Hikoya
|
|
SmartDent | Сана: Сешанба, 12-Июн-2012, 23:32 | Изох # 426 |
Энг қадрли форумдош!
Гурух: VIP
Изохлар: 211
Тақдирланишлар: 4
Хурмат даражаси: 1093
Холати: Хозир йўқ
| Ko'zlarimizni kattaroq ochib qarashimiz kerak bu Xayotga..RAHMAT
Если хочешь, чтобы жизнь тебе улыбнулась,сначала сам улыбнись жизни:)
|
|
| |
Dilrabo | Сана: Чоршанба, 13-Июн-2012, 00:20 | Изох # 427 |
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 1188
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 628
Холати: Хозир йўқ
| Katta bog'...O'rik daraxti tagidagi supa...bobomizdan qolgan xotiralar...rayhon ifori...quyow...sevinch közyowlari..."advokat" ona...hamma-hammasi taniw,qadrdon manzaralar.Bor böling,qöwni.Quyow haqida bunchalar chiroyli gaplarni hech qayerda öqimaganman wu choqqacha.AJOYIB!Boringizga wukr.Ijodingizga baraka! Добавлено (12-Июн-2012, 23:20) --------------------------------------------- Bir kunlik sarhisobdan bir umrga saboq oluvchilar umridan baraka topsin,ilohim.Rahmat,qöwni.
Nigohimda jamdir bu olam...
|
|
| |
Loading | Сана: Чоршанба, 13-Июн-2012, 11:23 | Изох # 428 |
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
| Yo'lovchi! Qing'ir ishlari tufayli maxalladan quvilgan Nortoy ko'cha sang'ishdan bo'shay demaydi. Sang'iy-sang'iy "Katta bog' "ni jin ko'chalarida adashdi. Quyosh tikka ko'tarilganida, uning ustiga qulab tushganday bo'ldi. Xoldan toyib, devori nuragan uy soyasiga qo'ndi. Biroz tin olib, yo'lga tushishga chog'landi. Sapchip turgani xato bo'ldi. Ko'z oldi qorong'ulashib ketti. Boshi garangsirab, devor ushlab qoldi. Qo'shni uy eshigidan chiqan yosh juvon unga ko'zi tushgan zaxoti uy ichidan soqoli oqargan keshini boshlab chiqdi. Nortoy ayol kishini chaqirig'idan uyg'ondi. Qandaydur ayvon, shiftiga bedana to'rqovoqlari ilib qo'yilgan. Mayyin esgan shavboda hovliga ekilgan yalpizlarni bo'yini har tarafga to'zg'itadi. Odamni be ehtiyor qonib nafas olishga undaydi. To'rqovoqlar shamolda bir maromda silkinib turibti. Ichkari honada radio ovozi jaranglab eshitilyapti. Jannatdamanmi o'yladi Nortoy. Haligi juvon dasturxonga gullari jim-jimali kosani olib kelib qo'ydi. Nortoyga ko'z qiri bilan qarab, jilmaydi. Shart o'girilib ortiga qaytdi. Nortoy hali to'liq hushi o'ziga kelmaganidanmi, ayolni yuzini yaxshi ko'rolmadi. Avval qorin g'amini qilib olaychi, keyin ko'ngil hohshini bajaramiz deb o'yladi. Hayolan ishtaxasini qitiqlab tamshanib kosaga qaradi. Yuz tuzilishini buzib yuborgan ensasi "mexmonga qatiq berar ekanmi?" degan manoni bildirib turardi. Nortoy qatiqni simirib ichishdan ko'ra nonni bo'ktirib yeyshni hush ko'rar edi. Yuzasi huddi uni pishirgan ayolni yuzidek tarang yaltirab turgan nonni kosadagi qatiqqa botirdi. Yigit kosaga xayron ko'zlari bilan tikilib, botirgan nonini tishlab bir muddat ko'zlarini yumgancha chaynalib o'tirdi. Qoshiqni kosaga tiqib uch-to'rt marotaba kavlab ko'rdi. Bu sovuq taom mazali bo'lishiga qaramay Nortoy uni yeyishga ishtaxa qilmadi. Piyolada yalt-yalt etib ishtaxani qitiqlab turgan olchalik murabboga non botirg'izib yeyishni boshladi. Bo'y basti tuyadek keladigan bu yigit kasalvon bo'lsaya o'yladi Oydin. Murabboqni yeyishni boshlabtimi? Hozirgina "akroshkaga" non botirg'izib, boshlovdiku? Tavba birinchi ko'rishim bunaqasini. Ishtaxasiyam o'pqon ekande? Boshqa hech nima bermiman. "Hudo yetkazdi" deb hammasini yeb bitiradigan ko'rinadi. Tezroq choy opchiqib bermasam, dadamni sovuq choyini ichib qo'yadi. Dadamdan "Sovuq choy yo'qmi" deb men gap eshitaman. Oydin otasi guzarga chiqib ketganidan foydalanib bu yigitni bir jig'ini ezib qo'yishni o'yladi. Bitta qiz bo'lganiga sal sho'xroq. Akalarini xam bazan ishkalchilikda ortda qoldiradiigan taraflari bor. Chovgumda suv qaynagach choynakka bir xaftadan oldin quritib qo'ygan rayxonnidan solib choy damladi. Oshxonadan ayvongacha chunonan qotirib qadam tashladiki, Nortoy ichagiga tiqilib turgan nonni unuta yozdi. Oydin buni payqab o'z ishidan yanada ruhlanib ketti. Hontaxtaga choynakni asta qo'yib, kecha nikox kechasi o'tgan kelindek mulozamat bilan choy quyib uzatdi. - Choydan ching? Nega qarab o'tiribsiz? Biron nimadan yeng? - Raxmat, choy ichsam yetarlik. --Nortoy butun tanisi bilan nafas olishni boshlaganidan yuzlari qizarib, ko'zlari katta-katta bo'lib ketgandi. - Bir nima yoqmadimi mexmon? Hohlasangiz boshqa biror nima tayorlab beray? - Choyingiz rayxonlikmi deyman? Mazasi kelib turibti. --dedi Nortoy choydan extiyotkorlik bilan xo'plab. - Choyni nomi rayxonda o'rgilay. --Oydin tobora o'z qaxramonini maxorat bilan ijro etardi. "O'rgilay" jumlasixam ssenaridagi bir so'z edi. - Horijnikimi deyman, Mazasi asil Selon choyidaqa mazalik ekan. --Nortoy huddi o'zini horijiy davlatlarda bo'lgan odamdek tasavvur qildi. - Yana quyaymi? Iching bu shifobaxsh choy. -- Oydin "shifobaxsh" deganda hayolini qoralagan fikrdan tars yorilib kuldiyu, bir laxzada o'zini zo'rg'a to'xtatdi. - Nega kulasiz? Yoki meni mazax qilyabsizmi? --Nortoy bunday keskir qizni hecham ko'rmagandi. Hayolida o'zimga o'xshaganini uchratdimikin deb qo'rqib ketdi. Boya ko'ziga ayol qiyofasida ko'ringan edi, hovlida sipogina kelinchak bo'lib ko'ringandi, endi esa chaqmoqday bir qizni ko'rib turibti. Shayton vasvasa qilyaptimikan deb o'yladi. Bunday bo'lishini chindan istamaganidan, xira xashorotni haydagandek qo'llari bilan hayollarini to'zitishga urindi. - Yo'q voy!? Uyalinge, bunday o'ylagani. "Mehmon Atoyi Hudo" deb tarbiya olganmiz. Kulganim sababi umuman boshqa. - Ho'sh nimaga kuldiz? Menam kulay. Bir o'ziz, o'ziz bilan askiya aytishyabsizmi unda? --Nortoyni gumoni battar oshdi. Shart turib chiqib ketishni o'yladi. Lekin hali kun yorug' boradigan joyi yo'q. Ketolmaydi. Sababini o'ylab jilmayib qo'ydi. - Iya qiz bolani sirlari bo'ladi? Har nimani gapirish uyat bo'ladi. Munchalik bemaza bo'lmasez? To'risini etsam boya sizni ko'rib Menga atalgan er osmondan tushibdi deb o'ylab qoldim! --Ikkalalari birdek kulib yuborishdi. Ko'zlar uyalib har tarafga qochti. Oydin hayollarida chalkashib ketdi. Aslida o'zi suyilib ketgandek tuyildi. Sir boy bermay vaziyatni izga solishni o'yladi. Bunisi ortiqcha bo'ldi. Nortoy mazax bo'layotganini boshidan aniq bilib turgandi. Lekin o'zini aybi, bolaligidan shunaqa, chiroyli qiz ko'rsa tilini chiqaraveradi. O'rnidan turib zinaga qarab yurdi. Oydin ayyor tabassum bilan " Chap qo'ldan ohirgi eshik" deb dasturxonni tartibga keltirishni boshladi. Qizni o'ylaganidek bo'lib chiqdi. Rayhonli choy mehmonni mazasini biroz qochirdi. Endi sir boy bermay ichidan mazza qilib kulib o'tiradi. Ammo havotir bo'lib turgan joyi yo'q emas. Choy tasiri kuchayib ketib, yomon tasir ko'rsatsachi? Negadur mexmon burchakdagi xonaga borib, kirmay qaytib keldi.Добавлено (13-Июн-2012, 10:16) --------------------------------------------- Nortoy ko'cha eshik shu tarafda deb o'ylabti. Qiz nega unga xojatxonani ko'rsatganini chunmadi. Qizning maqsadi mana endi ayon bo'ldi. Aniq mazax qilyabti. O'zimdan battar qiz ekan deb o'ylab qoldi. Boyagi shirin hayollarini o'rnini shaytoniy istaklar quvlab ketti. "Uni uyga olib kirgan soqollik kishi otasi bo'lsa kerak?" Nortoy boyagi maftunkor tabassumli qizni, Ayyor tulkiga o'xshaib yubordi. Unga qaramay ayvonni yon tarafiga qayildi. Oydin biroz kech bo'lsada noto'g'ri ish qilib qo'yganini bildi. Yigitni uyga qaytishini iltimos qildi. Uzur so'radi. Aybini bo'yniga oldi. Otasi qaytguncha o'tirib turishini iltimos qildi. Nima sababdan bunday qildi, Oydin o'zi ham bilmadi. Ketsa ketavermasmidi? Oydin qancha sho'x bo'lmasin yolg'on gapni yomon ko'rardi. O'zi xam yolg'on ishlatmaslikka harakat qilardi. Sho'xligi tutganda o'zini yolg'ondan tiyolmasada ohirida albatta yolg'on ekanini aytib, bildirib qo'yar edi. Otasi uyga qaytib kelganda "ketib qoldi" deyishi yolg'on bo'lmaydi. "Nega ketti, tuzukmi?" degan savolga yolg'on gapirolmasligini bilardi. Oydin qilgan bugungi ishlari, hazil deb o'yin qilganlari asoratli bo'lishini bilmasdi. Nortoy hontaxta oldiga qaytdi. Hushi to'liq o'ziga kelib doyimgidek qing'ir o'ylashni boshladi. Qizga bir boshidan, boshqattan sinchkovlik bilan tikildi... " Hozir dasturxonni taribga keltiradi, sochini bir qo'li bilan ushlab turadi, ro'moli yo'q, ha sochini bir qo'li bilan ushlashga urinadi, ko'ylagini ikkinchi qo'li bilan