Assalomu alaykum Sayyod.com jamoasi va muhlislari. Mana 4 yildan ko'proq vaqtdan bo'libdiki sizlar
bilan birgaman va bundan shodman. Bugun menga beradigan maslahatingiz esa hozir men uchun
qimmatli ahamiyatga ega. Buning uchun esa sizdan qimmatli vaqtingiz va ozroq etiboringizni so'rayman.
Oliy ma'lumotliman, yoshim 22 da. 2 yildan beri ishlayman. Ollohga shukurki oilam tinch, yaqinlarim
yonimda salomat, hayotimdan hech ham nolimayman. Lekin hozirgi kunga kelib umr yo'llarimda uchragan
muammoni yecholmay halakman. Gap shundaki bir yigit bilan bir yildan beri ahdlashganman. Uni 3-
kursligimdan taniyman. Tasodifan tanishib qolgandik, onda-sonda telefon qib turardi usha paytlarda.
Doim uchrashuv taklif etar, men esa u bilan uchrashish haqida xayolimga ham keltirmas edim. U
poytaxtda mendan bir kurs pastda uqirdi, men esa viloyatda o'qir edim. O'quv yili yakunlangan kunlarning
birida uyga qaytayotganini aytib ko'rishishni taklif etdi. Ushanda uni butunlay rad etib, yoki yoqtirganing
bormi degan savolini ham javobsiz qoldirdim.
Keyin u 1 yildan ortiq vaqt jimib ketdi. .
Men uqishni bitirib ishga kirib oldim. Tasodifiy kunlarning birida u bilan internetda gaplashib qoldik,
to'g'rirog'i o'zim yozdim. Keyin u yana telefon qila boshladi. Gaplashib turardik. To'g'risi sevgan insonim
ham, menga tel qib turadigan o'tkinchilar ham bor edi. Uni qo'ng'irog'i, uzi, menga hech qanday ahamyat
kasb etmasdi. Sevganim bilan munosabatlarimiz yaxshimas, chunki munosabatlarimiz bir tomonlama
edi... Sevgan insonim bilan hech qanday umid yo'qligiga ko'zim yetgach, uni tark etdim. 2 yildan ortiqroq
bo'lgan sof tuyg'ularimga nuqta qo'ydim, va boshqa qaytmadim. . .
2 oycha oradan vaqt utdi. Haligi yigit haliyam tel qib yurardi. Uning suhbatlari, gap-so'zlari menga yoqardi,
lekin ushanda ham uzog'i bn 4, 5 daqiqadan so'ng telni qo'yishga bahona izlardim. Bir kun u menga meni
yoqtirishini, usha 3-kursligimdan beri bu tuyg'ulari borligini aytdi, odatdagidan uzoq so'zladi. Nimagadir
uni shunchaki tel qib yuradi deb o'ylardim. Jiddiy masaladagi so'zlarni eshitishni yoqtirmaganim uchun,
hammasini rostini so'zladim. Sevganim buganini a lekin u tomondan hech qanday munosabat
bumaganini, urtada faqatgina uzim qiynalganim qoganini, nima bulganda ham endi ortga qaytmasligimni,
lekin unitishim qiyin bup azob chekayotganimni birinchi marta aytib berdim. Bu orada ishim yuzasidan
poytaxtga 3kunga ketadigan bup qoldim.U meni kutib oldi. Ketgunimcha yonimda bo'ldi, ushanda ham
sheriklarim yonida rosa xijolat bo'lib, yonimdaligini xushlamay yurdim.
Munosabatlarimiz yaxshilanib ketdi, uzoq o'ylab unga rozilik bildirdim..
Boshqalardan sovchilar kela boshladi qaytardim, niyatimni uydagilarga bildirdim... Ular norozi bo'lishdi.
Sababi ular bilan bir viloyatdan bo'lsakda, boshqa boshqa tumandanligimiz, masofa uzoqligi , va
millatchilik! Shunda ham shu paytgacha kelganlariga yuq deb shunga xop deyotganim uchun mayli aytchi
bir kelishsin deyishdi. Ularni kep ketishi dada buvimni og'irlashib qogan kunlariga tug'ri kep qoldi.
Suhbatlari u qadar qovushmadi. Hamma ota tomon qarindoshla buvimni og'ir bup qoganlariga uylariga to
olamdan utgunlariga qadar( joylari jannatda bo'lsin,) bir qadam ham jilishmadi. Bizni uyga sovchilarni
kelishi munosabatiga,( hali taziya bup qomagandi) dadam opalari va akalariga maslahat soldilar, ularni
kelishi kuni ammam va amakimni ham taklif etdilar. Ular kelishmadi, lekin ota tomon qarindoshlar, kim
buvimi uylariga kelgan bulsa hammalari eshitishdi... Ammalarim, amakim sekin chaqirib bu fikrimdan
qaytishimni surashdi. Buvim olamdan utdilar, usha kecha hali chiqarmaslaridan 4 ammam onalarini
tepasida ohu nola qilayotgan bir paytda onam ham olamdan utgan onalarini eslab chidolmay yig'lab
chiqib ketdilar. Shunda bir ammam "ko'rdingmi Onani iztirobi qanchalar og'ir, san onangga bir qizsan,
kasalida, sog'ida. San qachon usha bolaga turmushga chiq, qachonki hech ilojing qolmaganda!
