Бош сахифа » 2011 » Апрель » 10 » Севмай турмуш хаққи ўлим!
19:11
Севмай турмуш хаққи ўлим!

Assalomu alekum, Sayyodning tinib-tinchimas ijodkorlari va Sardor aka, man bu xatni yozishimdan maqsad, hozirgi kundagi farzand va ota-onalarning munosabati haqida aytib o'tmoqchiman. Mana shu voqeani saytizga qo'ysez toki, boshqa ota-onalar ham buni o'qib saboq olishsin.

                   Bundam ikki yil oldin,  oppoq libosada ming bir shirin hayollar bilan o'zga uy ostonasiga qadam qo'ygan kelinchak, bunday qabixliklarga duch kelishini bilganmikin.......
                   Nargiza o'zi judayam aqlli, farosatli, chiroyli qiz edi, biz bir kursda o'qirdik, judayam qalin o'rtoq edik uni go'zalligiga, uzun sochlariga o'tgan-ketgan yigit oshiq bo'lib qolardi, hattoki bu xolatga qizlarning xasadi ham kelardi,  oliy o'quv yurtining 3-bosqichiga o'tganimizda u Angliyaga  1 yil stajirovka o'tash uchun grand yutib ketdi, qaytib kelgandan keyin u bilan uchrashdik, hech ham o'zgarmagan, o'sha-o'sha chiroyli, sochlari uzun va samimiy edi.

O'sha kundan keyin negadir u yo'qolib qoldi, men uni topolmadim, telefoni o'chirilgan, uyiga borsam onasi uyda yo'qligini buvisinikiga To'ytepaga ketganini aytdi, men ha mayli deb uyimga qaytdim, 1,5 oydan keyin kechasi soat 10 larga yaqin telefonim jiringladi, olsam Nargiza, u bilan salom-alik qilib bo'lgach , nega buncha kech qo'ng'iroq qilayotganini so'radim va u menga ertaga to'yi bo'layotganini, ota-onasi uni majburlab uzatishayotganini, va Angliyada o'qib yurganida bir yigit bilan tanishib axtu paymon qilishaganini aytib berdi, lekin ota-onasi u haqida eshitishni ham xohlamay, uni xonasiga qamab, telefonini olib qo'yishganini, yig'lab aytib berdi. Xullas, u turmushga chiqdi, boshida u bilan telefon orqali gaplashib turdik, u hayoti yaxshiligini u yigitni unutishga harakat qilayotganini aytib berar, baxtidan xursand edi, lekin........
               