yopib turadi, ishni qaysi qo'lida qiladi? Bezni ishi besh Nortoy. Unga o'yin qilish qanaqaligini ko'rsatib qo'y. Dodini ber. Umrini ohirigacha tishini oqini ko'rsatmaydigan qilib qo'y. O'zicha seni o'yinchoq qilmoqchi ko'rinadi, Bir mazza qilib o'ynatmaysanmi?" Nortoy shularni o'ylab "Albatta" deb ovozini bemalol qo'yib gapirdi. Oydin mijozni oldida hato qilib qo'ygan afitsantdek tipirchilashni boshladi. Shoshganidan ikki qo'li bilan sochini tartibga keltirishni boshladi. Chap qo'li bilan ko'ylagini yopib, O'ng qo'li bilan bir idishlarni yeg'adi, bir tushib ketgan sochlarini taramlaydi. "Ko'zini lo'q qilmay har nima bo'lgur, Uyat degani yo'q ekan. Qiz bola, uyaladi demaydiya?" shularni shivirlab ikki qo'li bilan idishlarni tezgina ko'tarib oshxonga bordi. "Qarashib yuboraymi"siga balo bormikan?! Ko'zlarini o'yib olish kerak bunaqa be xayoni" Oydin oshxonada idishlarni do'q qilib yuvib, joyladi. Oddiy qora choy damladi. Ikki qo'li bilan sochini tartibga keltirgan bu go'zalni qalbini o'g'irlasang arziydi. "oyoq-qo'li chaqqongina ekan. Oyimga kelin qilsammikan?" Nortoy ko'ksini silagancha yana "albatta" deb qo'ydi. "Sho'xgina qiz ekan? Otasi balki ataylab yolg'iz qoldirgandur? Balki otasi uydadur? Ey ha?! Chundim! Jinoyat ustida qo'lga olib pul undirishmoqchi. Yoki boya "To'risini etsam boya sizni ko'rib menga atalgan er osmondan tushibti deb o'ylab qoldim!" degandi. "Qizini shaytonligidan it iskamagan bo'lsa shartta menga uzatadi qutiladi" deb basharasi bujmaydi. Qaysi axmoq bog'bon, pishib yetilgan mevani qo'yni oldida qoldiradi. Hay-hay Nortoyboy Bo'ri deng, bo'ri!" ayyor kulib qo'ydi. Nortoy tobora qizni qilgan o'yinidan o'ch olishni o'ylay boshladi. Otasi kelguncha ishini bajarib qochib qolishni o'yladi. Qaytib kirganini sababi xam shu edi extimol? Bu qarorida zarracha ikkilanish bo'lmadi. "Shaqillatib quchoqlab, cho'lpillatib o'paman. Hushi boshidan uchaganidan o'zi xoxlab qo'ynimga kiradi" Nortoyni boshi voh-voh degandek qimirladi. Nafasi tazlashiganidan tomog'i tez qurib qoldi. Muzdak sharbat bo'lsa tomoqni xo'llab olishni o'yladi. Oshxona ostonasida Oydin ko'rindi. Qadamlari notekkis, cho'chip qadam tashlayabti. Uyda begona bilan yolg'iz qolganini endi payqagandek. "O'tirishini qarang buni? Kotta holasini uydami savil qogur?! Choynak bilan boshinga bir tushursamda, tipirchilab qolarmiding?" Oydinni yuragiga g'ulg'ula kirib bo'lgandi. Yigit kelishgan bo'lishiga qaramay tomirida shayton oqib turgani sezilib turibti. Qayoqdanam o'yin qildi? Dadasi kelgunicha bir korhol bo'lmasaydi. Yordam so'rab baqirsachi? Qo'shnilar oldida sharmandasi chiqadi. "Dayus o'lgur shundoq qizini bir begona bilan qoldirib ketadimi?" deyishlari aniq. Tosh bo'ron qilib o'ldirsalar qanidi! Bir umr do'g' ko'tarib yuradimi? Oshxonaga qaytib otasi qaytishi kutsamikan? O'g'ri bo'lsachi? Hech nima qilishga kuchi yetmasligini o'ylab ayvonga ko'tarildi. Baxona qilmasin deb piyolani to'ldirib choy uzatdi. Qo'lini silagan qo'lni shunchaki tasodifga yo'yib tomoq qirdi. Ko'zini oldini hira qilib turgan soch tolalarini orqaga taramladi. Ro'mol o'rab olsa bo'lar ekan. Endi o'rasa yigitni tasavvuriga boshqa xayol keladi. -Mehmon siz o'tiraturing men bir ovqatni boshlay? --Bu chochib qolish uchun baxona edi. - Yo'q ovora bo'lmang otangiz kelsalar sizni topshiramanu ketaman. Yana hozir ketib qolsam ko'z yosh to'kib, soch yulib qolmang? --Nortoy bu gaplarni shunday maxorat bilan gapirdiki yuzidan hazillashganini bilib bo'lmasdi. - Hazilkash ekansiz. Ovqatni sizga emas o'zimiz uchun tayorlayman. Nasibangiz bo'lsa yeb ketarsiz. Yana ochizdan ko'cha-ko'yda cho'zilib qolmang. Iymonli odamlar har qadamda uchramaydi hozir! - Maylin unqada ser go'sht qilib palovxonto'rani damlang qani. Ham tez pishadi ham bu belga quvat bo'ladi? Boyagi sovuq shildir sho'rva kerakmas. --Nortoy gapni mo'ljaliga aniq urdi. Buni qizni qovoqlari uyishidan bilish qiyin emasdi. - Boshizdan oftob urganida bu eng yaxshi davoku? Raxmatiz shumi? Iya juda bezbet ekansizku? --Oydinda boyagi qo'rquvdan asar ham qolmagandi. Добавлено (13-Июн-2012, 10:23) --------------------------------------------- Jaxli chiqib qolsa o'ngu-so'liga qaramay yonib ketadi. Ovozini balandlatganidan shunaqa o'xshaydi. - Voy boshim, hozir yorilib ketadi! Chidolmiman. Biror nima qilsangizchi? --Nortoyga qizning "quyosh urdi" degan so'zi juda qo'l keldi. Oydin soddalik qilib bonkadagi salqin choyni olib yigit tarfga o'tdi. Tizzalab o'tirgancha choydan quyib yigitga ichirdi. Ko'z-ko'zga tushdi Nortoy dod voyini davom ettirdi. Lekin Oydin undan ko'z uzolmay qoldi. Qulog'i kar, ko'zi nurini yoqotdi. Laxzada dushmanlik urnini sevgi muxabbat egallab oldi. Huddi ertak, sevgi seriallaridek maroqli tuyg'u. Oq otsiz xam shaxzoda bo'lar ekanku degan hayol uni garang qilib qo'ygandi. Nortoy buni bildi. Har qalay bunday vaziyat unga begona emas. Qizni qo'lidan piyolani olib qo'ydi. Qiz tamom ila tuzoqda. Ko'zlar to'qnashuvidan nafas tezlashdi. Endi bir maromda yagona odamdek nafas olishni boshlashdi. Yurak notinch uradi. Lablar, lablarga tekkanda Oydin hushiga keldi. Ayvondan otilib chiqib oshxonga berkindi. Derazani quliflab eshik tagiga kechagina dadsi olib kelgan bir qop kartoshkani tiradi. Yosh boshi o'ylamagan narsasi qolmadi. Etagiga lablarini ishqayverganidan lablari bo'yoq surtkandek qizarib ketti. Jirkanch! O'zi bilmay qoldi! O'yinda yuttim deb o'ylagandi. Oydin bilmasmidi? G'alaba bazan o'yin o'rtasida keladi va aldamchi bo'lishini? Otasiga nima deydi?! Qanday bosh ko'tarib yuradi. Sezib turib nega jarlik yoqasiga bordi. Olovni ko'rib kuydirishiga naxot aqli yetmadi? Endi nima bo'ladi? Oydin dadasiga miq etmasdi, lekin bu ayyor tulki hammasini aytib bersachi. Dadasi uni xam o'ldiradi, qizini xam? Deraza oldida odam soyasi ko'rindi. "Dadam bo'lmasinda ish qilib? Yo'q! Tezroq kelsinlar" derazada be o'xshov kulgichli yigit ko'rindi. - Nega qo'rqasan xazil qildimku? - Nima qilib qo'ydiz? Endi men nima qilaman?! Nomusimga tegishga nima xaqqiz bor edi? Yaxshilikka javobiz shu bo'ldimi? --Oshxonadan shunday baqiriq ovozlari eshitildi. - Qanaqa nomus? Ettima bular rejasi shunaqa deb. O'pkan bilan homilador bo'larmiding?! Sodda qiz ekansanu? --Nortoy boyagi o'ylaganlari xaqiqatga o'xshaydi. Bu joyda bir nima bo'lyapti. Biton yo'lakdan chetlashib, hovlini kesib ko'chaga qarab qochti. U boshqa hech qachon bu uydagilarni umuman eslamadi. Na yaxshiligini va na mazax qilganlarini. U shunchaki tasodifiy yo'lovchi edi xalos. Oydin nima bo'lsa bo'ldi dediyu, uyni o'z holiga keltirib hech nima bo'lmagandek yuraverishga qaror qildi. Boyagi o'ylagani yolg'on so'z aytishning hojati yo'q. Sababi yigit rostan ham ketib qoldi. Hisob tenglashdi. Ko'zini qizarganini oyisini sog'inganidan deb bahona qildi. Otasi uni ovutgan bo'lib "qiz bola rostanham juda mexribon bo'lar ekan" deb o'yladi. Usha voqiyadan keyin oradan sal kam to'rt oy o'tib ketti. Oydin vujudida yana bir yurak urmayotkanini, hali bokira ekanini alla qachon so'rab bilgandi. Lekin nima sababdan usha bezori yigitni unutolmayotganini bilolmasdi. O'zi boshlagan o'yinda tamom ila mag'lub bo'lganini tan oldi. U ismini bilmaydigan yigitga ko'ngil qo'ygandi. Yuragida sog'inch va xadikli qo'rquv bilan yashashni boshladi. Endi bir umur uni unutolmasam kerak deb qo'rqdi. Sog'inchi jumbushga kelib bazan tunlari ovozssiz uzoq yig'lardi. Uyiga kelgan sovchilarni xar birini usha yigitdan deb quvonib ketardi. Biroq u begona uni eslamayotganini bilmasdiham. Oydin ko'p o'zgarib qoldi. Ichidagi gapini sira yashirmasdi. Faqat bir dona siri bor edi. Usha suyuq yigitni sevardi. Hayolan qayta-qayta salqin choy tukancha uzoq o'ylanib, o'z hayolidan o'zi uyalib ketar edi. Oydin boshini kursi suyanchig'iga suyab mungli musiqa tinglarkan ko'ksida nimadur uni jonlantirib senchidi. Bir muddat bu nima ekanini chunishga urindi. Chungach "Naxotki uni o'ylamay qo'ygan bo'lsam? Lekin qachondan beri uni o'ylamayabman? Ziyovuddin bilan uchrashuvimdan bir kun oldin yig'laganim esimda. Demak armonli sevgi o'rnini baxtli oila degan tuyg'u egalashni boshladi. Yuragimga senchilgan bu nish armonli sevgining kuchsiz quroli edi halos. Alvido begonam, sen hayotimdan bugunoq butunlay chiqib ketasan. Bugun meni to'yim. Men baxtimni topdim. Loading...
