Hikoya
|
|
Dadaxon | Сана: Шанба, 11-Авг-2012, 21:57 | Изох # 476 |
Sayyod.com мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 203
Тақдирланишлар: 1
Хурмат даражаси: 244
Холати: Хозир йўқ
| Kech böldiyu nega qöyilmayapti. Добавлено (11-Авг-2012, 20:57) --------------------------------------------- Kech böldiyu nega qöyilmayapti.
|
|
| |
Loading | Сана: Якшанба, 12-Авг-2012, 02:13 | Изох # 477 |
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
| Yo'q ey hali... . Yordamga yana bir mutaxasisni chaqirishmoqchi faqat shu! Shunday bo'lsin. Axir ilm o'rgatuvchi bunday iymonlik kishilar oz sonni tashkil etadiku? Allohim o'zinga tavakkal. ADXAM tezlatin. Odam...
Faqat 3 ta shart!
|
|
| |
RaVsHaNBeK | Сана: Якшанба, 12-Авг-2012, 02:16 | Изох # 478 |
Иштирокчи
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Изохлар: 193
Тақдирланишлар: 0
Холати: Хозир йўқ
| Loading, sizzi xikoyezzi davomi qachon
+99893 942 32 32
|
|
| |
Dadaxon | Сана: Якшанба, 12-Авг-2012, 08:55 | Изох # 479 |
Sayyod.com мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 203
Тақдирланишлар: 1
Хурмат даражаси: 244
Холати: Хозир йўқ
| Yöq yöq Alini öldirib tugatmang faqat.
|
|
| |
Loading | Сана: Якшанба, 12-Авг-2012, 12:30 | Изох # 480 |
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
| P.S ASOSIy hikoya tugasin.
Faqat 3 ta shart!
|
|
| |
Dadaxon | Сана: Душанба, 13-Авг-2012, 14:08 | Изох # 481 |
Sayyod.com мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 203
Тақдирланишлар: 1
Хурмат даражаси: 244
Холати: Хозир йўқ
| ex o'ldi. Bekor böldida.
|
|
| |
Loading | Сана: Чоршанба, 15-Авг-2012, 12:40 | Изох # 482 |
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
| Kutish
Ko'p qavatli bino ostida, begona mashina kelib to'xtadi. Shu binoda yashaydigan Nozli degan qiz mashinaga kelib o'tirdi. Mashina uzoq turib qoldi. O'tkan ketkanlar ko'rganmush, Nozli tinmay kularmush. Keyinroq malum bo'lishcha ular bir-birini sevar ekan. Niyatlari turmush qurish. Oradan ko'p o'tmay ko'p qavatli bino yaqinidagi choraxada avto xalokat yuz berdi. Shum taqdir demanglar faqat. Qiz bo'ldi halok, yigitning joni tirik. Yashashidan umid bor. Jonsiz jasadni ko'rib yigit sho'rlik dod soladi be mador. Ammo sira iloj yo'q yaratgan qildi qaror. Ko'p qavatli bino ostiga begona mashinada tanish yigit kelib to'xtadi. Uning kuni o'tar shunday, kuni tunday, tuni kunday. Tinmay qilar qo'ng'iroq, gap so'zlari yalinchog'. Har kun shunday qiladi, demak hamon sevadi. Chidolmagan odamlar, bir qarorga kelishti. Yoshi ulug' kattalar unga nasixat qilishdi. Endi Nozli yo'q. Unu unutib hayotini davom ettirishi kerak. Yigit battar ezildi, yuz ko'zidan ichidan zil ketib yig'layotgani sezilib turdi. Oradan kunlar o'tib boraverdi. Avto halokat bo'lganiga roppa-rosa bir yil bo'libti. Va nixoyat yigit Nozlini singlisi Mamurani uchrashuvga ko'ndirdi. Ko'p qavatli bino ostida tanish mashina turardi. Mashina salonida Mamura tinmay yig'lardi. Shu zayilda oradan bir hafta ham o'tkandi. Yigitning taklifiga Mamura rozi bo'ldi. Ammo katta muammo, ona qarshi bu to'yga. Katta qizidan ayirgan bu yigitga o'z qo'li bilan kichkinasini uzatolmasdi. Og'zi kuygan qatiqni puflab icharkan. Lekin ona bu gapni jaxil bilan aytardi. Avto xalokat bu tasodif ekanini, yigit