[ Янги изохлар · Фойдаланувчилар · Қоида · Изламоқ · RSS ]
Модератор форума: Giyos, SarVario, komol_76, Anv@rbek  
Hikoya
ZebinisoСана: Шанба, 27-Июл-2013, 12:17 | Изох # 901
Рўйхатда
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 78
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 30
Холати: Хозир йўқ
Bir necha yil avval tog' yo'lida avtobus halokatga uchradi. Buriliw joyida ag'darilib tezlik katta bo'lganligi sababli qabriston devorini buzib, Daraxtlarni sindirib o'tdi.Avtobusdagi bolalarning ko'pi o'ldi.Yaralanganlari esa tez yordamga muxtoj edi.Shu atrofdagi odamlar yordamga shoshilishdi. Ammo atrofda suv yoq edi. Bir yigit katta yo'ldan o'tyotgan avtomashinalarga qo'l ko'tarib to'xtatmoqchi b.di. Ayrimlar to'xtawdi, "suv bormi"? Degan savolga "yoq"deb javob bergach yo'llarini davom etaveriwdi. Ayrimlar esamarkablarini sekinlawtirdi,daxwatli manzarani kuzatiwdi_yu yana tezlikni ketaveriwdi. Ularning hayolida wu bechoralar orasida biron qarindowimning yoki taniwimning farzandi bordir"degan uy kelmadi. Iltijo b.n yordam so'rovchining himoyachisi bo'liwdan yaqinroq ezgulik yoqligini ham fahm etmadilar bu voqeadan keyin; ulardan qay birlaridir ertasiga halok bo'lganlar orasida taniwlar borligini b.b janoza yoki fotiha borgandirlar . Qaysi vijdon b.n bordilar ekan? Ehtimol kecha men suv topib kelgandim wu bola o'lmay tirik qolarmidi?" degan uy yuraklarini ezmadimikin?.
 
Mohinur_UСана: Шанба, 27-Июл-2013, 18:30 | Изох # 902
Рўйхатда
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 98
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 180
Холати: Хозир йўқ
3 kun ichida ovqat yegim kelmas o'qishga xam borgim kelmadi. Xolsizgina yotgandim. O'sha men sevgan kuyni eshitib
Onajoning rozi qil.....
Ilhom Farmonovni shu qo'shiqini rosa xam yaxshi ko'raman. Siqilsam darrov shu qo'shiqni eshitaman...
Birdan telim jiringladi. FARXOD AKAM degan yozuv ekranda yonib o'chardi juda xayajonlanib ketdiim
-Alo
-qandaysan Nozima
ular ismimni umuman aytmasdilar Sen Farxodni Shirinisan deb meni Shirinim deb chaqirardilar. Titrab ketdim Yig'lamaslik un labimni tishladim.
-qandaysiz
-ertaga men yoninga boraman o'qishga ketib qolma
-xo'p
-ertagacha.
Telni o'chirib qo'ydilar.
Xamma gapga tayyor bo'b turardim. Ruxan o'zimni tayyorlardim.
Ertasi kuni Aytilgan joyga vaqtda yetib keldilar
-Nozish sendan vos kecholmayman qo'limdan kelmadi. Men sevaman seni
senga uylanaman faqat bu sirdan xech kimni xabari bo'lmasin.
-.....
-jinnivoyim nega yig'laysana deb sekingina bag'riga bosdilar. Kn segaret tutadilar. Chekib bo'ldi kn sumkamdan Pepsi va orbit oldim. Xar doim shunday chekib bo'lgandan so'ng Pepsi ichib orbit chaynaydilar. Kulvordilar
- obbo seney meni xech kim senday tushunaolmaydi....
Bir xaftadan kn Farxod akamdan sovchi keldi. Men oldingiday quvnoq qizga aylandim. O'qishimdan bir yilga "akademskiy" oldim.
Farxod akam shuni xoxladilar. Uydagilar Sarpolarni xammasini bekami ko'st oberdilar.
Bitta qiz edim. 1 ta aka va 3 ta ukam bor edi. Oilamiz o'ziga to'q oila edi.....
Mana xayajonli kun keldi oppoq ko'ylak kiydim. Xatto o'zim bunga nomunosib bo'lsam xam O'zimga o'zim so'z berdim Farxod akamni baxtli qilaman.....
Bir birimizga juda mos edik to'y xam o'tdi rasm rusumlar xam xonada Farxod akam ikkimiz qoldik...
Davomi bor
 
AbbosbekСана: Шанба, 27-Июл-2013, 18:48 | Изох # 903
Sayyod.com посбони!
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 3823
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 655
Холати: Хозир йўқ
Mohi hikoya ajoyib)) davomini kutamiz. .

1000 marta yordam ber baribir
unutishadi. Bir marta pand ber, bir
umr eslab yurishadi. .
 
Mohinur_UСана: Шанба, 27-Июл-2013, 19:23 | Изох # 904
Рўйхатда
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 98
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 180
Холати: Хозир йўқ
Yuragim duk duk urardi. Xayajonlanib ketardim.
-xa asal qiz niyatizga yetdiz oq ko'ylak kiydiz vadamni bajardim
yerga qarab jim o'tirardim.
-men seni kechiraolmayman.
Nima dedi? Boshimdan kimdir qaynoq suv quyvorganday bo'ldi.
Boshimni ko'tarib xayrat ila qaradim.
-sen it tekan oshsan. Balkim boshqalar bn xam yotib turgandirsan qayerdan bilaman.
-Farxod aka....
- balkim boyligiga uchib o'zing xoxlab shaningni yoqotgandirsan. Ular shunaqangi xunuk iljaydiki, xayratda qoldim.
-men sendan o'ch oldim seni sevdim ln sen men uchun o'zingni asramading....
Deb jo'ntagidan yangi sim karta oldi teliga qo'ydi
men jimgina kuzatardim xuddi ular xazillashayotganday edi. Telda esa kimgadir tel qildi. Menga qarab irjayib gromkaga qo'ydi
-alo
-alo kim bu
axir axir bu dadamni ovozlariku.
-iltimos chetga chiqing
dadamni oldida odamlar ko'p ekan dadam ichmasdilar shunga xushyor edilar dadam boshqa joyga o'tdi shekilli tinch bo'b qoldi
-kim bu o'zi
-men kiyoviz Farxodman.
-aaaa? Kiyov? Tinchlikmi? Nima bo'ldi
Farxoda akam bor gapni dadamga aytdi gapini oxirida
-men sizlarni sharmandalikdan qutqardim. Evaziga 10 ming $ berasiz to'y xararajati un. yopiqlik qozon yopiqlikcha qoladi 2 oy xotin qilaman qizizni. Dadam jimgina eshitdi va zo'rg'a
-roziman.
Qizimga ber
-qizim seni yaxshi ko'raman senga ishonaman.
Bilaman ering senga ishonmaganidan sen bn yashamoqchimas uyimga oldin xam sig'ganding qizim endi xam sig'asan.
G'ururim baland bilasan. Ln jigarbandim un g'ururdan xam vos kechaman.
2 oy qulday xizmatini qil..... Dadam yig'lavordilar
-2 oydan kn pulni olasan gapim bitta....
Farxod akam men ximoya qildi.......
Kelinlik davri biram mazzaki uy ishlarini qildim. O'qigan bo'lsam xam uy ishlarini qilaolardim.
Men xam vadamda turdim. Farxod akamni xizmatini qildim. Uyga kirardigu men pastda yerda yotardim.... Qayni opacham, qaynisinglim va qayni ukam bor edi.
Qayni opacham o'z qo'shnisiga kelin bo'lgandi. Ularni xam mehrini qozondim. Qaynionam meni juda yaxshi ko'rardilar bu orada onamni xam axvoli og'irlashib qoldi. Kelin bo'lganimga 2 oy bo'lishiga 4 kun qolganida dadam pularni erimga berdi.
Kelinlik uyimda yana 4 kunim qoldi. Farxod akam oldingiday meni jirkmas, kech qurun ular kelmasidan yotardim. Kelib qolsalar o'zimni uxlaganga solardim o'zimni ustimni yopib sochimni silab yonimda biroz o'tirardi...... Rejaga ko'ra 2 oy bo'lishiga bir kun qolganida Farxod akam janjal ko'tarishi kerak edi.
Ln 2 kun oldin akam kelib tezda meni uyga olib ketdi. do'xtirlar ayamni umid yo'q deb qaytarib beribdi. Kechasi bn rozilik so'radilar....
Ertasi kuni onam meni tashlab ketdilar bilsam onam og'ir kasal ekan mendan yashiribdilar.....
Onam xonada jilmayib yotar xuddi uxlayotganday
Sekin onam oldiga bordim.
-mehribonim turing iltimos meni qo'rqitmang kimlarga tashab ketdiz onaaaaaaaaaam
voy dooooooood men o'lsaaaam bo'lmasmidiiiiiii xolalarim chopib kirishdi meni opchiqib ketishdi
-ayajooooooon olib ketinggg xovlida baqirardim endi ayam bn xech qachon gaplashaolmayman....
Xushumdan ketib qoldim. Suv berib xonaga yotqizishdi va Erim kirib keldi. Quchoqlab rosa yig'ladim.... Kn birdan seskanib ketdim ular yig'layotgandilar tezda xonadan chiqib ketdim onamni so'nggi manziliga kuzatdik... Marakalari o'tganidan so'ng dadam erimni chaqirdi va erimga
-xammasi un raxmat shu ayriliq xam boshimizda bor ekan 3 kun ichida qizimni olib chiqib ketaman.
-dada meni kechiring pulizni qaytaraman Nozima bn yashayman.
-murruvatizga zormasmiz. Shunisiga xam raxmat. Keyinchalik men xam o'lsam qizimga kun bermasangizchi ... endi qizimni olib keting.
3 kundan kn men uyga butunlay qaytdim. Erim men o'zgani yoqtirib qoldim deb menga yomon so'zni aytdilar.... Xammasi tugadi. Qaynonam yig'lagancha qolaverdi......
Davomi bor
 
