Бош сахифа » 2013 » Декабрь » 1 » Раққосани деб дўстликдан кечди...
14:55
Раққосани деб дўстликдан кечди...
   Assalomu alaykum Sardoraka. sayyod.com sayti muhlislari bu yakshanbi muhlis minbari blogiini talabgorlari keyingi haftani poylashlariga to'g'ri keladi. sabab bu hafta aminmanki meni hayotimdan olingan voqeya o'rin olishi begumon. har hil oilaviy mojarolardan eemas hayotimda bo'lgan bu voqea.

Biz do'st edik yoshlikdan bolalikdan bitta maktabda 9 yil o'qidik. 2002 yil kolledjga birga o'qishga kirdik. men va do'stim biz ayrilmas do'st edik. ayrilmas bu judayam oddiy so'z edi bizni do'stligimiz uchun. do'stim soddaroq sal lofchiroq o'qimishli bola edi. men ham juda yahshi o'qirdim sport bilan shug'llanganimgami sal jangavor tabiat sohibiman. esimda do'stimni kolledjda bollar urmoxchi bo'ganda bir o'zim u deb 4 ta bola bilan urishganman. albatta men vandammasman ushanda qo'lim sinib bir qancha jarohatlar olib kasalhonada yotgan edim.bunga achinmasdim chunki do'stim uchun qilgandim buni barini. shu shu hechkim men va do'stimni yo'lida paydo bo'lmaas edi. 
2005 yil kollejni bitirdik. har hil ishxonalarga ishga kirsak da harr kuni ishdan so'ng ko'rishardik. uni uyidagilar meni o'g'lim deyishar edi. u oilani bir qismi edim. do'stim bu yerdagi ishga qoniqmay chet elga ishga oshiqdi. 3 yil usha yerda ishladi. u yerda yurganida oilas maashinada avariya bo'ldi. ayniqsa onasi og'ir jarohat olgan edi. kechki soat 11lada habar toptim. sovuq edi. yupqa engilda ushal tomon chopib kettim. yetibborganimda mashna bir ahvol jabrlanganlar olib ketilgan edi. usha yerda bir pas o'tirdim oyoqyalang yupin kiyimda. telefonim jiringladi ko'tarsam do'stim betinim yeg'lardi uni ovitardim. havotir olma hammasi yahshi bo'ladi men shu yerdaman ku deb.shu alfoz kasalhonada tong ottirdim. do'stimni onasi oyog'i sinib uch oyga yotib qoldilar. har kun habar olar edim. meni ko'rib quchoqlab seni ko'rsam o'g'limmi ko'rgandey bo'laman der edilar. uch yildan so'g do'stim qaytib keldi hammasi o'z joyiga tushdi lekin...

Shu lekin so'zini yomon ko'raman do'stim bir kuni ijtimoiy tarmoq orqali bir raqqosa ayol bilan gaplashayotgani bilan mahtandi.men unga ehtiyot bo'l o'yinchilani bilibbo'ladimi didim u hafa bo'ldi. onasiga ayttim kenayim buni bilar shunchaki yozishishyati ku deb meni havotirimmi bostirdilar. men sher yozib turaman qo'shiqlarga onda sonda bu qiziqishim. do'stim har kun telefon qilib sher yuborishimmi so'rar edi. yuborardim aytganidek sevgi haqida. musobaqada qatnashib burnim sinib qoldi. hamma ko'rgani keldi do'stimdan nom nishon yo'q edi. kechga yaqin tirjayib kirib keldi. indamadim.
Kasalhonadan uyga qayttim. 
do'stim qurilishda arxirtektor bo'lib ishlar edi. mendan uzoqlashib ketgan qo"ng'iroqlarim javobsiz edi. uyiga chiqsam uyiga ham kelmayotganini aytishdi. singlimni uzatdik hatto osh kuni bir soatga kelib ketdi. bola o'zgargandi. shunga qaramay unga talpinardim. uyiga har kun chiqardim onasi bilan suhbat qurar edik. bir kun shokka tushdim. u usha o'yinchig uylanayotgan fotixasi bo'layotganini eshtib. buni birovdan eshitganim alam qilib uyiga chiqdim. uyida holalari yegilgan do'stimga hujim qilishar edi kallang joyidami o'ylab ish qil deb.do'stim yuragini changallab o'zidan ketdi. yuragim jiz etdi. holalari bilan olishdim. tun cho'kdi sukunatta u bilan o'tirardik unga hato qiliyapsan deya olmadim. sababi u qizni kimligini qanaqaligini bilmay turib yomonlay olmasdim. sana't olamini bir chekkasida o'rmalab yurganim uchun undan bundan surishtirdim. hulosa juda qo'rqinchili qiz haqida yahshi fikr deyarli yo'q hatto yaqin dugonasi qizbolamas u deyishgacha borgandi. do'stimga bularni aytmadim. hato qilayasan o'yla to'xtat to'yyi dedim. do'stim shunch yil ichida birinchi bor meni so'kdi. balki jahl ustida dur bilmadim. 

