.. Assalomu alaykum hurmatli ijodkorim Sayyod.. Ishlar bilan charchamayapsizmi? Ijodingizni doimo kuzatib boraman.. Ishlaringizda OMAD.. OLLOH o'zi qo'llasin! Sizga bir iltimosim bor edi.. Yoshim 20 da, sizga o'xshagan ijodkor insonman. Bu xatni yozishimga turtki bo'lgan narsa bu bugungi kun insonlaridir.. Yaqinda bir inson bilan to'yimiz bo'lishi arafasida edi/ Yoshi 25 da, Unga juda ishonardim, hurmat qilardim, avaylardim, hattoki o'zimdan ham qizg'onardim.. BARCHA BIZGA HAVAS QILARDI.. Mening nazarimda u juda odobli, tarbiyali ko'rinardi, ichmasdi, chakmasdi, Juma namozlariga ham borar edi, uni judayam yaxshi inson deb o'ylardim..
To'yimiz bo'lishiga oz fursat qolganda uning qilib yurgan xarom ishlaridan xabar toptim va qancha yalinib yolvormasin, o'zimni ham garchi unda ko'nglim bo'lsada undan voz kechishga majbur bo'ldim.. Yosh bo'lganligim sabablimi hayotni faqatgina oq ranglarda, pok holda deb tasavvur qilardim. Uni bir nechta xarom ayollarga borib yurishini ular bilan muloqotda bo'lishini 3 yil sinab ham bilmaganligimdan to'g'risi hayratda qoldim.. INSONNI TASHQI KO'RINISHIGA qarab baho berish kerak emasligini BUGUN anglab yetdim, "ODAMNING OLASI ICHIDA BO'LADI" deganlari ham ana shu bo'lsa kerak...
Bu voqeani eshitgan Atrofimdagi insonlar, do'stlarim bu oddiy hol hozirgi yigitlarni hammasi shu degan so'zlarni aytishdi, agarda yigitlarni hammasi shu bo'lsa unda yer yuzida halol erkak zoti umuman yo'q ekanda?.. Bazi erkaklar bor uyida oydesa oydek ayoli bo'la turib ko'chada yosh juvonlarga nazar tashlaydi, o'zgalar bilan yuardi, Axir bu islomda qat'iy man etilganku. XAROM XARISHga yurgan insonning hech qachon yo'li to'g'ri bo'lmaydiku, Balkim "bu dunyoda bir marta yashaymiz shuning uchun o'ynab kulib qolishimiz kerak" degan maqsadda bu ishlarga qo'l urishar..
Lekin hali 10 gulidan 1 guli ochilmagan yigitlarning O'ZBEK yigitlarining, MUSULMON yigitlarining foxishalarga, xarom-xarishlarga borishi bu judayam xunuk holat. Keyin Bir borgan odamning ana shunaqalarga qayta bormasligiga kim kafolat beradi? Axir yigitlar kelajak egalari-ku, nahotki bo'lajak oilasi, farzandlari, kelgusi hayoti haqida o'ylashmasa? Axir bu orqali qancha iflos kasalliklarni yuqtirib olish, buning oqibatida ayolini ham shu kasalga duchor etishi aniq-ku..
NEGA ERKAKLAR, NAVQIRON YIGITLAR BEPARVO.. HAYOT FAQAT O'YIN KULGUDAN IBORAT EMASKU.. Barcha qilayotgan ishlarimiz, hatti harakatimizni OLLOH ko'rib turipti-ku..! To'g'risi bu xatni yozishga juda ikkilandim va oldingizda hijolatdaman, chunki siz ham erkak zotidansiz. GAPLARIMNI NOO'RIN QA'BUL QILMANG.. FAQATGINA ALAM QILGANI YOSH YIGITLAR, OILALI bazi erkaklar JUMA NAMOZIGA BORA TURIB HAM BUNDAY XAROM ISHLARNI QILIB YURISHSA JUDA G'ALATI HOLAT EKAN.. Ayollarni, qizlarni ko'p targ'ib qilishadiyu lekin o'zlarini bilishmaydi.. Iltimos sizdan bu saytni juda ko'p insonlar o'qishadi, ularga o'rnak bo'luvchi bir sahifa qayd etsangiz. ZORA sizni sharofatingiz bilan oz bo'lsada insonlar, navqiron yigitlar, qizlarga bu o'rnak bo'lsa, ULARNI XATOLARDAN ASRAB QOLAYLIK! AXIR BIZ OAV xodimlarimiz-ku.. Ushbu mavzuga ham e'tibor qilishingizni iltimos qilgan muhlisangiz va hamkasbingiz ... ILINGGAN ETIBORINGIZ UCHUN TASHAKKUR!