                 Bir kuni uning onasi  qo'ng'iroq qilib, meni dugonam chaqirayotganini aytdilar, men hop deb, shu zaxoti yo'lga tushdim, dugonamni ko'raman, bir dardlasharkanmizda deb ich-ichimdan xursand edim, axir uni ko'rmaganimgayam 4 oy bo'lgan edi, uyiga yetib borganimda, eshikni onasi ochdi, va o'z xonasida meni kutayotganini aytdi, xonasiga kirganimda u karovatida jonsiz bir qo'g'irchoqdek yotardi, men bu xolatdan qo'rqib ketdim va uning oldiga borsam yuziga qarab bo'lmas edi, yuzining biror sog' joyi yo'q, ko'karib ishib ketgan, hattoki og'zini qimillatishga xoli yo'q edi, keyin onasini chaqirdim va unga nima bo'lganini so'raganimda, onasi yig'lab bo'lgan voqeani gapirib berdilar: erining uylanishdan oldin 2 yil birga yurgan qizi bor ekan, lekin ota-onasi г qiz oilamizga to'g'ri kelmaydi, ma'lumoti yo'q, kambag'al, erdan chiqqan deb rozi bo'lishmabdi va otasining  Toshkentda 1 badavlat do'sti borligi uning oliy ma'lumotli, chet elda o'qib kelgan qizi borligini aytgan va rasmini ko'rsatib uchrashuvga chiqishi kerakligini aytgan, xullas, ular uchrashishadi, yigit uchrashuvdan kelib sevgan qizi bilan reja tuzadi, reja bo'yicha bola г qizga uylanib bir oz fursatdan keyin, undan har xil kamchiliklar topib, u bilan ajrashib so'ng o'z sevganiga erishish rejasi edi. Xullas, to'ydan 1 oy o'tib yigit rejani amalga oshirish maqsadida, dugonamni o'g'rilikda va xiyonatda ayblab uni shu bugunoq uyni bo'shatib qo'yishini aytadi, dugonam esa, bu tuxmatdan xangu-mang bo'lib qolib, eridan yalinib-yolvorib bu uydan xaydamasligini iltimos qilib so'raydi eri bunga ko'nmaydi, va ishdan qaytgunicha uni qorasini ham ko'rmasligini aytib chiqib ketadi. Bechora dugonam nima qilarini bilmay, uyida xizmatini qilib yuraveradi, kech tushganda eri kelib xotini ko'rib jaxli chiqib, nega ketmaganini so'raydi, qiz esa aybi yo'qligini, aytib yig'laydi, lekin bag'ritosh erning bu ko'zyoshlarga raxmi kelish o'rniga, g'azabi qaynab, uni do'pposlay ketadi, bu xolatdan qaynona va qaynota hayron bo'lib yugurib kelib nima gapligini so'rasa, o'g'li xotini o'g'ri va xiyonatchi ekanligin aytadi, buni eshitib ota-ona, qizni uyiga haydavorishni aytadi va o'g'li uni do'pposlab ko'chaga olib chiqarib tashlaydi, uni o'lgudek savalab,  uni uyiga Toshkentga, sevgan qizi orqali jo'natib yuboradi.
                   Bularni eshitib shok bo'lib qoldim, va  kasalxonaga olib borish kerakligini aytdim, lekin onasi, foydasi yo'qligini, shifokorlar uning qovurg'alari sinib mayda-mayda bo'lib ketganini, jigari zarbdan ezilganini, va uning qornidagi uch oylik xomilasi tushib qolganini aytib umid yo'q deya uni uyiga jo'natib yuborishibdi, uyimga qaytib kelib yum-yum yig'lab, hech o'zimga kelolmadim, kechasi uxlolmay, ertalabgacha o'tirib chiqdim va ertalab kechasi dugonam vafot etganini eshitdim.

                 Ayting bu qanday qaboxat, odam ham shunchalar vaxshiy bo'ladimi, г bechorani nima gunoxi bor edi, o'n gulidan bir guli ochilmagan g'uncha edi, bu aytib berganlarim, hammasi haqiqat, bo'lgan voqea, keyin eshitsam erini 20 yilga ozodlikdan maxrum etishibdi, men bo'lganimda uni bu qilgan ishi uchun umrbod qamoq jazosini berardim.Albatta jazo berish allohdan, allohim o'zi uni munosib jazolaydi.

 

miss Dilya


Sayyod:

Бу мавзу хеч туганмас ва доим бахс мунозарага сабабчи. Лекин бир ёқлама қараш керак эмас, хамиша индивидуал вазият ва холатга айниқса воқеага боғлиқ.

Ота она албатта хамиша фарзанд учун яхши йўлни танлайди ва ўз холича суриштирган, оиласига маъқул тараф билан қуда бўлишни истайди. Лекин агар икки ёшни бир-бирига кўнгли бўлмай кейин мехр пайдо бўлиш бошқа, ва хар иккисини кўнгли БОШҚАСИДА бўлгани бошқа!

Мана шуниси фожеа!

Оқибати хам фожеали тугаши жуда жуда хақиқатга яқин.

Хар қанча қиз ёки йигит хушсурат бўлмасин, хар қанча аъло хулқ эгаси бўлмасин бир бирини кўзига энг ёмон ва энг жирканч кўринаверади. Чунки қалбида ўзгага мухаббат бўлган инсонда зўрлаб уйланилган ёки турмуш қурилган иккинчи ярми гўё уни барча бахтсизлигига сабабчидек кўринаверади.

Ундан тезроқ қутулиш деган фикр тураверади.

Бу оддий элементар нарсаку.

Ман болани ёнини олмоқчи эмасман, қиз болани уриш нотўғри, лекин сабабсиз гунох хам бўлмас деган бир тушунчам бор. У гунохнинг хам ўз хақиқатлари бўлади.

