26-noyabr kuni "Chilonzor" metro
bekatida xalokat yuz berdi. Shu kuni kechki payt soat chamasi 18:00lar atrofida
"Olmazor" metro bekatidan "Chilonzor" metro bekati tomon
harakatlanayotgan poyezd g'ildiraklari ostiga 26 yashar bir bola o'zini
tashladi. U fojea joyining o'zida darxol xalok bo'ldi....
Poyezd tormoz olgan paytda qolgan 3 vagon
tunnelda qolib ketgan edi, yo'lovchilar favqulodda eshiklar orqali tashqariga
chiqarildi. Qarama-qarshi tomondan harakatlanuvchi poyezdla ushbu bekatda
to'xtamasdan o'tib ketdi. "Chilonzor" yo'li bo'yicha barcha poyezdlar
qatnovi bir soatga to'xtatib qo'yildi.
Dunyo statistikasiga murojaat qiladigan
bo'lsam, har 20-o'z joniga qasd qilish aynan Metropolitenda ro'y berar ekan.
Bundan chamasi 2 xaftacha oldin Chilonzor
mostida ham o'z joniga qasd qilish xolati yuz berdi. Kechki payt soat
17:00-18:00lar atrofida 17-18 yoshli ikki sevishganlar mostning ustidagi
borderda qo'l ushlashib oyoqlarini pastga osiltirib o'tirishar edi. O'tgan
ketganlar "Nima balo bular jinnimi?
Sevgi o'yinlariga boshqa joy
topilmabdimi?" degancha qo'l siltab o'tib ketishar edi...
Ular "qulay imkoniyat"ni kutishar
edi...Va nihoyat...Ular kutgan vaqt keldi...ular so'nggi axdlashuvdan
keyin...o'zlarini mostdan pastga qarab, yuk mashinasi g'ildiraklari ostiga
tashlashdi...mana endi ular doim birga...xox narigi dunyoda bo'lsa ham...
Aniqlanishicha shu ikki yosh sevishganlarning
nikohiga ularning ota-onasi qarshi chiqqan ekan.
P.S. Nima hayot shu narsaga majbur qildi
deysizmi? Balki balki...
Lekin o'z joniga suiqasd qilish bu kotta GUNOH
ekanligi bu ularning IYMONi sustligidan darak emasmi?
Hayot shu qadar murakkabmi? Yoki doim biz
muammoni o'z foydamiz doirasida va o'z qarichimiz o'lchamida xal qilishga
o'rganib qoldikmi? Savollar
ko'p javoblar mavxum?
Man
yoshlarga achindimu lekin ulardan ko'rasi Ota-onaga kotta jabr bo'ldi. Muammoni
SUIQASDsiz xal qilishni imkoni ham bordir...yoki man xali u qadar qattiq
sevmagandirman, shunga chunmasdirman, kechalari uxlomi chiqish boshqa narsaga
kirsa kere, tovba tovba diman.
Sayyod: - Якшанба мухлис минбарига бу мавзуни қўйилгани беъжиз эмас. Бир маротаба ота-онанинг фарзанд турмушидаги роли хақида фикр билдиргандим.
Худди юқоридек холат қўшним билан хам бўлганди. У йигит суйган қизи билан уришиб, ўша кўприк тепасидан ўзини отворганди...бир ойча реанимацияда ётди... ўйига эса ..мехмонга келди.
1 кунга...
хамма хайрлашиши учун.
"Ўз уйингга мехмонга келдингми болам...." ёлғизгина ўғли учун онанинг мана шу сўзлар қўшниларимизнинг хануз қулоғида аянч билан жаранг сочади. Удумига кўра, ўлик ётган хонага куёв навкари билан келадигандаги бурчакка чодир хам илинганди... Эх... уйланмаган ёлғиз ўғил...