Faqat 3 ta shart!
|
|
| |
Dilrabo | Сана: Чоршанба, 13-Июн-2012, 13:40 | Изох # 429 |
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 1188
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 628
Холати: Хозир йўқ
| Hikoya nihoyatda qiziqarli yozilgan.Voqealar ketma-ketligini kuzatiw jarayonida Oydinga nisbatan xavotir hissi vujudga keliwi mumkin.Wu haqda o'z fikrlarimni aytsam:Xatoliklar ibrat oliwga undaydi. Avvalo,uydagilari Oydinni yolg'iz qoldiriwi katta xato.Oydin uyiga tasodif kelgan begona odamni nega öyin-mazax qiladi?! Bu uning fe'limi yoki tarbiyasizligi?Yana buyog'i Nortoyning tobi yöq bölsa,eng asosiysi nomahram bölsa! Umuman olganda qizning niyati yomon bölmagan,u sodda qiz bölsa kerak.Lekin,aqlli emas menimcha.Nortoyga kelsak," yulduzni benarvon uraman", deb adawdi...Hikoyaga tarbiyaviy tomondan tuwuntiriladigan gaplar biroz qalinroq qog'ozga öralganda nur ustiga a'lo nur bölar edi.Ammo,buni Oydinning öylari va harakatlarini yoritiw davomida bilintirmaslikka harakat qilingani hikoyani wa'riy tomondan qolipga keltirgandek...Hikoya haqida fikrim wular...(Endi aytmoqchi bölganlarim Loadingning uwbu hikoyasiga taaluqli emas!Umuman olganda wa'riy hukmlardan uzoqlawiw asar ruhiyatining ma'naviy köriniwini buziwdan bowqasiga yaramaydi.Buni özini musulmon hisoblagan har bir ijodkor yodda tutmog'i lozim,nazarimda.)
Nigohimda jamdir bu olam...
|
|
| |
Loading | Сана: Душанба, 18-Июн-2012, 15:42 | Изох # 430 |
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
| Majnun tol.
1-qism
Katta anxor bo'yida o'sgan majnun tol, poyida qancha yuraklarni majnun holida ko'rdi. Bazan achchiq muxabbat qismatini tinglab bardoshi yetmay lovullab yongisi, so'ngra anxorga qulab parchalanib ketishni istardi. Qanday bardoshli bo'lmasa bu odamlar? Dardsiz daraxtham xatto qaddini tik tutolmay qoladi. Majnun tol ostidagi yoshlar esa tik turib jon berayotgan askarga o'xshaydilar. Yo'q. Bunday emas. Ular g'alaba jangi boshlanganida jang maydonini tashlab qochishmoqda.
Siyovush bugun yana anxor yoqalab mayus qadam tashlab boradi. Bu uzun yo'lakdagi har bir chechak, nobodot Ziyodani eslatib shivirlashadi. Sarxush etuvchi baxor qo'shig'ini kuylaydi ular. Hammasi usha kunlarni yodga soladi. Faqat endi Majnun bu ko'chalarda yolg'iz qadam tashlaydi. Siyovush mayus daraxt oldida to'xtadi. Suvga sochlarini yuvib turgan majnun tolga boshini qo'yib chuqur xo'rsindi. - Demak sen ham hursandsan? Sochingni yuvib, o'zinga oro berayabsan. Majnun tol, iltimos sen to'yga borma. Buguncha men bilan qol. Axir meni kim eshitadi? Qaydan dalda topaman? Mana bu anxor dardimni tinglarmidi? Yo'q, u meni eshitishni istamagandek to'lqinlarini tez oqizib qochadi. --Siyovush ko'zlarini yumushni istamaydi. Yumolmaydi. Ko'zlarida qalqib turgan yosh oqib ketadi. Ko'zidan tomgan yosh vadasini buzgani bo'ladi. G'ururini emas, sog'inchini yengolmaydi. Nigoxini osmonga tikib uzoq o'tirdi. Mayin esgan baxoriy shamol kurtak gullarini havoga to'zg'itdi. Azim chinorlar qish faslida avaylab asragan yaproqlari hamdard shovulladi. Osmonga yomg'irli bulut keldi. Majnun tol bezovta silkinib yigiti yuzini siladi. "O'rningdan tur, baxting uchun ohirgi soniyaga qadar kurash" deb undayotkandek tuyildi. -Yo'q bugun uning to'yi. Sevgimni sof ekanini isbotlash uchun ham to'yga bormayman. U meni ko'rgan zaxoti biror ko'ngilsizlik yuz beradi. -- Shamol endi chang to'zonga aylandi. Butun tabiat bu kundagi ayriqdan no rozi kayfiyatda isyon ko'tardi. Siyovushni hayolidan shu fikrlar o'tib birgina hulosani berdi. Bugun uni so'ngi marotaba ko'rishga axd qildi. Yuqoridan qog'oz o'ralgan og'ir jism tushdi. Siyovush etiborsiz umid nazari bilan qog'ozni ochdi. Ziyodani xatiga o'xshar ekan. Xa ziyodani xati. Mana ohiriga "Ziyoda" deb yozib qo'yilgan. Siyovush quvonchidan turgan joyida baqirib rossa sakradi. Majnun tolni avval boks qopidek mushtladi so'ngra quchoqlab, upib qo'ydi. Xatni qayta o'qidi.Добавлено (18-Июн-2012, 14:42) --------------------------------------------- 2-qism "Siyovush agar biz "baxt daraxti" deb nom qo'ygan majnun tol sizga xatimni yetkazgan bo'lsa juda xursandman. Agarda bu xatni bugun o'qisangiz iltimos qilaman meni shu joyimizda kuting, men albatta kelaman. Bordiyu qandaydur sabab tufayli kech o'qigan bo'lsangiz yoki Alloh bizni boshqa uchrashtirmaslikni taqdir qilib xatni o'qimay qolsangiz meni kechiring va baxtli bo'ling." -- Chang to'zon battar tuzg'iy boshladi. Anxor suvining oromi buzildi. To'lqinlanib, shiddat ila qirg'oqga kelib o'zini uradi. Siyovushni birdan avzoyi buzildi. Bunday ob-havoda Ziyodani kelmasligi aniq. Axir bugun uning to'yi. Agarda havo ochiq bo'lgan taqdiridaham u kelolmasigi kunday ravshanku? Bu nima qilgani? Siyovush bunday savollar yomg'irida ivib og'ir yuk ko'targan hammoldek bo'shashib o'tirib oldi. Atrofga umidsizgina lekin sinchkov nazar soldi. Hech kimni ko'rmagach tolga yelka qo'yib suvning to'lqinlariga tikilib qoldi. Quloqlariga Ziyodani ovozi tinmay eshitiladi. Qora bulut ortiq ko'z yoshini tiyib turolmadi. Siyovushni ichida yana alamli so'zlar qaynashni boshladi. -Uni mendan ayirib endi yig'layabsanmi osmon? hech bo'lmaganda bir necha soat kulib chiqmasmiding quyosh? Uni so'ngi bor ko'rishimni naxotki istamasa butun tabiat? Majnun tolim mening baxtli kunlarimni guvoxi, chin sevganimning sen bilasana? nega sen buni chunasanku, odam bo'lib meni chunishmadi? --Majnun tol kokillari shamolda hilpiraydi. O'zini gox u tamonga, gox bu tamonga tashlab uvillaydi. Uzoqdan Ziyodani chaqirgani eshitildi. Yigit usha tarafga qaradi, U xam qizga peshvoz chiqib yugurdi. Oq libos yer bilan bittadek kir bo'lib ketgan, nozik qo'l qo'pini yuzasi qon bo'lib ketgan. Ularni o'rtasida bir qadamgina masofa qolgan, qo'llar hayajon bilan to'qnashdi, nigoxlar umid bilan boqadi. Aytish uchun so'z topilmadimi yoki bo'g'izlarida tiqilib turgan og'ir bir tosh bunga to'sqinlik qildimi? Ular faqat chuqur nafas oladilar. Qizning ko'zidan qora yosh oqadi. Yigitni bardoshi yetmadi. Kelinning ko'ylagidan bir parcha matoni yertib qizning ko'z yoshini artdi. - Nega yertasiz mana ro'molcham borku? --Ziyoda titroq bosgan ovozida gapirdi. - Yana biror nima degin. Ovozingni sog'indim. --Siyovush qizning qo'lidan ro'molchasini olib avval chuqur nafas olib hidladi, Ko'zidan tirqirab ketgan yoshini artib qo'ydi. Ro'molchani bir muddat ko'ziga bosib turdi. - Yig'loqi, aldabsizde mani? Ko'z yosh bo'lmaydi deb vada bergandizku?! - Men emas ko'zim yig'layabti. Sendek go'zalni boshqa ko'rolmasligini bilgan xar qanday ko'z yig'laydi billsang? Meni ko'zim esa seni sevadi, mendek sevolmasa kerak? Lekin seni sevadi. O'zing xam yig'layabsanku? - Men axir qiz bolaman. --Ziyoda ro'molchasini so'ragandek qo'l uzatdi, yoki bu harakati hayajonidan yuz berdi. - Yo'q bermiman bu menda qoladi. Oradan yillar o'tib kelinimga sovg'a qilaman. Hozircha mana buni ishlatib tur. --deb Siyovush kelin ko'ylagidan yana pir parcha uzib berdi. Osmonda qarsillab chaqmoq chaqdi. Sevishganlar majnun tolning ostiga yashirinishdi. Ular bu g'animat daqiqalarni ko'z yosh bilan o'tkazib yuborishni istashmadi. Hayollariga nima gap kelsa suxbatlashib ketaverishdi. Ular kulgan sari osmoning avzoyi ham ochildi. Quyosh kulib chiqdi. Anxor suvi yana sokinlashdi. Ular uchun bugungi kun tugamaydigandek edi. Quyosh daraxtlar ortiga qochdi, keyin esa anxor suviga bo'yoq quydi. Rangli buyoqdan ufqqa rangli bulutlarni chizib charchadimi? Oy kelganda quyosh uxlab qoldi. Kutilmaganda Ziyodani chaqirib ukasi kelib qoldi. Ukasi yuguraverib charchagani ko'rinib turibti. Bayramona libosidan faqat pochasi shimarilgan shim va oq ko'ylagi qolgan. Oyoq kiymini changiga qarab bo'lmaydi. Bolani ortidan Ziyodani akasi va otasi yugurib kelishdi. Ular sevishganlarni ko'rib umuman xayolga kelmagan xayolga borishdi. Ular Ziyoda o'zini suvga tashlab cho'kmoqchi bo'lganida yo'lovchi yigit uni qutqarib qoldi deb o'ylashgandi. Aka Siyovushni qo'lini qattiq siqib minatdorchilik bildirdi. Ota qizidan xavotiri kuchlilik qilganidan raxmat deyishni xam unutib qo'ydi. Ular Ziyodani yetaklab ortga qaytishdi. Yaqindagina qochib ketishni reja qilib o'tirganlar, vaziyati kelganda lom mim demay nigoxlar bilan xayirlashishmoqda. Siyovush bor ovozida sevgi izxor qilib otasidan qizini qo'lini so'ramoqchi bo'lib ichi to'lib turibti. Chidashga majbur. Juda qiyin vaziyatda qoldi. Yo'q, chidolmadi. Ziyodani chaqirdi. Qiz otasini qo'lidan otilib chiqdiyu joyida qotti. Lablari "iltimos ayting" deb pichirladi. - Tinchlikmi yigit?! Nega baqirasiz? -- Ota xolatdan xayratga tushib Siyovushga yuzlandi. - Baxtli bo'ling, Kuyovdan boshqa qochmang xo'pmi? -- deb javob berdi. Ota qizini yetaklab yo'lida davom etdi. Aka bir muddat joyida o'ylanib turdi va yigitni yoniga qaytdi. - Tanisanmi singlimni? -- Aka shunday deb yigitni yelkasiga qo'lini qo'ydi. - Xa taniman. - Qanchadan beri tanisan? --aka bu javob bo'lishi mumkinligini bilsada baribir xayratlandi. - 4 yildan beri, nima eshitmaganmisiz? -- Siyovushni savoli yana bittaga ko'paydi. Oldiniga otasi va akasi uni tanishmagani, keyin esa Akasi singlisi xaqida endi bilib turgani. Uni hayron bo'lishiga sababi bor edi. Ziyoda unga uyimda hamma sizni taniydi deb aytgandi. Foto suratlarini uydagilariga ko'rsatgandi, uning gapi bo'yicha. Lekin akasi uni birinchi marotaba ko'rib eshitib turganini aytgach nima deb o'ylashni bilmay qoldi. - Chunarli bizga bir og'iz etsa bo'lardi, Sevganim bor deb. Ko'ngliga qarardik. Nima bo'lsa bo'ldi. To'yni to'xtatib bo'midi. Ukam omadini bersin. Sinimni boshqa bezovta qilma, eslamayam.
