Бош сахифа » 2014 » Январь » 19 » Зўрланган дугонамни акамга олиб беришмоқчи...
06:12
Зўрланган дугонамни акамга олиб беришмоқчи...
Manga maslaxat kere de... Kottaroo odamdan.. Lekin hatto opa digan

odamlarimgayam etomayamman.... Shunga sizdan iltimos hozir yozgan

narsalarimi man yozganimmi sizdan boshqasi bilmasin...


Bolalikdan  birga o'sgan dugonam bor. Judayam yaxshi qiz.. Ismi Nodira

(Ismi o’zgartirilgan). Ulani uyida ko'p bo'lardim, u ham bizani uyimizda o'ynab

yurvurardi... 5- sinfga o'tar vaqtimizadagi, ushanda Nodirala amakiligi bilan  bitta

ho'vlida turardi, amakisini o'g'li o'zidan 5 yosh kotta  , sal g'alatirog' bola edi..


 Bir kuni tasodifan  bir voqeaga guvoh bo'pqoldim.. Usha vaqtda uncha narsaga 

chunmagandim.. Chunsamam jiddiy qaramagandim... Hozir sizga qanaqa 

chuntirishniyam bilmayamman.. Hullas qo'pol qib etganda o'rtog'immi amakisini 

o'g'li  majburlagandi...  Hali endi 13 ga kirgan qizzi..hali yosh bolani.

Keyin o'rtog'immi o'zi yeg'lab etbergandi, bu hol 2 -3 martta takrorlanganakan.. 

Kottaroq bo'ganimda tushunib yetdim, uni qiz bolaligi qogan.. O'ziz chunarsiz, 

to'g'risi chuntirishga hijolatman judayam,


 oradan Yilla o'tdi,  Nodira judayam yaxshi qiz, chiroyli, aqlli.. Bolla 

bilan ham gaplashmidi, shunichun uni har ikkita gapimmi birida

maqtivurardim.. Holamla  shu o'rtog'ini kenoyi qib oberaman dib hazzillashardila. 

Man hazil dib jiddiy qaramasdim, jiddiy qaragandayam shundo qiz manga

kenayi bo'sa Jon dirdim to'g'risi. 


Holammi o'g'illari Taqvodor, Nomozxon bola,

o'zimmi akamdanam ulani qanaqadur yaxshi ko'rardim. Mana yaqinda akammi 

uylantirmoqchimiz... Hamma shu Nodirani oberamiz diyishvotti.. Akam ham rozi... 

Nodirani uydigilari ham rozi bo’lay deb turishibdi, faqat hozircha ulani uyida aza...

Shungayam baxorlada uzatamiz diyishgande qilishgan, Holamgilayam shuni 

kutishvotti.. Hamma Hursand… faqat mani ichimmi it tirnavotti... Biryoda akam.. 

Biryoda o'rtog'im..


 Usha voqea ko'zimmi oldidan o'tganda , huddi akamga nohaqli qigande 

tuyulvurvomman..  Hammasi mani qo'limdaku.. Nega shuncha vaqt bitta qizzi

bilagidanam ushamagan taqvoli yigit birovdan qogan qizga.......

 Nodirada ham ayb yo'q.. Uniyam baxtli bo'lishga haqqi bor. Va u bunga arziydi.

Indamasam, akam kuyadi, Indidigan bo'sam o'rtog'im...


 Ikkita o'tni o'rtasida qopkettim, akamam shu qizga man maqtaganim uchun 

uylanvottila, Nodiraga ham qiyin, amakisini o'g'li 3 yil burun uylanib ketgan, hozir

1 ta farzandni otasi… Nodirani o'zigayam etomayamman, ichimdigini.. O'rtamizda 

qanaqadur devor bor…  akamdanu negadur uyaladigan bo'pqoganman, yonlarida

1 minut o'tiromiman, ayb ish qigan boladak o'zimmi opqochaman..


 Iltimos yo'l ko'rsatin, man nima qili? Hamma narsani taqdirga tashab bersam, 

umrbod akammi oldida aybdordek yashamiymanmi..

Yoki aralashsam , ikkala tarafniyam ranjitib qo'ymimanmi? Dugonammi 

hayotichi...