Изохларда хамма бирданига шу ўзини жонига қасд қилганларни ахмоқликдан тортиб, дингача тақаб айблашни бошлайди. Аслида осон йўли хам шу "Исломда ўзини ўлдириш гунох" ва "Ахмоқ севгини деб ўзини ўлдиради" ва хоказо. Нотўғри демаяпман, осон хукм деяпман. Ахир биз хамиша ўт кетганидан кейин насосни эсга оламизку тўғрими?))
Лекин негизичи? Сиз ақллисиз майли, у ақлга етишгунча шу нарсага туртки бўлгувчи нарсаларчи? Сизни иродангиз кучли майли, лекин хамма хам сиздек тез бунга эришмайдику.
Акселерация давридан хаммамиз ўтганмиз, лекин ким омадли ўтган ким эса мана шу каби.
Чуқурроқ тахлил қилсакчи? осон йўлига ўтиб дин ва иродани рўкач қилмай энг асосий бунга туртки бўлувчи омиллар хақида теранроқ фикрлаб олдини олсак.
Мухлис минбарига келадиган хатларнинг аксарияти мана шу ота-онанинг фарзанд танловига қаршилиги хақида. Аксарият ота-оналар ўз орзусига таяниб фарзандини турмушини барбод қилади.
Кейин эса ё куёв аламини келиндан олиб дўппослайди, ё келин хар-хил бахоналар билан ажрашиб кетади. Жа бўлмаса гап келганида юзига солиб ўтади.
Шуми ота-она орзуси?
Ким бой бадавлат қудани орзу қилса, ким оиласига мослиги ва табақасини. Эл-юрт...қўни қўшни...
Гўё фарзанд бир молдек. Ундан фойдаланиш учун ўстирасизми шунча йил?Сизлар хам ёш бўлгансиз, ўз орзуларингиз бўлган, нима учун ёшларни орзуларига хам хукумронлик қиласиз?
Ёш суйган кўнгилни қалбидаги, рухиятидаги нарсаларни тушунмайсиз хеч қачон! Отамисиз онамисиз ўз фарзандингизни қалбига синга олмайсиз. Натижада мана шундай кутилмаган фожеалар.Нахотки тарозини тўғри қўйиш қийин? Мабодо ажрашмоқчи бўлсангиз фарзандингиздан сўрамайсизку, нима учун фарзанд танловига аралашасиз? Ростида, фарзанди бор ота-она ажраладиган бўлса фарзандидан сўрамайдику. Яшолмаса нима қилиб бера олади фарзанд? Ё бошқа турмуш қуришида худди шу тариқа фарзанд фикрига таяниладими?
Нима учун худбинмиз? Амалдор қуда ёки бойвачча куёвни деб фарзандингизни кўмишга розимисиз?
Болам орқамда қолсин, ўзи мани тепиб-тепиб кўмсин деган халқона сўз аслида шунчаки гапми? Ёшингизни яшаб, бахтингизни сезиб, орзуларингизни хис этиб бўлдингизми, фарзандингизникига чанг солманг.
Ўз топгани билан бахтсиз бўлишини билсангиз хам қўйиб беринг. Негаки армон билан ўзига суиқасд қилганидан кўра, бироз бахтсиз бўлгани афзалроқ!
У барибир яна бир силкиниб туриб яна ўз бахтини излаб кетаверади. Хар холда тирик бўлади.
Инсонни хаётидаги бахтсизлик ва қийинчиликлар тоблайди! Фарзандингизга болалигидан молдек қараманг, у гўдаклигиданоқ шахс!
Ва хаётдаги қийинчиликларни хам ўзи ўташга хақли!Керак бўлса ўша бахтсиз бўлишликка хам хақли! Шуни хам татиб кўриши керак!
Лекин сизларни деб ўз жонига қасд қилишга на унда хуқуқ бор ва на сизни бунга туртки бўлишга хаққингиз йўқ.
Бу на қонунга ва на динга тўғри келмайди.
Бу мавзуда мухлислар фикрини кутиб қоламиз.