Nozlini qanchalik sevishni bilmasdi. Oradan kunlar o'tdi, ko'p qavatli bino ostida begona mashina kelib to'xtadi. U uzoq turmadi, mashina salonida ko'tarildi shovqin. Eshik ochildi, Mamura ko'rindi, ikki qo'lini bolalari to'ldirdi. Uy tarafga qara bolalarin bir siltab sudradiyu ko'zi tanish mashinaga, uni ichidag sochlariga oq oralagan tanish odamga tushdi. Ko'p qavatli bino ostida mashina ruliga suyanganicha Mamurani kuzatib o'tirardi. Mamura birzum to'xtab bir nimalarni shivirladi. Aniqrog'i u bu so'zlarni ko'p takrorlardi. Lekin dardi ichida qolardi. "Qotil bo'lsangda seni sevardim, opam yoki seni desalar undan kechardim. Opam kirmay onam so'ziga balo bo'ldi o'zi-o'ziga. Seni sinadi uzoq, kuttirdi yomon, u edi axmoq, o'zini qildi xalok. Men esa nima qildim onamni so'ziga kirib? Mana 40ga kirdim, shuncha yil baxtsiz bo'ldim. Senga qaytolmayman, sevgim aytolmayman. Senga turmushga chiqib baxtiyor qilolmayman. Ko'p qavatli bino ostidan Mamurani eri mashinani jaxil bilan mashinani yurgazib o'tib ketti. Tezligidan motor uchib chiqib ketkudek o'kirdi. Shundan keyin suxbat buzildi. Bolasidan qo'li uzildi, Mamura xunuk baqirib tanish ismni takrorladi... Oradan soatlar oqdi, mashina salonida chiroq yoqildi. Ikki uchta qo'ng'iroq bilan uzoqroqda Mamura ko'rindi. Salonida ikki homush yo'lo'vchi, balki ko'zlar mayus yoshlanar. Kerak emas mungli musiqa shundayicha yurak ezilar. Mamuraning hasrati tugab, nuqta uchun fursati keldi. Nabi Mamuraga bitta kanvert tutkazib bir umrga tinch qo'yishini etti. Ko'p qavatli bino ostida, mevasi ko'p o'rik yonida. Mamurani qo'llari titrab xatni hayron ochib o'qidi. "Meni Nozli gulim bor edi. Uni xazon qilgan o'zimman. Bir umirga faqat Nozlini sevaman deb vada berganman. Mamura siz bilmas edingiz. Sizni topish vazifa edi, fojiyali usha qaro kunda Nozli bilgandek, menga buyruq qilgandi. Demak usha kunda u ohirgi kunini yashayotkanini bilgan ekan. Qayoqdandur choraxada mashina paydo bo'lib.. Ko'zimni ochsam Nozli gulim so'nib bo'lgandi. Uni so'ngi so'zlari hamon quloqlarimda jarang sochib turibti. Siz meni sevishizni u bilgan. Shu sabli uzoq o'yladim, Nozlidan boshqasini seva olmadim. Nozligimni iltimosi deb Mamura sizni qo'lizni so'radim. Mana usha tillo uzuk, Nozlini uzugi. Kimdur qo'limga tutkazib ketgandi. Sizni rozi qilsam to'yimizga, qo'lingizga taqib qo'yardim. Afsus meni kechiring Mamura. Bu buyruqni qila olmadim. Taqdir emas ekan. Lekin uzuk endi sizniki. Mashinadagi qizimni taqdiri onasinikiga o'xshamasin. Nasib qilsa uchrashamiz. Yaxshi kunlarda uchrashguncha!"
Faqat 3 ta shart!
Изохни тахрирлади (ўзгартирди) Loading - Чоршанба, 15-Авг-2012, 13:48 |
|
| |
RaVsHaNBeK | Сана: Чоршанба, 15-Авг-2012, 12:46 | Изох # 483 |
Иштирокчи
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Изохлар: 193
Тақдирланишлар: 0
Холати: Хозир йўқ
| exxxxxxxxxxx
+99893 942 32 32
|
|
| |
FC_PAXTAKOR | Сана: Чоршанба, 15-Авг-2012, 13:45 | Изох # 484 |
Sayyod.com мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 528
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 1233
Холати: Хозир йўқ
| Rahmat Loading. . .((
Omad
|
|
| |
Loading | Сана: Жума-муборак кун!, 17-Авг-2012, 13:31 | Изох # 485 |
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
| Afsus.
Faqat 3 ta shart!