Sayyod: Аввало дугонангиз билан гаплашишингиз керак, жинсий алоқа ўзи рости бўлганми ё унга яқинроқ нарсами? Шунга қараб иш қилинади. Бу жиддий масала, албатта дугонангиз билан гаплашиб олишингиз керак. Ёшликда кўп холларда қизлиқ иффатини сақлаб қолинган тарзда шунчаки имитациялар бўлиб ўтган бўлиши мумкин. Қиз бола нарса кўп нарсани тушунмайди ва у кўп нарсани жинсий алоқадек тушунган бўлиши хам мумкин. Яна бу холатга кўп бўлган бўлса темболее уни хозирги тушунчалари ўзга. Лекин зинхор акангизни алданишига йўл қўйманг!
Дугонангиздан нимаики жавоб олсангиз, акангизга айтишингиз керак бўлади. (Агар умуман хеч қандай яқинлик бўлмаган бўлса унда мавхум қолгани яхши). 
Уччала одам орасида қоладиган вазият бу, акангизга тўғри тушунтириш керак, агар у қизни шу холатида уни айбсиз эканлигини тушуниб қабул қила олса, уччалангиз орангизда мавхум амалга ошириладиган никох бўлса керак. 
Рози бўлмаса, буни ошкор этмай (акангиз тақводор бўлса бунга амал қилиши аниқ), шунчаки учрашувданми ё бошқа бир сабабни рўкач қилиб, ўзини айнигандек кўрсатиб тўй қилмагани яхшироқ.

Бу мани шахсий фикрим, мавзу ўта нозик ва эхтиёткорлик билан ёндошадиган холат! Балки сайтда бошқалардан, тажрибаси кучли ва бу холатда балки диний тарафлама хам сахих маслахат берадиган топилар, зеро бу вазиятда ўзимни фикримни химоялай хам олмайман.  



Эслатиб ўтамиз, хар якшанба мухлислар куни бўлиб, ўз муаммо ёки кўнгил кечинмалари билан бўлишиб, кенг омма билан хал қилишга имкониятингиз бор.  

 sayyod@gmail.com почтасига иложи бўлса кирилл харфларида воқеа ёки муаммоингизни ёзиб юборишингиз ёки  (+99894) 644-67-11 рақамига қўнғироқ қилишингиз мумкин ёки шу номерга вацап. 
 
Бўлим: Muhlis Minbari | Кўрилган: 25542 | Чоп этди: Sayyod | Теглар: Yakshanba-Muhlis minbari

Нравится
Барча изохлар: 26
1 Bakhtisher   (19-Янв-2014 06:39) [Материал]
Sizga maslahatim buni albatta akangizga ayting, agar rostdan ham dugonangiz o'zining qizlik iffatini yo'qotgan bo'lsa. Juda ko'p janjallar va asabbuzarliklarning oldini olasiz. Aslida u qizga tekkan erkak g'irt****odam ekan, lekin hech qaysi erkak boshqa birovdan qolgan ayolga uylanishni istamaydi, agar bu nikoh birinchisi bo'lsa. Qing'ir ishning qiyig'i qirq yilda ham chiqadi degan gapni unutmang, qachondir akangiz bu haqida eshitib qolsa vaziyat hozirgidan ham ham yomon bo'lishi mumkin.

2 dilnora   (19-Янв-2014 07:05) [Материал]
dugonangizni vijdonli bulsa sizzi akangizga rozi bumasligi kerak Sayyod gaplari tugri gaplashing dugonagiz bilan genikolika borin dugonangiz bilan xammasi oydinlashadi keyin akayiz bn maslaxatlasharsiz agar indamasdan jim qarab tursangiz bir umr vijdon azobida utasiz

3 FC_PAXTAKOR   (19-Янв-2014 11:31) [Материал]
Med ko'rikchi? Aytmagandayam bir nima bo'gan bsa poliklinikada chiqadiku atveti

4 Lochinboy   (19-Янв-2014 11:46) [Материал]
Juda qiyin holatakan, to'g'risi nima diyishgayam hayronman. Anu amakisini o'gliyam **********kan to'risi. Qilg'iluni qip qo'yib o'zi chetta yurganakan. Lekin nima bo'gandayam akezga etishiz kere, uylanvotgan ahir u, o'z mahramiga ovottimi deme hammasidan habari bo'lishi shart.  Bu mani shahsiy fikrim, yana Alloh bilguvchi.