bir kuni menga qo'ng"iroq qilib tez gangaga yetib kelishimmi so'radi zaksdan o'tadigan kuniligini bilardim bir narsa bo'libdimi deb uchib bordim. borsam bir mast odam hiralik qilayotgan ekan. urishib ketdim. militsiya mast odamni olib ketti. bo'lajak kelinposhsha meni chetga tortib sizga ikki og'iz gapim bor shunga chaqirtirdim deb aytti. sal nariroqqa o'ttik.siz menga dushmansiz erimmi aynitmoqchi bo'ldiz u bu deb menga baqirar edi hali holatga chunmayin turardim o'zimga kelisam endi kech chin do'stmisiz hayf sizga deyotgan edi. o'zimga kelib ey nima divassiz nima qildim sizga dedim u esa meni o'yinchi debsiz unaqa bunaqa dedi. a o'yinchini o'yinchi dimi akrabat dimimn u disam baqirishshi avjiga chiqarar hamma bizga qarar eng alamlisi shuncha yillik do'stim bir chetda telefon o'ynab turar edi. qarasam hali beri tinmaydigan o'chir e dib baqirib yubordim yeg'lab ketvardi. do'stim bir so'z aytmay ortidan ergashdi. men yuz hayol bilan uyga qaytar edim. alam qilgan gapi to'yimizga kelmang degani edi. bor voqeani do'stlarimga aytdim. uyiga borib opchiqib uramizam deyishdi ularni to'xtattim. 
bir kun onasi uyga chiqmay qo'yding deb qo'g'iroq qildi men chiqmayman to'ygayam bormayman deb ayttim. onasi yeg'lab uyimizgacha chiqdilar ko"nglim yumshab bo'ldi boraman dedim. do'stlarim esa to'yga bormaymiz deb aytishar edi. hammasini birma bir to'yga borishga ko"ndirdim. to'ydan bir kun oldin uyiga borsak biz bilan besh daqiqa o'tirib ketib yubordi. hotini chaqiribdi.. 

hullas to'y dabdabali o'tdi yulduzu ozodlar zulayhoyu gulsanamlar kelinni hurmati debkelishdi. to'ydan kegin yarashdik hammasi avvalgidek kelin bilan oramizda ginlar unut edi.lekin yana shu lekin... bir kun kechki payt do'stimni hotini usha raqqosa telefon qildi etibor bering hotini. bu birinchi martaba emas edi. do'stimdan 3 yosh kotta bu ayolni makrini men allaqachon bilibbo'gan edim. gastroldan kelib erini telefonini titkilab begona nomerlarga tel qilar ayol kishi ko'tarsa janjal qilar edi. shuni orqasidan qancha do'stlarim bilan so'kishib ketgan edi. menga qo'ng'iroq qildi menga onasi og'ir holda yotganini aytti hamdardligimmi bu kunlar o'tib ketishini aayttim. ertasi kuni uyda bruschatka yotkizayotgan edik. otam do'stingnikidan lom olib chiq dedilar. uyga kirib qo'l telefoniga telefon qildim. oshxonada onam narsa to'rar edilar qo'lim kirligi bois onam gromkaga qo'yib berdilar. alo dedi ayol kishi ovozi men onasi deb o'ylab salom do'stim bormi desam u yerda yo' deb qo'pqo'yishdi go'shakni. onam kim bu nega unday momila qilayapti qaytarib qil dedilar. men qaytarib tersam hali gap boshlamasimdan u yerda sanga otchot berishim keremi ne qivurasan digan gaplar eshtildi kimligimmi aytti do'stimni hotini ekan onam og'rla ko'ynimga qil sig'mayapti deb aytti. men onang kasal bo'sa birovdan alamingni olma hudodan shifo tila dedim. to'g'ri da Sardoraka ahir shirin momila qilish kerakku. kegin uyiga chiqdim lomni olayotsam usha o'yinchi uyda ekan eri mashina yuvayotgan ekan. menga baqirib ketti o'yinchi. yaratgan guvoh indamadim. uyga kelib ustalarga lomni berdim.kirib uyga telefonimga qarasam so'kib sms yuboripti. tel qildim bu nima ahvol desam san unaqa bunaqa to'yligida aylanishga borishganda o'pishib tashashganda unaqa qimalarin diganicha gaprdi. o'zbekmiz u bizga bu yarashmaydi ku a. telni qo'ydim o'zimni bosdim. 
besh daqiqa o'tr o'tmas do'stim jigulisida uyimga chiqdi.uzr so'ragani chiqdi deb o'ylasam manga to'ri momila qisen o"lasanmi dib baqirib qoldi nima endi oyog'ini o'pishim keremi disam kere bo'sa o'paasan didi do'stimni tanimay qoldim. jahlda qo'limga lommi oldim. u orqaga qochdi lom bilan moshinaasini labavoyini urib sindirdim u qochib ketdi. kechki payt uyda o'tirsam meni bir bola chaqirdi. chiqdim siz shu odammisiz dedi. man ha deyishimmi bilaman yuzimga shapaloq tushirdi. usha raqqosani ukasekan. urishib ketdik. sporttan habarim borligi uchun bir ikta priyom bilan yerg yotkazib rosa tepdim.