Faqat 3 ta shart!
|
|
| |
Nosir | Сана: Душанба, 18-Июн-2012, 22:26 | Изох # 431 |
Иштирокчи
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 492
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 261
Холати: Хозир йўқ
| Bu xikoyani ruschadan o'zbek tiliga o'girdim qo'ldan kelgancha. xatolari bo'lsa uzr. Kunlarning birida ishdan qaytayotib ko'zim gul sotiladigan joyga yaqin turgan keksa cholga tushdi, uning soqollari o'sib ketgan bir ahvolda edi, u gullarga qarab nimalarnidir o'ylardi, keyin u sotuvchi ayolni yoniga yaqinlashib: - qizim, mana bu gul qancha turadi? deb so'radi... - Xey alkash, omisanku nima qilasan mani vaqtimni olib, bor ishini qigin... Chol esa turgan joyida qimirlamas, gullardan ko'zini uza olmas edi. - Nima didim sanga, bor araveni tort... Shu joyiga chidab tura olmadim, sotuvchi ayolni yoniga kelib jahl bilan: - Otahon so'ragan gullari qancha turadi ? deb so'radim. - Besh ming dedi sotuvchi ayol zo'rg'a ovozi chiqar chiqmas. - Mana sizga o'n ming, ikkinchi bunaqa muomala qilmang o'zingizdan kattalarga... Gulni olib cholga uzatdim, uning ko'zlari yoshlandi... - Bugun kampirimni tug'ilgan kuni, shunga gul olgani kelgandim, yonimda faqat shu pul bor deya menga cho'ntagidan besh yuz chiqardi... - yo'q yo'q otahon, pulingizni cho'ntagingizga solib qo'ying, kampiringizni meni nomimdan tabriklab qo'ying, xoxlasangiz yuring, sizni kuzatib qo'yaman dedim... - raxmat, boradigan joyim uzoq emas, huv anavi yolni narigi betiga o'tib olsam bo'ldi... Chol bilan xayrlashdim, u esa yo'lni narigi betiga o'tdi-da qabriston ichiga kirib ketdi... Ko'zlarimga yosh keldi, cholning kampiri shu qabristonda yotgan ekan...
Samimiyat va xush kayfiyat...
|
|
| |
Loading | Сана: Чоршанба, 27-Июн-2012, 17:36 | Изох # 432 |
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
| Vada berib nega ko'z yoshga olib kevossiz? Endi tezroq yozim. Ettim Adxamni nega topolmayabman dib.
Faqat 3 ta shart!
|
|
| |
Dilrabo | Сана: Пайшанба, 28-Июн-2012, 12:34 | Изох # 433 |
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 1188
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 628
Холати: Хозир йўқ
| Yo,qodir Alloh,barcha yaxwiliklar özingdan.Rahmat Adham sizga.Qadrdon singlimizning aqliga köz tegmasin. .Aqlli singlim Gulfina, bu hikoyaning avvalida ham hammani yig'latgandingiz.Yig'latmayman deb yana yig'latdingizku...Ijodingizga baraka!
Nigohimda jamdir bu olam...
|
|
| |
Loading | Сана: Пайшанба, 28-Июн-2012, 14:05 | Изох # 434 |
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
| Gulfina avval sizga so'ngra esa Adham sizga rahmat. Bu hiloya qaxramonlari bizni duo qilishgan. Qolgani sir! )d
Faqat 3 ta shart!
|
|
| |
Feruza | Сана: Пайшанба, 28-Июн-2012, 14:31 | Изох # 435 |
Рўйхатда
Гурух: Янги аъзо
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 268
Холати: Хозир йўқ
| Raxmat Adxam Loloshechka xikoya juda ayanchli ekan .Dushmanimga xam farzand dog'ini ravo ko'rmiyman.Bolalarimiz doim boshimizga omon bo'sin,orqamizda qosinlar iloxim.
|
|
| |
Dilrabo | Сана: Пайшанба, 28-Июн-2012, 14:52 | Изох # 436 |
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 1188
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 628
Холати: Хозир йўқ
| Eng achchiq ne'mat ölim ekanini his qilganman...Barcha yaxwiliklar Allohdan.SubhonAlloh.Rahmat sizlarga Adham va Gulfina.
Nigohimda jamdir bu olam...
|
|
| |
Loading | Сана: Жума-муборак кун!, 29-Июн-2012, 20:15 | Изох # 437 |
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
| Омадсизлигиданми ёки бушанг Зоиржонни иши хеч олдига силжимади. Отаси қаршилик қилишига қарамай қариндошларни зури билан уни қушни қишлоқдаги қизга уйлантириб қуйишди. Уйланиб ишига барака киргандек булди. Лекин хали бирор тайинлик фойда куринмади. Шу йили хосил зур булди. Насибжон ота бир катта машина картошкани Зоирга ажратиб бердилар. Сотиб узини унгласин деган мақсадда. Хар эхтимол акасини қушиб жунатдилар. Қараб юрар, ургатар деган мақсадда. Пойтахт бозорида одам тумонат. Юк машина эшиклари очилмасдан харидорлар навбат туриб олишди. Буни курган Зоирни чехраси ёришиб кетди. Кутарачиларга сотишни хожати қолмади. Ака-ука бозор тарқагач шахар айланиш мақсадида йулга чиқишди. Шинамгина ошхонада утириб битта яримтани бушатиб қуйишди. Ошхонани бир четида кичиккина сахна бор эди. Одамлар купайганидан сунг сахнага бир чиройлик аёл кутарилди. У жуда гузал эдими ёки кайфи ошган Зоирга шундай куриндими? Иржайганча аёлга тикилиб утирди. Аёл микрофони қулига олиб бир нималар деди. Қандайдир катта ютуқ хақида гапиргани аниқ. Шундан кегин чаққон йигитлар стол оралаб одамлардан пул йиғиб чиқишди. Зоир аввал 10 000 сум тикди. Уйин бошланди. Уйин қизигандан қизиди. 400 000 сум қулдан бой берилди. Зоир қолиб уйинга акаси киришиб кетти. Укасидан қарз олиб бир кунлик савдо пулини ютказиб қуйди. Бурни қизариб ака-ука бир-бирини судрагандан бери булиб машинага қайтишди. Савол нигохи билан билан қараб турган хайдовчига нима булганини Зоир гапириб берди. Хайдовчи аввалига ака-ука ахмоқларни мазах қилиб росса кулди. Кегин эса бошига биров ургандек жиддий булиб қолди. Индамай машинага чиқиб ухлади. Эртанги бозор кечагисидан чаққон булди. Сунги қопни савдолашганларида соат кечки 10:40лар атрофи булиб қолганди. Кечаги аламли мағлубиятни аччиғи хали босилмадими? Юкхонани тартибга келтирмай қимор хонага отланишди. Хайдовчи буни пайқаб иш хаққини талаб қилди. Ака-укага айни дақиқада бир танга хам ютуқ учун мухум эди. Хайдовчи бир дуқ қилиб пулни қуртдек санаб олди. Жахил устида кетиб қолишни уйлагани хам сир эмас. Насибжон отани яхшилиги куз олдига келиб ховури босилди. Машинани уёқ-буёғига қаради. Болалари учун пойтахтдан ул-бул харид қилди. Бу вақтда қимор авжи нуқтасида эди. Кимдур ютса кимдур сукиб, бақириб чиқиб кетарди. Зоир кечаги ютказган пулини тенг бараварича ютиб олди. Уйин тунги иккилар атрофигача чузилди. Мана энди сунги уйин булиб утади. Бошланғич қуйилма бир милионга тенг булиши керак. Зоир омади келиб турганини билиб хамма бор пулини тикишини таклиф қилди. Шундай хам булди. Фақат уйинда саккизта иштирокчи қолди. Қолганлар уйиндан чиқди. Зоир қулга тушди. У бор пулини ютказиб қуйди. Бир дона рақам етмай қолдия. Эшик олдида бошини чангалаганча утириб қолди. Акасини чарсиллатиб бошига уриши анча узига келтирди. Яна шалпайиб машинага қайтиб келишди. Хайдовчи уларга насихат қилган булди. Улар бадандаги ароқни алласига ухлаб қолишди. Насибжон ота буриллатиб сукканидан хамма қурқарди. Хатто қушни қишлоқдагилар хам билишади. Неваралар туғилгандан бери сира овоз қуйиб сукмаган эдилар. Сукинмасалархам булмайдида. Катта булиб қараб юр деб катта уғилни юборса-ю, укасини қиморхонага бошлаб борса? Қанча мехнат бир пул булди. Насибжон ота жуда хафа булдилар. Бир машина картошкани пулига лоторея уйнаш ахмоқликни узгинаси эмасми? Миш-миш шахардан қишлоқга келгунича хар қанақа булиб кетти. Биров икки машина экан деса. Бировлар Зоирни лақма деб эмас қиморбоз деб аташни бошлашди. Улфатлар орасида шуллер деган ном беришди.Добавлено (29-Июн-2012, 19:15) --------------------------------------------- Этканча тугади. Бу риал воқия эди!