|
|
| |
RaVsHaNBeK | Сана: Душанба, 20-Авг-2012, 00:57 | Изох # 486 |
Иштирокчи
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Изохлар: 193
Тақдирланишлар: 0
Холати: Хозир йўқ
| — Qizni olib dugonasi shoshmay tursin, yor-yoray, shoshmay tursin... — Kuyov keldi, kuyov keldi! Doira chalib "Yor-yor” aytayotgan qizning qo'shig'i chala qoldi. Qizlar qiy-chuv qilishib, o'zlarini eshikka urishdi. Hammalari kuyovni ko'rishga oshiqdilar. — Vuy-y... — Bo'yining uzunligini... — Kostyumining chiroyliligini... — Bo'yinbog'iga qara! — Kioyi kuyoving bo'lsa shunday bo'lsa-da... — Bo'ldi qilinglar, uyalmaysizlarmi? — dedi doira chalgan qiz. — Oysha eshitsa nima deydi? Qizlar kelgan kuyov dugonalarining qallig'i ekanligi endi eslariga tushgandek xijolat bo'lib lab tishlashdi va chetga chiqib, kuyov va uning ikki navkarini to'rga, chimildiq tomonga o'tkazib yuborishdi. Kuyovnavkarlar birpasdan so'ng kuyovning bir o'zini chimildiqda qoldirib, momolar tutgan tovoqqa ataganlarini tashlab, chiqib ketdilar. — Hay, qaqajonlar, kuyov hammangning hushingni oldimi, deyman? — dedi momo qizlarga. — Borib kelinposhshani olib kelmaysizlarmi? — Voy, esimiz qursin! — qizlar shovqin bilan Oysha "berkitilgan” uyga, uning sirdoshi Fotimanikiga yugurishdi. — Jim! — lablariga barmoq bosdi Fotima to'polon bilan kirib borgan qizlarga. — Oysha namoz o'qiyapti. — Qanaqa namoz? — hayron bo'ldi qizlar. — Shu bugun-a? — Qanaqa namoz bo'lardi, Shom namozini o'qiyapti, — dedi Fotima. — Xalaqit bermay turinglar! Qizlar jim bo'lishdi. Hammalari oyoq uchida dahlizga kirishib, ochiq turgan eshikdan ichkarida namoz o'qiyotgan dugonalarini havas va hayrat bilan kuzatishdi. — Oysha namoz o'qishini bilmas ekanmiz, — pichirladi bir qiz. — Voy, kiyimlarining yarashganini qaranglar! — dedi boshqasi. Uy to'rida o'zi tikkan joynamoz ustida namoz o'qiyotgan Oyshaga adras kuylagu lozimi, baxmal kamzuli, iyagi ostidan tang'ib olgan oppoq harir ro'moli haqiqatdan yarashib turar, bu liboslar uni yanada jozibali ko'rsatar edi. — Ana shu kiyimlarida ketmoqchi kuyovnikiga, bunisiga nima deysizlar? — pichirladi Fotima. — Yo'g'-e! — qizlar hayrat bilan Fotimaga tikilishdi. — Ha, bu uning qat'iy qarori, nikoh kuylagi olib kelgani ham yo'q. "Unaqa kuylakni ikki dunyoda ham kiymayman”, dedi, — pichirladi Fotima. — Jim, namoziga xalaqit bermaylik! Oyshaning pichirlab oyat o'qishlari, o'ta malohat bilan ohista ruku' va sajdalarga borishlari qizlarni sehrlab qo'ydi. — Fa bi ayyi alai robbikumaa tu kazzibaan...* ***
Kelinni kutib anchagina muddat yolg'iz qolgan kuyovning na kelindan, na uning dugonalaridan darak bo'lavermagach, toqati toq bo'ldi. — Men endi shundoq turaveramanmi, aytilmagan gadoyga o'xshab? — dedi u ovozini ko'tarib chimildiq ortidagilarga qarab. — Buncha betoqatsiz, kuyov, — dedi bir ayol kulib. — Chidaysiz-da, endi, aylanay. Qiz bolaning nozi bo'ladi. Pardoz-andozi bo'ladi. Besabr bo'lmang, o'rgulay! To'lqin yana "bir soat” kutdi. Kelindan darak bo'lmadi. — Hoy, biror tirik jon bormi? Bu erga nimaga keldik o'zi? — dedi yana To'lqin. — Kelin kelmaydigan bo'lsa jo'ralarimni chaqiringlar, "Durak” o'ynab turaylik! — Men shashka o'ynashni bilaman, o'ynaysizmi? — dedi boyagi ayol. — Erim bilan o'ynab turamiz, yutqizgan o'ptiradi. Ayollar gurillab kulib yuborishdi. To'lqin jahl qilib chimildiqni surib tashladi va tashqariga chiqib ketdi. — Qani, kelinposhsha qaerda? — dedi u unga peshvoz chiqqan jo'ralariga tishlari orasidan so'zlanib. — Og'irroq bo'l, og'irroq, — dedi bilagidan mahkam siqib ushlab, uni chetroqqa tortgan tog'asi Ibrohim aka. — Senga Xudo beribdi, jiyan. Kelin namozxon ekan, qo'shnining uyida namoz o'qiyapti ekan. To'lqin tog'asiga biroz hayron bo'lib qarab turdi-yu, tog'asi ko'rsatgan uyga qarab yurdi. "Biror ishkal qilmasin”, degan tog'asi ham unga qo'shildi. — "Soliha xotin diningizning yarmi, qolgan yarmiga o'zingiz harakat qiling”, deganlar Payg'ambarimiz alayhissalom, — dedi Ibrohim aka jiyanining yonida borarkan. — Kelin tanlashda adashmabsan, jiyan, endi bu yog'iga shu kelinga munosib bo'l! — Men