bek88Сана: Шанба, 27-Июл-2013, 20:01 | Изох # 905
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 1565
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 649
Холати: Хозир йўқ
Mohinur_U ajoyib hikoya ekan.

Sayyod.com hayotim bir bo'lagi.
 
Mohinur_UСана: Якшанба, 28-Июл-2013, 00:54 | Изох # 906
Рўйхатда
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 98
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 180
Холати: Хозир йўқ
Men bu oilaga biram o'rganib qolibmanki, ular xam meni bunchalik yaxshi ko'radi deb o'ylamagandim.
-Ayajonim bergan non tuzizga rozi bo'ling men 2 ayamdan xam ayrildim
-qizim....
Tez tez uydan chiqib ketdim. Yukim xam orqamdan tezgina yetib bordi.
Oxx yuragim sevgi shumi? Menga ishonmadilar. Bunchalar notinchsan yuragim bilardingku shunday bo'lishini? Xozir ayam yonimda bo'lganda edi..... Dadamni ko'ziga qanday qarayman.
Men ovqat yemay qo'ydim. Deyarli Gapirmasdim xam
ko'rpaga do'st bo'b qoldim. Dadamdan o'zimni olib qochardim. oradan Oylar o'tib ketdi. Bir kuni Dadam xonamga kirdilar.
-qizim onangni butun umr sevdim. Xiyonat qilmadim. Osmon uzoq yer qattiq chidashga majburmiz. Ona qizim sen tug'ulganingda xursand bo'lgandim. Bilaman meni oldimda uyalasan ln qizim men senga ishonaman. Seni aybing yo'q. Agar sen xam meni tashab ketsang men chidolmayman iltimos o'zingni qo'lga ol. Sen onangga juda o'xshaysan qizim....
Dadam chiqib ketganidan kn o'ylab qarasam uydagilarni qiynab qo'yibman. Davomi bor
 
MirzoxidСана: Якшанба, 28-Июл-2013, 01:06 | Изох # 907
Sayyod.com мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 623
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 248
Холати: Хозир йўқ
Davomini kutamiz

...
 
Mohinur_UСана: Якшанба, 28-Июл-2013, 11:44 | Изох # 908
Рўйхатда
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 98
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 180
Холати: Хозир йўқ
2 kun oldin kelinoyimni gapini esladim. Mendan kichkina bo'lgani un opcha derdilar.
-opcha qanday qiz ediz bir gapirib o'ng kulardiz ayamni ruxini chirqiratmang iltimos o'zizni qo'lga oling bilaman qiyin. Endi onam o'rnida onamisiz. Uni o'ylamang shunday qilingki u sizdan kechganiga afsus qilsin.
To'g'ri aytadi xali afsuslanadi.....
Kitob javonimda kitoblarim ko'p edi.
O'qilmagan kitoblarim xam bor edi. Uy ishlaridan ortib yana kitob o'qiydigan bo'ldim jiyanimga qarardim. O'zimga kelayotganimdan uydagilar xursand edi.
Men ancha o'zimga kelib qoldim. tikuvchlikni bilganligim uchun uyda o'zimga kelinoyim ko'ylak tikardim. Keyinchalik antiqa fasonlar o'ylab topa boshladim. Xovlini burchakidan kichkina bir xonani jixozlab berdilar. Zakazlar oladigan bo'ldim. Shaharga chiqib kelardim. Farxod akalarni ko'chasi boshqa ediyu ln uyini oldidan o'tib katta ko'chaga chiqsam shaharga moshin bo'lardi...... Kunlar o'taverardi.
Bir kuni shunday voqea bo'ldiki xali xam Farxod aka xalixam meni sevishini tushundumu lekin endi kech edi.
Shaharga borgandim. Tikish un bir ikkta narsa kerak edi.
Magazinga kirdim magazinchi qiz meni tanib qolgandi.
Narsa olayotsam chetda o'tirgan Yigit tikilib turganini sezdim
Magazinchi qiz kuldi
- Zafar aka muncha tikildiz sal sekinroq qarangda. Xijolat bo'ldim. Tez xarid qildimu chiqib ketdim.
Egnimda qora ko'ylak boshimda ro'mol qopqora uzun sochlarim bitta qilib o'rilgan. Yuzimga upa qilmasam xam oppoq, qoshim kamonday, kiprigim esa qayrilma edi. Ko'zim katta ediyu ln mayus. Uyga ketdim. Moshinadan tushib sekin uyga qarab yurdim. Farxod aka uyini oldida o'tirgan ekan. Salom xam bermay qaramasdan o'tib ketayotgandim. Sal uyini oldida o'tgandim sezmabman orqamdan Nexia mashinasi kelayotgan ekan yo'limni to'sdi. Magazindagi yigit ekan
-Nozima qalaysiz sizda gapim bor edi.
Savol nazari bn qaradim.
-sizni yoqtirib qoldim.
Agar iloji bo'sa telizni bering siz bn gaplashmoqchidim.
-boshqa kelmang men juvonman.
- bilaman. 2oygina uy qilibsiz. Men anchadan beri sizni kuzataman.
men xali uylanmaganman.
-keting!!!
O'tib ketmoqchi edim. Yolimni to'sdida.
Bilagimdan maxkam ushlab oldi seskanib ketdim.
-qo'yvor uni
bu Farxod akani ovozi edi.
Bir zumda ular janjalashib ketdilar.
Qarasam bir birini urmoqchi.
-bas qilinglar. menga qarang yaxshi yigit umuman boshqa yo'limda paydo bo'lmang. Siz esa Farxod akani yuziga xam qaramadim (aslida gapirishim xam mumkun emasdi chunki ular menga yomon so'z yani "taloq" qo'ygandilar)
umuman aralashmang begonasiz!
-unutish shunchalik oson ekanmi???
Indamadim gapirmadim xam. Tez tez yurib ketdim.......

Zafar aka mendan 4 yosh katta ekan. Ular meni kuzatib yurardilar.
Bir kuni uyimga bir ayol keldi. Ko'ylak tiktirishga..... Aslida esa Zafar akani onalari ekan. DAVOMI BOR.