Шунинг учун оила деган нарсани қуришни бошлашда ота она энг нозик чегарани ўйлаб, аввало фарзандлари қалби бўшми ё бандми хисоблашишлари шарт! Чунки фарзанд бўлгани билан у хам келажакда ота ва она бўладиган инсон! Аввало ота она каби у хам ИНСОН!

Уни хам севиб севилишга ва хаётда ўз танловини амалга оширишга хақли!

Чунки оиласи учун келажакда ота онаси эмас у жавобгар бўлади!

Бу нарсаларни ота-оналар балки ўқимас, лекин бўлажак ота оналар учун сабоқ эмас тушунчадек сингишини истардим. Ота онамиз бизни бахтимизни ўйлагани билан унга хоким бўла олмайди, унга жавобгар хам бўлмайди, уни мазасию ва захрини хам улар кейин йиллар мобайнида татимайди.

Шахсий фикрим.



ДИҚҚАТ! ДИҚҚАТ!


Эндиликда "Якшанба-мухлис минбари" рукнига юборилаётган  хатлардан сайтга чиқарилмаганлари ФОРУМга қўйилиб, мухлислар фикридан келиб чиққан холда сайтга қўйилиши мумкин бўлган имконият берилади.
Яъни келган хатлар орасидан сайтга қўйилиши лозим топилмаганлари аввал ФОРУМда чоп этилиб, у ердаги муносабатдан сўнг сайтга қўйилади.

Хозирданоқ  ФОРУМдаги "МУХЛИС МИНБАРИ" бўлимига бадиий кенгашдан ўтмаган, ўта  нозик воқеа қўйилди;

"Бир кам дунё"

Бўлим: Muhlis Minbari | Кўрилган: 12149 | Чоп этди: Sayyod | Теглар: Yakshanba-Muhlis minbari

Нравится
Барча изохлар: 581 2 »
1 Xumayro7300   (10-Апр-2011 19:39) [Материал]
Judayam achinarli qismat ekan. Lekin kuyov tuydan oldin bowqa qizni sevsada. Baribir xotinini xulqini kurib uzgaradi uwa qizni unutadi. Nargizani taqdirlari wunaqekan. Ota ona xechqachon farzandiga yomonlik tilamidi. Baxtli buliw insonni uz qulida. Yaxwi gapga ilon inidan chiqadi deydiku. Uwandey bir gapda. Bu mani fikrim xolos...

2 iii   (10-Апр-2011 19:46) [Материал]
judayam achinarli

3 kudrat   (10-Апр-2011 19:50) [Материал]
eh essiz qiz jalka ketibdi eriham nomardlik qilibdi yahshi ko'rgani bo'lsa oldinrog' ota-onasiga tushintirmaydimi nomard ha ko'ppag

4 galacticos_90   (10-Апр-2011 19:53) [Материал]
ALLOH O'ZI JAZOSINI BERSIN! MARHUMA QIZNI ESA JOYI JANNATDA BO'LSIN!

5 UNet4700   (10-Апр-2011 20:52) [Материал]
lekin hayron qolyabman buni u eri shunchalik qatiq urarkanu uni ota onasi naxot tamoshabin bo'b utirishgan bolsa, betta birgap bo'lgan manimcha shamol bo'lmasa daraxtni bargi qimirlamaydi yana Alloh bilguvchiroq

6 Fireball   (10-Апр-2011 22:03) [Материал]
Саййод, ёзган матнингиз да 1 жойи урни билан алмашиб колибди. Илтимос тугрилаб куйсангиз.
Ответ: Ваери эканлигини хам кўрсатингда

7 Yulduz   (10-Апр-2011 22:08) [Материал]
ehhh Sayyod qaniydi hamma ham sizdek fikr yuritsa,afsus bazi ota-onala farzandini dunyoga keltirib-oq yuvib,oq taragandan keyin,negadir wu farzandini hayoti ulaga tegiwli dip oylawadi bu judayam notogri,LOLAni bir gapi manga judayam yoqdi,"3 yowli inson bolsa ham u waxs hisoblanadi va uni fikri bilan hisoblawiladi"qaniydi hamma oilada wunaqa bolsaydi,ajraliwlar bolmasa.Hamma seviwganlar birga bolarmidi