Faqat 3 ta shart!
|
|
| |
Dilrabo | Сана: Жума-муборак кун!, 29-Июн-2012, 21:08 | Изох # 438 |
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 1188
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 628
Холати: Хозир йўқ
| "Ahmoqning aqli töpig'ida",deb bekorga aytiwmaganda.Halol-haromning farqini ajrata biliwganda bu ahvolga tuwmasdi...Loading qöwni hikoya mohirona tasvirlangan.Ibratli hikoya.Ijodingizga baraka.
Nigohimda jamdir bu olam...
|
|
| |
Loading | Сана: Сешанба, 03-Июл-2012, 20:18 | Изох # 439 |
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
| doc Adham do'stim. Daftardan ko'chirvosmi deyman? Endi yomon qiziqtim. Tezlashtiring.
Faqat 3 ta shart!
|
|
| |
Giyos | Сана: Сешанба, 03-Июл-2012, 23:01 | Изох # 440 |
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 1130
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 59
Холати: Хозир йўқ
| Kechikdim, shoshdim... qoqildim...
“Kun o’tib borayapti. Ba’zida ko’p ishlarga ulgura olmayman ham. Hali yoshim ham oldinga chopib ketayapti. Mana hozir uylanadigan paytim ham keldi. Kimnidir sevib qolsam, ushanga uylanardim”....
Ba’zilar aytishadi, sevib turmush qurish kerak deb. Boshqalar esa teskarisi, ota ona topganiga uylanish kerak. Hamma ham sevib sevilgisi keladi. Ko’proq o’zi topib, sevib uylanishni hohlaydi. Lekin u oldin kimnidir sevib, keyin yoqotgan bo’lsachi? Unda qanday qilib yana qalbida muhabbat qachon paydo bo’ladi. U keyin sevishi qiyin bo’ladi. Usha sevgan qiziga o’xshashini qidiradi. Topadi ham. Lekin u qiz buni yoqtiradimi? Yo’q. Uni boshqa yoqtirgani bo’ladi. Keyin yana boshqa qidiradi. Topadi. Faqat harakteri yaqinini. U ham buni yoqtiradi. Lekin aytishmaydi. Chunki bu yoqtirish. Sevish emas. Hali tuyg’ularini aniq bilishmaydi. Xato tuyg’u deb noto’g’ri izhor qilishdan cho’chishadi. Ikkalasi ham bir biriga yaqin ekanini sezadi. Qiz kutadi yigitdan izhor. Lekin yigit qayerdan ham aytsin. Hali unda oldingi sevgidan iz ketmagan. Aytilmagan sevgi u ham. Buni ham ayta olmayapti. Yoki hali o’zi tuyg’ularini aniq bilmayapti. Aniq bo’lsa aytadi. Vaqtlar o’tadi. Yigit ishlaydi. Vaqti juda kam bo’ladi. Hech kimga vaqt ajrata olmaydi. Qizni ham borgan sari unuta boradi. Unga oldingi sevgisi qadrliroq bo’ladi. Exx. Unuta olmaydi. Lekin bu qizni unuta boradi. Unutdi ham. Yolg’iz qoldi. Vaqtlar o’tdi. Tanish raqamdan sms keldi. Bu usha qiz. Yana eski xotaralar qo’zg’aydi. Yolg’izlik jonga tekkan. U bilan munosabat qilmoqchi bo’ladi. Javob yozadi. Yana vaqtlar o’tadi. 1 oyda bir bora telefon qiladi. Ushanda ham maroqli suhbat bo’ladi. Shu yo’sinda yana vaqtlar o’tadi. Sal bo’lsa ham ko’ngilda bir narsalar paydo bo’ladi. Lekin yigit baribir ayta olmaydi. Uylanishimga yaqin aytaman deb o’ylaydi. Bir bir ko’chada tasodiffan ko’rishib qolishadi. Shunda ham kam gaplashishadi. Chunki boshqalar noto’g’ri tushunishmasin deyishadi. Yana vaqtlar. Qalbda oldingi yoqtirish kamayib borayotgandek. Yigit bir kun qo’ng’iroq qiladi. Lekin qiz ko’tarmaydi. SMS yozmoqchi bo’ladi. Lekin yozgisi kelmaydi. Biroz o’tib qiz qaytib qo’ng’iroq qiladi. - Allo. - Allo, Qalesiz? Uzr boya qo’ng’iroq qilganingizda olomadim. - Yaxshiman. O’zingiz yahshimi? Hich qisi yo'q bo'lib turadi. - To'y boshlab qo'ydik. Boya bo'lajak kuyov bola uchrashgandim. Yonimda edi. - Ha shunday deng. Tabriklayman. Baxtli bo'ling. - O'zi nimaga telefon qilgandingiz? - Bugungi kasb bayramiz bilan tabriklamoqchi edim. - Voy, kattakon rahm . . (Yigit telefonni qo’yib qo’ydi)
Ha. Qiz kutmadi. U kutdi. Juda ko’p kutdi. Lekin yigit ayta olmadi. Qizni esa uyidagilar boshqaga uzatishni hohlashdi. Qiz qanday aytsin, “men bir yigitni yoqtiraman, u meni yoqtiradimi yo’qmi bilmayman”, deya olmaydiku. U yigitni kutsayu, yigit boshqaga uylansachi? Shuncha umri qolib ketadimi? Uni ham o’z orzu havaslari borku. Vaqtliroq farzandli bo’lgisi keladi. Yigitni shuncha kutgani ham yetarli edi. Yigit bechora “shunday qizni qo’ldan chiqardim” deya afsuslanadi. Uni so’ngi so’zlarini eshitishga yuragi ham chidamagandi.
“Kun o’tib borayapti. Ba’zida ko’p ishlarga ulgura olmayman ham. Hali yoshim ham oldinga chopib ketayapti. Mana hozir uylanadigan paytim ham keldi. Endi menga sevishni keragi yo’q. Ulgurmayman. Kech qoldim sevishishga. Endi Ota onam topgan qiz yoqsa, ushanga uylanaman.”....
Vaqtlar o’tdi yana. Yigit onasi topgan bo’lajak turmush o’rtog’i bilan uchrasha boshladi. To’y muddati yaqinlashdi... Ishdan qaytayotgan edi. U qizni ko’rib qoldi. Bu u yoqtirishini aytishga kech qolgan qiz edi. O’yladi. “Menimcha, alaqachon bolalik bo’lgan” deb. Salomlashdi. Qizdan bolalaringiz yahshimi deb so’ray olmayapti. Barmoqlarida negadir nikoh uzugi yo’q. Hayron bo’lib qaradi. Qiz uni nima demoqchi ekani tushundi: “Sizdan boshqasiga rozi bo’la olmasdim. Shuning uchun to’yga rozilik bermadim. Sizga esa qaytib qo’ng’iroq ham qila olmadim. Qo’ng’iroq qilishingizni kutgandim. Lekin siz qo’ng’iroq qilmadingiz. Man endi sizni o’zingizni ko’rdim” deb aytdi. Yigit cho’ntagini kavlab, unga to’yiga taklifnoma berdi...
Sog' salomatlik...
|
|
| |
Giyos | Сана: Чоршанба, 04-Июл-2012, 01:08 | Изох # 441 |
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 1130
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 59
Холати: Хозир йўқ
| Kechikdim, shoshdim... qoqildim...(davomi) (boshi avvalgi betda)
Qiz buni kutmagandi. Yigitga qaradi. Ma’noli qaradi. Nahotki.... Qizni ko’zidan yosh tomchilari asta sekin namayon bo’la boshladi. Yigit ham nima qilsin. Ortga endi yo’l yo’q. Ahdu paymon qilgani alaqachon bor. Taklifnomalar taqatilgan. Xalq to’yni kutmoqda. Boshi berk ko’chada edi u. Nima qilishini ham bilmasdi. Qizni baxti uchun qo’lidan nima keladi? Shuni o’ylardi. O’ylab o’yini tagiga yeta olmasdi. Qizga birgina gap: “Meni kechiring. Men kech qoldim. Keyin shoshdim” deya oldi. Qiz esa: “Men qoqildim” dedi. Ular ajralishdi. Galma galdan bir birlarini ortlaridan qarab qarab qo’yishdi. Qizni ko’zida yosh. Yigitni ko’zida mayuslik. U bir narsadan afsuslanardi. “Nega ushandan keyin qo’ng’iroq qilmadim. Nega men uni boshqa eslamadim. Endi u qiz meni deb baxtsizmi? Men deb u kelayotgan baxtidan voz kechib, meni kutdimi? Menchi? Men esa bunday qila olmayman. Chunki boshqa qizni baxtsiz qilishni istamayaman. Endi meni taqdirim boshqa bilan. Men unga hislarimni aytmaganman. Axir bu do’stlik bo’lishi ham mumkin edi....” deb o’ylardi. Juda afsuslandi. Vijdoni uni aybdorsan deb har daqiqa eslatardi. Uzoqlarga qochib ketgisi kelardi. Lekin o’zidan qocha oladimi? Yo’q. Qocha olmaydi. Endi bu shunga loyiq. Vaqtida hammasini qizga aytganda bunday bo’lmasdi. Kech qolmaganda, qiz qoqilmasdi. Yigit onasi topgan qizga uylandi... U qizni esa boshqa ko’rmadi. Vaqtlar o’tdi. Ayolini juda qattiq sevadi. To’ydan keyingi qattiq sevgi, bir birlarini hech kimga ishonishmaydi. 3ta farzandli bo’lishdi. Farzandlarini katta qilishdi, tarbiyalashdi, o’qitishdi... Yana usha yo’l. Yigit endi bir oilani boshlig’i bo’lgan. Farzandlari o’qishni bitirib, uylanishga tayyor. Yo’lda ketib borayapti. Oldidan bir chehrasi juda tanish ayol kelayapti. Eslolmayapti. Xaaa esladi. Bu axir ushaku. Ular shu yerda ajralishgandi. Ayol uni bittada tanidi... suhbatlashishdi. Unga “o’zgarmabsiz” dedi. Usha paytdagi xotiralar bilan o’rtoqlashishdi. Ketar chog’larida ayol sumkasidan taklifnoma olib, unga nimalardir deb yozib, uzatdi. “To’yga o’tarsiz, kutaman” dedi. Erkak hayron, “nahotki shuncha payt yolg’iz...” deb o’yladi. Taklifnomani shoshib olib o’qidi. “Hayriyat. O’g’lini to’yi ekan. Kelin tushirayotgan ekan. Baxtini topishiga ishonardim. Qoqilgan bo’lsa ham yiqilmabdi” deb pichirlab yo’lda davom etdi...