Добавлено (28-Июл-2013, 10:44)
---------------------------------------------
-qizim sizni yaxshi tikuvchi deb eshitdim.
-xolajon qo'limdan kelgancha.
-qanaqa qilib tiktirsam bo'ladi?
Materialiga qarab fason aytidim ularga maqul keldi.
O'lchamlarni olib bo'lganidan kn pulini va 2 kundan kn kelishini aytdim.
-qizim mana oldindan puli.
Meni sizda shaxsiy gapim bor edi
-eshitaman.
-men Zafarni onalariman
yuragim shuv etib ketdi.
-qizim Zafarim 4 o'g'ildan kn tillab olgan farzandim kenjam. Aytganini qilamiz ko'p qizlar bn yurgan buni bilaman. Ln qizim yo'q siz aytgan qizga uylanaman derdi.
Erka bo'lsa xam ishlaydi pulni o'zi topadi. Qo'limizga qaramagan xudoga shukur. Sizni uchratganidan kn
umuman boshqacha bo'b qoldi. Siz xaqizda xammasini aytdi. Qizim yaxshi qizsiz lekin meni xam orzu xavasim bor.....
-xolajon sizni tushunaman Zafar akaga xam nechi marta aytdim men xam rozi emasman.
-qizim opchamni qizini kelini qilmoqchidim.
O'g'lim bn gaplash iltimos.
-xo'p
-raxmat qizim.
Ular ketdi. Xayollarim bn yolg'iz qoldim....

 
Nilufar_93Сана: Якшанба, 28-Июл-2013, 11:59 | Изох # 909
Иштирокчи
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Изохлар: 270
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 237
Холати: Хозир йўқ
Davom eting.Kuzatuvdamiz

Haqiqat havoga o'xshaydi,nafas olib turasizu,o'zini ko'rmaysiz.
 
bek88Сана: Якшанба, 28-Июл-2013, 18:21 | Изох # 910
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 1565
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 649
Холати: Хозир йўқ
Mohunur hikoyani davomini yoza qoling.

Sayyod.com hayotim bir bo'lagi.
 
Mohinur_UСана: Сешанба, 30-Июл-2013, 19:02 | Изох # 911
Рўйхатда
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 98
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 180
Холати: Хозир йўқ
Zafar akaga nima deyman qanday ko'ndiraman? Xudojon to'g'ri yo'l ko'rsat. Iltimos........
Tikishimni davom etirdim.
Telim jiringladi. Begona nomer
-alo eshitaman
-Nozish qandaysan?
bu ovozni unutaolmasdim. Farxod aka edi.
Telni o'chirib qo'ydim.
Rosa tel qildi. Javob bermadim. Ko'ylaklar fasonini chizib o'tirsam eshik taqilatdi dadam ekan.
-Assalomu alaykum dadajon ishdan yaxshi keldizmi
-volekum qizim yaxshi o'zing charchamadingmi
-yo'q
-qizim bir yilga akademskiy olganding.
Xoxlasang davom etir o'qishingni
-qaytib bormayman o'qimayman dadajon.
Dadam nima demoqchligim tushundilar
-xo'p qizim. Qizim....
Nima deb gap boshlashga xayronman onang bo'lganda xam boshqa gap edi. Seni so'rab odam kelayapti. Xoxlasang
-tayyormasman dadajon.....
-tushunarli
keyinchalik o'rtadagi
noqulaylik yo'qoldi. Men chizardim. Dadam esa gap berib o'tirardilar.
Telim shu orada jiringladi ko'tarmadim.
Kn sms keldi ochdim.
"Nozish seni xaliyam sevaman. Sen erga teg men xam uylanaman kn menga 2 xotin bo'l
men qiz olayapman 1 xaftadan kn to'yim....."
davomida yana nimadirlar bor edi. Labimni tishladim. Jaxlim chiqdi. Uylanayotganidan emas meni o'ynash qilmoqchi ekanligidan. Dadam mendagi o'zgarishni sezdi
-tinchlikmi qizim qandaqa sms keldi berchi.
-dadajon tel qildi ko'tarmadim kn esa...
Dadamni xam jaxli chiqdi. Telimni ko'tarib ko'chaga chiqib ketdilar.
Xech narsa qilgim kelmadi. Kelinoyim kechki ovqatga chaqirdilar.
Akam sal kechroq kelar ekan.
Ovqatlanib o'tirgandik telim jiringladi. Dadam oldilar
-alo
-...
-kim bu
-....
Dadam gromkaga qo'ydilar menga qattiq tikildilar
- alo degan ovoz keldi
-Zafarman deysizmi qizimda nima ishiz bor
iya bu nomerimni bilmasdiku degan o'y keldi.
-xa siz Nozimani dadsimisiz
sizda gapim bor edi. Men Nozimani yaxshi ko'raman qizizga uylanmoqchidim.
Ln qiziz unamayapti chunki men xali uylanmaganman...
-o'g'lim men qizimni majburlamayman.
Qizimni tinch qo'ying.
Dadam indamadilar ovqat yeb bo'lganidan so'ng uyga Farxod aka keldi.
Dadam gaplashdilar kn birdan qattiq ovozi keldi.
-siz bizni ustidan kulayapsizmi? Endi bir birlarizga begonasizlar....
Ovozlari eshtirlmay qoldi....
Davomi bor.

Добавлено (30-Июл-2013, 18:02)
---------------------------------------------
Men tikuv xonamga kirib ketdim. Va kitob o'qib o'tirdim. Yarim soatlardan keyin tashqariga chiqdim. Farxod aka ketibdi deb o'yladim. Oshxonaga borib suv ichib endi qaytayotgandim. Asabiy xolatda xonadan chiqib ketayotgan ekan
men ko'rdi
men yuzimni o'girib orqamga endi qaytmoqchi edim
-o'vvv sen endi noming oqlandida aaa? Menga o'ynash bo'lsang jon degin yoki anavu o'ynashingdan foyda ko'proqmi? O'zingni farishta qilib ko'rsatmay qo'yaqol.... Bildim dadam rosa urushbdi.
Indamay oshxonaga kirib ketdim....
U ketdi xonamga kirib yotdim kitob o'qigim xam kelmadi....

Ertasi kuni shaharga chiqishim kerak edi.
Akamni moshinasi bn shaharga chiqvoldim. (uni ko'chasidan o'tgim kelmadi)
magazinga kirdim kerakli narsani olib chiqdim.
Va Zafar akaga qong'iroq qildim.
-alo Nozima sizmisiz
-xa men yaxshimisiz uchrashsak bo'ladimi?
-xo'p bemalol.
-unda 10 minutdan kn "KAMALAK" da
-kelishdik.
Yetib borgunimcha ular o'sha yerda ekan.
-keling Nozima. Uchrashmoqchiligiz bilib juda xursand bo'ldim.
-gapim bor edi.
-meni xam gapim bor -nima ichasiz
-iloji bo'lsa Behili sharbat.
Ular afitsantni chaqirib buyurdilar.
-Nozima meni juvonligimdan foydalanmoqchi deb o'ylamang men xaqiqatdan sizni sevaman. Menga rozilik bildiring bilaman onam oldizga boribdi. Siz rozi bo'lsayiz onamni ko'ndiraman
menga iltijo bn qarab turardi afitsant buyurtmamizni olib keldi.
-Zafar aka sevgan insoniga odam xech qachon ziyon bermaydi.
Men oila qurushga xali tayyormasman.
Meni qiynamang. Men xam bir vaqtlari sevardim..... Boshimdan o'tganini aytib berdim.
Va gapim oxirida
meni qiynashni bas qiling onayizni xam qiynamang xolayizni qiziga uylaning va meni unuting.
- Nozima meni kechiring men sizga ozor beribman xo'p xolamni qiziga uylanaman ln sizni bir umr sevaman....
-yaxshi qoling.
Men kafedan chiqib ketdim ular xayol surib o'tirardi.

Uyga bordim. Dadam kechik payt keldilar.
-Assalomu alaykum dadajon
-qizim yaxshimisan
-yaxshiman dadajon gapim bor edi agar rozi bo'lsayiz shaharga Zebi xolamnikida yashasam ular yolg'iz bolari chet elda (eri olamdan o'tgan). Med kolejda o'qiganman diplomim bor. 2 oylik xamshiralik kurslariga qatnab esimdan chiqanlarni eslab olsam balnisada xamshira bo'lib ishlardim.
-mayli qizim.
Xolamni oldiga borganimda ular juda xursand bo'ldilar.....
Men kursga qatnay boshladim.... Bu orada Farxod aka uylandilar.
Onamni barcha marakalarini qildik. Aza ko'ylagini xam tashadik. Xolamnikiga tikuv mashinkalarimni oborib oldim. O'zim un xolam un ko'ylak tikardim. Kurslarni xam bitirdim. Kn ishga kirdim. Bir sutka to'liq ishlardim 2 kun dam olardim.....
Uyga borib turardim. Uyga borsam bir xabarni kelinoyimdan eshitdim. Farxod akalar butunlay boshqa viloyatga ko'chib ketibdilar...
Ketganidan juda xursand bo'ldim. Endi men ancha o'zgargandim. Qandaydir quvnoq qizga aylandim. Axir xayotim yangidan boshlandi Yorug' baxtli kunlarim juda yaqin turgan ekan....
Bir kuni....

