Бош сахифа » 2015 » Февраль » 1 » Тўйга ота фотихаси шартми?
08:17
Тўйга ота фотихаси шартми?

  Assalomu alekum Sardor aka . . . Gapni nimadan boshlashni xam bilmayopman. Xullas sizdan maslaxat soramoqchi edim. Ismim Asal yoshm 20da. Sizga adamla xaqida aytmoqchiman.

 

Oyijonimlani sogliqlari togri kemaganliklari uchun kop aperatsiya bolganlari uchun doxtirla turmush qurish tugish mumkimas diganakan. Balki bu taqdirdir. 35yoshlarida adami uchratganakanlar. U vaqtda adamlani oilasidan ajrashgan 4bolasi boganakan, qonuniymas shundo alohida yashashganakan. bilmadim nima bogan.  oyimlani aytishlari boyicha xich kelishmaganakanla, kop janjal boganakan, keyin oyimlaga uylanganakan toy qilib.

oyijonim mani dunyoga keltiraman dib o'lip tirilganla,  tugruq jarayoni judayam qiyin otganakan,.bundan xabar topgan adami xotini oyijonimi yoniga kop janjal qilganakan kelip, xatto ishxonalarigaxam borib. Adam xaqda etsam ozi sal yengil tabiatro boganakan qogozga orap etganda, bizadanam bowqa oilasi bowqa joyda xam wunaqa qiganakan, xotinidan tawqarida. oyimlani ozixam bowqa ayolla bn ushavoganakanla, oylashiz mumkin oyizgaxam boshqa er qurub qoliptimi dersiz, lekin bu taqdir nimaxam qilardik ollohni irodasi bu.

Shu shu kop janjalla bolipdi orada, keyin adam ishidan pora bilan ayblanib sudlanibdi kop shunga ishkal boganakan, lekin isbotlanmapti. Keyin ula ota onasini uyiga boshqa viloyatga kochib ketishibdi , man shu orada adami soginganimdanmi kop kasal boganakaman. 2000yilda mani korishga keganakan, oshanda oyim etadla rasa soginganakansan yarim tungacha quchogidan chiqmaganding adajonim ozimi dib dirdila. Adam oyijonimga mani qarg'aganmiding u yerga borib rosa qiynaldik , uy qurdik xotinim kasal bolib jenskiy aperatsiya boldi,  qizim eridan ajrashdi diganakanla. O'zlari xam rasayam ozib ketganakan oyimlani etishlaricha. Man umuman eslolmiman buni 5- 6yosh bogaman u voxtda.

Oshanda manga dib 1000so'm pul berganakanla, keyin kelasi yil xam 1marta keganakan unda 500so'm pul berib ketganakan. Bu gaplarim boshqalaga bilmadim qanaqa tuyuladi, lekin manga adamlani 1500so'm atigi puli ketgan. kelganda shu pulini aftiga otaman mana manga ketgan puling dib etgim keladi. Biza judayam qiynalardik yoshligimda,  shunuchun mani boqaman dib oyimla 3ta ishga ishladila, barbir erkak kishini topgan pulini barakasi boshqa bolarkan, ayol qancha topsaxam.

 

Xech yodimdan chiqmidi 1ta voqea, u vaqtda 4-sinflada edim.  oshanda oyijonim uyda yolgiz qolma dib ishlariga olib bordila, avaldan kop borardim ozi. Bizani oshanda abed qilishga ishonasmi xatto nonimiza yogidi. Oyim rasa qiynalardila, kop kishidan qarz ogandila, oylik berishiga xali ancha bor, keyin man u vaqtda xar xil krujoklaga borardim, oshanda biserdan kalitga iladgam brelok yasab 200so'mga sotib non olib yegandik. Oyijonim oshanda rasayam yig'lagandila xech xam yodimdan chiqmidi shu xolat, agar oshanda adam boganida biza bunchali qiynalmasmidik dib oyliman. shulani oylaganimda adamdan nafratlanib ketaman, ulani korgim kemidi. Osha kuni biza soat 4da abed qilgandik. Ollohimga ming shukrlar bolsin osha kunlar xam mana o'tib ketdi.

