Salom Sardor aka, meni ismim Nargiza bo'la qolsin sizga xat yozishimdan maqsad juda qiyin vaziyatdaman. Saytga maktubimni chiqarsangiz maslahat bersangiz balki to'g'ri yo'l ham chiqib qolar.
O'zim haqimda aytadigan bo'lsam yoshim 25 da ikki farzandim bor 4 yosh va 4 oylik o'g'illarim o'qiganman magistraturaniyam bitirganman hozirda kichik o'g'limga qarash bilan bandman. Oilada aslida 9 kishimiz qaynana qaynatam erimi ukasi ovsinim o'gli bilan va erim men ikki o'g'lim. Lekin ovsinim 4 oydan beri onasinikida eri homilador vaqtida urib boshini yorganidan keyin onasinikida yashaydi. Qaynatam rossiyaga borib ishliydi 18 yildan beri faqat 1-2 yilda bir keladi o'shayam dam olish uchun, ko'rmaganmanu lekin u yerda xotini va farzandlari borligini erim aytgan. Qaynanam institutda ishlaydi redkaya sterva hammani yomon ko'radi birov yangi narsa osa ili yaxshiroq yashasa uning ashaddiy dushmaniga aylanadi.
Qaynim bo'sa alkash i bezrabotniy ba'zi ba'zida o'grilik ham qilib turadi. asosiy oilani boquvchisi bu erim. Kun bo'yi internet orqli ishlaydi nima ishligini aytomiymanu no daromadi v srednem doxod 1000-1500$. Umuman oganda hamma g'avg'o shu ishni boshlaganidan keyin bo'ldi avvallari 500 ming so'm oylik olgan vaqtida shunaqangi inoq yashardik erim mani tushunardi yaxshi ko'rardi hurmati juda baland bo'masayam nu chidasa bo'lardi.
A hozir pul ko'targanmi bilmayman nu 4 tangalik bo'lib mandan farzandlaridan sovigan so'kinish bu svyazka slov oilaviy prichom hatto qaynanam ham erkaklarga o'xshab so'kinadi, xudo qimasdan bitta notog'ri gap gapirsam haftalab oylab man bilan gaplashmaydilar semeyniy. Bularga ahamiyat brmaslikka harakat qilardim ikkita bilamni tirik yetim qilishni xoxlamasdim.
Erim ba'zida yaxshi bop qoladi, tushunishga harakat qiladi shundoq onasi bilan gaplashdiki tamom o'sha kuni janjal bo'lishi tabiiy. Uniyam tushunaman ishi fizicheskiy qiyin bo'masayam kun bo'yi kompni oldida o'tiraverishdan odam zombi bo'ladi. Bitta narsani uqtiraversangiz davleni qilib axir kelib manga portlaydi alamidan chiqqanicha i uspakoitsya qiganidan keyin kechirim so'rab bolshe nepovtoritsya deydi. Lekin maniyam jonimga tekkan kaltak yeyaverish manam insonman manam baxtli va tinch yashashga haqqim bor.
Xullas kecha erim bilan urishib qoldik bu biza uchun odatiy hol so'kinishlar va oxirida albatta urish. Homiladorligimda ham chilladan chiqmasimdan ham uraveradi u maxluq tan olaman tilimga erk berishim mumkin lekin faqatgina nafsoniyatimga tegib ota onamni haqorat qilsa shunda ham xudo qilganingga yarasha jazo beradi deyman. Lekin kechagi janjaldan keyin nima qilishga ham hayronman xullas aytganimdek yana pampers ustida boshlangan men qolib onamni so'kishlar, urishlar natijasida uyimdagilarga qo'ng'iroq qildim ota onam kelishdi meni obketish uchun chunki ularniyam joniga tekkan, yosh bola bilan kaltak yeyishim erim kechirim so'rab qolishimni so'rash o'rniga ukasi otasi bilan ishonmaysiz meni otam onamni urib ketishdi.