Nega mansab hayotni hal qilmaydiku
Inson uchun boylik mansab bekorga berilmaydi
Balki sinov uchun beriladi
Mana shunday qilgandan keyin ota onalarning ko'zi ochilarkan
o'shanda berganimda yomon bo'lmasdi....
Sevgi bu oddiygina tuyg'u emas Ilohiy tuyg'u
Masalan sevishib olgan ota onalar ham o'z farzandini sevgisini o'yinchoq deb bilishadi
U zamonlar boshqa edi....
Nima hozir sevgi o'tgan zamon hozirgi zamon kelasi zamon turlariga bo'linadimi
Hammasi baribir sevgi..
Eh mening taqdirimg Sevganim azob chekyapti uni his qilish naqadar qiyin
agar oldida bo'la olmaslikchi undan ham qiyin juda qiyin na unga turtki bera olasiz na unga dardiga malham faqat duo qila olaman holos
tezroq tuzalsin deb
Mana oramizda Siz kabi insonlar maqoladagidek Iymon va Irodasi sustlar uchun yaxshigina o'rnak bo'lsin!
Каждый случай сугубо индивидуален...
Родители - это святое.
Oни никогда не пожелают плохого своему ребенку!
Нужно просто убедить их в правильности нашего выбора, а если они не соглашаются, тогда нужно согласиться с Ними... Рай в послушание родителям!
А не в Прыжке с моста!
(Аллох таоло Узимизни ва айникса Якинларимизи бу балодан асрасин!)
бундай кунни.Ота она хеч качон фарзандига ёмонликни раво курмайди.Энди
уз жонига узи касд килишлик бу катта гунохи азим.Мияни ишлатиш керак ёшлар мани айтганим булмади деб уз хаётига нукта куйиш гирт ахмоклик бу хеч кандай кахромонлик эмас.Кахрамон буласиз качон Ватанни химоя килишда нобуд булса,шахид кетган буласиз.Севги мухаббатни айбдор килиш хам сабаб була олмайди.Севмокчи экансиз узингизни севинг,оллохни севинг,ота-она кариндош уругингизни севинг шайтонга кул берманг
Qalbimni doglab ketding kuzim oqu qorasi
Men qaydanam bilibman shum taqdirni qahrini
Totish nasibamligin farzand dogin zahrini
Qorakuzim qulimdan uchib ketgan yulduzim
hech qachon ota- onalar bunday faryod qilishmasin shu sherni eshtuvdim sizga ham havola qildim
Bunday sevishganlar, yani o'z joniga qasd qilishni reja qilib yurganlar juda ham ko'p. Hurmatli "ahmoqlar"! O'z joningizga qasd qilmang. Siz bu ishingiz bilan hech narsaga erisha olmaysiz. Shunchaki o'lib ketasiz. U dunyoda birga bo'lamiz degan gapni ham qulog'izdan chiqarib yuboring. Sizga kim etdi birga o'lsang u dunyoda bo'lasan deb. U dunyoga hali hech kim yashab kelmagan. Bekorga ota onangiz, yaqinlaringizni achintirganiz qoladi. Yig'latganingiz, Ota onangizni boshini egib, qadini tik turolmaydigan qilib qo'yasiz. Bilamadim. Keyinchalik ota onangiz va yaqinlarizdan boshqa hich kim sizni eslamay qo'yadi. Hech narsasiz, hech ishsiz yo'q bo'lib ketasiz. O'z jonizga qasd qilishdan oldin o'ylang. Man o'zi nima qilyapman. Shu qilayotgan ishim to'g'rimi? Oqibati nima bo'ladi? Mandan keyin nima qolyapti? Shu savollarni o'zizga berib ko'ring. Javob bering keyin. Yig'layotgan onangizni ko'z oldizga keltiring. Ahmoqgarchilikni ham chegarasi borku!!!