8 sardor   (10-Апр-2011 22:09) [Материал]
Bir kam dunyo makolasiga komment!!!!
bunaka yigitlar xoz kupayib ketgan.bu menim4a eski4asiga bulsa kerak jin kirib ol odamni xar xil xolatga soliwi mumkinu/meni maslaxatim yaxwi yigit siz yaxwi bir domla topib uzingizni ukitvoring/dam soldiring menim4a sizga jin kirib olgan/bu narsa yaxwilikka olib bormaydi/iltimos mani aytganlarimni erda koldirmang/uzingiz u4un bir mulla topib 3-4 kun uzingizni ukutib dam soldirvoring inwaollox yaxwi bub ketasiz
P.S forumda ruyxatdan utmagan ekanman wu uchun wu erga yoziwga majbur buldim///)))

9 Dilnoza   (10-Апр-2011 22:10) [Материал]
Voy daxshat uni chiroyini gapirishganda rosti men tez tez eshtib turaydigan gap esimga tushdi chiroylilar baxtli bo'lishmaydi nima uchun odamlar o'zlaricha o'ylamay netmay gapiraveradi axir xamma baxtli bo'lishga xaqli lekin uqizni o'rnida bo'ganimda hech qachan turmushga chiqmasdim OLLOHGA shukur meni ota onam majburlaydiganlardan emas to'y kuni bo'lsa xam qochib ketardim xatto o'ligim chiqardi lekin yoqtirmagan odamga tegmasdim. KUyov qattiq sevibdiyu qaranga qo'rqoq ota onasiga aytsin edi jurati yetsa men qiz bolaman tegmiman deyman tomom boshqa bu mavzu ochilmaydi qiz bola bo'lsam xam meni xech kim majbur qilomaydi odamda juat qatiyat kerak u erkak bo'lib jurati yetmabdimi naqadar iflos pastkash birovni baxtsizligi evaziga baxtli bo'lmoqchi bo'bdida OLLOH xammasini ko'rib turadi battar bolsin.

10 Dilnoza   (10-Апр-2011 22:22) [Материал]
Ota onalargayam xayronman ko'nikadi deb uylantiraveradi xayot o'yinchoqmi? qiz bolani eshtaman ko'raman yashab ketganini lekin o'g'l bolalar100dan bittasi yashaydi qolgani ajralib sevgani bor ekan o'shanga uylanarmish degan gaplarni eshtaman seni fikring boshqa o'g'l bolalarga o'xshab fikrlisan deyishadi ko'nikmagandan keyin ko'nikmaydida men masalan ko'nikishni xoxlamiman sevishni sevilishni xoxliman nimaga endi shu ikki kunlik yolg'on dunyoda birovga o'zimni ko'nikish bilan o'tkazishim kerak u ming yaxshi bo'lsa xam yoqmaydimi yoqmaydida xamma sevishga xaqli ozgina jurat qilinglar va sizlar baxtli ota onalarni xam aybi yo'q ular xam baxtli bo'lsin deydi lekin shuncha voqea naxotki ularga saboq bo'lmasa xammaga baxt tilayman

11 julia   (11-Апр-2011 00:29) [Материал]
To´ppa-to´g´ri Sayyod fikringizga 100 foiz qo´shilaman.Ota-onalar kelishib toý qilishlaridan oldin farzandlarining ko´ngliga ham qarashlari kerak.Umr savdosi -bu juda nozik masala.

12 lolo   (11-Апр-2011 00:58) [Материал]
ooohhhhhhhhhhhhhh :(( Allah Allah..

13 karima   (11-Апр-2011 04:16) [Материал]
йигит олдин бошка кизни яхши курган, узининг бахтсизлигига хотинини сабабчи килган. бу ерда калтак вокеаси булмаганида йигит хам жабрдийда, аёл киши яшаши мумкин, йигитлар севмай яшолмайди.

14 karima   (11-Апр-2011 04:19) [Материал]
Unet4700-хайрон коладиган жойи йук, фаросатли келинлар хар нарсани ота уйига етказаверишиб уларни хам бехаловат килмайдилар. бечора келин вазият бундай кескин тус олишини балки билмагандир, нима дедингиз.