nima qilishim kerak ekan? — dedi To'lqin tog'asiga ajablanib qarab. — Namozni o'rganib olishing kerak, jiyan. Kelin namozxon ekan, uyingga borgandan keyin namoz payti kirganda u joynamozga o'tsa-yu, sen bir chetda burgutga o'xshab hurpayib o'tirsang yarashmaydi-da, jiyan. Bitta gapni aytaymi? Aslida nikoh musulmon odamga buyurilgan, nikoh iymonli kishilar o'rtasida o'qiladi. — Yo'g'-e, — ishonqiramadi To'lqin. — Menga nikoh o'qilmaydimi? — Senga o'qilaveradi, sendan boshqalarga ham o'qilaveradi, jiyan, boshqa ilojimiz yo'q. Benikoh er-xotin bo'lishmasin, haromi bolalar ko'payib ketmasin, deb mullalar nikoh o'qiyverishadi, ammo bu nikoh Alloh taoloning dargohida qabul bo'ladimi yo'qmi hech kim bilmaydi, jiyanim. Oysha bor uyga kirib kelishdi. Qizlar jim-jimgina o'zlarini chetga olishdi. To'lqin Oysha namoz o'qiyotgan uyga kirdi-yu, Oyshaning ovoz chiqarib duo qilayotganini ko'rib to'xtadi. Tog'asi darhol o'tirib duoga qo'l ochganini ko'rib, ohista gilamga cho'kkalladi. — Parvardigorim, O'zingdan o'zga mehribonim yo'q, O'zingdan so'rayman, men bugun kelin bo'lib borayotgan xonadonni xayrli, barakotli qilgin! — duo qilardi ko'zida yosh bilan Oysha. — Men ularni yaxshi bilmayman, ammo qaynotamning ham, qaynonamning ham, Sen menga munosib ko'rgan jufti halolimning ham iymon-e'tiqodli, insofli kishilar bo'lishidan umidvorman. "Har biringizga niyatingizga yarasha jufti halolni beraman”, deb va'da qilgansan, va'dasiga vafodor Zotsan, menga munosib ko'rganing jufti halolimni ham iymonli, taqvodor, parhezgar qilgin! Orzu qilganimday xoja berib, undan orzu qilganimday farzandlar bergin, toki ular Senga, dinimizga xizmat qilsin! Imom Buxoriyday, Imom Termiziyday, Hazrat Navoiyday, Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufday farzandlarni bergin! Ana shunday farzandlarga ona bo'lishimni nasib qil! Jufti halolimning ham ana shunday farzandlarga ota bo'lishini nasib qil! Boshqasiga rozi emasman, Allohim! Qalbida ana shunday niyatlari bo'lmagan erga duchor qilganingdan ko'ra chimildiqqa etmay jonimni ol! To'lqinning a'zoyi badani jimirlab ketdi. Ikki qo'lining bilaklaridan chumolilar galasi yurib o'tgandek bo'ldi. Qalbidan o'tgan fikrlardan miyasi qizib ketdi. To'lqin shartta o'rnidan turib, tashqariga yo'l oldi. To'lqin to'y bo'layotgan uyga qayrilmay mashinalar turgan erga bordi. Uni ko'rib, nima bo'ldi ekan deb, yoniga kelgan yigitlarga buyurdi: — Akromni chaqiringlar! "Mersedes”ning egasi bo'lgan To'lqinning o'rtog'i Akrom kelib so'radi: — Tinchlikmi kuyov bola, biror joyga borib keladigan bo'lib qoldikmi? — Moshinangni yurgiz! — Xo'p, o'rtoq, do'g'lamasdan gapirsang ham yurgizaman! — Kechir, do'stim, xayolim o'zimdamas, — dedi To'lqin. To'lqinning mashinaga o'tirib ketayotganini ko'rib, uning ortidan etib kelgan Ibrohim aka so'radi: — Nima bo'ldi, jiyan, to'yxonadagilarga nima deyin? — Tog'a, hammalaridan kechirim so'rab qo'ying! Men sal shoshilgan ekanman. Men... mening bu turishimda to'y bo'lmas ekan, tog'a. Men... men hali to'yga tayyor emas ekanman, — dedi To'lqin va mashina yurib ketar ekan, oynadan bosh chiqarib dedi: — To'y kunini boshqatdan belgilaymiz, tog'a, keliningizga aytib qo'ying!
.......... !!!
+99893 942 32 32
|
|
| |
Loading | Сана: Душанба, 20-Авг-2012, 01:37 | Изох # 487 |
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
| Kech. Ravshanbek! Eh Ravshanbek. Bizdis qo'ydiz. Ming afsus mandan his tuyg'ular, ayniqsa xayratlanish ko'tarilgan. Tassavur olamim endi ojizlashib qolgan. Shunday ibrat, shunaqangi savalidigan Hikoya yozib qo'yibsiz. Manga tasir qilmasligidan qo'rqvomman. Raxmat! Ravshanbek. Ex Ravshanbek. Man sizga xatolariz dib sanab o'tiribmana? Huddi o'zimni ustimdan kulgandek. O'tkir qalamni ishi faqat yozish. Man bo'sam yana qayyoqqa o'tkirlang dedim? Raxmat! Ravshanbek.
Faqat 3 ta shart!
|
|
| |
RaVsHaNBeK | Сана: Душанба, 20-Авг-2012, 01:42 | Изох # 488 |
Иштирокчи
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Изохлар: 193
Тақдирланишлар: 0
Холати: Хозир йўқ
| Yurak to'la xayajon.............!!!! RaVsHaN BeK !!!
