10-март куни кечки пайт Шайх Мухаммад Содиқ Мухаммад Юсуф 62 ёшларида бу оламни тарк этдилар. Пайғамбар ёши саналмиш 63-ёшга тўлишига деярли бир ой қолганди.
Хабарларга кўра Ислом университети залида спорт билан шуғулланадиган хазрат шу куни машғулотдан сўнг кийиниш хонасида юрак хуружидан вафот этганлар.
Телеграмдаги хабарларга кўра жиянлари ва ўғиллари билан баскетбол билан ўйнагани келган бўлганлар. Хозирча қаерда дафн бўлишлари номаълум. Шайх туғилган Андижондаги мархум оталарининг ўрниларига хам дафн қилиниши мумкин деган тахминлар бор.
Ислом олами катта йўқотишга дуч келди. Умрини дин учун хизматга бағишлаган бу инсон дунё миқёсида катта хурмат ва эъзозда эдилар... Бугун нафақат хазратнинг оила аъзоларию яқинларига, балки барча ахли мусулмонларга чуқур таъзиямизни билдирамиз.
Ғанимлар сергак... Яхшиликдан бир парчаси кетса, ёмонликни бир парчаси уйғонаркан... Шайх кетидан у фаолият юритадиган islom.uz сайти хакерлар хужумига учради.
Номингам ўчсин, қоранг хам сўнсин Шарли! редакция педакциянг билан бонғилатвориш керегийди ўзи хаммангни
УзВикипедидан:
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (Muhammad Sodiq ibn Muhammad Yusuf ibn Muhammad Ali, 1952-yil 15-aprelda Andijon viloyatida tavallud topgan) Markaziy Osiyo Musulmonlar Diniy Idorasining sobiq muftiysi, hamda Oʻzbekiston mustaqillikka erishgandan keyingi birinchi muftiy. 2015-yilning 10-mart kuni yurak xuruji tufayli 63 yoshda vafot etgan.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf Oʻzbekistonda va islom dunyosidagi eng mashhur olimlardan. Shayx Muhammad Sodiq Islom ulamolarining eng katta nodavlat tashkilot boʻlgan Islom Ulamolarining Millatlararo Ittifoqining peshqadam aʼzolaridan biri hisoblanadi. [1] Shayx Muhammad Sodiq boshlangʻich diniy taʼlimni otasidan oldi. Sovet oʻrta maktabini 1970-yilda toʻliq aʼlo baholarga tugatgach, Muhammad Sodiq Buxoro shahridagi Mir Arab madrasasiga oʻqishga qabul qilindi. Keyinchalik Toshkentdagi Oliy Islom Institutida tahsil olib, 1975 yilda muvaffaqqiyatli tamomladi. 1976-yilda Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf Liviyadagi ad-Davaʼ al-Islami Milliy Islom Universitetiga qabul qilindi, hamda moliyaviy ragʻbat bilan muvaffaqqiyatli tamomladi. Liviyada tahsil olish yillari Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufni Musulmon ulamolarining kelajak avlodiga, ayniqsa, Arab dunyosiga va hattoki uzoq Yaponiya kabi mamlakatlarga ham tanitdi.
1997-yilda Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf Saudiya Arabistondagi xalqaro Islom tashkiloti boʻlgan Robita al-Islomiya (Musulmon Olami Ligasi) tarkibidagi Musulmon davlatlar va Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi federatsiyasiga rahbar etib tayinlandi. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hozirgi kunda ham ushbu tashkilot boshqaruv kengashining doimiy aʼzosi hisoblanadi.
2015-yil 10 mart kuni Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf Toshkent shahrida vafot etdilar.