Odam hayotga faqat sevish yoki sevilish uchun kelmaydi. Hayotda boshqa tomonlar ham bor. Sevgi bilan qancha yashash mumkin. Ahmoqlik qilib o'tirmang. Sizni o'ligiz hich kimga kerak emas. Hayotda o'zizngiz keraksiz! Hayotda yashashingiz kerak. Balki kelajakda o'zga yor bilan baxtli bo'lib ketarsiz. Shirindan shakar bolalarni ota onasi bo'larsiz! Balki shu tanlagan sevganiz bilan baxtli bo'la olmassiz. Sevgingiz SOXTAdir. Shunchaki qiziqishdir!!!
Odam jonini o'zi emas, yaratguvchi o'z vaqtida oladi.
To'yib to'yib nafas oling!!!
Sog' salomatlik...
. . . . . . . . . . . . . . . . .
Sardor akani bu etganlari to'ri. Qaysiki ha deganda farzand yuzi qora bo'lavermidi.
Ota-ona yo'l-yo'riq ko'rsatishadi. Joyi keganda qattim turganlari yaxshi. Biroq o'ldirguncha emasde!
. . . . . . . . . . . .
Anvarbek-Sayyod raxmat!
Xullas Mavzuga qaytsak: o'z joniga qasd qiliw Bu dinda judo og'ir Gunoxlardan biri ekan Ulaga Janoza O'qilmidi qiyomatga4a Wu xolatni takrorlawadi ekan !!! Xudo Hammamizga to'g'ri yo'lni ko'rsatsi bizga nima yaxwiligini O'zi yaxwi biladi va wunga yetiwga o'zi ku4 quvvat zikr Bersin !!!!
Ba'zida ota-onalar ham yanglishadi bolasiga san sevgi nimaligini qayerdan ham bilarding deydida o'zi xoxlaganiga uzatishadi yoki uylantirishadi. Natijada ular baxtsiz bo'lib qolishadi balki hammada ham bunaqa emasdir lekin ko'pchilik shunaqa vaziyatda sevganiga erisholmagani uchun turmush o'rtog'ini ayblaydi.
Tushunaman hamma ota-ona ham bolasini hech nimadan kam bo'lmay to'kis yashashini istaydi. Lekin boylik hech narsani hal qilmaydiku. Boylik bir sinov xudo xoxlasa beradi xoxlasa oladi. Boylik bo'lsayu mehr bo'lmasa hammasi bekor.
Sevganiga tekkani bilan ota-ona rozi bo'lmasa baribir baxtli bo'lib bo'lmaydi, har ikki tomonlama o'ylab aytadigan bo'lsam bu bir sinov, hayot sinovi, sabr qilish kerak Olloh o'zi to'g'ri yo'lni ko'rsatadi.
Ota-onalar faqat aql bilan emas yurakka ham biroz quloq solib ish tutsalar yaxshi ish bo'lardi. Sevgi o'yinchoq emas. Balki o'ziz ham sevgandirsiz nega endi bolangizni sevgisiga qarshi chiqishingiz kerak. U sizni hayotingizga, orzu niyatlaringizga xo'jayinlik qilmaydiku, uni ham o'z orzulari bordir axir. Ota-ona bo'lgan bilan har doim ham to'g'ri qaror qabul qilib bo'lmaydi.
Yurakka ham quloq solib ish tutish kerak deganim bu farzandini ham bir tinglab ish tutsin degan manoda edi bilmadim nima deb tushundiz.
Yo yo vopshe chunmadim yozganizga siz odamlarni psixalogiyasiga yaxshi tushunmasangiz kerak hamma ham sizday emas. Bazilaga qancha tushuntirsangiz ham quloq somaydi o'zini bilganidan qomaydi. Ota-onang ortingdan yig'lab qoladi deb aytganizga ham etibor bermaydiganla bor chunki sevgini ko'zi ko'r bo'adi. o'z joniga qasd qiladiganla bo'sa hayot nimaligini tushunishmaydi nazarimda. Yana shunaqa vaqt bo'ladiki ko'ziga hech nima ko'rinmay qoladi. O'limni so'nggi chora deb biladi.
