Shu xabarni sizga yozmoqchiman maslaxatga muxtojman juda juda!Assalomu
alaykum Sayyod aka va yaxshilar Iltimos bir narsada juda maslaxatga
muhtojman.
Mani ismim Xabibulloh gapni nimadan bowlawniyam bilmiman
qisqasi bir qizni kollejga kirganimda juda juda sevib qoldim unga ayta
olmadim va xech nima qilaolmasdim keyinroq sevgani bor ekanligini bildim
kunlardan bir kuni juda xomush bo'lib keldi nima bo'lganiga tuwunmasdim
keyinroq kollejdan ketdim va ketish oldi 3 ta daftarimni berib iltimos
sanda turib tursin dedim bo'pti dedi va kunlar o'tdi man kollejga bora
olmay qoldim
keyin sms keldi nimaga daftarlaringni olmayabsan deb va
qo'ng'iroq qilib gaplawib oldik bir baxona keyin do'sti bo'ldim va
so'radim sevganing rawq qilmimi deb u aytdiki hiyonat qildi dedi uni
g'amgin ko'zlarini yoritgim kelar va baxtli bo'liwini istar edim kunlar
o'tdi man uni eng yaqin do'sti bo'ldim juda xursand qilardim kulgisiga
sira to'ymasdim vaqt uchib o'tdi va oxiri aytdim san manga juda yoqasan
deb, u aytdiki san xam shundaysan dedi keyin keyin sevib qoldim dedi
do'stlarim xasad bilan qarashardi 2 yildek gaplawdik yuridik, va man
endi o'zim pul topiwga xarakat qildim rassiyaga keldim va iwlab u bilan
gaplawiwla yurardim! Kunlardan bir kun men qo'ng'iroq qilsam juda
yig'lab o'laman yaqinda dedi man shock xolatga tuwib qoldim nima bo'ldi
desam zo'b yani nafas qisadi va gapira olmasligim mumkin dedi aperatsiya
qiliwim kerag dedi qildirmisanlami unda dedim u esa oyimlani pullari
yetmayabdi o'gay otamla yordam bermiman dedi deya shunday yig'ladiki
chiday olmadim qancha kerag bo'lsa man qopliman dedim u aperatsya xam
mofaqiyatli bo'ldi va man O'zbekistonga qaytdim, keyin ko'riwdik u
shunday telbalardek ediki xursand bo'p ketardim keyin bitta do'stim
keldi va aytdiki man sani Go'zal chiroyli aqlli degan qizing bilan
gaplawdim dedi iwonmadim oradan 1 oy o'tdi va yana do'stim man bilan
gaplawadi qizing dedi iwonmadim va telefon urdi va u qiz shunday
gaplarni aytardiki qulog'im kar bo'liwiga oz qoldi iwona olmasdim kechga qarab sal o'zimga kelib
telefon qildim gaplawardik u manga sevishini aytardi keyin chidolmay
aytdim qanday bu darajalikda qoyillatib ro'l o'ynaysan dedim u avvaliga
go'rlikka soldi va xammasini tan oldi aytdiki xamma narsani qastiga
qildim dedi keyin asta esimga ko'p narsalar tuwdi minnat qila bowladim
shunday jaxlim chiqqandiki xatto so'kib yubordim! keyin vaqt davolaydi
dedim o'z o'zimdan vaqt o'tiriw uchun icha bowladim chunki uxlay
olmasdim xolovatim buzuq edi vaqt man uchun shunday asta o'tardiki xamma
do'stlarim qo'llab quvatlaw o'rniga achchiq xaqiqatdan bo'lak xech
narsa ayta olmasdilar bittayam do'stim yo'qligini sezdim va xammaga
do'stlikimiza tugadi xammang bilan dedim xamma bor ee deb ketib yubordi
lekin uyumda 1ta odam qoldi u bola yaqin do'stim emasdi xatto o'sha bola
mani qo'llab quvatladi to'g'ri yo'lga bowladi va keyin xatto borib
o'sha qiz bilan xam gaplawgan ekan lekin u qiz rad etgan va o'zi oz vaqt
o'tib yaxshi bo'p ketadi debdi
oradan 2 xaftalarcha o'tib unutiw maqsadda yana Rus
davlatiga keldim bu yerda faqat onam dardimga malxam bo'ldilar vaqt
o'tib ketib mana 10 oy bo'pti u qiz bilan gaplawmaganimga man xotira
bilan yawawga o'rganib qolganman va kunlardan bir kun agentda bitta qiz