PS. Hech qachon kech qolmaylik. Kech qolsakda shoshmaylik. Sizni, bizni deb o’zgalar qoqilmasin. Qoqilsa uni turg’azib yana yurishi uchun yordam beraylik. Mehr oqibat yoqolmasin....
(Tugadi)
Sog' salomatlik...
|
|
| |
bek88 | Сана: Чоршанба, 04-Июл-2012, 01:24 | Изох # 442 |
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 1565
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 649
Холати: Хозир йўқ
| Taqdirning kulishlariga chidab, noilojlikdan aldab, Yashar edi bir bola nodon, Uyi yo’q, joyi yo’q, qalbi esa vayron Go’dakligida onasidan ayrilib, otasi ketgan edi xatto qaramay ham qayrilib Urilib-surilib katta bo’ldi u, yirtiq shim, moy ko’ylak kiyim bori shu Ko’cha bo’ldi uning onasi, bozor esa otasi, shudir hayotning ma’nosi.. Kuniga og’ir ishlar, bir chaqa talashishlar O’zining halol nonin uchun kurashishlar Xullas hayot shunday o’tar edi har kun, bola uchun Begonadir Mehr-oqibat, do’stlik va sevgi Uning birdan-bir boyligi bu uning erki..ozodligi Lekin bola sinmas edi yo’qlik zo’ridan Ayrilib qolgisi kelmas edi erkidan, boridan Bilardi mol-mulk bo’lsa chiqolmaydi boylik to’ridan Lekin qahramonimiz hayotida o’zgarish Qizlarni ko’rgan edi ammo bu boshqa qiz Bir ko’rishda sevib qoldi u, uning uchun taqdir tuzog’idi bu U qiz esa go’zallikda tengi yo’q, Uni ko’rsa ko’ngil bo’lar edi cho’g’ Afsuski qizni xech kimda ko’ngli yo’q Ammo bolaning qalbiga sanchilgan edi o’q [yo’q...yo’q] Endi bola yashay olmasdi uni ko’rolmay Xatto ismini ham qolgandi u so’rolmay Yeyolmay, icholmay, yashashni ham istamay Yurar edi bola bechora unga erisha olmay Lek tug’uldi yana bir imkoniyat Bola endi tanishishga qilgan edi niyat[ye ana endi ketdi Ko’zlar ko’zga qadaldi, so’zlar so’zga bog’landi Bahonada tanishdi, yana uchrashuvga kelishdi Uyg’ondi qizda ham bolaga xis- tuyg’ular Ammo ular bilmasdi buning davomi ne bo’lar.. Sevgi, xis-tuyg’u o’zi nima bu? Yurak bu ermak, hayot bori shu. O’lasan-kuyasan, keyin ado bo’lasan Hayotda san kimsan, sevgida bir malaksan!! [endi qiz haqida bir og’iz gap..Yo..Yo] Taqdir bag’ishlagan edi u qizga go’zallik va chiroy Ota-onasi bor, mehrli oilasi bor, o’zi esa erkatoy Qizning otasi edi boy, ikki etajli uy misoli bir saroy Qiz esa albatta krastotka, qo’lida ikkitadan sotka, chiroyli pahodka Xullas qiz yashar misoli bir jannatda, hayoti o’tar albatta farovattda Uni ketidan esa qancha bollar ergashib, qolishar edi o’zaro talashib Qizni bo’sa ular bilan ishi yo’q, axir uning bunaqaga ko’zi to’q Shuning uchun u bilardi va kutardi o’z shaxzodasini Kutardi u o’ziga o’xshagan tengi yo’q yorini Istardi bajarishini barcha zorini, ayamasin u borini[xaxa] Lekin u bilmagan edi, bir gado bolani sevib qolishin Afsus u o’ylagan edi, bir boyvachchani o’zi ilintirishin Lekin endi sevgi tuzog’iga ilindi o’zi Nima ham qilsin endi yetmaydi ko’zi, o’tmaydi so’zi Qiz ham qattiq bo’lib qolgan shaydo, lekin yori boy emas aksincha u gado Bir-birin ishqida bo’ldilar ado, krasotka qiz ham endi bo’lgan edi gado Bundan kelib chiqar bir ma’no, Sevgida shoxu-gado, bo’ladilar ado Qiz endi uyalmaslik uchun, yordam ko’rsatdi bolaga shu kun Kiyintirdi uni, uy-joyi endi bor, bola endi xech nimaga emas edi zor Moshinayam bor, qo’lida telefon, Ish- joyli bo’voldi o’zgardi endi to’n Endi qiz ham baxtli bolayam taxtli, bu hikoyamda qiz qilgan edi mardlik Kuniga uchrashuvlar, qimmatbaho sovg’alar, o’yin-kulgular bo’lar Xullas baxtli ikki yosh, Bu yoshlik edi bebosh Ularni qurshagan endi kuchli xis- tuyg’ular Ammo ular bilmasdi buning davomi ne bo’lar... [Sevgi, xis-tuyg’u chiroylidir u Qalbning, dardning makonidir shu Boylik, hiyonat - muhabbat o’limi Afsus ularning baxti cho’zilmadi uzoqqa, Bola boy bo’lib tushib qolgan edi tuzoqqa Ishlari chatoq, olib ketishdi uni qamoqqa Barchasining sababi edi albatta pul, bola nafsin tiymadi Qizning umidlari bo’ldi endi kul, butkul ayrildi Gap shundaki bola qora yo’lni tanladi Kelajagin o’ylamasdan uni vayron ayladi, Qizni esa o’ylamay, uni hayron qiladi Qiz bergan edi borini unga, Bola esa qalbini sotgandi pulga Sevgi, xis- tuyg’u o’tkinchi bo’ldi u Aytganimday boylik, hiyonat muhabbat o’limi bu Bola unutgan edi barcha qizning yaxshiligini Boylik ko’r qilib qo’ygan edi uning ko’zini U eng asosiysi unutdiku sevgini, nahot money sotib olsa uning yuragini Bu hikoyam tugamaydi yaxshilik bilan afsus Kimdir qoladi xursand, kimlar esa mayus Lek mani birdan-bir niyatim hali- xanuz Tushunib yetgin ey do’stim keyin qilmagin afsus Xullas unutma kecha kim eding bugun esa kimsan San xudo emassan, shunchaki uning bandasisan
Sayyod.com hayotim bir bo'lagi.
|
|
| |
Loading | Сана: Чоршанба, 04-Июл-2012, 19:25 | Изох # 443 |
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
| Bekjon aka ammo gap yo'q. Faqat boshimni chayqab o'ylavotman.
. , . . . , Giyos sms yozdim kelishdik. . . . . . . . . . . Gulfina, loloshechka va Adxam. Hikoya uchun raxmat. Nima qilamiz? Hayotda shunaqasi bo'lar ekan!
Faqat 3 ta shart!
|
|
| |
Loading | Сана: Чоршанба, 25-Июл-2012, 02:40 | Изох # 444 |
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
| Oradan yillar o'tib farzandini orzu-havasini eshitgan ona quvonib ketti. Tanish bilish, qarindosh-urug' orasida o'g'lini aytgan so'zlarini qayta-qayta takrorlashdan sira charchamadi. Oilasi buzulib ketkach Risolat uchun bu eng zo'r ruxiy dalda bo'ldi. "Onajonim sizni dunyodagi eng boy odam qilaman. Qo'yliqqa ko'chib olilik bolalar kiymini olib kelib sotaman. Chunki bolalar kiymiga doim talab bor." Oradan yarim yil vaqt o'tti. Ajralish mojorosiga erining axmoqliklari qo'shildi. Chaqirtirilmagan idora, sud zala qolmadi. Natija esa hamon nol. Risolat bir o'zi oddiy shifokor bo'lib oilani boqayotgandi. Qiyinchiliklar kundan kunga ortdi. G'iybat to'la gap so'zlar yetmagandek, eri tarafidan o'ynashlar xaqidagi mish-mishlar ortiqcha bo'ldi. Risolat garchan urishib qolgan bo'lsada qo'shni ayolni maslaxatini esladi. " Bunday gap so'zlarga etibor bermang. Farzandlarizni o'ylang. Siqilib bolalarizni ko'nglini xira qilasiz." Alloh mexribon, kun sayin hayot izga tusha boshladi. Erkaksiz uy baribir biri kamdek ekan o'yladi Risolat. Boshqalarni bolasi gapirsa xazilu, menikilar gapirsa.. Ha qo'shnimni dilini no haq og'ritgan ekanman. Gapirmasligim kerak edi. Va nihoyat O'zbekiston hududida borilmagan sud zallari tamom bo'ldi. Er-xotin o'zaro bir uyda begonadek yashashga qaror qilishdi. Risolat uyda deyarli bo'lmasdi. Asosiy vaqti kasalxonadagi tungi navbatchilikda qolardi. Uyda bo'lgan kuni sobiq eri ko'chaga chiqib ketadi. Bolalar qorni to'yganiga shukur qilib yuraverishdi. Xonada telefon jiringladi. -Alo! Assalomu Alaykum. - Siz Alini onasimisiz? - Xa men. Tinchlikmi? Kim bu o'zi so'rayotgan? - Bu kapitan Nuriyev Qalqon. Shay.Tox tumani yoshlar bilan ishlash bo'limdan. - Armiyaga so'rovnomami? - Ali bugun maktabdoshini mobil telefonini o'g'irlagan. Yaxshiyam guvoxlar bo'lgan. Suxbat tezda yetib boraman degan javob bilan yakunlandi. Risolat ishonmasdi. Kuchli bo'lishga urinardi. Lekin uni boy qilishga vada bergan o'g'li bu yo'lni tanlaganiga chidolmadi. Alini xaqqi yo'q edi. Och qolmagandi, o'g'rilik qilishiga chunish qiyin. Qayerda adashdi ekan? Nima uchun o'g'li kissovurlik qiladi? Unga kim urgatti. Maktabidagi yuqori sinf o'quvchilari bolaginamni qo'rqitib, yo'ldan adashtirishdimikan? Nega buni menga aytmadi. Qaysi payt etsin? Qachon etsin bechora bolam? Olti kun ishlab yettinchi kuni kelib faqat baqirsam, dam olay deb ularni yana uzimdan uzoq qilsam? Jamila qizimchi? Akasi o'g'ri bo'ldi. Lekin yigitchilik, yuzini yorug' qilib ketaveradi. Qizim qay axvolda ekan? Hamma dugonalari sirlarini oyisi bilan sirlashgan kunlarda, u kimni dugona qildi ekan?
