yiragim shosha pisha ura boahladi va sms keldi . Seni uchratgan kunimdan boshlab seni sevishga va ardoqlashga o'z o' zimga so' z begandim , chunki sen bunga loyiq insonsan . Xayotda uchratgan mening mo' jizam deb u insondan xabar kelgandi , yuragimda o'zgacha xich meni xayotda yashashimni kulishimni istaydigan insonim bor va men xam u insonni yashashini kulishini shu qadar kuchiroq xoxlash xissi naqadar baxtliman Olloximga shukur . Ota onamxam ana endi baxtli onlarimni ko' ra oladi men uchun yaratganni tuxfalari uchun shukur. Добавлено (13-Ноя-2014, 23:15) --------------------------------------------- Bugun naqadar baxtliman 28baxornixam qarshiladim quyoshning beg'ubor nurlari menga taralar ekan yana baxtli ekanligimni xis qildim Yaratganning mehri ota onam yonimda sevikli yorim va jajjigina qizalog' im bor . Kasal bo' lib nmalarni toptimu nmalardan ayrildim ayrilganlarimdan ko' ra topganlarim ko' roq edi eng avvalo shukronalik xissi umrni qadriga yetish yonimdagi mehribonlarimni asrab avaylashni tushunib yetdim. Olloximni menga bergan barcha mo' jizalari uchun minadorman. Xayotni o' zi mo' jiza manshu mo'jizani qadrlashimiz kerak Olloximga ming shukur. Добавлено (13-Ноя-2014, 23:26) --------------------------------------------- Xatolarim uchun oldindan uzr
|
|
| |
JaNoB_JaDiD | Сана: Пайшанба, 13-Ноя-2014, 23:29 | Изох # 942 |
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Изохлар: 1443
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 425
Холати: Хозир йўқ
| .....
|
|
| |
EzoDil | Сана: Жума-муборак кун!, 14-Ноя-2014, 00:16 | Изох # 943 |
Sayyod.com мухлиси
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Изохлар: 877
Тақдирланишлар: 0
Холати: Хозир йўқ
| Qoyil Mohitabonim)) Baxt yonginamizda,wunchaki uni olis olislardan qidiriwga organib qolganmiz. Allohimni biz un atagan baxti bir kun yonimizda paydo boladi,baxtni krtidan yugurganimiz befoyda!
Kimgadir borligim o'zi bir dunyo, Su'ratim avaylab yurakka ildi. Kimgadir aksincha,keldimmi malol, Ertadan kechgacha g'iybatim qildi))
|
|
| |
Mohitabonim | Сана: Жума-муборак кун!, 14-Ноя-2014, 00:24 | Изох # 944 |
Рўйхатда
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 91
Тақдирланишлар: 1
Хурмат даражаси: 118
Холати: Хозир йўқ
| Raxmat Ezodilapa
|
|
| |
Dinora_Golden_Girl | Сана: Жума-муборак кун!, 14-Ноя-2014, 01:45 | Изох # 945 |
Sayyod.comда пропискада!
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 4486
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 908
Холати: Хозир йўқ
| Molodeees Joniiim...
Yaxshilik bilan tugaganiga xursandman...
Ajoyib hikoya yozibsiz... Yana shunaqa ajoyib hikoyalardan yozib turasiz degan umiddaman... Rahmat kottakon .... !!!
Fikrim satrimda oshkor!)
|
|
| |
Mohitabonim | Сана: Шанба, 15-Ноя-2014, 19:59 | Изох # 946 |
Рўйхатда
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 91
Тақдирланишлар: 1
Хурмат даражаси: 118
Холати: Хозир йўқ
| Sizgaxam raxmat Madishkam etiboriz uchun
|
|
| |
JaNoB_JaDiD | Сана: Якшанба, 16-Ноя-2014, 23:21 | Изох # 947 |
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Изохлар: 1443
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 425
Холати: Хозир йўқ
| Bugun juda bir g`alati(quvonchli) holatni guvohi bo`ldim... avtobusda shu bir kichina 6 yarim yashar bolaga ko`rsatilgan mehribonlikni, quvonch, meht oqibat ............. rasmni sifati yomon bo`lishi mumkin lek qo`ldan kelgancha shuni silzarga ilinishga harakat qildim.... hudo hohlasa ertaga batafsil yozaman....
Изохни тахрирлади (ўзгартирди) JaNoB_JaDiD - Душанба, 17-Ноя-2014, 22:13 |
|
| |
Mohitabonim | Сана: Якшанба, 16-Ноя-2014, 23:54 | Изох # 948 |
Рўйхатда
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 91
Тақдирланишлар: 1
Хурмат даражаси: 118
Холати: Хозир йўқ
| Intizorlik bilan kutamiz
|
|
| |
Qitmir_No:1 | Сана: Душанба, 17-Ноя-2014, 01:36 | Изох # 949 |
Иштирокчи
Гурух: VIP
Изохлар: 435
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 234
Холати: Хозир йўқ
| Ажойиб ибратли хикоя. Оллох хар бандани шукроналик хиссини туйишдан айирмасин. Оллох суйганига дард беради. Уни шукур килиб, сабр килиб каердаги фолчи-ю ирим-сиримлардан эмас факат ва факат Оллохдан ажрини сураб, шифосини сураб килган ниятларини, дуоларини Инша Аллох кабул килади. Бу хикоядаги синглимиз бунга мисол! Оллох хар нарсани инсон учун яратди! Уларни синаш учун уларни иккига булди. Халол-Харом. Бу иборалар бизга шунчалик танишки уларни хатто эсламаймиз хам. У сузларни маъносини билсак хам магзини чакмаймиз. Бир нарсани харомлигини биламизу лекин индамай истеъмол килаверамиз! Оллох барчани узидан узгасига мухтож килмасин.
Mani yozganlarimni tushunish uchun, nikimga qarashni o'zi kifoya!
|
|
| |
Sarvar94 | Сана: Сешанба, 18-Ноя-2014, 21:30 | Изох # 950 |
Sayyod.com мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 774
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 83
Холати: Хозир йўқ
| Tug'ri
|
|
| |