Ertalab uchaaskoviy kelib ichki ishlar boshqarmasiga borishimmi aytti. nimagaligini bilar edim. borsam hayrattan lol qoldim. kecha kaltak yegan ukasi emas do'stim va hotini usha yerda edi. meni mashinani oynasini sindirganim uchun javobgarlikka tortishdi do'stim ustimdan yozipti qoyilmisiz . 239 750 so'm moddiy zarar to'ladim. shu bilan munosabatni uzdim. do'stlarim ham undan voz kechishdi

Oradan oylar o'tdi Angrenda edim. telefon qilib do'stimni amakisi olamdan o'tganini aytishdi. hamma ishimmi tashlab mashinada uchib janozaga yetib keldim. dafn etdik. uyga qayttik. do'stimni onasi bilan gaplashib turdim. ginalarni unut kechirimli bo'gin dedilar indamadim. do'stim kelib menga uyinga boraqo dib qoldi. men haydavassanmi boraman de desam hotini kirib keldi uyimdan ketsin mani hurmat qimidignlaga mani uyimda joy yoq dib etdi. bir yilli kelin mani uyim digni hayratlanarli. eng qiziqarlisi amma hola buvisiyu singillari usha yerda edi onasi ham otasi ham indamagani hayratlanarli edi. ho'rligim keldi 16 yillik do'st bir yillik kelinga almashtirilganiga ho'rligim keldi...

Uyga so'kib so'kib chiqib kettim. janazadan haydaldim. uyimga ammasi holasi galma galdan chiqib do'stimni o'rniga uzr so'rar edi. nim foyda ko"gil sinib bo'ldiyu ahir. buni eshtgan do'stlarim fotixa o'qiganiyam kelishmapti. hotini ularga telefon qilib fotixa o'qib ketinglar deganigacha eshttim ko'ynim chil parchin bo'lgan u mendan kechsada undan kechmagan edim. usha kuni kechdim.onam uyiga chiqmoxchi bo'ldilar qaytardim. hayit bayramida ostonasigacha bordimu kirishga jazm etmadim.iloni bor go'orga kirgim kemadi....

Kecha mashinada o'tirib fm to'lqin orqali ulug'bek rahmatullayevni do'st qo'shig'ini eshtib qoldim. ishonasizmi ho'rligim kelib yeg'ladi. ayniqsa ostonangda bugun begonaman do'st digan joyiga rosa yeg'ladim. shohruhhon bir qo'shig'ida yigit yeg'lamaydi deb aytgan. bu hato yigit yeg'laydi isho kak yeg'laydi shox aka. hullas shunday. do'stimni oldiga borgim holidan onasini holidan habar olgim keladi lekin borolmayman nima deb maslahat berasizlar nima qisam to'g'r qilgan bo'laman????

Doniyor


Sayyod:-Уйланинг, кўрмагандек бўлиб кетасиз ;) 

Бу сизни шунчаки ёлғизлигингиздан дўстингизга керагидан ортиқ (!) мехр бериб юборганингиздан, уни ортидан қувиб юрибсиз. Хечам ажралгингиз йўқ, шунча ишдан кейинам унга талпиниш бу нормал холат эмас , тўғриси. Мактубингиздаги қай тариқа тасвирлашингизданам, унга муносабатингиз дўстликдан анча юқорилиги сезилмоқда. ("тун чўкди сукунатда у билан ўтирардик..." "унга талпинардим")-бунақа сўзлардан дўстликни эмас, романтикани иси келмоқда, очиғи. Сизни "ўзга йўналиш" сохиби дея айбламайман, шунчаки, жудаям эмоционал ва хамма нарсани керагидан ортиқ кўнгилга яқин оладиган кўнгилчанлар тоифасидан экансиз. Оддий дўстликдан шу қадар оғриниш учун, табиатан шундай бўлишни ўзи етарли.

