Yoshim 19 da uyimga sovchilar eshik qoqanda 3 yil oldingi hayotim sarvarog'iga qo'ygan qora dog'imni deb oq ko'ylak shrin turmushdan mosuvoman. Qo'rqaman hamma bilsa mayli olloh onamni boshini men uchun egma. Otam bizlarni uydan haydagani, og'il farzand ko'rishni hohlagani uchunmi og'il bola zotidan nafratlanardim. Balki tog'ri ish qilgandurman.
Ishondm bir yigitga ko'ngil qo'ydim. Qiz bola qancha uizoqlasang shuncha yaqin keladi degan narsani o'sha paytda chunganman. Oldiniga sevaman deb yurgan bolani mensimay keyin u mendan uzoqlashishni boshlaganida sevib qolibmanaaaa? O'zi zo'rg'a kun ko'rib, qizlarini zo'rg'a ham ona ham ota bo'lib boqayotgan onamni pullarini kelib kelib shu bolani qo'liga tutqazibman. Ko'zim shunchalar ko'r bo'lib qolgandiki uning hamma ehtiyojlarini qondirishga shu orqali undan bir og'iz shrin gap eshitishga xarakat qilardim. Unga esa hatto bu ham ozlik qildi. Qo'llari yugurib ko'zlari hirs bilan qaraganiga ham ahamiyat bermay qo'ygan ekanman. U sekin sekin meni qo'llariga o'rgatib oldi. So'ngra.....
yo'q buni uham hohlamagan edi. Hatto bu ish bo'lganidan keyin qo'rqib ketganini yashirmadi. O'sha kuni bu soqir ko'zlarim ochildi. Unga indamadm faqat yeg'lardm. Ketishini so'rardim. U bo'lsa men nima qilishimni so'radi. O'sha paytda ko'zimga jonimga qasd qilishdan ortiq hech nima ko'rinmadi u bo'lsa bunday qilsam undan ko'rishligini u qamalib ketishi mumkinligini aytdi. Shundaham o'zini o'yladi. Sevardim jonimdan ortiq ko'rardim shuning uchun u bilan qolishni so'radim yalindim. E ahmoq qiz osha paytda onamni yuzi shuvut bo'lishi bu isnotni ko'tarish qiyinligini emas uni yoqotmaslikni o'ylabman. Eh mening 16 yoshim.
Kunlar o'ta boshladi. Ortidan oylar. Endi na shrin so'zlar bor edi. to'gri u ortiq menga qo'lini ham tekkazgani yo'q lekin Otasiz turtkilar bilan o'sgan bo'lsamda hozir o'sha kunlarni qadriga yetyapman. U keyingi hayotimni butunlay do'zohga aylantirib yubordi. Har kuni haqorat, oldimda ekanligini sabablari aslida nimaligi ba'zida kaltaklar.... To'g'ri ayb qildim lekin buni biz qildikku? Olloh jazoyimni shundoh ham beryapti lekin nega u meni buncha azoblaydi? Buni sababini bilmayman hatto hozirham. Bularga sabrim yetmadi. Aslida mahsat ham shundamidi bir yildan so'ng u ham meni tark etti. Bolalik beg'uborlik quvonch onlari ham shu bilan ketdi. O'zimdan nafratdaman ollohim guvoh bir kun ham afsuslanmay ko'zimni yummadm. O'zimni o'ldirish qo'limdan keladi bechora onamni qabrim tepasida turishlari yeg'lashlari ko'z oldimga kelib juratim yetmaydi. Charchaganim rost lekin kurashish kerak. Yuraksiz deb aytgan yigitlar aslida bilishmaydi yuragimni kemirib tashlashganini . Osha bir kun hayyotimni butunlay do'zohga aylantirdi. Yeg'lab charchadim butunlay sindim. Lekin hali hech ham hayotimga o'zgasini kiritmadm. Ishonmasligimda emas sabab hayotimni yolg'on bilan qurish niyatim yo'q. Tog'risini aytishga juratim yetmaydi. Hatto yaxshi qailli qiz deyishsa ham vijdonim qiynaladi. O'zimni yuzsiz, pismiq qizdek his qilaman.