qo'wdi taniwdik u juda o'sha qizga o'xshardi keyin bu man Sabohat dedi
iwonmadim o'ynayapti odamlar dedim keyin xudoxaqqi menman dedi juda
bowqacha bo'p qoldim xolimni so'rardi dardini aytardi a man ewitardim
keyin nima qalay ownam dedim Ajraldik biza dedi! keyinchalik shunday
kechirim so'ra bowladiki tinmay kechirim so'rardi endi qadringga yetdim
bilmagan ekanman sani juda sevar ekanman xudo xaqqi kechir deya xar kun
shu axvol kechirimlari bilan o'tardi telefon qil gaplawib olaylik derdi
mana 1 oycha faqat kechirim so'raydi juda kechirgim keladi juda juda
sevaman xaddan ortiq uni o'ylayveraman juda g'ururim qo'ymidi lekin
kechirishga!! o'zim o'yliman endi yodiga tuwdimmi kechirmaymi deb, ammo
yana o'yliman axir juda sevamanku axr xamma xato qiladi puwaymonku deyman,
iwongim kelmidi chunki u meni yolg'onlarga ikki yil ko'gan qastini olgan
mendan lek juda kechirgim bor ammo nima qiliwniyam bilmiman Iltimos
Yordam beriylar Iltimos! nima tanlay G'urur-Sevgi! Yoki iltimos
mail.ruga yozila Bulatov_Xabib@mail.ru! Oldindan Raxmat! Sayyod:-Ўзиям зўрға тушундим. Хафа бўлмангу бир бетамиз қиз экан ўзиям. Ғалатимасми? Сиздан аввалги боладан сизга, сиздан кейин яна бошқасига, энди хечкими қолмагача "запасной аэродром" қилиб сизга яна ялиняптими? Сўраб кўрингчи мабодо яна у-бу нарсага пул керакмасмикан? Балки шунинг учун бирдан ёдига тушиб қолгандирсиз? Ахир катта пул кераклигида фақат сиз бергансиз, демак халиги йигитдан чақа хам чиқмаган тўғрими? Узр қатъийдирман лекин у қизни заррача тушунадиган холатни умуман кўрмаяпман. Бунақаларни "Попрыгуня стрекоза" дейилади. Ундан бунга, унисидан бунисига, ёз ўтиб қиш келганида, яъни қийинчилик, чумоли ёдга тушади. Яъни халиги суйган юрак дардидан лошшара бўлган. Қўпол албатта лекин хақиқат! Аввал севдиришади, севган йигитларни эса аксариятини "лошшара" қилиш жуда осон. Тўғрида севиб турган қизинг хато қилиб ёнингга кўз ёши қилиб турса юрак жим турармиди? Ўз уйдагилари жонини сақлаб қололмаган сизни ўша қилган яхшилигингиз учун йўқ десангиз хам қул бўлиб ўтса арзирди. У эмас сиз унга хиёнат қилиб хайдасангиз хам ана ўша хайр ишингиз учун оёғингизга чирмашиб яшаши керак эди. Кўрнамаклик хам эви билан. Кимнидир қақшатиб Худо каромати ила бўғзидан олган экан, сиздан сўнг кўзидан олмаса бўлгани. Қайтар дунё ахир. Лекин ўша кўзидан олганида ёнида кимдир бўлармикан? Сизга айтмоқчи бўлган маслахатим мана бу мавзуда айтилган фикрларимдек экан, шу ердаги унутиш усуллари хақида айтганим хам асқотар.
Албатта сўнгги сўз барибир халойиқдан, улар нима деркин? Балки ман жудаям қатъийдирман.
Sardor aka gapiyzga 100%qushilaman hozirgi bollarga hayronsan kuz oldida boshqasi bilan yurib ketsayam farqi yoq ey yigitlar gurur qatta qoldi gurur.bilasizmi usha sizni urtogiyzgayam yalingan busa kerey lekin u sizdan gururli bulib kechirnmagan qarasa siz turibsiz LOH bulib sizga hozi yumshoq maslahat beradiganmas shunaqa qattiy javoblani eshitsayz kuziyz katta katta ochiladi
Siz g'ururni tanlang. U qiz ishi bitgandan keyin yana sizni tashlab ketadi. Unga boshqa ishonish kerak emas. U juda ham aldoqchi. O'zini o'ylaydigan hudbin. Sizni o'yinchoq qilib ustizdan kulmoqda. U bilan gaplashgiz kelsa gaplashavering lekin kechirmang. U bunga arzimaydi.
