Бош сахифа » 2011»Май»8 » Онам қамоқда, суйганим йироқда... Қай бир муаммони...
03:48
Онам қамоқда, суйганим йироқда... Қай бир муаммони...
Assalomu alaykum Sardor aka sizni saytingizni ashadiy muhlisiman, shu
yakshanba muhlis minbari uqib oxiri uzim xam boshimdan utganini
yozmoqchi buldim....
Aka ismim Nuralibek yoshim 21 da oilaviy
sharoitim juda xam og'ir ahvolda dadam yuqlar olamdan utgan 4
yoshligimda onam uzlari kotta qilganlar, onam tuxmatdan qamalganlar, xullas 16 yoshimdan beri
sinfdoshimni sevib kelaman 5 yil sevgimni rad etib keldi keyin qabul
qildiyam oilaviy sharoitim xaqida xammasi aytim rozi buldi onasi bilan
uchrashib tushuntirdim xam onasi xam norozi emas u qizni xam otasi yuq
boshida xammasi yaxshi edi, keyin budushi qaynonam va sevgan qizim va
man kelishib rossiyaga kelib ishlab keyin oradan ozgina voqt utgandan
keyin ularni xam chaqirmoqchi buldim xammasi zur ketotgandi man xozir
Rossiyadaman 3 oy pul junata olmadim shundan keyin xammasi boshlandi.
sevgilim
TurKuazda ishlasdi kassir bulib uch oydan keyin ishlarim yurishib uyga
pul junata boshladim shunda turkuaz yopilganini eshitib sevgilimga
yordam qilmoqchi edim va u menga men sizdan mutaxam bulishni istamayman
meni tinch quying dedi siz bilan utgazgan kunlarimizni shunchaki tush
deb tassavur qiling deb gushakni quyib quydi, suygan qizimni birdaniga uzgarishi uzimga xam ayon emas
.
Ayasiga tel qilganimda esa
bizarni xayotimiz yaqinda uzgaradi sen endi bizga kerak emasan deganday
gap qildi man nima qilishimni bilmay qoldim, tanishlar orqali aniqlik kiritish foydasi bulmadi telefon nomerini uchirgan xech na ayasini na uzini kurganini aytdi?
Onam xozir qilgan xatolari
uchun zangiota qamoqxonasida xunini tulab utirbdilar bir tamonlama uyga
ketib sevgan qizim bilan orani tug'irlagim keladi, onam uchun yana
tuxtab qolaman onamni chiqarishim uchun tuplagan pulim yetmaydi boshim
qotib qolgan nima qilay?
Bitta farzandman aka onam qamalganlariga uch yildan oshdi, peredachka
xammasi mani buynimda qarindoshlarimiz bizdan yuz ugirshgan xammasi
bitta ishonganim shu sevgan qizim edi!
Sardor aka agar saytingizga quymasangiz
moy mirda siz bilan dustlashganman shu yoqda biron nima deb yuborin
xurmat bilan Nuralibek Madiraximov
Ismimni kursatavering aka eng oxirgi umidim sizdan va sayt fodalanuvchilaridan.
Sayyod: - Нуралибек, онангизни ахволи сизнинг муаммоингиз олдида жиддийроқ экан. Сизга хозир мехр мухаббат кўпроқ керак бўлса, сизни бир ўзи катта қилган онангизга ёрдамингиз керакроқ. Тошкентга қайтиб келсангиз нафақат онангизга балки ўзингизга ёрдам бера оламан деб ишончингиз комилми? Онангизга маълум бир ойда "передача", кийим кечак, озиқ-овқат юбориб туриш керакку. Сиз Қайтиб келиб мухаббат билан озиқланганингиз тақдирда хам у ерда онангизчи? Ё ман хатингизни нотўғри тушундим ё муаммоингиз ғалати тўғриси. Қадриятлар нотўғри тақсимланган. 5 йил севганингиз қаердаю, сизни дунёга келтириб бир ўзи катта қилган одам қаерда? Яна у бундай ахволда ахволда бўлса... Тушунаман, мухаббат ёмон бўлади, кўзга кўринмайди, лекин шу мухаббатни кўзига бир тик қараб кўрингчи. Шу 5 йил хурмати нахотки у қиз тушунтиришга сизни лойиқ топмади? Нахотки оилавий ахволингизни билган холда бундай йўл тутди? Умуман у хам онаси хам бу ерда онангиз бу ахволдалигини билиб ўз манфаати учун текин қулликка сизни бошқа давлатга юборгани ғалатимасми? Онасига умуман хайронман ; "Хаа ана текин лохни топдик қизим, жўнатамиз гасторбайтерликка, ишлаб бизга пул жўнатади, кунимиз ўтиб турсин кейин яхшироқ жой чиқса берворамиз, ким билиб ўтирибди у узоқда, фақат пул юборади, кўчада сан билан қўл ушлашиб юрмийди" деганми?