 

Keyin maktabni bitirib kollejga kirdim. Institutga kirishga repetitorlaga borardim. Oilaviy sharoitimiz tori kemaganligi uchun bormiy qoydim. Bosh vaqtlarimda tikuvchilik qilaman, pishiriqla qilaman . Goxida o'ylanib qolaman, ollohim mani otadan ayirgan bolsaxam oyijonim borlaku, yonimda shungaxam shukr qilaman. Keyin xayotimga 1inson kirib keldi. U judayam yaxwi inson,  mani tushunadgan aqlli mexribon, yani mani bolaje turmush ortog'im. Mana 3yildan buyon sevishamiza, ula mani judayam yaxshi koradila. Mana unashtirildik,  kelasi 2015 yilda nasib bolsa toyimiza boladi.  xoz ula chet elda ishlavotila. Ula manga xam ota ornidala xam oka ornidala. Oilalari xam judayam yaxshi ilohim xardoim shunaqa bolsin o'z qizlaride korsinla mani. Nasib bolsa niyatim bor farzandlarim kopayib bitta farzandimi oyijonimga bermoqchiman kotta qiladila. Ulaga xam qaridi. qizim yoki o'glim nasib bolsa olloh qollasa. Yoshlari xam otip qovoti  oyim tengila allaqachon nevarali boganla, kere bosa nevara kelin qilishvoti.

Lekin qalbimda bitta armon xech tinchlik bermaydi manga. Toyimdan aval adamlani izlab topib uladan oq fotixa olsammi,  nima bolganda xam ula mani adamku yaxshimi yomonmi. Ula bo'lmaganda man bu dunyoga kelmasdimku. Lekin boshimizdan otgan qiyinchililani eslasam uladan nafratlanib ketaman. Manga mexr bermagan, yordam bermagan, kotta qilmagan odam manga begonaku dib oyliman. Toptim xam deylik ulaga nima diman. Ada digan soz manga begana xatto etishga tilim aylanmidi. Xotini bilib yana janjal qilmidimi shundan qorqaman. Yoki yopiq qozon yopiqligicha qolgani maqulmi. Shu gaplani yozar ekanman kozlarimdan oqayotgan yoshlarimi toxtatolmayopman. Ulani manga yordami yoki boshqasi kerak emas. Faqat bermagan mehri oq fotihasini olish barbir xar bitta qizi manimcha niyati shunaqa boladi. Etishadiyu ota rozi xudo rozi dib. Maslaxat bering Sardor aka nima qilay. Boshim qotgan. Buyoda oyimlaga etsam o'zing bilasan qizim dib etadila. Mani togri tushunas dib oyliman. Etishadiyu kechirimli bo'lish kere, ollolhim kechirimli bandalarni suyarkan. Yana bilmadim kechrishimga arzimidi deb xam oylab qolaman. Shu joyida boshimdan otganlani tugataman.

 

Bilmadim bu mani odiygina xayotim sizga qiziq tuyularmikan yoki yoqmi oylimanki saytizga chiqarasiz. Balki saytda adamlami yoki uni farzandlarimi bu xikoyami oqib chiqib insof kirar tanishar balki mani. Yana bilmadim. xatto adam tirikmi o'lganmi shu xaqda xam bilmiman. Balki boshqa otalaga mani xayotimi o'qib insof kirar,  anchadan beri xabar olmagan farzandlaridan xabar olishar. Adamlani xatto eslolmiman xam, korinishlari qanaqa bilmiman xam.  pasportga tushiladiyu 3x4qilib shunaqa rasmlaridam 2ta faqat bor. Xurmat bilan oddiygina ota mehriga zor ada dib etmagan Asal. Intizorli bilan kutaman , Sardor aka fikrizi bilmoqchiman , maslaxatizi bilmoqchidim bunga boshqala qanaqa maslaxat berisharkan shu mani oylantirvotti. 


Эслатиб ўтамиз, хар якшанба мухлислар куни бўлиб, ўз муаммо ёки кўнгил кечинмалари билан бўлишиб, кенг омма билан хал қилишга имкониятингиз бор.     

  sayyod@gmail.com почтасига иложи бўлса кирилл харфларида воқеа ёки муаммоингизни ёзиб юборишингиз ёки  (+99894) 644-67-11 рақамига қўнғироқ қилишингиз мумкин ёки шу номерга вацап.  

Диққат! Сайтга чоп этилиб бўлинган мактуб кейин талабга биноан олиб ташланилмайди! Воқеангиз сайт орқали кенг оммага чиқиши ва халқдан турли маслахатлар бўлишини билиб туриб жўнатдингизми, ўзингиз кутмаган ва ёқтирмаган маслахатни олиб кейин олиб ташланг дейиш мантиқсиз!     
 