Nargiz
Sayyod; - Войбўўўў жа бир драма қилиб юборибсизку. Хозир бир хақиқатни айтсам додлайсизлар, лекин бу оддий хақиқат! Хамма йигитлар хаёлида бўлса хам "юради". Севгилиси борми йўқми, уйланганми йўқми, фарқи йўқ. Қўйиб берса ёки халиги...хуллас юради, йўқ демайди))
Аёл психологияси кўнгил орқалик қарайди. Йигит хам, лекин нафс бу умуман бошқа эканлиги, уни аксарият холда севгига алоқаси йўқлигини тушунтира олмайди.
Бу қисқача гапим, батафсил бу борада маслахатни сайтимизда "Хиёнатнинг қонин ичдим тўкилма" мавзусида хурматли Забаржад хоним яхшигина маслахатлар бериб, чуқур тахлил қилиб берганлар, кириб яхшилаб ўқиб чиқишингизни тавсия қиламан (манба)
Сиз айтаётган йигитлик, ва менга шундай мавзу кўтаришим хақидаги маслахатингизга келсак, кечикибсиз)))) 2008 йил "Йигит орияти қиз иффатидан устун" деган мақоламда ёзганман. Бунга хам бир қараб қўйсангиз бўлади. (манба).
Қолганини одамлар фикри билан изохларда танишарсиз.
Эслатиб ўтамиз, хар якшанба мухлислар куни бўлиб ўз муаммо ёки кўнгил кечинмалари билан бўлишиб кенг омма билан хал қилишга имкониятингиз бор. kamilovsardor@gmail.com почтасига иложи бўлса кирилл харфларида воқеа ёки муаммоингизни ёзиб юборишингиз ёки (+99890) 321-23-41 рақамига қўнғироқ қилишингиз мумкин.
-ja unchalikmasdir, o'zinga ehtiyot bo'l qo'shningni o'g'ri tutma deganekan kimdir
MOBODO TOZA QIZ OSAYAM HAYOTI BO'MIDI keyin siz qattan bilas??? xayoti bo'masligini Uni siz va na men Faqat ALLOX biladi !!! o'ylab yoziwizni maslaxat beraman
Nima bopti yursa toydan oldinku dip hayratlanib yozishipti....
Toydan oldinmi keinmi yoki undan keinmi nima farqi bor, inson har doim musulmonku. Yoki toydan oldin musulmon bo'masdan toydan kein musulmon bop qoladimi? Bu muammoni ildizi Allohdan qo'rquv, Allohga ishonch yo'qligida! Agarki chin musulmon inson bo'lsa har qanaqa holatda ham o'zligini yo'qotmaslikka harakat qiladi! To'ydan oldin yursa bo'ladi dip o'zini aldashlik haqiqiy ahmoqlikdur.
Kein yurmagan yigitlar latta bo'ladi digan fikr ko'p uchrab turadi jamiyatda. Aslida yurmagan yigitlar lattamas, yurgan yigitlar nomard bo'ladi. Haqiqiy erkak unvoniga umuman sazovor bo'magan inson shunaqa fikrledi. Kim sizga huquq berdiki, siz to'ydan oldin mazza qilib zinoni qilib hohlagan ishlarni qilib yurishiz mumkinu lekin bokira hayoli qizni talab qilasiz? Mard degani bu ko'ynakni yurtib ko'kragini kerib baqirish deganimas, balki adolatli bo'la olish haqiqiy mardlikdur. Shunchalik ayoliz bokira, yaxshi inson bo'lishi hohlasez, o'ziz ham shunaqa bo'ling! Kein o'sha zino qilayotgan yigitlar pastkash, o'z qadrini bilmaydigan ham bo'lishadi! Nega dip o'ylanyapsizmi? Hech o'rtog'ingizni oyoq kiyimini kiyganmisiz? ayniqsa oyog'i terlaydigan o'rtog'izni oyoq kiyimi bo'lsa??? Darrov ichizda birovni oyoq kiyimini kim kiyadi, gigienaga to'g'ri kemedi dip o'yladiz shundaymi? Lekin o'sha siz zino qilayotgan fohisha aslida sizdan oldin yuzlab, kere bosa minglab odamlar tomondan "ishlatilgan" bo'ladi, nahotki shunchalik pastkash bo'lsangiz? nahotki shunaqa "BU (biyshiy upotreblenniy)" insonni o'zizga ravo ko'rsez? G'urur bormi o'zi sizda? Endi o'zizga baho bering, aslida zino qimagan inson lattami yoki siz nomard, pastkash, o'z qadrini bilmagan insonmi?!