 
Nilufar_93Сана: Сешанба, 30-Июл-2013, 19:21 | Изох # 912
Иштирокчи
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Изохлар: 270
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 237
Холати: Хозир йўқ
Xo'o'sh?

Haqiqat havoga o'xshaydi,nafas olib turasizu,o'zini ko'rmaysiz.
 
AbbosbekСана: Сешанба, 30-Июл-2013, 19:26 | Изох # 913
Sayyod.com посбони!
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 3823
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 655
Холати: Хозир йўқ
keyinchi sad davomini uzoq kuttirmasdan yozing. .

1000 marta yordam ber baribir
unutishadi. Bir marta pand ber, bir
umr eslab yurishadi. .
 
Dinora_Golden_GirlСана: Чоршанба, 31-Июл-2013, 05:12 | Изох # 914
Sayyod.comда пропискада!
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 4486
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 908
Холати: Хозир йўқ
O'zgarganizdan xursandman... smile

Fikrim satrimda oshkor!)
 
Sardor_BСана: Чоршанба, 31-Июл-2013, 21:54 | Изох # 915
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 1161
Тақдирланишлар: 1
Хурмат даражаси: 178
Холати: Хозир йўқ
Bir kun???

Sayyod.com
 
Mohinur_UСана: Пайшанба, 01-Авг-2013, 09:04 | Изох # 916
Рўйхатда
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 98
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 180
Холати: Хозир йўқ
Bir kuni....
Xar doimgidek ish kunim edi.
Oq xalatni kiyib, sochimni 2 ga o'rib, kalpachokni boshimga qo'ndirib xolmay tolmay xech kimga ziyonim tegmay jimgina ishlab yurgandim. Bir payt piraktikant yigitlar ( bor yo'g'i 4 ta) bo'limimizga bostirib qiy chuv qilib kelishdi. Palatada bemorga ukol qilmoqchi edim. Asabim buzilib karidorga chiqdim. Yo'q yosh kolej piraktikantlarmas Institutni talabaalari ekan
-bu nima qilganlariz
bemorlar bor umuman shovqun solmanglar. nafas olmasalaring xam mayli.... 3 tasi
Baqadek qarab qolishdi bu battar g'ashimga tegdi. Faqat bittasi bir qaradiyu etibor bermay telida kuyib pishib kimgadir sms jo'natardi. Bo'ylari uzun gavdali qoshlar qop qora.... Ex bir zum xa faqat bir zum erdan chiqqan qizligim esdan chiqdi. Menda xam yurak borku yuragim o'sha notanish yigitga "jiggg'" etdi. Indamay palataga kirdim ishimni davom etirdim.
Xayolim unda qoldi....
Xayolim og'risini ismi Botir ekan men 22 ga kirganman mendan 5 yosh katta ekan
xali uylanmagan
Bir pasda malumotli xam bo'ldim. Bu safar uylanmaganligi meni o'ylantirmadiyu ln yoqtirgan yo'qmikan deb xavotir ola boshladim. "shipyon" xamshira qizlardan bilib oldim. Xavotirim o'rinsiz ekan.
Shuncha bola menga etibor berardi. Sevaman deb charachardi. Ln Botir shirin so'z gapirmasdi. Aksincha Qo'pol gapirardi. Dam olish kunlarim zo'rg'a chidardim. Smenam bo'lgan kuni xursand bo'lardim. U xar doim smenada qolardi.....
kunlarim o'tardi oradan bir oy o'tdi. Bo'limizda duv duv gap Botir uylanayapti ekan....
Jaxlim chiqdi. Ln keyinchalik o'rnimni bildim axir men juvonmanku..... 2 kundan kn Piraktikantlar kelmay qo'yishdi. Bo'ldi bas men xam turmushga chiqaman. Niyatimni xolam orqali uydagilarga malum qildim. Uydagilar xursand. Bir munosib oilaga men uzatishmoqch bo'ldi. Bola Uylangan ekan 6 oy uy qilib ajrashgan ekan.
4 ta xotin bn kiyovni uyiga oborishdi.
Nikoh o'qidi. "Alvido Botir men endi o'zgani yoriman" degan xayol bn chimildiqda yolg'iz o'tirardim.
Eshik ochildi kiyov sekin qadamlar bn kirib keldi....

Добавлено (01-Авг-2013, 08:04)
---------------------------------------------
Kiyovni ismi nima ekan? Nimalar qilib qo'ydim? Uni tanimaymanku e xudo chol bo'lsaya?
Sekin kelib qarshimga o'tirdi.
Yuzimni yopib turgan ro'molni oldi.
Boshimni pastga qaratib ko'zimni yumib oldim.
Ular menga tikilib qarab turardi.
Yuzimni oxista ko'tardi.
Ko'zimni ochdim xayratda qotib qoldim.
Ro'paramda jilmayib...
Botir aka o'tirardi. Ko'zimga ko'rinmayaptimikan deb ko'zimni yumib
yana ochdim.
Qilig'imni ko'rib kulvordi.
-surpiriz qilishni yaxshi ko'raman. yana Ko'zini yumib ochsang xam baribir oldingdan ketmayman.
-axir qandaqasiga?
- seni birinchi bor bozorda ko'rgandim. Surushtirdim. ajrashganinga ko'p bo'lmagan ekan. Keyin sovchi jo'natdim. Ln sen rad etding men yana sovchi jo'nataverdim ln sen bir marta bo'lsa xam uchrashib ko'rmading. Keyinchalik ishga kirganingni bildim. Seni sovchi yo'li bn ko'ndiraolmasdim. Sal xiyla ishlatishga to'g'ri keldi. Sen ishlagan bo'limda xolam ishlaydi. Men tish shifokoriman. klinikam bor. Xolamni yordami bn piraktikantlarga qo'shilib oldim seni smenang kuni faqat borardim. Sen buni bilmasding. Senga ataylab beitibor tutdim. Sen esa yoqtirib qolding kn uylnayapti degan gap chiqardim. Uyingga boradigan sovchilarni qaytardim faqat mendan borardi Kutganimdek sen achchiq qilib turmushga chiqding. Yoqtirib faqat men qiynalamanmi sen xam qiynal dedimda.
- sizni uylanmagan degandi
- kuldi shunchaki xamshira qizlar so'raganda uylanmaganman devorgandim.
Men qarindoshlar topgan qizga uylandim. Ln u onamni xurmat qilmadi. Yolg'iz o'g'ilman dadam olamdan o'tgan. Men seni o'tmishingni so'ramayman faqat bir iltimos Onamni extiyot qil o'z onangday ko'r
-xo'p bo'ladi.
-raxmat senga Nozishim deya ohista bag'riga bosdilar.....
Men baxtli edim. Onajonim mehribon edilar.
Xar kuni Botir akam jaxlimni chiqarardilar
-Voy Nozish hamshira qizlar yomonam chiroyli ekan
Onajon sizga kelin kerakmasmi
onajonim meni yonimni olardi
- menga kelinmas shunday chiroyli qizimga kiyov kerak tanish o'rtog'laring yo'qmi
xammamiz kulvorardik.
Sabr qilib baxtimni kutdim. Yaqinda bu oilada chaqaloq yig'isi yangraydi.
TUGADI.

 
Nilufar_93Сана: Жума-муборак кун!, 02-Авг-2013, 01:37 | Изох # 917
Иштирокчи
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Изохлар: 270
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 237
Холати: Хозир йўқ
Viiyey viiyey shunaqa ayyorchala yoqadiyeey.AJoYIB)

Haqiqat havoga o'xshaydi,nafas olib turasizu,o'zini ko'rmaysiz.
 
GiyosСана: Якшанба, 11-Авг-2013, 02:54 | Изох # 918
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 1130
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 59
Холати: Хозир йўқ
Hech kimsiz...