Бўлим: Muhlis Minbari | Кўрилган: 13821 | Чоп этди: Sayyod | Теглар: Yakshanba-Muhlis minbari

Нравится
Барча изохлар: 50
1 Somebody   (01-Фев-2015 10:09) [Материал]
"Ota rozi - hudo rozi" bu maqol bekorga aytilmagan. Maslahatim qidirib topib oq fotiha olishga harakat qiling...

2 islombek   (01-Фев-2015 10:35) [Материал]
Ota fotihasi albatta kerak topiwni iloji bolsa fotihasini oling bu sizning bahtingiz uchun qanaqa ota bolmasin lekin u ota farzandiga eng yahwi qabul boladigan duo ota onanimg duosi kechiring otangizham kutyatgandir agar hayot bolsa barbir farzandisiz ular ham qiynalib yawagandir.Fikrim Boring fotihasini olvoling shu togri sizni bahtingiz uchun

3 RaVsHaNBeK   (01-Фев-2015 10:50) [Материал]
Yoshiz 20 mada bo'sayam ancha qiyinchilila ko'ripsiz ...
xozirgi kunda yirtilgan ko'ylagini tikishshi bilmidigan qizlaa da.......ya ...

adez xozi boshqa viloyatdalami siz oldilariga borib fotixa opkemoqchimisiz. Balki shartmasdir... yana uziz bilasiz...

Osmonni qora bulut qoplagandan so'ng albatta quyosh chiqadi... tilagim baxtli bo'ling))

4 buxarskiy   (01-Фев-2015 11:14) [Материал]
manimcha bir og'iz bolsa ham to'yga ayting, kelish kelmaslik o'zlariga havola. Ota-ona farzandini tanlashi mumkin lekin farzand ota-onani tanlolmaydi. Manimcha aytishiz kerak.

5 Шахиня   (01-Фев-2015 11:34) [Материал]
до того странное ощущение от этого письма...вроде надо сказать да...ота фотихаси керак....иии...не хочется.... .....уйлаб,уйлаб битта нарсани тушундим,сизнинг хаетингиз хали олдинда,нима булади нима куяди худо билади...отангизни топингда фотихасини олинг,сиздан нима кетди...аммо уша нарса худога хуш келса ажаб эмас(нима булсада отангиз ,сизга хает бахшида килган инсон)...бахтлик булинг,омадингизни берсин...прочитала несколько раз внимательно это письмо...и поняла...отец был высокопоставленным чиновником,которого  обвинили во взяточничестве и даже если сей факт не подтвердился он все равно освободил  свое кресло...у него до  ваше мамы было 4-ро детей и жена...и так как он  после скандалов к ним вернулся,то значит ваша мама не была  с ним в законном браке...и еще...достаточно больная женщина  решила родить ребенка...наверное  для  себя...и  в том что так случилось вы не виновны...это все жизнь ваших родителей и их решение...поэтому  сходите  к отцу и  получите  благословление...остальное  вас не должно касаться...никогда еще дети не могли быть судьями для родителей

6 madina   (01-Фев-2015 12:01) [Материал]
Wunaqa otalar xam bor afsuski bu dunyoda. Siz xech xam siqilmen olloh suygan bandalariga qiyinchilik berarkan. Otezga kese oziga insof. Keliw kelmasli

7 tuxohr   (01-Фев-2015 12:18) [Материал]
ота-она фарзандига мехр-окибат, этибор, тарбия, берса яхши! моддий ёрдамга мухтожликга канчадан канча оналар фарзандлар бор, sayyod.comга куп кирсез кк? билсез кк Сардор ака хар ойи биринчи жумасида "фахрли инсон" тадбирини утказишади... шу тадбири узи канчадан канча оила болаларга моддий ва манавий этиборга канчадан канча болаларга ёрдам берилади? шу тадбири узи сизга саволизга жавоб эмас-ми? Сардор ака билмиман нима дб жавоб ёзадила, лн ман кечиришизи ва кечиримли булишизи этмокиман... майли ёпиклигича косин козон оилез ёки уни оиласи тинчлиги ун сабаби узиз ёзганизде шунча йиллар мобайнида ёрдам кулини чузмаган энди хам чузмаса кк... яна билмасам. гап пулда хам эмас болаларга этибор, эзгу, мехр тарбия купрок кк, моддий пулдан кура!