Shayx koʻplab islomiy kitoblar muallifidir. 1994-yildan 2000-yilgacha Shayx ishlarining 60 foizi, yaʼni oʻttizga yaqin mashhur maqolalar va yigirma beshgacha yaqin kitoblar, hamda qoʻllanmalar nashrdan chiqarildi. Ushbu ilmiy ishlarning koʻpchilik qismi oʻzbek tilida yozilgan boʻlib, ulardan baʼzilari rus va boshqa Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligiga aʼzo davlatlar tillariga tarjima qilingan. Yuqorida koʻrsatilgan muddat davomida Qirgʻizistonning Oʻsh shahridagi Islom Madaniyati Markazi Shayx Muhammad Sodiqning koʻplab ishlarini nashr qilib bordi. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning „Tafsiri Hilol“, „Tasavvuf haqida Tasavvur“, „Ixtiloflar haqida“, „Din nasihatdir“, „Ruhiy tarbiya“ va shu kabi koʻplab kitoblari hozirgi kunga qadar kitobxonlar orasida mashhur boʻlib, qoʻlma qoʻl oʻtib kelmoqda. Shuningdek, oʻquvchilar talablariga binoan qayta qayta nashrdan chiqayongan „Sunniy Aqidalar“ va 39 juzʼdan iborat „Hadis va Hayot“ kitobi ham Oʻzbekiston xalqi orasida eʼzoz bilan mutolaa qilinadigan kitob qatoridan joy olgan. 2004-yilda tashkil topgan www.islom.uz[2]veb loyihasi esa shaxsan Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahbarligida faoliyat olib bormoqda. Ushbu sayt Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufga toʻgʻridan toʻgʻri savol berish imkoniyatini yaratadi.
2002-yildan buyon Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf oʻzining barcha kitoblari muqaddimasida firqalarga boʻlinmaslik, toʻgʻri yoʻldan ogʻishmaslikka qaratilgan Islomiy harakat ruhidagi quyidagi shiorni kiritib boradi: Ahli sunna va jamoa mazhabi asosida pok aqida va musaffo Islomga intilish, Qurʼon va sunnatni oʻrganib amal qilish, islomiy maʼrifat taratish, salafi solih — ulugʻ mujtahidlarga ergashish, kengbagʻirlik va birodarlik ruhini tarqatish. Diniy savodsizlikni tugatish, ixtilof va firqachilikka barham berish, mutaassiblik va bidʼat — xurofatlarni yoʻqotish.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf xazratlari oxirgi yillarda ilmiy va daʼvatga hamda diniy madaniyatni oshirishdagi faoliyatlarga oʻzlarini bagʻishlaganlar. Shayx xazratlari quyidagi xalqaro tashkilotlar aʼzosidirlar;
Bundan tashqari shayx xazratlarini bir necha davlatlarning medallari bilan ham taqdirlangan. Masalan Misr Arab Respublikasi, Libiya Jamohiriyyasi va Rusiya respublikalari kabi.
Bundan tashqari shayx xazratlarining bir necha kitoblari chop etilgan. Ulardan;
Shayx xazratlarining quyidagi toʻlqinlarda radio eshittirish orqali dasturlari bor. Navroʻz, ozodlik, xuroson, poytaxt va birinchi kanal. Har juma kuni bir soat navroʻz radiosi orqali savollarga javob qaytaradilar. Ushbu eshittirish kechasi ham qaytariladi. CD formatida ovoz disklarini quyidagilari sotuvga chiqarilgan.
CD formatida surat va ovoz shaklida (DVD)quyidagilari sotuvga chiqarilgan.
Bulardan tashqari shayx xazratlarining internetning quyidagi adreslarda „websayt“lari bor. Ular; www.islom.uz www.islam.uz www.info.islam.uz www.muslimaat.uz www.quran.uz www.hadis.islom.uz halol.org Ushbu „websayt“lar oʻzbek va rus tillarida hamda krill va lotin harflaridadir. Mazkur saytlar islomiy mustaqil davlardagi eng katta va mashhur saytlar boʻlib, deyarlik har kuni yangilab boriladi. Undagi ziyoratchilarning diniy va ijtimoiy savollariga javob beriladi. Va har turlik musobaqalar olib boriladi. Shuningdek shayx xazratlari haftada ikki marta katta imomlarga tafsirdan, oliy maʼhad ustozlariga hadisdan va baʼzi masjid imomlariga ulumul Qurʼondan dars oʻtkazadilar. Va yana bulardan tashqari musulmonlar uylarida, masjidlarda, marosimlarda va boshqa oʻrinlarda xutba va mavʼiza bilan musulmonlarni xushnud etadilar.