Risolat o'g'lini uyda qoldirib ishga shoshildi.Добавлено (05-Июл-2012, 18:28) --------------------------------------------- Бу хикоя Т700 мобил телефонимда ёзилган сунги хикоя булса керак?
Do'stlar! Oradan ko'p o'tmay u meni yo'qlab keldi. Maqsadi nima ekan bilolmadim. Bu yigitni u deganimga hayron bo'lmang. Ha biz juda qalin do'st edik. Bolalik yillarimiz birga o'tgandi. Maktabda bir sinfda o'qidik. Huddi kino, hikoyalardek. Bir maqsad, bitta reja bo'yicha ish yuritar edik. Oliygoxda o'qishni davom ettirib yurgan yillarimiz. Baxorni ikkinchi oyi bo'lishiga qaramay kun qizigandan qizib ketti. Hamma soya salqinga qochadi. Avditoriyada men va u qolgandik. Bitiruv imtixonlariga tayorgarlik. Mavzular yuzasidan baxslashar edik. Birimiz o'qituvchi ikkinchimiz talaba bo'lib savol-javob o'tkazardik. Eshik ochilib bir qiz kirib yonimizdan o'tib qo'shni partadan nimadurni oldi. Yana indamay ortiga qaytib chiqib ketti. Biz unga etibor bermadik. Oradan 3-4 daqiqa o'tar o'tmas Zafar menga "sezdingmi" deb savol berdi. Ha men bu hushboy atir sepkan qizni ko'rish xayoli bilan o'tirgandim. Lekin nomalum sabab bilan qizni do'stimdan qizg'ondim. Darsini qilishini aytib o'zim Добавлено (05-Июл-2012, 18:32) --------------------------------------------- qiz bilan uchrashish istagida diqqatimni jamlolmadim. Zafar xam kitob daftarini yeg'ishtirib qo'ydi. Men undan qayoqqa borishini so'radim. U aytdi. Men qarama-qarshi tarafga ketishimni ettim. Shu kuni yo'llarimiz ayroq tushdi. Men usha qizni topolmadim. Zafarni oldida xam uyatga qoldim. Mendan hafa bo'ldimi uyam o'zini olib qochadigan bo'lib qoldi. Oradan ko'P o'tmay u meni yo'qlab keldi. Maqsadi nima ekan bilolmadim. O'zim uchun ham bu suhbat juda kutilgan edi. -Qaleysan? -O'zin qalesan? Yo'q bo'b kettin. -Hammasiga usha hushboy atir ayibdor. -Menga darsini qil deb o'zing uni izlabsande? -Ha sen boshqa manzilni aytib. Qizni qidirgani ketkaningdek. -Buni bilganmiding? -Ha sendan so'rab o'zim ham o'qishga qaytdim usha kuni. Lekin usha qizni topmadim. - Man toptim. Oradan ko'P o'tmay u meni yo'qlab keldi. Maqsadi nima ekan bilolmadim? Menimcha beshik to'y aytib kelgan. Добавлено (08-Июл-2012, 22:37) --------------------------------------------- Kunlarning birida Fazliddini telefoni jiringladi. Miliy bog'ga yugurdi. Yo'q ....... ketib bo'lgandi. Hiyobonda suv yoqalab yurdi. U nimani izladi yoki kimni bilmaydi. Suv bo'yida bir yigit o'tirardi. Fazliddin uni eshitishni hohladi. Yoniga borib o'tirdi. Biroz qoni tinchlangach yigitni holatiga kirdi va savol bilan suhbat boshladi. - Oka ular hiyonat qilish uchun dunyoga kelganmikin? - Bilmadim? Shuni anglolmay o'tiribman. - Bu dunyoga kirganizga qancha bo'ldi? - Bir yil bo'ldi chamasi? - Ho'sh bir umurga yetarli bo'ldimi? - Oka o'ziz shu dunyoga prizidentmisiz diman? Qayoqdan shuncha malumot? -- Yigit hayron bu shaxs o'zi kim. Nega o'ylayotganini eshitib turganek savollar bermoqda. Yoki hayolga berilib ovozim balandlashib kettimi? Deb o'yladi. - Ha men bu dunyoda oddiy fuqoro. - Demak bu joyda yolg'iz emassiz. Ko'ziz uni qidirvotti. - Ex xey. Bir yil ichida natija yomon emas? Tashlab kettilami, yoki o'ziz voz kechtizmi? - Ha endi oz-moz. Tashlab ketti. Faqat o'zini zemlakiga erga tegarkan. - Ux man yoqtirgan mavzudigisi! Unga boylik kerakmas. Savgi degan katakka qizil X belgisini qo'yamiz. Faqat vaqt o'tkazish. Malaka oshirish, malumot almashish uchun kerak bo'lgansiz? - Voy tochna ustasi ekansiz. - Ustamammi yo'qmi o'zimga foydasi ko'rinmidi. - Demak do'st bo'lib qogansiz? Lekin u haliyam sizni do'stdan ko'proq ko'radi? Erga teydimi? - Da albatta! - Bormi haliyam. - Bor eri, endi oila qurdiku? - Loxmasu xotin shustri. To'rimi? - Besh tashen. - Qani mexmon qilaman olin. - O'rto man chakmiman. O'rgatadi dib o'ylamen? Bilib turibmanku? - Xop. Bilib qoldiz. - O'zizdan gapirin. Ulani ishi hiyonat qilish. Birovni ishiga aralashish yaxshi odamlaga yarashmidi. - To'ri etasiz? - Faqat zemlakka erga tegadide u qiz? Sizni unutib. - Ha. Nima qipti erim yo'g'ida to'rilicha telefon qisam hech nima qimidi? - Yo'g'ey? Hamma dardlarini gapirib ohirida hazil divorgin. Man bu shunchaki quvonch yoshikan dib o'yliman. - Gap yo'q okam!? --kulgudan o'zini bosib yigit savol berdi. - Balki unutishni o'rgatarsiz? - Yo'Q. Har qaysi jins vakilini unutish uchun shu jins vakili yordam berolidi. - Nima qili? - Boshqasini topin diman? Ayezni kataloglaridan bo'sin bu safar. Yana suv yoqasida bitta o'ziz o'tirgiz kemasa. - Voy tan berdim borku? Nomer almashilik. - Man o'g'il bolaman?! Nima didim siz nima qivossiz? - Oka seryoz. O'zimni bir nima qilishshi o'ylavotudim. - Axmoq bo'men ey. Bo'bti soat 22:40 bo'pti. Ertaga ish. Uyga kettim. 486-67-58 - Mana bu nomer maniki. Shu bilan Fazliddin uyga qaytdi. Tasodiflar bazan oson yechim beradi. Добавлено (20-Июл-2012, 00:25) --------------------------------------------- O'rgatganda o'rgandim!
Биз дустлар билан куча чангитиб юрган кунлар эди. Қаршимиздан икки севишган келарди. Аслида бундай жуфтликларни куриб хавасим келади. Шунга қарамай дустларим олдида булганимгами, уларга узимни курсатиш мақсадида қизга гап отиб тегажонлик қилдим. Йигит "хақиқий эркак" экан. Қизни узига тортиб "сур эй" деб қолди. Албатта бу менга ёқмади. Бу эса дустларимга ёқмаси аниқ. Йигит узини эхтиётини қилиб, узини босиб олиб давом этти. "Урто кучани одамимиз, оладиган қизим." Нима булди-ю қизни ярим очиқ сочиқ аврати мени баттар шайтонга ён босишга ундади. Йигитни гап билан бир ёқлик қилишни уйладим. - Даюс экансанку, уғил бола? - Нима дивос ока? Эркеман?! - Уғилбола -- сухбатка қушилди бир дустим. - пляжда юрибтику бунин? Уйланадиган қизини шунақа олиб юрасанми? Явно даюссан! - Манга қараларин, пашола вопшем?! Юрин жон, нима иши бор ман билан? -- албатта-ки қиз узини туғри деб хисоблайди. Йигитни холати узгарди. Демак хали ақли бор, айбини туғрилайди. Лекин дархол эмаслиги тайин гап. Хозир уни ноқулай ахволга солдикми, уни энди қуллаб юборишимиз шарт. Биз йулда давом эттик. "хоп кияман" деган қаттий қарор қулоғимга чалинди.
Мени синглим ойим, опаларим туфайли мен даюс булиб қолмаябманмикин? Добавлено (23-Июл-2012, 20:46) --------------------------------------------- Hotira
Tomoqni quritib esayotgan shamol jilvalanib turgan suvni yuzasini chayqata boshladi. Quyoshning olov purkashidan zada odamlar soya salqin joy izlaydilar. Kuning bu vaqtida cho'milish oromgoxida odam qaynaydi. Hammani dardi bir, biroz bo'lsada salqin bo'lish. Suvga oyog'ini osiltirgancha o'tirgan Diyora ularga etibor bermaydi. Sababi uni bu yerga boshqa sabab yetaklab kelgan. Diyorani yuragini yondirayotgan olov oldida quyoshning tafti tongi sabochalik. Diyora o'zini endi hech qachon kechirolmasa kerak? Nima uchun usha kuni bunday bo'ldi? Qayoqdan hayoliga bu bemani shart keldiyu, uni nega Po'latga aytdi? - Po'lat aka? - Xo'o'vv... - Mani eshitvosmi? - Faqat sani eshitvomman jonim. - Po'lat akooo'?! - Nima? - Manga qaren. - Ko'zlarim faqat sanda. - Mani sevasmi? Aldab ketmisizmi? Sizsiz yasholmasligimni bilasiza? - Yana shu savolmi? - Nima qipti? Qancha ko'p sevsez shuncha yaxshi. Manam sizni...! - Qani isbotlachi? -- Po'lat bo'sa talab qildi. Diyora uni quchoqlab yig'lab yubordi. Huddi uni yoqotib qo'yadigandek edi. Po'lat qizni sochlarini mayin silab qaytadan sevgi izhor qildi. - Sizchi isbotlamisizmi? - Oy keremi? Yulduzmi? -- Po'lat qizning yelkasiga qo'l qo'yib ko'zlariga qaradi. - Mana bu ko'prikdan o'zizni tashen. -- Diyora ich-ichidan bunday qilmasinlar deb turardi. Lekin oshkor etmadi. Po'lat qiynroq shart so'radi. Yo'q shart o'z kuchida qoldi. Po'lat ikkilanmay ko'prikdan sakradi. Diyora o'ziga keldi. Po'latni dasro'molini yuziga bosib yig'ladi. - Menga kerak emas edi bunday isbot. Ey xudoyim, men qotil bandangni kechir. Po'latdek bandangni o'limiga sabab bo'ldim. Ishonmadim uning tuyg'ulariga. Meni kechiring Po'lat. Mensizni hamon.., unutolmayman. Unutmayman deb vada beraman. Po'latimni bag'rimga bosib sizning sevginizni his etaman. Добавлено (25-Июл-2012, 01:40) --------------------------------------------- Тасодифий учрашув.