Baribir yozganizga chunmadim siz mani hammani oldida ota-onalarni yerga urdi demoqchimisiz?
''Ota onayam odam'' man hech nima yomon gap aytganim yoqku bu yerda man ota-onani ham farzandni ham ayblagan emasman. Shunchaki tushunganimcha o'z fikrim va xulosa edi izohim.
Kurashmasdan, o'lib ketishni yig'ishtiring! Bu ishiz hech kimga tassali bermidi! Bular sizga atalmagan edi! 23 bo'lib javob yozgan G'unchaga edi! Bunisiga uzr. Javob yozvotganimda kallamda mingta hayol bor edi. Hammasini jamlash qiyin bo'ldi! Axmoq kallaga, bo'm bo'sh kallaga shunaqa bo'mag'ur fikrlar keladi, "hech qanday yo'l topolmay oxiri o'limni tanlidi degandek"! Bunaqamas... nimaga bu odamla tushungisi kemidi. Xatto janoza ham o'qilmaydi bunaqalarga. Exxxx mayli boshqa gapga hojat yo'q. Gapirganim bilan baribir hamma o'zini g'ururini ustun qo'yvotti.
Siz ham shuni unutmang hamma ham sizday emas hamma ham ota onasini ko'ngliga yo'l topolmaydi. Odamlarni taqdirlari ham xar xil bo'ladi. Ota-onalari xam xar xil xarakterga ega. Hamma ham sizday fikrlayolmaydi, shularni ham o'ylab ko'ring. Bu hammasi odamni dunyoqarashiga bog'liq.
Wu vaqt ichida metro, mawina, xatto kanal(oqar suv)larni ham o'ylaganman kutganman.....
Taqqoslaganman !!!
Xo'w bundan ne naff ? Sen o'lsangu sevganin rohatda yursa !!! Yoki ikki sevishgan birga o'lsa !!!Ne naf ?!!! Yo'q faqat va faqat ilojini xa ilojini topiwni bilish kerak !!!Birga bo'lish uchun kurashish kerak !!! Allohga wukur aqlim sog' , iymonim butligi bunaqa yomon ahmoqgarchilikdan qutqarib qoldi !!! Hamma sevishganlaga MASLAHATIM bu hayotda hamma narsaning iloji bor !!! Sila o'ylamela sevgisiga yetishipti deb xali yetishganimcha yo'q !!! Xozircha !! Mening maqsadlarim bor va albatta SH********** ga yetishaman !!! Sizlarga ham maslahatim shu !!!!
Xulosa o'zingizdan...
Qiyomat kunida esa TO'NG'IZ qavmidan bulib tiriltirilasiz. va Alloh bergan omonatga hiyonat qilganingiz uchun ajrini olasiz.
Allohim uzing es- hushimizdan ayirma, tugri yullaringdan adashtirma Oldingga borganimizda hech birimizni yuzi qaro qilma Omin.
Insonning haqiqiy chin sevgisi Yaratgan yolg'izgina Allohga bo'lishi kerak, bandasiga emas. Chunki bir yurakka ikki sevgi sig'maydi. Inson sevishi kerak, lekin bir inson uchun o'zini o'ldiradigan darajada kuchli bo'lishi kerak emas. Inson hayotda boshqa bir inson (qiz, yigit, bola, ota-ona)ni qattiq sevsa, uni sevgisi uzoqqa bormaydi, Alloh ularni ayirib yuboradi(misol: Romeo va Julletta, Farhod va Shirin, Shoxjahon va Mumtozmahal va boshqalar......).
Kelinni sepiga, yoki kiyovni davlatiga ham qarab utirishmaydi. Ayniqsa kelinni sepini tekshirish umuman ko'p sep bn kelishi ham nepravelno hisoblashadi.