Ko'z oldimga keltirsam ujas prosta undan ko'ra o'lganim yaxshi edi. Hech kimga buni tilamayman. O'g'limni kelib dadasidan mani himoya qilishini ko'rsangiz kelib ko'z yoshimni artishini ko'rsayiz bitta sirg'am uchib ketgan ekan ob kelib oyijon ana sirg'ayizni topdim deb keganida yuragim tamom bo'ldi xullas qaynatam bizani haydamoqchi bo'ldi man esa faqat o'zim ketaman bolalarinmi tashab ketaman deganimda uydan chiqishga qoymadi uchaskavoyni chaqirdik daje shuncha gapdan keyin ham erkak bo'lib xotinimni urmabman o'zi jinni vaqti vaqti bilan kasali bor davolanishga ota onasi ob ketadi dedi. Uchaskavoyni er bo'ganidan deydi uradida deganida shokka tushdim bu yil so'glom bola yili bo'lsa sog'lom onadan i sog'lom muhitda sog'lom bola bo'lmaydimi? keyin nimaga ota onangizni chaqirdiz? onamga esa nima jahon urishi ketyaptimi har kun tel qilasiz qizizga deydi. Biza 21 asrda yashaymiz demokratik davlatda prichom qullikmasku to'g'rimi?
Shundan keyin bulani hammasi v zgovore ekanligini bilib, manga o'zim bilan xudodan boshqa hech kim yordam bermasligini bilib, bolalarimni erlik uymga tashab ketyapman deb tilxat yozib ketdim. Chiqayotganimda bolalarimni yig'lashi o'limdanam battar edi. Kechasi bilan ko'zimga uyqu kemadi ko'kragimda sut kelib shunaqangi azob chekyapmanki qanaqa uxladi nima berishdi unga cherepnoyi bor edi injiqroq edi o'zimdan boshqa hech kimga ovunmaydi farishtaginam uni 3-4 soatdan ortiq yolg'iz qo'ymaganman shunaqangi hidini sog'inimki olamni buzgim kelyapti menga maslahat bering nima qilay o'gillarimni tashab to'g'ri qildimmi?
dadam u bilan yashamaysan deydilar o'zimni ham fikrim shu men farzandlarimni tasham ketganim erim ham bir kun meni o'rnimda bo'lib qadrimni bilsin demoqchi edim Ula tushunarmikin buni, ko'pi bilan 2-3 kun chidashim mumkin farishtaginamsiz undan ortig'iga emas iltimos iloji bo'lsa shugun saytga ob chiqib maslahat bersanglar Raxmat.
Sayyod: Шунақанги сўкиб жавоб бергим келдию... Каллейз жойдами? Одаммисиз ўзи тавба? Хайвонам боласини ташламайди, сиз нега болангизни ташлаб кетдиз?!
Бир воқеа болалигимдан эсимдан чиқмайди, ёш бола эдим, уйимиздаги итимиз болаладию, биттаси ўлик туғилди. Шунисини обориб ариққа оқизворсам, она ит ортимдан шу оқизгунимча кетимдан бориб, яна суга оқизган ўлик итваччани орқасидан роса чопганди, то сув узоққа олиб кетмагунча. Бир неча маротаба сувдан олмоқчиям бўлган.
Битта итчалик бўлмабсиз...қойил...
Соғлом бола йили деган баландпарвоз гапларни умуман СИЗ ГАПИРМАНГ! Болани қадрини билмаган йилни тушунармиди? Тағин ЭМИЗИКЛИ БОЛАЯ!!!!
Яна тилхатам ёзберармиш... Хозир шу тилхам орқали сизни судга берса боласиз қоласиз!
Сизни оналик хуқуқидан бемалол махрум қилса бўлади. Кейинчи? Келажакда болангизга шу тилхатни асраб қўйсаку тамом! Шусиз хам бир кунмас биркун таги чиққанида нима деган одам бўласиз болангиз олдида?
Шартта тилхат билан қариялар уйига топшириб келса нима қиласиз?
