Assalomu alaykum hurmatli Sayyod va sayyod muhlislari, saytingizga anchadan
beri qiziqib kuzatib boraman, saytingiz haqiqatguyligi, rang barangligi bilan
boshqa saytlardan keskin farq qiladi va har qanday muhlisni uziga jalb
qiladi!!!
Hozirgi aytmoqchi bulganlarim iltimos Sayyod menga maslahat bering, nima qilsam
tugri buladi...
Bundan bir necha yil avval koreyalikka turmushga chiqib bahtsiz qizlar qatoriga
qushildim, ha turmush urtogim islom dinini qabul qilib, katta tuy qilib ota
onamni roziligini olib uz yurtiga olib keldi, boshida hammasi yahshiday edi,
masjidlarga ham birga borib islomiy darslardan talim olib turdi, lekin ushanda
bularning hammasi yolgon shunchaki ekanligini bilmagan edim...
Bu orada boshqa uzbek qizlari bilan ham aloqa qila boshladim, kurishganimizda
hamma qizlar uz dardlarini yiglab gapirib berishardi, tugrisi hamma
pushaymonda, hamma armonda, hamma arosatda...
Hayotimda tushunmovchililar juda kup bulardi, koreys halqini na madaniyati, na
urf odati bizga tugri keladi, tugrisini aytsam ularni inson qatoriga qushmagan
bulardim, ular hayotni faqat pul bilan ulchashadi, judayam isqirt halq,
ichkiliksiz hayotlarini tasavvur qila olishmaydi...Bundan tashqari ha butun
koreys erkaklari judayam sovuq, yahshi gap, shirin suz, hatto kuzlarida mehr
ham yuq, buni bu yerdagi uzbek qizlarini hech qaysisi inkor qila olmaydi
Bu orada koreys tilini urgana boshladim, keyin uyda utirganimni tana qila
boshladi, charchab ishlab kelayapman, uyda mazza qilib utiribsan deb siqa
boshladi, kup siqilishlardan homilamni yuqotdim, yuqolganiga hali 1hafta
bulmasdan majburlab ishga chiqarib yubordi, ishlagan pullarimni quimdan tortib
olardi, norozilik bildirsam 1sumsiz, hamma narsamni olib uy kiyimida kuchaga
chiqarib quyardi, ertalabgacga utirib chiqqan paytlarim buldi, bir kuni hamma
narsa jonimga tegib yordam berish tashkilotiga murojaat qildim, irodamni yigib
ajratib berishlarini va uyga qaytib ketish uchun biletga yordam berishlarini
suradim, ular urtaga tushgandan keyin hujaynim tavba qilib oyogimga yiqilib yalinib
kechirim suradi, vaholanki bu holat undan keyin ham necha marta takrorlandi,
qisqasi men ham bunday rasvo hayotga kunika boshladim, keyin farzandlik buldik,
uydagilarim chaqaloqqa deb kiyim kechaklar posilka junatishdi, bunga urganib
bittayam kiyim olmasdi bolasiga, masjidga borishlar hammasi
allaqachon unut bulgandi, hatto bir kun u devorda osilib turgan
kabatillohni rasmini olib kuz oldimda yirtib tashladi, kuzim qinidan otilib
ketay dedi, qulimdagi bolamni tortib olib kuchaga haydab yubordi, yiglab yiglab
uydan chiqib dugonamnikiga ketdim, ertasiga qaytib keldim, lekin uyga
kirgizmadi, 3oy meni qiynab farzandimni kursatmay qiynadi, bu orada esa qonuniy
avtomat tarzda ajrashib olibdi, bu yerda shunday qonun bor, ayol kishi uydan
chiqib bedarak ketsa eri ajrasha oladi, lekin men atigi bir kundan keyin
qaytuvdim, bu orada bormagan joyim qolmadi, ayollarni huquqini himoya qildigan
birorta tashkilot yordam berolmadi, bu yerni qonuni esa farzand 100%ota
ihtiyorida, shunday qilib yalina yalina bir kun uchrashdik, va ajrashganimizni
aytib, agar hohlasang uyda yashayver lekin biz uje 1 oilamasmiz dedi, nailoj
farzandim uchun rozi buldim, bunday deyishini sababi bolani boqtirish uchun
beradigan joyga 700$ tular ekan oyiga, usha pulni tejash uchungina shunday dedi,
mana bir necha oydirki shu men uchun begona bulgan uyda yashayapman, lekin
kunimni bermaydi, uradi, sukadi, hohlasang chiqib ketaver deydi, farzandim
uchun zurga chidayapman, iltimos Sayyod maslahat bering nima qilay?