5 Gulsum   (19-Янв-2014 12:01) [Материал]
Urtogizi uydegilari biladimi?? bilmasa etila Onasiga tekshirtirsin akez bn toyi bomagan taqdirdayam boshqa bolaga teyishi mumkin u bolayam kimmidur okasi, tshunadigan odam bosa tigri tshunib ketar hammasi yahshi bolar.. Tekshirtirila ikta orto bop boraslami yoki oyisi bilanni ushanda shubha gumon aybdorlik qolavevrsa bahtsizlika uchrash fikriga aniglik kiritiladi!!! Hozi qizla nitoka yoshlida kimmidur aybi yoki nojoi ishi bilan bopqolib..uzlari bilib shu ishlani qib kere bosa 1 2 marta abort qilib hichnima bomagande vijdonni jigildoniga urvorib bironi hotini bob laqqa tushirip yurishibdi!! Man bulani Jenski Vrach opamdan eshitib bilib yozdim!! Agar urtogiz i siz haqiqatan vijdonila qiynalib oharatdan qurqsela iymonila kuchli bosa etila va TEKSHIRTIRILA!!!!

6 Bek8111   (19-Янв-2014 12:42) [Материал]
Вокеа кандайдир галатирок туюлди менга. Баъзида сингиллар акани кизгонишади бошкалардан (унинг устига энг якин дугонангиз экан). Балким хато уйлаётгандирман. Айтишадику хар бир нарсадан хар бир ишдан энг камида бир марта шубхалан деб. Агар нотугри уйлаган булсам узр.

Лекин барибир тиббий текширувдан утиш керак. Эркак кишига бундай иснодни кутариб юриш жуда кийин. Эркак киши куча одами. Куча куйда уша кизни зурлаган амакисини угли куриб колиб, бу йигитга караб  мендан колган кизни олгансан деб айтмаслигига ким кафолат бера олади. Унаканги пасткаш инсонлардан хар кандай кабихликни кутса булади. Урганган кунгил уртанса куймас деб яна бу ишини давом эттиришга харакат килиши мумкин. Нима булганда хам бу жудаям калтис ва жиддий масала. Тиббий курикдан утиш керак ва иккала томонни узларига куйиб бериш керак. Узлари узаро нима карор кабул килишса узлари билишади. Яна хам булса билмадим.

7 zaya   (19-Янв-2014 13:01) [Материал]
agar ikki tomonga ham dilizdegi gaplarni etomayotgan bulsez, unda usha dugonez bn ginekologga boring. agar rostdan ham dugonezzi holati siz uylagande bup chiqsa buni uyizdegilarizga etishiz kere. nima buganda ham bu narsani yashirib bumeydi. qingir ishni qiyigi 40yil uyoda tursin, hozir 1kunda ham chiqyapti!

8 Isfandiyor   (19-Янв-2014 13:03) [Материал]
Akaizga bowqa qiz toping va akaizni u bn uchrawiwga ko'ndiring. o'zi oldinroq uydagilariz dugonaiznikiga sovchi jonatmoqchi bo'ganida uydagilarizga bowqa bir qizi tavsiya qiliw kerak edi.

9 342   (19-Янв-2014 13:45) [Материал]
allohni buyurgani boladi, ichingizi fil tirnasayam allohni buyurgani boladi, hammasi meni qolimdaku axir debsiz, sizni qolingizdayam akangizam ota onangizi qolida ham emas, allohni iznida, sabab boluvchilar sizlar, taqvolik ekan aytganiz boyicha, alloh suygan bandalarini yolgizlatib xor qilib qoymaydi, hecham kuyunmang. hamasini Alhamdulillah deb qarshi olavering

10 555555   (19-Янв-2014 14:29) [Материал]
342 ning gaplariga qo`shilaman!!

11 Sardor4ik   (19-Янв-2014 16:48) [Материал]
Unda sizam farzandiz kotta bo'ganda juvon olib bering))
Bizani qonunimizada to'ydan keyin qizbola chiqmasa, to'yi pulini undirish yoki jinoyi jovobgarlika tortilish to'grisidagi qonun yo'q digan maqsadda Sud ishni ko'rib chiqmagan!
Imomga kese hozirgi Imom va Domlala "youtube"da like yeg'ish bo'yicha kim o'zarga o'ynashvati tongue (ayrimlari!)