Sardor to'ri gapni gapirganla, man sal tushinmiro qoldim sizdan nega qasd oladi?? hullas baribir tushinarsiz, nima bo'gandayam siz ERKAKsiz o'z g'ururizni,hurmatizni bilin shu 2 yil davomida sizni aldagan bo;sa bergan pulizni Hudo biladi nimaga ishlatgan?? ertaga u qiz bn yarashvosezam gumonda yashisde aldamaytganmikan? hiyonat qivotgan bo;sachi? dib!!
Manam Sardor akani gaplariga qo'wilaman. U qiz avvallari qadrizga yetmagan bo'lsa bundan keyn ham yetmidi. Sizi o'yin4oq qivotti manimcha. To'g'ri hammayam hato qiladi. Lekin 3 ta bola bilan yurib juda katta va ko'p hato qilgan. Siz uni jonini, hayotini, umrini saqlab qoldiz. Unga mehr berdiz. Haqqi yo'q edi sizga bunday qilgani. Sizga bir umr rahmat aytib yawawi kerak edi. Sizni sevgizi yer bilan bitta qildi. Seni sevaman dib bu yoqda bowqasiga ham huddi wu gapni aytiw bu yaxwi, esli, odobli qizlarni iwi emas. Sizi yaxwiligizi bilmabdimi endi siz ham yomon ekanligizi unga ko'rsating. Siz u qizda 10 marta yaxwi, 4iroyli qizga loyiqsiz. Insonda o'zini meni bo'liw kerak. Men zo'rman, mani hayotim unikidan yaxwi, man undan yaxwi qizga loyiqman, manda ku4li iroda bor, man u o'ylaganidan ham bahtli bo'laman dib yawawiz kerak. Siz hali albatta bahtli bo'lasiz. Gaplarim og'ir botgan bo'lsa uzr
To'g'risi umuman tushunmadim yozganlarizga,maktabda o'qiganmisiz uzr, bunaqa desam yaqinda Germaniyada o'qiyotgani xam shunga o'xshash "sarguzashtini" yozgandi.Yigitlarga nima bo'liyapti o'zi tovba. Kechirasizu o'sha qizni boshqalar bilan gaplashsa xam bokira ekanligiga ishonasizmi?????? EEE xudo bunchalar sodda bo'lmasangiza, daraxtni silkitsangiz qiz yog'iladi xozirgi zamonda. Kechirmang, umuman xech qanday yo'l bilan aloqada bo'mang. Shunda unutishiz oson bo'ladi. Xayotiz oldinda yoshsiz, qadamni oldinga tashlang.
Agar sizni qulizdan kelsa, sizam uni LOH qilinda, qupol qib aytganda wu qilganiga 1000 puwaymon qildirin.... Sizdan faqat kuchli artistlik, va qahri qattiqlik talab qilinadi!!!!!!! Hech qachon haqiqatdan kechira kurmen...... Bir kun kelib judayam afsus qilasiz agar rostdan kechirsez, lekin unda JUDA KECH buliwi mumkin.
uni unutiwga maslahatim uzuru qupol bulsa uni (kupnarsani kurgan fohiwadek) hayol qiling,undan tez soviysiz va nafrat uygonadi, erkakni g`ururi juda kuchli buladi,hayotda shunday guzal qizlar borki, imonda, mehrda,hayo iboda va hokazo,va shunaqa qizlar uchrashishiga ishoning va ushanday qizni shunday sevasizki bir umur bahtli yawaysiz bu mani fikrim edi.
rosa kulgilili ekanda bu bolani sevgisi hozirgi yigitlarni erkaklik gururi qolmadimi deyman qiz bola qurib ketgande eh sizdaqa ugil bola bugan hayf sizga agar yahshiroq gapirsa dustlariz emas onangizdan voz kechvorasiz shekilli kechiraymikin deb yozibsiz uylansez oshna ogaynilardi oldida qanday bosh kutarib yurasiz hamma b-n sevishib yurgan haligi qizdi olgan deb gapiradi hamma sal erkak buling qizlar buni uqib ugil bollar haqiqatda loh yoki harf ekan deb uylashadi sizdaqalar isnod keltiradi ugilbollarga
Haqiqiy aktyor, unaqa odamlardan uzoqroq yurish kerak, bir marta aldagan odam yana aldaydi, ayniqsa sizni juda yachshigina biladi, sevishingizni ham, shunday oynatadiki, hali korasiz, SIZGA SHU KERAKMI?