8 muxlis   (01-Фев-2015 12:24) [Материал]
Qars ikki qo'ldan chiqadi. Onangizga tassano sizni bir o'zi voyaga etkazgani uchun, lekin ular bilib turib adangizga turmushga chiqqan va shu yo'lni o'z ixtiyori bilan tanlagan. Yozganlaringizdan shunday tushundimki, ya'ni onanagiz hech qachon adangiz haqida yomon fikr bildirmagan sizga. Bu yaxshi fazilat albatta. Adangiz tug'ilgan viloyatiga qaytib ketgandan so'ng 2 marta kelib ko'ribdi sizni ketma-ket yillarda. Keyin tushunimcha qayta ko'rinish bermagan. Lekin hech kimilar bilmaysizlar-ku undan keyin nima voqea-hodisalar bo'lganligini ular bilan. Shuning uchun avval aniqlashtirish kerak, qolaversa ular sizdan voz kechmagan, agar ularga turmushga chiqayotganingiz haqida habar berib qo'ysangiz (bu bilan farzandlik burchingizni bajargan bo'lasiz, albatta o'ylashingiz mumkin nimaga ular otalik burchini bajarmadi-ku, men bajarishim kerak deb) bu faqat va faqat yaxshilikka bo'ladi.

9 TISSOT   (01-Фев-2015 12:28) [Материал]
Sizzi shunchadan beri kelib hol ahvoliladan habar olmagan,  yomon kunilada yordam bermagan shuncha qiyinchililani boshiladan o'tqizibsila silani esidan chiqarvorgan ottezi yoniga borib umrizda bir bora bo'ladigan quvonchli kunizzga oq fotiha olishizzi foydasi yoo chunki u otez tug'dirib voyaga yekunizgacha yordam bermasdan tashab ketgan bo'sa manimcha u odam otez hisoblanmidi faqatgina tug'dirgan ota diyishga til bormidi sizzi kotta qigan onezla ham ota ham ona Onezlani fotihasini olsangiz boldi borib ovora tortmen  gaplarizdan OTAezzi boshqa hotinlari kuchliro chiqqan ko'rinadi silani esidanam chiqarvorgan ko'rinadi

10 아부바키르   (01-Фев-2015 12:30) [Материал]
Singlim,Allohdon baht va saodat.
Ota-onangizmi dunyo va ohirati barakotli bo'lsin.
To'y kuni belgilansin, topishqochmas.Ota o'rnida tog'aniki
Ham maqul....
Farzandni onaga berilishi erkak hukmida.

11 gul   (01-Фев-2015 12:39) [Материал]
Манимча шу вахтгача сизни изламаган одамни нима учун кидирип топишингиз керак? Сизнинг вояга етишингизга фойдаси тегмаган одам нега сизга ох фотиха бериши керак? Сизлардан бошка яна адашмасам иккита ойласи бор одам оталик хукига эга эмас менимча. Узр каттик айтган булсам.

12 zaya   (01-Фев-2015 12:57) [Материал]
Og'ir kuningizda yoningizda bulmagan otangizning fotihasi. . .bunaqa insondan fotiha olgandan kura, olmagan yaxshiroqmikan. . .?

13 Sabi   (01-Фев-2015 13:20) [Материал]
mashunaqa hayotiy,odamni öylantiradigan voqealarni olib chiqinglar! Muhabbat mavzusidan zada böldik,uchuq toshib ketadi hamma yerimizga yoshlarning muhabbati tufayli! E ørgildim*************************
Ответ: Изохлар модератори Bek8111

14 ramazanovabdumalik   (01-Фев-2015 15:06) [Материал]
Nuuu yopiq qozon yopiqligicha qolgani ma'qul.

15 Parizod   (01-Фев-2015 16:51) [Материал]
Sizga maslahtim esizdan chiqarin ozizga qudrat topip kurashin shunda yutasiz shunday baht topinki kelajakda farzandiz ota onasiz osmasin.masal meni qizim bor qornimdaligda tan olmagan ordan 15 yil oti hali ham istamaymiz krekmas unqa paskash 18 yoshimdan beri ozim qareman OLLOHGa shukur hamasi yahshi .sizam unitin qolizdan keladi bahtli bolishishonog faqat

16 RuStiK2051   (01-Фев-2015 17:42) [Материал]
Ҳа сизга қийин бўлибди синглим. Ҳали ёш экансиз, вазиятни чигаллаштирманг. Бундан хеч кимга фойда бўлмайди. Отангизда ҳалиям инсонийлиқ қиёфаси, оталик меҳри қолган бўлса, у албатта тўйингизда бош бўлади. Фақат таклифнома жўнатишни унутманг. 
Бўш вақтингизни эса бўлмағур ҳаёллар ва ириғ-сиримдан кўра саводингизни яхшилашга сарфланг. Очиғи ҳикоянгизни охиригача ўқишга сабрим етмади.