12 ledy   (19-Янв-2014 19:34) [Материал]
курикдан утинглар. агар у киз кизбола (иффатли) булса, бу шунхангиз учун акангизга тегмайди. Агар тескариси булмаса сизлар келин килмайсизлар. Тугриси, дугонангиз бу шубхани иффатли холига эшитса сизни кечирмаслигиям мумкин

13 sodda_mugombir   (19-Янв-2014 19:37) [Материал]
judayam qiyin vaziyat, lekin ba'zi bir fikrlani bildirib o'tsa bo'ladi.
"Hammasi mani qo'limdaku.." bu togri gapmas, hammasi sizzi qo'lizdamas. sizga bog'liq bo'gan narsa bu sirni boshqalaga bildirish yo bildirmaslik. ulani taqdiri sizzi qo'lizdamas. siz judayam sir saqlanishi shart bo'gan narsani guvohi bo'gansiz, u narsani boshqa bir odammi eshitishligi dugoneyizzi kelajagi uchun judayam salbiy bo'lishi mumkin. o'ziz bilas bizani jamiyatda gap chiqsa tamom, keyin u qizga birovni sovchi bo'lib kelishligi savol ostida qopketadi, kegndayam ne narmalniyladan keladi. chunki hamma uni 'buzuq" dib o'ylashshi boshlashadi, odamlaga farqi yoq bu narsa qachon bo'gan, qizzi aybi bormi yomi. ushanchun u akayzga aytishizdan oldin oy'len uverenmisiz akeyz uni notog'ri qabul qimasligi. ya'ni akeyz birdaniga xoleyga yo boshqa birovlaga aytmasligiga ko'ziz yetsa bu haqda gaplashsayz bo'ladi lekin buni ehtimoli kam. akayz hich kimga aytmagandayam siz shu narsani akayzga aytganizdan keyin akayizzi darrov o'zgarib, dugonayzga uylanmidigan bo'p qolishligi xoleyzda dugoneyzga nisbatan qanaqadir shubhalani tugilishligiga, keyin xar xil yo joydan gap chiqishligi mumkin. xoleyz agar bob o'tgan narsadan xavor topsala xayotda bu to'yga rozi bo'midila, faqat orada sirri fosh bo'ganiyu dugonayizzi nomi yomon otliqqa chiqqani qoladi. agar dugonayizzi haqqatda beayb dib hisoblasayz to'yni bo'vurgani yaxshi, chunki u narsa ancha yilla oldin bogan, dugonayizzi aybi bo'magan, undan keyin dugonayz kimla bilandir yurib ketmagan. akayz taqvodor bosa dugonayizziya orgatvoladi hamma narsaga, shu bilan chiroylik bir oila vujudga keladi. albatta siz shu narsaga ko'nikib sir saqlab ketolsayz.

"Nega shuncha vaqt bitta qizzibilagidanam ushamagan taqvoli yigit birovdan qogan qizga.......' 1 chidan dugonayz "birovladan qogan" qizmas, uni aybi yo dib turib yana birovladan qogan diyishiz galati, birovladan qogan dib anu yurib yurib keyin hich kim qaramiy qoyganlaga etiladi. u narsala ancha yila oldin va dugonayizzi aybisiz bogan bosa hich qanaqasiga "birovladan qogan" hisoblanmidi. 2 chidan, insonlani taqdirini Olloh belgiliydi, qiladigan amallari va niyatiga qarab. xolayizzi ogli haqqatda taqvodor, namozxon bo'sa Olloh amal va niyatlariga yarashasini nasib qiladi, xolammi o'gli taqvodor, namozxon divos, unda eng yaxshisi ulaga eting istihora namozini o'qisinla, yotig'i bilan tushuntiring, duo qisinlaki 'ey Olloh shu qiz man uchun xayrli bo'sa manga uni nasib qigin, bo'masa yo'llarimizzi boshqa boshqa qil' dib. o'zi biladi istihora disayz tushunadi nimaligini. nimaga unaqa divossan, san uni dugonasisanu, nima dugonangdan shubhang bomi disa gappi togirlavoring nimadir oylab topib. o'zizam (endi bilmiman sizzi etiqod darajayz qanaqa) duo qiling, akammiyam dugonammiyam baxtini ochgin, bir biri uchun xayrli bo'sa birga qigin dib. akayz  taqvodor namozxon bo'sa Ollohni o'zi unga togri yolni korsatadi.