- Yo’q, dada. Men boraman. Tog’ga dam olgani borishim kerak. O’rtoqlarimga va’da berganman. Va’damni buza olmayman.
- Bormaysan dedim.
- Boraman. Bilasizku. Baribir aytganimni qilaman.
- Tinch yursang ham mayli edi. Janjalkash bola bo’lsang. Kechayam militsiya xonadan olib keldim. Janjallardan beri kelmasang. Uyda o’tir. Onangni havotirga qo’ymagin.
- Dada. Yigitchilik. Bunaqalar bo’lib turadi. O’zingiz ham rosa janjalkash bo’lgansizku. Onam aytib berganlar.
- Bo’lmagan gap. Men bosiq odam bo’lganman. Janjallarga aralashmasdim.
- Unda nega qamalib chiqgandingiz?
- Uni sababi boshqa edi.
- Aldamang.
- Men ko’rganlarimni sen ko’rmagin deyapman o’g’lim.
- Havotir olmang, menda unday bo’lmaydi.
- Uyda ishlar ham ko’p edi.
- Ukam borku. Usha qiladi. Qolaversa singlim ham ta’tilda. 2 kunda qaytaman.
- Onang bilan hayirlashib ket hech bo’lmasa.
- Tez qaytamanku, hayirlashib nima qilaman.
- Ketmasang bo’lardi. Ko’nglim g’ashda.
- Qachon ko’nglingiz g’asht bo’lmagandi o’zi?

Qodir sumkasini yerdan olib, otasiga xayir demasdanam chiqib ketdi. 100 metr yurganidan keyin, o’rtoqlari kutib turgan mashinaga o’tirdi. Uyda Karim aka, o’g’liga gapi o’tmaganidan, afsuslanib, o’ziga o’zi kuyinib qoldi va kichik o’g’li bilan qizi Qodirga o’xshamaganiga shukur qildi. Borib, hovlidagi o’rindiqqa o’tirdi. Cho’ntagidan sigarata olib tutatdi. Chekib bo’lib, uyiga kirib ketdi. Uyga kirganida deraza tokchasida turgan Qodirni telefoni jiringladi. Telefoni qolib ketibdiku deb hayolidan o’tkazdi. Va kelayotgan qo’ng’iroqqa javob berdi. Qodirning o’zi, do’stining telefonidan qo’ng’iroq qilibdi. Otasiga telefonini o’chirib qo’yib, xonasiga kompyuterini yoniga qo’yib qo’yishini aytibdi. Karim aka, o’g’li aytganini qilib, yana hovliga chiqibdi. Hovlida xotini Jamila opa uni savolga tutibdi:
- Adasi, o’g’lingiz ketdimi?
- Ha ketdi.
- Xayirlashmadiku?!
- Aytdim. Tez kelaman deb, ketdi. Aytganimni qilmadi. Bilasanku o’g’lingni.
- Nega aytganingizni qildira olmaysiz? Qanaqa otasiz?
- Boshimni qotirmagin. O’zi jahlim chiqib turibdi. Uni bolaligida qamalib ketib, unga otalik qila olmadim. Uni ustidan o’rtoqlari “otang qamoqda” deb kulishgan. Yana boshqa sabablar. Senga hammasini aytib o’tirmayman. Shunga u meni hurmat qilmaydi. Meni aybim bilan u xo’rlanib o’sgan emish. O’smay har narsa bo’lgur. Shunday vaziyatda men nima qilishim kerak endi. Mayli, aytganimni qilmasin. Sog’ bo’lsa bo’lgani.
- Ushanda qiynaldida bola.
- Nega qiynaladi? Hamma narsalaring bor edi. Qolaversa akalarim qarab turishdi senlarga. O’zingni uyingdagilar qarab turishdi. Tarbiyani qayeridadir xato qilgansan. Balki otang bo’lganida undan bo’ladi, otang bo’lganida bunday bo’lardi deb, rosa qulog’iga quygandirsan.
- Ha, shunday deganman.
- Mayli, o’tib ketdi. Insof kirib qolar.

Karim aka hozirda 43 yoshdalar. 25 yoshlarida, Qodir 5 yoshligida qamoqqa tushib qolgandi. Ko’chada bezorilar bilan tortishib qolib, ularni mayib qilib qo’ygandi. Bezorilar keyin uni ustidan yozib yuborishdi... Karim aka, o’zimni himoya qildim deb, isbotlay olmadi. Taqdirga tan berib qo’ya qoldi. Jamila opa esa, Qodirni quchoqlab, yig’lab qoldi. 5 yilda qaytib chiqdi... Keyin birin ketin o’g’il va qizli bo’lishdi. Qodir bilan esa, munosabati shu ahvolga keldi...

Qodir do’stlari bilan tog’ga yetib bordi. Yo’lda yurganda telefoni qolib ketgani esiga tushib, telefon qilib, o’chirtirib qo’ydi. 5 ta o’rtoq, tog’dan, ijaraga hovli olib, usha yerga joylashishdi. O’zlari bilan olib kelgan masalliqlarini olib kirib, ovqatga unab ketishdi. Albatta ichkilik ham bor edi. Yonidagi hovlida ham odamlar bor ekan. Ular ham o’zlari tengi yigitlar. Bir ikki qizlar ham yuribdi. Ko’rib, Qodir kulib qo’ydi. Ovqat pishdi, yeyishdi. Ichkilliklar ichildi. Hovli yonidan o’tgan suvda cho’milishdi. Keyin chiqib, yana ichishdi, gazakdan yeyishdi. Kech tushdi. Yana ovqat pishirishdi. Yeyishdi, ichishdi. Ozgina yotishdi. Keyin mashinada musiqani baland qo’yib, orqa bagajni ochib qo’yishdi. Keyin birgalashib, qiyqirishib, raqsga tushishdi. Soat 23-30 lar atrofi bo’lgandi. Ancha baqirishib, o’ynashdi. Shunda qo’shni hovlidagi yigitlardan biri chiqib, ularga ashulani pasaytirishligini iltimos qildi. Ularni uhlashiga halaqit berayotgan ekan. Qodirga bu yoqmadi. Uning mazza qilib dam olishini kimdir buzayotgani yoqmadi va kelgan yigitni yoqasiga yopishdi. U yigitni do’stlari kuzatib turgan ekan, tezda unga yordam bergani kelishdi. Bu yoqda Qodirni do’stlari... Jang bo’lmadi. Ajratishdi. Tinchlik bilan hal qilindi. Musiqa o’chirilib, hammalari xonalariga kirib uhlashdi...
Karim aka kechasi yaxshi uhlay olmadi. Uyoqdan buyoqqa ag’anab, keyin uhladi. Tun. Jim jit. Hamma uhlayapti. Ahyon ahyon Karim akani xurrak ovozi chiqib, sukunatni buzib turadi. Ko’cha devoridan asta ikkita kimdir oshib tushdi. Va tushgan joyida qimirlamay qotib turishdi. Hovlini ozgina kuzatib, uyga yaqinlashishdi. Eshikni asta, bildirmay ochishdi. Lekin baribir past ovozda qiyqillagan ovoz eshitildi. Joylarida jim turib qolishdi. Hech kim uyg’onmaganiga ishonch hosil qilishgach, ichkarida ohista kirib borishdi. Xonalarni ko’zdan kechirishdi. Kim qaysi xonada yotganini bilib olishdi. Keyin, bir chekkadan Karim aka, Jamila opa va ularni o’g’illari va qizlarini bo’g’izlab chiqishdi. Qotillar boshqa xonalarni yana boshqattan kuzatib chiqishdi, qidirganlarini topa olishmadi, murdalarni yuziga chiroq yoqib yaxshilab qarashdi, ularni o’lganiga ishonch hosil qilib, kelgan devorlaridan oshib ko’chaga tushishdi. 2 chaqirimcha piyoda yurib, katta mashina yo’lga chiqishdi va oldindan kelishilgan taksi mashinaga o’tirishdi, keyin katta anhor bo’yiga borib, qonga botgan pichoqlarini yuvishdi. Qonga botgan kiyimlarini almashtirishdi va pichoq bilan maydalab, suvga otib yuborishdi. Pichoqni urib sindirib, uni ham suvni boshqa boshqa tomoniga otishdi. Keyin qayta mashinaga o’tirib, tungi klubga borib, ichkariga kirib ketishdi...
Tong otdi. Hovlida qushlar chug’ur chug’uri boshlandi... Ichkarida esa yana jim jitlik. Tinch. Soat o’tib borayapti... Tushlik payti bo’ldi. Jamila opanikiga deyarli har kuni chiqadigan qo’shni Salimaxon ham bugun negadir chiqmayapti. Balki chiqqan bo’lsa, darvoza ichkaridan qulf bo’lgani uchun ocha olmay, qaytib uyiga ketgandir. Kechki payt bo’ldi. Salimaxon yana chiqdi. Darvoza ochilmadi. Bu unga shubhali tuyuldi. So’ng telefonini olib, telefon qildi. Ichkaridan jiringlagan ovozi keldi. Hech kim ko’tarmayapti. Ichkaridan qulf bo’lsa, kimdir bo’lishi kerakku deb, yana qayta qo’ng’iroq qildi. Keyin yana qaytib chiqib ketdi. Kech tushdi. Salimaxon yana chiqdi. Yana o’sha ahvol. Hayron bo’ldi. Qo’ng’iroq qildi. Yana hech kim olmadi... Bu payt Qodir yo’lda uyiga qaytayotgan edi. U o’ylardi. Do’stlarini otasiga munosabatini. Ular haqida faxrlanib, to’lqinlanib gapirishlariga havas qildi. Birini otasi ham yo’q. Har gapida otasini eslab o’tadi: otam bunday degandilar, mana bunday degandilar deb. Qodir o’zining otasi haqida oldin hech o’ylamaganiga afsuslandi. To’g’risida, unda nima ayb. Dam olishda, do’stlarini uyidagilar qo’ng’iroq qilib, hol ahvol so’rashganida, u o’zini uyidagilarini esladi. Telefoni yonida bo’lganida uni ham eslasharmidi? Ha eslashardi. Nima bo’lsa ham, uni yaxshi ko’rishadi. Bugun borib dadamdan kechirim so’rayman dedi. Yaxshisi ertaga... Ularda ayb yo’q. Shuncha payt men ularga yomon gapirsamda, ular menga bir og’iz qattiq gapirmadilarku. Menga bo’lgan hurmatlarini tushunmabman. O’zgarishim kerak. Uyiga keldi. Darvoza yonida Salimaxonni ko’rdi, salom berdi. Salimaxon unga darvoza yopiq ekanni, ertalabdan beri hech kim ochmayapganinida aytdi. Qodir hayron bo’ldi.O’zi darvozni itarib ko’rdi. Taqillatdi. Salimaxonni qo’lidan telefonni olib, uydagilarni barcha telefoniga qo’ng’iroq qildi. Hech kim ko’tarmadi. Eshikni yanada qattiqroq taqillatdi. Javob yo’q. O’zining o’chirtirib qo’ygan telefoniga ham qo’ng’iroq qilib ko’rdi. O’chiq. Devordan oshib tushishga harakat qilmoqchi bo’ldi. Salimaxondan narvon olib, devordan oshib tushdi. Keyin darvozani ochdi. Ichkaridan haligacha qulf ekaniga ajablandi. Eshik ochilgandan keyin, Salimaxon ham ichkariga kirdi va “kimdir bor ekanmi?” deb so’radi. Qodir dadasi va onasining xonasining derazasidan qaradi. Parda orqali qilib, ular yotganini hiraroq ko’rdi.
- Ha shu yerda ekanlar. Uhlashayaptimi deyman?
- Ertalabdan beri uhlashayaptimikan? Eshik ertalabdan qulf edi.
- Bilmadim. Lekin telefon jiringlaganda, ular uyg’onishi kerak edi. Hozir kirib qarayman.