Аввало уни онасига айтиб, шахсий хаётига аралашганингиз нотўғри! Дўст бу дўст, уни хам дўстини хаётидаги харакатлари чегараланган бўлиши шарт! Нима кераги бор эди, у раққосани суриштириб юришингизга? Қайси дўст ўз дўстини шахсий хаётига шу қадар чуқурлашади? Онасиданам ўтиб тушибсиз очиқ гап.
Тўғриси хамма айб ўзингизда! Раққосами, акробатми у хам инсон ва уни хам бахтли бўлишга хаққи бор! Дўстингиз ундан ўзига керакли нарсани топибдими, демак у хам бахтиёр. Улар ўзаро бахтиёр! Бир биридан бахтни татияптими, сизни параметрларингизга у тўғри келиши тўғри эмас!!!
Ана, нечта даъюслар ғирт фохишалар билан яшаяпти. Фохишани ювиб-тараб "одам" қилиб, уйга қамаб яшаётганлар бор! Улар хам бахтиёр. Бу хаёт, тақдир, шахсий хаётлар, шахсий тақдирлар!

Аввало унга суқилавериб ўзингиздан бездиргансиз, шунча нарсадан кейин , яна кўз ўнгида пайдо бўлавериб, ўз хурматингизни тушириб қўйгансиз.

Сиз уни хаётига бириктирилган фаришта эмассизки, хамма нарсасига аралашиб қайтарадиган. Дўст сифатида фикрингизини айтинг бўлди, йўқми, у хам инсон , у хам боши билан нимагадир урилиб, нимадандир хулоса қилиши шарт! Хаёт бу! Кетидан памперс кўтариб югурганингиз билан, у хаётда нимага эришади, уни бутунлай эгаллаб ололмайсизку, фикрларини  хам!

Мана шу хулосалар қилишига хам бермабсиз. Қанча хотинига қарши бўлсангиз, у шунча сиздан безиб, унга талпинаверади ва уни салбий тарафлари эмас, сизники кўринаверади. Шахсий хаётни бошлаганиданоқ тинч қўйганингизда, ўша сиз билган ва англаган салбий хислатларига ўзи қараб, тушуниши ва бахо беришига имконият бўларди ва керак бўлса, дардини дастурхон қилиб олдингизга чиқарди. Мана нима учун аслида керак дўст!
Сиз бундай дўстликка имконият бермаяпсиз.

Минг харакат қилманг , хотинини минуси кўринмайди агар четдан унга хамла бўлиб турса, у жабрланувчи бўлиб кўринаверади кўз ўнгида. Кейин оддий бир нарсани хам унутманг, минг хотини дўсти олдида нохақ бўлмасин, тунда сизни эмас , уни олдига кириб, уни қучоқлаб ётади. ;) Овқатини хам, мехриниям, бошқасини хам берадигани хотин! ;) Фарзандларни хам дўст туғиб бермайди, сиз неча йиллик дўст бўлганингиз билан, турмуш ўртоғи бир умрга бўлади!
Одамлар ота-онасидан юз ўгириб, хотинига шўнғиб кетяптию, сиз буёқда дўстлик хақ-хуқуқини талаб қиласизеееей товба. 

Умуман уни қўйиб юборинг, фикрларингизни нормал эркакка хос равишда бошқа керакли тарафга йўналтиринг: атрофда қизлар кўп, улардан дўст изланг, уёғи мухаббатикхе, ўзингиз шахсий хаёт қуринг энди! Сиз хам ким биландир табиатан нормал ва ўзаро турдаги узвий боғланишни бошланг!

Шунақанги шахсий хаёт қурингки , бошқалар хатосидан ўрганилган ва хулоса қилинган намуна тарзида бўлсин.

Дўстликни хам ўз чегараси, керак бўлса қонун ва тартиблари хам бор... Сиз эса чуқурлашиб кетибсиз. Чегарадан аввало сиз ўтгансиз, натижаси эса бундан бешбаттар бўлиши мумкин эди.

Кейин камроқ дўст хақида қўшиқ тинглаб, кўпроқ мухаббатига ўтинг. Хамма қўшиқни хам хақиқати бўлмайди, аксарияти пиар ва шунчаки рангго-ранглик учун куйланади. 

Инсон қандай бўлиши, ёки йигит йиғлайдими йўқми, бунга хонандалар эксперт бўла олмайди, бу индивидуал холатлар!
Эркак организми, аёлникидан фақат жинси билан фарқланади, унда хам кўз ёши безлари анатомик жихатдан номал функцияга эга холатда ривожланган. Эркакда хам қалб бор, у хам йиғлайди, фақат дўстга эмас, мухаббатдан оғринса, фарзанди касал бўлса, яқинлари вафот этса ва хоказо... қаранг, кўз ёши тўкиш учун қанча турлар бор... аммо қайсилари мухим ва ЛОЙИҚРОҚ?!