bahorlada divos, hali ungacha 1-2 oyla vaqt borakan, akayz istihora qisinlade sizam ulayam sabr qiliyla, shu 1-2 oyni ichida Alloh nimanidir sabab qilib yo taqdirligini birlashtirishi yo yo'llarini boshqa boshqa qivorishi mumkin, ertaga nima bo'lishini hich kim bilmidi. faqat bu yo'llani boshqa boshqa bo'lishligi sizzi sirni boshqalaga oshkor qilishizu dugonayz haqida xar xil gap so'z tarqalishligi bilan bo'masin. boynizda kotta masuliyat yotibdi, o'ylab ish qiling. eng asosiysi shoshimang.

mani maslahatim qanaqqilib bosayam akeyzga istihora qilishshi tushuntiring, sizam ulayam duo qiliyla. Ollohni o'zi hikmatli zot, bo'sa hammasi yaxshi bo'pketadi.

14 insoniy   (19-Янв-2014 20:03) [Материал]
Haqiqatda juda nozik masala,,bechora qizni ham aybi yo vaziyat qurboni,uni ham qancha orzulari bordir,okayizni ham uylavoman erkak kishiga bu ogir zarba,haqiqatda dugonayiz bn gaplashib tekshirtirila,diniy maslahat albatta olishila kere,bilasizmi uydagilarga etish keremas etilsa agar tekshiruvdan utolmagan taqdirda ushanda etiladi unda ham faqatgina Okayizlaga,uyizdagilaga etganiz bu uje gapni kochaga chiqishi boladi,u qizni ham uylash kere,yashashi kere u ham,bilasizmi hayotni bitta achiq haqiqati bor erkak kishilada asosan juda kotta qismida bor ,chunki insonlarni kopchiligi shunaqa ,agar Okayizla taqvodor divos ,balki u qizni qanday bolsa shundayligicha Olloh uchun qabul qilarla ,ammo dugonayizla tayor bolsinla bu voqeala yuziga solinishi umr buyi ezilib utishga ham tayor bolishlari kere,nima dimoqchiligimmi tushungan bolsayiz kere ,lekin Ollohdan qorqan inson bunaqa ishla qimiiydi dib uyliyman ammo biz insonmiz ,erkaklani boshi egikligi ,va hayotini keskin uzgarishi kopro shunaqa holatlardan ham kelib chiqadi,bir umr ezilib yashash 2 tarafga ham keyin juda qiyin bolmasin,bu masalani Okayizla hal qilishlari kere,oilayizdagila emas

15 Saodatxon   (19-Янв-2014 20:24) [Материал]
Kelin olish,davlat olish degan yaxshigina naql bor dono xalqimizda.Buyuk sarkarda Amur Temur qizlarini uzatganda kuyovni ko'pam surishtirmagan ekanlar,lekin o'g'il farzandlarini uylantirishdan oldin kelinni yetti pushtini surishtirgan ekanlar.Qizlarimizni baxtlarini bersin,albatta.Lekin xonadonimizga keladigan kelinlarimiz bizni erlarimizni avlodlarini davomchilar deb bilaman,ana shuning uchun ham kelinlarimiz hamma tomonlama sog'lom bo'lishlari kerak.Meni fikrimcha dugonangizni ruhiyati ham buzilgan,bundan xulosa salomatligiga ham putur yetgan.Siz birinchi navbatda dugonangizni emas,sizni ostirgan OTA-ONAlarizni o'ylang.Chunki bir kun kelib ular ham bu voqealardan xabardor bo'lishadi.Ayniqsa bizni millatimiz o'g'il tug'ilganda boshqacha xursand bo'ladi.Zuryod,merosxo'r tug'ildi deb,akangizni ham o'z tengilari ichida boshi egiladi.Dugonangizni hayoti o'z yo'liga,uniyam tengi chiqadi.Siz yaxshilikni avvalo o'z oilangizdan boshlang.