Тошкентнинг сулим оқшоми. Шавкат йутал тунги сменада киракашлик қилиб юрибти. Сиз хеч булмаганда Тошкентни тунги кучаларини сайр қилганмириз. Жозибадор. Радиони қулоғини баландлати Шавкат буйнидаги докага йуталиб. Шу чалғиганча йулдан биров куринди. Турмаз тепкисини босиб рулни бурди. Масофа қисқалик қилиб пиёдани уриб юборди...
Faqat 3 ta shart!
|
|
| |
FC_PAXTAKOR | Сана: Чоршанба, 25-Июл-2012, 05:18 | Изох # 445 |
Sayyod.com мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 528
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 1233
Холати: Хозир йўқ
| Ex sevgi. . . Odamni nimalarga boshlamasang. . . (hotira hikoyasiga) Добавлено (25-Июл-2012, 04:18) --------------------------------------------- Uchrashuv tasodifiymikan?! . . . Balki buni taqdirga yo'yaramiz. . .
Omad
|
|
| |
Loading | Сана: Пайшанба, 26-Июл-2012, 06:20 | Изох # 446 |
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
| Тасодифий учрашув.
Тошкентнинг сулим оқшоми. Шавкат йутал тунги сменада киракашлик қилиб юрибти. Сиз хеч булмаганда бир маротаба Тошкентни тунги кучаларини сайр қилганмириз? Жозибадор. Радиони қулоғини баландлати Шавкат буйнидаги докага йуталиб. Шу чалғиганча йулдан биров куринди. Тормоз тепкисини босиб рулни бурди. Масофа қисқалик қилиб пиёдани уруб юборди. Машина тухтаган жойида қолди. Шавкат пиёда тарафга югурди. -Ёшгина бола экан. Оёқ остида нима боракана? Ярам кеча булса, катта кучаку бу ахир?! -- Бола холсизгина инграрди. Шавкат куп йиллик хайдовчи булсада, бу холатга энди дуч келиши. Машинаси ижара булса, бола-чақа ташвиши, энг ёмони хайдовчиликдан бошқа иш қулидан кемиди! Болани касалхонага оборса... Тошкентнинг равон, кенг кучалари. Шавкат йутал киракашлик қилиб юрибти. Бе эхтиёр тормоз тепкисини босиб секинлашди. Орқадаги машиналар аранг четлаб утишди. Аммо сигнал овозидан сукинишлар овози баландроқ эшитилди. Машинани четка олиб тухтади. Узига келгунча бироз дам олишга қарор қилди. Машина ойнасидан бир йигит куринди. - Юрасизни? - Хизмат ука?! Юр дисез юраверамизда! - Ибн Сино касалхонасига борамиз. Қанча булади? - Утираверин от билан туя сурамасман? -- Машина йулга чиқди. Шавкат йигитни танигандай булади. Лекин кимлигини эслолмиди. Хотини тарафдан булиши керак. Хотинини хурмати йул хаққидан 500сум чегирма қилади. Йулда авто туқнашувни куриб Шавкатни ранги оқарди. - Шу аварига сира суягим йуқда? Ичагим жиз этади. - Мениям машина урган ака. Хозир светофорга 100мартта қараб утадиган буламан! - Ия қачон ким урган? - Боя ман утирган жойда, ярим кечаси бир машина урган. - Тасодифни қарен ман уриб юборган болачамасмисиз? Кук иштон, оқ куйлакда эдиз? - Ха мен, менман уша! - Унда кечирасиз ука. Қурқиб кеткандим. Қайтиб келсам йуқсиз. - Ха хечнима қимаган эди. Узимга кесам йул четида ётибман. - Минг бор кечирасиз укам. - Хижолат буманг. Ушанда беда уғрлагани кетятудим. Бир ёмон йулдан қайтганидим.
Faqat 3 ta shart!
|
|
| |
Dadaxon | Сана: Пайшанба, 26-Июл-2012, 14:56 | Изох # 447 |
Sayyod.com мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 203
Тақдирланишлар: 1
Хурмат даражаси: 244
Холати: Хозир йўқ
| Xa xarbir köngilsiz narsalarda bir yaxshlik böladi diyishardi. Shu bölsa kerakda.
|
|
| |
Loading | Сана: Жума-муборак кун!, 27-Июл-2012, 00:03 | Изох # 448 |
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
| Мавхум сабаблар.
Қушни уйга чиқиб бир бурчакда турган Зиёда хайрон. ( Зиёда 6 ёшли қиз эди) Бугун уни хеч ким қарши олмади. Дугонаси Шохиста қайерда экан? Хамма жим, шивирлаб гаплашади. У ховлига чиқти. Дарвозадан бегона одамлар кириб келишмоқда. Зиёда келганлар орасида Малохатни куриб уни олдига борди. Малохатни дадаси Зиёдани саломига алик олиб қизини ховлида, дугонаси билан қолдирди. Зиёда дугонасини четроққа судради. Иккиси бир-бирига хайрон қараб қолишди. Зиёда гап бошлади. - Мехмонга келдиларми? Ман билан хич ким гаплашмаябти. - Билмадим. Шохистани курдинми? - Йуқ. Манимча у ман билан пум чиққан. Уйнамаябти ман билан. - Жинимисан Зиёда? Шохиста касал буб қоган. Касалхонадан бугун чиқибти. Шуничун кучага чиқомиди. - Ростанми? Нима бубти? Боши орибтими? - Билмиман, докторлар қариркан. Биза уни кургани келдик. - Ман унда конфет бермоқчидим. -- деди Зиёда дугонасига жони оғриб. Шу пайт ичкаридан Шохистани ота-онаси чиқишди. Ойиси йиғлади, дадаси уни овитиш учун бир нима дегандек булди. Кегин овозини бироз баландлатиб " Хотиржам бул, у тузалади. Фақат уни олдида йиғлама. Булмаса қизимиз қурқиб кетади. Хотиржам булишимиз шарт. Дукторни гапларини унутма. Энди ичкарига кир, қизинга қара. Кеганлага этиб қуй вохма бозор қилиб ташашмасин." Ота ховли четига бориб сигаретни тутатди. Сигаретни бармоқлари орасига қистириб пастга силтаб ташлаб, босиб учирди. Ховлига орқа угириб узи хам йиғлаб юборди. Лекин биров курмасин деб тез-тез ёшини артиб олди. Хона эшигидан Шохистани ойиси чиқиб умр йулдошини чақирди. Ботир ака ёшини артиб хонага кирди, ортидан аёли эргашди. Хозир икки дугонага хиқ десанг йиғлаб юборишлари тайин. Шохиста ёткан хона деразасидан Зиёдани ойиси ичкарига чақирди. Зиёда узи билан Малохатни олиб кирди. Шохиста дугоналарини куриб юзида табассум куринди. Ойижонисини кафтидан қулини олиб уларга силкитди. Шундан кейин Малохатни аяси қолганларни олиб чиқиб кетди. - Шохиста сенга нима булди? Исиб кетибсан. Музқаймоқни куп еб қуйдингми? Касал бусен нега Малохатга этмадин? Ахир у бизни шифокоримизку? Эсингда булса у доим бизни даволаб қуярди? Малохат, Шохистани тузатасана? Шохиста фақат йиғлама, хали тузалиб кетасан. -- Зиёда дугонасини қулини силаб, уни овутди. Малохат хозир чорасиз эканини билмасди. Лекин болаларча мужизага ишонди. Худди катта шифокордек Шохистага "қани бемор" деб мурожат қилди. Ойиси эса қизини бу харакатини куриб қувонсада жиянини тобора суниб бораётган умир чироғидан эзилиб кетди. Жиянини тузалишини шу қадар истадики, мужиза юз беришини Аллохдан суради. "Аллох хаммамизни умримизни узоқ қилсин" деб жажжигина дугоналарни мехридан тулқинланиб кетти. Кичкина шифокор хоним муолажани якунлаганида эса Шохиста сезиларли даражада узига келганди. Кузларида нур куриниб турганди. Зиёда доимгидек ойиси булиб "шифокор опага нима дейиш керак" деб савол берди. Шохиста ғунча лабларини дадил қимирлатиб рахмат айтди. Кун кеч булиб қолгач Зиёдани ойиси олиб чиқиб кетти. Эртаси куни тонгда дадаси Зиёдани бувисини уйига олиб кетди. Зиёда бошқа хечқачон Шохистани курмади. Бугун у Тиббиёт олийгохларидан бирида профессор булиб талим бериб келмоқда. Малохат хозир Тошкент шахар кордиалогия марказида бош шифокор.
Уларни учинчи дугоналари соғинч булса керак эхтимол? Ахир улар Шохистага вада берган эдилар. Афсус жажжигина Шохиста вадасини устидан чиқолмади. Йуқ ундай эмас? У вадасини бажарди. Шохиста самалётда учишни жуда хохларди. У доим мен самалётда учсам сизларга юқоридан қараб қулимни силкитаман дерди. Ерни осмондан кузатиб кетаман дерди. Демак у вадасини бажарди. Дугоналарига осмондан қараб туради. Уларга қулини силкитади. Loading...Добавлено (26-Июл-2012, 23:03) --------------------------------------------- p.s Allohim bu hikoyamga bergan ilxoming uchun raxmat! O'quvchilarga qanday tasir qilmasin, kamchiliklari uchun kechir. Duo ijobat, lekin sening irodanga qarshi biror etirozimiz yo'q. Taqdirga iymon keltiramiz.
Faqat 3 ta shart!
|
|
| |
Shukronа | Сана: Жума-муборак кун!, 27-Июл-2012, 00:05 | Изох # 449 |
Sayyod.com мухлиси
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Изохлар: 586
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
| Load raxmat,manga yoqdi Ziyodaga shu voqea turtki bolib zo'r o'qishka berilib,kuchli mutaxasis bgan.
|
|
| |
Giyos | Сана: Жума-муборак кун!, 27-Июл-2012, 12:10 | Изох # 450 |
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 1130
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 59
Холати: Хозир йўқ
| Loading super. Etim junjukib ketdi.
Sog' salomatlik...
|
|
| |