Эрта индин оила бола чақалик бўлганда, бола йиқилади, урилади, шунақа катта бўлади, бир жойини уриб олиб йиғлаганида, бир четдан ички холатингизни кузатинг. Қалбингиз бир силкиниб тушадики...ўша пайт фмда дўст деб дохлаётганга йиғлаганингиздан кулгингиз келиши аниқ.
Умуман таққослаб бўлмас нарсалар а?
Сизни мана шу этапда қийнаётган нарсалар,  сиз учун хозир нормал, аслида, четдан эса йўқ!

Қуринг ўзингизни хаётингизни! Унга хакамлик қилинг, ундан завқланиб ундан керак бўлса оғрининг, хар бирини ўзини сабоғи бор ва у фақат ўз шахсий хаётингизники бўлиши керак!


Эслатиб ўтамиз, хар якшанба мухлислар куни бўлиб, ўз муаммо ёки кўнгил кечинмалари билан бўлишиб, кенг омма билан хал қилишга имкониятингиз бор.  sayyod@gmail.com почтасига иложи бўлса кирилл харфларида воқеа ёки муаммоингизни ёзиб юборишингиз ёки (+99894) 644-67-11 рақамига қўнғироқ қилишингиз мумкин ёки шу номерга вацап.  
Бўлим: Muhlis Minbari | Кўрилган: 15214 | Чоп этди: Sayyod | Теглар: Yakshanba-Muhlis minbari

Нравится
Барча изохлар: 32
1 Фаррух   (01-Дек-2013 16:09) [Материал]
27(!) ёшли эмас 15 ёшар успириннинг кечинмаларига ухшайди-я))

2 hhh5613@mail.ru   (01-Дек-2013 16:37) [Материал]
Man yashavotga joyda Erkak bn Erkak  bir birini yaxshi koradi  va Ayol bn Ayol,  man  umrimda  bunday narsalani eshitmay, kormay kotta boganman uzbek mintaliteti bn,  lekin bu yerda  daje ulani  qonuniy nigoh qilishga  huquqi bor  bulani korib  hozir  shu  dovlatda 7 yildan beri yashavomman va lolman,  yaqa  ushliyman lekin tovba  shunaqala  ham  bor  ekan.  Manimcha ula ona  qornidan shunaqa xis bn tugilsa kkda,ayol kishi paqat ayol kishini xolab  erkak  kishini orqasi kotarmiydigan tovba  tovba qildim.  min  marta.  OLLOHim   ozi  togri yol bersin, togri kongil bersin  insonlaga.  Bu   Maqola ham xuddi shunga oxshab ketdi nazarimda  Doniyor  mani kechirin lekin  sizzi oqib shu fikr keldi OLLOH mani kechirsin siz   konglizga olmang mani  lekin birinchi kegan firkrini yozyapman  tovba  Donyor siz uni ayolidan rashk qilyapsiz ayrim joylada  ilon ham deb qoygansiz uni ey yoq donyor ozizni qolga olin  boshizga urasimi uni boldi kechsa kechipti  KONGIL OLGUR BASIRDI OGRIYDI   chiqin kochaga qizla  kop  tanishin qizla bn  doslashin  oziz bilmiy unga ja yaqin bob qopsiz  mani kechirin yana aytaman konglizga oman mani fikrimni YOQOTIN UNI  KECHTIMI SIZ HAM KECHIN    NIMA SIZGA  DOST KAMMI  YOKI UNGA BOYLAB QOYGANMI   UF  BOSHIZDAN CHIQARIB TASHIN   CHIQARIN UZOQLASHIN UNDAN    DOSTLIK KONGLIDA BOSA HALI    OZI KELADI    EY  QOILMASMAN  YURMIYSIMI  QIZLA BN  GAPLASHIB  OZIZGA  MOST  QIZ  IZLAB    SIZZI OYIZ  HAM KELIN  XOXLIYDI  ey  qoyilmasman sizga    nimaga keriy      bitta odamga  tobiy bolib    SARDOR  aka  juda   chiroyli gapirgan  oqin  kozizni ochin   sursin damini osin   nimaga  keriy  shu  kongil  oyini sizga  a   QADIRLI SAYYOD  COM  ILTIMOS HATIMNI OZGARTIRMASDAN  SHU HOLICHA  CHIQARIN  ILTIMOS BN MUHLIS

3 Diamond_Boy   (01-Дек-2013 16:37) [Материал]
do'sting dost bo'lmasa gar, undan ne foyda bo'lar... kechib yuborish kere unaqa do'stlardan

4 vovaziziy   (01-Дек-2013 17:10) [Материал]
qaytar dunyo deyishadi xammasini xudoga soling bo'ldi. bandani qo'lidan nima kelardi xudodanda xammasi.