Нахотки кўзингиз шу қадар ожиз бўлган? 3 ой атиги пул жўната олмаганингизга шуми жавоб? Эртага уйлансангиз бу қизга тасаввур қиляпсизми онангиз қаерда туришию, бир кун уйга пул олиб келмасангиз нима бўлишини? Шахсан менга четдан мана шундай туюлди.
У қизда инсоф борми тушунмадим? У хам бир кун она бўлар, Худо кўрсатмасин фарзанди хам онасини демай шу тариқа мажнун бўлиб юрса кўнглида нима кечаркин? Нима бўлса хам уни деб қайтишга арзимайди, тўғри тушунинг, сиз уни тушунишга эмас, у сизни кўпроқ тушунишга МАЖБУР ЭДИ! Бошқа давлатга уларни деб кетганингизни жудаям яхши биларди, дарров пул жўнатишингиз мумкин эмаслигини хам билиши шарт эди, ўзи умуман хаққоний севган инсон ўз суйганини мана шундай осонликча ишлагани жўнатиб юборганини тушунмайман. Майли нима бўлса хам у сизни тушуниши керак эди, 3 ой пул жўнатмадинг эмас, хой соғ омонмисан, тузукмисан дейиш ўрнига. Холат элементарку. Сизни севишига ишонасизми шундан кейин?
Нуралибек хар қандай мухаббат ўтади ишонаверинг, керак бўлса умрингиз давомида минг маротаба севиб севиласиз, э лаънат бу хирс ва нафсга аслида, етарсиз хам унга, жонингизга хам тегар, аслида бу мухаббат кечирасизу бир икки ётгунчалигини аниқ сезасиз хам. Бу нафсоний туйғулар ўткинчи лекин бир умр сизни илитиб турадиган ва хеч қачон жонга тегмай бир кун армон бўладиган ота-она мехри то қариб чириб кетгунингизгача қалбингизда бўлади.
Сиз ёшсиз, шунчаки грипп каби касалсиз. Ишқий касаллик холос. Олдинга қараб яшанг, бугунги кун ва бугунги хисгамас. Ўтади бу касаллик бу нотўғри денг. Хотин йўлда, бола белда, ота-она топилмайди йигит. Онангиз олдида хар қанақангисига хам мажбуриятингиз хақидаку индамаяпман.
Муаммоларни қадрияти билан хал қилиниши керак, долзарблиги билан эмас. Хаётдаги мухим қадамни хам бугунги кун билан эмас ЎТГАН ва КЕЛАЁТГАН кунларни инобатга олган холда босиш керак. Россияга бировни оиласига пул жўнатгани кетибсиз, энди ўз онангизга пул жўнатишга ишланг. Хаётингизда нафақат яхши кунингизда балки ОҒИР КУНИНГИЗДА ХАМ сизни тушуниб сизга тиргак бўладиган қиз учрашини тилайман. Бунга ишонаман хам, чунки инсон лойиқ бўлганини барибир бир кун топади. Ва ўтган мана шундай нарсаларни эслаб кулгиси хам келади. Асосийси мана шу кулгу ортидан қизариб қолмаслик бўлгани. Ишқий армон ўрни босилар, фарзандлик бурчи армони эса бир умр сизни таъқиб этади. Сиз хам насиб этса ота бўларсиз, хеч ким хеч қандай фалокатдан кафолатланмаган, онангизни ўрнига бир ўзингизни қўйинг, алам қилармиди билганингизда?
Эх...Онани кўнгли болада, боланики далада... Кошки у дала хамиша хам унумли бўлса...
Sayyod judayam zo'r maslahat berasizde bu faqat xat yozgan odamgamas boshqa o'quvchilagayam foyda beradi dip oyliman. Muhabbat yaxshi tuyg'u lekin tez so'nishiyam mumkin.Bir donishmand shunday deganakan "Muhabbat G'ARBliklarda to'ydan oldin issiq suv kabi kuydiruvchi bo'ladi. Oila qurgach esa suv muzlay boshlaydi. SHARQliklarda bo'sa muhabbat to'ydan oldin sovuq suv kabi bo'ladi, to'ydan keyin esa isishni boshlaydi to umr oxirigacha isib boraveradi". Shu gapladan o'ziz xulosa chiqarib oling.