17 EzoDil   (01-Фев-2015 20:15) [Материал]
Singlim,onangizga raxmat,otangizga nisbatan nafratni shakllantirmasdan voyaga yetkazganlari uchun. Otangizga oxshagan insonlardan esa nafratlanaman,ularga achinaman xolos. Bir insonni bilaman,yowligida farzandlaridan otalik mehrini ayagan,hayotini kayfu safoga bagiwlagan inson,hozir qariyalar uyida...
Maslahatim,konglingizga quloq soling,agar yuragingiz hijil bovotgan bosa,boring oq fotixani oling. Asosiysi turmush ortogingiz sizni tushunib,yelkama yelka umr kechirsela,farzandlarizga ota mehrini,ona mehrini ozingiz orzu qilgandek bera olsela,marra sizniki. Tilagim: BAXTLI BOLING! Onajonizga salomimni yetkazing))

18 tuxohr   (01-Фев-2015 21:53) [Материал]
сабр ва токат, гина-кудратни унутинг! ёмонми яхшими у минг канака айлантириб кесез хам падари бузруквориз шуни унутмасез булди!!! хар ким дунё карашига караб маслахат беради... лн сиз узизга кклигини олин. уз амализ ун узиз жавоб бераси Асал! шунга караб калбиздаги ккмас хислани унутворишизга тугри келади бунинг ун, якин келажакда бахт омад тилаб коламан.

19 бек   (01-Фев-2015 22:17) [Материал]
Ёшиз ман билан тенакан, но бошиздан анча кийинчилила утканакан. Этишадию: Oйи ун беши коронгу, ун беши ёру диб. Худо холаса сизи ёруг кунла кутиб турибти. Илохим бахтли саходатли булин. Киз бола учун ота фотихаси кере диб уйлиман яна узиз биласиз. Ёмонми яхшими сизи адезла боракану.  Адаси йула канча. Каниди мани адамла хаёт буганларида. Ёмон бусалаям бошка хотинлари буса хам майлиди!!!

20 Royal   (01-Фев-2015 23:28) [Материал]
boshidan otganlarini hammasi Ollohni bergan imtihoni, tushkunlikka tushmasdan , kichaga chiqip ketmasdan, boriga shukir dib oldinga harakat qilishni oziga Olloh madad , kuch va baraka beradi...hammasi bir imtihon..

nima qisayam ota, borip agar ilojisi bosa kuyov bolmish bilan birga borib yoki chaqirib opkelib oq fotiha olgan yahshi, hech bolmasa toyga chaqirish kerak, toyni boshida boladi....oq fotiha berib

ajrimini hudo bersin va togrisini Olloh bilguchidir

21 madina   (01-Фев-2015 23:29) [Материал]
Qalbizga quloq tuting. Tabib tabibmas bowidan otqazgan tabib singlim. Bowqala xarxil fikr etiwi mumkin.Xamasi oz qolizda toyiz bovotganakan baxtli bolin. Ilohim gowangalada chiroyli kelin bolin xamasini unutas.otez agar siz kere bosez bir kun kelar muhimi hayotgakulib boqin xayotxam sizga kulib boqadi. Baxtli bolin wuncha kiwi duo qvoti sizi albata baxtli boliwga xaqlisiz .wirin wirin farzandlariz bolsin oyijonizi yolgizlatib qoymen

22 madina   (01-Фев-2015 23:32) [Материал]
Yurelarim siqilib ketti xayotizi oqib. Otajonlaga insof bersin

23 madina   (01-Фев-2015 23:57) [Материал]
Sayyod oka siz qanaqa fikrdasiz wunaqa otalar otalikka loyiqmikan. Xatto ota diyiwgaham til bormidi odami. Erke bazi ortu joylari bilan erke bob qomidi.uzr qupollawib kettim.yurgandirde bu xayotda bitta odami joyini zanet qib manam erkeman dib. Insofi olloh bersin