Бугунимнинг ахмоқлиги, эртанимнинг фожеаси, бугунимнинг донолиги келажагим пошшолиги! (с)
Қадрни билдириш учун чақалоқни хавф остига қўярканми? Бир кун майли, бир соат кечиб бўларканми боладан? Хозир бир кунга кечдизми демак, сиздан кўпроқ нарса кутса бўлади.
Ўзи сизни эрингиз бизга мурожаат қилиши керак эди, аслида у жабрдийда.
Эриз билиб урарканде, шундан кейинам сизни қайтарса ғирт ахмоқ эр бўлади.
Болларимни ташлаб кетиб тўғри қилибманми деб савол берибсизми? Сиз умуман бола туғиб хато қилгансиз! Бошқа жавобим йўқ!
Сайт мухлислари жавобини берар.
Эслатиб ўтамиз, хар якшанба мухлислар куни бўлиб, ўз муаммо ёки кўнгил кечинмалари билан бўлишиб, кенг омма билан хал қилишга имкониятингиз бор.
sayyod@gmail.com почтасига иложи бўлса кирилл харфларида воқеа ёки муаммоингизни ёзиб юборишингиз ёки (+99894) 644-67-11 рақамига қўнғироқ қилишингиз мумкин ёки шу номерга вацап.
Ota-Onangizga ham qoyil qolmadim,go'dakni onasidan ayrishga qanday qarab turishganiga!!!
1) Hech qachon va yana bir marotaba hech qachon oilangizni buzish haqida o'ylamang.
2) Sizning miyangiz atrofga negativ qarash bilan dasturlanib qolibdi, albatta buni to'g'irlash lozim.
3) Menimcha eringiz sizga yoqadi, siz ham unga yoqasiz. Shunday ekan, avvalo eringiz bilan orangizni isloh qiling. Bo'lib o'tgan urush janjalni hayotingizdan qirqib olib tashlang. o'z uyingizga, ya'ni eringiznikiga qayting, tiz cho'kib bo'lsa ham kechirim so'rang. Yoshlik qilganligingizni, ularning shuncha qilgan yaxshiliklariga yomonlik bilan javob berganligingizni, uyda o'tirib o'ylab aqlingiz kirganligini, endi bundan buyon qaynana-qaynatangiz va eringizni chizgan chizig'idan chiqmasligingizni ayting.
4) Eng muhimi anau ZAHAR tilingizni tuzating, buni rad qilsangiz ham, o'zingiz ich-ichingizdan tilingizning zahar ekanligini bilasiz. O'zingiz aytganingizdek eringizning ishi og'ir ekan, demak unga mehr kerak, boshqa narsa emas, siz esa shu oddiy narsani berishni istamagansiz. Agar eringizga mehr berib, uni sevib ardoqlaganingizda bunday holat bo'lmasdi.
5) Yana takrorlab aytaman, bo'lib o'tgan hamma narsani unuting, bolalaringizni va eringizni o'ylang, bolani uyda qoldirib, o'z qadringizni bildirmoqchi bo'lgansiz, lekin buni jahl ustida qilgansiz va ayni o'sha vaziyat uchun bu to'g'ri yo'l bo'lishi mumkin, lekin umuman olganda bu xato edi, aslida sizning uydan ketingiz XATO edi.
Agar sizga yanada chuqurroq mutaxassis maslahati kerak bo'lsa bemalol murojaat qiling, qo'ldan kelgancha sizga yordam beraman. Eng muhimi OILAngizni asrab qoling!!!
_
Savol tug'iadi, eriz so'kkanida sizga alam qiladigan o'sha yaxshi ota onangiz haqiqattan ham yaxshi bo'lishsa siz kaltafahmlik qilib bollarni tashlab ketishizga qanday yo'l qo'yishdi???