Sayyod aka, juda to'g'ri maslahat beribsiz. Bunday qizlarnichi, ikkinchi marotaba yuziga qaramaslik va Xudoga solib qo'yish kerak. Kelajakda albatta o'zingizga mos qizni topasiz. Siz faqat onangizni o'ylang, boshqasi bekor. Biroz sabrli, kuchliroq va og'irroq bo'ling. Yaxshi ishlab pul toping, dunyoqarashingizni kengaytiring, imkon bo'lganda onangizga moddiy yordam ko'rsating. Ammo ishoning, hayotda bundan ham yaxshi holatga erishasiz, hamma tomonlama. Shunga ishonib, intilib yashang.
dapashla dimisizmi osha qizga.Sayyod gapi topa togri agar oylansangiz osha qizga sizzi faqat puliz uchun tegadi.Yahshi vaqtida bilganiz balki hammasi yahshilik uchundir."Onasini korib qizini olgin degan gap bor"hulosa qilish ozingizdan.Damini ol ding boldi.Kozizzi kattaroq oching.Muhabbat otkinchi narsa hudo hohlasa hammasi oldinda.Shundoq ham qiynalga yigit ekansiz palakatdan uzoqroq yuring.
siz endi u qizga eting junatgan pullarimni ber dib agar rozi bumasa uyinga borib sharmanda qilaman deng shunda qurqadi nima endi siz qiynalib ishlab topasizu puliyz havoga uchub ketadi buni hecham hijolatli joyi yoq salomga alik shunaqa buladi qiyinchiliklardan keyingi baht abadiydir sizga iymon insofli qiz uchrashini tilab qolaman onangizni asrang hamma narsa topiladi onangizni qaytib topomiysiz
Assalomu alaykum sayyod va sayyod muhlislar.Bu bola hali yosh nodon.Hayotni achchiq,shirinini qaerdan ham bilsin.Sayyod va Bahor singlimizni maslahatlari juda urinli va haqqoniy gaplar.Ug'lim seni muammong hozir onang.Nega sen kimsalar uchun chetga chiqib pul topib,topgan pullaringni ularga yuborasan?Onaizoring bu ahvolda bo'lsa,mehrga zor senga zor bo'lib qon qaqshab utirsayu seni kunglinga sevgi qanday sig'di?Nohot onang hayotini sayyodda yoritmasdan o'zingni o'ylaysan?Sen yoshsan.Seni hayot yo'lingda hali yahshi seni chin dildan sevadigan.Insofli, diyonatli qizlar kutayabdi.Aslida sevgi utginchi bir tush.Sevgi bu oila qurgandan keyingi hayot bu haqiqiy sevgidir.Sen bolaga qoyil qolmadim.Hozir sen o'zingni va onangni o'yla?
sayyod akani fikirlariga qo'shilaman juda to'g'ri va aniq maslahat berganlar endi qanday yo'l tutishni o'zizbilasiz lekin buyog'iga to'g'ri yo'l tuting ........
Assalomu alaykum v v.Hamma yhshilarga. Sazlarga bir urnak ujun bir narsani ezmoqjiman. Ulug zotlardan biri Suqrotning ulimiga hukm etilganini eshitgan hotini: -Sizni nohaq uldirishaypti,-deb yiglay boshlabdi. -Ujir,-ovozingni debdilar Suqrot. -Hali meni haq bula turib uldirishlarini istabmiding?! Debdilar qissadan hissa shulki Onajoningiz nohaq utirgan bulsalar Ollohdan suraymiz-ki elvorib barja nohaq qamalgan Onajonlarimizga uzi rushnolik bersin. Sevikli Paygambarimiz Rosululloh s a v aytdilarki <<Man lam yshkurinnasa lam yshkurillaha>> yni <<Bandaning yhshiligini bilmagan kishi, Hudoning yhshiligini ham bilmaydi>> deganlar. Sizga ukajon maslahatim Onangizni rozi qiling junki Dunyo ysangan, bezangan jiroyli bir kelinjak kabidir! U barjaga kulib boqadi, ammo hej kimga tegmaydi. Dunyoning bu kayfiytini anglagan buyk zotlarimiz unga qiyo ham boqmay utib ketaverganlar.