Azizlar, ota zotini, yettita buyuk fazilati bor ekan. Ular, yaratishni qodir tabiatdan, fidoiylikni bol aridan, g'amho'rlikni ona yerdan, suyanchiqlikni purviqor tog'lardan, g'urur va iftixorni azim chinorlardan, yaxhsi gaplarni shirin va achchiq haqiqatdan olishgan
deyishadi. Manimcha azizlar, ota sha'niga aytilgan ushbu risolada hech qanday mubolag'a yo'q! Albatta bundan onalar mustasno emas! Dunyoda shunday bir siymo borkim, bu siymo oldida biz, hammamizam bir umr qarzdormiz! Osmondan sangullab tushganimiz yo'q! Erda qo'ziqorindek chiqqanimiz yo'q! Ona so'zi, dengiz tubidagi marvariddek pok saqlanib turadi!
Hech kimsa tanlamas ota onani!
U kimdan tug'ilsa shudir onasi,
Uni kim yaratsa shudir otasi.
Qay kunga duch kelsa shu zamonasi,
Yangilash mumkindir lek zamonani,
Otayu onani aslo, hech qachon.
U mangu xukmdir umring tongidan,
Ehtimol yuz karra o'zgarsa jahon,
U aslo o'zgarmas yana yangidan.
Bulardan nolima, gunohdir,
Xatto ta'na toshi ham otmoqlik bekor.
Mard bo'lsang, sen o'zing bo'lganda ota yo ona,
Bularni gunohin qilmagin takror.
Shunda ham nolima!!!
Shu ota onang qonidir qoningda jo'sh urib turgan!
Ulardir yagona, aziz parvonang,
Ulardir sen uchun o't-suvga kirgan!
Bularni mana, oq sochlii boshlariga bor,
Yuz-ko'zin qoplagan ajinin sana!
Ko'zoynak taqmasdi avvallar bundoq,
Tik qaddi bukchayib qolyapti ana!
Bularni barchasi seni deb, farzand!
Seni deb, yillarni jangidan o'tgan!
Nimaiki topibdi, oqmi, qora non,
Avvalo qo'sh-qo'llab u senga tutgan.
Yemasdan yedirgan, kiymasdan kiydirgan,
Yo'lingni tozalab, balo qazodan,
Aybingni bekitib bolam deb yurgan!
Baxtingni tilagan, kunda, azondan!
Onangni sochlarin tolasi qancha!?
Otangni soqolin oppoq mo'yichi?
Seniyam qarzlaring undan o'shancha!
Uzmog'ing maxoldir, umring bo'yicha!
Azizlar mana shu yoshga kirib men,
"Otam qarzidan, yoki onam qarzidan uzildim" degan bir zotni ko'rmadim.
Bu so'zni aytadi, hayot darsidan bebahra, bexabar, nodon bo'lsa kim.
Qaysi bir xislati yoqmasa senga,
Bularni yuziga solmoqdan tiyil,
Raxmatdan nur qo'yib qalbing ko'ksiga,
Mana dunyoga keldingmi, bo'l shunga qoyil!
Ming go'zal bo'sang ham shu ota onang,
Ming dono bo'lsang ham mana shularni pushtisan.
Bularni almashma sevgan janonang,
Janonga sen axir ersan do'stisan.
Mana endi qarigan chog'ida hizmatin qilib,
Qalbida tashakkur chirog'ini yoq!
Va yaxshi nom bilan ortida qolib,
Bularni nomini saqlagin porloq.
Shu erur farzandlik burching!
Farzandlik burchingni saqlab qol o'glon!
ko'zingdan nur ketib ketganda kuching,
Qalbingda qolmasin achchiq bir armon!
Bu she'r Erkin Komilovga tegishli!