Добавлено (20-Авг-2012, 00:42) --------------------------------------------- Quote (Loading) Kech. Ravshanbek! Eh Ravshanbek. Bizdis qo'ydiz. Ming afsus mandan his tuyg'ular, ayniqsa xayratlanish ko'tarilgan. Tassavur olamim endi ojizlashib qolgan. Shunday ibrat, shunaqangi savalidigan Hikoya yozib qo'yibsiz. Manga tasir qilmasligidan qo'rqvomman. Raxmat! Ravshanbek. Ex Ravshanbek. Man sizga xatolariz dib sanab o'tiribmana? Huddi o'zimni ustimdan kulgandek. O'tkir qalamni ishi faqat yozish. Man bo'sam yana qayyoqqa o'tkirlang dedim? Raxmat! Ravshanbek.
ko'zimni chirt yumdimda orzular tomon xarakat qildim
Ollox orzularimizga yetishtirsin !!! OMIN.
+99893 942 32 32
Изохни тахрирлади (ўзгартирди) RaVsHaNBeK - Душанба, 20-Авг-2012, 01:42 |
|
| |
Loading | Сана: Сешанба, 21-Авг-2012, 03:02 | Изох # 489 |
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
| P.S Allohu Akbar baxt tiliman. Добавлено (21-Авг-2012, 02:02) --------------------------------------------- Hikoya oldidan kichik hikoya. Hazilning tagida bir chini bo'ladi deyishadi.
Hafiza qaynona ko'rgan kelin edi. Peshonasini sho'rimi, yoki uning baxtimi qaynonasi toza injiq qaynonalardan. Yarim yil ichida togday kelin o'qlovni ortidan ko'rinmaydigan bo'lib qoldi. 4yil ichida ana mana bilan Hafiza ikki bolani onasi bo'lishga ham ulgurdi. Shu bolalari ko'paydiyu ayol qolaversa odam ekanini qayta payqay boshladi. Qaysar qaynonaga hudo insof berdi deb ko'pam suyunmang? Nevaralarini to'poloniga chidolmay alohida kvartiraga chiqarishga majbur bo'ldi. Hafiza 4 honalik uyni bir kunda 5 marotabalab tozalab chiqdi. Siqilib ketkanidan ermakka turli pishiriqlar pishirdi. Televizorni yoqib bir zum o'tirdiyu sabri chidamay yana timirskilanishni boshladi. Oradan bir oy vaqt o'tdi. Endi bolalar bog'chaga chiqadigan bo'lishdi. Hafizaxon bir kunda bir marotaba uyni tartibga keltirishga o'rgandilar. Kunduzi kino, kechki salqinda serialdosh qo'shnilar bilan qaynoq suhbatga ko'chaga tushadilar. Oradan bir oy o'tkach har zamonda o'z vaqtida bolarni kech qolmay bog'chadan olib kelib tungi seriallarni ko'rishni boshlaydilar. Kunlarning birida Azamat boy Hafizahoninni uy ichida quvlab qoldilar. Ana serialu ana tomosha, ana bu muhokama uchun ekskluzif mavzu. Qiy-chuv, to'palon. Avval adasi deb baqirdi, keyin tuqqan onasini eslab cho'zib-cho'zib baqirdi. Keyin tinchib qoldi. Azamat boy ertasi kuni do'mning g'iybatchi chollari qo'liga tushib qoldi. Biri "ha Azamat boy hotin meniki deb tepkilayveradimi?" desa boshqasi Azamatga yon bosgan bo'lib kesatib " endi erkak bo'lgandan keyin shunaqa qilish kerak?" deb qo'ydi. Azamat boy ulani gapiga parvo qilmay "maylin okalar hotin akalarizga salom etib qo'ying" degancha jilmayib mashinasiga joylashdi. Kursida o'tirganlar dong qotib qolishdi. Inkor etilmas xaqiqat oldida har kim jim turadi. Oradan hafta o'tib Hafizaxon serialdoshlar oldiga tushdi. Ko'zidagi bo'yoqmi yoki fingalni qoldig'imi ajratish qiyin. Hamma gur etib uni o'rab oldi. -Nima bo'ldi egachi? Kuppa kundizi quvlashib qopsilar. -- dedi bir qo'shni gapidan uyalib. - Romantika o'rgili romantika. Serhiyo Natali bilan kunduzi uchrashgan seriasi esiladami. -- Qo'shimcha qildi yana bir qorachadan kelgan qo'shni. - Qirg'in kesin seryal bo'mi. Seryal ko'rmay man o'lay? - Voy nega unday disiz?! Napasizni shamol uchursin. "qalbim izhori" endi qiziq joyida to'xtadi. Ko'rdilarmi? Shu Sayfi bey bilan Nurli honim oldin bir-birini sevganov? - Shunaqamikin?! A?! Hayron so'radi bo'shashgan bir kelin. - Ey Hafizani sog'mi? Omonmi ne so'ramisilar? Nima qildi? - So'ramen girgittoniz bo'lay? Qurib ketsin anu O'zbelar ishlagan "Sardorni"ni tushimda ko'ribmande? Bir payt biqinimga tank otgan o'q tegib uyg'onib kettim. Azamat akam tepamda turvolib "Qaxramon kim" deb so'rayabtilar. Man yana bolalar bog'chada qolib ketibti deb o'ylabman. Keyin bilsam uyqusirab seryaldagi Qaxramoni chaqirganmushman. Etsam ishonmadila mana axvolim. Serial ko'rmi man axmoq. Sal qoldiya shu yoshimda ikkta bolam bilan ajrashib ketishimga.