AVVALAMBOR HAMMAGA SALOM.HAR DOIMGIDEK SAYYOD GAPLARIZDA JON BOR HAMMASI HAQIQAT.EH UKAJON SIZGA SAYT AZOLARINI EMAS SAYYODNI MASLAHATINI UZI ETARLI DEB ULAYMAN.HECH QACHON ONADAN VOZ KECHMANG AHMOQ QIZLANI DEB.ONANIN QAYTIB TOPA OLMAYSIZ HECH QACHON.U QIZGA ESA GAPIM HUDODAN TOPSIN ... BOLANI ONASIDAN AYRO QILMOQCHI BULGANI UCHUN.
JINNIMI BU BOLA ONASI NIMA AHVOLDAYU U SEVGANINI O`YLAB YURIPTI..**** QAMONI SANATORIYANI *** PALATASI DIP O`YLAVOTTIMI .. SHUNCHA SEVGANIDAN HABAR OPTI ONASIDAN 1 MARTA HABAR OLDIMIKIN
Bu voqea yillar o'tgandan keyin siz uchun bir kulgili holga aylanib qolishi aniq bunga o'xshash voqealar ko'pchilikda bo'ladi hozir esa u qizni unutishga harakat qiling (biroz qiyin kechadi ) sabr qiling bor e'tiborni onanggizga qarating o'zinggizni tiklagach yurtga qayting eng to'g'ri yo'l shu .
astagfirullah, 16 yoshidan beri sevarmish, hola-holakam uynayman deganday gap, tovba qildim, hayronman qanaqa qilib kungliga sevgi sigarkina shu ahvolda, uylamasmikan hozir ahvolim qanaqa onam bir ahvol bulsa men hozir uylanishni uyledigan ahvoldamanmi deb, ish topish, hotin bola chaqani boqish, eng muhimi ONA... tovba tovba nimaga hozirgi yoshla faqat shu uylanish, turmushga chiqish, tezro birga bulishnigina uylashadi, bilim olish, halol ish topish, oilani mustahkam qilishdagi harakat haqida voobshe uylashmedi, hozir mani 1 sinfga borgan jiyanim ham man sarvinozga uylanaman diydi, matematikadan yoki angliyskidan manga urgating demeydi. astagfirullah bizi yoshlani keljagini uylasam qurqib ketaman
Raxmat! xammaga raxmatSardor aka topishim Uzbekistonda xam yaxshi edi faqat uylanmoqchi edim shu bevafo qizga sizlar aytgan gap tupa tug'ri man nodon bolaman sevgini deb onamni tanimay qoldim endi bilsam qattiq yangilashgan ekanman afsus ming bor qayerdagi bir chort qizni deb onamni unutib quydim tugri aytasiz bu xammasi utkinchi ekan faqat buni kech angladim usha junatgan 1500 ming $ pulim usha qizga mendan sadaqa tuyiga ishlatadi xudoga shukur kuch quvatim bor topaman bundan kupini lekin unga past ketib suramayman qaytarib ber deb shundoq xam bilib buldim kimligini Raxmat sizlarga kottakon yana bir bor... Madina opa raxmat sizgaxam achiq gaplaringiz uchun kuzimni ochdingiz raxmat opajon tugri ona topilmiydi
Xammaga kottakon raxmat man ahmoqlik qildim bitta qayerdagi qizni deb onam kuzimga kurinmiy qoldi buldi xammasini ispravit qilaman Hurshid sizga xam raxmat achhiq xaqiqatlaringiz uchun SaYYoD.Uz forever
Nurali uka hali juda gur bola ekansan. Ota-onani qadriga yetishni kupincha kishi uzi farzandli bulib ularni ulgaytirganda tushunarkan. Men ham senga uhshab musofir yurtda farzandlarim bilan birgaman. Vatanni qumsamasam ham onajonimni juda qumsayman. Menga onamni mehr muhabbati dunyodagi barcha utkinchi narsalardan, hayollardan ustun. Onaday eng sodiq va begubor inson yuq uka u dunyoda ham bu dunyoda ham. Chetdasan yuragingda doim Ollohni va Onangni zikr etib yur. Oltin olma ota onagni duosini ol. Mushtipar Onangni kuzi senda. Imkoniyat topib onangdan zudlik bilan habar ol. Uzbekistonda nima kup qiz zoti. Peshanannga yozilgani yor buladi. Irodangni mustahkamlab ezgu maqsad tanlab ushangga qarab tuhtamay intil. Belingda quvvating borida onangning gamini uyla.