Boshqa qiz yoqmi? Bir umr ishonshchsiz yashay olasizmi?
ХОЗИР КЕЧИРСАНГИЗ ЭРТАГА ЯНА БИТТАСИНИ ТОПИБ КЕТИБ КОЛАДИ ШУНДА УЗИНГИЗНИ ЖА ЧУМООО СЕЗАСИЗ ШУНИНГ УН ЙИГИШТИРИНГ САЛ ОЛДИН УЙЛАШ КЕРАК ЭДИ У СИЗНИ СЕВСА ПУЛ СУРАМАСДИ УЛИБ КЕТСА ХАМ ХОЗИРГИ ЗАМОН ПРИКОЛИКУ У ЙИГЛАБ ЙУЛ ОЛИШ
Tushunmadim, ey yigit qanaqa qizni sevib yuribsan??? To'g'ri sevgini ko'zi ko'r bo'ladi deyishadi, ammo sevishda ham o'ylab sevish kerakda okasi. Man ham 2 marta sevganman, ammo bunaqa shalavalarni sevgan emasmande. Unaqalar sevishga arzimaydi.Manga qara sevishdan oldin oilasi kim, ota onasi kimligini bilish kerak. Ko'chadan ko'chaga sevib ketilavermaydi. O'gay otasi bilan yashar ekan, demak onasi ajrashgan.Bunaqa qizlarchi sani qadringga yetmaydi, umringni xazon qiladi. Yoshlikda qilgan xatoing uchun bir umr kuyinib yumagin. Sabr, sabr va faqat sabr qilish kerak. Vaqt o'zi davolaydi. Haliyam Xudo sani bir asrabdi, qizni asl basharasini ochishga imkoniyat yaratibdi. Bo'lmasa 1000 ta bilan yurib yana sanga osilvolishi ham mumkin edi.
rosti nima dishgayam hayronman sevgi odami ko'zini ko'r qiladi dib aytishmagande bekorga kechirimli bo'lish yahshi, maslahat berish oson o'ziz yahshilab o'ylab ko'rin lekin lekin ...
Sardor akani gaplariga 100% qo'shilaman u qiz ........ ekan oldingi mavzulardan birida xam shunga o'xshashi bor edi o'shani o'qing sizga maslaxatim u bolani xam taqdiri sizikiga o'xshash
Habibulloh quy bolam u qizdan voz kech.U qiz seni tuyg'ularing bn qanday o'ynagan bo'lsa sen ham,o'ynab o'ynab,boshqasiga o'ylangin.Sen qancha sevgi azobida qiynalib ichkilikga berilib azob chekibsan.U ham azoblansin senday.Har kimki vafo qilsa vafo topgusidir.Har kimki jafo qilsa jafo topgusidir.
O'g'il bola bo'sen damini bervor nima qilasan cho'zilib panica qib.O'zi vapshe ko'cha to'la qiz 100% qiz bo'sa Toshkenda 90% o'raladi baribir o'ralmiman digan qizlaniyam 100 tadan 1 tasi bo'sayam o'ridi bu narsa sinalgan hozi bollamas qizla rekord qo'yvoti-ku
manimcha u qizga olloxdan baxtli bo'lishini so'rang va ollox sizga eng eng yaxshi baxtni in'om qiladi. yaxshisi qalbizga quloq tuting u to'gri yo'lni ko'rsatadi.
ehee wundogam hama bir fikrdaku,lekin albatta bu tugri fikr unaqalar kechiriwga arzimaydi siz u-n sevgi dir u qiz u-n manimcha bir uyin bulsa k-k yana uziz bilasiz
Mda...xayronman, qayerdan odat chiqarishdi, sevib, aldanib dardini tanimagan insonlarga dasturxon qiliishni. Shu qizni 2 yil sevibsiz, uchrashibsiz, xozirgacha sevar ekansiz, nima qilasiz na sizni na sevgan qizizni bilmaydiganlardan maslaxat so'rab. Xozir qizizni tanimay turib yomonlab, pastga urib komment qoldirganlar bn qo'shilib yomonlashingiz qoludi. Bitta yigit boridi, xammaga qo'shilib "sevgan qizini" yomonlab, cho'rt digandi. Bu sizni va u qizni o'rtasidagi masala, kechirish kechirmaslikni o'zingiz xal qilishingiz kerak, chunki u bn siz yashaysiz, xozir kimdir tashang desa, siz tashasangiz, sizga yengil bo'lib qolmaydi, buni ko'ngil ishi deydilar, yurak juda injiq, nozik organ, unga buyurib bo'lmaydi. Man u qizni tarafini olayotganim yo'q, xammasi siz aytganingizdek bo'lgan bo'lsa(agar to'g'ri tushungan bo'lsam) chiroyli ish bo'lmabdi, lekin siz yigitsiz, past ketmang, agar kechirolmasangiz, shunday xayrlashinki u sizdek yigitni axmoqlik qilib yo'qotib qo'ygani uchun butun umr afsusda bo'lsin. So'kish, kamsitish, buni ustiga xammaga gapirib, muxokama qilib, uni yomonlash bu nomardning ishi. Man sevgan insonimni(u nima qilishidan qat'iy nazar) xech kimga yomonlamayman va yomonlashlariga yo'l xam qo'ymayman.