5 Dark   (01-Дек-2013 17:22) [Материал]
oziyam rossa tuygular ogushisa dostlashibsilar...

mani koproq u raqqosani kimligi qiziqtirdi...

qolganiga esa Sayyod keragicha javob beribdila...

6 ledy   (01-Дек-2013 17:28) [Материал]
Сиз мехрибон ва яхши дустсиз. Лекин шуни унутмангки, аёл зотини психологияси узи шунака, агар унга кимдир ишончсизлик билан караса, уни кечирмайди. хаттоки уни улимдан куткариб колсангиз хам унинг шавкатли характерини эритолмайсиз. Агар у фаришта булсаям. Сиз тасвирлаган хотин узи енгилтак устига устак узининг нозик томонларини яхши билади. У сизни хеч качон дуст деб билмайди. Яхшиси, дустингизни тинч куйинг. ёмон хотинни жабрини узи тортсин.

7 fayz-5010@mail.ru   (01-Дек-2013 17:46) [Материал]
Sayyod.comO'zbekistonda eng saviyali shou biznes brandi bo'lsa. Minbargayam muxlisman degan hammani chiqarish noto'g'ri bo'ladi. kim yozgan buni? Tobaaa. kimligiku mayli sog'lom inson yozmaganligi aniq.
do'stim ustimdan yozipti qoyilmisiz . 239 750 so'm moddiy zarar to'ladim 
nima endi kommentda "qoyiiiil" deb olqishlashimizi kutkanmi bu bola? to'laganligi haqida chekni ilova qilish estan chiqibti xolos. 




8 RaVsHaNBeK   (01-Дек-2013 19:13) [Материал]
Xaqiqiy do'stlikni 2 ta barsa buzadi Pul va Qiz ))))

Siz saal g'alatimasmiz aa ? ))) Normal odam o'rtog'i uylanayotgan qizini surishtirmidii) uni surishtiradigan ota onasi boruu... Sizam kimmidir yoqtirib qoseyz o'rtolariz surishtirsa sizga uni yomonlasa sizga yoqadimi shuu ?

Mani eeng yaqin o'rtog'immi o'g'li 2 yoshga to'ladi yaqinda lekin uni xotinini to'yida bir marta kurganman xolos))

9 Abdumannof   (01-Дек-2013 20:14) [Материал]
Тушунарсиз дустлик, Хакийкий дуст мисоли куёшга ухшайди, Якин борсанг куйдиради. Узоклашсанг совкотасан.
Дустликда масофани ушлаш керак. Бу укамиз ажойиб характерга эга эканла.

10 amirolim   (01-Дек-2013 20:47) [Материал]
siz do'stingizni xotinidan rashk qilganga o'xshaysiz. xafa bo'lganingiz o'sha raqqosa sizdan erini rashk qilgandir. Raqqosayam odamku uni ham oila qurishga haqqi bor.

11 Гулшен Усманли   (01-Дек-2013 20:55) [Материал]
Мени мухлис минбаридаги вокеалар эмас, балки Сардорни маслахатлари хайратлантиради. Каердан биласиз буларни, психологмисиз? Мен хам сизнинг маслахатларингизга мухтожман. Факат мен ичимдагини бировга айтишдан тортинаман. Шунинг учун диний адабиётлар мутоаала киламан ва енгил тортаман. Сардор! Хушомад эмас, сизга хурматим чексиз.

12 Nargiz   (01-Дек-2013 21:53) [Материал]
Vaaay bzani qownimizku. Tovus raqsini oynagan raqqosaku:-D

20 ledy   (02-Дек-2013 13:00) [Материал]
Ирода Исмоилова нахотки!!! Юлдузу, Озодлар деганидан мениям хаёлимга шу келганди, яна худо билади.

13 Sardor4ik   (02-Дек-2013 00:16) [Материал]
Bu voqeani o'qib bo'lib bu yigitni "orientatsiya"si 50/50 ligiga shubham qolmagandi. Sayyodi jovobini o'qib bunga tohtalishni lozim topmadim. Vo pervix ERKAK kishi dardini doston qilib maktub yozishi bu ERKAK kishiga hos emas! Grubo govorya "za padlo" dib hisobliman. Nima bo'lishidan qattiy nazar har qancha qiyinchilik bo'lmasin ichiga yutgani maqul, luchshe o'zini lichnostini doston qilib o'zini pazorit qigandan ko'ra! 
Olloh erkakni kuchli va matonatli qilib yaratgan va shu erkaklika munosib yashash kerak!
Mavzuni o'qib ko'z oldimga qo'lida dasturmoli bilan yig'lab hat yozayotgan ayol kishi gavdalandi to'g'risi.)) 