16 JaSurbek555   (19-Янв-2014 23:10) [Материал]
assalomu alekum avvalom bor.bu juda nozik va ayangchli  taqdir qismatiga sabab bo'ladigan ishga o'z firim aytib o'tishni joiz topdim.singlim sizi xozirgi axvolizi tushunyabman siz oldin hech kimga gapirmey birinchi o'rinda dugonezga ayting bu haqda birgalikda gaplashib kn shifokorga boringbirga tekshirtiringlar ln aslo onasiga yoki akezga aytmen chunki dugonaizga og'ir bo'ladi va ona un bu qayg'u bo'ladi.Agar yoshlikda bo'lgan bo'lsa bu balki siz o'ylagan darajaga bormagandir va nomusi joyidadir bakli shunchun tekshiruv hal qiladi.agar indamasez 2 inson oldida bir umr vijdon azobi qiynaydi.agar haqiqatan shu siz o'ylagan ish bo'lsa u taqdirdayam dugonez va siz bilin buni qandaydir bahona bn akaizni rad qisin va bu sirligicha qolsin bir umr toki taqdiridagi insoni uchrab unga uylanmaguncha siz qalbiz to'riga tashlang.buni akaiz bilsa taqvodor inson bo'lsa uylanmasligi aniq qizi uyidegilari bilsa qiz un hayot tugeydi u hech nimaga umid qilmeydi Olloh saqlasinu har xil ish kutish mumkin ota ona oldida chidolmagan qizdan.Singlim siz shunday o'ylab shunday qilingki six ham kuymasin kabob ham.bu mani shaxsi fikrim...

17 555555   (20-Янв-2014 02:28) [Материал]
Avvalo Singlim sizga va sizni tarbiyalagan ota onangizga rahmat , hatda yomon -ochiq so`zlar ishlatmay axloq odob doirasida voqeani tushuntirib berganingiz uchun va asosiysi shuncha yil davomida dugonangiz omonati- sirini saqlab kelganingiz uchun. Vaziyat chigal yoki qiyin tuyulgani bilan aslida iymoni kuchli inson uchun yechimi oddiy deb o`ylayman. Yuqorida shuncha kommentlar yozilibdi shulardan 2-3 tasi bizning aslimiz musulmonchiligimiz doirasida bo`lsa qolganlari odamlar tomonidan o`ylab topilgan o`zbekchiligimiz. Dugonangiz hayotiga yaxshiroq nazar tashlasak , o`zbek oilasidagi qizning hayotida bunday voqea sodir bo`lishi katta fojeadir va hayolga birinchi keladigan narsa o`z joniga qasd qilish bo`lishi mumkin lekin dugonangiz iymonli qiz ekanki shu ishga qo`l urmabdi, bundan tashqari axloq odobi kuchli ekanki hatto buzuqlik yo`liga ham kirmay Allohga ishonib bir kun baxtli bo`lishiga umid qilib yashab kelayapti ekan va aynan mana shu ishonch va umid sababli bu to`yni to`xtatmayapti. Shunday ekan menmcha bu qiz ulkan baxtga loyiq deb o`ylayman. Mehribon Alloh shirkdan boshqa har qanday gunohni agar bandam tavba qilsa kechiraman deb aytgan bo`lsa , biz kimmiz bu qizni ajratadigan yoki unga past nazarda qaraydigan. Bir mo`min ikkinchi mo`minni aybini yashirsa Alloh ham uning aybini yashiradi va agar oshkor etsa Alloh ham oshkor etadi deb eshitganman. Siz akangiz oldida yolg`onchi bo`lib qolishdan qorqayotganingizni tushunaman lekin biz qilgan yoki qilmagan ishlarimiz uchun akalarimiz oldida emas Alloh oldida javob beramiz shunday ekan sizga maslahatim agar o`qiy olsangiz 2 rakat namoz o`qing( bo`lmasa namozsiz ham ) , qo`lingizni duoga ochib ichingizdagi barcha so`zlarni ovoz chiqarmay Allohga ayting ( u allaqachon hammasini bilsa ham ) chunki aytib konglingiz yengillashadi va so`ngida " Allohim mehribonim , men dugonamga ham akamga ham baxt tilayman, agar sening nazdingda shu turmush xayrli (baxtga to`la ) bo`lsa turmush qurishlarini nasib qilgin va agar xayrsiz bo`lsa o`zing bir sabab hosil qilib bularning yo`lini ayro qilgin , mehribonim O`zingga tavakkal qildim , barchasini bilguvchi zot O`zingsan "deb tugating . Shu bilan siz dinimizning asosiy ustunlaridan biri bo`lmish ALLOHGA TAVVAKAL qilishlik bilan to`g`ri yo`l tutgan bo`lasiz . Akangiz oldida ham vijdoningiz qiynalmaydi chunki Alloh ularga to`g`ri yo`lni o`zi ko`rsatadi.  Shundan so`ng hech narsaga aralashmang va hammasini Alloh izniga qoldiring . Insha Alloh dugonangizning guzal xulqi uchun Alloh unga shunday iymonli insonni nasib qilib ikkalasiga ham ulkan baxt beriladi. Xudo hohlasa to`ydan so`ng  qiyomatli dugonangiz , qadrdoningizni ko`rishga borganda uni bag`ringizga bosing va "judayam hursandman , baxtli bo`l qadrdonim sen shunga loyiqsan "deb ayting , shu bilan u sizdan qochib yurmaydi va siri sirligicha qolishini, Alloh uni mukofotlaganini  tushunib yetadi. Insha Alloh  Allohim shunday go`zal yechimingiz, iymoningiz  uchun sizga bundanda go`zal baxt ato qilishiga ishonaman. Kelajakda har qanday vaziyatda ikkilansangiz mana shu aytgan maslahatimni bajarib, duo qilib  Allohga tavakkal qiling va sizga to`g`ri yo`lga boshlaguvchi belgilar yuborilishini ko`rib Alloh qudratiga yana bir bor lol qolasiz. Do`stligingizga ko`z tegmasin , baxtli bo`linglar ...