24 nilufar   (01-Фев-2015 23:59) [Материал]
boring singlim otangizni duosini oling axir oltin olma duo ol deyishadiku bu kelajagiz uchun yaxshi keyinchalik afsuslanib qolmeng men shunaqa deb oyleman

25 ledy   (02-Фев-2015 01:06) [Материал]
П.С. Онангиз 35 ёшгача оила курмаган булсалар, шу пайтгача бирон бир касбни каттик ушласалар буларкан. Булар иш булгану, эрсиз 3та 4та боланиям катта килган аёллар бор. Курган кийинчиликларингиз учун отангизни айбдор деб билманг. Ок фотихасини олинг. Отанг тентак булса, боглаб бок деганлар. Агар укиётган булсангиз, бошка кариндошларингиз хам борми?

26 Zulfiya_A   (02-Фев-2015 01:11) [Материал]
Ман бориб Фотиха дуоларини олган булардим...канака инсон булмасин уша одам-Ота! Килган ишларига жавоб хам бериб булгандир балки,виждон азоб бераётгандур хам...лекин сиз кечиришга узингизда куч топинг!Ичингизда нафрат билан Янги Хаётингизни бошламанг! Аллох сизга сабр ва бахт берсин! Онажониз сог булсинла энг мухими!

27 Жамшид   (02-Фев-2015 01:24) [Материал]
мени фикрим шу отаезни олдига бориб уз мехриезни беринг факат у сизга берганича кийин ундан оталар фотихасини олиб кулига 1500 сум бериб куйинг узини билган инсон триклайин узини кумади сизда нима айб ажрашган булса онаез билан ажрашганку

28 Qanosh   (02-Фев-2015 05:20) [Материал]
Salom ASAL ! avvalo  Allohdan sizga baxt saodat tilayman! Har qorong'u tun ortidan yorug' tong otguvchi,,, albatta sizga kulib boquvchi yorug' kunlaringiz xali oldinda........yangi hayot qurish bo'sagasidasiz ,,, armoningiz ota duosini olish!  qalbingizdagi nafratni ko'nglizdan chiqarishga harakat qilib,,,,   ota duosini oishga intiling,!!insha Alloh bu armoniz ro'yobiga chiqib ota -farzand rishtasi bog'lansa ajab emas ,,;)))

29 umid   (02-Фев-2015 07:30) [Материал]
Judayaaaam uzunakan oxirigacha oqigim kemadi.

0
30 Giyos   (02-Фев-2015 07:38) [Материал]
Taklifnoma jo'nating, xat bilan!
Qizim desalar keladilar albatta.

31 ledy   (02-Фев-2015 09:58) [Материал]
Асал, 2000 йилларда бир талабанинг стипендияси 1000 сум булган, билмадим хозир талабалар канча стипендия олади. Уша даврдаги 1000 сум билан сиз кайтармокчи булган пулни орасида катта фарк булган tongue . Айтмокчи булганим, отангиз сизга  уша пайт бор имкониятини бергандир. Умуман уша берган пули хакида унутинг. Отангиз хакида у ким булишидан катъий назар "енгилтак" сузини ишлатманг. Акс холда уз онангизни хам узингиз билмаган холда хакорат килган буласиз. 3-4 якшанба олдин бир киз "Мухлис минбари"га отасининг онасидан бошка аёлга илакишганини ёзганди, шу хатни яна бир бор укиб чикинг. Биринчи оиласи ва 4 боласигаям осон булмагандир, улар хам отангизни сизлар билан яшашига йул куймагандир. Отангиз ва онангизни муносабатлари деб узингизни кийнаманг.

32 asalxon   (02-Фев-2015 11:16) [Материал]
Oyijonimga kese oliy malumotlila likin bitta iwdan oilani boqiw qiyin.ayol qancha pul topsaxam baraka kam boladi erkeni topgani bowqa baribir. Uzr yuqorida bazila ypzibti juda uzunakan sabrim yetmadi dib agar voxtilani olgan bosam uzr.

33 아부바키르   (02-Фев-2015 11:23) [Материал]
Ona ucjun yana bir baxt bor-ki, Qizni uzatib
Nevarani qiz kelin bo'lgan honadonda boqishlikdir..
Niyat holis - Oxirat holis.

