Бош сахифа » 2010 » Октябрь » 30 » Мен ифлос аёлман!
03:34
Мен ифлос аёлман!

Сайёд сиздан илтимос мана шу хатимни сайтингизда қўйсангиз, сарлавхасини мен ифлос аёлман деб қўйинг илтимос. Куйиб кетяпман, ёниб кетяпман. Ёлвориб сўрайман сайтингизда бўлсин шу, агар тирик бўлганида, хеч бўлмаса ногирон бўлиб қолганида хам шуни ёздириб ўзига ўқитган бўлардим.

Севиб турмушга чиқдим, хаммаси яхши эди қаёқдаги бир тилла узукка хохишим кетиб турмуш ўртоғимни хар куни асабига тегадиган бўлиб қолганимни сезмадим. Охирги урушганимизда жахл билан чиқиб кетдию, қайтмади. Тонгга яқин уни фақат совуқ дийдорини кўргани шифохонага чақиришди. Авария бўлиб, ўша ерни ўзида оламдан ўтибди. Кимдан қарз олганини билмадиму, шифокорлар нарсаларини берганида шу узук нархидек доллор ёнидан чиқди. Аниқ биламан кетаётганида бир тийини хам йўқ эди. Кимдандир қарз олган. Ўзимни ўлдириб ташлагим келди қани энди атрофдагилар қўйиб берса. Ўлиб кетсам бўлмасмиди мен узим, шунақаям очкўз бўламанми. Тамом бўляпман.

Мана эримни кўмганимга хам бир ой бўлди, шу ой ичида сайтингизга кирмадим. Кира олмадим хам, чунки сайтингизга эрим яхши кўриб кирарди. Ўша бошқа давлатда бўлганимизда ўрганиб қолганди. Биргалашиб мақолалар ёки янгиликлар устида роса бахслашардик. Мана хозир бир ўзим комент ёзяпман. Хар бир ёзганимда кўзларимдан ёшлар тинмаяпти. Илтимос Сайёд, оёғингизга керак бўлса бош ураман бориб, шу коментимни сайтингизга чиқаринг, сизни жуда хурмат қиларди, кўришмоқчи хам эди, насиб қилмади, эримнинг ёрқин хотираси хаққи, одамлар билишсин мени қанчалар нокас бир ифлос аёллигимни, одамлар ўзига хулоса қилиб турмуш ўртоғидан шукр қилишсин. Пул бойлик тилла хаммаси бир пул, эримни соғиниб кетяпман.....

Жудаям севардим, тилла бўлми хар нарса бўлсин, кўзимга ёғ босди. Худойим кечирсин ман ахмоқни. Қани тирик қолса эди, хеч бўлмаса ногирон бўлсаям ўқирди шуни. Адоий тамом бўляпман. Туғиладиган боламни хам кўра олмади мани ахмоқлигимдан. Туғилса шу чақалоқни кўзига қандай қарайман? Отангни бир тиллага ўлдириб юбордим дейманми. Оламга сиға олмаяпман. Эримни кўмар эканман бугундан бошлаб баданимга бир грамм тилла тақсам тил тортмай ўлай деб қасам ичдим. Худойим мани қаттиқ жазолади, бундан ортиқ бир умрга жазо бўлмаса керак.

Нодир ака кечиринг мани, бир бадбахт нокас хотинингизни кечиринг адаси, мен ифлосга уйланманг экан, турмушга чиқмай хор бўлиб тилла тугул қотган нонга тўймай юрсам тирик бўлармидингиз. Кимлар сизни бахтли қиларди адаси мани кечиринг. Одамлар мани кечиринглар. Тилла тугул нонга зор бўлмасам бўлмасмиди фақат ёнимда бўлсангиз эди, жудаям етишмаяпсиз, жуда соғиндим адаси мани кечиринг ахмоқлик қилдим, кечиринг...



Эслатиб ўтамиз, хар якшанба мухлислар куни бўлиб ўз муаммо ёки кўнгил кечинмалари билан бўлишиб кенг омма билан хал қилишга имкониятингиз бор.  sardor@sayyod.com почтасига иложи бўлса кирилл харфларида нома битишингиз мумкин.