Bu uydan chiqib ketay desam farzandimga kuzim qiymaydi, chiday desam men ham
odammanku......
Tugrsini aytsam bu yerga kelgan uzbek qizlari hammasi uzini ichidan utganini
uzi biladi, koreyslarni esa dinni qabul qilgani hammasi yolgon, ularda ayolim,
jufti halolim degan tushunchalar judayam yiroqda, uzbek yigitlariga, uzbek
oilasiga teng keladigani yuq ekan, afsus, afsus, afsus...
Z.
Adolatsiz haqiqatlar [34] |
Arhiv [1] |
Baxs| Tanqid | Janjal [516] |
BeshBet [20] |
Din [85] |
Duel [2] |
Expresso [31] |
FIKRiston [58] |
Hit-Parad [44] |
Ijara qo'shiqlar [25] |
IJODiston [83] |
IMPRO-TK [18] |
Jonli ijro [4] |
JuMaNjI [51] |
JurYuldus [10] |
Kaktusso [5] Yoqimsiz ammo foydali suhbat |
Kongil [0] |
Kundalik-shou [13] Realiti serial |
Mashhur ko'targan mavzu [2] |
MP3|Video [1070] |
Muhlis Minbari [216] |
Ovoznoma [6] Luiza bilan |
Premyera [17] |
Prikol [100] |
Paparacci-ppc [0] |
Podstava [3] |
Realiti shou [74] |
Retro [7] |
Sayyod-show [25] |
Sport [18] |
Shantaj [6] Videoloyiha |
Shunchaki qiziq [27] |
Suhbat | Intervyu | Reportaj [744] |
Tabriklar [179] |
Taqdimot [55] |
Hayriya| Akciya | Tadbir [328] |
Turk shou-biz [16] |
TV | Teatr, Kino.uz [121] |
Yangiliklar [819] |
Yulduzning qo'shnisi [4] Mashhurlarning qo'shnilariga so'z |
BIRINCHI-SHOU [5] Radio Grand bilan |
Har bir inson bahtli bo'lishga haqli, shu qatorda siz ham !!!
Bu qizimizga kelsak bolasini olib uydan qochib chiqib ketsin, usha hurmatsizlik qilgan dalillariniyam olib(masalan Kabatillohni yirtganini, bolasini kiyimlari Uzbnikiligini va.hk)iloji bulsa dugonasikiga oborib quysin, va dugonasiyam guvohlik bersin haqiqatda eri hurmatsizlik qilganiga, koreyada 1 haftalik bogchalar bor, yani bolasini faqat bir haftada kelib olib ketadi yoki kurib ketadi, advokat yollasin, endi tugri advokatlaram har hil, holatini kurib tushunadiganlari kup, yani oldindan pul surameydida, eridan pul undirib usha puldan opqoladi, advokatga shunaqa deb tushuntirsa buladi, agar avdokat oldindan pul surasa bolani haftalik bogchaga berib ishlab advokatga pul yigsa buladi, koreada ijaraga uy muammomas,(umuman juda bulmasa yolgiz qariyalaram kup, ushalarni bitta honasini ijaraga olsa buladi, masalan 1 million oylik olsa, 200 mingini ijaraga beraman desa jon deb uyiga quyadiganlr kup) agar bola emizikli bulsa 100% bola onada qolishi mumkin, buni qonun qoidasini advokatlar juda yahshi bilishadi, hullas maslahatim shu, nima qilib busayam bolani olib qochib uydan, Uzbga ketishiz kere, islamimana@mail.ru mani pochtam, savollariz busa javob berishim mumkin
Toshkentga kelib tashkelotla bor yordam surang , qaerda tugulib usgan busayiz pasport stoliga borib, pasport gaplashib kuring.Agar rostdan qochmoqchi busayiz hozir kunla isib ketobdi kun uzun ishlarizni qilib iplashga harakat qiling odam toping hammmaga ham ishonib tel nomer bermang erizni ishonchini yuqotmang.
Boshiga eriz masjidlaga boribdi islom dinini qabul qila boshlabdi , siz u vaqtda bekor dugonalaga qushilibsiz , eriz kiyin uzgargan siz uzgargansiz birinchi yaxshilab uylab kuring ,kores xalqi kechirimli xalq imas sovuq ,mayli uziz vaziyatizni uzgartiring axir ayol kishi makir bilan tuguladi aktrisa buling hayotda shunda yutasiz , Siz uzizni dugonalarizga bas qilmang balki ularni erini topishi yaxshidir erizni qiynab quymadizmi ? dilini ogritmadizmi uylab quringa?