P.S. Bu saytda deyarli kament yozmasdim, oxirgi paytda "Muxlis minbari"ga kevatgan maktublani o'qib (uje to'g'risi nadayela), Erim undoq Qaynonam bundoq, zinadan itarvordi homilamdan ayrildim dib ko'pirtirib yozishlari, buni TURMUSH-MUSH dib qo'yishibdi! Chidagan turmush qursin! Hozirgi kevotgan maktublani seriyal va kinodan olinganiga shubham qomyapti))
To'g'ri orasida o'qishga arzigulik maktubla ham bor, Iloji boricha yozish kerekan dib yozilganimas, o'qishga arziguligini qo'ysez maqsadga muofiq bo'lardi.

21 ledy   (02-Дек-2013 13:02) [Материал]
Гапиз тугри, лекин хаётда хар хил одамлар бор. Куриб ёка ушлар даражада.

14 Sabriyya   (02-Дек-2013 00:16) [Материал]
Sayyod o'zi boplab maslaxat beribdiku, ortiqcha gapga xojat xam qolmabdi biggrin

15 Hudoyor   (02-Дек-2013 01:00) [Материал]
Eng yaqin dost Hayotda bu Ota Ona

16 profi7717   (02-Дек-2013 01:29) [Материал]
uzr oqimadim

17 diza   (02-Дек-2013 02:35) [Материал]
do'stiz sizzi do'stamas o'rtoq dib bilarkan  u  sizsiz xorijda yashagan yolg'izliga o'rgangan sizga esa do'stizzi oilasida vaqt o'tkazish ulani oilasi uchun jon kuydirish odat tusiga aylangan bunaqa azoblanib yurgandan ko'ra o'zzizzi chalg'itadigan boshqa narsa topin misol uchun kitob o'qishiz yoki sport bn shug'ullanishiz mumkin lekin o'zizam noto'ri ish qigansiz siz ulani oilsiga baribir o;gil emas DO'STIZZI ORTOGI bo'gansiz

18 Daqyonus   (02-Дек-2013 08:14) [Материал]
do'stim keching undan u do'st emas ayol makri 40ta tuyaga yuk bo'ladi exxe siz kim bo'libsiz uni oldida.do'stga zor qimagin dib duo qilishadi ku.voz keching sportta g'alabalar qiling seving seviling.dardingizni ifodalashizdan qalbingiz singani aks etvatti nichi zajivyot

19 Tadjik_Girl   (02-Дек-2013 10:57) [Материал]
Sayyod barbir sayyode :-D qushilaman gapizga.))

P.S. Bir kiwini erkak dardini doston qimiydi degan kommentiga kuzim tushib ketdi...100% notugri bumagan gapni etiwibdi))

22 Olamgir(Alemgir)   (02-Дек-2013 15:15) [Материал]
Дустим бир маслахат бир донишмандларни гапи бор Оллохдан, ота-онадан ва ватандан узга ёр булмас! Даже уйланганингиздан кейин хам турмуш уртогингизни сиз билан дустлиги кайсидур маънода манзили чегараланган. Лекин юкорида санаб утган азизларни сизга булган садокати умрбоддур, агар сиз хам уларга садокат билан ёндошсангиз. Шунака вактлар келадики ота-оналар утиб кетса хам инсонни бошига огир кулфат келган замон утиб кетган ота-оналаримизни рухлари безовта булиб тушларимизга кириб чикишади. Ватан эса бу киндик кон тукилган маскан, ким ва кандай хислатга эга булсангиз хам у узини багрида сизни кучоклаб туради. Юкорида айтилганларидек уйланинг турмуш куринг, ёшингиз хам анча ёшни уриб куйибти. Хадеб дуст дуст деб куйиниб юрмасдан. Сардорни ёзган изохлари ва фикри сизга етарли деб уйлайман.

23 Farrukh_NY   (02-Дек-2013 15:42) [Материал]
Bu voqea rostdan ham bo'gan. Yuqorida nomi tilgan olingan raqqosa Tovus raqsini o'ynidi. Bu qizni yaxshi taniman, ilonga ham dars beradi.