Бўлим: Muhlis Minbari | Кўрилган: 24833 | Чоп этди: Sayyod | Теглар: Yakshanba-Muhlis minbari

Нравится
Барча изохлар: 511 2 »
1 Uyqichi_Girl   (30-Окт-2010 04:48) [Материал]
Siz un Allohdan sabr tiliman. Turmush o`rtog`ingizni joylari jannatda bo`sin. Robbim yonida yuzlari yorug` bo`sin. Janobi Haq barchamizni hidoyat yo`liga boshlasin. Allohu Akbar!

2 FerUZa   (30-Окт-2010 05:05) [Материал]
Olloh sabr bersin sizga, turmush kamchiliklarimizdan hammamiz norzi bolalmiz. Ollohni amri bn turmush ortogiz otganla, buyam bir sinov sabr qilin, farzandizga hamma e'tiborizi qaratin bolezga keresiz. vaqt hamma dardlarizga davo boladi.

3 Rich   (30-Окт-2010 05:41) [Материал]
Ex ayollar nimalar qilib yurasizlar aa Bu komenti o'qib juda chuqur o'yga tonib qoldim .Maylin endi afsus chekishiga kech opajon shuni vaqtliro o'ylash kerek edi

4 PIRASTOY   (30-Окт-2010 05:59) [Материал]
EX ATTANG KECH TUSHUNAMIZ....

5 1909   (30-Окт-2010 06:18) [Материал]
ha hatto ish qilibsiz ,endi bundan buyog'ga Allohdan sabr tilab ,bolangizga bor diqqatingizni qarating va yahshi tarbiya qiling ,sizga esa Allohdan sabr tiliman

6 QALQON   (30-Окт-2010 06:29) [Материал]
Assalomu alaykum hurmatli "X"(shunday desam balki to'gri bo'lar, balki noto'g'ri). Man xali uylanib ulgurganim yuq-ku ammoo'tgan 25 yil davomida ko'p voqeliklarni guvohiga aylandim. Shuning uchun aybga buyurmasangiz, sizga aytadiganlarim bor.
Avvalambor mani chuqur ta'ziyamni qabul qiling. Insonga Olloh tomonidan beriladigan vaqtni biz umr deb ataymiz. Ushbu umrimiz davomida har birimiz peshonamizga onamjonimizni qornidaligimizdayoq bitib qo'yilgan taqdirimiz bo'yicha hayot sinovlariga bardosh berib yashaymiz. Sizni boshingizga tushgan bu kulfatni siz Ollohdan yuborilgan sinov deb biling. U suygan bandalarigagina sinov yuboradi. Turmush o'rtog'ingizni falokatga uchrashini esa siz tushingizda ham ko'rmagansiz. Sizni uzuk talab qilganingiz esa bu sabab. Begingizdan qoladigan yodgoringiz bor ekan. Iloyim eson omon qutulib oling. Mana shu tug'ilajak farzandingiz begingiz sizga berishi kerak bo'lgan barcha baxtni beradi. Faqat buni siz astoyidil istasangiz albatta. Insonga hech qachon o'ziga o'zi yoki birovga jazo berishiga izn berilmagan. O'zingizni barcha hunuk gaplar bilan xaqoratlabsiz. Bu erga yozganingiz bilan siz kechirilib qolmaysiz-ku. Shuning uchun siz o'zingizni bunchalik koyimang. Balki man sizni o'rningizda bulmaganim uchun ham shunday fikrlayotgandirman. NIma bo'lgan taqdirdayam siz o'zingizni asrashingiz, farzndingiz kelajagi uchun qayg'urishingiz kerak. Yaqinlaringiz boshqa ayriliqqa chidasholmaydi. Man ham o'z yaqinimni yoqotganman. Oz bo'lsa ham sizni tushunaman.
Vaqt hamma dardga davo bo'ladi. So'zim so'ngida yana shuni aytmoqchi edimki, Nodir akezlani nomlariga duo qiling. Xudodan so'rang sizni kechirishini bandalaridan emas.
P/S: Agar nojo'ya gaplar yozgan bo'lsam mani avf eting.