Qodir ichkariga kirdi. Ichkaridan g’alati hid kelayapgandi. Dadasi va onasi yotgan xonaga kirib, ularga qaradiyu, joyidan qimirlamay qoldi. Yotog’ qip qizil qotib qolgan qon. Dadasi va onasing bo’yni bo’g’izlangan. Borib ishonqiramay qimirlatib ko’rdi. Ular alaqachon o’lib, ko’karishni boshlagandi. Yooooo’q deb baqirib yubordi. Tashaqarida Salimaxon yugirib kirdiyu, ichkaridagi ahvolni ko’rib, hushidan ketdi. Qodir shoshib, ukasi va singlisini xonasiga kirdi. U yerda ham shu ahvolligini ko’rib, gangib qoldi. Nima qilishini bilmay qoldi. Ota onasini xonasiga o’tdi. Yerda yotgan Salimaxonni ko’rib, uni o’ziga keltirdi. O’rnidan turg’azdi. Salimaxon o’ziga kelganda ham, rangi oqarganicha qolaverdi. Salimaxon hovliga chiqib o’tirdi. Qodir esa, nima qilishini bilmay, u xonadan bu xonaga o’tib yurdi. Hamma oila a’zolarini birma bir turtib chiqdi. Sado chiqmadi. Hovliga chiqib, baqirdi. Bir ikki qo’shnilar “nima bo’ldi” deb yugurib chiqishdi. Militsiya, eskpertlar keldi... Qodirni amaki va tog’alari keldi. Salimaxon uchun Tez yordam chaqirildi. Ichkarilar ko’zdan kechirilib, Qodir va Salimaxon savol javob qilindi... Murdalar ekspertiza uchun olib ketildi. 1 kundan keyin janoza o’qildi. Militsiya qotilni qidirishga tushdi... Qarindoshlarini uylarni tozalab berishdi. Keyin asta sekin hamma Qodirga sabr tilab, tarqalishdi...