Nima bulganda ham oldin qarangchi yaxshi gap bilan hurmat bilan erizni mexrini qozona olasizmi ? harakat qiling urtada bola bor qarsak 2 quldan chiqadi vaziyatni yumshating hayotda ogirroq buling ushanda siz yutasiz . sizga omad tilayman bolayiz hech qachon uzizdan ayrilasin .
Elchihonaga uchrab ko'rdizmi? Agar O'zbekiston fuqarosi bo'lsangiz, u bu maslahat, yordam ko'rsatishlari mumkin. Boshqa joylarga uchradim debsiz, hamma yo'lini qilgan ko'rinasiz..
Qochishni foydasi yo'q, o'zizga battar bo'lmasin yana. Agar elchihona yordam berolmasa, urgan kuni bir kun policiya chaqiring. Ungacha esa, tilhat yozdirib, qo'l qo'ydirib oling - men shu ayol bilan, mana shu uyda, o'z hohishim bn, mana bu shartlar asosida yashayabman - degan hatga. Chunki policiya kelsa sizi bezori/o'g'ri yo uyiga bostirib kirganga ham chaqirib olishi mumkin. Hamma ishlariz, qadamizi puhta o'ylab qiling. Albatta bir yo'li bo'ladi. Hudo hohlasa hammasi bo'ladi. Tushkunlikka tushmang faqat !
Yahshi odamlari ham bo'ladi albatta. U bu do'st orttirgandirsiz karislardan. O'sha birortasidan maslahat oling. Hohlasez uni guvoh qiling. Masalan, u o'rtoq bo'lib, tasodif kelsa, eriz urayotgan bo'lsin. Tushunaybsizmi? Avvaldan kelishib olasizda, shunday vaziyat yaratasiz o'ziz.
Ho'sh, policiyaga esa hammasini boshidan ohirigacha aytib, imkon boricha qamatib tashlang uni. Shunda bola sizda qolsa bo'ladimi? Qonunan shuni yo'li bormikin, o'rganib chiqing. Ya'ni, ota qamoqda bo'lsa, farzand onasi bn qolsa kk?! Avval qamatish yo'lini puhta o'ylang. Shtraf-mtraf bn qutuladigan ish bo'lmasin.
Hudoyim o'zi yordam bersin sizga. Dadil bo'ling, yordamchi do'st bn qiling bu ishlarni. Hayotizi havfga qo'yasiz agar bularni qilsez, shuni tushuning.
Agar imkoni bo'lsa narkotik bn qamating. Hullas, qanday qilsa qamashadi, shu yo'llarni o'rganing. Masalan, ishhonasi orqalikmi. Birga yashayotgan bo'lsez, imkoniyatlariz ko'p sizga. O'ylang, hammasini o'ylab chiqing.
Xulosa urnida: Oldin uzinga boq keyin nog`ora qoq!!!
Aziz yurtdoshlar,fikrlaringizga qisman qo'shilaman,lekin bir gap meni qiynaydi,ahir nega birdan chet elliklar haqida gap borarkan,ularni yomonlash shuncha oson? O'z yurtimiz ichida buladigan oilalardagi ayanchli hollardan bedarakdek bulmaylik, o'zim qancha -qancha o'qimishli oilalar o'rtasida hatto, iqtisodiy manfaat, obro' uchun kelishilgan va ikki yosh (ayniqsa,nozik qizdan)dan suramay qilingan to'ylar natijasidan behabardek bulmaylik, bizda bu holat kammi? Ollohga ming bora shukurki, hayotda bahtliman, Inshoolloh,ohirini bahayr bersin, boshqalarga ham shunday bahtni chin dildan tilab qolaman, va lekin, chet elliklarni ayblaymiz, chet elda yashab shunday hollarga guvoh bulganmanki, "musulmon emas, ular kofir"deb hisoblangan insonlar ichida shunday mehrga tula insonlar kurdimki, me minnat beg'ayr yaxshiliklar... Olloh o'zi ularga madadkor va o'zi yaxshiliklarini sog'liq berib, tinchlik berib qaytarsin!!!
Yurtdoshimizga O'zbekistonga qaytishini tilabsiz,to'g'riyu, ammo uning O'zbekistondagi keyingi hayotini bir tasavvur qiling, qayerga sig'adi, "ajrashgan ayol" sifatida, chet elga turmushga chiqib, bahtsiz bulgan qizni kim quchoq ochib kutib oladi, o'z ota-onasidan tashqari??? Sabr bersin!!!