Sizdek hotindan hudo saqlasin
Garchi maslahat bera olmasamda, bir hikoya esimga tushib ketdi. Ustoz yozuvchi Said Ahmad ni "Tanlangan asarlar" idagi bir hikoya. Nomi "Teskari hikoya" edi, adashmasam. Shuni bir o'qib chiqing... Juda yordam bermaydiyu, lekin har holda foydasi tegsa kerak.
_
Izohlar moderatori NOZIni man uchun yo'qligi bilinardi. Shu qizni fikri tiniq!!!
javobini yozvorin
NIMA BO'LGANDA HAM, OILAGA QAYTGAN BO'LIB, BOLLARIZI BILDIRMASDAN OPKETING. BOLLANI OLGANI KELDIM DISEZ HAYDAB SOLISHLIGI MUMKIN. AHIR BOLLARIZGA HECHKIM SIZGA O'XSHAB QARAMIDI. BECHORA BOLALAR SIZNI SO'G'INIB YURGANI ANIQ. KEYIN AJRASHING, BUNAQA NOSOG'LOM MUHITDA FARZANDGA YAXSHI TARBIYA BERISH QIYIN BO'LADI. "BOLAM ICHISH YAXSHIMAS, AYOLLARNI HURMAT QILISH KERAK" DISEZU AMAKI ALKASH VA OTASINING ONAGA MUNOSABATDA BU AHVOL BO'LSA BOLA NIMANI O'RGANADI.
BOLLANI OZZIZ BILAN OLIB KETING. TILXATNI YO'Q QILING,
Umuman olganda, hamma ayb erda. Aqlli, oriyatli erkak har qanday ayolni to'g'ri yo'lga boshlay oladi, HAQIQIY erkak ayol kishiga qo'l ko'tarmaydi ************. Ayol kishi zaifa deyiladi, uni himoya qilish, ba'zida tarbiya qilish erkakni vazifasi.
Takrorlayman: Erkak kishi ayol kishini urishga UMUMAN HAQQI YO'Q!!!
Аввал воқеа тафсилотларини ўқиганимда бу аёлга мен жўяли бир маслаҳат бера олмасам керак, деб ёзмагандим. Шунчаки изоҳларни ўқиб чекланаётган эдим. Ҳамма ўз фикрини билдирган, хатто нафратини ҳам яширмаган. Ботир исмли изоҳ муаллифининг ёзган фикрларини ўқиб энди ёзмасам бўлмайди, деб ёзишга киришдим. Ботир, сизга катта РАҲМАТ! Нега энди ҳамма эркаклар сизга ўхшаб фикр юритмайди? Билмадиму негадир ҳақиқий эркаклар камайиб кетганга ўхшайди, атрофимизда қалбаки эркаклар кўпайиб кетаётгандек. Нима хотин дегани боксчиларнинг “груша”симидики уришади, муштлашади. Шунчалик қўлини идора қила олмас экан, ўзларига ҳақиқий “груша” ясаб олишсин! Бечора аёлларимиз эринининг бундай “меҳрибончилигини” “ургани ур оши, сўккани сўк оши”, фарзандларим бор, оилам бузилмасин, деб ҳеч кимга билдирмай ичларига ютиб яшаб юришади. Балки инсоф бериб қолар, деб умид қилишади. Шундай аёлларга тан бермай бўладими? Нима ҳам дердим, илоҳим ҳақиқий эркаклар сафи кенгаяверсин, қалбакиларига инсоф бериб хатоларини вақтида англаб етиш насиб этсин!
Воқеа қаҳрамонига келсак, балки қарор қабул қилиб бўлгандирлар. Агар ундай бўлмаса, қалбларига чуқурроқ назар ташлаб яхшилаб эшитишга ҳаракат қилсинлар. Ички овоз ҳар доим тўғри йўлга бошлайди, фақат эшита билиш керак. Ким нима деса десин, лекин бу сизнинг ҳаётингиз ва ҳаммаси сизнинг қўлингизда, қарорни қабул қиладиган ҳам уни ижро этадиган ҳам ўзингиз! Оилавий ҳаётингиз бахли лаҳзаларга бой бўлсин!