18 Юрист-афиритс   (20-Янв-2014 09:22) [Материал]
Оила муқаддас даргох. Унга ёмонликни раъво кўриш-у ёлғонни аралаштириш яхшиликка олиб келмайди. Ман силага шунга ўхшаш реал бир вокеани мисол келтириб бераман: 
- Турмушидан ажрашган аёл 3 ёшли қизи билан бошка эрга турмушга чиқади, у эрнинг хам иккинчи турмуши эди. Эр аёлнинг фарзандига ўзининг фарзандига қарагандек қарайди, орадан йиллар ўтиб "ўгай ота" ўз хотинига қониқмай "ўгай қизи"нинг катта бўлиб қолганини сезиб, унга ёмон кўз билан қарай бошлайди. 13 ёшга тўлганда отаси уни қўрқитиб датслаб номусига тегади (қизлигига эмас), онасига айтса ўлдиришини билдиради. Бечора қўрққан қиз хеч кимга оғиз очмайди, орадан вақт ўтади. "Мехрибон ота" шунчалар номардликкача борадики кейинги сафар хам шу ишини давом эттириб кўради, қараса хаммаси рисоладагидек. Қиз 15 ёшга тўлганда мажбурлаб унинг қизлигини йўқотади. 16 ёшда хам икки маротаба жинсий эхтиёжини қондиради. Хўрланишга чидолмаган қиз охири бориб онасига айтади. Она бечора нима қиларини билмай ИИБ га ариза билан мурожаат қилади. Тергов тугаб иш судга ошади. Судда "ўгай ота"га шунчалар нафрат билан қарадимки, инсон боласи шу ишни қилишига ишонмадим бошида. Қиздан нима бўлганини батафсил сўралганда ожиз қиз бир отасига бир онасига ва бир судъяга қараб йиғлаб юборди. Қонуний вакил сифатида онасидан даъво қиласизми деб сўралганда бошимдаги ягона эрим, болларимнинг отаси деб даъвоси йўқлигини билдирди. Қиздан хам сўралгандаа онасига қараб охиста йўқ деди. Қизнинг юзига қараб отасига бўлган нафратни сезиш қийинмасди. Лекин такроран онангни фикринимас ўзингни фикрингни айт дейилганда, жарангли овоз билан "даъвоим бор" деб бақирди. 
Ман нега бу нарсалани ёздим. Хаётда отадек зот ўгай бўлсада ёшлигидан катта қилган қизига шунчалик қилдими, бошқаси хеч гапмас. Энди холатга келсак, юқорида айтганимдек оила муқаддас даргох. Сиз олдин ўз оилангиз шаънини-ю, акангизнинг хаётини ўйланг, хеч ким оилачалик яқин бўлолмайди сизга. Айб дугонангизда хам эмас, уни хам ўзини пешонасига ёзгани бор, Оллох хеч кимни назаридан четта қолдирмайди, Менимча энг тўғри йўл: Бу нарсани хеч кимга ошкор қилмасдан бошқа бир бохона билан тўйни тўхтатиш зарур.