Faqat 3 ta shart!
|
|
| |
bek_x6 | Сана: Сешанба, 21-Авг-2012, 14:03 | Изох # 490 |
Рўйхатда
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 58
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 676
Холати: Хозир йўқ
|
Vaqt o‘tadi va hayot ko‘rsatadi... Hammasi yaxshilikka bo‘lgan bo‘ladi :-)
|
|
| |
FC_PAXTAKOR | Сана: Сешанба, 21-Авг-2012, 15:56 | Изох # 491 |
Sayyod.com мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 528
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 1233
Холати: Хозир йўқ
| Ex deysande ammo. . . Добавлено (21-Авг-2012, 14:56) --------------------------------------------- Ex deysande ammo. . .
Omad
|
|
| |
RaVsHaNBeK | Сана: Чоршанба, 22-Авг-2012, 16:14 | Изох # 492 |
Иштирокчи
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Изохлар: 193
Тақдирланишлар: 0
Холати: Хозир йўқ
| Qaxramon aka......
+99893 942 32 32
|
|
| |
Giyos | Сана: Жума-муборак кун!, 24-Авг-2012, 01:29 | Изох # 493 |
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 1130
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 59
Холати: Хозир йўқ
| Kim aybdor? Aybdor emas, qiz uvol … Latif. U taksistlik qilib kun ko'radi. Ertalab ketib, kechga yaqin keladi. Kun tartibi shu. Uylangan. 2 ta jajji qizi bor. Xotini metis. Chiroyli. Uyda onasi bor. Otasi ancha oldin olamdan o'tgan. Ishlari yaxshi edi. Nima falokat bo'ldiku, ichib mashinasini haydab, urib oldi. Hayriyat o'zi sog' qoldi, faqat mashina. Bechora mashinani sog' joyi qolmadi. Avariya bo'lgan joyidan metalalolga topshirib yubordi. 1 oy uyda siqilib o'tirdi. Qo'li ishga bormadi. Ishlay desa qo'lida arzirli hunari ham yo'q. Boqadigani shu mashinasi edi. Yangi olishga puli yo'q. Qarz olishga do'stlari kamlik qildi. Taqdirga tan berdi. Bir ikki joyga ish so'rab bordi. O'xshamadi. Uyga qaytdi, burnini oqizib. Yana 1 oy o'tirdi. Uyda qora qazon zo'rg'a qaynayapti. Onasini pensiyasi ro'zg'orni tebratyapti. Xotini ham ishlamaydi. Bolalari hali yosh. Kattasi 4 yosh, kichigi 2 yosh. Latif siqildi. O'zini koyidi. Ichib mashina haydagan kunini lanatladi. O'ylab o'ylab bir qarorga keldi. Hovlisi katta. Ushani yarimini sotaman, baribir bir o'zim bo'lsam. Kimga kerak shuncha uy dedi. Ko'chaga e'lon osdi. "Uy sotiladi". Xaridor ham tayyor ekan. Darrov kelishishdi. O'rtaga dallol ham aralashmadi. 1.500 dollarga uyni yarimi sotildi. . . Latif pulni oldi. Uyga kirib onasiga berdi. Shuni saqlab bering, mashina topsam qaytib olaman dedi. Onasi pulni yashirdi. Nechi hafta o'tdi. Latif mashina ko'rgani bozorga ketdi. Tushlik payti bo'ldi. Latifni xotini qaynonasini oldiga kirdi. Qaynonasiga: "Oyijonim, mehribonim. Suyunchi bering. Latif akam mashina topibdilar. Qo'shni boladan aytirib yuboribdilar. Pulni berar emishsiz. Men olib borar ekanman. Ishqilib yaxshi mashina tanlagan bo'lsinlar" dibdi. Qaynona ham hursand bo'lib, pulni berkitgan joyidan olib, keliniga berib yuboribdi. Unga oq yo'l tilabdi. Kelin 2 qizini unga tashlab, yo'lga ravona bo'libdi... Kechki payt Latif bir o'zi qaytibdi. Onasiga: "Mashina ko'rdim, yoqmadi, kelasi hafta yana tushaman" deb aytibdi. Onasi undan xotinini so'rabdi. Latif hayron bo'libdi. Ona bor gapni aytibdi, pulni berib yuborganini ham aytibdi. Latif o'ylab qolibdi. Tezda ortiga qaytib, xotinini onasinikiga yo'l oldi. Hayolda har hil gumon, har hil o'y. Bordi. Eshikni taqillatdi. Hech kim ochmadi. Yana qattiqroq