To'yi yaqinlashganidan qizlar quvonadi. Men bo'lsam vaqt sekin o'tishini o'sha qo'rqadigan kunim kelmasligini so'rayman. Ollohga shukur ko'zlarimni kech bo'lsada ochdi. Faqat niyatim yaqinlarim men uchun zarar ko'rmasin. Bularni rahmiz kelishi uchun yoki o'zimni oqlash uchun yozganim yo'q. Eh qizlar gul yoshlikni tikanlarga almashmang. Buning hatto quvonchi lazatti ham yo'q. Lekin o'zgaga ishonib o'zimizni hayotimizni buzamiz holos. Yigitlar yalinib so'rayman yosh qizlarni hayolini buzib hayotini so'ndirib qo'ymang. Ertaga o'zingiz ham ota bo'lasiz. ERtaga o'zingiz ham bir gul o'stirasiz. Uni payhon qilishlarini sizham hohlamaysiz. Hozir bilmadmku hatto fohishalarga ham rahmim keladi. Ular ham bir paytlar balkim menfak afsus qilarlar. Oq ko'ylakni ko'rib oh urarlar. Olloh tog'ri yo'lga boshlaydi, Shayton yo'ldan ozdiradi. . Tog'ri bo'l disa hamma qiz to'g'ri bo'ladi. o'zida bo'sin deb aytasiz.
Eh yigitlar siz yo'ldan adshtrb yuradigan shayton tarafmisiz yoki yo'lga soladigan olloh tarafidami. Bir uyni obro'sini tokmang. Hech bo'lmasa qizini yo'liga ko'z tikib uzataman to'y ko'raman degan onalarga rahmiz kelsin. O'shanda menday yuzi qoralar soni ko'paymaydi. o'z taqdirini siz qizlarga ravo ko'rmagan SAROB GULI.....
Эслатиб ўтамиз, хар якшанба мухлислар куни бўлиб, ўз муаммо ёки кўнгил кечинмалари билан бўлишиб, кенг омма билан хал қилишга имкониятингиз бор.
sayyod@gmail.com почтасига иложи бўлса кирилл харфларида воқеа ёки муаммоингизни ёзиб юборишингиз ёки +99894 695-21-21 рақамига қўнғироқ қилишингиз мумкин ёки шу номерга sms.
Шунингдек, эндиликда телеграм орқали @sayyodcombot ни топиб унинг менюсидаги "Мухлис минбари"ни босиб жавобига воқеангизни ёзиб юбориш имконингиз хам мавжуд! Бунда сизни телефон рақамингиз кўринмаcлигига кафолат!
Диққат! Сайтга чоп этилиб бўлинган мактуб кейин талабга биноан олиб ташланилмайди!
Воқеангиз сайт орқали кенг оммага чиқиши ва халқдан турли маслахатлар бўлишини билиб туриб жўнатдингизми, ўзингиз кутмаган ва ёқтирмаган маслахатни олиб кейин олиб ташланг дейиш мантиқсиз!
Bitta narsaga haliyam chumiman. Nimaga qizla yoki bolla yaxshi korgani bomasa yoki yurmasa o'zidan farishta yasavoladi. Yana har gal buni eslatib turadi. Hozirgi kunda bo'votgan hamma iwlaga ayniqsa tapadigi maqoladigi holatlarga, mani fikrimcha maktab, litsey paytida o'qishi o'rniga "sevishib" yurish sabab bosa kere. Yana qizlani uzuru paypode almashtirib har hafta saunani kanda qimidigan bolla ertaga oila qursa nima bo'ladi??!! Oilani qadriga yetarmidi? Miyasiga bunisi yaxshi bomasa bowqasi digan tushuncha ornashib qolishi aniqku. Qizlayam erga tisam boldi keyin bilganimi qilaman digan firda kopchiligi. Bunaqa oilani kim ushlab qoladi. Ba'zilaga maslahatim haliyam bosa aqlilani yig'volila. Birinchi navbat Ollohdan qo'rqsakgina bu ishni qilmaslika jurat topa olamiz. Haqiqiy sevgi to'ydan keyin bo'ladi. Bu fakt!!! Ertaga o'zimizga qaytganda bowi changlab qomilu. Hammaga hayrli tong
unday romantik sevishganlar 90% ni nafsini qondirishni o`ylaydi siz qarab turaverdismi o`sha payt bitta tarsaki qo`yib yuborsangiz o`ziga kelar edi sizni ham tushunish kerak soddaligingizdan foydalanib qolgan u maraz
Yigitlar deb endi ulani ayblab o'tirin.Butun hikoyezda hamma aybdoru,sizzi ko'zizi sevgidan ko'r bo'p qogan.Otez silani haydab chiqargan bo'sa,onez bilan alohida yashavotgan bo'sez birinchi navbatda ma'suliyatni his qiliwiz keregidi.Aybni qiliwga qilib endi yashashdan to'ydimmush.Undan ko'ra ertani o'ylen,bunaqa irodasiz inson bo'men.O'qin,ishga joylashin,onezga yordam berin.Kun kelib albatta baxtizzi topasiz.Va yana bitta gap! Hech qachon erkak zotidan nafratlanmen,hammayam sizzi otez yoki yigitizga o'xshaganmas.