Filmlar rejissyorlarini, dublyajchilarni ayblash oson-u, ammo lekin "tomdan tasha desa,tashayverasizmi?tashlasangiz,bu holda aytganning emas, amalda qilganning aybi, javobgarligi bulmaydimi?" Shu rejissyorlar Sobri sovet tumuzi davrida imkoni bulmagan,hozirda Mustaqillik sharofati bilan, bizlarga yangi halqlar haqida ma'lumot berayotgan bulsa, bunga rahmat aytish o'rniga qoralayversak... ahir, o'zbek tiliga qilingan tarjima salohiyati, ma'naviy yuqoriligi jihatdan kursangiz, sohamdan kelib chiqib aytaman, tasannoga loyiq,bunday ajoyib, ma'naviy boy tarjimalar boshqa tillarda mavjud ham emas, shu jihatlari hisobga kirmaydimi? Chet el filmlarini tarjima qilib, efirga uzatayotgan rejissyorlarimizning ham katta orzulari bordir, ammo, bunga ham asta-sekinlik bilan borayotgandirlar, iqtisodiy sabablarga kura,balkim???
Nega bu hollarda, oz'imizdan izlab kurmaymiz aybni? Avvalam bor, bu millatdoshimiz u koreys yigitini qanchalik tanigan bulgan turmushga chiqishdan oldin? ahir tanib bilmay, dinni qabul qildi deb, "yangilik" deb tegib ketilavermaydiku ahir? Din haqida gap ketarkan, menimcha, har bir insonni Olloh o'zi qaysi jins, qachon,qayerda,qaysi millat vakili sifatida tug'ilishini, va qaysi dinga mansub bulishini avvaldan belgilagan! Shaxsiy fikrim shundayki, din masalasida (bu misolda boshqa hususiyatlarni ham nazarda tutaman) siz insonga kungil quyarkansiz, uni Olloh berganicha qabul qilishingiz kerak, uni uzgartirish,"insonni borligicha qabul qilmaslik, va uni tinimsiz uzgartirishga harakat bu, uz ideali ortidan quvib, o'sha insonni suyish emas, balki uning faqat jasadini qabul qilish" degani, uning harakteri,dunyo qarashi, bilmi hisob emasmi? Aagr u insonni borligicha qabul qilmas ekansiz,uni qo'yvoring, va idealingizni toparsiz balkim bir kun, ideal ortidan chopib, tirik odamlarni toptamang, ularni ham siz kabi Olloh yaratgan!!!
Yurtdoshimizga "oldingda oqqan suvning qadri yo'q" debsiz-u, Ozbekistondagi hozirgi vaqtinchalik ahvolga bir nazar soling, qizning ham har qanday inson kabi orzu-havasi, oila istagi bordir, ahir bu tarbiyamizdan kelib chiqadi, hozirda ishlayman deb,katta qism yosh yigitlarimiz Rossiyayu boshqa chet ellarga ketib qolgan bulsa, qizlarimiz nima qilishi kerak? O'zbek yigitlari cihida chet elliklarga uylanganlar kam,debsiz? Asli bir statistikaga e'tibor berganmisiz????? Oz'bek qizlarining ko'pchiligi majburlikdan "ikkinchi hotin" bulib turmushga chiqayotgan davrda, chet eldagi katta qism yosh yigitlarimizning hayotiga??? Nimani nazarda tutayotganimni anglab turibsiz, o'zingiz? Bu haqiqiat, bunga tikka qarash kerak, bu moddiy, jismoniy yo manaviy ehtiyoj.....
Aytmoqchi bulganim, yordam so'rab yozgan yurtdoshimizga sabr tilab, neki bulsa-da, farzandi uchun sabr tilayman, Olloh o'zi nazar qilishini va to'gri yo'lga boshlashini o'tinaman! BOshqa insonlarni qoralashdan oldin esa, hayotga tik qarashda quvvat tilayman! Salomat bo'lingizlar!!!
Бизани қўлимиздан хозирча фақат дуо қилиш, руҳий мадад тилаш келади.
Бу ҳаётий ҳикоя чет элга чиқиб кетишни орзу қилаётган ҳар бир йигит-қизларимизга ўрнак бўлади деган умиддаман!
Қизларимизга маслаҳатим, ҳар қандай ҳолатда ҳам, бизнинг ОРИЯТЛИ ЎЗБЕК йигитларига тенг келадиганини ҳеч қаердан топа олмайсизлар. Ҳаётга теранроқ қаранг, энг ёмон ҳолатга тушиб қолишингиздан келиб чиқиб келжакка қадам қўйинг!
yurtimizda imkoniyat ko`p dimoqchiman yaxshi yashashga.Xar yerni qilma orzo` bordir toshu tarozi.