Alloh taolo “Zinoga yaqinlashmanglar! Chunki bu buzuqlikdir va eng yomon yo’ldir” deb bejiz aytmagan. E'tibor berilsa, zino qilmanglar digani yo'q, balki hatto yaqinlashmanglar diyapti!!!
Anas (r.a) dan rivoyat qilinadi, Rasululloh sallolohu alayhi vasallam aytadilar: “Albatta iymon yopinchiqdir. Alloh hohlagan kishisiga uni yopinchiq qilib qo’yadi. Agar tavba qilsa Alloh taolo unga iymon yopinchig’ini qaytarib beradi. ”
Rasulluloh sollalohu alayhi vasallam yana bir hadislarida aytadilar:
Agar kishi zino qilsa iymon chiqadi va unga soyabon kabi bo’ladi.
Agar Rasulullohning aytganlariga e’tibor beradigan bo’lsak, zinokor zino qilayotgan paytida mo’min bo’lmagan holiday zino qilarkan. O’g’ri o’g’rilik qilgan mo’minlik holidan chiqadi. Ichuvchi xamr ichayotgan vaqtida mo’min bo’lmagan holida icharkan. Bunday holatlarda banda jud ham katta gunoh ustida bo’lish bilan birga katta hatar ustida ham turadi. Chunki, shu paytda uning umri tugab ajal farishtasi jonim olsa dunyodan beiymon o’tadi. Alloh taolo bunday holatdan barchamizni yiroq qilsin.
Ushbu rivoyatdan ko’rinib turibdiki bandani shayton vasvasaga solib zino qildirsa qanchalar hursand bo’lishligi. Zero shayton bandaning qalbiga Allohning g’azabi va qahri ko’proq keladigan narsaga undaydi.
Ya’ni: Payg’ambarimiz Muhammad alayhis salom: “Ey musulmonlar jamoasi, zinodan saqlaninglar albatta zinoda oltita yomon xislat border: yuzing nuri ketishligi, umrning qisqarishi va faqirlikni davomiy bo’lishligi, bu uchtasi dunyoda. Ammo uchtasi oxiratda bulur: Alloh tabarruk va taoloning g’azab qilishi yomon hisob olishi va do’zax olovi bilan azoblanishi” dedilar.
Bilaman balki bu fikrni o'qib ichizda darrov, toje mne dip man haqimdayam yomon fikrga borib turgandursiz. chunki kop holatlarda insonlar "aqllilik" qima, sanga nima dip jahl qilishadi.
Aslida kim gapirayotganigamas, nima gapiralayotganiga e'tibor berilsa foydaliroq bo'ladi!
Yana bir muhim narsa! Zino qilmoqchi inson o'sha jirkanch ishni qilishidan oldin 1 daqiqa o'ylanib ko'rsin! Qilayotgan ishi nafaqat bu dunyoda balki oxiratda ham albatta boshiga yetadi. 5 daqiqalik lazzatni deb butun umr jahannamga o'tin bo'lish iymonli insonlarning tanlagan yo'li emas! Kein o'sha siz qilgan qabih ishingiz albatta bu dunyoda ham o'zizga qaytadi. Ertaga farzandlariz sizga itoat qimasa, qiziz kim bilandur qochib ketib zino qilib yursa, ayoliz hiyonat qilib zino ko'chasiga kirsa, o'g'liz ichib kelib sizga qo'l ko'tarsa Allohga sanga nima yomonlik qigandim dip nola qilmang. Hech bo'lmasa 1 daqiqa orqaga nazar soling, o'shanda zora qilgan zinolariz, gunohlariz ko'z o'ngizdan o'tar va tavba qilarsiz!