Monologga uxshab ketibdi borku.Sabr sizga singlim, aqlizni yig'ing.Hayot to'xtab qolgani yuq.Ja 19yoshizda erga tegvomasdan, o'zizni ishga, o'qishga bag'ishlang.Tavba qiling.Nasib qilib, balki biror sizni tushunadigan insonni uchratarsiz.Oyizga ham ayting, oyi keyinroq turmushga chiqaman deb.Faqat o'zizni siqishdan foyda yuq.O'zizni boshqa sohalarda sinang, ,aytganimdek o'qishda, ishda...sekin-asta yutuqlarga erisha boshlasangiz yengil tortarsiz balki.O'tmishni o'tmishga tashlang, bugundan yangi hayot boshlang.Omad.
mavzu zo'r.aqil o'rgatmimanu lekin bahtli bo'p ketasiz hudo hohlasa.insondA BIRINCHISI HATO IKKINCHISI TAQDIR.UCHINCHISI ODAT BO'LADI.OMAD HAYOTIZGA BOSHQA YANGLISHMANG.HECH BO'MASDA SHU MAVZUDA
Afsuski bunaqa voqeyalar kup uchravotti nima uchun?Buvimla etib bergandila Toshkenda 1966-yil yer qimirlaganda uyla buzilib ketganakan shunda hamma qo'ni qo'shnila bir bulib supada o'g'il bola qiz bola aralash uxlashga turi keganakan lekin usha paytda ibo xayo tushunchalari kuchli buganakan, yigitla qizlarga uz siniside,opaside qaraganakan.Zamon uzgardimi yoki insonlarmi?Turisini etganda mehr oqibat yuq xozir.Qizni ayblash ham noturi qars ikki quldan chiqadi.
men chunomiman qanday qilib iwtoni echilguncha ex tavba uzi tuydan keyinam biz qizlar zorga buladiyu bu yerda 16 yowda darov qorqmasdan yana onajonisini uylaydi oldinroq kozni ochiw kerak edi towakka yotganda emas bilmadim bu zino bilan qagacha borarkansiz sabr men xam qiz ostirvomman allox asrasin
Булган иш булди, сиз хато килдиз, лекин яшашни давом эттириш керак, бу хает, хамма хато килади, укишни давом эттиринг, ишга киринг, бу нарсани уйламасликка харакат килинг, одамлар фикрига этибор берманг, бу ерда хамма узича мутахассис, то одамни узини бошига тушмаса, у одам кандай кийинлигини билмийди.
qizni aybdor qilish to`g`ri emas. chunki 16 yoshda har qanday o`smir o`z harakatlariga javob bera oladigan tajribaga ega bo`lolmiydi. bunaqa ishda birinchi ayb yigitda bo`ladi. bunaqa holatda qiz judayam ojiz. lekin afsuski, madaniyatimiz shunaqa. siz ham dardizni ichizga yutib, yaxshi yasashga harakat qiling. yaxshi insonni uchratasiz, o`ziga oilasiga yaxshi xizmat qilsayiz, qadr topib baxtli bo`p ketasiz hali. balki chet elga o`qishga keting. shunchaki o`zizga o`ziz imkoniyat qidirib ko`ring. lekin bu narsani hech kimga ayta ko`rmang
Meni o'ylashim bo'yicha, bu ishdagi ahmoqlikning ildizi bu oila. Qiz bola otasiz o'ssa juda qiyin bo'ladi. Ota beradigan mexrni ko'chadan qidiradi. Sevgi to'ydan keyin keladi, yigitlar bunaqa qizlar bunaqa degan gaplarni yig'ishtiringlar. Sevgi bor narsa, u to'ydan oldinam keladi. Eng muhimi akalar, otalar, qizlarimizga, singillarimizga mexrli bo'laylik, shunday mexr beraylikki, ularga bizdan boshqaning mexri kerak bo'lmay qoladi. Ana shunda bunday muammolar, g'iybatchilar tili bilan aytganda "yuribdi-yuribdi"lar bo'lmaydi.