15 karima   (11-Апр-2011 04:24) [Материал]
Бу ерда энг катта битта айбдор бор, у куёв севган киз, у кизда калла булагнида йигитдан узок юриш керак эди. нахотки уйланган йигитдан воз кечмаган. барибир насиб килгани йук,

16 Locoste.   (11-Апр-2011 05:39) [Материал]
yo rabbim,astohfurulloh.

17 Fireball   (11-Апр-2011 06:02) [Материал]
Мана бу ерда "eshikni onasi ochdi, va o'z xonasida meni kutayotganini aytdi, xonasiga kirganimda" матнидан сунг "uu qiz oilamizga to'g'ri kelmaydi, ma'lumoti yo'q, kambag'al," ёзилиб колибди. Вахоланки бу вокеанинг охирида булиши керак булган матн. Хуллас уринлар алмашиб колибди.

18 Sayyod   (11-Апр-2011 06:17) [Материал]
Рахмат каттакон!
Сурат қўйилганда анча сўзлари нимадандир ўчиб кетибди. Қайта қўйдим.
Яна бир бора рахмат, шу тариқа сайтдаги хатоликларни айтиб бораверинглар!
Биз хам инсонмиз хато бўлиб туради. Техник сабабларнику айтмаса хам бўлади)))

19 nozima   (11-Апр-2011 09:07) [Материал]
huddi meni hayotimga uhshab ketarkan maniyam ota onam 5yil yurgan yigitimdan ajratib tanimagan bilmagan insonimga turmushga berdi mana hozi yashayaman lekin kunglim bum bush uni sevomadim yigitim boshqa davlatga uqishga ketganida bervorishdi yiglab yiglab tegib ketdim tugrisi tavakkal qildim demak taqdirimda shuyam borakan deb

20 Milashka   (11-Апр-2011 10:10) [Материал]
bu narsa ota onalarimizga urnak bulsa qaniydi afsuski ula buni uqishmeydida

21 shaxnoza   (11-Апр-2011 10:27) [Материал]
judayam yomon xodisa nima un begunox qiz qurbon bo'ldi digan savolarimiz tugamaydi afsus ota onamiz bizni ne mashaqat bn kotta qilishadiyu lekin baxtli qilaman dip o'ylap farzandlarini qurboni bo'lip qolishadi qizlarni majburlab erga berish yaxshmasligiga ota onalarimiz xulosa chiqarishsin iltmos inson o'z taqdirini sezadi xamisha

22 Гиза   (11-Апр-2011 13:58) [Материал]
O'zbek xalqini bolajon xalq deymiz, lekin nimagadir ko'pchilik o'ta-onalar farzandlarini inson o'rnida ko'rishmaydi, ularga tanlash xuquqi berilmagan. Albatta ular aqlli, ko'pni ko'rgan, farzandlariga faqat yaxshilikni ravo ko'rishadi, ammo farzand xam shaxs, u inson, u xam o'z ovoziga ega, uni xayvon kabi urib, qamab, majburlab baxtli qilib bo'larmikan?! Naxotki ko'pni ko'rgan, o'zi xam bir paytlar yosh bo'lgan, sevgan ota-onalar farzandlarini tushunishmasa, o'zi istamagan xolda qotiliga aylanib qolishsa, exxx...juda achinarli, guldek qiz qurbon bo'ldi, yigitni xam(uni ota-onasi aybdor, o'g'lini xoxshiga qaramay majburlab uylantirishgan)xayoti buzulib ketdi. Lekin mani fikrimcha bu xali ko'p marta qaytariladi, toki o'zbek oilalarida farzandni shaxs sifatida xurmat qila boshlashmagunicha.

23 Nadika   (11-Апр-2011 14:03) [Материал]
Manimcha uchrashuvdan keyin qizini oldiga emas Nargizaga tushuntirib bir rejani tuzganda hozir ikkalasi bahtli bo'lishardi.

24 komol   (11-Апр-2011 15:16) [Материал]
sayyod o'zismisiz?