Adolatsiz haqiqatlar [34] |
Arhiv [1] |
Baxs| Tanqid | Janjal [516] |
BeshBet [20] |
Din [85] |
Duel [2] |
Expresso [31] |
FIKRiston [58] |
Hit-Parad [44] |
Ijara qo'shiqlar [25] |
IJODiston [83] |
IMPRO-TK [18] |
Jonli ijro [4] |
JuMaNjI [51] |
JurYuldus [10] |
Kaktusso [5] Yoqimsiz ammo foydali suhbat |
Kongil [0] |
Kundalik-shou [13] Realiti serial |
Mashhur ko'targan mavzu [2] |
MP3|Video [1070] |
Muhlis Minbari [216] |
Ovoznoma [6] Luiza bilan |
Premyera [17] |
Prikol [100] |
Paparacci-ppc [0] |
Podstava [3] |
Realiti shou [74] |
Retro [7] |
Sayyod-show [25] |
Sport [18] |
Shantaj [6] Videoloyiha |
Shunchaki qiziq [27] |
Suhbat | Intervyu | Reportaj [747] |
Tabriklar [179] |
Taqdimot [55] |
Hayriya| Akciya | Tadbir [330] |
Turk shou-biz [16] |
TV | Teatr, Kino.uz [121] |
Yangiliklar [819] |
Yulduzning qo'shnisi [4] Mashhurlarning qo'shnilariga so'z |
BIRINCHI-SHOU [5] Radio Grand bilan |
Hazrstning oilasiga va butun musulmon olamiga chiroyli sabr bersin. O m i n
Бугун Ислом олами улкан мусибатга, оғир жудоликка учради. Буюк аллома, фазилатли шайх Муҳаммад Содиқ Муҳаммад Юсуф ҳазратлари вафот этдилар. Эвазсиз йўқотишга учраган бутун ўзбек халқи, Мовароуннаҳр мусулмонлари Исломнинг забардаст олими шайх Муҳаммад Содиқ Муҳаммад Юсуф ҳазратларининг вафоти муносабати билан чуқур қайғуга чўмдилар.
Улуғ устозимизнинг оила аъзоларига, қариндошларига, сон-саноқсиз шогирдларига таъзия изҳор этиб, ҳамдардлик билдирамиз. Зотан, бу мусибат бутун Ислом оламининг мусибатидир.
Жаноза намози 2015 йил 11 март, чоршанба куни, Тошкент шаҳридаги Шайх Зайниддин жомеъ масжидида пешин намозидан сўнг ўқилади.
Сўзимизнинг ниҳоясида шайх ҳазратлари ўзлари таржима қилган ушбу ояти карималар ила истиржоъ айтамиз:
«Ва сабрлиларга хушхабар бер. Улар ўзларига мусибат етганда: «Албатта, биз Аллоҳникимиз ва албатта, биз Унга қайтувчимиз», деганлардир».
Ko`kcha masjidida bugun 12yu 35 lada peshinni o`qib so`ng janoza o`qildi ALLOH hammamizga sabr bersin.
НОГОҲОНИЙ ДАРД
Шайх Муҳамад Содиқ Муҳаммад Юсуф оламдан ўтди!
Ногаҳон оғриқдан зирқираб кетди,
Мусулмон шажарнинг теран илдизи.
Шайх Муҳаммад Содиқ бизни тарк этди,
Тарк этди – рафиқлар қалбини эзиб!
Бир мустар кечада шамоллар увлаб,
Келтирди менга энг нохуш хабарни.
Юрагимнинг ярми қон ютиб йиғлар,
Оғир сукунатга ғарқ бўлди ярми.
Валлоҳ! Дийдор истаб кетди ул ҳазрат,
Ғафлат қўйнидамиз, ухлаб ётибмиз.
Ўзига етмоқчун берган умрни,
Арзонга сотибмиз, текин сотибмиз.
... Маънодор кўзлари, ўйчан нигоҳи,
Сўнгги дам нелардан бердийкин мужда?
Бизга изтироб-ла боққан шубҳасиз:
Шулар ўлмай туриб қилса деб сажда.
Бу дунё янада камбағаллашди,
Бир ҳикматли зотин қўйгач йўқотиб.
Одамлар сезмайди – кўзлари бойли,
Тургач тонглар отиб ва кунлар ботиб.
Азизлар сизни деб заққумлар ютди,
Тафаккур қилинг ва инсофга келинг.
Аллоҳ назар қилиб турган лаҳзалар,
Кўнглингизни очиб дуолар қилинг.
Аллоҳ, муршидимиз қайтариб олдинг,
Энди қийиб қўйма руҳнинг таомин.
Ул бандангни ёзинг раҳмат айлагин,
Ва бизларга раҳм айлагин, омин.
Омин!
Сирожиддин ИБРОҲИМ
10 март, 2015 йил
Изохлар модератори Bek8111