Alloh hammamizni pokiza insonlardan qilib, O'ziga ibodat qiladigan, nafsimizga emas balki O'zigagina bo'ysunadiganlardan qilsin!
yigitlarni hammasi shu bo'lsa
unda yer yuzida halol erkak zoti
umuman yo'q ekanda?) яхши киз сизаям адез акау укайиз бордур буларниям бир суруштирин бота чикволиб кизларни опок боларни харом корсатиб дирама килиб озизни корсатмасдан
,,Erkak oshiq b-sa gar,guldan bo'sa oladi,
Ayol oshiq b-sa gar,arslon tonar izidan''
hullas o'ziz tushunib oling)))))))
Bu singlimiz to'yni to'xtatib bir tomondan yaxshi qilibdilar. Aks holda to'ydan keyin o'ylanaverib o'zlarini ado qilgan bo'lardilar. Er sal kech qolsam ham ishqilib bitta-yarimtasi bilan emasmikan degan xayol tinchlik bermagan bo'lardi.
Axborotlaring uchun hamma yigitlar ham "yurmaydi". Bu narsa ko'proq oiladagi tarbiyaga, muhitga va albatta yigitning o'ziga bog'liq.
Sharhlarni o'qib, ko'pchilikning bu harom ishga oddiy holdek qarashini tushundim.
Fojea gunoh qilishda emas, balki shu gunohni to'g'ri deb qabul qilishda!!! Hammamiz ham xom sut emgan bandamiz, xato qilamiz, gunoh qilamiz. Lekin o'sha xato va gunohlarni o'z vaqtida to'xtata bilish va tavba qilish kerak.
Gunoh ish qilganida yuragida nimadir jizillamasa, o'sha odam musulmon sifatida tamom bo'libdi!
Shaxsiy fikr: To'g'ri erkak bilan ayolni sevgi tushunchasi umuman boshqacha, erkaklarga yaqinlik qilish un fiziologik zaruratni o'zi yetarli, ayollarga esa emotsional zarurat mavjud, ayollarni hissiyot boshqaradi.Muallifimiz bo'lajak juftlarini shunday holda bilib qolganlaridan afsusdaman, va ularni qarorlarini ma'qullayman. Zero qalbdagi ishonchsizlik va singan ishonch bn turmush qurilmaydi. Xar bir banda qilgan ishiga o'z javobini oladi, imkon qadar halol bo'lishga xarakat qilaylik! Qizlar ham yigitlar xam!Yolg'onga xaronga qurilgan turmush mo'rt bo'ladi, hayotingiz qanchalik pok bo'lsa niyatlariz shunchalik mustajob bo'lur.
Bu mening shaxsiy fikrim edi. Hamma o'z dunyoqarashiga binoan fikrlaydi. Atrofdigilar esa bunga qo'shilishadi yoki inkor qilishadi.
To'yni bekor qilganiz + tarafi haromdan saqlanmas ekan demak? To'ri qilibsiz.
To'yni bekor qilganiz - tarafi hali halol bo'lgan ayoli bo'lmagani uchin nafs uni yetaklagandur.
Nechchi yil sinamay erga tegish kerak edi ijodkor honim. Balki siz ayibdordursiz?
Bilaman bu yigitlar ichiga hamma kirmidi. Lekin o'xshatmasdan uchratmas. Ibodatdagilarni qora yerga bulg'ayvermang honim afandi. Sababi meni otam bunday ish qilmagan. Men bu ishni qilmaganman. Meni do'slarim bu ishni qilishmagan. Ibodatda qancha ayollar, qizlar bor. Hammasi erga tegish ishini oson bitirish uchun hijoblanmagan. Shirako farmatniy tematikalarda hujjatlar bilan ishlash kerak.
Bo'ldi shu joyida stop qilaman. Yana so'z bilan Zino qillib qo'ymay.
manimcha siz mudhiw xatoga yo'l qo'yibsiz