25 Dilnoza   (11-Апр-2011 15:25) [Материал]
Pastkash u qizku dugonasi meni miyyamda o'qigananimdan beri aylanib yuribdi qiz bolaniyam uradimi o'zini xurmat qilgan xech bir erkak qiz bolaga qo'l ko'tarishi kerak emas erkak ayoldan doim baland turadi buni xamma biladi bir o'zi to'r kishini baxtsizligiga sabab bo'ldi

26 MASTERJEE   (11-Апр-2011 16:26) [Материал]
bu fakat yoshlarni befarosat va iymonsizligida kurganingizdek u nimaga erishdi bu dunyo mayli utib katar ammo ohiratda nima kiladi uylamedi

27 sevinch   (11-Апр-2011 17:43) [Материал]
men shokdaman kozlarim yoshlandi judayam tasirlandim astagfurillox!odam shunchalar vaxshiy boladimi,shunchalar.....joyi jannatda bolsin Nargizani

28 Sohiba   (11-Апр-2011 17:53) [Материал]
chunmadim, yigit tuydan 1 oy utib deb yozganmi? nega 3 oylik xomilasi buladi unda kelinni? menimcha shu kelinniyam bir aybi bordirki, shu darajada urganla...yana bilmadim...(((

29 nnnnnnnooooooozzzzzzzzzzzzz   (11-Апр-2011 18:50) [Материал]
man bazi joyariga tuwunmadim eri 1 oydan keyin niyyatini amalga owiradi debsizlaru unda qanaqa qilib 3 oylik qornida bolasi boladi oylavossizlarmi? turmuwga chiqgach 1 oydan keyin qornida 3oylik bola boliwi;(

37 Shuhrat79   (12-Апр-2011 09:31) [Материал]
афанда уйланиптилада 36 ойда хотинлари тугиб куйипти..хайрон булиб хотинлариндан сурасалар. хотинлари сиз манга уйланганизга 3 й булдими? ман сизга текканимга 3 ой булдими? бизни туйимиз булганига 3 ой булдими жами канча булади деса..афанди ха тугри айтасан 9 ой дептила)))))))

30 Amir   (11-Апр-2011 19:18) [Материал]
Qizla "sizni sevaman" degan gap uyatli gap aslida. Yani ya tebya hochu degande. Uyalmisilami a 5 yil yurgan yigitimga bermadi degani. tovba tom ketganmi aaa. A endi bittasini eri manyak bolsa, qolgan hamma qizla birortasi bilan sevishib, sinashib keyin turmush qurishi kerakmi? Aslida qanaqadir seriallarni kurib, sevish, sevilishga shoshilib qome, hayolni bir joyga quyib hayotni tushunish kere. Yana uzila bilasizlar, lekin qizla sizlar umuman notug'ri yo'ldasizlar. afsus...

31 bratuha   (11-Апр-2011 19:36) [Материал]
Gavno bolla kopde ERKE nomiga isnot keltiradigan, yahshi voqea oqishga arzirkan Milashka inson unutguvchi tez hamma narsani esidan chiqaruvchi jonzod oqishgani bilan osha paet baribir esligidan chiqadi i takje sizam bollarizzi toeini qiladigan paet shu narsalani oqigan bosezam o'z bilganizdan qomis

32 Zuxraxon   (11-Апр-2011 20:28) [Материал]
Judayam ta`sirli va achinarli. Kim aybdorligi faqat olloxga ayon. Ota onasi qizini ko`ngliga qaramiy jaxl ustida birovga majburlab bergani-yu kuyov bolani ko`nglida boshqa inson bo`lgani uchun bir insonni xayoti... judayam achinarli. Yaxshi insonlarni ollox o`z xuzuriga tez oladi yomonga esa o`lim yo`q bu dunyoda. qizzi joylari jannatdan bo`lsin. kuyovga esa bu jazo xam kam unga olloxni o`zi jazosini beradi. Ota ona xam farzandiga yomonlik tilamidi albatta lekin ba`zilari yani farzandini majburlab turmushga beradiganlar shunday xolatlarda bir martalikka yomon kotta xato qilib adashib qolishadi. SAYYOD ETGAN GAPLARIGA XAM QO`SHILAMAN. Raxmat sizga Sardor aka.

33 Muhammadali Tojikistondan   (11-Апр-2011 23:46) [Материал]
Alloh al-Qodir-hamma narsaga qodirdir.Barodarlar, mo'min va mo'minalar Allohdan qizni joyi jannatdan bo'lishini so'raylik ammo yigit masalasiga kelsak uni Alloh jazolasinmas mo'min va mo'mina barodarlarim Alloh insof,iymon,aql,zakovat...bersin deb duo va niyat qilaylik.Axir har bir tirik jonzot borki xato qiladi,U yigitni noumid qilmang.Payg'ambarimiz s.a.v. aytadilar: Shuni unutmangki musulmon-musolmonga bir g'ishtni ikinchi g'ishtni ustiga qo'ygandek yaqin.Sahih Xadis.