34 asalxon   (02-Фев-2015 14:08) [Материал]
Yana bir gap qiynidi adami xotini agar man izlab borsam qanaqa fikrga boradi janjal qiliwi aniqku. Farzandlari qanaqa qabul qiladi. Kop kiwii boring dib yozganakan manku boriwim mumkin likin ula mani qabul qiliwmasachi.toyim boliw arafasida bosam gap sozlaga qolmimami janjal qilib kelsa xotini.qiynalvoman qaror qabul qiliwga bormaganim maqul bir kun kelar ozi. Yana bilmadim. Yopuli qozon yopuligicha qolgani maqul.ozimi va uni oilasi tinchligi uchun.buni yoziwimdan maqsad xurmatli erkela adajonlaga bunaqa qiliw notogri oz farzandidan voz kechiw koriwga kelmaslik tan olmaslik yoki oilasi bola turib bowqa oila quriw iltimos siladan bunaqa qimela .

35 Bonu   (02-Фев-2015 16:12) [Материал]
Xudo xoxlasa xammasi yaxshi bo'ladi bormen oldilariga maslaxatim sizni qanday kutib oladilar xali to'yingiz yaqin ekan gapla ko'payib ketmasin uni bowqa oilasi bor ku onangizga sixat salomatlik tilayman wunday qarindowla borki BAZI otalardan yaxwi tog'lariz bormi? Baxt tiliman

36 Royal   (02-Фев-2015 17:54) [Материал]
halqimizni bir hunuk lekin yahshi gapi bor:

- " Oteng IT bolsa, boglab bog"

37 Royal   (03-Фев-2015 05:59) [Материал]
Oqibat Holis

38 Asror   (03-Фев-2015 06:13) [Материал]
Kim boliwizdan qatiy nazar nima haqqiz bor otezlani apsujdat qiliwka islomdayam yozilgan oten chochqa bosa boylap boqqin dip ollohdan insof soren wuni ozi kifoya farzand xich qachon ota onani apsujdad qiliwka haqqi yoq nima bogandayam chunki ota ona ula uwa insonla sabab dunyoga keldik biza maslaxat kere bosa Sardor okani ozidan sorap qoyin hamma biliw wartmas sizi hayotizzi odamlaga nima bovotti a borgan sari tomi ketvotti boru astagfirulloh ja nima qiliwi bilmayapkan bosez mani qidirip topin zor maslahat beraman Sardor akadan sorasez etalla mani qanaq qilip topishshi nomerimam bor

39 shamsiyeva1996   (03-Фев-2015 07:28) [Материал]
Asror, kim bolishizdan qat'iy nazar obsujdat qimen... dib etish oson. Siz Asali örniga ozizi qöyib kordizmi? Ichidan nmala ötvotganini sezdizmi? Xayotda boshga tushmagunca bilmidi birovni icidan nmala ötvotganini. Ne day Bog agar sizi xayotiz shunaqa bogandayam shu fikrda qolarmidz??? Manimca YÖQ!

40 Guliii   (03-Фев-2015 08:53) [Материал]
Olloh kechirimli bandasini suyarkan! Mani fikrim adezla ming yomon bosalayam uladan oq fotixa olishiz kere. Agar ula bomaganlarida siz dunyoga kemagan bo'lardiz. Ula tashab ketgan 1500 so'm sizga og'irlik qisa exson qutisiga tashen yengil bo'las

41 asalxon   (03-Фев-2015 11:17) [Материал]
Asror gaplarizi oqidim togri mani xaqqim yoq ula xaqda etgani wu xaqda xam yozgandim nomagadir chiqmapti balki lozim topiwmagandir kim bilsin. Odam bu dunyoda kop qiyinchilila koradi yaxwi kunixam yomon kuni xam boladi ollohimga wukr yaxwi kunlarim bowlanvoti balki wu qiyinchililani kormaganimda xayoti qadrini tuwumasmidim yana kim bilsin. Bu yerga yozganimdan maqsad man dardimi doston qiliwmas aslida mawnaqa otala faqat mani otammasku bowqalari xam oqib farzandini dilidan nimala kechvotganini biliwi uni qadrlawi ulani xam borligin unutmasligi uchun yozgandim.siz mani tuwumadiz uzr agar mani notogri tuwungan bosez.