Sayyod gapniyam oldirasizde malades, eyyy Nurali maslahat. Hotin topiladi ona topilmidi digan gap bor. Lyuboyiga uylanin bir hil vazifa, ona mehrini lyuboyi berolmidi, otez olgandan keyin boqmagan sizni onez, onezam boshqasiga tegib yashaganda bolardi lekin sizni digan
Нурали узингизни ерали килиб юборманг..нахот иззат нафсингиз гурурингиз булмаса..пошел на ... демайсизми.. агар мажнун хам бир марта лайлини висолига этишганда мажнунлигидан асар хам колмасди.. бу билан сизни диний билимингиз озлиги билиниб турипти..агар сал булса хам диний билимга эга булганизда ота-она ва хотин бола чакани уртасидаги фаркни билиб олардингиз.. курьонда ота-онангизга яхшилик килинг дейилган ва улар хакига дуо килинг дейилган.. хотин бола чака хакида эса..улар сизларга фитна учун яьни имтихон учун берилган дейилган..шундан хулоса чикариб олинг.. сиз Аллохдан суранг..сизга аклли, хушли, эрим, бола-чакам дейдиган жуфти халол учратишлигини..
balki qiz tomonni jahli chiqqancha bordir, nega qiz tomon uzidan uzi yigitga shunaqa deydi , juda chalkash yigit ekan . balki qiz tomon uni harajatlarini kutarib rossiyaga junatgandir ? bilmadim bizga bu tomonlari qorongiku... nima bugandayam uzidan uzi hech kim unaqa demaydi. balki bu bolani yahshigina qarzi bordir ushaladan??? ee hullas nima bugan yoshlaga hayron qolamande ochqini etsam yomon sutaklarimiz kopdeee . hamma deyatganim yoq yoq lekin ayniqsa rossiyaga ketganlar ichida soddalari juda kop.
Ona shunday ahvolda turganda qanday sevgini tushundingiz hayronman sizga siz onangizni kurish uchun chiqarish uchun ishlash o'rniga bitta qiz uchun ishlagani ketipsiz Allohim,, hom sut emgan bandalar Onamiz turganda begonalarni o'ylaymiz AFSUS AFSUS AFSUS
ман анчадан буён кузатаман сайтни жуда кизикарли ва узига тортар но баъзида бир хил фикрлар канакадир жуда тордек туюлади масалан Сардорбек сизни хозирги Севги бир икки ётиб тургандан кейн узгарази деган ёки бу утгинчи грипп деган гаплариз жуда ва жуда нотугри манимча у гриппмас у уткинчимас хакийкий севвги улмайди уни даволаб булмайди балки куникиш мумкин но ман аник биламан агар ростан севсанг охирги нафасингда секингина уни исмини шивирлайсан.Онам камокда деб шахсий хаёт куришга хакки йукми уни бу бумаган гап халику онаси камокда экан бир вактлар киргин барот жанглардаям севги булган фарзандлар тугилган жанг кетяпти хозир уламан ёки ватаним хавф остида деган фикр севги олдида ожиз буб колади бу билан онангдан устун кур кизни демокчимасман мутлако бу фикрдан узокман она мутаъбар но азизларим вакт тухтаб турмайди,Узи учун яшаш хам керак!Балким игаистически фикрлаётгандирман манимча Золотоя серединка деган гап бор манимча Нурали шунга риоя килинг а колганини ваки курсатади,
Салом Шухратбек! Хар кимни фикри узи учун тугри сиззи фикриз хам ажоеб логично! Манга келсак хар битта одам биринчи уринда узи учун яшайди бировни гурига биров кириб ётолмайди ,уз хатонг учун биров жавоб бермайди моддий ёрдам бериши мумкин кайсидир жихатдан маънавий хам лекин хеч ким сан учун муаммоингни хал килиб бермайди,Тугри кимларгадир богланиб яшайсан аввал ота онинг кейн ёринг фарзандларинг лекин улар атрофингда вечно яшамайди,улардан биронтасини йукотсанг ман сан учун яшагандим деб оркасидан кетворолмайсан узинг учун яшашда давом этасан!!А севгига келсак шак шубхасиз тангрим ягона унга булган севгим хам булакча лекин тангрим яратган инсонниям севиш мумкин тангри даражасидамас албатта но уша учун яшаш даражасида севиш мумкин!!