2. umidaxon sizga ota tarbiyasi yogligini natijasi debsiz. Kochaga chiqing nechta otasi borlar turadi. Bu otalikga qarab emas. Nima u qiz ozi tanlabdimi otasizlikni. SizngingchA otalilar esli ekanda, agar uni tanlawni iloji bolganda xech kim otasizlikni tanlamasdi Ogzilarga qarab gapirilar bu temada
Aslida xato bir siz tarafdan emas. U digit ham qilgan gunohi uchun javobgar. Balkim u ham qilgan gunohi uchun sizdek aziyat chekayotgandir. Sizga ollohdan faqat sabr va gunohlaringizni kechirishni sorayman
hamma ham hato qiladi, muhimi onaga bu haqida aytish. bu juda muhim, lekin u ona tuwunadi va sizga eng yaxshi yol tanlawda yordam beradi. oila wunaqangi paytda kerak, faqat muvaffaqiyatga eriwganda emas. masalaning ikiinchi tomoni, bu sizni hayotiz, siz hohlagan iwingizni qiliwga haqlisiz. bizda eng muhim narsa atrofdagilarni fikri, lekin bu uchun stressga tuwib, oz ozini yeyiw wartmas...
Alloh hammaga insof iymon bersin. Alloh ayolni erkakni qovurg'asidan yaratgan bu degani ayol erkak kishidan bir pag'ona pasda turadi. Ayolni boyligi bu uni chiroyi zebu ziynatida emas uni xayosida ibosida. Sizni tushunaman. faqat yigitlarni sevaman deganiga emas Alloh uchun sevdim deganiga ishoning. sevgi faqat nikohdan keyin bo'ladi. sizga sabr tileman. Allohga tavba qiling va haqiqatni sizga nomzot bo'lgan yigitga ayting. agar sizni bu hato yo'ldan olib chiqsa sizni ayol sifatida qabul qilib nikohiga olsa, unga bir umr vafodor yor bo'ling. va tavba qiling faqat tavba
Ота бор йуклигини тарбияга ахамяти йук. Отасиз булиб хам чиройли тарбияли кизлар куп. Бу киз билан хам битта хато содир булибди, лекин фикрларидан умуман енгилтак кизга ухшамайди. Отаси, 6та 7та амакиси була туриб шулардан хайикмай бузуклик килаётганлар хам бор. Хаммаси одамни узига боглик.
Bu yerda hech kim hech kimdan maslahat so'ramayabti. Qiz o'zini oqlagani ham yo'q. Faqat o'z taqdirini sizlarga ravo ko'rmayabti holos. Bu ishni bir marotaba emas ming marotaba qilib o'zini farishta qilguvchilar ham yo'q emas. Asosiysi insof kiribdiku. Kimnidir hayotini muhokama qilishga bizning haqimiz yo'q. Faqat hulosa chiqarish kerak
тавба килар ишши киб куйиб маслахат сурагунча уша иш килинишидан аввал сураш керак эди народ мени йигитим кулини югуртрябди тушакка чакирса нима киле деб бу бровни устидан кулишмас проста Оллохдан хамиша куркиб яшаш керак яратгандан куркиш хар канде бало офат ва гунохдан сакледи одамни
Prichom botta Ota tarbyasi qanchadan qancha qizla bor Otasiz osib bitta chiroyli oylani bekasi bob otirishibti ulaga nima diyish kere ota tarbyasimi buyam?