Menimcha ilojsiz bo'lmasang kerak hali!" dedilar. Usha aytilgan gap haliyam qulog'im ostida jaranglaydi.
Sardor aka, hurmatli xatimga ko'z yuritayotgan hamdardim. Sizlardan so'rayotgan maslahatim
shundan iboratki shu kecha kunduzda ota-onamga ma'qul bo'lgan bir oiladan surashyapti meni. Men esa
hali hamon arosatda... Chunki xop deb quyganim, juda go'zal fazilatlar egasi, shu paytgacha ko'nglimni
og'ritganini eslolmayman, meni aybim deb tortishib qolgan taqdirimizda ham sabr bilan xatoimni
tushintiradi, har qanday vaziyatga shu paytgacha unga suyanib kelganman. Uylab ish yuritishi, uylab
gapirishi, mardligi asosiysi meni sevishi va eng hurmat qilgan tamonim uni hech qachon hayotdan
noliganini yoki ilojsizlik haqida gapirganini eslolmayman. U hamma narsani ilojisi bor, hamma orzu
qilingan niyatlar harakatga yarasha amalga oshadi deydi va meni shunga undaydi. hamma narsani yaxshi
tomonini ko'rishga harakat qiladi va hayotdan kutadigani ham shunga yarasha harakatiyam kop. Undan
kop narsani urganganman, urishib haftalab arazlashib qolganimni eslolmayman, u borki ko'nglim xotirjam
keljagimdan umidlarim katta edi. Hozir poytaxtda yaqinda ishi hal bulib yaxshi bir joyga ishga kiryapti va
usha yerda uz faoliyatini davom ettirmoqchi. Akasi yangasi jiyanlari bilan ancha yildan beri shu yerda
yashab, uyga qatnab turadi.
Menda esa vaziyat butkul boshqacha. Barcha yaqinlarim bu fikrimizga qarshi. Kimdan sekin maslahat
so'rasam o'ylab ko'rsang bo'lardi. Uzoq joy, begonalar orasida. Onamning, har gapirganlarida shu
mavzudagi so'zlari og'ir botadi, o'ylab qolaman. " Axir menga bittasan, o'qitdik, sog'ligim bor, kasalim bor,
kelin qiz bo'larmidi, hayot sen uylaganchalik oson emas, hozir yoshsan bilinmasligi mumkin a
qariganingda joningga oro kiradigan og'a ining, to'y bor , maraka bor, hayot bir tekisda kechmaydi, men
ham senga umirbod emas.."
Oxirgi 2 kunda o'ylovlarim shu darajaga yetdiki 1 haftaga bormay taqdirim hal buladigan bo'p turibdi.
Hozir tunda xat yozyapmanu boyagina dadamga ertaga keladigan sovchilaga xop deb yubormang, men
yana ozgina o'ylab olay deb imkon so'radim.. To'g'ri hayot murakkab. Kutilmagan holatlar bo'lishi mumkin.
Noroziliklar kop bo'lganigami yuragimning bir burchagi "Xato qilyapsan...! " deyapti, balki xudo yuragimda,
tavakkal qilishim kerakdir axir ota onam yomon busin deyishmayaptilarku, yaxshi oila deyishyapti
hammasi yaxshi bup ketar... Unga aytganimda menga "nima seni Marsga op chiqib ketmayapmanku,
voximangga qara, uzing tushingan qizsanku vaziyat bo'ldimi uyingga borib kelaverasan, hammasi yaxshi
bo'ladi asosiysi yaxshi bo'lishiga va menga ishonsang bo'lgani deydi". Shunga sizlardan ham maslahat
so'ramoqni joiz topdim. Sardor aka, oldindan qimmatli vaqtingizni olganim uchun uzir, etiboringiz uchun
esa minnatdorchiligimni bildirmoqchiman. Chin maslahatini ayamay harf tergan barcha sayt azolariga esa
cheksiz tashakkurimni izhor etaman.Hayotda hammaga chinakkam baxt tilayman!
Saytda nomamni yoritilishiga ko'makdoah bo'lgan Shahloga alohida raxmat..
Эслатиб ўтамиз, хар якшанба мухлислар куни бўлиб, ўз муаммо ёки кўнгил кечинмалари билан бўлишиб, кенг омма билан хал қилишга имкониятингиз бор.
sayyod@gmail.com почтасига иложи бўлса кирилл харфларида воқеа ёки муаммоингизни ёзиб юборишингиз ёки (+99894) 644-67-11 рақамига қўнғироқ қилишингиз мумкин ёки шу номерга вацап.
Диққат! Сайтга чоп этилиб бўлинган мактуб кейин талабга биноан олиб ташланилмайди! Воқеангиз сайт орқали кенг оммага чиқиши ва халқдан турли маслахатлар бўлишини билиб туриб жўнатдингизми, ўзингиз кутмаган ва ёқтирмаган маслахатни олиб кейин олиб ташланг дейиш мантиқсиз!