19 Kosovali   (20-Янв-2014 11:50) [Материал]
Avvalambor hammaga insof bersin Lekin Xolatingiz judda jiddiy!!! Dugonangiz bilan gaplashing menimcha qizlik iffati saqlab qolinmaganida o'zi sizga aytgan bo'lardi shuning uchun albatta gaplashing!!!

20 Yusufjon   (20-Янв-2014 14:45) [Материал]
Men bir narsaga ishonaman xaqiqiy taqvodor bandaga Allox xech qachon yomon jufti xalol ato etmaydi bu aniq.(Allox hama narsani bilguvchi ko'rguvchi eshitguvchidir)
2.bu sirni hech kimga hatto akangizga ham aytmang sababi bordiyu taqdir bo'lmasdan akangiz bu qizga uylanmasa unda sirni uch kishi biladi (uch kishi bilgan narsa sir emas) u qizni ham baxtli bo'lishga haqqi bor xox akayiz bilan xox boshqasi bilan.
3.Sayyod aytgandek qizni o'zidan so'rang bu ham o'zingizni ichingizga gumon qolmasligi uchun gumon bor joyda bir kun baribir nifoq chiqadi bu shunchaki maslaxatlar haqiqiy taqdirda esa baribir hammadan buyugi Alloxning aytgani bo'ladi

21 Dinora_Golden_Girl   (21-Янв-2014 12:06) [Материал]
O'rtooJooon... Mani maslahatim sizga voshshem kereemasligini bilaman... (Bilasizmi, man kimmidir orqasidan gapirishni xohlamiman, voqeala rivojini vaqt hukmiga tashab qo'yaman... Vaqt o'tgach, kim ig'vogar, kim haqligi oshkor bo'ladi...)
Etmoxchimanki, dugonezzi g'iybatini qimasdan yaxshilab dugonalarcha gaplashib ko'rin... Bu judayam nozik masala, balki siz adashvotgandirsiz!!!

Manimcha, akezlani qizg'anvossiz!!! (axir, sizda mashi xarakter kuchliyuu...)

Tasavvur qilin, o'sha o'rtog'iz siz haqizda mashnaqa dib o'ylavotganini bilib qoldiz! Qanaqa holatga tushasiz?! Darrov yig'lashga tushseez keree a?!
(Odamla birovni gapirishdan oldin o'zlarini o'sha kishini o'rniga qo'yib ko'rsala, ig'vogarchili bo'masidi manimcha...!!!)))

22 ledy   (21-Янв-2014 12:25) [Материал]
"Битва экстрасеансов"

23 ledy   (21-Янв-2014 12:25) [Материал]
wow

24 Kosovali   (21-Янв-2014 17:09) [Материал]
Lekin bunaqa vaziyat juda ko'p

25 zarif   (26-Янв-2014 14:57) [Материал]
nima bugandaxam xaqiqatni bilib turib jim ketiw n

26 zarif   (26-Янв-2014 15:00) [Материал]
nima bugandaxam xammasini bilib turib jim qarab turiw bu butun umrlik xatoni  bowlaniwiga yol ochib beriw ku axir /

dth="100%" cellspacing="1" cellpadding="2" class="commTable">
Исмингиз *:
Email(шартмас):
Код *:

Диққат: Ёзиб қолдирилган изох дарров сайтга чиқмайди. Хар бир изох узоғи билан 24 соат ичида текширувдан ўтади. Мабодо бу вақт ўтгач хам сайтда изохингиз чиқмаган бўлса унда чиқарилмаганлик сабаблари қўйидагича бўлиши мумкин: 

Сайтимизда сўкиниш, хақорот, камситиш, мазах қилиш, салбий ва диний тарғибот, махалийчилик, миллатчилик, реклама ва қадр қимматни ерга ургувчи АЛОМАТЛАРИ БОР изохлар сайтга чиқмасданоқ ЎЧИРИЛАДИ!

Шунингдек миш-миш бўлиб кетишига сабабчи бўлгувчи тасдиқланмаган маълумотлар, тасдиқланмаган гап-сўзлар хам изохлардан ўчирилиши мумкин!

-Қолдирилаётган изох ўша мақоладан ташқаридаги мавзуда бўлса хам ўчирилиши мумкин. 

(батафсил манбаа)

Изохлар модератори NOZI, Шахло Қодирова ва Бекзод

YUQORIGA!