24 EzoDil   (02-Дек-2013 16:02) [Материал]
Voy,qatda borakan wunaqa döst? Ham oxrana,ham agent. Jaa hissiyotlaga berilib ketibsiz,hayotga sal real,erkak(!) közi bn qaren. Eng yaxwi maslaxatni Sayyod berib böptila!

25 Gulozora   (02-Дек-2013 22:19) [Материал]
Uylaning, ayolingiz sizga do'st bo'ladi. Do'stizni oilasi bor aralashish oilasiga yaxshimas.

26 ???   (03-Дек-2013 02:58) [Материал]
Nima raqqosa odammasmi. Balo bomi uzingayam broni oilasiga aralawib. Raqqosa ilon dvossila chaqvotkani yuqku silani

27 Dostonbek_N   (03-Дек-2013 06:37) [Материал]
Chindan Iroda Ismoilovami bu?

28 Azamat   (03-Дек-2013 14:34) [Материал]
Maktubni va unga yozilgan fikrlarni o'qib ikkilanib qoldim. O'zbekistonliklarning bugungi fikrlashi va fikrlarning nechog'liq to'g'riligi meni ajablantirdi. Birinchidan, bir odam dilini ochib, o'z kechinmalarini boshqalar bilan bolishsa buning nimasi yomon? Doniyor ismli bu bola hammaga o'zining hayoti haqida aytishga kuch topganining o'zi katta gap. Ikkinchidan,uning "orientatsiyasi" qandan bo'lishidan qat'iy nazar, u do'stiga yaxshilikni ravo ko'rmoqda. Lekin tanganing yana ikkinchi tomoni ham bor. Doniyorning ba'zi bir mulohazalari meni hayron qoldirdi. Do'st deganing do'stning quvonchi va qayg'usiga birdek sherik bo'lishi kerak. Nega uning quvonchini o'zining quvonchi sifaida qabul qila olmagan ekan? Raqqosaga tosh otish, ularni yomonotliqqa chiqarish bu erkak kishiga yarashmaydi. Yana eng muhimi, do'stinga yoki atrofdagilarga qilingan yaxshilikni minnat qilishning nima keragi bor, bu gunoh. Do'stga nisbatan ko'nglingizda savol yoki tushinmovchiliklar bo'lsa u bilan o'tirib jiddiy muhokama qilsa bo'ladiku. Urishib, mashina oynasini sindirishning keragi yo'q.

29 Dadaxon   (04-Дек-2013 00:51) [Материал]
Otib tashasayam uylanmasdim öyinchiga.
Sizga esa maslaxatm yö, Sayyod izoxga xojat qoldirmasdan yozib qöyibdila.

30 Bek8111   (04-Дек-2013 03:31) [Материал]
Хар бир нарсада чегара булади. Дустликда хам мухаббатда хам мехрда хам. Шакарнинг ози ширин дейишадику! Хар бир нарсани меъёрида ушлаган яхши. Хотинни хам жуда куп севавериб эркалатсанг бошинга чикади, фарзандингни хам жуда мехр бериб эркаласанг талтайиб кетади.

31 muhay9194   (04-Дек-2013 20:48) [Материал]
SIZ  UZIYEZ  HAM JA  OSHIRIB  YUBORIBSIZDA

32 Mohidil   (05-Дек-2013 02:17) [Материал]
Voy Sardor aka yozgan waxsiy fikrlarizni öqib tög'risi dumalab qoldim akajon qoyil taniz sog' bölsin!!! Yawang va yozing!!! Xecham töxtamang v charchamang ilohim!!!

dth="100%" cellspacing="1" cellpadding="2" class="commTable">
Исмингиз *:
Email(шартмас):
Код *:

Диққат: Ёзиб қолдирилган изох дарров сайтга чиқмайди. Хар бир изох узоғи билан 24 соат ичида текширувдан ўтади. Мабодо бу вақт ўтгач хам сайтда изохингиз чиқмаган бўлса унда чиқарилмаганлик сабаблари қўйидагича бўлиши мумкин: 

Сайтимизда сўкиниш, хақорот, камситиш, мазах қилиш, салбий ва диний тарғибот, махалийчилик, миллатчилик, реклама ва қадр қимматни ерга ургувчи АЛОМАТЛАРИ БОР изохлар сайтга чиқмасданоқ ЎЧИРИЛАДИ!

Шунингдек миш-миш бўлиб кетишига сабабчи бўлгувчи тасдиқланмаган маълумотлар, тасдиқланмаган гап-сўзлар хам изохлардан ўчирилиши мумкин!

-Қолдирилаётган изох ўша мақоладан ташқаридаги мавзуда бўлса хам ўчирилиши мумкин. 

(батафсил манбаа)

Изохлар модератори NOZI, Шахло Қодирова ва Бекзод

YUQORIGA!