7 Aktiv_Xonim   (30-Окт-2010 10:53) [Материал]
АЛЛОХДАН САБР СУРИМАН. ВАКТ СОАТИ БИЛАН БИЗ ХАМ УША ЖОЙГА БОРАМИЗА, БИРОВ ОЛДИН, БИРОВ КЕГИН, ТУРМУШ УРТОГИЗНИ ВАКТ СОАТЛАРИ ЕТГАН ЭКАН, БУНГА СИЗНИ ТИЛЛАГА БУЛГАН ХОХИШИЗ САБАБ БУЛИБ КОЛИБТИ, АГАР ШУ НАРСА БУЛМАГАНИДА ХАМ, ТУРМУШ УРТОГИЗ ЮРВОТГАН ЙУЛИДА ХАМ ОЛАМДАН УТАРДИЛА, БУ БИР САБАБ БУЛИБ КОЛГАН ХОЛОС, АЛЛОХГА ШАК КЕЛТИРМЕН, ЭНДИ ТУГИЛАЖАК ФАРЗАНДИЗНИ СОГЛИГИНИ УЙЛЕН.

8 xech kim   (30-Окт-2010 11:22) [Материал]
olloxning irodasi uzizi ayblamang opa olloh sabr bersin

9 Gayrat   (30-Окт-2010 11:43) [Материал]
Оллохни такдири. Бунга бирор бир нарсани сабаб килиш шарт эмас. Агарда шу узукни харид киламан деб у бу ишлаб турган холатда ёки узини хавфга куйган холатда оламдан утган буганлирда хам бу Оллохни такдири буларди. Лекин бу вазиятда хали не факт что он хотел что то делать для жены. Шунга бу аёлга етказиб куйсела яхширок у узини бунчалик кийнамасин уша узук вокеаси булмаса хам эри оламдан утиши мумкинлигин ва бу факт Оллохни иши эканлигини билсин.

10 malika-milashka   (30-Окт-2010 12:10) [Материал]
ex biz ayolla oylamasdan ish qilamizu kegin afsus chekamiz.............lekin unda kech boladi.Sevgan ekansiz sevgizdan osha yaramas tillani ustun kordizmi??!!!Endi esa afsus chekasiz!!Bu dunyoni boyliklari,tillalari xammasi lanatlangankuu,Allahning nazlida undan xam yaxshiroq nematla bor agaram erizni rozi qilsangiz.Xamma narsa Yaratganning bizga bitgan taqdiri bilan boladi,lekin taqdirni shunde bolishiga ozimiz sababchi bolamiz.Sizni xam taqdirizga shu narsala yozilgan ekan Allah sizga sabr bersin,kegin Allah Mexribon Zot shirkdan boshqa xamma gunoxlani kechiradi chin qalb bn sorasez,erizga jannat ozizga esa Allahdan magfirat sorab qolaman.

11 Azizbek   (30-Окт-2010 12:15) [Материал]
Olloh sabr bersin, taqdiriz ekan, uzizni bunchalik ayblamang, eringiz yoningizda bahtli bulib tura vafiot etishi ham mumkin. Taqdirizda shu ekan. Sizni aybiz yuq deya olmaymanu lekin siz uylaganchalik 100% aybdor emassiz, Taqdir ,,,,
Unutmang, yolgizni yori olloh...
p.s Asabiylashib har hil qasam ichib utirmang, qasam faqat olloh nomi bilan ichiladi va uni surogi juda ham katta
sanr qiling, aminmanki olloh yana bahtizni berad (hammamizni bahtimizni bersin)
Ovmiyn
Ollohu akbar!

12 max_uz   (30-Окт-2010 12:43) [Материал]
Qanidi hamma ayollar o'zlariga xulosa chiqarib olishsa.Bunaqangi voqealar hayotimizda ko'p uchrab turadi.