Одамла каякка караб кетишвотди... Уша киз ёки йигит шартта улвормасдан кочиб кетсинийди. Бирга юрвурарди. ЁЁ кочомиди кочиб кетса бошига оила ташвиши тушади бу ташвишла олдида севгиям адо буладиде... мана улишди хуш нима булди ота она афсуслангандур чочини юлиб додлагандур лекин улани дузахи буганлиги колдими??? Маколани кайта кайта комментлани такрор такрор укидим тубала киб ташадим. Сайёд бир томондан хакла лекин факат бир томондан...
Ota-onlarimiz bizni yuraklari bilan yaxshi körishadi, lekin öz fikrlashlari doirasida bizni baxtimizni o'lchashadi. Lekin, farzand ota-ona vujudidan yaralgan bo'lsa ham u alohida bir inson. Har bir inson o'z taqdirini o'zi hal qilishga haqqi bori bor, menimcha.
Ota-onaga bo'lgan muhabbat va ularni bizga bo'lgan mehri eng aziz tuyg'ular.
Sevgi esa bizni hayotimizni töldirib turadi.
Ikkalasidan bittasini tanlash haqidagi afsonalar o'tgan asrda qolib ketdi.Lekin biz haliyam o'z hayotimizni o'zimiz qiyinlashtiramiz,nimagadir.
Bekorga Sardor aka fanklubni bir yilligiga jaxli chiqib forumdagilarni yozib tashamaganakanla! O'zim tushunvoman shuni! Yuqorida komment yozgan ba'zilar, silarni hammelar otdan tushselaram egardan tushmas ekansilar! Man shokka tushib qovoman qayta qayta kirib shu maqolaga! Nima to'g'risida baxslashvotganilani unutib qo'vossila, hissiyotilaga berilib. Padariga ming lanat sevgisiniyam, boshqasiniyam! Ota onalaringni o'ylalaring! Nimaga tushunishni istamisila! Ertaga o'zilar ota yoki ona bo'ganilada, qizilar etgan vaqtilardan bir soat kech kirib kesin, yoki bo'masam, o'g'lilarni chapga borib, axloqi buzilvotganini ko'chadan eshitselar axvolilar qanday bo'ladi shuni o'ylavossilami? Agar shu yerga yozvotgan izohlarilani ota onelar o'qisa nima deb o'ylashadi silar haqilarda! Ayniqsa Murod, G'uncha, Reya va boshqalar. Sanlarga o'sha yettiyot begona ko'zingga ko'rindiyu, ota onalaring ko'zlaringga ko'rinmadimi? Oneni tunda bir soat o'tirib sanlaga sut berganiga arzimisanlar. Xayf. Hudoni o'zi shunaqalarni yuzini teskari qisin. Duo qilaman butun o'zbek ota onalarini kunlari shunaqalarga qomasin! Kasal bo'sayam, alkash bo'sayam, kambag'al bo'sayam, nogiron bo'sayam o'sha ota, o'sha ona! Ming uriniylik baribir o'zimizga yoqadigan, etganimizni qiladiganiga almashtirolmimiz!
SHUNI YAXSHI BILVOLILA:
O'Z-O'ZINI O'LDIRISH BU NAFAQAT KATTA GUNOH, BALKI ALLOHGA ISYONDIR!!! ALLOH BERGAN UMRDAN (U QANDAY BO'LSA HAM) NOROZI BO'LIB O'Z JONIGA QASD QILGANLAR IKKI DUNYOLARINI YO'QITGANDIRLAR!!!
O'Z JONIGA QASD QILGANLARGA JANOZA HAM O'QILMAYDI!!!
ULAR QIYOMATDA TO'NG'IZ QAVMIDA TIRILADILAR VA SAVOL-JAVOBSIZ ABADIY BO'LGAN DO'ZAXGA KIRADILAR! SHAK-SHUBXASIZ!!!!
ODAMLAR, ILTIMOS SILADAN O'ZILANI O'LDIRMELA!!!!!!!!!