34 karima   (12-Апр-2011 02:09) [Материал]
Амир, кизлар битта манякни деб шундай хулоса чикарган булса, нега узингиз айримлар учун хамма кизларга бахо беряпсиз? фикрингиз нотугри эмас, тугри, лекин кизларни хаммасини бир йулда деб уйламанг.

35 Pink   (12-Апр-2011 02:25) [Материал]
dahshat..

36 QALQON   (12-Апр-2011 05:45) [Материал]
Bunaqa voqealar hayotda tiqilib yotibdi! Bilib, bilmay qilingan va bizga to'g'ridek tuyilgan ishimiz yoki chiqargan qarorimiz, vaqt o'tib mana shu voqeani yakuniga o'xshab tugaydi! Axir hammamiz hom sut emgan bandamiz. Beayb yolg'iz Parvarfigor! Bandasini qo'lidan kelmaydi xato qilmasdan yashash. Yana bir narsa nimaga to'ydan bir oy o'tganda kelinni qornidagi bola 3 oylik bo'lib qoldi??????

38 Zoyi   (12-Апр-2011 12:30) [Материал]
ужс ужс просто, жалко всех, а родители завсегда эгоисты, только о себе думают, а до мнения детей им до лампочки.Им главное чтобы можно было куда тараф хвастаться, и сарпа, и свадьба как прошла, а как будут молодожены жить-всем глубоко пофиг, главное чтобы свадьба отгремела и люди обзавидовались. Пока мы живем такими понятиями, мало будет счастливых семей. Между прочим, разводы сейчас намного участились (согласно офиц. статистике Госкомстата РУз). Если бы браки заключались по взаимному согласию (обратите внимание: я не говорю по любви, а хотя бы по взаимному согласию молодоженов), то не было бы и разводов, и двоеженствия, на которое многие парни идут, потому что им не мила их насильно навязанная супруга, а развестись не могут или боятся, гап булади и т.д. и т.п. Вот так.

39 Feruza   (12-Апр-2011 16:11) [Материал]
BUNAQA AYOL KISHIGA QUL KUTARADIGAN MARAZ ERKELANI QUL OYOGINI SINDIRIB QAMOGA TIQVORISH KERE ASLIDA! BIR BEAYB QIZNI BAHTINI HAYOTINI HAZON QIGANIGA UNGA ULIM JAZOSINI HAM BERISH KEREGIDI! AYOL KISHIGA QUL KUTARGAN ERKENI MAN ERKE DEB HISOBLAMIMAN.URISHGA ARZIGULIK BIR ISH QILGAN BULSA U BOSHQA GAP, LEKIN HICH NARSADAN HICH NARSA YUQ BUNAQA QILISH.........! YAXSHI KURADIGAN QIZI BUSA NIMAGA UYLANADI? YUQ UYLANMIMAN DESA BULARDI HICH KIM UNI YETELAB QULIDAN TORTIB TUYGA OBORMASDI!BITTA QIZI BAHTINI HAYOTINI HAZON QILIB (KECHIRASLAYU )**** YEB UYLANADIMI!?WUNGA UHSHASH YANA BITTA VOQEANI EWITGAMMAN, YAXSHI KURGANI BULIB TURIB UYLANIB KEYIN AJRASHISHGACHAM OLIB BORGAN BIR NOINSONFNI HAM QAMATVORISHDI!BUNAQALAGA 20 YIL QAMODAGI JAZOYAM KAMLIK QILADI..BUNAQALANI JAZOSINI ALLOHNI UZI BERSIN!

40 STUDENTKA   (12-Апр-2011 17:08) [Материал]
nega ota onasini aybdor bo'ladi, ota onasiyam qizini turmushi buzilip ketishini, buzilip ketishi tugur vafot etishini hohlab shu yigitga erga bermaganku...hozir hammadan ham ota onasiga qiyinku bir umr o'zini aybdor his qilib yashash... bundan og'ir gunoh bo'masa kere...Ollohdan ota onasiga sabr tiliman, Nargizani ham joylari jannatdan bo'sin, ota onani aybdor qivotganlaga: Hch qaysi ota ona farzandiga yomonlikni tilamidi, ota onasi topgan inson bilan bahtli yawayotganlar ko'p seviship bahtli yashaganlardan ko'ra...