13 Sarvarbek   (30-Окт-2010 14:25) [Материал]
olloxdan tavba kilib sorang, gunoxlaringizni kechirishini sorang. Turmush ortigingizni oxirati obod bolib surok savollarini oson kilishini sorang. Zora boshka ayollarimiz xam tavba kilishsa

14 Хужаева Сабохат Богбековна   (30-Окт-2010 14:35) [Материал]
Ха тогри бирон бир шунака не суличайни хабарлар болса одам узини гунохкор деб хар хир фикирларни уйлай бошлайди а так сиз нинг пешонанггизга ёзгани шу экан шу узикни Оллох сабаб килибди эрингизга билмадим яна худо билади

15 Abror   (30-Окт-2010 15:04) [Материал]
Bo'lar ish bo'libdi... O'tib ketgan narsani ortiga qaytarishning aslo iloji yo'q.
Kelin hadeb o'zlarini siqavermasdan tug'ilajak bola haqida o'ylasalar bo'lar edi. Erlarining umrlari qisqa ekan, tilla uzuk bir sabab, xolos, bu bo'lmaganida boshqa narsa sabab bo'lib ham u kishi olamdan o'tgan bo'lardi. Bu dunyoda rizqi tugagan odam bir soniya bo'lsin, yashay olmaydi.
Inna lillahi va inna ilayhi rojiun, biz Allohnikimiz va, albatta, Allohga qaytamiz!

16 N_felis   (30-Окт-2010 15:48) [Материал]
tilla bir bohona bo'p qolgan xudo nimani xoxlasa shu bo'ladi,sabr bersin xudo hammaga

17 surqash   (30-Окт-2010 15:54) [Материал]
Ex hayot shunaqa sizni misol qilib boshqalarqa ko'rsatdi toki boshqalar binday qimasin

18 hayronbek   (30-Окт-2010 16:06) [Материал]
kech tuhuniwlikku mayli ammo shunaqa narsalarni voqealarni biladigan odamlar..xuddi shunday ishni takrorlashi juda achinarli

19 surqash   (30-Окт-2010 16:08) [Материал]
juda kech tushunibsiz

20 Oddiymuhlis   (30-Окт-2010 16:25) [Материал]
Alloh o'z rahmatiga olgan bo'lsin, borgan yerlari Jannat bo'lsin!
Haqiqatdan ham, ayanchli hodisa, qarzdor bo'lib olamni tark etibdilar, shu qarzni kimdan olganlarini aniqlanglar. InshoAlloh, yelkalaridagi qarz bo'lmasin.
Bu ayolga ham, Alloh sabr bersin, Allohga shu jon kerak ekan, olibdi, hechkim qochib qutula olmaydi.

Sulaymon Alayhissalom yashagan davrda, Bir kuni saroyda, bir odam bilan gaplashib tursalar, saroyga Azroil Alayhissalom kelibdilarda, u odamga qattiq tikilibdilar, shunda u odam qo'rqib ketidi va Sulaymon Payg'ambarga aytibdi, meni Hindiston tamonlarga uchirib yuboring iltimos debdi. Sulaymon Payg'ambar Allohgaduo qilibdilar, va u odamni Hindiston tamonlarga uchirb yuborbdlar...
Kunlardan bir kuni Sulaymon Payg'ambar huzurlriga Azroil Alayhissalom kelibdilar, shunda Sulaymon Payg'ambar so'rabdilar, nega o'sha kuni u odamga qattiq tikildingiz deb. Shunda Azroil Alayhissalom debdilar, u odamni jonini Hindostonda olishim kerak edi, qarasam sizni huzuringizda turgan ekan, shunga hayron bo'lib qarangandim debdilar....
Hulosa o'zingizdan, inson o'zi ajalini chaqirib oladi, yani sababini, sunday ekan, Allohdan doim iymonimmiz butligida jonimmizni olishini so'raylik!


21 Muxlis   (30-Окт-2010 18:08) [Материал]
Opaginam, bo'ldi ko'p siqilmang. Eringizni ortga qaytarib bo'lmaydi. Endi siz bolangiz uchun yashashingiz, uni eringiz orzu qilgan inson qilib tarbiyalashingiz zarur. Yuqorida aytib o'tishganlaridek, hamma narsaning davosi - vaqt.