Adolatsiz haqiqatlar [34] |
Arhiv [1] |
Baxs| Tanqid | Janjal [516] |
BeshBet [20] |
Din [85] |
Duel [2] |
Expresso [31] |
FIKRiston [58] |
Hit-Parad [44] |
Ijara qo'shiqlar [25] |
IJODiston [83] |
IMPRO-TK [18] |
Jonli ijro [4] |
JuMaNjI [51] |
JurYuldus [10] |
Kaktusso [5] Yoqimsiz ammo foydali suhbat |
Kongil [0] |
Kundalik-shou [13] Realiti serial |
Mashhur ko'targan mavzu [2] |
MP3|Video [1070] |
Muhlis Minbari [216] |
Ovoznoma [6] Luiza bilan |
Premyera [17] |
Prikol [100] |
Paparacci-ppc [0] |
Podstava [3] |
Realiti shou [74] |
Retro [7] |
Sayyod-show [25] |
Sport [18] |
Shantaj [6] Videoloyiha |
Shunchaki qiziq [27] |
Suhbat | Intervyu | Reportaj [747] |
Tabriklar [179] |
Taqdimot [55] |
Hayriya| Akciya | Tadbir [330] |
Turk shou-biz [16] |
TV | Teatr, Kino.uz [121] |
Yangiliklar [819] |
Yulduzning qo'shnisi [4] Mashhurlarning qo'shnilariga so'z |
BIRINCHI-SHOU [5] Radio Grand bilan |
SEVGAN insoningiz uzi kelib, ota-onangiz bn gaplashib, ularni uzi rozi qilar?
Nima bulganda ham Sizga mehribon Allohimdan Baxt hamda Omad surayman)))
СЕВГАНИЗГА ТУРМУШГА ЧИКИНГ ВА ЕНГ БАХТЛИ ИНСОН БУЛИНГ ИЛОХИМ СИЗГА БАХТ ТИЛАЙМАН.
Agar shunda ham ota onez rozi bo"lishmasa, uladan hafa bo'masdan, ulani to'g'ri tushunib, aytgan gaplariga quloq soling! Ula topgan bola ham yaxshiligi aniq, barchasi siz o'ylagandek , murakkab emas. U bola bilan ham hudo hohlasa fikrila harakterila to'g'ri kelib ketadi.
Oilaviy baxtni yaratish asosan ayol kishiga bog'liq, etishadk Erni er qiladigan ham xotin, qaro yer qiladigan ham xotin.
Sevgi o'tkinchi. Hammasi hali iziga tushib ketadi, xavotir olman Opa)))
Sevgi yoq deganlar ham bor ekan,besh qol barobarmas.Alloh faqat suygan bandalarigagina beradi sevgi-muhabbatni.Dunyodan sevgi nimaligini bilmasdan turib yasahb o'tganlar ham qancha,yashayotganlar ham.
O'ldin-kuydim deb turmush qurvolib,hayotda uchraydigan ozgina qiyinchiliklardan o'tolmasdan,bir-birini ayblayotganlar ham bor,to'ydan bir oz o'tib bir-birini boshidan mag'zava ag'darayotganlar ham bor-bu albatta sevgi emas.Haqiqiy sevgi,Hayot deb atalmish turmushni o'nqir-cho'nqir soqmoqlaridan bir-biriga yelkadosh bo'lib o'tishda bilinadi.To'y bir kunda o'tadi ketadi,keyin esa shu tanlagan odamiz bilan bir umr birga yashaysiz.Siz yoqtirgan odam shunga munosibmi?Szini keyinchalik yuzingizni yerga qaratib qo'ymaydimi?Siz shularni o'ylang.Oat-Onani boylab qo'ymagan.Hamma farzandini baxtini tilaydi.Masalani yana bitta tomon bor yaqinga turmushga chiqib hayotiz yaxshi bo'lmasa ham yomon.Birovdan maslahat so'rayu,lekin o'z bilganingdna qolma degan gap bor.Baribir maslahat so'raganiz bilan o'z bilganizni qilasiz,hamma nasalahatni yurakdan so'ramasdan,sal aqlgayam joy qoldiring.Agar siz tanlagan insonni sevgisi chin bo'lsa masofa hech nima emas.
To'g'ri tanlov qilasiz deb umid qilaman.Alloh sizni baxtingiz bersin.
Яна бир гап: сиз у йигит билан тасодифан учрашиб, танишиб... қолгансиз. У шахс сифатида яхшидир, лекин оилавий муҳити қандай, буни биласизми?
Ҳамма гап йигитда қолган. Совчи жўнатиб, яқинларингизни нияти жиддий эканлигига, сиз билан бахтли яшай олишига ишонтирсин. Меҳр кўзда дейишади, балки икки тараф бир-бирига маъқул келиб қолар... шунда ота-онангиз айтар: ...да шундай куёвимиз бор экану билмай юрган эканмиздааааааааа))) деб. Бахти бўлинг!!!