41 shaxsiy fikr   (12-Апр-2011 19:08) [Материал]
Аввалам бор ёмон булибди.Лекин бу хат эгаси ниманидир охиригача ёзмаган.Что-то не связанно.

42 Amir   (12-Апр-2011 23:55) [Материал]
Ман юкорида севги тугрисида тулкинланиб коммент ёзган кизлар тугрисида ёздим. Иболи хаёли кизлар узинага олманглар. Гап эгасини топади деган гап бору.

43 bek88   (13-Апр-2011 12:09) [Материал]
rosti judayam tasirlanib KETDIM QIZGA RAXMIM KELDI , YIGITGA NAFRATIM UYG'ONDI. DJ.BEK.8170

44 Baxt   (13-Апр-2011 17:17) [Материал]
Juda achinarli xodisa. Xayotda bunday ota-onalar juda ko'p ularga Ollohning o'zi insof va aqil bersin.

45 bahrom   (13-Апр-2011 23:11) [Материал]
ачинарли

46 SHOHIDA   (15-Апр-2011 01:55) [Материал]
AGAR BO'LGAN VOQEA BO'LSA ACHINARLI.LEKIN NIMA BO'LGAN TAQDIRDA XAM,OTA-ONA XECH QACHON FARZANDIGA YOMONLIK TILAMAYDI.FARZANDIM OILA QURGANDAN KEYIN XECH NARSAGA MUXTOJ BO'LIB YASHAMASIN DEYDI,OTA-ONA UZOQNI KO'ZLAB UYLANTIRADI VA UZATADI.

47 GAYRAT   (17-Апр-2011 11:11) [Материал]
achinarli hol bupti haligi bola erkak mas ekan

48 asalim   (19-Апр-2011 15:50) [Материал]
bu taqdir olloh shunaqa taqdirdan asrasin hammaga insof bersin hayotda bunaqa narsala ko'p bo'bturadi albatta achinarli hol

49 bahodir   (21-Апр-2011 22:15) [Материал]
erkak mas ekan

50 bahodir   (21-Апр-2011 22:19) [Материал]
(aybi yuq olloh) bir aybi utgan.

51 nafisa   (22-Апр-2011 17:02) [Материал]
Juda achinarli holat,kim bilibdi deysiz nargizani ota-onasi bunday bulishini oldindan bilganda,balki majbur bermasmidi.EARI ESA NOMARD EKAN, SHUNCHALIK KU'NGLI YU'Q EKAN,boshqa ilojni qilish kerakdi,qizni ota-onasi ne umitda katta qiladi,uzini singlisi shunday bulganda nima bulardikan.

52 nafisa   (22-Апр-2011 17:03) [Материал]
juda achinarli.

1-50 51-56
dth="100%" cellspacing="1" cellpadding="2" class="commTable">
Исмингиз *:
Email(шартмас):
Код *:

Диққат: Ёзиб қолдирилган изох дарров сайтга чиқмайди. Хар бир изох узоғи билан 24 соат ичида текширувдан ўтади. Мабодо бу вақт ўтгач хам сайтда изохингиз чиқмаган бўлса унда чиқарилмаганлик сабаблари қўйидагича бўлиши мумкин: 

Сайтимизда сўкиниш, хақорот, камситиш, мазах қилиш, салбий ва диний тарғибот, махалийчилик, миллатчилик, реклама ва қадр қимматни ерга ургувчи АЛОМАТЛАРИ БОР изохлар сайтга чиқмасданоқ ЎЧИРИЛАДИ!

Шунингдек миш-миш бўлиб кетишига сабабчи бўлгувчи тасдиқланмаган маълумотлар, тасдиқланмаган гап-сўзлар хам изохлардан ўчирилиши мумкин!

-Қолдирилаётган изох ўша мақоладан ташқаридаги мавзуда бўлса хам ўчирилиши мумкин. 

(батафсил манбаа)

Изохлар модератори NOZI, Шахло Қодирова ва Бекзод

YUQORIGA!