taqillatdi. Xotini eshikni ochdi. Latif undan jahl bilan pulni so'radi. Qaytib ber deb so'radi. Xotini esa "men pulni olmadim" dedi. Latif darg'azab bo'ldi. Devorni urdi, tepdi, lekin xotini tan olmadi. Latif onasini olib keldi. Foydasi bo'lmadi. Baribir tan olmadi. Latif unga taloq berdi. Xotini qizlarini ham so'ramadi. Ulardan ham voz kechdi... Ayb kimda? Pul ketdi. Pulni berib yuborgan ona aybdormi? Yo'q. U qanday qilib keliniga ishonmasligi mumkin. U ishondi, berib yubordi. O'rtada nima bo'ldi. Hovlini yarimi ketdi, Latifni oilasi buzuldi. Qizlari onasiz qoldi. Kim aybdor? Aybdor emas, qizlari uvol. . . Latif boshqa uylanmadi. Ayollarga zarracha ishonchi ham qolmadi. Tupirdi bariga. Kutmagandi bunday bo'lishin. Axir ahil oilia ediku. Qanday qilib to'g'ri ayoli pul deb oilasidan kechdi. Afsus. Ichida shuncha g'ayriligi bor ekan, bilmabdi. Qizlarini o'zi katta qildi. Ijaraga mashina olib haydadi. 10 yil o'tdi. Bu orada onasidan ham ayrildi. Qizlari katta bo'lib qoldi. Latif kechasi ham taksistlik qildi. Kunduzi ham. Sotgan yarim hovlisi ham bu orada 2 - 3 marta qo'lma qo'lma qo'l sotildi. Ekin ekib qo'yilgan. Hech qaysi biri uy qurmadi. Haftalar o'tdi, oylar o'tdi. . . 14 yoshli qizi to'sattan homilador bo'lib qoldi. Hamma yoqda qiy chuv bo'ldi. Latifni boshi egildi. Kutmagandi bunday vaziyat. Militsiyaga arz qildi. Qizi bir yigitni ko'rsatdi. Otasi shu deb. Yigit tan olmadi. Yana bo'ldi to'palon. Yigit aytar: "menga tuxmat bu, qo'limni ham tekizmaganman. Men unaqa bola emasman" deydi. Latif: "unda kim aybdor, sen bo'lmasang. Ana qizim seni aytayaptiku" deydi. Yigit bo'lsa: "Men qayoqdan bilaman kim aybdorligin. Balki o'zingizdir qizingiz bulg'agan. Xotingiz yo'q, uylanmagansiz. Ayolsiz yashash qiyin. Siz qizizdan foydalanib, endi menga tuxmat qilayotgandirsiz?" dedi. Latif tutaqib ketdi. Uni urmoqchi edi, qo'shnilar ushlab qolishdi. Latifni qizi esa, bolani tug'aman deydi, nomussiz. Latif so'ngi so'zni aytdi: "Bola tug'ilsa DNK tekshiruvini o'tkazamiz. Keyin seni (yigitga qarab) qamoqda chiritaman" dedi. Endi kutishayapti bola tug'ilishini. Kim aybdor? Aybdor emas, qiz uvol bo'ldiku. Aybdor qidirib ne naf endi. Kimga foyda bundan. Qizlarini qarovsiz, tarbiyasiz qoldirgan Latif aybdormi? Yoki aybdorsan deyilayotgan yigitmi? Yoki pulni o'marib, qizlarini tashlab ketgan ona aybdormi? Aybdor izlaymiz, o'zimizdan ayb qidirmaymiz. Aybdor izlaymiz, o'zimizdan aybni voqif qilamiz. Qizni taqdirini kim o'ylaydi. Endi uni bir bolasi bilan kim uylanadi. Menmi? Yo'q, men undaylarga uylanmasdim. Taqdirini tamom qilganku u. Uni ham omadi kelsa, baxtini topar. Kimnidir ilintirar agar o'zgarmasa. Yoki ikkinchi xotin bo'lib erga tegar. Ja omadi kelsa ajrashganga erga tegadi. Mana uni taqdiri. Shuni kim o'ylaydi. Hech kim. Ular kim aybdorligini qidirishayapti. Topisharmikan! Topishadi. DNK tekshirishmoqchiku. Lekin qizni baxtini, uni yoqotgan nomusini topisharmikan? Buni kim qidiradi? Hech kim. Chunki ularga aybdor kimligi muhum. Asray olishmadi qizni. Kim aybdor? Aybdormas, qiz uvol. Buni kim to'g'rilaydi? Hech kim!
Sog' salomatlik...
|
|
| |
Loading | Сана: Жума-муборак кун!, 24-Авг-2012, 01:46 | Изох # 494 |
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
| Bir butilka aroq sabdur balki. Millat haqida mulohaza yurgazsak. Ayiblar chambarchas bog'liq... Aniqrog'i sabablar. Giyos raxmat oka! Fikrim shu va davomli.