42 Asror   (03-Фев-2015 15:52) [Материал]
Shamsiyeva gapizda jon bor olloh asrasin bunaqa kunladan lekin buni taqdir pewana xudo biza tugiliwimizdan oldin yozip qoyadi hayotimiz qando boliwini ming harakat qimilik ozgartiromimiz chunki qolimizdan kemidi bandani ming yugurgani yaratkani bir buyurgani yaxwi qizzz ... !!! Hayotimizda har bir boladigan iw sababsiz bomidi qaysidur gapirgan gapimizga ili qaysidur qigan iwimizga mukofot yoki jazo olamiz sabr sabr sabr inwaolloh mana hamasi yaxwi bovotkanakan bundan keyinam yaxwi bosin

43 Sabi   (03-Фев-2015 16:14) [Материал]
hay mayli bormasez bormen

44 ledy   (03-Фев-2015 17:11) [Материал]
Асал хамма кийинчиликларни унутинг. Узингиз хам фарзандли булиб кетсангиз хаммасини тушунасиз. Энг мухими, онангиз ва сизни турт мучангиз сог.  Бошкаларнинг купол гапига парво килманг.

45 shamsiyeva1996   (04-Фев-2015 05:08) [Материал]
Asror, Odam peshanaku dib ötirish keremi xammasini taqdiri oziga qöyib, sabr qilib? Gapirgan gapimiz ili qigan ishimiz u.n mukofot yoki jazo dibsiz. Asalda nma ayb? Ayb tug'ilganimi?

46 asalxon   (04-Фев-2015 11:44) [Материал]
Shamsiyeva sizga kotta raxmat mani togri tuwunganiz uchun axamyat bermen asrorga mani tuwumadila wekili.xama xarxil fikrlidi xama xarxil tuwunadi buni mandami ayb bowqadami buni faqatgina olloh bilguvchi taqdirimdan nolimiman oyijonim borla. Xech kimi bowiga man korgan qiyinchilila tuwmasin likin uwanda tuwuniw mumkin mani balki kim bilsin xatodir yozganlarim likin farzandla ota ona uchun javob bermidi oyimla bilan ajrawsala xam man farzandlarikuman wunga xafa bolgandim

47 shamsiyeva1996   (05-Фев-2015 09:06) [Материал]
Agar kamida 45-50yosh bosala kere. Siz borib oq fotixasini osezam, insof sorasezam manimcha özgarmasala kere. Bu yoshdegi odam kopni korgan, xammasini tushunadigan böladi. Kopni köribam sizi yonizga kemaganlaridan bilsa boladi qanaqa odamligini

48 Sabi   (06-Фев-2015 19:16) [Материал]
Asal, hayotingiz buyog'iga asalday shirin bölsin

49 dilnoza   (08-Фев-2015 07:34) [Материал]
Togri topin duolarini olin ollohim baxtizi bersin

50 Askar Ali   (09-Фев-2015 03:05) [Материал]
Asal, adangizni topib oldilariga borib fotixa so'rashingiz shart emas deb oylayman to'y kuni aniq bo'lgandan so'ng bir xabarchini borsin toyga aytsin qolgani otangizni vijdonlariga havola agar otalik mehri bolsa toyingizga bolsa toyingizga agar toyingizga bolmasa bir kun oldin kelib fotixa berib ketadilar .

dth="100%" cellspacing="1" cellpadding="2" class="commTable">
Исмингиз *:
Email(шартмас):
Код *:

Диққат: Ёзиб қолдирилган изох дарров сайтга чиқмайди. Хар бир изох узоғи билан 24 соат ичида текширувдан ўтади. Мабодо бу вақт ўтгач хам сайтда изохингиз чиқмаган бўлса унда чиқарилмаганлик сабаблари қўйидагича бўлиши мумкин: 

Сайтимизда сўкиниш, хақорот, камситиш, мазах қилиш, салбий ва диний тарғибот, махалийчилик, миллатчилик, реклама ва қадр қимматни ерга ургувчи АЛОМАТЛАРИ БОР изохлар сайтга чиқмасданоқ ЎЧИРИЛАДИ!

Шунингдек миш-миш бўлиб кетишига сабабчи бўлгувчи тасдиқланмаган маълумотлар, тасдиқланмаган гап-сўзлар хам изохлардан ўчирилиши мумкин!

-Қолдирилаётган изох ўша мақоладан ташқаридаги мавзуда бўлса хам ўчирилиши мумкин. 

(батафсил манбаа)

Изохлар модератори NOZI, Шахло Қодирова ва Бекзод

YUQORIGA!