Xabibillo sizni boshingizdan rostanham shu voqiyalar o'tganmi bu faqat siz bilan ollohga ayon lekin bu yozgan xatingizga men shunda maslaxat bergan bo'lardim yana bir O'zbekistonga qaytib do'stlarizdan uzur so'rang. Sabohatga kelsak uni kechirishni sira o'ylamang siz yaxshisi ota-onangiz xaqida o'ylang shunda xamasi yaxshi bo'ladi. Olamda shunday qizlar borki olloh o'zi sizga ularni yo'para qiladi. Siz undan qast ham olmang olloh o'zi jazosini beradi. Kegin siz unga pul berganizi man ayiplamayman siz o'shan vaqita uni xiyonat qilishini bilmagan ekansiz siz u pularni ollohni yo'lida exson deb bling, shunda yanayam maqsadga mufiq bo'ladi
Sizga MAslahat Ukam...U Qizdan Uzoqroqda Yurin .>Chunki Qiz bola Onasini Qornidan Makr Bilan Tug;ilardi..KeyiN Ular erkelarni Kamchlik Tarafini Juda ham Yaxshi Bilishadi..Manda ham Shunga O'xshagan Voqea Bo'lgan,Man Hatto kechirganman ham LekiN NAtijasida BU Ham Yolg'on Bo'liB Chiqdi..O'ziz BiliB Tushunub olavering..
O'rtog'iz borekanu qiziz bilan gaplashgan, *** ekan!!! O'g'il bola ham o'rtog'ini qizi bilan gaplashadimi? Siz bu xarakter bilan qizni eplab olib yuromis, agar xarakteriz sal qattiqroq bo'lganda boshqacha edi, qisqasi qarorni baribir o'zis chiqaras, agar barbir kechirib u qizga uylanmoqchi bo'sez O'ZGARING, qiz sizdan erke sifatida qo'rqsin! Anunaqa qizizga gap otadigan *** o'rtolarizi yoqoting!
eee qanaqa erkesan-a? LOXmisan? lyubov'- byvaet v postele! o'ziyam o'sha sevgan qizin bollani noski qivoribtiyu!!! og'aynin isbotlab beribti yana nima kere sanga?
Yaxshisi u qizi yuregizdan chiqarib tashen. U sizimas pularizi sevgan. Agar rostan sevganda boshqasi bilan gaplashish uyoda tursin, sizdan boshqasini o'ylamasidiyam.
bunaqasi bilan gaplashgangan kora gaplashmagan yaxshi!keyinchali xop uylansez shu qizga hayotda hamma narsa boladi,birdan iwiz yuruwmi qosa,uwa ayoliz agar shu qizga uylansez,bowqasi bilan yurub ketishi aniq
chunarsiz yozilgan voqiyaga chunarsiz komentlar ustasi Loading...dan javob. Oka bu faqat sizda emas bu holat. Yashashda davom etin. Yechim o'zi chiqadi. Negadur shu qizga yana 1 imkon bergiz kevotti to'rimi? Shu ishni qilin. Bilib qo'yin shu gal yoqotib qo'ysez boshqa imkon topomisiz. Sardor akani va boshqalani maslaxatidan ibrat olingu o'zizni hohlaganizni qilin. Xatoyiz qayodaligini ko'rdizmi? Yigiti borligini bilgansiz. Undan ketgan sizdan ketmasinmi? Pulli sevgi man yoqtirgan yo'nalish. Sizda imkon bor. Unga ham imkon berin.