Dostim bu xayot maktab!!! bilasizmi bu dunyoda yoqatadganmiz yoq toki uni olimga qadar topmagan bolsak! dimoqchi bolganim ONA ulug zot undan vos kechib bolmaydi sevganigizga kelsak u sizni sevganda sizga tayanch bolardi afsular kim undanday emas u sizdan vos kechdi togri siz uni sevasiz lekin uchi? sizni qalbizdagi muxabbat olovini vaqt ochiradi.Sizga bir kichkinagina maslaxatim VOLIDANGIZNI qutqaring va shuda siz bu dunyoni oxiriga yetasiz!!!
SIZ BOLANI ESIZ, AQLIZ JOYIDAMI UZI??? KECHIRASIZU QAYSI AQLIZ BILAN SIZ ONEZ QAMODAYU AYNAN KIMMIDUR YORDAMIGA, MEHRIGA ZOR BULIB UTIRIBDILAYU SIZ BUSEZ QAYODIGI SIZI UMUMAN HURMAT QIMIDIGAN SEVMIDIGAN QIZGA OSHIQ BULIB KETIDAN YURIBSIZ???????? ONEZ QAMODAN CHIQISHLARIGA U QIZI UBU YORDAMI TEGADIMI SIZGA????? SHUNAQA PAYTDA HIS TUYGULAGA BERILIB YURISH TUGRIMIKIN?? SIZ HOZIR FAQAT ONEZLANI UYLASHIZ KERE, ULANI CHIQARISH UCHUN BOR KUCHIZI IWGA SOLIB PUL TOPISHIZ KERE,ENG BIRINCHI SIZI MAQSADIZ ONEZLANI QAMODAN CHIQARISH BULISHI KERAK,OLDIZDAGI MANA SHU BURCHIZI ADO ETISHIZ KERE, SEVGINI KUZI KUR DEB MANA SHUNI ETADI,INSON SEVSA HECH QAYSI BIR YOMON TARAFLARI KUZGA KURINMAY QOLADI, INSOFLI VIJDONLI QIZI UCHRATISHIZGA TILAKDOSHMAN!
Manimcha u qizni bir chekkaga surib quyingda, onangizga yordam qiling, birinchi qiladigan ishingiz shu!!! boshqa har qanday narsa onangiz qamoqdan chiqqanida uzidan uzi hal bulib ketadi. u qiz sizni sevmas/xurmat qilmas ekan, siz ham uz hurmatizzi bilib uni uz holiga quying. hali boshqasini albatta sevib qolasiz.
Nuralibek qiz topiladi. Sizzi tug'ib bir o'zlari o'stirgan Ona hich qachon topilmidi. Sizzga bitta gap faqat oyizi o'ylen. Qamoqda onsonamas!!!!!!! Qo'gani o'zi sekin sekin hal bo'ladi!!! Omad!!!
Bu kongil faqat bir marotaba oshiq bomidi Muhabbat odam yuregida doim paydo bulaveradi Lekin Onaizorchi hech qachon topomisiz hatto usha olgudey sevgan insoniz ham sizga Onachalik mehr korsatomidi hech qachon. Onezi oyleng Onezga birinchi yordam bering..
Тугри аел топилади лекин она топилмайди биринчи уринда онангизни уйланг
Диққат:Ёзиб қолдирилган изох дарров сайтга чиқмайди. Хар бир изох узоғи билан 24 соат ичида текширувдан ўтади. Мабодо бу вақт ўтгач хам сайтда изохингиз чиқмаган бўлса унда чиқарилмаганлик сабаблари қўйидагича бўлиши мумкин:
Сайтимизда сўкиниш, хақорот, камситиш, мазах қилиш, салбий ва диний тарғибот, махалийчилик, миллатчилик, реклама ва қадр қимматни ерга ургувчи АЛОМАТЛАРИ БОР изохлар сайтга чиқмасданоқ ЎЧИРИЛАДИ!
Шунингдек миш-миш бўлиб кетишига сабабчи бўлгувчи тасдиқланмаган маълумотлар, тасдиқланмаган гап-сўзлар хам изохлардан ўчирилиши мумкин!
-Қолдирилаётган изох ўша мақоладан ташқаридаги мавзуда бўлса хам ўчирилиши мумкин.