Qodir bir o’zi hayhotdek hovlda shumashib qolib ketdi. Hovling burchagida, osmonga qarab, yulduzlarga termulib o’tirardi. Surishga hayoli, o’ylashga o’yi kelmayotgan edi. Hayol qilishdan ham, o’ylashdan ham qo’rqayotgan edi. Unda faqat ikkita savol bor edi, kim va nima uchun o’ldirdi? Militsiyadan javob yo’q. Qidirishayapti. Topishlaridan Qodirning umidi ham yo’q. Uhlay desa, uyqusi ham kelmayapti. Ko’zini yumguncha, oilasidagilarni murdasi ko’z o’ngiga kelaveradi. Savol qayta qayta berilayapti: “Nima uchun? Nima uchun? Nima uchun???? Balki ketmaganimda bunday bo’lmasdimi? Dadam aytdilaraa, ketmagin, ko’nglim g’ash deb. Men noshud quloq solmay ketib qoldim... Onam bilan xayrlashmadim ham. Xayrlashgin degandilarku. Nega aytganlarini qilmadim. Endi diydor qiyomatga qoldimi? Endi ularsiz qanday yashayman. Bir o’zim qoldimku. Hech kimsiz qoldimku!!! Endi hayotdan ma’no topayotganimda, hammasi puchga chiqdi. Negaaa?!?!?!?”...
Qodir ko’zlaridagi yoshni artib, o’rnidan turdi. Boshi aylandimi, sal joyida turdi. Keyin o’ziga kelib, uyga qarab yurdi. Ota onasining xonasiga kirdi. Ko’z o’ngida ularni yotgan murdasi yana shaklana boshladi. Qodir ko’zlarini ishqaladi. Murdalar yoqoldi. Ichkariga yurishga qo’rqdi. Singlisini xonasiga bordi. Chiroqni yoqdi. Singlisini yumshoq o’yinchoqlari turibdi. Qodir singlisiga, o’tgan yili, tug’ilgan kunida, sovg’a qilgan ayiqchani qo’liga oldi. Bu ayiqchani singlisi xonasiga kirganda, qo’lidan tushurmasdi. Qodir, ayiqchani, huddi singlisini bag’riga bosgandek, mahkam quchoqlab oldi. Yig’lab yubordi. 5 daqiqacha quchoqlab turdi. Keyin ukasini xonasiga bordi. Eshikni ochdi. Ichkaridan “Aka, kiravering” degan ovozni eshitgandek bo’ldi. To’xtab qoldi. Xonaga kirayotganida ukasi har doim shunday der edi. Balki o’rganish bo’lib qolgani uchun eshitilayotgandir deb o’yladi. Lekin ichkariga kirgani yuragi bormadi. O’z xonasiga kirib, kompyuterini yoqdi. Ichidan, oilasini rasmlarini ochib, birin ketin tomosha qila boshladi. Har bir rasmni ko’rganda, uni silab qo’yardi. Ba’zi rasmlarni eslab, ko’zidan yosh ham oqizardi. Ko’rib bo’lgach, kompyuterni o’chirib, uhladi.
Ertalab uni hech kim uyg’otmadi. Avval onasi uyg’otardi. Ishiga kech qoladigan bo’ldi. Chunki uhlab qolib, kech turdi. Nonushtasi tayyor emas. O’zi tayyorlamasdi. Doimo singlisi tayyorlab bergan. Oshxonaga borib, muzlatgichni ochdi. Ishtaxasi tortmadi. Bir o’zi ovqatlanishni odat qilmagandi. Muzlatgichni eshigini qayta yopib, xonasiga kirib, kiyinib, ishiga ketdi. Hayoli oilasidagilarda qolgan. Ishida ham unum yo’q. Unga hech kim e’tiroz qilmayapti. Uning hozirgi holatini hamma bilib turibdi. Shunga ho’jayini uni yoniga chaqirib, 2 haftaga ta’til berib, sihatgohga yo’llanma ham taklif qildi. O’ziga kelib olishi uchun. Qodir sihatgohga borishni rad etdi. Uyga qaytdi. O’tmishini esladi. Uydagilarga aytarli vaqt ajratmagan ekan. Ko’chada yurib, bezorilikdan beri bo’lmagan ekan. Har kuni kim bilandir mushtlashgan, yoki kimnidir haqorat qilgan edi. Tungi klublardan beri kelmasdi. Ba’zi paytlar uyga kelmay ham qolardi. Shularni esladi. Behuda o’tgan umriga achindi. O’tmishni qanday qaytarsa bo’ladi degan javobi yo’q savolni o’ziga berdi. Javobini ming o’ylab topa olmagach, yerni ko’p bora mushtladi...
Ertasi kuni tog’asi bilan amakisi kelib, o’tgan ruhiga duo o’qishdi. Qodirga ahvoliga qarashdi, ozib ketgan, sochlariga bir ikki oq oralabdi. Soqoli o’sib ketgan. Unga achinishdi. Keyin amakisi gap boshladi:
- Jiyan. Bir o’zing qiynalmayapsanmi?
- Yo’q. Qiynalmayapman.
- Ko’rinishing bunday demayaptiku.
- Ko’rinishim... oldingidek.
- Seni tushunamiz. Bir kunda butun oilangdan ajralish, sen uchun o’g’ir. Men uchun ham og’ir. Ular meni ham jigarlarim edi. Sendagi holat menda ham bo’layapti.
- Aynan mendagi sizda bo’lmayapti.
- Biza, tog’ang bilan masalahatlashdik. Hohlasang, menikiga yur. Biz bilan yashaysan. Yoki tog’angnikiga.
- Yosh bolamasmanku. O’zimni o’zim eplay olaman. Rahmat.
- Senga yosh bolasan demadim. Lekin hozir sen hech kimsiz yashashing qiyin. Bir fursat, biznikida yashab tursang, ancha o’zingga kelib olarding.
- Men o’zimdaman. Tug’ilib o’sgan uyimni tashlab keta olmayman. Uzr.
- Uzr so’rashing shart emas. Senga biz taklifimizni aytdik. Yana o’ylab ko’r.
- Hop. Rahmat.

Ular ketishdi. Yana Qodirni bir o’zi qoldi. Uyga kirib, otasini, onasini, ukasini, singlisini telefonlarini olib chiqdi. Yerga o’tirib, ularni birin ketin yoqdi. Onasini telefonini olib, o’zini raqamiga terdi. Telefoni jiringlab, ekranda “Onam” degan yozuv chiqdi. Chuqur nafas tortib qo’ydi. Ekrandagi “Onam” yozuvini bosh barmog’i bilan silab: “Kechiring onajon”, - dedi. Qo’ng’iroq tugagach, yana qayta qo’ng’iroq qildi. Ekranda “Onam” degan yozuv paydo bo’ldi. O’chguncha termulib turdi. Keyin otasini telefonidan qo’ng’iroq qildi. Keyin ukasi va singlisini telefonidan. Bularda ham ancha termulib turdi. O’zini huddi ular telefon qilayotganga ishontirishga harakat qilardi. Ularni his qilishga harakat qilardi. Qanchadir miqdorda bunga erishdi ham...

(davomi bor)


Sog' salomatlik...
 
DarkСана: Якшанба, 11-Авг-2013, 05:14 | Изох # 919
Иштирокчи
Гурух: VIP
Изохлар: 159
Тақдирланишлар: 1
Хурмат даражаси: 612
Холати: Хозир йўқ
boshida dada man ketaman, toqqa chiqib keli dganini oqishi bowladim-u, pastroqqa tushib borib oqishda davom etib, uyqularim kelib ketdi. sal pastroqni koray yana qancha bor ekan deb tushaverdim, tushaverdim... ooooxirida "davomi bor"ni oqiwim bn uyqularim ochilib ketdi... samimiy, kutilmagan va betoxtov kulgi ham chiqib ketdi behosdan... mazza qib kuldim, besababde, ahmoqlikdir, bilmadim lekin endi uyqu qochib ketdi kulaverib...

endi boshdan oqiyapman, uyqu qaytib kelar)))

ps. shunaqayam serhikoya bolasizmi oga, oz ozdan qoyib borsez bolarkan... mani telefonda hikoya oqiyotganimi korgan odam, qaysi asarni oqiyapsan deb sorab qolishadi...


 
Nilufar_93Сана: Душанба, 12-Авг-2013, 00:00 | Изох # 920
Иштирокчи
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Изохлар: 270
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 237
Холати: Хозир йўқ
Oqibatli bo'lish kerak ekanligini,Bu hayotda hammamiz g'animatligimizni eslatib qo'ydiz.
Boshqa yo'nalish...Detektiv va tragediya dirmidi...Kuzatamiz Kutamiz.


Haqiqat havoga o'xshaydi,nafas olib turasizu,o'zini ko'rmaysiz.
 
GiyosСана: Сешанба, 13-Авг-2013, 02:47 | Изох # 921
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 1130
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 59
Холати: Хозир йўқ
Dark, izohni uyqisirab yozganizga ishondim))


Hech kimsiz... (davomi)

Kechasi uyga kirishga yuragi betlamadi. Hozir kirsa, ko’ziga yana oilasini jasadi ko’rinadi. Uyqisi ham kelmadi. Hovlida gandiraklab, uyoqdan buyoqqa yura boshladi. Oxiri yurishga holi ham kelmadi. Hamma chiroqlarni o’chirdi. Hovlini chekkarog’idagi o’rindiqqa o’tirdi. O’kirib yig’lab yubordi. So’ng ko’zlaridagi yoshlarni artdi. O’rindiqqa yotib, uhlab qoldi. Qancha uhlaganini bilmaydi. Hovlidagi qadam tovushlaridan uyg’onib ketdi. Hovlida ikki kishi, uy tomon harakatlanayotgandi. Qodir, vaziyatni tezda fahmladi. Qotillar, uni o’ldirish uchun kelishgan. Demak, butun oilasi, uning deb o’lib ketishgan. Qodir joyidan qimirlamadi. Vaziyatni kuzatdi. Hovlidagi ikki kishi, avval hovlini kuzatib, uyga kirib ketishdi. Qodirni yotgan joyi ulardan uzoqroq va qorong’i bo’lgani uchun ko’rishmadi. Ko’rishgan bo’lsa ham, o’rindiqni ko’rishgan. Qodir, o’rnidan sekin turib, chekkaroqda turgan qalin yog’ochni qo’liga oldi. Sekin uyga yaqinlashdi. Eshikni orqasiga o’tib, ularni chiqishini poyladi. Ichkaridan Qodirni topa olmay, birin ketin chiqib kela boshlashdi. Qodir ulardan birini boshiga yog’och bilan urdi. Dup etib yiqildi. Ikkinchisi nima bo’lganini tushunmay qolayotganida uni boshiga ham yog’och tushdi. Ancha baquvvat ekanmi, yiqilmay qoldi. Qayta, qattiqroq tushgan zarbdan keyin yiqildi. Qodir borib, chiroqni yoqdi. Uyidan, arqonni olib chiqib, ularni bog’ladi. Yonidan pichoqlarini olib qo’ydi. Keyin militsiyaga qo’ng’iroq qildi... Amakisiga ham. Militsiyadan avval amakisi yetib keldi. Bu payt, shovqindan bir ikki qo’shni ham chiqib ulgurgandi. So’ng militsiya yetib kelib, Qodirdan voqeani so’rab, yozib, hovliga tushgan shahslarni olib ketdi... Amakisi Qodirga:
- Jiyan, senga aytgandimku, biznikiga yur deb. Qara, seni o’ldirib ketishlariga oz qoldi.
- Balki siznikiga borganimda, sizlarni ham o’ldirib ketishi mumkin edi.
- Tanirmiding bularni?
- Ha. Bu nusxalar bilan ko’p mushtlashgandim. Ablah ekanini bilardim. Lekin pastkash ekanini bilmagan ekanman. Kimdan gumon qilishniyam bilmayapgan edim. Mana endi tugadi hammasi.
- Haliyam kech emas. Biznikiga yur.
- Uyni chirog’ini kimdir yoqib turishi kerakku amaki.
- Juda qaysarsanda. O’zing bilasan. Men ketdim bo’lmasam.