6zi 1gap boru qiz qulag'i bn sevadi bolar og'zi bn hayotiz hali oldinda szdan ham og'ir ahvolga tushganlar ham y6q emas sabr qlin hammasni hudo korb turbdiku
Oldinlari ota-bobolarimiz 10-15 ta bolani o'qimishli borgan joyida tiq etgan ovoz chiqmidigan qilib tarbiyalashgan. Hozir ota-onalani o'zi bolasini qizi yoki yigiti bo'sa xursan bo'ladiku u yog'ini endi gapirmi qo'yaqoli.... Ota-onani ozi ma'nili o'qimishli bo'sa 5 tami 8 tami yaxshilab tarbiyalidi. (SHaxsiy fikrim)
Hayrli kun! avvalo o'zgalaga maslahat berishdan oldin shuni bilish kere hech qachon hech kim bironi dardini u chunganchali qabul qimidi chumidi...brolani dardini chunish bu bemalol oddiygina kaktussi qo'lda siqib turishde gap... GULI ...bu taqdirni bir sinovi,o'zizi o'ldirmi juda to'ri ish qipsiz deme irodez shakllangan , bundan keyn ham irodez yetadi barchaasiga unig uchun faqat o'zizga ishonib Xudodan so'ren qalbizga hotirjamli berishini so'ren bo'gan ish bo'gan afsuslanish befoyda hech kimdan nafratlanmen hech kimga yomonli tilamen ...Xudo nima bersa shu bo'ladi sizi etganiz bilan ulaga qaytib qomidi ..Bu yoda Otasiz Onasiz o'zi kotta bogan insonla min qancha-ku ...eng katta tarbiya odami o'z o'ziga baho berishi va o'zini tutishi.. Otasiz kotta bogani hech qanaqa sabab bo'lomidi bu ishlani bo'ganiga otasi bo'p yuziga oyo quyvotganla qancha -yu sizi o'tmishiz qoganlaga saboq bo'ladi xolos ... Источник: http://sayyod.com/news/siz_kham_izlik_bwlarsiz_unga_ravo_kwrarmisiz/2015-11-08-3859
Iltimos yigitlarni yerga urmang hamma yigitlar ham siz o'ylaganchalik emas, qiz degan o'z hissiyotlarini jilovlay bilishi kerak, tepada yozilganidek boshida o'ylash kerak edi, hozir bu ishni qilsam, onam ni yuzi yer bilan bir bo'ladiku keyinchalik deb, axir sizni majburlamagandir, o'zingiz istamaganingizda bu ishlar bo'lmagan bo'lar edi, mayli bo'lar ish bo'lipti, bu yog'iga hayollarni bir joyga jamlab ishga joylashing, ko'proq toza havoda sayr qiling, unutishga yordam beradi, lekin ! Bundan keyin o'z hislaringizni jilovlay biling yana shunday xatolar ko'p qilmaslik uchun! SABR!!!!!!!!!!!
Пастдаги гапларим ақл ўргатиш эмас, "домлалик" қилиб ваъз ўқиш эмас, шунчаки озгина хаётий тажрибамдан келиб чиқиб холис айтаман. Хохланг қабул қилинг, хохланг йўқ.
Синглим, энг асосийси, ўзингизни ўлдириш хақидаги бемаъни гапни миянгиздан чиқариб ташланг. Онангиз учунмас, охиратда жазоланиб қолмаслик учун. Охират, жаннат, дўзах бу хазил ёки хаёлий нарса эмас.
Бўлар иш бўпти, шунақасиям бўлиб туради. Лекин бу бўлди, хаёт тугади дегани эмаску. Хаммаям хато, гунох қилади. Гунох қилиш катастрофа эмас, ундан тўғри хулоса чиқармаслик катастрофа. Шу ахволингизга шукр қилинг! Тушкунликдан ўзингизга қасд қилмабсиз, кўчага чиқиб фохиша бўлиб кетмабсиз, анави хезалакни бўғиб ўлдириб қамалиб кетмабсиз, бошингизда мехрибон онангиз бор экан, ёлғондан хазар қилмайдиган безбет бўлмабсиз, шунисига шукур қилинг!
Муаммони ечимига келсак, сизнинг гунохингизни Аллохдан бошқа хеч ким кечира олмайди, хатоингизни салбий оқибатларини текислашни хам фақат Аллох қила олади. Шарти шуки, бундан буёғига сабр қиласиз, покиза хаёт кечиришга ахд қиласиз ва қўлингиздан келганча Исломга амал қиласиз. Худога бир қадам қўйсангиз у сизга ўн қадам яқин келади (яъни эзиб ётган муаммоларингизни хал қилиб беради). Буни тажрибамда ўнлаб марта кўрганман. Шунчаки шубхаланмасдан ишониб харакат қилиш керак холос.
Ким нима деса десин, мен бундан яхшироқ ечим йўқлигини аниқ билиб турибман.
Диққат:Ёзиб қолдирилган изох дарров сайтга чиқмайди. Хар бир изох узоғи билан 24 соат ичида текширувдан ўтади. Мабодо бу вақт ўтгач хам сайтда изохингиз чиқмаган бўлса унда чиқарилмаганлик сабаблари қўйидагича бўлиши мумкин:
Сайтимизда сўкиниш, хақорот, камситиш, мазах қилиш, салбий ва диний тарғибот, махалийчилик, миллатчилик, реклама ва қадр қимматни ерга ургувчи АЛОМАТЛАРИ БОР изохлар сайтга чиқмасданоқ ЎЧИРИЛАДИ!
Шунингдек миш-миш бўлиб кетишига сабабчи бўлгувчи тасдиқланмаган маълумотлар, тасдиқланмаган гап-сўзлар хам изохлардан ўчирилиши мумкин!
-Қолдирилаётган изох ўша мақоладан ташқаридаги мавзуда бўлса хам ўчирилиши мумкин.