22 toxaclub   (30-Окт-2010 19:20) [Материал]
Shunday baht topginki,o’zga bir inson,
Sen tufayli bahtsiz bo’lib qolmasn.
Shunday baht topginki, orzumand ko’ngil,
Chil-chil sinmasin, so’ngra dil pushaymoga to’lmasin.

-----------------------------------------------------------------

salom to'g'rtisi o'ylab o'ylan nima yozishi bilmadim anig'rog'i
xayron bo'b qoldim qanaqa taskin berishga......
nima xam dirdim endi xammasi kech..................
nu yaxshiyam chat borakan shu sherri topib oldim
Charos raxmat sh'er uchun[/color][


23 Falonchi   (30-Окт-2010 22:53) [Материал]
Manam Sizga Allohdan sabr sog`inib qolaman! Juda katta sinov bo`pti siz uchun! Ochig`i o`qib larzaga keldim! bu yerda kimni ayblash, kimga qanday xukm o`qishga ham qiynalasan kiwi. Lekin Yaratganning o`zi har iwga qodir, aybingiz uchun istig`for aytishdan charchamang! Tuwkunlikka tuwib qomang faqat! Tavba tazarru hammasini o`zgartiradi, inshAlloh!

24 qanada   (30-Окт-2010 23:15) [Материал]
sizdaqa ayollarga insof bersin

25 Abdugani   (31-Окт-2010 22:49) [Материал]
insof bersin

26 MAHINABEGIM   (01-Ноя-2010 10:53) [Материал]
oLLOH INSONLARNI BIR UMUR BAXT IZLAW AZOBI BILAN JAZOLAYDILAR.MASHAQAT BILAN ERISHGAN BAXTGA ESA QADRIGA YETMAYDILAR.cHUNKI INSON ZOTI NA ISSIG`IGA NA SOVUG`IGA KUNIKADI.`O`TKANLARNI JOYI JANNATDA BUSIN.OMINNNNNNNNNNNNNNNN

27 Behruz   (01-Ноя-2010 20:59) [Материал]
eh kennayi qanidi bowqa qizlaga ham wunaqa aql kirib qosedi! ammo xafa bumenu siz ayollani xar doim aqllarin ke4ikib kiradi! Sabr tiliman!

28 NozishkA   (02-Ноя-2010 13:01) [Материал]
Hm Allohni uzi sabr bersin! Yaxshi ish bulmapti opajon endi siz uzini ayblab siqilganizi foydasi yuq chunki eriz qaytib kemidila shuni uchun uzizi asrab quyadigan qadamizi uylab bosasiz bu sizga SABOQ buladi dib uylaman

29 bahrom   (02-Ноя-2010 19:20) [Материал]
Оллох сизга сабр берсин. Сизнинг бу масалада хеч кандай айбингиз йук деб уйлайман. Тиллага кизикиш аёлларга теккан касаллик. Касалликдан кочиб булмайди. Сабрли булинг. Узингизни айблайверманг. Хали хаёт олдинда. Тугри эрингизни севар экансиз, наилож ахир улганни ортидан кетиб булмайдику. Сизга сихат саломатлик тилайман. Уйлайманки Оллохнинг бу синовини енгиб чикасиз.

30 saida   (02-Ноя-2010 21:26) [Материал]
Faqat yaxshi insonlar o'zlarini aybdor deb etisharkan, xudoning amri bu, endi farzandingizni voyaga etkazib tarbiyasi bilan band bo'ling.

31 Шухрат   (04-Ноя-2010 13:20) [Материал]
Оллох сизга сабр берсин

32 Royal   (09-Ноя-2010 00:28) [Материал]
Towba qildim deyish kerak, bazilar hayot oyogim ostida dip oylashadi..

33 Akmal   (13-Ноя-2010 03:24) [Материал]
xudo raxmatqilsin eriyzni, sizga sabir toqat bersin.

34 muhlis   (17-Ноя-2010 11:29) [Материал]
kenayi sizga hudoyim sabr bersin tugrisini etsam gap topolmadim maktubni uqip

35 SALOYJON   (05-Дек-2010 15:48) [Материал]
салом оллохим хам севган бандаларини ёнига олади хеч булмаса сиз хатоизни тушунибсизку киз фарзандиз бклса шуларга сабок булсин тилла буюмларга пулга уч булмасинла шундай тарбияланг отаси йуклигини билмасинла сизга оллохдан тилаймиз сабр

АЙТ , ЭЙ ФАЛАК, ИНСОН ЗОТИГА
НЕГА БУНЧА СИНОВЛАРИНГ КУП
ЯХШИЛИГИНГ БИЛМАСЛАРИНГА
БИЛМАМ НЕЧУН СИЙЛОВЛАРИНГ КУП?


36 bekzod   (08-Дек-2010 05:21) [Материал]
ollohdan sabir so`rayman.sizning bu xatingizni o`qib tasirlandim.lekin hali begingizni zurryodi bor ekan shuni baxtiga o`zingizni asrang.begingizni olamdan o`tishiga bu bir bahona halos.

37 Ibrohim 90   (08-Фев-2011 14:29) [Материал]
Кейинги пушаймон узингга душман.Улганга кийин уша бечора эркакни худо рахматига олсин.......................Эй эркаклар узларинггнисакланглар аёл макри курсин...........Умр инсонга бир марта берилади

38 jek_robenson   (01-Мар-2011 19:36) [Материал]
eee xafa bomen ollox sizi sabapchi qilgan olimdan boshqaasiga iloch yoq xamamizgayam yaxshi sabap bersin ollox omin

39 Javi   (01-Мар-2011 20:23) [Материал]
Hayot hali oldinda. Hammasi yaxshi bo'ladi. Ollohdan sizga sabr tilab qolaman. Kelajagiz haqida o'ylang.

40 WhiteRoseUz   (02-Мар-2011 12:05) [Материал]
Agar o'zingizga shikast keltirib tugalajak bolangizga zarar keltirsez, unda eringiz sizdan battar norozi bolishi munkun. Shuning uchun duoda bo'ling, o'tkanlarni nomiga duo qilib, qabir azobidan halos qilishlarini so'arashham qaysidur manoda o'tkan odamni roziligini olish kabidur.

41 Lady   (25-Мар-2011 16:54) [Материал]
Assalomu Alaykum! Bilasmi siz bunchali uzizni haqoratlab qargimang,qargish bu judayam yumon narsa uzizga urib ketishidan Ollohni uzi asrasin...Ollohim sizga sabr bersin, buyogiga faqat farzandlarizi uylab yahsen bahtizga farzandlariz sog-omon buliwsin, ulani bahtini kurib yurish sizga nasib etsin...Omin!Nima bumagan taqdirda ham erizi peshanalariga shu yoshda qazo qilish yozilgan ekan bu hammasi Ollohni iwlari, joylari jannatdan busin! Ollohim har bir insonga ulimga bir narsani sababchi qilib quyadi,shu tilla ham erizi uliwlariga sababchi bugan holos, siz uzizi bunchalik ayblamen,ulani avariya bulib vafot etiwlarini siz qayodan ham bilibsiz,siz eriz avariya bulib vafot etiwlari uchun tilla talab qimagansizku, wunaqa tarzda vafot etiw erizi taqdirlarida pewanalaridga yozilgan bugan wuni unutmen!Bu hammasi Ollohni hohiwlari! Namoz, quron uqin,har doim eriz haqiga duoda bulin, buyogiga faqat erizi ruhlarini shod qilishga harakat qilin,eriz sizi farzandlarizi hursand kursala u dunyoda ham hotirjam bulala, unutmen ulikla tirik deyishadi, ulani ruhlari siz bilan buladi!Hayotda eng asosiysi bu yaqinlaringizni uzingizni va farzandlaringizni sogligidir qogan hamma narsa topiladi!