Faqat 3 ta shart!
|
|
| |
Shukronа | Сана: Жума-муборак кун!, 24-Авг-2012, 09:14 | Изох # 495 |
Sayyod.com мухлиси
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Изохлар: 586
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
| Ayb onada qolgan,u onalikka arzimidi, MING LANAT BUNAQA ONAGA. Qizlarni xayotini badnom qilgan shu ona.
|
|
| |
Loading | Сана: Жума-муборак кун!, 24-Авг-2012, 10:53 | Изох # 496 |
Рўйхатда
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
| P.R Ona ayibdor emas. Onaniyam aybi bor deb hisobliman. Faqat hikoyada uni qilgan ishi yaqqol ko'rindi. Ota bir umr qizlarini tepasida o'tirgani bilan nima deyishni bilmasa foydasiz. Ayol zotidan nafratlanish jazosi shunday bo'ladi. Bir firibgar ojizani deb, tug'gan onasidan nafratlanishga haqqi yo'q edi. Yana bilolmadim.
Faqat 3 ta shart!
|
|
| |
Shukronа | Сана: Жума-муборак кун!, 24-Авг-2012, 11:03 | Изох # 497 |
Sayyod.com мухлиси
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Изохлар: 586
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
| Ps. Keksa ayolda ayb yo'q, ayb makkora kelinda demoqchidim.
|
|
| |
RaVsHaNBeK | Сана: Жума-муборак кун!, 24-Авг-2012, 19:30 | Изох # 498 |
Иштирокчи
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Изохлар: 193
Тақдирланишлар: 0
Холати: Хозир йўқ
| Exxxxx Xayot beshavqat deb shunga aytilsa kerakde. Aybni qidirish befoyda qarasangiz xammada ayb Icgan Latifda ayb, pulni bergan onada ayb, aldagan nonko'r xotinda ayb , tirikchilik qilaman deb tarbiya berolmagan otada ayb ,O'z iffatini Nafsga alishtirgan qizda ayb , Loading aytganlaridek ayblar bog'liq bir-biriga.......Balki taqdirdir.........qilingan gunoxla uchun balki jazodir .... yana bilmadim ...........
+99893 942 32 32
|
|
| |
Shukronа | Сана: Шанба, 25-Авг-2012, 00:49 | Изох # 499 |
Sayyod.com мухлиси
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Изохлар: 586
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
| Manam silaga xavas qilib xikoya boshladim. Xotolari bo'lsa yozib turila.Xayotiy voqea. TAQDIR SINOVLARI. Toshkent shaxrini o'sha mashhur Eski shaharida 1qiz bor edi.Xusni shu qadar ediki. Oshiqlarini son sanog'i yo'q edi. Uzun,tizza o'par jamalak sochlariga xamma maxliyo edi. Xatto qiz-juvonlar xasad bilan qarashardi. Bazilari sochini qanday parvarishlash xaqida maslahat xam olishardi. Xusniga maxliyo, oshiqu majnunlar ko'cha boshida, bu go'zal qachon bizga boqar deb kunni tonga ulab kutishardi. Qizni Ismi jismiga monand Xusniya edi. Oilada ota onasi bilan oddiygina o'zbekona xovlida yashardi. Oilada faqat o'zidan 10yosh katta, turmushka chiqqan opasi bilan sirlashardi. Opasi o'gay bo'lsada baribir ona bir bo'lgani uchun, ahil edilar. Ota ham o'gay qizni ajratmasdi. Xusniyadanda ko'p yaxshi ko'rardi. Xusniyani oshiqlari ko'pligidan maktabda xam yomon boho olsa, shu majnunlar ustozlarga yalinib baholarni alo bahoga almashtirishardi. Maktabni tugatgandan keyin, o'qishni davom ettirishni xoxlamagan Xusniya dugonalari bilan nashryotga ishka kirdi. Shu bilan kunlar o'tib ostonadan sovchilar oqimi ko'paydi. Xusniyani onasi, qiziga juft tanlashda qiynalardi. Kunlardan birida Xusniyani xolasini Qaynisinglisidan sovchi keldi. Uchrashu belgilandi.Добавлено (24-Авг-2012, 23:49) --------------------------------------------- Xusniya uchrashuvga kennoyisi bilan chiqdi. Uzoqdan janjal bo'layotganini ko'rib, kennoyisi u kuyov ekanini sezadi. Kuyov bo'lmishni ismlari Abdulbosit tanishlar Bosit dib chaqirishardi. Xunarlari povar bo'lgani bois ichmagan kunlari yo'g'akan,uchrashuga xam kayfda chiqqan. Bositni uchrashuvga og'iroyoq singlisi olib chiqqandi. Singildan bir yigit nimadur so'ridi akani bundan jaxli chiqib urish boshlaydi. Xusniya bu xoldan xayron kennoyisiga orpaga qaytishni aytadi. Kennoyi borilik gaplashin keyin yo'q dimiz to'g'ri sizga to'g'ri kelmaydi. Xolangizni xurmati gaplashing deydi. Xusniya majbur kuyov bilan yolg'iz aylanishka ketadi. Uchrashu tugap uyga qaytishadi. Bu yigit umuman bo'midi dib xulosa chiqarishadi.
|
|
| |
RaVsHaNBeK | Сана: Шанба, 25-Авг-2012, 01:00 | Изох # 500 |
Иштирокчи
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Изохлар: 193
Тақдирланишлар: 0
Холати: Хозир йўқ
| davomi bormi
+99893 942 32 32
|
|
| |