Habibulloh musulmonni bolasi bo'sez, o'zizi erke disez bitta gap etaman, u qizni kechirasmi, kechirmismi nima qilas o'ziz bilas, lekin anunaqa bir birini qizi bilan gaplashib yuradigan DAYUS o'rtolariz yo'qligiga hursand bo'ling! Hayotta kechirmang unaqa o'rtolariz ertaga uylanganizda keyin ham oilezga rahna soladi! Hayronman ba'zi bollarga dayuslik kuchayib ketyapti, ortog'ini xotiniga gap qiladi xatto...muammo mana qetta, erke bo'lsh kere, o'sha qiz o'rtog'izga borib osilib olmagandir! Ha agar shunaqa shilta bo'lsa ham o'sha o'rtog'iz mazza qilib gplashdimi? Erke bo'lsa shunaqa qiladimi? Bitta qiz yozib chiqqan edi shu saytta, mani sevgan yigitimi o'rtog'i sumalakda nima qilsa qildi, keyin sevganim nima qilsa qildi,keyin bilsa bollar galma galdan sporlashgan qizni kak foxishadek ko'rishgan,voy bliiiiiiiiiiiiin shunaqa DAYUS bollar qatta tug'ilganikan!!! Man foxishaga ham o'rtog'im bilan bormasdim, xudo saqlasin borishdan!!! Ikkita bola qizg'onmasdan bitta qiz bilan gaplashadimi?????????????
Умуман олганда эркак киши бунақа латта бўлиши керемасде, битта қизи ортидан шунча проблема-я, эй ЭРКАК дардини достон қилиб хаммага латталигини кўрсатасанми, ўша қизин хам буни ўқиса баттар бошинга чиқиб олади, кўзини оч яхши қизла кўпку хадеб достонлардагидек Зухро, Ширин, Лайли ларни кутмагинда ўзин учун достон ёз. Битта қиз деб оғайнилага ташаганиндан кейин ким сани хурмат қилади ЙИГИТ. Сардор иложи борми шунақа мавзулани бир тарафлама эмас хар тарафлама мушохада қилиши, яъни қиз билан хам интервю ташкил қилиш кере шунда яна аниқ фикр берса бўлади.
Ответ: БУ ЯКШАНБА МУХЛИС МИНБАРИ! Журналистик суриштирув минбари эмас!
U qiz sizni sevishiga ishonchiz komilmi sizdan tinmay kechirim surayabdi dardi boshqadir baribir g'ururiz yul quyadimi kechishga u qiz manimcha sizni sevmaydi 100% javob gapimga.
E.mailingizni yaxshi bergan ekansiz. O'zingiz haqingizda bor ma'lumotlarni DOSTON qilib qo'yibsizu. Birinchidan, yoshingiz (agar to'g'ri ko'rsatilgan bo'lsa) endi 18da ekan. Bir ikki yildan keyin hozir berayotgan savollaringizning javobi birma bir chiqib kelaveradi. Hozir sevgi ishq deb o'zingizni o'tga otasizu, bir kun kelib qilgan ishlaringiz, yozgan gaplaringiz o'zingizga kulguli tuyulishi mumkin. Xullas kalom, hali saal erta...
Moy mirdagi tanishlaringizning 80 foizi qizlarku, keyin blogda yozganlaringiz... Hozirda ayrimmfirmalar xodimni ishga olishdan oldin uning facebookdagi profilini ko'rib chiqishmoqda. Ehtiyot bo'ling.
Agar qanaqadir yashirin tomonlaringizni saqlab qola olmasangiz siz qizlar uchun Darakchida bir marta o'qilgan hikoyaga o'xshab qolasiz.
Диққат:Ёзиб қолдирилган изох дарров сайтга чиқмайди. Хар бир изох узоғи билан 24 соат ичида текширувдан ўтади. Мабодо бу вақт ўтгач хам сайтда изохингиз чиқмаган бўлса унда чиқарилмаганлик сабаблари қўйидагича бўлиши мумкин:
Сайтимизда сўкиниш, хақорот, камситиш, мазах қилиш, салбий ва диний тарғибот, махалийчилик, миллатчилик, реклама ва қадр қимматни ерга ургувчи АЛОМАТЛАРИ БОР изохлар сайтга чиқмасданоқ ЎЧИРИЛАДИ!
Шунингдек миш-миш бўлиб кетишига сабабчи бўлгувчи тасдиқланмаган маълумотлар, тасдиқланмаган гап-сўзлар хам изохлардан ўчирилиши мумкин!
-Қолдирилаётган изох ўша мақоладан ташқаридаги мавзуда бўлса хам ўчирилиши мумкин.