42 bonu   (03-Апр-2011 04:33) [Материал]
оллох сабр берсин сизга аввало инсон уз такдири билан тугилади такдир бу тугилажак фарзандизни уйланг хама нарсани давоси вакт болангизни яхши тарбиялаб вояга етказсангиз еризни рухи шод булади манимча

43 sara   (12-Апр-2011 05:02) [Материал]
ollox sabir bersin inson xech qachon boylika uchmash kirak mani maslxatim qur'on oqib gunohizi yuving

44 САИД АМИР   (28-Апр-2011 19:32) [Материал]
Топлмайман энди сизни изласам хам.
Эшитмайсиз сизга узр сузласам хам.
Етмас охим етмас нолам бузласам хам,
Юрагимда армон булиб кетдингиз сиз
Бир нафсимга курбон булиб кетдингиз сиз.

Уз жонимдан нетай узим кечолмайман
Бу мураккаб хаёт сирин ечолмайман
Додлар уриб бу аламдан кочолмайман
Юрагимда армон булиб кетдингиз сиз
Бир нафсимга курбон булиб кетдингиз сиз.

Булмасмиди курбон этса нафсим узим
Кур булсайдим тиллоларга бокмай кузим.
Умрингизга нукта куйди битта сузим
Юрагимда армон булиб кетдингиз сиз
Бир нафсимга курбон булиб кетдингиз сиз.

Охиратда юзлаштирсин узр сурай
Сизни бериб ер юзида кандай юрай
Манзилингиз айтиб кетинг мен хам борай
Юрагимда армон булиб кетдингиз сиз
Бир нафсимга курбон булиб кетдингиз сиз.

Бу хаёт шундай инсон йукотган нарсасига ачинади Лекин севган инсонидай айрилиш бу чидаб булмас мусибат. Сизга Сабр тилайман
"Бойликдан кочинглар Бойлик бахт эмас кулфат келтиради" (САИД АМИР)


45 asal   (06-Май-2011 13:22) [Материал]
тугри хамма хам хайотда адашади. сиз билмагансиз ахвол щу даражагачам борищини нима буллса хам эрингиздан колган йодгорликка кераксиз бу оллохнинг иродаси улим хак сиз эрингизни хотираси ун хам ящащингиз керак

46 Lola   (03-Сен-2011 23:49) [Материал]
Xudo sabr bersin

47 sdf-milan   (13-Ноя-2011 00:19) [Материал]
inson zoti uzi wunaqa qilar iwni qiladide keyin afsuslanib yuradi Endi afsusdan nima foyda.Avvalroq uylaw keragidi

48 Айша   (13-Янв-2012 12:08) [Материал]
Апай жарыңыздың иманы саламат болсын,өзіңізге бекем болыңыз.

49 Nodira   (03-Окт-2012 15:01) [Материал]
Bu taqdir,o`zingizni ko`p ayblamang,olloxga shukur qiling farzandingiz borakan,hali dunyoga kesa,ko`rmagandek bo`lib ketasiz,agar tirik qoganlaridayam sizi kechirgan bo`lardila manimcha,,,

50 Abror   (16-Май-2013 20:44) [Материал]
Бу аёлнинг айби эмас эрининг такдири факат аёл сабабчи булиб колган.

1-50 51-51
dth="100%" cellspacing="1" cellpadding="2" class="commTable">
Исмингиз *:
Email(шартмас):
Код *:

Диққат: Ёзиб қолдирилган изох дарров сайтга чиқмайди. Хар бир изох узоғи билан 24 соат ичида текширувдан ўтади. Мабодо бу вақт ўтгач хам сайтда изохингиз чиқмаган бўлса унда чиқарилмаганлик сабаблари қўйидагича бўлиши мумкин: 

Сайтимизда сўкиниш, хақорот, камситиш, мазах қилиш, салбий ва диний тарғибот, махалийчилик, миллатчилик, реклама ва қадр қимматни ерга ургувчи АЛОМАТЛАРИ БОР изохлар сайтга чиқмасданоқ ЎЧИРИЛАДИ!

Шунингдек миш-миш бўлиб кетишига сабабчи бўлгувчи тасдиқланмаган маълумотлар, тасдиқланмаган гап-сўзлар хам изохлардан ўчирилиши мумкин!

-Қолдирилаётган изох ўша мақоладан ташқаридаги мавзуда бўлса хам ўчирилиши мумкин. 

(батафсил манбаа)

Изохлар модератори NOZI, Шахло Қодирова ва Бекзод

YUQORIGA!