Qodir, hovlidagi o’rindiqqa yana borib o’tirdi. Tonga ham otay deb qolgandi. Uhlagisi kelmadi. Uyidagilarini o’limida o’zini yanada kattaroq aybdor his qila boshladi. Uning ahmoqona ko’cha hayoti deb, butun oilasi o’lib ketdi... Qayg’uga botib qoldi.
Ertalab, uyg’ondi. Yuzini yuvib, oynaga qaradi. Sochiga oq oralabdi. Oshxonaga kirib, choy qo’ydi. Uyda bir o’zi hech nonushta qilmasdi. Nonushta qilgisi kelmadi. Uyida non ham yo’q ekan. Olib kelmagan. Shu paytgacha otasi olib kelardi. Choyni o’chirdi. Do’stlari, kechqurungi voqeani qayerdandir eshitib, unga telefon qilishdi. Bir kafega uchrashuv belgilashdi. Borib usha yerda, ubu narsa yeb gaplashib o’tirishdi. Do’stlari, unda oldingi Qodirni ko’rishmayotgandi. Ancha o’zgargan. Gapirishlari, fikrlari, avvalgi Qodirdan tubdan farq qilardi. O’zgargandi. Ancha vaqt gaplashib o’tirishdi. Keyin uy uyligiga tarqashdi. Qodir uyiga kirib, televizorni yoqmoqchi bo’ldi. Lekin yoqmadi. Xonasiga kirib, o’rnida yotdi. Uyidagilari hayoliga keldi. Aybdorlik hisi yana paydo bo’ldi. Tinmay kechirim so’radi. “Aybdorman”, - dedi. Yuragi borgan sari tez ura boshladi. Nafas yetishmay borardi. Tez tez nafas oldi. Ko’z oldi qorong’ilashdi. Boshi aylandi. Yotgan bo’lsa ham, o’zini yiqilib tushayotgandek his qildi. Ozginadan keyin o’tib ketdi. O’ziga o’zi “charchabman”, - dedi. Bunaqa ahvolda yashay olmasam kerak. Xotira meni qiynab, o’ldirib qo’yadi, - deb, narsalarini yig’ishtirdi. Telefonini olib, amakisiga telefon qildi:
- Amaki, menga joy hozirlang, siznikiga boraman. Qiynalib ketdim. Hech kimsiz yashay olmayman boshqa.
- Bo’ldi. Kelaver. Joy tayyor. Bemalol.

Qodirni amakisi, telfonda gaplashib bo’lgandan keyin, eshitib turgan xotini unga dedi:
- Endi butunlay shu yerda yashaydimi?
- Yo’q, butunlay yashamasa kerak. Uylangandan keyin, o’zini uyiga ketib qoladi. Hech kimsiz bo’lmaydiku.



Mualif: Giyos Gapparov


Sog' salomatlik...
 
AbbosbekСана: Якшанба, 18-Авг-2013, 18:18 | Изох # 922
Sayyod.com посбони!
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 3823
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 655
Холати: Хозир йўқ
Bu Xikoyani o'qib tasirlanganim uchun Sizlar bilan baxam köraman Odatiy shahar maktablaridan biridagi otadiy öquv kuni. Öquvchilar darsda ötirgan vaqtida qizlardan biri anchagina katta miqdordagi puli yöqolganligini aytib qoldi. Öqituvchi ayol sinfda ög'ri öquvchi paydo bölganidan nihoyatda g'azablandi. U xonadan hech kim chiqmasligini va öquvchilarning sumkasini bittama-
bitta tekshirib chiqishini aytib qoldi.
Tekshirish birinchi qatordan
boshlandi. Öqituvchi asabiy holatda hammaning sumkasini birma-bir nazoratdan ötkaza boshladi. Shu vaqtda oxirgi qatorda ötirgan qizlardan biri xavotirlana boshladi. U nihoyatda hayajonlanar, qöllari titrar, hadik bilan öqituvchiga tikilgancha öylardi: «Navbat menga yetib kelganida nima qilaman? Sumkamni ochib körishsa,sharmanda bölamanku!»
Nihoyat öqituvchi uning qarshisiga
yetib kelganida, qiz juda bezovta, közlari mungli, hadikdan qaltirab
turardi. Öqituvchi undan sumkasini
ochib körsatishni söraganida, qiz
sumkasini berishdan bosh tortdi.
Sinfda g'ala-g'ovur kötarildi.
Hammaning shu qiz ög'ri ekanligiga ishonchi komil edi. Öqituvchi bu safar baland ovozda qizdan sumkasini berishni söradi. Qiz rad etgach, g'azablangan öqituvchi uning yuziga tarsaki tushirdi va nafrat bilan pichirladi: "Ög'ri!" Qizning lablarining bir chetida qon izlari körindi, yuzlariga
yosh dumaladi. Öqituvchi qizni maktab direktorining xonasiga olib bordi. Direktor qizdan sumkasini unga berishni qat'iy talab qildi. Qiz sumkasini direktorga uzatarkan, yig'lagan ovozda pichirladi: "...men... ilojsizlikdan...." Direktor va öqituvchi sumkani ochib körishdiyu bir muddat jim bölib qolishdi. Sumkaning ichida bir nechta non bölaklari va ovqat qoldiqlari bor edi. Qiz mungli ovozda hammasini tushuntirdi: «Меn sumkamni sinfdoshlarim oldida ochib körsatishni xohlamadim. Ular menga past nazar bilan qarashlaridan, ustimdan kulishlaridan qörqdim. Меn doim sinfdoshlarimdan ortib qolgan non bölaklari va ovqat qoldiqlarini yig'ib yuraman. Uyga borganimda esa onam men va ukalarim bularni birgalikda baham köramiz. Mening otam ölgan...
Onam kasal... Ukalarim och... Bizning bundan boshqa tirikchiligimiz yöq..» Ustozlarning yuziga yosh sizdi. Qiz öksib yig'lar, yuzidagi tarsaki izi esa qizarishni boshlagandi.....
(manba Odnoklassiniki.ru dan)


1000 marta yordam ber baribir
unutishadi. Bir marta pand ber, bir
umr eslab yurishadi. .
 
GiyosСана: Якшанба, 18-Авг-2013, 21:36 | Изох # 923
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 1130
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 59
Холати: Хозир йўқ
Abbosbek, bu hikoya uchun, maxsus " Qiziqarli hikoyalar" mavzusi ishlab turgan edi...

Sog' salomatlik...
 
Zinnura_KСана: Якшанба, 18-Авг-2013, 22:08 | Изох # 924
Sayyod.com мухлиси
Гурух: VIP
Изохлар: 863
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 1466
Холати: Хозир йўқ
Giyosaka hands hikoyezni o'qib .. Tohir Malik ni "kim aybdor " asaridigi Sanjar o'brizi va uning o'tmishi ko'z oldimda gavdalandi...
Ishonamanki Qodir tez orada yaxshilik yo'liga kirb, o'tmishini qaysidur manoda to'g'irlidi...

Sizni esa yengicha yo'nalish va ajoyib ijod namunasi bilan tabrikliyman... hands


erka farishta....(m)....
 
DadaxonСана: Душанба, 19-Авг-2013, 11:47 | Изох # 925
Sayyod.com мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 203
Тақдирланишлар: 1
Хурмат даражаси: 244
Холати: Хозир йўқ
G'iyos aka davomi yöqmi? Yuragim ezilb orqaga tortib ketdi öqib. Xamasini öldirib ketdiya.
 
Поиск: